toggle_night_mode
Hujjat 04.01.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
korrupsiya — shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega boʻlgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
Keyingi tahrirga qarang.
manfaatlar toʻqnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatayotgan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyat.
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari
Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
tizimlilik;
davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;
javobgarlikning muqarrarligi.
5-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini taʼminlash.
6-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlar
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati davlat dasturlari va boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin.
Davlat dasturlari va boshqa dasturlar ushbu Qonunning qoidalari samarali ijro etilishini taʼminlash, korrupsiyaning holati hamda tendensiyalaridan kelib chiqqan holda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha kompleks va tizimli chora-tadbirlar koʻrish maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PF-5729-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi”.
2-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar
Keyingi tahrirga qarang.
7-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari
Keyingi tahrirga qarang.
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunning 2, 4-moddalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PF-3666-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti.
Keyingi tahrirga qarang.
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
8-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiyalar
Keyingi tahrirga qarang.
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi (bundan buyon matnda Idoralararo komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi. Idoralararo komissiyani shakllantirish va uning faoliyati tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar (bundan buyon matnda hududiy idoralararo komissiyalar deb yuritiladi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Keyingi tahrirga qarang.
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qoʻyishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini taʼminlash;
korrupsiyaning holati va tendensiyalari toʻgʻrisidagi axborotni yigʻish hamda tahlil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash;
korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi oʻz vakolatlari doirasida:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruvni, dastlabki tergovni, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlar boʻyicha dastlabki tergovni amalga oshiradi;
korrupsiyaning holati va korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari toʻgʻrisidagi axborotni yigʻish hamda tahlil qilishni amalga oshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya faktlariga doir murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini koʻradi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida, shu jumladan qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirishda ishtirok etadi;
aholi oʻrtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targʻibotga doir faoliyatda ishtirok etadi;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oʻz vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qoʻyilishini taʼminlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati oʻz vakolatlari doirasida:
Keyingi tahrirga qarang.
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlar boʻyicha tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
korrupsiyaning holati va korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari toʻgʻrisidagi axborotni yigʻadi hamda tahlil qiladi, milliy xavfsizlik uchun tahdidlarni baholashni amalga oshiradi, tegishli davlat organlariga zarur axborotni taqdim etadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya faktlariga doir murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini koʻradi;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oʻz vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qoʻyilishini taʼminlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlar boʻyicha tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
korrupsiyaning holati va korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari toʻgʻrisidagi axborotni yigʻadi hamda tahlil qiladi, tegishli davlat organlariga zarur axborotni taqdim etadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya faktlariga doir murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini koʻradi;
aholi oʻrtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targʻibotga doir faoliyatda ishtirok etadi;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlarining hisobi yuritilishini va tahlil qilinishini taʼminlaydi;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oʻz vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qoʻyilishini taʼminlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi;
aholi oʻrtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targʻibotga doir faoliyatni amalga oshiradi hamda muvofiqlashtiradi;
taʼlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy taʼlim va tarbiyaga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
normativ-huquqiy hujjatlardagi hamda ularning loyihalaridagi korrupsiya uchun shart-sharoitlar yaratadigan qoidalar va normalarni aniqlash maqsadida ushbu hujjatlar va loyihalarning tahlilini amalga oshiradi;
korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻradi;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti oʻz vakolatlari doirasida:
Keyingi tahrirga qarang.
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar va korrupsiya bilan bogʻliq boshqa jinoyatlar boʻyicha tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruvni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning ehtimol tutilgan yoʻllari va mexanizmlarini aniqlash uchun pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarning monitoringini tashkil etadi hamda oʻtkazadi;
jinoiy taʼqib etishni tashkil qilish va huquqiy taʼsir koʻrsatishning boshqa choralarini koʻrish uchun tegishli davlat organlarini korrupsiyaga oid aniqlangan huquqbuzarliklar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qiladi;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oʻz vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qoʻyilishini taʼminlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
14-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda ishtirok etishi;
korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi;
Keyingi tahrirga qarang.
korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishi;
Keyingi tahrirga qarang.
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotlari ushbu moddada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Idoralararo komissiya va hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatida, shuningdek davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoat-maslahat organlari faoliyatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15-modda. Ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi
Ommaviy axborot vositalari:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni yoritadi;
korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish
16-modda. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻradi, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga doir tushuntirish ishlarini amalga oshirish, huquqiy tarbiya va taʼlimni, ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish, oʻquv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish yoʻli bilan zarur chora-tadbirlar koʻradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni.
17-modda. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar oʻz mansabdor shaxslarining hamda boshqa xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini, shu jumladan huquqiy bilimlari darajasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻradi.
18-modda. Taʼlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy taʼlim va tarbiya
Taʼlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy taʼlim va tarbiya belgilangan davlat taʼlim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat taʼlimni boshqarish organlari va taʼlim muassasalari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini inobatga olgan holda taʼlim muassasalarida huquqiy taʼlim va tarbiyaga, mutaxassislarni kasbiy tayyorlashning sifatini oshirishga, taʼlim dasturlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
4-bob. Korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar
19-modda. Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar
Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
davlat organlari faoliyatining ochiqligini va ularning hisobdorligini taʼminlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining va boshqa xodimlarining oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan masʼuliyatini kuchaytirish;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlarining faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
davlat organlarining va ular xodimlarining faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik;
davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan oʻz mansab yoki xizmat majburiyatlarining bajarilishi samaradorligi mezonlarini, standartlarini va uning sifatini baholash tizimlarini joriy etish;
davlat organlari xodimlarining kasbiy hamda xizmatdan tashqari faoliyatdagi odob-axloqining yagona prinsiplari va qoidalarini belgilovchi odob-axloq qoidalarini samarali amalga oshirish;
davlat organlari xodimlari manfaatlarining toʻqnashuvini hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, ularga rioya etilishi yuzasidan monitoring oʻtkazilishini taʼminlash;
davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomini belgilash, xizmatni oʻtashning shaffof tartibini oʻrnatish, shaxsiy va kasbiy sifatlar, ochiqlik, begʻarazlik, adolatlilik va xolislik prinsiplari asosida tanlov boʻyicha saralash hamda xizmatda koʻtarilish tizimini joriy etish;
davlat organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi, murojaatlarning toʻliq, xolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi, ular tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklarini tiklash hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida choralar koʻrilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan ushbu organlar tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholagan holda muntazam ravishda monitoring oʻtkazish;
normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlarining samarali ijtimoiy himoya qilinishini, moddiy taʼminot olishini va ragʻbatlantirilishini taʼminlash.
Qonun hujjatlarida davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining va oʻzga tashkilotlarning mansabdor shaxslari hamda boshqa xodimlari qonun hujjatlariga rioya etishi, oʻz mansab yoki xizmat majburiyatlarini begʻarazlik bilan, xolisona, vijdonan, odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda bajarishi hamda korrupsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etishdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratadigan boshqa har qanday harakatlardan oʻzini tiyishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
20-modda. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
maʼmuriy va byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, roʻyxatga olish, ruxsat etish va litsenziyaga doir tartib-taomillarni soddalashtirish hamda ularning tezkorligini oshirish;
davlat organlarining nazorat-tekshiruv vazifalarini maqbullashtirish, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish tizimini takomillashtirish, ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yoʻl qoʻymaslik;
davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning masofaviy shakllarini keng joriy etish;
tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun teng shart-sharoitlar yaratish va insofsiz raqobatga yoʻl qoʻymaslik;
davlat xaridlarining samarali huquqiy mexanizmlarini joriy etish, davlat xaridlarini joylashtirishda oshkoralik, shaffoflikni taʼminlash hamda raqobat muhitini qoʻllab-quvvatlash;
taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot, kommunal xizmat koʻrsatish sohasida va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning boshqa sohalarida aholi uchun adolatli shart-sharoitlarni hamda teng imkoniyatlarni yaratish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik;
nodavlat tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini joriy etish.
Qonun hujjatlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
21-modda. Manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar
Davlat organlarining xodimlari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida manfaatlar toʻqnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan shaxsiy manfaatdorlikka yoʻl qoʻymasligi kerak.
Manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, davlat organlarining xodimlari oʻzining bevosita rahbarini darhol xabardor qilishi kerak. Manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar olgan rahbar bu toʻqnashuvning oldini olish yoki uni bartaraf etish yuzasidan oʻz vaqtida choralar koʻrishi shart.
Davlat organlarining maxsus boʻlinmalari yoki odob komissiyalari manfaatlar toʻqnashuvini hal etish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
Davlat organlarining manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish yoki uni bartaraf etish talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan xodimlari, shuningdek ularning rahbarlari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22-modda. Maʼmuriy tartib-taomillar sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar
Maʼmuriy tartib-taomillar sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
qonuniylik va adolatlilik prinsiplarini taʼminlash, maʼmuriy-boshqaruv jarayonining begʻarazligi kafolatlarini yaratish, ushbu jarayonning shaffofligini, tashqi va ichki nazorat uchun ochiqligini oshirish;
oʻz ixtiyoricha harakat qilish vakolatlarini cheklagan holda maʼmuriy tartib-taomillarni batafsil tartibga solish, byurokratik rasmiyatchilikka yoʻl qoʻymaslik;
soddalashtirilgan maʼmuriy tartib-taomillarni joriy etish;
davlat organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilishning va yetkazilgan zarar oʻrnini qoplashning samarali mexanizmlarini belgilash.
Qonun hujjatlarida maʼmuriy tartib-taomillar sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
23-modda. Davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar
Davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi axborotning shaffofligi va ochiqligini taʼminlash;
adolatli raqobatni va qarorlar qabul qilish chogʻida xolisona mezonlardan foydalanilishini taʼminlash;
ichki nazoratning samarali tizimini, shuningdek davlat xaridlarini oʻtkazish natijalari yuzasidan shikoyat qilish va nizolashishning samarali tartib-taomilini yaratish;
davlat elektron savdolarining samarali ishlashini taʼminlash.
Qonun hujjatlarida davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
24-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi:
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish imkoniyatini yaratadigan, korrupsiyaga sabab boʻladigan omillarni aniqlashga;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish imkoniyatini yaratadigan loyihani qabul qilish oqibatlarini umumiy baholashga;
normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash jarayonida korrupsiya xususiyatiga ega xavflarning yuzaga kelishi ehtimolini prognoz qilishga;
korrupsiyaga sabab boʻlgan, aniqlangan omillarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqishga va choralar koʻrishga yoʻnaltirilgan jarayondan iborat boʻladi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan faoliyatning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 17-mh-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash uslubiyotini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3470, 31.10.2023-y.), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrdagi PF-5263-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
5-bob. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qoʻyish, javobgarlikning muqarrarligi
25-modda. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va ularga chek qoʻyishga, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini taʼminlashga doir chora-tadbirlar
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va ularga chek qoʻyishga, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini taʼminlashga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlarining korrupsiyaning holatini va tendensiyalarini tizimli tahlil qilishga asoslangan samarali ishini tashkil etish, ularning faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashning zamonaviy shakllari va usullaridan foydalanish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning texnik taʼminoti darajasini oshirish, ularning ishiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
sudlarning mustaqilligi va erkinligini, ular faoliyatining ochiqligini taʼminlash;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari oʻrtasida muvofiqlashtirishni va hamkorlikni taʼminlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlariga doir murojaatlari toʻliq, xolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida axborot bergan shaxslarning himoya qilinishini taʼminlash;
korrupsiyaga qarshi kurashning samarali jinoyat-huquqiy va jinoyat-protsessual mexanizmlarini yaratish.
26-modda. Davlat organlari xodimlarining korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari toʻgʻrisida xabar qilish majburiyati
Davlat organlarining xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga koʻndirish maqsadida biror-bir shaxs oʻzlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar toʻgʻrisida, shuningdek davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga oʻxshash huquqbuzarliklarning oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan har qanday faktlari haqida oʻz rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shart.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatning davlat organlarining xodimlari tomonidan bajarilmaganligi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27-modda. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar sudning qaroriga koʻra muayyan huquqlardan, shu jumladan muayyan lavozimlarni egallash huquqidan qonunga muvofiq mahrum etilishi mumkin.
Yuridik shaxslar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210 – 214-moddalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
28-modda. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida axborot berayotgan shaxslarni himoya qilish
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida axborot berayotgan shaxslar davlat himoyasida boʻladi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida axborot berayotgan shaxslarni taʼqib etish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Ushbu moddaning qoidalari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bila turib yolgʻon axborot bergan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi, ular qonunga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
29-modda. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida qabul qilingan qarorlarni bekor qilish yoki oʻzgartirish
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida qabul qilingan qarorlar manfaatdor shaxsning arizasiga koʻra vakolatli davlat organi, boshqa tashkilot yoki mansabdor shaxs tomonidan bekor qilinishi yoxud oʻzgartirilishi yoki sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganligi natijasida qabul qilingan qaror bekor qilingan, oʻzgartirilgan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, uning qabul qilinishi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
30-modda. Korrupsiya sohasidagi tadqiqotlar
Korrupsiyaning holatini, xususiyatini, miqyoslarini, oʻzgarishlarini va tendensiyalarini, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilish samaradorligini oʻrganish davlat organlari tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, shuningdek fuqarolar bilan hamkorlikda sotsiologik, maxsus, ilmiy tadqiqotlar hamda boshqa turdagi tadqiqotlar oʻtkazish yoʻli bilan doimiy asosda amalga oshiriladi.
Sotsiologik tadqiqotlar korrupsiyaga eng koʻp duchor boʻlgan tarmoqlar va sohalarni, uning yuzaga kelishi sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, shuningdek mazkur faoliyatga jalb etilgan ijtimoiy guruhlarni aniqlash maqsadida sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish va boshqa usullardan foydalanish yoʻli bilan jamoatchilik fikrini tizimli oʻrganishni oʻz ichiga oladi.
Maxsus tadqiqotlar huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyati natijalarini, korrupsiyaga oid jinoyatchilikning holatini, korrupsiya koʻrsatkichlarining statistika hisobini muntazam ravishda tizimli tahlil qilishni, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning xususiyati va miqyoslarini, oʻzgarishlari va tendensiyalarini oʻrganishni oʻz ichiga oladi.
Ilmiy tadqiqotlar korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni, ilmiy uslubiyotlar va tavsiyalar ishlab chiqishni, ularni amaliyotga oqilona joriy etishni, korrupsiyaga qarshi kurashishda qoʻllanilayotgan shakllar va usullar samaradorligini prognoz qilish hamda ilmiy tahlil etishni oʻz ichiga oladi.
Davlat korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlaydi va ragʻbatlantiradi.
31-modda. Axborot olish
Har kim davlat organlarining tashkil etilishi va faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisida, shu shaxsning oʻziga yoki shaxslar guruhiga taalluqli boʻlgan hujjatlarning qabul qilinish jarayonlari haqida axborot olish huquqiga ega.
Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar korrupsiya bilan bogʻliq boʻlgan, jamiyat uchun ahamiyatga molik voqealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar toʻgʻrisidagi xabarlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Axborot olish faqat qonunga muvofiq cheklanishi mumkin.
32-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari chet davlatlarning vakolatli organlariga zarur axborotni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovlar yuborish va ularning soʻrovlariga javob berish huquqiga ega.
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida olingan mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq qaytarish choralarini koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi.
33-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
34-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2017-yil 4-yanvardagi 2 (6696)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 3-yanvar,
OʻRQ-419-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 1-son, 2-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son; 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son; 09.08.2023-y., 03/23/860/0571-son; 05.06.2024-y., 03/24/931/0402-son; 26.02.2025-y., 03/25/1038/0188-son; 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)