

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="UNOFFIAL"><label id="s17882"></label><div name="-5592666" id="-5592666">Norasmiy tarjima</div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1463141" id="-1463141">Birlashgan Millatlar Tashkilotining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-5586165" id="-5586165">Korrupsiyaga qarshi</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-5586174" id="-5586174">konvensiyasi</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-5586276" id="-5586276">Nyu-York, 2003-yil 31-oktabr</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-5586279" id="-5586279">Oʻzbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaga Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 7-iyuldagi OʻRQ-158-sonli <a href="/mact/1369505">Qonuniga</a> muvofiq qoʻshildi.</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-5586281" id="-5586281">(Oʻzbekiston Respublikasi uchun 2008-yil 28-avgustda kuchga kirgan)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5586080" id="-5586080"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5583888" id="-5583888">Preambula</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5583896" id="-5583896">Mazkur Konvensiyaga aʼzo davlatlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5583972" id="-5583972">korrupsiya demokratik institutlar va qadriyatlar, etnik qadriyatlar va adolatga putur yetkazib hamda barqaror rivojlanish va huquq-tartibotga zarar keltirib, jamiyatning barqarorligi va xavfsizligi uchun vujudga keltiradigan muammo va tahdidlarning jiddiyligi yuzasidan tashvishga tushib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5583998" id="-5583998">shuningdek, korrupsiya va jinoyatchilikning boshqa shakllari, xususan, uyushgan va iqtisodiy jinoyatchilik oʻrtasidagi aloqalar, shu jumladan noqonuniy pul mablagʻlarini legallashtirish kabi koʻrinishlardan xavotirlanib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584042" id="-5584042">hamda davlatlar resurslarining katta ulushini tashkil etishi mumkin boʻlgan va ushbu davlatlarning siyosiy barqarorligi va izchil rivojlanishini tahdid ostida soladigan katta hajmdagi aktivlar bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiya holatlari kuzatilishi sababli hayajonga tushib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584048" id="-5584048">endilikda korrupsiya lokal muammodan butun jamiyat va barcha mamlakatlar iqtisodiyotiga daxl qiladigan va bu bilan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikning juda muhim ahamiyatini belgilaydigan transmilliy hodisaga aylanganligiga amin boʻlib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584061" id="-5584061">shuningdek, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi samarali kurashish uchun keng qamrovli va koʻp taraflama intizomiy yondashuv zarur ekanligiga ishonch bildirib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584064" id="-5584064">hamda samarali ravishda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida salohiyatni kuchaytirish va institutlarni yaratish yoʻli bilan davlatlar imkoniyatlarini kengaytirishda texnik yordam koʻrsatilishi muhim rol oʻynashi mumkinligini tan olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584068" id="-5584068">va ayni paytda, noqonuniy yoʻl bilan shaxsiy mol-mulk orttirish demokratik institutlar, milliy iqtisodiyot va huquq-tartibotga jiddiy putur yetkazishi mumkinligiga amin boʻlib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584073" id="-5584073">noqonuniy orttirilgan aktivlar xalqaro tartibda oʻtkazilishini yanada samarali oldini olish, aniqlash va bunga barham berish hamda aktivlarni qaytarishga qaratilgan choralarni koʻrishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga dadillik bilan kirishishga shay boʻlib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584077" id="-5584077">mulkiy huquqlarni aniqlash uchun jinoiy, fuqarolik yoki maʼmuriy ish yuritish jarayonida qonunchilikda belgilangan huquqiy choralarni qoʻllash borasidagi eng asosiy tamoyillarni eʼtirof etib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584086" id="-5584086">korrupsiyaning oldini olish va butkul barham berish — bu barcha davlatlarning vazifasi va bu sohadagi saʼy-harakatlar samaradorligini taʼminlash uchun fuqarolik jamiyati, nohukumat tashkilotlar va jamoalar negizida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar kabi ommaviy sektor doirasidan tashqarida alohida shaxslar va guruhlar koʻmagi va ishtirokida bir-biri bilan hamkorlik qilishlari lozimligini hisobga olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584089" id="-5584089">hamda ommaviy ishlar va ommaviy mol-mulkni tegishli darajada boshqarish, shuningdek adolat, masʼuliyat va qonun oldidagi tenglik, shuningdek, korrupsiyani rad etadigan madaniyatni shakllantirishga koʻmaklashish tamoyillarini inobatga olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584092" id="-5584092">jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov Komissiyasining hamda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha Boshqarmasining ishiga yuqori baho berib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584097" id="-5584097">ushbu sohada ish olib borayotgan boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, shu jumladan Afrika ittifoqi, Yevropa ittifoqi, Arab davlatlari ligasi, Amerika davlatlari tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda Bojxona hamkorligi boʻyicha Kengash (shuningdek Jahon bojxona tashkiloti deb yuritiladi) tomonidan olib borilayotgan ishlarni dalil sifatida keltirib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584301" id="-5584301">korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha koʻp tomonlama hujjatlarni, va xususan, Amerika davlatlari tashkiloti tomonidan 1996-yil 29-mart kuni qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Amerikaaro konvensiyasi, Yevropa ittifoqi Kengashi tomonidan 1997-yil 26-mayda qabul qilingan Yevropa hamjamiyatining mansabdor shaxslariga yoki Yevropa ittifoqiga aʼzo davlatlarning mansabdor shaxslariga daxl qilgan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Konvensiyasi, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan 1997-yil 21-noyabrda qabul qilingan Xalqaro tijorat amaliyotlarida xorijiy mansabdor shaxslarga pora berishga qarshi kurashish boʻyicha Konvensiyasi, Yevropa Kengashi vazirlar Qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 27-yanvarda qabul qilingan Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisidagi Konvensiyasi, Yevropa Kengashi vazirlar Qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 4-noyabrda qabul qilingan korrupsiya uchun fuqarolik-huquqiy javobgarligi toʻgʻrisidagi Konvensiyasi va Afrika ittifoqiga aʼzo davlat va hukumatlar rahbarlari tomonidan 2003-yil 12-iyulda qabul qilingan Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga doir Afrika ittifoqi Konvensiyasini minnatdorchilik bilan inobatga olib, </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584305" id="-5584305">Birlashgan Millatlar Tashkilotining transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasi 2003-yil 29-sentabrdan boshlab kuchga kirganligini maʼqullagan holda, </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584308" id="-5584308">quyidagilar yuzasidan kelishib oldilar:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1463144" id="-1463144"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5584310" id="-5584310">I bob <br />Umumiy qoidalar </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584324" id="-5584324">1- modda. Maqsadlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584326" id="-5584326">Mazkur Konvensiyaning maqsadlari quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584336" id="-5584336">a) yanada samarali va taʼsirchan ravishda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarni qabul qilish hamda mustahkamlashga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584343" id="-5584343">b) korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda, shu jumladan aktivlarni qaytarish borasida xalqaro hamkorlik hamda texnik yordam koʻrsatilishini ragʻbatlantirish, osonlashtirish va qoʻllab-quvvatlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584347" id="-5584347">c) halollik va sodiqlik, masʼuliyatlilik hamda ommaviy ishlar va ommaviy mol-mulkni talab darajasida boshqarishni ragʻbatlantirish.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584364" id="-5584364">2-modda. Atamalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584365" id="-5584365">Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584367" id="-5584367">a) “ommaviy mansabdor shaxs” degani quyidagilarni anglatadi: i) shaxsning mansab darajasidan qatʼi nazar, doimiy yoki muvaqqat asosda, ish haqi uchun yoki ish haqini olmasdan ishtirokchi Davlatning qonunchilik, ijroiya, maʼmuriy yoki sud organida biron lavozimni egallab turgan har qanday tayinlanadigan yoki saylanadigan shaxs; ii) shuningdek, ommaviy muassasa yoki ommaviy korxona uchun biron ommaviy vazifani bajarayotgan yoki ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligida belgilangan tartibda va ushbu ishtirokchi Davlatning huquqiy tartibga solishning tegishli sohasida qoʻllaniladigan tartibda biron ommaviy xizmatni taqdim etayotgan har qanday boshqa shaxs; iii) ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligida “ommaviy mansabdor shaxs” sifatida belgilanadigan har qanday boshqa shaxs. Shunday boʻlsada, mazkur Konvensiyaning <a href="/mact/-1461329#-5584384">II bobida </a>koʻzda tutilgan ayrim muayyan choralarni koʻrish maqsadida “ommaviy mansabdor shaxs” sifatida, ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligida belgilangan tartibda va ushbu ishtirokchi Davlatning huquqiy tartibga solishning tegishli sohasida qoʻllaniladigan tartibda biron ommaviy vazifani bajarayotgan yoki biron ommaviy xizmatni koʻrsatayotgan har qanday shaxs boʻlishi mumkin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584368" id="-5584368">b) “xorijiy ommaviy mansabdor shaxs” deganda xorijiy davlatning qonunchilik, ijroiya, maʼmuriy yoki sud organida biron lavozimni egallab turgan har qanday tayinlanadigan yoki saylanadigan shaxs va xorijiy davlat uchun, shu jumladan ommaviy muassasa yoki ommaviy korxona uchun biron ommaviy vazifani bajaradigan shaxs koʻzda tutiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584369" id="-5584369">c) “ommaviy xalqaro tashkilotning mansabdor shaxsi” deganda xalqaro fuqaro xizmatchisi yoki bunday tashkilot tomonidan uning nomidan ish yuritish vakolati berilgan har qanday shaxs nazarda tutiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584370" id="-5584370">d) “mol-mulk” deganda har qanday moddiy yoki nomoddiy, koʻchmas va koʻchar aktivlar, buyumlar yoki huquqlar orqali ifodalangan aktivlar hamda bunday aktivlarga mulkiy huquqni yoxud ularga boʻlgan qiziqishni isbotlaydigan yuridik hujjatlar yoinki dalolatnomalar kabi har qanday aktivlar tushuniladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584371" id="-5584371">e) “jinoiy daromadlar” deganda biron jinoyatni sodir etish natijasida bevosita yoki bilvosita, xarid qilingan yoki qoʻlga kiritilgan har qanday mol-mulk nazarda tutiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584373" id="-5584373">f) “opeoatsiyalarini toʻxtatib qoʻyish (ishga solmay turish)” yoki “xatlash” degani mol-mulkni topshirish, shaklini oʻzgartirish, begonalashtirish yoki koʻchirishni taqiqlash, yoki bunday mulkka vaqtincha egalik qilishga kirishish, yoki sud qarori yoxud boshqa vakolatli organning qaroriga muvofiq vaqtincha uni nazorat qilish nazarda tutiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584374" id="-5584374">g) “musodara” sud yoki boshqa vakolatli organning qaroriga muvofiq mol-mulkdan butunlay mahrum etishni anglatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584375" id="-5584375">h) “asosiy huquqbuzarlik” deganda jinoyat tarkibini tashkil etadigan va bunday harakatlar natijasida olingan daromadlarga nisbatan mazkur Konvensiyaning <a href="/mact/-1461329#-5584815">23 moddasida </a>keltirilgan jazo choralari qoʻllaniladigan har qanday huquqbuzarlik koʻzda tutiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584376" id="-5584376">i) “nazorat ostida yetkazib berish” deganda biron jinoyatni tergov qilish yoki unda ishtirok etgan shaxslarni aniqlash maqsadida vakolatli organlarning ruxsati bilan va nazorati ostida noqonuniy yoki shubha uygʻotadigan yuklar turkumlarini bir yoki bir necha davlatlar hududlaridan olib chiqish, ushbu hududlarga olib oʻtish yoki olib kirishga yoʻl qoʻyiladigan uslub nazarda tutiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584377" id="-5584377">3-modda. Foydalanish doiralari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584378" id="-5584378">1. Mazkur Konvensiya, uning qoidalariga muvofiq, korrupsiyaning oldini olish, tergov qilish va korrupsiya uchun jinoiy taʼqib qilish hamda mazkur Konvensiyaga muvofiq jinoyat yoʻli bilan orttirilgan, deb eʼtirof etilgan daromadlar bilan amaliyotlarni toʻxtatib qoʻyish (ishga solmay turish), xatlash, musodara qilish va qaytarish uchun qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584379" id="-5584379">2. Mazkur Konvensiyani amalga oshirish maqsadida, agar unda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, aytib oʻtilgan jinoyatlar sodir etilishi natijasida davlat mulkiga zarar yoki talafot yetkazilishi majburiy emas.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584380" id="-5584380">4-modda. Suverenitetni himoya qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584381" id="-5584381">1. Ishtirokchi davlatlar oʻz majburiyatlarini mazkur Konvensiyaga muvofiq, suveren tenglik tamoyillari va davlatlarning hududiy yaxlitligi hamda boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga asoslanib amalga oshiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584383" id="-5584383">2. Ushbu Konvensiyada hech narsa ishtirokchi Davlatlarni boshqa davlatlar hududida ushbu davlatlarning ichki qonunchiligiga muvofiq faqat shu davlatlar organlarining vakolatiga kiradigan yurisdiksiya va funksiyalarni amalga oshirish huquqini bermaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5584384" id="-5584384">II bob<br />Korrupsiyaning oldini olish choralari </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584386" id="-5584386">5-modda. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi harakat qilish siyosati va amaliyoti </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584389" id="-5584389">1. Har bir ishtirokchi Davlat, oʻz huquqiy tizimining asosiy tamoyillariga muvofiq, korrupsiyaga qarshi harakat qilish borasida, jamiyat ishtirokiga yordam beradigan hamda huquq-tartibot, ommaviy ishlar va ommaviy mol-mulkni kerakli darajada boshqarish, halollik va sodiqlik, oshkoralik va masʼuliyatlilik tamoyillarini aks ettiradigan samarali va muvofiqlashtirilgan siyosatni ishlab chiqadi va amalga oshiradi yoki olib boradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584392" id="-5584392">2. Har bir ishtirokchi Davlat korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan samarali amaliyot turlarini belgilash va ragʻbatlantirishga harakat qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584393" id="-5584393">3. Har bir ishtirokchi davlat korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish nuqtai nazaridan tegishli huquqiy hujjatlar va maʼmuriy choralarning muvofiqligini aniqlash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan baholashga harakat qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584395" id="-5584395">4. Ishtirokchi davlatlar tegishli hollarda va oʻz huquqiy tizimlarining asosiy tamoyillariga muvofiq ushbu moddada keltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashishda bir-biri bilan hamda tegishli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qiladilar. Ushbu hamkorlik korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan xalqaro dastur va loyihalarda ishtirok etishni qamrab olishi mumkin. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584398" id="-5584398">6-modda. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi harakat qilish organi yoki organlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584400" id="-5584400">1. Har bir ishtirokchi davlat oʻz huquqiy tizimlarining asosiy tamoyillariga muvofiq, quyida koʻrsatilgan choralar yordamida, korrupsiyaning oldini olish ishlarini amalga oshiradigan organ yoki, tegishli holatlarda, organlar mavjud boʻlishini taʼminlaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584402" id="-5584402">a) mazkur Konvensiyaning <a href="/mact/-1461329#-5584386">5 moddasida </a>tilga olingan siyosatni olib borish va, tegishli hollarda, bunday siyosat olib borilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584404" id="-5584404">b) korrupsiyaning oldini olish masalalari boʻyicha bilimlarni kengaytirish va tarqatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584405" id="-5584405">2. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5584400">1 bandida </a>bayon etilgan organ yoki organlarga, ular har qanday nomaqbul taʼsirdan xoli sharoitlarda oʻz vazifalarini samarali bajarishlari mumkin boʻlishi uchun, oʻz huquqiy tizimlarining asosiy tamoyillariga muvofiq, zaruriy mustaqillikni taʼminlaydi. Ularga yuklatilgan funksiyalarni bajarish uchun talab etilishi mumkin boʻlgan kerakli moddiy resurslar va mutaxassis xodimlarni taʼminlash lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584406" id="-5584406">3. Har bir ishtirokchi Davlat Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga korrupsiyaning oldini olish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda boshqa ishtirokchi Davlatlarga yordam berishi mumkin boʻlgan organ yoki organlarning nomi va manzilini xabar qiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584408" id="-5584408">7-modda. Ommaviy sektor</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584410" id="-5584410">1. Har bir ishtirokchi Davlat, tegishli hollarda va oʻz huquqiy tizimlarining asosiy tamoyillariga muvofiq, fuqaro xizmatchilarni va, tegishli vaziyatlarda, boshqa saylanmaydigan ommaviy mansabdor shaxslarni ishga qabul qilish, yollash, xizmatni oʻtash, xizmat davomida mansabga erishish va isteʼfoga chiqishning quyidagilarga asoslanadigan tizimlarini yaratish, qoʻllab-quvvatlash va mustahkamlashga harakat qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584475" id="-5584475">a) samaradorlik va oshkoralik tamoyillariga hamda benuqson faoliyat, adolat va qobiliyat kabi xolisona mezonlarga asoslanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584479" id="-5584479">b) tegishli holatlarda korrupsiya va, maʼlum holatlarda bunday lavozimlardagi tegishli kadrlar rotatsiyasi nuqtai nazaridan, ayniqsa zaif hisoblangan ommaviy lavozimlarni egallash uchun kadrlar tanlash va tayyorlashning tegishli taomillarini oʻziga kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584482" id="-5584482">c) ishtirokchi Davlatning iqtisodiy rivojlanganlik darajasini hisobga olgan holda, tegishli mukofot toʻlash va adolatli maoshlarni belgilashga xizmat qiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584484" id="-5584484">d) bunday shaxslar ommaviy vazifalarni toʻgʻri, vijdonan va tegishli darajada bajarish talablariga javob berishlari mumkin boʻlishi uchun maʼrifiy va oʻquv dasturlarni amalga oshirishga koʻmaklashadilar hamda korrupsiya bilan va oʻz vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan xatarlarni chuqurroq anglashlari maqsadida ular ixtisoslashgan hamda muvofiq tayyorgarlikdan oʻtishlarini taʼminlaydilar. Bu kabi dasturlarda kodekslarga asoslanishlar yoki amaliy sohalardagi axloq standartlari mavjud boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584487" id="-5584487">2. Shuningdek, ommaviy lavozimlarga nomzodlar va saylovlarga tatbiqan mezonlarni belgilash uchun har bir ishtirokchi Davlat, mazkur Konvensiyaning maqsadlariga qarab va oʻz ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq, tegishli qonunchilik va maʼmuriy choralar koʻrish imkoniyatlarini koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584491" id="-5584491">3. Shu bilan birga, saylanadigan ommaviy lavozimlarga nomzodlarni va, mumkin boʻlgan vaziyatlarda, siyosiy partiyalarni moliyalashtirishda oshkoralikni kuchaytirish uchun har bir ishtirokchi Davlat, mazkur Konvensiyaning maqsadlariga qarab va oʻz ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq, tegishli qonunchilik va maʼmuriy choralar koʻrish imkoniyatlarini koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584494" id="-5584494">4. Har bir ishtirokchi Davlat, oʻz ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq, oshkoralikni taʼminlashga xizmat qiladigan hamda manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelishining oldini oladigan tizimlarni yaratish, qoʻllab-quvvatlash va mustahkamlashga harakat qiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584498" id="-5584498">8-modda. Ommaviy mansabdor shaxslarning Odob axloq kodekslari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584499" id="-5584499">1. Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida har bir ishtirokchi Davlat, oʻz huquqiy tizimining asosiy tamoyillariga muvofiq, boshqa fazilatlar qatori, oʻzining ommaviy mansabdor shaxslarining pokligi, halolligi va masʼuliyatliligini ragʻbatlantiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584503" id="-5584503">2. Xususan, ommaviy funksiyalarni toʻgʻri, vijdonan va tegishli darajada bajarish uchun har bir ishtirokchi Davlat oʻz institutsional va huquqiy tizimlari doiralarida oʻzini tutish kodekslari yoki standartlarni qoʻllashga intiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584504" id="-5584504">3. Mazkur moddaning qoidalarini amalga oshirish maqsadida har bir ishtirokchi Davlat, tegishli hollarda va oʻz huquqiy tizimining asosiy tamoyillariga muvofiq, mintaqaviy, mintaqalararo va koʻp tarmoqli tashkilotlarning tegishli tashabbuslarini eʼtiborga oladi, masalan, BMT Bosh Assambleyasining 1996-yil 12-dekabrdagi 51/59-sonli qaroriga ilovada bayon etilgan davlat mansabdor shaxslari oʻzini tutishining Xalqaro kodeksi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584505" id="-5584505">4. Shuningdek, har bir ishtirokchi Davlat, oʻz ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq, ommaviy mansabdor shaxslar oʻz funksiyalarini bajarish vaqtida ularga maʼlum boʻlib qolgan korrupsion harakatlar toʻgʻrisida tegishli organlarga xabar berishlariga xizmat qiladigan chora va tizimlarni belgilash imkoniyatlarini koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584507" id="-5584507">5. Har bir ishtirokchi Davlat, tegishli hollarda va oʻz ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq, ommaviy mansabdor shaxslarni tegishli organlariga, boshqa maʼlumotlar qatori, ommaviy mansabdor shaxslar sifatidagi funksiyalarida manfaatlar toʻqnashuvini yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan xizmatdan tashqari faoliyat, mashgʻulotlar, investitsiyalar, aktivlar hamda muhim tuhfa yoki naflar toʻgʻrisida deklaratsiyalarni taqdim etishga majbur qiladigan chora va tizimlarni belgilashga harakat qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584510" id="-5584510">6. Har bir ishtirokchi Davlat, oʻz ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga asosan, mazkur moddaga muvofiq belgilangan kodeks yoki standartlarni buzadigan ommaviy mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy yoki boshqa choralarni koʻrish imkoniyatlarini koʻrib chiqadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584511" id="-5584511">9-modda. Ommaviy xaridlar va ommaviy mablagʻlarni boshqarish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584513" id="-5584513">1. Har bir ishtirokchi Davlat, oʻz huquqiy tizimining asosiy tamoyillariga muvofiq, boshqa xususiyatlar qatori korrupsiyaning oldini olish nuqtai nazaridan, oshkoralik, raqobat va qarorlarni qabul qilishning xolisona mezonlariga asoslanadigan tegishli xarid tizimlarini yaratish uchun zaruriy choralarni koʻradi. Ulardan foydalanish boʻyicha tegishli oxirgi koʻrsatkichlarni koʻzda tutishi mumkin boʻlgan bunday tizimlar, boshqa jihatlar qatori, quyidagilarga daxldor:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584514" id="-5584514">a) savdolarning salohiyatli ishtirokchilariga ularning tender talabnomalarini tayyorlash va taqdim etish uchun yetarli vaqt berish maqsadida, xarid qilish taomillari va sotib olish kontraktlariga tegishli boʻlgan axborotni, shu jumladan savdolarda ishtirok etishga takliflar haqidagi axborotni va kontraktlarni tuzish toʻgʻrisidagi tegishli yoki oʻrinli axborotni ommaviy tarqatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584515" id="-5584515">b) kontraktlarni tuzish toʻgʻrisidagi tanlash va qarorlarni qabul qilish mezonlarini hamda savdolarni oʻtkazish va eʼlon qilish qoidalarini hisobga olgan holda, ishtirok etish shartlarini oldindan belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584518" id="-5584518">c) qoidalar va taomillar toʻgʻri qoʻllanilayotganligini kelgusida tekshirishga koʻmaklashish maqsadida ommaviy xaridlar toʻgʻrisida qabul qilingan qarorlar yuzasidan oldindan belgilangan va xolisona mezonlardan foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584519" id="-5584519">d) mazkur bandga muvofiq belgilangan qoidalar yoki taomillarga rioya qilmagan vaziyatda huquq uchun kurashish va huquqiy himoya boʻyicha yuridik vositalarni taʼminlash uchun samarali ichki nazorat tizimi, shu jumladan norozilik shikoyatini taqdim etishning samarali tizimi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584523" id="-5584523">e) tegishli holatlarda xaridlar uchun javobgar boʻlgan xodimlarga oid masalalarni tartibga solish, masalan, muayyan ommaviy xaridlarga boʻlgan manfaatdorlikni deklaratsiya qilish toʻgʻrisida talabnoma, tekshirish taomillari va professional tayyorgarlikka qoʻyiladigan talablar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584526" id="-5584526">2. Har bir ishtirokchi Davlat, oʻz huquqiy tizimining asosiy tamoyillariga muvofiq, ommaviy mablagʻlarni boshqarishda oshkoralik va hisobdorlikka koʻmaklashish boʻyicha tegishli choralarni koʻradi. Bunday choralar, boshqa yoʻnalishlar qatori, quyidagilarni qamrab oladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584527" id="-5584527">a) milliy budjetni tasdiqlash taomillari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584533" id="-5584533">b) tushumlar va xarajatlar toʻgʻrisidagi hisobotlarni oʻz vaqtida taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584535" id="-5584535">c) buxgalteriya hisoboti va audit standartlari tizimi va bu bilan bogʻliq boʻlgan nazorat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584537" id="-5584537">d) xatarlarni boshqarish va ichki nazoratning samarali va taʼsirchan tizimlari; va</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584539" id="-5584539">e) tegishli hollarda, mazkur bandda belgilangan talablarga amal qilinmaganda muvofiqlashtirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584544" id="-5584544">3. Har bir ishtirokchi Davlat, ommaviy xarajatlar va daromadlarga tegishli boʻlgan buxgalteriya kitoblari, yozmalar, moliyaviy hujjatlar yoki boshqa hujjatlar but saqlanishini taʼminlash uchun, uning ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq talab etilishi mumkin boʻlgan fuqarolik-huquqiy va maʼmuriy choralarni koʻradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584550" id="-5584550">10-modda. Ommaviy hisobdorlik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584554" id="-5584554">Korrupsiyaga qarshi kurashish zarurligini hisobga olgan holda, har bir ishtirokchi Davlat, oʻz ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq, uning ommaviy maʼmuriyatining, shu jumladan uni tashkil etilishi, faoliyati va, tegishli hollarda, qarorlarni qabul qilish jarayonlariga tatbiqan, oshkoraligini kuchaytirish uchun talab etilishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi. Bunday choralarga, boshqa amallar qatori, quyidagilarni kiritishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584561" id="-5584561">a) aholiga, tegishli hollarda, ommaviy maʼmuriyatni tashkil qilish, uning faoliyat yuritishi va qaror qabul qilishi jarayonlari toʻgʻrisidagi, hamda xususiy hayot va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish zaruratini anglagan holda, aholi manfaatlariga daxldor qarorlar va yuridik amallar yuzasidan axborotga ega boʻlishga imkon beradigan taomil yoki qoidalarni qabul qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584563" id="-5584563">b) tegishli hollarda, qarorlarni qabul qiluvchi vakolatli organlar huzuriga kirishda ommaviy imkonga ega boʻlishni osonlashtirish uchun maʼmuriy taomillarni soddalashtirish; va</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584570" id="-5584570">c) ommaviy maʼmuriyatda korrupsiya xatari haqidagi davriy hisobotlarni kiritishi mumkin boʻlgan axborotni eʼlon qilish.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584574" id="-5584574">11-modda. Sud organlari va prokuratura organlariga doir choralar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584580" id="-5584580">1. Sud hokimiyatining mustaqilligi va u korrupsiyaga qarshi kurashishda hal qiluvchi rol oʻynashini hisobga olgan holda, har bir ishtirokchi Davlat, oʻz huquqiy tizimining asosiy tamoyillariga muvofiq va sud organlari mustaqilligiga putur yetkazmagan ravishda, sudyalar va sud organlari xodimlari halolligi va pokligini kuchaytirish hamda ular orasida korrupsiya ildiz otishiga hech qanday imkon bermaslik choralarini koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584584" id="-5584584">2. Mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5584580">1 bandida </a>bayon etilganga oʻxshash choralar prokuratura organlari sud hokimiyati tarkibiga kirmaydigan, lekin sud organlarida boʻlgani kabi mustaqillikka ega boʻlgan ishtirokchi Davlatlarning prokuratura organlarida qoʻllanilishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584587" id="-5584587">12-modda. Xususiy sektor</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584593" id="-5584593">1. Har bir ishtirokchi Davlat, oʻz ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq, xususiy sektorda korrupsiyaning oldini olish, buxgalteriya hisoboti va auditi standartlarini kuchaytirish va, tegishli hollarda, bunday choralarga rioya qilinmasligi uchun samarali, mutanosib va tiyib turuvchi taʼsir koʻrsatadigan fuqarolik-huquqiy, maʼmuriy yoki jinoiy jazolarni belgilash choralarini koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584596" id="-5584596">2. Bunday maqsadlarga erishishga qaratilgan choralar, boshqalar qatori, quyidagilarni qamrab olishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584603" id="-5584603">a) huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tegishli xususiy tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikka koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584609" id="-5584609">b) tegishli xususiy tashkilotlar faoliyatida halollikni taʼminlash uchun moʻljallangan standart va taomillarni, shu jumladan tadbirkorlar va barcha tegishli kasb-hunarlar sohiblari oʻz faoliyatlarini toʻgʻri, vijdonan va tegishli darajada amalga oshirishlari uchun va manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelishining oldini olish hamda tijorat korxonalar oʻrtasidagi munosabatlarda va bunday korxonalar va davlat oʻrtasidagi munosabatlarda halol tijorat amaliyoti qoʻllanilishini ragʻbatlantirish uchun moʻljallangan standart va taomillarni ishlab chiqishda koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584614" id="-5584614">c) xususiy tashkilotlar faoliyatida oshkoralikni taʼminlashga koʻmaklashish, shu jumladan, tegishli hollarda, korporativ tashkilotlarni yaratish va ularni boshqarishga daxldor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarni solishtirish choralarini koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584616" id="-5584616">d) xususiy tashkilotlar faoliyatini tartibga soluvchi, shu jumladan, ommaviy organlar tomonidan tijorat faoliyatini yuritish uchun taqdim etiladigan subsidiya va litsenziyalarga oid taomillar suiisteʼmol qilinishining oldini olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584619" id="-5584619">e) sobiq ommaviy mansabdor shaxslarning professional faoliyatiga nisbatan yoki bunday ommaviy mansabdor shaxslar xususiy sektordan isteʼfoga yoki pensiyaga chiqqanlaridan keyin ularning ishiga nisbatan (qachonki bu kabi faoliyat yoki ish shunday ommaviy mansabdor shaxslar oʻz lavozimlarini egallab turganda yoki bunday ishlar ustidan nazorat olib borganlarida ularning funksiyalari bilan bevosita bogʻliq boʻlganda), tegishli vaziyatlarda va oqilona muddatga cheklovlar belgilash yoʻli bilan manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelishining oldini olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584621" id="-5584621">f) korrupsion harakatlarning oldini olish va aniqlashda yordam berish hamda bunday xususiy tashkilotlarning hisob raqamlari va kerakli moliyaviy hujjatlarini tegishli audit va sertifikatlashtirish taomillaridan oʻtkazish mumkin boʻlishi uchun xususiy tashkilotlar, ularning tuzilishi va katta-kichikligini hisobga olgan holda, ichki audit nazoratini yuritish uchun yetarli mexanizmlarga ega boʻlishlarini taʼminlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584626" id="-5584626">3. Korrupsiyaning oldini olish maqsadida har bir ishtirokchi Davlat, oʻz ichki qonunchiligi va buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobotlar hamda buxgalteriya hisoblari va standartlarini taqdim etishni tartibga soluvchi qoidalarga muvofiq, quyida koʻrsatilgan va mazkur Konvensiya bilan eʼtirof etilgan har qanday jinoyatni sodir etish uchun qoʻllaniladigan harakatlarni taqiqlash uchun talab etilishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584629" id="-5584629">a) norasmiy hisobdorlikni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584632" id="-5584632">b) hisobga olinmagan yoki notoʻgʻri roʻyxatga olingan amaliyotlarni oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584638" id="-5584638">c) mavjud boʻlmagan xarajatlar hisobini yuritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584641" id="-5584641">d) obyekti notoʻgʻri identifikatsiya qilingan majburiyatlarni aks ettirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584645" id="-5584645">e) soxta hujjatlardan foydalanish; va</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584648" id="-5584648">f) buxgalteriya hujjatlarini qonunchilikda belgilangan muddatlardan avval ataylab yoʻq qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584652" id="-5584652">4. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyaning <a href="/mact/-1461329#-5584725">15</a> va <a href="/mact/-1461329#-5584736">16 moddalariga </a>muvofiq jinoyat tarkibining elementlaridan biri boʻlib, porani ifodalaydigan xarajatlar va, tegishli hollarda, korrupsion harakatlarga koʻmaklashish maqsadida amalga oshirilgan boshqa xarajatlar soliq solinishidan ozod etilishini rad etadi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584655" id="-5584655">13-modda. Jamoat ishtiroki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584657" id="-5584657">1. Har bir ishtirokchi Davlat oʻz imkoniyatlari doirasida va oʻz ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish hamda jamiyat korrupsiya mavjudligi, uning sabablari, xavfli xususiyatlari va yuzaga keltiruvchi tahdidlarini yanada chuqurroq anglashi uchun fuqarolik jamiyat, nohukumat tashkilotlar va jamoatlar negizida faoliyat yurituvchi tashkilotlar kabi ommaviy sektorning tashqarisida alohida shaxslar va guruhlarning faol ishtirokiga koʻmaklashish uchun tegishli choralarni koʻradi. Bu kabi ishtirokni quyidagi choralar yordamida mustahkamlash lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584659" id="-5584659">a) aholini qarorlarni qabul qilish jarayonlariga jalb qilishga koʻmaklashish va uning oshkoraligini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584662" id="-5584662">b) aholi uchun axborotga ega boʻlishning samarali imkoniyatlarini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584678" id="-5584678">c) aholiga korrupsiyaga nisbatan chidab boʻlmaydigan muhit yaratishga xizmat qiluvchi axborotni yetkazishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish hamda ommaviy taʼlim dasturlari, shu jumladan maktab va universitetlarda oʻquv dasturlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584686" id="-5584686">d) korrupsiya toʻgʻrisidagi axborotni izlash, olish, eʼlon qilish va tarqatish erkinligini hurmat qilish, ragʻbatlantirish va himoya qilish. Bunday erkinlikning maʼlum cheklovlari belgilanishi mumkin, lekin ular qonunchilikda nazarda tutilgan boʻladi va quyidagilar uchun zarur: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584690" id="-5584690">i) boshqa odamlar huquqlari va obroʻsini hurmat qilish uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584692" id="-5584692">ii) aholining milliy xavfsizligini yoki ommaviy tartibini, yoki sogʻligʻini saqlash, yoxud axloqini himoya qilish uchun.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584693" id="-5584693">2. Har bir ishtirokchi Davlat ushbu Konvensiyada tilga olingan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tegishli organlar aholiga maʼlum boʻlishlarini taʼminlash uchun maʼlum choralarni koʻradi hamda mazkur Konvensiyaga muvofiq shunday deb eʼtirof etilgan bironta jinoyatchilik sifatida qabul qilinishi mumkin boʻlgan har qanday hollar toʻgʻrisida xabarlarni, shu jumladan anonim tarzda, taqdim etish uchun bunday organlar huzuriga kirish imkoni bilan taʼminlaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584695" id="-5584695">14-modda. Pul mablagʻlarini legallashtirishning oldini olish boʻyicha tadbirlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584699" id="-5584699">1. Har bir ishtirokchi Davlat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584701" id="-5584701">a) banklar va bankdan tashqari moliya muassasalariga nisbatan, shu jumladan pul mablagʻlari yoki qimmatliklarni oʻtkazish bilan bogʻliq rasmiy yoki norasmiy xizmatlarni taqdim etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxslarga nisbatan hamda, tegishli hollarda, pul mablagʻlarini legallashtirish nuqtai nazaridan, oʻz vakolati doiralarida, bunday mablagʻlarni legallashtirishning barcha shakllarini aniqlash va bunga yoʻl qoʻymaslik maqsadida keng qamrovli ichki tartibga solish va nazorat qilish rejimini belgilaydi, va shu bilan birga bunday rejim, birinchi navbatda, mijoz shaxsini aniqlashga oid talablarga va, tegishli hollarda, mulkdor-benifitsiarni identifikatsiya qilish, hisobotni yuritish va shubhali operatsiyalar toʻgʻrisida xabarlarni taqdim etishga asoslanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584703" id="-5584703">b) mazkur Konvensiyaning <a href="/mact/-1461329#-5585274">46 moddasiga </a>zarar yetkazmagan holda, pul mablagʻlarini legallashtirishga qarshi kurash olib borayotgan maʼmuriy, tartibga soluvchi, huquqni muhofaza qilish va boshqa organlar (shu jumladan, bunday amal ichki qonunchilikka mos kelgan holatda, sud organlari ham) uning ichki qonunchiligi bilan belgilanadigan shartlarda, milliy va xalqaro darajalarda hamkorlik qilish va axborot almashishga qodir boʻlishlarini taʼminlaydi, va shu maqsadlarda kuzatilishi mumkin boʻlgan pul mablagʻlarini legallashtirish holatlariga doir axborotni yigʻish, tahlil qilish va tarqatish boʻyicha milliy markaz sifatida faoliyat yuritadigan moliyaviy tezkor axborot boʻlinmasini taʼsis etish haqidagi masalani koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584704" id="-5584704">2. Ishtirokchi Davlatlar, axborotdan tegishli darajada foydalanishni taʼminlashga qaratilgan kafolatlarga amal qilish hamda qonuniy kapitallar harakatlanishiga hech qanday toʻsqinlik qilmaslik sharti bilan, naqd pul mablagʻlari va tegishli aylanma mablagʻlar ularning chegaralaridan harakatlanishini aniqlash va bunday harakatlanish ketidan nazorat olib borish boʻyicha amalda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan choralarni koʻrish masalasini koʻrib chiqadilar. Bunday choralar jismoniy shaxslar va tijorat korxonalar katta hajmdagi naqd pullarning transchegaraviy oʻtkazilishi va tegishli miqdordagi aylanma mablagʻlar topshirilishi toʻgʻrisida xabar berishlari lozimligi boʻyicha talabni oʻziga kiritishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584708" id="-5584708">3. Ishtirokchi Davlatlar moliya muassasalari, shu jumladan pul mablagʻlarini oʻtkazish muassasalari quyida koʻrsatib oʻtilganlarni amalga oshirishlari yuzasidan talab belgilash uchun tegishli va amaliyotda qoʻllash mumkin boʻlgan choralardan foydalanish haqidagi masalani koʻrib chiqadilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584710" id="-5584710">a) mablagʻlarni elektron shaklda oʻtkazish formulyarlariga va ular bilan bogʻliq xabarlarga joʻnatuvchi toʻgʻrisida aniq va mazmunli maʼlumot kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584715" id="-5584715">b) bunday axborotni toʻlovni amalga oshirishning butun zanjiri boʻylab saqlab turish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584717" id="-5584717">c) joʻnatuvchi toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlar mavjud boʻlmagan vaziyatda oʻtkazilgan mablagʻlarning chuqurlashgan tekshiruvini amalga oshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584718" id="-5584718">4. Mazkur moddaning qoidalariga muvofiq va ushbu Konvensiyaning har qanday boshqa moddasiga zarar yetkazmagan holda, tartibga solish va nazorat qilishning ichki rejimini belgilashda ishtirokchi Davlatlarga mintaqaviy, mintaqalararo va koʻp tomonlama tashkilotlarning pul mablagʻlarini legallashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan tegishli tavsiyalariga amal qilish tavsiya etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584720" id="-5584720">5. Pul mablagʻlarini legallashtirishga qarshi kurashish maqsadida ishtirokchi Davlatlar sud va huquqni muhofaza qilish hamda moliyaviy tartibga solish organlari oʻrtasida global, mintaqaviy, submintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va ragʻbatlantirishga intiladilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5584724" id="-5584724">III bob <br />Jinoyatchilik va huquqni muhofaza qilish faoliyati </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584725" id="-5584725">15-modda. Milliy ommaviy mansabdor shaxslarga pora berish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584728" id="-5584728">1. Har bir ishtirokchi Davlat quyida koʻrsatilgan harakatlar ataylab sodir etilganda buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida eʼtirof etish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralarni koʻradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584730" id="-5584730">a) ommaviy mansabdor shaxsga shaxsan yoki vositachilar orqali ushbu mansabdor shaxsning oʻzi uchun yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs uchun, ushbu mansabdor shaxs oʻz lavozim vazifalarini bajarish vaqtida biron harakatni amalga oshirishi yoki harakat qilmasligi maqsadida, biron noqonuniy afzallikni vaʼda qilish, taklif etish yoki taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584733" id="-5584733">b) biron mansabdor shaxs oʻz lavozim vazifalarini bajarish vaqtida biron bir harakat yoki harakatsizlik maqsadida mansabdor shaxsning oʻzi uchun yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs uchun biron noqonuniy afzallikni shaxsan ommaviy mansabdor shaxs tomonidan yoki vositachilar orqali talab qilib yoki qabul qilib olish. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584736" id="-5584736">16-modda. Xorijiy ommaviy mansabdor shaxslarga va ommaviy xalqaro tashkilotlarning mansabdor shaxslariga pora berish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584738" id="-5584738">1. Har bir ishtirokchi Davlat xorijiy ommaviy mansabdor shaxsga yoki ommaviy xalqaro tashkilotning mansabdor shaxsiga shaxsan yoki vositachilar orqali mansabdor shaxsning oʻzi uchun yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs uchun, ushbu mansabdor shaxs xalqaro ishlarni yuritish yuzasidan tijorat yoki boshqa noqonuniy afzallikka ega boʻlish uchun oʻz lavozim vazifalarini bajarish vaqtida biron harakatni amalga oshirishi yoki harakat qilmasligi maqsadida biron afzallikni vaʼda qilish, taklif etish yoki taqdim etish, qachonki ular atayin sodir etilganda, buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida eʼtirof etish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584742" id="-5584742">2. Har bir ishtirokchi Davlat xorijiy ommaviy mansabdor shaxsga yoki ommaviy xalqaro tashkilotning mansabdor shaxsiga shaxsan yoki vositachilar orqali mansabdor shaxsning oʻzi uchun yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs uchun, ushbu mansabdor shaxs oʻz lavozim vazifalarini bajarish vaqtida biron harakatni amalga oshirishi yoki harakat qilmasligi maqsadida biron afzallikni vaʼda qilish, taklif etish yoki taqdim etish, qachonki ular atayin sodir etilganda, buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida eʼtirof etish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralarni koʻrish imkoniyatini koʻrib chiqadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584745" id="-5584745">17-modda. Ommaviy mansabdor shaxs tomonidan mol-mulk talon-toroj qilinishi, noqonuniy oʻzlashtirilishi yoki koʻzda tutilmagan maqsadlarda ishlatilishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584748" id="-5584748">Har bir ishtirokchi Davlat mansabdor shaxsning oʻzi yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs foyda olishi maqsadida xizmat mavqeyiga koʻra ushbu ommaviy mansabdor shaxsning qaramogʻida boʻlgan biron-bir mol-mulk, ommaviy yoki xususiy mablagʻlarni yoxud qimmatli qogʻozlar yoki istalgan boshqa qimmatli predmetni mansabdor shaxs tomonidan oʻgʻirlanishini, noqonuniy oʻzlashtirilishini yoki koʻzda tutilmagan boshqa maqsadlarda ishlatilishini, qachonki ular atayin sodir etilganda, buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida eʼtirof etish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralarni koʻradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584751" id="-5584751">18-modda. Gʻarazli maqsadlarda mavqeyidan foydalanish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584753" id="-5584753">Har bir ishtirokchi Davlat quyida koʻrsatilgan harakatlar ataylab sodir etilganda buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida eʼtirof etish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralar koʻrish imkoniyatini koʻrib chiqadi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584755" id="-5584755">a) ommaviy mansabdor shaxsga yoki istalgan boshqa shaxsga shaxsan yoki vositachilar orqali ishtirokchi Davlatning maʼmuriyati yoki ommaviy organidan ushbu harakatlarning birinchi tashabbuskori yoki istalgan boshqa shaxs uchun biron noqonuniy afzalliklarni olib berish maqsadida ushbu mansabdor shaxs yoki boshqa shunday shaxs oʻzining haqiqiy yoki taxmin qilingan nufuzini suiisteʼmol qilishi evaziga biron noqonuniy afzalliklarni vaʼda qilish, taklif etish yoki taqdim etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584757" id="-5584757">b) ommaviy mansabdor shaxs tomonidan yoki vositachilar orqali ommaviy mansabdor shaxs yoki boshqa shunday shaxs ishtirokchi Davlatning maʼmuriyati yoki ommaviy organidan shaxsan oʻzi yoki boshqa shaxs uchun biron noqonuniy afzalliklarni olib berish maqsadida ushbu mansabdor shaxs yoki boshqa shunday shaxs oʻzining haqiqiy yoki taxmin qilingan nufuzini suiisteʼmol qilishi uchun biron noqonuniy afzalliklarni talab qilib yoki qabul qilib olish.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584760" id="-5584760">19-modda. Xizmat lavozimining suiisteʼmol qilinishi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584761" id="-5584761">Har bir ishtirokchi Davlat xizmat vakolatlaridan foydalanishni yoki xizmat lavozimini suiisteʼmol qilishni, yaʼni ommaviy mansabdor shaxs oʻz lavozim vazifalarini bajarish vaqtida qonunga xilof ravishda shaxsan oʻzi yoki boshqa yuridik yoxud jismoniy shaxs uchun biron noqonuniy afzalliklarni olish maqsadida biron harakatni amalga oshirishi yoki harakat qilmasligini, qachonki ular atayin sodir etilganda, buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida eʼtirof etish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralarni koʻrish imkoniyatini koʻrib chiqadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584762" id="-5584762">20-modda. Noqonuniy tarzda boylik orttirilishi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584763" id="-5584763">Har bir ishtirokchi Davlat, oʻz konstitutsiyasi va huquqiy tizimining eng muhim prinsiplariga rioya qilish shartida, noqonuniy tarzda boylik orttirilishini, yaʼni ommaviy mansabdor shaxs aktivlari uning qonuniy daromadlaridan oqilona asoslanib berila olmaydigan darajada oshib ketishini, qachonki ular atayin sodir etilganda, buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida eʼtirof etish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralarni koʻrish imkoniyatini koʻrib chiqadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584764" id="-5584764">21-modda. Xususiy sektorda pora berish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584767" id="-5584767">Har bir ishtirokchi Davlat iqtisodiy, moliyaviy yoki tijorat faoliyatida davomida quyida koʻrsatilgan harakatlar ataylab sodir etilganda buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida eʼtirof etish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralar koʻrish imkoniyatini koʻrib chiqadi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584768" id="-5584768">a) xususiy sektor ishini tashkil qilishga rahbarlik qilayotgan yoki ushbu tashkilotda istalgan lavozimda ishlayotgan shaxsning oʻziga yoki boshqa shaxsga, ushbu shaxs oʻz xizmat vazifalariga xilof boʻlgan biron harakatni amalga oshirishi yoki harakat qilmasligi evaziga shaxsan yoki vositachilar orqali biron afzallikni vaʼda qilish, taklif etish yoki taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584769" id="-5584769">b) xususiy sektor ishini tashkil qilishga rahbarlik qilayotgan yoki ushbu tashkilotda istalgan lavozimda ishlayotgan shaxsning oʻziga yoki boshqa shaxsga, ushbu shaxs oʻz xizmat vazifalariga xilof boʻlgan biron harakatni amalga oshirishi yoki harakat qilmasligi evaziga shaxsan yoki vositachilar orqali biron noqonuniy afzallikni talab qilib yoki qabul qilib olish.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584786" id="-5584786">22-modda. Xususiy sektorda mulkning oʻgʻirlanishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584789" id="-5584789">Har bir ishtirokchi Davlat iqtisodiy, moliyaviy va yoki tijorat faoliyati davomida xususiy sektor ishini tashkil qilishga rahbarlik qilayotgan yoki ushbu tashkilotda istalgan lavozimda ishlayotgan shaxs tomonidan xizmat lavozimiga koʻra ushbu shaxsning qaramogʻida boʻlgan biron-bir mol-mulk, xususiy mablagʻlarni yoxud qimmatli qogʻozlar yoki istalgan boshqa qimmatli predmetning oʻgʻirlanishini, noqonuniy oʻzlashtirilishini yoki koʻzda tutilmagan boshqa maqsadlarda ishlatilishini, qachonki ular atayin sodir etilganda, buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida eʼtirof etish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralar koʻrish imkoniyatini koʻrib chiqadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584815" id="-5584815">23-modda. Jinoiy yoʻl bilan topilgan daromadlarni legallashtirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584816" id="-5584816">1. Har bir ishtirokchi Davlat oʻzining ichki huquqiy tizimining eng muhim prinsiplariga muvofiq quyida koʻrsatilgan harakatlar ataylab sodir etilganda buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida eʼtirof etish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralarni qabul qiladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584818" id="-5584818">a) i) agar mol-mulk jinoiy yoʻl bilan topilgani avvaldan maʼlum boʻlsa va uni jinoiy manbasini yashirish va sir tutish maqsadida yoki asosiy huquqbuzarlikni sodir etishda ishtirok etadigan istalgan boshqa shaxsga, u oʻzining jinoiy xatti-harakatlari uchun javobgarlikdan boʻyin tovlashiga yordam berish maqsadida mol-mulkni konversiyalash (oʻzgartirish) yoki oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584819" id="-5584819">ii) agar mol-mulk jinoiy yoʻl bilan topilgani avvaldan maʼlum boʻlsa mol-mulkning haqiqiy tavsifini, manbasini, tasarruf etish usulini yoki uning kimga tegishli ekanini, joyini oʻzgartirishni, mol-mulkka boʻlgan huquqlarni yashirish va sir tutish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584822" id="-5584822">b) oʻzining huquqiy tizimining eng muhim prinsiplariga rioya qilish shartida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5586301" id="-5586301">i) agar mol-mulkni olayotganda ushbu mol-mulk jinoiy yoʻl bilan topilgani avvaldan maʼlum boʻlsa ushbu mol-mulkni sotib olish, unga egalik qilish yoki undan foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584824" id="-5584824">ii) mazkur moddaga muvofiq jinoyat deb tan olingan istalgan harakatlarning birida ishtirok etish, daxldor boʻlish yoki ushbu jinoyatni sodir etish maqsadida til biriktirish, uni sodir etishga urinish, shuningdek uni sodir etilishida sheriklik qilish, fitna uyushtirish va koʻmak berish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584826" id="-5584826">2. Mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5584816">1-bandini </a>amalga oshirish yoki qoʻllash maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584827" id="-5584827">a) har bir ishtirokchi Davlat mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5584816">1-bandini </a>asosiy huquqbuzarliklarning eng keng doirasi uchun qoʻllashga intiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584830" id="-5584830">b) har bir ishtirokchi Davlat asosiy huquqbuzarliklar sirasiga kamida mazkur Konvensiyaga muvofiq jinoyat deb tan olingan harakatlarning keng qamrovli doirasini kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584971" id="-5584971">s) yuqorida keltirilgan <a href="/mact/-1461329#-5584830">(b) kichik bandning </a>maqsadlari uchun asosiy huquqbuzarliklar sirasiga tegishli ishtirokchi Davlat yurisdiksiyasi doirasida ham, doirasidan tashqarida ham sodir etilgan jinoyatlar kiradi. Lekin biron ishtirokchi Davlatning yurisdiksiyasi doirasidan tashqarida sodir etilgan jinoyatlar faqat mazkur jinoiy harakat sodir etilgan davlatning ichki qonunchiligiga koʻra jinoiy jazoga loyiq deb topilsa va ushbu modda amalga oshirilayotgan yoki qoʻllanilayotgan ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligiga koʻra, agar bu jinoyat aynan shu davlatda sodir etilib, jinoiy jazoga loyiq deb tan olinsagina asosiy huquqbuzarliklar deb tan olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584975" id="-5584975">d) har bir ishtirokchi Davlat Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga mazkur moddadagi holatlar amalga oshirilishini taʼminlovchi oʻz qonunlarining matnini, shuningdek ushbu qonunlarga keyinchalik kiritilgan barcha oʻzgartishlar yoki ularning taʼriflanishlarini taqdim etadi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584979" id="-5584979">e) agar ishtirokchi Davlatdagi ichki qonunchilikning eng muhim prinsiplari buni talab qilsa, u holda mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5584816">1-bandida </a>koʻrsatilgan jinoyatlar asosiy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga tegishli boʻlmasligini koʻzda tutish mumkin boʻladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584980" id="-5584980">24-modda. Jinoyatni yashirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584981" id="-5584981">Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyaning <a href="/mact/-1461329#-5584815">23-moddasida </a>keltirilgan holatlar uchun zarar yetkazmagan holda mazkur Konvensiyada jinoyat deb topilgan istalgan jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin ushbu jinoyatlar sodir etilishida ishtirok etmagan boʻlsada, tegishli shaxsga bu mol-mulk mazkur Konvensiyada jinoyat deb topilgan istalgan jinoiy harakatlar sodir etilishi natijasida orttirilgan mol-mulkni yashirish yoki doimiy ravishda ushlab turish kabi harakatlarni, qachonki ular atayin sodir etilganda, buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida eʼtirof etish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralarni koʻrish imkoniyatini koʻrib chiqadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584982" id="-5584982">25-modda. Odil sudlovning amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584983" id="-5584983">Har bir ishtirokchi Davlat quyida koʻrsatilgan harakatlar ataylab sodir etilganda buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida eʼtirof etish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralar koʻradi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584984" id="-5584984">a) mazkur Konvensiyaga muvofiq jinoyat deb tan olingan harakatlar sodir etilganligi munosabati amalga oshirilayotgan jarayon davomida soxta maʼlumotlar berishga majbur qilish yoki maʼlumotlarni berish yoxud maʼlumotlarni taqdim etish jarayoniga aralashish maqsadida jismoniy kuch ishlatish, doʻq-poʻpisa qilish yoki qoʻrqitish yoxud vaʼda berish yoki noqonuniy afzallikni taklif qilish yoki taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584985" id="-5584985">b) mazkur Konvensiyaga muvofiq jinoyat deb tan olingan harakatlar sodir etilganligi munosabati amalga oshirilayotgan jarayon davomida sud yoki huquqni muhofaza qilish organlarining mansabdor shaxsi tomonidan oʻzining xizmat vazifalarini bajarishiga aralashish maqsadida jismoniy kuch ishlatish, doʻq-poʻpisa qilish yoki qoʻrqitish. Mazkur kichik banddagi hech narsa ishtirokchi Davlatlarning ommaviy mansabdor shaxslarning boshqa toifalari himoya qilinishini taʼminlovchi qonunchilikka ega boʻlish huquqiga zarar yetkazmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584986" id="-5584986">26-modda. Yuridik shaxslarning javobgarligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584987" id="-5584987">1. Har bir ishtirokchi Davlat, oʻzining huquqiy prinsiplarini hisobga olgan holda, mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan harakatlarda ishtiroki uchun yuridik shaxslarning javobgarligini aniqlash uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584988" id="-5584988">2. Yuridik shaxslarning javobgarligi, ishtirokchi Davlatning huquqiy prinsiplariga rioya qilish shartida, jinoiy, fuqarolik-huquqiy yoki maʼmuriy boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584989" id="-5584989">3. Bunday javobgarlikning yuklatilishi jinoyat sodir etgan jismoniy shaxslarning jinoiy javobgarligiga zarar yetkazmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584992" id="-5584992">4. Har bir ishtirokchi Davlat, xususan, ushbu moddaga muvofiq javobgarlikka tortilayotgan yuridik shaxslarga nisbatan samarali, mutanosib va toʻxtatuvchi taʼsirga ega boʻlgan jinoiy yoki jinoiy boʻlmagan choralar, shu jumladan pullik jarimalar qoʻllanilishini taʼminlaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5584993" id="-5584993">27-modda. Ishtirok va suiqasd</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584996" id="-5584996">1. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron-bir jinoiy harakatni sodir etishda istalgan sifatda, masalan, sherik, yordamchi yoki dalolatchi sifatida qatnashishni oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat deb tan olinishini talab qilishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5584998" id="-5584998">2. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron-bir jinoiy harakatni sodir etishga suiqasd oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat deb tan olinishini talab qilishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585000" id="-5585000">3. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron-bir jinoiy harakatni sodir etishga tayyorgarlikni oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat deb tan olinishini talab qilishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralarni koʻradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585001" id="-5585001">28-modda. Anglash, maqsad va qasd jinoyatning elementlari sifatida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585004" id="-5585004">Mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron-bir jinoiy harakatning elementlari sifatida talab etiladigan anglash, maqsad va qasd ishning obyektiv asl holatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585005" id="-5585005">29-modda. Daʼvo muddati </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585007" id="-5585007">Har bir ishtirokchi Davlat, tegishli holatlarda, oʻzining ichki qonunchiligiga mos ravishda, mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan istalgan jinoiy harakatlarga nisbatan ish qoʻzgʻatilishi uchun uzoq daʼvo muddatini belgilaydi va jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs odil sudlovdan boʻyin tovlayotgan hollarda daʼvo uchun yanada uzoq muddatni yoki daʼvo muddatini davom etishini toʻxtatish imkoniyatini belgilaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585008" id="-5585008">30-modda. Jinoiy taʼqib, sud qarorlarini chiqarish va sanksiya</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585012" id="-5585012">1. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron-bir jinoiy harakatlar sodir etilishi uchun ushbu jinoyatning xavflilik darajasini hisobga oluvchi jinoiy jazolar qoʻllanilishini koʻzda tutadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585014" id="-5585014">2. Har bir ishtirokchi Davlat oʻzining huquqiy tizimi va konstitutsion prinsiplariga muvofiq ravishda ommaviy mansabdor shaxslarga oʻzlarining vazifalarini bajarishlari munosabati bilan taqdim etilgan istalgan immunitetlar yoki yurisdiksion imtiyozlar oʻrtasidagi tegishli muvozanatlashtirishni belgilashi yoki taʼminlashi va zarurat tugʻilganida, mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlar yuzasidan samarali tergov ishlarini olib borish hamda jinoiy ish qoʻzgʻatish va sud qarorini chiqarish imkoniyatini talab qilishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585015" id="-5585015">3. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlarga nisbatan huquqni muhofaza qilish choralar maksimal darajada samarali boʻlishi maqsadida ushbu jinoyatlarni sodir etgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatishga taalluqli oʻzining ichki qonunchiligida koʻzda tutilgan istalgan diskretsion va yuridik vakolatlardan foydalanishni taʼminlashga intiladi va zaruratning lozim boʻlgan darajasida bu kabi jinoyatlar sodir etilishiga monelik koʻrsatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585018" id="-5585018">4. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlarga nisbatan, oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq va himoya huquqlarini lozim darajada hisobga olgan holda, sudgacha ozod qilish toʻgʻrisidagi qaror yoki kassatsiya (shikoyat) arizasi yoki qatʼiy norozilik (protest) bildirilguniga qadar qabul qilinadigan qaror bilan bogʻliq boʻlgan shartlarni belgilashda keyinchalik yuritiladigan jinoiy ish jarayonida ayblanuvchi albatta boʻlishini taʼminlash zaruratini hisobga olishni taʼminlash maqsadida tegishli choralar koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585020" id="-5585020">5. Har bir ishtirokchi Davlat jinoyat sodir etgan shaxslarni muddatidan oldin yoki shartli ravishda ozod qilish masalasini koʻrib chiqishda tegishli jinoyatlarning xavflilik darajasini hisobga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585021" id="-5585021">6. Har bir ishtirokchi Davlat oʻz huquqiy tizimining eng muhim prinsiplariga muvofiq boʻlgan darajada mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlarni sodir etishda ayblanayotgan ommaviy mansabdor shaxs, aybsizlik prezumpsiyasi prinsipini hurmat qilish zaruratini hisobga olgan holda, tegishli holatlarda tegishli organ tomonidan oʻz xizmat vazifalarini bajarishdan vaqtincha chetlatilishi yoki boshqa lavozimga oʻtkazilishini belgilab beruvchi tartibotni oʻrnatish imkoniyatlarini koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585022" id="-5585022">7. Har bir ishtirokchi Davlat oʻz huquqiy tizimining eng muhim prinsiplariga muvofiq boʻlgan darajada, agar jinoyatning xavflilik darajasini hisobga olganda ushbu holat asoslangan boʻlsa, mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlarni sodir etishda ayblanayotgan shaxsni sud qarori yoki boshqa tegishli choralar yordamida oʻzining ichki qonunchiligida belgilangan muayyan muddatga quyidagi huquqlardan mahrum qilish uchun tartibot belgilanishi imkoniyatlarini koʻrib chiqadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585025" id="-5585025">a) ommaviy lavozimni egallash; va</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585026" id="-5585026">b) toʻliq yoki qisman davlat tasarrufida boʻlgan biron korxonada lavozim egallash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585030" id="-5585030">8. Mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585012">1-bandi </a>vakolatli organlar tomonidan fuqaro xizmatchilarga nisbatan intizomiy vakolatlar amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585033" id="-5585033">9. Mazkur Konvensiyadagi hech bir holat har bir ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligi doirasidagi mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlarni belgilovchi va qoʻllaniladigan yuridik eʼtirozlar yoki xatti-harakatlarning qonuniyligini aniqlab beruvchi boshqa huquqiy asoslarga tayangan prinsiplarga taʼsir qilmaydi, bu kabi jinoyatlarga nisbatan jinoiy ishning qoʻzgʻatilishi va belgilaniladigan jazo ushbu ichki qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585034" id="-5585034">10. Ishtirokchi davlatlar mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlarni sodir etgani uchun jazolangan shaxslarni jamiyatga reintegratsiya qilinishiga koʻmak berishga intiladilar.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585036" id="-5585036">31-modda. Amaliyotlarni toʻxtatib qoʻyish (ishga solmay turish), xatlash va musodara</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585041" id="-5585041">1. Har bir ishtirokchi Davlat oʻzining ichki huquqiy tizimi doirasida mumkin boʻlgan maksimal darajada quyidagilarni musodara qilish imkoniyatini taʼminlashni talab qilishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585043" id="-5585043">a) mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlar yoʻli bilan orttirilgan daromadlar yoki qiymati ushbu daromadlar qiymatiga teng boʻlgan mol-mulk;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585051" id="-5585051">b) mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlarni sodir etishda foydalanilgan yoki foydalanishga moʻljallangan mol-mulk, uskunalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585053" id="-5585053">2. Har bir ishtirokchi Davlat keyinchalik musodara qilish maqsadida mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585041">1-bandida</a> sanab oʻtilganlarning istalganini aniqlash, kuzatish, vaqtincha ishga solmay turish yoki xatlash imkoniyatini taʼminlash uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585055" id="-5585055">3. Har bir ishtirokchi Davlat oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585041">1- </a>va <a href="/mact/-1461329#-5585053">2-bandlarida </a>koʻrsatilgan vaqtinchalik ishga solmay turilgan, xatlangan yoki musodara qilingan mol-mulkni vakolatli organlar tomonidan boshqarilishini tartibga solish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585057" id="-5585057">4. Agar bu kabi jinoiy daromadlar qisman yoki toʻliq holda boshqa mol-mulkka aylantirilgan yoki oʻzgartirilgan boʻlsa, u holda mazkur moddada koʻrsatilgan choralar ushbu mol-mulkka nisbatan qoʻllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585059" id="-5585059">5. Agar bu kabi jinoiy daromadlar qonuniy manbalardan olingan mol-mulkka qoʻshib olingan boʻlsa, u holda mol-mulkning qoʻshib olingan daromadlarning baholangan qiymatiga muvofiq boʻlgan qismi vaqtinchalik ishga solmaslik yoki xatlashga taalluqli istalgan vakolatlar uchun zarar yetkazilmagan holda musodara qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585060" id="-5585060">6. Bu kabi jinoiy daromadlar tufayli, jinoiy daromadlarning boshqa mol-mulkka aylantirilgani yoki oʻzgartirilgani tufayli yoxud bu kabi jinoiy daromadlarning mol-mulkka qoʻshib olinganligi tufayli olingan foyda yoki boshqa afzalliklarga ham mazkur moddada koʻrsatilgan choralar xuddi jinoiy yoʻl bilan orttirilgan daromadlarga boʻlganidek va xuddi shunday darajada koʻriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585062" id="-5585062">7. Mazkur modda va mazkur Konvensiyaning <a href="/mact/-1461329#-5585618">55-moddasining </a>maqsadlari uchun har bir ishtirokchi Davlat oʻzining sudlari yoki boshqa vakolatli organlariga bank, moliyaviy yoki tijoratga oid hujjatlarni taqdim etish yoki hibsga olish toʻgʻrisidagi qarorlarni chiqarish vakolatlarini beradi. Ishtirokchi Davlat, bank sirini saqlash zaruratiga havola qilib turib, mazkur moddada keltirilgan holatlarga muvofiq choralarni koʻrishdan bosh tortmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585065" id="-5585065">8. Ishtirokchi Davlatlar jinoyat sodir etgan shaxs musodara qilinishi lozim boʻlgan bu kabi jinoiy yoʻl bilan olinganligi taxmin qilinayotgan daromadlar yoki boshqa mol-mulkning qonuniy ekanligini isbot qilishini ichki qonunchiliklarining eng muhim prinsiplariga hamda sudda va boshqa mahkamalarda muhokama qilinishi xususiyatlariga muvofiq boʻlgan darajada talab qilishni belgilash imkoniyatini koʻrib chiqishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585067" id="-5585067">9. Mazkur moddaning holatlari halol uchinchi shaxslarning huquqlariga zarar yetkazadigan holda talqin etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585071" id="-5585071">10. Mazkur moddadagi hech qanday holat unda bayon etilayotgan choralar ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligidagi holatlarga muvofiq, ularga rioya qilinishi shartida belgilanishi va amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi prinsipga daxl qilmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585073" id="-5585073">32-modda. Guvohlar, ekspertlar va jabrlanuvchilarning himoya qilinishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585078" id="-5585078">1. Har bir ishtirokchi Davlat oʻz qonunchiligining ichki tizimiga muvofiq va oʻz imkoniyatlari chegarasida mazkur Konvensiyada jinoyat deb topilgan jinoiy xatti-harakatlar munosabati bilan koʻrsatmalar berayotgan guvohlar va ekspertlarga nisbatan, tegishli holatlarda ularning qarindoshlari va ularga yaqin boʻlgan boshqa odamlarga nisbatan boʻlishi ehtimol tutilgan oʻch yoki doʻq-poʻpisalardan samarali himoya qilishni taʼminlovchi tegishli choralarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585081" id="-5585081">2. Mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585078">1-bandida </a>koʻzda tutilgan choralar, ayblanuvchining huquqlari, shu jumladan tegishli muhokama va ishni koʻrish huquqiga zarar yetkazmagan holda, oʻz ichiga quyidagilarni olishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585087" id="-5585087">a) ushbu shaxslarni jismoniy himoya qilish tartibotini belgilash, masalan — zarur boʻlgan va amaliy jihatdan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan darajada — ularni boshqa joyga koʻchirish uchun va tegishli vaziyatlarda mumkin boʻlgan shunday holatlarni qabul qilish, ushbu shaxslarga shaxsan taalluqli va ularning joylashgan manzili bilan bogʻliq maʼlumotlarni oshkor etmaslik yoki maʼlumotlarning bunday oshkor etilishiga cheklov oʻrnatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585089" id="-5585089">b) guvohlar va ekspertlarga, ularni xavfsizligini taʼminlovchi tarzda koʻrsatmalar berishlariga imkon beruvchi, masalan video aloqa kabi aloqa vositalari yoki boshqa muvofiq aloqa vositalari yordamida koʻrsatmalar berishga ruxsat berishdek isbotlash qoidalarini qabul qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585092" id="-5585092">3. Ishtirokchi Davlatlar mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585078">1-bandida </a>koʻrsatilgan shaxslarni boshqa joyga koʻchirilishi xususida boshqa davlatlar bilan kelishuv yoki bitim tuzish imkoniyatini koʻrib chiqadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585095" id="-5585095">4. Mazkur moddaning holatlari jabrlanuvchilarga nisbatan ham, ularning guvoh deb sanaluvchi darajasida qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585098" id="-5585098">5. Har bir ishtirokchi Davlat, oʻzining ichki qonunchiligiga rioya qilish shartida, jinoiy ish koʻrib chiqilishining tegishli bosqichlarida jabrlanuvchilarning jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan fikrlari va xavfsirashlarining bayon etilishi uchun himoya huquqlariga zarar yetkazmaydigan tarzda imkoniyat yaratadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585102" id="-5585102">33-modda. Maʼlumot beruvchi shaxslarni himoya qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585105" id="-5585105">Har bir ishtirokchi Davlat vakolatli organlarga mazkur Konvensiyada jinoyat deb topilgan jinoiy xatti-harakatlar xususida istalgan dalillar toʻgʻrisida halol va oqilona asoslarga tayangan holda xabar berayotgan shaxslarni himoya qilishga qaratilgan tegishli choralarni oʻzining ichki huquqiy tizimiga kiritish imkoniyatlarini koʻrib chiqadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585111" id="-5585111">34-modda. Korrupsion harakatlarning oqibatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585113" id="-5585113">Har bir ishtirokchi Davlat, uchinchi tomonlarning halollik bilan qoʻlga kiritgan huquqlarini tegishli tarzda hisobga olib turib, oʻzining ichki qonunchiligining eng muhim prinsiplariga muvofiq tarzda korrupsiya oqibatlari xususidagi masalani muvofiqlashtirish boʻyicha choralar koʻradi. Ishtirokchi Davlatlar bu kontekstda korrupsiyani, kontraktlarni bekor qilish yoki kuchdan qoldirish, konsessiyalarni yoki shunga oʻxshash amaliyotlarni qaytarish yoki yuzaga kelgan holatlarni toʻgʻrilashning boshqa choralarini amalga oshirishda ahamiyat kasb etuvchi omil sifatida koʻrishlari mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585115" id="-5585115">35-modda. Zararni qoplash (kompensatsiya)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585118" id="-5585118">Har bir ishtirokchi Davlat oʻzining ichki qonunchiligining prinsiplariga muvofiq tarzda biron korrupsion harakat oqibatida zarar koʻrgan yuridik yoki jismoniy shaxslar koʻrilgan zararni qoplash (kompensatsiya olish) maqsadida ushbu zarar uchun javobgar boʻlgan shaxslarga nisbatan ish qoʻzgʻatish huquqiga ega boʻlishlari uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585123" id="-5585123">36-modda. Ixtisoslashgan organlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585125" id="-5585125">Har bir ishtirokchi Davlat oʻzining ichki huquqiy tizimining asosiy prinsiplariga muvofiq tarzda korrupsiya bilan huquqbuzarliklarga qarshi chora-tadbirlar yordamida kurashishga ixtisoslashgan organ yoki organlar yoxud shaxslar boʻlishini taʼminlaydi. Bunday organ yoki organlar yoxud shaxslar, ishtirokchi Davlatning ichki huquqiy tizimining asosiy prinsiplariga muvofiq, oʻz vazifalarini samarali va biron-bir yoki tegishli boʻlmagan taʼsirsiz bajarishlari uchun zarur boʻlgan mustaqillik bilan taʼminlanadilar. Bunday shaxslar yoki bu kabi organning xodimlari oʻz vazifalarini bajarishlari uchun tegishli malaka va resurslarga ega boʻlishlari lozim.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585129" id="-5585129">37-modda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585134" id="-5585134">1. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron jinoiy xatti-harakatlarda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etgan shaxslarni vakolatli organlar uchun tergov ishlarini olib borish va isbotlash maqsadida foydali boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etishga va jinoyatchilarni jinoiy daromadlardan mahrum qilishga va bu kabi daromadlarni qaytarish boʻyicha choralar koʻrilishiga koʻmaklashuvchi amaliy va aniq yordam berishga ragʻbatlantirishni koʻzda tutuvchi tegishli choralarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585136" id="-5585136">2. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron jinoiy xatti-harakatlar bilan bogʻliq tergov ishlari yoki jinoyatni fosh etish davomida salmoqli darajada hamkorlik qilgan ayblanuvchi shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan jazoni yumshatish imkoniyatini koʻzda tutilishi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585137" id="-5585137">3. Har bir ishtirokchi Davlat, oʻzining ichki qonunchiligining eng muhim prinsiplariga muvofiq, mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron jinoiy xatti-harakatlar bilan bogʻliq tergov ishlari yoki jinoyatni fosh etish davomida sezilarli va ahamiyatli darajada hamkorlik qilgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilmasligi imkoniyatini koʻzda tutilishi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585138" id="-5585138">4. Bunday shaxslarning himoyasi, mutatis mutandis, mazkur Konvensiyaning <a href="/mact/-1461329#-5585073">32-moddasida </a>koʻzda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585140" id="-5585140">5. Mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585134">1-bandida </a>koʻrsatilgan shaxs bir ishtirokchi Davlat hududida boʻla turib, ikkinchi ishtirokchi Davlatning vakolatli organlari bilan ahamiyatli darajada hamkorlik qila olsa, u holda manfaatdor ishtirokchi Davlatlar oʻzlarining ichki qonunchiliklariga muvofiq bunday shaxs uchun mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585134">2-</a> va <a href="/mact/-1461329#-5585137">3- bandlarida </a>koʻrsatilgan rejim taqdim etilishi mumkin ekanligi xususida kelishuv va bitimlar tuzish imkoniyatini koʻrib chiqishlari mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585141" id="-5585141">38-modda. Milliy organlar oʻrtasidagi hamkorlik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585142" id="-5585142">Har bir ishtirokchi Davlat ichki qonunchiligiga muvofiq bir tomondan oʻzining ommaviy organlari, shuningdek ommaviy mansabdor shaxslari va ikkinchi tomondan, sodir etilgan jinoyatlar boʻyicha tergov ishlarini olib borishga va jinoyatni fosh etish uchun masʼul boʻlgan organlar oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantirish uchun talab etilishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi. Bu kabi hamkorlik quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585143" id="-5585143">a) agar mazkur Konvensiyaning <a href="/mact/-1461329#-5584725">15-</a>, <a href="/mact/-1461329#-5584764">21-</a> va <a href="/mact/-1461329#-5584815">23-moddalariga </a>muvofiq jinoyat deb tan olingan istalgan xatti-harakatlar sodir etilganini eʼtirof etish uchun oqilona asoslar mavjud boʻlsa, bunday masʼul organlarga oʻzining shaxsiy tashabbusi bilan maʼlumotlar taqdim etilishi; yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585144" id="-5585144">b) tegishli iltimosga koʻra, bunday organlarga barcha zarur maʼlumotlarning taqdim etilishi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585147" id="-5585147">39-modda. Milliy organlar va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585148" id="-5585148">1. Har bir ishtirokchi Davlat oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq milliy tergov organlari va prokuratura organlari hamda xususiy sektor tashkilotlari, xususan moliyaviy muassasalar bilan mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlarning sodir etilishi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha hamkorlikni ragʻbatlantirish uchun talab etilishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585149" id="-5585149">2. Har bir ishtirokchi Davlat odatda oʻzining hududida istiqomat qiluvchi oʻz fuqarolari va boshqa shaxslar milliy tergov organlari va prokuratura organlariga mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlarning sodir etilgani toʻgʻrisida xabar berishlarini ragʻbatlantirish masalasini koʻrib chiqadilar.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585150" id="-5585150">40-modda. Bank siri</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585152" id="-5585152">Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlar sodir etilishi bilan bogʻliq ichki jinoiy tergov ishlari olib borilayotgan holatlarda, bank siri toʻgʻrisidagi qonunchilik holatlari qoʻllanilishi natijasida yuzaga keluvchi toʻsiqlarni yengish uchun, oʻzining ichki huquqiy tizimi doirasida zarur tegishli mexanizmlar boʻlishini taʼminlaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585153" id="-5585153">41-modda. Sudlanganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585155" id="-5585155">Har bir ishtirokchi Davlat jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsga nisbatan boshqa davlatda ilgari chiqarilgan istalgan ayblov hukmini, mazkur Konvensiyada jinoyat deb topilgan jinoiy xatti-harakatlar bilan bogʻliq jinoiy tergov ishlar olib borilishida ushbu maʼlumotdan foydalanish uchun oʻzi lozim deb topgan shartlar va maqsadlarda hisobga olishi uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralar koʻrishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585158" id="-5585158">42-modda. Sudlovga taalluqlilik (Yurisdiksiya)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585160" id="-5585160">1. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyada jinoyat deb topilgan jinoiy xatti-harakatlarga nisbatan oʻzining sud qilish huquqini belgilash uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi, qachonki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585161" id="-5585161">a) jinoyat ushbu ishtirokchi Davlatning hududida sodir etilsa, yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585162" id="-5585162">b) jinoyat sodir etilishi ushbu ishtirokchi Davlatning bayrogʻi ostidagi kemada yoki jinoyat sodir etilishi vaqtida ushbu ishtirokchi Davlat qonunchiligiga muvofiq roʻyxatdan oʻtgan havo kemasi bortida roʻy bersa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585163" id="-5585163">2. Ishtirokchi Davlat, shuningdek, mazkur Konvensiyaning <a href="/mact/-1461329#-5584380">4-moddasiga </a>rioya qilish shartida, istalgan jinoyatga nisbatan sud qilish huquqini belgilashi mumkin, qachonki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585165" id="-5585165">a) jinoyat ushbu ishtirokchi Davlat fuqarosiga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585167" id="-5585167">b) jinoyat ushbu ishtirokchi Davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan, odatda, uning hududida istiqomat qiluvchi shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585172" id="-5585172">s) jinoyat mazkur Konvensiyaning 23-moddasi, <a href="/mact/-1461329#-5584824">1(b)(ii) bandiga </a>muvofiq tan olingan jinoyatlarning biri hisoblansa va ushbu ishtirokchi Davlat hududining tashqarisida mazkur Konvensiyaning 23-moddasi, <a href="/mact/-1461329#-5584818">1(a)(i)</a> yoki <a href="/mact/-1461329#-5584819">(ii)</a> yoki <a href="/mact/-1461329#-5586301">(b)(i)</a> bandiga muvofiq jinoyat deb topilgan jinoiy xatti-harakatlarni sodir etish maqsadida uning hududida amalga oshirilgan boʻlsa, yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585176" id="-5585176">d) jinoyat ushbu ishtirokchi Davlatga qarshi sodir etilgan boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585179" id="-5585179">3. Mazkur Konvensiyaning <a href="/mact/-1461329#-5585209">44-moddasining </a>maqsadlari uchun har bir ishtirokchi Davlat jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs uning hududi chegaralarida boʻlsada, lekin faqatgina oʻzining fuqarolaridan biri boʻlganligi sababli ushbu shaxsni ushlab bermayotgan boʻlsa, u holda mazkur Konvensiyada jinoyat deb topilgan jinoiy xatti-harakatlarga nisbatan oʻzining sud qilish huquqini belgilash uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585184" id="-5585184">4. Har bir ishtirokchi Davlat, shuningdek, jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs uning hududi chegaralarida boʻlib, u ushbu shaxsni ushlab bermasa, mazkur Konvensiyada jinoyat deb topilgan jinoiy xatti-harakatlarga nisbatan oʻzining sud qilish huquqini belgilash uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni ham koʻrishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585187" id="-5585187">5. Agar oʻzining sud qilish huquqini mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585160">1- </a>yoki <a href="/mact/-1461329#-5585163">2-bandiga</a> koʻra amalga oshiruvchi ishtirokchi Davlat boshqa ishtirokchi Davlatlar xuddi oʻsha harakatlar xususida tekshiruv, jinoiy ish yoki sud ishi olib borayotganlari haqida bildirish xati olsa yoki boshqacha tarzda bu haqda xabar topsa, u holda ushbu ishtirokchi Davlatlarning vakolatli organlari, tegishli holatlarda, oʻz harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida bir-birlari bilan oʻzaro maslahatlashadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585189" id="-5585189">6. Mazkur Konvensiya, umumiy xalqaro huquq meʼyorlariga zarar yetkazmagan holda, ishtirokchi Davlat tomonidan oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq belgilangan istalgan jinoiy sud huquqini amalga oshirilishini istisno etmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5585197" id="-5585197">IV bob <br />Xalqaro hamkorlik </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585200" id="-5585200">43-modda. Xalqaro hamkorlik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585203" id="-5585203">1. Ishtirokchi Davlatlar mazkur Konvensiyaning <a href="/mact/-1461329#-5585209">44 — 50-moddalariga</a> muvofiq jinoiy-huquqiy masalalar boʻyicha hamkorlik qiladilar. Ishtirokchi Davlatlar, agar bu maqsadga muvofiq boʻlsa va oʻzlarining ichki qonunchilik tizimlariga toʻgʻri kelsa, korrupsiya bilan bogʻliq boʻlgan fuqarolik-huquqiy va maʼmuriy ishlarni tekshirish va amalga oshirish boʻyicha bir-birlariga koʻmaklashish imkoniyatini koʻrib chiqadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585207" id="-5585207">2. Agar xalqaro hamkorlik masalalari bilan bogʻliq holatlarda tegishli harakatni jinoyat deb ikki tomonlama tan olish prinsipiga rioya qilinishi talab etilsa, soʻralayotgan ishtirokchi Davlatning qonunchiligi tegishli harakatni jinoyatlar toifasiga kiritish yoki kiritmasligi yoki soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat uni taʼriflashda soʻralayotgan ishtirokchi Davlat qoʻllaydigan atamalar kabi atamalar bilan taʼriflashi yoki taʼriflamasligidan qatʼiy nazar, agar jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi harakat ikkala ishtirokchi Davlatning qonunchiligiga muvofiq jinoiy jazoga loyiq deb tan olingan boʻlsa, ushbu prinsipga amal qilingan hisoblanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585209" id="-5585209">44-modda. Ushlab berish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585212" id="-5585212">1. Ushbu modda mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlarga nisbatan, agar ushlab berilishi lozim boʻlgan shaxs soʻrov berilgan ishtirokchi Davlat hududida boʻlsa va sodir etilgan xatti-harakat soʻrov berilgan ishtirokchi Davlatda ham, soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlatda ham jinoiy jazoga loyiq deb topilishi shartida qoʻllaniladi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585217" id="-5585217">2. Ishtirokchi Davlat, mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585212">1-bandida</a> keltirilgan holatlardan qatʼiy nazar, oʻzining ichki qonunchiligida jinoiy jazoga loyiq deb topilmagan, lekin mazkur Konvensiyada koʻzda tutilgan biron jinoyat bilan bogʻliq shaxsni, agar uning qonunchiligi bunga yoʻl qoʻysa, ushlab berishga ruxsat berishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585227" id="-5585227"> 3. Agar ushlab berish toʻgʻrisidagi iltimos bir nechta alohida jinoyatlar xususida boʻlsa va ularning hech boʻlmaganda bittasi mazkur moddaga koʻra ushlab berilishga olib kelsa, boshqalari esa jazo berilishi muddatlari boʻyicha ushlab berishni istisno qilsayu, lekin mazkur Kovensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar sirasiga kirsa, soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat ushbu jinoyatlarga nisbatan ham mazkur moddani qoʻllashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585230" id="-5585230"> 4. Mazkur modda qoʻllaniladigan va ushlab berilishiga olib keladigan jinoyatlarning har biri ushlab berish toʻgʻrisida ishtirokchi Davlatlar oʻrtasida tuzilgan istalgan shartnomaga jinoyat sifatida kiritilgan deb hisoblanadi. Ishtirokchi Davlatlar, bu kabi jinoyatlarni, ushlab berilishiga olib keladigan jinoyatlar sifatida ushlab berish toʻgʻrisidagi oʻzaro tuziladigan shartnomalarga kiritish majburiyatini oladilar. Ishtirokchi Davlat, agar ushlab berish uchun asos sifatida mazkur Konvensiyadan foydalansa, mazkur Kovensiyada jinoyat deb topilgan istalgan jinoiy xatti-harakatlarni, agar uning qonunchiligi bunga yoʻl qoʻysa, siyosiy jinoyat deb tan olmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585232" id="-5585232"> 5. Agar ishtirokchi Davlat ushlab berishni shartnoma mavjudligi bilan shartlab beradigan boʻlsa, ushlab berish toʻgʻrisida u bilan shartnoma tuzmagan boshqa ishtirokchi Davlatdan ushlab berish haqida iltimosnoma olganida, u mazkur modda qoʻllaniladigan istalgan jinoyat bilan bogʻliq ushlab berish uchun mazkur Konvensiyani asos sifatida qoʻllashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585234" id="-5585234">6. Ushlab berishni shartnomaning mavjudligi bilan shartlab beruvchi ishtirokchi Davlat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585237" id="-5585237">a) oʻzining ratifikatsion yorligʻini yoki mazkur Konvensiyani qabul qilishi yoki tasdiqlashi yoxud unga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi hujjatni saqlash uchun topshirayotganida ushlab berish masalalari boʻyicha boshqa Davlatlar — mazkur Konvensiyaning boshqa ishtirokchilari bilan hamkorlik qilish uchun mazkur Konvensiyadan huquqiy asos sifatida foydalanishi toʻgʻrisida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga maʼlumot beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585239" id="-5585239"> b) agar u ushlab berish masalalari boʻyicha mazkur Konvensiyadan huquqiy asos sifatida foydalanmasa, u holda mazkur moddani qoʻllash maqsadida mazkur Konvensiyaning boshqa ishtirokchi Davlatlari bilan, tegishli holatlarda, ushlab berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni tuzishga intiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585244" id="-5585244"> 7. Ushlab berishni shartnomaning mavjudligi bilan shartlamaydigan ishtirokchi Davlatlar bir-birlarining oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarda mazkur modda qoʻllaniladigan jinoyatlarni ushlab berishga olib keladigan jinoiy xatti-harakatlar deb tan oladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585246" id="-5585246"> 8. Ushlab berish soʻralayotgan ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligida koʻzda tutilgan shartlarga, shu jumladan, boshqa holatlar bilan bir qatorda, ushlab berishga nisbatan minimal jazo belgilanishi talablari bilan bogʻliq shartlarga va soʻralayotgan ishtirokchi Davlat ushlab berishni rad etishi mumkin boʻlgan asoslarga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585249" id="-5585249"> 9. Ishtirokchi Davlatlar, mazkur modda qoʻllaniladigan istalgan jinoyatga nisbatan, oʻzlarining ichki qonunchiliklariga rioya qilish shartida, ushlab berish tartibotini tezlashtirish va u bilan bogʻliq boʻlgan isbot-dalillarni taqdim etishni soddalashtirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585253" id="-5585253"> 10. Ishtirokchi Davlat yuzaga kelgan vaziyat shuni talab qilishini va kechiktirib boʻlmaydigan ekanligiga amin boʻlib hamda soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlatning iltimosiga koʻra, oʻzining ichki qonunchiligidagi holatlarga va ushlab berish toʻgʻrisidagi oʻzi imzolagan shartnomalarga rioya qilgan holda, oʻzining hududida boʻlgan va ushlab berilishi soʻralayotgan shaxsni hibsga olishi yoki ushlab berish tartiboti jarayonida uning boʻlishi uchun boshqa tegishli choralar koʻrishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585254" id="-5585254"> 11. Ishtirokchi Davlat, oʻzining hududida boʻlgan va mazkur modda qoʻllanilayotgan jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni faqatgina ushbu shaxs oʻzining fuqarosi boʻlgani sababli ushlab bermayotgan boʻlsa, ushlab berishni soʻrayotgan ishtirokchi Davlatning iltimosiga koʻra, tergov olib borish maqsadida, asoslanmagan kechiktirishlarsiz ishni oʻzining vakolatli organlariga topshirishi kerak. Ushbu organlar oʻz qarorlarini qabul qiladilar va mazkur ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligiga asoslangan holda xavfli tavsifga ega istalgan boshqa jinoyatlarga nisbatan boʻlgani kabi tergov ishlarini amalga oshiradilar. Manfaatdor ishtirokchi Davlatlar bu kabi jinoiy ishlar yuzasidan olib boriladigan tergov ishlari samarali kechishini taʼminlash maqsadida bir-birlari bilan, xususan, protsessual masalalar va isbot qilish masalalari boʻyicha hamkorlik qiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585256" id="-5585256">12. Ishtirokchi Davlatga, uning ichki qonunchiligiga koʻra, oʻz fuqarolarining birini ushlab berishga yoki boshqa yoʻl bilan topshirishga faqatgina, ushbu shaxsning ushlab berilishini yoki topshirilishini soʻrash bilan bogʻliq boʻlgan sud muhokamasi yoki tergov ishlari natijasida chiqarilgan jazoni oʻtash uchun mazkur ishtirokchi Davlatga qaytarib berilishi shartida ruxsat berilgan va bu ishtirokchi Davlat hamda ushbu shaxsni ushlab berilishini soʻrayotgan ishtirokchi Davlat bu kabi tartibga va ular maqbul deb hisoblagan boshqa shartlarga rozi boʻlgan barcha holatlarda, ushbu shaxsning bunday shartli ravishda ushlab berilishi yoki topshirilishi mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585254">11-bandida</a> belgilangan majburiyat bajarilishi uchun yetarli hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585258" id="-5585258"> 13. Chiqarilgan hukmni ijro etish maqsadida soʻralgan ushlab berishga qidirilayotgan shaxs soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlatning fuqarosi boʻlganligi bois rad javobi berilsa, soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat, agar uning ichki qonunchiligi bunga yoʻl qoʻysa va bu holat bunday qonunchilikning talablariga javob bersa, soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlatning murojaatiga binoan soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligiga muvofiq chiqarilgan hukmni yoki hukmning qolgan qismini ijro etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585260" id="-5585260"> 14. Mazkur modda qoʻllaniladigan istalgan jinoyatni sodir etganligi bilan bogʻliq boʻlgan tergov ishlari borilayotgan shaxsga nisbatan tergov ishlarining barcha bosqichlarida adolatli munosabatda boʻlinishi, shu jumladan ushbu shaxs joylashgan ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligida koʻzda tutilgan barcha huquq va kafolatlarning amalga oshirilishi kafolatlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585261" id="-5585261"> 15. Agar soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlatda ushlab berish toʻgʻrisidagi iltimos biron shaxsning jinsi, irqi, diniy eʼtiqodi, etnik kelib chiqishi yoki siyosiy qarashlari sababli taʼqib qilish yoki jazolash maqsadida qilinayotgani yoki ushbu iltimosning qondirilishi yuqorida sanab oʻtilgan sabablar boʻyicha ushbu shaxsning holatiga zarar yetkazishi mumkinligi haqida salmoqli va yetarli asoslar boʻlsa, u holda mazkur Konvensiyaning hech bir holati ushlab berish majburiyatini belgilaydigan tarzda talqin qilinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585262" id="-5585262"> 16. Ishtirokchi Davlatlar ushlab berish toʻgʻrisidagi iltimosga faqat jinoyat soliq masalalari bilan bogʻliq deb topilgan holatlardagina rad eta olmaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585265" id="-5585265"> 17. Soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat, ushlab berishga rad javobini berishdan avval, oʻz fikrini bayon etishi uchun yetarli imkoniyat va ushlab berish toʻgʻrisidagi iltimosda bayon etilgan dalillar bilan bogʻliq maʼlumotlar taqdim etilishi uchun, tegishli holatlarda, soʻrov berayotgan Davlat bilan maslahatlar oʻtkazadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585266" id="-5585266"> 18. Ishtirokchi Davlatlar ushlab berishni amalga oshirish yoki samaradorligini oshirish maqsadida ikki tomonlama va koʻp tomonlama bitimlar yoki kelishuvlar tuzishga intiladilar.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585269" id="-5585269">45-modda. Hukm etilgan shaxslarni topshirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585272" id="-5585272"> Ishtirokchi Davlatlar mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlari uchun qamoq jazosiga yoki ozodlikdan mahrum etishning boshqa turlariga hukm qilingan shaxslarni, ular jazo muddatini oʻzlarining hududida oʻtashlarini taʼminlash maqsadida, topshirish toʻgʻrisidagi ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama kelishuv va bitimlar tuzish imkoniyatlarini koʻrib chiqishlari mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585274" id="-5585274">46-modda. Oʻzaro huquqiy yordam</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585276" id="-5585276"> 1. Ishtirokchi Davlatlar mazkur Konvensiya bilan qamrab olingan jinoyatlar bilan bogʻliq boʻlgan tergov ishlari, jinoiy qidiruv ishlari va sud muhokamalarida bir-birlariga eng keng miqyosdagi oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585279" id="-5585279"> 2. Soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlatda, mazkur Konvensiyaning 26-moddasiga koʻra, yuridik shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin boʻlgan jinoyat bilan bogʻliq tergov ishlari, jinoiy qidiruv ishlari va sud muhokamasi uchun zarur boʻlgan va tegishli qonunlarga, xalqaro shartnomalarga hamda soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlatning kelishuv va bitimlariga muvofiq koʻrsatilayotgan oʻzaro huquqiy yordam imkon qadar maksimal hajmda taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585281" id="-5585281"> 3. Mazkur moddaga muvofiq taqdim etilayotgan oʻzaro huquqiy yordam quyidagi maqsadlarning istalgani uchun soʻralishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585283" id="-5585283"> a) ayrim shaxslardan guvohlik koʻrsatmalari yoki arizalarni olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585285" id="-5585285"> b) sud hujjatlarini topshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585286" id="-5585286"> s) tintuv oʻtkazish va xatlash, shuningdek operatsiyalarni toʻxtatib turish (ishga solmay turish);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585289" id="-5585289"> d) obyektlar va hudud uchastkalarini tekshiruvdan oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585298" id="-5585298">e) maʼlumotlarni, ashyoviy dalillar va ekspertlarning chiqargan xulosalarini taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585300" id="-5585300">f) tegishli hujjat va materiallar, shu jumladan hukumat, bank, moliyaviy, korporativ yoki tijorat hujjatlarining asl nusxalari va tasdiqlangan nusxalarini taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585303" id="-5585303">g) isbotlash maqsadlarida jinoiy daromadlar, mol-mulk, jinoyat sodir etish vositalari yoki boshqa predmetlarni aniqlash yoki kuzatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585306" id="-5585306">h) tegishli shaxslarning soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlatning organlariga ixtiyoriy ravishda kelishiga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585309" id="-5585309">i) soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligiga zid boʻlmagan istalgan boshqa turdagi yordamni koʻrsatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585311" id="-5585311">j) mazkur Konvensiyaning <a href="/mact/-1461329#-5585540">V bobida</a> keltirilgan holatlarga muvofiq jinoiy daromadlarni aniqlash, ishga solmay turish va kuzatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585313" id="-5585313">k) mazkur Konvensiyaning <a href="/mact/-1461329#-5585540">V bobida </a>keltirilgan holatlarga muvofiq aktivlarni musodara qilish (muomaladan chiqarish).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585316" id="-5585316">4. Ishtirokchi Davlatning vakolatli organlari, ichki qonunchilikka zarar yetkazmagan va zid boʻlmagan holda, jinoiy-huquqiy masalalarga taalluqli maʼlumotlarni boshqa ishtirokchi Davlatning vakolatli organiga, bunday maʼlumotlar ushbu organga tergov ishlarini va jinoiy qidiruv ishlarini amalga oshirishga yoki muvaffaqiyatli yakunlashga yoki ushbu ishtirokchi Davlat tomonidan murojaatnoma tuzilishiga olib kelishiga yordam berishi mumkin deb hisoblasalar, dastlabki murojaatsiz topshirishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585319" id="-5585319">5. Mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585316">4-bandiga</a> muvofiq maʼlumotning berilishi maʼlumotni taqdim etayotgan davlatning vakolatli organlari tergov ishlari va jinoiy ish olib borilishiga zarar yetkazmagan holda amalga oshiriladi. Maʼlumot olayotgan vakolatli organlar ushbu maʼlumotning maxfiy xususiyatga ega jihatlarini, hattoki, vaqtinchalik asosda saqlash toʻgʻrisidagi iltimosni bajaradilar yoki undan foydalanishga qoʻyilgan cheklovlarga rioya qiladilar. Biroq, bu holat, maʼlumotni olgan ishtirokchi Davlatga oʻzida olib borilayotgan ish davomida ayblanuvchini oqlaydigan maʼlumotlarni aniqlashga toʻsqinlik qilmaydi. Bunday hollarda, maʼlumot olgan ishtirokchi Davlat, maʼlumotni oshkor qilishdan avval, maʼlumotni taqdim etgan ishtirokchi Davlatga xabar beradi va, agar bu haqda murojaat olinsa, maʼlumot taqdim etgan ishtirokchi Davlat bilan maslahatlashadi. Agar, kamdan-kam uchraydigan hollarda, avvaldan xabar berishning imkoni boʻlmasa, maʼlumot olayotgan ishtirokchi Davlat bu kabi oshkor etilish toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etayotgan ishtirokchi Davlatga xabar beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585322" id="-5585322">6. Mazkur moddaning holatlari biron boshqa, xoh ikki tomonlama, xoh koʻp tomonlama boʻlishidan qatʼiy nazar, oʻzaro huquqiy yordamni toʻliq yoki qisman muvofiqlashtiruvchi yoxud muvofiqlashtiradigan shartnoma boʻyicha majburiyatlarga taalluqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585325" id="-5585325">7. Mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585336">9 — 29 bandlari</a>, agar tegishli ishtirokchi Davlatlar oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi biron-bir shartnoma tuzmagan boʻlsalar, mazkur moddaga asosan joʻnatilgan murojaatlarga nisbatan qoʻllaniladi. Agar ishtirokchi Davlatlar bu kabi shartnoma tuzgan boʻlsalar va ishtirokchi Davlatlar ushbu shartnomaning tegishli holatlari oʻrniga mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585336">9 — 29 bandlarini </a>qoʻllashga rozi boʻlmasalar, u holda shartnomaning aynan shu holatlari qoʻllaniladi. Ishtirokchi Davlatlarga, agar bu hamkorlikka koʻmak beradigan boʻlsa, aynan shu bandlarni qoʻllash tavsiya qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585328" id="-5585328">8. Ishtirokchi Davlatlar bank sirini maxfiy tutishga asoslangan holda, mazkur moddaga koʻra, oʻzaro huquqiy yordam taqdim etilishini rad etmaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585336" id="-5585336">9. a) Soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat, agar tegishli xatti-harakat jinoyat deb ikkala taraflama tan olinmagan boʻlsa, mazkur moddaga koʻra yordam berilishi toʻgʻrisida qilingan murojaatga javob berishda mazkur Konvensiyaning <a href="/mact/-1461329#-5584324">1-moddasida </a>koʻrsatilgan maqsadlarni eʼtiborga oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585338" id="-5585338">b) ishtirokchi Davlatlar tegishli xatti-harakat jinoyat deb ikkala taraflama tan olinmaganiga asoslangan holda mazkur moddaga koʻra yordam taqdim etilishidan bosh tortishlari mumkin. Shu bilan birga, soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat, huquqiy tizimlarining asosiy konsepsiyalariga muvofiq boʻlishi shartida va agar bunday yordam majburiy choralar koʻrilishi bilan bogʻliq boʻlmasa, yordamni taqdim etadi. Agar murojaat de minimis xususiyatiga ega boʻlgan masalalar bilan bogʻliq boʻlsa yoki soʻralayotgan hamkorlik yoxud yordam mazkur Konvensiyaning boshqa holatiga muvofiq taʼminlanishi mumkin boʻlsa, bu kabi yordamning koʻrsatilishiga rad javobi berilishi mumkin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585342" id="-5585342">s) har bir ishtirokchi Davlat tegishli xatti-harakat jinoyat deb ikki taraflama tan olinmaganida mazkur moddaga binoan katta hajmda yordam koʻrsatishga qodir boʻlishi uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni qabul qilish imkoniyatlarini koʻrib chiqishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585346" id="-5585346">10. Hibsga olingan va bir ishtirokchi Davlat hududida qamoq muddatini oʻtayotgan shaxsning mazkur Konvensiyada qamrab olingan jinoyatlar bilan bogʻliq boʻlgan shaxsni aniqlanish, guvohlik berish yoki tergov ishi, koʻrilayotgan jinoiy ish uchun isbot-dalillar olish maqsadlarida boshqa ishtirokchi Davlatda boʻlishi talab qilinayotgan boʻlsa, u holda quyidagi talablarga rioya qilish shartida ushbu shaxs boshqa ishtirokchi Davlatga topshirilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585349" id="-5585349">a) ushbu shaxs bunga oʻzining ongli tarzda roziligini bersa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585373" id="-5585373">b) ikkala ishtirokchi Davlatning vakolatli organlari ushbu Davlatlar tegishli deb topishlari mumkin boʻlgan shartlarda kelishuvga erishsalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585379" id="-5585379">11. Mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585346">10-bandi </a>maqsadlari uchun:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585382" id="-5585382">a) topshirilgan shaxsni qabul qilgan ishtirokchi Davlat, agar ushbu shaxsni topshirgan ishtirokchi Davlat boshqa choralar qoʻllanilishini soʻramagan yoki ruxsat bermagan boʻlsa, bu shaxsni qamoqda saqlashga haqli va qamoqda saqlashi lozim;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585384" id="-5585384">b) topshirilayotgan shaxsni qabul qilib olgan ishtirokchi Davlat ushbu shaxsni topshirgan ishtirokchi Davlatga qaytarib berish boʻyicha oʻz majburiyatini avvalroq kelishib olinganidek yoki ikkala ishtirokchi Davlatlarning vakolatli organlari tomonidan boshqacha tarzda kelishib olinganidek zudlik bilan bajaradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585386" id="-5585386">s) topshirilayotgan shaxsni qabul qilib olgan ishtirokchi Davlat ushbu shaxsni topshirgan ishtirokchi Davlatdan topshirish yoki qaytarish tartibotini qoʻzgʻatishni talab qilmaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585387" id="-5585387">d) topshirilgan shaxsning uni topshirgan davlatda oʻtayotgan qamoq muddatiga topshirilgan ishtirokchi Davlatdagi uning qamoqda boʻlgan muddati ham qoʻshiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585391" id="-5585391">12. Mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585346">10-</a> va <a href="/mact/-1461329#-5585379">11-bandlariga </a>muvofiq biron shaxsni topshirishi lozim boʻlgan ishtirokchi Davlatning roziligisiz, topshirilayotgan davlat hududida ushbu shaxsning, fuqaroligi qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, uni topshirgan davlat hududidan ketishidan avvalgi vaqt oraligʻiga taalluqli boʻlgan harakatlar, bajarilmagan harakatlar yoki hukm chiqarilishi bilan bogʻliq boʻlgan taʼqib qilinishiga, qamoqqa olinishiga, jazolanishiga yoki shaxsiy ozodligining boshqa cheklanishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585393" id="-5585393">13. Har bir ishtirokchi Davlat oʻzaro huquqiy yordam berilishi haqidagi murojaatlarni qabul qilishga yoki ularni bajarishga yoxud ularni bajarish uchun vakolatli organlarga joʻnatishga masʼul va tegishli vakolatlarga ega boʻlgan markaziy organni tayinlaydi. Agar ishtirokchi Davlatda oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatishning alohida tizimiga ega maxsus hudud yoki mintaqa boʻlsa, u ushbu hudud yoki mintaqada xuddi shunday vazifalarni bajaruvchi alohida markaziy organni tayinlashi mumkin. Markaziy organlar qabul qilingan murojaatlarni tezkor va tegishli tarzda bajarilishi yoki joʻnatilishini taʼminlaydilar. Agar markaziy organ murojaatni bajarish uchun vakolatli organga joʻnatayotgan boʻlsa, ushbu murojaat vakolatli organ tomonidan tezkor va tegishli ravishda bajarilishiga koʻmaklashadi. Har bir ishtirokchi Davlat oʻzining ratifikatsion yorligʻini yoki mazkur Konvensiyani qabul qilishi yoki uni tasdiqlashi yoni unga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi hujjatini saqlash uchun topshirayotganida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi ushbu maqsadlarda tayinlangan markaziy organ haqida xabardor qilinadi. Oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimoslar va ularga taalluqli istalgan xabarlar ishtirokchi Davlatlar tayinlagan markaziy organlar tomonidan joʻnatiladi. Bu talab ishtirokchi Davlatning bunday murojaatlar va xabarlarni diplomatik kanallar orqali va favqulodda vaziyatlarda, ishtirokchi Davlatlar bu haqda avvaldan kelishib olgan boʻlsalar va agar, buning imkoni boʻlsa, Jinoiy politsiyaning xalqaro tashkiloti orqali unga yetkazilishini talab qilishdek huquqini cheklamaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585398" id="-5585398">14. Murojaatlar yozma koʻrinishda yoki, agar buning imkoni boʻlsa, soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat uchun maqbul boʻlgan tilda yozma matn tuzishning va ushbu ishtirokchi Davlatga uning asliga toʻgʻri ekanligini aniqlash imkoniyatini beruvchi shartlarda istalgan vositalar yordamida joʻnatiladi. Ratifikatsion yorliq yoki mazkur Konvensiyani qabul qilishi yoki uni tasdiqlashi yoni unga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi hujjat saqlash uchun topshirilayotganida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi har bir ishtirokchi Davlat uchun maqbul boʻlgan til yoki tillar toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Favqulodda vaziyatlarda va, agar ishtirokchi Davlatlar tomonidan bu haqda avvaldan kelishib olingan boʻlsa, murojaatlar ogʻzaki koʻrinishda joʻnatilishi mumkin, lekin bu ogʻzaki murojaatlar zudlik bilan yozma ravishda tasdiqlanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585400" id="-5585400">15. Oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi murojaatda quyidagilar koʻrsatiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585403" id="-5585403">a) iltimos bilan murojaat qilayotgan organning nomlanishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585406" id="-5585406">b) masalaning mohiyati va murojaatga taalluqli tekshiruv ishlari, qoʻzgʻatilgan jinoiy ish yoki sud muhokamasining tavsifi, shuningdek bu tekshiruv ishlari, qoʻzgʻatilgan jinoiy ish yoki sud muhokamasini amalga oshirayotgan organning nomlanishi va vazifalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585407" id="-5585407">s) sudga oid hujjatlarni topshirish bilan bogʻliq iltimoslarni istisno qilganda, tegishli dalillarning qisqacha bayoni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585409" id="-5585409">d) soʻralayotgan yordamning taʼrifi va soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat rioya qilinishi taʼminlanishini xohlayotgan istalgan aniq tartibot toʻgʻrisida batafsil maʼlumot;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585410" id="-5585410">e) imkon boricha, istalgan tegishli shaxsning joylashgan yeri, fuqaroligi va shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; va</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585412" id="-5585412">f) dalillar, maʼlumot yoki choralar soʻralishidan maqsad. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585414" id="-5585414">16. Soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat, agar biron qoʻshimcha maʼlumot uning ichki qonunchiligiga muvofiq iltimos bajarilishi uchun yoki bunday iltimos bajarilishini yengillashtiradigan boʻlsa, zarur boʻlgan holatlarda ushbu qoʻshimcha maʼlumotni soʻrashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585415" id="-5585415">17. Iltimos soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligiga muvofiq va soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligiga zid boʻlmagan darajada, va imkon qadar iltimosda koʻrsatilgan tartibotlarga muvofiq ravishda bajariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585417" id="-5585417">18. Agar biron-bir shaxs ishtirokchi Davlat hududida boʻlsa va guvoh yoki ekspert sifatida boshqa ishtirokchi Davlatning sud organlariga guvohlik yoki koʻrsatma berishi kerak boʻlib va tegishli shaxsning soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlatning hududida boʻlishining imkoni boʻlmasa yoki ishtirokchi Davlatning hududida boʻlishi maqsadga muvofiq boʻlmasa, guvohlik yoki koʻrsatma berilishini, imkoniyat darajasida va ichki qonunchilikning eng muhim prinsiplariga muvofiq holda, birinchi ishtirokchi Davlat boshqa ishtirokchi Davlatning iltimosiga koʻra video aloqa yordamida amalga oshirishi mumkin. Ishtirokchi Davlatlar guvohlik va koʻrsatmalar berilishini soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlatning sud organlari soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlatning sud organlari ishtirokida oʻtkazishi toʻgʻrisida kelishib olishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585421" id="-5585421">19. Soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan taqdim etilgan maʼlumot va isbot-dalillardan, soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlatning avvaldan bergan roziligisiz, murojaatnomada koʻrsatilgan tergov ishlari yoki sud muhokamasidan boshqa tergov ishlari yoki sud muhokamasida foydalanmaydi. Mazkur banddagi hech qanday holat soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan uning hududida oʻtayotgan tergov va tekshiruv ishlari jarayonida ayblanuvchini oqlovchi maʼlumotlar yoki isbot-dalillarni aniqlanishiga toʻsqinlik qilmaydi. Bunday holatlarda, soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat, maʼlumotlar yoki isbot-dalillarni aniqlashdan avval, soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlatni bu haqda xabardor qiladi va agar, maslahatlashish toʻgʻrisida iltimos qilingan boʻlsa, soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat bilan maslahatlar oʻtkazadi. Agar, istisno qilingan holatlarda, avvaldan xabar berishning imkoni boʻlmasa, u holda soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat bu kabi oqlovchi maʼlumotlar yoki isbot-dalillar aniqlanganligi haqida zudlik bilan soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlatga xabar beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585423" id="-5585423">20. Soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat, murojaatning bajarilishi uchun zarur boʻlgan narsalarni istisno qilganda, uning mavjudligi va uning mohiyati oshkora qilinmasligini soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlatdan talab qilishi mumkin. Agar soʻrov berilayotgan Davlat oshkor qilinmaslik toʻgʻrisidagi talabni bajara olmaydigan boʻlsa, u holda soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlatni darhol bu toʻgʻrisida xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585425" id="-5585425">21. Oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatilishiga quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585427" id="-5585427">a) agar murojaat mazkur moddaning holatlariga muvofiq boʻlmagan tarzda berilsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585429" id="-5585429">b) agar soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat murojaatning bajarilishi uning suvereniteti, xavfsizligi, ommaviy tartibiga yoki boshqa hayotiy muhim manfaatlariga zarar yetkazadi deb hisoblasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585430" id="-5585430">s) agar soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligi istalgan bu kabi jinoyatga nisbatan, agar bunday jinoyat uning sud qilish huquqlari chegarasida olib boriladigan tekshiruv, tergov ishlari yoki sud muhokamasining predmeti hisoblanib, soʻralayotgan choralarni amalga oshirishni taqiqlaydigan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585434" id="-5585434">d) agar murojaatning bajarilishi soʻrov berilayotgan Davlatning huquqiy tizimidagi oʻzaro huquqiy yordam masalalariga taalluqli qismiga zid boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585437" id="-5585437">22. Ishtirokchi Davlatlar oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi murojaatni, faqat, jinoyat, shuningdek soliq masalalari bilan bogʻliq deb hisoblangani sababli rad etishlari mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585440" id="-5585440">23. Oʻzaro huquqiy yordam taqdim etilishiga nisbatan bildirilgan rad javoblarining barchasi asoslanib berilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585442" id="-5585442">24. Soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatilishi haqidagi murojaatni imkon qadar qisqa muddatlarda bajaradi va soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan taklif qilinayotgan va, birinchi navbatda, murojaatning oʻzida asoslanib berilgan istalgan eng qisqa muddatlarni imkon boricha toʻliq hisobga oladi. Soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan uning iltimosini qondirish uchun koʻrilayotgan choralar maqomi va iltimosning bajarilishi boʻyicha maʼlumotlar taqdim etilishi toʻgʻrisidagi oqilona soʻrovlar bilan murojaat qilishi mumkin. Soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat soʻralgan yordam zarurati qolmaganligi toʻgʻrisida tezkor ravishda soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlatni xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585445" id="-5585445">25. Oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatilishi, amalga oshirilayotgan tekshiruv, jinoiy tergov ishlari yoki sud muhokamasiga toʻsqinlik qilishi mumkinligi bilan asoslangan holda, soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan kechiktirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585446" id="-5585446">26. Mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585425">21-bandiga </a>asosan iltimosga rad javobini berishdan yoki mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585445">25-bandiga </a>asosan iltimos bajarilishini kechiktirishdan avval soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan zarur deb topilgan shart va muddatlarda yordam koʻrsatilishi mumkinligini aniqlash maqsadida soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat bilan maslahatlashadi. Agar soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat bu kabi shartlarda yordam koʻrsatilishiga rozi boʻlsa, u holda bu shartlarga rioya qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585449" id="-5585449">27. Soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlatning iltimosiga koʻra ushbu davlatning hududida oʻtkazilayotgan tergov ishlarini amalga oshirishda yoki sud muhokamasida koʻrsatmalar berishga rozilik bergan guvoh, ekspert yoki boshqa shaxsning, mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585391">12-bandi</a> qoʻllanilishiga zarar yetkazmagan holda, uni topshirgan davlat hududidan ketishidan avvalgi vaqt oraligʻiga taalluqli boʻlgan harakatlar, bajarilmagan harakatlar yoki hukm chiqarilishi bilan bogʻliq boʻlgan taʼqib qilinishiga, qamoqqa olinishiga, jazolanishiga yoki shaxsiy ozodligining boshqa cheklanishlariga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar guvoh, ekspert yoki boshqa shaxs, uning ushbu hududda boʻlishi sud organlariga talab qilinmasligi haqida rasmiy ravishda xabardor qilingan kundan boshlab ketma-ket oʻn besh kun davomida yoki ishtirokchi Davlatlar oʻzaro kelishib olgan muddat davomida soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat hududidan chiqib ketish imkoniyatiga ega boʻlsada, lekin oʻz ixtiyori bilan ushbu hududda qolsa yoki oʻzining xohishiga koʻra yana qaytib kelsa, u holda bunday shaxsiy xavfsizlik kafolatining amal qilishi tugaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585452" id="-5585452">28. Murojaatni bajarish bilan bogʻliq odatdagi xarajatlar, agar manfaatdor ishtirokchi Davlatlar boshqa shartlar toʻgʻrisida kelishib olmagan boʻlsalar, soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan qoplanadilar. Agar murojaatning bajarilishi jiddiy va favqulodda xarajatlarni talab qiladigan boʻlsa, ishtirokchi Davlatlar murojaat qaysi shartlarda bajarilishi, shuningdek, xarajatlarni qoplash tartibi xususida maslahatlashib oladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585455" id="-5585455">29. Soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585459" id="-5585459">a) soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlatga oʻzida mavjud boʻlgan va ichki qonunchiligiga muvofiq ommaviy tarzda foydalanishga ruxsat berilgan hukumat tomonidan chiqarilgan materiallar, hujjatlar yoki maʼlumotlarning nusxalarini taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585461" id="-5585461">b) oʻzi lozim topgan hollarda soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlatga, oʻzi tegishli deb topgan shartlarga rioya qilish shartida oʻzida mavjud boʻlgan va ichki qonunchiligiga muvofiq ommaviy tarzda foydalanishga ruxsat etilmagan hukumat tomonidan chiqarilgan materiallar, hujjatlar yoki maʼlumotlarning nusxalarini toʻliq yoki qisman taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585462" id="-5585462">30. Ishtirokchi Davlatlar, zarurat tugʻilishiga qarab, ushbu modda maqsadlariga javob beruvchi, uning amal qilishini taʼminlovchi yoki tutgan oʻrnini mustahkamlovchi ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama kelishuvlar tuzish imkoniyatini koʻrib chiqadilar.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585467" id="-5585467">47-modda. Jinoiy ish yurituvini topshirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585473" id="-5585473">Ishtirokchi Davlatlar mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar munosabati bilan yuritilayotgan tekshiruv ishlarini, bu kabi oʻzaro topshirishlar odil sudlov tegishli tarzda amalga oshirilishi manfaatlariga javob beradi deb hisoblansa, xususan, agar jinoiy ishlarni birlashtirish uchun bir nechta yurisdiksiyaga murojaat qilinishi lozim boʻlsa, oʻzaro topshirish imkoniyatlarini koʻrib chiqadilar.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585476" id="-5585476">48-modda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasidagi hamkorlik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585479" id="-5585479">1. Ishtirokchi Davlatlar mazkur Konvensiyada qamrab olingan jinoyatlarga qarshi kurashish uchun qoʻllaniladigan qonuniy choralar samaradorligini oshirish maqsadida, oʻzlarining ichki huquqiy va maʼmuriy tizimlariga muvofiq tarzda, bir-birlari bilan yaqindan hamkorlik qiladilar. Ishtirokchi Davlatlar, xususan, quyidagilarga qaratilgan samarali choralarni koʻradilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585481" id="-5585481">a) mazkur Konvensiyada qamrab olingan jinoyatlarning barcha jihatlari toʻgʻrisida, jumladan, agar ishtirokchi Davlatlar buni zarur deb topsalar, jinoiy faoliyatning boshqa turlari boʻyicha maʼlumotlarning ishonchli va tezkor almashinuvini taʼminlash maqsadida ishtirokchi Davlatlarning vakolatli organlari, muassasalari va xizmatlari oʻrtasida aloqa kanallarini mustahkamlash va zarur boʻlgan holatlarda bu kabi aloqani oʻrnatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585482" id="-5585482">b) mazkur Konvensiyada qamrab olingan jinoyatlar bilan bogʻliq boʻlgan tekshiruv ishlarini olib borishda quyidagilarni aniqlash maqsadida hamkorlik qilish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585484" id="-5585484">i) bu kabi jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotganlarning shaxsi, joylashgan yeri va faoliyati yoki boshqa aloqador shaxslarning joylashgan yeri;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585491" id="-5585491">ii) bu kabi jinoyatlar sodir etilishi natijasida orttirilgan jinoiy daromadlar yoki mol-mulkning koʻchishi, joyini oʻzgartirishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585494" id="-5585494">iii) bu kabi jinoyatlarni sodir etishda foydalanilgan yoki foydalanish uchun moʻljallangan mol-mulk, uskunalar yoki boshqa vositalarning joydan joyga koʻchishi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585496" id="-5585496">s) lozim boʻlgan holatlarda tahlil qilish yoki tekshiruv oʻtkazish maqsadida zarur predmetlar yoki zarur boʻlgan miqdorda moddalarni taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585499" id="-5585499">d) zarur holatlarda boshqa ishtirokchi Davlatlar bilan mazkur Konvensiyada qamrab olingan jinoyatlarni sodir etishda qoʻllaniladigan aniq vositalar va usullar, jumladan qalbaki shaxsiy guvohnomalar, qalbaki, oʻzgartirilgan yoki soxta hujjatlar va faoliyatini yashirishda qoʻllaniladigan boshqa vositalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan almashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585501" id="-5585501">e) ularning vakolatli organlari, muassasalari va xizmatlari oʻrtasidagi samarali muvofiqlashtirishga koʻmaklashish va xodimlar hamda boshqa ekspertlar bilan almashish, shu jumladan, manfaatdor ishtirokchi Davlatlar tomonidan ikki tomonli kelishuvlar va bitimlar tuzilishi shartida aloqa boʻyicha xodimlarni joʻnatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585505" id="-5585505">f) axborot almashinuvi va, lozim boʻlgan holatlarda, mazkur Konvensiyada qamrab olingan jinoyatlarni avvaldan aniqlash maqsadida qoʻllaniladigan maʼmuriy va boshqa choralarni muvofiqlashtirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585507" id="-5585507">2. Mazkur Konvensiyaning amaliy qoʻllanilishi maqsadida ishtirokchi Davlatlar oʻzlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlari bir-birlari bilan bevosita hamkorlik qilishlari toʻgʻrisidagi ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama kelishuv va bitimlarni tuzish, agar bunday kelishuv va bitimlar mavjud boʻlgan holatlarda esa ularga oʻzgartishlar kiritish imkoniyatini koʻrib chiqadilar. Manfaatdor ishtirokchi davlatlar oʻrtasida bu kabi kelishuv va bitimlar mavjud boʻlmasa, ishtirokchilar mazkur Konvensiyani huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mazkur Konvensiya qamrab olgan jinoyatlarga qarshi kurashdagi oʻzaro hamkorligi uchun asos sifatida koʻrishlari mumkin. Ishtirokchi Davlatlar, lozim boʻlgan holatlarda, oʻzlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun kelishuv va bitimlardan, shu jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning mexanizmlaridan toʻliqligicha foydalanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585509" id="-5585509">3. Ishtirokchi Davlatlar, oʻz imkoniyatlari doirasida, mazkur Konvensiyada qamrab olingan va zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish uchun hamkorlik qilishga intiladilar. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585513" id="-5585513">49-modda. Birgalikdagi tergov ishlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585516" id="-5585516">Ishtirokchi Davlatlar bitta yoki bir nechta davlatlarda olib borilayotgan jinoiy taʼqib yoki sud muhokamasi uchun umumiy hisoblangan jinoyatlar boʻyicha birgalikdagi tergovni olib borish boʻyicha organlar tuzish toʻgʻrisidagi manfaatdor vakolatli organlar oʻrtasida ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama kelishuv yoxud bitimlarni tuzish imkoniyatlarini koʻrib chiqadilar. Bu kabi kelishuv yoki bitimlar boʻlmagan taqdirda, birgalikdagi tergov ishlari har bir alohida holat uchun tuzilgan kelishuv asosida olib boriladi. Tegishli ishtirokchi Davlatlar, hududida bunday tekshiruv va tergov ishlari olib borilayotgan ishtirokchi Davlatning suvereniteti toʻliq hurmat qilinishini taʼminlaydilar.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585520" id="-5585520">50-modda. Tergovning maxsus metodlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585525" id="-5585525">1. Korrupsiyaga qarshi samarali kurashish maqsadida har bir ishtirokchi Davlat, ichki huquqiy tizimidagi eng muhim prinsiplari yoʻl qoʻyadigan darajada va uning ichki qonunchiligida belgilangan shartlarda, oʻzining vakolatli organlari tomonidan tegishli tarzda nazorat ostida yetkazib berishga va oʻzi lozim deb topgan holatlarda esa, elektron kuzatuv yoki kuzatuvning boshqa shakllarini qoʻllashga, shuningdek oʻzining hududida amalga oshiriladigan agentura operatsiyalari kabi tekshiruv ishlarini olib borishning maxsus metodlaridan, oʻz imkoniyatlari doirasida, tegishli tarzda foydalanishga, shuningdek bu kabi metodlar yordamida toʻplangan isbot-dalillar sudga qoʻyilishiga ruxsat berilishi uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585528" id="-5585528">2. Mazkur Konvensiyada qamrab olingan jinoyatlar boʻyicha tekshiruv olib borish maqsadida, zarurat mavjud boʻlgan hollarda, tekshiruvning bunday maxsus metodlaridan xalqaro miqyosda hamkorlik qilish kontekstida foydalanish uchun ishtirokchi Davlatlar tomonidan ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama kelishuv yoxud bitimlar tuzishi ragʻbatlantiriladi. Bunday kelishuv yoki bitimlar davlatlarning suveren teng huquqlik prinsipiga toʻla rioya qilgan holda tuziladi va amalga oshiriladi hamda ushbu kelishuv yoki bitimlarning shartlariga qatʼiy amal qilgan holda qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585531" id="-5585531">3. <a href="/mact/-1461329#-5585528">2-bandda </a>koʻrsatilgan kelishuv va bitimlar mavjud boʻlmaganida tekshiruvning bunday maxsus metodlaridan xalqaro miqyosda foydalanish toʻgʻrisidagi qaror har bir alohida holat uchun qabul qilinishi mumkin va, zarurat tugʻilganida, moliyaviy kelishuvlar hamda sud qilish huquqini amalga oshirishda manfaatdor ishtirokchi Davlatlarning hamjihatligini hisobga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585534" id="-5585534">4. Nazorat ostida yetkazib berishdan xalqaro miqyosda foydalanish toʻgʻrisidagi qarorlar, manfaatdor ishtirokchi Davlatlarning roziligi bilan, yuklarni ushlab olib qolish va ularga tegmasdan qoldirish yoki ularni toʻliq yoxud qisman muomaladan chiqarish yoki almashtirish kabi metodlarni oʻz ichiga olishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5585540" id="-5585540">V bob<br /> Aktivlarni qaytarish boʻyicha choralar </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585544" id="-5585544">51-modda. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585546" id="-5585546">Mazkur bobga asosan aktivlarning qaytarilishi oʻz mohiyatiga koʻra mazkur Konvensiyaning eng muhim prinsipi hisoblanadi va ishtirokchi Davlatlar ushbu yoʻnalishda bir-birlari bilan keng miqyosda va yaqindan hamkorlik qiladilar hamda bir-birlariga yordam koʻrsatadilar. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585549" id="-5585549">52-modda. Jinoiy daromadlar boshqa joyga oʻtkazilishini oldini olish va aniqlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585551" id="-5585551">1. Har bir ishtirokchi Davlat, mazkur Konvensiyaning <a href="/mact/-1461329#-5584695">14-moddasiga </a>zarar yetkazmagan holda, oʻzining yurisdiksiyasi daxl qilishi mumkin boʻlgan moliya muassasalaridan mijozlar shaxsini aniqlashni, katta hajmdagi mablagʻlar jamlangan hisob raqamlarida deponentlangan benefitsar mablagʻlar egalarining shaxsini aniqlash uchun oqilona choralarni koʻrishni, katta miqyosdagi va ahamiyatli ommaviy vakolatlarga bugungi kunda ega yoki avvalroq ega boʻlgan shaxslar, ularning oila aʼzolari va ular bilan yaqindan aloqa qiladigan hamkorlar yoki yuqorida sanab oʻtilgan shaxslar nomidan ochilmoqchi boʻlgan yoki olib borilayotgan hisob raqamlarini yanada kuchliroq nazorat qilinishini talab qilish uchun ushbu ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligiga muvofiq talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi. Bunday qatʼiy choralar shubhali operatsiyalarni oqilona darajada aniqlash uchun qaratilgan boʻlib, vakolatli organlarga tegishli maʼlumotlar yetkazilishi uchun moʻljallangan va moliya muassasasi istalgan qonuniy mijoz bilan ish yuritishiga toʻsqinlik qiladigan yoki taqiqlaydigan tarzda talqin etilmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585557" id="-5585557">2. Mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585551">1-bandida </a>koʻzda tutilgan choralar amalga oshirilishiga koʻmaklashish maqsadida har bir ishtirokchi Davlat, oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq hamda pul mablagʻlarini halollab olish boʻyicha mintaqaviy, mintaqalararo va koʻp tomonlama tashkilotlarning tegishli tashabbuslariga tayangan holda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585558" id="-5585558">a) hisob raqamlariga oʻzining yurisdiksiyasi daxl qiladigan moliya muassasalari tomonidan nazoratning yanada qatʼiyroq choralari koʻrilishi kutilayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning toifalariga, alohida eʼtibor berilishi lozim boʻlgan hisob raqamlari va operatsiyalarning turlariga, hamda hisob raqamlarini ochish va yuritish boʻyicha tegishli choralarga, shuningdek shu kabi hisob raqamlariga nisbatan qabul qilinuvchi hisob raqamlari boʻyicha olib boriladigan hisobot va moliyaviy hujjatlarga nisbatan tavsiyaviy koʻrsatmalar chiqaradi, va</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585560" id="-5585560">b) tegishli holatlarda, oʻzining yurisdiksiyasi daxl qiladigan moliya muassasalarini boshqa ishtirokchi Davlatning iltimosi yoki oʻzining tashabbusiga koʻra, bu kabi moliya muassasalari tomonidan nazoratning yanada qatʼiyroq choralari koʻrilishi kutilayotgan hisob raqamlariga ega aniq jismoniy yoki yuridik shaxslar toʻgʻrisida, moliya muassasasi tomonidan boshqacha tartibda aniqlanishi mumkin boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga qoʻshimcha qilgan holda, xabardor qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585562" id="-5585562">3. Har bir ishtirokchi Davlat, mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585558">2 (a)-bandi</a> kontekstida oʻzining moliya muassasalari, mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585551">1-bandida</a> qayd etilgan shaxslarga daxldor boʻlgan hisob raqamlari va operatsiyalar toʻgʻrisidagi va tarkibida kamida mijozning shaxsi, shuningdek, imkon qadar, benefitsiar egasiga taalluqli boʻlgan maʼlumotlari mavjud moliyaviy hujjatlar va hisobotlar tegishli muddat davomida saqlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan choralarni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585565" id="-5585565">4. Mazkur Kovensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar natijasida topilgan jinoiy daromadlar boshqa joylarga oʻtkazilishini oldini olish va aniqlash maqsadida har bir ishtirokchi Davlat oʻzining tartibga soluvchi va nazorat organlari, jismoniy ishtiroki boʻlmagan yoki biron muvofiqlashtiriladigan moliyaviy guruh bilan affilatsiya qilinmagan bank muassasalari yordamida tegishli va amaliy choralarni amalga oshiradi. Undan tashqari, ishtirokchi Davlatlar oʻzlarining moliya muassasalariga nisbatan bu kabi moliya muassasalari bilan bank korrespondentlik munosabatlarni oʻrnatishni yoki bunday munosabatlarni davom ettirishni rad qilish, shuningdek jismoniy ishtiroki boʻlmagan yoki biron muvofiqlashtiriladigan moliyaviy guruh bilan affilatsiya qilinmagan banklar tomonidan hisob raqamlaridan foydalanishiga ruxsat beruvchi xorijiy moliyaviy muassasalar bilan munosabatlarni oʻrnatishdan saqlanish kabi talablarni oʻrnatish imkoniyatini koʻrib chiqishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585567" id="-5585567">5. Har bir ishtirokchi Davlat oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq tegishli ommaviy mansabdor shaxslarga taalluqli moliyaviy maʼlumotlarni oshkor qilib berishni koʻzda tutuvchi samarali tizimlarni tashkil qilish imkoniyatlarini koʻrib chiqadi va ushbu talablarga rioya qilinmasligi uchun tegishli jazo choralarini belgilaydi. Har bir ishtirokchi Davlat, shuningdek, mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar orqali topilgan jinoiy daromadlarni qaytarish maqsadida tekshiruv olib borish, huquqlarini bayon qilish va tegishli choralarni koʻrish uchun zarur boʻlgan holatlarda oʻzining vakolatli organlariga boshqa ishtirokchi Davlatning vakolatli organlari bilan bunday maʼlumotlar bilan almashishiga ruxsat berish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni qabul qilish imkoniyatini koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585570" id="-5585570">6. Har bir ishtirokchi Davlat biron xorijiy mamlakatdagi biron-bir moliyaviy hisob raqamga nisbatan manfaatga yoki imzo qoʻyish huquqiga yoxud boshqa vakolatga ega boʻlgan ommaviy mansabdor shaxslar uchun bu haqda tegishli organlarga xabar berish va bu kabi hisob raqamlarga taalluqli hisobot olib borish talabini belgilash uchun oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni qabul qilish imkoniyatini koʻrib chiqadi. Bu kabi choralar, shuningdek, bunday talablarga rioya qilmaslik uchun tegishli sanksiyalar qoʻllanilishini koʻzda tutadilar.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585574" id="-5585574">53-modda. Mol-mulk bevosita qaytarilishi uchun choralar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585576" id="-5585576">Har bir ishtirokchi Davlat, oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585580" id="-5585580">a) boshqa ishtirokchi Davlatga mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar natijasida sotib olingan mol-mulkka nisbatan huquqiy unvon yoki egalik qilish huquqini talab qilish yuzasidan fuqarolik daʼvolarini oʻzining sudlariga taqdim etishiga ruxsat berish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585582" id="-5585582">b) oʻzlarining sudlariga mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlarni sodir etgan shaxslarga bunday jinoyat sodir etilishi oqibatida boshqa ishtirokchi Davlatga yetkazilgan zararni oʻrnini toʻldirish yoki qoplash toʻgʻrisida farmoyish berishiga ruxsat berilishi uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585585" id="-5585585">s) musodara qilish toʻgʻrisidagi qarorlarni chiqarishda mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar natijasida sotib olingan mol-mulkning qonuniy egasi sifatida boshqa ishtirokchi Davlat tomonidan qoʻyiladigan talablarni oʻzlarining sudlari yoki vakolatli organlari tan olinishiga yoʻl qoʻyish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585588" id="-5585588">54-modda. Musodara qilish ishlari boʻyicha xalqaro hamkorlik vositasida mol-mulkni muomaladan chiqarish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585591" id="-5585591">1. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar natijasida sotib olingan yoki bu kabi jinoyatlarni sodir etilishida foydalanilgan mol-mulkka taalluqli oʻzaro huquqiy yordamni mazkur Konvensiyaning <a href="/mact/-1461329#-5585618">55-moddasiga </a>asosan taqdim etish maqsadida, oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585596" id="-5585596">a) boshqa ishtirokchi Davlat sudlari tomonidan musodara qilish toʻgʻrisida chiqarilgan qarorlarni oʻzining vakolatli organlari ijro etishiga ruxsat berilishi uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585600" id="-5585600">b) oʻzining vakolatli organlariga, ularning yurisdiksiyasi doirasida, pul mablagʻlarini legallashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar yoki uning yurisdiksiyasiga taalluqli boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa jinoyatlar yuzasidan sud qarorini chiqarishda yoxud ichki qonunchiligida ruxsat etilgan boshqa tartibotlardan foydalanishda kelib chiqishi xorijiy boʻlgan bunday mol-mulk musodara qilinishi toʻgʻrisida qaror chiqarishlariga ruxsat berish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi; va</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585603" id="-5585603">s) vafot etganligi, yashirilganligi yoki yoʻqligi sababli jinoyatchi taʼqib etilishining imkoni boʻlmagan yoxud boshqa muvofiq holatlarda koʻrilayotgan jinoiy ishlar doirasida qaror chiqarmasdan turib bunday mol-mulkning musodara qilinishiga imkoniyat yaratish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni qabul qilish boʻyicha masalani koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585605" id="-5585605">2. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyaning 55-moddasi, <a href="/mact/-1461329#-5585626">2-bandiga </a>asosan joʻnatilgan iltimos boʻyicha oʻzaro huquqiy yordamni taqdim etish maqsadida, oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585608" id="-5585608">a) oʻzining vakolatli organlariga soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlatning sudi yoki vakolatli organlari tomonidan mol-mulkni muomaladan chiqarib ishga solmay qoʻyish yoki hibsga olish toʻgʻrisida chiqarilgan va soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlatga bu kabi choralar koʻrilishi uchun yetarli asoslar mavjud va, yakuniy natijada, ushbu mol-mulkka nisbatan mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585596">1 (a)-bandi </a>maqsadlari uchun musodara qilish toʻgʻrisida qaror chiqariladi deb hisoblashga imkon beruvchi oqilona asoslar bayon etilgan qarorga asosan mol-mulkni ishga solmay qoʻyishiga yoki hibsga olishiga ruxsat berish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585610" id="-5585610">b) oʻzining vakolatli organlariga soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlatga bu kabi choralar koʻrilishi uchun yetarli asoslar mavjud va, yakuniy natijada, ushbu mol-mulkka nisbatan mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585596">1 (a)-bandi </a>maqsadlari uchun musodara qilish toʻgʻrisida qaror chiqariladi deb hisoblashga imkon beruvchi oqilona asoslar bayon etilgan murojaatga asosan mol-mulkni muomaladan chiqarib turib ishga solmay qoʻyishiga yoki hibsga olishiga ruxsat berish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi; va</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585616" id="-5585616">s) oʻzining vakolatli organlariga musodara qilish maqsadlarida mol-mulkni saqlab qolishiga, masalan, bu kabi mol-mulkni sotib olinishi munosabati bilan xorijda chiqarilgan hibsga olish toʻgʻrisidagi qaror yoki jinoiy ish qoʻzgʻatilishiga asoslangan holda, ruxsat berishi uchun qoʻshimcha choralarni qabul qilish masalasini koʻrib chiqadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585618" id="-5585618">55-modda. Musodara qilish maqsadlaridagi xalqaro hamkorlik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585619" id="-5585619">1. Mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron xatti-harakat yurisdiksiyasiga taalluqli hisoblangan ishtirokchi Davlatdan mazkur Kovensiyaning 31-moddasi <a href="/mact/-1461329#-5585600">1-bandida </a>qayd etilgan va oʻz hududida joylashgan jinoiy daromadlarni, mol-mulkni, uskunalari va jinoyat sodir etishning boshqa vositalarini musodara qilish toʻgʻrisida murojaatnoma olgan ishtirokchi Davlat oʻzining ichki qonunchiligi doirasida mumkin boʻlgan maksimal darajada:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585622" id="-5585622">a) musodara qilish toʻgʻrisidagi qarorni olish maqsadida bu iltimosni oʻzining vakolatli organlariga yuboradi va shunday qarorni olgan taqdirda uni ijro etadi, yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585624" id="-5585624">b) oʻzining vakolatli organlariga soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat hududida mazkur Konvensiyaning 31-moddasi <a href="/mact/-1461329#-5585041">1-bandi </a>va 54-moddasi <a href="/mact/-1461329#-5585596">1 (a)-bandiga </a>muvofiq sud tomonidan musodara qilish toʻgʻrisidagi chiqarilgan qarorni, murojaatda koʻrsatilgan hajmda va soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlati hududidagi 31-moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585041">1-bandida </a>qayd etilgan jinoiy daromadlar, mol-mulk, uskuna yoki jinoyat sodir etishning boshqa vositalariga taalluqli boʻlgan darajada ijro etish maqsadida yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585626" id="-5585626">2. Soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat Mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron xatti-harakat yurisdiksiyasiga taalluqli hisoblangan ishtirokchi Davlatdan murojaatnoma olganidan keyin, 31-moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585041">1-bandida </a>qayd etilgan jinoiy daromadlar, mol-mulk, uskuna yoki jinoyat sodir etishning boshqa vositalarini aniqlash, kuzatish, muomaladan chiqarib turib ishga solmay qoʻyish yoki hibsga olish maqsadida va keyinchalik, soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan chiqariluvchi qarorga yoki mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585041">1-bandiga </a>asosan qilingan murojaatga muvofiq, musodara qilish uchun choralar koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585629" id="-5585629">3. Mazkur Konvensiyaning <a href="/mact/-1461329#-5585274">46-moddasidagi </a>holatlar mazkur moddaga nisbatan mutatis mutandis tarzda qoʻllaniladi. Mazkur moddaga muvofiq yuborilayotgan iltimos tarkibida 46-moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585400">15-bandida </a>koʻrsatilgan maʼlumotlarga qoʻshimcha qilingan quyidagilar bayon etiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585631" id="-5585631">a) mazkur moddaning<a href="/mact/-1461329#-5585622"> 1 (a)-bandida </a>koʻzda tutilgan murojaat qoʻllanishiga — musodara qilinishi lozim boʻlgan mol-mulkning taʼriflanishi, shu jumladan, imkon darajasida uning joylashgan yeri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va, agar bu oʻrinli boʻlsa, mol-mulkning baholangan qiymati va soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat havola qilayotgan va soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq qaror chiqarishi uchun choralar koʻrishiga yetarli boʻlgan dalillar bayon etilgan ariza;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585634" id="-5585634">b) mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585624">1 (b)-bandida </a>koʻzda tutilgan murojaat qoʻllanishiga — soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat murojaatini asoslab beruvchi va u tomondan berilgan musodara toʻgʻrisidagi qarorning yuridik jihatdan yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan nusxasi, dalillarning bayoni keltirilgan ariza va qaror ijrosining soʻralayotgan hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumot, soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat halol uchinchi tomonlarga tegishli xabarnoma yuborishi va tegishli huquqiy tartibotlarga rioya qilinishini taʼminlash uchun koʻrilgan choralar koʻrsatilgan ariza hamda musodara toʻgʻrisidagi qaror qatʼiy ekanligi toʻgʻrisidagi ariza;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585637" id="-5585637">s) mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585626">2-bandida</a> koʻzda tutilgan murojaat qoʻllanishiga — soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat havola qilayotgan dalillar bayon etilgan ariza va qoʻllanilayotgan choralarning taʼriflanishi, shuningdek, agar mavjud boʻlsa, murojaatni asoslab beruvchi qarorning yuridik jihatdan yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan nusxasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585639" id="-5585639">4. Mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585619">1- </a>va <a href="/mact/-1461329#-5585626">2-bandlarida </a>koʻzda tutilgan qarorlar yoki choralar soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan uning ichki qonunchiligidagi holatlarga va uning protsessual normalari yoki istalgan ikki tomonlama yoxud soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat bilan munosabatlari asnosida bogʻliq boʻlgan koʻp tomonlama kelishuvlar yoki bitimlarga muvofiq va ularga rioya qilish shartida qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585641" id="-5585641">5. Har bir ishtirokchi Davlat Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga mazkur moddadagi holatlar amalga oshirilishini taʼminlovchi qonun va qoidalarining matnlarini, shuningdek ushbu qonunlar va qoidalarga keyinchalik kiritilgan barcha istalgan oʻzgartishlarning matnlari yoki taʼriflanishlarini taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585644" id="-5585644">6. Agar ishtirokchi Davlat mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585619">1-</a> va <a href="/mact/-1461329#-5585626">2-bandlarida </a>qayd etilgan choralar koʻrilishini muvofiq shartnoma mavjud boʻlishi bilan shartlashni xohlasa, u holda bu ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyani zarur va yetarli boʻlgan shartnomaviy-huquqiy asos sifatida koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585647" id="-5585647">7. Agar soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat oʻz vaqtida yetarli isbot-dalillar olmasa yoki agar mol-mulk minimal qiymatga ega boʻlsa mazkur moddaga asoslangan hamkorlikka rad javobi ham berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585650" id="-5585650">8. Mazkur moddaga muvofiq qabul qilingan istalgan taʼminlovchi choraning bekor qilinishidan avval soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat, mumkin boʻlgan holatlarda, soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlatga bunday chorani amalga oshirishni davom ettirish foydadan xoli boʻlmasligini asoslab berishi uchun imkoniyat taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585652" id="-5585652">9. Mazkur moddaning holatlari halol uchinchi tomonlarning huquqlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin qilinmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585659" id="-5585659">56-modda. Maxsus hamkorlik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585661" id="-5585661">Har bir ishtirokchi Davlat, oʻzining ichki qonunchiligiga zarar yetkazmagan holda, mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar orqali orttirilgan daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzining tekshiruv ishlariga, koʻrilayotgan jinoiy ishlariga yoki sud muhokamasiga zarar yetkazmasdan turib, agar bu kabi maʼlumotlarning oshkora qilinishi uni olayotgan ishtirokchi Davlatga jinoiy ishni qoʻzgʻatish yoki tekshiruv ishlarini yoki sud muhokamasini oʻtkazishiga koʻmak beradi yoxud ushbu ishtirokchi Davlat tomonidan bu iltimosnomani Konvensiyaning mazkur moddasiga muvofiqlashtirishiga yoʻnaltiradi deb hisoblasa, boshqa ishtirokchi Davlatga avvaldan iltimosnoma qilinmagan hollarda ham joʻnatish imkoniyatini beruvchi choralar koʻrishga intiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585662" id="-5585662">57-modda. Aktivlarni qaytarish va ularni tasarruf qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585664" id="-5585664">1. Ishtirokchi Davlat tomonidan mazkur Konvensiyaning <a href="/mact/-1461329#-5585036">31-moddasiga </a>yoki <a href="/mact/-1461329#-5585618">55-moddasiga </a>asosan musodara qilingan mol-mulkni, jumladan mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585669">3-bandiga </a>koʻra avvalgi qonuniy egalariga qaytarilgan mol-mulkni ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyaning holatlari va oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq tasarruf qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585666" id="-5585666">2. Har bir ishtirokchi Davlat, ichki qonunchiligining eng muhim prinsiplariga muvofiq, oʻzining vakolatli organlariga, ular boshqa ishtirokchi Davlat tomonidan yuborilgan iltimosnoma boʻyicha ish tutayotganlarida, musodara qilingan mol-mulkni, halol uchinchi tomonlarning huquqlarini hisobga olgan holda, mazkur Konvensiyaga muvofiq qaytarib berishlariga ruxsat berish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralar koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585669" id="-5585669">3. Ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyaning <a href="/mact/-1461329#-5585274">46- </a>va <a href="/mact/-1461329#-5585618">55-moddalariga </a>va mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585664">1- </a>va <a href="/mact/-1461329#-5585666">2-bandlariga </a>muvofiq:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585671" id="-5585671">a) mazkur Konvensiyaning <a href="/mact/-1461329#-5584745">17-</a> va <a href="/mact/-1461329#-5585102">33-moddalarida </a>qayd etilganidek, ommaviy mablagʻlar oʻgʻirlanganida yoki ommaviy mablagʻlar halollashtirilganida, agar musodara <a href="/mact/-1461329#-5585618">55-moddaga </a>muvofiq va soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan chiqarilgan yakuniy qaror asosida amalga oshirilgan boʻlsa, va aynan shu talab soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan bekor qilinishi mumkinligini eʼtiborga olgan holda, musodara qilingan mol-mulkni soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlatga qaytarib beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585673" id="-5585673">b) mazkur Konvensiyada qamrab olingan istalgan jinoyat orqali daromad topilganida, agar musodara <a href="/mact/-1461329#-5585618">55-moddaga </a>muvofiq va soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan chiqarilgan yakuniy qaror asosida amalga oshirilgan boʻlsa, va aynan shu talab soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan bekor qilinishi mumkinligini eʼtiborga olgan holda, agar soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlatga ushbu musodara qilingan mol-mulkka egalik qilish huquqi avvaldan bor boʻlganini oqilona isbotlab bersa yoki soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat soʻrov berayotgan Davlatga yetkazilgan zararni musodara qilingan mol-mulkni qaytarib berish uchun asos sifatida tan olsa, musodara qilingan mol-mulkni soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlatga qaytarib beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585675" id="-5585675">s) barcha boshqa holatlarda, birinchi navbatda, musodara qilingan mol-mulkni soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlatga, bunday mol-mulkni uning avvalgi qonuniy egalariga qaytarilishi yoki jinoyatdan jabr koʻrganlarga kompensatsiya toʻlanishi masalasi koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585678" id="-5585678">4. Soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat tegishli holatlarda, agar faqat ishtirokchi Davlatlar boshqa qarorni qabul qilmasalar, soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat musodara qilingan mol-mulk qaytarilishiga yoki mazkur moddaga muvofiq tasarruf qilinishiga olib kelgan tergov ishlari, koʻrilgan jinoiy ish yoki sud muhokamasi vaqtida sarflangan oqilona xarajatlarni olib qolishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585680" id="-5585680">5. Ishtirokchi Davlatlar tegishli holatlarda musodara qilingan mol-mulkni uzil-kesil tasarruf qilinishi xususida kelishuvlar yoki tomonlar uchun birdek maqbul boʻlgan bitimlar tuzish imkoniyatini har bir alohida holat uchun koʻrib chiqishlari mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585684" id="-5585684">58-modda. Tezkor moliyaviy maʼlumotlarni yigʻish uchun boʻlinmalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585687" id="-5585687">Ishtirokchi davlatlar mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar orqali topilgan jinoiy daromadlarning joydan joyga koʻchirilishini oldini olish va ularga qarshi kurashish, shuningdek bunday daromadlarni muomaladan chiqarish maqsadlarida bir-birlari bilan hamkorlik qiladilar va shu maqsadlarda shubhali moliyaviy operatsiyalar toʻgʻrisida maʼlumotlar olish, ularni tahlil qilish va vakolatli organlarga joʻnatish uchun masʼul boʻlgan tezkor moliyaviy maʼlumot yigʻish boʻyicha boʻlinmalarni tashkil qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadilar.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585688" id="-5585688">59-modda. Ikki tomonlama va koʻp tomonlama kelishuvlar hamda bitimlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585689" id="-5585689">Ishtirokchi davlatlar Konvensiyaning mazkur bobiga asosan amalga oshiriladigan xalqaro hamkorlikning samaradorligini oshirish uchun ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama kelishuvlar va bitimlar tuzish imkoniyatlarini koʻrib chiqadilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5585692" id="-5585692">VI bob<br /> Texnik yordam va maʼlumot almashinuvi </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585693" id="-5585693">60-modda. Kadrlarni tayyorlash va texnik yordam</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585694" id="-5585694">1. Har bir ishtirokchi Davlat, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurash uchun masʼul boʻlgan oʻz xodimlarini tayyorlash boʻyicha, lozim deb topilgan darajada, dasturlarni ishlab chiqadi, amalga oshiradi yoki takomillashtiradi. Kadrlarni tayyorlash boʻyicha bunday dasturlar, boshqalari bilan bir qatorda, quyidagi sohalarga tegishli boʻlishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585695" id="-5585695">a) korrupsiyaga oid harakatlarni oldini olish, aniqlash va tekshirish, shuningdek ular uchun jazolash, jumladan isbot-dalillar toʻplash va tekshiruv metodlari boʻyicha samarali choralar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585698" id="-5585698">b) korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha strategik siyosatni ishlab chiqish va rejalashtirish sohasida potensial yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585699" id="-5585699">s) mazkur Konvensiya talablariga javob beradigan oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni tuzish masalalari boʻyicha vakolatli organlarning xodimlarini tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585701" id="-5585701">d) ommaviy xizmat muassasalari, boshqarmalarini va ommaviy moliyaviy mablagʻlar, shu jumladan ommaviy xaridlar va xususiy sektor boshqarmalarini baholash va mustahkamlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585702" id="-5585702">e) mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar orqali orttirilgan jinoiy daromadlarning joydan-joyga koʻchirilishini aniqlash, shuningdek bunday daromadlarni muomaladan chiqarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585704" id="-5585704">f) mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar orqali orttirilgan jinoiy daromadlarning joydan-joyga koʻchirish boʻyicha operatsiyalarni aniqlash va toʻxtatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585706" id="-5585706">g) mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar orqali orttirilgan jinoiy daromadlarning joydan-joyga koʻchirilishini va joydan-joyga koʻchirish, yashirish va berkitish metodlarini kuzatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585708" id="-5585708">h) mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar orqali orttirilgan jinoiy daromadlarni muomaladan chiqarishga yordam beruvchi tegishli va samarali huquqiy hamda maʼmuriy mexanizmlar va metodlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585711" id="-5585711">i) jabrlanuvchilar va sud organlari bilan hamkorlik qiladigan guvohlarni himoya qilishda foydalaniladigan metodlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585712" id="-5585712">j) milliy va xalqaro qoidalarga, shuningdek tillarni oʻrganishga taalluqli masalalar boʻyicha xodimlarni tayyorlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585714" id="-5585714">2. Ishtirokchi Davlatlar, oʻz imkoniyatlarini hisobga olgan holda, bir-birlariga keng miqyosda, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar manfaatlari uchun, ularning korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha muvofiq rejalari va dasturlari munosabati bilan tegishli texnik yordam berish, jumladan moddiy qoʻllab-quvvatlash va mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585694">1-bandida </a>koʻrsatilgan sohalarda kadrlarni tayyorlash, shuningdek ishtirokchi Davlatlar oʻrtasidagi xalqaro hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash imkoniyatini yaratadigan kadrlarni tayyorlash va yordam koʻrsatish hamda tegishli tajriba va maxsus bilimlarni almashish masalasini koʻrib chiqadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585719" id="-5585719">3. Ishtirokchi Davlatlar, qanchalik lozim boʻlsa, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlardagi hamda tegishli ikki tomonlama va koʻp tomonlama kelishuvlar va bitimlar doirasidagi amaliy va oʻquv tadbirlar samaradorligini maksimal oshirishga qaratilgan harakatlarini faollashtiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585721" id="-5585721">4. Ishtirokchi davlatlar vakolatli organlar va jamiyat ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha strategiyalar va rejalar ishlab chiqish maqsadida oʻz mamlakatlaridagi korrupsiyaning turlari, sabablari, oqibatlari va zararlari bilan bogʻliq boʻlgan baholashlar, tadqiqotlar va ishlanmalarni oʻtkazish uchun, oʻzaro iltimosnomalarga asosan, bir-birlariga yordam berish imkoniyatlarini koʻrib chiqadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585722" id="-5585722">5. Mazkur Konvensiyada jinoyat deb topilgan xatti-harakatlar orqali orttirilgan jinoiy daromadlarni muomaladan chiqarishga yordam berish uchun ishtirokchi Davlatlar ushbu maqsadga erishishda yordam koʻrsatishi mumkin boʻlgan ekspertlar nomlarini bir-birlariga taqdim etishda hamkorlik qilishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585725" id="-5585725">6. Ishtirokchi davlatlar hamkorlik va texnik yordamga koʻmaklashish hamda oʻzaro manfaatli muammolar, shu jumladan oʻtish iqtisodiyotiga ega boʻlgan rivojlanayotgan mamlakatlarning alohida muammolari va talablarini muhokama qilishni ragʻbatlantirish uchun submintaqaviy, mintaqaviy va xalqaro konferensiya va seminarlardan foydalanish imkoniyatlarini koʻrib chiqadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585734" id="-5585734">7. Ishtirokchi davlatlar rivojlanayotgan mamlakatlar va oʻtish iqtisodiyotiga ega boʻlgan mamlakatlarning texnik yordam sohasidagi dastur va loyihalar vositasida mazkur Konvensiyani qoʻllash boʻyicha amalga oshirayotgan harakatlariga moliyaviy yordam berish maqsadida ixtiyoriy mexanizmlar yaratish imkoniyatini koʻrib chiqadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585737" id="-5585737">8. Har bir ishtirokchi Davlat rivojlanayotgan mamlakatlarda mazkur Konvensiyani qoʻllash uchun Boshqarma orqali dastur va loyihalarni amalga oshirishga yordam berish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining narkotiklar va jinoyatlar boʻyicha Boshqarmasi ehtiyojlari uchun ixtiyoriy badallar kiritish imkoniyatini koʻrib chiqadi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585739" id="-5585739">61-modda. Korrupsiya toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish va maʼlumotlarni almashish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585742" id="-5585742">1. Har bir ishtirokchi Davlat ekspertlar bilan maslahatlashish, maslahatlar oʻtkazish, oʻz hududidagi korrupsiya sohasidagi tendensiyalarni, shuningdek korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etiladigan shart-sharoitlarni tahlil qilish imkoniyatlarini koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585745" id="-5585745">2. Ishtirokchi Davlatlar, mumkin boʻlgan qadar, umumiy taʼriflanishlar, standartlar va metodologiyalarni ishlab chiqish maqsadida korrupsiyaga oid statistik maʼlumotlarni, tahliliy bilimlarni va shu jumladan, korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish ishida amaliyotning optimal turlari haqidagi maʼlumotlarni kengaytirish hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vositasida ushbu maʼlumotlarni almashish imkoniyatini koʻrib chiqadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585747" id="-5585747">3. Har bir ishtirokchi Davlat oʻzining korrupsiyaga qarshi siyosati va kurashi boʻyicha profilaktik chora-tadbirlari ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek ularning samaradorligi va taʼsirchanligini baholash imkoniyatlarini koʻrib chiqadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585748" id="-5585748">62-modda. Boshqa choralar: mazkur Konvensiyani iqtisodiy rivojlanish va texnik yordam asosida amalga oshirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585749" id="-5585749">1. Ishtirokchi Davlatlar jamiyat uchun umuman, jumladan barqaror rivojlanish uchun korrupsiyaning salbiy oqibatlarini hisobga olgan holda, mumkin boʻlgan qadar, xalqaro hamkorlik vositasida mazkur Konvensiyani optimal amalga oshirilishiga yordam beruvchi choralarni koʻradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585799" id="-5585799">2. Ishtirokchi Davlatlar, mumkin boʻlgan qadar hamda bir-birlari, shuningdek xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan muvofiqlashtirilgan tarzda quyidagilarga erishish uchun aniq chora-tadbirlarni koʻradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585801" id="-5585801">a) rivojlanayotgan mamlakatlarning korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida imkoniyatlarini mustahkamlash maqsadida ular bilan turli darajalarda hamkorlikni faollashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585802" id="-5585802">b) rivojlanayotgan mamlakatlarning korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida moliyaviy va texnik yordamni kengaytirish va ular mazkur Konvensiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishlari uchun amaliy yordam koʻrsatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585804" id="-5585804">s) rivojlanayotgan va oʻtish iqtisodiyotiga ega boʻlgan mamlakatlarga, ularning mazkur Konvensiyani amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga koʻmaklashish maqsadida texnik yordam koʻrsatish. Buning uchun ishtirokchi Davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan aniq ushbu maqsadlar uchun tashkil qilingan moliyalashtirish mexanizmining hisob raqamiga muntazam ravishda yetarli miqdorda ixtiyoriy badallar kiritishga intiladilar. Ishtirokchi Davlatlar, shuningdek, oʻzlarining ichki qonunchiligiga va mazkur Konvensiyaning holatlariga muvofiq, mazkur Konvensiyaning holatlariga muvofiq musodara qilingan pul mablagʻlari yoki jinoiy daromadlar yoki mol-mulkning tegishli qiymatining muayyan qismini yuqorida qayd etilgan hisob raqamiga oʻtkazish imkoniyatini alohida koʻrib chiqishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585805" id="-5585805">d) boshqa davlatlar va moliyaviy muassasalarni, tegishli holatlarda, mazkur moddaga muvofiq amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarga qoʻshilishga, shu jumladan rivojlanayotgan mamlakatlar mazkur Konvensiyaning maqsadlariga erishishi uchun ularga kadrlarni tayyorlash boʻyicha dasturlarni va zamonaviy uskunalarni kattaroq hajmlarda taqdim etilishini taʼminlash yoʻli bilan ragʻbatlantirish va koʻndirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585808" id="-5585808">3. Bu chora-tadbirlar, mumkin boʻlgan qadar, xorijiy yordam yoki ikki tomonlama, mintaqaviy yoki xalqaro miqyosdagi moliyaviy hamkorlik toʻgʻrisida tuzilgan boshqa bitimlarga taalluqli mavjud majburiyatlarga zarar yetkazmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585810" id="-5585810">4. Ishtirokchi Davlatlar, mazkur Konvensiyada koʻzda tutilgan xalqaro hamkorlikning samaradorligini taʼminlash, shuningdek korrupsiyani oldini olish va aniqlash, unga qarshi kurashish uchun zarur boʻlgan moliyaviy bitimlarni eʼtiborga olgan holda, moddiy-texnik yordam toʻgʻrisidagi ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama kelishuvlar yoxud bitimlar tuzishlari mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5585866" id="-5585866">VII bob<br />Amalga oshirish mexanizmlari</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585868" id="-5585868">63-modda. Konvensiyada ishtirok etadigan Davlatlar konferensiyasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585869" id="-5585869">1. Mazkur Konvensiyada belgilangan maqsadlarga yetishish uchun ishtirokchi Davlatlar imkoniyatlarini va ular oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish, mazkur Konvensiyani amalga oshirishga yordam berish va uni amalga oshirilishini kuzatish maqsadida Konvensiyada ishtirok etadigan Davlatlarning Konferensiyasi taʼsis etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585870" id="-5585870">2. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasini mazkur Konvensiya kuchga kirgan kundan keyin bir yildan kechiktirmay chaqiradi. Keyinchalik, ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi tomonidan qabul qilingan tartibotlarga muvofiq, Konferensiyaning navbatdagi kengashlari oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585871" id="-5585871">3. Ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi mazkur moddada koʻrsatilgan faoliyat turlari amalga oshirilishini tartibga soluvchi tartibot va qoidalarni, jumladan kuzatuvchilarga ruxsat berilishi va ularning ishtiroki hamda ushbu faoliyat turlarini amalga oshirishda sarflangan xarajatlarni toʻlash bilan bogʻliq qoidalarni qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585873" id="-5585873">4. Ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585869">1-bandida </a>bayon etilgan maqsadlarga erishish uchun faoliyat turlari, tartibotlar va ishlash metodlarini kelishtiradi, shu jumladan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585876" id="-5585876">a) ishtirokchi Davlatlar faoliyatiga mazkur Konvensiyaning <a href="/mact/-1461329#-5585693">60-</a> va <a href="/mact/-1461329#-5585748">62-moddalari </a>va <a href="/mact/-1461329#-5584384">II — V boblariga </a>asosan koʻmaklashish, shu jumladan ixtiyoriy badallar safarbarligini ragʻbatlantirish yoʻli bilan ham;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585877" id="-5585877">b) ishtirokchi Davlatlar oʻrtasida korrupsiyaning shakllari va bu sohadagi tendensiyalar toʻgʻrisidagi, shuningdek korrupsiyani oldini olish, unga qarshi kurashish jinoiy daromadlarni qaytarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar almashinuviga koʻmaklashish, boshqalari bilan bir qatorda mazkur moddada qayd etilgan maʼlumotlarni chop etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585880" id="-5585880">s) tegishli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar va mexanizmlar, shuningdek nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585883" id="-5585883">d) korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida boshqa xalqaro va mintqaviy tashkilotlar tayyorlagan muvofiq maʼlumotlardan, ishlarning takrorlanishini oldini olish uchun tegishli tarzda foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585884" id="-5585884">e) ishtirokchi Davlatlar tomonidan mazkur Kovensiyaning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi masalani davriy ravishda koʻrib chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585889" id="-5585889">f) mazkur Konvensiyani takomillashtirish va amalga oshirilishiga taalluqli boʻlgan tavsiyalarni berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585891" id="-5585891">g) mazkur Konvensiyaning amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlgan texnik yordamga ehtiyojlarni hisobga olish va shu munosabat bilan mazkur Konvensiya zarur deb topgan istalgan harakatlarga nisbatan tavsiyalarni berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585893" id="-5585893">5. Mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585873">4-bandi </a>maqsadlari uchun ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi mazkur Konvensiya amalga oshirilishida ishtirokchi Davlatlar tomonidan koʻrilgan choralar va bunda ular duch kelgan qiyinchiliklar toʻgʻrisida ularga taqdim etilgan maʼlumotlar asosida va kuzatuv olib borishning ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi tomonidan tashkil qilinishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha mexanizmlar orqali zarur boʻlgan maʼlumotlarni oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585894" id="-5585894">6. Har bir ishtirokchi Davlat ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasiga oʻzining dasturlari, rejalari va amaliyoti, shuningdek mazkur Konvensiyani amalga oshirishga qaratilgan qonuniy va maʼmuriy choralari haqida ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi talab qilgan koʻrinishda maʼlumot taqdim etadi. Ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi bu kabi maʼlumotlarni, va shu jumladan, boshqalari bilan bir qatorda, ishtirokchi Davlatlar va vakolatli xalqaro tashkilotlardan olingan maʼlumotlarni olishning eng samarali yoʻllari va muvofiq qarorlar asosida qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani oʻrganib chiqadi. Shuningdek, ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasining qarori bilan tasdiqlangan tartibotlarga asosan tegishli tarzda akkreditatsiya qilingan nodavlat tashkilotlardan olingan materiallar ham koʻrib chiqilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585896" id="-5585896">7. Ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi, mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585873">4 — 6 bandlariga </a>asosan, agar buni lozim deb topsa, Konvensiyani samarali amalga oshirishga koʻmaklashish uchun istalgan muvofiq mexanizm yoki organ taʼsis etadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585900" id="-5585900">64-modda. Kotibiyat</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585901" id="-5585901">1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasini zarur boʻlgan sekretariat xizmati bilan taʼminlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585902" id="-5585902">2. Kotibiyat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585904" id="-5585904">a) ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasiga mazkur Konvensiyaning <a href="/mact/-1461329#-5585868">63-moddasida </a>soʻz yuritilgan faoliyatni amalga oshirishda yordam beradi, shuningdek ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasining sessiyalarini tashkil qiladi va ularni zarur boʻlgan xizmat koʻrsatish bilan taʼminlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585906" id="-5585906">b) ishtirokchi Davlatlarning iltimosiga koʻra, mazkur Konvensiyaning 63-moddasi <a href="/mact/-1461329#-5585893">5-</a> va <a href="/mact/-1461329#-5585894">6-bandalarida </a>koʻzda tutilganidek, ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasiga ularning maʼlumotlarini taqdim etishda yordam beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585910" id="-5585910">s) boshqa tegishli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarining sekretariatlari bilan zarur boʻlgan oʻzaro muvofiqlashtirishni taʼminlaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5585916" id="-5585916">VIII bob<br />Yakunlovchi holatlar </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585918" id="-5585918">65-modda. Konvensiyaning amalga oshirilishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585920" id="-5585920">1. Har bir ishtirokchi Davlat, qonunchiligining eng muhim tamoyillariga muvofiq, mazkur Konvensiyaga asosan oʻzining majburiyatlarini amalga oshirilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan choralarni, jumladan qonuniy va maʼmuriy choralarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585921" id="-5585921">2. Har bir ishtirokchi Davlat korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish uchun mazkur Konvensiyada koʻzda tutilgan choralarga qaraganda yanada qatʼiy va qattiq boʻlgan choralarni koʻrishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585923" id="-5585923">66-modda. Nizolarni hal qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585924" id="-5585924">1. Ishtirokchi Davlatlar mazkur Konvensiyaning talqin qilinishi va qoʻllanilishi boʻyicha yuzaga keladigan nizolarni muzokaralar yoʻli bilan hal qilishga intiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585925" id="-5585925">2. Ikki yoki undan ortiq ishtirokchi Davlatlar oʻrtasida mazkur Konvensiyaning talqin qilinishi yoki qoʻllanilishi boʻyicha yuzaga kelgan va oqilona muddat davomida muvofiqlashtirila olmagan istalgan nizo, ushbu ishtirokchi Davlatlarning birini iltimosiga koʻra arbitraj muhokamasiga topshiriladi. Agar arbitraj toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan murojaat qilinganidan keyin olti oy davomida ishtirokchi Davlatlar uni tashkil qilish boʻyicha kelisha olmasalar, ushbu istalgan ishtirokchi Davlat Sud Statutiga muvofiq ariza bilan murojaat qilib nizoni Xalqaro Sudga topshirishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585926" id="-5585926">3. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyani imzolashda, ratifikatsiya qilishda, qabul qilish yoki tasdiqlashda yoxud unga qoʻshilishda mazkur moddaning 2-bandidagi holatlar bilan bogʻlamaganligi haqida eʼlon qilishi mumkin. Boshqa ishtirokchi Davlatlar shunday qoʻshimcha shart qoʻygan istalgan ishtirokchi Davlatga nisbatan mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585925">2-bandidagi </a>holatlar bilan bogʻlamagan boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585928" id="-5585928">4. Mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585926">3-bandiga </a>muvofiq qoʻshimcha shart qoʻygan ishtirokchi istalgan vaqtda ushbu qoʻshimcha shartni Davlat Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga bildirishnoma yuborish yoʻli bilan bekor qilishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585932" id="-5585932">67-modda. Imzolash, ratifikatsiya, qabul qilish, tasdiqlash va qoʻshilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585934" id="-5585934">1. Mazkur Konvensiya barcha davlatlar imzolashi uchun 2003-yilning 9-dekabridan 11-dekabrigacha Merida (Meksika)da shahrida, keyin Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi markaziy muassasalarida 2005-yilning 9-dekabrigacha ochiq.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585936" id="-5585936">2. Mazkur Konvensiya, shuningdek, iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkilotlari tomonidan, ushbu tashkilotga aʼzo davlatlarning kamida bittasi mazkur Konvensiyani mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585934">1-bandiga </a>muvofiq imzolagan boʻlishi shartida, imzolanishi uchun ochiq.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585937" id="-5585937">3. Mazkur Konvensiya ratifikatsiya qilinishi, qabul qilinishi yoki tasdiqlanishi lozim. Qabul qilinishi yoki tasdiqlanishi haqidagi ratifikatsion yorliqlar yoxud hujjatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi. Iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti oʻzining raktifikatsion yorligʻini yoki qabul qilgani yoxud tasdiqlagani haqidagi hujjatini, agar tashkilotga aʼzo davlatlarning kamida bittasi xuddi shunday yoʻl tutgan boʻlsa, saqlashga topshirishi mumkin. Bunday raktifikatsion yorliq yoki qabul qilgani yoxud tasdiqlagani haqidagi hujjatda tashkilot mazkur Konvensiya muvofiqlashtiruvchi masalalar boʻyicha oʻzining vakolat doiralari haqida eʼlon qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585952" id="-5585952">4. Mazkur Konvensiya qoʻshilish uchun istalgan davlat yoki aʼzo davlatlarining hech boʻlmaganda bittasi mazkur Konvensiyaning ishtirokchisi hisoblangan istalgan iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti uchun ochiq. Qoʻshilishi haqidagi hujjatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi. Iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti qoʻshilganida mazkur Konvensiya muvofiqlashtiruvchi masalalar boʻyicha oʻzining vakolat doiralari haqida eʼlon qiladi. Bunday tashkilot, shuningdek, oʻz vakolatlari doirasining istalgan muvofiq oʻzgarishi haqida depozitariyga xabar beradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585955" id="-5585955">68-modda. Kuchga kirishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585962" id="-5585962">1. Mazkur Konvensiya oʻttizinchi ratifikatsion yorliq yoki qabul qilgani, tasdiqlagani yoxud qoʻshilgani haqidagi hujjatlar topshirilganidan keyin 90 kun kuchga kiradi. Mazkur bandning maqsadi uchun iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti tomonidan saqlashga topshirilgan istalgan shunday yorliq yoki hujjat, ushbu tashkilotning aʼzolari tomonidan saqlashga topshirilgan yorliq yoki hujjatlarga qoʻshimcha qilingan deb koʻrilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585965" id="-5585965">2. Mazkur Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan, qabul qiladigan yoki tasdiqlaydigan yoxud unga qoʻshiladigan har bir davlat yoki iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti uchun mazkur Konvensiya oʻttizinchi ratifikatsion yorliq yoki bu kabi harakat toʻgʻrisidagi hujjat saqlashga topshirilganidan keyin, bunday davlat yoki tashkilot tomonidan muvofiq yorliq yoki hujjat topshirilgani sanadan keyingi oʻttizinchi kunda yoxud mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585962">1-bandiga </a>muvofiq Konvensiyaning kuchga kirishi sanasida, kechroq kuchga kirishiga bogʻliq ravishda kuchga kiradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585968" id="-5585968">69-modda. Tuzatishlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585970" id="-5585970">1. Mazkur Konvensiya kuchga kirganidan keyin 5 yil oʻtib ishtirokchi Davlat tuzatish kiritishni taklif qilishi va uni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga yuborishi mumkin, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi taklif qilinayotgan tuzatishni koʻrib chiqish va uning yuzasidan qaror chiqarish maqsadida taklifni ishtirokchi Davlatlar va ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasiga joʻnatadi. Ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi har bir tuzatish boʻyicha konsensusga erishish uchun barcha choralarni ishga soladi. Agar konsensusga erishish boʻyicha barcha choralar qoʻllanilsada, lekin kelishuvga erishilmasa, u holda tuzatishni qabul qilish uchun ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi majlisida boʻlgan va ovoz berishda ishtirok etayotgan ishtirokchi Davlatlarning uchdan ikki qismi ovozi talab qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585972" id="-5585972">2. Iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti oʻz vakolatlari doirasiga kiradigan masalalarda ovoz berish huquqlarini mazkur moddaga binoan, mazkur Konvensiyaga ishtirokchi hisoblangan oʻzlarining tashkilotlariga aʼzo davlatlar soniga teng ovozga ega boʻlgan holda amalga oshiradilar. Bunday tashkilotlar, agar ularga aʼzo davlatlar oʻzlariga tegishli ovoz berish huquqlarini amalga oshirayotgan boʻlsalar, u holda oʻzlarining ovoz berish huquqlaridan foydalanmaydilar va aksincha.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585974" id="-5585974">3. Mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585970">1-bandiga </a>muvofiq qabul qilingan tuzatish ishtirokchi Davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilinishi, qabul qilinishi yoki tasdiqlanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585977" id="-5585977">4. Mazkur moddaning <a href="/mact/-1461329#-5585970">1-bandiga </a>muvofiq qabul qilingan tuzatish, ishtirokchi Davlatga nisbatan, u tomondan ushbu tuzatish qabul qilingani haqidagi ratifikatsion yorliq yoxud yoki tasdiqlangani toʻgʻrisidagi hujjat saqlash uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga topshirilganidan keyin 90 kun oʻtib kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585979" id="-5585979">5. Tuzatish kuchga kirganidan keyin u bilan bogʻliq boʻlishga rozilik bergan ishtirokchi Davlatlar uchun ushbu tuzatish majburiy boʻladi. Boshqa ishtirokchi Davlatlar mazkur Konvensiyaning holatlari va ular tomondan avvalroq ratifikatsiya qilingan, qabul qilingan yoki tasdiqlangan tuzatishlar bilan bogʻlanib qolaveradilar.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585981" id="-5585981">70-modda. Denonsatsiya (bekor qilish)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585983" id="-5585983">1. Ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyani Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga yozma bildirishnoma yuborish yoʻli bilan denonsatsiya (bekor) qilishi mumkin. Bunday denonsatsiya Bosh kotib bildirishnoma olgani kundan boshlab bir yil oʻtganidan keyin kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585986" id="-5585986">2. Iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti, agar uning barcha aʼzo davlatlari mazkur Konvensiyani denonsatsiya qilsalar mazkur Konvensiyaning ishtirokchisi emas deb hisoblanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5585989" id="-5585989">71-modda. Depozitariy va tillar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585994" id="-5585994">1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi mazkur Konvensiyaga depozitariy qilib tayinlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5585998" id="-5585998">2. Ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillarida yozilgan matnlari asliga toʻgʻri boʻlgan Mazkur Konvensiyaning asl nusxasi saqlash uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5586001" id="-5586001">YuQORIDAGILARNI TASDIQLASh UChUN hukumatlari tomonidan ushbu maqsadlarda lozim darajada vakolat berilgan quyida imzo qoʻygan vakolatli vakillar mazkur Konvensiyani imzoladilar.</div></div><div class="TEXT_RIGHT"><div name="-5586138" id="-5586138">(imzolar)</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-5586270" id="-5586270">(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2008-y., 3-4-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
