1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini taʼminlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Soʻnggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga toʻsqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda.
Xususan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy taʼlim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masala huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha taʼminlanmagan.
Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uygʻotish ishiga kompleks tarzda yondashilmadi.
Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq taʼsirchan mexanizmi mavjud emasligi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samarasiz olib borilayotganligini koʻrsatadi.
Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini taʼminlashga oʻzining jiddiy salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda.
Aholining huquqiy bilimlari yetarli emasligi, shuningdek, davlat organlarining qonunga xilof qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatidan deyarli foydalanmasligi mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishi holatlarining vujudga kelishiga sabab boʻlmoqda.
Bundan tashqari, hozirgi globallashuv, ilmiy-texnik taraqqiyot davrida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion usullaridan, targʻibotning ilgʻor va taʼsirchan vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalaridan yetarli darajada foydalanilmayapti.
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar bilan uygʻun ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.11.00 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari. Moddiy balanslar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
1. Quyidagilar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish ‒ demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!” degan hayotiy gʻoyani mustahkamlash;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, taʼlim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida eʼtibor qaratish, maktabgacha taʼlim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini keng targʻib qilish;
yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab oʻrgatish;
aholi oʻrtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish boʻyicha huquqiy-maʼrifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini oʻrgatish bilan uygʻun holda tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuygʻularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish;
davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining manzilli huquqiy targʻibotni amalga oshirish borasidagi oʻzaro hamkorligini mustahkamlash;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga doir tadbirlarni tashkil etishda ijtimoiy sheriklik prinsiplaridan keng va unumli foydalanishni tizimli asosda yoʻlga qoʻyish;
ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan taʼminlashdagi rolini oshirish, huquqiy targʻibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu jumladan, veb-texnologiyalarni qoʻllashni kengaytirish;
yuridik taʼlimni takomillashtirish, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini chuqur tadqiq etish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot]
2. “Yuksak huquqiy madaniyat — mamlakat taraqqiyoti kafolati” degan konseptual gʻoya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega boʻlishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qoʻllay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot]
3. Belgilab qoʻyilsinki, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish “shaxs — oila — mahalla — taʼlim muassasasi — tashkilot — jamiyat” prinsipi boʻyicha tizimli va uzviy tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini 2019-yilda samarali amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qoʻyilsinki, vazirlik va idoralar rahbarlari Konsepsiyada nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar boʻladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasida muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
ijrochilar va aholini qonunchilikning mazmun-mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida xabardor qilishning sifatini tubdan oshirish, ushbu faoliyatni tashkil qilishda prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
davlat organlari va tashkilotlarning huquqiy axborotdan keng koʻlamda foydalanishini taʼminlash, ularning ushbu sohada fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat organlari va tashkilotlar tomonidan huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻyicha olib borilgan ishlarni oʻrganish, shuningdek, ularning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;
aholining turli qatlamlari, shu jumladan, tadbirkorlar va yoshlarning axborotga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda huquqiy targʻibotni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
ijrochilar va aholini qonunchilikning mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida xabardor qilishning sifatini tubdan yaxshilash maqsadida keng jamoatchilik fikrini oʻrganish, tahlil qilish, ushbu sohada ishlarni yanada takomillashtirish borasida takliflar ishlab chiqish.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining:
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi hamda qoʻshimcha huquqiy maʼlumotlar (yuridik lugʻat, huquqiy adabiyotlar elektron maydonchasi, qonun hujjatlari loyihalari muhokamasi boʻyicha onlayn forum va boshqalar) yetkazish tizimini oʻz ichiga oladigan Oʻzbekiston Respublikasining milliy huquqiy internet portalini yaratish;
aholiga bepul maslahat berish portalini oʻz ichiga olgan Advice.uz huquqiy axborot tizimini yaratish;
umumtaʼlim maktablari va akademik litseylarda huquqiy bilimlarga doir oʻquv mashgʻulotlari koʻlamini yanada kengaytirish;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF-78-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/78/0454-son)
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlariga aholining huquqiy savodxonligini oshirishda koʻrsatgan xizmatlari uchun topshiriladigan “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida Hukumat qarorini qabul qilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.04]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targʻibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish, shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha olib borayotgan faoliyati ustidan taʼsirchan parlament nazoratini yoʻlga qoʻyish tavsiya etilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda maktabgacha taʼlim muassasalarida “Bola huquqlari va majburiyatlari” mavzusidagi mashgʻulotlarni malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda koʻrgazmali tarzda tizimli joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab taʼlim muassasalarida oʻquvchi va talabalarning huquqiy bilimlari uzluksiz va tizimli oshirib borilishini taʼminlash mexanizmini joriy etsin, shuningdek, oʻquvchi va talabalarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan oʻquv dasturlarini tubdan qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin;
2019-yil 1-martga qadar yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa, ularning ongida korrupsiyaning jamiyat va mamlakat ravnaqi uchun oʻta salbiy illat ekanligini targʻib qilishga qaratilgan oʻquv materiallari tayyorlanishini tashkil qilsin;
yosh avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha taʼlim muassasalarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishining samarali mexanizmlarini kengaytirish choralarini koʻrsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda taʼlim muassasalarida turli huquqbuzarliklar, qoidabuzarliklar, giyohvandlik va boshqa salbiy hodisalarning oldini olish boʻyicha maxsus dasturlar ishlab chiqilishini va ularning amalga oshirilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
2019-yil 1-iyulga qadar Advice.uz huquqiy axborot tizimining ishlab chiqilishini va ishga tushirilishini taʼminlasin;
2020-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasining milliy huquqiy internet portali yaratilishini toʻliq yakunlasin;
uch oy muddatda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ixtiyoriy yuridik yordam koʻrsatish (pro bono) tizimini rivojlantirishni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
doimiy ravishda eng dolzarb, aholini qiziqtiradigan masalalarni belgilab, aniq dasturlar asosida ular boʻyicha manzilli va predmetli huquqiy targʻibotni amalga oshirsin, huquqiy targʻibotni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish borasida aholi turli qatlamlarining fikrlarini oʻrganib, tahlil qilib borsin;
ikki oy muddatda yoshidan kelib chiqib huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasi boʻyicha aholining huquqiy savodxonligi darajasiga qoʻyiladigan minimal talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
bir oy muddatda mahallalarda fuqarolarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida tizimli ravishda amalga oshiriladigan “Huquqiy axborot kuni” loyihasini joriy etsin;
bir oy muddatda davlat organlari va tashkilotlarda xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan bepul huquqiy maslahat kurslarini tashkil etish dasturlarini ishlab chiqsin;
jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish holati hamda bu sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini oʻrganish uchun tadqiqotlar va soʻrovlar oʻtkazib borsin;
zarur hollarda, fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy doiralar, xorijiy ekspertlarni Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”ni samarali amalga oshirishda ishtirok etishga, shuningdek, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bilan bogʻliq dolzarb masalalarni muhokama qilishga va natijasi boʻyicha zarur chora-tadbirlarni belgilashga keng jalb qilsin;
Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”ning amalga oshirilishi doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining oʻz vaqtida hamda sifatli tayyorlanishi, kelishilishi va kiritilishi ustidan monitoring olib borilishini taʼminlasin;
Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish jarayonining samarali muvofiqlashtirilishi va monitoringi, shuningdek, ularning ijrosi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga doimiy ravishda axborot berib borsin;
ikki oy muddatda Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholashning koʻrsatkichlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-fevraldagi 74-sonli “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
13. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Adliya vazirligi bir oy muddatda huquqiy mavzularni tizimli va tahliliy yoritib borish hamda aholini qonunga hurmat ruhida tarbiyalashga doir telekoʻrsatuvlar koʻlamini kengaytirish choralarini koʻrsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovida jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning tashkiliy-huquqiy, pedagogik-psixologik jihatlarini ilmiy-amaliy tadqiq etishga oid mavzularni muntazam eʼlon qilib borsin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
15. Belgilansinki, davlat boshqaruvi organlari jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni targʻib qilish bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda nodavlat notijorat tashkilotlariga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot]
16. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari mazkur Farmondan kelib chiqadigan huquqiy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan mablagʻlarni oʻzlarining xarajatlar smetasida nazarda tutib borsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi:
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik nazoratini taʼminlash borasidagi rolini oshirish, bu borada ularning davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan aloqasini kuchaytirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin;
Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmuni va mohiyatini hamda uning amalga oshirilishi boʻyicha keng tushuntirish ishlarini ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻi orqali yoritilishini taʼminlasin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-yanvar,
PF-5618-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoniga 1-ILOVA
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish
KONSEPSIYASI
I. Umumiy qoidalar
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini taʼminlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Soʻnggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga toʻsqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda. Xususan:
birinchidan, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishlari tizimli va uzviy tashkil etilmayapti. Jamiyatda, oilada, mahallada, taʼlim muassasalarida va tashkilotlarda huquqiy axborotlarni yetkazishning taʼsirchan mexanizmi mavjud emas. Shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlash gʻoyalari aholi, ayniqsa, davlat xizmatchilari ongiga yetarli darajada singdirilmayapti;
ikkinchidan, uzluksiz taʼlim tizimida taʼlim jarayonlari huquqiy tarbiya bilan uygʻun olib borilmayapti, aholi, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirishda oʻzbek xalqining tarixi, dini, urf-odatlari, milliy qadriyatlariga tayanilmayapti;
uchinchidan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir tadbirlarni tashkil etishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik tizimi yaratilmagan, ijtimoiy sheriklik prinsipi asosida ishlar tashkil etilmagan;
toʻrtinchidan, yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishning aniq maqsadli chora-tadbirlari belgilanmagan;
beshinchidan, jamiyatda manzilli huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil etishda va amalga oshirishda davlat organlari va boshqa sohaviy xizmatlarning faol ishtiroki taʼminlanmayapti, bu borada yuqori natijadorlik va samaradorlik koʻzga tashlanmayapti;
oltinchidan, huquqiy tadbirlar hamon anʼanaviy usullarda, oddiy uchrashuvlarni oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilmoqda, bu borada targʻibotning innovatsion usullaridan, shu jumladan, veb-texnologiyalardan foydalanilmayapti, huquqiy yoʻnalishdagi veb-saytlar yetarli emas;
yettinchidan, huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan loyihalarni ragʻbatlantirishning huquqiy mexanizmlari mavjud emas, bu borada tadbirlar nomigagina tashkil etilmoqda, huquqiy bilimlarni yuksaltirish boʻyicha huquqiy adabiyotlarni chop etish va tarqatish, ilmiy izlanishlarni olib borish ishlari samarasiz amalga oshirilmoqda.
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishdagi mavjud muammo va kamchiliklar “Yuksak huquqiy madaniyat — mamlakat taraqqiyoti kafolati” degan gʻoya ostida Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) qabul qilish va amalga oshirishni taqozo etmoqda.
II. Konsepsiyaning asosiy maqsadi va vazifalari
1. Aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishi, mustahkam irodali, oʻz huquqlarini biladigan va qonunlarni hurmat qiladigan, huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qoʻllay oladigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan va huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatda boʻladigan fuqarolarni tarbiyalashning keng qamrovli muntazam tizimini yaratish Konsepsiyaning asosiy maqsadidir.
2. Quyidagilar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunga hurmat ruhini qaror toptirish — demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!” degan hayotiy gʻoyani mustahkamlash;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, taʼlim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida eʼtibor qaratish, maktabgacha taʼlim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini targʻib qilish;
yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab oʻrgatish;
aholi oʻrtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish boʻyicha huquqiy-maʼrifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini oʻrgatish bilan uygʻun holda tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuygʻularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish;
davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining manzilli huquqiy targʻibotni amalga oshirish borasidagi hamkorligini mustahkamlash;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga doir tadbirlarni tashkil etishda ijtimoiy sheriklik prinsiplaridan keng va unumli foydalanishni tizimli asosda yoʻlga qoʻyish;
ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan taʼminlashdagi rolini oshirish, huquqiy targʻibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu jumladan, veb-texnologiyalarni qoʻllashni kengaytirish;
yuridik taʼlimni takomillashtirish, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini chuqur tadqiq etish.
III. Konsepsiyaning asosiy yoʻnalishlari
1-bob. Shaxs, davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish
1. Oilada huquqiy tarbiyani shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish
1. Bolalar uchun maxsus huquqiy portal yaratish. Unda:
kundalik hayotda qoʻllashga moʻljallangan boshlangʻich huquqiy bilimlar;
huquqni targʻib qiluvchi turli xil oʻyinlar, mashgʻulotlar va dasturlar boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar va boshqa zarur maʼlumotlarni berish.
2. Oilada bolalarga huquqiy tarbiya va odob-axloqning boshlangʻich qoidalarini oʻrgatish boʻyicha ota-onalar uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va tarqatish.
3. Oila davrasida huquqiy savodxonlikni oshirishga moʻljallangan, har bir elementar huquqiy bilimlarni oʻrgatishga qaratilgan va kundalik hayotdagi muhim masalalar yuzasidan huquqiy qoʻllanma tayyorlash va bepul tarqatish.
4. Bolalar uchun huquqiy mavzularda va odob-axloqning oddiy va kundalik qoidalarini bilishni, vatanparvarlik, qonunlarni hurmat qilish, oʻzbek xalqining tarixi va milliy qadriyatlarini oʻrgatishni targʻib qiluvchi turli multiplikatsion filmlarni yaratish.
5. Bolalar uchun huquqiy axborotni yetkazishga hamda kundalik turmushda qoʻllaniladigan normalar va odob-axloq qoidalarini oʻrgatishga qaratilgan audioertaklar, kinofilmlar va kinojurnallar ishlab chiqish.
6. Oilaviy notinchlik hamda bolalar nazoratsizligi va qarovsizligining oldini olish, bolalar orasidagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida telekoʻrsatuvlar, tok-shoular tayyorlash.
7. Kundalik turmushda koʻp uchraydigan masalalarning huquqiy yechimlari va yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mohiyatini yoritishga qaratilgan mediamateriallarni tayyorlash, shuningdek, huquqiy mediamateriallarni ommaviy axborot vositalari va internet tarmogʻi orqali yoritish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/78/0454-son)
8. Yoshlar va ota-onalar oʻrtasida nikoh yoshi, aliment toʻlash shartlari, qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh va uning huquqiy oqibatlari toʻgʻrisida huquqiy targʻibot materiallari va ijtimoiy videoroliklar tayyorlash va muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari va internet tarmogʻi orqali tarqatib borish.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/78/0454-son)
2. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda mahalla institutining rolini kuchaytirish
1. Mahallalarda eng dolzarb, aholini qiziqtiradigan va murojaatlarda koʻtarilayotgan muammoli masalalarni tahlil qilish va tahlil natijasiga koʻra manzilli va predmetli huquqiy targʻibotni amalga oshirish, aholiga qonun hujjatlari mazmun va mohiyatini yetkazish boʻyicha choralar koʻrish.
2. Mahallalarda aholi orasidagi turli muammoli masalalar, xususan, migratsiya, moddiy yordam, yer olish, uy-joy olish, kommunal masalalar, imtiyozlar, aliment, ishga joylashish, taʼlim olish va boshqalar boʻyicha huquqiy axborotni mediamateriallar shaklida aholiga yetkazish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/78/0454-son)
3. Mahallalarda “Huquqiy axborot kuni” loyihasini tashkil etish, bunda aniq bir kunda rejalashtirilgan yoʻnalish boʻyicha malakali mutaxassislar (advokatlar, notariuslar, yuridik xizmatlar xodimlari va boshqalar) tomonidan aholiga huquqiy tushuntirishlar berilishini taʼminlab borish.
4. Jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolik nizolarini keskin kamaytirish hamda aholida, ayniqsa, tarbiyasi ogʻir boʻlgan fuqarolarda qonunga hurmat hissini uygʻotish maqsadida sudlar tomonidan mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotlarni tizimli ravishda tashkil qilish va sayyor sud majlislari oʻtkazish koʻlamini kengaytirish.
5. “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari bilan hamkorlikda mahallalarda aholi orasida huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha tadbirlar koʻlami va sifatini oshirish.
6. Profilaktika inspektorlarining yordamchilari va “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari aʼzolarining yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlaridan xabardorlik darajasini oshirish maqsadida tegishli tadbirlarni amalga oshirish.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
3. Taʼlim muassasalarida huquqiy savodxonlikni oshirish
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganish” va “Inson huquqlarini oʻrganish” maxsus oʻquv kurslarini barcha taʼlim turlari boʻyicha tizimli oʻrgatish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish va oʻrgatilishini tashkil qilish.
Maxsus oʻquv kurslari yakuni boʻyicha oʻquvchi va talabalar orasida sinovlar tashkil qilish.
2. Bolalar va oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan Konstitutsiyani va inson huquqlarini oʻrganish boʻyicha koʻrgazmali qoʻllanmalarni tayyorlash va chop etish.
3. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga bolalar huquq va majburiyatlariga doir mashgʻulotlarni joriy etish. Bunda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilarining huquq asoslari va bola huquqlari boʻyicha bepul malakasini oshirish hamda mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun turli innovatsion loyihalarni yaratish choralarini koʻrish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
4. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga odob-axloq qoidalari va huquqning ilk tushunchalarini oʻrgatish boʻyicha namunaviy qoʻllanma yaratish.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
5. Yangi avlod huquqiy darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari tizimini yaratish. Bunda umumtaʼlim maktablari boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun huquqiy bilimlarni sodda va koʻrgazmali oʻrgatishga qaratilgan oʻquv qoʻllanmalarini, shuningdek, taʼlim muassasalari uchun huquq fanlari boʻyicha oʻquv darsliklari va qoʻllanmalarini tayyorlash choralarini koʻrish.
6. Yoshlarga oʻz huquqlarini himoya qilishning amaliy mexanizmlarini oʻrgatishga qaratilgan “Street law” (Koʻcha huquqi — oddiy huquq) loyihasini keng joriy qilish boʻyicha quyidagi tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish:
huquqshunoslikka ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari talabalari, yuridik kollejlar oʻquvchilari, nodavlat tashkilotlar vakillaridan iborat koʻngillilar (volonter) guruhini shakllantirish;
“Street law” loyihasi amalga oshirilishini metodik taʼminlash choralarini ishlab chiqish;
koʻngillilar guruhlari uchun interaktiv mashgʻulotlar olib borish metodikasi boʻyicha treninglar oʻtkazish;
koʻngillilar tomonidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari hamda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun mashgʻulotlar oʻtkazish.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
7. Taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalari orasida huquq fanidan respublika miqyosida quyidagi tanlovlarni tashkil qilish va oʻtkazish:
umumtaʼlim maktablari boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Huquq — bu toʻgʻrilikdir” mavzusidagi rasmlar tanlovini tashkil qilish;
umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Mening huquq va majburiyatlarim” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish hamda tanlov gʻoliblarini ragʻbatlantirish;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida “Siz qonunni bilasizmi?” koʻrik-tanlovini tashkil qilish hamda tanlov gʻoliblarini ragʻbatlantirish;
oliy taʼlim muassasalarida “Huquq bilimdonlari” koʻrik tanlovini tashkil qilish va tanlov gʻoliblarini ragʻbatlantirish.
8. Yoshlarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuygʻusini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovini oʻtkazish.
9. Yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa, ularning ongida korrupsiyaning jamiyat va mamlakat ravnaqi uchun oʻta salbiy illat ekanligini targʻib qilishga qaratilgan oʻquv materiallari tayyorlanishini tashkil qilish.
10. Bolalar va yoshlarga ularning huquqlari va odob-axloq normalari haqida maʼlumot beruvchi koʻrgazmali targʻibot boʻyicha quyidagi ishlarni amalga oshirish:
flayerlar, bukletlar, komikslar, taqdimot slaydlari, videoroliklar ishlab chiqish va har bir taʼlim muassasasiga yetkazish (har chorakda);
koʻrgazmali huquqiy targʻibot materiallarini bolalar va yoshlar eʼtiboriga yetkazish.
11. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yoshlarni oʻz huquqiy savodxonligini yuksak darajada shakllantirish va oshirishdek ezgu maqsadlar atrofida birlashtiruvchi “Huquq bilimdonlari” yoshlar huquqiy klublarini tashkil etish, keyinchalik ularning ijtimoiy tarmoqlarda ham faoliyat koʻrsatishini taʼminlash.
12. Umumtaʼlim va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sohasida huquq fanidan olimpiadalar oʻtkazish va gʻoliblarni munosib taqdirlash.
13. Tarbiyasi ogʻir voyaga yetmaganlarga kuchaytirilgan huquqiy taʼlim berish va tarbiyalashga oid maxsus dasturlarni qoʻllash.
14. Yoshlarda sogʻlom turmush tarziga boʻlgan intilishni shakllantirishga, ijtimoiy jihatdan xavfli kasalliklarga, giyohvandlikka, chekishga va boshqa zararli odatlarga qarshi kurashishga doir profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishga, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli uyushtirishga, ommaviy yoshlar sportini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.
15. Bolalar va yoshlarda davlat ramzlarini eʼzozlash, uning qadr-qimmatini anglash, shuningdek, shaxsiy ehtiyojlar va jamiyat ehtiyojlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini targʻib qilishga doir aniq rejalar asosida “ochiq darslar” va oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilishini taʼminlash.
16. Diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot gʻoyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirishga qaratilgan maxsus videoroliklar tayyorlash.
17. Yoshlar tomonidan sodir etilayotgan yoʻl harakati qoidalarini buzish, noqonuniy avtopoygalar oʻtkazish va boshqa noxush hodisalarning oldini olish maqsadida “Eng tartibli yosh haydovchi” loyihasini tashkil etish.
4. Davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish
1. Davlat organlari va tashkilotlarda huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish.
2. Davlat organlari va tashkilotlarda jamoatchilik asosida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi huquqiy targʻibot guruhlarini tashkil qilish va ular tomonidan sohaga doir qonun hujjatlari normalarining xodimlar oʻrtasida tizimli ravishda targʻibot qilinishini taʼminlash.
3. Davlat organlari va tashkilotlarda xodimlarning huquqiy savodxonligi minimal darajasi boʻyicha talablarni ishlab chiqish hamda ularni ishga qabul qilishda mazkur talablarga muvofiqligi yuzasidan oʻqitish va baholashning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish.
4. Davlat organlari va tashkilotlarda xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan bepul huquqiy maslahat kurslarini tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish.
5. Har bir davlat organlari va muassasalarida “Huquqiy madaniyat oyligi”, “Odob-axloq oyligi” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” tadbirlarini tashkil qilish.
6. Davlat organlari va tashkilotlar xodimlari faoliyatida masʼuliyatsizlikning va idoraviy huquqiy nigilizmning namoyon boʻlishiga imkon yaratadigan omillarni huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish orqali bartaraf etish.
7. Kadrlarga oid qarorlarning, boʻsh lavozimlarga kadrlarni tayinlash uchun tanlovlarni rejali asosda oʻtkazishning shaffofligini taʼminlash.
8. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda munosib hissa qoʻshgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlariga aholining huquqiy savodxonligini oshirishda koʻrsatgan yutuqlari uchun topshiriladigan “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish.
9. Davlat organlari va tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib qonun hujjatlari mazmunini tushuntirishga qaratilgan “Huquqiy savodxonlik” ruknlarini tashkil etish.
5. Aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish
1. Yoshidan kelib chiqib aholi huquqiy savodxonligining darajasi boʻyicha minimal talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash, ular asosida fuqarolarning huquqiy bilim darajasini aniqlash va tahlil qilib borish.
2. Advokatlik tuzilmalari va advokatlar tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ixtiyoriy yuridik yordam koʻrsatish (pro bono) tizimini rivojlantirish.
3. Qonun hujjatlarini aholiga tezkor ravishda yetkazish, shuningdek, sohaga doir qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish tizimini takomillashtirish.
4. Axborot-resurs markazlari hamda axborot-kutubxona fondlarini yuridik adabiyotlar bilan boyitib borish.
5. Davlat organlari huzuridagi axborot-tahlil multimedia markazlarining huquqiy targʻibot sohasidagi faoliyatini kuchaytirish. Bunda dolzarb va aholini qiziqtiradigan huquqiy masalalarni aniqlashtirish (uy-joy va yer olish masalalari, taʼlim muassasalariga joylashtirish, aliment, moddiy yordam, migratsiya, kommunal xizmat masalalari) hamda tahlillar asosida va qonunchilikdagi sohaga oid yangiliklar boʻyicha zarur axborot-tahliliy va koʻrgazmali media materiallarni tayyorlash va efirga uzatish.
6. Aholining kundalik ehtiyojidan kelib chiqib, ularni qiziqtirgan huquqiy mavzular boʻyicha “Soʻrov boʻyicha huquqiy targʻibot” loyihasini amalga oshirish.
7. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda munosib hissa qoʻshgan huquq targʻibotchilarining bu boradagi fidoyiligini ragʻbatlantirib borish maqsadida “Eng yaxshi huquq targʻibotchisi” va “Huquqiy targʻibotni amalga oshirishda eng yaxshi innovatsion loyiha” tanlovlarini oʻtkazib borish.
8. Xalqimizda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuygʻularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan videoroliklar tayyorlash.
9. Xalqimizning huquqiy yodgorliklari va huquq yoʻnalishidagi olimlari va arboblari faoliyatini chuqur oʻrganish va ularni keng ommaga targʻib qilish.
10. Aholiga ularning huquq va majburiyatlarini hamda davlat organlari va tashkilotlarning fuqarolar oldidagi majburiyatlarini tushuntirishga, shuningdek, aholini qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ijtimoiy-huquqiy videoroliklarni tayyorlash hamda televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish.
11. Advokatlik yoki huquqshunos faoliyatiga bagʻishlangan badiiy film va seriallar tayyorlash.
12. Aholini qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan qisqa metrajli filmlar hamda teatr spektakllarini yaratish va tizimli ravishda televideniye orqali berib borish.
13. Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusi doirasida kamida 5 ta ijtimoiy videorolik tayyorlash, shuningdek, korrupsiya, halollik, toʻgʻrilik, qonunga hurmat, adolat tantanasi mavzularida targʻibot materiallari, didaktik materiallar, multiplikatsion filmlar tayyorlash.
14. Aholida korrupsiyaga murosasizlik kayfiyatini shakllantirish maqsadida ijtimoiy sheriklik asosida korrupsiyaga qarshi targʻibot materiallari (jurnalistik materiallar, blogpostlar, karikaturalar, buklet, flayer, bannerlar, yumoristik asarlar) megatanlovini oʻtkazish.
15. Mehnat migrantlariga turli ijtimoiy-huquqiy masalalar, xususan, migratsiya, ishga joylashish, taʼlim olish, boshqa davlatlarning qonun hujjatlari boʻyicha huquqiy axborotlar olishda tizimli yordam koʻrsatishni oʻz ichiga oluvchi maxsus axborot saytini ishlab chiqish.
16. Tashqi mehnat migrantlarini milliy qonunchilik va xalqaro huquq normalarining mazmuni toʻgʻrisida mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari va vakolatxonalari koʻmagida ijtimoiy reklamalar, Internet veb-sahifalari, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalardan foydalangan holda xabardor qilib borishning aniq mexanizmini ishlab chiqish.
17. Nogironligi boʻlgan shaxslar (koʻzi ojiz va kar-soqovlar uchun) va keksa yoshdagi shaxslar uchun foydalanishga qulay boʻlgan, ularning ijtimoiy himoyasiga oid huquqlariga doir toʻplamlarni tayyorlash va xayriya aksiyalarini oʻtkazgan holda tarqatish.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
18. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning kelgusida ijtimoiy hayotga moslashuvi uchun koʻmak berish maqsadida jazoni ijro etish muassasalarida masofadan turib taʼlim olish tizimini yoʻlga qoʻyish.
19. Jazoni ijro etish muassasalarida huquqiy bilimlarni oʻrgatish, huquqiy maʼrifat va sudlanganlarni huquqiy tarbiyalash maqsadida “Huquq va men”, “Jinoyat olamidan qaytish” nomli maʼrifiy-huquqiy mashgʻulotlarni muntazam oʻtkazish tizimini joriy etish.
20. Harbiy xizmatchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida:
aniq chora-tadbirlar asosida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarining, Temurbeklar maktablari oʻquvchilarining huquqiy bilimlarini tizimli ravishda oshirib borish, dunyoqarashi va fikrlash doiralarini kengaytirish;
harbiy qismlarda har oyning juma kuni “Huquqiy savodxonlik soati”ni tashkil qilish, unda mamlakatimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini harbiy xizmatchilarga yetkazish.
2-bob. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targʻibotning innovatsion usullarini joriy qilish
1. Quyidagi masalalarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Milliy huquqiy internet portalini yaratish:
qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi;
barcha milliy huquqiy saytlar;
yuridik lugʻat va huquqiy elektron kutubxona;
maqsadli auditoriyalar (davlat xizmatchilari, pedagoglar va boshqalar) uchun majburiy kurslar (mandatory courses).
2. Turli hayotiy holatlar boʻyicha huquqiy yechim taklif etiladigan va davlat xizmatlari koʻrsatish elektron tizimi bilan bogʻlanadigan Advice.uz huquqiy axborot tizimini (“Oʻzbekiston huquqiy forumi” saytini) yaratish va ishga tushirish.
3. Fuqarolarning oʻz huquqiy bilim darajasini sinash maqsadida Internet tizimida turli bosqichlarga ega boʻlgan “Huquqiy test” loyihasini yaratish.
4. Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Telegram, Twitter, Youtube, Mytube.uz va h.k.) davlat organlari va tashkilotlarning kanallarini tashkil qilish va ushbu kanallarda veb-texnologiyalardan keng foydalangan holda soha faoliyati yoʻnalishlaridan kelib chiqib huquqiy targʻibot materiallarini joylab borish.
Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarda eʼlon qilish uchun materiallarni tayyorlash, joylashtirish va qayta aloqani taʼminlash boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish.
5. Internet tizimida oʻzbek, rus va ingliz tillarida “Huquqiy axborot” telegram kanalini tashkil qilish va unda qonun hujjatlari mazmunini qisqacha tahliliy yoritish, shuningdek, aholining huquqiy bilimlarini yuksaltirishga doir huquqiy materiallarni berib borish.
6. Mamlakatimiz aholisi koʻp foydalanadigan ijtimoiy tarmoqlarda soʻrovlar oʻtkazish orqali huquqiy madaniyat va huquqiy ong darajasini tahlil qilish va uning natijasida huquqiy axborotni manzilli yetkazish ishlarini tashkil etish.
3-bob. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish
1. Huquqiy mavzularni tizimli va tahliliy yoritib borish hamda aholini qonunga hurmat ruhida tarbiyalashga doir telekoʻrsatuvlar koʻlamini kengaytirish.
2. Ommaviy axborot vositalarining (matbuot, televideniye, radio) huquqiy targʻibot sohasidagi faoliyatini ragʻbatlantirishning huquqiy mexanizmlarini belgilab berish boʻyicha takliflar tayyorlash.
3. Huquqiy davriy nashrlarni internet tarmogʻiga integratsiya qilish va ularning elektron nusxalari joylab borilishini taʼminlashni yoʻlga qoʻyish.
4. Aholining huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida “Huquqiy axborot” radio loyihasini tashkil etish va amalga oshirish.
5. Huquqiy sohani yorituvchi jurnalistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini doimiy oshirib borish tizimini yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
6. Qabul qilingan qonun hujjatlariga mustaqil ekspertlar, mutaxassislar va aholining fikri hamda munosabatini aks ettiruvchi tahliliy tok-shou, bahs-munozara yoʻnalishidagi koʻrsatuv va eshittirishlarni efirga uzatish.
7. Aholi oʻrtasidagi dolzarb ijtimoiy-huquqiy muammolardan kelib chiqib, fuqarolarning huquqiy maʼrifatini oshirishga xizmat qiladigan, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan taʼsirchan telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni hamda huquqiy mavzudagi loyihalarni tayyorlash va tarqatish.
8. Ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik nazoratini taʼminlash borasidagi rolini kuchaytirish, ularning davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan aloqasini kuchaytirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlarni tashkil etish.
9. Davlat organlari axborot xizmatlarining huquqiy axborotni tarqatishdagi roli va oʻrnini kuchaytirish, shu jumladan, davlat organi nufuziga taʼsir koʻrsatadigan salbiy xabarlar boʻyicha zudlik bilan munosabat bildirib borish mexanizmini yaratish.
4-bob. Yuridik taʼlimni, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish
1. Oʻquv jarayonini nazariy tayyorgarlikning huquqni qoʻllash faoliyati bilan chambarchas bogʻliqligini taʼminlash, talabalarda tahliliy fikrlashni, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ulardan foydalanish mahoratini shakllantirishga qaratilgan oʻqitishning zamonaviy shakllari va uslublari hamda texnologiyalari asosida tashkil etish.
2. Yuridik oliy taʼlim muassasalarining ilmiy-tadqiqot institutlari, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqalarini kuchaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
3. Zamonaviy xorijiy tajriba asosida yuridik sohada taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasining yangi innovatsion shakl va institutlarini joriy etish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
4. Ilgʻor xorijiy tajriba asosida milliy yuridik taʼlim va yuridik fan sohasini rivojlantirish ishiga ulkan hissa qoʻshgan Oʻzbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga faxriy doktor darajasini berish tartibini joriy etish.
5. Oʻquv jarayoniga klinik yuridik taʼlimni tatbiq etish yuzasidan yetakchi xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasidan keng va unumli foydalanish.
Tarmoqlararo taʼlimni kuchaytirish va bu borada Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichida “Huquq va Tibbiyot”, “Huquq va Qurilish” kabi mutaxassisliklar ochilishini taʼminlash.
6. Huquqiy mavzular boʻyicha taʼlim beruvchi pedagog-oʻqituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
5-bob. Huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish
1. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholashning koʻrsatkichlarini ishlab chiqish.
2. Jamiyatda aholining huquqiy savodxonligini oshirib borishni aniq koʻrsatkichlar asosida oʻrganib borish va baholash.
3. Huquqiy fanlarni rivojlantirishning ilmiy asoslangan rejalarini ishlab chiqish va uning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash.
4. Huquqiy tarbiyaning ilmiy asoslangan uslubiyotini ishlab chiqish.
5. Huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari tayyorlash koʻlamini kengaytirish, bunda oiladagi mojaro va zoʻravonliklar hamda ularning ijtimoiy-huquqiy oqibatlarini kompleks tadqiq qilishga alohida eʼtibor qaratish.
6. Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovida jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning tashkiliy-huquqiy, pedagogik-psixologik jihatlarini tadqiq etishga oid mavzularni muntazam eʼlon qilib borish.
7. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish holati hamda bu sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini oʻrganish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, fuqarolar bilan hamkorlikda sotsiologik, maxsus, ilmiy tadqiqotlar hamda boshqa turdagi tadqiqotlar va soʻrovlar oʻtkazish.
IV. Konsepsiyaning qabul qilinishidan kutilayotgan natijalar
Konsepsiyani amalga oshirish natijasida quyidagilar kutilmoqda:
fuqaro, davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligini yuksaltirish, shaxsiy ehtiyojlar hamda jamiyat ehtiyojlari oʻrtasidagi muvozanatning saqlanishini taʼminlash;
bola va yoshlar ongiga ilk huquqiy tushunchalarni va odob-axloq qoidalarini tizimli singdirib borish, huquqiy taʼlim-tarbiyani uzviy va tizimli olib borishga erishish;
huquqiy targʻibotning innovatsion usullarini yaratish va joriy etish, huquqiy bilimlarni targʻib qilishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;
mansabdor shaxslar va fuqarolarda qonunga va huquqqa boʻlgan hurmat hissini kuchaytirish, huquqbuzarliklar profilaktikasining samaradorligini taʼminlash.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoniga 2-ILOVA
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini 2019-yilda samarali amalga oshirish boʻyicha
kundalik hayotda qoʻllashga moʻljallangan boshlangʻich huquqiy bilimlar;
huquqni targʻib qiluvchi turli xil oʻyinlar, mashgʻulotlar va dasturlar boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar va boshqa zarur maʼlumotlarni berish.
Huquqiy portal
2019-yil
may
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin)
2.
Oilada bolalarga huquqiy tarbiya va odob-axloqning boshlangʻich qoidalarini oʻrgatish boʻyicha ota-onalar uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va tarqatish.
Uslubiy qoʻllanma
2019-yil
avgust
Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin)
3.
Oila davrasida huquqiy savodxonlikni oshirishga moʻljallangan, har bir elementar huquqiy bilimlarni oʻrgatishga qaratilgan va kundalik hayotdagi muhim masalalar yuzasidan huquqiy qoʻllanma tayyorlash va bepul tarqatish.
Qoʻllanma
2019-yil
oktabr
Adliya vazirligi (R. Davletov)
4.
Bolalar uchun huquqiy mavzularda va odob-axloqning oddiy va kundalik qoidalarini bilishni, vatanparvarlik, qonunlarni hurmat qilish, oʻzbek xalqining tarixi va milliy qadriyatlarini oʻrgatishni targʻib qiluvchi turli multiplikatsion filmlarni yaratish.
Multiplikatsion dasturlar
2019-yil
sentabr
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)
5.
Bolalar uchun huquqiy axborotni yetkazishga hamda kundalik turmushda qoʻllaniladigan normalar va odob-axloq qoidalarini oʻrgatishga qaratilgan audioertaklar, kinofilmlar va kinojurnallar ishlab chiqish.
Ijrochilarning qoʻshma qarori
2019-yil
sentabr
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov), Adliya vazirligi (R. Davletov),
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin)
6.
Oilaviy notinchlik hamda bolalar nazoratsizligi va qarovsizligining oldini olish, bolalar orasidagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida telekoʻrsatuvlar, tok-shoular tayyorlash.
Telekoʻrsatuvlar
2019-yil
iyul
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), MTRK (A. Xadjayev), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov)
Aniq grafik asosida
7.
Kundalik turmushda koʻp uchraydigan masalalarning huquqiy yechimlari va yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mohiyatini uyma-uy yurib targʻib qilish, shuningdek, huquqiy maʼlumotlarni yetkazishga qaratilgan flayer, buklet va boshqa tarqatma materiallarni oilalarga bepul tarqatish.
Targʻibot tadbirlari,
tarqatma materiallar
Doimiy ravishda
Adliya vazirligi (R. Davletov),
“Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov), vazirlik va idoralar
Aniq grafik asosida
8.
Yoshlar va ota-onalar oʻrtasida nikoh yoshi, aliment toʻlash shartlari, qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh va uning huquqiy oqibatlari toʻgʻrisida muntazam ravishda huquqiy targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.
Targʻibot tadbirlari
Doimiy ravishda
“Oila” ilmiy amaliy markazi (D. Toshmuxamedova), Adliya vazirligi (R. Davletov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov), vazirlik va idoralar
Aniq grafik asosida
2. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda mahalla institutining rolini kuchaytirish
9.
Mahallalarda eng dolzarb, aholini qiziqtiradigan va murojaatlarda koʻtarilayotgan muammoli masalalarni tahlil qilish va tahlil natijasiga koʻra manzilli va predmetli huquqiy targʻibotni amalga oshirish, aholiga qonun hujjatlari mazmun va mohiyatini yetkazish boʻyicha choralar koʻrish.
Soʻrovlar, tahliliy maʼlumot
Har chorakda
Adliya vazirligi (R. Davletov),
vazirlik va idoralar
Uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar
Doimiy ravishda
10.
Mahallalarda aholi orasidagi turli muammoli masalalar, xususan, migratsiya, moddiy yordam, yer olish, uy-joy olish, kommunal masalalar, imtiyozlar, aliment, ishga joylashish, taʼlim olish va boshqalar boʻyicha huquqiy axborotni buklet, flayer, liflet va plakatlar shaklida aholiga yetkazish.
Tarqatma targʻibot materiallari
Doimiy ravishda
Vazirlik va idoralar
11.
Mahallalarda “Huquqiy axborot kuni” loyihasini tashkil etish, bunda aniq bir kunda rejalashtirilgan yoʻnalish boʻyicha malakali mutaxassislar (advokatlar, notariuslar, yuridik xizmatlar xodimlari va boshqalar) tomonidan aholiga huquqiy tushuntirishlar berilishini taʼminlab borish.
Huquqiy tadbirlar rejasiga muvofiq
2019-yil
fevral
Adliya vazirligi (R. Davletov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov),
vazirlik va idoralar
12.
Jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolik nizolarini keskin kamaytirish hamda aholida, ayniqsa, tarbiyasi ogʻir boʻlgan fuqarolarga qonunga hurmat hissini uygʻotish maqsadida:
Oliy sud (K.Kamilov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov)
sudlar tomonidan mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotlarni tizimli ravishda tashkil qilish;
Chora-tadbirlar rejasi
Har chorakda
sayyor sud majlislari oʻtkazish koʻlamini kengaytirish.
Sayyor sud majlislari
Doimiy ravishda
13.
“Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari bilan hamkorlikda mahallalarda aholi orasida huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha tadbirlar koʻlami va sifatini oshirish.
Kompleks chora-tadbirlar
2019-yil
mart
Adliya vazirligi (R. Davletov)
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov)
14.
Profilaktika inspektorlarining yordamchilari va “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari aʼzolarining yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlaridan xabardorlik darajasini oshirish maqsadida tegishli tadbirlarni amalga oshirish.
Uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar
Doimiy ravishda
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov)
3. Taʼlim muassasalarida huquqiy savodxonlikni oshirish
15.
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganish” va “Inson huquqlarini oʻrganish” maxsus oʻquv kurslarini barcha taʼlim turlari boʻyicha tizimli oʻrgatish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish va oʻrgatilishini tashkil qilish.
Kompleks chora-tadbirlar
2019-yil
May
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)
Maxsus oʻquv kurslari yakuni boʻyicha oʻquvchi va talabalar orasida sinovlar tashkil qilish.
Oʻquv mashgʻulotlari
2019-yil
dekabr
16.
Bolalar va oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan Konstitutsiyani va inson huquqlarini oʻrganish boʻyicha koʻrgazmali qoʻllanmalarni tayyorlash va chop etish.
Qoʻllanmalar
2019-yil
sentabr
Adliya vazirligi (R. Davletov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)
17.
Maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanuvchilarga bolalar huquq va majburiyatlariga doir mashgʻulotlarni joriy etish. Bunda:
maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilarining huquq asoslari va bola huquqlari boʻyicha bepul malakasini oshirish;
mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun turli innovatsion loyihalarni yaratish choralarini koʻrish.
Takliflar
2019-yil fevral
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin),
Adliya vazirligi (R. Davletov)
18.
Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga odob-axloq qoidalari va huquqning ilk tushunchalarini oʻrgatish boʻyicha namunaviy qoʻllanma yaratish.
Namunaviy qoʻllanma
2019-yil
iyul
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin)
19.
Yangi avlod huquqiy darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari tizimini yaratish. Bunda:
Ijrochilarning qoʻshma qarori
Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)
umumtaʼlim maktablari boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun huquqiy bilimlarni sodda va koʻrgazmali oʻrgatishga qaratilgan oʻquv qoʻllanmalarini;
2019-yil
may
taʼlim muassasalari uchun huquq fanlari boʻyicha oʻquv darsliklari va qoʻllanmalarini tayyorlash choralarini koʻrish.
2019-yil noyabr
20.
Yoshlarga oʻz huquqlarini himoya qilishning amaliy mexanizmlarini oʻrgatishga qaratilgan “Street law” (Koʻcha huquqi — oddiy huquq) loyihasini keng joriy qilish boʻyicha quyidagi tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish:
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin)
huquqshunoslikka ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari talabalari, yuridik kollejlar oʻquvchilari, nodavlat tashkilotlar vakillaridan iborat koʻngillilar (volonter) guruhini shakllantirish;
Ijrochilarning qoʻshma qarori
2019-yil
may
“Street law” loyihasi amalga oshirilishini metodik taʼminlash choralarini ishlab chiqish;
Kompleks chora-tadbirlar
2019-yil
iyul
koʻngillilar guruhlari uchun interaktiv mashgʻulotlar olib borish metodikasi boʻyicha treninglar oʻtkazish;
koʻngillilar tomonidan maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari hamda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun mashgʻulotlar oʻtkazish.
2019-yil
oktabr
21.
Taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalari orasida huquq fanidan respublika miqyosida quyidagi tanlovlarni tashkil qilish va oʻtkazish:
umumtaʼlim maktablari boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Huquq — bu toʻgʻrilikdir” mavzusidagi rasmlar tanlovini tashkil qilish;
umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Mening huquq va majburiyatlarim” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish hamda tanlov gʻoliblarini ragʻbatlantirish;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida “Siz qonunni bilasizmi?” koʻrik-tanlovini tashkil qilish hamda tanlov gʻoliblarini ragʻbatlantirish;
oliy taʼlim muassasalarida “Huquq bilimdonlari” koʻrik tanlovini tashkil qilish va tanlov gʻoliblarini ragʻbatlantirish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2019-yil
sentabr
Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Davlat test markazi (M. Karimov)
22.
Yoshlarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuygʻusini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovini oʻtkazish.
Ijrochilarning qoʻshma qarori
2019-yil mart
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov)
Amalga oshirish
2019-yil
dekabr
23.
Yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa, ularning ongida korrupsiyaning jamiyat va mamlakat ravnaqi uchun oʻta salbiy illat ekanligini targʻib qilishga qaratilgan oʻquv materiallari tayyorlanishini tashkil qilish.
Ijrochilarning qoʻshma qarori
2019-yil fevral
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov)
24.
Bolalar va yoshlarga ularning huquqlari va odob-axloq normalari haqida maʼlumot beruvchi koʻrgazmali targʻibot boʻyicha quyidagi ishlarni amalga oshirish:
flayerlar, bukletlar, komikslar, taqdimot slaydlari, videoroliklar ishlab chiqish va har bir taʼlim muassasasiga yetkazish (har chorakda);
koʻrgazmali huquqiy targʻibot materiallarini bolalar va yoshlar eʼtiboriga yetkazish.
Koʻrgazmali tarqatma materiallar
2019-yil
dekabr
Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)
25.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yoshlarni oʻz huquqiy savodxonligini yuksak darajada shakllantirish va oshirishdek ezgu maqsadlar atrofida birlashtiruvchi “Huquq bilimdonlari” yoshlar huquqiy klublarini tashkil etish, keyinchalik ularning ijtimoiy tarmoqlarda ham faoliyat koʻrsatishini taʼminlash.
Kompleks chora- tadbirlar
2019-yil
avgust
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), vazirlik va idoralar
26.
Umumtaʼlim va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sohasida huquq fanidan olimpiadalar oʻtkazish va gʻoliblarni munosib taqdirlash.
Ijrochilarning qoʻshma qarori
2019-yil avgust
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat test markazi (M. Karimov)
27.
Tarbiyasi ogʻir voyaga yetmaganlarga kuchaytirilgan huquqiy taʼlim berish va tarbiyalashga oid maxsus dasturlarni qoʻllash.
Ijrochilarning qoʻshma qarori
2019-yil avgust
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
28.
Yoshlarda sogʻlom turmush tarziga boʻlgan intilishni shakllantirishga, ijtimoiy jihatdan xavfli kasalliklarga, giyohvandlikka, chekishga va boshqa zararli odatlarga qarshi kurashishga doir profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishga, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli uyushtirishga, ommaviy yoshlar sportini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.
Chora-tadbirlar rejalari
2019-yil
may
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
29.
Bolalar va yoshlarda davlat ramzlarini eʼzozlash, uning qadr-qimmatini anglash, shuningdek, shaxsiy ehtiyojlar va jamiyat ehtiyojlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini targʻib qilishga doir aniq rejalar asosida “ochiq darslar” va oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilishini taʼminlash.
Ochiq darslar, oʻquv mashgʻulotlari
2019-yil
martdan boshlab
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)
30.
Diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot gʻoyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirishga qaratilgan maxsus videoroliklar tayyorlash.
Videoroliklar
2019-yil
aprel
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), MTRK (A. Xadjayev), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov)
31.
Yoshlar tomonidan sodir etilayotgan yoʻl harakati qoidalarini buzish, noqonuniy avtopoygalar oʻtkazish va boshqa noxush hodisalarning oldini olish maqsadida “Eng tartibli yosh haydovchi” loyihasini tashkil etish.
Ijrochilarning qoʻshma qarori
2019-yil
aprel
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Adliya vazirligi (R. Davletov)
4. Davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish
32.
Davlat organlari va tashkilotlarda huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish.
Idoraviy hujjat
2019-yil
mart
Adliya vazirligi (R. Davletov)
33.
Davlat organlari va tashkilotlarda jamoatchilik asosida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi huquqiy targʻibot guruhlarini tashkil qilish va ular tomonidan sohaga doir qonun hujjatlari normalarining xodimlar oʻrtasida tizimli ravishda targʻibot qilinishini taʼminlash.
Idoraviy hujjat
2019-yil
mart
Vazirlik va idoralar
34.
Davlat organlari va tashkilotlarda xodimlarning huquqiy savodxonligi minimal darajasi boʻyicha talablarni ishlab chiqish hamda ularni ishga qabul qilishda mazkur talablarga muvofiqligi yuzasidan oʻqitish va baholashning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2019-yil
iyun
Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)
35.
Davlat organlari va tashkilotlarda xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan bepul huquqiy maslahat kurslarini tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish.
Ijrochilarning qoʻshma qarori
2019-yil fevral
Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar
36.
Har bir davlat organlari va muassasalarida:
Idoraviy hujjat
2019-yil
Vazirlik va idoralar
“Huquqiy madaniyat oyligi”;
mart
“Odob-axloq oyligi”;
may
“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” tadbirlarini tashkil qilish.
dekabr
37.
Davlat organlari va tashkilotlar xodimlari faoliyatida masʼuliyatsizlikning va idoraviy huquqiy nigilizmning namoyon boʻlishiga imkon yaratadigan omillarni huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish orqali bartaraf etish.
Idoraviy hujjat
2019-yil
mart
Vazirlik va idoralar
38.
Kadrlarga oid qarorlarning, boʻsh lavozimlarga kadrlarni tayinlash uchun tanlovlarni rejali asosda oʻtkazishning shaffofligini taʼminlash.
Idoraviy hujjat
2019-yil
aprel
Vazirlik va idoralar
39.
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda munosib hissa qoʻshgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlariga aholining huquqiy savodxonligini oshirishda koʻrsatgan yutuqlari uchun topshiriladigan “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2019-yil fevral
Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov)
40.
Davlat organlari va tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib qonun hujjatlari mazmunini tushuntirishga qaratilgan “Huquqiy savodxonlik” ruknlarini tashkil etish.
Idoraviy hujjat
2019-yil may
Vazirlik va idoralar
5. Aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish
41.
Yoshidan kelib chiqib aholi huquqiy savodxonligining darajasi boʻyicha minimal talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash, ular asosida fuqarolarning huquqiy bilim darajasini aniqlash va tahlil qilib borish.
Idoraviy hujjat
2019-yil
fevral
Adliya vazirligi (R. Davletov)
42.
Advokatlik tuzilmalari va advokatlar tomonidan aholining ijtimoiy himiyaga muhtoj qatlamiga bepul ixtiyoriy yuridik yordam koʻrsatish (pro bono) tizimini rivojlantirish.
Qonun loyihasi
2019-yil
mart
Adliya vazirligi (R. Davletov), Advokatlar palatasi
(A. Ernazarov)
43.
Qonun hujjatlarini aholiga tezkor ravishda yetkazish, shuningdek, sohaga doir qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish tizimini takomillashtirish.
Kompleks chora-tadbirlar
2019-yil avgust
Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar
44.
Axborot-resurs markazlari hamda axborot-kutubxona fondlarini yuridik adabiyotlar bilan boyitib borish.
Chora-tadbirlar rejasi
2019-yil
avgust
Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov)
45.
Davlat organlari huzuridagi axborot-tahlil multimedia markazlarining huquqiy targʻibot sohasidagi faoliyatini kuchaytirish. Bunda:
Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), MTRK (A. Xadjayev), vazirlik va idoralar
dolzarb va aholini qiziqtiradigan huquqiy masalalarni aniqlashtirish (uy-joy va yer olish masalalari, taʼlim muassasalariga joylashtirish, aliment, moddiy yordam, migratsiya, kommunal xizmat masalalari);
Tahliliy maʼlumot
Har yarim yilda
tahlillar asosida va qonunchilikdagi sohaga oid yangiliklar boʻyicha zarur axborot-tahliliy va koʻrgazmali media materiallarni tayyorlash va efirga uzatish.
Telemateriallar
Doimiy
46.
Aholining kundalik ehtiyojidan kelib chiqib, ularni qiziqtirgan huquqiy mavzular boʻyicha “Soʻrov boʻyicha huquqiy targʻibot” loyihasini amalga oshirish.
Kompleks chora-tadbirlar
2019-yil
aprel
Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar
47.
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda munosib hissa qoʻshgan huquq targʻibotchilarining bu boradagi fidoyiligini ragʻbatlantirib borish maqsadida “Eng yaxshi huquq targʻibotchisi” va “Huquqiy targʻibotni amalga oshirishda eng yaxshi innovatsion loyiha” tanlovlarini oʻtkazish.
Ijrochilarning qoʻshma qarori
2019-yil
mart
Adliya vazirligi (R. Davletov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), MTRK (A. Xadjayev), Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov)
Koʻrik tanlov oʻtkazish
May
48.
Xalqimizda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuygʻularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan videoroliklar tayyorlash.
Videoroliklar
2019-yil
may
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)
49.
Xalqimizning huquqiy yodgorliklari va huquq yoʻnalishidagi olimlari va arboblari faoliyatini chuqur oʻrganish va ularni keng ommaga targʻib qilish.
Risolalar, videoroliklar
2019-yil dekabr
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)
50.
Aholiga ularning huquq va majburiyatlarini hamda davlat organlari va tashkilotlarning fuqarolar oldidagi majburiyatlarini tushuntirishga, shuningdek, aholini qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ijtimoiy-huquqiy videoroliklarni tayyorlash hamda televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish.
Ijtimoiy videoroliklar
Har oyda kamida bir martadan
Adliya vazirligi (R. Davletov), MTRK (A. Xadjayev), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi
(F. Abduxalikov)
51.
Advokatlik yoki huquqshunos faoliyatiga bagʻishlangan badiiy film va seriallar tayyorlash.
Ijrochilarning qoʻshma qarori
2019-yil
may
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov), MTRK (A. Xadjayev), Advokatlar palatasi (A. Ernazarov), Adliya vazirligi (R. Davletov)
Badiiy film, serial
2019-yil
oktabr
52.
Aholini qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan qisqa metrajli filmlar hamda teatr spektakllarini yaratish va tizimli ravishda televideniye orqali berib borish.
Qisqa metrajli filmlar hamda teatr spektakllari
Doimiy ravishda
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov), Madaniyat vazirligi (B.Sayfullayev), Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), MTRK (A. Xadjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov)
Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), “Oʻzbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov)
54.
Aholida korrupsiyaga murosasizlik kayfiyatini shakllantirish maqsadida ijtimoiy sheriklik asosida korrupsiyaga qarshi targʻibot materiallari (jurnalistik materiallar, blogpostlar, karikaturalar, buklet, flayer, bannerlar, yumoristik asarlar) megatanlovini oʻtkazish.
Megatanlov
2019-yil
avgust
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)
55.
Mehnat migrantlariga turli ijtimoiy-huquqiy masalalar, xususan, migratsiya, ishga joylashish, taʼlim olish, boshqa davlatlarning qonun hujjatlari boʻyicha huquqiy axborotlar olishda tizimli yordam koʻrsatishni oʻz ichiga oluvchi maxsus axborot saytini ishlab chiqish.
Axborot sayti
2019-yil dekabr
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev)
56.
Tashqi mehnat migrantlarini milliy qonunchilik va xalqaro huquq normalarining mazmuni toʻgʻrisida mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari va vakolatxonalari koʻmagida ijtimoiy reklamalar, Internet veb-sahifalari, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalardan foydalangan holda xabardor qilib borishning aniq mexanizmini ishlab chiqish.
Ijrochilarning qoʻshma qarori
2019-yil
iyun
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev), Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov), Adliya vazirligi (R. Davletov)
57.
Nogironlar (koʻzi ojiz va kar-soqovlar uchun) va keksa yoshdagi shaxslar uchun foydalanishga qulay boʻlgan, ularning ijtimoiy himoyasiga oid huquqlariga doir toʻplamlarni tayyorlash va xayriya aksiyalarini oʻtkazgan holda tarqatish.
Kompleks chora- tadbirlar
2019-yil
noyabr
Adliya vazirligi (R. Davletov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov)
58.
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning kelgusida ijtimoiy hayotga moslashuvi uchun koʻmak berish maqsadida jazoni ijro etish muassasalarida masofadan turib taʼlim olish tizimini yoʻlga qoʻyish.
Normativ-huquqiy hujjat
2019-yil
dekabr
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), vazirlik va idoralar
59.
Jazoni ijro etish muassasalarida huquqiy bilimlarni oʻrgatish, huquqiy maʼrifat va sudlanganlarni huquqiy tarbiyalash maqsadida “Huquq va men”, “Jinoyat olamidan qaytish” nomli maʼrifiy-huquqiy mashgʻulotlarni muntazam oʻtkazish tizimini joriy etish.
Kompleks chora- tadbirlar
2019-yil
oktabr
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar
60.
Harbiy xizmatchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida:
Adliya vazirligi (R. Davletov), Mudofaa vazirligi (A. Azizov), vazirlik va idoralar
aniq chora-tadbirlar asosida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarining, Temurbeklar maktablari oʻquvchilarining huquqiy bilimlarini tizimli ravishda oshirib borish, dunyoqarashi va fikrlash doiralarini kengaytirish;
Kompleks chora- tadbirlar
2019-yil
oktabr
harbiy qismlarda har oyning juma kuni “Huquqiy savodxonlik soati”ni tashkil qilish, unda mamlakatimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini harbiy xizmatchilarga yetkazish.
Doimiy ravishda
II. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targʻibotning innovatsion usullarini joriy qilish
61.
Quyidagi masalalarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Milliy huquqiy internet portalini yaratish:
qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi;
barcha milliy huquqiy saytlar;
yuridik lugʻat va huquqiy elektron kutubxona;
maqsadli auditoriyalar (davlat xizmatchilari, pedagoglar va boshqalar) uchun majburiy kurslar (mandatory courses).
Huquqiy portal
2019-yil dekabr
Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar
62.
Turli hayotiy holatlar boʻyicha huquqiy yechim taklif etiladigan va davlat xizmatlari koʻrsatish elektron tizimi bilan bogʻlanadigan Advice.uz huquqiy axborot tizimini (“Oʻzbekiston huquqiy forumi” saytini) yaratish va ishga tushirish.
Huquqiy axborot tizimi
2019-yil iyun
Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar
63.
Fuqarolarning oʻz huquqiy bilim darajasini sinash maqsadida Internet tizimida turli bosqichlarga ega boʻlgan “Huquqiy test” loyihasini yaratish.
Test dasturi
2019-yil
mart
Adliya vazirligi (R. Davletov)
64.
Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Telegram, Twitter, Youtube, Mytube.uz va h.k.) davlat organlari va tashkilotlarning kanallarini tashkil qilish va ushbu kanallarda veb-texnologiyalardan keng foydalangan holda soha faoliyati yoʻnalishlaridan kelib chiqib huquqiy targʻibot materiallarini joylab borish.
Kompleks chora-tadbirlar
2019-yil
may
Adliya vazirligi (R. Davletov),
vazirlik va idoralar
Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarda eʼlon qilish uchun materiallarni tayyorlash, joylashtirish va qayta aloqani taʼminlash boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish.
Uslubiy qoʻllanma
2019-yil
avgust
Adliya vazirligi (R. Davletov)
65.
Internet tizimida oʻzbek, rus va ingliz tillarida “Huquqiy axborot” telegram kanalini tashkil qilish va unda qonun hujjatlari mazmunini qisqacha tahliliy yoritish, shuningdek, aholining huquqiy bilimlarini yuksaltirishga doir huquqiy materiallarni berib borish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2019-yil aprel
Adliya vazirligi (R. Davletov)
66.
Mamlakatimiz aholisi koʻp foydalanadigan ijtimoiy tarmoqlarda soʻrovlar oʻtkazish orqali huquqiy madaniyat va huquqiy ong darajasini tahlil qilish va uning natijasida huquqiy axborotni manzilli yetkazish ishlarini tashkil etish.
Kompleks chora-tadbirlar
2019-yil
avgust
Adliya vazirligi (R. Davletov), “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi (R. Ubaydullayeva)
III. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish
67.
Huquqiy mavzularni tizimli va tahliliy yoritib borish hamda aholini qonunga hurmat ruhida tarbiyalashga doir telekoʻrsatuvlar koʻlamini kengaytirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2019-yil
fevral
MTRK (A. Xadjayev), Adliya vazirligi
(R. Davletov)
68.
Ommaviy axborot vositalarining (matbuot, televideniye, radio) huquqiy targʻibot sohasidagi faoliyatini ragʻbatlantirishning huquqiy mexanizmlarini belgilab berish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2019-yil
sentabr
Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), MTRK (A. Xadjayev), Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov)
69.
Huquqiy davriy nashrlarni internet tarmogʻiga integratsiya qilish va ularning elektron nusxalari joylab borilishini taʼminlashni yoʻlga qoʻyish.
Kompleks chora-tadbirlar
2019-yil
may
Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov)
70.
Aholining huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida “Huquqiy axborot” radio loyihasini tashkil etish va amalga oshirish.
Kompleks chora-tadbirlar
2019-yil
dekabr
Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar
71.
Huquqiy sohani yorituvchi jurnalistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini doimiy oshirib borish tizimini yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Takliflar
2019-yil yanvar
Adliya vazirligi (R. Davletov), Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov), Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), MTRK (A. Xadjayev)
72.
Qabul qilingan qonun hujjatlariga mustaqil ekspertlar, mutaxassislar va aholining fikri hamda munosabatini aks ettiruvchi tahliliy tok-shou, bahs-munozara yoʻnalishidagi koʻrsatuv va eshittirishlarni efirga uzatish.
Chora-tadbirlar rejasi
2019-yil aprel
Adliya vazirligi (R. Davletov), MTRK (A. Xadjayev), vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari
73.
Aholi oʻrtasidagi dolzarb ijtimoiy-huquqiy muammolardan kelib chiqib, fuqarolarning huquqiy maʼrifatini oshirishga xizmat qiladigan, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan taʼsirchan telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni hamda huquqiy mavzudagi loyihalarni tayyorlash va tarqatish.
Media reja
2019-yil
fevral
Adliya vazirligi (R. Davletov), “Oʻzbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov), MTRK (A. Xadjayev), Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov),
vazirlik va idoralar
74.
Ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik nazoratini taʼminlash borasidagi rolini kuchaytirish, ularning davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan aloqasini kuchaytirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlarni tashkil etish.
Kompleks chora-tadbirlar
2019-yil mart
Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov), Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), MTRK (A. Xadjayev)
75.
Davlat organlari axborot xizmatlarining huquqiy axborotni tarqatishdagi roli va oʻrnini kuchaytirish, shu jumladan, davlat organi nufuziga taʼsir koʻrsatadigan salbiy xabarlar boʻyicha zudlik bilan munosabat bildirib borish mexanizmini yaratish.
Idoraviy hujjat
2019-yil
yanvar
Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari
IV. Yuridik taʼlimni, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish
76.
Oʻquv jarayonini nazariy tayyorgarlikning huquqni qoʻllash faoliyati bilan chambarchas bogʻliqligini taʼminlash, talabalarda tahliliy fikrlashni, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ulardan foydalanish mahoratini shakllantirishga qaratilgan oʻqitishning zamonaviy shakllari va uslublari hamda texnologiyalari asosida tashkil etish.
Kompleks chora-tadbirlar
2019-yil sentabr
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov)
77.
Yuridik oliy taʼlim muassasalarining ilmiy-tadqiqot institutlari, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqalarini kuchaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Ijrochilarning qoʻshma qarori
2019-yil
iyun
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
78.
Zamonaviy xorijiy tajriba asosida yuridik sohada taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasining yangi innovatsion shakl va institutlarini joriy etish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Kompleks chora-tadbirlar
2019-yil
iyul
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov)
79.
Ilgʻor xorijiy tajriba asosida milliy yuridik taʼlim va yuridik fan sohasini rivojlantirish ishiga ulkan hissa qoʻshgan Oʻzbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga faxriy doktor darajasini berish tartibini joriy etish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2019-yil
sentabr
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov)
80.
Oʻquv jarayoniga klinik yuridik taʼlimni tatbiq etish yuzasidan yetakchi xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasidan keng va unumli foydalanish.
Tarmoqlararo taʼlimni kuchaytirish va bu borada Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichida “Huquq va Tibbiyot”, “Huquq va Qurilish” kabi mutaxassisliklar ochilishini taʼminlash.
Kompleks chora-tadbirlar
2019-yil
iyul
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)
81.
Huquqiy mavzular boʻyicha taʼlim beruvchi pedagog-oʻqituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Ijrochilarning qoʻshma qarori
2019-yil oktabr
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov)
V. Huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish
82.
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholashning koʻrsatkichlarini ishlab chiqish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2019-yil fevral
Adliya vazirligi (R. Davletov), “Ijtimoiy fikr” markazi (R. Ubaydullayeva)
83.
Jamiyatda aholining huquqiy savodxonligini oshirib borishni aniq koʻrsatkichlar asosida oʻrganib borish va baholash.
Monitoring tadbirlari
Doimiy ravishda
Adliya vazirligi (R. Davletov), “Ijtimoiy fikr” markazi (R. Ubaydullayeva)
84.
Huquqiy fanlarni rivojlantirishning ilmiy asoslangan rejalarini ishlab chiqish va uning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash.
Tahliliy maʼlumotnoma, takliflar
2019-yil
mart
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
85.
Huquqiy tarbiyaning ilmiy asoslangan uslubiyotini ishlab chiqish.
Kompleks chora-tadbirlar
2019-yil sentabr
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin)
86.
Huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari tayyorlash koʻlamini kengaytirish, bunda oiladagi mojaro va zoʻravonliklar hamda ularning ijtimoiy-huquqiy oqibatlarini kompleks tadqiq qilishga alohida eʼtibor qaratish.
Tadqiqot ishlanmalari
2019-yil
noyabr
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Oliy attestatsiya komissiyasi
87.
Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovida jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning tashkiliy-huquqiy, pedagogik-psixologik jihatlarini tadqiq etishga oid mavzularni muntazam eʼlon qilib borish.
Idoraviy hujjat
2019-yil
iyun
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov)
88.
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksalti?ish holati hamda bu sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini oʻrganish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, fuqarolar bilan hamkorlikda sotsiologik, maxsus, ilmiy tadqiqotlar hamda boshqa turdagi tadqiqotlar va soʻrovlar oʻtkazish.
Soʻrovlar, tadqiqot va tahlillar
2019-yil
noyabr
Adliya vazirligi (R. Davletov),
“Ijtimoiy fikr” markazi (R. Ubaydullayeva), vazirlik va idoralar
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 06/19/5618/2452-son, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 07.05.2026-y., 06/26/78/0454-son)