toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.06.2018
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari faqat davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatining namunaviy pasporti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari (keyingi o‘rinlarda “yagona darcha” markazlari deb ataladi) tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishda qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan to‘lovni belgilashga haqli emas.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari faqat “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha yagona markazlar orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatiga (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb ataladi) kiritilgan davlat xizmatlari ko‘rsatadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda vakolatli organlar deb ataladi):
joylarda o‘z xodimlarini va yagona darcha markazlari xodimlarini Ro‘yxatga kiritilgan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibotlariga tizimli ravishda o‘qitishni ta’minlasinlar;
2015-yil 25-dekabrgacha bo‘lgan muddatda — davlat xizmatlari olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning namunaviy shakllari va blankalarini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha xususiyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqsinlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar;
2015-yil 25-dekabrgacha bo‘lgan muddatda — faqat “yagona darcha” markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari pasportlarini ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning muhimligini doimiy ravishda ta’minlagan holda ishlab chiqsinlar va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar;
ikki oy muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda konsolidatsiya qilingan ma’lumotlarga va klassifikatorlarga ega bo‘lgan, hujjatlarning namunaviy shakllarida va blankalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning avtomatik tarzda yangilab borilishini ta’minlash, davlat xizmatlari olishda tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlarni turkumlash imkonini beradigan axborot-ma’lumotnoma resurslarini ishlab chiqsinlar va o‘z vakolatlari doirasida tasdiqlasinlar, shuningdek ularning belgilangan tartibda “O‘zstandart” agentligi organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
Ro‘yxatga qo‘shimcha davlat xizmatlarini kiritishda tegishli vakolatli organlar ushbu bandda nazarda tutilgan talablarga rioya etilishini ta’minlaydilar.
4. Davlat xizmatlari ko‘rsatadigan “yagona darcha” markazlarining va vakolatli organlarning rahbarlari:
ularning “yagona darcha” markazlari faoliyatini o‘z vaqtida tashkil etish, shuningdek ular orqali tegishli davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibiga og‘ishmay rioya etish yuzasidan shaxsiy mas’uliyati to‘g‘risida;
tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek litsenziyalar va boshqa ruxsat berish tusidagi hujjatlarni berishning belgilangan tartibi va muddatlari buzilganligi uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlik choralari to‘g‘risida qat’iy ogohlantirilsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
vakolatli organlarning davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatining funksional va operatsion jarayonlari ular Ro‘yxatga kiritilgan sanadan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tizimli ravishda qayta tashkil etiladi;
davlat xizmati pasporti u tasdiqlangan sanadan boshlab bir kun muddatda vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi;
davlat xizmati pasporti, hujjatlarning namunaviy shakllari va blankalari, axborot-ma’lumotnoma resurslari vakolatli organlar tomonidan, keyinchalik ularni “yagona darcha” markazlariga yuborish uchun ular tasdiqlangan sanadan boshlab bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasdiqlangan davlat xizmatlari pasportlari, hujjatlarning namunaviy shakllari va blankalari, shuningdek axborot-ma’lumotnoma resurslari asosida O‘zbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi) davlat xizmatlari pasportlarining e’lon qilinishini hamda Yagona portalda alohida interaktiv tarzda to‘ldirish va davlat xizmatlari olish uchun elektron hujjatlarni taqdim etish imkoniyatini joriy etishni ta’minlaydi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Markaziy banki, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun to‘lovni undiradigan vakolatli organlar bilan birgalikda 2016-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda:
Yagona portalda davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlari summasini banklar kassalari va (yoki) elektron to‘lov tizimlari orqali hisobga olishning yagona billing tizimini (keyingi o‘rinlarda yagona billing tizimi deb ataladi);
tadbirkorlik subyektlarini va vakolatli organlarni real vaqt rejimida yagona billing tizimi vositasida o‘zaro hisob-kitoblarning holati to‘g‘risida xabardor qilish imkoniyatini;
ariza beruvchilar tomonidan to‘lovlarni, shu jumladan elektron tarzdagi to‘lovlarni amalga oshirishda ularni identifikatsiyalash mexanizmini;
vakolatli organlarda davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlari summasini hisobga olishning idoraviy billing tizimlarini, ularni, shu jumladan vakolatli organlarning ma’lumotlarida foydalaniladigan buxgalteriya dasturiy ta’minotini yagona billing tizimi bilan ularni integratsiyalashni ta’minlagan holda;
“yagona darcha” markazlari tomonidan bajariladigan qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar va funksiyalarning avtomatlashtirilishini ta’minlaydigan ariza beruvchilar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarishning axborot tizimini ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ushbu qarorning 5-bandida nazarda tutilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va rivojlantirish loyihalarini ikki hafta muddatda kiritsin.
2013-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi 2015-yil 15-dekabrgacha bo‘lgan muddatda ushbu qarorning 5-bandida nazarda tutilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va rivojlantirishning kiritilgan loyihalarini amalga oshirishga davlat buyurtmasini tasdiqlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi davlat buyurtmasi tasdiqlangan sanadan boshlab ikki oy muddatda tanlov (tender) savdolarini o‘tkazsin va ularning natijalari bo‘yicha davlat buyurtmasi loyihalarini amalga oshirish yuzasidan tegishli shartnomalarni tuzsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi bir oy muddatda “yagona darcha” markazlari xodimlarining namunaviy lavozim yo‘riqnomalarini, shu jumladan o‘zi bevosita murojaat qiluvchi tadbirkorlik subyektlarini qabul qilish, telefon xizmati ko‘rsatish, vakolatli organlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, davlat xizmatlarining yuqori sifatini, shaffofligi va qulayligini ta’minlaydigan boshqa masalalar bo‘yicha mufassal yo‘riqnomalarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
10. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 14-dekabr,
358-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-dekabrdagi 358-son qaroriga
1-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari (keyingi o‘rinlarda “yagona darcha” markazi deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. “Yagona darcha” markazi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tuzilmasiga kiradi va yuridik shaxs hisoblanmaydi, mol-mulkka, xo‘jalik yurituvida yoki tezkor boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lmaydi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, o‘z nomidan boshqa shaxslar bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lmaydi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
“Yagona darcha” markazining o‘z nomi yozilgan dumaloq muhri, shtampi va blankalari bo‘ladi.
3. “Yagona darcha” markazi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
4. “Yagona darcha” markazi o‘z faoliyatida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga hisobot beradi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
5. “Yagona darcha” markazi tomonidan ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda berilgan hujjatlar yuridik kuchga ega va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi.
II. “Yagona darcha” markazlarining vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar “yagona darcha” markazi faoliyatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
“yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish;
tadbirkorlik subyektlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan o‘tishda shaffoflikni ta’minlash;
davlat organlari va davlat xizmatlari ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda vakolatli organlar deb ataladi) bilan mustahkam o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik;
tadbirkorlik subyektlariga (keyingi o‘rinlarda arizachilar deb ataladi) axborot yordami ko‘rsatish, shu jumladan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida bepul konsultatsiyalar berish;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga aniqlangan qonunbuzarliklar, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha qonun hujjatlari buzilishlarining belgilari, ularga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflarni kiritadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
7. “Yagona darcha” markazi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
tadbirkorlik subyektlarini, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazadi;
moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va o‘z ustav fondlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda shakllantirmagan korxonalarni tugatish bo‘yicha belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘radi;
Davlat xizmatlari ko‘rsatish ro‘yxatida nazarda tutilgan, tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari faqat “yagona darcha” markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan Davlat xizmatlari ro‘yxatida (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb ataladi) nazarda tutilgan davlat xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi arizalarni (keyingi o‘rinlarda ariza deb ataladi) qabul qiladi va ro‘yxatdan o‘tkazadi;
kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish reyestrini (muhim o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar, bekor qilish) elektron tarzda yuritadi;
ariza beruvchilarning vakolatli organlar bilan kontaktsiz o‘zaro hamkorlik qilishini ta’minlaydi;
arizalarning vakolatli organlarga ular bo‘yicha qaror qabul qilish va ularni tegishli ravishda rasmiylashtirish uchun o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi;
arizachilarga arizalarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha hujjatlar beradi;
arizachilarga “yagona darcha” markaziga murojaat qilishganda axborot yordami ko‘rsatadi;
jamoatchilikning ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari to‘g‘risidagi fikrini o‘rganadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
III. “Yagona darcha” markazining huquqlari va majburiyatlari
8. “Yagona darcha” markazi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga Ro‘yxatga qo‘shimcha davlat xizmatlarini kiritish bo‘yicha, davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida takliflarni, shuningdek arizachining davlat xizmatlari ko‘rsatishning rad etilishi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish uchun materiallarni kiritadi;
ma’lumotlarning tegishli bazalaridan, davlat axborot tizimlaridan va vakolatli organlar resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish;
vakolatli organlardan ularning vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hujjatlar hamda axborotlarni so‘rash va to‘lovsiz olish.
“Yagona darcha” markazi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
9. “Yagona darcha” markazi quyidagilarga majbur:
arizachilar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarishning axborot tizimidan, O‘zbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidan (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi), idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimidan foydalanish;
davlat xizmatlari ko‘rsatishda axborot xavfsizligi talablariga rioya etish;
vakolatli organlar bilan Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan tarzda hamkorlikni amalga oshirish;
o‘zining dasturiy-apparat vositalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash;
davlat xizmatlari ko‘rsatish masalalari bo‘yicha telefon xizmati (call-markaz)ning zarur darajada ishlashini ta’minlash;
navbatni elektron boshqarishning samarali faoliyat ko‘rsatishini va ma’muriy boshqarishni, muayyan davrda (kun, hafta, oyda) “yagona darcha” markazi orqali xizmat ko‘rsatilgan arizachilarning sonini ularning toifalari va ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari turlari bo‘yicha, qabul qilish va xizmat ko‘rsatilishini kutishning o‘rtacha vaqtini ko‘rsatgan holda zarur darajada hisobga olishni ta’minlash.
10. “Yagona darcha” markazi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
IV. “Yagona darcha” markazi faoliyatini ta’minlash tartibi
11. “Yagona darcha” markazi faoliyatini ta’minlash tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan tushadigan mablag‘lar, “yagona darcha” markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari va yig‘imlar summasining 10 foizi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
12. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan tushadigan davlat bojining barcha summasi, shuningdek “yagona darcha” markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari va yig‘imlar summasining 10 foizi “yagona darcha” markazlarining daromadlariga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nomiga ochilgan maxsus shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Maxsus ochilgan hisob raqamiga tushadigan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga asosan faqat “yagona darcha” markazlari xodimlari ta’minotiga, moddiy-texnik bazani mustahkamlashga, ish haqi to‘lashga va xodimlarni rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
“Yagona darcha” markazlarining mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha moliyaviy operatsiyalar, ularni hisobga olish va ular bo‘yicha hisobotlar tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri, zarur hollarda, “yagona darcha” markazlari tuzilmasiga barcha markaz xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
V. “Yagona darcha” markazi faoliyatini tashkil etish va uning ish rejimi
15. “Yagona darcha” markaziga direktor boshchilik qiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
16. “Yagona darcha” markazi direktori markaz faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
“Yagona darcha” markazlari xodimlari lavozim maoshlariga ustamalar (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti) miqdori, mukofotlash va moddiy yordam ko‘rsatish shartlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari bo‘limlari xodimlariga tenglashtiriladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
“Yagona darcha” markazlarining daromadlari va xarajatlari smetasida mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizi miqdorida moddiy rag‘batlantirishning maxsus fondi nazarda tutilishi mumkin. Ushbu fond mablag‘laridan foydalanish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
17. “Yagona darcha” markazi xodimlarining lavozim yo‘riqnomasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, unda ularning vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, shaxsiy javobgarligi, shuningdek har bir markaz xodimiga ularning vazifa va funksiyalaridan kelib chiqib malakaviy talablar majburiy tartibda belgilanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
18. “Yagona darcha” markazida mehnat qonunchiligiga muvofiq besh kundan iborat bo‘lgan ish haftasi belgilanadi.
19. “Yagona darcha” markazida uning 9.00 soatdan 18.00 soatgacha tanaffussiz ishlashini ta’minlaydigan grafik belgilanadi.
Arizachilar bilan ishlash uchun xonalar “yagona darcha” markazi binosi (imorati)ning birinchi qavatida joylashadi, uning “yagona darcha” markazi binosiga to‘siqsiz kirishini ta’minlaydigan alohida kirish joyi bo‘ladi.
“Yagona darcha” markazining binosi (imorati)ga kirish joyida peshlavha o‘rnatiladi, unda quyidagi mazmundagi ma’lumotlar bo‘ladi:
“yagona darcha” markazining joylashgan joyi (pochta manzili);
“yagona darcha” markazining ish rejimi;
telefon xizmati ko‘rsatish (call-markaz) raqami;
arizachilar uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar.
20. “Yagona darcha” markazi binosida to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha banklar kassalari joylashtirilishi kerak.
21. “Yagona darcha” markazi binosida navbat kutish navbatni boshqarishning elektron tizimi uskunalaridan foydalangan holda tashkil etiladi.
Bino qo‘shimcha ravishda arizachilarni “yagona darcha” markazining telefoni, elektron pochtasi va Yagona portal orqali navbatga masofadan turib yozish bilan ta’minlanadi.
22. “Yagona darcha” markazi arizachilar uchun axborot stendlari va taxtalari bilan jihozlanadi, ular ma’lumotlar bilan tanishish uchun qulay bo‘lgan joyda o‘rnatiladi va ularda ma’lumotlar bilan tanishish uchun qulaylik mavjud bo‘ladi.
23. Axborot stendlarida “yagona darcha” markazi orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari olish uchun zarur bo‘lgan muhim va mufassal ma’lumotlar, shu jumladan quyidagilar mavjud bo‘ladi:
tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va muddatlari;
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
faqat “yagona darcha” markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari pasportlari;
ko‘p beriladigan savollar va ularga javoblar (ular har oyda kamida bir marta yangilab boriladi);
davlat xizmatlari ko‘rsatish mexanizmi tavsiflangan rasmlar, blok-sxemalar va boshqa grafik chizmalar;
“yagona darcha” markazining va Internet tarmog‘idagi Yagona portalning pochta manzili, telefon xizmati (call-markaz)ning raqami, elektron pochta manzillari;
davlat boji, yig‘im va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun bank rekvizitlari;
hujjatlarning mufassal ro‘yxati, shuningdek davlat xizmatlari olish, shu jumladan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning namunaviy shakllari va blankalari;
(23-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
davlat xizmatlari olish uchun “yagona darcha” markaziga taqdim etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning namunaviy shakllari va blankalarini to‘ldirish namunalari.
Stendda davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ham joylashtirilishi mumkin.
VI. Yakunlovchi qoidalar
24. “Yagona darcha” markazi xodimlariga o‘z lavozim vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda arizachilar to‘g‘risidagi o‘zlariga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlardan qat’iyan xizmat maqsadlarida foydalanilishi kerak.
25. “Yagona darcha” markazi xodimlari davlat, bank, tijorat, soliq siri bo‘lgan va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa maxfiy hujjatlarni va (yoki) ma’lumotlarni oshkor qilishga, ulardan shaxsiy maqsadlarda foydalanishga yoxud ularni uchinchi shaxslarga, shu jumladan vakolatli organlarga berishga haqli emas (qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno).
26. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-dekabrdagi 358-son qaroriga
2-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari (keyingi o‘rinlarda “yagona darcha” markazlari deb ataladi) orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish, “yagona darcha” markazlarining davlat organlari hamda davlat xizmatlari ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlar va (yoki) davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur hujjatlar va ma’lumotlarga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
2. “Yagona darcha” markazlari hamda davlat organlari va qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatadigan va (yoki) davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur hujjatlar va ma’lumotlarga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda vakolatli organlar deb ataladi) o‘rtasida axborotlarni ayirboshlash idoralararo o‘zaro elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi vositasida amalga oshiriladi, bunda “yagona darcha” markazlarini avtomatlashtirishni, axborot xavfsizligini ta’minlashni hisobga olgan holda, arizachilar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarishning axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda Tizim deb ataladi) orqali amalga oshiriladi.
3. Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari faqat davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha yagona markazlar orqali ko‘rsatiladigan Davlat xizmatlari ro‘yxatiga (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb ataladi) kiritilgan davlat xizmatlari olish uchun “yagona darcha” markazlariga murojaat qilishgan tadbirkorlik subyektlariga (keyingi o‘rinlarda arizachilar deb ataladi) davlat xizmatlari ko‘rsatish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga va davlat xizmati pasportiga muvofiq amalga oshiriladi.
II. Davlat xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risida arizalar berish, ularni ko‘rib chiqish va ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hujjatlar berish tartibi
4. Arizachi “yagona darcha” markaziga davlat xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi arizani (keyingi o‘rinlarda ariza deb ataladi) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha, hozir bo‘lish tartibida yoki pochta aloqasi vositasida beradi.
Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi) orqali berilgan arizalar davlat xizmati ko‘rsatadigan tegishli vakolatli organga avtomatik ravishda bevosita yuboriladi.
5. Arizachi hozir bo‘lish tartibida murojaat qilgan taqdirda “yagona darcha” markazi xonasida navbat bo‘yicha tartib raqami oladi va kutish uchun ajratilgan joyda “yagona darcha” markazi xodimining chaqirishini kutadi.
Arizachi navbat raqamini olgan vaqtdan boshlab “yagona darcha” markazi xodimi tomonidan arizani ariza qabul qilib olinganligini tasdiqlaydigan hujjat arizachiga berilgungacha bo‘lgan vaqt 30 daqiqadan oshmasligi kerak.
6. Arizachi chaqirilgandan keyin “yagona darcha” markazi xodimi arizaning davlat xizmati pasportiga muvofiq to‘liq to‘ldirilganligini tekshiradi. Tekshirish yakunlari bo‘yicha “yagona darcha” markazi xodimi arizani idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimiga kiritadi, ushbu tizim vositasida Ro‘yxatga kiritilgan davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun tushgan arizalarni ro‘yxatga olish Elektron jurnalida (keyingi o‘rinlarda Jurnal deb ataladi) shakllantiriladi. Jurnal idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi vositasida belgilangan shaklda, arizaga unikal ro‘yxatdan o‘tkazish raqamini beradi.
Ariza ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin “yagona darcha” markazi xodimi arizachiga ariza olingani to‘g‘risida tilxat beradi yoki unikal ro‘yxatdan o‘tkazish raqamini ko‘rsatgan holda ariza nusxasida qabul qilingani to‘g‘risidagi tegishli yozuvni qayd etadi.
Pochta aloqasi orqali “yagona darcha” markazi tomonidan olingan ariza ham unga unikal ro‘yxatdan o‘tkazish raqami berilgan holda Jurnalda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
7. “Yagona darcha” markazi tomonidan hozir bo‘lish tartibida yoki pochta aloqasi orqali olingan ariza “yagona darcha” markazi xodimi tomonidan skanirlanadi, unga elektron raqamli imzo (keyingi o‘rinlarda ERI deb ataladi) qo‘yiladi va ariza olingan kuni idoralararo elektron tarzdagi hamkorlik tizimi orqali tegishli vakolatli organlarga yuboriladi.
“Yagona darcha” markazi xodimining ERIsi faqat berilgan arizada noto‘g‘ri ma’lumot yo‘qligi faktini aniqlaydi.
8. Boshqa joydagi “yagona darcha” markaziga hozir bo‘lish tartibida yoki pochta aloqasi orqali murojaat qilingan yoki arizachi ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda ariza tegishli “yagona darcha” markazini xabardor qilgan holda idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali “yagona darcha” markazi tomonidan tegishli vakolatli organga yuboriladi.
Arizachi tomonidan “yagona darcha” markaziga ariza elektron manba orqali taqdim etilgan taqdirda “yagona darcha” markazi xodimi, zarurat bo‘lganda, unga arizani xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan joyga “yagona darcha” markazi binosiga Yagona portal orqali yuborishda ko‘maklashadi.
9. Ariza Yagona portal orqali yuborilgan taqdirda ariza, unikal ro‘yxatdan o‘tkazish raqami berilgan holda, avtomatik ravishda Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
10. Arizachilardan arizani qabul qilish uchun tegishli davlat xizmati pasportida nazarda tutilmagan qo‘shimcha ma’lumotlarni va (yoki) hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
Davlat xizmatining tasdiqlangan pasporti qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda arizachi ushbu pasportga muvofiq rasmiylashtirilgan davlat xizmatining to‘liq va (yoki) ishonchli bo‘lmagan ma’lumotlari vakolatli organga taqdim etilganligi uchun javob bermaydi.
Bunda tegishli vakolatli organ noaniqlik aniqlangan sanadan boshlab bir kun muddatda ushbu davlat xizmati pasportidagi noaniqlikni belgilangan tartibda bartaraf etish choralarini ko‘rishi shart.
11. Axborot ayirboshlashda texnik nosozliklar vujudga kelgan holatlarda arizachi tomonidan qog‘ozda taqdim etilgan ariza u olingan sanadan boshlab bir ish kuni mobaynida “yagona darcha” markazi tomonidan pochta aloqasi vositasida (buyurtma xat bilan) yoxud o‘zining mas’ul xodimi orqali yuboriladi.
12. Vakolatli organ ariza olingan vaqtdan boshlab uning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.
Arizani ko‘rib chiqishda vakolatli organning qo‘shimcha hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilishi, shuningdek arizasini ko‘rib chiqish jarayonida davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun “yagona darcha” markaziga murojaat qilgan arizachini taklif etishi taqiqlanadi.
13. Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish uchun qonun hujjatlarida belgilangan muddat tugashidan 3 ish soatidan kechikmay:
davlat xizmati ko‘rsatish natijasini yoki davlat xizmati ko‘rsatishning asosli ravishda rad etilganini belgilangan tartibda qog‘ozli manbada rasmiylashtiradi;
davlat xizmati ko‘rsatish natijasi yoki davlat xizmati ko‘rsatishni rad etishning asosli sabablari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimiga va o‘zining elektron axborot resurslariga kiritadi;
QR-kod (matrik shtrixli kod)da mavjud bo‘lgan davlat xizmati ko‘rsatish natijasini yoki davlat xizmati ko‘rsatishning asosli rad etilishini — elektron hujjatni generatsiya qiladi;
davlat xizmati ko‘rsatish natijasini yoki davlat xizmati ko‘rsatishning asosli rad etilishini elektron tarzda “yagona darcha” markaziga yoxud arizachiga (Yagona portal orqali murojaat qilingan taqdirda) yuboradi.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat xizmati ko‘rsatishning asosli rad etilishi ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
14. QR-kodda uni tegishli dasturiy-apparat vositalari bilan sanashda tadbirkorlik subyektini identifikatsiyalash imkonini beradigan uning to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar (ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomada, hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnomada mavjud bo‘lgan ma’lumotlar, shu jumladan tegishli elektron axborot resursidagi, shuningdek vakolatli organ mas’ul xodimining ERIsidagi yozuvni ko‘rsatadigan Internet tarmog‘idagi (havoladagi) manzil mavjud bo‘lishi kerak.
15. Vakolatli organlarda davlat xizmati ko‘rsatishning natijasi yoki davlat xizmati ko‘rsatishning asosli rad etilishi — elektron hujjatni generatsiyalashning dasturiy-texnik vositalari mavjud bo‘lmaganda tegishli ravishda davlat xizmati ko‘rsatish natijasi yoki davlat xizmati ko‘rsatishning asosli rad etilishi vakolatli organ xodimining ERIsini imzolagan holda qog‘oz manbada aks ettirishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda QR-kodning mavjud bo‘lishi talab qilinmaydi.
“Yagona darcha” markazi tomonidan “yagona darcha” markazi muhri qo‘yilgan holda arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tushgan qog‘ozli manbada bosilgan hujjat vakolatli organ tomonidan berilgan elektron hujjatga tenglashtiriladi.
16. Axborotlarni ayirboshlashda texnik nosozliklar vujudga kelgan holatlarda vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish muddati tugagungacha arizani ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha tayyorlangan hujjatlarni pochta aloqasi orqali (buyurtma xat bilan) yoxud o‘zining mas’ul xodimi orqali “yagona darcha” markaziga yuboradi.
17. “Yagona darcha” markazi davlat xizmati ko‘rsatish natijasi yoki davlat xizmati ko‘rsatishning asosli rad etilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar olingan vaqtdan boshlab bir ish soati mobaynida:
bu to‘g‘rida arizachi arizada ko‘rsatilgan usulda uni xabardor qiladi;
idoralararo elektron tarzdagi hamkorlik tizimi vositasida Jurnalga tegishli yozuvni kiritadi.
18. Arizani ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha hujjatlarni arizachiga berish ish kunlarida quyidagi hujjatlardan birini berishda amalga oshiriladi:
ariza olingani to‘g‘risidagi tilxat;
unikal ro‘yxatga olish raqamini ko‘rsatgan holda arizaning qabul qilingani to‘g‘risida belgi qo‘yilgan nusxasi;
arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjat.
Bunda davlat xizmati ko‘rsatish natijasini yoxud davlat xizmati ko‘rsatishning rad etilishini berish Jurnalda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
19. Jurnal idoralararo elektron tarzdagi hamkorlikning tizimida avtomatik tarzda elektron shaklda yuritiladi. Har oyda Jurnalning mazmuni qog‘ozli manbaga yoziladi, uning har bir varag‘i raqamlanadi, “yagona darcha” markazining mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi va muhr qo‘yiladi. Qog‘oz manbaga bosilgan Jurnal mazmuni Jurnalning yig‘ma papkasiga navbati bilan tikiladi.
Jurnaldagi har bir yozuvga tartib raqami beriladi. Tartib raqami qo‘yish har bir yozuvga bir raqamidan boshlab navbatdagi tartib raqami berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tartib raqami keyingi kalendar yilda davom ettiriladi.
20. Davlat xizmati ko‘rsatganlik uchun davlat boji, yig‘im va boshqa to‘lovlar arizachining xohishiga ko‘ra “yagona darcha” markazi xonasidagi bank kassasi yoxud elektron to‘lov tizimlari vositasida amalga oshiriladi.
21. Arizachi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tayyorlangan hujjatlarni olish uchun bevosita murojaat qilmagan holatlarda “yagona darcha” markazi ularning davlat xizmati ko‘rsatish natijasini berish muddati boshlangan kundan e’tiboran bir oy mobaynida saqlanishini ta’minlaydi, shundan so‘ng ularni arizachiga pochta aloqasi orqali (buyurtma xat bilan) jo‘natadi.
22. Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qog‘oz manbada tayyorlangan hujjatni saqlash maxsus jihozlangan shkaflarda, ularning turlari va hujjatni berish (chiqarish) sanasi bo‘yicha ajratgan holda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
III. Yakunlovchi qoidalar
23. “Yagona darcha” markazi xodimlari tomonidan o‘z lavozim vazifalarini amalga oshirish munosabati bilan o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan arizachilar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan qat’iyan xizmat maqsadlarida foydalanilishi kerak.
24. “Yagona darcha” markazi xodimlari davlat, bank, tijorat, soliq yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirga, konfidensial axborotga ega bo‘lgan hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarni oshkor qilishga, ulardan shaxsiy maqsadlarda foydalanishga yoxud ularni uchinchi shaxslarga, shu jumladan vakolatli organlarga berishga haqli emas, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
25. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish
SXEMASI
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎(Davlat xizmati ko‘rsatadigan vakolatli organning
‎rasmiy blankasida)

‎‎Sana: ____________
‎№ _______________
‎‎
‎‎___________________________________________________________________________ Sizning

‎‎(vakolatli organning to‘liq nomi)

‎‎20____ yil “_____”_____________dagi ‎‎‎‎‎‎ ro‘yxatdan o‘tkazish

‎‎(yil, kun, oy (yozuv bilan)

‎‎raqamiga ega bo‘lgan arizangizni qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqib
‎__________________________________________________________________________________

(davlat xizmatining to‘liq nomi)

‎‎davlat xizmati ko‘rsatishning rad etilgani to‘g‘risida xabar qiladi.
‎‎Quyidagilar davlat xizmati ko‘rsatishning rad etilgani uchun asos hisoblanadi: __________________
‎__________________________________________________________________________________

‎‎(qonunchilikning aniq normalari ko‘rsatilgan holda rad etishning asoslangan sabablari qisqacha yoziladi)

1.
‎2.
‎3.‎

‎‎Qo‘shimcha ravishda shuni xabar qilamizki, davlat xizmati ko‘rsatishning rad etilgani uchun asos bo‘lgan sabablar 20__ yil “__” __________gacha bo‘lgan muddatda (shu kunning o‘zi ham kiradi) bartaraf etilgan taqdirda, ariza rad etishning sabablari bartaraf etilgani to‘g‘risidagi ariza va rad etish sabablarining bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab ___ ish kunidan oshmaydigan muddatda takroran ko‘rib chiqiladi.

‎Ariza takroran ko‘rib chiqilgani uchun to‘lov ______________________________________________
‎__________________________________________________________________________________

‎‎(___so‘m miqdoridagi to‘lovning undirilishi yoki undirilmasligi ko‘rsatiladi).

‎‎_________________________
‎(mas’ul shaxsning lavozimi)*‎‎

__________________
‎(imzo)*‎‎

‎M.O‘.*

_______________________
‎(F.I.O.)*‎‎

‎‎Mas’ul shaxsning elektron raqamli imzosidan iborat
‎bo‘lgan QR-kod

‎‎
Izoh:
* Elektron raqamli imzoni generatsiyalashning dasturiy-texnik vositalari va QR-kod mavjud bo‘lgan taqdirda shaxsning lavozimi, imzosi, initsiallari va vakolatli organning muhri ko‘rsatilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-dekabrdagi 358-son qaroriga
3-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari faqat davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatining
namunaviy pasporti

“TASDIQLAYMAN” ______________________________________
‎davlat xizmati ko‘rsatadigan vakolatli organ rahbarining lavozimi ‎‎

“KELIShILGAN”
‎ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri ‎‎

______________
‎imzo, muhr‎‎

________________________
‎(rahbarning familiyasi, initsiallari)‎‎

______________
‎‎imzo, muhr‎‎ ‎‎

_______________________
‎(familiyasi, initsiallari)‎‎

20__ yil “___” ____________ ‎‎

‎‎
‎“KELIShILGAN”
‎O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

‎‎20__ yil “___” ____________ ‎‎

‎‎
‎“KELIShILGAN”
‎O‘zbekiston Respublikasi
‎Savdo-sanoat palatasi raisi

______________
‎‎imzo, muhr‎‎ ‎‎

_______________________
‎‎(familiyasi, initsiallari)‎‎ ‎‎

______________
‎‎imzo, muhr‎‎ ‎‎

_______________________
‎‎(familiyasi, initsiallari)‎‎ ‎‎


‎‎‎20__ yil “___” ____________ ‎‎ ‎‎


‎‎‎20__ yil “___” ____________ ‎‎ ‎‎

Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari faqat yagona markazlar orqali ko‘rsatiladigan
DAVLAT XIZMATI PASPORTI

1.

Davlat xizmatining nomi

___________________________________________________________

___________________________________________________________

Izoh:davlat xizmati nomi davlat xizmatlari, shakllari va blankalarining Yagona reyestriga muvofiq ko‘rsatiladi.

2.

Davlat xizmati ko‘rsatadigan davlat organi va boshqa tashkilotning nomi (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi)

To‘liq nomi: ________________________________________.

Qisqartirilgan nomi: ___________________________________.

3.

Davlat xizmatidan foydalanuvchilar

□ yuridik shaxslar;

□ jismoniy shaxslar;

boshqalar:______________________________________________.

4.

Davlat xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishda qatnashadigan va/yoki davlat xizmati ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarga ega bo‘lgan organlar va tashkilotlarning mufassal ro‘yxati

Davlat xizmati ko‘rsatish jarayonida quyidagilar qatnashadilar:

1) _______________________________________________________;

2) _______________________________________________________;

n) _______________________________________________________.

Izoh: vakolatli organ ko‘rsatilgan organlar va tashkilotlar bilan arizachini jalb etmasdan mustaqil ravishda o‘zaro hamkorlik qiladi.

5.

Davlat xizmati olish uchun arizachi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning mufassal ro‘yxati va soni

Arizachi davlat xizmati olish uchun quyidagilarni taqdim etadi:

1) _____________________________________________________

□ asl nusxasi: ___ (nusxalar soni);

□ nusxasi: ___ (nusxalar soni).

2) _____________________________________________________

□ asl nusxasi: ___ (nusxalar soni);

□ nusxasi: ___ (nusxalar soni).

n) _____________________________________________________

□ asl nusxasi: ___ (nusxalar soni);

□ nusxasi: ___ (nusxalar soni).

6.

Davlat xizmati ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan, vakolatli organ tomonidan arizachining ishtirokisiz mustaqil ravishda olinadigan hujjatlar va ma’lumotlarning batafsil ro‘yxati va soni

Vakolatli organ davlat xizmati ko‘rsatish uchun quyidagilarni mustaqil ravishda oladi:

1) _____________________________________________________ —

□ asl nusxasi: ___ (nusxalar soni);

□ nusxasi: ___ (nusxalar soni).

2) _____________________________________________________ —

□ asl nusxasi: ___ (nusxalar soni);

□ nusxasi: ___ (nusxalar soni).

n) _____________________________________________________

□ asl nusxasi: ___ (nusxalar soni);

□ nusxasi: ___ (nusxalar soni).

Izoh: vakolatli organ ko‘rsatilgan hujjatlarni va ma’lumotlarni arizachini jalb etmasdan mustaqil ravishda ushbu Pasportning 4-bandida ko‘rsatilgan organlar va tashkilotlardan oladi.

7.

Davlat xizmati ko‘rsatish shakli

Davlat xizmati ko‘rsatishda AKTni qo‘llash:

□ Davlat xizmati ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi axborotni Internet orqali olish.

Internet tarmog‘idagi manzil: ______________________________;

□ zarur hujjatlar shakllari va blankalarini Internet orqali olish.

Internet tarmog‘idagi manzil: ______________________________;

□ zarur hujjatlar shakllari va blankalarini Internet orqali interaktiv to‘ldirish.

Internet tarmog‘idagi manzil: ______________________________;

□ hujjatlar shakllari va blankalarini interaktiv to‘ldirish va ularni Internet orqali taqdim etish.

Internet tarmog‘idagi manzil: ______________________________;

□ hujjatlar shakllari va blankalarini interaktiv to‘ldirish, ularni Internet orqali taqdim etish va natijalarini olish.

Internet tarmog‘idagi manzil: ______________________________.

8.

Davlat xizmatining qiymati va uni to‘lash tartibi

Davlat xizmati ko‘rsatish uchun:

□ to‘lov undirilmaydi;

□ quyidagilar (davlat boji, yig‘im, boshqa to‘lov) undiriladi:

1) _____________ so‘m miqdorida davlat boji;

2) _____________ so‘m miqdorida yig‘im;

3) boshqa to‘lovlar: ___________so‘m miqdorida _______________.

To‘lash tartibi:

□ ariza bergungacha yoxud uni berish vaqtida;

□ arizani ko‘rib chiqish jarayonida;

□ davlat xizmati ko‘rsatish fakti bo‘yicha.

9.

Davlat xizmati ko‘rsatish muddati

Davlat xizmatlari ko‘rsatishning cheklangan muddatlari:

a) ____ ish kuni — yangidan berilgan arizani ko‘rib chiqishda;

b) ____ ish kuni — davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ilgari berilgan rad etish sabablari bartaraf etilgandan keyin taqdim etilgan takroriy arizani ko‘rib chiqishda.

10.

Davlat xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha beriladigan hujjatlar nomi

Arizani ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha arizachiga quyidagilar beriladi:

a) ijobiy hal etilganda:

1) _______________________________________________________;

2) _______________________________________________________;

n) _______________________________________________________.

b) davlat xizmati ko‘rsatish rad etilganda:

1) asoslangan tarzda rad etish;

2) _______________________________________________________;

n) _______________________________________________________.

11.

Davlat xizmati reglamenti

Davlat xizmati ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati:

T/r

Normativ-huquqiy hujjatning nomi

Sanasi

Raqami

1.

2.

n.

12.

Vakolatli organning harakatlari (harakatsizligi) to‘g‘risida arizachining murojaatlarini (takliflarini), shikoyatlarini ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan yuqori yoki boshqa organning nomi

Arizachining murojaatlarini ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan yuqori yoki boshqa organ:

T/r

Nomi

Bog‘lanish telefoni

Joylashgan joyi (pochta, elektron manzili)

1.

2.

n.

Qo‘shimcha axborot*

13.

Ko‘rsatilgan davlat xizmatlari soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar**

Oxirgi hisobot yilida davlat xizmati ko‘rsatish to‘g‘risida tushgan arizalar soni: _____ ta.

Oxirgi hisobot yilida tushgan arizalardan qoniqtirilganlarining soni: _____ ta.

14.

Vakolatli organning davlat xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar

T/r

Hududlar nomi

F.I.O./
lavozimi

Bog‘lanish ma’lumotlari

(telefoni, elektron pochtasi raqami)

1.

2.

n.

Izoh:
* Davlat xizmati pasportini kelishishda unga ilova tarzida alohida taqdim etiladi va vakolatli organning rasmiy saytida, interaktiv davlat xizmatlarining Yagona portalida, shuningdek “yagona darcha” markazlarining axborotlar stendida joylashtirilmaydi.
** Davlat xizmati pasportini kelishish bilan bir vaqtda taqdim etiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 50-son, 626-modda; 2016-y., 43-son, 501-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda)