toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash tartibi to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-noyabrdagi 934-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2018-y., 09/18/934/2197-son)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-sonli “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 23-dekabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizomning 7-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-noyabrdagi 934-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2018-y., 09/18/934/2197-son)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1996-yil 31-may,
200-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
31-maydagi 200-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash tartibi
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-noyabrdagi 934-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2018-y., 09/18/934/2197-son)
TARTIBI
1. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, mashinada hisoblanadigan hujjatlar uchun ISAO xalqaro standarti talablariga binoan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari pasportlarida va boshqa hujjatlarda foydalanish uchun zarurdir.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-noyabrdagi 934-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2018-y., 09/18/934/2197-son)
2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami — quyidagi tartibda joylashgan o‘n to‘rtta o‘n raqamidan iborat bo‘ladi:
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-noyabrdagi 934-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2018-y., 09/18/934/2197-son)
2.1. guruh: Jinsi va tug‘ilgan asri indeksi
1 — 1800.1.01. — 1899.31.12 da tug‘ilgan erkaklar;
2 — 1800.1.01 — 1899.31.12 da tug‘ilgan ayollar;
3 — 1900.1.01 — 1999.31.12 da tug‘ilgan erkaklar;
4 — 1900.1.01 — 1999.31.12 da tug‘ilgan ayollar;
5 — 2000.1.01 — 2099.31.12 da tug‘ilgan erkaklar;
6 — 2000.1.01 — 2099.31.12 da tug‘ilgan ayollar.
2.2. guruh: Formatdagi tug‘ilgan sana: YYOOKK (yil, oy, kun).
2.3. guruh: Tuman, shahar kodi.
2.4. guruh: Ushbu kunda tug‘ilgan va ushbu tumanda, shaharda pasport olgan fuqaroning tartib raqami.
Tartib raqami pasportlarni olish navbatiga muvofiq hisoblagich bo‘yicha hosil bo‘ladi.
2.5. guruh: Kontrol raqami.
Kontrol raqami (14-pozitsiya) 10 moduli bo‘yicha doimiy ravishda takrorlanuvchi 731 731... salmoq funksiyasi bilan quyidagi tarzda hisoblanadi:
Raqamli ma’lumotlarning tegishli elementi raqami tegishli muntazam pozitsiyada turgan salmoq ko‘rsatkichiga chapdan o‘nga ko‘paytiriladi.
Har bir ko‘paytirish natijalari jamlanadi.
Hosil bo‘lgan yig‘indi 10 (modul)ga bo‘linadi.
Bo‘lishda qolgan qoldiq kontrol raqami hisoblanadi.
Kodning haqiqiyligi tekshiriladi.
1-misol.
1963-yil 12-oktabrda tug‘ilgan, 024 tartib raqami berilgan erkak uchun hisoblangan kontrol raqami.
3‎ 12‎ 10‎ 63‎ 204‎ 024‎
7 31‎ 73‎ 17‎ 317‎ 317‎
_____________________________________________________‎
21‎ 32‎ 70‎ 621‎ 6028‎ 0228‎
Hosil bo‘lgan raqamlar jamlanadi:
21+3+2+7+0+6+21+6+0+28+0+2+28=124
Natija 10 ga bo‘linadi: 124/10—12 (qoldiq — 4), shunday qilib kontrol raqami 4 ga teng, fuqaroning kodi esa:
3 121063 204 024 4
2-misol.
1940-yil 2-yanvarda tug‘ilgan, 001 tartib raqami berilgan ayol uchun hisoblangan kontrol raqami.
4 02 01 40 205 001
7 31 73 17 317 317
____________________________________________________‎
28 02 03 40 6035 007
Hosil bo‘lgan raqamlar jamlanadi:
28+0+2+0+3+4+0+6+0+35+0+0+7+=85
Natija 10 ga bo‘linadi: 85/10=8 (qoldiq — 5), shunday qilib kontrol raqami 5 ga teng, fuqaroning kodi esa:
4 020140 205 001 5