toggle_night_mode
Hujjat 20.09.2016 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 21-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2016-yil 24-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 545-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 14-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2016-yil 20-sentabrdagi 185 (6620)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 19-sentabr,
OʻRQ-408-son
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
yovvoyi hayvonlar — quruqlikda, suvda, atmosferada va tuproqda yashaydigan, xonakilashtirilmagan umurtqasizlar, baliqlar, ham quruqlikda, ham suvda yashovchi hayvonlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar;
yovvoyi hayvonlarning yashash faoliyati mahsulotlari — yovvoyi hayvonlarning yashash faoliyati natijasida hosil boʻlgan asal, yogʻ, goʻsht, sut, tuxum, mum, uvuldiriq, zahar, safro, moʻyna, shoxlar, patlar, terilar va boshqa mahsulotlar;
zoologiya kolleksiyasi — yovvoyi hayvonlarning ilmiy, madaniy-maʼrifiy, oʻquv-tarbiyaviy va estetik ahamiyatga molik jonsiz eksponatlarining tizimlashtirilgan toʻplami (yovvoyi hayvonlar tulumlarining va yashash faoliyati mahsulotlarining namunalari), shuningdek yarim erkin sharoitda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda (tabiiy pitomniklarda, hayvonot bogʻlarida, sirklarda, terrariumlarda, akvariumlarda va boshqa joylarda) saqlanayotgan yovvoyi hayvonlarning tirik kolleksiyalari;
hayvonot dunyosi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan barcha turdagi yovvoyi hayvonlar majmui;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish — yovvoyi hayvonlarning barqaror yashash sharoitlarini taʼminlashga, ularning tabiiy galalari va populyatsiyalarini saqlab qolishga, ularning yoʻq qilib yuborilishining yoki ularga boshqacha zararli taʼsir koʻrsatilishining oldini olishga qaratilgan faoliyat;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlar — yovvoyi hayvonlarni saqlab qolish, tiklash va takror koʻpaytirishga, ularning yashash muhitini, urchish joylari va koʻchib oʻtish yoʻllarini saqlab qolishga, ov qilish va baliq ovlash joylari mahsuldorligini oshirishga qaratilgan, ilmiy asoslangan tadbirlar majmui.
4-modda. Hayvonot dunyosiga nisbatan mulkchilik
Hayvonot dunyosi umummilliy boylik boʻlib, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-moddasi.
Tabiiy erkinlik holatida yashayotgan, shuningdek tabiiy yashash muhitiga chiqarib yuborilgan yovvoyi hayvonlar davlat mulkidir.
Yarim erkin sharoitda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanayotgan va (yoki) yetishtirilgan yovvoyi hayvonlar yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki boʻlishi mumkin.
5-modda. Hayvonot dunyosi obyektlari
Hayvonot dunyosi obyektlari quyidagilardan iborat:
yovvoyi hayvonlar;
yovvoyi hayvonlarning yashash faoliyati mahsulotlari;
zoologiya kolleksiyalari.
6-modda. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar
Yuridik va jismoniy shaxslar hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar boʻlishi mumkin.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish borasida oʻzlariga tegishli boʻlgan huquqni qonun hujjatlarida belgilangan shartlarda va tartibda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasini tartibga solish
7-modda. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini, shuningdek boshqa chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi normalarni davlat tomonidan belgilash;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
8-modda. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
umumdavlat ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:
Keyingi tahrirga qarang.
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi qoidalar, normalar hamda normativlarni ishlab chiqishni tashkil etadi va tasdiqlaydi;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshiradi;
zoologiya kolleksiyalarining, yovvoyi hayvonlar saqlanadigan va koʻpaytiriladigan pitomniklarning davlat hisobini yuritadi;
hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobini yuritadi va uning nashr etilishini taʼminlaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2016-yil 14-iyuldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobi toʻgʻrisidagi nizom”ning 10, 11-bandlari.
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazadi;
yuridik va jismoniy shaxslarga hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma beradi;
biriktirilgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, qoidalar, normalar hamda normativlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
davlat oʻrmon fondi yerlaridagi hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida idoraviy nazoratni amalga oshiradi;
davlat oʻrmon fondi yerlaridagi hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini belgilangan tartibda yuritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobini yuritishda ishtirok etadi;
davlat oʻrmon fondi yerlaridagi hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Keyingi tahrirga qarang.
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli hududda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshiradi;
mahalliy ahamiyatga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi masalalarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni taʼminlashda ishtirok etishi
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini belgilangan tartibda yuritadi;
hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobi yuritilishini ilmiy jihatdan taʼminlashni amalga oshiradi;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida xulosalar beradi;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi ilmiy yoʻnalishlarni belgilaydi, ilmiy tadqiqotlar dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qonun hujjatlariga muvofiq hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni taʼminlash boʻyicha boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
14-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolarning hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni taʼminlashda ishtirok etishi
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolar:
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni taʼminlash boʻyicha boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish
15-modda. Hayvonot dunyosini muhofaza qilishga doir chora-tadbirlar
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish:
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi qoidalar, normalar va normativlarni belgilash;
hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishda cheklovlar va taqiqlar belgilash;
hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqini toʻxtatib turish, tugatish, bekor qilish;
hayvonot dunyosi obyektlaridan oʻzboshimchalik bilan foydalanishning va ulardan foydalanish borasida belgilangan tartibni boshqacha buzishlarning oldini olish;
yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti, urchish joylari va koʻchib oʻtish yoʻllari muhofaza qilinishini tashkil etish;
kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritish;
xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish, transport vositalaridan foydalanish chogʻida yovvoyi hayvonlar nobud boʻlishining oldini olish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish va rivojlantirish;
kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar turlarini tutqunlikda koʻpaytirish;
yovvoyi hayvonlar kasallikka chalinganda, ularning tabiiy ofatlar va boshqa sabablar oqibatida nobud boʻlishi xavfi tugʻilganda ularga yordam berish;
hayvonot dunyosi obyektlarini davlat hisobiga olish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish;
hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish va hayvonot dunyosi monitoringini amalga oshirish;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida nazoratni amalga oshirish;
hayvonot dunyosi obyektlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solish;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish hamda oʻtkazish;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik va boshqa tadbirlar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
16-modda. Hayvonot dunyosi obyektlarini davlat hisobiga olish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish, hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri
Hayvonot dunyosining muhofaza qilinishini va undan oqilona foydalanilishini taʼminlash uchun hayvonot dunyosi obyektlarini davlat hisobiga olish hamda ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish amalga oshiriladi.
Tasarrufida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, ovchilik va (yoki) baliq ovlash xoʻjaliklari boʻlgan yuridik hamda jismoniy shaxslar har yili yovvoyi hayvonlarning sonini va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olishni amalga oshirishi hamda olingan maʼlumotlarni davlat statistika organlariga taqdim etishi shart.
Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini yurituvchi vazirliklar, idoralar hamda tashkilotlar hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri boʻyicha zarur axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga tekin taqdim etadi. Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri boʻyicha zarur axborotning turlari, hajmlari va uni taqdim etish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hayvonot dunyosining muhofaza qilinishini va undan oqilona foydalanilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini, hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini, hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mahkamasining 2018-yil 7-noyabrdagi 914-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”.
17-modda. Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar turlarini muhofaza qilish
Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar turlari Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritiladi.
Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlarning turlari nobud boʻlishiga, soni kamayib ketishiga yoki yashash muhiti buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarga (harakatsizlikka) yoʻl qoʻyilmaydi.
18-modda. Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar turlarini saqlab qolish chora-tadbirlari
Tabiiy sharoitlarda tiklash hamda takror koʻpaytirish imkoniyati boʻlmagan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar turlarini saqlab qolish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ushbu turdagi hayvonlarning koʻpayishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
19-modda. Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar turlarini tabiiy yashash muhitidan ajratib olish tartibi
Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar turlarini:
maxsus yaratilgan sharoitlarda koʻpaytirish va keyinchalik tabiiy yashash muhitiga qoʻyib yuborish maqsadida;
ilmiy va nazorat ishlarini amalga oshirish uchun;
qonun hujjatlariga muvofiq alohida zarur boʻlgan hollarda tabiiy yashash muhitidan ajratib olishga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi inobatga olingan holda va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnoma boʻyicha yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
20-modda. Hayvonot dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish
Yovvoyi hayvonlarni, shuningdek ularning qismlarini, yashash faoliyati mahsulotlarini, zoologiya kolleksiyalarini, oʻljalarni va tulumlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish tabiatni muhofaza qilish organlari beradigan ruxsatnomalar asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasiga gʻayriqonuniy ravishda olib kirishga yoki Oʻzbekiston Respublikasidan gʻayriqonuniy ravishda olib chiqishga urinish chogʻida ushlab qolingan yovvoyi hayvonlar, shuningdek ularning qismlari, yashash faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, oʻljalar va tulumlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda olib qoʻyilishi lozim.
21-modda. Hayvonot dunyosi monitoringi
Hayvonot dunyosi monitoringi Atrof tabiiy muhit davlat monitoringining tarkibiy qismi boʻlib, hayvonot dunyosi va uning yashash muhiti holatining maxsus tashkil etilgan muntazam kuzatuvlaridan, undagi oʻzgarishlarni aniqlash, uni baholash hamda prognoz qilishdan iboratdir.
Hayvonot dunyosi monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
22-modda. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi nazorat
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi nazorat davlat, idoraviy, ishlab chiqarish hamda jamoatchilik nazorati tarzida amalga oshiriladi.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi idoraviy nazorat davlat oʻrmon fondi yerlarida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan, davlat boshqaruvi organlariga qarashli tashkilotlarda, shuningdek xoʻjalik boshqaruvi organlari tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi ishlab chiqarish nazorati xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ularga biriktirilgan hududlarda amalga oshiriladi.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi jamoatchilik nazorati fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi nazoratni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Qonunlari.
23-modda. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni ragʻbatlantirish
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni, shuningdek yovvoyi hayvonlar yashash muhitining, urchish joylarining va koʻchib oʻtish yoʻllarining muhofaza qilinishini hamda holati yaxshilanishini taʼminlayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid talablar
24-modda. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid asosiy talablar
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid asosiy talablar quyidagilardan iborat:
yovvoyi hayvonlarning tur boʻyicha xilma-xilligini va ular tabiiy galalarining hamda zotga oid turlarining bir butunligini tabiiy erkinlik holatida saqlab qolish;
yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti, urchish joylari va koʻchib oʻtish yoʻllarini saqlab qolish;
yovvoyi hayvonlardan oqilona foydalanish, ularni tiklash va takror koʻpaytirish;
yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish.
25-modda. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlarni kelishib olish
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar tomonidan ishlab chiqiladigan hamda tasdiqlanadigan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlar tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishib olinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
26-modda. Hayvonot dunyosining holatiga taʼsir koʻrsatadigan faoliyatga doir talablar
Hayvonot dunyosining holatiga, yovvoyi hayvonlarning yashash muhitiga, urchish joylariga va koʻchib oʻtish yoʻllariga taʼsir koʻrsatadigan faoliyat hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda undan foydalanishga oid talablarga rioya etgan holda amalga oshirilishi kerak.
27-modda. Xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish chogʻida yovvoyi hayvonlar kasallikka chalinishining hamda nobud boʻlishining oldini olish, ularning yashash muhitini, urchish joylarini va koʻchib oʻtish yoʻllarini saqlab qolish
Yuridik va jismoniy shaxslar har qanday turdagi xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish chogʻida yovvoyi hayvonlar kasallikka chalinishining hamda nobud boʻlishining oldini olish, ularning yashash muhitini, urchish joylarini va koʻchib oʻtish yoʻllarini saqlab qolish choralarini koʻrishi shart.
Davlat veterinariya xizmati yovvoyi hayvonlar yuqumli kasalliklarining oldini olish va ularni tugatish choralarini koʻradi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid talablarni hisobga olmagan holda oʻsimliklarni yoqish, yovvoyi hayvonlar uchun xavfli boʻlgan materiallar, xom ashyo, kimyoviy moddalar, oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, mineral oʻgʻitlarni hamda boshqa preparatlarni saqlash va qoʻllash, maishiy hamda ishlab chiqarish chiqindilarini utilizatsiya qilish, tashish va koʻmish taqiqlanadi.
Aholi punktlarini, korxonalarni, transport magistrallarini, elektr uzatish va aloqa liniyalarini, gidrotexnika inshootlarini hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish va qurish, mavjud texnologiya jarayonlarini takomillashtirish hamda yangilarini joriy etish, botqoqlashgan va butazor hududlarni xoʻjalik oborotiga kiritish, suv rejimini va suvdan foydalanish limitini belgilash, yerlarni melioratsiyalash, oʻrmondan foydalanish, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish, foydali qazilmalarni qazib olish, qishloq xoʻjalik hayvonlarini oʻtlatish hamda haydab oʻtish joylarini aniqlash, sayyohlik yoʻnalishlarini ishlab chiqish va aholi ommaviy dam oladigan joylarni tashkil etish chogʻida yovvoyi hayvonlarning yashash muhitini, urchish joylarini va koʻchib oʻtish yoʻllarini saqlab qolish tadbirlari nazarda tutilishi hamda amalga oshirilishi, shuningdek yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti sifatida alohida qimmatga ega boʻlgan uchastkalarning daxlsizligi taʼminlanishi lozim.
28-modda. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish
Quyidagilar davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi lozim:
barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini tanlash materiallari, amalga oshirilishi hayvonot dunyosining holatiga yoki yovvoyi hayvonlarning yashash muhitiga, urchish joylariga va koʻchib oʻtish yoʻllariga zararli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan rejadan oldingi, loyihadan oldingi va loyiha hujjatlari;
ov qilinadigan va (yoki) baliq ovlanadigan joylarni tashkil etish loyihalari;
yovvoyi hayvonlarni boshqa joyga koʻchirish, iqlimga moslashtirish va chatishtirish ishlarining loyihalari;
yovvoyi hayvonlar va ularning yashash muhiti uchun xavfli boʻlgan oʻsimliklarni himoya qilish vositalari.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat ekologik ekspertizasi ekologik ekspertiza toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisida nizom.
5-bob. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari va usullari
29-modda. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish umumiy va maxsus foydalanish tartibida amalga oshiriladi.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan bepul, yovvoyi hayvonlarni ularning yashash muhitidan ajratib olmagan (sport va havaskorlik maqsadida baliq ovlash bundan mustasno) va ularga zarar yetkazmagan holda amalga oshiriladi.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish ruxsatnomalar asosida haq evaziga amalga oshiriladi.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma yovvoyi hayvonlarni tutishga doir tasdiqlangan kvotalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan beriladi. Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalar hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish maʼlumotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. Pitomniklarda, hovuz xoʻjaliklarida yetishtirilgan va ularning hududidagi yovvoyi hayvonlarni tutish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan “Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek, yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-son “Tabiiy suv havza uchastkalarini baliq ovlash xoʻjaliklariga ijaraga berish va Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
30-modda. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarning huquqlari va majburiyatlari
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar:
hayvonot dunyosi obyektlaridan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish huquqiga;
Keyingi tahrirga qarang.
tutib olingan yovvoyi hayvonlarga va ularning yashash faoliyati mahsulotlariga nisbatan mulk huquqiga egadir.
Ovchilik va (yoki) baliq ovlash xoʻjaligini yurituvchi hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar:
oʻzlariga biriktirilgan hududlarda hayvonot dunyosi obyektlaridan tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar doirasida foydalanish uchun jismoniy shaxslarga ruxsatnomalar (yoʻllanmalar, hayvonlarni tutish varaqalari) berishga;
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik va jismoniy shaxslar hayvonot dunyosi obyektlaridan sanoat maqsadida belgilangan kvotalar doirasida foydalanishi uchun ular bilan shartnomalar tuzishga;
ovchilik va baliq ovi mahsulotini qayta ishlash hamda ulardan buyumlar ishlab chiqarishga;
ovchilik va baliq ovi mahsulotidan, ulardan ishlab chiqarilgan buyumlardan foydalanish hamda ularni realizatsiya qilishga;
sunʼiy ravishda yetishtirilib, tabiiy yashash muhitiga chiqarib yuborilgan hayvonlar turlaridan foydalanishga ham haqlidir.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar:
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida belgilangan qoidalar, normalar va normativlarga rioya etishi;
hayvonot dunyosining muhofaza qilinishi va undan oqilona foydalanilishini taʼminlashi, shuningdek biriktirilgan hududlarda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida idoraviy va (yoki) ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirishi;
hayvonot dunyosi obyektlaridan yovvoyi hayvonlar tabiiy galalarining bir butunligi buzilishiga yoʻl qoʻymaydigan va foydalanishga berib qoʻyilmagan yovvoyi hayvonlarning saqlab qolinishini taʼminlaydigan usullar bilan foydalanishi;
yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti, urchish joylari va koʻchib oʻtish yoʻllari buzilishiga yoʻl qoʻymasligi;
yovvoyi hayvonlar sonini hisobga olishni va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olishni amalga oshirishi;
hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanganlik uchun haqni oʻz vaqtida kiritishi;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlarni amalga oshirishi;
boshqa hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarning huquqlarini buzmasligi;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzgan holda yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq hajmda qoplashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
31-modda. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari va usullari
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:
ov qilish;
baliq ovlash;
yovvoyi hayvonlarni boshqa joylarga koʻchirish, iqlimga moslashtirish va chatishtirish;
hayvonot dunyosi obyektlaridan madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanish;
hayvonot dunyosi obyektlaridan ilmiy va nazorat ishlarini oʻtkazish uchun foydalanish;
yovvoyi hayvonlar yashash faoliyatining foydali xususiyatlaridan foydalanish;
yovvoyi hayvonlardan ularning yashash faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida foydalanish;
yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlash;
hayvonot dunyosi obyektlaridan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya va veterinariya maqsadlarida foydalanish;
yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish;
zoologiya kolleksiyalarini yaratish va toʻldirib borish.
Qonun hujjatlarida hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish yovvoyi hayvonlarni oʻz yashash muhitidan ajratib olgan yoki ajratib olmagan holda amalga oshiriladi.
32-modda. Ov qilish
Tabiiy erkinlik holatida yashayotgan yovvoyi hayvonlarni tutish maqsadida izlash, iziga tushish va taʼqib qilish, tutishga intilish yoki tutish (otish, tutib olish) ov qilishdir. Ov qilish joylarida gʻilofi yechib qoʻyilgan (yigʻilgan holdagi, qoʻllashga shay) ovchilik quroli hamda boshqa ov qilish vositalari yoki ov mahsuloti, tasmasidan boʻshatib yuborilgan ovchi itlar, ovga oʻrgatilgan qushlar bilan boʻlish ham ov qilishga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ov qilish sport, havaskorlik va sanoat maqsadida boʻlishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-son “Tabiiy suv havza uchastkalarini baliq ovlash xoʻjaliklariga ijaraga berish va Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
33-modda. Ov qilishni amalga oshirish shartlari
Ov qilishga hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun berilgan ruxsatnomalarda koʻrsatilgan muddatlarda va joylarda yoʻl qoʻyiladi.
Jismoniy shaxslarga sport va havaskorlik maqsadida ov qilish uchun ruxsatnoma ovchilik bileti, oʻqotar ovchilik qurolini (agar undan foydalanish moʻljallansa) saqlash va olib yurish uchun ruxsatnoma boʻlgan taqdirda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslarning sanoat maqsadida ov qilishiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Ov qilishni amalga oshirish chogʻida hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi qoidalarda taqiqlangan qurollarni hamda ov qilish usullarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Falokatga uchragan va oʻzi uchun notabiiy sharoitda turgan hayvonlarni ov qilish taqiqlanadi.
Shaxslarning sport, havaskorlik va sanoat maqsadida ov qilish taqiqlangan joylarda, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda ovchilik quroli hamda boshqa ov qilish vositalari, ov mahsuloti, tasmasidan boʻshatib yuborilgan ovchi itlar, ovga oʻrgatilgan qushlar bilan boʻlishi, shuningdek umumiy foydalanishdagi yoʻllarda gʻilofi yechib qoʻyilgan (yigʻilgan holdagi, qoʻllashga shay) ovchilik quroli yoki ov mahsuloti bilan oʻljaning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz boʻlishi man etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
34-modda. Baliq ovlash
Baliq ovlash va umurtqasiz suv hayvonlarini tutish baliq ovlash hisoblanadi. Baliq ovlash joylarida baliq tutish vositalari hamda boshqa baliq ovlash anjomlari yoki baliq ovi mahsuloti bilan boʻlish ham baliq ovlashga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Baliq ovlash sport, havaskorlik va sanoat maqsadida boʻlishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-son “Tabiiy suv havza uchastkalarini baliq ovlash xoʻjaliklariga ijaraga berish va Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
35-modda. Baliq ovlashni amalga oshirish shartlari
Suv obyektlarida sport va havaskorlik maqsadida baliq ovlashga bepul yoki ovchilik-baliq ovlash jamiyatlariga biriktirilgan joylarda ushbu jamiyatlarning ruxsatnomalari (yoʻllanmalari, hayvonlarni tutish varaqalari) asosida haq evaziga ruxsat etiladi, bundan davlat qoʻriqxonalari, tabiat bogʻlarining va davlat biosfera rezervatlarining qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalari hududidagi suv obyektlari mustasno.
Baliqchilik xoʻjaligi tashkilotlariga biriktirilgan tabiiy suv havzalarida, baliqchilik pitomniklarida hamda hovuz xoʻjaliklarida sport va havaskorlik maqsadida baliq ovlashga ushbu tashkilotlarning ruxsatnomalari (yoʻllanmalari, hayvonlarni tutish varaqalari) boʻyicha yoʻl qoʻyiladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning tabiiy suv havzalarida (baliqchilik pitomniklari, hovuz xoʻjaliklari, magistral kanallar, kollektorlar va kichik soylar bundan mustasno) sanoat maqsadida baliq ovlashiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining qaroriga koʻra baliqlarning urchish davrida baliq ovlashni amalga oshirishni taqiqlash muddatlari belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Baliq ovlashni amalga oshirish chogʻida hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi qoidalarda taqiqlangan qurollarni hamda ovlash usullarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
36-modda. Ov qilish va (yoki) baliq ovlash joylari
Sport, havaskorlik va sanoat maqsadida ov qilishga va (yoki) baliq ovlashga ruxsat etilgan yovvoyi hayvonlarning yashash joyi, koʻchib oʻtish yoʻllari boʻlgan barcha yerlar, suvlar hamda oʻrmonlar ov qilish va (yoki) baliq ovlash joylaridir.
Quyidagilar ov qilish va (yoki) baliq ovlash joylari hisoblanmaydi:
aholi punktlarining (shaharlarning, shaharchalarning va qishloq aholi punktlarining) yerlari, bundan sport va havaskorlik maqsadida baliq ovlash mustasno;
tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadiga va tarixiy-madaniy maqsadga moʻljallangan yerlar, agar ularning rejimida ov qilish va (yoki) baliq ovlash nazarda tutilmagan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar, chegara zonalari;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar hosil yigʻishtirib olinguniga qadar, bundan yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishuvga binoan amalga oshiriladigan sport hamda havaskorlik maqsadida ov qilish va (yoki) baliq ovlash hollari mustasno;
shaharlarning, boshqa aholi punktlarining va sanoat markazlarining koʻkalamzorlashtirilgan mintaqalari;
korxonalar atrofidagi sanitariya-himoya zonalari;
suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalari;
oʻrmonlarning sanoat maqsadida ovlanadigan qimmatli baliqlar uvuldiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari;
aerodromlar va aerodrom tegrasidagi zonalar;
toʻgʻonlardagi, suv ayirgichlardagi, koʻpriklardagi, baliqchilik pitomniklari, hovuz va boshqa madaniy baliqchilik xoʻjaliklari chegaralaridagi yoki ushbu obyektlarning muayyan qoʻriqlash rejimida belgilangan yiroqlikdagi uchastkalar (mintaqalar).
37-modda. Ovchilik va (yoki) baliq ovlash xoʻjaligini yuritish
Jismoniy yoki yuridik shaxsga biriktirilgan, muhofaza qilish va takror koʻpaytirish tadbirlari, ov qilish va (yoki) baliq ovlash amalga oshiriladigan hudud ovchilik va (yoki) baliq ovlash xoʻjaligidir.
Ovchilik va (yoki) baliq ovlash xoʻjaligini yuritish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari yoki suv obyektlari doimiy egalik qilish, doimiy yoki muddatli (vaqtincha) foydalanish yoxud ijara huquqi asosida berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ovchilik va (yoki) baliq ovlash xoʻjaligini yuritish:
ov qilish va (yoki) baliq ovlash joylarini tashkil etish loyihalarining davlat ekologik ekspertizasi xulosasi;
hayvonot dunyosi obyektlarini davlat hisobiga olish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish, ov qilish va (yoki) baliq ovlash joylarining holati materiallari;
kvotalar va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar asosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Ovchilik va (yoki) baliq ovlash xoʻjaligini yuritish tartibi, shuningdek ov qilish va baliq ovlash qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
38-modda. Yovvoyi hayvonlarni boshqa joylarga koʻchirish, iqlimga moslashtirish va chatishtirish
Yovvoyi hayvonlarni yangi yashash joylariga koʻchirishga, fauna uchun yangi boʻlgan yovvoyi hayvon turlarini iqlimga moslashtirishga, shuningdek yovvoyi hayvonlarni chatishtirish tadbirlarini oʻtkazishga davlat ekologik ekspertizasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalari asosida ilmiy va xoʻjalik maqsadlarida yoʻl qoʻyiladi.
Yovvoyi hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan boshqa joylarga koʻchirish, iqlimga moslashtirish va chatishtirish taqiqlanadi.
39-modda. Hayvonot dunyosi obyektlaridan madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanish
Hayvonot dunyosi obyektlaridan madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanishga yovvoyi hayvonlarni ularning yashash muhitidan ajratib olgan yoki ajratib olmagan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
40-modda. Hayvonot dunyosi obyektlaridan ilmiy va nazorat ishlarini oʻtkazish uchun foydalanish
Hayvonot dunyosi obyektlaridan hayvonot dunyosini oʻrganish hamda saqlab qolish maqsadida ilmiy va nazorat ishlarini oʻtkazish uchun yil davomida, shu jumladan baliq ovlash taqiqlangan davrda foydalanishga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi inobatga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
41-modda. Yovvoyi hayvonlar yashash faoliyatining foydali xususiyatlaridan foydalanish
Yovvoyi hayvonlar yashash faoliyatining foydali xususiyatlaridan — tuproq hosil qiluvchilardan, muhitning tabiiy sanitarlaridan, oʻsimliklarni changlatuvchilardan, shuningdek yovvoyi hayvonlarning boshqa foydali xususiyatlaridan foydalanish ularni yashash muhitidan ajratib olmagan va yovvoyi hayvonlarga yoki ularning yashash muhitiga zarar yetkazmagan holda amalga oshiriladi.
42-modda. Yovvoyi hayvonlardan ularning yashash faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida foydalanish
Yovvoyi hayvonlardan ularning yashash faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida foydalanishga ularni yashash muhitidan ajratib olmagan va nobud qilmagan, shuningdek ularga yoki ularning yashash muhitiga zarar yetkazmagan holda yoʻl qoʻyiladi.
43-modda. Yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlash
Yovvoyi hayvonlarga ular toʻsilgan hududda yashaydigan, erkin harakatlanadigan va barcha yashash jarayonlarini amalga oshiradigan, asosan tabiiy ozuqalar bilan oziqlanadigan va umrining koʻp qismini inson aralashuvisiz oʻtkazadigan sharoitlarning yaratilishi yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda saqlashdir.
Yovvoyi hayvonlarga ular berk joyda (qafasda, temir panjarali joyda, bogʻlangan holda va hokazo) yashaydigan sharoitlar yaratilishi va ularning yashash jarayonida toʻliq ravishda insonga bogʻliq boʻlishi yovvoyi hayvonlarni sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlashdir.
Yovvoyi hayvonlarni urchitish, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, namoyish qilish, takror koʻpaytirish, shuningdek tijorat maqsadlarida yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlashga Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining ruxsatnomalari asosida yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni, shuningdek zaharli hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlashga Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining ruxsatnomalari asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda tashkil etiladigan maxsus pitomniklardagina yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanayotgan yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitga Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining ruxsatnomasisiz oʻzboshimchalik bilan chiqarib yuborish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
44-modda. Hayvonot dunyosi obyektlaridan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya va veterinariya maqsadlarida foydalanish
Hayvonot dunyosi obyektlaridan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya va veterinariya maqsadlarida foydalanishga ularni yashash muhitidan ajratib olgan yoki ajratib olmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
45-modda. Yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish
Ayrim turdagi yovvoyi hayvonlar sonini ularning yashash joyi doirasida saqlab turish, koʻpaytirish yoki kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solishdir.
Aholi sogʻligʻini saqlash, qishloq xoʻjalik hayvonlari va uy hayvonlari kasalliklarga chalinishining, yuridik va jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishining oldini olish, hayvonot dunyosining turlari boʻyicha xilma-xilligini saqlab turish maqsadida yovvoyi hayvonlarning ayrim turlari sonini tartibga solish tadbirlari oʻtkaziladi.
Ayrim turdagi yovvoyi hayvonlar sonini tartibga solish tadbirlari hayvonlarning boshqa turlariga zarar yetkazilishini istisno etadigan va ularning yashash muhiti saqlab qolinishini taʼminlaydigan usullar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalari inobatga olingan hamda yer, suv va oʻrmon resurslarini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi tegishli davlat organlari bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi kerak.
Soni tartibga solinishi lozim boʻlgan yovvoyi hayvonlarning turlari va ularning sonini tartibga solish tadbirlarini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
46-modda. Zoologiya kolleksiyalari
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan zoologiya kolleksiyalarini yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan ajratib olish yoʻli bilan yaratish hamda toʻldirib borishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Zoologiya kolleksiyalarini yaratish, toʻldirib borish, asrash, ulardan foydalanish va ularni davlat hisobiga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Zoologiya kolleksiyalarining davlat hisobi olib borilishi shart. Zoologiya kolleksiyalarining davlat hisobiga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
47-modda. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishni cheklash va taqiqlash
Yovvoyi hayvonlarning ayrim turlarini muhofaza qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bu hayvonlar turlaridan foydalanishga yoki foydalanishning ayrim turlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalarini inobatga olgan holda cheklovlar yoxud taqiqlar belgilashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish manfaatlarini koʻzlab yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining, shuningdek oʻrmonlardan, suvdan foydalanuvchilarning, suv isteʼmolchilarining hamda yer qaʼridan foydalanuvchilarning huquqlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklanishi va ularning zimmasiga tegishli majburiyatlar yuklatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
48-modda. Hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish
Hayvonot dunyosi muhofaza qilinishini taʼminlash uchun hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqi toʻxtatib turilishi, tugatilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
ruxsat berishga doir talablar va shartlar buzilganligi aniqlanganda;
maxsus vakolatli davlat organining aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi qarori hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilmaganda.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi:
foydalanish zarurati qolmaganda yoki undan voz kechilganda;
foydalanishning belgilangan muddati oʻtganda;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish maqsadida ularni foydalanishdan ajratib olish zarurati tugʻilganda;
foydalanish huquqi berilgan jismoniy shaxs vafot etganda yoki uning faoliyati tugatilganda yoxud yuridik shaxs tugatilganda.
Qonun hujjatlarida hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqini toʻxtatib turish yoki tugatish uchun boshqa hollar ham nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqi quyidagilar asosida bekor qilinishi mumkin:
hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatib turiladi, tugatiladi yoki bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
49-modda. Gʻayriqonuniy ravishda tutilgan yovvoyi hayvonlarni, ularning yashash faoliyati mahsulotlarini, ularni gʻayriqonuniy ravishda tutish quroli va vositalarini olib qoʻyish
Keyingi tahrirga qarang.
Gʻayriqonuniy ravishda tutilgan yovvoyi hayvonlar, ularning yashash faoliyati mahsulotlari, ularni gʻayriqonuniy ravishda tutish quroli va vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilishi yoki musodara qilinishi lozim.
Gʻayriqonuniy ravishda tutilgan yovvoyi hayvonlarni, ularning yashash faoliyati mahsulotlarini aybdor shaxslardan olib qoʻyish imkoni boʻlmagan taqdirda, ularning qiymati qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
50-modda. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun haq sifatida olingan mablagʻlarni, jarima summalarini va hayvonot dunyosi obyektlariga yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash hamda ulardan foydalanish
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun haq sifatida olingan mablagʻlarni, jarima summalarini va qoidabuzarlardan hayvonot dunyosi obyektlariga yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash hamda ulardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
51-modda. Zararning oʻrnini qoplash
Yuridik va jismoniy shaxslar hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Zararning oʻrnini qoplash aybdor shaxslarni qonunga muvofiq javobgarlikdan ozod etmaydi.
52-modda. Nizolarni hal etish
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
53-modda. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
53-modda. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 38-son, 439-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son; 09.07.2020-y., 03/20/627/1047-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son; 08.09.2023-y., 03/23/867/0685-son; 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son; 22.11.2024-y., 03/24/1004/0948-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)