toggle_night_mode
Hujjat 01.01.2015 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 18-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014-yil 28-avgustda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi ijtimoiy sheriklik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. Ijtimoiy sheriklik va uning subyektlari
Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ijtimoiy sheriklik subyektlaridir.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va diniy tashkilotlar bilan hamkorligi alohida qonunlar bilan tartibga solinadi.
4-modda. Ijtimoiy sheriklikning asosiy prinsiplari
Ijtimoiy sheriklikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonunga boʻysunish;
teng huquqlilik;
ochiqlik va shaffoflik;
hammaboplik;
mustaqillik;
xolislik;
oʻzaro hurmat, manfaatlarning inobatga olinishi va masʼuliyat;
majburiyatlar qabul qilishning ixtiyoriyligi.
5-modda. Ijtimoiy sheriklik sohalari
Ijtimoiy sheriklik quyidagi sohalarda amalga oshirilishi mumkin:
aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qoʻllab-quvvatlash va uning ijtimoiy faolligini oshirish;
aholining bandligini taʼminlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, fermerlikni rivojlantirish;
atrof muhitni, aholining sogʻligʻini muhofaza qilish va sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish;
har tomonlama barkamol va sogʻlom yosh avlodni shakllantirish, yoshlarga bilim berish, ularni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash va kasbga yoʻnaltirish;
onalik va bolalikni, shuningdek xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy hayotida toʻlaqonli ishtirok etishini taʼminlash, sogʻlom oilani shakllantirish;
fan, taʼlim, axborotlashtirish, madaniyat va sportni rivojlantirish;
aholining huquqiy bilimlari, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat asoslarini mustahkamlash;
millatlararo, madaniyatlararo totuvlik va fuqarolar totuvligi gʻoyalarini mustahkamlash, koʻp asrlik, anʼanaviy maʼnaviy-axloqiy hamda tarixiy-madaniy qadriyatlarni tiklash va saqlash;
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy sheriklik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa sohalarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari va ularni amalga oshirish tartibi
6-modda. Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari
Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari vakillarining davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida ishtirok etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
ijtimoiy sheriklik subyektlari tomonidan birgalikda tadbirlar, maslahatlashuvlar va muzokaralar oʻtkazish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 9-moddasi.
ijtimoiy sheriklik subyektlari tomonidan ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida bitimlar va shartnomalar (bundan buyon matnda bitimlar va shartnomalar deb yuritiladi) tuzish, birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 10-moddasi.
ijtimoiy sheriklik subyektlari oʻrtasida oʻzaro qoʻllab-quvvatlash, axborot almashish.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 11-moddasi.
7-modda. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat organlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini ularning roziligiga koʻra jalb etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat organlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda manfaatdor nodavlat notijorat tashkilotlaridan va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan takliflar toʻplashni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb etgan holda davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:
Keyingi tahrirga qarang.
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha tashabbuslar bilan chiqishda, tegishli takliflar va loyihalarni tayyorlashda ishtirok etishga, shuningdek ularni koʻrib chiqish uchun vakolatli davlat organlariga kiritishga;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini oʻtkazishda, ishlab chiquvchilar bilan kelishuvga koʻra, ularning jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishda ishtirok etishga, loyihalar yuzasidan takliflarni ishlab chiqishga, ularni toʻplashni va umumlashtirishni amalga oshirishga, shuningdek ushbu takliflarni koʻrib chiqish uchun vakolatli davlat organlariga kiritishga;
birgalikda tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalarni hal etishga qaratilgan loyihalarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan davlat organlariga takliflar kiritishga;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarning roʻyobga chiqarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga, uning yakunlari boʻyicha takliflar tayyorlash hamda ularni vakolatli davlat organlariga kiritishga haqli.
Davlat organlari nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining tashabbuslari hamda takliflarini koʻrib chiqishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
8-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari vakillarining davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida ishtirok etishi
Keyingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va taʼminlash, boshqa sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etish maqsadida tashkil etiladigan davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar hamda jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida belgilangan tartibda ishtirok etishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:
Keyingi tahrirga qarang.
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek ushbu loyihalarga doir takliflarni tayyorlashga, ularni davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlarining majlislarida koʻrib chiqish uchun kiritishga;
davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlariga ularning vakolatiga kiritilgan masalalarni koʻrib chiqish, mazkur masalalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflar bilan murojaat etishga;
oldindan kelishuvga koʻra davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlarining majlislarida ularning vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan oʻz vakili orqali soʻzga chiqishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 553-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha uch tomonlama komissiyalar toʻgʻrisida nizom”.
9-modda. Ijtimoiy sheriklik subyektlari tomonidan birgalikda tadbirlar, maslahatlashuvlar va muzokaralar oʻtkazish
Ijtimoiy sheriklik subyektlari:
konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar, jamoatchilik muhokamalari, hasharlar, festivallar, sotsiologik soʻrovlar shaklida va boshqa shakllarda birgalikda tadbirlar;
bitimlar va shartnomalar tuzishga, birgalikdagi loyihalar hamda rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga, birgalikda tadbirlar tashkil etishga qaratilgan maslahatlashuvlar va muzokaralar oʻtkazishi mumkin.
Maslahatlashuvlar va muzokaralar birgalikdagi uchrashuvlar va jamoatchilik muhokamalarini tashkil etish, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining fikrlarini soʻrash, ular ishtirokida davlat organlari huzurida ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari tuzish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. Ijtimoiy sheriklik subyektlari tomonidan bitimlar va shartnomalar tuzish, birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish
Ijtimoiy sheriklik subyektlari bitimlar va shartnomalar tuzishi, shuningdek birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi mumkin.
Bitimlar taraflarning oʻz zimmalariga olgan oʻzaro majburiyatlaridan iborat boʻlib, ular doirasida taraflar birgalikdagi faoliyatning maqsadlari va vazifalarini, yoʻnalishlarini aniqlaydi, ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish shakllarini koʻrsatadi.
Shartnomalar ishlar bajarishni yoki xizmatlar koʻrsatishni, shuningdek ijtimoiy sheriklik subyekti tomonidan moddiy, shu jumladan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashda sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutishi mumkin.
Birgalikdagi loyihalar va rejalar, bitimlar hamda shartnomalarni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga, gumanitar masalalarni hal etishga, aholi turli qatlamlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini belgilaydi.
11-modda. Ijtimoiy sheriklik subyektlari oʻrtasida oʻzaro qoʻllab-quvvatlash, axborot almashish
Ijtimoiy sheriklik subyektlari oʻz vakolatlari doirasida oʻquv-uslubiy, axborot, maslahat va tashkiliy jihatdan oʻzaro qoʻllab-quvvatlaydi.
Ijtimoiy sheriklik subyektlari oʻz tasarrufida boʻlgan va hamkorlik predmetiga taalluqli axborotni yozma soʻrovlar asosida bir-biriga taqdim etadi.
Yozma soʻrovga javob, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, imkoni boricha qisqa muddatda, lekin soʻrov olingan sanadan eʼtiboran oʻn besh kundan kechiktirmay berilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy sheriklik subyektlari davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan axborotni taqdim etishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 1-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 98-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining ikkinchi xatboshi, Oʻzbekiston Respublikasining “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
3-bob. Ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
12-modda. Ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash turlari
Ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash turlari quyidagilardan iborat:
nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini mulkiy, axborot, maslahat, tashkiliy va oʻquv-uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
Keyingi tahrirga qarang.
nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga moddiy yordam koʻrsatayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalari berish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni moliyalashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
13-modda. Mulkiy yordam koʻrsatish
Ijtimoiy sheriklik sohasida nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma asosida davlat mulki tekin yoki imtiyozli shartlarda vaqtincha foydalanishga berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga vaqtincha foydalanishga berilgan davlat mulkidan maqsadli foydalanilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
14-modda. Axborot, maslahat, tashkiliy va oʻquv-uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash
Ijtimoiy sheriklik sohasida nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini axborot, maslahat, tashkiliy va oʻquv-uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash quyidagi yoʻllar orqali amalga oshiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
ijtimoiy sheriklik sohasidagi axborotdan erkin foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish;
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy sheriklikni amalga oshirishdagi ishtiroki masalalariga doir uslubiy materiallarni ishlab chiqish hamda nashr etish;
Keyingi tahrirga qarang.
ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish hamda bilim beruvchi tadbirlar, uslubiy maslahatlar, ilmiy-amaliy seminarlar va konferensiyalar oʻtkazish;
ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni tashkil etishda koʻmaklashish.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi
Mamlakatda demokratik oʻzgarishlarni yanada rivojlantirishga hamda bunda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtirok etishiga koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (bundan buyon matnda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi deb yuritiladi) tuziladi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi:
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan olinadigan mablagʻlarni jamlaydi, bu mablagʻlar nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish hamda qoʻllab-quvvatlashga, ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar masalalarni hal etishda ularning ishtirok etishiga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish uchun taqsimlanishini tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
mablagʻlarni keyinchalik nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlashga taqsimlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlariga yoʻnaltiradi;
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularga huquqiy maslahat, tashkiliy, texnik jihatdan va boshqa xil yordam koʻrsatish bilan bogʻliq dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashadi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-oktabrdagi 5005-IV/KQ-842-IV-sonli “Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qoʻshma qarori.
Keyingi tahrirga qarang.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirish hamda ularning mamlakatda demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishda va jamiyatni erkinlashtirishda ishtirok etishiga koʻmaklashish maqsadida tuziladi.
Parlament komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati aʼzolari, adliya va moliya vazirliklarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari orasidan rais, uning oʻrinbosari, masʼul kotib va komissiya aʼzolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Parlament komissiyasi:
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlarining nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun taqsimlanishini tashkil etadi, nodavlat notijorat tashkilotlarining, fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining va davlat organlarining takliflarini oʻrganish asosida aniq ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqadi;
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlarini taqsimlashda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlaydi, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirish hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning oʻtkazilayotgan sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarda, demokratik qadriyatlarning, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini taʼminlashda ishtirok etishi masalalarini muhokama qilishga jamoatchilikni jalb etadi;
joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻlarning hajmlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalarining (bundan buyon matnda jamoat komissiyalari deb yuritiladi) buyurtmalari asosida aniqlaydi hamda taqsimlaydi, ushbu komissiyalar faoliyatiga uslubiy rahbarlikni taʼminlaydi;
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi, ushbu jamoat fondi tomonidan moliyalashtiriladigan dasturlar hamda loyihalar ustidan nazoratni (monitoringni) amalga oshiradi, oʻz majlislarida moliyalashtirilayotgan dasturlar hamda loyihalar amalga oshirilishining borishi va natijalari toʻgʻrisida nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining hisobotlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotini eshitadi, ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirishga doir zarur tavsiyalarni ishlab chiqadi va topshiradi;
sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining davlat organlari bilan hamkorligini chuqurlashtirishga, ijtimoiy hayotni demokratlashtirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rolini kuchaytirish jarayonlariga koʻmaklashadi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini, jamoatchilik ekspertizasini tashkil etishda davlat organlariga yordam koʻrsatadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik oʻzgarishlarning mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish boʻyicha tizimli ishlar olib boradi;
ijtimoiy sheriklik sohasida koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
bajarilgan ishlar toʻgʻrisida har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga va Senatiga axborot taqdim etadi;
oʻz faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qiladi.
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining vasiylik kengashi vazifasini bajaradi.
Parlament komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Parlament komissiyasining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-oktabrdagi 5005-IV/KQ-842-IV-sonli “Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qoʻshma qarori.
Keyingi tahrirga qarang.
17-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlari
Nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining tashabbuslarini rivojlantirish hamda rolini kuchaytirish, shuningdek ularning joylarda sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishdagi ishtirokini ragʻbatlantirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq jamoat fondlari tuzilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlari:
mahalliy budjetdan va Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondidan olinadigan mablagʻlarni, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalarini, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlarni jamlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
jamlangan mablagʻlardan nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini, ularning joylardagi sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishdagi ishtirokini qoʻllab-quvvatlash uchun foydalanilishini tashkil etadi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishga, gumanitar masalalarni hal etishga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalari
Jamoat komissiyalari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining deputatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklarining, adliya va moliya organlarining, shuningdek boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari orasidan rais, uning oʻrinbosari, masʼul kotib va komissiya aʼzolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamoat komissiyalari:
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishdagi hamkorligini chuqurlashtirishga koʻmaklashadi, ularning takliflarini oʻrganish asosida ijtimoiy sheriklikning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining joylarda ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy masalalarni hal etishga qaratilgan sotsial hamda ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlari va loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga, ularni amalga oshirish uchun mablagʻlarning zarur hajmlarini aniqlashga doir tavsiyalar ishlab chiqadi hamda tegishli buyurtmalarni Parlament komissiyasiga yuboradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlari mablagʻlarining samarali taqsimlanishini tashkil etadi, shuningdek ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli hududda ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etishda ijtimoiy sheriklik holatining monitoringini va baholanishini amalga oshiradi, zarur hollarda, mazkur yoʻnalishdagi ishlarni takomillashtirishga doir aniq tadbirlarni ishlab chiqadi;
ijtimoiy sheriklik subyektlari oʻrtasida manfaatlarni kelishib olishga va birgalikdagi faoliyatning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan maslahatlashuvlar hamda muzokaralarni tashkil etadi va oʻtkazadi, ular oʻrtasida bitimlar va shartnomalar tuzishga, shuningdek ularning ijro etilishiga koʻmaklashadi;
ijtimoiy sheriklik sohasida koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
oʻz faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qiladi.
Jamoat komissiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlarining vasiylik kengashi vazifasini bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamoat komissiyalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamoat komissiyalari oʻz faoliyatini tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan reglamentga muvofiq amalga oshiradi.
Jamoat komissiyasining namunaviy reglamenti Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamoat komissiyalari faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
19-modda. Davlat subsidiyasi va uni ajratish tartibi
Davlat subsidiyasi sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatni amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan beriladigan hamda aniq loyihalar bilan bogʻliq boʻlmagan moliyaviy yoki boshqa moddiy koʻmakdir.
Davlat subsidiyalaridan faqat nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni bajarish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ijtimoiy foydali maqsadlarga erishish uchungina foydalaniladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari davlat subsidiyasini olish uchun Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga buyurtmalar bilan murojaat etadi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining buyurtmalarini umumlashtiradi, subsidiyalash hajmlariga doir takliflarni tayyorlaydi hamda ularni Parlament komissiyasiga kiritadi.
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, subsidiyalashning maqsadga muvofiqligi va zarur hajmlari toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti tasdiqlanganidan keyin Parlament komissiyasiga davlat subsidiyalarini taqsimlashga doir takliflarni taqdim etadi.
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining takliflari olinganidan keyin nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ajratiladigan davlat subsidiyalarining hajmlarini aniqlaydi.
Davlat subsidiyalarini ajratish tartibi va shartlari Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Qonun hujjatlarida ayrim nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun davlat tomonidan subsidiyalashning boshqacha tartibi ham nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
20-modda. Davlat granti va uni ajratish tartibi
Davlat granti ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek jamoat fondlarining mablagʻlari hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ularning buyurtmalari boʻyicha tanlov asosida beriladigan pul mablagʻlari va moddiy resurslardir.
Davlat grantlarini ajratish Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlari orqali amalga oshiriladi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlari davlat grantini taqsimlash maqsadida grant tanlovlarini tashkil etadi.
Grant tanlovlarida ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni taqdim etgan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirok etishga haqlidir.
Grant tanlovlariga taqdim etilgan loyihalarni tanlab olish va gʻoliblarni aniqlash Parlament komissiyasi, jamoat komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat granti ajratilayotganda grant beruvchi va grant oluvchi oʻrtasida grant ajratilganligi toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat grantlarini ajratish tartibi hamda shartlari Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21-modda. Davlat ijtimoiy buyurtmasi va uni berish tartibi
Davlat ijtimoiy buyurtmasi davlat organi va nodavlat notijorat tashkiloti yoki fuqarolik jamiyatining boshqa instituti oʻrtasida shartnoma tuzish yoʻli bilan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun ishlar bajarish yoki tadbirlar oʻtkazishga doir davlat topshirigʻidan iborat boʻladi.
Davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlari orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat organlari ushbu Qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy sheriklik sohalari doirasida oʻz faoliyatining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari qoʻllab-quvvatlashini talab etadigan ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi hamda kelgusi moliya yili uchun davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish toʻgʻrisida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlariga buyurtmalar yuboradi. Buyurtmada davlat organi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari, ishlar bajarish yoki tadbirlar oʻtkazishga doir topshiriqning maqsadlari, vazifalari va shartlari koʻrsatiladi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlari davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish boʻyicha tanlov tashkil etadi, nodavlat notijorat tashkilotlaridan va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan tushgan takliflarni umumlashtiradi hamda ularni tegishincha Parlament komissiyasiga, jamoat komissiyalariga kiritadi.
Parlament komissiyasi yoki jamoat komissiyalari tegishincha Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, davlat ijtimoiy buyurtmalarini berishning maqsadga muvofiqligi va ularning hajmlari toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi, davlat buyurtmachilarining roʻyxatini va koʻrsatilgan mablagʻlarni ajratish rejalashtirilayotgan faoliyat yoʻnalishlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni koʻrib chiqish uchun tegishincha Parlament komissiyasiga, jamoat komissiyalariga taqdim etadi.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi berilayotganda davlat ijtimoiy buyurtmasini berish toʻgʻrisida buyurtma yuborgan davlat organi va nodavlat notijorat tashkiloti yoki fuqarolik jamiyatining boshqa instituti oʻrtasida shartnoma tuziladi.
Davlat organlari Parlament komissiyasi, jamoat komissiyalari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalarini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha moliyalashtirishni amalga oshirishi mumkin. Bunda qoʻshimcha moliyalashtirish miqdori umumiy moliyalashtirish summasining 20 foizidan oshmasligi lozim.
Davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi va shartlari Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuninng 14-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
22-modda. Ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish
Ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish:
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi 69-moddasining birinchi qismi uchinchi xatboshi, 70-moddasining birinchi qismi 2-bandi.
ijtimoiy sheriklik subyektlarining oʻz mablagʻlari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan amalga oshiriladi.
Ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Ijtimoiy sheriklik subyektlarining huquq va majburiyatlari
23-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy sheriklik sohasidagi huquqlari
Keyingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻz ustavlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
Keyingi tahrirga qarang.
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda oʻz aʼzolari va ishtirokchilarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning turli masalalari boʻyicha tashabbuslar bilan chiqish, davlat organlariga tegishli takliflar kiritish;
fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan davlat organlarining qarorlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organlariga axborot olish toʻgʻrisida soʻrovlar bilan murojaat etish, shuningdek oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni tarqatish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuninng 6-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi qonunlari.
ijtimoiy sheriklik masalalari boʻyicha maslahatlashuvlar va muzokaralar oʻtkazish haqida tashabbuslar bilan chiqish, bitimlar va shartnomalar tuzish toʻgʻrisida takliflar kiritish, bitimlar va shartnomalarning loyihalarini tayyorlash hamda muhokama qilishda ishtirok etish;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar, bitimlar hamda shartnomalar, shuningdek boshqa qoʻshma hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻtkazish.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
24-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy sheriklik sohasidagi majburiyatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz faoliyatining ochiqligi va shaffofligini;
ijtimoiy sheriklik sohasidagi bitimlar va shartnomalar, dasturlar va loyihalar boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini;
ijtimoiy sheriklik doirasida faoliyatni amalga oshirish chogʻida fuqarolarning manfaatlari va ehtiyojlari hisobga olinishini;
ijtimoiy sheriklik doirasida taqdim etilgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkdan maqsadli foydalanilishini taʼminlashi shart.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
25-modda. Davlat organlarining ijtimoiy sheriklik sohasidagi huquqlari
Davlat organlari ijtimoiy sheriklik sohasida:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb etishga;
Keyingi tahrirga qarang.
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda ishchi guruhlar hamda komissiyalar tuzishga, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat organlari huzuridagi jamoatchilik-maslahat organlari ishida ishtirok etishini taʼminlashga;
Keyingi tahrirga qarang.
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan bitimlar hamda shartnomalar tuzishga, birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga, birgalikdagi tadbirlarni tashkil etishga qaratilgan maslahatlashuvlar va muzokaralar oʻtkazishga;
Keyingi tahrirga qarang.
ijtimoiy sheriklik doirasida berilgan davlat pul mablagʻlaridan va boshqa mol-mulkdan maqsadli foydalanilishi ustidan qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshirishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
26-modda. Davlat organlarining ijtimoiy sheriklik sohasidagi majburiyatlari
Davlat organlari ijtimoiy sheriklik sohasida:
faoliyatning nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlashni talab qiladigan ustuvor yoʻnalishlarini aniqlashi, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazish orqali aniqlashi;
nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ular ijtimoiy sheriklikda ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining tashabbuslari hamda takliflarini, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha tashabbuslari hamda takliflarini koʻrib chiqishi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishining borishi boʻyicha zarur hollarda jamoatchilik muhokamasini tashkil etishi, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ularni amalga oshirish samaradorligini yuksaltirishga doir takliflarini koʻrib chiqishi;
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oldindan maslahatlashuvlar hamda muzokaralar oʻtkazilishini taʼminlashi;
ijtimoiy sheriklik sohasidagi bitimlar va shartnomalar, dasturlar hamda loyihalar boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat organlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
27-modda. Nizolarni hal etish
Ijtimoiy sheriklik sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28-modda. Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
30-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun 2015-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 25-sentabr,
OʻRQ-376-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 39-son, 488-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)