toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QISHLOQ XOʻJALIGIDA IJARA MUNOSABATLARINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 24-martdagi PF-3226-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda qishloqda ijara munosabatlarini keng rivojlantirish va haqiqiy mulkdorlarni shakllantirish asosida qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasi 1-qismining yangi tahririga muvofiq qishloq xoʻjaligi maqsadidagi yerlar shirkat xoʻjaliklariga ellik yilgacha muddatga, biroq kamida oʻttiz yilga tovar qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi yuritish uchun maqsadli yoʻnaltirilgan holda ijaraga berilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Yer resurslari davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari 2003-2004-yillarda barcha qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) yer uchastkalaridan foydalanishning ijara shakliga oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2003-2004-yillarda qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ning yer uchastkalariga boʻlgan huquqini uzoq muddatli ijara shakliga qayta rasmiylashtirish jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilansinki, qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkasidan foydalanganligi uchun toʻlov qonunchilikda belgilangan stavkalar boʻyicha va muddatlarda yagona yer soligʻi shaklida undiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Quyidagilar:
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) tomonidan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olishning namunaviy shartnomasi 2-ilovaga muvofiq;
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning namunaviy ustavi 3-ilovaga muvofiq;
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqni hamda qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) bilan fermer xoʻjaliklari oʻrtasida tuzilgan ijara shartnomalarini qayta rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ning yer uchastkalariga boʻlgan huquqini qayta rasmiylashtirish bilan bir vaqtda fermer xoʻjaliklarining ijara shartnomalari oʻzlari hududida joylashgan tumanlar hokimlari bilan qayta tuziladi.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:
ushbu qarorga 1 va 4-ilovalarga muvofiq qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ning yer uchastkalariga boʻlgan huquqi ijara shakliga qayta rasmiylashtirilishini hamda fermer xoʻjaliklari bilan ijara shartnomalari belgilangan Jadval va Nizomga muvofiq qayta tuzilishini;
ijara shartnomalari tuzilgandan keyin (qayta tuzilgandan keyin) qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) va fermer xoʻjaliklarining qayta roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Belgilansinki, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ning yer uchastkasiga boʻlgan huquqini qayta rasmiylashtirish, fermer xoʻjaliklari bilan ijara shartnomasini qayta tuzish, fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi kooperativlarini (shirkat xoʻjaliklarini) qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) va fermer xoʻjaligining arizasi yetarli hisoblanadi. Boshqa talablar va shartlar belgilanishiga, shuningdek biron-bir qoʻshimcha toʻlovlar va yigʻimlar undirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tumanlar hokimlari koʻrsatib oʻtilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarda va qatʼiy ravishda ushbu qarorga muvofiq amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradilar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda vazirliklar va idoralar boʻyicha tajriba, oʻquv-tajriba, yordamchi xoʻjaliklardagi yer uchastkalaridan foydalanish holatini oʻrganib chiqsinlar.
Oʻrganib chiqish yakunlari boʻyicha xoʻjalik yuritishning yangi sharoitlarida ular faoliyatini takomillashtirish, yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish holatlari aniqlangan hollarda esa — ularni olib qoʻyish masalasini koʻrib chiqish yuzasidan takliflar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishini ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borsinlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 5-noyabr,
486-son
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 5-noyabrdagi
486-son qaroriga
1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ning yer uchastkalariga boʻlgan huquqini uzoq muddatli ijara shakliga qayta rasmiylashtirish
JADVALI

T/r‎‏

Mintaqaning nomi ‎‏

Qishloq xoʻjaligi
‎kooperativlari
‎ (shirkat xoʻjaliklari)ning
‎soni, jami‎‏

shu jumladan:‎‎

2003-yil, IV chorak‎

2004-yil, I chorak ‎

1.‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi ‎

87‎

35‎

52‎

2.‎ Andijon ‎ 186‎ 74‎ 112‎
3.‎ Buxoro ‎ 108‎ 43‎ 65‎
4.‎ Jizzax 63‎ 25‎ 38‎
5.‎ Qashqadaryo ‎ 131‎ 52‎ 79‎
6.‎ Navoiy ‎ 66‎ 26‎ 40‎
7.‎ Namangan ‎ 135‎ 54‎ 81‎
8.‎ Samarqand ‎ 214‎ 86‎ 128‎
9.‎ Sirdaryo‎ 32‎ 13‎ 19‎
10.‎ Surxondaryo ‎ 129‎ 52‎ 77‎
11.‎ Toshkent 164‎ 66‎ 98‎
12.‎ Fargʻona 152‎ 61‎ 91‎
13.‎ Xorazm ‎ 89‎ ‎36 ‎53
Jami‎‎ 1556‎ 623‎ 933‎
Izoh: Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ning yer uchastkalariga boʻlgan huquqni qayta rasmiylashtirish bilan bir vaqtda fermer xoʻjaliklarining tumanlar hokimlari bilan ijara shartnomasi qayta tuziladi.
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 5-noyabrdagi
486-son qaroriga
2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) tomonidan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olishning
NAMUNAVIY SHARTNOMASI


‎200__yil “_____”____________‎


‎__________________________
‎(shartnoma tuzilgan joy) ‎

_________________________‎
(nomi)

viloyati______________________‎
(nomi)

tumani hokimligi‎

hokim ____________________________
‎(Familiyasi, ismi, otasining ismi)‎

‎‎orqali, keyingi oʻrinlarda “Ijaraga beruvchi” deb ataladi,
bir tomondan va ‎_______________

___________________________
‎(qishloq xoʻjaligi kooperativi)

‎‎_____________________________________________________________________________________________
‎(shirkat xoʻjaligining nomi)

‎‎_____________________________________________________________________________________________
‎(shirkat xoʻjaligi raisining familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎orqali, keyingi oʻrinlarda “Ijaraga oluvchi” deb ataladi, ikkinchi tomondan 200__ yil “___”________dagi ___-son qaror asosida ushbu Shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzishdi:
I. Shartnomaning mavzusi
1. Ijaraga beruvchi 200__yil “___”________dan ________yil muddatga __________________________________da joylashgan ____________gektar yer uchastkasini ijaraga topshiradi, Ijaraga oluvchi esa qabul qilib oladi.
Ijaraga oluvchining yer uchastkasi chegaralari mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan ilova qilinayotgan xaritada koʻrsatilgan.

2. Yer uchastkasi ________________________________________________________________qishloq xoʻjaligi
(ixtisoslashuvi) ‎

ishlab chiqarishini yuritish uchun beriladi.

3. Koʻrsatilgan yer uchastkasida quyidagi qishloq xoʻjaligi yerlari joylashgan:
sugʻoriladigan haydaladigan yerlar – __________________ga;
lalmikor haydaladigan yerlar – _________________ga;
bogʻlar – ______________ga;
uzumzorlar – _________________ga;
tutzorlar – _____________ga;
boshqa koʻp yillik daraxtlar – ____________ga;
pichanzorlar va yaylovlar – _____________ga;
boʻz yerlar – _____________ga;
Yerlarning tarkibi va maydoni toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan yerlarning ilova qilinayotgan izohlarida keltirilgan.
4. Ijaraga beriladigan sugʻoriladigan yerlarning tavsifi:
suv bilan taʼminlanganligi—________________%;
sugʻorib kelinayotgan muddati — ______________;
madaniylashtirilganligi — ______________;
eroziyaga uchraganlik darajasi — _____________;
toshloqlik darajasi — _____________;
shoʻrlanish darajasi — _______________;
sizot suvlarning joylashish chuqurligi —_______________m;
tuproq bontetining oʻrtacha oʻlchangan bali — ________________.
5. Yer uchastkasining kuchsizlanganligi — _________________;
6. Servitutlar ____________________.
II. Ijara haqi
Oldingi tahrirga qarang.
7. Yer uchun ijara haqi yagona yer soligʻi tarzida, qonunchilikda belgilangan stavkalar boʻyicha va muddatlarda toʻlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 544-moddasining birinchi, ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVI boʻlimi (Yer soligʻi), Oʻzbekiston Respublikasi “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Yagona yer soligʻini oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya undiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 110-moddasi.
III. Yer uchastkasini berish va undan foydalanish shartlari
9. Yer uchastkasidan ushbu Shartnomaning 2-bandida koʻrsatilgan maqsadlarda, belgilangan almashlab ekishlarga muvofiq foydalanilishi kerak.
10. Ichki xoʻjalik obyektlari qurishda va keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olishda Ijaraga oluvchi tomonidan buzilgan yer uchastkalari Ijaraga oluvchining kuchi bilan va uning mablagʻlari hisobiga qayta madaniylashtiriladi.
11. Yer uchastkasi berish va undan foydalanishning boshqa shartlari

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________‎

IV. Ijaraga beruvchining huquq va majburiyatlari
12. Ijaraga beruvchi belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Ijaraga oluvchi tomonidan Shartnoma shartlari buzilganda yoxud yer uchastkasini yoki uning bir qismini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish zarur boʻlganda ushbu Shartnomani oʻzgartirishni yoki bekor qilishni talab qilish;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
yer uchastkasining kuchsizlanganligi darajasini aniqlash.
Ijaraga beruvchining boshqa huquqlari ________________________________
13. Ijaraga beruvchi quyidagilarga majbur:
ijaraga olingan yer uchastkasining belgilangan muddatlarda, Shartnoma shartlariga muvofiq holatda berilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
yerlar jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan taqdirda Ijaraga oluvchining koʻrgan zararlarini, shu jumladan boy berilgan foydasini toʻlash;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
qishloq xoʻjaligi ekinlari va daraxtlarni sugʻorish uchun ajratilgan limitlarga muvofiq suv berilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ijaraga oluvchining qonunchilikda belgilangan huquqlariga rioya qilish.
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ijaraga beruvchining boshqa majburiyatlari __________________________
V. Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari
14. Ijaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga hamda xoʻjalik ustaviga muvofiq mustaqil ravishda xoʻjalik yuritish;
qishloq xoʻjaligi ekinlari va daraxt koʻchatlariga, yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotiga va uni sotishdan olingan daromadlarga egalik qilish;
yer uchastkasida mavjud boʻlgan keng tarqalgan foydali qazilmalar, oʻrmonzorlar, suv obyektlaridan xoʻjalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish;
sugʻorish, yerlarning zaxini qochirish, texnik va boshqa meliorativ ishlarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
qishloq xoʻjaligi ekinlarini, daraxtlarni sugʻorish va boshqa maqsadlar uchun sugʻorish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish;
ichki xoʻjalik maqsadlari uchun ishlab chiqarish hamda boshqa imoratlar va inshootlarni belgilangan tartibda barpo etish;
yerlar olib qoʻyilgan taqdirda oʻziga yetkazilgan zararlarni, shu jumladan boy berilgan foydani toʻlatish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijaraga oluvchi “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida va boshqa qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.
(14-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
15. Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur:
yer uchastkasining ixtisoslashuvini mazkur Shartnomaning 2-bandiga muvofiq saqlash;
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan mahsulot yetishtirilishini tashkil etish (ixtisoslashuvni hisobga olgan holda);
yerdan uning belgilangan maqsadiga qatʼiy muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qoʻllash, oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida hududdagi ekologik vaziyatning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik;
ishlayotgan irrigatsiya va meliorativ tarmoqlarni, muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
yerlarni muhofaza qilish boʻyicha qonunchilikda nazarda tutilgan kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
(15-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
yagona yer soligʻini oʻz vaqtida toʻlash;
boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yerni ijaraga oluvchilar va yer uchastkalari mulkdorlarining huquqlarini buzmaslik;
belgilangan shakllardagi hisobotlarni oʻz vaqtida taqdim etish;
boshqa yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yerni ijaraga oluvchilarga va yer uchastkalari mulkdorlariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda toʻlash;
qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligi (uch yil mobaynidagi oʻrtacha yillik hisobda) yerlarning normativdagi kadastr bahosidan past boʻlmagan darajada boʻlishini taʼminlash;
arxitektura-shaharsozlik normalari va talablariga rioya etish, shu jumladan qurilishga ruxsat olish va loyihani arxitektura organlari bilan kelishish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijaraga oluvchi “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida va boshqa qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham egadir.
(15-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
VI. Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini
oʻzgartirish va bekor qilish
16. Ushbu Shartnoma tomonlarning kelishuviga koʻra, tomonlarning kelishuviga erishilmagan taqdirda esa – sud qaroriga koʻra oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
17. Ushbu Shartnoma quyidagi hollarda:
shirkat xoʻjaligi tugatilganda;
yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda;
yerdan belgilangan maqsadda foydalanilmaganda, samarasiz foydalanilganda, yaʼni Ijaraga oluvchining aybi bilan muntazam ravishda (uch yil mobaynida) normativdagi kadastr bahosidan kam miqdorda hosil olinganda;
yerlarning ekologik holati Ijaraga oluvchining aybi bilan yomonlashganda;
yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qoʻyilganda.
Shartnoma amaldagi qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham bekor qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28 bobi (“Shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish”).
VII. Tomonlarning javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
18. Tomonlardan biri ushbu Shartnomaning shartlarini bajarmaganda yoki qonunchilikni muntazam ravishda buzganda ikkinchi tomon ushbu Shartnomaning belgilangan tartibda bekor qilinishini talab qilishga haqlidir.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
19. Bartaraf etilishi mumkin boʻlgan har qanday qonun buzilishi Shartnomaning bekor qilinishiga sabab boʻlmaydi.
20. Tomonlardan biri Shartnomani bekor qilish moʻljali toʻgʻrisida ikkinchi tomonni Shartnoma bekor qilinishi sabablarini asoslagan holda moʻljallanayotgan bekor qilish sanasidan uch oy oldin yozma ravishda xabardor qiladi.
VIII. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
21. Ushbu Shartnomani amalga oshirishda paydo boʻladigan nizolar amaldagi qonunchilikka muvofiq hal etiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IX. Shartnomaning alohida shartlari*

____________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________

X. Yakuniy qoidalar
Ushbu Shartnoma ikki nusxada tuzilgan, ulardan birinchisi

‎Ijaraga oluvchiga ____________________________________________________ beriladi, ‎ikkinchisi
‎(shirkat xoʻjaligining nomi)
______________________________________________tumaning yer resurslari boʻyicha tuman xizmatida saqlanadi.
‎(tumanning nomi) ‎‎

‎‎‎‎Shartnoma yer uchastkasi joylashgan joydagi yer resurslari boʻyicha tuman xizmatida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab kuchga kiradi.

‎‎Tomonlarning yuridik manzillari:

Ijaraga beruvchi:‎

Ijaraga oluvchi:‎‎‎

‎‎_________________________
‎_________________________
‎_________________________

_________________________
‎_________________________
‎_________________________‎‎

‎‎Tomonlarning imzolari:‎

Ijaraga beruvchi —‎‎‎

Ijaraga oluvchi —‎‎‎ ‎

________________ tuman hokimi‎‎

_________________________‎‎

Imzo _________________‎‎______
‎M.Oʻ.‎
‎‎Imzo _________________‎‎______
‎‎M.Oʻ.‎‎

‎‎Shartnoma 200____ yil “ ______ ” ______________da ______ — son tartib raqami bilan‎‎

______________________
‎(nomi)‎

viloyati ‎‎___________________________________
‎(nomi)‎

‎‎tumani yer resurslari boʻyicha tuman xizmatida roʻyxatdan
oʻtkazilgan.‎
‎M.Oʻ.‎‎‎_________________‎‎______

___________________‎‎______
‎(F.I.O.)

Izoh: IX “Shartnomaning alohida shartlari” boʻlimida mazkur Namunaviy shartnomada nazarda tutilmagan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shartlar koʻrsatiladi.
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 5-noyabrdagi
486-son qaroriga
3-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning
Namunaviy ustavi
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) (keyingi oʻrinlarda “shirkat xoʻjaligi” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq shirkat xoʻjaligi taʼsis yigʻilishining qarori asosida tashkil etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2. Shirkat xoʻjaligi oʻzi negizida tashkil etilayotgan xoʻjalikning shartnoma va majburiyatlari boʻyicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi.
3. Shirkat xoʻjaligi davlat roʻyxatidan oʻtgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi, oʻz faoliyatida qonun hujjatlariga, oʻz Ustaviga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shirkat xoʻjaligi mustaqil balansga, bank muassasasida hisob raqamlariga, nomi yozilgan muhrga va shtampga ega boʻladi, sudlarda daʼvogar va javobgar sifatida ishtirok etishi mumkin, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ham, shuningdek undan tashqarida ham qonunchilikka zid boʻlmagan har qanday bitishuvlarni tuzish huquqiga ega boʻladi,.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Shirkat xoʻjaligi oʻz faoliyatini tijorat asosida amalga oshiradi, faoliyatining natijalari va majburiyatlar bajarilishi yuzasidan javob beradi. Shirkat xoʻjaligi davlatning va oʻz aʼzolarining majburiyatlari yuzasidan, davlat esa shirkat xoʻjaligi va uning aʼzolari majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Shirkat xoʻjaligining mol-mulki daxlsizdir va uning davlat organlari tomonidan olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. Ustavda shirkat xoʻjaligining nomi, joylashgan joyi, shuningdek ixtisoslashuvi koʻrsatiladi.
II. Shirkat xoʻjaligining maqsadi, faoliyati sohasi, huquq va majburiyatlari
7. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash hajmini koʻpaytirish, xizmat koʻrsatish turlarini kengaytirish asosida daromad (foyda) olish va shirkat xoʻjaligi aʼzolarining turmush farovonligini oshirish shirkat xoʻjaligi faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
8. Quyidagilar shirkat xoʻjaligi faoliyatining sohasi hisoblanadi:
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, isteʼmol tovarlari va ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlar ishlab chiqarish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini qayta ishlash, saqlash, sotish, shu jumladan oʻz savdo shoxobchalari orqali sotish;
ishlab chiqarish, uy-joy, madaniy-maishiy, ijtimoiy va boshqa maqsadlarga moʻljallangan obyektlarni qurish va taʼmirlash ishlari;
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda aholiga transport-foydalanish xizmatlari va boshqa xizmatlar koʻrsatish;
marketing tadqiqotlari va tijorat faoliyatini tashkil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
shirkat xoʻjaligi qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini ham amalga oshirishi mumkin.
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikka muvofiq faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnomalar olish talab etilsa, u holda faoliyatning bunday turi tegishli litsenziya olingandan keyin amalga oshiriladi.
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
9. Shirkat xoʻjaligi oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
shirkat xoʻjaligi Ustavida nazarda tutilgan ixtisoslashuvga va tuzilgan shartnomalarga muvofiq oʻziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkasida ishlab chiqarish faoliyatini mustaqil tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotlarga narxlarni shartnoma asosida mustaqil belgilash va mahsulotlarni, agar qonunchilikda oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, tuzilgan shartnomalar asosida oʻz xohishiga koʻra sotish;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni sotib olish;
yerning unumdorligini oshirish;
moddiy-texnika resurslari sotib olish;
investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
uyushmalar, ittifoqlar va boshqa birlashmalarga kirish;
boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan asbob-uskunalar va boshqa mol-mulkni sotib olish, ijaraga olish yoki vaqtincha foydalanish uchun olish;
yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaxslarga uch yilgacha muddatga subijaraga berish;
oʻz mol-mulkini sotish, ijaraga berish, garovga qoʻyish va boshqa usul bilan oʻzgaga berish;
bogʻlar va uzumzorlarni ijaraga berish;
kreditlar olish.
10. Shirkat xoʻjaligining majburiyatlari:
yer va suv resurslaridan samarali va maqsadli foydalanilishini taʼminlash;
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yer uchastkasining unumdorligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, biznes-rejalarda ushbu maqsadlar uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutish;
ekologiya talablariga va atrof muhitni muhofaza qilishning boshqa qoidalariga rioya qilish;
yer va suv resurslaridan foydalanishning ichki xoʻjalik hisobi va hisobotini tashkil etish;
ekinlarni navlar boʻyicha joylashtirishning belgilangan talablariga rioya qilish;
suv resurslaridan va boshqa moddiy-texnika resurslaridan tejab foydalanish uchun xoʻjalik ichki pudratchilari va ijarachilarni iqtisodiy ragʻbatlantirish;
suv resurslaridan suvdan limit boʻyicha foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq foydalanish;
yangi agrotexnologiyalarni joriy etish;
suvni tejash tadbirlarini amalga oshirish;
xoʻjalik ichki gidromelioratsiya tizimini oʻz vaqtida taʼmirlash va shoʻrlangan yerlarni yuvish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va boshqa mahsulotlar yetishtirishda standartlar talablariga rioya qilish;
qishloq xoʻjaligi zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash olib borish;
mehnatga oʻz vaqtida haq toʻlash;
shirkat xoʻjaligi aʼzolari va unda mehnat shartnomasi boʻyicha ishlovchi shaxslarning mehnat faoliyati hisobini yuritish, ularga xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Shirkat xoʻjaligi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar boʻyicha oʻzga huquqlarga egadir va ular boʻyicha javob beradi.
(10-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
III. Yer uchastkasi va undan foydalanish
11. Shirkat xoʻjaligiga yer uchastkasi ellik yilgacha muddatga uzoq muddatli ijaraga beriladi. Ijaraga berilgan yer uchastkasi davlat mulki hisoblanadi va u xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, ayirboshlash, garov, hadya qilish obyekti boʻlishi mumkin emas.
Yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanuvchi shirkat xoʻjaligi yer uchastkalarini qoʻshimcha ravishda ijaraga olishi mumkin.
Yer uchastkasining ijara shartnomasi tomonlarning kelishuviga koʻra, tomonlar kelishuvga erishmagan taqdirda esa — sud tomonidan oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
12. Shirkat xoʻjaligiga berilgan yerlar jamoat foydalanishidagi yerlardan va dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berib qoʻyilgan yerlardan iboratdir.
13. Shirkat xoʻjaligi yerdan oqilona va samarali foydalanishni, uning unumdorligini pasaytirmaslikni va ekologik vaziyatning yomonlashuviga yoʻl qoʻyilmaslikni taʼminlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Shirkat xoʻjaligining qishloq xoʻjaligi ekin maydoni, qoida tariqasida, oilalarga (jamoalarga) oila (jamoa) pudrati shartnomasi shartlari asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida qonunchilikda va umumiy yigʻilish tomonidan belgilangan tartibda besh yil muddatga vaqtincha foydalanish uchun beriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Yer uchastkasidan foydalanish muddati tamom boʻlgandan keyin oilalar (jamoalar) oila (jamoa) pudrati shartnomasini yangi muddatga uzaytirish (choʻzish) huquqiga egadir.
Oila (jamoa) pudratchilariga yer uchastkasini berish dalolatnoma bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Shirkat xoʻjaligi aʼzolari oilalariga, shuningdek shirkat xoʻjaligi hududida doimiy yashayotgan oʻqituvchilar, vrachlar va boshqa mutaxassislarning oilalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida dehqon xoʻjaliklarini yuritish uchun yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda shirkat xoʻjaligi umumiy yigʻilishining iltimosnomasi asosida tuman hokimining qaroriga koʻra ajratib beriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Shirkat xoʻjaligining yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda yerning unumdorligini oshirish, shuningdek binolar, inshootlar va koʻp yillik daraxtzorlar qiymati bilan bogʻliq xarajatlar, yetkazilgan boshqa zararlar qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda qoplanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Shirkat xoʻjaligi tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan taqdirda yer uchastkasi qonunchilikda belgilangan tartibda ijaraga beruvchiga qaytariladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Shirkat xoʻjaligiga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun toʻlov qonunchilikda belgilangan stavkalar va muddatlar boʻyicha yagona yer soligʻi tariqasida undiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 544-moddasining birinchi, ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVI boʻlimi (Yer soligʻi), Oʻzbekiston Respublikasi “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi.
IV. Shirkat xoʻjaligi mol-mulkini shakllantirish tartibi
19. Asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar, shuningdek shirkat xoʻjaligining mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklar shirkat xoʻjaligining mulki hisoblanadi.
20. Quyidagilar shirkat xoʻjaligi mol-mulkini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
asosiy fondlar va boshqa fondlar qiymati;
yetishtirilgan mahsulotlar;
mahsulotlarni sotishdan va koʻrsatilgan xizmatlardan tushgan daromad (foyda);
shirkat xoʻjaligi aʼzolarining pul va moddiy badallari;
bank kreditlari;
qimmatli qogʻozlar;
buyurtmachilardan olingan avanslar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
21. Shirkat xoʻjaligi mol-mulki shirkat xoʻjaligi balansida aks ettirilgan uzoq muddatli va aylanma aktivlardan iborat.
22. Shirkat xoʻjaligi mol-mulkini shakllantirishda yuridik va jismoniy shaxslar shartnoma asosida oʻzlarining pul badallari va moddiy resurslari bilan ishtirok etishlari mumkin.
23. Shirkat xoʻjaligi tomonidan tashkil etiladigan shuʼba korxonalarning mol-mulki, shuningdek uning xoʻjaliklararo tashkilotlar mulkidagi ulushi shirkat xoʻjaligining mulki hisoblanadi.
24. Shirkat xoʻjaligi mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni oʻz xohishiga koʻra tasarruf etish huquqini amalga oshiradi. Shirkat xoʻjaligi mol-mulki har yili xatlovdan oʻtkaziladi va uning natijalari shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy yigʻilishida tasdiqlanadi.
V. Ustav fondi va uni taqsimlash
25. Shirkat xoʻjaligi faoliyatini taʼminlash uchun pay jamgʻarmasi va boʻlinmas fonddan iborat ustav fondi tashkil etiladi. Ustav fondi miqdori shirkat xoʻjaligi umumiy yigʻilishi tomonidan belgilanadi.
26. Ustavda shirkat xoʻjaligi ustav fondi va boʻlinmas fond miqdori koʻrsatiladi.
Boʻlinmas fondni tashkil etish va undan foydalanish tartibi shirkat xoʻjaligi umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadigan Boʻlinmas fondni tashkil etish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilanadi.
27. Pay jamgʻarmasi shirkat xoʻjaligi aʼzolarining mulkiy paylariga taqsimlanadi.
28. Aʼzolarning shirkat xoʻjaligi tashkil etilgan paytda aniqlangan mulkiy paylari ularning boshlangʻich mulkiy payi hisoblanib, uning miqdori taʼsis yigʻilishida tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Ustav fondi miqdori shirkat xoʻjaligi umumiy yigʻilishining qaroriga asosan taqsimlanmagan foydadan ajratma va boshqa manbalar hisobiga koʻpaytirilishi mumkin. Bu holda shirkat xoʻjaligi ustavi qonunchilikda belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
30. Shirkat xoʻjaligi oʻz aʼzolarining mablagʻlarini qoʻshimcha badallar sifatida jalb qilishi mumkin. Qoʻshimcha badallar pay jamgʻarmasiga kiritiladi. Shirkat xoʻjaligi aʼzolari pay jamgʻarmasiga kiritilgan qoʻshimcha badallar boʻyicha shirkat xoʻjaligining umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadigan Pay jamgʻarmasini shakllantirish, mulkiy paylarni taqsimlash va ular boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan tartibda dividendlar oladilar.
VI. Shirkat xoʻjaligining aʼzolari, ularning huquq va majburiyatlari
31. Oʻn olti yoshga toʻlgan, shirkat xoʻjaligi ustavini eʼtirof etadigan va uning talablariga rioya etadigan, shirkat xoʻjaligi faoliyatida va (yoki) uning jamgʻarmalarini shakllantirishda ishtirok etuvchi jismoniy shaxslar shirkat xoʻjaligi aʼzolari boʻlishlari mumkin.
Shirkat xoʻjaligiga aʼzolik undan vaqtincha chiqib ketgan shaxslar uchun quyidagi hollarda saqlanib qoladi:
haqiqiy muddatli harbiy xizmatni oʻtaganda;
davlat va jamoat organlariga saylab qoʻyiladigan lavozimga saylanganda;
ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqishga kirganda;
shirkat xoʻjaligi boshqaruvi tomonidan boshqa shirkat xoʻjaliklariga, xoʻjaliklararo va boshqa tashkilotlarga belgilangan muddatga ishga yoʻllanganda.
Shirkat xoʻjaligining qarilik yoki nogironlik boʻyicha ishni toʻxtatgan aʼzolari oʻzlarining shirkat xoʻjaligiga aʼzoliklarini uning umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilangan asos va shartlarda saqlab qoladilar.
Yuridik shaxslar shirkat xoʻjaligiga aʼzo boʻlishlari mumkin. Shirkat xoʻjaligiga aʼzo boʻlgan yuridik shaxslarning shirkat xoʻjaligi bilan oʻzaro munosabatlari ular oʻrtasida tuziladigan shartnoma bilan belgilanadi.
32. Shirkat xoʻjaligini tashkil etishda taʼsis yigʻilishida tasdiqlangan aʼzolar tarkibi roʻyxati va ularning boshlangʻich mulkiy paylarining miqdori Ustavga ilova qilinadi va uning ajralmas qismi hisoblanadi.
33. Shirkat xoʻjaligi aʼzolari sonini koʻpaytirish umumiy yigʻilishning mutlaq vakolatiga kiradi. Shirkat xoʻjaligiga aʼzolikka qabul qilish shaxsning yozma arizasi asosida amalga oshiriladi.
Shirkat xoʻjaligi aʼzolari bilan mehnat munosabatlari shirkat xoʻjaligi raisining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Mehnat shartnomasi va boshqaruvning qarori buyruq chiqarish uchun asos hisoblanadi. Shirkat xoʻjaligi raisining buyrugʻi shirkat xoʻjaligi aʼzolarining navbatdagi umumiy yigʻilishida tasdiqlanadi.
Bunda shirkat xoʻjaligiga aʼzolikka qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida boshqaruv qarori ariza berilgan paytdan boshlab bir oy muddatda qabul qilinishi kerak.
Shirkat xoʻjaligi aʼzoligiga maxsus bilimlarga va ish tajribasiga ega boʻlgan shaxslarni qabul qilish zarur boʻlganda xoʻjalik boshqaruvi uch oygacha boʻlgan sinov muddati belgilashi mumkin.
Shirkat xoʻjaligiga aʼzolikka qabul qilinayotgan shaxs umumiy yigʻilish tomonidan belgilangan miqdorda shirkat xoʻjaligi pay jamgʻarmasiga ulush qoʻshishi yoxud chiqib ketgan aʼzoning payini sotib olishi kerak.
34. Shirkat xoʻjaligi aʼzolari quyidagi huquqlarga ega:
shirkat xoʻjaligini boshqarishda ishtirok etish;
shirkat xoʻjaligi boshqaruv organlariga saylash va saylanish;
shirkat xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot olish, uning hujjatlari bilan tanishish;
oʻz mehnati natijalariga muvofiq daromadlar olish;
mulkiy paylar boʻyicha dividendlar olish;
shirkat xoʻjaligi tugatilgan taqdirda kreditorlar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qoladigan mol-mulkdan oʻz ulushini yoki uning qiymatini olish;
shirkat xoʻjaligining mahsulotlari va xizmatlaridan ustuvor tartibda foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
shirkat xoʻjaligi aʼzoligidan oʻz xohishiga koʻra chiqish, oʻzining mulkiy payini qonunchilik va Ustavga muvofiq vasiyat qilib qoldirish;
(34-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
(34-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
35. Shirkat xoʻjaligi aʼzolarining majburiyatlari:
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik, shirkat xoʻjaligining taʼsis hujjatlari talablariga rioya qilish, uning boshqaruv organlari qarorlarini bajarish;
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
shirkat xoʻjaligi faoliyatiga taalluqli sir tutiladigan axborotni va tijorat axborotini oshkor qilmaslik;
shirkat xoʻjaligi mol-mulkini ehtiyot qilish, ishlab chiqarish vositalaridan tejab va samarali foydalanish;
shirkat xoʻjaligida mehnat qilish va oʻz mehnati natijalari uchun javob berish, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga, mehnatni va tabiatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Shirkat xoʻjaligi va uning aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar qonunchilik, Ustav hamda shirkat xoʻjaligi boshqaruv organlarining qarorlari asosida tartibga solinadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Shirkat xoʻjaligi oʻz aʼzolari va yollangan xodimlarning mehnatiga haq toʻlash shakllari, tizimi va shartlarini qonunchilikka va oila (jamoa) pudrati shartnomasiga muvofiq mustaqil ravishda belgilaydi. Har bir aʼzoning daromadi uning mehnati ulushiga hamda yil yakuni boʻyicha shirkat xoʻjaligi faoliyatining pirovard natijasiga bogʻliq boʻladi. Shirkat xoʻjaligi har bir aʼzosining oylik daromadi belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlishi mumkin emas. Uning yuqori chegarasi belgilanmaydi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
38. Shirkat xoʻjaligiga aʼzolik:
shirkat xoʻjaligi aʼzoligidan ixtiyoriy ravishda chiqilganda;
shirkat xoʻjaligi aʼzoligidan chiqarilganda;
shirkat xoʻjaligi xoʻjalik yuritishning boshqa shakllariga qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda toʻxtatiladi.
Umumiy yigʻilish tomonidan shirkat xoʻjaligi aʼzoligidan chiqarish:
shirkat xoʻjaligi faoliyatida mehnat ishtiroki toʻxtatilganda, uning Ustavida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq shirkat xoʻjaligi Ustavida belgilangan boshqa hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
(38-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Shirkat xoʻjaligi aʼzoligidan chiqarish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Shirkat xoʻjaligi aʼzosi shirkat xoʻjaligi tarkibidan oʻz tashabbusi bilan chiqish toʻgʻrisida shirkat xoʻjaligi boshqaruvini oʻzining moʻljallanayotgan chiqishi sanasidan kamida ikki hafta oldin yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Shirkat boshqaruvi shirkat xoʻjaligi aʼzosining shirkatdan chiqish toʻgʻrisidagi arizasi asosida aʼzolikdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va uni tasdiqlash uchun umumiy yigʻilishga kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shirkat xoʻjaligi aʼzolari bilan, shuningdek yollangan xodimlar bilan mehnat munosabatlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(38-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
VII. Shirkat xoʻjaligi aʼzolarining mulkiy paylari va ularning hisobi
39. Shirkat xoʻjaligi aʼzolarining mulkiy paylari miqdori umumiy yigʻilish tomonidan tasdiqlanadigan Pay jamgʻarmasini shakllantirish, mulkiy paylarni taqsimlash va ular boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga binoan belgilanadi.
40. Pay jamgʻarmasi va tegishli ravishda shirkat xoʻjaligi aʼzolari mulkiy paylari miqdorining oʻzgarishi (koʻpayishi yoki kamayishi) umumiy yigʻilish qarori bilan amalga oshiriladi.
41. Shirkat xoʻjaligi aʼzolarining mulkiy payi nomi yozilgan dalolatnoma bilan rasmiylashtirilib, roʻyxatga olish raqamiga ega boʻladi va u qimmatli qogʻozlar toifasiga kirmaydi.
42. Har bir aʼzo uchun shirkat xoʻjaligi moliya-hisob-kitob markazida shaxsiy hisob raqami ochiladi va unda uning boshlangʻich mulkiy payi va qoʻshimcha pay badallari, shuningdek toʻlangan dividendlar aks ettirib boriladi. Barcha aʼzolarning shaxsiy hisob raqamlaridagi mulkiy paylarining yigʻindisi shirkat xoʻjaligining pay jamgʻarmasi miqdoriga teng boʻlishi kerak. Shirkat xoʻjaligi aʼzolarining mulkiy paylari miqdori ular tomonidan kiritilgan qoʻshimcha badallar miqdoriga oshadi.
VIII. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
43. Tijorat faoliyatidan olingan daromad (foyda) soliq va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan soʻng butunlay shirkat xoʻjaligi tasarrufida boʻladi va uni shirkat xoʻjaligi mustaqil ravishda tasarruf etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
44. Shirkat xoʻjaligining zararlari qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
45. Shirkat xoʻjaligining daromadi (foydasi) umumiy yigʻilishning qarori bilan aʼzolarga dividendlar toʻlash va ustav fondi miqdorini koʻpaytirish, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa maqsadlar uchun taqsimlanadi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
46. Har bir aʼzoning mulkiy paylari boʻyicha dividendlar miqdorini aniqlash va taqsimlash Pay jamgʻarmasini shakllantirish, mulkiy paylarni taqsimlash va ular boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga binoan amalga oshiriladi.
47. Shirkat xoʻjaligi daromadi (foydasi)ning paylar boʻyicha dividendlar toʻlash uchun moʻljallangan qismi yil yakunlariga koʻra mulkiy payning miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi va toʻlanadi.
IX. Paylarni ajratib berish va meros qilib qoldirish
48. Shirkat xoʻjaligidan chiqish fermer xoʻjaligi yoki yangi shirkat xoʻjaligi tashkil etish maqsadida amalga oshirilgan hollarda mulkiy paylar 15 kun muddatdan kechikmay pul shaklida toʻlanadi.
49. Shirkat xoʻjaligi aʼzosining mulkiy payini meros qilib qoldirish faqat uning qiymatdagi ifodasida amalga oshiriladi.
50. Payga mulkchilik huquqlarining merosxoʻrlarga oʻtishi shirkat xoʻjaligi boshqaruvida roʻyxatdan oʻtkazish yoʻli bilan Pay jamgʻarmasini shakllantirish, mulkiy paylarni taqsimlash va ular boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
X. Shirkat xoʻjaligining boshqaruv organlari va ularning vakolatlari
51. Shirkat xoʻjaligining umumiy yigʻilishi (vakillar yigʻilishi), boshqaruvi va taftish komissiyasi (taftishchi) shirkat xoʻjaligining boshqaruv organlari hisoblanadi. Shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy yigʻilishi shirkat xoʻjaligi boshqaruvining yuqori organi hisoblanadi. Umumiy yigʻilish moliya yili tugagandan keyin oʻtkaziladi. Umumiy yigʻilish shirkat xoʻjaligi boshqaruvining (raisining) qaroriga binoan yoki shirkat xoʻjaligi aʼzolari kamida uchdan bir qismining tashabbusi bilan navbatdan tashqari chaqirilishi mumkin.
52. Umumiy yigʻilish:
shirkat xoʻjaligining Ustavini qabul qiladi va unga belgilangan tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi;
shirkat xoʻjaligining raisi, shirkat xoʻjaligining boshqaruvi va taftish komissiyasi aʼzolarini (taftishchini) saylaydi va ularni chaqirib oladi, ularning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi va faoliyatiga baho beradi;
shirkat xoʻjaligi aʼzoligiga qabul qilish, aʼzolikdan chiqarish toʻgʻrisidagi masalalarni, shuningdek shirkat xoʻjaligi aʼzoligidan chiqish bilan bogʻliq masalalarni hal etadi;
shirkat xoʻjaligining ichki mehnat tartibi va mehnatga haq toʻlash tartibini belgilaydi;
oila (jamoa) pudrati toʻgʻrisidagi nizomni va boshqa xoʻjalik ichki normativ hujjatlarni qabul qiladi;
shirkat xoʻjaligi aʼzolarining mulkiy paylari miqdorini belgilaydi;
shirkat xoʻjaligi faoliyatining biznes-rejalarini va ularning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;
daromadni (foydani) taqsimlash tartibini, shirkat xoʻjaligining boʻlinmas, pay va boshqa jamgʻarmalari turlarini, miqdorini va ulardan foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi;
yerdan foydalanish, yer tuzish masalalarini hal etadi, shuningdek Shirkat xoʻjaligi aʼzolari oilalariga, shuningdek shirkat xoʻjaligi hududida doimiy yashayotgan oʻqituvchilar, vrachlar va boshqa mutaxassislarning oilalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida dehqon xoʻjaliklarini yuritish uchun yer uchastkalari berish toʻgʻrisida tuman hokimiga iltimosnoma kiritadi;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun oilalarga (jamoalarga) pudrat shartlarida yer uchastkalari ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
fermer xoʻjaliklariga tanlov asosida yer uchastkalarini ijaraga berish toʻgʻrisida tuman hokimiga iltimosnoma kiritadi;
shirkat xoʻjaligini qayta tashkil etish va tugatish, uning uyushmalar, jamiyatlar, agrofirmalar va boshqa birlashmalarga kirishi va ulardan chiqishi masalalarini hal etadi.
53. Aʼzolarining soni besh yuz kishidan ortiq boʻlgan yirik shirkat xoʻjaliklarida umumiy yigʻilish vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun vakillar yigʻilishi chaqirilishi mumkin.
Vakillar oilaviy (jamoaviy) pudratchilarning va shirkat xoʻjaligi boshqa boʻlinmalarining yigʻilishlarida shirkat xoʻjaligi aʼzolari orasidan umumiy yigʻilish tomonidan belgilangan muddatga saylanadilar. Vakillarning vakillik normalari shirkat xoʻjaligi aʼzolarini shirkat xoʻjaligini boshqarishga eng koʻp darajada jalb etishni hisobga olgan holda shirkat xoʻjaligi boshqaruvi tomonidan belgilanadi. Shirkat xoʻjaligi raisi, boshqaruv aʼzolari, shirkat xoʻjaligi taftish komissiyasi aʼzolari vakillar yigʻilishi ishida majburiy tartibda qatnashadilar.
Shirkat xoʻjaligi raisini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, shirkat xoʻjaligini qayta tashkil etish va uning faoliyatini toʻxtatish masalalari boʻyicha qarorlar faqat umumiy yigʻilish tomonidan qabul qilinadi.
54. Shirkat xoʻjaligi aʼzolari yoki ularning vakillarining umumiy majlisi shirkat barcha aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan (yoki ularning vakillari qatnashgan) taqdirdagina masalalarni hal etish huquqiga ega boʻladi. Umumiy yigʻilish qatnashchilarining soni yuz kishidan ortiq boʻlsa, shuningdek yashirin ovoz beriladigan hollarda sanoq komissiyasi saylanadi.
55. Shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy yigʻilishi (vakillar yigʻilishi) qarorlari ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ustavga oʻzgartirishlar kiritish, ustav fondi miqdorini oʻzgartirish, shirkat xoʻjaligini qayta tashkil qilish va tugatish masalalari boʻyicha qarorlar umumiy yigʻilish ishtirokchilarining yoki ular vakillarining toʻrtdan uch qismining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinishi kerak. Shirkat xoʻjaligi aʼzosi boʻlmagan va unda mehnat shartnomasi asosida ishlaydigan shaxslar umumiy yigʻilishda maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishi mumkin.
56. Shirkat xoʻjaligi boshqaruvi umumiy yigʻilish chaqirilishi haqida aʼzolarni yigʻilish oʻtkaziladigan sanadan kamida yetti kun oldin xabardor qilishi shart.
57. Mulkiy ulushi miqdoridan qatʼi nazar, shirkat aʼzosi bir ovozga ega boʻladi.
58. Shirkat xoʻjaligi aʼzolari umumiy yigʻilishida saylanadigan boshqaruv ijro etuvchi organ hisoblanadi.
Shirkat xoʻjaligi boshqaruvi quyidagi vakolatlarga ega:
shirkat xoʻjaligi faoliyatining biznes-rejalarini ishlab chiqish va umumiy yigʻilish (vakillar yigʻilishi) tasdigʻiga kiritish;
shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy yigʻilishini (vakillar yigʻilishini) chaqirish hamda ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini nazorat qilish;
shirkat xoʻjaligiga yangi aʼzolar qabul qilish va aʼzolikni tugatish toʻgʻrisidagi qarorni umumiy yigʻilish (vakillar yigʻilishi) tasdigʻiga kiritish;
shirkat xoʻjaligi mol-mulkining saqlanishini taʼminlash hamda yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishiga doir choralarni koʻrish;
zarurat boʻlganda mustaqil auditorlik tekshirishlari oʻtkazilishini tashkil etish;
yerdan foydalanish, yer tuzish va yer uchastkalari ajratish boʻyicha takliflarni umumiy yigʻilishning koʻrib chiqishi uchun kiritish;
suv xoʻjaligi xizmatini va boshqa infratuzilmani tashkil etish;
joriy xoʻjalik masalalarini hal etish;
Oldingi tahrirga qarang.
shirkat xoʻjaligi Ustavida va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish.
(58-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
59. Shirkat xoʻjaligi boshqaruvi ishiga shirkat xoʻjaligi raisi rahbarlik qiladi. Qoidaga koʻra, boshqaruv rais lavozimiga nomzodni tavsiya etadi. Shirkat xoʻjaligi raisi umumiy yigʻilishda shirkat xoʻjaligi aʼzolaridan ochiq ovoz berish yoʻli bilan muqobillik asosida uch yil muddatga saylanadi.
Rais:
Ustavga muvofiq shirkat xoʻjaligi nomidan ishonchnomasiz ish olib boradi;
oila boshliqlari (jamoaning vakolatli vakillari) bilan oila (jamoa) pudrati shartnomalari tuzadi;
shirkat xoʻjaligining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiladi, mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalarni, shu jumladan mehnat shartnomalarini tuzadi, ularning bajarilishini taʼminlaydi, ishonchnomalar beradi, bankda hisob raqamlari ochadi va shirkat xoʻjaligi Ustaviga muvofiq boshqa ishlarni amalga oshiradi;
shirkat xoʻjaligi umumiy yigʻilishi (vakillar yigʻilishi) va boshqaruv qarorlarning ijrosini nazorat qiladi;
shirkat xoʻjaligining ichki mehnat tartibi qoidalarini belgilaydi;
oʻz vakolati doirasida buyruq va farmoyishlar chiqaradi, pul va hisobot hujjatlarini hamda boshqa hujjatlarni imzolaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
xodimlar mehnatini tashkil etadi, qonunchilikda va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan mehnat shart-sharoitlarini yaratadi, barcha xodimlarga mehnat daftarchalari yuritilishini taʼminlaydi;
(59-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
umumiy yigʻilish va boshqaruv oldida hisobot beradi.
Shirkatning umumiy yigʻilishi ayrim vazifalarni tezlikda hal etish uchun raisga boshqa funksiyalarni ham yuklashi mumkin.
Shirkat xoʻjaligi boshqaruvining aʼzolari oʻz tarkibidan shirkat xoʻjaligining Ustaviga muvofiq shirkat xoʻjaligi raisining oʻrinbosarini va boshqaruv kotibini saylashlari mumkin.
60. Umumiy yigʻilish tomonidan muayyan muddatga saylangan taftish komissiyasi (taftishchi) shirkat xoʻjaligining nazorat organi boʻlib, u shirkat xoʻjaligining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshiradi. Taftish komissiyasi (taftishchi) bir yilda bir marta shirkat xoʻjaligining moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qiladi. Yil davomida zaruratga qarab oʻtkazilgan tekshirish natijalari hamda bir yillik taftish natijasi toʻgʻrisida boshqaruvga maʼlum qiladi va umumiy yigʻilish oldida hisobot beradi.
Taftish komissiyasi aʼzolari (taftishchi) shirkat xoʻjaligining ijro etuvchi organi tarkibiga kirishi mumkin emas. Umumiy yigʻilish shirkat xoʻjaligining va uning boshqaruvining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun belgilangan tartibda auditorlik tashkilotini jalb etishga haqli.
61. Shirkat xoʻjaligi boshqaruv apparati shtatlarini mustaqil belgilaydi.
XI. Hisob-kitob ishlari va hisobot berish, shirkat xoʻjaligi faoliyatini tekshirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
62. Shirkat xoʻjaligi oʻz faoliyati natijalari hisob-kitobi ishlarini amalga oshiradi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya va statistika hisobotini yuritadi.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
63. Shirkat xoʻjaligi faoliyati:
taftish komissiyasi (taftishchi);
umumiy yigʻilish qaroriga koʻra mustaqil auditorlik tashkilotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda ushbu majburiyat yuklangan soliq organlari va boshqa davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida tekshiriladi.
(63-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Shirkat xoʻjaligi tekshirish huquqini beradigan tegishli hujjat koʻrsatilishini talab etish, tekshiruvchilar vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha ularning talablarini bajarmaslikka hamda tekshiruv sohasiga bogʻliq boʻlmagan maʼlumotlar bilan ularni tanishtirmaslikka haqlidir.
XII. Shirkat xoʻjaligini qayta tashkil etish va tugatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
64. Shirkat xoʻjaligini qayta tashkil etish qonunchilikda va shirkat xoʻjaligi Ustavida belgilangan tartibda qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish va oʻzgartirish shaklida amalga oshiriladi.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
65. Shirkat xoʻjaligini qayta tashkil etishda uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida qonunchilikka muvofiq boshqa shaxslarga oʻtadi.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
66. Shirkat xoʻjaligining huquq va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga oʻtmasdan shirkat xoʻjaligining faoliyati toʻxtatilishi uning tugatilishi hisoblanadi.
Shirkat xoʻjaligi:
umumiy yigʻilish qaroriga binoan;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan tugatiladi.
(66-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
67. Shirkat xoʻjaligini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan umumiy yigʻilish bu haqda shirkat xoʻjaligini davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga darhol yozma ravishda xabar berishi shart, davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ shirkat xoʻjaligi tugatish jarayonida ekanligi haqidagi maʼlumotlarni yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritadi.
Shirkat xoʻjaligini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan umumiy yigʻilish shirkat xoʻjaligini davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ bilan kelishgan holda tugatish komissiyasini (tugatuvchini) tayinlaydi hamda qonunga va shirkat Ustaviga muvofiq tugatish tartibi va muddatini belgilaydi.
Tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tayinlangan paytdan boshlab shirkat xoʻjaligi ishlarini boshqarish sohasidagi barcha vakolatlar uning ixtiyoriga oʻtadi. Tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tugatilayotgan shirkat xoʻjaligi nomidan sudda ishtirok etadi.
68. Tugatish komissiyasi (tugatuvchi) matbuot organlarida shirkat xoʻjaligining tugatilishi, uning kreditorlari tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddati haqidagi xabarni joylashtiradi. Bu muddat tugatish haqida xabar eʼlon qilingan paytdan boshlab ikki oydan kam boʻlishi mumkin emas.
Tugatish komissiyasi (tugatuvchi) kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzini olish choralarini koʻradi, shuningdek kreditorlarni shirkat xoʻjaligi tugatilishi haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
69. Kreditorlar tomonidan talablarni qoʻyish uchun belgilangan muddat tamom boʻlganidan keyin tugatish komissiyasi (tugatuvchi) oraliq tugatish balansini tuzadi, bu balans tugatilayotgan shirkat xoʻjaligi mol-mulkining tarkibi, kreditorlar qoʻygan talablar roʻyxati, shuningdek ularni qarab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Oraliq tugatish balansi shirkat xoʻjaligini davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ bilan kelishgan holda shirkat xoʻjaligini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan umumiy yigʻilish yoki sud tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
70. Agar tugatilayotgan shirkat xoʻjaligi ixtiyoridagi pul mablagʻlari kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli boʻlmasa, tugatish komissiyasi (tugatuvchi) shirkat xoʻjaligining mol-mulkini qonunchilikda belgilangan tartibda oshkora savdolarda sotadi.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
71. Tugatilayotgan shirkat xoʻjaligi kreditorlariga pul summalarini toʻlash tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tomonidan qonunchilikda belgilab qoʻyilgan navbat tartibida, oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan boshlab amalga oshiriladi.
(71-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tugaganidan keyin tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tugatish balansini tuzadi. Tugatish balansi shirkat xoʻjaligini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organ bilan kelishgan holda shirkat xoʻjaligini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan umumiy yigʻilish yoki sud tomonidan tasdiqlanadi.
72. Shirkat xoʻjaligi tugatilayotganda kreditorlar talablari qondirilgandan keyin qoladigan boʻlinmas fondning qismi va pay jamgʻarmasi shirkat xoʻjaligi aʼzolari yoki ularning merosxoʻrlari oʻrtasida mulkiy paylar qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
73. Shirkat xoʻjaligi tugatilganda uning aʼzolari dehqon xoʻjaligini yuritish maqsadida oʻzlariga biriktirilgan yer uchastkalariga merosga qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini saqlab qoladilar.
74. Shirkat xoʻjaligining tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgandan soʻng shirkat xoʻjaligini tugatish tamomlangan, shirkat xoʻjaligining faoliyati esa tugagan hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 5-noyabrdagi
486-son qaroriga
4-ILOVA
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqni hamda qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) bilan fermer xoʻjaliklari oʻrtasida tuzilgan ijara shartnomalarini qayta rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 24-martdagi PF-3226-son, “2004-2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi toʻgʻrisida” 2003-yil 27-oktabrdagi PF-3342-son farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi asosida ishlab chiqilgan va qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) (keyingi oʻrinlarda shirkat xoʻjaligi deb yuritiladi) hamda fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalariga boʻlgan huquqini va ijara shartnomalarini qayta rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
I. Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ning yer uchastkalariga boʻlgan huquqini qayta rasmiylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
1. Yer uchastkalari shirkat xoʻjaliklariga ellik yilgacha, biroq kamida oʻttiz yil muddatga uzoq muddatli ijaraga beriladi. Ijara muddati qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24-moddasi.
2. Shirkat xoʻjaliklarini yer uchastkalariga boʻlgan huquqini ijara shakliga oʻtkazish boʻyicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari tegishli farmoyishlar chiqaradilar.
3. Shirkat xoʻjaliklarining yer uchastkalarini ijaraga berishni qayta rasmiylashtirish boʻyicha materiallarini tayyorlash va rasmiylashtirish ishlari davlat budjeti mablagʻlari hisobiga bajariladi.
4. Shirkat xoʻjaliklari yer resurslari boʻyicha tuman xizmatiga yerlarni ijaraga berish muddati koʻrsatilgan arizani va yer uchastkalariga huquqni belgilovchi hujjatlarni taqdim etadi.
5. Yer resurslari boʻyicha tuman xizmati yer-kadastr hujjatlari maʼlumotlari boʻyicha shirkat xoʻjaligi yerlarining miqdori va sifati holatini aniqlaydi.
Shirkat xoʻjaligi yer-kadastr hujjatlari maʼlumotlariga rozi boʻlmagan taqdirda yer uchastkasi yer resurslari boʻyicha tuman xizmati hamda shirkat xoʻjaligi vakillari tomonidan natura boʻyicha tekshirib chiqiladi, tekshirish natijalari boʻyicha yer uchastkasini tekshirish dalolatnomasi tuziladi.
6. Maʼlumotlar aniqlangandan va ularga tuzatishlar kiritilgandan keyin yer uchastkasining xaritasi va namunaviy shaklga muvofiq ijara shartnomasi tuziladi.
Yer uchastkasining tegishli masshtabdagi xaritasi xoʻjaliklararo yer tuzish, yerlarni xatlash materiallaridan va keyingi yillardagi boshqa tekshirishlar materiallaridan foydalangan holda mavjud xarita - kartografiya materiali asosida tayyorlanadi. Yer uchastkasi xaritasida qabul qilingan belgilarga muvofiq: shirkat xoʻjaligining chegaralari, barcha holatlar (sugʻorish, kollektor-drenaj va yoʻl tarmoqlari, ekin maydonlari, aholi yashash joylari, konturlarning tartib raqamlari), servitut va tuprogʻi kuchsizlangan uchastkalar, shuningdek shirkat xoʻjaligi hududiga kiritilgan yer uchastkalarining (chet yerlarning) chegaralari va nomlari toʻliq koʻrsatiladi.
Ijara shartnomasida yer uchastkasining, shu jumladan yerlarning turlari boʻyicha umumiy maydoni, yerlarning sifati, tomonlarning huquq va majburiyatlari aks ettiriladi, yer uchastkasidan foydalanish masalalari boʻyicha nizolarni hal etish va shartnomani bekor qilish shartlari koʻrsatiladi. Alohida shartlar sifatida yer uchastkasining amaldagi kuchsizlantirilishi, unumdorlik holati va servitutlar, suvdan foydalanish shart-sharoitlari hamda tomonlarning xohishiga koʻra boshqa shartlar qayd etiladi.
Yerlarning sifati tuproqni va geobotanik tekshirish materiallari, tuproq boniteti, yerlarni xatlovdan oʻtkazish va yerlar sifatini tavsiflovchi boshqa materiallar boʻyicha belgilanadi.
7. Yer uchastkasi xaritasi va ijara shartnomasi, ushbu Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holda esa – yer uchastkasini tekshirish dalolatnomasi yer uchastkalari berish (sotish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman komissiyasiga taqdim etiladi.
8. Yer uchastkalari berish (sotish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman komissiyasi materiallarni va shirkat xoʻjaligi arizasini koʻrib chiqadi, tegishli xulosa tayyorlaydi.
9. Tuman hokimi yer uchastkalari berish (sotish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman komissiyasi xulosasi asosida shirkat xoʻjaligi bilan tuzilgan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini imzolaydi, ijaraga oluvchi nomidan esa shartnomani shirkat xoʻjaligi raisi imzolaydi.
Shartnomaga yer resurslari boʻyicha tuman xizmati boshligʻi va shirkat xoʻjaligi raisi tomonidan imzolangan yer uchastkasi xaritasi va yil boshidagi yer balansi maʼlumotlari boʻyicha qabul qilinadigan yerlarning eksplikatsiyasi ilova qilinadi.
Yer uchastkasi xaritasi va shirkat xoʻjaligi yerlarining eksplikatsiyasi ijara shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi.
Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi ikki nusxada rasmiylashtiriladi, bittasi ijarachiga beriladi, ikkinchisi yer resurslari boʻyicha tuman xizmatida saqlanadi.
10. Ijara shartnomasi shirkat xoʻjaligining yer uchastkasini ijaraga olishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi va u yer resurslari boʻyicha tuman xizmatida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab kuchga kiradi.
11. Har bir shirkat xoʻjaligi boʻyicha yer tuzish yigʻmajildi shakllantiriladi, unda quyidagi hujjatlar boʻladi:
tuman hokimligining shirkat xoʻjaligiga yer uchastkasini ijaraga berish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarorining nusxasi;
shirkat xoʻjaligi yerlarining hajmi va sifatini solishtirish materiallari;
yer uchastkalari berish (sotish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman komissiyasining shirkat xoʻjaligiga yer uchastkalarini qayta rasmiylashtirish va ijaraga berish toʻgʻrisidagi xulosasi;
yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi, unga yer uchastkasi xaritasi ilova qilinadi.
Yer tuzish yigʻmajildi ikki nusxada shakllantiriladi, ulardan bittasi yer resurslari boʻyicha tuman xizmatida, ikkinchisi shirkat xoʻjaligida saqlanadi.
12. Tuman hokimi bilan shirkat xoʻjaligi oʻrtasida tuziladigan ijara shartnomasini rasmiylashtirishda shirkat xoʻjaligining arizasi asosida shirkat xoʻjaligi qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi, bunda qoʻshimcha hujjatlar talab qilinmaydi hamda toʻlov va yigʻimlar undirilmaydi.
II. Fermer xoʻjaligi bilan shirkat xoʻjaligi oʻrtasida tuzilgan yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomalarini qayta rasmiylashtirish
13. Fermer xoʻjaliklari bilan shirkat xoʻjaliklari oʻrtasida tuzilgan yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomalari qayta rasmiylashtiriladi.
14. Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qaror tuman hokimi tomonidan qabul qilinadi. Ushbu qaror viloyat hokimi boshchilik qiladigan yer uchastkalarini berish (sotish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha viloyat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan keyin kuchga kiradi.
15. Yer resurslari boʻyicha tuman xizmati hokimning qarori boʻyicha fermer xoʻjaligi bilan tuman hokimi oʻrtasida tuziladigan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini tayyorlaydi, u tuman hokimi va fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan imzolanadi.
16. Hokim bilan fermer xoʻjaligi oʻrtasida yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi ikki nusxada tuziladi, bittasi fermer xoʻjaligiga beriladi, ikkinchisi esa yer resurslari boʻyicha tuman xizmatida saqlanadi va yer resurslari boʻyicha tuman xizmatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
17. Ilgari fermer xoʻjaliklariga berilgan yer uchastkalari shirkat xoʻjaligi balansidan chiqariladi.
18. Tuman hokimi bilan shirkat xoʻjaligi oʻrtasida tuziladigan ijara shartnomasini qayta rasmiylashtirishda fermer xoʻjaligi boshligʻining arizasi asosida fermer xoʻjaligi qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi, bunda qoʻshimcha hujjatlar yoxud boshqa talablar va shartlar talab qilinmaydi, shuningdek toʻlov va yigʻimlar undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 21-son, 207-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)