toggle_night_mode
Hujjat 23.12.2013 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 17-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2536]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 126-modda) va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 6-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 23-noyabr,
22/2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 23-noyabrdagi 22/2-sonli qaroriga
ILOVA
Kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 126-modda) va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 6-modda) qonunlariga muvofiq kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
kapital harakati bilan bogʻliq valyuta operatsiyalari (bundan buyon matnda valyuta operatsiyalari deb yuritiladi) — joriy xalqaro operatsiyalar hisoblanmaydigan barcha operatsiyalar, jumladan:
investitsiya faoliyatini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
kreditlar olish va berish, lizing operatsiyalarini amalga oshirish;
koʻchmas mulkni sotib olish va sotish;
xorijiy davlatlardan mablagʻlarni hisobvaraqlar va omonatlarga jalb etish hamda xorijiy davlatlarda mablagʻlarni hisobvaraqlar va omonatlarga joylashtirish;
xorijdan mablagʻ jalb qilish — Oʻzbekiston Respublikasi yoki uning rezidenti tomonidan xorijiy davlatlar yoki norezidentlar aktivlarining (kreditlar, zayomlar va boshqalarning) mazkur xorijiy davlatga yoki norezidentga yoxud ularning talabiga koʻra uchinchi shaxsga shartlashilgan davrda adekvat aktivlarni, jumladan, aktivlardan foydalanganlik uchun toʻlovlarni taqdim etish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan holda jalb etilishi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vakolatli banklar valyuta operatsiyalari hisobini yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlanmagan xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisidagi shartnomalar tashqi qarz hisobini yuritish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) roʻyxatga olinadi. Roʻyxatga olish vakolatli banklar tomonidan mazkur shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xabardor qilish tartibida Markaziy bankka taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Markaziy bank xabardor qilingandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlanmagan xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisidagi shartnomalar roʻyxatga olingan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatiya va boshqa vakolatxonalari ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida koʻchmas mulk obyektlarini olish va ularni qurish boʻyicha valyuta operatsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezidentlar tomonidan koʻchmas mulkni olish va sotish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
II bob. Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
7. Valyuta operatsiyasini amalga oshirish uchun rezident tomonidan vakolatli bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza;
valyuta operatsiyasi amalga oshirilishini nazarda tutuvchi hujjatning (shartnoma, kelishuv, bitim va/yoki boshqa hujjat) hamda unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning nusxalari. Bunda hujjat matni davlat yoki rus tilida bayon etilgan boʻlishi, agar hujjat matni boshqa tilda bayon etilgan boʻlsa, u legallashtirilgan yoki unga belgilangan tartibda apostil qoʻyilgan boʻlishi hamda davlat yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Mazkur hujjatlar taqdim etilgandan soʻng, vakolatli bank tomonidan belgilangan tartibda valyuta operatsiyasi amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Rezidentlar hujjatlarni elektron tizim orqali qabul qilish uchun dasturiy taʼminotga ega boʻlgan vakolatli banklarga arizani elektron shaklda taqdim etishi mumkin. Bunda rezident valyuta operatsiyasi amalga oshirilishini nazarda tutuvchi hujjatning (shartnoma, kelishuv, bitim va/yoki boshqa hujjat) yoki unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning nusxalarini arizaga ilova qilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Valyuta operatsiyasini amalga oshirishda rezident quyidagilarga majbur:
bir valyuta operatsiyasi boʻyicha barcha hisob-kitob va toʻlovlarni asosiy depozit hisobvaragʻi ochilgan vakolatli bank orqali valyuta operatsiyasi shartlariga muvofiq amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
valyuta operatsiyasi shartlariga oʻzgartirishlar kiritilganda (shartnomaning muddati uzaytirilishi, toʻlov muddatining kechiktirilishi, qarzni soʻndirish jadvalining oʻzgartirilishi, qarzning toʻliq soʻndirilishi yoki shartnomaning bekor qilinishi va boshqalar) vakolatli bankni xabardor qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Valyuta operatsiyasini amalga oshirishda vakolatli bank:
Keyingi tahrirga qarang.
valyuta operatsiyalari hisobini yuritish uchun raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va vakolatli bankning muhri bilan tasdiqlangan jurnal yuritishi;
Keyingi tahrirga qarang.
amalga oshirilgan har bir valyuta operatsiyasi boʻyicha mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlar, toʻlov hujjatlari va boshqa zarur hujjatlarning nusxalari tikilgan yigʻmajild yuritishi;
hisob-kitob va toʻlovlarni valyuta operatsiyasi shartlariga muvofiq amalga oshirishi;
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlanmagan xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisidagi shartnomalar va ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar ijroga qabul qilingandan keyin 5 ish kuni ichida ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Markaziy bankka taqdim etishi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Valyuta operatsiyasini hisobga olish jurnalida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
hujjat ijroga qabul qilingan sana;
hujjatning raqami va sanasi;
rezidentning nomi;
valyuta operatsiyasining turi, summasi va valyutasi;
valyuta operatsiyasining holati (amalda, boshqa vakolatli bankka oʻtkazilgan yoki yakunlangan);
Keyingi tahrirga qarang.
valyuta operatsiyasi hisobining yuritilishi tugallangan sana (boshqa vakolatli bankka oʻtkazilgan yoki yakunlangan).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Rezidentning asosiy depozit hisobvaragʻi boshqa vakolatli bankka oʻtkazilgan taqdirda, keyingi valyuta operatsiyalarining hisobi rezidentning asosiy depozit hisobvaragʻi oʻtkazilgan vakolatli bank tomonidan yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Rezidentning valyuta operatsiyalari boʻyicha hujjatlari vakolatli banklar oʻrtasida tuziladigan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida oʻtkaziladi.
Dalolatnomaga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda rezidentning yakunlangan valyuta operatsiyalari toʻgʻrisidagi hamda boshqa vakolatli banklardan olingan maʼlumotlar ilova qilinadi.
III bob. Yakuniy qoida
13. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
________________________________‎__ rahbariga‎‎

‎‎(vakolatli bankning nomi)

__________________________________ dan‎‎

‎‎(mijoz)


‎‎

‎‎ARIZA

‎‎Sizdan________________________________________________________________________

‎‎(valyuta operatsiyasining turi)

‎‎_________________________________________________bilan bogʻliq valyuta operatsiyasini
‎‎amalga oshirishingizni soʻrayman.

______________________‎‎

‎‎_______________

‎‎______________________
(ariza beruvchining lavozimi‎‎)

‎‎ (imzo)

‎‎(ariza beruvchining F.I.O.)

‎‎20___yil “____” ____________
Keyingi tahrirga qarang.
Kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

__________________________

(vakolatli bankning nomi)

tomonidan ijroga qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlanmagan

xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisidagi hujjatlar haqida
MAʼLUMOT

Hujjat maʼlumotlari

Dastlabki maʼlumotlar

Oʻzgartirilgan maʼlumotlar*

Rezident toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Nomi

STIR

Faoliyat turi

Joylashgan hududi

Norezident toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Nomi

Yuridik shaxslar uchun — roʻyxatga olingan davlat, jismoniy shaxslar uchun — fuqaroligi

Hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Ijroga qabul qilingan sana

Xorijdan mablagʻ jalb qilish shakli (pul mablagʻlari, tovarlar, ish, xizmatlar koʻrinishidagi zayomlar, kredit, lizing yoki norezidentlarning mablagʻlarini hisobvaraqlar va omonatlarga jalb qilinishi)

Raqami va sanasi

Summasi va valyutasi

Muddati

Jalb qilingan mablagʻ soʻndiriladigan sana

Maqsadi

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar

x

Bank boshqaruvi raisi oʻrinbosari

___________________

_____________

(F.I.O.)

(imzo)

Ijrochi

___________________

_____________

*Izoh: mazkur ustun hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

____________________________ning yakunlangan valyuta operatsiyalari toʻgʻrisida

‎‎(rezidentning nomi)

‎‎MAʼLUMOT

T/r‎

Valyuta operatsiyasi turi‎

Valyuta operatsiyasi ijroga qabul qilingan sana ‎

Valyuta operatsiyasini amalga oshirish uchun asos boʻlgan hujjatning sanasi va raqami‎

Valyuta operatsiyasining summasi va valyutasi‎

Valyuta operatsiyasi boʻyicha kelib tushgan tushumlar (tovar, ish, xizmat)‎

Valyuta operatsiyasi boʻyicha amalga oshirilgan toʻlovlar summasi‎

Valyuta operatsiyasi hisobi yuritilishi tugatilgan sana ‎

Valyuta operatsiyasining tugatilishi uchun asos‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

1.‎
2.‎

Bank rahbari

_______‎____

_________________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

‎‎Ijrochi

___________ ‎‎

‎‎_________________

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎‎‎(F.I.O.)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 51-son, 670-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2536-1/0308-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 16.12.2025-y., 10/25/2536-2/1168-son; 16.06.2026-y., 10/26/2536-3/0606-son)