1. Oʻzbekiston Respublikasi pochta toʻlovining davlat belgilari toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2005-yil 19-sentabrdagi 226-son “Oʻzbekiston Respublikasi pochta toʻlovining davlat belgilari va maxsus xotira tamgʻalari toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1516, 2005-yil 6-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 40-son, 314-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2013-yil 21-oktabr,
58-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 21-oktabrdagi 58-mh-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi pochta toʻlovining davlat belgilari toʻgʻrisida
Ushbu Nizom pochta markalarini nashr qilish, muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish, buyurtma berish, tarqatish va sotish tartibini belgilaydi.
(muqaddimada Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
1. Ushbu Nizom pochta markalarini nashr qilish, muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish, ularga buyurtma berish, tarqatish va sotish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi), pochta aloqasi milliy operatori, pochta aloqasi operatorlari, provayderlari va pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga soladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 15-maydagi 245-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-3, 05.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2023-y., 10/23/2529-3/0336-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ichki yozma xat-xabarlar — qabul qilish va yetkazib berish (topshirish) uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladigan yozma xat-xabarlar;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
hisobdan chiqarish — pochta joʻnatmasining joʻnatilganligini yoki olinganligini bildiruvchi, markadan takroran foydalanishning oldini olish maqsadida qoʻl shtempeli, shtempellash mashinasi yoki sharikli ruchka bilan qoʻyiladigan pochta markasidagi belgi yoki istalgan turdagi boshqa shtempellash belgisi;
pochta toʻlovining davlat belgilari (PTDB) — pochta aloqasining milliy operatori orqali joʻnatiladigan oddiy va roʻyxatga olinadigan xatlar va banderollar, pochta varaqchalariga pochta aloqasi xizmatlari haqi toʻlanganligini tasdiqlash uchun tushiriladigan pochta markalari va frankirlash mashinalarining tamgʻa izlari;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
Oʻzbekiston Respublikasi pochta markalari va maxsus xotira shtempellari izlarining katalogi — qoʻshimcha maʼlumotlar bilan chiqarilgan pochta markalarining hamda muhim sanalar yoki buyuk voqealar munosabati bilan chiqarilgan maxsus xotira shtempellari izlarining xronologik roʻyxatini oʻzida ifodalaydigan maʼlumotnoma nashri;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
(2-bandning oltinchi hatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
maxsus chiqarilgan (kommemorativ) marka — tarixiy sanalar, yubileylar yoki biror-bir voqealar, mavzuga bagʻishlab bosib chiqariladigan pochta markasi;
markalangan pochta konverti (varaqchasi) — bosmaxona usulida pochta markasi tasviri tushirilgan standart pochta konverti (standart pochta varaqchasi);
xalqaro yozma xat-xabarlar — Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga yetkazib berish (topshirish) uchun Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilinadigan va uning hududiga xorijiy davlatdan kelib tushadigan yoki tranzit orqali keladigan yozma xat-xabarlar;”;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
ustama bosish — pochta markasi bosilganidan va muomalaga kiritilganidan keyin uning old tomoniga yangi nominal qiymatini belgilash yoki markaning boshqa elementlarini oʻzgartirish uchun tushirilgan har qanday matn yoki rasm;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
pochta aloqasining milliy operatori — Oʻzbekiston Respublikasi doirasida pochta aloqasi xizmatlari bozoridagi talabni qanoatlantirish, majburiy ravishda universal pochta xizmatlari koʻrsatish boʻyicha vazifalarni va Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan pochta aloqasi operatori;
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
pochta markasining nominal qiymati — yozma xat-xabarlarga kiruvchi oddiy va roʻyxatga olinadigan xatlar va banderollar, pochta varaqchalarni joʻnatish boʻyicha xizmatlarning pochta markasida arab raqamlari yoki lotin harflari bilan koʻrsatiladigan qiymati;
(2-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
pochta markasining namunasi — pochta markasining eskiziga muvofiqligini tekshirish va keyingi nashr etishga tasdiqlash uchun qimmatli qogʻozlar blanklarini ishlab chiqarish huquqiga ega tashkilotlar (bundan buyon matnda matbaa tashkiloti deb yuritiladi) tomonidan tayyorlangan “Namuna” yozuvi tushiriladigan, pochta markasining bosma loyihasi;
pochta aloqasi operatori — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida pochta aloqasi tarmogʻiga egalik qiluvchi va faoliyatning asosiy turi sifatida pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
(2-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
pochta markasining asli — pochta markasining eskizini tayyorlash uchun dastlabki asos boʻlib hisoblanadigan rasm;
maxsus xotira shtempeli (MXSH) — muhim davlat voqealariga, tarixiy va xotira joylari hamda sanalar, koʻrgazmalarga va hokazolarga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazishda pochta markalarini maxsus hisobdan chiqarish uchun qoʻllaniladigan shtempel;
yozma xat-xabarlar — oddiy va roʻyxatga olinadigan xatlar, pochta varaqchalari, banderollar, mayda paketlar, koʻzi ojizlar uchun joʻnatmalar va “M” qoplari;
(2-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi (foydalanuvchi) — pochta aloqasi xizmatlarining isteʼmolchisi boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
pochta varaqchasi — oʻlchamlari Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarida (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 167-modda) belgilangan, ochiq holda joʻnatiladigan maxsus blankdagi pochta joʻnatmasining turi;
(2-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
pochta bloki — maxsus varaqda bir va undan ortiq qatorda bosilgan hamda markalarga nisbatan kengroq hoshiya bilan ajratilgan bitta yoki bir nechta pochta markasi;
pochta markasi — badiiy tasvirga ega boʻlgan, uning nominal qiymati va mamlakatini koʻrsatgan holda, bosma usulda tayyorlangan pochta toʻlovining davlat belgisi;
pochta taqvim shtempeli — pochta markalarini hisobdan chiqarish va/yoki pochta, kuryerlik joʻnatmalari, pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari blanklari va/yoki ilova hujjatlari, kvitansiyalarga pochta aloqasining tegishli obyekti nomi, pochta vagoni yoʻnalishi, sanani tushirish uchun moʻljallangan maxsus shtempel;
pochta konverti — yozma xabarni oʻrash uchun xizmat qiladigan, yelimlash uchun klapanlari boʻlgan, belgilangan oʻlchamlardagi toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qogʻozli qobiq;
pochta aloqasi provayderi — pochta aloqasi operatorlarining tarmogʻi orqali pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
(2-bandning yigirma uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
pochta markalari seriyasi — yagona mavzuga va muayyan voqeaga bagʻishlangan, oʻxshash rasmiylashtirish uslubiga ega qator pochta markalari;
standart pochta markasi — muomalaga ommaviy adad bilan chiqariladigan va yodgorlik boʻlib hisoblanmaydigan pochta markasi;
pochta aloqasi xizmatlariga tarif — pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish uchun maxsus vakolatli organ, pochta aloqasi operatori yoki provayderi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻrnatiladigan toʻlov miqdori;
(2-bandning yigirma yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
mavzu rejasi — maʼlum davr ichida chiqarish rejalashtiriladigan, pochta markalari seriyasi va alohida pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlari roʻyxati;
frankirlash mashinasi — yozma xat-xabarlarga kiruvchi oddiy va roʻyxatga olinadigan xatlar va banderollarni, pochta varaqchalarga pochta aloqasi milliy operatorining xizmatlari uchun haq toʻlanganligini, ushbu xat-xabarlar qabul qilingan sanani va boshqa axborotni tasdiqlovchi tamgʻa izlarini tushirishga moʻljallangan mashina;
(2-bandning yigirma sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
markalangan badiiy pochta konverti (varaqchasi) — bosmaxona usulida pochta markasi tasviri va badiiy illustratsiya tushirilgan standart pochta konverti (standart pochta varaqchasi);
asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konverti (varaqchasi) — bosmaxona usulida pochta markasi tasviri tushirilgan markalangan badiiy pochta konverti boʻlib, pochta markasi ushbu konvert (varaqcha)dan alohida chiqarilmagan;
elektron marka — oddiy va buyurtma xatlar, pochta varaqchalari va banderollarga tushirish uchun moʻljallangan, qoʻshimcha axborot kiritilgan, pochta aloqasi xizmatlariga toʻlovni tasdiqlovchi shtrixli pochta identifikatori koʻrinishidagi pochta markasi;
pochta markasining eskizi — pochta markasining namunasini tayyorlash uchun dastlabki asos boʻlib hisoblanadigan rasm.
3. PTDB Umumjahon pochta konvensiyasi, Konvensiya reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 28-aprel) muvofiq oddiy va buyurtma ichki va xalqaro yozma xat-xabarlarni joʻnatish boʻyicha pochta aloqasining milliy operatori tomonidan taqdim etiladigan pochta aloqasi xizmatlariga haq toʻlash uchun moʻljallangan.”.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, PTDB namunalarini tasdiqlash, pochta markalarining muomalaga kiritilish va muomaladan chiqarish, PTDB davlat kolleksiyasini shakllantirish, maxsus xotira shtempellarini tayyorlash va ulardan foydalanish tartibi hamda frankirlash mashinalaridan foydalanish tartibini belgilash Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
5. Pochta aloqasi xizmatlari uchun haq toʻlanganligini tasdiqlovchi frankirlash mashinasining tamgʻa izi quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
lotin harflari bilan davlat tilida yozilgan davlatning nomi — “Oʻzbekiston”;
arab raqamlari yoki lotin harflari bilan toʻlov summasi;
Majburiy boʻlmagan tartibda pochta aloqasi xizmatlari uchun haq toʻlanganligini tasdiqlovchi frankirlash mashinasi tamgʻa izi “Pochta” (“Pochta”) soʻzini oʻz ichiga olishi mumkin.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasida nashr qilingan PTDB ommaviy koʻrib chiqilishi uchun Vazirlik Pochta toʻlovi davlat belgilarining davlat kolleksiyasini shakllantiradi. Pochta toʻlovi davlat belgilarining davlat kolleksiyasi tarkibi, vazifasi, uni shakllantirish, hisobga olish va saqlash tartibi Pochta toʻlovi davlat belgilarining davlat kolleksiyasi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2077, 2010-yil 4-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 5-son, 49-modda) bilan belgilanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 29-maydagi 125-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-1, 10.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 308-modda)
II bob. Pochta markalari
1-§. Pochta markalarini nashr qilish va muomalaga kiritish
7. Pochta markalari, markalangan pochta konvertlari (varaqchalari), markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari), shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ni rejalashtirish, nashr etilishini tashkil qilish va ular bilan taʼminlash pochta aloqasi milliy operatori (bundan buyon matnda milliy operator deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Pochta markalari oʻz mavzularida Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan xalqlarning madaniy va tarixiy merosini, oʻsimlik va hayvonot dunyosini, barcha bilimlar sohasidagi erishilgan yutuqlarni, ichki va xalqaro hayot va filateliyadagi asosiy voqea-hodisalarni aks ettirishi kerak.
9. Pochta markalari Oʻz DSt 1129:2007 “Pochta markalari. Texnik shartlar” va ushbu Nizom talablariga mos kelishi kerak.
10. Pochta markalari, markalangan pochta konvertlari (varaqchalari), markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ni, shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ni nashr qilish milliy operator, filatelistlar va foydalanuvchilarning ehtiyojlarini yanada toʻliq qondirilishini hisobga olib amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi(roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
11. Pochta markalari, markalangan pochta konvertlari (varaqchalari), markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ni, shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ni ishlab chiqarish uchun buyurtmalarni joylashtirish milliy operator tomonidan amalga oshiriladi.
12. Pochta markalari, markalangan pochta konvertlari (varaqchalari), markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari), shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari) matbaa tashkilotlarida bosiladi.
Pochta markalari, markalangan pochta konvertlari (varaqchalari), markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari), shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari) qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan shartnomalar boʻyicha chet elda bosilishi mumkin.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
13. Pochta markalari, asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari) tasdiqlangan Pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlarini nashr qilish mavzu rejalari asosida nashr qilinadi va tayyor boʻlishiga koʻra Vazirlik tomonidan muomalaga kiritiladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 29-maydagi 125-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-1, 10.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 308-modda)
Pochta markalari, asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ni muomalaga kiritish sanasi Vazirlik tomonidan belgilanadi va milliy operator tomonidan uning tarkibiy boʻlinmalari, filatelistlar va foydalanuvchilar eʼtiboriga yetkaziladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
Markalangan pochta konvertlari (varaqchalari), markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari) tayyorlovchi korxonalardan olinishiga koʻra milliy operatorning buyruqlari bilan muomalaga kiritiladi.
Milliy operator muomalaga kiritilayotgan pochta markalari va pochta bloklarining tartib raqamini (identifikatsiya raqamlari)ni yuritadi. Pochta markasiga va pochta blokiga identifikatsiya raqami ularning muomalaga kiritilishi bilan Vazirlik tomonidan beriladi.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 29-maydagi 125-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-1, 10.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 308-modda)
14. Milliy operator filatelistlar va foydalanuvchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Pochta markalari va MXSH izlarining katalogi hamda boshqa reklama mahsulotini chiqaradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Pochta markalari va MXSH izlarining katalogiga quyidagi qoʻshimcha maʼlumotlar kiritiladi:
pochta markalari toʻgʻrisida — chiqarilgan sana, identifikatsiya raqami, chiqarilgan markalar bagʻishlangan seriya yoki voqea-hodisaning nomi, rassom yoki dizaynerning F.I.O., tasvirning qisqacha izohi, rangi, bosish usuli, qogʻoz turi, pochta markasi (pochta bloki)ning oʻlchami, varaqdagi pochta markalarining miqdori, perforatsiya toʻgʻrisida axborot, nominal qiymati, adadi va boshqalar;
maxsus xotira shtempellari izlari toʻgʻrisida — shtempel chiqarilishi bilan bogʻliq muhim sana va voqea-hodisa, maxsus hisobdan chiqarishni oʻtkazish sanasi va joyi koʻrsatiladi, shtempel rasmi va izining tavsifi, shtempelning identifikatsiya raqami va oʻlchami, muallif toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Pochta markalari va MXSH izlarining katalogini chiqarish davriyligi milliy operator tomonidan belgilanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
15. Pochta markalari, asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ni chiqarish boʻyicha amaliy ish Vazirlik qoshida tashkil etiladigan Pochta emissiyalari boʻyicha komissiya va Badiiy kengash ishtirokida milliy operator tomonidan ishlab chiqiladigan istiqbol va har yillik pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlarini nashr qilish mavzu rejalari asosida tuziladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 29-maydagi 125-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-1, 10.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 308-modda)
Pochta emissiyalari boʻyicha komissiya vazifalariga quyidagilar kiradi:
emissiya siyosatining umumiy prinsiplarini belgilash;
pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlarini nashr qilish mavzu rejalarini koʻrib chiqish.
Pochta emissiyalari boʻyicha komissiya Raqamli texnologiyalar vazirining oʻrinbosarlaridan biri tomonidan boshqariladi, uning tarkibiga Vazirlik, milliy operator, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda boshqa tegishli vazirliklar va idoralarning mutaxassislari, Oʻzbekiston filatelistlari jamiyatining vakillari kiritilishi mumkin.
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
Badiiy kengash vazifasiga kichik bosma shakldagi asarlarda Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan xalqlarning madaniy va tarixiy merosini, oʻsimlik va hayvonot dunyosini, barcha bilimlar sohasidagi erishilgan yutuqlarni, ichki va xalqaro hayotdagi asosiy voqea-hodisalarni aks ettirish boʻyicha nashr qilishga tayyorlangan ishlarning badiiy darajasini belgilash, shuningdek boshqa vazifalar kiradi.
Badiiy kengash tarkibiga Vazirlik, milliy operator mutaxassislari, kichik shakllar janri boʻyicha ixtisoslashgan rassomlar va sanʼatshunoslar, tegishli vazirliklar va idoralarning mutaxassislari, Oʻzbekiston Filatelistlar jamiyatining vakillari kirishi mumkin.
(15-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 29-maydagi 125-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-1, 10.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 308-modda)
Pochta emissiyalari boʻyicha komissiya va Badiiy kengash toʻgʻrisidagi nizomlar va ularning shaxsiy tarkibi tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishuv boʻyicha Raqamli texnologiyalar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
(15-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 15-maydagi 245-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-3, 05.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2023-y., 10/23/2529-3/0336-son)
16. Markalangan pochta konvertlari (varaqchalari), markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ni chiqarish boʻyicha amaliy ish milliy operator tomonidan ishlab chiqiladigan hamda tasdiqlanadigan istiqbol va har yillik markalangan va filateliya mahsulotlarini nashr qilish mavzu rejalari asosida amalga oshiriladi.
2-§. Mavzu rejalarini shakllantirish
17. Mavzu rejalarini shakllantirishda quyidagi prinsiplar hisobga olinadi:
a) atoqli jamoat va davlat arboblari, fan va madaniyat, sanʼat arboblari tugʻilgan kunidan 25 yilga karrali sana bilan, ammo vafotidan keyin kamida 10 yil oʻtgandan soʻng yubileylarga chiqariladigan pochta markalari, markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)da, shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)da tasvirlanishi mumkin.
Mavzuga bagʻishlangan seriyalarni chiqarish hollarida ushbu talabdan chetga chiqishga yoʻl qoʻyiladi.
Ushbu kichik bandda koʻrsatilgan shaxslarni pochta markalari, markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)da, shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)da tasvirlash qonunchilik hujjatlariga muvofiq bajariladi.
(17-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
b) tarixiy ahamiyatga ega voqea-hodisalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi tarkibiga kiradigan viloyatlar va shaharlar, shuningdek tashkilotlar, shu jumladan muassasalar, oʻquv muassasalari tashkil etilganligi yubileylari pochta markalari, markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)da, shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)da 50 yilga karrali sanalar boʻyicha tasvirlanishi mumkin.
Mavzuga bagʻishlangan seriyalarni chiqarish hollarida ushbu talabdan chetga chiqishga yoʻl qoʻyiladi.
v) pochta markalarida ustama bosishlarni tayyorlash Vazirlikning qaroriga koʻra alohida hollarda amalga oshiriladi.
(17-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 29-maydagi 125-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-1, 10.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 308-modda)
18. Pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlarini nashr qilish mavzu rejasini shakllantirish Vazirlikning topshiriqlari, davlat, jamoat va boshqa tashkilotlar, Oʻzbekiston filatelistlar jamiyati, jismoniy shaxslarning takliflari asosida milliy operator tomonidan har yili, rejalashtiriladigan yildan oldin keladigan yilning 1-martigacha amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 29-maydagi 125-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-1, 10.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 308-modda)
19. Pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlarini nashr qilish har yilgi mavzu rejalarining loyihalari Badiiy kengashda maʼqullangandan keyin milliy operator tomonidan rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning 1-apreligacha Pochta emissiyalari boʻyicha komissiyaga taqdim etiladi.
Pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlarini nashr qilish mavzu rejasining loyihasi Pochta emissiyalari boʻyicha komissiya tomonidan koʻrib chiqilgandan keyin Raqamli texnologiyalar vaziriga tasdiqlash uchun kiritiladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 15-maydagi 245-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-3, 05.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2023-y., 10/23/2529-3/0336-son)
20. Pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlarini nashr qilish mavzu rejasi rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning 1-mayigacha tasdiqlanishi kerak.
21. Pochta markalari standart markalar va maxsus chiqariladigan (kommemorativ) markalar koʻrinishida chiqariladi.
Maxsus chiqariladigan (kommemorativ) markalar pochta markalari, seriyalar, pochta bloklari, kichik varaqlari, ulanmalar va boshqa filateliya mahsuloti koʻrinishida tayyorlanadi.
22. Standart pochta markalari seriyalarini nashr qilish pochta aloqasi xizmatlari uchun pochta aloqasi xizmatlariga tarif oʻzgarganda ommaviy adad bilan, shuningdek pochta markasining mavzusi oʻzgarganda 5 yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Standart chiqarilgan markalarning sarflanishiga koʻra milliy operatorining mavjud ehtiyojini hisobga olgan holda ular qoʻshimcha nashr qilinadi.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
23. Rejadan tashqari pochta markalari, asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ni nashr qilish ushbu Nizomga muvofiq Vazirlikning qarori asosida amalga oshiriladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 29-maydagi 125-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-1, 10.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 308-modda)
Rejadan tashqari pochta markalari, asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ni chiqarish (shu jumladan, ustama bosishlarni tayyorlash) boʻyicha takliflar ularni muomalaga kiritish rejalashtirilgan sanasidan 6 oy oldin koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi.
Alohida hollarda koʻrsatilgan muddat qisqartirilishi mumkin.
3-§. Mavzular miqdori, nominal qiymat va adadlar
24. Har yilgi pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlarini nashr qilish mavzu rejalari 50 tagacha mavzuli pochta markalari (standart chiqariladigan markalarni hisobga olmasdan), 10 tagacha mavzuli asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ni chiqarishni koʻzda tutadi.
Markalangan pochta konvertlari (varaqchalari), markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari) mavzularining miqdori har yili milliy operator tomonidan belgilanadi.
25. Pochta markalarining nominal qiymati Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi pochta aloqasi xizmatlari uchun tariflarga mos keladi.
Pochta markalarining nominal qiymatini milliy operator belgilaydi.
26. Pochta markalarining adadlari milliy operator tomonidan oʻz ehtiyojlarini, foydalanuvchilarning ehtiyojlarini va zarur zaxirani shakllantirishni hisobga olib belgilanadi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
Milliy operatorga pochta markalari adadlarining bir qismini hisobdan chiqarilgan koʻrinishda tayyorlashga ruxsat beriladi. Pochta markalarini hisobdan chiqarish milliy operator tomonidan belgilanadigan oʻyib tushirish orqali taqvim shtempeli yordamida bajariladi va bosmaxona usulida hamda shtempellash mashinasini qoʻllash yoki qoʻlda amalga oshirilishi mumkin. Hisobdan chiqarilgan koʻrinishda chiqarish uchun pochta markalarining adadi milliy operator tomonidan belgilanadi.
4-§. Pochta markalarining namunalarini ishlab chiqish va ularni tasdiqlash
27. Mavzu rejalari tasdiqlanganidan keyin milliy operator chiqarish uchun rejalashtirilgan pochta markalari, markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari), shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ning asl nusxalarini va eskizlarini ishlab chiqadi. Buning uchun miniatura sohasida ish tajribasiga ega boʻlgan rassomlar jalb etiladi, eng yaxshi mavzular va rasmlar tanlovlari tashkil etiladi.
28. Pochta markalari, asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ning asl nusxalari va eskizlari Badiiy kengash tomonidan koʻrib chiqiladi, zarur boʻlganda, ushbu mavzu boʻyicha mutaxassislar bilan kelishiladi.
Badiiy kengash tomonidan maʼqullangan pochta markalari, markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari), asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ning eskizlari matbaa tashkilotlariga pochta markalari, markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari), asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ning namunalarini tayyorlash uchun topshiriladi.
29. Pochta markalari, asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ning namunalari Raqamli texnologiyalar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 15-maydagi 245-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-3, 05.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2023-y., 10/23/2529-3/0336-son)
Markalangan pochta konvertlari (varaqchalari), markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ning namunalari milliy operator tomonidan tasdiqlanadi.
30. Pochta markalarida quyidagi maʼlumot boʻlishi kerak:
lotin harflari bilan davlat tilida yozilgan davlatning nomi — “Oʻzbekiston”;
arab raqamlari yoki lotin harflari bilan yozilgan nominal qiymati;
chiqarilgan yili.
Majburiy boʻlmagan tartibda pochta markalarida “Pochta” (“Pochta”) soʻzi boʻlishi mumkin.
Mutlaq mualliflik huquqlari egasi oʻz huquqlari toʻgʻrisida xabardor qilish uchun pochta markalarida mualliflik huquqining muhofaza belgisidan foydalanishi mumkin boʻlib, bu belgi har bir nusxada aks ettiriladi va quyidagi uch elementdan iborat boʻladi:
aylana ichidagi lotincha “S” harfi;
mutlaq mualliflik huquqlari egasining F.I.O. (nomi);
pochta markasi birinchi marta chop etilgan yil.
Yozuvlar aniq oʻqiladigan boʻlishi kerak, ularning pochta markasidagi joylashishi mavzuning kompozitsion yechimi bilan qatʼiy belgilanadi.
Pochta markalari, markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari), shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)da asardan foydalanish uchun mutlaq mualliflik huquqlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq asar muallifi bilan tuzilgan shartnomalar asosida milliy operatorga tegishli. Shaxsiy nomulkiy huquqlar asar muallifida saqlanib qoladi.
(30-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
31. Pochta markalari, asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari) hamda ularni ishlab chiqish va ishlab chiqarish bilan bogʻliq barcha materiallarning (bundan buyon matnda arxiv materiali deb yuritiladi) tasdiqlangan namunalarini saqlash uchun milliy operator tomonidan Pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlari arxivi (bundan buyon matnda Arxiv deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Pochta markalari, asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari) muomalaga kiritilganidan keyin arxiv materiali, shuningdek muomalaga kiritilgan pochta markalari, asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ning har bir turidan 300 tadan nusxa miqdorida Arxivga saqlash uchun topshiriladi.
Pochta markalari, asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ning qolgan adadi milliy operatorning omborida saqlanadi. Ombordan pochta markalarini berish tartibi milliy operator tomonidan belgilanadi.
32. Pochta markalari muomalaga kiritilganidan keyin milliy operator Konvensiya reglamentining qoidalariga muvofiq Umumjahon pochta ittifoqining Xalqaro byurosiga rasmiy xabar yuboradi.
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
Pochta markalari, markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari), shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ning nashr qilinganligi toʻgʻrisidagi axborot ommaviy axborot vositalariga yuboriladi, Vazirlik, milliy operator saytlarida va xalqaro kataloglarda joylashtiriladi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 29-maydagi 125-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-1, 10.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 308-modda)
5-§. Pochta markalariga buyurtma berish, ularni tarqatish, sotish va muomaladan chiqarish
33. Milliy operator keyingi yil uchun tasdiqlangan pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlarini nashr qilish mavzu rejalarini joriy yilning 1-iyuligacha oʻz tarkibiy boʻlinmalariga yetkazadi.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
Milliy operatorning tarkibiy boʻlinmalari foydalanuvchilarning ehtiyojlarini yanada toʻliq qondirishni hisobga olgan holda milliy operatordan pochta markalari, markalangan pochta konvertlari (varaqchalari), markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari), shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ni olish uchun talabnomalarni shakllantiradilar. Talabnoma milliy operatorga rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning 1-oktabridan kechiktirmay beriladi.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
34. Pochta markalariga buyurtma berish va ularni tarqatish milliy operator tomonidan amalga oshiriladi.
35. Pochta markalarini sotish ular muomalaga kiritilgan kundan boshlab nominal qiymati boʻyicha pochta aloqasi operatorlari, provayderlari, pochta markalarini sotish boʻyicha agentlar tomonidan amalga oshiriladi.
36. Standart pochta markalari, markalangan pochta konvertlari (varaqchalari), markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari), shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari) pochta aloqasi operatorlari, provayderlari, pochta markalarini sotish boʻyicha agentlar tomonidan sotiladi va ularning zaxiralaridan toʻliq foydalanilguncha yoki muomaladan chiqarilguncha qoʻllaniladi.
37. Maxsus chiqariladigan (kommemorativ) markalar pochta operatorlari, provayderlari, pochta markalarini sotish boʻyicha agentlar tomonidan ular muomalaga kiritilgan kundan boshlab uch yil davomida sotiladi. Koʻrsatilgan muddat tugaganidan keyin maxsus chiqariladigan (kommemorativ) markalar Vazirlikning qarori bilan sotuvdan olinadi va sotuvdan olinganidan keyin bir oy muddat ichida belgilangan tartibda milliy operatorga qaytarilishi kerak.
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 29-maydagi 125-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-1, 10.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 308-modda)
Aholi, tashkilotlarda boʻlgan, sotuvdan olingan maxsus chiqariladigan (kommemorativ) markalar pochta aloqasi xizmatlari uchun amaldagi tariflarga muvofiq ichki va xalqaro yozma xat-xabarlarni joʻnatish boʻyicha xizmatlarning toʻlovi uchun haqiqiydir.
38. Ustama bosilgan pochta markalarini sotish ularni muomalaga kiritish boʻyicha Vazirlik qarorlarida belgilanadigan muddatlarda amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 29-maydagi 125-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-1, 10.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 308-modda)
39. Pochta markalarini muomaladan chiqarish Vazirlikning qarori bilan amalga oshiriladi.
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 29-maydagi 125-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-1, 10.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 308-modda)
Muomaladan chiqarilgan pochta markalari ichki va xalqaro yozma xat-xabarlarni joʻnatish boʻyicha xizmatlarning toʻlovi uchun haqiqiy emas.
40. Sotuvdan olingan yoki muomaladan chiqarilgan pochta markalari kolleksiyaga oid filateliya materiali boʻlib hisoblanadi va milliy operatorning tarkibiy boʻlinmalari, filateliya magazinlari, savdo agentlari orqali preyskurantdagi narxlar boʻyicha sotiladi.
Preyskurantdagi narxlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq milliy operator tomonidan belgilanadi.
(40-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
41. Pochta markalarini tashqi bozorga yetkazib berish chet ellik sheriklar bilan kontraktlar (shartnomalar) asosida milliy operator tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
6-§. Elektron marka
42. Elektron marka quyidagi axborotni oʻz ichiga olishi kerak:
elektron markaning yagona identifikatsiya raqami;
pochta joʻnatmasini joʻnatish narxi;
joʻnatuvchi va oluvchi nomi (fuqarolar uchun — F.I.O., yuridik shaxslar uchun — toʻliq nomi) va ularning joylashgan yeri (pochta manzili);
pochta joʻnatmasining toifasi (oddiy, buyurtma);
pochta joʻnatmasining ogʻirligi.
Elektron marka pochta joʻnatmasi toʻgʻrisidagi boshqa axborotni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
43. Elektron marka Internet orqali masofadan turib sotib olinadi va konvertga (qogʻoz varagʻiga) bevosita foydalanuvchining ofisida standart dasturiy vositalar yordamida yoki uyidagi kompyuter yordamida bosib chiqariladi.
44. Elektron markalarni tarqatish milliy operator tomonidan amalga oshiriladi.
III bob. Maxsus xotira shtempellari
1-§. Maxsus xotira shtempellarini tayyorlash rejasini shakllantirish
45. Davlat ahamiyatidagi muhim voqealar va tarixiy xotira joylari hamda sanalarga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazishda pochta markalarini maxsus hisobdan chiqarish uchun taqvim pochta shtempellarining bir turi boʻlib hisoblanadigan MXSH qoʻllaniladi. Ular standart shakldagi shtempellardan oʻzining tashqi bezatilishi (qoʻshimcha matn, rasm), ularni qoʻllash maqsadlari va usuli bilan farqlanadi.
46. MXSH Vazirlikning qarori bilan muomalaga kiritiladi va milliy operatorning tarkibiy boʻlinmalarida joʻnatiladigan yozma xat-xabarlarni maxsus hisobdan chiqarish uchun xizmat qiladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 29-maydagi 125-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-1, 10.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 308-modda)
47. MXSHni bevosita rejalashtirish va tayyorlash milliy operator zimmasiga yuklanadi.
48. MXSH qayd qilingan yoki oʻtkazma taqvim sanasi bilan chiqariladi.
49. MXSH tayyorlanishini rejalashtirish davlat, jamoat va boshqa tashkilotlar, Oʻzbekiston filatelistlar jamiyatining takliflari asosida pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlarini nashr qilish mavzu rejalarini tuzishda milliy operator tomonidan amalga oshiriladi.
Milliy operatorga rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning 1-martigacha kelib tushgan talabnomalar koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi.
50. Rejadan tashqari MXSHni tayyorlash ushbu Nizomga muvofiq Vazirlikning qarori asosida amalga oshiriladi.
(50-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 29-maydagi 125-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-1, 10.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 308-modda)
Rejadan tashqari MXSHni tayyorlash boʻyicha takliflar ularni qoʻllash sanasidan 4 oy oldin koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi.
51. MXSH izlarining eskizlari Badiiy kengash tomonidan koʻrib chiqiladi, zarur boʻlganda, ushbu mavzu boʻyicha mutaxassislar bilan kelishiladi.
Badiiy kengash tomonidan maʼqullangan MXSH izlarining eskizlari Raqamli texnologiyalar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
(51-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 15-maydagi 245-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-3, 05.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2023-y., 10/23/2529-3/0336-son)
52. MXSHni tayyorlash Raqamli texnologiyalar vaziri tomonidan tasdiqlangan MXSH izlarining eskizlariga muvofiq bajariladi.
(52-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 15-maydagi 245-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-3, 05.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2023-y., 10/23/2529-3/0336-son)
Bir matn va rasmli MXSHning bir nechta nusxalarini tayyorlashda har bir nusxa raqam yoki harf bilan farqlanishi kerak.
53. MXSHda milliy operator tarkibiy boʻlinmalarining nomi davlat tilida lotin harflari bilan koʻrsatiladi.
Buyurtmachining xohishiga koʻra MXSHdagi voqea-hodisa yoki yubiley sanasi toʻgʻrisidagi matn davlat va/yoki boshqa tilda bajarilishi mumkin.
54. MXSH maxsus hisobdan chiqarishni oʻtkazishdan oldin 10 kundan kechiktirmay Vazirlikning qarori bilan muomalaga kiritiladi, qarorda MXSH nomi, uni qoʻllash vaqti va joyi, foydalanilayotgan mastikaning rangi, rasmning qisqacha tavsifi, muallif toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 29-maydagi 125-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-1, 10.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 308-modda)
55. Milliy operator maxsus hisobdan chiqarish oʻtkazilishidan 1 oy oldin oʻz tarkibiy boʻlinmalarini MXSHni qoʻllash joyi, muddatlari va maxsus hisobdan chiqarish uchun chiqarilayotgan pochta markalari va shu bilan bogʻliq filateliya materiallari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Milliy operator muomalaga kiritilayotgan MXSHning tartib boʻyicha raqamlanishi (identifikatsiya raqamlari)ni yuritadi. MXSHga identifikatsiya raqami u muomalaga kiritilganidan keyin Vazirlikning qarori bilan beriladi.
(55-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 29-maydagi 125-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-1, 10.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 308-modda)
(55-bandning uchinchi hatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2529-4, 01.02.2024-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)
2-§. Maxsus xotira shtempellarining qoʻllanishi
56. Milliy operator tarkibiy boʻlinmalar MXSHni olishlarini hisobga olib, maxsus hisobdan chiqarishlarni oʻtkazishdan uch kun oldin MXSHni qoʻllash joylariga yuboradi.
57. MXSHdan foydalanish faqat maxsus hisobdan chiqarishlar uchun milliy operatorning muayyan tarkibiy boʻlinmalari tomonidan Vazirlikning qarori bilan belgilangan muddat davomida amalga oshiriladi.
Ayrim holatlarda Vazirlik maxsus hisobdan chiqarishni oʻtkazish muddatini uzaytirishi mumkin.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 29-maydagi 125-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2529-1, 10.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 308-modda)
58. MXSH bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlgan pochta markalari hisobdan chiqariladi. MXSH bilan hisobdan chiqarish yozma xat-xabarlar joʻnatish uchun qabul qilinganda bajariladi.
MXSH izlari muomaladan chiqarilgan, ilgari maxsus hisobdan chiqarilgan pochta markalariga, shuningdek chet el filateliya materialiga qoʻyilmaydi.
Manzili koʻrsatilmagan konvertlarga MXSH izlarining qoʻyilishiga yoʻl qoʻyiladi.
59. Maxsus hisobdan chiqarish oʻtkazilayotgan milliy operatorning tarkibiy boʻlinmalari ommaviy axborot vositalari yoki joylardagi eʼlonlar orqali aholi va Oʻzbekiston filatelistlar jamiyatini MXSHni qoʻllash muddatlari va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladilar.
60. Milliy operatorning tarkibiy boʻlinmalarida oldindan, maxsus hisobdan chiqarish oʻtkazilgunga qadar, maxsus hisobdan chiqarilishi kerak boʻlgan yozma xat-xabarlarni solish uchun maxsus pochta qutilari oʻrnatiladi.
Yozma xat-xabarlar maxsus hisobdan chiqarilganidan keyin adresatlarga joʻnatiladi.
61. Milliy operatorning tarkibiy boʻlinmasi maxsus hisobdan chiqarish iltimosi bilan boshqa hududlardan kelib tushgan yozma xat-xabarlarga shtempel izini qoʻyishga majbur.
MXSHdan toʻgʻri foydalanish va uning saqlanishi uchun javobgarlik maxsus hisobdan chiqarish oʻtkazilayotgan milliy operator tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
3-§. Maxsus xotira shtempellarini saqlash
62. MXSH milliy operatorning tarkibiy boʻlinmalarida belgilangan tartibda saqlanadi va maxsus hisobdan chiqarish tugatilgan kundan boshlab keyingi kundan kechiktirmay qaytarilishi kerak.
63. MXSH qaytarilgandan keyin milliy operator Oʻzbekiston Filatelistlar jamiyati va filateliya magazinlarining buyurtmalari boʻyicha filateliya materialini maxsus hisobdan chiqaradi, soʻngra MXSHda kertik bajariladi va ular Arxivga saqlash uchun topshiriladi.
64. Qalbaki PTDBlarini sotish maqsadida tayyorlaganlikda yoki sotganlikda, shuningdek frankirlash mashinalarining oldindan maʼlum qalbakilashtirilgan tamgʻa izlaridan foydalanganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
65. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Intellektual mulk agentligi bilan kelishilgan.
Madaniyat va sport ishlari vaziri M. XADJIMATOV
2013-yil 16-oktabr
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUHAKIMOV
2013-yil 16-oktabr
Intellektual mulk agentligi Bosh direktori v. b. Z. GIYASOV
2013-yil 16-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 47-son, 624-modda; 2015-y., 23-son, 308-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2018-y., 10/18/2529-2/1609-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 05.06.2023-y., 10/23/2529-3/0336-son; 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)