1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Aloqa]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
POCHTA ALOQASI SOHASIDAGI FAOLIYATNI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Pochta aloqasini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini hamda 2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning qabul qilingan dasturini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]
1-ilovaga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlarini, ularning negizida “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati filiallarini tashkil etgan holda, “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga qoʻshish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining taklifiga, shuningdek “Oʻzbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda uning tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari umumiy yigʻilishlarining qarorlariga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati “Oʻzbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda uning tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining tuzilgan shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]
2. “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi pochta aloqasining milliy operatori etib belgilansin, unga quyidagi asosiy vazifalarni bajarish yuklansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]
pochta aloqasi xizmatlari bozoridagi talabni qondirish, respublikaning butun hududidagi barcha foydalanuvchilar uchun yagona qoidalar va talablar asosida majburiy tartibda pochta aloqasi universal xizmatlari koʻrsatish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.01 Xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.01 Xoʻjalik yuritish huquqi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]
pochta aloqasi sohasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, uni xoʻjalik yuritishning bozor sharoitlariga oʻtkazish, koʻrsatiladigan xizmatlar turlarini kengaytirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]
pochta aloqasi xizmatlari va qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish uchun pochta aloqasi tarmoqlari va vositalarini erkinlashtirish hamda rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, ularni foydalanuvchilarga yaqinlashtirish;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]
pochta joʻnatmalarini, pochta orqali pul mablagʻlari joʻnatmalarini xalqaro ayirboshlashni tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlaridan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarish;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-dekabrdagi 327-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 517-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
pochta aloqasi tarmoqlarida yozishmalarning maxfiyligini va pochta xavfsizligini taʼminlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]
marketing tadqiqotlarini tashkil etish, bozor konyunkturasini hisobga olgan holda past narxlardagi xizmatlarning yangi turlarini joriy etish yoʻli bilan pochta xizmatlari bozoridagi raqobatbardoshlilikni oshirish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
pochta aloqasi sifati va ishonchliligini oshirish uchun axborot texnologiyalarini qoʻllanish;
pochta aloqasi sohasida mutaxassislar tayyorlashning yuqori darajasini taʼminlash.
3. Quyidagilar:
“Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
“Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruv apparatining xodimlarning cheklangan umumiy soni 92 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 65 nafar boʻlgan tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
4. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ustav jamgʻarmasi ochiq aksiyadorlik jamiyatining oʻz mol-mulki, 1-ilovada koʻrsatilgan qayta tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyatlari mol-mulki hisobiga shakllantiriladi, aksiyalari paketlari quyidagicha taqsimlanadi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.04.00 Davlat mulki va xususiy mulkni muhofaza qilish. Noidoraviy qoʻriqlash. Idoraviy qoʻriqlash]
davlat mulkida saqlanadigan ulush — 51 foiz;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
erkin sotish uchun moʻljallangan ulush — 49 foiz.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ustav jamgʻarmasini shakllantirish tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshirsin, qayta tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini erkin sotish uchun moʻljallangan ulush hisobiga “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalariga konvertatsiya qilsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
6. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi 2010-yilgacha pochta aloqasi shoxobchalarini zamonaviylashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmatlarning yangi turlarini joriy etish va rivojlantirish dasturini ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 19-iyul,
339-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi 339-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kirgan qayta tashkil etiladigan, “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga qoʻshiladigan aksiyadorlik jamiyatlari roʻyxati
1. “Qoraqalpoq pochtasi” aksiyadorlik jamiyati
2. “Andijon pochtasi” aksiyadorlik jamiyati
3. “Buxoro pochtasi” aksiyadorlik jamiyati
4. “Jizzax pochtasi” aksiyadorlik jamiyati
5. “Qashqadaryo pochtasi” aksiyadorlik jamiyati
6. “Navoiy pochtasi” aksiyadorlik jamiyati
7. “Namangan pochtasi” aksiyadorlik jamiyati
8. “Samarqand pochtasi” aksiyadorlik jamiyati
9. “Surxondaryo pochtasi” aksiyadorlik jamiyati
10. “Sirdaryo pochtasi” aksiyadorlik jamiyati
11. “Toshkent pochtasi” aksiyadorlik jamiyati
12. “Fargʻona pochtasi” aksiyadorlik jamiyati
13. “Xorazm pochtasi” aksiyadorlik jamiyati
14. “Toshkent pochtamti” aksiyadorlik jamiyati
15. “Xalqaro pochtamt” aksiyadorlik jamiyati
16. “Oʻzbekiston markasi” aksiyadorlik jamiyati
17. “Xalqaro tezkor pochta” aksiyadorlik jamiyati
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi 339-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi 339-son qaroriga 3-ILOVA
“Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruv apparatining tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi 339-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qarorida:
3-ilovadagi 629—645-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
4-ilovadagi 337-pozitsiyada “Oʻzbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 589-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 29-son, 330-modda; 2011-y., 50-son, 517-modda; 2012-y., 52-son, 589-modda)