toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 19-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2527]
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 23-dekabrdagi 329-V-4-sonli va Moliya vazirligining 2020-yil 15-dekabrdagi 57-sonli “Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizom, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2527-4, 03.02.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 369-modda), “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 17-son, 188-modda), “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 18-son, 201-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 14-oktabr,
329-V-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 14-oktabr,
98-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2013-yil 14-oktabrdagi 329-V va 98-son qaroriga
ILOVA
Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida
Nizom
(nizomning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi, “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3856-son “Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2018-yil 27-avgustdagi 329-V-2, 123-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-2, 28.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
davlat maqsadli jamgʻarmasi — Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi;
davlat maqsadli jamgʻarmasi kredit liniyasi — davlat maqsadli jamgʻarmasi tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlarini kreditlash uchun tijorat banklariga ajratiladigan mablagʻlar;
qarz oluvchilar (qarzdor) — aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarida roʻyxatga olingan ishsiz shaxslar, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, turmushida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, kam taʼminlangan oilalarning aʼzolari va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlami vakillari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xoʻjaliklari hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlari;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2018-yil 27-avgustdagi 329-V-2, 123-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-2, 28.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son)
tavsiyanoma — mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar rahbarlari va tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazlari rahbarlari tomonidan beriladigan imtiyozli kreditlash boʻyicha hujjat.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2018-yil 27-avgustdagi 329-V-2, 123-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2527-2, 28.09.2018-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son)
2. Mikrokreditlar qaytarishlik, toʻlovlilik, muddatlilik, shuningdek maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.
3. Mikrokreditlar eng kam ish haqining 500 baravarigacha boʻlgan miqdorda 3 yillik muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasi, shu jumladan tijorat bankining ajratiladigan kredit stavkasining 50 foizi miqdoridagi marja bilan taqdim etiladi.
Bunda mikrokreditlar aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarida roʻyxatga olingan ishsiz shaxslarga, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga, turmushida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, kam taʼminlangan oilalarning aʼzolariga va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga garov taʼminotisiz eng kam ish haqining 100 baravari miqdoridan oshmagan hajmda ajratilishi mumkin.
Bunda tijorat banklari kreditning qaytmaslik xatarini sugʻurtalaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2018-yil 27-avgustdagi 329-V-2, 123-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-2, 28.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2018-yil 27-avgustdagi 329-V-2, 123-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2527-2, 28.09.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son)
5. Imtiyozli davr bilan berilgan mikrokreditlar boʻyicha foizlar ular berilgan kundan boshlab hisoblanadi va asosiy qarz imtiyozli davr tugaganidan keyingi kundan boshlab undiriladi.
6. Mikrokreditlar:
ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;
alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
savdo-vositachi va umumiy ovqatlanish tashkilotlari aylanma mablagʻlarini shakllantirish;
savdo va umumiy ovqatlanish obyektlarini qurishni moliyalash, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda ular uchun uskunalar sotib olish;
ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish;
maʼmuriy xarajatlarni toʻlash, jumladan xizmat avtomobillari taʼminoti;
mebel, uyali telefon sotib olish, shuningdek aloqa xizmatlariga toʻlov maqsadlari uchun berilishi mumkin emas.
II bob. Mikrokreditlar berish
7. Davlat maqsadli jamgʻarmasi kredit liniyasi hisobidan mikrokreditlar qarz oluvchilarga quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:
shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida issiqxonalar tashkil etish, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirish, quyon boqish va yetishtirish, urugʻliklar, koʻchatlar, chorva mollari va parrandalar, qishloq xoʻjaligi inventari va uskunalari, sugʻorish moslamalari (nasoslar, artezian quduqlari va boshqalar) xarid qilish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, qurilish materiallari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat isteʼmol mollari ishlab chiqarish uchun zamonaviy mini-uskuna va xomashyo xarid qilish;
xizmat koʻrsatish sohasida, ayniqsa, hunarmandchilik, maishiy, taʼmirlash, taʼlim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa talab yuqori boʻlgan sohalarda faoliyat koʻrsatadigan korxonalar tashkil etish va jihozlash;
qishloq tumanlarida, ayniqsa, xotin-qizlar oʻrtasida kasanachilikni rivojlantirish;
tuman va shaharlarning ishlab chiqarish ixtisoslashuvi, mavjud mineral xomashyo, yer, qishloq xoʻjaligi va boshqa resurslarni hisobga olgan holda boshqa yoʻnalishlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2018-yil 27-avgustdagi 329-V-2, 123-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-2, 28.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son)
8. Davlat maqsadli jamgʻarmasi kredit liniyasi hisobidan ishlab chiqarishni kengaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun ajratiladigan mikrokreditlarni olishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj quyidagi qatlamlari ustuvorlikka ega boʻladi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
kam taʼminlangan oilalar aʼzolari;
tarkibida nogironlar, jumladan Koʻzi ojizlar jamiyati aʼzolari boʻlgan oilalar;
tarkibida ikki va undan ortiq ish bilan band boʻlmagan aʼzolari boʻlgan oilalar;
boquvchisini yoʻqotgan oilalarning aʼzolari;
yosh oilalarning aʼzolari.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligining 2019-yil 12-apreldagi 329-V-3, 48-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2527-3, 21.04.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/2527-3/2986-son)
III bob. Mikrokreditlarni rasmiylashtirish
9. Qarz oluvchi — jismoniy shaxslar mikrokredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq ariza;
pasport nusxasi;
tavsiyanoma.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2018-yil 27-avgustdagi 329-V-2, 123-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-2, 28.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son)
91. Qarz oluvchi — tadbirkorlik subyektlari mikrokredit olish uchun xizmat koʻrsatuvchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ariza;
qarz oluvchining bank hisobvaragʻiga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi koʻrsatilgan biznes-reja;
tegishli davlat soliq inspeksiyasining qarz oluvchi oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xoʻjaliklari, oilaviy tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno;
mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan kredit taʼminoti turlaridan biri.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2018-yil 27-avgustdagi 329-V-2, 123-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2527-2, 28.09.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son)
10. Tijorat banklari tomonidan qarz oluvchilarning mikrokredit olish boʻyicha arizalarini elektron tizim orqali qabul qilish uchun dasturiy taʼminot joriy qilinishi mumkin.
11. Qarz oluvchilar mikrokredit qaytarilishining taʼminoti sifatida xizmat koʻrsatuvchi bankka quyidagi taʼminot turlaridan birini taqdim etadi:
mol-mulk garovi (jismoniy shaxslar bundan mustasno);
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2018-yil 27-avgustdagi 329-V-2, 123-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-2, 28.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son)
bank yoki sugʻurta kompaniyasining kafolati;
uchinchi shaxs kafilligi;
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining bank foydasiga sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi.
12. Mikrokredit hisobiga sotib olingan mulk ushbu mikrokredit boʻyicha oʻz qiymatining 80 foizi miqdorida garov predmeti boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Banklar qarz oluvchilar tomonidan mikrokredit qaytarilishining taʼminoti sifatida taqdim qilgan mol-mulkni uning xususiyatidan kelib chiqqan holda kreditning qaytarilgan qismiga nisbatan garovdan chiqarish huquqiga ega.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
13. Kafillik bank foydasiga kafil va qarz oluvchi oʻrtasida 3 nusxada tuziladigan yozma shakldagi kafillik shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur shartnomaning oxirgi varagʻiga kafillik qabul qilinganligi toʻgʻrisida xizmat koʻrsatuvchi bank boshqaruvchisi tomonidan imzolangan va dumaloq muhr bilan tasdiqlangan yozuv kiritiladi.
14. “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga asosan, qarz oluvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, kafolat beruvchi yoki kafil qarzni qaytarish muddati tugagach, xizmat koʻrsatuvchi bankning birinchi talabiga binoan shartnomaga muvofiq qarz oluvchining qarzini toʻlashi shart.
IV bob. Kredit liniyalarini ochish
15. Kredit liniyasini ochish uchun davlat maqsadli jamgʻarmasi va Bosh bank oʻrtasida Bosh kelishuv tuziladi. Bosh kelishuvda banklarning viloyat va tuman boʻlimlari tomonidan mikrokreditlar berishda oʻrnatiladigan limit (chegara)lar boʻyicha alohida shart belgilab qoʻyilishi zarur.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
16. Davlat maqsadli jamgʻarmasi kredit liniyasini ochish toʻgʻrisida Bosh kelishuvlarni bir yoki bir necha tijorat banklari bilan tuzishi mumkin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
17. Bosh kelishuv imzolangandan soʻng, davlat maqsadli jamgʻarmasi va Bosh bank oʻrtasida kredit liniyasini ochish boʻyicha kredit shartnomasi tuziladi. Bunday kredit shartnomalari, agar Bosh bank tomonidan vakolat berilgan boʻlsa, tijorat banklari va davlat maqsadli jamgʻarmasining hududiy boʻlimlari oʻrtasida ham tuzilishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
18. Kredit liniyasini ochish boʻyicha kredit shartnomasi imzolangandan soʻng, davlat maqsadli jamgʻarmasi har oyning 15-sanasidan kechiktirmay tegishli summani tijorat bankining vakillik hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
19. Davlat maqsadli jamgʻarmasi kredit liniyalari hisobidan qarz oluvchilarga berilgan mikrokreditlar 22005 — “Budjetdan tashqari fondlarga toʻlash uchun uzoq muddatli kreditlar” balans hisobvaragʻida hisobga olinadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
20. Mikrokreditlar boʻyicha hisoblangan foizlar alohida hisobvaraqda jamlanadi va shartnomada belgilangan muddatlarda davlat maqsadli jamgʻarmasining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
21. Kredit liniyasining amal qilish muddati tugagandan soʻng, Bosh bank davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlarini qarzdorlar tomonidan amalda qaytarilishidan qatʼi nazar, hisoblangan foizlarni qoʻshgan holda davlat maqsadli jamgʻarmasining bank hisobvaragʻiga qaytarishi shart.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
22. Davlat maqsadli jamgʻarmasi oʻzining kredit liniyalari hisobidan berilgan mikrokreditlardan maqsadli foydalanilishini oʻrganish maqsadida kredit yigʻmajildlarini koʻrib chiqish va tijorat bankining vakili bilan birga tegishli joyga chiqqan holda monitoring oʻtkazish huquqiga ega.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
23. Tijorat bankining mikrokreditdan maqsadli foydalanmayotganligi aniqlangan taqdirda, davlat maqsadli jamgʻarmasi kredit liniyasining maqsadsiz ishlatilgan qismini muddatidan oldin qaytarilishini talab qilishga haqli.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
24. Tijorat banklari davlat maqsadli jamgʻarmasi kredit liniyalarini oʻzlashtirish holati toʻgʻrisida har chorakda davlat maqsadli jamgʻarmasiga mazkur jamgʻarmaning kredit liniyasi hisobidan mikrokredit olgan qarz oluvchilar roʻyxatini ilova qilgan holda maʼlumot taqdim etadi. Mazkur maʼlumotlar asosida har chorakda tijorat banki va davlat maqsadli jamgʻarmasi oʻrtasida mablagʻlarning ishlatilishi haqida oʻzaro solishtirma dalolatnoma tuziladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
V bob. Mikrokreditlar berishni rasmiylashtirish
25. Tijorat banklari oʻzlari bilan muntazam aloqaga ega, bank hisobvaragʻida muntazam pul oqimi mavjud, yaxshi obroʻ va kredit tarixiga ega boʻlgan qarz oluvchilarga mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan taʼminot turlaridan birini talab qilmay blankli (ishonchli) kredit berish huquqiga ega.
26. Tijorat banki va mijoz oʻrtasida kredit shartnomasi tuzilgandan soʻng, kredit boʻlimi xodimi bank buxgalteriyasiga muddati va foiz stavkasini koʻrsatgan holda kredit hisobvaragʻini ochish toʻgʻrisidagi farmoyishni taqdim etadi. Bunda mikrokredit berish boʻyicha qaror qabul qilingandan boshlab qarz oluvchiga kredit varaqchasi ochiladi.
27. Qarz oluvchining mikrokredit berish boʻyicha arizasi xizmat koʻrsatuvchi bankka kelib tushgan kundan boshlab uch kun ichida koʻrib chiqilishi va tegishli qaror qabul qilinishi kerak.
28. Davlat maqsadli jamgʻarmasi kredit liniyasi hisobidan mikrokredit berish yoki uni berishni rad etish uchun tijorat banki filialining qarori asos hisoblanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
29. Qarz oluvchining arizasi bank tomonidan koʻrib chiqilayotganda, quyidagilar tahlil qilinadi:
qarz oluvchining daromadlari yetarliligi;
qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning bir-biriga zid emasligi;
qarz oluvchining majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarish imkoniyati mavjudligi.
30. Tijorat banki filiali kredit qoʻmitasi tomonidan qarz oluvchining investitsiya loyihasi maʼqullangandan soʻng, davlat maqsadli jamgʻarmasining kredit liniyasida mablagʻ mavjud boʻlmasa, tijorat banki filiali shu kunning oʻzida Bosh bankka yoki tegishli hududiy boʻlimiga mazkur kredit liniyasi boʻyicha qoʻshimcha mablagʻlar ajratish boʻyicha buyurtma bilan murojaat qiladi. Mazkur buyurtma asosida Bosh bank yoki viloyat boʻlimi buyurtma olingan kunning ertasidan kechiktirmay davlat maqsadli jamgʻarmasi kredit liniyasi hisobidan talab qilinayotgan summani ajratadi.
Agar davlat maqsadli jamgʻarmasining Bosh bankda ochilgan kredit liniyasida mablagʻlar mavjud boʻlmasa, Bosh bank shu kunning oʻzidayoq bu haqda buyurtma bilan murojaat qilgan tegishli tijorat banki filialiga xabar berish bilan birga, davlat maqsadli jamgʻarmasiga qoʻshimcha mablagʻlar ajratish haqida talabnoma joʻnatadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
31. Tijorat banki filiali davlat maqsadli jamgʻarmasining kredit liniyasida mablagʻlar vaqtinchalik mavjud emasligi haqida xabar olgan kunning ertasidan kechiktirmay, bu haqda qarz oluvchini xabardor qiladi. Bank filialining kredit qoʻmitasi kalendar navbati asosida mikrokredit berish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingan qarz oluvchilar nomi koʻrsatilgan roʻyxat tuzadi.
Mazkur roʻyxat davlat maqsadli jamgʻarmasi boʻyicha alohida tuziladi va barchaning tanishib chiqishi uchun qulay boʻlgan joyga osib qoʻyiladi. Roʻyxatning bank filiali boshqaruvchisi tomonidan imzolangan nusxalari Bosh bank yoki viloyat boʻlimiga taqdim etiladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
32. Davlat maqsadli jamgʻarmasining kredit liniyasiga mablagʻ kelib tushgandan soʻng, mikrokreditlar mazkur kredit liniyasi hisobidan roʻyxatdagi navbat boʻyicha beriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
VI bob. Monitoring oʻtkazish
33. Mikrokreditlar qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi ochilgan tijorat banklari tomonidan beriladi.
Mikrokreditlar alohida kredit hisobvaragʻini ochish va ushbu hisobvaraqdan toʻlov topshiriqnomalari asosida tovar-moddiy boyliklar uchun naqd pulsiz shaklda pul oʻtkazish yoʻli bilan beriladi.
34. Mikrokreditlar boʻyicha muddatli majburiyatnomalar rasmiylashtiriladi va toʻla qaytarilgunga qadar 91905 — “Qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar va lizinglar boʻyicha majburiyatlari” koʻzda tutilmagan holatlar balans hisobvaragʻida hisobga olinadi.
35. Mikrokreditlarni qaytarish muddati kelgan vaqtda qarzdorning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻida kreditni qaytarish uchun mablagʻlar mavjud boʻlmagan taqdirda, mazkur mikrokredit muddati oʻtgan kreditlar hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va u boʻyicha rasmiylashtirilgan muddatli majburiyatnomalar toʻlovi esa, Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 127-modda) muvofiq, 2-sonli kartoteka orqali kalendar navbati boʻyicha amalga oshiriladi.
36. Tijorat banklari mikrokreditdan foydalanishning muddati davomida doimiy monitoring oʻtkazadi.
37. Monitoring oʻtkazish jarayonida qarz oluvchining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati, tuzgan shartnomalari (buyurtmalar) boʻyicha majburiyatlarining bajarilayotganligi, ishlab chiqarish hajmi, noishlab chiqarish xarajatlari va yoʻqotishlari, foydasi, aylanma mablagʻlari aylanmasi va dinamikasi hamda tovar-moddiy boyliklar zaxirasi holati tahlil qilib boriladi. Tahlillar natijasi qarz oluvchi uchun tijorat bankida ochilgan maxsus jildda tizimlashtirib boradi.
Tijorat banklari xodimlari garov taʼminotining holati va berilgan mikrokreditdan maqsadli va samarali foydalanilayotganligini joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
38. Mikrokreditdan belgilanmagan maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda, tijorat banki qarzdorga kelgusida kredit berishni rad etishga yoki mikrokredit summasi va unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin qaytarib olishga hamda shartnomada belgilangan shartlar asosida jarima belgilashga haqlidir.
39. Qarzdor mikrokredit boʻyicha asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlarni shartnoma shartlari asosida toʻlashdan yoki garov shartnomasi shartlari asosida garov mulkini bank tasarrufiga berishdan bosh tortgan hollarda, tijorat banki tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan choralar koʻriladi.
40. Qarz oluvchining garov taʼminoti mikrokredit boʻyicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni qaytarishga yetmagan taqdirda, bank mazkur qarzni qaytarishni qarz oluvchining likvidli mol-mulki, jumladan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari, transport vositalari, kompyuter hamda tashkilotlarning boshqa likvidli aktivlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi 422-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 23-son, 186-modda) bilan tasdiqlangan Banklarni kreditlari boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish tartibiga muvofiq amalga oshirishi mumkin.
VII bob. Yakuniy qoidalar
41. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
42. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2013-yil 14-oktabr
Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA

‎‎Aholi bandligini taʼminlash uchun kredit olish boʻyicha
‎TAVSIYANOMA

___________________________________ viloyat/shahar, _____________________________________ tuman, ___________________________ MFY, ___________________________ koʻchasi, ____ uyda istiqomat qiluvchi fuqaro ____________________________ ________________yil “______” ________________________da tugʻilgan.

‎‎(F.I.O.)

‎‎Fuqaro — ________________, maʼlumoti________, mutaxassisligi___________, umumiy ish staji__________yil,

(F.I.O.)

‎‎oxirgi ish joyi______________________________________________________________________________, ish joyidan boʻshagan vaqti____________________________, mehnat organidan ish izlovchi sifatida roʻyxatga olingan sana _______________________________ (shaxsiy kartochka raqami va sanasi).

‎‎Fuqaro _____________________ uy sharoitida ___________________faoliyat turi bilan shugʻullanish orqali band

‎‎(F.I.O.)

‎‎boʻlish istagini bildirgan.

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3856-son “Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga hamda Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2527, 2013-yil 19-noyabr) asosan fuqaro ______________________________________________________________ga faoliyat turi bilan shugʻullanishi uchun

(F.I.O.)‎‎

eng kam ish haqining _________ baravarigacha boʻlgan miqdorda imtiyozli kredit ajratilishini tavsiya etamiz.
‎Fuqaro tomonidan unga ajratilgan kreditning maqsadli foydalanishi hamda uning toʻlov qobiliyati kredit ajratgan tijorat banki bilan hamkorlikda doimiy nazorat qilib boriladi. Kredit va unga hisoblangan foizlar oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash choralari koʻriladi.‎‎

‎‎Tuman (shahar) sektor rahbari
‎2018-yil “____”_______________

‎‎(imzo, muhr, F.I.O.)

‎‎Tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi direktori
‎2018-yil “____”______________

‎‎‎‎(imzo, muhr, F.I.O.)

Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA

‎‎ARIZA

‎‎Men, _____________________________ (pasport raqami _______________, 20_____ yil “______” ____________da

‎‎(F.I.O.)

____________________________________________tuman (shahar) IIB tomonidan berilgan) _______ yil “____” _____________da _______________tuman (shahar)da tugʻilganman. Hozirda ____________________tuman (shahar), _____________________MFY, ________________________koʻchasi, ______uyda istiqomat qilaman.
‎Menga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3856-son “Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga hamda Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2527, 2013-yil 19-noyabr) asosan ish bilan band boʻlishim uchun____________________________________________________________________________ yuritish maqsadida

‎‎‎‎(faoliyat turi va maqsadi)

‎‎yillik Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdoridagi _______ foiz ustama toʻlash sharti bilan _____ (_________) yil muddatga, shu jumladan asosiy qarz toʻlovi boʻyicha _____ oylik imtiyozli davr bilan _________________________________________________soʻm (summa soʻz bilan) miqdorida imtiyozli kredit ajratishingizni soʻrayman.

‎‎Arizamga quyidagi hujjatlarni ilova qilaman:
‎________________________________________________________________________________________________; ________________________________________________________________________________________________; ________________________________________________________________________________________________; ________________________________________________________________________________________________.

‎‎Olingan kredit mablagʻidan maqsadli foydalanish, kredit va unga hisoblangan foizlarni oʻz vaqtida toʻliq toʻlab borishni oʻz zimmamga olaman.

‎‎Ariza beruvchi, fuqaro

‎‎(imzo)

‎‎F.I.O.

(1 va 2-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2018-yil 27-avgustdagi 329-V-2, 123-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2527-2, 28.09.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 47-son, 622-modda; 2014-y., 26-son, 323-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son; 22.04.2019-y., 10/19/2527-3/2986-son)