Mazkur Qoidalar tomyopgich va gidroizolyatsion ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar tomyopgich va gidroizolyatsion ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Ushbu Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish boʻyicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
11. Tashkilot xodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
13. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi hamda ishchilar va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat tashkilotlari zararli moddalarining yoʻl qoʻyiladigan chiqarishlarini oʻrnatish qoidalari” boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻir sharoitlarini attestatsiya qilish orqali aniqlanishi lozim.
16. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish asbob-uskunalarini joriy qilishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
17. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr asbob-uskunalariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarishdan oldin mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirishlari shart.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbari oʻta xavfli ishlarni belgilangan talablarga muvofiq rejalashtirilishi, tashkillashtirilishi va xavfsiz bajarilishi uchun javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va meʼyorlar talablariga mos jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
24. Xodimlar Qurilish, qurilish-montaj va taʼmirlash-qurilish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalariga (roʻyxat raqami 2224, 2011-yil 10-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 19-son, 193-modda) muvofiq yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllash, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
26. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi mavjud boʻlishi;
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
6-§. Kasbiy tanlov
27. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
28. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari ish faoliyati boʻyicha tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
29. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalar va xavfi yuqori boʻlgan ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnomaga ega boʻlishi shart.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
32. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.
33. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
34. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiyot xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
35. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
36. Davriy majburiy tibbiy koʻriklarning oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbari zimmasiga yuklanadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
37. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
38. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi, umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
39. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
xonalarda ruxsat etilgan harorat, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarning, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”ga muvofiq boʻlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlashi;
(39-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
xonalarda yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi, singan taqdirda esa uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi.
9-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
40. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” talablariga mos boʻlishi kerak.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
41. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
42. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
43. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
44. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
45. Yilning yoz vaqtida yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishki mavsumda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi lozim.
46. Yoʻlovchilar uchun yoʻlak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m va yon tomonlarida devorcha va toʻsiqlar boʻlishi lozim.
47. Binolarning tomlarini qishki mavsumda qordan, karnizlarni qotgan muzlardan tozalab turish zarur.
48. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi shart.
49. Hovlidagi hojatxonalarni ozoda saqlash, muntazam dezinfeksiya qilish, sutkaning qorongʻi paytida esa yoritilishi kerak.
50. Tashkilot joylashgan maydon butun chegara boʻylab toʻsilgan boʻlishi, uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan boʻlishi lozim.
10-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
51. Ishlab chiqarish bino va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
52. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
53. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga javob berishi kerak.
54. Nam xonalarda hamda issiq oʻtkazuvchi pollarda (betonli, gʻishtli va plitali) muntazam ishlashga moʻljallangan ish joylarida yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
55. Pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan boʻlishi kerak.
56. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
57. Darvoza tavaqalarining yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
58. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan ortiq boʻlishi kerak.
59. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan ortiq boʻlishi kerak.
60. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
61. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi mavsum) tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
62. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
11-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
63. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
64. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agarda shovqin va tebranish darajasi belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlgan hollarda, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarga yoki sexdan tashqariga joylashtirish;
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan mustaqil va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatilishi kerak.
65. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji boʻlmasa, shaxsiy eshitish aʼzolarini himoya qilish vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak.
12-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
66. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
67. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
68. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmasligi lozim.
69. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21 °C, oʻrtacha ogʻir ishda 17 °C va ogʻir ishda 16 °C dan past boʻlmasligi kerak.
70. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda harorat 22 °C dan kam boʻlmasligi kerak.
71. Isinish xonalarigacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan koʻp boʻlmasligi lozim.
13-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(13-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
72. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
73. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
74. Ichimlik suvining harorati 8 °C dan 20 °C gacha boʻlishi kerak.
75. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
76. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talabiga mos boʻlishi lozim.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
77. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak. Yorugʻlik tushuvchi oynalarni har yili kamida ikki marotaba tozalash lozim.
78. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan toʻsib qoʻyish taqiqlanadi.
79. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda) tizim orqali amalga oshiriladi. Faqatgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
80. Uchastka va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolishi ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
81. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
82. Koʻchma yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchma apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanilishi lozim.
83. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.
84. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.
85. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritqichlarning sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
15-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar
86. Tashkilotda maishiy xonalar, ovqatlanish xonalari, tibbiy punktlar mavjud boʻlishi kerak.
87. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qoʻl yuvgichlari, isteʼmol suv taʼminoti qurilmalari, hojatxonalarning soni, smenadagi eng koʻp xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi lozim.
88. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
16-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga boʻlgan talablar
89. Tashkilotlarda atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishi va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishining oldi olinishi lozim.
90. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanish ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
91. Tashkilotlarda chiqindilarni yigʻish uchun atrofi oʻralgan maxsus joy ajratilishi va konteynerlar bilan taʼminlanishi, konteynerlar chiqindilardan boʻshatilgandan soʻng, xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
(92-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
III bob. Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
93. Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Ishlab chiqarish jarayonlari. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar”ga muvofiq boʻlishi kerak.
94. Ishlab chiqarish xonalaridagi jarayonlarning xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali taʼminlanishi lozim:
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat koʻrsatish tartibidagi (texnologiya) jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qoʻllash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qoʻllash;
ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli meʼyorlaridan ortiq darajada tarqalishining oldini olish.
95. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda ish bajaradigan dastgoh va mexanizmlar ketma-ketligi blokirovka (avtomatik toʻxtatib qoʻyish) tizimi bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
96. Uskuna va avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ularning ishga tushirilganligini bildiruvchi ovozli va yorugʻlik signallari boʻlishi kerak. Signal elementlari (elektr qoʻngʻiroq, oʻchib-yonuvchi chiroq) mexanik buzilishlardan himoyalangan boʻlib, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar eshitadigan darajada boʻlishi lozim.
Avtomatlashtirilgan liniyalar ogohlantiruvchi yorugʻlik signali berish moslamasiga ega boʻlishi kerak.
Avtomatlashtirilgan liniya toʻxtatilgandan soʻng, uni ovozli va yorugʻlik signali bermasdan ishga tushirish taqiqlanadi.
97. Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlarining uskunalari ishga yaroqli boʻlishi, nazorat-oʻlchash asboblari soz holatda va apparatlarni ishga tushirish blokirovka vositalari mavjudligida amalga oshirilishi lozim.
98. Barcha tarmoqlarda texnologik jarayon xavfsiz bajarilishi lozim.
99. Lattamaydalagich, qirquvchi va navlarga ajratuvchi mashinalarda soʻruvchi shamollatish tizimi boʻlishi lozim. Mazkur mashinalar elektr tizimiga ulangandan keyin ularni ishga tushiruvchi blokirovka moslamasi oʻrnatilishi kerak.
100. Tayyorlash boʻlimidagi barcha dastgohlar va mexanizmlarning texnik hujjatlari (pasporti, chizmasi va ishlatishga doir qoʻllanmasi) boʻlishi kerak.
101. Texnologik uskunalarga xizmat koʻrsatish tashkilot rahbari tomonidan mazkur ishni bajarishga tayinlangan xodimlarga topshiriladi. Sexda begona shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.
102. Sexlardagi yoʻlaklarga xom ashyo, tayyor mahsulot va chiqindilarni joylashtirish (qoldirish) taqiqlanadi.
103. Barcha ish joylarida mexanizmlarni tozalash va ish joylarini yigʻishtirish uchun zarur boʻlgan moslamalar boʻlishi lozim.
Uskuna ishlab turganda uni artish, sozlash, taʼmirlash va chiqindilarni olib tashlash taqiqlanadi.
104. Uskunalarga elektr energiyasi, suv, bugʻ va moy kelmay qolganda, ular keladigan manbalar berkitilishi va ishlab chiqarish toʻxtatilishi kerak.
105. Shamollatish tizimi nosoz holga kelganda, texnologik jarayon toʻxtatilib, avariya-shamollatish tizimi ishga tushirilishi taʼminlanishi lozim.
106. Agregat mexanizmlarining normal ishidagi har qanday buzilishlar undagi barcha mexanizmlarning avtomatik tarzda toʻxtatilishi bilan yakunlanishi lozim.
107. Ishlab turgan uskunalar joylashgan joylar zarur toʻsiqlar, himoya va saqlovchi moslama va qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Ish joylariga va ishlab chiqarish binolariga begona shaxslarning kirishiga yoʻl qoʻyilmasligi lozim.
2-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
108. Ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda yongʻin va portlash xavfsizligi GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
109. Ishlab chiqarishda sinalmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni qoʻllash taqiqlanadi.
110. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq meʼyorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
111. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
112. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
113. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi lozim.
114. Bino va yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
115. Yongʻindan xavfli sexlar, laboratoriyalar, uchastkalarda va portlash yoki alangalanish xavfi bor qurilmalarda ochiq alangadan foydalanishni taqiqlovchi va alangalanuvchi va portlovchi moddalar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligi toʻgʻrisida belgilar ilib qoʻyilishi zarur.
116. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
117. Ishlab chiqariladigan barcha boʻlimlarda chekish taqiqlanadi.
118. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
119. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va yongʻinni oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
3-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
120. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatishda va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(120-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
121. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xoʻjaligi uchun javobgar xodim tayinlangan boʻlishi va bu xodim elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi shart.
122. Kuchlanish 1000 V va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalariga xizmat koʻrsatishda elektr xoʻjaligi uchun javobgar xodim elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga va kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishda IV malaka guruhiga ega boʻlishi kerak. Masʼul xodim muntazam ravishda va oʻrnatilgan tartibda elektr xavfsizligi boʻyicha tashkilotda tuzilgan komissiyada bilim sinovidan oʻtishi shart.
123. Elektr tok oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
124. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa, suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi shart.
125. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
126. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qoʻllanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
127. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokidan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va oʻlchash orqali tekshirib turilishi lozim.
128. Uskuna tok uzatilmaganligi sababli toʻxtatilgan hollarda, elektr dvigatellar oʻchirilishi kerak.
129. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
130. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatli elektr lampalari va asboblariga almashtirish tarmoq uchun yoʻl qoʻyiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xoʻjaligi uchun javobgar xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
131. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
132. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning gʻiloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim.
133. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall toʻrlar bilan oʻralgan va toʻr yerga ulangan boʻlishi lozim.
134. Tashkilotning barcha bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorgi mavsumda tekshirib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
4-§. Chiqindi qogʻozlarni qayta ishlash va karton ishlab chiqarishda xavfsizlik talablari
135. Chiqindi oʻramlarini yechish, saralash va maydalash dezinfeksiya ishlari oʻtkazilgandan soʻng bajarilishi lozim.
136. Chiqindi oʻramlari maxsus tayyorlangan toza joyda qaychilar yordamida yechilishi lozim.
137. Chiqindilarni maydalovchi barabanning saralovchi transportyor lentasi bilan blokirovkalanishi, baraban ishga tushmaguncha lenta ishlamasligi, baraban toʻxtaganda esa, transportyor avtomatik tarzda toʻxtashi kerak.
138. Chiqindilar yuboriladigan nov (ariqcha)lar massaning bir barabandan boshqasiga oʻtib ketmasligi uchun ular mustahkam va qattiq qopqoqlar bilan berkitilishi lozim. Nazorat qilish lyuklarida ochilib zich yopiladigan qopqoqlar boʻlib, ular barabanlar ishlaganda yopiq boʻlishi kerak.
139. Qum kanallari maxsus toʻsiqlar bilan toʻsib qoʻyilishi lozim. Kanal boʻylab eni 0,7 m keladigan yogʻoch panjarali qoplamalar oʻrnatilishi zarur.
baraban ostidan qoʻl bilan massa namunasini olish;
toʻr va yechib olinadigan valiklardagi massani qoʻl bilan tozalash;
quyuqlashtirgich moslamasining barabani ishlayotganda baraban ostidagi massani tozalash;
qoʻl yoki turli predmetlar yordamida massani siquvchi valik ostiga itarish;
quyuqlashtirgich moslamasining siquvchi oʻqidagi qattiq matoni taranglatib tortish yoki tuzatib qoʻyish.
141. Quyuqlashtirgich moslamasini ishga tushirishdan oldin barabandagi toʻr ishga yaroqli ekanligini tekshirish hamda barcha zarur toʻsiqlar va keskich pichoqlar shaber tanasiga mahkamlangan boʻlishi lozim.
142. Quyuqlashtirgich moslamasining barabanidagi toʻrni bugʻ bilan puflash jarayoni ikki nafar xodim tomonidan quyidagi talablarga rioya qilgan holda bajarilishi lozim:
shlanglarga ulangan tizimlardagi bugʻ bosimi 350 kPa dan oshmasligi kerak;
bugʻni yuborishdan oldin shlangning bugʻ trubkasiga va uch yoq (troynik)liklarni shlangga mustahkam qotirilganligi tekshirilishi kerak;
birinchi xodim bugʻ yuborish joʻmragi oldida turib, ohista va ravon bugʻ uzatilishini kuzatib turishi kerak;
ikkinchi xodim setkali stol ustidagi oʻtish koʻprikchasida quyuqlashtirgich moslamasining korpusi atrofida shlangni oʻralmagan holda old tomonida ushlab turishi kerak;
bugʻ uzatilayotganda shovqinga qarshi yakka tartibda himoya vositalaridan foydalanilishi lozim.
143. Konussimon tegirmonlarni ishlatganda, qurilmaga kirayotgan va undan chiqayotgan joydagi bosimni mazkur turdagi uskuna uchun belgilangan meʼyordan oshirish taqiqlanadi.
144. Saralash konveyeriga boradigan barcha yoʻllar hamda oʻtish joylari boʻsh boʻlishi kerak.
145. Saralash konveyeriga metall predmetlar tushib qolganda, ovozli signal beruvchi va avtomatik tarzda konveyerning ishlashini toʻxtatuvchi metalltutgichlar oʻrnatilishi lozim.
146. Gidroparchalagichning polida suv oqib ketishi uchun nov (ariqcha) boʻlishi, vanna atrofiga yogʻoch panjarali qoplama yotqizilishi lozim. Qoplamaning eni kamida 0,7 m boʻlishi kerak.
147. Aralashma massasining harorati 30 °C dan ortiq boʻlganda, gidroparchalagichga ochilib-yopiladigan qopqoq oʻrnatilishi va uning maydalanadigan material solinadigan teshigi boʻlishi kerak. Teshik kamida 1 m balandlikda oʻrab toʻsilishi lozim.
148. Gidroparchalagich operatorining ish oʻrni transportyorni, apparatga massa solinadigan joyni toʻliq koʻradigan qilib qurilishi va operator gidroparchalagich yoniga oson borishini taʼminlash kerak.
149. Massani aralashtiruvchi qurilmani basseynlarga joylashtirishda ishga tushiruvchi va aralashtiruvchi qurilmani demontaj qilish ishlari xavfsiz bajarilishini inobatga olish lozim.
150. Basseynlarda suvning eng yuqori sathini chegaralovchi toʻkish quvurchalari boʻlishi kerak.
151. Karton ishlab chiqaruvchi mashinani ishga tushirish texnologik reglamentga muvofiq smena boshligʻining ruxsati bilan mashinist rahbarligida amalga oshiriladi. Qurilish silindrlarida bugʻ bosimini koʻtarish tezligi va silindr qobigʻidagi harorat ham ushbu reglament tartibiga mos kelishi kerak. Karton chiqaruvchi mashinani ishga tushirishdan oldin barcha qurilmalarni alohida salt (xolostoy) holatda ishlashini tekshirib koʻrish lozim.
152. Karton ishlab chiqaruvchi mashinani ishlatish jarayonida, karton ishlab chiqarish (texnologiya) operatsiyalar, kartonni tashish va tayyor mahsulotni taxlash ishlari maksimal darajada mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan boʻlishi lozim.
153. Karton ishlab chiqaruvchi mashinani ishlatishdagi texnologik jarayon rejimi quyidagilarni taʼminlashi zarur:
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari namoyon boʻlishining oldini oluvchi texnologik uskunalarning ishlashini;
ishlash muddati davomida texnologik uskunalar va himoya vositalarining yaxshi ishlashini.
154. Karton ishlab chiqaruvchi mashina ishlab turganda quyidagi operatsiyalarni bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi:
karton tasmasini qoʻlda tekislash;
toʻr va toʻrli valiklarga yopishib qolgan massani suv yoki bugʻ oqimi bilan yuvish;
maxsus qirgʻich yoki siqilgan havo bilan vallar va baraban ostidagi detallarni tozalash;
siqilgan havo bilan massa va uzilgan tasmalarni haydash;
mashina ostiga tushgan chiqindi massalari yoki sifatsiz ashyolarni maxsus kurakcha yoki uzun dastali supurgi bilan chiqarish;
qorishmani quyish qutilarida aralashtirish.
155. Qattiq mato iplarini uzish uchun presslovchi yoki quritish mashinalarni toʻxtatib turish lozim.
156. Maydonchalardagi quritish silindrlarining yuqori qavatining qalpoq ostidagi uskunalarini nazorat va tutib turish ishlarini ikki nafar xodim bajarishi lozim.
157. Quritish silindrlari orasidan arqon oʻtgan joylardagi roliklar va arqonlar toʻsib qoʻyilishi lozim.
158. Karton ishlab chiqaruvchi mashinaning qurituvchi qismlari yonida bagrlarni saqlash uchun javonlar qurish rejalashtirilishi lozim. Tambur oʻqlarini saqlash uchun qurilgan javonlardan ushbu ashyolar tushib ketmaydigan boʻlishi kerak.
159. Karton ishlab chiqaruvchi mashinaning old va uzatma tomonlariga yoy shaklidagi tutqich toʻsiqlar oʻrnatilishi lozim.
160. Dastgoh mahsulotni mexanik usulda qabul qiladigan uskunaga ega boʻlmasa, tezligi 25 m/min. boʻlgan boʻylama kesuvchi dastgohga karton polotnosini kiritish taqiqlanadi.
161. Karton ishlab chiqaruvchi mashinaga qoʻlda (mexanik) karton kiritishda toʻsuvchi shtangani tushirib qoʻyish lozim.
162. Karton qirquvchi mashina va u bilan bogʻliq uskuna ogohlantiruvchi signal bergandan soʻng ishga tushirilishi lozim.
163. Saralovchi konveyerni ishga tushirishdan oldin uning sozligini, gʻalvirlari tozaligini, yonida yoki ustida ushbu ish bilan bogʻliq boʻlmagan xodimlar va keraksiz predmetlar yoʻqligini, aylanadigan qismlar va mexanizmlar atrofi toʻsilganligini tekshirib chiqish zarur.
164. Maydalagich qurilmasini ishga tushirishdan oldin quyidagilarni bajarish lozim:
toʻsiqlar yaxshi mahkamlanganligini tekshirish;
zarur nazorat-oʻlchov asboblari borligi va ularni ishga yaroqliligini tekshirish;
sovutish tizimiga keladigan suv tarmogʻidagi bosim meʼyorda ekanligini aniqlash;
mexanizmlardagi salnikli uskunalarning hamda moylash tizimidagi sath holatini tekshirish;
elektroʻtkazgichlarda yerga tutashtirish tizimi mavjudligi va sozligini tekshirish.
165. Tozalagichlarni ishga tushirishdan oldin gʻalvirlar, tanasidagi yechib olinadigan gʻiloflar yaxshi mahkamlanganligini salnikli zichlagichlarning sozligini, suv purkagich va zichlagichlarga suv keladigan magistral tarmoqlardagi suv bosimi yetarli darajada ekanligini tekshirish kerak. Mazkur shart-sharoitlar buzilgan taqdirda mexanizmni ishga tushirish taqiqlanadi.
166. Uskunalar va quvur oʻtkazgichlardagi germetiklik buzilganda, nosozliklar tuzatilmaguncha massani berish va karton ishlab chiqarishni toʻxtatish lozim.
167. Qirqish mashinasi, tegirmon, saralagich hamda defibratorlarning gʻilofida notanish ovozlar eshitilganda, ular ishini darhol toʻxtatib, nuqsonlar tuzatilmaguncha materiallarni qayta ishlash jarayonini toʻxtatib turish zarur.
5-§. Oʻramli gidroizolyatsion tomyopgich materiallari ishlab chiqarishda xavfsizlik talablari
168. Shimdirish va qoplash vannalari, uzellar, turboaralashtirgich, qum sepish uzeli, materialni sovutish, kesish va oʻrash qurilmalari shamollatish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
169. Shimdirish va qoplash vannalarida massa keskin ravishda koʻpiklanib ketganda, agregatni toʻxtatish va undagi massani koʻpiklanishining oldini olish lozim.
170. Ishlab chiqaruvchi agregat boshqaruv pultining yuza qismida avariya “STOP” tugmachasi boʻlishi lozim.
171. Boshqaruv pultida avariya vaziyatida uzib qoʻyiladigan moslama boshqa boshqarish elementlaridan farqli rangda boʻlishi va avariya oqibatlari bartaraf etilmaguncha uni ishga tushirib boʻlmaydigan boʻlishi kerak.
6-§. Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar hamda ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashishda xavfsizlik talablari
172. Dastlabki xom ashyolar, yarim tayyor va tayyor mahsulotning hajmi mazkur ishni bajaruvchi qurilmaning pasportida keltirilgan oʻlchamlarga mos boʻlishi kerak.
173. Materiallar va xom ashyoga aloqasi yoʻq boshqa ishlarni omborxonada bajarish taqiqlanadi.
174. Omborda ustma-ust taxlangan yoki yuk idishlari javonlar oraligʻidagi yoʻlakning eni 1,5 m dan kam boʻlmasligi lozim.
175. Omborxonaning devorlar bilan oʻralgan har bir hududida olti taxlamgacha boʻlgan miqdorda saqlashga ruxsat etiladi.
Taxlamlar oraligʻidagi masofa 5 m dan, qoʻshni maydonlardagi taxlamlar bilan oraligʻi 15 m dan kam boʻlmasligi kerak.
176. Chiqindilarni inventarizatsiya qilish, shuningdek ularning turlari boʻyicha xavflilik darajasini belgilash lozim.
177. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va koʻmib tashlash taqiqlanadi.
178. Tashkilotlarda chiqindilar bilan ishlashga oid yoʻriqnomalar ishlab chiqilgan boʻlishi lozim.
179. Ikkilamchi xom ashyolar tashkilotga infeksiyaga qarshi dorilangan va bogʻlamlarga oʻralgan holda qabul qilinishi kerak.
180. Ikkilamchi xom ashyo bogʻlamlarini yopiq omborlarda yoki qattiq qoplamali soyabonli maydonlarda taxlamlarda saqlash lozim.
181. Ikkilamchi xom ashyo taxlamlari balandligi 5 m dan, har bir taxlam oʻlchami 25 x 15 m dan oshmasligi kerak.
182. Quti va qoplardagi yuklar omborda agʻanamaydigan, surilib ketmaydigan qilib ustma-ust taxlangan boʻlishi lozim. Qoʻlda ortilganda ustma-ust taxlanish balandligi 3 m dan, yuk koʻtarish mexanizmi yordamida taxlanganda esa 6 m dan oshmasligi lozim. Eng yuqoridagi qop bilan ship orasidagi masofa kamida 1 m boʻlishi lozim.
183. Ombor va maydonlardagi bogʻlamlarni taxlash chegaralari oʻchib ketishga chidamli boʻlgan sariq va oq rangli boʻyoqlar bilan pol ustiga 50–100 mm enlikdagi uzluksiz chiziqlar bilan belgilanishi zarur.
184. Ishlab chiqarish chiqindilarini yigʻish joyi sexlardan kamida 50 m uzoqlikda boʻlishi lozim.
185. Omborlardagi belgilangan meʼyordan ortiq boʻlgan yuklarni tashish va taxlash bilan bogʻliq boʻlgan barcha ishlar mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.
186. Yuklar saqlanadigan ombor yoki yuk saqlash maydonchalar hududiga kirish joylarida transport vositalarining harakat yoʻnalishi hamda yuklarni ortish va tushirish joylari koʻrsatilgan sxemalar osib qoʻyilishi lozim.
7-§. Bitum qabul qilish, saqlash va foydalanishda xavfsizlik talablari
187. Bitum qabul qilish va saqlashda havo muhitini nazorat qilib turish uchun avtomatik gaz tahlil moslamasini oʻrnatish lozim.
Ushbu moslama mavjud boʻlmasa, vaqti-vaqti bilan havo muhitining laboratoriya tahlili amalga oshirib turilishi zarur.
188. Bitum va boshqa tez alangalanadigan moddalar toʻplangan joylarda hamda issiq bitum toʻldirilgan sigʻimlar yonida olovli ishlar, payvandlash, metallni qirqish, koks (qattiqlashtirilgan koʻmir)ni yondirish taqiqlanadi.
189. Bitum quyiladigan va saqlanadigan idishlarni taʼmirlash ishlarini boshlashdan oldin quyidagi ishlarni bajarish lozim:
idishlarni boʻshatish;
yonilgʻi, bitum va bugʻ oʻtkazuvchi quvurlarni berkitish;
idishlarga neft mahsulotlarini yetkazib beruvchi nasoslarning elektr dvigatellarini tok manbaidan uzib qoʻyib, “Ulamang, odamlar ishlayapti!” degan yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik yozuvini osib qoʻyish;
qopqoq va joʻmraklarga “Ochmang, odamlar ishlayapti!” deb yozilgan taqiqlovchi xavfsizlik belgisini osib qoʻyish;
idishlarni shamollatib, ular ichidagi havodan namuna olib, ularda portlashdan xavfli bugʻlar konsentratsiyasi bor-yoʻqligini aniqlash.
190. Idishlar va quvur oʻtkazgichlarni neft mahsulotlari va reagentlardan boʻshatish sxemasi, bugʻlash sxemasi, shamollatish usullari va xodimlarning xavfsizligini taʼminlovchi tadbirlar ishlab chiqilishi kerak.
191. Sigʻimlarni tozalash va ichki koʻrikdan oʻtkazish va ularni oʻrab turgan quvur oʻtkazgichlarni ochish ishlari masʼul xodim ishtirokida bajarilishi lozim.
192. Eritilgan bitum ustiga yogʻin tushmasligining oldini olish maqsadida bitum qabul qilish joyi usti yopilgan boʻlishi lozim.
193. Bitum qabul qilish va saqlash sigʻimlari bitumni bugʻ yordamida isitish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu tizimda kondensatni doimiy chiqarib turuvchi moslama boʻlishi zarur. Tizimning barcha ulanmalari mahkamlangan boʻlib, ulardan bugʻ va kondensat chiqishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
194. Bitum qabul qilish sigʻimlari konteyner va sisternadan suyuq bitumni qabul qilish uchun lyukli yaxlit metall qopqoqlar bilan yopilgan boʻlishi zarur.
Lyuklar oʻlchami 150 x 150 mm katakchalardan iborat boʻlgan metall toʻrlar bilan yopilgan boʻlishi lozim.
195. Bitum qabul qilish va saqlash sigʻimlari bitum sathi ruxsat etilgan maksimal belgiga yetganda, xabar beruvchi signalizatsiyalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
196. Bitum ortilgan konteynerlar (bunkerli yarim vagonlar)ni agʻdarish, shuningdek boʻsh konteynerlarni tashish holatiga keltirish ishlari mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim.
197. Bitum qabul qilish joyida ishlovchi xodimlar sisternalarni va konteynerlarni boʻshatish vaqtida bugʻ gʻiloflariga bugʻ berish uchun koʻchma shlanglar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Koʻchma shlanglar issiqdan izolyatsiyalangan boʻlishi lozim.
198. Bitum qabul qilish va bitum saqlash sigʻimlarini ichki koʻrikdan oʻtkazish, tozalash, taʼmirlash havo harorati 40 °C dan oshmagan taqdirda, naryad-ruxsatnoma asosida amalga oshirilishi lozim.
199. Bitum qabul qilish va saqlash sigʻimlarini ishlatishda quyidagilar taqiqlanadi:
bitum qabul qilish sigʻimlarining qopqoqlarida turish (yurish);
bitum toʻkilayotganda qabul qilish sigʻimlarining lyuklari yaqinida va konteynerlarni siltash joylarida boʻlish;
konteynerlarni richag yordamida qoʻl bilan siltash;
bitum qabul qilish sigʻimlarining lyuklari yaqinida sisternalarni qizdirish paytida kondensatni toʻkish;
bitum va boshqa tez alangalanadigan moddalar toʻplangan joylarda hamda issiq bitum toʻldirilgan sigʻimlar yonida olovli ishlar, payvandlash, metallni qirqish, koks (qattiqlashtirilgan koʻmir)ni yondirish.
200. Tashkilotda idishlar va quvur oʻtkazgichlarni neft mahsulotlari va reagentlardan boʻshatish sxemasi, bugʻlash sxemasi, shamollatish usullari va xodimlarning xavfsizligini taʼminlovchi tadbirlar ishlab chiqilishi kerak.
201. Idishlarni tozalash va ichki koʻrikdan oʻtkazish va ularni oʻrab turgan quvur oʻtkazgichlarni ochish ishlari masʼul xodim ishtirokida bajarilishi lozim.
202. Kompressorning qismlari silindridagi chiqaruvchi va soʻruvchi klapanlarni almashtirish sababli qisqa vaqtga toʻxtatilganda quyidagilarni bajarish zarur:
qabul qiluvchi va chiqaruvchi zulfinlarni mahkam berkitib, ularga qulf solib qoʻyish;
kompressordagi mahsulotni toʻliq chiqarib yuborilganligiga ishonch hosil qilish;
silindrlarni bugʻ yoki inert gazi bilan puflash;
kompressorni oʻrab turgan barcha yopiq berkitish armaturalariga va elektrga ulanadigan joyiga “Ulamang, odamlar ishlayapti!” degan yozuvni osib qoʻyish;
mazkur ishlarni bajaruvchilarga tegishli yoʻl-yoʻriq berish;
ishlarni protivogaz kiyib bajarish;
faqat uchqundan xavfsiz asbob-uskunalarni ishlatish;
ishlarni uch nafar xodimdan iborat brigada (ulardan biri muhandis) gazdan qutqarish xizmatining ishtirokida bajarish.
203. Bugʻ qabul qilishda quvur joʻmraklarini kondensat tushishi uchun toʻliq ochish zarur. Bugʻ quvurining nasos va uskunaga oʻtadigan hamma yoʻnalishidagi qopqoqlari yopilishi kerak.
204. Qurilma bugʻ, elektr energiya va havo bilan taʼminlangandan soʻng, idish va quvur oʻtkazgichda oʻtkazuvchanlik va zichlikka qarshi sinash ishlari olib borilishi kerak. Idishlar va quvur oʻtkazgichlardagi bosim ruxsat etilgan meʼyordan oshmasligi zarur.
205. Avariyalarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida quyidagilarga rioya qilish lozim:
quvursimon pechlardan chiqayotgan bitumning harorati belgilangan meʼyordan ortib ketmasligiga;
idishlar, reaktorlar va bugʻlatgich-kolonnalardagi bitum haroratini oshirmaslik va keskin oʻzgartirmasligiga;
oksidlash uchun berilayotgan havo bosimining nobarqarorlashuvi yoki koʻtarilib ketmasligiga;
oksidlash apparatlari va idishlarga haddan ziyod mahsulot toʻldirilmasligiga.
206. Texnologik uskunalarda nosozliklar va avariyalar sodir boʻlmasligi uchun quyidagilarni taʼminlash lozim:
suv, elektr energiya va havoning toʻxtovsiz kelishi;
nasoslarni toʻxtatmasdan yaxshi ishlashi.
8-§. Bunkerlardan foydalanishda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
207. Sochilib ketadigan materiallar va mineral toʻldiruvchilarni saqlash uchun qurilgan bunkerlar ularga yuk ortish va tushirish ishlari bajarilayotganda sodir boʻlgan changni ushlab qoluvchi moslama hamda tebratkichlar, aralashtirgichlar va aeratsiya tizimida materiallar toʻplanib yoki osilib qolishining oldini oluvchi uskunalar bilan jihozlanishi lozim.
208. Bunkerlarni ichki koʻrikdan oʻtkazish, tozalash va taʼmirlash ishlari qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanitariyasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq naryad-ruxsatnoma va ishlab chiqarish ishlari loyihasi asosida amalga oshirilishi kerak.
209. Bunkerlar va sigʻimlar lyuklarining katagi 100 x 100 mm dan katta boʻlmagan panjara bilan jihozlanishi va ilgaklarga ega boʻlishi kerak. Lyuklarning panjaralari kalit bilan qulflanib yopilishi va kalitni saqlash tartibi masʼul xodim tomonidan oʻrnatilishi kerak.
210. Mineral toʻldirgichlarni ishlab chiqarishga uzatish pnevmotransport bilan amalga oshiriladi. Pnevmotizim avariyali toʻxtaganda, yuk havo bilan yumshatilib, oʻzining ogʻirligi bilan bunkerning pastki lyuki orqali boʻshatilishi lozim.
211. Bunkerlarning tepasi atrof boʻylab oʻralgan boʻlishi kerak.
212. Bunkerga, uning ostki va yon tomondagi lyuklaridan kirishga faqat taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun ruxsat beriladi. Bunkerning devorlari va yopilmalarida materiallar osilib qolmasligi uchun oldindan tozalab turilishi kerak.
213. Bunker ichiga tushish xodimlarni koʻtarish uchun moʻljallangan chigʻirlar yordamida aravachalarda amalga oshiriladi.
Aravachalarni bunker ichiga tushirishdan oldin quyidagilar tekshirilishi shart:
chigʻir gʻaltagidagi temir arqonning mahkamlanganligi;
chigʻirni bunker qopqogʻiga mahkamlanganligi;
temir arqon, blok, tormoz va chigʻir simlarining sozligi;
aravacha toʻsiqlari va polining mustahkamligi.
214. Bunker ichiga tushayotgan xodimlar ish bajarishlari uchun kerakli asbob-uskunalar, ish xususiyati va sharoitiga qarab yakka tartibdagi himoya vositalari, signalizatsiya va aloqa vositalari (ogohlantirish arqoni, soʻzlashuv moslamasi) bilan taʼminlangan boʻlishlari kerak.
Ishga tushirish va yuk ortish va tushirish moslamalari va pnevmotransport zulfinlariga “Yoqilmasin, odamlar ishlayapti!” kabi taqiqlovchi yozuvlar osib qoʻyilishi lozim.
215. Bunkerlarda taʼmirlash ishlari olib borilganda, 12 V dan koʻp boʻlmagan kuchlanishli koʻchma elektr yoritqichlardan foydalanish lozim.
216. Bunkerning transport vositasi yordamida toʻkiladigan tomonida tutqichli toʻsiqlar oʻrniga balandligi 600 mm dan kam boʻlmagan toʻsiq boʻlishi kerak.
217. Bunkerga tushishdan oldin quyidagilarni amalga oshirish zarur:
transport vositasidan bunkerga toʻkishning oldini olish, buning uchun transport vositasining harakatini kuzatuvchi xodimni tayinlash, bunkerga toʻkishni taqiqlovchi signallarni yoqish;
bunkerga yukni ortish joyidagi shiberni yopish;
bunkerni mahsulotdan tozalash.
9-§. Yuk ortish va tushirish ishlarida xavfsizlik talablari
218. Yuk ortish va tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
219. Vazni 50 kg dan ortiq boʻlgan yuklarni ortish va tushirish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.
220. Ogʻir va yirik yuklarni ortish va tushirish, tashish ishlari maʼmuriy-texnik xodimlar tomonidan maxsus ajratilgan xodim rahbarligi ostida amalga oshirilishi lozim.
221. Yuk ortish va tushirish ishlarini bajarishda xodimlar koʻtarilayotgan yoki tushirilayotgan yuk ostida turmasliklari kerak.
222. Yuk saqlash uchun maydonchalar sathi tekis boʻlib, chuqurchalarsiz va 50 dan oshmaydigan nishabi boʻlishi kerak. Yuk saqlash uchun maydonchalar qoplamasi unga keluvchi yoʻllar qoplamasiga teng boʻlishi lozim.
223. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kiraverishda harakat yoʻnalishi, yuk ortish va tushirish joyi yoki transport vositalarining toʻxtab turish joyini koʻrsatuvchi chizma osilgan boʻlishi kerak.
224. Avtoyuklagich qoʻllanishiga faqat qattiq qoplamaga ega boʻlgan tekis maydonchalarda ruxsat beriladi. Chuqurlar paydo boʻlganda darhol taʼmirlash kerak.
225. Sex ichki transporti sifatida avtoyuklagichlar, avtokarlar va boshqalar qoʻllanilishi mumkin. Ichki yonuv dvigatelli avtoyuklagichlar va avtokarlarning ishlab chiqarish binolari va omborlarga kiritish taqiqlanadi.
226. Avtoyuklagichlarning vilkali ushlagichlari bitta tekislikda turishi lozim.
227. Yuklagichga ruxsat etilgan yuk ogʻirligi uning texnik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
228. Xodimlarni avtoyuklagichlar va avtokarlarda tashish, shuningdek ortilayotgan va tushirilayotgan hamda tashilayotgan yuk (konteynerlar va boshqalar) ustida turish taqiqlanadi.
IV bob. Asbob-uskuna va dastgohlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
229. Ishlab chiqarish asbob-uskunalarini va texnologik liniyalarni joylashtirish, oʻrnatish, montaj qilish, ishlatish, taʼmirlash ularning texnik pasportlari talablaridan kelib chiqib amalga oshirilishi lozim.
230. Asbob-uskunalarga davriy xizmat koʻrsatayotgan xodimni ishlab chiqarish asbob-uskunalarining harakatlanuvchi yoki tok oʻtkazuvchi qismlari bilan aloqaga kirishish ehtimolining oldini oluvchi qurilma yoki moslama boʻlishi kerak.
231. Ishlab chiqarish asbob-uskunalarining vallari, ulov muftalari hamda remenli, zanjirli, friksiyali va ochiq tishli uzatmalari metall toʻrli toʻsiq yoki uzluksiz toʻsiqlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
232. Xom ashyoni qayta ishlovchi har bir dastgoh, mexanizm elektr energiyasi tarmogʻidan uzib qoʻyiladigan ajratish hamda uni yurgizish yoki toʻxtatish uchun qulay oʻrnatilgan toʻxtatish moslamasiga ega boʻlishi lozim.
233. Uskunani boshqaruv tugmachalari, dastaklari, shturval va boshqa qismlari aniq, yaqqol koʻrinadigan yozuv yoki belgilarga ega boʻlishi va belgilangan holatda mustahkam turishi lozim.
234. Uskunalarni ishlatish jarayonini bosh boshqaruv pulti quyidagilar bilan jihozlangan boʻlishi zarur:
quvursimon pech va aralashtirgichlarda suyuq va gazsimon moddalar holatining reaktorlardan chiqishda bitumning bosimi va haroratini koʻrsatuvchi moslamalar;
havo va asosiy xom ashyoning sarfini oʻlchovchi asboblar;
doimiy harorat rejimini ushlab turadigan avtomatik sozlash tizimi.
235. Uskunadagi ish rejimi oʻzgarganligi haqida xodimlarni ogohlantiruvchi qurilmaga oʻrnatiladigan tovushli signal tizimi, asosiy uzellar va boshqaruv pultlaridan turib boshqariladigan sirena orqali amalga oshirilishi lozim.
2-§. Changsizlantiruvchi barabanlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
236. Changsizlantiruvchi baraban yaxlit metall gʻilof bilan yopilgan boʻlishi lozim. Gʻilofdagi lyuk va eshiklarning changsizlantiruvchi baraban yuritmasi, ularni ochganda avtomatik oʻchadigan holda blokirovkalangan boʻlishi lozim.
237. Changsizlantiruvchi barabanga xizmat koʻrsatish uchun uning yuk ortish va tushirish joylarida turgʻun metall maydonchalar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
238. Changsizlantiruvchi baraban gʻilofi havoni changdan tozalash uchun havo tozalovchi aspiratsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
239. Changsizlantiruvchi baraban gʻilofidan chiqqan chiqindilar (qum, tuproq, tosh va metall predmetlar)ni chiqarib tashlash mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim.
240. Uzatuvchi va saralovchi konveyer changsizlantiruvchi baraban bilan blokirovkalangan boʻlishi lozim.
241. Changsizlantiruvchi barabanni va uning yordamchi uskunasini toʻxtatish teskari ketma-ketlikda amalga oshirilishi lozim.
242. Changsizlantiruvchi baraban ishlab turganda uning qabul qiluvchi teshigiga materiallarni yuborish va tiqilib qolgan materiallardan tozalash taqiqlanadi.
243. Material toyini yechish va tozalash xonasida changsizlantirish va saralash natijasida chiqqan metall chiqindilarni (sim, poʻlat tasma va boshqalar) yigʻish va qayta ishlatish uchun qutilar va presslagichlar boʻlishi kerak.
244. Changsizlantiruvchi baraban gʻilofining ichida koʻzdan kechirish, tozalash va taʼmirlash ishlari naryad-ruxsatnoma boʻyicha bajarilishi kerak.
3-§. Barabanli lattakeskichlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
245. Lattakeskich atrofi yopilgan va mahalliy soʻruvchi shamollatish tizimiga ulangan boʻlishi kerak.
246. Pichoqli baraban, transportyor-taʼminlagich aravachasining qovurgʻali valiklari yaxlit metall gʻiloflar bilan yopilgan boʻlishi kerak.
247. Gʻilof yechilgan yoki notoʻgʻri oʻrnatilganida, lattakeskich yuritmasi ulanmaydigan qilib, yuritma bilan blokirovkalangan boʻlishi kerak.
248. Transportyor-taʼminlagich tasmasi boʻyicha gʻilofning uzunligi aylanayotgan barabanlar va valiklar yuzasidan kamida 1 m boʻlishi kerak.
Lattakeskich maxovigi (vazmin yaxlit gʻildirak) yaxlit yoki toʻrsimon metall gʻilof bilan yopilgan boʻlishi kerak.
249. Lattakeskichning harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan pichoqlarini mahkamlash uchun boltlari oʻz-oʻzidan buralib ketmasligi uchun saqlagich gaykalar bilan mustahkamlanishi kerak.
250. Lattakeskich yuritmasida, elektrdvigatel, mexanizmlar va lattakeskich detallarini ortiqcha yuklanishdan himoya qilish uchun qurilma (markazdan qochma mufta) boʻlishi kerak.
251. Lattakeskichning boshqarish tizimi pichoqli barabanning aylanishi ishchi chastotaga erishgandan soʻng transportyor-taʼminlagichning ulanishini taʼminlash kerak. Konveyer-taʼminlagich pichoqli baraban bilan blokirovkalangan boʻlishi va u toʻxtaganida avtomatik ravishda uzilishi kerak.
4-§. Gidroparchalagichlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
252. Gidroparchalagichlar sigʻimlardan maydalangan xom ashyolarni chiqarib tashlash va chiqindilarni yigʻish uchun asbob-uskunalar bilan jihozlanishi kerak. Sexdan chiqindilarni chiqarib tashlash mexanizatsiyalashgan boʻlishi kerak.
253. Gidroparchalagichlar detallari, quvur oʻtkazgichlar va oqim ulanmalari suv oqmaydigan qilib zichlanishi lozim.
254. Gidroparchalagichlarga xizmat koʻrsatish uchun turgʻun metall maydoncha boʻlishi kerak. Maydoncha yuzasidan gidroparchalagichning sigʻimi chekkasigacha boʻlgan masofa 1 m ga teng boʻlishi kerak.
255. Gidroparchalagichlar qurilmasi va tasmali transportyor xonasida ikki tomonlama nurli va tovushli signal berish moslamasi boʻlishi kerak. Signal berish elementlari (tovush, sirena va lampalar) gidroparchalagich va transportyorlarning ishga tushirish qurilmasida joylashgan boʻlishi kerak.
5-§. Aylanma rollarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
256. Aylanuvchi baraban muvozanatlangan va bir butun yaxlit metall gʻilof bilan yopilgan boʻlishi kerak. Gʻilofni va harakatlanuvchi valni vannaga tushirilgan joylari zichlangan boʻlishi lozim.
257. Aylanuvchi barabanlar chiqarish klapanlarining yechilishi mexanizatsiyalangan boʻlishi lozim.
258. Baraban valining podshipniklaridan chiqib turuvchi uchlari toʻsilgan boʻlishi lozim.
259. Aylanuvchi baraban vannasi suv sachrashi va xona poliga toʻkilishining oldini oluvchi qopqoq bilan yopilgan boʻlishi kerak. Pol yuzasidan vanna chetigacha boʻlgan masofa 1 m ga teng boʻlishi kerak.
260. Aylanuvchi baraban vannasining korpusidagi barcha teshiklar (plankani oʻrnatish, baraban valini, klapanlarni koʻtarish mexanizmlari, quvur oʻtkazgichlarning ulanishi) qopqoqlari va detal ulanmalari suv oqmaydigan qilib berkitilishi lozim.
261. Aylanuvchi baraban oʻrnatilgan xonalarda ikki tomonlama ham nurli ham tovushli signal berish moslamasi boʻlishi kerak. Signal berish elementlari (qoʻngʻiroqlar, oʻchib-yonuvchi chiroqlar va lampalar) barabanlarni ishga tushirish qurilmasida joylashgan boʻlishi kerak.
262. Aylanuvchi barabanlarga xizmat koʻrsatuvchi xodim quyidagi qoʻl asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak:
massani aralashtirish va vannani tozalash uchun yogʻoch xaskash hamda eshkaklar;
chiqarish klapanlarini ochish uchun metall ilgaklar.
6-§. Karton ishlab chiqaruvchi mashinalarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
263. Harakatlantiruvchi val shakl beruvchi moslamaning chekka remenlari, barabanli-press va quritish silindrlariga karton massasi yopishib qolishidan mexanik tozalash uskunalari bilan jihozlanishi kerak.
264. Karton ishlab chiqaruvchi mashinaning chuqurliklari toʻshama bilan yopilgan yoki atrofi toʻsilgan boʻlishi kerak.
265. Barabanli-press, press vallari va boʻylama-kesuvchi dastgohlarning siqish mexanizmlari ajratiladigan yuklarni mahkamlaydigan boʻlishi kerak.
266. Karton ishlab chiqaruvchi mashinaning old qismi va harakatlanadigan tomonlari boʻylab presslar va quritish silindrlariga xizmat koʻrsatish uchun maydonchalar boʻlishi kerak.
267. Bosimli quti va barabanli-press yaqinida karton ishlab chiqaruvchi mashinaning quritish va presslash qismlari orasida oʻtish koʻprikchalari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
268. Suv, karton massasi, bugʻ yoki kondensat quvur oʻtkazgichlarini karton ishlab chiqaruvchi mashinaga xizmat koʻrsatish uchun maydonchalar gabariti va oʻtish koʻprikchalarida joylashtirishga ruxsat etilmaydi.
269. Karton ishlab chiqaruvchi mashinaning quritish qismi yaqinida changak va tambur vallarini saqlash uchun ularning tushib ketishining oldini olish maqsadida javonlar oʻrnatish kerak.
270. Karton ishlab chiqaruvchi mashinaning tartiblovchi qurilmalarining boshqaruv qismlari uning old tomonida joylashgan boʻlishi lozim.
271. Harakatlantirgichning avariyali ulab-uzgichi toʻr, press va quritgich qismlarida va karton ishlab chiqaruvchi mashinaning old qismida hamda boʻylama-keskich va oʻrovchi dastgohlarda oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
272. Karton ishlab chiqaruvchi mashina ishga tushirilishi haqida ogohlantirish uchun tovushli va nurli signal berish (elektr qoʻngʻiroq va yonib-oʻchuvchi elektr lampalar) bilan jihozlanishi kerak.
273. Karton ishlab chiqaruvchi mashinaga xizmat koʻrsatuvchi xodim karton massasi chiqindilarini, yaroqsiz kartonni chiqarib tashlash uchun qoʻl asbob-uskunalari (dastasi uzun changak, qirgʻich va choʻtka) bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
274. Karton tasmasini mexanik suvsizlantirish uchun barabanli-press va presslarning aylanadigan vallari metall toʻsiqlar bilan oʻralgan boʻlishi lozim.
275. Karton ishlab chiqaruvchi mashinaning toʻr qismidagi soʻruvchi qutilardan suvni chiqarib tashlash uchun quvuruzaytirgichning barcha ajraladigan ulanmalari zichlangan boʻlishi kerak. Zichlanganlik armatura, quvur oʻtkazgichning rezbali va flanetsli ulanmalaridan suv oqib ketmasligini taʼminlashi kerak.
276. Toʻr va shakl beruvchi moslamaning chekka remenlari holatini taranglash va tartibga solish barabanli-press harakatlantirgichi oʻchirilganda bajarilishi lozim.
277. Karton ishlab chiqaruvchi mashinaning quritish qismiga bugʻ uzatish uchun bugʻ oʻtkazgich reduksion klapan bilan jihozlanishi va u quritish silindrlaridagi maksimal ishchi bosimiga moslangan boʻlishi kerak.
278. Har bir quritish silindirida manometr oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
279. Karton ishlab chiqaruvchi mashinaning quritish silindrlari kondensatni muntazam chiqarib tashlashi kerak.
280. Quritish silindrining qopqoq va lyuklari, armatura va flanetsli ulanmalari, bugʻ va kondensat quvur oʻtkazgichlari zich boʻlishi kerak.
281. Maydonchada xodim tomondan xizmat koʻrsatish uchun aylanma quritish silindrlarining uchlari yaxlit yoki toʻrli metall toʻsiqlar bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
282. Karton ishlab chiqaruvchi mashinaning boʻylama-keskich va oʻrovchi dastgohlarining ochiq tishli uzatmalari yaxlit bir butun metall toʻsiq bilan oʻralgan boʻlishi shart.
283. Quyidagi hollarda dastgohlarni ishlatish taqiqlanadi:
avariyali toʻxtatish tizimi nosoz boʻlganda;
dastgohning harakatlantiruvchi qismi bilan blokirovkalangan toʻsiq boʻlmaganda;
karton boʻlaklarini mexanik chiqarib tashlash qurilmasi nosoz boʻlganda.
284. Podshipnik qatorining tashlama qopqoqlari dastgoh ishlayotgan vaqtda qopqoqlarning oʻz-oʻzidan ochilib ketishining oldini oluvchi zanjirlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
7-§. Quritish barabanlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
285. Quritish barabanlari changtutgich qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
286. Quritish barabanlari tayanch roliklardagi baraban korpusini oʻqi boʻylab siljishining oldini oluvchi qurilma bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
287. Quritish barabanining korpusi toʻsilgan boʻlishi kerak. Toʻsiqlar balandligi kamida 1 m boʻlgan ajraladigan metall seksiyalardan tuzilishi, sariq rangga boʻyalishi va quritish barabani oʻqidan radiusi qoʻshimcha 1 m masofada boʻlishi kerak.
288. Quritish barabanining tayanch va tirgakli roliklari yaxlit bir butun metall toʻsiqlar bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
289. Olovli ishlar amalga oshiriladigan xona, gazyoʻllari, siklon (girdob) va quritish barabanining filtrlari issiqdan izolyatsiyalangan boʻlishi kerak.
290. Quritish barabanining yuk ortish va tushirish kameralari bilan ulangan uzellari hamda flanetsli ulanmalari zichlangan boʻlishi kerak.
291. Quritish barabanining oʻtxonasiga qattiq yoqilgʻini qalash hamda oʻtxonadan kul va shlaklarni chiqarib tashlash mexanizatsiyalangan boʻlishi kerak.
292. Quritish barabanini ishga tushirilishi haqida ogohlantirish uchun u tovushli va nurli signal berish moslamasi (elektr qoʻngʻiroq va oʻchib-yonuvchi lampalar) bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
293. Koʻzdan kechirish va taʼmirlashdan oldin quritish barabani boʻsh boʻlishi, olovli ishlar amalga oshiriladigan xona va quritish materiali shamollatilishi, quritish barabanidagi harorat 40 °C gacha sovutilishi kerak.
8-§. Bitumni oksidlovchi uskunalarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
294. Quvurli pechlar quyidagilar bilan jihozlangan boʻlishi kerak:
forsunkani yoqish uchun oʻt oldirgich;
olovli ishlar amalga oshiriladigan xona bugʻ bilan puflash uchun asbob-uskuna;
pechga kirishda va undan chiqishda bitum bosimi va haroratini tekshirish uchun manometr va termometrlar;
forsunka oldidagi gaz bosimi ruxsat etilgan texnologik reglament qiymatidan pastga tushib ketishida yonilgʻi berilishini avtomatik oʻchirib qoʻyadigan moslama;
forsunkalarga yonilgʻi berilishi toʻxtab qolganda, avtomatik tarzda ishlaydigan tovushli va nurli signal berish moslamasi.
295. Quvurli pechning sirkulyatsiyali bitum oʻtkazgichining haydash liniyasida bitum bosimi texnologik reglamentda belgilangan meʼyordan oshganda, bitumni bitum saqlagichga qayta tushirish uchun reduksiya klapani oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
296. Quvurli pechning bitum oʻtkazgichida isitgichni ishlatishda hosil boʻladigan gazlarni chiqarib tashlash uchun kran oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
297. Quvurli pechga terilgan gʻisht atrofi orqali oʻtgan bitum oʻtkazgich asbestli tasma bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
298. Bitum oʻtkazgich va isitgichlarning puflash uchun belgilangan bugʻ va inert gaz oʻtkazuvchi quvurlarida teskari klapan va ikkita yopib-ochiladigan surma zulfin oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Surma zulfinlar orasida kondensatni toʻkish, surma zulfinlar va teskari klapan germetikligini tekshirish uchun kran oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
9-§. Boʻylama-kesuvchi va oʻrovchi dastgohlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
299. Quyidagi hollarda dastgohlarni ishlatish taqiqlanadi:
avariya yuz berganda dastgohni toʻxtatadigan tizim nosoz boʻlganda;
301. Kesuvchi pichoqlarni maxsus javonlarda yoki yogʻoch va plastmassali gʻiloflarda saqlash kerak.
302. Kesuvchi pichoqlarni charxlash, almashtirish va holatini oʻzgartirish faqat dastgohlarni elektr toki manbasidan uzib qoʻyilgandan keyin amalga oshirish lozim.
303. Boʻylama-kesuvchi dastgohning harakatlanuvchi oʻqlari orasidagi masofani dastgohni boshqarish joyidan turib koʻrish uchun koʻzgu oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
304. Oʻrovchi dastgoh ishlab turganda dastgoh oʻqiga oʻralib qolgan kartonni chiqarib olish va oʻramning sifatsiz qismini yaxshilash (uchlarini, chetlarini, gilzalarini tozalash va boshqalar) taqiqlanadi.
10-§. Xom ashyo materiallarini maydalash mashinalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
305. Xom ashyo materiallarini maydalash mashinalarining boshqarish pultlari kuzatish va masofadan boshqarish kabinalarida joylashishi lozim.
306. Xom ashyo materiallarini maydalash mashinalari, qabul qilish va transportirovka qurilmalarini boshqarish maydonlarining pultlarida ikki tomonlama bogʻlovchi tovushli yoki nurli signal boʻlishi lozim.
307. Xom ashyo materiallarini maydalash mashinalarining qabul qilish teshiklari va toʻldirish mexanizmlariga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun maydonlar boʻlishi lozim.
308. Xom ashyo materiallarini maydalash mashinalarining toʻldirish va boʻshatish joylari havo tozalovchi aspiratsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
309. Xom ashyo materiallarini maydalash mashinalarini qabul qilish teshiklari material boʻlaklarining otilib ketishidan saqlash uchun temir toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
310. Xom ashyo materiallarini maydalash mashinasi ishlayotganda quyidagilar taqiqlanadi:
xom ashyo boʻlaklarini kiritish va chiqarib olish;
taʼminlovchi va oqimlardagi uyumlarni yoʻqotish;
maydalagich va oqimlarni yopishgan narsalardan tozalash;
ishlayotgan jihozning korpusida boʻlish;
taʼmirlash va sozlash ishlarini bajarish;
himoya toʻsigʻi va signalizatsiya tizimi yoʻqligida yoki ishlamayotganida ishlash;
valikli maydalagichning koʻrish oynasini ochish.
11-§. Tegirmonlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
311. Xom ashyoni quruq parchalaydigan tegirmonlar havo tozalovchi aspiratsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
312. Tegirmon oqimini taʼminlovchi quvurcha va boʻshatish qoplamasi biriktirilgan joyi ishlab chiqarish xonasiga chang chiqib ketishining oldini olish maqsadida zichlangan boʻlishi lozim.
313. Tegirmon ishga tushayotganligi va toʻxtayotganligi haqida xodimlarni ogohlantirish uchun tovushli va nurli signallar boʻlishi lozim.
314. Tegirmon xonasida lyuklarning qopqogʻini taʼmirlash ishlari olib borilganida ochish uchun yuk koʻtarish qurilmasi oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
315. Tegirmon ishlayotganida uni taʼmirlash, undan xom ashyolarni olish va tegirmon toʻsiqlari orqasiga oʻtish yoki uni yechish taqiqlanadi.
316. Tegirmonni ishlatish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
blokirovkasi yoki signalizatsiya nosoz boʻlsa;
toʻsiqlar yechilgan yoki mahkamlanmagan boʻlsa;
korpusda yoriqlar boʻlsa;
plitani qotiruvchi boltlari boʻshaganda yoki yoʻq boʻlganda;
parchalanayotgan material lyuk zichligi orasidan va bolt teshigidan ajralib chiqqanida;
aspiratsiya tizimi nosoz boʻlsa yoki samarali ishlamayotganida.
318. Tebranma-rolikli va tegirmonlar korpusining qopqogʻi ochilganida, tegirmon harakatlantiruvchisi avtomatik tarzda toʻxtaydigan va blokirovkalangan boʻlishi kerak.
319. Tebranma-rolikli va tegirmonga issiqlik beruvchi havo oʻtkazgichlar issiqdan izolyatsiyalangan boʻlishi lozim. Tashqi yuzasidagi harorat 45 0S dan oshmasligi lozim.
V bob. Taʼmirlash (tuzatish) ishlarini amalga oshirishda xavfsizlik talablari
320. Tashkilotning taʼmirlash xizmati uskunalarning, ularning pasportlari, texnik yoʻriqnomalari va ishlab chiqaruvchi tashkilotning boshqa hujjatlarining mehnat xavfsizligi standartlari tizimi talablariga mosligini taʼminlashi lozim.
321. Asbob-uskunalarni zarur texnik holatda ushlab turish uchun tashkilotda unga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, rejaviy-oldini oluvchi taʼmirlashning qatʼiy bajarilishi va taʼmirlash ishlarining sifatini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilishi lozim.
322. Asosiy asbob-uskunalarni kapital va joriy taʼmirlash, oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida taʼmirlashni oʻtkazishga javobgar shaxslar, shuningdek taʼmirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini taʼminlovchi choralar koʻrilishi lozim.
323. Taʼmirlash ishlarini oʻtkazish muddati tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlagan yillik rejali-taʼmirlash jadvaliga asosan belgilanadi.
324. Taʼmirlash ishlarini oʻtkazishda bajarilishi zarur boʻlgan ishlarning bajarilishi texnologik ketma-ketlikda koʻrsatilishi kerak.
Bunda quyidagilarni koʻrsatish zarur:
ishlarni bajarish usullari va uslublari;
taʼmirlash uchun zarur boʻlgan asbob-uskuna va anjomlarning turlari;
taʼmirlangan mahsulotlar va ularning qismlarini texnik talablarga javob berishi.
325. Bajarilishi xavfsizlik choralari bilan bogʻliq va maxsus texnologik taʼmirlash jarayonlarini amalga oshirilishi koʻrsatmalari berilgan ishlar taʼmirlash hujjatlarida koʻrsatilishi kerak.
326. Taʼmirlash vaqtida taʼmirlovchi shaxsga lavhalarni va vaqtincha oʻrnatilgan toʻsiqlarni olib tashlash, joylarni almashtirish hamda oʻralgan uchastkalar hududlariga kirish taqiqlanadi.
327. Aralashtiruvchi hovuz va gidroaralashtirgichlarni ichiga xodimlarning tushishi bilan bogʻliq ichki koʻrik va taʼmirlashda faqatgina naryad-ruxsatnoma rasmiylashtirilgandan soʻng ruxsat etiladi. Hovuzga tushish sigʻim ichida ishlayotganning kuzatuvidan chalgʻimaydigan, hovuz ustida ehtiyot chorasini taʼminlovchi xodim boʻlganda ruxsat etiladi.
328. Ishlab chiqarish sexlarida pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariladigan taʼmirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
329. Barcha hollarda taʼmirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning oʻrinbosari bilan kelishilishi kerak.
330. Taʼmirlash ishlari bajariladigan hudud toʻsilgan holatda boʻlishi va u yerda xavfsizlik belgilari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
331. Taʼmirlash ishlari boshlanishidan oldin taʼmirlashda band boʻlgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va taʼmirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazilishi lozim.
332. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yigʻishtirib qoʻyilishi lozim.
333. Taʼmirlash paytida ish joylarini, yoʻllarni, yoʻlaklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan toʻsib qoʻyish taqiqlanadi.
334. Suyuq yonilgʻini saqlash uchun sigʻimlarda, bitum qabul qiluvchi, bitum saqlagich, konveyerlar, shimdirish vannalarida va neft mahsuloti bor boshqa sigʻimlarda ishlaganda, sigʻimni ulardan boʻshatish zarur.
335. Quvursimon pechni taʼmirlashga toʻxtatishdan oldin uning quvurlari inert gazi va suv bugʻi bilan tozalanishi kerak.
336. Kompressorni qismlarga ajratish va ichini ochish bilan bogʻliq taʼmirlash ishlarini oʻtkazish uchun uni boshqa barcha texnologik quvur oʻtkazgichlardan uzib qoʻyish lozim.
337. Sigʻimlar, bunkerlar va boshqalarda ishlayotgan xodim mahkamlangan qutqaruv arqoniga ega boʻlishi va arqonning ikkinchi uchi tashqariga chiqarilishi hamda kuzatuvchida boʻlishi kerak.
338. Taʼmirlash ishlari balandlikda bajarilganda, havoza va taxta toʻshamalarning oʻrnatilishi lozim.
339. Havoza va taglik oʻrnatishning imkoni boʻlmasa, xodimlar balandlikda ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlardan foydalanishlari shart. Ehtiyot kamarlari va arqonlarning mahkamlanish joyi konstruksiyalarda avvaldan belgilab qoʻyilgan boʻlishi lozim.
340. Balandlikda taʼmirlash ishlarini bajarganda, asbob-uskuna va materiallarni maydoncha qirgʻogʻiga qoʻyish yoki yerga tashlash taqiqlanadi.
Asbob-uskunalarni maxsus sumka yoki qutida saqlash zarur.
341. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda taʼmirlash ishlarini olib borishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati koʻpi bilan 400 S gacha pasaytirilgandan soʻng ruxsat etiladi.
342. Barcha taʼmirlash ishlari sex, tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan masʼul xodim rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
343. Materiallarni uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalashgan boʻlishi va ular tushib ketmaydigan usulda bajarilishi lozim.
344. Yoritish chiroqlarini taʼmirlash ishlarida faqat 12 V kuchlanishdagi koʻchma lampalar, portlashdan himoyalab yasalgan akkumulyatorli chiroqlardan foydalanish kerak.
Yoritish maqsadida mashʼala, gugurt, kerosinli fonarlar, shamchiroqlardan foydalanish taqiqlanadi.
345. Asbob-uskunalarni taʼmirlash va sozlash ishlari maxsus oʻqitilgan va yoʻl-yoʻriq olgan, bilimlari sinalgan, stajirovkadan oʻtgan, tegishli razryad hamda toifaga ega xodim tomonidan amalga oshirilishi shart.
346. Kapital taʼmirlashdan soʻng asbob-uskunani ishga tushirishga tashkilot bosh mexanigi (bosh energetik), mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimi, sex boshligʻi va kasaba uyushmasi vakillaridan iborat tarkibdagi komissiya tomonidan tashkilot rahbari yoki bosh muhandis tasdiqlaydigan tegishli dalolatnoma tuzilib, qabul qilingandan soʻng ruxsat beriladi.
(346-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
347. “Yoqilmasin, odamlar ishlayapti!” deb yozilgan yozuvni olib tashlash va xavfsizlik texnikasi boʻyicha talablar qoʻyiladigan ishlar bajarilgandan soʻng, uskunani ishga tushirish, faqat masʼul xodim ruxsati bilan bajarilishi lozim.
348. Taʼmirlash ishlari tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, toʻsiqlar, saqlovchi blokirovka moslamalari oʻz joyiga oʻrnatilishi kerak.
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
349. Tashkilotlarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
350. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(350-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VII bob. Yakuniy qoida
351. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “Oʻzqurilishmateriallari” AK, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va “Oʻzbekneftegaz” MXK bilan kelishilgan.
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2013-yil 27-avgust
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2013-yil 27-avgust
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
2013-yil 27-avgust
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A. KURBANOV
2013-yil 27-avgust
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2013-yil 27-avgust
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
2013-yil 27-avgust
“Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi E. AKRAMOV
2013-yil 27-avgust
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2013-yil 27-avgust
“Oʻzbekneftegaz” MXK boshqaruv raisi Sh. FAYZULLAYEV
2013-yil 27-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 40-son, 529-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)