“SANOATKONTEXNAZORAT” DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
buyrugʻi
YUK ORTISH VA TUSHIRISH ISHLARIDAGI YUKCHILAR UCHUN ISHLARNING XAVFSIZLIGI QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 13-iyunda 1582-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 18-sentabrdagi 22-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3677, 22.09.2025-y.) asosan 2025-yil 24-dekabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
“Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarorini bajarish maqsadida buyuraman:
1. Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin*.