toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrug‘i
FIZIOTERAPEVTIK BO‘LINMALAR (KABINETLAR) XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 31-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2348]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Fizioterapevtik bo‘linmalar (kabinetlar) xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-fevral,
10-B-son
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 29-fevraldagi 10-B-son buyrug‘iga
ILOVA
Fizioterapevtik bo‘linmalar (kabinetlar) xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar fizioterapevtik bo‘linmalar (kabinetlar) xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar fizioterapevtik davolash ishlarini olib boruvchi bo‘linma (kabinetlar) (bundan buyon matnda bo‘linmalar deb yuritiladi)larga taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar bo‘linmalarni loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta jihozlashda, davolash jarayonlari hamda asbob-uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
4. Bo‘linmalarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II bob. Xavfsizlikning umumiy talablari
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Bo‘linmalarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Bo‘linmalarda quyidagi asosiy hujjatlar yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
2-§. Xodimlarni o‘qitish, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va ularga yo‘l-yo‘riq berishni tashkil etish
7. Bo‘linmalar xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
71. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining V bo‘limi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
10. Bo‘linmalar GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
11. Ish joylaridagi muhit hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
12. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
13. Bo‘linma o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
15. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
16. Fizioterapevtik bo‘linma qarashli bo‘lgan tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
17. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va me’yorlar talablariga mos jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
18. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asbob-uskunalari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda asbob-uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
19. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va bo‘linmani qurish yoki qayta qurish loyihalariga kiritilishi lozim.
20. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
21. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
22. Bo‘linmada quyidagilar ta’minlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi.
23. Bo‘linmalar xodimlari Sog‘liqni saqlash va tibbiyot ishlab chiqarishlari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 1998, 2009-yil 25-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 35-son, 391-modda) muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan bepul ta’minlanishi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
24. Bo‘linmalarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
25. Bo‘linma xodimlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
26. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalarda va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
27. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatiga muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar og‘ir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
29. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Majburiy tibbiy ko‘riklar korxonalarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular bo‘lmagan taqdirda esa korxona joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan o‘tkaziladi. Majburiy tibbiy ko‘riklar davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Ish beruvchi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud majburiy tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Davriy majburiy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik fizioterapevtik bo‘linma qarashli bo‘lgan tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
8-§. Sanitariya va gigiyenaga qo‘yiladigan talablar
33. Bo‘linmada harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi, Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
34. Bo‘linmaning davolash xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
xonalarda ruxsat etilgan harorat, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
davolash, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga muvofiq bo‘lishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorug‘lik kuchini ta’minlashi;
(34-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
xonalarda yoritish asbob-uskunalari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi.
35. Bo‘linma xodimlari barcha ustki kiyim, poyabzal, bosh kiyim va shaxsiy narsalarni garderob (kiyim almashtiradigan maxsus xona)da qoldirishi, ish jarayoni boshlanishidan oldin, hojatxonaga borganidan so‘ng qo‘llarini sovin bilan yuvishi, toza sanitar kiyimini kiyishi va kiyimni ifloslangunga qadar almashtirishi hamda ish joylarida ovqat iste’mol qilmasliklari lozim.
9-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
36. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq bo‘lishi lozim.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
37. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
38. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi lozim.
39. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 210 S, o‘rtacha og‘ir ishda 170 S va 21 0S og‘ir ishda 160 S dan past bo‘lmasligi kerak.
40. Xodimlarining isinishi uchun xonalarda harorat 220 S dan kam bo‘lmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
10-§. Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qo‘yiladigan talablar
(10-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Suv bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
42. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
43. Ichimlik suvining harorati 80 S dan 200 S gacha bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
44. Bo‘linmalardagi hojatxonalar issiq suv va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
45. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yo‘q bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlari bilan kelishilgan holda korxonada yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab chiqarish oqova suvlariga dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralariga ruxsat etiladi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
11-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
46. Bo‘linmalarni tabiiy va sun’iy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga mos bo‘lishi lozim.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
47. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘lik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim.
48. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda) tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
49. Bo‘linmalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolishi ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
50. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Asbob-uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
51. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanishi lozim.
52. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim.
53. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
54. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarning ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritqichlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
12-§. Maishiy xonalarga qo‘yiladigan talablar
55. Bo‘linma maishiy va ovqatlanish xonalari hamda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish xonalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
56. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning o‘lchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qo‘l yuvgichlari, iste’mol suv ta’minoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni, smenadagi eng ko‘p xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi lozim.
57. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
13-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan talablar
58. Bo‘linmalarda davolash jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
59. Bo‘linmalarda davolash jarayonlarini amalga oshirishda atrof muhitning chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanish ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
60. Bo‘linmalarda chiqindilarini yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va konteynerlar bilan ta’minlanishi, konteynerlar chiqindilardan bo‘shatilgandan so‘ng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
14-§. Mehnat va dam olishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
61. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti fizioterapevtik bo‘linma qarashli bo‘lgan tashkilot tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
III bob. Bo‘linmalarda faoliyat olib borish jarayonlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
62. Ish jarayoni boshlanishidan oldin xodimlar asbob-uskunalar va jihozlarning ish holati va sozligini tekshirishlari kerak.
63. Asbob-uskunalar va jihozlarda har qanday nosozliklar (ishdan chiqish hollari) aniqlanganda yoki ular ish paytida vujudga kelganda xodimlar ularda nosozliklar bartaraf etilmaguncha asbob-uskunalar va jihozlarda davolash ishlarini o‘tkazishi taqiqlanadi.
64. Davolash asbob-uskunalari va jihozlarining sozligi medtexnik tasdiqlagan jadval bo‘yicha kamida ikki haftada bir marta aniqlanishi lozim.
65. Davolash jarayonida xodimlar asbob-uskunalarning ishlashini kuzatib turishlari hamda ish joylaridan chiqib ketmasliklari shart.
66. Ish kuni tugaganidan so‘ng asbob-uskunalarning barcha rubilniklari (elektr tokini qo‘shib-ajratish qutisi), yoqish asbob-uskunalari va vilkalar shtepselli rozetkalardan chiqarilishi kerak.
67. Avariya sodir bo‘lganda asbob-uskunalar o‘chirilishi lozim, elektr tarmog‘i avariyaga uchraganda yoki yong‘in sodir bo‘lganda bosh rubilnikdan darhol o‘chirilishi shart.
68. Elektr toki bilan ishlaydigan asbob-uskunalarda momaqaldiroq vaqtida fizioterapevtik davolash ishlari o‘tkazish taqiqlanadi.
69. Fizioterapevtik davolash ishlari faqat ishlab chiqaruvchi tashkilotning elektr chizma va texnik pasportiga ega soz asbob-uskunalarida o‘tkazilishi lozim.
70. Mukammal ta’mirdan chiqqan asbob-uskunaning texnik pasportida ta’mirlagan usta tomonidan zavodning elektr montaj chizmasiga muvofiqligi hamda asbob-uskunaning tibbiy-texnika talablariga muvofiqligi haqida belgi qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
71. Elektr-yorug‘lik bilan davolash kabinetlarida qurilish, mexanik, elektrotexnik (fizioterapevtik asbob-uskunalarni sozlash bilan bog‘liq bo‘lmagan) va boshqa ishlarni faqat o‘chirilgan bosh rubilniklarda o‘tkazishga ruxsat beriladi.
2-§. Yong‘in va portlash xavfsizligi talablari
72. Bo‘linmalar uchun yong‘in xavfsizligi bo‘yicha asosiy talablar GOST 12.1.004-91 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablar” va GOST 12.1.010-76 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Portlashdan xavflilik. Umumiy talablar”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
73. Bo‘linmalarda chekish taqiqlanadi. Chekish faqat maxsus suv va qumli idishlar bilan jihozlangan joylarda mumkin.
74. Bo‘linmaning portlash va yong‘in bo‘yicha xavflilik xususiyatlari elektr qurilmalarining tuzilishi talablariga muvofiq baholanishi kerak.
75. Bo‘linmalarga kirish joylarida portlashdan, yong‘indan xavflilik darajasi ko‘rsatilgan yozuv bo‘lishi kerak.
76. Bo‘linmada yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Ushbu yo‘riqnomalar bo‘linmaning yong‘indan saqlash organi bilan kelishiladi va fizioterapevtik bo‘linma qarashli bo‘lgan tashkilot rahbari (yoki bosh muhandisi) tomonidan tasdiqlanadi.
77. Yong‘in xavfsizligi choralari bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqarishning o‘quv tizimida o‘rganilishi va ko‘rinarli joyga ilib qo‘yilishi kerak.
78. Bo‘linmalarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha, shuningdek yong‘in o‘chirish vositalari soz holda bo‘lishi bo‘yicha mas’ul xodim bo‘lishi lozim.
79. Bo‘linmalarda payvandlash ishlarini o‘tkazishda yong‘in xavfsizligi choralarini ta’minlash yo‘riqnomalari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi shart. Payvandlash ishlari olib boriladigan joylar xavfsizlik belgilari bilan belgilanib, “Payvandlash va olovli ishlar” yozuvi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
80. Bo‘linmalarda yong‘in o‘chirish vositalarining holati va ishlatishga doimiy sozligi nazoratga olingan bo‘lishi lozim.
81. Bo‘linmada quyidagilarni o‘rnatishi shart:
yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomani o‘rganish va yong‘in-texnika minimumi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish tartibi va muddatlari;
ishga yangi kirayotganlarni yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomani o‘rganish uchun yuborish tartibi;
xodimlari yong‘in-texnika minimumi dasturi bo‘yicha mashg‘ulotlarga qatnashi shart bo‘lgan kasblar ro‘yxati;
zimmasiga yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riqni, yong‘in-texnika minimumi dasturi bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish vazifasi yuklangan xodimlar ro‘yxati;
yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olish va yong‘in-texnika minimumi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish joyi;
yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘tgan va yong‘in-texnika minimumi dasturi bo‘yicha mashg‘ulotlardan o‘tgan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibi.
82. Ishga yangi (shu jumladan vaqtincha) qabul qilingan xodimlar va muhandis-texnik xodimlar yong‘in xavfsizligi choralariga rioya qilish to‘g‘risidagi Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha dastlabki yo‘l-yo‘riq olishlari shart. Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olmagan shaxslar ishga qo‘yilmaydi.
83. Bo‘linmalarda avtomatik (havo-ko‘pik) o‘t o‘chirish moslamalari va ogohlantiruvchi signalizatsiyalar (tovushli, nurli) bilan jihozlanishi kerak.
84. Yong‘indan xavfli va portlash yoki alangalanish xavfi bor qurilmalarda ochiq alangadan foydalanishni taqiqlovchi va alangalanuvchi va portlovchi moddalar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligi to‘g‘risida belgilar ilib qo‘yilishi zarur.
3-§. Elektr qurilmalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
85. Elektr qurilmalarini va tarmoqlarini montaj qilish va ishlatish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilish kerak.
(85-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
86. Elektr tok o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asbob-uskunalari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslar (marmar, tekstolit, getinaks)da montaj qilinishi lozim.
87. Yoritish va quvvatli asbob-uskunalar hamda elektr tarmoqlarining tuzilishi xonalardagi sharoitlarga va ulardagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos bo‘lishi shart.
88. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi shart.
89. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
90. Kabellar va elektro‘tkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va asbob-uskunalar bilan o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
91. Kam quvvatli elektr lampalari va asbob-uskunalarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda, elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
92. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
93. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun asbob-uskunalarning g‘iloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan bo‘lishi lozim.
4-§. Suv bilan davolashda xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
94. Davolashda ishlatilgan suv oqova suvlarga oqizib yuborilishi lozim.
(94-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
95. Dezinfeksiya ishlarini olib borishda gazsifat xlor, xlorli ohak, gipoxlorid (kalsiyning ikki-uch asosli tuzi), litiy gipoxlorid, natriy tuzi va natriy gipoxlorid ishlatilishi lozim.
96. Dezinfeksiya vositalarining saqlanishi, ularning aralashmalarining tayyorlanishi xavfsizlik texnikasi talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
97. Ishlatiladigan aralashmalarni tayyorlash bilan band bo‘lgan va dezinfeksiya ishlarini olib boradigan xodimlar dezinfeksiya vositalari bilan ishlashda xavfsizlik bo‘yicha yo‘riqdan o‘tishlari lozim.
98. Suvning fizik xossalarining tekshirilishi va organoleptik ko‘rsatkichlarni aniqlash O‘zDSt 950:2021 ga muvofiq o‘tkazilishi lozim.
99. Davolash suvi belgilangan holatda bo‘lmaganida qo‘shimcha tarzda GOST 1.81.90-72 bo‘yicha kerakli miqdorda xlor borligi aniqlanishi lozim.
5-§. Vodorod sulfidli, karbonat angidridli, azotli va boshqa vannalarda davolashda xavfsizlik talablari
100. Kislorod ballonlari bilan ishlaganda quyidagi xavfsizlik choralariga rioya qilish lozim:
kislorod to‘ldirilgan ballonlarni tushib ketishdan va zarbalardan ehtiyot qilish;
ularning gaz ballonlaridan kamida 5 m uzoqlikda bo‘lishi;
kislorod to‘ldirilgan ballonlar maxsus ventil bilan jihozlangan bo‘lishi.
101. Bosim ostida bo‘lgan kislorod o‘tkazuvchi quvurlar birikmalariga zarba urish, rezbali (burama kertik) birikmalarni zig‘ir, kanoptola, shuningdek tarkibida yog‘ bo‘lgan boshqa materiallar bilan bog‘lash mumkin emas.
102. Marvarid vannalarning kompressori yer to‘la (podval)da joylashtirilishi lozim.
6-§. Vodorod sulfid bilan davolashda xavfsizlik talablari
103. Sun’iy vodorod sulfid vannalar uchun eritmani tayyorlash havo tortuvchi shkafda amalga oshirilishi lozim.
104. Vodorod sulfid vannalarni tayyorlash uchun barcha kimyo vositalari qulflangan holda, nazorat ostida saqlanishi lozim. Sun’iy va vodorod sulfid vannalarni tayyorlash uchun eritmalar va xlorid kislotasi laboratoriyada rezina tiqini bilan yopilgan shisha idishda, mahkam yopilgan shkafda saqlanishi lozim.
105. Natriy sulfid temir idishda, xlorid kislotasini esa 200 S darajadan yuqori bo‘lmagan haroratda savatga joylashtirilgan shisha idishlarda saqlash kerak.
106. Natriy sulfid va xlorid kislotasi pol va ish joyiga oqib ketganda eritmani issiq suv bilan yuvib tashlash kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
107. Vodorod sulfid bilan davolash xonasining oqova suvlari va suv quvurlari holati ustidan nazorat qilish, kimyo vositalari saqlanadigan barcha xonalarni doimiy ravishda tozalab turish lozim.
(107-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
108. Xodimlar ish vaqtida kuyish va zaharlanishlarning oldini oluvchi maxsus kiyimdan foydalanishlari lozim.
109. Vaqtinchalik ishlarga jalb qilingan xodimlar ish boshlashdan oldin yo‘riqdan o‘tishlari lozim.
7-§.Uqalash bilan davolashda xavfsizlik talablari
110. Uqalash bilan davolash alohida xonalarda bajarilishi lozim.
111. Uqalash bilan davolash xonasining oyoqosti sathlari yog‘ochli, linoleum bilan qoplangan bo‘lishi lozim.
112. Devorlar 2 m balandlikda och tusli moy bo‘yoq bilan bo‘yalishi, devorlar va shipning qolgan qismlari oqlanishi lozim.
113. Uqalash bilan davolash xonasi issiq suv bilan yuvinish uchun jihozlangan bo‘lishi lozim.
114. Uqalovchilar bir nechta bo‘lsa, ularning har birining ish joyi alohida matoli pardalar bilan ajratilishi lozim.
115. Uqalash bilan davolash xonalari bir soatda besh martalik havo almashinuvini bajaradigan shamollatish tizimi bilan ta’minlanishi lozim.
116. Uqalash bilan davolash xonasida uqalash uchun maxsus mebel, uqalovchilar kiyimi uchun shaxsiy javonlar, bemorlarning kiyimi uchun ilgaklar, oynalar, to‘siqlar va bir nechta o‘rindiqlar bo‘lishi lozim.
117. Uqalash stoli standart o‘lchamlarda bo‘lishi shart. Balandligi 0,8 m, uzunligi 1,95 — 2 m, eni 0,65 m hamda bosh, orqa va tizzalar ostiga qo‘yish uchun har xil o‘lchamdagi kleyonkali yostiqchalar bo‘lishi lozim.
118. Uqalash o‘rindig‘i uqalovchining oyoq panjasi uchun yaxshi tayanchga ega bo‘lishi lozim.
IV bob. Fizioterapevtik davolashda asbob-uskunalarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Elektr va yorug‘lik bilan davolash asbob-uskunalariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
119. Yangi qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan elektr va yorug‘lik bilan davolash fizioterapevtik bo‘linmalarning xonalari tarkibi va maydoni, shamollatish, isitish, gaz ta’minoti, yoritilishi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(119-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
120. Elektr va yorug‘lik bilan davolash xonasining maydoni bir kushetkaga 6 m2 hisobidan, faqat bitta kushetka bo‘lganida kamida 2 m2 deb qabul qilinadi (alohida bo‘shliq ichi muolajalarini o‘tkazish uchun kabinetning maydoni bir ginekologiya kreslosiga 18 m2 deb qabul qilinadi. Mikroto‘lqinli terapiya xonasining maydoni bir kushetkaga 9 m2, faqat bitta kushetka bo‘lganida kamida 6 m2 deb qabul qilinadi).
121. Davolash xonalarining pol qoplamalari va pardalarini statik elektr maydoni hosil qilishi mumkin bo‘lgan sintetik materiallardan tayyorlash taqiqlanadi.
122. Pol yog‘ochdan bo‘lishi yoki linoleum qoplanishi hamda o‘nqir-cho‘nqir bo‘lmasligi lozim.
123. Devorlarni keramik plitkalar bilan qoplash taqiqlanadi. Lazer moslamasi ishlaydigan kabinetlarda devorlar va shiplar jilosiz qoplamali bo‘lishi lozim.
124. Davolash muolajalarini o‘tkazish uchun karkaslari plastmassa yoki yaxshi silliqlangan yog‘och tirgaklardan yoki metall (nikellangan yoki moyli bo‘yoq bilan bo‘yalgan) quvurlardan yasaladigan kabinetlar jihozlanishi lozim.
125. Xonalarning metall konstruksiyalari tosh devorlardan, poldan qalinligi kamida 40 — 50 mm bo‘lgan izolyatsiya qiluvchi materialdan tayyorlangan taglikdagi flanetslarni o‘rnatish orqali izolyatsiya qilinishi lozim (yog‘och tagliklar dastavval parafinda pishiriladi va moyli bo‘yoq bilan bo‘yaladi).
126. Flanetslarni mustahkamlash shuruplari (boltlari) taglik balandligidan pastroq bo‘lishi lozim.
127. Har bir xonada faqat bitta statsionar fizioterapevtik apparat, bosh tomoni ko‘tariladigan hamda mahalliy yoritish moslamasi bo‘lgan bitta kushetka (yotish moslamasi) o‘rnatilishi lozim.
128. Lazer qurilmasi o‘rnatilgan xonada oyna yuzli bo‘lgan asbob-uskunalar va buyumlardan foydalanish taqiqlanadi, lazerli qurilmalar bilan ishlash umumiy yorug‘lik bo‘lgan xonalarda o‘tkazilishi lozim.
129. Elektr va yorug‘lik bilan davolash xonasida davolash o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari, zichlagichlarni saqlash va ularga ishlov berish, dorivor eritmalarni tayyorlash mo‘ljallangan, qurituvchi va havo tortuvchi shkaf, dezinfeksiya qaynatgichlari, ish stoli, tibbiy shkaf va kir yuvish mashinasi bilan jihozlangan maxsus, maydoni kamida 8 m2 bo‘lgan alohida izolyatsiyalangan blok ajratilishi kerak.
130. Davolovchi xodimning ish joyi (boshqaruv pulti) fotariy (yorug‘lik bilan davolash xonasi) xonasidan tashqarida jihozlanib, tovushli signalizatsiya bilan ta’minlanishi lozim.
131. Aeroinli, aerozolli va elektroaerozolli guruhda davolash xonasining maydoni bitta o‘ringa 4 m2 hisobidan, ammo umumiy maydoni 12 m2 dan kam bo‘lishi mumkin emas. Yakka tartibda aeroinli, aerozolli va elektroaerozolli davolash kabinetining maydoni 12 m2 bo‘lishi lozim.
132. Elektr va yorug‘lik bilan davolash xonalaridagi havoning harorati 200 S dan past 200 bo‘lmasligi kerak.
133. Elektr va yorug‘lik bilan davolashga mo‘ljallangan har bir xona hisob-kitob bo‘yicha zarur ko‘ndalang kesimdagi simlar bilan tortilgan mustaqil elektr ta’minot liniyasiga ega bo‘lishi lozim.
134. Elektr va yorug‘lik bilan davolashga mo‘ljallangan har bir xonada qo‘l yetishi uchun oson joyda “Ulangan” yoki “O‘chirilgan” yozuvli belgi bo‘lishi lozim.
135. Klemmalardan ikkitasi (chap tomondagilari qo‘shish uchun mo‘ljallangan) apparatni elektr toki manbaiga ulash, boshqasi esa yerga ulangan himoya qiluvchi sim uchun mo‘ljallangan bo‘lishi lozim.
136. Elektr tarmog‘iga ulash uchun xizmat qiladigan simlar egiluvchan kabeldan, u bo‘lmaganida rezinali trubkaga solingan egiluvchan simlardan ishlangan bo‘lishi lozim.
137. Davolash apparatidan bemorga teguvchi simlar yuqori sifatli himoyalovchi qoplamga ega bo‘lishi lozim. Simlar butligini ishlatishdan oldin sinchiklab tekshirish lozim.
138. Elektr va yorug‘lik davolash apparatlarining metalldan yasalgan korpusi va shtativlari, shuningdek himoya qatlami buzilishi oqibatida kuchlanish ta’sirida bo‘lishi mumkin bo‘lgan qizdirgichlarni qo‘shib, yerga ulangan himoya qiluvchi simga ega bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
139. Markazlashtirilgan isitish tarmoqlarining isitish asbob-uskunalari, isitish, gaz, suv yoki oqova suv tarmoqlarining isitgichlari, shuningdek kabinetda joylashgan barcha yerga ulangan himoya qiluvchi simga ega asbob-uskunalar butun davomiyligi bo‘yicha va bemorlar hamda xodimlar tegib bo‘lmaydigan balandligigacha moy bo‘yoq bilan qoplangan yog‘ochdan yasalgan g‘iloflar bilan yopilgan bo‘lishi kerak.
(139-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
140. Kontaktli elektrodlarni joylashtirishda apparatlarning yerga tutashgan metall korpuslari tegib bo‘lmaydigan joylarda o‘rnatilishi lozim, bunday shartga rioya etish imkoniyati bo‘lmaganida bemor uchun tegishi mumkin bo‘lgan apparatlarning yerga tutashgan korpuslari bemor tegib ketish ehtimolidan himoyalovchi ekranlar bilan himoyalanishi lozim.
141. To‘rt kamerali vannalarni o‘rnatishda suv tarmog‘ining jo‘mraklari, quvurlari va boshqa metall qismlari bemor uchun tegib bo‘lmaydigan masofada joylashgan bo‘lishi lozim.
142. Fizioterapevtik davolash xonasidan tashqarida (bog‘lash va operatsiya xonalari hamda palata va boshqalar) elektr davolashlar olib borilayotganda xavfsizlik choralari ko‘rilishi lozim.
2-§. Ingalyatsiya xonalaridagi uskunalarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
143. Guruhli ingalyatsiya xonasi izolyatsiyalangan bo‘lishi lozim. Xona devorlari 2 m balandlikkacha glazurlangan plitka bilan qoplanishi, poli linoleum, shuningdek shiplari burli qoplam bilan qoplanishi lozim.
144. Kompressor yerto‘la yoki yarim yerto‘lada o‘rnatilishi kerak.
145. Yakka tartibdagi ingalyatorda uchliklarni va niqoblarni qaynatish uchun elektr dezinfeksiya qaynatgichi havo tortish shkafida o‘rnatilishi kerak.
3-§. Suv bilan davolashda asbob-uskunalarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
146. Suv bilan davolash xonalari tokdan izolyatsiyalangan bo‘lishi lozim.
147. Suv bilan davolash xonalarida elektr simlari va ishga tushirish moslamalari germetik (zich yopilgan) bo‘lishi kerak.
148. Suv bilan davolash xonalarida havo isituvchi mustaqil shamollatish tizimi bo‘lishi lozim. Havoning harorati 230 S — 250 S doirasida, havoning nisbiy namligi ko‘pi bilan 60 — 65 foiz bo‘lishi kerak.
149. Suv bilan davolash xonalarida ishlovchi xodimlar uchun har bir vannaga 1,5 m2 hisobidan kamida 8 m2 xona ajratilishi kerak.
150. Alohida dush moslamalari va o‘tirgichli vannani yo‘g‘on va tiniq oyna yoki plitkalar bilan qoplangan, betondan tayyorlangan, balandligi 2 m bo‘lgan to‘siqlar ajratib turadi. To‘siqlar oyoqosti sathidan 10 — 15 sm balandlikda o‘rnatilishi lozim.
151. Dush ustuni issiq va sovuq suvni mustaqil yetkazuvchi moslamaga ega bo‘lishi shart, bunda issiq va sovuq suvning bosimi bir xil bo‘lishi lozim.
152. Suv osti uqalash dushi uchun elektr-magnitli o‘tkazgich apparati germetik berk va himoyalangan bo‘lishi kerak.
4-§. Vodorod sulfidli, karbonad angidridli, azotli va boshqa vannalarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
153. Vodorod sulfidli vannada davolash alohida xonada o‘tkazilishi kerak.
Vodorod sulfidli vannada davolashda quyidagilar bo‘lishi lozim:
havo tortuvchi shkaf;
eritmalarni tayyorlash uchun alohida xona;
eritmalarni saqlash uchun alohida xona.
154. Vannalar zanglashga chidamli materiallardan tayyorlangan bo‘lishi zarur.
155. Vodorod sulfidli suvni o‘tkazuvchi quvurlar korroziyaga chidamli materiallardan bajarilgan bo‘lishi kerak.
156. Armatura (jo‘mraklar, dastaklar va boshqalar) zanglashga chidamli materiallardan tayyorlangan bo‘lishi lozim. Qo‘rg‘oshinli oq bo‘yoq bilan bo‘yash man etiladi.
157. Karbonat angidrid, kislorodli va azotli ballonlar vannakabinetlardan tashqarida, markazlashtirilgan isitish va issiq suv ta’minoti quvurlaridan kamida 0,5 m masofadagi uzoqlikda, ularga to‘g‘ri quyosh nurlari tushmaydigan joyda o‘rnatilishi lozim. Kislorodli ballonlar albatta devorga metall tutqich bilan mahkamlanishi lozim.
158. Karbonad angidridli va azot tarkibli zaxira ballonlar alohida ajratilgan joylar (kabinetlar)dagi tokchalarda saqlanishi, kislorod tarkibli ballonlar esa maxsus ajratilgan bino va joylarda mahkamlanib, vertikal holatda saqlanishi lozim.
159. Karbonad angidridli, azotli va kislorodli ballonlar, ularni saqlash joyidan o‘rnatilish joyigacha maxsus aravachalarda yetkazilishi lozim.
5-§. Metall tarkibli mineral (ma’danli) suvlar bilan ishlash asbob-uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
160. Davolash xonalarida ochiq alanga bilan (gugurt yoqish, chekish, kavsharlagich, elektr va gaz bilan payvandlash ishlarni o‘tkazish va boshqalar) ishlash man etiladi.
161. Quduqlarni ta’mirlash ishlari va ulardan foydalanish rejimini kuzatishni faqat elektr yorug‘ligi yoki maxsus konchilik chirog‘idan foydalanib amalga oshirish mumkin. Eshiklari himoya panjarasi bilan butun elektr simlari tarmog‘i portlashdan va yong‘indan himoyalangan holda bajarilgan bo‘lishi lozim.
162. Quduqlar kallagi, metanning suvdan to‘liq ajratilishi uchun mo‘ljallangan gaz ajratgichlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Gazga to‘yingan metan suvlarini o‘tkazuvchi quvurlar yo‘l kanallari egilishining yuqori nuqtalarida vantuzlar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Quvurlar germetik bo‘lishi, choklari esa siyrak bo‘lishi taqiqlanadi.
163. Gazga to‘yingan metan suvlarini saqlashga mo‘ljallangan rezervuarlar (suyuqlik yoki gaz saqlanadigan katta idish) shamollatish quvurlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
6-§. Loy bilan davolash kabinetlari asbob-uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
164. Loy bilan davolash xonalari alohida bo‘lishi lozim.
165. Xona devorlari va to‘siqlar pol sathidan 10 — 15 sm balandlikka ko‘tarilgan va balandligi 2 m bo‘lishi kerak. Ular silliq matodan tashkil topishi va nam yig‘ishtirilishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak. Xonalarning poli metlax (polga yotqiziladigan koshinlar) plitkasidan taxlangan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
166. Issiq va sovuq suvlar dush xonasi yoki xonadan tashqarida o‘rnatilgan umumiy smestitel (siljitish) orqali keltiriladi. Suvning oqova suvlarga tushirilishi suv yig‘adigan idishli trap (maxsus yasalgan ko‘chma zina) orqali amalga oshirilishi lozim.
(166-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
167. Loy maxsus davolash xonasi yonidagi elektrsimli yoki transportirovka qilinadigan isitish xonasida isitilishi lozim.
168. Davolashda ishlatiladigan choyshablar, brezentlar va kleyonkalarni yuvib quritish uchun alohida xona bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
169. Ishlatilgan suv, vannalar va kir yuvish mashinasidan yig‘iladigan iflos loy idish bilan jihozlangan trap orqali oqova suvlarga tushirilishi lozim.
(169-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
170. Xonaning havo harorati 160 S — 180 S bo‘lishi kerak.
171. Loy bilan davolash xonasi shamollatish tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
172. Davolovchi loyni saqlashga mo‘ljallangan xonaning maydoni bir kushetkaga 2 m2 dan kam bo‘lmasligi kerak.
173. Loyni saqlash va regeneratsiya (ishlatilgan materiallarni qaytadan ishga tiklash) qilish uchun mo‘ljallangan basseynlar loyini basseyndan mexanik usulda olinishi va qo‘llanilish joyiga tashishni ta’minlovchi asbob-uskunalar bilan jihozlanishi kerak.
174. Loy bilan davolashga mo‘ljallangan kushetkalar elektr yoki suvli isitish tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
7-§. Parafinli va ozokeritli davolash asbob-uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
175. Parafinli va ozokeritli (tog‘ mumi) davolash uchun maxsus jihozlangan xona ajratilishi lozim.
176. Xona poli linoleum bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Parafin va ozokeritni tayyorlash xonasi devorlari 2,5 m balandlikkacha silliqlangan plita bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Isitgichlar va parafin bilan ozokerit quyish uchun mo‘ljallangan stol issiqqa chidamli material bilan qoplanishi kerak.
177. Parafin va ozokeritni tayyorlash xonasida parafin va ozokeritni isitish uchun havoni tortib oluvchi shkaf bilan jihozlanishi shart.
178. Parafin va ozokeritning isitilishi maxsus isituvchi asbob-uskunalar yoki suv hammomida amalga oshirilishi lozim. Bu maqsadlar uchun ochiq olovning qo‘llanilishi taqiqlanadi.
179. Parafin va ozokeritni tayyorlash xonasi o‘t o‘chirish vositasi bilan ta’minlanishi lozim.
V bob. Ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshirishda xavfsizlik talablari
180. Asbob-uskunalarni ta’mirlash xizmati asbob-uskunalarning, ularning pasportlari, texnik yo‘riqnomalari va ishlab chiqaruvchi tashkilotning boshqa hujjatlarining mehnat xavfsizligi standartlari tizimi talablariga mosligini ta’minlashi lozim.
181. Ta’mirlash ishlari Tibbiyot texnikasidan foydalanish, montaj qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga (ro‘yxat raqami 2177, 2011-yil 5-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 1-2-son, 12-modda) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
182. Asbob-uskunalarni zarur texnik holatda saqlab turishda unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, rejaviy-oldini oluvchi ta’mirlashning bajarilishi va ta’mirlash ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim.
183. Barcha hollarda ta’mirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bu ishlarga mas’ul xodim bilan kelishilishi lozim.
184. Asbob-uskunalarni ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatishda ish joyini tayyorlash uchun quyidagi tadbirlar bajarilishi lozim:
tok manbaidan o‘chirilgan bo‘lishi hamda ehtiyotsizlik tufayli yoki o‘z-o‘zidan ishlab ketishining oldini olish;
boshqarish tizimiga “Ulanmasin, odamlar ishlamoqda!” degan taqiqlovchi belgilarni osib qo‘yish va zarurat bo‘lganida to‘siqlar qo‘yish;
ish boshlash oldidan tok o‘tuvchi qismlarda kuchlanishning yo‘qligini asbob-uskuna yoki olib yuriladigan voltmetr yordamida tekshirib ko‘rish kerak.
185. Ta’mirlash ishlari boshlanishidan avval, ta’mirlashda band bo‘lgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va ta’mirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazilishi lozim.
186. Og‘ir yuklarni joyidan ko‘chirish ishlari yuk ortish va tushirish ishlari uchun mas’ul xodim ruxsati bilan bajarilishi shart.
187. Nosoz yuk ko‘taruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek shahodatlangan muddati tugagan mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.
188. Ta’mirlash paytida ish joylarini, yo‘llarni, yo‘laklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi.
189. Ta’mirlash ishlari balandlikda bajarilayotganda havoza va taxta to‘shamalarning o‘rnatilishi xavfsizlik talablariga javob berishi hamda xodimlar xavfsizlik kamarlari va arqonlardan foydalanishlari shart.
190. Ta’mirlash ishlari tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, materiallar, asbob-uskunalar va chiqindilar olib ketilishi hamda to‘siqlar, saqlovchi moslamalar va blokirovkalar o‘z joyiga o‘rnatilishi lozim.
191. Asbob-uskunalarni davriy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari ta’mirlash xizmati tomonidan muhandis-texnik xodimning rahbarligi ostida o‘tkazilishi lozim.
192. Ko‘rikdan o‘tkazish paytida asbob-uskunalarning ishlashida nuqsonlar topilsa, ularning sababini aniqlash va bartaraf qilish uchun darhol to‘xtatilishi lozim.
193. Yangi ishga tushirilayotgan asbob-uskunalarning xavfsizlik talablariga mosligini ta’minlash uchun quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
ishga tushirish-sozlash ishlaridan so‘ng asbob-uskunaning mehnat xavfsizligi standartlari va ushbu laboratoriya asbob-uskunalariga taalluqli boshqa normativ texnik hujjatlarning talablariga mosligi tekshirilishi;
aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgach, tibbiyot texnikasi takroran komissiyaga qabul qilish uchun taqdim etilishi;
qabul qilish tugagach, tibbiyot texnikasini foydalanishga topshirish dalolatnomasi tuzilishi lozim.
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
194. Bo‘linmalarni loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
195. Xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(195-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi, Jinoyat kodeksining 257-moddasi.
VII bob. Yakuniy qoida
196. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. ZAKIROV
2012-yil 20-fevral
Sog‘liqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2012-yil 15-fevral
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2012-yil 20-fevral
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2012-yil 20-fevral
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i A. NIMATULLAYEV
2012-yil 20-fevral
“O‘zstandart” agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
2012-yil 15-fevral
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i B. GULYAMOV
2012-yil 15-fevral
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 14-son, 159-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son; 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)