1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.07.00 Alohida toifadagi xodimlarni mehnatining muhofaza qilish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
1. Tibbiyot texnikasidan foydalanish, montaj qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 27-oktabr,
177-B-son
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 27-oktabrdagi 177-B-son buyrug‘iga ILOVA
Tibbiyot texnikasidan foydalanish, montaj qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda mehnatni muhofaza qilish
Mazkur Qoidalar tibbiyot texnikasidan foydalanish, montaj qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar tibbiyot texnikasidan foydalanish, montaj qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarga (bundan keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Ushbu Qoidalar ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
6. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
7. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.
8. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
2-§. Xodimlarni o‘qitish, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va ularga yo‘l-yo‘riq berishni tashkil etish
9. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
10. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
11. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
12. Tashkilotlar standartlashtirish normalari va qoidalari bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
13. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
14. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoxud yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
15. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va me’yorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
16. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
17. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
18. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qo‘llanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
19. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
20. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
21. Xodimlar Sog‘liqni saqlash va tibbiyot ishlab chiqarishlari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 1998, 2009-yil 25-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 35-son, 391-modda) muvofiq shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
5-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
22. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
23. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
24. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
25. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardirlar.
6-§. Kasbiy tanlov
26. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
27. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
28. Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
29. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatigamuvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar og‘ir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
(30-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
31. Tashkilotda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
32. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
33. Ish beruvchi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud majburiy tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
34. Davriy majburiy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
35. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Tashkilot maydonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
36. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi kerak.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
37. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
38. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
39. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
40. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
41. Yilning yoz vaqtida yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim.
9-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
42. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
43. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
44. Nam xonalarda hamda issiq o‘tkazuvchi pollarda (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga mo‘ljallangan ish joylarida yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
45. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan bo‘lishi kerak.
46. Binoga transport vositalarini kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
47. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
48. Transport vositalarini binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
49. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 metrdan oshiq bo‘lishi kerak.
50. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
51. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
52. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
53. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi lozim.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
54. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarini ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritishlarning sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
55. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘ tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim.
56. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) to‘sib qo‘yishiga ruxsat etilmaydi.
57. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
58. Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
59. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
60. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
61. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 metr balandlikda bajarilishi kerak.
62. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi kerak.
63. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21°C, o‘rtacha og‘ir ishda 17°C, og‘ir ishda 16°C dan past bo‘lmasligi lozim.
64. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°C dan kam bo‘lmasligi kerak.
65. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 metrdan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 metrdan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
12-§. Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qo‘yiladigan talablar
(12-paragrafining nomi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
66. Suv bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
67. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
68. Ichimlik suvining harorati 8°C dan 20°C gacha bo‘lishi kerak.
69. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
(69-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
70. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yo‘q bo‘lganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarini mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.
(70-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
III. Ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘yiladigan talablar
71. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.033-81 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Yong‘in xavfsizligi. Atamalar va ta’riflar”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
72. Ishlab chiqarishda sinalmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni qo‘llash taqiqlanadi.
73. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq me’yorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
74. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, ventilyatsiya chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
75. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
76. Ventilyatsiya tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak.
77. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim.
78. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va yong‘inni oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
79. Bino va yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘in vositalari va uskunalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
80. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
(80-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
81. Elektr tok o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslar (marmar, tekstolit, getinaks va boshqalar)da montaj qilinishi lozim.
82. Yoritish va quvvatli uskunalar va elektr tarmoqlarining tuzilishi xonalardagi sharoitlarga va ulardagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos bo‘lishi shart.
83. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan yoki yopiq ijroda bo‘lishi shart.
84. Yong‘in xavfi bo‘lgan ishlab chiqarish va omborxonalardagi yoritqichlar yopiq chang o‘tkazmaydigan holda bo‘lishi lozim.
85. Elektr yoritqichlar binolarning yonuvchi konstruksiyalari va yonuvchi materiallari bilan tutashib turmasligi lozim.
86. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
87. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qo‘llanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
88. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qalpoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanishi lozim.
89. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim.
90. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
91. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
92. Elektr apparatlari va agregatlari nolga va yerga ulash simlarining butunligi tashkilot bosh energetigi boshchiligidagi komissiya tomonidan kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
93. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
94. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
95. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
3-§. Rentgen apparatidan foydalanishda xavfsizlik talablari
96. Radiaktiv moddalar va boshqa ionli nurlanish manbaalari bilan ishlaganda xodimlarning nurlanish xavfsizligini ta’minlashda SanQvaM 0193-06 “Tibbiy rentgen tekshiruvlari o‘tkazish ishida sanitariya qoidalari”ga rioya qilinishi lozim.
97. Rentgen tekshiruvi o‘tkazayotganda xodim rentgen apparatini aniq ish vaqtini belgilay olishni, shuningdek rentgen tasviri kuchaytirgichlari va himoya vositalarini qo‘llay olishni bilishi shart.
98. Rentgen apparatini rentgen kabinetdan tashqarida foydalanishda xodim yuqori kuchlanishni hisobga olgan holda, nurlanish manbaasidan kamida 2,5 metr uzoqda bo‘lishi va nurlanishdan himoya vositalarini qo‘llagan holda ish bajarishi lozim.
99. Rentgen kabineti xodimi homilador bo‘lsa tezlik bilan ionli nurlanish ta’siri bo‘lmagan boshqa ishga o‘tkazilishi shart.
4-§. Ultrabinafsha va ultratovush tarqatuvchi apparatlardan foydalanishda xavfsizlik talablari
100. Santimetr va detsimetr to‘lqindagi apparatlarning to‘g‘ri nurlanish maydonida xodimning bo‘lishi man etiladi.
101. Ultrabinafsha nurlari bilan ishlashda, xodim ko‘zini nurlanishdan saqlash uchun yorug‘lik filtrli yopiq himoya ko‘zoynaklaridan foydalanishi kerak.
102. Xodimga infraqizil nurlarining zararli ta’siriga va boshqa yonayotgan lampaga uzoq vaqt qarashi man etiladi.
103. Ultratovush apparatlaridan foydalanishda xodim ish vaqtining 50 foizi ultratovushli ish jarayoniga to‘g‘ri kelganida har 1,5 soat orasida 15 daqiqa tanaffus berilishi lozim.
104. Ultratovush hosil bo‘ladigan muhit bilan xodimning qo‘lini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada bo‘lishi man etiladi.
105. Ultratovush muolajalarini o‘tkazish jarayonida xodim paxta matoli qo‘lqop bilan ishlashi kerak.
106. Apparat ishlayotgan vaqtda xodim apparatning ishchi qismiga tegishi man etiladi.
5-§. Lazer qurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik talablari
107. Lazer qurilmalaridan foydalanish SanQvaM 5804-91 “Lazer qurilmalari va ulardan foydalanishda sanitariya qoidalari va me’yorlari” talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
108. Tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan lazer qurilmalaridan xavfsiz foydalanish va nosozlikni bartaraf qilish uchun javobgar xodim tayinlanishi kerak.
109. Lazer qurilmalaridan foydalanuvchi xodim lazer nurlari to‘lqinining uzunligini hisobga olgan holda GOST 12.4.013-85 talablariga muvofiq svetofilterli yopiq himoya ko‘zoynaklaridan foydalanishi shart.
6-§. Sterilizatsiya qilish jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik talablari
110. Sterilizatsiya qilish jihozlaridan foydalanishga quyidagi hollarda ruxsat berilmaydi:
himoyalovchi klapanlarda nuqson bo‘lganda;
ekspluatatsiya bo‘yicha yo‘riqnomaga rioya qilingan bo‘lsa ham sterilizatorda belgilangan bosim me’yoridan oshganda;
sterilizator elementlarida yoriq, do‘ppayib turgan joylar, boltlar mahkamlangan joyida oqish boshlanganda, qistirmalarda yoriq paydo bo‘lganda;
manometrlarda nuqson yuzaga kelganda yoki ularni tekshirish muddati o‘tib ketganda;
suyuqlik miqdori ko‘rsatgichida nuqson paydo bo‘lganda;
nazorat-o‘lchash asboblari va avtomatika vositalari yo‘q bo‘lganda yoki ularda nuqson aniqlanganda;
qismlar birikkan joyda kondensat oqimi paydo bo‘lganda (texnologik bug‘ chiqarilayotganda);
mahkamlovchi detallar, qopqoqlarning nosozligi va but emasligida, sterilizator tashqi yuzasining temperaturasi ko‘tarilganda.
111. Sterilizatsiya xonasi havo tortadigan ventilyatsiya sistemasi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Xonaning eshigi tashqariga ochiladigan bo‘lishi zarur. Xonaning eshigi oynali bo‘lmasligi kerak.
112. Xonada faqat sterilizatorlar joylashgan bo‘lishi lozim.
113. Sterilizatorlar devordan 0,8 metr uzoqlikda joylashtirilishi kerak. Shkaf ko‘rinishidagi sterilizator uchun esa uning qopqog‘i ochiladigan tomonga 1,5 metr masofa belgilanadi.
114. Elektr sterilizatsiyalash xonasidagi pol tok o‘tkazmaydigan materialdan bo‘lishi kerak.
115. Poli plitali xonalarda rezina dielektrik gilamchalar bilan qoplangan sharoitda elektrik sterilizatordan foydalanishga ruxsat beriladi.
116. Sterilizatsiya xonalarida yong‘inga qarshi ishlatiladigan vositalar va zarur bo‘lganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan tibbiyot qutichasi mavjud bo‘lishi kerak.
117. Rubilniklar va avtomatik o‘chirgichlar poldan 1,6 metr balandlikda, sterilizatordan 1 metrdan uzoq bo‘lmagan joyda o‘rnatilishi lozim.
IV. Tibbiyot texnikasini montaj qilish, ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatishda xavfsizlik talablari
1-§. Tibbiyot texnikasini ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatishning umumiy xavfsizlik talablari
118. Tashkilotning ta’mirlash xizmati tibbiyot texnikalarining mehnat xavfsizligi standartlari tizimi, ularning pasportlari, texnik yo‘riqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini ta’minlashi lozim.
119. Tibbiyot texnikalarini zarur texnik holatda saqlab turish uchun tashkilotda unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, rejali oldini olishga qaratilgan ta’mirlashni bajarilishi va ta’mirlash ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim.
120. Ishlayotgan bino va xonalarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi ta’mirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
121. Barcha hollarda ta’mirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bu ishlarga mas’ul rahbar bilan kelishilishi lozim.
122. Tibbiyot texnikasini ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatishda ish joyini tayyorlash uchun quyidagi tadbirlar bajarilishi lozim:
tokning o‘chirilgan bo‘lishi hamda uni ehtiyotsizlik tufayli yoki o‘z-o‘zidan ishlab ketishining oldini olish;
boshqarish tizimiga “Ulanmasin, odamlar ishlamoqda!” degan taqiqlovchi belgilarni osib qo‘yish va zarurat bo‘lganida to‘siqlar qo‘yish;
ish boshlash oldidan tok o‘tuvchi qismlarda kuchlanishning yo‘qligini tekshirib ko‘rish.
123. Nosoz yuk ko‘taruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek texnik ko‘rik va sinovdan o‘tkazish muddati tugagan mexanizmlardan foydalanish taqiqlanadi.
24. Ta’mirlash ishlarida bino ichida yuqori kuchlanishdagi elektr tibbiy apparaturasi bilan ishlarni amalga oshirishda yerga ko‘milgan predmetlar, jumladan, vodoprovod, isitish va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimining metall quvurlari yog‘och to‘siq bilan (ish vaqtida tegib ketmaslik uchun) himoyalangan bo‘lishi lozim.
(124-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
125. Ta’mirlash paytida ish joylarini, yo‘llarni, yo‘laklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi.
126. Ta’mirlash ishlari balandlikda bajarilayotganda havoza va taxta to‘shamalarning o‘rnatilishi xavfsizlik talablariga javob berishi hamda xodimlar himoya kamarlaridan foydalanishlari shart.
127. Barcha ta’mirlash ishlari tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
128. Ta’mirlash ishlari tugagach to‘siqlar, saqlovchi moslamalar va blokirovkalar o‘z joylariga o‘rnatilishi lozim.
129. Tibbiyot texnikasini davriy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari tashkilotning ta’mirlash xizmati tomonidan muhandis-texnik xodimning rahbarligi ostida o‘tkazilishi lozim.
130. Tibbiyot texnikasini ko‘rikdan o‘tkazish paytida nuqsonlar topilsa, ularning sababini aniqlash va bartaraf qilish uchun tegishli choralar ko‘rilishi lozim.
2-§. Tibbiyot texnikasining montaj qilishda xavfsizlik talablari
131. Montaj qilish va yuk ko‘taruvchi mexanizmlarni ishga yaroqliligini ta’minlash va yuklarni tashish ishlarining xavfsizligi uchun javobgarlik tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tegishli kasb malakasiga ega bo‘lgan muhandis-texnik xodimlarga yuklatilishi lozim.
132. Tibbiyot texnikasini montaj qilishda yuk ko‘taruvchi va montaj qiluvchi mexanizmlar va moslamalar bilan ishlash jarayonida ishtirok etadigan xodimlar xavfsizlik qoidalariga amal qilishi lozim.
133. Yuk ortish va tushirish ishlari hamda yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
134. Tashkilotda ishlatiladigan barcha tibbiyot texnikalari, mexanizmlar va moslamalar bajarilayotgan ishning xususiyatiga mos va hamisha soz holda bo‘lishi lozim.
135. Yuqori kuchlanishda bo‘lgan elektr tibbiyot texnikasini sozlashda xavfsizlikni ta’minlash uchun quyidagi tadbirlar bajarilishi lozim:
kuchlanishda bo‘lgan elektr toki o‘tgan qismlari sozlovchining ro‘parasida yoki faqat bir yonbosh tomonida joylashtirilgan bo‘lishi;
ishlash jarayonida apparaturani sozlovchi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish;
tibbiyot texnikasini sozlovchi xodim yaxshi izolyatsiyalangan himoya vositalaridan va moslamadan foydalanishi.
136. Tibbiyot texnikasini boshqarish ishlari boshlangunga qadar ishlash uchun quyidagi zarur bo‘lgan asboblarning mavjudligini va himoya vositalarining yaroqliligini tekshirib ko‘rishi lozim:
elektr kavsharlagichning korpusida qisqa tutashish yo‘qligi;
izolyatsiyalangan dastalarning mavjudligi;
dielektrik qo‘lqoplardan foydalanishda uning yaroqliligi;
dielektrik rezina gilamchadagi shtamp bo‘yicha yaroqlilik muddati va mexanik nuqsonlarning yo‘qligi;
tok o‘tkazuvchi simlarda izolyatsiya nuqsonlarining yo‘qligi.
137. Tibbiyot texnikasini montaj qiluvchining yuqori kuchlanishda bo‘lgan va izolyatsiyalanmagan elektr toki qismiga to‘satdan tegib ketishini himoyalovchi, izolyatsiyalangan vositalardan va moslamalardan foydalanishi lozim.
138. Tibbiyot texnikasi montaj qilinayotganda u shunday joylashtirilishi kerakki, bunda 100 V dan yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan elektrolitik kondensatorlar apparat sozlovchining yuzi ro‘parasida bo‘lmasligi va qo‘shni ish joylariga qaratilmagan bo‘lishi lozim.
139. Tibbiyot texnikasidagi nosozliklarni aniqlashda nazorat-o‘lchash asboblarining barcha turdagi o‘chirish-yoqish ishlari (jihozlar tarkibiy qismlari rejimini o‘lchash) elektr kuchlanishdan to‘liq uzilgan holda amalga oshirish lozim. Kuchlanishda bo‘lgan apparatlarni tekshirish va montaj qilish taqiqlanadi.
140. Yerga nisbatan shassisida kuchlanishga ega bo‘lgan avtotransformatorli sxema orqali kuchlanish oladigan tibbiyot texnikasi, ajratuvchi transformator bilan tarmoqqa ulanishi va bunda har qaysi transformatorga faqat bitta tibbiyot texnikasi ulanishi lozim.
141. Tibbiyot texnikasini elektr manbaidan o‘chirmasdan turib, shuningdek apparat korpuslarini ochib qo‘ygan holda elektr toki o‘tuvchi qismlarga tegish taqiqlanadi.
142. Tibbiyot texnikasini sozlashda, texnik xizmat ko‘rsatishda va boshqa ishlarda kuchlanish berilishidan oldin, uning metall korpuslari yerga sim orqali ulangan bo‘lishi lozim.
143. Montaj jarayonida tibbiyot texnikasini rozetkaga vilkasiz, ochiq simlar yordamida ulash taqiqlanadi.
144. Tibbiyot texnikasini kuchlanishni o‘chirmasdan turib ishlarni amalga oshirishning iloji bo‘lmagan hollarda (sozlash, rejimlarni o‘lchash, o‘chirib-yoqish uskunasida yaxshi kontakt bo‘lmasligi, tokning yo‘qolib qolishini o‘lchash) kuchlanish ostida ishlashga ruxsat beriladi. Bunday hollarda xodim kuchlanish ostidagi qismga tegib ketishdan ehtiyot bo‘lishi, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilishi lozim.
3-§. Rentgen apparatlarini ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatishda xavfsizlik talablari
145. Rentgen nurlanishini markazlashtirish va uni optik markaz bilan mos tushirishda nurlanish miqdorini yetarli darajada kamaytirishning iloji bo‘lmaganda, himoyalanish rentgen apparatini yoqib qo‘yish vaqtini qisqartirish hisobidan amalga oshirilishi lozim.
146. Rentgen tasvirini televideniye orqali kuchaytiruvchi asboblarni sozlash va tuzatishda texnologik usullarni qo‘llash lozim.
147. Rentgen kabinetlaridan tashqarida (remont korxonasida, palatalarda) rentgen apparatlarini ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatishda, shuningdek, rentgen nurlantiruvchi bilan ishlashda quyidagilarga amal qilish lozim:
nurlantiruvchining tashqi teshigini eng kichik holatga keltirish yoki qo‘rg‘oshin berkitkich bilan yopib, polning chetiga va odamlar yo‘q tomonga yo‘naltirish;
xodimning nurlantiruvchi manbadan bir muncha uzoqda bo‘lishini ta’minlash;
individual himoya vositalaridan va harakatlantiruvchi himoya to‘siqlaridan foydalanish.
148. Organizmga qo‘rg‘oshin tushishining oldini olish uchun:
qo‘rg‘oshin qo‘shilgan rezinadan bo‘lgan qo‘lqop tagidan yupqa paxta qo‘lqop kiyish;
qo‘rg‘oshin qo‘shilgan rezinadan bo‘lgan shaxsiy himoya vositalari bilan bajariladigan ishlar tugagandan keyin qo‘lni issiq suvda sovunlab yoki himoyalovchi kukun bilan yuvish kerak.
149. Rentgen kabinetida ovqatlanish va chekish taqiqlanadi.
150. Xodim ishlayotgan joy kerakli moslama va qurilmalar bilan to‘silgan, o‘rab olingan bo‘lishi lozim.
151. Ishlardagi tanaffuslarda va mexanizatsiyalashgan asbobni boshqa joyga ko‘chirganda uni tok manbaidan o‘chirib qo‘yish kerak.
152. Ishlovchi dvigateli bo‘lgan, mexanizatsiyalashgan asbobni nazoratsiz va elektr manbaiga ulangan holda qoldirish taqiqlanadi.
153. Rentgen apparatining alohida qismlarini o‘rnatish oldidan qurilmaning mustahkamligini va ular montaj qilinadigan konstruksiyalarning mustahkamligini tekshirish kerak.
154. O‘rnatilgan detallarni, apparat qismlarini va boshqa qurilmalarni yaxshi qotirmagan holda qoldirish taqiqlanadi.
155. Yig‘ilgan konstruksiyalardagi teshiklarning moslashuvini barmoqlar bilan tekshirib ko‘rish taqiqlanadi.
156. Ish vaqti tugagandan keyin ish joyini tozalash, tartibga keltirish, apparatlarni elektr manbaidan o‘chirish lozim.
157. Ta’mirlash ishlarini bajarayotgan xodimlarning himoyalovchi vositalardan foydalanmasdan va elektr kuchlanishni o‘chirmasdan turib ishlashi taqiqlanadi.
158. Ta’mirlash ishlarini boshlash oldidan bu ishlar uchun mas’ul bo‘lgan ish joyida elektromexaniklarni texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazishi lozim.
159. Ta’mirlash ishlarini boshlash oldidan elektromexaniklar rentgen apparatidan foydalanish bo‘yicha hujjatlar bilan tanishtirilishi va ish jarayonida belgilangan talablarni qat’iy bajarish lozim.
160. Rentgen apparatini tok manbaiga ulashni talab qiladigan yuqori voltli transformatorning birlamchi o‘ramini tok bilan ta’minlaydigan simlar va yuqori volt zanjirda ta’mirlash ishlari bajarilayotganda, birlamchi o‘ramning chiqish qismi uzilgan bo‘lishi kerak.
161. Ta’mirlash ishlarini boshlash oldidan zarur bo‘lganda transformator yog‘ining dielektrik mustahkamligini tekshirish, nuqsonlar paydo bo‘lgan joylarni aniqlash va shu asosda texnika xavfsizligi bo‘yicha tegishli choralar qo‘llash lozim.
162. Rentgen apparati elementlarini kavsharlash, almashtirish va montaj qilishda, shuningdek, yuqori kuchlanishli kabellarni ulash va ajratishda rentgen apparati devor shiti yordamida tok manbaidan uzilgan bo‘lishi lozim. Rentgen apparati tok manbaidan uzilgandan keyin “Yoqilmasin. Odamlar ishlayapti” degan yozuv osib qo‘yilishi kerak.
163. Yuqori voltli (kuchlanishli) kabellarning uchlari devordan, odamlardan va metall predmetlardan eng kamida 1 metr uzoqlikka osib qo‘yilishi kerak.
164. Tarmoq kuchlanishi uzilgandan so‘ng maxsus yuqori voltli razryadsizlantiruvchi yordamida hajmiy zaryadni zaryadsizlantirish kerak.
165. Rentgen nur tarqatuvchisi ochilganda yuqori kuchlanishli kabellar yuqori kuchlanishli transformatordan ajratib qo‘yilishi kerak. Rentgen trubkalarining anod toklarini tuzatishda millikulonometrlardan foydalanish lozim. Nurlanish miqdorini kamaytirish uchun chiqish teshiklari qo‘rg‘oshin yopqichlar bilan yopilgan bo‘lishi zarur.
166. Rentgen televizion qurilmalarni ta’mirlashda nurlanish darajasini minimumgacha qisqartirish mumkin bo‘lgan ish usullaridan foydalanish zarur.
167. Agar rentgen apparatining biron bir agregati o‘chirilgan bo‘lsa, ushbu o‘chirilgan joylar izolyatsiya qilinishi va bu haqda tibbiyot xodimlari ogohlantirilishi lozim.
4-§. Rentgen apparatini montaj qilishda xavfsizlik talablari
168. Rentgen apparatini montaj qilish ishlarini qurilish va sanitariya normalari hamda qoidalari talablariga javob beradigan, qurilish, ta’mirlash va elektromontaj ishlari yakunlangan xonada amalga oshirishga ruxsat etiladi.
169. Montaj ishlarini boshlash oldidan xodim quyidagilarni:
montaj qilinishi lozim bo‘lgan rentgen apparatining texnik hujjatlari bilan tanishishi;
kabinet loyihasiga muvofiq rentgen apparatini o‘rnatish joyini belgilashi;
asboblarning sozligiga yana bir bor ishonch hosil qilishi lozim.
170. Xodim rentgen apparatini montaj qilishda uning montaj va foydalanish bo‘yicha hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarini bajarishi hamda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi lozim.
5-§. Fizioterapevtik apparatlarni ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatishda xavfsizlik talablari
171. Fizioterpevtik apparatlarni foydalanishga topshirishda va unga texnik xizmat ko‘rsatishda quyidagilardan saqlanishi kerak:
elektr tokidan shikastlanishdan;
ultrayuqori va juda yuqori nurlanish elektr magnit maydonlarining ta’siridan;
ultrabinafsha va infraqizil nurlarning ta’siridan.
172. Simobli-kvarsli gorelkalar, bakteritsidli nurlovchilar bilan ishlaganda xodim ko‘z yon tomoni devorli himoya qiluvchi gardishli maxsus ko‘zoynaklardan foydalanishi lozim.
173. GOST 12.1.006-84 talablariga muvofiq elektromagnit maydonining kuchlanish (EMMK) diapazoni 60 kGs — 300 MGs bo‘lganda ish joylarida va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylarda quyidagi yo‘l qo‘yiladigan miqdordan oshmasligi kerak:
elektr maydoni bo‘yicha, V/m.
60 kGs dan 3 MGs gacha chastotalar uchun — 50 V/m;
3 MGs dan 30 MGs gacha chastotalar uchun — 20 V/m;
30 MGs dan 50 MGs gacha chastotalar uchun —10 V/m;
50 MGs dan 300 MGs gacha chastotalar uchun — 5 V/m;
magnit maydoni bo‘yicha, A/m.
60 kGs dan 1,5 MGs gacha chastotalar uchun — 5 A/m;
30 MGs dan 50 MGs gacha chastotalar uchun — 0,3 A/m.
300 M Nz — 300 GGs chastotali diapazonlardagi ish joylarida va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylarda EMMK energiya oqimining yo‘l qo‘yiladigan zichligi, nurlanish maydonlarida bo‘lish vaqtida organizmga energiya ta’sirining yo‘l qo‘yiladigan miqdoridan kelib chiqqan holda o‘rnatilishi lozim.
174. Xodim tanasining ochiq joylarini ultrabinafsha nurlaridan himoyalash uchun apparatning reflektori undagi qopqoq bilan yopilgan bo‘lishi, ular mavjud bo‘lmagan holatda esa mustahkam materialdan tikilgan mato bilan yopilgan bo‘lishi kerak.
175. Xodim ko‘zlarini infraqizil nurlar bilan nurlanishdan saqlashi uchun, u yoniq turgan lampaga uzoq vaqt qaramasligi lozim.
6-§. Laboratoriya jihozlarini ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatishda xavfsizlik talablari
176. Laboratoriya jihozini ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatishda jihozdan foydalanish va uni ta’mirlashga oid normativ texnik hujjatlar talablariga va yo‘riqnomalarga amal qilish zarur.
177. Sentrifugalarni ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatishda quyidagilarga amal qilish lozim:
mexanizmlarni yig‘ish va ta’mirlashda harakatlanuvchi qismlarda, silindrlarda har xil boltlar, gaykalar va boshqa asboblarni unutib qoldirmaslikka;
o‘nqir-cho‘nqirlari, yoriqlari va boshqa nuqsonlari mavjud shkivlardan foydalanmaslikka;
sentrifugani barcha zarur detallarini yaxshilab mahkamlangandan keyin ishga tushirishga;
sentrifugani stakanlar va probirkalar bilan to‘ldirishda juft teng muvozanatda bo‘lish qoidasiga;
sentrifugani elektr manbaiga ulashdan oldin qopqog‘ining korpusga mustahkam qotirilganligini tekshirib ko‘rishga;
sentrifugani elektr manbaiga ulash reostat yordamida ohista amalga oshirilishi, o‘chirishda rotor to‘liq to‘xtaguncha kutib turishga.
178. Mikrotomlar, separatorlar va maydalagichlar bilan ishlashda harakatlanayotgan pichoqning tagiga qo‘lning va boshqa predmetlarning tushib qolishidan ehtiyot bo‘lish kerak.
179. Ultrayuqori va juda yuqori nurlanish termostatlarni ta’mirlashda va ularga texnik xizmat ko‘rsatishda, unga tez alangalanuvchi jismlar, kislota va ishqorni qo‘yish taqiqlanadi.
180. Elektr plitalar, mufel pechlar va boshqa isitish asboblari asbest yoki issiq izolyatsiyalangan materialga o‘rnatilishi kerak.
181. Termostatlar va distillyatorlarga dastlab suv quymasdan turib ularni ishga tushirish taqiqlanadi.
182. Jihozlarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish oldidan, ularning yuza qismi dezinfeksiyalovchi eritma bilan zararsizlantirilishi lozim.
183. Laboratoriya jihozlarini ko‘zdan kechirish va ta’mirlashdan oldin tibbiyot xodimlari ogohlantirilishi va tok ta’minoti uzilishi lozim.
7-§. Sterilizatsiya qilish jihozlarini ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatishda xavfsizlik talablari
184. Sterilizatsiya qilish jihozlarini ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida quyidagilar taqiqlanadi:
qopqoqlar yaxshi mahkamlanmagan holatda sterilizatorga bug‘ berish;
sterilizatsiya kamerasida tashqaridagi harorat va bosimdan ortiq miqdorda bosim hamda harorat mavjud bo‘lganda sterilizator qopqog‘ini ochish yoki uning mahkamligini bir oz bo‘shatish;
bug‘ hosil qiluvchi mexanizm bochkasida suv miqdori yetarlicha bo‘lmaganda sterilizatorni ishga tushirish;
sterilizator ishlayotgan vaqtda bug‘ hosil qiluvchi mexanizm bochkasiga suv quyish;
qopqoqlarni ochiq qoldirish;
sterilizator ishlayotgan vaqtda uning himoyalovchi klapanlarini to‘g‘rilash hamda uning boshqa elementlarini ta’mirlash.
manometrlarni va shlanglarni belgilangan muddatlarda texnik tekshiruvdan o‘tkazilganligi;
sterilizatorlar pasportida va texnik xizmat ko‘rsatish jurnalida tegishli ma’lumotlarning mavjudligi;
sterilizatorlarda ruxsat berilgan ishchi bosimi va uning texnik ko‘rikdan o‘tish (ichki ko‘rik va gidravlik sinov) muddati ko‘rsatilgan yozuvlarning mavjudligi;
sterilizatsiya xonasida mehnatni muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomaning mavjudligi.
186. Sterilizatorni ta’mirlash ishlaridan keyin, sinovdan o‘tkazish lozim.
187. Sinov natijasidan kelib chiqqan holda sterilizatorni ishlatishga ruxsat berish yoki taqiqlash lozim.
V. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
188. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
189. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(189-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi.
VI. Yakuniy qoida
190. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “Toshkenttibtexnika” OAJ “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan kelishilgan.
Sog‘liqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2010-yil 26-oktabr
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
2010-yil 26-oktabr
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i A. NIMATULLAYEV
2010-yil 26-oktabr
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i B. GULYAMOV
2010-yil 26-oktabr
“Toshkenttibtexnika”OAJ Boshqaruvi raisi U. MAMATQULOV
2010-yil 26-oktabr
“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A. ABDUVALIYEV
2010-yil 26-oktabr
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. XODJAYEV
2010-yil 15-dekabr
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 1-2-son, 12-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)