1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.07.00 Alohida toifadagi xodimlarni mehnatining muhofaza qilish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Mazkur Qoidalar muzeylar, teatrlar va konsert zallari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar muzeylar, teatrlar va konsert zallariga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish bo‘yicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II bob. Xavfsizlikka qo‘yiladigan umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
7. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo‘ysunadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
2-§. Xodimlarni o‘qitish, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va ularga yo‘l-yo‘riq berishni tashkil etish
11. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining V bo‘limi.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
13. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish asbob-uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
17. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr asbob-uskunalariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni belgilangan talablarga muvofiq rejalashtirishga, tashkillashtirishga va xavfsiz bajarishga to‘la javobgardir.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 25-moddasi.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari bo‘lgan xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligining tekshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularning degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
27. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
28. Xodimlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan bepul ta’minlanishi lozim.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
6-§. Kasbiy tanlov
29. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
30. Xodimlar va rahbar xodimlar tegishli ma’lumotga hamda ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
31. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalar va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
32. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatiga muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar og‘ir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
(33-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har-yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning ko‘rikka kelishini ta’minlashi lozim.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
36. Majburiy tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular bo‘lmagan taqdirda esa korxona joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan o‘tkaziladi. Majburiy tibbiy ko‘riklar davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud majburiy tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
38. Davriy majburiy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
39. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Sanitariya va gigiyenaga qo‘yiladigan talablar
40. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi, Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
41. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
xonalarda ruxsat etilgan harorat, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarning, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yorug‘lik. Loyihalashtirish me’yorlari”ga muvofiq bo‘lishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorug‘lik kuchini ta’minlash;
xonalarda yoritish asboblari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi.
42. Tashkilot xodimlari barcha ustki kiyim, poyabzal, bosh kiyim va shaxsiy narsalarni garderob (kiyim almashtiradigan maxsus xona)da qoldirishi, ish jarayoni boshlanishidan oldin va tugaganidan keyin qo‘llarini yuvishi, toza sanitar kiyimini kiyishi va kiyimni ifloslangunga qadar almashtirishi hamda ish joylarida ovqat iste’mol qilmasliklari lozim.
9-§. Tashkilot maydonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
43. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi kerak.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
44. Tashkilotda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
45. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalarining ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
46. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
47. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
48. Yilning yoz vaqtida yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim.
49. Yo‘lovchilar uchun yo‘lak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m yon tomonlarida devorcha va to‘siqlar bo‘lishi lozim.
50. Binolarning tomlarini qishki mavsumda qordan, karnizlarni qotgan muzlardan tozalab turish zarur.
51. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi shart.
52. Hovlidagi hojatxonalarni ozoda saqlash, muntazam dezinfeksiya qilish, sutkaning qorong‘i paytida esa yoritilishi kerak.
10-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
53. Binolar va inshootlar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
54. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi lozim.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
55. Xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak.
56. Nam xonalarda hamda issiq o‘tkazuvchi pollarda (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga mo‘ljallangan ish joylarda yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
57. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan bo‘lishi kerak.
58. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
59. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
60. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
61. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi kerak.
62. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
63. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
64. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
65. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi lozim.
66. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 210 S, o‘rtacha og‘ir ishda 170 S va og‘ir ishda 160 S dan past bo‘lmasligi kerak.
67. Xodimlarining isinishi uchun xonalarda harorat 220 S dan kam bo‘lmasligi kerak.
68. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
12-§. Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qo‘yiladigan talablar
(12-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
69. Suv bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(69-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
70. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
71. Ichimlik suvining harorati 8o S dan 20o S gacha bo‘lishi kerak.
72. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
(72-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
73. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yo‘q bo‘lganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarini mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.
(73-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
74. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi lozim. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak.
(74-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
75. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘lik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim.
76. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (asbob-uskuna va boshqalar) bilan to‘sib qo‘yishga ruxsat etilmaydi.
77. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda) tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
78. Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolishi ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
79. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
80. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanishi lozim.
81. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim.
82. Avariya boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
83. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarning ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritqichlarini sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
14-§. Maishiy imoratlarga qo‘yiladigan talablar
84. Tashkilot maishiy xonalar, ovqatlanish xonalari, tibbiy punktlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
85. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning o‘lchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qo‘l yuvgichlari, iste’mol suv ta’minoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni, smenadagi eng ko‘p xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi lozim.
86. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
15-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan talablar
87. Tashkilot atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
88. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
89. Tashkilotlarda chiqindilarini yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va konteynerlar bilan ta’minlanishi, konteynerlar chiqindilardan bo‘shatilgandan so‘ng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
16-§. Mehnat va dam olishga qo‘yiladigan talablar
90. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
III bob. Tashkilotlarda faoliyat olib borish jarayonlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
91. Tashkilotlar zallaridagi osma qandil va yechiluvchi sofitlar kontyurlar bilan muvozanatga keltirilgan bo‘lishi kerak. Ko‘tarish yoki tushirishga xizmat qiluvchi kanatlardan tashqari yechiluvchi sofitlar binoning mustahkam qismlari (ferma, to‘sin va boshqalar)ga yordamchi kanat, zanjir va metalli sterjenlar bilan mahkamlab qo‘yilishi lozim.
92. Yechiluvchi sofitlar (projektor lampalar) kanatlardan tashqari kamida ikki joydan mahkamlab qo‘yilishi kerak.
93. Zallar har kuni, kuniga ikki va undan ortiq spektakl qo‘yilganda esa har bir spektakldan so‘ng yuvib turilishi kerak. Yumshoq mebellar va yo‘lakcha to‘shamalari hamda to‘siqlarning yumshoq qoplamalari ikki haftada kamida bir marta changdan tozalanadi.
94. Teatrlar va konsert zallarining orkestr ijro etish joylarida kamida ikki tomondan chiqish joyi bo‘lishi kerak.
2-§. Yong‘in va portlashga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
95. Tashkilotda yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.
96. Tashkilotda sinalmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni qo‘llash taqiqlanadi.
97. Binolar va xonalarning portlash jihatdan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq me’yorlari” ga muvofiq har holat uchun alohida aniqlanishi lozim.
98. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
99. Binolar va xonalar dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
100. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak.
101. Bino va yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘in vositalari va asbob-uskunalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
102. Portlashni oldini olish uchun mashina va agregatlarining ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
103. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi lozim bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
104. Binolar va xonalar uchun hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim.
105. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va yong‘inning oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
3-§. Tashkilotlarda elektr qurilmalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
106. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(106-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
107. Elektr tok o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
108. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan yopiq holatda bo‘lishi shart.
109. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirilib turilishi lozim.
110. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarida qo‘llanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holatda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus moslamalarda o‘rnatilishi lozim.
111. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi tashkilotning muhandis-elektriklari tomonidan muntazam ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
112. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga ulash hamda yerga ulash simlarining butunligi tashkilot bosh muhandis-energetigi boshchiligidagi komissiya tomonidan kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
113. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
114. Bitta elektr shtepseliga bir nechta moslamalarni ulash taqiqlanadi.
115. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning g‘iloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan bo‘lishi kerak. Havo quvurlarining materialdan tayyorlangan filtrlari mayda katakli metall to‘rlar bilan o‘ralgan va to‘r yer bilan ulangan bo‘lishi shart.
116. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar bilan himoyalangan bo‘lishi kerak. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi kerak. Bundan tashqari, har doim momaqaldiroqdan so‘ng yashin qaytargichlarning elementlari tekshirib turiladi.
4-§. Teatr va konsert zallarida mashg‘ulotlar o‘tkazish xonalariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
117. Mashg‘ulot zalining poli taxtali yoki parketdan, tekis, bo‘rtib chiqish va tirqishsiz hamda isitilgan bo‘lishi kerak.
118. Mashg‘ulot zali derazalariga shamollatib turish maqsadida framugalar o‘rnatilishi shart.
119. Mashg‘ulot zallari issiq o‘tish yo‘lak (karidor)lari orqali dush va hojatxonalar bilan bog‘lanishi kerak.
120. Mashg‘ulot zallari qoshida bir vaqtning o‘zida eng ko‘p mashq olib boruvchilar soniga teng ravishda alohida shkafchalarga ega garderob xonalari tashkil qilinishi kerak.
121. Mashg‘ulot zallari har bir mashg‘ulotdan so‘ng tozalanishi lozim.
5-§. Teatr va konsert zallaridagi sahnaga bo‘lgan xavfsizlik talablari
122. Sahna poli sifatli taxta materialidan tayyorlanishi kerak.
123. Sahnadan foydalanish jarayonida yechiluvchi konstruksiyalarning qismlari hamda to‘shama elementlari to‘liq bo‘lishi lozim.
124. Sahnada chiqishlar boshlanishidan oldin pol quruq bo‘lishiga mo‘ljallanib, nam latta bilan artib chiqilishi kerak.
125. Sahnada raqs ijro etilishidan avval sahna poliga maydalangan kanifol (sirpanishdan saqlovchi modda) kukuni sepib chiqilishi yoki o‘yinchilar sahnaga chiqishidan oldin oyoq kiyimlariga maydalangan kanifol kukunini surkab chiqishlari lozim.
126. Dekoratsiyalarni saqlash uchun sahnada aniq belgilar bilan ko‘rsatib qo‘yilgan maxsus joy ajratilishi kerak.
127. Barcha osma dekaratsiyalarni shtanketlarga oldindan, spektaklga tayyorgarlik ko‘rish vaqtida osib qo‘yilishi kerak.
128. Sahnani o‘rab turuvchi konstruksiyalar (eshik, lyuk, deraza va boshqalar) sahnaga sovuq havo kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaydigan mahkam yopiluvchi qurilmalar (jihozlar) bilan ta’minlanishi lozim.
129. Yumshoq va katta hajmli dekoratsiyalarni bo‘yash changni kamroq chiqarishni ta’minlovchi usullar bilan amalga oshirilishi lozim.
130. Dekoratsiyalarni bo‘yash uchun zaharli aralashmalar (masalan qo‘rg‘oshin kukuni)ga ega bo‘yoqlardan foydalanish man etiladi.
131. Yumshoq dekoratsiyalar bir oyda kamida bir marta tozalab turilishi kerak.
132. Sahnani (tryum, planshet, ishchi galeriyalar), sofit va shtanketlarni hamda boshqa qurilmalarni umumiy tozalash ishlari oyda kamida ikki marotaba amalga oshirilishi kerak. Sahna poli zarurat tug‘ilganda, biroq kamida bir kunda ikki marotaba (dam olish kunlaridan tashqari) tozalanishi lozim.
6-§. Sahnadagi harakatlanuvchi (aylanmali) maydonchalarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
133. Harakatlanuvchi (aylanmali) maydonchalar kamida 250 kg/m2 og‘irlik ko‘tarishga mo‘ljallanadi.
134. Yonma-yon bo‘lgan harakatlanuvchi (aylanmali) maydonchalar orasidagi masofa (tirqish) 5 mm dan katta bo‘lmasligi kerak.
135. Har bir harakatlanuvchi (aylanmali) maydonchalar yechiluvchi konstruksiyaga mahkam o‘rnatilishi kerak.
136. Harakatlanuvchi (aylanmali) maydonchalarda qismlar joyini almashtirish, arqon (sim)lar uzunligini belgilanganidan o‘zgartirish hamda mahkamlanishi (material, kanat, moslama, asbob-uskuna va boshqalar bilan) taqiqlanadi.
137. Harakatlanuvchi (aylanmali) maydonchalar va ulardagi asbob-uskunalar holatini nazorat qiluvchi mas’ul xodim bo‘lishi lozim.
7-§. Teatr va konsert zallarida akustika hamda yoritish lojalariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
138. Teatr va konsert zallarida akustikalar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
139. Akustik qoplamalar bilan jihozlashda yonmaydigan yoki qiyin yonuvchi, ovoz yutuvchi material va qurilmalardan foydalanish kerak.
140. Akustik qoplamalar mahkamlanadigan karkaslar yonmaydigan materiallardan ishlangan bo‘lishi shart.
141. Yoritish uskunalari o‘rnatilgan lojalar 0,8 m dan kam bo‘lmagan to‘siqqa ega bo‘lishi kerak.
142. Lojalarda yoritish uskunalarini o‘rnatish va osish uchun uskunaning to‘siq mahkamligini ta’minlovchi mustahkam ustunlar, kronshteyn va boshqa moslamalar o‘rnatilishi kerak.
143. Yoritish uskunasini o‘rnatishga xizmat qiluvchi shtativ (trenos)lar lojaning poliga mahkamlanadi.
144. Yoritish uskunasining joylashuvi ish jarayonida (burilish, yoritish filtrlarini almashtirish va boshqalar) har bir uskunaga xizmat ko‘rsatish imkonini berishi kerak.
145. Yoritish lojalari 25o S dan yuqori bo‘lmagan havo haroratini saqlab turuvchi shamollatish tizimiga ulanishi lozim.
146. Yoritish lojalarining tez yonuvchi qoplamalar bilan o‘ralishi man etiladi.
147. Yoritish lojalarida begonalarning bo‘lishi taqiqlanadi.
148. Yoritish lojalarida navbatchi dielektrik va issiqlikdan saqlovchi materialdan tikilgan kombinatsiyalangan qo‘lqoplar bo‘lishi kerak.
149. Yoritish lojalari bir kunda kamida bir marotaba tozalanib turilishi lozim.
8-§. Muzey ko‘rgazma zallariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
150. Muzey ko‘rgazma zallarini jihozlash va ulardan foydalanish tartibi zallarning loyihalanishi va qurilishi talablariga mos bo‘lishi lozim.
151. Muzey ko‘rgazma zallarining devorlari yorqin ranglarda bo‘yalgan bo‘lishi lozim.
152. Ko‘rgazma zallarida ko‘rgazma uchun o‘rnatilgan barcha dekorativ buyumlar hamda eksponatlar ishonchli ilgaklarda yaxshi mahkamlangan bo‘lishi lozim.
153. Eksponatlarni 2 m gacha bo‘lgan balandlikka ilish oldindan tayyorlab qo‘yilgan ilgaklarga maxsus tirgakli narvonlarda kamida ikki kishi tomonidan amalga oshirilishi kerak.
154. Muzey ko‘rgazma zallari bir kunda kamida bir marotaba tozalanib turilishi lozim.
9-§. Muzey eksponatlariga ishlov berishda xavfsizlik talablari
155. Xonalar sun’iy shamollatish tizimiga ulangan bo‘lishidan qat’i nazar, tabiiy shamollatish sharoiti (ochiladigan derazalar, tuynuklari)ga ega bo‘lishi lozim.
156. Toksik moddalar bilan ishlashda shamollatish tizimi va respiratorlardan foydalanish lozim.
157. Changlanuvchi vositalarni ishlatish (gips, bronza, aluminiy, bo‘yoqlar va boshqalar), shuningdek ularning ustki qismlarini silliqlash himoya ko‘zoynaklari va respiratorlar yordamida amalga oshirilishi lozim.
158. Kimyoviy moddalarni hidlash yoki qo‘lga surtib ko‘rish orqali bilish taqiqlanadi.
159. Xlorofos yoki boshqa zaharli moddalarni ishlatishda maxsus kiyimlar (xalat, himoya ko‘zoynagi, rezina qo‘lqoplar, respirator)dan foydalanish lozim.
160. Xlorofos qorishmasi teriga tegib ketsa, uning qurishini kutmasdan darhol suv bilan yuvib tashlash lozim.
161. Xlorofos va boshqa zaharli moddalar bilan ishlab bo‘lgandan so‘ng idish va anjomlar sovunlab yuvilishi va alohida xonada, qulflanadigan shkafda saqlanishi lozim.
10-§. Dekorativ bezatishga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
162. Sahnani bezatishda yuk ko‘taruvchi asbob-uskunalarning konstruksiyalari texnik shartlar talablariga muvofiq sifatli tayyorlanishi kerak.
163. Sahnada barcha yuk ko‘taruvchi uskunalardan sahnaning og‘irlik yukini ko‘tarish imkoniyatidan (odam, uskunaning o‘z og‘irligi va boshqalar) kelib chiqib foydalanilishi lozim.
164. Dekoratsiya qismlarini yasash uchun mo‘ljallangan yog‘ochlar har tomondan randalangan bo‘lishi kerak.
165. Dekoratsiyalar uchun mo‘ljallangan qismlar konstruksiyasi ulanma tugunlarning chidamliligi hamda mustahkamligini ta’minlashi kerak.
166. Dekoratsiyalar balandligi 1,5 m va undan yuqori bo‘lsa, ularning quyi qismidan 0,7-0,8 m oraliqda dastak (dekoratsiyalarni ko‘tarish uchun mo‘ljallangan ko‘ndalang brusok) o‘rnatiladi.
167. Dekaratsiyani tashkil etuvchi qismlar bir-biri bilan metalldan ishlangan mahkamlovchi qismlar yordamida ulanishi lozim.
168. Dekoratsiyalar yasashda yog‘ochlarni biriktirish uchun foydalaniladigan metall qismlar sifatli (yoriq, chang va boshqa nuqsonlarsiz) bo‘lishi hamda yog‘ochga mustahkam mahkamlanishi kerak. Yog‘och sirtidan bo‘rtib chiquvchi metall qismlar silliq (o‘tkir burchak, g‘adir-budurlarsiz va boshqalar) bo‘lishi kerak.
169. Dekoratsiyalar alohida qismlarining og‘irligi 80 kg dan oshmasligi kerak.
170. O‘tish ko‘prikcha (pandus)larni bir-biri ustiga qiyalatib o‘rnatish man etiladi.
171. Boshqa bezak qismlari dekoratsiyaga mahkam qo‘zg‘almaydigan qilib o‘rnatiladi.
172. Dekorativ bezatish buyumlari omborxonada yoxud sahnadagi maxsus ajratilgan joyda saqlanishi kerak. Ularni sahnaning boshqa qismlarida saqlash man etiladi.
173. Sahnadagi bezatish buyumlarini tiklab qo‘yish uchun ajratilgan maydonlar sahna poliga aniq chiziqlar bilan belgilab qo‘yilishi kerak.
174. Yumshoq dekoratsiyalarni saqlash uchun mo‘ljallangan xonaga ega bo‘lishi kerak.
175. Dekoratsiya, mebel, yasama jihozlar va boshqalarni ko‘tarish va tushirish ishlari osma dekoratsiyalar bilan amalga oshiriluvchi xuddi shunday ishlarga qo‘yiladigan talablarga javob berishi kerak.
176. Dekoratsiyalarni xonalardan chiqarish va yig‘ishtirish jarayonida lyukninig ochiq joyi to‘siq bilan o‘ralishi lozim.
177. Omborxona va sahna eshiklarining eni 1,5 m dan va balandligi 2,5 m dan past bo‘lmasligi lozim.
178. Dekoratsiyalar saqlanadigan xonalar isitilmasa, ushbu omborxonalardan sahnaga olib boruvchi yo‘laklarga sahnani yelvizaklardan saqlovchi uskunalar o‘rnatiladi.
179. Dekoratsiyalar saqlanadigan omborxonalardagi isitish uskunalari tashqi yuzasidan 300 mm dan kam bo‘lmagan uzoqlikda mustahkam to‘siqlar bilan ta’minlanadi.
180. Omborxonalarning devor va shiftlarida dekoratsiya hamda osma buyumlarni saqlashga mo‘ljallangan moslamalar bo‘lishi lozim.
181. Yig‘iluvchi bezak buyumlari saqlanish joyidan sahnaga imkon qadar shift bo‘ylab ko‘chirilishi lozim.
182. Baland bezak buyumlar tushib ketishini oldi olingan holda o‘rnatilishi lozim.
183. Omborxonalarda pol sathidan baland to‘shamalar mavjud bo‘lgan taqdirda, ular qulay va mustahkam narvonlarga ega bo‘lishi kerak.
184. Yig‘ilgan dekoratsiyalar orasidagi o‘tish yo‘llari 0,75 m dan qisqa bo‘lmasligi kerak. Yo‘laklarni tirband qilish man etiladi.
IV bob. Asbob-uskunalarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
185. Asbob-uskunalarni mas’ul xodim tomonidan ko‘zdan kechirganidan so‘ng ishlatishga ruxsat etiladi.
186. Asbob-uskunalarni rostlash va moylash ishlari asbob-uskuna ishlashdan butunlay to‘xtaganidan so‘ng amalga oshirilishi lozim.
187. Tashkilotda quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
xodimlar soz, o‘tkirlangan va ishlab chiqarishning tegishli sharoitlariga mos asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi;
asbob-uskunalarning o‘z maqsadi bo‘yicha ishlatilishi;
asbob-uskunalarning to‘g‘ri saqlanishi va sinchkovlik bilan ko‘rikdan o‘tkazilishini hamda nosoz asbob-uskunalardan foydalanmaslik.
188. Asbob-uskunalarni saqlash uchun har bir uskuna va dastgoh yonida ish sharoiti bo‘yicha zarur quti yoki shkafchalar bo‘lishi kerak.
189. Asbob-uskunalarni olib yurish uchun maxsus g‘iloflar, sumka yoki qutilardan foydalanish lozim.
190. Asbob-uskunaga o‘rnatilgan detalni dastgoh ishlab turgan paytda qo‘l bilan ushlash taqiqlanadi.
191. Asbob-uskunalarning asosiy qismlarini ishonchli ushlash va qisish, shuningdek kesuvchi asbob-uskunaga materiallarni to‘g‘ri uzatishi hamda uzatish paytida siljib va qiyshayib ketmasligini ta’minlashi kerak.
192. Asbob-uskunalarga detallarni o‘rnatish, qistirish va yechish qo‘lda bajariladigan moslamalar konstruksiyasi, ko‘rsatilgan operatsiyalarni bajarish uchun to‘la xavfsizlikni, shuningdek qirindilarning erkin chiqishi va asbob-uskunalardan uni oson olib tashlanishini ta’minlashi kerak.
193. Har bir asbob-uskuna yoqish va o‘chirish uchun ishonchli moslamalarga ega bo‘lishi, ular ish o‘rinlarida qulay va xavfsiz foydalanishni ta’minlashi hamda o‘z-o‘zidan ularning ishlab ketmaslik ehtimolining oldi olinishi lozim.
194. Asbob-uskunalarni yurgizish moslamalari uning tezkorligi va ravonligini ta’minlashi kerak.
195. Qayta ishlanayotgan detal va asbob-uskunalarni qotirish uchun barcha moslamalarning konstruksiyalari ishonchli qotirilishi va ish davomida o‘z-o‘zidan buralib chiqib ketmaslik ehtimolining oldi olinishi kerak.
196. Asbob-uskunalar ishlayotgan vaqtda uni tozalash, artish, sozlash yoki gaykalarni tortish, zanjirlarni kiydirish va iflos narsalarni olib tashlash taqiqlanadi.
197. Asbob-uskunalardagi qisqichlarning o‘qi orasidagi masofa ishlov berilayotgan detal o‘lchamiga muvofiq bo‘lishi va qisqichlarning detalni ishonchli qisib turishini ta’minlashi kerak.
198. Asbob-uskunalardan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
2-§. Yuk ortish va tushirish mexanizmlari hamda yordamchi moslamalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
199. Yuk ortish va tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
200. Yuk ortish va tushirish mexanizmlariga o‘rnatiluvchi sim kanatlarini sinov yuki bilan ko‘zdan kechirish va sinovdan o‘tkazish mexanizmni umumiy tekshiruvdan o‘tkazish bilan bir paytda amalga oshirilishi lozim.
Arqonlar (kanat)lar mavsum boshlanishi arafasida doimiy ravishda sinovdan o‘tkazilishi hamda natijalar sinaluvchi kanat qo‘llanilayotgan moslama pasportiga kiritilishi kerak.
201. Sahnada yuklar uchun qo‘llaniluvchi arqon (kanat)lar 9 barobardan kam bo‘lmagan quvvat zaxirasiga ega bo‘lishi kerak.
202. Arqon (kanat)lar maxsus ajratilgan joylarda saqlanadi. Arqon (kanat)lar yaxshilab quritilishi va aylana holatda o‘rab qo‘yilishi kerak.
203. Foydalaniluvchi arqon (kanat)lar ishlatilish maqsadlari va aniq belgilariga ega bo‘lishi kerak.
Sahnada xomutlar bilan siqish yo‘li orqali arqon (kanat) sirtmoq hosil qilish man etiladi.
204. Yuk ortish va tushirishda ulangan arqon (kanat)lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
205. Arqon (kanat)larni ko‘tariluvchi yukka tugun bog‘lash orqali biriktirish man etiladi.
206. Arqon (kanat)lar blok oralab o‘tganda ular imkon qadar bir yo‘nalishda bukilishi kerak.
207. Bittadan ortiq tutib turuvchi arqon (kanat)lar yordamida yuk ko‘tarilganda og‘irlik bir xilda taqsimlanishga erishish maqsadida arqon (kanat)lar tarangligi muvozanatini muvofiqlashtirib turish uchun moslama (taranglashtiruvchilar) o‘rnatilishi kerak.
208. Kanop va paxtadan tayyorlangan arqon (kanat)lar hamda sahnada uchuvchi arqonlardan yuk ortish maqsadida foydalanish man etiladi.
209. Xomut va halqalar yumshoq temirdan (g‘ovak bo‘lish, zang, yoriq va boshqa nuqsonlarsiz) tayyorlanadi.
210. Xomutlar faqat ichkariga ochilishi hamda ularning tasodifan ochilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan qulflarga ega bo‘lishi kerak.
211. Xomut va halqalar o‘rnatishdan avval ikki hissa og‘ir yuk ko‘tartirgan holda 15 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqt sinovdan o‘tkazish kerak.
212. Har bir xomut yoki halqada yo‘l qo‘yiluvchi og‘irlik yuklamasi belgilanuvchi tamg‘a bosiladi.
213. Har bir ish joyidagi chig‘irlar imkon qadar ko‘p yuk og‘irligiga mo‘ljallanishi, bunda barcha chig‘irlar (ham mexanik, ham qo‘l bilan boshqarish uchun mo‘ljallangan)da barcha muhim qismlar metalldan qilingan bo‘lishi kerak.
214. Chig‘ir staninasi asos (fundament, konsoller, to‘siq va boshqalar)lari og‘ir yukni ko‘tarish yoki siljitishda chig‘ir joyidan qo‘zg‘almaydigan qilib mahkamlanishi kerak.
215. Harakatlanuvchi chig‘ir noqulay ish sharoitlarida ham dosh bera oladigan (o‘rnatilgan joydan orqaga itarish, ko‘tarilish yoki tasodifan ko‘chishga) tarzda o‘rnatilishi kerak.
216. Barcha chig‘irlarda har ikkala tomonga harakatlanuvchi ishonchli yuk ko‘taruvchi avtomatik tormoz (reversiv)lar bo‘lishi kerak. Qo‘shimcha tormozlar o‘rnatilgan taqdirda ular asosiylaridan mustaqil ravishda ishlashini ta’minlash lozim.
217. Uzatma ushlagichlar qurilmasi yukni faqat ushlagichni teskari tomoniga burish orqali tushirishi kerak. Ushlagich harakatlanmagan sharoitda yukni tushirishga imkon beruvchi dastakli chig‘irlardan foydalanish man etiladi.
218. Qo‘l bilan boshqariluvchi chig‘irlarning dastakli harakatlanuvchi o‘qi poldan 0,8 m dan 1 m gacha balandlikda o‘rnatilishi lozim.
219. Chig‘irning barcha aylanuvchi qismlari (vallar, tishli g‘ildiraklar, shponaning chizib turuvchi qismlari va boshqalar) xizmat ko‘rsatish (moylash, ta’mirlash va boshqalar)ga xalaqit bermaydigan qilib mahkam va qulay metall himoya to‘siqlari bilan yopilishi lozim.
220. Tasma va friksion uzatgichlarga ega elektr chig‘irlardan foydalanish man etiladi.
221. Barcha chig‘irlar quyidagi tartibda majburiy davriy ko‘rikdan o‘tkazib turilishi lozim:
ilk marotaba ishga tushirilishdan oldin;
har mavsum boshlanishidan oldin;
boshqa joyga ko‘chirilganda.
222. Chig‘irlar o‘rnatilgan joylarda sun’iy yoritqichlar bo‘lishi kerak.
V bob. Ta’mirlash (tuzatish) ishlarini bajarishda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
223. Tashkilot hududida ta’mirlash va montaj ishlarini bajarish vaqtida ta’mirlash ishlarining rahbari tashkilot rahbari bilan birgalikda ushbu ishlarni xavfsiz bajarilishini, shuningdek ishlash uchun qoldirilgan asbob-uskunalar normal ishlashini ta’minlovchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishi zarur.
224. Barcha asbob-uskunalarda tasdiqlangan jadval asosida belgilangan muddatlarda rejali ta’mirlash ishlari o‘tkaziladi.
225. Asbob-uskuna va mexanizmlarni ta’mirlash hamda sozlash ishlari maxsus o‘qitilgan va yo‘l-yo‘riqdan o‘tgan, tegishli malakaga ega va bilimlari tekshirilgan xodim tomonidan amalga oshirilishi kerak.
226. Ta’mirlash ishlarida band bo‘lgan pudratchining barcha xodimlari ta’mirlash ishlari boshlanishidan oldin, ushbu ishlarni xavfsiz olib borish uchun xodimlar texnika xavfsizligi bo‘yicha kirish yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazilishi lozim. Yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish ishlari tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
227. Rejalashtirilgan ishlarni bajarishdan oldin mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish ishlari pudratchi tashkilot tomonidan o‘tkazilishi lozim.
228. Pudratchi ishlayotgan hududda tashkilot tomonidan zararli va yonish xavfi bo‘lgan moddalarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan sharoitlari yaratilishi kerak.
229. Asbob-uskuna va kommunikatsiyalarda ta’mirlash ishlarini amalga oshirishdan oldin quyidagilar bajarilishi lozim:
elektr energiya ta’minotidan o‘chirish;
asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni texnologik muhit qoldiqlaridan, asbob-uskunani zararli, zaharli va yonuvchi gaz va mahsulotlardan bo‘shatish;
ta’mirlanadigan asbob-uskuna, kommunikatsiya, quduq va o‘ralardagi inert, yonuvchi, zaharli gazlar va kislorod miqdorini tegishli tahlillarini o‘tkazish yo‘li bilan tekshirish.
230. Balandlikdagi ishlarda faqat tayanch yoki rezinali qoplamalar bilan ta’minlangan soz narvonlardan foydalanish lozim.
231. Ta’mirlash ishlari asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi-zavod tasdiqlagan ta’mirlash va foydalanish hujjatida belgilangan talablarga muvofiq olib borilishi lozim.
232. Asbob-uskuna ta’mirlangandan so‘ng sinovdan o‘tkazilishi va ishlatib ko‘rilishi zarur.
233. Sinov va ishlatib ko‘rish davrida ta’mirlangan asbob-uskunada aniqlangan barcha nosozliklar (elektr dvigatel va tarmoq podshipniklarining qizish darajasi hamda moy oqishi va boshqalar) bartaraf qilinishi kerak.
234. Asbob-uskuna yig‘ilgandan yoki ta’mirlangandan so‘ng foydalanish uchun yoqishdan oldin quyidagilarni bajarish zarur:
xodimlarni xavfsiz joyga o‘tkazish;
asbob-uskuna tashqarisi va ichidan begona buyumlarni olish;
himoya to‘siqlari mavjudligi va mustahkamligini tekshirish;
harakatlanuvchi qismlarni moylash va sozlash;
himoya saqlovchi va nazorat o‘lchov asbob-uskunalarining sozligini tekshirish;
asbob-uskuna yig‘ilishi to‘g‘riligini tekshirishda, o‘zaro bog‘liq harakatlanuvchi mexanizmlarni to‘liq siklida uning harakatlanuvchi qismini aylantirish;
asbob-uskunani bo‘sh harakatda va ish yuklovi ostida sinash.
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
235. Tashkilotlarni (xonalarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
236. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(236-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi.
VII bob. Yakuniy qoida
237. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishilgan.
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. ZOKIROV
2012-yil 10-fevral
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2012-yil 10-fevral
Sog‘liqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2012-yil 10-fevral
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i B. GULYAMOV
2012-yil 10-fevral
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2012-yil 10-fevral
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i A. NIMATULLAYEV
2012-yil 10-fevral
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
2012-yil 10-fevral
Madaniyat va sport ishlari vaziri T. QO‘ZIYEV
2012-yil 10-fevral
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 11-son, 124-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)