toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrug‘i
HAYVONOT PARKLARI (HAYVONOT BOG‘LARI) VA SIRK XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 15-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2340]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Hayvonot parklari (hayvonot bog‘lari) va sirk xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2012-yil 14-fevral,
6-B-son
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 14-fevraldagi 6-B-son buyrug‘iga
ILOVA
Hayvonot parklari (hayvonot bog‘lari ) va sirk xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar hayvonot parklari (hayvonot bog‘lari) va sirk xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
I bob. Umumiy qism
1. Mazkur Qoidalar Hayvonot parklari (hayvonot bog‘lari) va sirklarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish bo‘yicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II bob. Xavfsizlikka qo‘yiladigan umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo‘ysunadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
2-§. Xodimlarni o‘qitish, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va ularga yo‘l-yo‘riq berishni tashkil etish
11. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining V bo‘limi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish asbob-uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
17. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr asbob-uskunalariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar, yirtqich, agressiv va yomon xulqli hayvonlarni saqlash hamda ishlash bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni belgilangan talablarga muvofiq rejalashtirishga, tashkillashtirishga va xavfsiz bajarishga to‘la javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va me’yorlar talablariga mos jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
24. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
25. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
26. Xodimlar maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan belgilangan tartibda bepul ta’minlanishi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
27. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
28. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
29. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalar va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
30. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatiga muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar og‘ir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
32. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har-yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning ko‘rikka kelishini ta’minlashi lozim.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Majburiy tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular bo‘lmagan taqdirda esa korxona joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan o‘tkaziladi. Majburiy tibbiy ko‘riklar davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Ish beruvchi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud majburiy tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Davriy majburiy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
37. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Sanitariya va gigiyenaga qo‘yiladigan talablari
38. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi, Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
39. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
xonalarda ruxsat etilgan harorat, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarning, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorug‘lik kuchini ta’minlash;
(39-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
xonalarda yoritish asboblari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi.
40. Tashkilot xodimlari barcha ustki kiyim, poyabzal, bosh kiyim va shaxsiy narsalarni garderobda (kiyim almashtiradigan maxsus xona) qoldirishi, ish jarayoni boshlanishidan oldin va tugaganidan so‘ng qo‘llarini yuvishi, toza sanitar kiyimini kiyishi va kiyimi ifloslanganda almashtirishi hamda ish joylarida ovqat iste’mol qilmasliklari lozim.
9-§. Tashkilot maydonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
41. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi kerak.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
42. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
43. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
44. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
45. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
46. Yilning yoz vaqtida yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim.
47. Yo‘lovchilar uchun yo‘lak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m yon tomonlarida devorcha va to‘siqlar bo‘lishi lozim.
48. Binolarning tomlarini qishki mavsumda qordan, karnizlarni qotgan muzlardan tozalab turish zarur.
49. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi shart.
50. Hovlidagi hojatxonalarni ozoda saqlash, muntazam dezinfeksiya qilish, sutkaning qorong‘i paytida esa yoritilishi kerak.
51. Tashkilot joylashgan maydon butun chegara bo‘ylab to‘silgan bo‘lishi, uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan bo‘lishi lozim.
10-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
52. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
53. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi lozim.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
54. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak.
55. Nam xonalarda hamda issiq o‘tkazuvchi pollarda (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga mo‘ljallangan ish joylarida yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
56. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan bo‘lishi kerak.
57. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
58. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
59. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
60. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi kerak.
61. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
62. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
63. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
64. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
65. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2m balandlikda bajarilishi lozim.
66. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmaslik lozim.
67. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21o S, o‘rtacha og‘ir ishda 17o S va og‘ir ishda 16o S dan past bo‘lmasligi kerak.
68. Xodimlarining isinishi uchun xonalarda harorat 22o S dan kam bo‘lmasligi kerak.
69. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
12-§. Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qo‘yiladigan talablar
(12-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
70. Suv bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(70-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
71. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
72. Ichimlik suvining harorati 8o S dan 20o S gacha bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
73. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
(73-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
74. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yo‘q bo‘lganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarini mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.
(74-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
13-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
75. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi lozim. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak.
(75-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
76. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘lik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim.
77. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan to‘sib qo‘yishga ruxsat etilmaydi.
78. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda) tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
79. Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolishi ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
80. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
81. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazkichlar qo‘llanishi lozim.
82. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim.
83. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
84. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarning ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritishlarni sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
14-§. Maishiy imoratlarga qo‘yiladigan talablar
85. Tashkilot maishiy xonalar, ovqatlanish xonalari, tibbiy punktlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
86. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning o‘lchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qo‘l yuvgichlari, iste’mol suv ta’minoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni, smenadagi eng ko‘p xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi lozim.
87. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
15-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan talablar
88. Tashkilot atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
89. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
90. Tashkilotlarda chiqindilarni yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va konteynerlar bilan ta’minlanishi, konteynerlar chiqindilardan bo‘shatilgandan so‘ng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
16-§. Mehnat va dam olishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
91. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
III bob. Tashkilotlarda faoliyat olib borish jarayonlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
92. Tashkilotlarda hayvonlarni nazorat qilib turadigan mas’ul xodimlar tayinlanishi lozim.
93. Tashkilotlarda hayvonlar va parrandalardan himoyalanadigan barcha zaruriy vositalar mavjud va ular soz bo‘lishi lozim.
94. Xodimlar ish boshlashdan oldin barcha hayvonlarning o‘z joyidaligiga, qafaslar, volyerlar, baryerlar, haydash vositalari, tirgaklar (qulflar) va boshqalarning mavjudligiga va sozligiga ishonch hosil qilishlari lozim.
95. Yirik tuyoqli hayvonlar, fil, yirik yirtqichlar, zaharli ilon, timsoh, tuyaqushi va boshqalarga hayvonot bog‘ida bir vaqtda kamida 2 ta xodim xizmat qilishi lozim.
96. Hayvonlarga xizmat qilish vaqtida chekish, ovqatlanish, inventarlarni tuzatish va ularga yozish hamda boshqa chalg‘ituvchi harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
97. Ish joyiga va hayvonlarga xizmat qilishda yordam ko‘rsatish uchun begonalarning kirishlari taqiqlanadi.
98. Hayvonlarga bosh kiyimsiz, sochni mahkam bog‘lamay (beret, kosinka kiymasdan) xizmat qilish taqiqlanadi.
99. Ixota va baryerlarga ogohlantiruvchi taxtacha ustiga ushbu yozuvlar ilingan bo‘lishi shart: “Baryerga tirmashib chiqmang”, “Hayvonlarni g‘ashiga tegish va ovqatlantirish taqiqlanadi”.
100. Hayvonlarning to‘satdan o‘z joylaridan tashqariga chiqib ketishini oldini olish maqsadida hayvonot bog‘ida yirtqich, shoxli, yirik kemiruvchilar, yirik qushlar, maymunlar, krokodillar, bo‘g‘ma ilonlar, fillar va boshqa turdagi xavfli hayvonlar saqlanadigan har bir obyektni tegishli anjom va jihozlar jamlanmasi bo‘lishi lozim.
101. Hayvonlarni xonalardan chiqarish va yosh hayvonlarni qo‘lga olish, saylga olib chiqish yoki biror yerga olib ketish faqat xizmat bo‘yicha boshliqning ruxsati bilangina amalga oshirilishi lozim.
102. Hayvonlarga xizmat qiluvchi xodimlar ular bilan tajribalar o‘tkazishi qat’iyan taqiqlanadi.
2-§. Yong‘in va portlashga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
103. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.
104. Ishlab chiqarishda sinalmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni qo‘llash taqiqlanadi.
105. Binolar va xonalarning portlash jihatdan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq me’yorlari” ga muvofiq har holat uchun alohida aniqlanishi lozim.
106. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
107. Binolar va xonalar dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
108. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak.
109. Bino va yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘in vositalari va asbob-uskunalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
110. Portlashni oldini olish uchun mashina va agregatlarining ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
111. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi lozim bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
112. Binolar va xonalar uchun hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim.
113. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va yong‘inning oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
3-§. Tashkilotlarda elektr qurilmalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
114. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(114-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
115. Elektr tok o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asbob-uskunalari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
116. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan yopiq holatda bo‘lishi shart.
117. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirilib turilishi lozim.
118. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qo‘llanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holatda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus moslamalarda o‘rnatilishi lozim.
119. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi tashkilotning muhandis -elektriklari tomonidan muntazam ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
120. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
121. Bitta elektr shtepseliga bir nechta moslamalarni ulash taqiqlanadi.
122. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning g‘iloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan bo‘lishi kerak. Havo quvurlarining materialdan tayyorlangan filtrlari mayda katakli metall to‘rlar bilan o‘ralgan va to‘r yer bilan ulangan bo‘lishi shart.
123. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar bilan himoyalangan bo‘lishi kerak. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi kerak. Bundan tashqari, har doim momaqaldiroqdan so‘ng yashin qaytargichlarning elementlari tekshirib turiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(124-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
4-§. Parrandalar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
125. Tuyaqush va kazuarlar saqlanadigan xonalarga kirish man etiladi. Ular saqlanayotgan xonalarda ko‘chirma uskunalar, yonma-yon qafaslar bo‘lishi lozim.
126. Yirtqich qushlarning xonasiga ko‘payish vaqtida kirish taqiqlanadi.
127. Yirtqich qushlarni tutish va fiksatsiya qilishda to‘r, to‘r xalta, remenli halqadan foydalanish lozim.
128. Suvda suzadigan qushlarga g‘oz, o‘rdak, oqqush, kazarka va boshqalarga xizmat qilishda yoz paytlarda hovuzda, ko‘lda, kanalda, basseynda xizmat qiluvchi xodim qayiq, qutqaruv belbog‘i va chambarak, arqon, dastasi uzun changak bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
129. Qushlarni ovqatlantirishda qulaylik uchun asbob-uskunalar, hovuzlarda maxsus kichkina ko‘priklar bo‘lishi lozim.
130. Hovuzlarni tozalashda rezinali oyoq kiyimlardan foydalanish lozim.
131. Suvda suzuvchi yirik qushlarga xizmat qilishda qanotlari va tumshuqlari zarbidan saqlanish choralari ko‘rilishi lozim.
132. To‘tiqushlarni (mayda turlaridan tashqari) qo‘ldan ovqatlantirish, yelka, bosh va tizzalarga qo‘yishga hamda ularga panjara va to‘rlar orqali qo‘l uzatishga ruxsat berilmaydi.
5-§. Sudralib yuruvchi hayvonlar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
133. Sudralib yuruvchilar bilan ishlashda ularni zaharli ekanligini, muskul kuchi, tishlash qobiliyati, timdalashi, dumi bilan kuchli zarba berishi, bo‘g‘ish va boshqa xavfi borligini hisobga olish lozim.
134. Yirik toshbaqalarni ko‘chirishda zambil to‘r, to‘r xaltalardan foydalanish lozim.
135. Suv bilan to‘ldirilgan hovuzda timsohlarga xizmat qilish taqiqlanadi.
136. Hovuzlar qirg‘oqlarining balandligi 1,2 m dan kam bo‘lmagan mustahkam devor bilan o‘ralgan bo‘lishi lozim.
137. Timsohlarni qo‘ldan ovqatlantirish, hovuzdan ovqat qoldiqlarini qo‘l bilan chiqarib olish va ularni qirg‘oqqa tashlash taqiqlanadi.
138. Timsohlarni boshqa joyga ko‘chirish va olib o‘tishda mustahkam quti, qulay tutqichli zambildan yoki chuqur brezentli to‘r xaltadan foydalanish lozim.
139. Kutilmaganda va shiddatli zarba berishdan himoyalanish uchun o‘tkir muguzli plastinka (taxtacha), yog‘och qalqonlar, dastasi uzun nayza yoki haydaydigan vositalarni qo‘llash tavsiya etiladi.
140. Timsohlarni tutishdan oldin yoki ularni joyida fiksatsiya qilish zaruriyati tug‘ilganda hovuzdan suv butunlay chiqarilishi hamda tumshug‘ining ko‘rinishini chegaralash uchun ularni ustiga yumshoq namli mato yoki kanop (surp) yopish lozim.
141. Timsohlarga qarash joylarida bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan 2 ta kirish eshigi bo‘lishi lozim. Tozalash vaqtida eshiklar ochiq bo‘lishi shart.
142. Zaharli kaltakesaklarga xizmat qilish paytida xuddi zaharli ilonlarga xizmat qilgandek xavfsizlik talablariga rioya qilish lozim.
143. Mayda zaharsiz 1,5 m gacha uzunlikdagi ilonlarga xizmat qilishda tozalash asboblaridan, mahkamlab qo‘yilgan dasta, qisqichli to‘r xaltalardan foydalanish lozim.
144. O‘rta zaharsiz 1,5—2,0 m uzunlikdagi ilonlarga xizmat qilishda ko‘chirma uskunalar, himoyalash asbob-uskunalari va himoyalash kiyimlaridan foydalanish lozim.
145. Katta zaharsiz ilonlarni terrariumda boqishda ularga bir vaqtning o‘zida 2 kishi xizmat qilishi kerak.
146. Yirik zaharsiz ilonlarni qo‘l bilan ovqatlantirish taqiqlanadi.
147. Yirik ilonlarni xonalarda saqlashda ikkita kirish-chiqish eshiklar qarama-qarshi tomondan bo‘lishi lozim.
148. Yirik ilonlarni fiksatsiya qilish vaqtida ularni boshini bo‘ynigacha (doirasida) mahkam ushlab olish lozim.
149. Ilonlarni zo‘rlik bilan majburiy sun’iy ozuqani og‘iz bo‘shlig‘iga qo‘llarini kirgizib oziqlantirish mumkin emas, buning uchun meditsina yoki veterinariya zondlari va qisqichlarni qo‘llash lozim.
150. Zaharli ilonlar (kaltakesaklar)ni saqlash uchun hamma xonalarda maxsus mustahkam sinmaydigan oynalar va himoyalanish to‘rlari bo‘lishi lozim. Zaharli ilonlarni to‘rlar va panjaralar orqali oynalarsiz ko‘rsatish taqiqlanadi.
151. Zaharli ilonlar, kaltakesaklarni ochiq volyerlarda saqlash taqiqlanadi.
152. Terrarium va boshqa xonalarni tozalashdan oldin zaharli ilonlar (kaltakesaklar)ni saqlash uchun belgilangan boshqa joyga ko‘chirilganligiga ishonch hosil qilish kerak.
153. Zaharli ilonlarni saqlash uchun hamma terrariumlar va boshqa xonalarga yonma-yon qo‘shni ko‘chirma xonalarning bo‘lishi, mustahkam zulfin, eshikcha, mo‘ri qopqog‘i va boshqalar bo‘lishi lozim.
154. Halok bo‘lgan zaharli ilonlar (kaltakesaklar)ni xonalaridan chiqarib olish, ularni ichki yorishni ehtiyotkorlik bilan bajarish va zaharli tishlaridan jarohatlanishning oldini olish lozim.
Xonalarning tomoshabinlar zalida va xizmat qilish xonalarida hamma terrarium va qafaslarga “Diqqat, ehtiyot bo‘ling, zaharli ilonlar (kaltakesaklar)!” ogohlantiruvchi yozuvlar osib qo‘yilishi lozim.
6-§. Ham quruqlikda ham suvda yashovchi hayvonlar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
155. Ham quruqlikda ham suvda yashovchi hayvonlar (qurbaqa, cho‘lbaqa, triton, salamandr va boshqalar) o‘zidan suyuqlik va so‘lak ajratib chiqarishini inobatga olgan holda, ularni parvarishlashda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish lozim.
156. Ham quruqlikda ham suvda yashovchi hayvonlarni boshqa joyga o‘tkazishda rezinali qo‘lqoplar, xonalarni tozalashda cho‘tka, kurakcha, qashlag‘ich va boshqa uskunalardan foydalanish lozim.
Ham quruqlikda ham suvda yashovchi hayvonlarga xizmat qilishda (bahaybat salamandrlar, toshbaqalar va boshqalar), ularning tishlashidan himoyalanish vositalari (to‘rsimon to‘r xalta, qalpoqlar) qo‘llanilishi lozim.
7-§. Baliqlar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
157. O‘tkir tishli, tikanli suzgichli baliqlarni boshqa joyga o‘tkazish, ishlab chiqarish hamda ilmiy maqsadda yoki davolash tartibi (protsedurasi) faqat to‘r xalta yordamida bajarilishi kerak. Zaruriyat yuzasidan ularni qo‘lga olishda himoyalangan qo‘lqoplardan foydalanish lozim.
158. Yirik yirtqich baliqlarni qo‘ldan ovqatlantirish taqiqlanadi.
159. Ovqat qoldiqlari va axlatlarni himoyalanmagan rezinali qo‘lqoplar bilan terish taqiqlanadi.
160. Akvariumlarda xizmat qilayotgan xodimga yorituvchi va qizituvchi asbob-uskunalarni ishlatish, akvariumda havoni to‘ldirishning xavfsiz usullari o‘rgatilgan bo‘lishi lozim.
8-§. Umurtqasiz hayvonlar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
161. Hayvonot bog‘i va sirklarda umurtqasizlarni parvarish qilishda mavjud xavf-xatar darajasi bo‘yicha, ya’ni zaharli bo‘lishi, chaqish va tishlash qobiliyati borligi, batsilla tarqatishi va boshqalar to‘g‘risida xizmat qiluvchi xodimlar ogohlantirilishi lozim.
162. Hayvonot bog‘i va sirklarda umurtqasiz hayvonlar uchun xonalar, ularning xususiyatlaridan kelib chiqib mustahkam bo‘lishi va xizmat qiluvchilarning xavfsizligi to‘liq ta’minlanishi lozim.
163. Hayvonot bog‘i va sirklarda umurtqasiz hayvonlarni parvarish qilish uchun hayvonot bog‘ining maxsus ajratilgan shtat xodimi ularning biologiyasi bilan tanishgan bo‘lishi hamda unga xizmat qilish xususiyatlarini bilishi kerak.
164. Hayvonot bog‘i va sirklarda umurtqasiz hayvonlarning chaqishiga qarshi zardob va boshqa dori-darmonlar bo‘lishi kerak. Bosh veterinar vrach va tibbiyot mutaxassislari bilan kelishgan holda dorilar ro‘yxati belgilanishi lozim.
9-§. Yirtqich hayvonlarni parvarishlashda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
165. Yirtqich hayvonlar saqlanayotgan joylarga kirish taqiqlanadi. Hayvonot bog‘ida mavjud xavfli hayvonlarning ro‘yxati tuzilishi lozim.
166. Xavfli hayvonlarga xizmat qilishda faqat ko‘chma asbob-uskunalar qo‘llaniladi.
167. Xavfli hayvonlarni ovqatlantirayotgan xodimda maxsus ayri, nayza va boshqa asboblar-uskunalar bo‘lishi va ularning uzunligi ularga yaqinlashmasdan ovqatlantirishga imkoniyat yaratishi lozim.
168. Qo‘lga o‘rgatilgan hayvonlarni parvarishlash uchun ularni mashg‘ulot paytida muntazam ishlaydigan xodimlargagina ruxsat etiladi.
169. Ish boshlashdan avval hayvonlarni baland lekin, yoqimli ovozda chaqirib diqqatini jalb qilish, ularni hurkitmasdan muloqotda bo‘lish, xatti-harakatini kuzatib turish kerak.
170. Xizmat joyidagi o‘tish yo‘llari, dahlizlar va boshqa maydonlar hayvonlar saqlanadigan qafaslarga tutash bo‘lishi, xizmatchilarning hayvonlarga qarashiga xalaqit bermasligi, ularning erkinligi va xavfsizligini ta’minlashi zarur.
10-§. Hayvonlarni tutish va fiksatsiyalash jarayoniga bo‘lgan xavfsizlik talablari
171. Hayvonlarni tutish, fiksatsiyalash, qafasga joylashtirish va boshqa shu kabi xavfli harakatlar tajribali mutaxassis rahbarligida amalga oshirilishi kerak.
172. Yovvoyi hayvonlarni tutishda to‘rlar, tuzoqlar, sirtmoqlar, arqonlar, transportirovka qafaslari, tutish yo‘lagi, harakatlanuvchi kameralar va maxsus moslamalar ishlatilishi lozim.
173. Hayvonlarni tutish hamda ularni fiksatsiyalash vaziyatdan kelib chiqib belgilanishi lozim.
174. Hayvonlarni fiksatsiyalash uchun qo‘llaniladigan statsionar uskunalar asosiy xonada yonma-yon joylashgan bo‘lishi, hayvonlar tanasini gorizontal va vertikal siqa olishi lozim. Uskunalarning bosh qismi uchli va g‘ovakli bo‘lishi mumkin emas.
175. Fiksatsiyalash qurilmalarini amalda qo‘llash oldidan uni har tomonlama, ayniqsa uning mexanik qurilmalari va qulflari tekshirilishi kerak.
11-§. Sirkda mashg‘ulot va mashqlar o‘tkazishda xavfsizlik talablari
176. Sirk xodimi tryuk bajarishda vujudga keladigan xavfli holatlarni, ulardan chiqish yo‘llarini bilishi lozim.
177. Batutda tryuklar gorizontal siljimasdan bajarilishi kerak.
178. To‘siqdan sakrash mashg‘ulotlari uni olib qo‘yib bajarilishi lozim.
179. Akrobat-sakrovchilar sakrashdan avval taxta yoki tramplinda yetarli darajada amortizatsiya borligini tekshirib ko‘rishlari lozim.
180. Ijrochi velosiped yoki mototsiklda ishlash chog‘ida muvozanat yo‘qotilsa mashinani yonga tashlab mushaklarni taranglashtirib o‘zini yiqilishga tayyorlashi lozim.
181. Umumiy va maxsus mashqlar 15 minut atrofida bajarilishi lozim.
182. Sovuq xonada mashqlar uzoqroq bajariladi. Issiq paytlarda va namlik yuqori bo‘lganda mashqlar qisqartirilishi mumkin.
183. Chiqishdan avval 40 — 45 minut davomida manej inspektori mashq bajarayotgan xodimlarga sharoit yaratib berishi lozim.
184. Tomosha rahbari va manej inspektori mashq o‘tkazilishini nazorat qilib borishi kerak.
12-§. Sirkda hayvonlar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
185. Ko‘chma maydonlar, klublar va boshqa joylardagi chiqishlarda hayvonlar sahna yoki esktra (ochiq sahna)da yaqinidagi alohida xonalarda joylashtirilishi lozim.
186. Yirtqich hayvonlarni manejlarga olib chiqish va ular bilan ishlash paytida ular boqilayotgan xonadan manejgacha bo‘lgan o‘tish joylarida begona shaxslar va boshqa chiqishlarda ishtirok etuvchi xodimlar turishi man qilinadi. Tomoshabin zaliga o‘tish joylarida maxsus libos kiygan kontrolyorlar yoki hayvonlarga qaraydigan xodimlar turishi lozim.
187. Otlarni manejga chiqishga tayyorlash (no‘xtalash, oyog‘iga doka o‘rash va boshqalar), shuningdek ularni manejgacha va otlar turar joyigacha kuzatish ishlarini ot o‘rgatuvchi yoki bereytor (otga qarovchi) tomonidan amalga oshirilishi lozim.
188. Otlarda chiqishlar ko‘rsatishga tomosha rahbari tomonidan egar, uzangi va qorinbog‘ining sozligi tekshirilganidan keyingina ruxsat etiladi.
189. Shambarer bilan ishlayotgan xodim hayvonlarni o‘rgatish bo‘yicha bilim va tajribaga ega bo‘lishi lozim.
190. Ko‘chma sirklarda otlar bilan tezlikda tomosha ko‘rsatish chog‘ida otliqlar balandligida ularning talablariga ko‘ra machtalarga yumshoq amortizatsiya beruvchi (porolon, xashak) qoplar o‘rnatib qo‘yilishi lozim.
191. Faqatgina tajribali passirovkachilar bo‘lgandagina otliqlarga lenta va halqalar bilan ishlashga ruxsat etiladi.
192. Xavfli hayvonlar bilan ko‘rsatiladigan tomoshalar ular bilan mashg‘ulot o‘tkazish vaqtidagiga mos o‘tkazilishi lozim (bunda hayvonlar o‘rganib qolgan liboslarda xodimlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ular bilan munosabatda bo‘ladi, hayvonlar o‘rganib qolgan rekvizit, gilam yo‘lakchalar va boshqalardan foydalaniladi).
193. Manej qafasi ichida foydalaniladigan rekvizit qulay va yengil, tumba va piramidalar mustahkam bo‘lishi lozim. Hayvon o‘rgatuvchining ishorasi bo‘lmasa qafasdagi rekvizitni jildirish mumkin emas.
194. Mushuklar oilasiga mansub bo‘lgan yirtqich hayvonlar bilan mashg‘ulot va chiqishlar manej qafasining har qanday joyida turgan hayvon o‘rgatuvchiga darhol yordam berishni ta’minlovchi sharoitda o‘tkazilishi kerak. Buning uchun qafasning tashqi tomonida butun tomosha yoki mashg‘ulot davomida o‘qlangan otish quroli yoki elektr uxlatish qurilmasi bilan qurollangan maxsus o‘qitilgan assistent navbatchilik qilib turishi kerak. Bulardan tashqari manej qafasining ikki tomonida uzun panshaxa, nayza, olov, shuningdek uch atmosferadan kam bo‘lmagan bosimli suvi bo‘lgan o‘t o‘chirish moslamasi doimiy tayyor turishi lozim. Hayvon o‘rgatuvchining o‘zida ham himoya quroli bo‘lishi kerak.
195. Hayvon o‘rgatuvchi xodim og‘zidan hayvonlarga ovqat berishi taqiqlanadi.
196. Ayiqlar manejga faqat tumshuqband va karabin halqali bo‘yinbog‘ bilan chiqarilishi kerak.
197. Ayiqlarni to‘siq ortiga chiqarish taqiqlanadi.
198. Ayiq to‘siq yonida bo‘lganda hayvon o‘rgatuvchi yoki bereytor uni arqonda ushlab turishi va yetaklovchi arqon zanjir yoki mustahkam qayishdan tayyorlangan bo‘lishi kerak.
199. O‘rgatilmagan ayiqlar bilan mashg‘ulotlar uchida halqasi bo‘lgan, bambuk tayoqchalari ichidan o‘tkazilgan arqonlar bilan o‘tkazilishi lozim.
200. Maxsus qurollangan assistent ishtirokida bo‘g‘ma ilonlar bilan ishlash lozim.
201. Bir necha zaharli ilonlar bilan ishlayotganda tomosha ko‘rsatishdan bo‘shagan ilonlarni manejning o‘zida bevosita mustahkam yashiklarga solish va berkitib qo‘yish lozim.
202. Xavfli bo‘lmagan hayvonlarni manejga arqon, himoya kamari va tumshuqbandlarda olib chiqish mumkin.
13-§. Sirkda manej va havodagi chiqishlarda xavfsizlik talablari
203. Manej va sahna maydonida quyidagilar taqiqlanadi:
ayollarning tosh ko‘tarishi va og‘ir yuklar bilan jonglyorlik qilishi;
a’zolarni bo‘lib tashlash, yonuvchi suyuqliklarni, tirik jonivorlar yoki boshqa xavfli narsalarni yutish bilan bog‘liq tryuklarni bajarish;
haqiqiy pichoq yoki boshqa o‘tkir ashyolar mahkamlangan halqadan sakrash mashqlarini bajarish;
o‘zining sheriklariga qaratib sopol, shisha, metall mahsulotlari, o‘tkir va og‘ir jismlarni otish;
kuchi yetmaydigan va mahorati to‘g‘ri kelmaydigan tryuklarni namoyon etish;
velosipedda tomosha ko‘rsatuvchi xodimlarga nam yoki ho‘l bo‘lgan uskuna va pol ustida yurish;
tomoshabinlar ustida xavfsizlik moslamalarisiz tryuklar namoyon etish;
og‘ir rekvizitlar, sirk uskunalari yoki boshqa yuklar tushirilayotganda ularning tagida turish.
204. Motopoyga atraksionlarida, manejlarida va sahna maydonlarida mototsikl va avtomobillarni haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan xodimlarga berilishi lozim.
205. Xavfli hayvonlar bilan ishlashda kamida bir yillik tajribaga ega bo‘lgan xodimlarga ruxsat etilishi lozim.
206. Kuchli jismoniy og‘irlik talab etiladigan tomoshalarni namoyish etuvchi xodimlarning mashg‘ulotlari va chiqishlari orasidagi tanaffus kamida uch soat bo‘lishi lozim.
207. Tomoshalar orasida xodimlarga kamida ikki yarim soat tanaffus berish zarur.
208. Motopoygalarda ayrim xodimlarning chiqishlari miqdori kuniga yigirma seansdan ortmasligi kerak. Agar seans o‘n minutdan ortiq davom etsa, ularning miqdori kamaytirilishi hamda motopoygachi xodimlarga seanslar orasida yigirma minut tanaffus berilishi lozim.
209. Navbatdagi seans bino havosini almashtirilgandan keyingina davom ettirilishi kerak.
210. Xavfli yoki balandlikda ijro etiladigan tryuklar to‘r, lonj, ilmoq, matlar va boshqa himoya moslamalarini qo‘llagan holda amalga oshirilishi kerak.
211. Xodimlar tanasining ko‘p qismini qoplaydigan grimlash kuniga ikki martadan ortiq bo‘lmasligi, terining ko‘p qismini ( 20 %dan ko‘p) grim bilan qoplash tomoshadan 30 minut avval amalga oshirilishi, tomosha tugagach tanadagi grim olib tashlanishi kerak.
212. Murakkab tryuklarni tanani chiniqtirgandan keyingina bajarish lozim.
213. Manej va uning ustidagi harakat odatda uning ustidan qaralganda soat strelkasiga qarshi bajarilishi kerak.
214. Rekvizitlar va sirk uskunalarining barcha aylanadigan murvatlari tebranganda va markazdan qochganda tushib ketmasligi uchun yaxshilab mahkamlanishi va himoyalanishi zarur.
215. Ma’lum bir xodim tishlashi uchun mo‘ljallangan tishlagichni o‘zga xodimlar tomonidan qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
216. Maxsus kurash ko‘rpachasi mavjud bo‘lganda kurashga ruxsat beriladi.
217. Akrobatik tomoshalarni mashg‘ulot qilish va ishlash manejda gilam va unga 6x6 m yo‘lak hamda 1,5 m dan kam bo‘lmagan uzunligi 16 m bo‘lgan yugurish yo‘lagi bo‘lgandagina ruxsat etiladi.
218. Turnikchilar kaftlari qavarib ketmasligi uchun mustahkam charmdan yasalgan qo‘lqopdan foydalanishi kerak.
219. Turnik, trapetsiya, halqa va boshqa shunga o‘xshash sirk uskunalarida mashq bajarishda ularning ustidagi namlik quritilishi kerak.
14-§. Sirkda chiqishlarni himoya va passirovka qilishda xavfsizlik talablari
220. Sirk rahbariyati xodimlarning balandliklarda bajariladigan mashg‘ulot va chiqishlarida yiqilishdan himoya qilish hamda yumshoq yiqilishlarini ta’minlash choralarini ko‘rishi lozim.
221. Xodimlarni himoyalash turi va usullari ish beruvchi tayinlagan komissiya tomonidan belgilanadi. Komissiya xulosasi sirk uskunasi yoki ijodiy pasportga kiritiladi.
222. Uch va undan ortiq metr balandlikdan ijrochilarni tushadigan joyiga kamida ikkita passirovkachi qo‘yilishi lozim.
223. Uchish o‘yinlarida passirovkachilar soni xodimlar soniga qarab belgilanadi.
224. Artistlarni passirovkalash va himoyalash faqat tajribali kishilargagina topshirilishi kerak.
225. Yotgan holatda mashq bajarayotgan xodimni ikki kishi, ikkita xodimni esa, uch kishi himoya qiladi.
226. Himoya kamaridan foydalanishdan avval uning sozligi, ishonchliligi, mustahkamliligiga ishonch hosil qilish kerak.
227. Himoya kamarida turgan xodimlar charm qo‘lqopdan foydalanishi va uning boshqa uchiga oyoq qo‘ymasligiga rioya qilinishi lozim.
228. Himoyachi himoyalanuvchining harakati ritmiga qarab himoya kamarini osilib ketishi va ortiqcha taranglashishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
229. Ijrochi birdan tushib ketsa himoya kamari asta-sekin tortilishi lozim. Passirovkachilar doimo sergak turishlari lozim.
230. Guruhli tomoshalarni himoyalash va passirovkalash paytida har bir passirovkachi o‘z burchi va joyini aniq bilishi kerak.
231. Salto ijro qilayotgan xodimlarni akrobatik sakrashga o‘rgatishda himoya kamari bilan himoya qilishi kerak, passirovkaga aniq bajarishdan keyin o‘tiladi.
232. Tomosha paytida tryukdagi sheriklarni himoyalash (manejga kirish va boshqalar) tomosha rahbari va manej inspektori bilan kelishgan holda ishonchli passirovka bilan almashtirilishi mumkin.
233. Dorda o‘ynayotgan dorbozlarni himoya kamari yordamida himoyalash kerak.
234. Machta bilan biriktirilgan ren halqasida tryuk bajarishda tayoq yuqorisi markaziy himoya kamariga mahkamlanishi, xodim oyoqlari esa aylanayotgan ren halqasiga ishonchli qilib biriktirilishi zarur.
15-§. Muz ustida sirk tomoshalari ko‘rsatishda xavfsizlik talablari
235. Muzda figurali uchuvchi xodimlar uchun poyabzal oyog‘ining hajmini hisobga olib tanlanadi. Tryuk va duet tomoshalarida band bo‘lgan xodimlarni tashkilot rahbariyati buyurtma asosida tayyorlangan poyabzallar bilan ta’minlashi lozim.
236. Konkilar oliy sifatli va poyabzalga yaxshi mahkamlangan, to‘g‘ri charxlangan bo‘lishi lozim.
237. Tashkilot rahbariyati xodimlarni muz maydoni ortiga o‘tayotganda yoki aksincha harakatlanayotganda bir-biriga xalaqit bermaydigan sharoit yaratishi kerak.
238. Xodimlarning chiqishlari uchun mo‘ljallangan muz maydoni tekis bo‘lishi lozim. Tirnalgan, turtilib ketadigan, darz ketgan bo‘lmasligi kerak.
239. Muz maydoniga qarovchi va unga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, rekvizitorlar, liboschilar va grimchilar maxsus issiq va sirpanmaydigan poyabzal bilan ta’minlanishi lozim.
240. Orkestr yoki konsertmeysterlar muz maydonidan kamida 2 metr masofada joylashishi lozim.
241. Xodimlarni tanaffus va dam olish paytida muz ustida bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
242. Tashkilot rahbariyati muz maydonida hamda kulis ortida yelvizak bo‘lmasligini ta’minlashi lozim.
243. Tashkilot rahbariyati xodimlarning umumiy va jismoniy tayyorgarligini, shuningdek figurali uchishda ularning kasb mahoratini o‘sishiga sharoit yaratishi zarur.
244. Xodimning bir sutkada, mashg‘ulot vaqtida 3,5 soatdan oshiq muz ustida bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
16-§. Sahna va atraksionlarda mototsirkka xavfsizlik talablari
245. Sahna va atraksionlarda chiqishlar qilishdan oldin ularning nosozliklari tekshirilishi va lyuklari yopilishi zarur.
246. Sahna mashinisti yoki uning uchun javobgar bo‘lgan mas’ul xodimning ruxsatisiz xodimlar bezak yoki sofitlarni ko‘tarib tushirishi, halqalar va yoritish uskunalari yoniga borishi taqiqlanadi.
247. Bezaklar, raduga, arka, sahna orti, yon, orqa bezaklar, pardalar va yoritish uskunalarining joylashuvi xodimlar ishiga xalaqit bermasligi kerak.
248. Har bir motopoygachi xodim yakka figurali va juft bo‘lib uchish uchun alohida tryuk mototsikllariga ega bo‘lishi zarur.
249. Tryuk mashinalarini zapravka qilish uchun etil spirti qo‘shilmagan toza aviatsiya benzinidan foydalanish lozim.
250. Motopoygachi xodimning ixtisosligidan kelib chiqib quyidagi tryuklarni ijro etishga ruxsat beriladi:
tekis poyga (doira bo‘ylab harakat);
rulni qo‘lda boshqarmay yoki uni oyoq bilan boshqarib haydash;
harakat yo‘nalishiga teskari qilib haydash;
chap yoki o‘ng yon bilan;
ilon izi bo‘ylab haydash (tana bilan tebranib);
balandlikdan tushishda harakatni tik yo‘nalish bo‘ylab o‘zgartirishsiz;
figurali-akrobatik harakat (arabeska, qo‘llarini yoyib turish, ko‘zini boylab, bayroq bilan haydash va boshqa tryuklar);
bir mototsiklda sherik bilan haydash;
251. Juft bo‘lib haydash faqat tajribali motopoygachi xodimlarga ruxsat etiladi. Ikki yoqlama harakatda harakat balandligini saqlagan xoldagina ruxsat etiladi.
252. Mototsiklda uch yoki undan ortiq ijrochilar bilan tryuklar bajarilganda pokrishkalar obodoklarga uch joyidan qo‘shimcha qisqichlar bilan mahkamlanishi kerak.
253. Barabanni yaxshilab shamollatgandan keyingina motopoygachi xodimlarni qayta chiqishlariga ruxsat berilishi lozim.
254. Motopoygachi xodimlar himoya shlemlari, tirsakband, tizzabandlardan foydalanishlari lozim.
255. Tik devorga chiqishlar chog‘ida quyidagilar taqiqlanadi:
qarama-qarshi harakat;
tryuk mashinasining harakati qizil chiziqdan yuqorida bo‘lishi;
motopoygachilarning inersion og‘irligini to‘rt marta ortiqcha qilib yuborish (ya’ni tezlikni 60 km/s dan ortiqcha qilib yuborish);
xodimlarning hayvonlar bilan birga yurishi.
IV bob. Asbob-uskunalarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
256. Asbob-uskunalarni mas’ul xodim tomonidan ko‘zdan kechirganidan so‘ng ishlatishga ruxsat etiladi.
257. Asbob-uskunalarni rostlash va moylash ishlari asbob-uskuna ishlashdan butunlay to‘xtaganidan so‘ng amalga oshirilishi lozim.
258. Tashkilotlarda quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
xodimlar soz, o‘tkirlangan va ishlab chiqarishning tegishli sharoitlariga mos asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi;
asbob-uskunalarning o‘z maqsadi bo‘yicha ishlatilishi;
asbob-uskunalarning to‘g‘ri saqlanishi va sinchkovlik bilan ko‘rikdan o‘tkazilishini hamda nosoz asbob-uskunalardan foydalanmaslik.
259. Asbob-uskunalarni saqlash uchun har bir uskuna va dastgoh yonida ish sharoiti bo‘yicha zarur quti yoki shkafchalar bo‘lishi kerak.
260. Asbob-uskunalarni olib yurish uchun maxsus g‘iloflar, sumka yoki qutilardan foydalanish lozim.
261. Asbob-uskunaga o‘rnatilgan detalni dastgoh ishlab turgan paytda qo‘l bilan ushlash taqiqlanadi.
262. Asbob-uskunalarning asosiy qismlarini ishonchli ushlash va qisish, shuningdek kesuvchi asbob-uskunaga materiallarni to‘g‘ri uzatishi hamda uzatish paytida siljib va qiyshayib ketmasligini ta’minlashi kerak.
263. Asbob-uskunalarga detallarni o‘rnatish, qistirish va yechish qo‘lda bajariladigan moslamalar konstruksiyasi, ko‘rsatilgan operatsiyalarni bajarish uchun to‘la xavfsizlikni, shuningdek qirindilarning erkin chiqishi va asbob-uskunalardan uni oson olib tashlanishini ta’minlashi kerak.
264. Har bir asbob-uskuna yoqish va o‘chirish uchun ishonchli moslamalarga ega bo‘lishi, ular ish o‘rinlarida qulay va xavfsiz foydalanishni ta’minlashi hamda o‘z-o‘zidan ularning ishlab ketmaslik ehtimolining oldi olinishi lozim.
265. Asbob-uskunalarni yurgizish moslamalari uning tezkorligi va ravonligini ta’minlashi kerak.
266. Qayta ishlanayotgan detal va asbob-uskunalarni qotirish uchun barcha moslamalarning konstruksiyalari ishonchli qotirilishi va ish davomida o‘z-o‘zidan buralib chiqib ketmaslik ehtimolining oldi olinishi kerak.
267. Asbob-uskunalar ishlayotgan vaqtda uni tozalash, artish, sozlash yoki gaykalarni tortish, zanjirlarni kiydirish va iflos narsalarni olib tashlash taqiqlanadi.
268. Asbob-uskunalardagi qisqichlarning o‘qi orasidagi masofa ishlov berilayotgan detal o‘lchamiga muvofiq bo‘lishi va qisqichlarning detalni ishonchli qisib turishini ta’minlashi kerak.
269. Asbob-uskunalardan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
2-§. Tashkilotlarda yuk ortish va tushirishda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
270. Yuk ortish va tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
271. Yuk ortish va tushirish mexanizmlariga o‘rnatiluvchi sim arqon (kanat)larni sinov yuki bilan ko‘zdan kechirish va sinovdan o‘tkazish mexanizmni umumiy tekshiruvdan o‘tkazish bilan bir paytda amalga oshirilishi lozim.
Yuk ortish va tushirishdagi arqon (kanat)lar va asbob-uskunalar mavsum boshlanishi arafasida doimiy ravishda sinovdan o‘tkazilishi hamda natijalar sinaluvchi kanat qo‘llanilayotgan moslama pasportiga kiritilishi kerak.
3-§. Sirkdagi asbob-uskunalarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
272. Asbob-uskunalarning tuzilishi texnik shartlar talablariga javob berishi kerak.
273. Asbob-uskunalarning ayrim qismlari va murvatlarini almashtirish texnika xavfsizligi muhandisi ruxsati bilangina amalga oshirilishi lozim.
274. Uskunaning va mexanizmning aylanadigan qismi himoya to‘siqlari bilan to‘sib qo‘yilishi kerak.
275. Asbob-uskunalar mahkamlanadigan joylar foydalanish uchun qulay va mustahkam bo‘lishi lozim. Bu joylar sirk xodimlarining kuzatuvlari uchun qulay bo‘lishi kerak.
276. Asbob-uskunalar va jihozlarni mahkamlash uchun mo‘ljallanmagan joylardan (to‘siqlar, bo‘rtma joylar va boshqalar) foydalanish taqiqlanadi.
277. Pollarda joylashgan uskunalar va jihozlarni mahkamlash joylari ularning yuzasidan pastroq bo‘lishi va qopqoq bilan yopilishi zarur. Lyuk qopqoqlari tekis bo‘lishi kerak.
278. Asbob-uskunalarni ilish uchun halqalarda 150 mm dan kam bo‘lmagan diametrli astar tagiga joylashgan quvurdan 2 ta halqasi bo‘lishi kerak.
279. Gumbazda tashqi va ichki tomonidan sirk uskunalarini mahkamlash uchun maxsus teshik ochilgan halqa yoki quvurlar bo‘lishi kerak.
280. O‘tish joylarining devorlariga uskunalar, himoya kamarlari va boshqalarni tortish uchun mahkamlangan halqali qoziqlar o‘rnatiladi.
281. Ko‘chma va ochiq joylarda ishlaydigan sirklarda machtalar, fermalar va machta masofali po‘lat arqonlar, tortish uchun joylar, yakerlar va boshqa yerga qoqilgan metallar uskunalar ilish uchun joy vazifasini o‘tashi mumkin. Ko‘chma sirklarning texnik pasportlarida sirk uskunalarini osish paytidagi taxminiy og‘irlik ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
282. Arqon tortish qurilmalari (talrep, polispast) bo‘ylab arqonlarni tarang tortilganda kaltaroq bo‘lgan qo‘shimcha (himoyaviy) arqonlar o‘rnatiladi. Polispastni tortishda arqon iplari bir-biriga tegib qolmasligi va aralashib ketmasligiga e’tibor berish lozim.
283. Bir yuzada uch yoki undan ortiq arqonlarni birlashtirish o‘rgimchaksimon travers orqali amalga oshirilishi kerak.
284. Arqon va tugunlarning uchini mustahkamlash faqat tajribali mutaxassis tomonidan bajarilishi lozim.
285. Arqon tortish uskunalari tartibli harakatlantirilishi lozim.
286. Turniklar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
monejdan yuqori sterjen chetigacha 245 dan 255 sm gacha, sterjen va sharnir markazi orasidagi uzunlik 240 sm bo‘lishi;
turniklar va trapetsiyalar yuqori qismi nisbiy uzayishi 5 foiz bo‘lishi;
turniklarning tortilishi, halqalarning osilishi va boshqalar faqat po‘lat arqonlarga va zanjirlarga osib bajarilishi kerak.
287. Bukiladigan batutlar (sakraydigan moslama) to‘rining eni 1,2 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
288. Batut ramkasining barcha yon tomoni yumshoq mato bilan qoplanishi kerak. To‘rni to‘qishda chetki qismlari iplarining rangi yorqinroq rangda qilinib uning markaziy qismi ajralib turishi va to‘r butun ramka bo‘ylab tekis tortilishi lozim.
289. Teleskopik birlashmalarda murvatlarning o‘zaro siljishi agar bu nazarda tutilmagan bo‘lsa, ortiqcha tebranishga ega bo‘lmasligi kerak.
290. Ko‘tarilish va tushish uchun arqonlar, shuningdek kordeparellar paxta yoki sintetik arqonlardan 25—28 mm qilib eshilishi zarur.
291. Turnik va trapetsiya osilish joyi 25—35 mm diametrli bo‘lishi kerak.
292. Sakraydigan taxta va tramplinlar yorilmagan, butoqsiz bo‘lgan qattiq navli yog‘och taxtalardan yoki plastikali oynadan qilinishi kerak.
293. Velosiped, rolik uchun pol, to‘shama va stollar, shuningdek muz maydonlar yaxlit va tekis bo‘lishi lozim.
294. Ijrochilar (akrobat, suvga sho‘ng‘uvchilar va boshqalar) kiradigan va chiqadigan ko‘prik, tramplin va taxta yo‘laklar rezina bilan yoki boshqa sirpanmaydigan material bilan qoplanishi kerak.
295. Odamlarni ko‘tarishga mo‘ljallangan qo‘l bilan aylantiriladigan chig‘irlar faqat aylanganda ko‘tarib tushiradigan xavfsiz dastakka ega bo‘lishi shart.
296. Qilich, xanjar, rapira va boshqalar butaforiya (yasama) bo‘lishi lozim. Ularning haqiqiysini ishlatishga tig‘i o‘tmaslashtirilishi va yoy o‘qi uchi yumshoq qilingan holda ruxsat etiladi.
4-§. Himoya kamarlari va moslamalariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
297. Sirklarda markaziy himoya kamarlari va sirk uskunasi bilan ishlaydiganlar favqulodda holatlarda zarur bo‘ladigan avariya arqon zinalar bo‘lishi lozim. Muqim sirklarda bulardan tashqari 4x4 m hajmdagi himoya to‘ri bo‘lishi kerak.
298. Himoya kamarlariga talablar, tomoshalar va tryuklarni ijro etish xususiyatlarini hisobga olgan xolda bajarilishi lozim.
299. Bir lonjga osiladigan yuklarning og‘irligi 700 kg dan oshmasligi kerak, ishchi holatida belboqqa tushadigan kuch esa, 1500 kgs dan ortiq bo‘lmasligi lozim.
300. Himoya belbog‘i eni 30 mm dan ingichka bo‘lmasligi va ijrochiga yaxshi moslangan bo‘lishi zarur.
301. Himoya moslamalarining metall qismlari va murvatlari (lonj halqasi, to‘qasi va boshqalar) zanglashga qarshi qoplamadan bo‘lishi zarur.
302. Himoya to‘rining o‘lchami har qanday holatda xodimni halokatlardan asray olishi, dorboz uchun 6 m, guruhli uchishlar uchun 5 m va yakka tartibda uchish uchun 4 m dan kichik bo‘lmasligi lozim.
303. To‘r yoki uning tortilish balandligi eng ko‘p xodim tushganda to‘r va manej to‘shamasi orasida 1 m masofa qolish darajasida cho‘zilishi mumkin.
304. Himoya to‘rini ta’mirlashda o‘sha to‘rning materialidan bo‘lgan sifatli ashyodan foydalanish lozim.
305. Ikki yoki undan ortiq kishilar parvozini ushlab qolish uchun zanjirlar po‘lat arqonga maxsus xom teridan ishlangan belboqqa mahkamlangan bo‘lishi zarur. Belbog‘larda himoya tugmachalari bo‘lishi lozim.
306. Bambuk, persh va boshqa sirk uskunalarining oyoq va qo‘l tugunlari uncha katta bo‘lmagan po‘lat arqonlar bilan ehtiyotlanishi kerak.
307. Kurashchilar gilami yumshoq, tekis va to‘la tiqinlangan bo‘lishi kerak. Brezent to‘shamalar qo‘llanilmaydi. To‘shamalarda teshiklar va qo‘pol choklar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. To‘shama tortilganda buklangan yoki tirishgan bo‘lmasligi kerak.
308. Gilamdan manej to‘sig‘igacha 1,75 m ochiq joy bo‘lishi lozim.
309. Akrobatik yo‘lakcha 1,5 m enlikda bo‘lishi lozim.
310. Gimnastika matlarining sun’iy charmdan g‘ilofi bo‘lishi kerak.
311. Sakrovchi akrobatlarning mashg‘ulot va chiqishlari 12 m uzunlikdagi gimnastika yo‘lakchasi va 6x6 m hajmdagi manej gilamida amalga oshirilishi lozim.
5-§. Sirk asbob-uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik talablari
312. Sirk uskunalari, yuk ko‘tarish qurilmalari va saqlagich moslamalarni bu maqsadga mo‘ljallanmagan qurilma murvatlariga osish va tortish taqiqlanadi.
313. Klublar, teatr va boshqa sahna maydonlarida sirk uskunalarini osish va mahkamlash joylari bu maydonlardan foydalanish bo‘yicha mas’ul xodimlar bilan kelishilishi lozim.
314. Sahna ustida halqalar bo‘lmaganda sirk uskunalari quyi qatlam to‘sinlariga osilishi lozim.
315. Shiftdagi arqon o‘tkaziladigan teshiklar ularni erkin o‘tishi va harakatlanishiga xalaqit bermaydigan bo‘lishi kerak.
316. Ilgich arqonlar, tortma murvatlar va uskunalarining o‘zi ham elektr uskunalari va yoritish qurilmalarining tok o‘tadigan qismlariga tegib qolmasligi va xodimlar tryuklarini xavfsiz bajarishiga to‘sqinlik qilmasligi zarur.
317. Uskunani ko‘tarish yoki tushirish paytida xodimlar uning tagida bo‘lmasligi kerak.
318. Sirk uskunalarini osishda arqonlar sakkiz shaklidagi tugunlar yoki harakatdagi tig‘lar bilan eshiladi. Tugunning o‘zi uskuna osiladigan quvur yoki to‘sinning yon tomonida bo‘lishi zarur. Arqonlarning bo‘sh qolgan uchlari sirtmoq qilib bukib yumshoq sim bilan bog‘lanadi yoki qisib qo‘yiladi.
319. Osilgan yoki o‘rnatilgan uskunalarning mahkamligini ta’minlash uchun manejga simmetrik joylashgan va hisob-kitobga mos keladigan qilib bir xil burchakda tortilgan ko‘p miqdordagi arqonlardan foydalaniladi.
320. Shtambertlar, mostiklar, trapetsiyalar, turniklar va boshqa uskunalar gorizontal ko‘rinishda osilishi kerak.
321. Bir qancha turniklarning osiladigan joylari bir gorizontal yuzada tekis bo‘lishi shart.
322. Mototsirk atraksioni mexanigi har bir seansdan avval bakda yonilg‘i borligini, mototsikl zanjiri tarangligini, shinalarda kerakli bosim mavjudligini, moyni oqmayotganligini, shuningdek pokrishkalar holatini ko‘zdan kechirishi lozim. Rama va uning barcha qismlari holatiga alohida e’tibor berish kerak.
323. Ishdan chiqqan arqonlarni soz arqonlar bilan birga saqlash taqiqlanadi.
324. Rezina mahsulotlarni (amortizatsiya ishlari va boshqalar) isitish asboblari yaqinida, quyosh nuri tushadigan va moy tegadigan joyda saqlash taqiqlanadi.
325. Sirk uskunalari va arqonlar yog‘och yashiklarda yoki brezent g‘iloflarda tashilishi zarur.
V bob. Ta’mirlash (tuzatish) ishlarini bajarishda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
326. Tashkilotning ta’mirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari tizimi, ularning pasportlari, texnik yo‘riqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini ta’minlashi lozim.
327. Uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, rejaviy-oldini oluvchi ta’mirlashni qat’iy bajarilishi va ta’mirlash ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim.
328. Pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi ta’mirlash va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
329. Ta’mirlash ishlari bajarilayotgan hududlar to‘silishi, xavfsizlik belgilari o‘rnatilishi lozim.
330. Ta’mirlash ishlari boshlanishidan avval, ta’mirlashda band bo‘lgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va ta’mirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha yo‘riqdan o‘tkazilishi lozim.
331. Nosoz yuk ko‘taruvchi mexanizm va moslamalarda va mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.
332. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yig‘ishtirib qo‘yilishi lozim.
333. Ta’mirlash paytida ish joylarini, yo‘llarni, yo‘laklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi.
334. Ta’mirlash ishlari balandlikda bajarilayotganda havoza va taxta to‘shamalarning o‘rnatilishi xavfsizlik talablariga javob berishi hamda xodimlar balandlikda ishlash uchun himoya kamarlaridan foydalanishlari shart.
335. Barcha ta’mirlash ishlari tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
336. Ta’mirlash ishlari olib borilayotgan joy va barcha o‘tish joylari belgilangan me’yorlarga muvofiq yoritilishi lozim.
337. Ta’mirlash ishlari tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar olib ketilishi, to‘siqlar, saqlovchi moslamalar o‘z joyiga o‘rnatilishi lozim.
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
338. Tashkilotlarni (xonalarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
339. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(339-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VII bob. Yakuniy qoida
340. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishilgan.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi.
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. ZOKIROV
2012-yil 8-fevral
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T.NARBAYEVA
2012-yil 8-fevral
Sog‘liqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2012-yil 8-fevral
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i B.GULYAMOV
2012-yil 8-fevral
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2012-yil 8-fevral
O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i A. NIMATULLAYEV
2012-yil 8-fevral
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
2012-yil 8-fevral
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z. RO‘ZIYEV
2012-yil 8-fevral
Madaniyat va sport ishlari vaziri T. QO‘ZIYEV
2012-yil 8-fevral
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 11-son, 125-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)