Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
BOJXONA YuK DEKLARATSIYASINI TOʻLDIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 25-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 834-21]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda), “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 10-avgustdagi PQ-1595-sonli “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-sonli “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 345-modda) qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-oktabrdagi 284-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-sonli qarori) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 42-son, 455-modda), 2011-yil 12-dekabrdagi 324-sonli “Isteʼmol tovarlarining ayrim guruhlarini Oʻzbekiston Respublikasiga chetdan keltirishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 50-son, 514-modda) qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 24-sentabrda tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 834, 1999-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 12-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.