toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “BYuROKRATIK TOʻSIQLARNI BARTARAF ETISh VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI ERKINLIGINI YANADA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2011 YIL 25 AVGUSTDAGI PQ-1604-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qaroriga muvofiq 2011-yil 1-sentabrdan boshlab tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida tegishli ruxsat beruvchi tartibotlar bekor qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
2011-yil 1-noyabrgacha birja va yarmarka savdolarida tuzilgan eksport va import kontraktlarini kiritish va ularni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazish uchun modul ishlab chiqsin;
2011-yil 1-noyabrdan boshlab “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga, Respublika universal agrosanoat birjasi” masʼuliyati cheklangan jamiyatga, “Xalq isteʼmol tovarlarining koʻrgazma-yarmarka savdosi markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyatiga va “Oʼzbekiston yarmarkasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga, keyinchalik respublikada yangidan tashkil etilayotgan barcha birjalarga va yarmarka tashkilotlariga birja va yarmarka savdolarida tuzilgan eksport va import kontraktlari boʻyicha Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kirish imkonini bersin.
3. “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Respublika universal agrosanoat birjasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat, “Xalq isteʼmol tovarlarining koʻrgazma-yarmarka savdosi markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyati va “Oʼzbekiston yarmarkasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, 2011-yil 1-noyabrdan boshlab Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga ulanishni taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
5. Vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 20-oktabr,
284-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-oktabrdagi 284-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 6-maydagi 223-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjalari savdolarida import kontraktlari tuzish tartibida, 2011-yil 1-noyabrdan boshlab:
a) 8-banddagi “va import bitishuvi pasporti” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 9-band chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qaroriga asosan 2020-yil 16-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 42-son, 455-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)