

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;14.12.2011
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1004793" id="onLBC-1004793">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8940"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;</span></div><div id="LBC21083"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1004793" id="onLS-1004793">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;</span></div><div id="LS3739"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Sanoat]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1054653" id="-1054653">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1054655" id="-1054655">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1054658" id="-1054658">YoGʻ-MOY VA OZIQ-OVQAT SANOATINI BOShQARIShNI TAShKIL ETIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="EXTRACT"><div name="-1054662" id="-1054662">[Koʻchirma]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1054664" id="-1054664"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-1915562" id="-1915562">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-dekabrdagi PF-4391-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-1913692?ONDATE=14.12.2011 00#-1915155">Farmoniga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1054675" id="-1054675">Respublikaning yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish, soha korxonalarini modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash uchun toʻgʻridan toʻgʻrixorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, ishlab chiqariladigan mahsulotni sotishning bozor mexanizmlarini rivojlantirish maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1054678" id="-1054678">1. “Yogʻmoytamakisanoat” va “Oziqovqatsanoat” uyushmalari muassislarining umumiy majlisi tomonidan mazkur uyushmalarni birlashtirish hamda Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisida qaror chiqarilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1054681" id="-1054681">Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi muassislarining 1-ilovaga<a href="/mact/-1004793#-1054684">* </a>muvofiq tarkibiga rozilik berilsin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1054684" id="-1054684">* 1-ilova <a href="/mact/1004590#-1372253">rus tilidagi </a>matnda berilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1054687" id="-1054687">2. Quyidagilar Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1054689" id="-1054689">yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari ichki hamda tashqi bozorlarining marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, sohani rivojlantirishning oʻrta va uzoq muddatli dasturlarini ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1054692" id="-1054692">yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati korxonalariga ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlashda, ushbu maqsadlarga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda, mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish va eksport hajmlarini kengaytirishda koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1054693" id="-1054693">yogʻ-moy sanoati korxonalarining chigit ishlab chiqaruvchilar bilan, jumladan, chigitni qabul qilish, qatʼiy hisobga olish hamda ularning sifati ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatish masalalarida oʻzaro munosabatlarni izchillik bilan takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1054695" id="-1054695">soha korxonalari tomonidan paxta yogʻi chiqishining belgilangan meʼyorlariga rioya etilishi, shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotni sotishda tegishli tartibga amal qilinishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1054696" id="-1054696">soha korxonalariga axborot xizmatlarini koʻrsatish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1054761" id="-1054761"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1054765" id="-1054765">3. Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga<a href="/mact/-1004793#-1054703">* </a>muvofiq maʼqullansin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1054769" id="-1054769">* 2-ilova<a href="/mact/1004590#-1055502"> rus tilidagi </a>matnda berilgan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1054774" id="-1054774">Belgilansinki: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1054776" id="-1054776">korxona va tashkilotlar Uyushmaga erkin aʼzo boʻlish hamda uning tarkibidan chiqish huquqiga egadirlar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1054779" id="-1054779">Uyushma oʻz tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning ixtiyoriy ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga faoliyat yuritadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1054790" id="-1054790">(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi 382-sonli <a href="/mact/-1018879?ONDATE=20.06.2006 00#-1018890">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 25-26-son, 229-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1054714" id="-1054714">4. Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi bir oy muddatda muassislar umumiy yigʻilishini oʻtkazsin, oʻz nizomini tasdiqlasin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1054716" id="-1054716">9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bir oy muddatda aksiz soligʻi olinadigan mahsulot ishlab chiqaradigan tamaki sanoati korxonalari faoliyatini tartibga solish va muvofiqlashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1054719" id="-1054719">10. Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi ijroiya apparati Toshkent shahar, Nukus koʻchasi, 73“a”-uy manzilida joylashtirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1054722" id="-1054722">Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Uyushmani aloqa, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1054728" id="-1054728">11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yogʻmoytamakisanoat” yogʻ-moy va tamaki sanoati korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 26-sentabrdagi<a href="/mact/-808507"> 482-sonli </a>va “Oziqovqatsanoat” qandolatchilik, choy va pivo-alkogolsiz ichimliklar sanoati korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati toʻgʻrisida” 1994-yil 26-sentabrdagi <a href="/mact/-808518">483-sonli </a>qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1054729" id="-1054729">12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1054730" id="-1054730">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1054731" id="-1054731">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1054732" id="-1054732">2006-yil 30-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1054733" id="-1054733">PQ-359-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1054661" id="-1054661">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 22-son, 189-modda, 25-26-son, 229-modda; 2011-y., 50-son, 512-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
