

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;28.09.2020
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1712434" id="onLBC-1712434">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6157"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;</span></div><div id="LBC6881"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1712434" id="onLS-1712434">[<b>TSZ:</b><div id="LS9114"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;</span></div><div id="LS3739"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Sanoat]</span></div></div></div><div class="OFFICIAL_SOUR_TEXT"><label id="s9496"></label><div name="-1712490" id="-1712490"><a href="/files/-1712127.pdf">PDF-faylidagi rasmiy manba</a></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1712491" id="-1712491">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1712492" id="-1712492">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1712493" id="-1712493">2011 — 2015 YILLARDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SANOATINI RIVOJLANTIRIShNING USTUVOR YOʻNALIShLARI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1712495" id="-1712495"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-5042408" id="-5042408">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-5019106?ONDATE=28.09.2020 00#-5020924">Farmoniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712496" id="-1712496">Respublika sanoatini barqaror, jadal va mutanosib ravishda rivojlantirish, asosiy sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilishga va eksport salohiyatini oʻstirishga yoʻnaltirilgan tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, sanoat tarmoqlari, komplekslari va korxonalarini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash asosida ularning samaradorligi hamda raqobatdoshligini yanada oshirish maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712497" id="-1712497">1. 2011 — 2015-yillarda respublika sanoatini rivojlantirishning asosiy vazifalari va ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712498" id="-1712498">struktura hosil qiluvchi tarmoqlarni va umuman sanoatni rivojlantirishning aniq, chuqur va har tomonlama puxta oʻylangan uzoq muddatli istiqbollarini ishlab chiqish, shu asosda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini diversifikatsiya qilishga yoʻnaltirilgan tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712499" id="-1712499">vatanimiz sanoat mahsulotining raqobatbardoshligini oshirish, respublika sanoati va umuman iqtisodiyotini rivojlantirishning jahon konyunkturasidagi oʻzgarishlarga bogʻliqligini kamaytirish maqsadida normativ koʻrsatkichlar va tariflarning barqarorligini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712500" id="-1712500">Oʻzbekiston Respublikasining jahon mehnat taqsimotidagi roli va oʻrni yuksalib borishini taʼminlaydigan energetika, neft-gaz-kimyo, kimyo, toʻqimachilik va yengil sanoat, rangli metallurgiya, mashinasozlik va avtomobilsozlik, farmatsevtika kabi ustuvor tarmoqlarni ildam rivojlantirishga qaratilgan sanoatdagi tarkibiy oʻzgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sifatli va chuqur qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, jahon bozorida doimiy xaridorgir boʻlgan, qoʻshilgan qiymat ulushi yuqori raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712501" id="-1712501">sanoat korxonalarini keng miqyosda modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ularni eng zamonaviy yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlash, sanoat tarmoqlarida zamonaviy ilmiy yutuqlar va ilgʻor innovatsiya texnologiyalarini jadal tatbiq etish, sanoat uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni kengaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712502" id="-1712502">ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mahalliy xomashyoni chuqur va sifatli qayta ishlash negizida eksport salohiyatining barqaror oʻsib borishini, eksportga moʻljallangan raqobatdosh sanoat mahsuloti ishlab chiqarishni koʻpaytirishni, ularni sotish bozorlari kengaytirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712503" id="-1712503">ichki sanoat kooperatsiyasi va ishlab chiqarish mahalliylashtirilishini yanada rivojlantirish, sanoat tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, sanoat korxonalarini mamlakatning barcha mintaqalarida joylashtirish va shu asosda import oʻrnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarilishini, yangi ish joylari yaratilishi hamda aholining ish bilan bandligi oʻsishini, odamlarning daromadlari va turmush darajasi yanada oshib borishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712504" id="-1712504">mehnat unumdorligini oʻstirish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini izchil pasaytirish, energiya va resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni tashkil qilishni takomillashtirish, nobudgarchiliklar va unumsiz sarf-xarajatlarni bartaraf etish hisobiga sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini muttasil oshirib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712505" id="-1712505">sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda uning tashqi bozordagi raqobatdoshligini taʼminlaydigan xalqaro sifat standartlari va texnik reglamentlarni tizimli tarzda tatbiq etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712506" id="-1712506">2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 30-iyuldagi F-3471-son farmoyishiga muvofiq tashkil qilingan Maxsus ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan 2011 — 2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi Dastur maʼqullansin, u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3041774" id="edi-3041774"><a href="/mact/-1712434?ONDATE=15.12.2010 00#-3041767">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3041774" id="-3041774">(2-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 4-oktabrdagi PQ-2624-sonli <a href="/mact/-3039493?ONDATE=10.10.2016 00#-3039539">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 40-son, 469-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712509" id="-1712509">moliyalashtirish manbalari belgilangan va kelishilgan, sanoatda amalga oshiriladigan va amalga oshirishga tayyorlab qoʻyilgan investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga<a href="/mact/-1712434#-1712510">*</a> muvofiq;</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1712510" id="-1712510">*2-ilova berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712511" id="-1712511">ishlab chiqish (xorijiy sherikni tanlash, moliyalashtirish shartlari va manbalarini aniqlash) bosqichida boʻlgan sanoatdagi yangi investitsiya loyihalari roʻyxati 3-ilovaga<a href="/mact/-1712434#-1712512">*</a> muvofiq;</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1712512" id="-1712512">*3-ilova berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712513" id="-1712513">dastlabki tarzda ishlab chiqilayotgan sanoatdagi istiqbolli investitsiya loyihalari roʻyxati 4-ilovaga<a href="/mact/-1712434#-1712514">*</a> muvofiq.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1712514" id="-1712514">*4-ilova berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712515" id="-1712515">2 va 3-ilovalarga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, birlashmalar va korxonalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining rahbarlari zimmasiga tasdiqlangan dasturiy tadbirlarning amalga oshirilishini hamda obyektlar belgilayotgan muddatlarda ishga tushirilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712516" id="-1712516">3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda bir oy muddatda iqtisodiy faoliyat turlarining amaldagi klassifikatori va yalpi ichki mahsulotni hisoblash metodikasini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin, bunda sanoat ishlab chiqarishni hajmlari hamda uning mamlakat iqtisodiyoti tarkibidagi ulushi gʻoyat aniq va toʻliq hisobga olinishini taʼminlash nazarda tutilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712517" id="-1712517">4. Investitsiya loyihalarining tashabbuskorlari — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitextqurilish” qoʻmitasi bilan birgaliqda Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarining zarur loyiha hujjatlari oʻz vaqtida ishlab chiqilishi, kelishib olinishi va tasdiqlanishini taʼminlasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712518" id="-1712518">5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712519" id="-1712519">bir oy muddatda investitsiya loyihalarining tashabbuskorlari — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning 2 — 4-ilovalariga kiritilgan investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishning tarmoq jadvallarini, shuningdek hududiy investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxatlarini tasdiqlasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712520" id="-1712520">har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda ushbu qarorga muvofiq amalga oshirilishi nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini belgilangan tartibda unga kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712521" id="-1712521">6. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha idoralararo kengash (R.S. Azimov) doimiy asosda ishlarni muvofiqlashtirib borsin hamda sanoatdagi investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishni taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni tezkorlik bilan hal etsin va zarur hollarda ushbu Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalari roʻyxatiga hamda asosiy parametrlariga aniqliklar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712522" id="-1712522">7. Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, korxonalarga loyihalarning tasdiqlangan dastlabki TIAlari asosida hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik hamda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha idoralararo kengash qaroriga binoan quyidagilarni amalga oshirish huquqi berilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712523" id="-1712523">investitsiya loyihasi boʻyicha TIA hamda ish hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda, sanoat obyektlariga tutash muhandislik va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari boʻyicha qurish-montaj ishlarini bajarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712524" id="-1712524">Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining ekspert xulosalari asosida — tuzilgan va belgilangan tartibda roʻyxatga qoʻyilgan shartnomalar asosida ishlab chiqarish muddati uzoq boʻlgan uskunalarni xarid qilishga avans (boʻnak) ajratib berish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712525" id="-1712525">8. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712526" id="-1712526">injiniring qilish, yetkazib berish va obyektlarni “tayyor holda topshirish” shartlarida qurish boʻyicha tender savdolari yoki toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar natijasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalari yuzasidan TIAni tasdiqlagan holda bir stadiyali tartibda loyiha hujjatlarini tayyorlashga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712527" id="-1712527">tijorat banklariga va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga Dasturga kiritilgan, sanoatning bazaviy tarmoqlaridagi investitsiya loyihalari boʻyicha loyihadan oldingi hamda loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga imtiyozli kredit mablagʻlarini ajratishga, shu jumladan ularning qiymatini keyinchalik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ajratiladigan kreditlar summasiga qoʻshishga ruxsat etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712528" id="-1712528">9. Dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, materiallar va butlovchi buyumlar 2016-yilning 1-yanvariga qadar muddatga bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712529" id="-1712529">10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining <a href="/mact/-1712434#-1712535">5-ilovaga</a> muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712530" id="-1712530">11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1712531" id="-1712531">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1712532" id="-1712532">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1712533" id="-1712533">2010-yil 15-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1712534" id="-1712534">PQ-1442-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1712535" id="-1712535"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-1712536" id="-1712536">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 15-dekabrdagi PQ-1442-son <a href="/mact/-1712434">qaroriga</a> <br />5-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1712537" id="-1712537">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadigan qarorlari </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1712538" id="-1712538"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712539" id="-1712539">1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2009 — 2014-yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash boʻyicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida” 2009-yil 12-martdagi PQ-1072-son <a href="/mact/-1454960">qarori</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712540" id="-1712540">2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 12-oktabrdagi PQ-1204-son qarori ilovasining <a href="/mact/-1526800?ONDATE=12.10.2009 00#-1526862">7-bandi</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1712541" id="-1712541">3. Vazirlar Mahkamasining “2009-2010-yillarda eng muhim investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirish va texnologik uskunalarni xarid qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 13-iyuldagi 197-son <a href="/mact/-1498563">qarori</a>.</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1712494" id="-1712494">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 50-son, 472-modda; 2011-y., 50-son, 512-modda; 2016-y., 40-son, 469-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
