toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrug‘i
NORUDA MATERIALLARI (SHAG‘AL, QUM) ISHLAB CHIQARISH XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 9-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2288]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Noruda materiallari (shag‘al, qum) ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2011-yil 10-noyabr,
71-B-son
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 10-noyabrdagi 71-B-son buyrug‘iga
ILOVA
Noruda materiallari (shag‘al, qum) ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar noruda materiallari (shag‘al, qum) ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar noruda materiallari (shag‘al, qum) ishlab chiqarish tashkilotlariga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda asbob-uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II bob. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo‘ysunadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
2-§. Xodimlarni o‘qitish, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va ularga yo‘l-yo‘riq berishni tashkil etish
11. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining V bo‘limi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari ishlab chiqiladi hamda xodimlar va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
17. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 25-moddasi.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari bo‘lgan xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
26. Tashkilotlarda quyidagilar ta’minlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularning degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
27. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
28. Xodimlar Qurilish materiallari sanoati xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 2006, 2009-yil 15-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 38-son, 420-modda) muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
29. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
30. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
31. Bosim ostida ishlovchi ishlab chiqarish uskunalari va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
32. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatiga muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar og‘ir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
7-§. Xodimlarning sog‘lig‘ini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Majburiy tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular bo‘lmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan o‘tkaziladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud majburiy tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Davriy majburiy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va tavsiyalarning bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
39. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Sanitariya va gigiyenaga qo‘yiladigan talablar
40. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
41. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq tashkil qilish lozim.
42. Ishlab chiqarish binolarida mikroiqlim SanQvaM 0203-06 “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya me’yorlari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarni, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qo‘yiladigan talablar qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq bo‘lishi lozim.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
9-§. Tashkilot maydonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
44. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi kerak.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
45. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
46. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
47. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
48. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
49. Yilning yoz vaqtida yo‘lkalar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim.
10-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
50. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
52. Nam xonalarda hamda issiq o‘tkazuvchi pollarda (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga mo‘ljallangan ish joylarida yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
53. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanadigan bo‘lishi kerak.
54. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
55. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
56. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
57. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi kerak.
58. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
59. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
60. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
11-§. Shovqin va tebranishga qo‘yiladigan talablar
61. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
62. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lgan hollarda uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) to‘silgan xonalarda yoki sexdan tashqarida joylashtirish;
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) mustaqil poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatilishi kerak.
63. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji bo‘lmasa, shaxsiy eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak.
12-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
64. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
65. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
66. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi kerak.
67. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21°S, o‘rtacha og‘ir ishda 17°S va og‘ir ishda 16°S dan past bo‘lmasligi lozim.
68. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°S dan kam bo‘lmasligi kerak.
69. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
13-§. Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qo‘yiladigan talablar
(13-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
70. Suv bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi kerak.
(70-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
71. Ishlab chiqarish oqova suvlari, tashqi oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi lozim.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
72. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
73. Ichimlik suvining harorati 8°S dan 20°S gacha bo‘lishi kerak.
74. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha bo‘lgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
75. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yo‘q bo‘lganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarini mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.
(75-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
14-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
76. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi lozim.
(76-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
77. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘lik tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim.
78. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) to‘sib qo‘yishiga ruxsat etilmaydi.
79. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
80. Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
81. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
82. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qalpoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanilishi lozim.
83. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarida avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim.
84. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
85. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
15-§. Maishiy imoratlarga qo‘yiladigan talablar
86. Tashkilotlarda maishiy xonalar va ovqatlanish xonalari, tibbiy punktlar bo‘lishi kerak.
87. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning o‘lchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, yuz-qo‘l yuvgichlari, iste’mol suv ta’minoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni, smenadagi eng ko‘p xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi lozim.
88. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
16-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan talablar
89. Tashkilotlarda atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
90. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
91. Tashkilotlarda chiqindilarni yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va konteynerlar bilan ta’minlanishi, konteynerlar chiqindilardan bo‘shatilganidan so‘ng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
17-§. Mehnat va dam olishga qo‘yiladigan talablar
92. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
III bob. Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
93. Maydonlar va ishlab turgan uskunalar joylashgan joylar zarur to‘siqlar, himoya va saqlovchi moslama va qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Ish joylariga va ishlab chiqarish maydonlariga begona shaxslarning kirishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
94. Noruda materiallarni (shag‘al, qum) qabul qiluvchi bunkerlar va boshqa qabul qilish moslamalari oldidagi yuk tushirish maydonchalarida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga transport vositalari hamda yuk aravachalari kelganligi haqida xabardor qiluvchi tovushli yoki yorug‘lik signalizatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
95. Noruda materiallarni (shag‘al, qum) qabul qiluvchi bunkerlar va qabul qilish moslamalari oldida transport vositalari hamda yuk aravachalarining yaqinlashishiga ruxsat berilishi yoki taqiqlanishi haqida ma’lumot beruvchi svetofor o‘rnatilishi lozim.
96. Noruda materiallarni (shag‘al, qum) qabul qiluvchi bunkerlarning yuk qabul qiluvchi tuynuklari ishlamaydigan tomonidan balandligi 1 m dan kam bo‘lmagan holda to‘silishi kerak.
97. Noruda materiallarni (shag‘al, qum) qabul qiluvchi bunkerlardagi materiallar uyumlarini bartaraf qilish uchun vibrator va pnevmatik moslamalardan foydalanish zarur.
98. To‘ldirilgan bunkerlarga xodimlarning tushishi taqiqlanadi.
99. Noruda materiallarni (shag‘al, qum) qabul qiluvchi bunkerlar ko‘zdan kechirish oldidan materiallardan tozalangan bo‘lishi kerak.
100. Noruda materiallarni (shag‘al, qum) qabul qiluvchi bunkerlarda ishlarni bajarish maqsadida ularning ichiga xodimlarni tushirishda quyidagi shartlarga rioya qilish lozim:
qabul qiluvchi bunkerlar yonidagi ish maydonchasida bunker ichida bajarilayotgan ishlar to‘g‘risidagi yozuvlar bo‘lishi;
ishlar boshlanishidan avval yuklanuvchi pitatel va konveyerlar to‘xtatilgan, predoxranitellar yechilgan yoki uzuvchi vilkalar uzib qo‘yilgan, magnitli ishga tushiruvchilarga esa, “Ishga tushirilmasin — odamlar ishlayapti!” degan yozuv osib qo‘yishi;
xavfsizlik plakatlari faqat mas’ul xodimning ko‘rsatmasiga binoan, xodimlar bunker ichidan chiqib ketganlaridan keyin olinishi;
ichida xodimlar bo‘lgan bunkerlar ustida transport vositalari va yuk aravachalarining harakatlanishi yoki qo‘yilishiga ruxsat berilmasligi;
bunkerlarga tushish faqat maxsus narvonlar yordamida amalga oshirilishi;
ish jarayonida xodimlar soni 3 nafardan kam bo‘lmagan brigada tomonidan bajarilishi;
bunker ichidagi xodimlarning shartli signallar bilan o‘zaro almashinuvining tartibi belgilanishi;
bunker ichida ishlarni bajarayotgan xodim ishonchli tarzda mahkamlanib, tarang tortilgan po‘lat arqon yoki trosga karabin yordamida mahkamlangan saqlovchi kamar taqib olishi;
bunker ichida ishlayotgan xodimlar uchun xavf tug‘ilgan holatlarda ularni darhol bunker ichidan chiqarib olishi;
bunker ichini yoritish maqsadida ko‘chma lampalardan foydalanishi.
101. Kamar va arqonlar qo‘llanilishidan avval va keyin ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak. Bel tasmasi, yelka tasmasi, karabinni tortuvchi tasmalar shikastlangan (yirtilgan yoki kesilgan joyning o‘lchami qanday bo‘lishidan qat’i nazar) bo‘lsa, kamar to‘qimalari nosoz bo‘lgan holatlarda kamar va arqonlardan foydalanish taqiqlanadi.
102. Barcha harakatlanuvchi va aylanuvchi qismlar agregatlarga xizmat ko‘rsatishga xalaqit bermaydigan hamda mehnat xavfsizligini ta’minlovchi yaxlit yoki to‘rsimon to‘siqlar bilan ishonchli ravishda to‘silgan bo‘lishi kerak.
103. Arqonli, tishli va zanjirli uzatmalar yaxlit to‘siqlar bilan to‘silishi kerak. Texnologik uskunalarni to‘siqsiz ishga tushirish taqiqlanadi.
104. Uzatma tasmalari, zanjirlari va boshqalarni ta’mirlashga, ko‘rikdan o‘tkazishga, kiygizish va yechish uchun ochiladigan eshiklar va yechiladigan qismlar o‘rnatishga ruxsat beriladi.
105. Bir nechta mexanizm va uzatmalar uchun umumiy to‘siq o‘rnatish, shuningdek karkasga payvandlangan metall tasma va chiviqlarda tayyorlangan to‘siqlarni o‘rnatish taqiqlanadi.
106. Ko‘rikdan o‘tkazish joylariga olib boruvchi ko‘prikcha va narvonlar metalldan bo‘lishi kerak. Ularni tasma uzatmali uskunalarning bevosita ustida joylashtirish man etiladi.
107. Nazorat-o‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlari va yorug‘lik signalizatsiyasi elementlari ish joyidan aniq va ravshan ko‘rinadigan darajada o‘rnatilishi lozim.
108. Uskunalarni boshqarish tugmalari (knopkalari) ishga tushirish qutisi yuzasidan 3 — 5 mm ga chuqurlashtirilgan, tugmalarning kontaktlari chang va maydalanayotgan material parchalari tushishidan, shuningdek emulsiya, moy va boshqa suyuqliklarning ta’siridan himoya qilingan bo‘lishi kerak.
109. To‘xtatish tugmalari qizil rangga bo‘yalib, “Stop” degan yozuvga ega bo‘lishi va panel yuzasidan 3 mm ga chiqib turishi kerak.
110. Mexanizm, konveyer, estakadalar zonasidagi ish joylari tovushli va yorug‘lik signalizatsiyasi va boshqa aloqa vositalari o‘rnatilishi kerak.
111. Signal qurilmasini sex ishlashining istalgan sharoitida aniq va ravshan ko‘rinishi va eshitiladigan qilib joylashtirish lozim.
112. Uskunalar ularni dastlabki material bilan ta’minlovchi va ulardan maydalangan materialni olib ketuvchi qurilmalar bilan birlashtirilgan bo‘lishi lozim.
113. Sex ichi signalizatsiyasini ishga tushirish qurilmalarini bevosita mexanizmlarni boshqarish pultlari yonida, sexlararo signalizatsiyasini xizmat ko‘rsatilayotgan mexanizm va agregatlarning ish joylaridan 5 m dan uzoq bo‘lmagan masofada joylashtirish kerak.
114. Boshqarishning istalgan variantida (masofada turib boshqarish, birlashtirilgan yoki mahalliy boshqarish) maxsus o‘chirgichlar yordamida mexanizmlarni favqulodda to‘xtatish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
115. Sexning har bir ishlab chiqarish xonasining ko‘rinadigan joyida signallarni izohlab beruvchi batafsil belgilar osib qo‘yilishi kerak.
116. Texnologik uskunaning ishga tushirilishi o‘rnatilgan tovush va yorug‘lik signal olinganidan so‘ng ishga tushirishgacha bo‘lgan muayyan vaqt oralig‘ini belgilovchi tashkilotning ichki yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Barcha noaniq va tushunilmagan signal “Stop” signali sifatida qabul qilinishi lozim.
117. Texnologik uskuna ko‘rikdan o‘tishi, ta’mirlanishi va tozalanishidan avval elektr dvigatel toksizlantirilishi, predoxranitellar yechib olinishi yoki ishga tushirish qurilmasining uzish vilkasi olib qo‘yilishi kerak. Magnit ishga tushirgich yoki rubilniklarning dastalariga “Ishga tushirilmasin — odamlar ishlayapti!” degan yozuv osib qo‘yilishi kerak. Ta’mirlash ishlarini agregat to‘liq to‘xtaganidan keyin boshlash zarur.
118. Yuk ko‘taruvchi mashinalar xavfsiz ekspluatatsiyasi qoidalariga muvofiq o‘rnatilishi va ekspluatatsiya qilinishi lozim.
119. Yuk ko‘taruvchi mexanizmlar yordamida joydan-joyga ko‘chirilayotgan yuklarning harakati ish joylaridan tashqarida bo‘lishi kerak.
2-§. Yong‘in va portlashga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
120. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.
121. Ishlab chiqarishda sinalmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni qo‘llash taqiqlanadi.
122. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq me’yorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
123. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
124. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
125. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi lozim.
126. Bino va yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
127. Portlashni oldini olish uchun avtoklav, kompressor, nasoslarning podshipniklari hamda mashina va agregatlarining ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
128. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
129. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim.
130. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va yong‘inni oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
3-§. Elektr qurilmalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
131. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(131-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
132. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodim tayinlangan bo‘lishi va bu xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lishi shart.
133. Kuchlanish 1000 volt va undan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishda elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka guruhiga va kuchlanishi 1000 voltgacha bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishda IV malaka guruhiga ega bo‘lish talab etiladi. Mas’ul xodim davriy ravishda va o‘rnatilgan tartibda elektr xavfsizligi bo‘yicha tashkilotda tuzilgan komissiyada bilim sinovidan o‘tishi shart.
134. Elektr tok o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
135. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi shart.
136. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
137. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qo‘llanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
138. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qalpoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanilishi lozim.
139. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim.
140. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
141. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
142. Tok uzatilmagani sababli uskuna to‘xtatilgan hollarda elektr dvigatellar o‘chirilishi kerak.
143. Elektr apparatlari va agregatlari nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
144. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
145. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
146. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
4-§. Texnologik jarayonlarning nazorat tizimiga qo‘yiladigan talablar
147. Texnologik jarayonlarning nazorat tizimi xizmat ko‘rsatish uchun qulay va xavfsiz joylarga joylashtirilishi lozim. Bu joylarda tebranish, texnologik mahsulotlar bilan ifloslanish, tizimning aniqligi va ishonchliligiga ta’sir etuvchi mexanik va boshqa zararli ta’sirlar bo‘lmasligi lozim.
148. Texnologik jarayonlarning nazorat tizimidagi asbob-uskuna ta’mirlanganidan so‘ng sinovdan o‘tkazilishi hamda uning natijalari jurnalda qayd qilinishi lozim.
149. Nazorat vositalari ta’mirlash uchun yechilganda, o‘sha zahoti yechilgan vositalar o‘rniga tekshirilgan va ko‘rsatkichlari bir xil bo‘lgan nazorat vositalari bilan almashtirilishi lozim.
150. Nazorat vositalarining, shuningdek signal lampalarining joylashishi, ularning ko‘rsatkichlarini qulay kuzatish imkoniyatini yaratishi lozim.
151. Avtomat tarzda boshqaruv tarmog‘i markaziy tizimiga jarayonning texnologik parametrining yuqori chegarasi, ularni ish jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan yuqori chegarasiga yetganligi haqida signal beruvchi moslamalar joylashtirilishi lozim.
152. Nazorat vositalarining (termometr, manometr, hisoblagich), shuningdek signal lampalarining joylashuvi, ular ko‘rsatkichlarini bemalol erkin nazorat qilish imkonini berishi lozim.
153. Daraja ko‘rsatkichlarida shaffof element sifatida oyna yoki plastmassadan foydalanilganida, ular singanda xodimlarni jarohatlanishidan saqlovchi moslama qo‘llanishi lozim.
154. Apparat va idishlardagi bosimni nazorat qilish uchun ularga manometrlar o‘rnatilishi lozim.
155. Manometr shkalasida idishning ishchi bosimi ko‘rsatilishi lozim.
5-§. Ishlab chiqarish qurilmalarining avariya holatida o‘chirilishini ta’minlovchi texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish tizimiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
156. Texnologik jarayonlarning xavfsizligi texnologik hujjatlarga hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarga muvofiq ta’minlanishi kerak.
157. Maxsus suyuqliklar bilan bajariladigan ishlar maxsus jihozlangan maydonchalarda va xonalarda yoki ularda o‘rnatilgan maxsus kameralar (stendlar)da bajarilishi kerak. Maydonchalarga va xonalarga kirishda “Yong‘indan xavfli!”, “Chekilmasin!”, “Begonalar kirishi taqiqlanadi!” kabi ogohlantiruvchi va taqiqlovchi xavfsizlik belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
158. Alohida olingan texnologik jarayon (operatsiya)larda ishlab chiqarishning xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining vujudga kelganligi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar berishini ta’minlash maqsadida yorug‘lik va ovoz beruvchi signalizatorlar ko‘zda tutilishi lozim.
159. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik jarayonlar va operatsiyalar vaqtida, ushbu hududda xodimga bevosita xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta’sirini chegaralovchi himoya ekrani o‘rnatilgan maxsus stendlar bo‘lishi yoki ushbu operatsiyalar mexanizatsiyalashtirilgan (avtomatlashtirilgan) qurilmalardan foydalangan holda amalga oshirilishi lozim.
160. Texnologik jarayon buzilgan hollarda xodimlarga xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta’sir etishi istisno qilinishi va ular uchun ish bajarilayotgan joyni zudlik bilan va hech qanday qiyinchiliksiz tark etish imkoniyati ta’minlanishi zarur.
6-§. Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar hamda ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashish
161. Yuk ortish va tushirish ishlari, bunga mas’ul bo‘lgan xodim rahbarligida bajarilishi lozim.
162. Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni hajm o‘lchamlari ishlarni bajaruvchi texnologik qurilmalar pasportida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarga muvofiq bo‘lishi lozim.
163. Yuk ortish va tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
164. Vazni 50 kg dan ortiq bo‘lgan yuklarni ortish va tushirish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim.
165. Yuk saqlash maydonchalari hududiga kirish joyida harakat yo‘nalishi, yuk ortish va tushirish joyi yoki transport vositalarining to‘xtab turish joyini ko‘rsatuvchi chizma osilgan bo‘lishi kerak.
166. Tashkilotlar chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni joriy qilishi, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilarning hosil bo‘lishini qisqartirishi, ularni zararsizlantirishni, qayta ishlashni amalga oshirishi, saralash, saqlash, ko‘mib tashlash va utillashtirishda belgilangan tartiblarga rioya qilishi lozim.
167. Chiqindilarning xavfli turlari begona shaxslarning kirishi cheklangan joylarda, identifikatsiya belgilari va yozuvlari bilan ta’minlangan holda saqlanishi lozim.
168. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash taqiqlanadi.
169. Tashkilotda barcha turdagi chiqindilar bilan muomala yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Chiqindilarni yig‘ish, joylashtirish va tashishni ta’minlayotgan xodimlar chiqindilar bilan muomala yuritishning bexatar usullari bo‘yicha o‘qitilgan bo‘lishi kerak.
7-§. Elektrpayvandlash va gaz bilan payvandlash ishlari
170. Payvandlash ishlarini faqat tashkilot rahbarining yoki bosh muhandisning yozma ruxsatnomasidan keyin, ushbu tashkilotga xizmat ko‘rsatuvchi o‘t o‘chirish bo‘linmasining boshlig‘iga majburiy ravishda yozma bildirish qog‘ozi taqdim etilgan holda amalga oshirilishi lozim.
171. Payvandlash ishlarini boshlashdan avval joylarda quyidagi xavfsizlik choralari bajarilishi kerak:
o‘t o‘chirish vositalari — kamida ikkita ko‘pikli o‘t o‘chirgich, 1 m3 hajmdan kam bo‘lmagan suv zaxirasiga ega idishlar va qumli yashiklar tayyorlangan bo‘lishi kerak;
payvandlash ishlari bajarilayotgan joydan 10 m gacha bo‘lgan masofada tez alanga oluvchi barcha materiallarni boshqa yerga ko‘chirish kerak;
payvandlash ishlari bajarilayotgan joydan 2 m masofagacha bo‘lgan inshootlarning yog‘och va boshqa yonuvchan qismlari asbest yoki po‘lat tunukalar bilan himoyalangan bo‘lishi kerak;
uskunalarning yonuvchi yoki moylanuvchi qismlariga uchqun sachrashiga qarshi ehtiyot choralari ko‘rilgan bo‘lishi kerak;
payvandlash ishlari bajarilayotgan joylar yonida o‘t o‘chirish posti qo‘yilishi kerak;
payvandlash ishlari quruq sexlarda bajarilayotganida payvandlanayotgan joy yonidagi texnologik uskunalar to‘xtatilishi zarur.
IV bob. Asbob-uskuna va jihozlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
1-§. Ta’minlagichlarga (maydalagichga noruda material (shag‘al, qum) yetkazib beruvchi moslamalar) bo‘lgan xavfsizlik talablari
172. Singan yoki egilgan plastinalari bo‘lgan plastinali ta’minlagichni ishlatish taqiqlanadi. Ta’minlagichlar plastinalarining cheti to‘silgan bo‘lishi kerak.
173. Plastinali ta’minlagichni ishga tushirish maydalovchidan signal olinganidan keyin ruxsat etiladi.
174. Ta’minlagichda ishlovchi xodim zarurat yuzasidan o‘z ish joyida bo‘lmagan taqdirda uning o‘rnida smena masterining ruxsati bilan ta’minlagichni boshqarish huquqiga ega bo‘lgan boshqa xodim vaqtincha ishlab turishi mumkin.
175. Tog‘ jinslarini maydalovchi tuynugiga kelib tushishini kuzatib turish uchun ta’minlovchining ish joyi himoya yopqichiga (kojuxiga) ega darchalar yoki maxsus kabinalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
176. Ta’minlagichlarga yoki ularning tuynugiga materiallar tiqilib qolsa, u holda ularni to‘xtatish lozim, yirik materiallar yuk ko‘tarish mexanizmlari yordamida olib tashlanadi. Bunda xodim yuk ko‘tarish mexanizmining ishlash zonasidan tashqarida bo‘lishi kerak.
2-§. Maydalovchi qurilmalarga (drobilka) bo‘lgan xavfsizlik talablari
177. Maydalovchi qurilmalarning yuza qismlari va plitalarning ko‘taruvchi mexanizmlari ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga mo‘ljallanib jihozlanishi lozim.
178. Maydalash jarayonining barcha bosqichlarida material yuklanadigan qurilmalar metall predmetlarni tutib qoluvchi moslamalarga ega bo‘lishi kerak.
179. Maydalovchi qurilmalarni ko‘zdan kechirish joylariga olib boruvchi ko‘prikcha va narvonlar metalldan bo‘lishi kerak. Ularni bevosita maydalovchi qurilmalarning og‘zi ustida joylashtirish taqiqlanadi.
180. Maydalovchi qurilmalarning material qabul qiluvchi konussimon og‘izlari yechib olinadigan yaxlit to‘siqlar bilan, yassi yuzali maydalovchi qurilmalarning balandligi 1 m dan kam bo‘lmagan to‘siq bilan yopilishi kerak.
181. Maydalovchi qurilmalar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan qurilmalar puxta zichlangan va aspiratsiya tizimlariga ulangan bo‘lishi lozim. Yozda changsizlashtirishning gidravlik tizimini ishga tushirish kerak.
182. Maydalovchi qurilmalar uzoq muddatga to‘xtatilgan hollarda ta’minlagichdagi barcha material olib tashlanishi kerak.
183. Maydalovchi qurilmalarga material yetkazib berish jarayoni mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim.
184. Bolg‘ali va rotorli maydalovchi qurilmalardagi panjaralarni tozalash ishlari maydalovchi qurilmalar to‘liq to‘xtatilib, elektr dvigatel elektr tokidan uzilgan holatda, ko‘zdan kechirish tuynuklari orqali maxsus moslamalar yordamida amalga oshiriladi.
185. Bolg‘ali va rotorli maydalovchi qurilmalarni ishga tushirishdan avval bolg‘a va rotor to‘g‘ri balansirovka qilinganligini tekshirish lozim.
186. Maydalovchi qurilmalar nosoz ishlaganida (kuchli tebranish, bolg‘a ishdan chiqishi, boltlar uzilib ketishi, podshipniklar qizib ketishi va boshqalar) darhol to‘xtatish kerak.
3-§. Ko‘chma maydalash-saralash qurilmalarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
187. Ko‘chma agregatda o‘rnatilgan maydalash-saralash qurilmalari va ularni bog‘lovchi konveyerlar ushbu agregat uchun umumiy bo‘lgan to‘siq bilan to‘silishi lozim.
188. Ko‘chma maydalash-saralash qurilmalarining og‘zi (qabul qiluvchi voronkasi) yonidagi maydoncha mustahkam to‘siqqa ega bo‘lishi kerak, uning qabul qiluvchi tuynugi tepasida esa kataklarining o‘lchami 150 x 150 mm dan katta bo‘lmagan metall panjara o‘rnatilishi lozim.
189. Ko‘chma maydalash-saralash qurilmalari barcha mexanizmlar qayta ishlanayotgan materiallardan bo‘shatilganidan keyin to‘xtatilishi mumkin.
190. Ko‘chma maydalash-saralash qurilmalari majburiy to‘xtatilgan holatlarda ularning ishchi bo‘shliqlari qayta ishlanayotgan materiallardan tozalanishi kerak.
4-§. G‘alvirlarga va g‘alvir-mashinalarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
191. Panjarali g‘alvirlar bortlarining balandligi 0,8 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
192. G‘alvirlardagi material yetkazib beruvchi qurilmalar materialning g‘alvirga tushadigan miqdorini taqsimlovchi moslama bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
193. G‘alvirga materialni yetkazib beruvchi va o‘lchamlariga bog‘liq ravishda saralab ajratib beruvchi qurilmalar (techkalar) butun, puxta zichlangan va aspiratsiya tizimlariga ulangan bo‘lishi kerak.
194. G‘alvirning alohida kataklarini tiqilib qolgan materialdan tozalash ishlari faqat maxsus asbob-uskuna (uchida ilgagi bo‘lgan temir kosov) yordamida, g‘alvir-mashina to‘xtatilgan holatda amalga oshirilishi zarur.
195. Barabanli g‘alvir-mashinalar havo so‘ruvchi tizimga ulangan zich metall kojuxlar bilan yopilishi lozim.
196. G‘alvir-mashinalarning barcha harakatlanuvchi qismlari to‘silgan bo‘lishi kerak.
197. Tebranish yoki g‘alvir-mashinadan chiqayotgan shovqin to‘satdan kuchayib ketsa va boshqa nosozliklar vujudga kelgan hollarda g‘alvir mashina darhol to‘xtatilishi lozim.
198. G‘alvir-mashina suvli muhitda ishlatilayotganida vanna, pulpovod (bo‘tana quvuri) va past bosimli gidrotsiklonda teshik hosil bo‘lsa, suv sizib chiqa boshlasa g‘alvir-mashinani to‘xtatish kerak.
5-§. Spiralli klassifikatorlarga (donador materiallarni saralovchi apparat) bo‘lgan xavfsizlik talablari
199. Foydalanishdan yoki ta’mirlanganidan keyin ishga tushirilishidan avval spiralli klassifikator salt (yuklanishsiz) rejimda kamida 4 soat ishlatilishi kerak.
200. Salt rejimda aylantirilayotganida ko‘tarish mexanizmining ishonchli ishlashini tekshirib olish zarur.
201. Spiralli klassifikator sinovdan o‘tkazilganidan keyin uni material (shag‘al, qum) bilan to‘ldirish asta-sekin, bir maromda bajarilishi kerak.
202. Yuk qabul qiluvchi tarnovning tog‘oraga ulangan joyida nazorat metall to‘ri o‘rnatilishi kerak.
203. Spiralli klassifikator to‘xtalishidan oldin pulpa (suyultirilgan yer jinslari) yetkazib berishni to‘xtatish va spirallar yordamida tog‘oradan ishlov berilayotgan material olib tashlanishi kerak.
204. Spiralli klassifikator qisqa vaqtga to‘xtatilganida spirallarni yuqoriga ko‘tarib qo‘yish lozim. Spiralli klassifikator ishga tushirilganidan keyin spirallarni qumga tushirish asta-sekin bajarilishi lozim.
205. Bosim ostida bo‘lgan quvurlardagi flanetsli birikmalarning boltlarini tortish man etiladi.
206. Spiralli klassifikatorlarni ishga tushirish quyidagi nosozliklar mavjud bo‘lganida taqiqlanadi:
tog‘oradan qum sizib chiqsa;
spirallarning ko‘taruvchi mexanizmlarida nosozlik aniqlansa;
spirallarning yedirilishi me’yoridan ortiq bo‘lsa;
spirallar va sozlov qurilmalar shikastlansa.
207. Spiralli klassifikator to‘satdan to‘xtab qolgan holatlarda spirallarni ko‘tarish va to‘xtaganidan keyin 10 — 15 daqiqa o‘tib tog‘orani suv bilan yuvish kerak.
6-§. Yuvish uskunalariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
208. Yuvish uskunalariga suv yetkazib beruvchi tarnovlarda quyidagilar bo‘lishi lozim:
pulpa sachratilishini oldini olish maqsadida yopiq bo‘lishi;
yetkazib berilayotgan material tezligini kamaytirish uchun tarnov oxirida tezlik so‘ndirish qutilari bilan jihozlanishi;
tarnovlarda qattiq zarrachalarning cho‘kindilari hosil bo‘lmasligi uchun zarur o‘lchamli to‘siqlarga ega bo‘lishi kerak.
209. Materialni tushirib olish patrubkalarini ta’mirlash uchun yetarli joy ajratilishi lozim.
7-§. Lentali (tasmali) konveyerlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
210. Konveyer ostidagi pol qattiq tekis qoplamaga ega bo‘lishi kerak. Aylanuvchi qismlardan polgacha bo‘lgan masofa 0,6 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
211. Lentaga parallel joylashgan metall konstruksiyalarning elementlari uning ishchi bo‘lmagan yuzasidan 100 mm dan uzoqroqda, salt tarmog‘ining yuk ko‘taruvchi yuzasidan esa 200 mm dan uzoqroq masofada bo‘lishi kerak.
212. Konveyerning “turg‘un nuqtalari” (uzatma va tortish stansiyalari, yuk ortish va tushirish tugunlari, tozalash qurilmalari, barabanlar) va to‘kilmalar yig‘iluvchi joy 20 lyuksdan kam bo‘lmagan yorug‘lik bilan yoritilishi lozim.
213. Lentadan yirik fraksiyalar tushib (dumalab) ketishini oldini olish maqsadida vertikal bortlar o‘rnatilishi kerak. Bortlar va lenta o‘rtasidagi oraliqning kattaligi tashilayotgan yuklarning tiqilib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur.
214. Konveyerning turtib chiqqan elementlari va ship o‘rtasidagi masofa kamida 0,6 m ni tashkil qilishi kerak.
215. Konveyerning pol sathidan pastroqda joylashgan qismlari yaxlit bort bilan to‘silishi lozim.
216. Tasmali konveyerda materialni tushirib oluvchi barabanli aravacha o‘rnatilganida konveyerning har bir tomonidan kamida 1 m o‘tish yo‘llari qoldirish zarur.
217. Yer osti va yer usti galereyalarning nolga teng sath maydonchasi bilan kesishgan joylarida tashqi kirish va o‘tish joylari, konveyer ustidan o‘tuvchi ko‘prikchalar o‘rnatilishi zarur. O‘tish ko‘prikchasi konstruksiyasining ostki qismi va material qatlami o‘rtasidagi oraliq 600 mm dan kam bo‘lmasligi kerak.
218. Uzun konveyerlarda o‘tish ko‘prikchalari ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish xonalaridagi konveyerlar uchun har 25 — 30 m dan keyin qo‘yiladigan ko‘prikchalar yaxlit qoplamali va balandligi 1 m dan kam bo‘lmagan panjarali to‘siqlarga ega bo‘lishi lozim.
219. Konveyerlar o‘tish yo‘llari uskunalarning tepasida joylashadigan bo‘lsa, ularning quyi tarmoqlari to‘kilayotgan material tushib ketishini va xodimlarning konveyer tasmasiga bexosdan tegib ketishini oldini olish maqsadida yaxlit qoplama bilan to‘silgan bo‘lishi kerak.
220. Konveyer uzatmasi pol sathidan 1,5 m dan balandda o‘rnatilgan hollarda unga xizmat ko‘rsatish maydonchasi panjaralar va zinalar bilan jihozlanishi lozim.
221. Qiya konveyer galereyalarida xodimlar o‘tishi uchun 30 — 50 sm oraliqda ko‘ndalang reykalari bo‘lgan traplar tashkil qilinadi.
222. Yer osti galereyalarining suv bosgan joylari quritilishi zarur. Erkin o‘tish joylarining namlangan qismlarida traplar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
223. Konveyer yaqinidagi o‘tish joylarida begona predmetlar, chiqindilarning to‘planishi taqiqlanadi.
224. Tasmali konveyerlar yordamida quruq va changiydigan materiallar tashilganida yuk ortiladigan va tushiriladigan joylarning zichligi doimiy ravishda ko‘zdan kechirilishi zarur, bu kabi joylar aspiratsiya tizimlariga ulanishi, gidravlik changsizlantirish tizimi o‘rnatilishi lozim.
225. Tasmali konveyerlarda tasma uzilgan holatlarda uzatmani to‘xtatib qo‘yuvchi qurilmalar ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
226. Konveyerlar istalgan nuqtada konveyer to‘xtatilishini ta’minlovchi trosli uzgichlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Konveyerning uzunligi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, uning yuk qabul qiluvchi va yuk tushiruvchi qismlarida avariya uzgichlari o‘rnatilgan bo‘lishi zarur.
227. Agar dvigatel to‘xtatilganida yoki konveyer qiyaligi 600 ga teng bo‘lganida konveyer tasmasi yuk bilan birga ixtiyoriy ravishda harakatlanishi mumkin bo‘lsa, uzatmada material orqaga ketib qolishini oldini oluvchi tormoz qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
228. Konveyerlarning yuk tushirish moslamalari bir vaqtning o‘zida uzatmali barabanlarning to‘sig‘i bo‘lib xizmat qilishlari kerak. Yuk tushirish moslamasi konstruksiyasining yuqori qismida tasma barabanga tegib turuvchi joylarini to‘sib turuvchi yechma bortlar o‘rnatiladi.
229. Taranglovchi barabanlar baraban o‘qidan hisoblaganda uzunligi 1,5 m dan kam bo‘lmagan to‘rsimon to‘siqlar bilan to‘silishi kerak.
230. Moylovchi moslamalar to‘siqlardan tashqarida joylashtirilishi lozim.
231. Harakatlanayotgan konveyer tasmasining baraban va tayanch-g‘altak chetlari chegarasidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Tasma chetga chiqib ketishining oldini olish uchun statsionar konveyerlarda maxsus qurilmalar o‘rnatilishi lozim.
232. Tasmali konveyerlar tagiga to‘kilgan materiallardan tozalash gidravlik usulda (suv yordamida) amalga oshirilishi kerak. Konveyer tagidagi materiallarni qo‘lda olib tashlash faqat konveyer to‘liq to‘xtatilganidan so‘ng amalga oshirilishi lozim. Bunda konveyer elektr dvigateli elektr tokidan uzib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
233. Ishlab chiqarish xonalaridan tashqarida o‘rnatilgan konveyerlar, shuningdek yer ustida o‘rnatilgan konveyerlar uchun qazilgan xandaqlar (transheyalar) balandligi 1 m dan kam bo‘lmagan to‘siqlar bilan to‘silishi lozim.
234. Konveyerdan yuqorida joylashgan maydonchalar va o‘tish joylaridan xandaq (transheya) hamda chuqurchalarga predmetlar tushishi ehtimoli bo‘lgan uchastkalar to‘r bilan himoyalangan bo‘lishi lozim.
235. Changiydigan materiallarni tashuvchi shneklar maxsus kojuxlar bilan yopilib, puxta zichlanishi kerak. Kojuxlar aspiratsiya tizimlariga ulangan bo‘lishi zarur.
236. Elevatorlarni jihozlash vaqtida yuk ortish va tushirish joylariga uzgichlar o‘rnatilishi ko‘zda tutilishi lozim.
237. Elektr zanjirlarida uzilishlarni o‘z vaqtida aniqlash maqsadida elevatorlar signalizatsiya vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
238. Elevatorlarda cho‘michlarning orqaga qaytishini oldini oluvchi qurilmalar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
239. Elevatorlar yer sathidan pastda o‘rnatilgan holatlarda chuqurchalarning o‘lchamlari elevator mexanizmlarini ko‘zdan kechirish va joriy ta’mirlash ishlarini bajarishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Chuqurchalar balandligi 1 m dan kam bo‘lmagan va tag qismida 20 sm li qoplamasi bo‘lgan to‘siq bilan to‘silgan bo‘lishi kerak.
240. Elevatorning baland nuqtasi va ship (tom)gacha bo‘lgan masofa 1 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
V bob. Ta’mirlash (tuzatish) ishlarini bajarishda xavfsizlik talablari
241. Ishlab chiqarish sexlaridagi ta’mirlash va montaj ishlarini bajarish vaqtida ta’mirlash ishlarining rahbari tashkilot rahbari bilan birgalikda ushbu ishlarni xavfsiz bajarilishini, shuningdek ishlash uchun qoldirilgan asbob-uskunalar normal ishlashini ta’minlovchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishi zarur.
242. Texnologik asbob-uskunalar va boshqa mexanizmlarni ta’mirlash va montaj ishlarini boshqarish uchun ta’mirlash va montaj ishlari bo‘yicha mas’ul xodim tayinlanishi lozim.
243. Ta’mirlash va montaj maydonchalari mashinalarning yirik qismlarini va detallarini, moslamalar, qurilmalar va asbob-uskunalarni, shuningdek ta’mirlash ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan materiallarni joylashtirilishini ta’minlovchi o‘lchamlarga ega bo‘lishi kerak.
244. Ta’mirlash maydonchalarida mashina qismlarini va detallarini joylashtirishda ular orasidagi o‘tish joylari belgilangan me’yorlarga muvofiq bo‘lishi ta’minlanishi lozim.
245. Ta’mirlash ishlarini bajarishda, agar kran mexanizmlari yoki mashina va agregatlar tepasida ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan maxsus maydonchalar bo‘lmasa, u holda ko‘tarish mexanizmlarining to‘sinlari uchun mustahkam tayanchlar (uchoyoqli, to‘rtoyoqli va boshqalar) o‘rnatilishi shart.
246. To‘sinlar agregatning eng og‘ir detalini yoki butun mashinani ko‘tarish uchun mo‘ljallanib, uch karra mustahkamlik zaxirasiga ega bo‘lishi kerak.
247. Havozalar puxta va mustahkam o‘rnatilishi kerak.
248. Ko‘chma narvonlar mustahkam, yengil va ularning pastki qismi o‘tkir metall tishli yoki rezina poynakli tayanchlardan iborat bo‘lishi kerak.
249. Ochiladigan qo‘sh oyoqli narvonlar o‘z-o‘zidan kerilib ketishidan saqlaydigan moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
250. Ko‘chma narvonda ishlashga faqat narvonning pastki qismi yonida ikkinchi xodim turganidagina ruxsat etiladi.
251. Yaxlit qoplama to‘shalmagan yoki ishlar xavfsiz bajarilishini ta’minlaydigan boshqa chora-tadbirlar ko‘rilmagan taqdirda bir vaqtning o‘zida bir vertikaldagi turli nuqtalarda ta’mirlash ishlarini bajarish taqiqlanadi.
252. Uskuna ta’mirlanayotgan vaqtda uni sinash uchun ishlatib ko‘rish, ta’mirlash ishlari bo‘yicha mas’ul xodim ruxsatiga ko‘ra shu uskunani ta’mirlayotgan xodimlarga ruxsat etiladi.
253. Konveyer tasmalarini almashtirish va ularning uchlari, elevator zanjirlari va boshqalarni birlashtirishda belgilangan yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega takelaj (yukni ko‘taradigan yoki bir joydan ikkinchi joyga ko‘chiradigan mexanizmlar moslamasi) qurilmalaridan foydalanish lozim.
254. Ta’mirlash ishlaridan so‘ng mexanizm va asbob-uskunalarni qabul qilishda to‘siqlar, himoya qurilmalari, avtoblokirovka, yerga tutashtirish, tok o‘tkazuvchi qismlar izolyatsiyasining mavjudligi, ishga yaroqliligi va texnika xavfsizligi talablariga javob berishi, shuningdek uskuna va mexanizmlarni xavfsiz ekspluatatsiyasini ta’minlovchi boshqa chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi tekshirilishi lozim.
255. Montaj qilingan yoki ta’mirlangan ishlab chiqarish uskunasini tegishli to‘siqlar o‘rnatmasdan, xavfsiz xizmat ko‘rsatilishini ta’minlovchi tovushli signalizatsiya va blokirovka o‘rnatmasdan ishga tushirish taqiqlanadi.
256. Pnevmatik asboblarning havo shlanglarini o‘zaro biriktirish va ajratish faqat havo berish to‘xtatilganidan keyin amalga oshirilishi mumkin.
257. Devorga tirab qo‘yiluvchi narvonlarda mexanizatsiyalashtirilgan asboblar yordamida ishlarni bajarish taqiqlanadi.
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
258. Tashkilotlarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
259. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(259-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi, Jinoyat kodeksining 257-moddasi.
VII bob. Yakuniy qoida
260. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NORBOYEVA
2011-yil 1-noyabr
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. XODJAYEV
2011-yil 1-noyabr
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i B. G‘ULOMOV
2011-yil 1-noyabr
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i A. NIMATULLAYEV
2011-yil 1-noyabr
Sog‘liqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2011-yil 1-noyabr
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2011-yil 1-noyabr
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
2011-yil 1-noyabr
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 49-son, 507-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)