1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.07.00 Alohida toifadagi xodimlarni mehnatining muhofaza qilish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QAʼRINI GEOLOGIK OʻRGANISH, SANOATDA, KONCHILIKDA VA KOMMUNAL-MAISHIY SEKTORDA ISHLARNING BEXATAR OLIB BORILISHINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
buyrugʻi
TOZALANGAN TABIIY MOY KISLOTALARI ISHLAB CHIQARISH XODIMLARI UCHUN XAVFSIZLIK QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 4-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2274]
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 63-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2274-1, 14.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 681-modda)
1. Tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq B. GʻULOMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 5-sentabr,
199-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 5-sentabrdagi 199-son buyrugʻiga ILOVA
Tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 63-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2274-1, 14.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 681-modda)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarish tashkilotlariga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan, shu jumladan noqulay va alohida mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar berilishi yuzasidan davlat nazorati mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Mehnatni muhofaza qilish holatini oʻrganish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat kasaba uyushmalariga va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil etilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 63-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2274-1, 14.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 681-modda)
II bob. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish boʻyicha qoidalarni oʻz ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 63-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2274-1, 14.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 681-modda)
7. “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 63-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2274-1, 14.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 681-modda)
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-23-sonli qarori (roʻyxat raqami 2274-2, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2274-2/0120-son)
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
11. Tashkilot xodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining V boʻlimi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
13. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-2014 boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
17. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 25-moddasi.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari muhitidan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari boʻlgan xonadagi barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
26. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
27. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
28. Xodimlar Yogʻ-moy va tamaki ishlab chiqarish xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 2113, 2010-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 205-modda) muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
29. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
30. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
31. Bosim ostida ishlovchi ishlab chiqarish uskunalar va xavfi yuqori boʻlgan ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-23-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2274-2, 10.02.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2274-2/0120-son)
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
35. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va vakolatli sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
36. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
38. Tashkilot rahbariyati oʻz xodimlarining majburiy tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtishi uchun va majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan shaxslarni ishga qoʻyish natijasida fuqarolarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar boʻladi.
(34 — 38-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 63-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2274-1, 14.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 681-modda)
39. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
40. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi lozim.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
41. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
42. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak. Yorugʻ tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim.
43. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) toʻsib qoʻyishiga ruxsat etilmaydi.
44. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
45. Uchastka va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
46. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
9-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
47. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
48. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
49. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmasligi lozim.
50. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 210 S, oʻrtacha ogʻir ishda 170 S va ogʻir ishda 160 S dan past boʻlmasligi kerak.
51. Xodimlarining isinishi uchun xonalarda harorat 220 S dan kam boʻlmasligi kerak.
52. Maishiy xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq oqib keluvchi va soʻruvchi shamollatish tizimi bilan jihozlanishi lozim.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
53. Tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan havo almashtirish tizimi qurilmalarini xavfsiz ishlatish boʻyicha javobgar shaxs tayinlanishi lozim. Shamollatish tizimi qurilmalari ishga yaroqli holda saqlanishi, davriy ravishda koʻrikdan oʻtkazilib, tozalanib turilishi, nosozliklar aniqlanganida esa, zudlik bilan taʼmirlanishi lozim. Tashkilotlarda havo harorati SanQvaM 12.01.005 “Ish zonasidagi havoga umumiy sanitariya-gigiyena talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
10-§. Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimiga qoʻyiladigan talablar
54. Suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi kerak.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
55. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
56. Ichimlik suvining harorati 80 S dan 200 S gacha boʻlishi kerak.
57. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
58. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yoʻq boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarini mavjud boʻlishiga ruxsat etiladi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
11-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
59. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
60. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga muvofiq tashkil qilish lozim.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
61. Ishlab chiqarish binolarida mikroiqlim SanQvaM 0203-06 “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya meʼyorlari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
12-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
62. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos boʻlishi kerak.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
63. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
64. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
65. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
66. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
67. Yilning yoz vaqtida yoʻlkalar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi lozim.
13-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
68. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
69. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
70. Nam xonalarda hamda issiq oʻtkazuvchi pollarda (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga moʻljallangan ish joylarida yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
71. Pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanadigan boʻlishi kerak.
72. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
73. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
74. Transport vositalari binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq boʻlishi kerak.
75. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq boʻlishi kerak.
76. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
77. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam boʻlmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
78. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
14-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
79. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaN 0325-16 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasi sanitariya meʼyorlari”, SanQvaN 0326-16 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-14 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-2004 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Tebranma xavfsizlik. Umumiy talablar” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
(79-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
80. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlgan hollarda uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki sexdan tashqarida joylashtirish;
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va shu kabilar) mustaqil poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatilishi kerak.
81. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji boʻlmasa, shaxsiy eshitish aʼzolarini himoya qilish vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak.
82. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-23-sonli qarori (roʻyxat raqami 2274-2, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2274-2/0120-son)
83. Elektr toki oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslar (marmar, tekstolit, getinaks va boshqalar)da montaj qilinishi lozim.
84. Yuqori namlik issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik saqlashdan himoyalangan yoki yopiq ijroda boʻlishi shart.
85. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
86. Koʻchirib yuruvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanilishi lozim.
87. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.
88. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
89. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalari, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va asboblar bilan oʻlchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
90. Elektr qurilmalari va agregatlarini nolga va yerga ulash simlarining butligi tashkilotning masʼul xodimi boshchiligidagi komissiya tomonidan kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
91. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yoʻl qoʻyiluvchi yuklanishi hisobga olingan holda tashkilotning masʼul xodimi ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
92. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
93. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi lozim.
16-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
94. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
III bob. Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga boʻlgan talablar
1-§. Texnologiya jarayonlariga qoʻyiladigan umumiy xavfsizlik talablari
95. Tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarish texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
96. Ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali taʼminlanadi:
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat koʻrsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qoʻllash;
ishlovchilarga zararli taʼsir koʻrsatmaydigan birlamchi material, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlarni qoʻllash, agar ushbu talabni bajarishning imkoni boʻlmasa ishlab chiqarish jarayonining xavfsizligini va xodimlarning himoyasini taʼminlovchi choralar koʻrish;
shikastlanish va kasb kasalliklari manbai boʻlmagan ishlab chiqarish uskunalarini qoʻllash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qoʻllash;
ishlab chiqarish uskunalarini toʻgʻri joylashtirish va ish joylarini toʻgʻri tashkil etish;
birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashishning xavfsiz usullarini qoʻllash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining xususiyatiga mos keluvchi himoyalanish vositalarini qoʻllash;
ish bajarilayotgan paytdagi xavfli hududlarni belgilash.
97. Ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli meʼyorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
98. Ishlab chiqarish jarayonlari soz uskunalar, soz nazorat-oʻlchash asboblari, himoya toʻsiqlari, blokirovkalar, ishga tushiruvchi apparatlar, texnologik asbob-uskunalar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
99. Ishlab chiqarish jarayoni texnologik hujjatlarga muvofiq olib borilishi lozim.
100. Ishlab chiqarish jarayonida birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlar qoʻllanilsa, shuningdek xavfli va zararli ishlab chiqarish omillariga ega boʻlgan oraliq moddalar hosil boʻlsa xodimlarga oldindan oʻzini bexatar tutish qoidalari haqida maʼlum qilinishi va ular tegishli tartibda oʻqitilishi hamda himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
101. Birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlarni qoʻllashga faqat belgilangan tartibda tegishli gigiyenik meʼyorlar tasdiqlangandan soʻng ruxsat etiladi.
2-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
102. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari” ga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
103. Ishlab chiqarishda sinalmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni qoʻllash taqiqlanadi.
104. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq meʼyorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
105. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
106. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
107. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi lozim.
108. Bino va yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
109. Portlashni oldini olish uchun avtoklav, kompressor, nasoslarning podshipniklari hamda mashina va agregatlarining ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
110. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
111. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
112. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va yongʻinni oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
3-§. Texnologik jarayonlarning nazorat tizimiga qoʻyiladigan talablar
113. Texnologik jarayonlarning nazorat tizimi xizmat koʻrsatish uchun qulay va xavfsiz joylarga joylashtirilishi lozim. Bu joylarda silkinish, texnologik mahsulotlar bilan ifloslanish, tizimning aniqligi va ishonchliligiga taʼsir etuvchi mexanik va boshqa zararli taʼsirlar boʻlmasligi lozim.
114. Texnologik jarayonlarning nazorat tizimi taʼmirlanganidan soʻng sinovdan oʻtkazilishi hamda uning natijalari uskunaning pasporti va maxsus jurnalda qayd qilinishi lozim.
115. Nazorat uskunalari yechilgan holda taʼmirlanayotganda, ushbu uskunalar zudlik bilan tekshirilgan va koʻrsatkichlari bir xil boʻlgan uskunalar bilan almashtirilishi lozim.
116. Nazorat uskunalari va signal lampalarining joylashishi hamda ularning koʻrsatkichlarini qulay kuzatish imkoniyatini yaratishi lozim.
117. Avtomatik tarzda boshqaruv tarmogʻi markaziy pultida jarayonning texnologik parametri kattaligi, uning ish jarayonida yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan kattalikka yetganligi haqida avtomatik tarzda signal beruvchi qurilmalar joylashtirilishi lozim.
118. Boʻlinish chegarasi boʻlgan moddalarning idishlardagi suyuqlik sathini nazorat qilish uchun yuqori va quyi sathlar belgilangan koʻrsatkich qoʻllanishi lozim.
119. Daraja koʻrsatkichlarida shaffof element sifatida oyna yoki plastmassadan foydalanishda, ular singanda xodimlarni jarohatlanishdan saqlovchi moslama qoʻllanishi lozim.
120. Havoda va ishlab chiqarish xonasining avtoklav boʻlimida hamda kompressor stansiyalarida portlash xavfi bor gazlar miqdori doimiy nazorat qilinishi lozim.
121. Boʻlinish chegarasi boʻlgan moddalarning idishlardagi suyuqlik sathini nazorat qilish lozim. Idishlardagi sath koʻrsatkichlaridan tashqari ovozli, yorugʻlik va boshqa signalizatorlar qoʻllanishi mumkin.
4-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yuzaga kelganligi haqida oʻz vaqtida xabar berish usullari
122. Yonuvchi gazlar va bugʻlar ajralib chiqishi ehtimoli yuqori boʻlgan ishlab chiqarish xonalari ishchi hududi havo tarkibida gazlarning portlash jihatidan xavfli darajalari mavjudligini nazorat qilish uchun avtomatik signalizatorlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Signalizatorlar avariya shamollatish tizimiga ulangan boʻlishi hamda chiroqli va tovushli signallar berish xususiyatiga ega boʻlishi lozim.
123. Signalizatsiya tizimi, xonalar havosida portlash xavfi boʻlgan gazlar va bugʻlar miqdori alangalanish past chegarasining 10 foiziga yetganda va soʻruvchi avariyaviy shamollatish tizimi ishga tushganda, ishlab ketishi kerak. Toʻkilgan yuzadagi merkapatanlarning qoldiqlari 10 foizli xlor, ohakli suv eritmasi bilan zararsizlantirilishi lozim.
5-§. Kislota va ishqorlar bilan ishlash jarayoniga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
124. Kislota va ishqorlarni quyish, tushirish va tashish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.
126. Kislota va ishqorlarni idishlarga faqat yuqoridagi lyuklar va quvurlar orqali quyishga ruxsat etiladi.
127. Kislota, ishqor va boshqa agressiv moddalar bilan ishlar bajariluvchi xonalarda oʻziga-oʻzi yordam berish uchun favvorachali qoʻl yuvgichlar oʻrnatilgan boʻlishi, va neytrallovchi vositalarning zarur boʻlgan zaxirasi tayyorlab qoʻyilishi lozim.
128. Yoʻlaklar ustidan oʻtgan kislota va ishqor quvurlarining flanetsli birikmalari boʻlmasligi lozim. Barcha flanetsli birikmalar metall gʻiloflar bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
129. Suyultirilgan oltingugurt kislotasini poʻlat idishlarda, 78 foizdan past darajada suyultirilgan oltingugurt kislotasini faqat kislotaga chidamli yopiq idishlarda saqlashga ruxsat etiladi.
130. Kislotalar boshqa materiallardan alohida saqlanishi lozim. Oltingugurt kislotasi eritmasini tayyorlashda kislotani suvga ohista quyib aralashtirib turish lozim. Oltingugurt kislotasiga suvni quyish taqiqlanadi.
131. Barcha idishlar va oʻlchagichlar sath oʻlchagichlar va zaxiradagi idishga yoʻnaltirilgan boʻshatish quvurlariga ega boʻlishi lozim. Boʻshatish quvurlari idishning ustki yuzasidan kamida 0,15 m masofada oʻrnatilishi lozim.
132. Oʻyuvchi ishqorlar qopqoqlari doimo yopiq poʻlat rezervuarlarda saqlanishi lozim. Ishqorlarni aluminiy va ruhlangan idishlarda saqlash taqiqlanadi.
133. Qattiq ishqorli barabanlarning qopqoqlari zich yopilgan boʻlishi, barabanlar quruq xonalarda saqlanishi lozim.
134. Kislota va ishqor ortilgan transport vositasida odamlarni olib yurish taqiqlanadi. Kislota va ishqorlarni boshqa materiallar bilan birga tashishga ruxsat etilmaydi.
135. Kislota va ishqorli idishlar yashiklarga joylashtirilishi va maxsus aravachalarda tashilishi yoki ikki ishchi tomonidan maxsus jihozlangan zambillarda olib yurilishi lozim. Bunda idishlar mahkam berkitilgan va ularga suyuqlikning nomi yozilgan birka osib qoʻyilgan boʻlishi lozim. Kislota va ishqorlarni ochiq idishlarda tashish taqiqlanadi. Oʻyuvchi suyuqliklarni korzinkaning dastagidan tutib koʻtarishga faqat korzinkaning tubi va dastaklarining mustahkamligi tekshirib koʻrilgandan soʻnggina ruxsat etiladi. Kislota va ishqorlarning sexlardagi zaxirasi bir kunlik ehtiyojdan ortmasligi lozim.
136. Kislota va ishqorli butilka va bochkalarning qopqoqlari sekin-asta yigʻilib qolgan gazlarni chiqarib yuborgan holda ochilishi lozim. Oltingugurt kislotasi boʻlgan metall bochkaning qopqogʻini ochish uchun uchqun hosil qilmaydigan asbobdan foydalanish lozim.
137. Kislota va ishqorlarni sexning texnologik qurilmalariga quyish jarayoni yopiq oqimda bajarilishi va mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.
138. Toʻkilgan kislota va ishqorlar darhol neytrallanishi va yigʻishtirib olinishi lozim.
139. Apparatlarni tozalashdan avval ularda qolgan kislota soda eritmasi bilan neytrallanishi, hosil boʻlgan gaz havo yoki bugʻ bilan siqib chiqarilishi lozim.
140. Kislota va ishqorlar bilan ishlovchi xodimlar belgilangan normalarga muvofiq himoya vositalari, maxsus kiyim, maxsus poyabzallari va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
6-§. Xodimlar himoyasini va ishlab chiqarish uskunalari avtomatik oʻchishini taʼminlovchi nazorat va texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlariga xavfsizlik talablari
141. Tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarishda xavfsizlikni taʼminlash uchun hamma texnologik jarayonlar nazorat-oʻlchov asboblari, jarayonni tartibga soladigan avtomatika, tahlil va blokirovka tizimlari bilan jihozlanishi kerak.
142. Tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarishda texnologik jarayonlar nazorati avtomatik, avtomatlashtirilgan va masofadan boshqaruv (boshqaruv tizimlari), avariyaga qarshi avtomatik himoya (bundan buyon matnda AQAH deb yuritiladi) tizimi hamda avariyali vaziyatlar haqida xabar va aloqa, jumladan uskuna bilan komplektli ravishda yetkazib beriladigan tizimlar kimyoviy, neft-kimyoviy ishlab chiqarishlar meʼyoriy hujjatlar, loyihalar, reglamentlar, qoidalar talablariga javob berishi va berilgan texnologik parametrlar aniqligini, texnologik jarayonlarning xavfsiz va ishonchli oʻtkazilishini taʼminlashi kerak.
143. Tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarishda avtomatlashtirilgan avariyali ogohlantiruvchi va texnologik signalizatsiya va blokirovkani koʻzda tutilishi, shuningdek texnologik parametrlar chegaraviy yoʻl qoʻyiladigan qiymatiga yetganda himoya tadbirlari va texnologik uskunani avariyali uzilishi koʻzda tutilishi kerak.
144. Tarkibiga regulatorlar, signalizatorlar va boshqa avtomatlashtirish va masofadan boshqarish vositalari kiradigan texnologik jarayonlar quyidagilarni taʼminlashi kerak:
nazorat va jarayonlarni boshqarish xavfsizligini;
chegaraviy qiymatlarga yetganda yoki mexanizm nosoz boʻlganda blokirovkalar ishlashini;
nazorat qilish va jarayon boshqarilishini markazlashtirishni.
145. Tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarishda asosiy texnologik parametrlar meʼyordan ogʻganda uskunani xavfsiz holatga avtomatik tarzda oʻtkazish uchun moʻljallangan blokirovka sxemalari boʻlishi kerak.
146. Hisoblash texnikasi vositalari bazasida texnologik jarayonlarning avtomatik boshqaruv tizimi normativ hujjatlarga hamda texnik topshiriqqa muvofiq boʻlishi va quyidagilarni taʼminlashi kerak:
jarayon parametrlarining doimiy nazoratini va ularning reglamentlovchi qiymatlarini ushlab turish uchun rejimlar boshqaruvini;
AQAH vositalari ishga layoqatli holati nazoratini va ishga tushirilishini roʻyxatga olinishini;
obyekt chegarasida havo muhiti holatining doimiy nazoratini;
parametrlarning chegaraviy qiymati tomoniga oʻzgarishining doimiy tahlili va avariyaviy ehtimolini istiqbollashni;
boshqaruv vositalari harakatini va xavfli vaziyat rivojlanishini toʻxtatadigan AQAHni;
avariyali vaziyatni lokallashtirish vositalari ishga tushishini, optimal boshqarish taʼsirlarini tanlash va amalga oshirilishini;
avariyasiz ishga tushirish, toʻxtatish operatsiyalari oʻtkazishni va texnologik obyektning qaytadan ishga tushishini;
yuqorida turuvchi boshqaruv tizimiga obyektdagi xavfsizlik holati haqida maʼlumot berilishini.
147. Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirish sxemalari ayrim avtomatika vositalarining ishdan chiqishi yoki ularning nosozligi ishlab chiqarishda avariya boʻlishini keltirib chiqarmasligi lozim.
148. Elektr energiyasi uzilgan yoki nazorat va boshqaruv tizimlariga siqilgan havo berilishi toʻxtatilgan taqdirda AQAH tizimlari texnologik obyektni xavfsiz holatga oʻtkazishni va energiya taʼminoti tiklanganda ushbu tizimlarni oʻz-oʻzidan yoqilish ehtimolini yoʻqotilishini taʼminlashi zarur.
149. AQAHning ishlab ketganidan keyin texnologik obyektning ish holatiga qaytarilishi xizmat koʻrsatadigan xodimlar tomonidan bajarilishi lozim.
150. Portlashga xavflilikning hamma toifalariga ega texnologik obyektlarning loyihalarida, texnologik reglamentlarida va AQAH tizimlari roʻyxatida parametrlar boʻyicha himoyalovchi qurilmalar bilan bir qatorda parametrlarning avariyali qiymatlarining chegaralari koʻrsatilishi kerak.
151. Himoyalash tizimlari qurilmalarining ahamiyati oʻlchov vositalari signal moslamalarining ishlab ketishidagi xatoliklar, tizimning tez ishga tushishi, parametrlar oʻzgarishi mumkin boʻlgan tezligi va texnologik obyektning portlashdan xavflilik toifasi hisobga olinib aniqlanadi. Qurilmalar ahamiyati loyiha va texnologik reglamentda keltiriladi.
152. Avtomatik tartibga solish, masofadan boshqarish, signalizatsiya vositalariga va blokirovka moslamalariga bosh muhandis tomonidan tasdiqlangan, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda foydalanish boʻyicha ijro sxemalari va yoʻriqnomalari tuzilgan boʻlishi kerak.
153. Portlash xavfi boʻlgan binolarda joylashgan elektr shchitlari, elektr asboblari va avtomatik tizimlar pultlari, ularga ulangan oʻzgaruvchan yoki doimiy tok kuchlanishidan qatʼi nazar, yerga ulanishi kerak.
154. Texnologik jarayonlarning nazorati, boshqaruvi va avariyaga qarshi himoya tizimida qatnashadigan tiqinlovchi va tartibga soluvchi armatura, nazorat tizimlari va ijro mexanizmlari taʼmirlanib, joyiga oʻrnatilishidan avval tez ishga tushishi, mustahkamligi va yopilish zichligi boʻyicha davriy sinovlardan oʻtkazilishi va bu toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtirilishi yoki pasport, jurnalga yozilishi lozim.
155. Nazorat oʻlchov asboblari koʻrsatkichlar olinishi yoki asboblar almashtirilishi uchun qulay boʻlgan va xavfsiz joylarda joylashgan boʻlishi kerak.
156. Foydalanishda boʻlgan oʻlchov vositasi pasporti va hisobga olish jurnalida, navbatdagi qiyoslashdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi belgi qoʻyilishi lozim.
157. Nazorat oʻlchov asboblari, avtomatik regulatorlar, ishlab chiqarish signalizatsiyasi va masofadan boshqarish asboblarining sozligi boʻyicha doimiy nazorat olib borilishi kerak. Asboblar koʻrsatkichlarining aniqligi ishlab chiqaruvchi zavodning pasport maʼlumotlariga muvofiq boʻlishi lozim.
158. Avtomatlashtirish asboblari va vositalarini sozlash va tekshirish ishlariga shu binodagi xavfli ishlar oʻtkazilishi bilan bir vaqtda yoʻl qoʻyilmaydi.
159. Tashkilot va sex rahbariyati qonunchilik hujjatlariga muvofiq, zararli ish sharoitlarini bartaraf etishi, baxtsiz hodisalarni oldini olish va ish joylarini tegishli sanitariya-gigiyena holatda saqlanishini taʼminlashi boʻyicha zaruriy choralarni koʻrishi shart.
(159-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
160. Agar tekshiruvda oʻlchov vositalarining nosozligi, tashqi shikastlari borligi yoki oʻz vaqtida tekshirilmagani aniqlansa, ularning ishlatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
161. Saqlagich klapanlar soni va ularning oʻtkazuvchanlik qobiliyati GOST 12.2.085-2002 talablariga muvofiq hisob boʻyicha tanlangan, sozlangan va tartibga solingan boʻlishi kerak.
162. Saqlagich klapan ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan pasport va foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma bilan yetkazib berilishi kerak.
163. Saqlagich klapanlar xizmat koʻrsatishga qulay boʻlgan joylarga oʻrnatilishi lozim.
164. Yoʻl qoʻyilgan meʼyordan ortiq bugʻ va zararli gazlar kelishi oqibatida xodimlarga xavf paydo boʻlishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish binolari shaxsiy gaz analizatorlaridan ishga tushiriladigan avariyali, tovushli va yorugʻlik signalizatsiyasi bilan jihozlanishi lozim.
165. Avtomatik namuna olish moslamalari yoki datchiklar tashqaridan yongʻin va portlash xavfi boʻlgan bugʻlarning kirishi mumkin boʻlgan, normal muhitli yertoʻla va yarim yertoʻla xonalarda oʻrnatilmasligi kerak.
166. Analizatorlarning oʻlchov asboblari, avtomatik gazoanalizatorlar va unga tegishli boshqa asboblar portlash xavfi boʻlgan xonalarda va ochiq portlash xavfi boʻlgan qurilmalarda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablarini hisobga olgan holda qulflanadigan shkaflarda joylashtirilishi kerak.
(166-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-23-sonli qarori (roʻyxat raqami 2274-2, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2274-2/0120-son)
7-§. Korroziyadan himoyalashda xavfsizlik talablari
167. Bino ichida va ochiq maydonchalarda joylashgan barcha asbob-uskunalarni, kommunikatsiya va metall konstruksiyalarni merkaptanlarni qoʻllashda tashqi korroziyadan himoyalash SHNQ 2.03.11-24 “Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish” shaharsozlik normalari va qoidalari” va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq metall va nometall himoya qoplamalar ishlatish orqali amalga oshirilishi lozim.
(167-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
168. Quvurlarning tashqi yuzasini korroziyadan himoya qilish tizimi va turini tanlash, ularni oʻtkazilish sharoitlari va usullari tashqi muhitning korroziyaga aktivlik darajasi va xususiyati, elektr korroziyaga xavflilik darajasi, tashiladigan moddalarning turlari va parametrlariga bogʻliq holda amalga oshirilishi kerak.
169. Agressiv muhit taʼsiriga uchraydigan uskuna, kommunikatsiya va ularning birikmalari korroziyaga uchramaydigan materiallardan qilingan maxsus qoplamalar bilan himoyalangan boʻlishi kerak.
170. Korroziya keltirib chiqaradigan sharoitlarda ishlaydigan uskunalar holati ustidan davriy reglamentlangan koʻrikdan oʻtkazish va uskuna devorlari qalinligi va yeyilish kattaligini (tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan jadval boʻyicha) aniqlash yoʻli bilan bosh mexanik xizmatining maxsus nazorati oʻrnatilishi kerak. Uskunalar holatini tekshirish natijalari maxsus jurnal yoki pasportda qayd qilingan boʻlishi lozim.
171. Devorlar qalinligini tekshirish usuli, joyi va davriyligi aniq sharoitlarga bogʻliq holda tashkilot bosh mexanigi xizmati tomonidan belgilanadi.
172. Agressiv muhitlar uchun moʻljallangan uskunalarni tayyorlash uchun materiallar, shu muhitning agressiv taʼsiriga ularning chidamliligini hisobga olgan holda tanlanishi kerak. Kimyo uskunalarini tayyorlash uchun materiallarni tanlashda korroziyaga chidamliligi, mustahkamligi, yuqori haroratga bardoshliligi, materiallarga ishlov berish va payvandlash mumkinligi, uning qulayligi va bahosi hisobga olinishi kerak.
173. Pana joy, havo quvuri, soʻrma shamollatgichlar va boshqa materiallar shamollatish tizimi qurilmalari chiqarib tashlayotgan havo gaz aralashmasi tarkibidagi moddalarga nisbatan korroziyaga chidamli boʻlishi kerak. Havoni kondensat bilan soʻrib olayotgan shamollatgichlarning gʻildiragi va gʻilofi korroziyadan saqlash uchun himoya qoplamalariga ega boʻlishi kerak.
174. Xonalar havosida agressiv moddalarning bugʻlari mavjudligini hisobga olib, uskunalar sirtini korroziyaga chidamli lak, boʻyoq va boshqa qoplamalar bilan himoya qilish kerak. Izolyatsiya qoplamalarining tashqi qatlamidagi barcha nuqsonlar tezda kechiktirmasdan bartaraf etilishi zarur.
8-§. Laboratoriyada merkaptanlar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
175. Laboratoriya binolarida merkaptanlar bilan ishlash paytida kimyoviy moddalar va materiallarni yongʻin xavfini bilish hamda portlash xavfi boʻlgan va yongʻin xavfi bor bugʻlar ajralishi bilan bogʻliq hamma ishlar tuzatilgan tortish javonlarida amalga oshirilishi lozim.
176. Tozalangan tabiiy moy kislotalari bilan doimo ish olib boradigan laboratoriya xonalarining shamollatish tizimini havo almashinuvi xavfsizlikni taʼminlashi kerak.
177. Tozalangan tabiiy moy kislotalari qoʻshni xonalarga tarqalib ketmasligi uchun havo bosimi manfiy balansda boʻlishi lozim.
178. Tozalangan tabiiy moy kislotalari, undan foydalanish qoʻllanmasida koʻrsatib oʻtilgan idishlarda saqlanishi shart. Tez alanga oluvchi suyuqlik bilan shisha idish maxsus — zich yopiladigan qopqoqli, devor va tagi asbest bilan yopilgan va isitish manbaidan uzoq oʻrnatilgan metalli qutida joylanilishi shart. Qopqoqni ichkari tomonidan tez alanga oluvchi suyuqlikni umumiy mumkin boʻlgan saqlash meʼyori va koʻrsatilgan nomlanishida aniq yozuv qoʻllanadi. Tez alanga oluvchi suyuqliklarni saqlash meʼyori laboratoriya boshligʻi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
179. Isitish asboblari vazifasida ochiq spiralli eletroplitkaning hamda ochiq alanganing ishlatilishi taqiqlanadi.
180. Laboratoriya binolari va tortish javonlarini elektr yorituvlari portlash xavfi himoyasiga ega boʻlishi hamda vklyuchatellar tortish javonlaridan tashqarida oʻrnatilishi lozim.
181. Tez alanga oluvchi suyuqliklarning sigʻimi 1 dm3 dan koʻp boʻlmagan zichlik probkalari bilan taʼminlangan qalin butilkalarda saqlanishiga yoʻl qoʻyiladi va butilkalar isitish maydonlaridan uzoqda oʻrnatilgan maxsus qutiga joylashtirilishi kerak.
182. Tozalangan tabiiy moy kislotalarining chiqindilarini kanalizatsiyaga toʻkish man etiladi. Ishlatilgan suyuqliklar maxsus zich yopiladigan idishga solinishi, ish kuni oxirida idishdagi chiqindilar laboratoriyada neytralizatsiya qilinib, kanalizatsiyaga oqizilishi lozim.
183. Ish tugaganidan soʻng ishlatilgan pribor va apparatlar inert gaz bilan puflanishi va zararsizlantirish suyuqligi bilan zararsizlantirilishi kerak.
184. Tozalangan tabiiy moy kislotalari bilan ishlashda ishlatilgan filtr va qogʻozlar, zichlangan neytral eritmali sigʻimlarga yigʻilishi yoki shu zahoti yondirib yuborilishi kerak.
185. Tozalangan tabiiy moy kislotalari xodimga tasodifan toʻkilganda, toʻkilgan joyni zararsizlantiruvchi eritma kaliy marganat toʻyingan suvli eritmasi bilan zararsizlantirish hamda koʻz, ogʻiz, burin va terining ustki qismi 2 foizli ichimlik soda eritmasi bilan yaxshilab yuvib tashlanishi kerak.
9-§. Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar hamda ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashishda xavfsizlik talablari
186. Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni hajm oʻlchamlari ishlarni bajaruvchi texnologik qurilmalar pasportida koʻrsatilgan koʻrsatkichlarga muvofiq boʻlishi lozim.
187. Vazni 50 kg dan ortiq boʻlgan yuklarni ortish va tushirish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.
188. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kirish joyida harakat yoʻnalishi, yuk ortish va tushirish joyi yoki transport vositalarining toʻxtab turish joyini koʻrsatuvchi chizma osilgan boʻlishi kerak.
189. Omborda ustma-ust taxlangan yoki yuk idishlar stellajlari oraligʻidagi yoʻlakning eni 1,5 m dan kam boʻlmasligi lozim. Omborda transport vositalari ishlatilganda, yoʻlakka qoʻshimcha qoʻllaniladigan transport vositalari oʻlchamlari kengligidagi yoʻl boʻlishi lozim.
190. Tashkilotlar tomonidan chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilarning hosil boʻlishini qisqartirish, ularni zararsizlantirish, qayta ishlash, saralash, saqlash, koʻmib tashlash va utillashtirish ishlari belgilangan talablarga rioya qilish orqali amalga oshirilishi lozim.
191. Chiqindilarning xavfli turlari begona shaxslarning kirishi cheklangan joylarda, identifikatsiya belgilari va yozuvlari bilan taʼminlangan holda saqlanishi lozim.
192. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va koʻmib tashlash taqiqlanadi.
Tashkilotda barcha turdagi chiqindilar bilan muomala yuritish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilgan boʻlishi lozim. Chiqindilarni yigʻish, joylashtirish va tashishni taʼminlayotgan xodimlar chiqindilar bilan muomala yuritishning bexatar usullari boʻyicha oʻqitilgan boʻlishi kerak.
10-§. Yuk ortish va tushirishda xavfsizlik talablari
193. Yuk ortish va tushirish ishlari hamda yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
194. Yuk ortish va tushirish ishlari qoidaga koʻra mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim.
195. Yuk ortish va tushirish ishlarining mexanik usuli vazni 50 kg dan oshiq va shuningdek, kam vaznli yuklarni 3 m dan yuqoriga koʻtarganda maqsadga muvofiq hisoblanadi. Faqatgina yagona yuklar tashilganda bu talablardan chekinishga yoʻl qoʻyiladi.
196. Ogʻir va ulkan yagona yuklarni tashish, yuk ortish va tushirishning xavfsiz usullari ustidan kuzatish maʼmuriy-texnik xodimlardan maxsus ajratilgan shaxs rahbarligi ostida amalga oshirilishi lozim.
197. Bochkalarni ortish va tushirish ishlari mexanik usulda (telferlar, yuklagichlar va hokazo) va faqatgina istisno hollarda xodachalar va boshqa usul bilan amalga oshirilishi lozim. Bu kabi ishlarni bajarishda ishchilar koʻtarilayotgan yoki tushirilayotgan yuk ostida turmasliklari kerak.
198. Tashkilotlar quyidagi talablarga javob beradigan yuk ortish va tushirish maydonchalari bilan jihozlanishi kerak:
maydoncha atmosfera yogʻinlaridan xalos etish uchun 5% dan oshmagan qiyalikka ega boʻlib, tekis, qattiq qoplamaga ega boʻlishi (asfalt, beton va boshqalar) va toza saqlanishi kerak. Qish paytida u qor, muzdan tozalanishi va qum yotqizilishi kerak va hokazo;
maydoncha yuk ortish va tushirish ishlarining meʼyordagi maydoni hajmini taʼminlaydigan hududga ega boʻlishi kerak;
transport vositalari orasidagi masofa ular maydoncha atrofida bir-biri ortidan qoʻyilganda (tubga) 1 m dan kam boʻlmasligi, ular qator qilib qoʻyilganda (front boʻylab) 1,5 m dan kam boʻlmasligi lozim;
maydonchada zaruriy soz inventarlar va yoritqich boʻlishi kerak.
199. Barcha turdagi pol usti qoʻl telejkalari, ular harakatlanish joylarida, ustunlar, kolonnalar yonlarida va eshiklar orasidan harakat qilinganda himoyalovchi uskunalar bilan jihozlanishi kerak.
200. Avtoelektryuklagich qoʻllanishiga faqat qattiq qoplamaga (asfalt, beton va hokazo) ega boʻlgan tekis maydonchalarda ruxsat beriladi. Chuqurlar paydo boʻlganda uni toʻldiradigan shoshilinch taʼmir oʻtkazilishi kerak.
201. Omborxonalar ichki transporti sifatida elektryuklagichlar, elektrokarlar va hokazolar qoʻllanilishi mumkin. Ichki yonuv dvigatelli avtoyuklagichlar va avtokaralarni ishlab chiqarish binolari va omborlarga kirishi taqiqlanadi.
202. Elektryuklagichlarning vilkali ushlagichlari bitta tekislikda turishi lozim.
203. Yuklagichga yoʻl qoʻyiladigan yuk ogʻirligi va ogʻirlik markazi bilan yuklagichning pasport maʼlumotlari muvofiqligida belgilanadi.
204. Elektryuklagich bilan 0,5 m dan ortiq yuqoriga koʻtarilgan yukni tashish taqiqlanadi.
Odamlarni elektryuklagichlar va elektrokaralarda tashish, shuningdek koʻtarilayotgan va tashilayotgan yuk (konteynerlar va hokazolar) ustida turishi taqiqlanadi.
205. Temir yoʻl tarmogʻining izchil yuk operatsiyalarida tashkilot hududida kerakli mexanizm va inventarlar bilan (taxta zina, koʻprikchalar, xodachalar, richag-tirkagichlar) taʼminlanishi lozim.
206. Tashkilotning yoki stansiyaning temir yoʻl tarmogʻida yuk ortish va tushirish ishlarini olib borishda, bu ishlarga rahbarlik qilish, mazkur Qoidalarni biladigan va temir yoʻl transportida yuk ortish va tushirish ishlari paytida xavfsizlik texnikasining amaldagi qoidalari asosida ishni tashkil qiladigan shaxsga yuklatilishi lozim.
11-§. Ishlab chiqarish chiqindilarini zararsizlantirishda xavfsizlik talablari
207. Tashkilotlarni chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni joriy qilishi, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilarning hosil boʻlishini qisqartirishi, ularni zararsizlantirishni, qayta ishlashni amalga oshirishi, saralash, saqlash, koʻmib tashlash va qayta ishlashda belgilangan tartiblarga rioya qilishi majburiydir.
208. Tashkilotlarda majburiy ravishda barcha turdagi chiqindilarning xatlovini oʻtkazishni tashkil etilishi, chiqindilarning inson hayoti va atrof-muhit uchun xavflilik darajasi aniqlanishi lozim.
209. Tashkilotda chiqindilar alohida tashkil etilgan joylarda, yopiq konteynerlarda, yogʻingarchilik tushmaydigan holda saqlanishi lozim.
210. Chiqindilarning xavfli turlari begona shaxslarning kirishi cheklangan joylarda, identifikatsiya belgilari va yozuvlari bilan taʼminlangan holda saqlanishi lozim.
211. Chiqindilar ruxsat etilgan joylarda saqlanishi lozim.
212. Tashkilotda barcha turdagi chiqindilar bilan muomala yuritish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilgan boʻlishi lozim. Chiqindilarni yigʻish, joylashtirish va tashishni taʼminlayotgan xodimlar chiqindilar bilan muomala yuritishning bexatar usullari boʻyicha oʻqitilgan boʻlishi shart.
12-§. Xavfli materiallarni saqlash, ishlatish va tashishda xavfsizlik talablari
213. Tashkilotlar xavfli kimyoviy moddalarni, ularning xavflilik sinfidan va boshqa materiallar bilan reaksiyaga kirishish qobiliyatidan kelib chiqib, alohida joylashtirilishini va saqlanishini tashkillashtirishi lozim.
214. Xavfli kimyoviy moddalar saqlanuvchi omborxonalar toʻkilib, sochilib ketgan materiallarni tutib qoluvchi va shu bilan tuproqni va yer osti suvlarini ifloslanishdan saqlovchi moslamalarga ega boʻlishi lozim.
215. Barcha xavfli kimyoviy moddalar va materiallar identifikatsiyalangan boʻlishi lozim.
216. Barcha kimyoviy moddalar omborxonada, ularning changlanib va toʻkilib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan zich yopiq idishlarda saqlanishi lozim. Sochiluvchan moddalarni idishsiz saqlash qatʼiyan taqiqlanadi.
217. Xavfli moddalar va materiallar saqlanuvchi joylarda zarur neytrallovchi materiallar, toʻkilib ketgan moddalarni yigʻishtirib olish uchun jihozlar va yakka himoya vositalari boʻlishi shart.
218. Barcha xavfli moddalar uchun, ulardan xavfsiz foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqilgan boʻlishi shart.
IV bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan umumiy xavfsizlik talablari
219. Ishlab chiqarish asbob-uskunalari GOST 12.2.003-91 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
220. Ishlab chiqarish asbob-uskunalari joylashtirilganda va foydalanilganda ishlab chiqaruvchi zavodning foydalanish boʻyicha yoʻriqnomasi talabiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
221. Tozalangan tabiiy moy kislotalarini qoʻllashda asbob-uskunalarning umumiy tuzilishi (komponovka qilinishi) va joylashishi xizmat koʻrsatish xavfsizligi va qulayligini, taʼmirlash ishlari oʻtkazishni, shuningdek sanitariya qoidalari talablariga muvofiqligini taʼminlashi kerak.
222. Nosoz ishlab chiqarish asbob-uskunalarida ishlash, shuningdek xavfsizlikni taʼminlaydigan blokirovka, nazorat oʻlchov asboblari, toʻsiqlari boʻlmaganda undan foydalanish taqiqlanadi.
223. Sex, boʻlim, uchastkaning ish joylarida texnologik chizma osib qoʻyilgan boʻlishi lozim.
224. Sxemada berkituvchi moslamalar nomerlangan, mahsulotlarning joyini oʻzgartirish yoʻnalishi strelkalar bilan koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Sxemadagi berkituvchi moslamalar va boshqa belgilar uskunalarga xizmat koʻrsatish yoʻriqnomalariga mos boʻlishi lozim.
225. Bino va ochiq maydonchalarda joylashgan uskunalar zichlangan boʻlishi kerak.
226. Uskunalarni oʻrnatishda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:
asosiy oʻtish yoʻllari, shuningdek boshqarish shchitlariga xizmat koʻrsatish maydoni boʻyicha kengligi 2 m dan kam boʻlmasligi;
oʻtish yoʻllarining balandligi 2 m dan kam boʻlmasligi;
doimiy ish oʻrinlarida, boshqarish tarmoqlari, mahalliy nazorat oʻlchov asboblari va hokazolarga ega boʻlgan uskunalarga (kompressor, nasos, havo purkagichlar) xizmat koʻrsatish maydonchalaridagi asosiy oʻtish yoʻllarining kengligi 1,5 m dan kam boʻlmasligi;
aylanma xizmat koʻrsatish zarur boʻlganda, uskunalar, shuningdek uskunalar va bino devorlari orasidagi oʻtish yoʻllari 1 m dan kam boʻlmasligi;
asbob-uskunalarni koʻrikdan oʻtkazish, davriy tekshirish va rostlash uchun oʻtish yoʻllari 0,8 m dan kam boʻlmasligi;
alohida turgan nasoslar orasidagi oʻtish yoʻllari 0,8 m dan kam boʻlmasligi;
kompressorlar oldida boshqarish shchitlari joylashgan hollarda oʻtish yoʻllari 1,5 — 2 m dan kam boʻlmasligi lozim.
2-§. Yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchilarga boʻlgan xavfsizlik talablari
227. Moyli kislotalarni qizdirganda bugʻ yoki elektr qizdirgichli yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchi ishlatiladi.
228. Yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchi bugʻ generatorlarini ishga tushirish va foydalanish ishlari, yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchilar bilan ishlovchi bugʻ va suyuqlik qozonlariga boʻlgan talablarga qatʼiy amal qilgan holda bajarilishi shart.
229. Yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchi generatorlardan foydalanishda terini zararlanishidan ehtiyot boʻlish lozim, agarda u teriga tushsa, zararlangan joyni sovun bilan issiq suvda yuvish kerak.
230. Yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchining yuqori konsentratsiyali bugʻlari boʻlgan atmosferada boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
231. Yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchining yonuvchanligini hisobga olgan holda, yongʻinga qarshi choralarni koʻrish lozim (bugʻ qizdirish naychasi yonganida oʻchirish uchun oʻtxonaga bugʻni uzatkich, shuningdek koʻpikli oʻt oʻchirgichlar boʻlishi kerak).
232. Taʼmirlash va payvandlash ishlarini boshlashdan oldin taʼmirlanadigan obyektdan bugʻ va havo bilan shamollatish yordamida yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchini toʻliq chiqarib tashlash lozim.
233. Foydalanish vaqtida bugʻ generatorlari naychalaridagi yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchining sathini, avtomatik nazorat-oʻlchash asboblarining koʻrsatkichi toʻgʻriligini muntazam ravishda kuzatish va qurilmadan foydalanish qoidalariga amal qilish lozim.
234. Bugʻ generator avtomat ravishda harakatga keluvchi issiqlik tashuvchining bosimi va harorati oshib ketganligi haqida xabar beruvchi ovoz signalizatsiyasi bilan jihozlanishi shart.
235. Bugʻ generatorlari quyidagi hollarda qizdirgichlarni oʻchirishni taʼminlovchi avtomatik boshqarish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi lozim:
issiqlik tashuvchining bugʻ generatordan chiqishida harorati koʻtarilganda;
isitgichdagi suyuqlik sathining eng quyi sathdan kamayganida;
issiqlik tashuvchining bosimi berilgan koʻrsatgichdan koʻtarilganda.
236. Bugʻ generatorining kollektorida kamida ikkita saqlash klapanlari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
237. Saqlash klapanlaridan yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchi bugʻlari yopish tiqinisiz chiqarish quvuri orqali atmosfera bilan bogʻlangan kondensat qurilmasiga oʻtkazilishi kerak.
238. Bugʻ oʻtkazgichlar bir-biriga iloji boricha payvanlanishi lozim. Yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchi elektr qizdirgichlarida, armatura va quvur oʻtkazgichlarida choʻyan va rangli metallardan foydalanish man etiladi.
239. Quyish quvur oʻtkazgichi issiqlik tashuvchini toʻsiqlarsiz oʻzi oqib chiqishini va uning isitgichdan toʻliq chiqib ketishini taʼminlashi lozim.
240. Yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchi ish vaqtining davomiyligi, harorat sharoiti, qizdirish yuzasining solishtirma issiqlik kuchlanishiga va foydalanish sharoitlariga koʻra vaqti bilan qayta tiklanishi lozim.
241. Qayta tiklash va issiqlik tashuvchining parchalanish darajasi orasidagi qozonning ish vaqti ishlab chiqarish qoʻllanmasiga asosan belgilanadi. Issiqlik tashuvchida parchalangan mahsulot miqdori 10 foizdan oshmasligi lozim.
242. Har bir qozon uchun qizdirish yuzasi va uni mumsimon chiqitlardan tozalash jadvali boʻlishi lozim.
243. Payvandlash yoki baʼzi bir qismlarini almashtirish bilan bogʻliq qozonlar oʻrnatilgandan va taʼmirlangandan soʻng, inert gazi yoki boshqa gaz yordamida ishchi bosimidan yuqori boʻlmagan bosim ostida zichligi tekshirilishi lozim.
3-§. Sigʻimlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
244. Tozalangan tabiiy moy kislotalari va xom ashyo aralashmasini saqlash sigʻimlari (rezervuar, bunkerlar va boshqalar) materiallarni yuklash va yuk boʻshatish paytida chang tutish moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Chang tutish moslamalari ishga yaroqsiz boʻlganda siloslarni ishlatish man etiladi.
245. Sigʻimlarning tepasi perimetri boʻyicha toʻsilgan boʻlishi va toʻsiqlar GOST 12.4.059-87 “Qurilish. Inventar himoyalovchi toʻsiqlar. Texnik shartlar” talablari boʻyicha bajarilishi kerak.
246. Sigʻimlar galereyasidagi oynaning romlari ochiq holatda ushlab turish uchun moslamalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Oyna romini ochish galereya polidan turib amalga oshirilishi kerak.
247. Sigʻimlar galereyasi truboprovodlaridan oʻtish uchun oʻtish koʻpriklarini oʻrnatilishi GOST 12.4.059-87 “Qurilish. Inventar himoyalovchi toʻsiqlar. Texnik shartlar” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
248. Sigʻim ichiga tushish oldidan quyidagi xavfsizlik choralari koʻrilishi kerak:
sigʻimga ketayotgan hamma pnevmotrassalardagi tiqin joʻmraklari yopilishi va GOST 12.4.026-76 boʻyicha “Tiqin joʻmraklari ochilmasin, odamlar ishlayapti!” yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osib qoʻyilishi.
sigʻimga tushayotganlarda ish bajarish uchun asboblar, yakka tartibdagi himoya vositalari, signalizatsiya yoki bogʻlovchi (signal, arqon, gaplashish manbai, radioaloqa) vositalari bilan taʼminlanishi.
249. Kajavali oʻtirgich, oyoq uchun tirgovich, toʻsiq va asbob saqlash va qotirish anjomlari bilan jihozlangan (choʻntaklar, xomutlar va boshqalar) boʻlishi lozim.
250. Kajava toʻsigʻining balandligi 1,2 m dan kam boʻlmasligi, qoʻshimcha toʻsiq planka balandligi 0,6 m boʻlishi, lyulkani osib qoʻyish vositalari uning toʻnkarilishini bartaraf qilishi lozim. Ishlab chiqarish asbob-uskunalarining konstruksiyasi GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish uskunalari. Xavfsizlikning umumiy talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
4-§. Nasoslarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
251. Tozalangan tabiiy moy kislotalarini haydovchi nasoslar konstruksiyasi birikmalarining zichligi taʼminlanishi kerak. Atrof muhitga agressiv suyuqliklarni chiqib ketishining oldi olinishi kerak.
252. Nasos vallari zichlagichlari orqali berkituvchi yoki yuvish suyuqliklarining oʻtib ketishi belgilangan meʼyorlardan ortishi mumkin emas.
253. Suyuqliklarni haydash uchun markazdan qochma salniksiz, ikki toretsli zichlagichli yoki boshqa konstruksiyali zichlovchi moslamalari boʻlgan yuqori ishonchli nasoslar qoʻllanilishi lozim.
254. Nasosxonada joylashgan quvur, nasos va boshqa uskunalardan mahsulot qoldigʻini yopiq kommunikatsiyalar orqali nasosxona tashqarisiga, yaʼni maxsus moʻljallangan sigʻimga, bugʻ va gazlar mashʼalaga chiqarilishi lozim.
255. Muftaning dvigatel bilan ulanish joyida toʻsiqlar yoʻqligida, ulardan foydalanish va ularni ishga tushirish taqiqlanadi.
256. Nasosxona quvurlarida oqimlar harakatining yoʻnalishi, asbob-uskunalarda texnologik chizma boʻyicha joylashuv raqami, yurgizgichlarda esa rotor aylanishining yoʻnalishi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
257. Quvurlarni joylashishi, yotqizish usullari SHNQ 3.05.05-22 “Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq belgilanadi.
(257-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
258. Quvur materiallarini, qismlari va armaturalarini tanlashda, quvurlar tasnif hisobidan tashqari, ularning shartli oʻtish va transportlash tevaragining soʻnggi parametrlarida, ularning agressiv va yemirilish xususiyatini hamda merkaptanni kimyoviy tarkibini hisobga olish lozim.
259. Quvurlarning montajida material sifati, quvur qismlari va armaturalarini ularning sertifikatlari, standartlari, texnikaviy shartlari va boshqa texnik hujjatlarga muvofiqligi kirish nazoratidan hamda bajarilgan ishlar sifati alohida nazoratdan oʻtkazilishi kerak.
260. Tashkilot ishlab chikaruvchining hujjatlarida koʻrsatilgan (bunday koʻrsatmalar yoʻqligida — ishlab chiqarish sanasi mobaynida) lekin, kafolat muddati tugagan material va mahsulotlar faqat taftish, nuqsonlarni bartaraf etish, tajriba va boshqa ishlar oʻtkazilganidan keyin montaj ishlarini amalga oshirish uchun topshiriladi.
261. Quvurlar yotqizish (almashtirish) turi quyidagilarni taʼminlashi kerak:
xavfsiz va ishonchli ishlatishni;
loyiha parametrlariga muvofiq texnologik jarayonlar olib borishni;
yongʻin va portlash oqibatlarini kamaytirishga, montaj va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun texnologik tugunlarda (bloklar) qurilmalarning taqsimlanishini;
koʻtarma transport vositalarni moʻljallangan loyihalarda ishlatish va texnik holatini bevosita kuzatish imkoniyatini;
quvurlardagi payvand choklarini termik qayta ishlash, ularning sinovi va nazorati boʻyicha barcha turdagi ishlarni bajarish imkoniyatini;
statik elektrdan, chaqmoqdan va korroziyadan himoya va izolyatsiya qilinganligini;
quvurlarda tiqinlar tashkil topishi oldi olinishini;
harakatsiz zonaning tashkil topishi va osilib turishining oldi olinishini;
yongʻin oʻchirish vositalarini, jihozlarni va yuk koʻtaruvchi mexanizmlarni qiyinchiliksiz joyini oʻzgartirish imkoniyatini.
262. Xodimlarni evakuatsiya qilish yoʻllarida (koridorlarda), kompleks transformator kichik stansiyalarida, taqsimlovchi qurilmalar, elektrpodstansiyani tashqi devorlaridan, maishiy, maʼmuriy, xoʻjalik binolari, elektr binolari, texnologik jarayon bilan boshqariladigan binolar, shamollatish kameralari, issiqlik punktlari va shunga oʻxshash boshqa binolardan — yonuvchi, tajovuzkor va zaharli moddalarni transportlantiruvchi texnologik quvurlarning oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
263. A va B kategoriyali yonma-yon binolarini ajratadigan devorlar, bostirmalar va toʻsiqlardan tez yonuvchi suyuqliklar bilan texnologik quvurlarni yotqizilishi texnologik jarayon talablariga koʻra ruxsat etiladi. Quvurlarning devorlaridan oʻtish joylarida — quvurlarning joyini almashtirish imkoniyatini taʼminlovchi, zichlanadigan, yonmaydigan moslamalar boʻlishi kerak.
264. Quvurlar va zanglamaydigan poʻlat va ularni tayanchi orasiga prokladka joylashtirish lozim.
265. Ishlab chiqarishning tashqi quvurlarini oʻz ishlab chiqarish binolarini korpus devorlari boʻyicha kronshteynlarga yotqizish mumkin, quvurlar deraza oʻrnini kesib oʻtmasligi lozim.
266. Quvurlarni idish yoki sex apparatiga toʻliq boʻshatish imkoniyatini taʼminlanadigan qiyalik bilan loyihalash lozim. Asosli hollarda quvurlarni boʻshatishini taʼminlaydigan kichkina qiyalik bilan quvurlarning yotqizilishiga yoʻl qoʻyiladi.
267. Sexlarda kirish quvurlarida texnologik tugunlar va oʻrnatishlarda — toʻsiqli armatura oʻrnatilishi kerak. Diametri 400 mm va undan koʻp boʻlgan tez alanga oluvchi suyuqliklarni transportlash uchun quvurlarda — qoʻl bilan qayta takrorlash va masofadan boshqarish bilan toʻsiqli armatura oʻrnatilishi kerak.
268. Quvurlarni belgilanishi va boʻyalishi, mahsulot harakat yoʻnalishi koʻrsatgichlari gost 12.4.026-76 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
269. Quvurlardan foydalanishda, quvurlarni tashqi yuzasining ahvoli va uning detallari (armatura, krepej, gardish ulamalari, payvand choklari), korroziyaga qarshi himoyasi va izolyatsiyasi, drenajli moslamalari, moslashtirgichlari, tirgovuch qurilma va boshqalar koʻrikdan oʻtkazilib turilishi lozim. Koʻriklar natijalarini jurnalda qayd qilinishi har smenada bir martadan kam boʻlmasligi kerak.
V bob. Taʼmirlash ishlarini bajarishda xavfsizlikni taʼminlash talablari
1-§. Taʼmirlash ishlarini bajarishda xavfsizlikning umumiy talablari
270. Tashkilotning taʼmirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari, ularning texnik pasportlari, texnik yoʻriqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini taʼminlashi lozim.
271. Uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, rejali va oldini oluvchi taʼmirlashni qatʼiy bajarilishi hamda taʼmirlash ishlarining sifatini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilishi lozim.
272. Asosiy uskunalarni kapital va joriy taʼmirlash ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida taʼmirlashni oʻtkazishga javobgar shaxslar, shuningdek taʼmirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini taʼminlovchi choralar koʻrsatilishi lozim.
273. Ishlayotgan sexlarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi taʼmirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
274. Barcha hollarda taʼmirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning oʻrinbosari bilan kelishilishi lozim.
275. Taʼmirlash ishlari bajariladigan hudud toʻsilgan holatda boʻlishi va u yerda xavfsizlik plakati va belgilari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
276. Taʼmirlash ishlari boshlanishidan avval taʼmirlashda band boʻlgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va taʼmirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazilishi lozim.
277. Nosoz yuk koʻtaruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek shahodatlangan muddati tugagan mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.
278. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yigʻishtirib qoʻyilishi lozim.
279. Taʼmirlash paytida ish joylarini, yoʻllarni, yoʻlaklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan toʻsib qoʻyish taqiqlanadi.
280. Havoza va toʻshamalarida ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlaridan foydalanishlari shart. Ehtiyot kamarlari arqonining mahkamlanish joyi konstruksiyalarda avvaldan belgilab qoʻyilgan boʻlishi lozim.
281. Taʼmirlash ishlari bajarilayotgan hududdagi elektr oʻtkazgichlari yoki uskunalarning kuchlanish ostida boʻlgan ochiq qismlari oldindan elektr tokidan oʻchirib qoʻyilgan yoki maxsus izolyatsiyalovchi vositalar bilan ishonchli himoyalangan boʻlishi lozim.
282. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda taʼmirlash ishlarini olib borilishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati koʻpi bilan 40°S gacha pasaytirilgandan soʻng ruxsat etiladi.
283. Barcha taʼmirlash ishlari sex yoki tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
284. Materiallarni uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalashgan boʻlishi va ular tushib ketmaydigan usulda bajarilishi lozim.
285. Taʼmirlash olib borilayotgan joy va barcha oʻtish joylari belgilangan meʼyorlarga muvofiq yoritilishi lozim.
286. Taʼmirlash tugagach barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, toʻsiqlar, saqlovchi moslamalar va blokirovkalar oʻz joyiga oʻrnatilishi lozim. Barcha turdagi taʼmirlash ishlari tarmoq (idoraviy) nizomlariga muvofiq tuzilgan va tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan rejaviy-ehtiyot taʼmirlash jadvaliga muvofiq bajarilishi lozim.
287. Yuqori kuchlanishga ega boʻlgan elektr uskunalarida taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun yetarli tajribaga ega boʻlgan va xavfsizlik texnikasi boʻyicha toifasi IV guruhdan past boʻlmagan xodim tomonidan 1000 V dan yuqori boʻlgan kuchlanishdagi va malaka toifasi III guruhdan kam boʻlmagan xodim tomonidan 1000 V gacha kuchlanishga ega boʻlgan uskunalar bilan ishlashga ruxsat beriladi.
288. Barcha zararli va portlovchi gazlar boʻlgan hamda gazlar yigʻilish ehtimoli bor xonalarda taʼmirlash ishlarini boshlashdan avval, shuningdek taʼmirlash ishlari hamda apparatlar va qurilmalarni tozalash vaqtida xonadagi shamollatish tizimini ishlatish zarur.
289. Taʼmirlash ishlari vaqtida portlovchan gaz va bugʻlar ajralib chiquvchi jarayonlarni bajarish ishlari taqiqlanadi. Taʼmirlash ishlarini boshlashdan oldin va ularni bajarayotganda binodagi havoda portlovchan bugʻ, gaz bor-yoʻqligini tekshirish lozim. Polga, maydonchaga, zinaga va boshqa joylarga metall asboblarni tashlash taqiqlanadi.
290. Vodorod, salomas, tizimidagi oqizish joʻmraklari tiqilganda va vodorodni tozalash tizimida tiqinlarni ochishga faqat latun yoki mis simlar ishlatilishi lozim.
291. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda panjara, armatura, quvur oʻtkazgich va mufta qobigʻida turish taqiqlanadi.
292. Xodimlarning oʻtishi, shuningdek asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarini olib oʻtish uchun moʻljallangan yoʻllar sirpanchiq boʻlmasligi kerak.
293. Zararli va portlovchan moddalar ishlatiluvchi asbob-uskuna va quvur oʻtkazgichlar devorining qalinligi (texnik koʻrikdan oʻtkazish, parmalash, ultratovush yordamida) belgilangan muddatlarda tekshirib turilishi lozim.
294. Asbob-uskuna va quvur oʻtkazgichlarda ortiqcha bosim borligida boltlarni va shpilkalarni tortish taqiqlanadi.
295. Barcha portlab yonish xavfi boʻlgan binolarda tortish shamollatish tizimi oʻchirilganda, rejali va ogohlantirish taʼmirlash ishlarini olib borish taqiqlanadi.
296. Asbob-uskuna (rezervuar)da taʼmirlash ishlari boshlanishidan oldin, unga ulangan barcha quvur oʻtkazgichlardan toʻsqich bilan toʻsilgan va texnologik mahsulotlarning qoldiqlaridan tozalangan hamda oʻtkir bugʻ bilan bugʻlantirilgan, suv bilan yuvilgan va shamollatilgan boʻlishi kerak.
297. Olovli ishlar yordamida yoki boshqa taʼmirlash ishlari ularni bajarish jarayonida koʻrilgan chora-tadbirlarga qaramay xavfli vaziyat yuzaga keltirish sharoitlari aniqlanganda toʻxtatilishi shart.
2-§. Apparat, sigʻim va quduqlar ichida taʼmirlash ishlarini bajarishda xavfsizlik talablari
298. Apparat, sigʻim va quduqlarni ochish, ularni tekshiruvdan oʻtkazish, tozalash va taʼmirlash ishlari sex boshligʻining yozma koʻrsatmasiga asosan (avariya hollaridan tashqari) muhandis-texnik shaxslarning uzluksiz nazoratida va ishga kirishish ruxsatnomasi toʻldirilgandan soʻng amalga oshirilishi lozim.
299. Xodimlarni apparat (rezervuar) ichiga tushirishdan oldin unga ulangan barcha quvur oʻtkazgichlar toʻsgichlar bilan berkitilgan, texnologik mahsulotlarning qoldiqlaridan tozalangan, oʻtkir hidli qoldiqlar neytrallashtiruvchilar bilan xavfsizlantirilgan, suv bilan yuvilgan (yoki bugʻlangan) hamda 40°S ga qadar sovutilgan va shamollatilgan boʻlishi kerak.
300. Oʻz tuzilishida harakatlanuvchi qismlari boʻlgan apparatlarga xodimlar tushirilishidan oldin, uni oʻchirish bilan quvvatsizlantirilishi, xavfsizlik qoʻshimchasi olinib, “Yoqilmasin, xodimlar ishlamoqda!” degan ogohlantirish yozuvi ilib qoʻyilishi kerak.
301. Apparat, sigʻim va quduqlarning ichidagi havodan olingan namunaning tahlili ularning ichidagi havoda hajmi boʻyicha kamida 20 foiz kislorod borligini va ammiak, sirka kislotasi va boshqa zararli aralashmalar yoʻqligini koʻrsatgan taqdirdagina ularning ichida ishlarni bajarishga ruxsat etilishi lozim.
302. Ishlar masʼul muhandis-texnik xodimning rahbarligida kamida uch xodim tomonidan bajarilishi, ulardan biri apparat, idish yoki quduqning ichida boʻlishi, ikkinchisi esa yuqorida turib qutqarish arqonini ushlagan holda ichkarida ishlayotgan xodimni kuzatib turishi va quduqning yonidan ketmasligi lozim.
303. Apparatning ichida ishlayotgan xodimning sogʻligʻi yomonlashsa, u darhol ishni toʻxtatib, tashqariga chiqishi lozim. Zarur hollarda kuzatib turuvchi va ish rahbari jabrlangan xodimni tashqariga chiqarib olishlari shart.
304. Xodim avariya holatlarida ichida gaz bor yoki havo almashinuvi yetishmaydigan apparatlar, sigʻimlar, quduqlarda taʼmirlash ishlarini boshlashidan oldin shlangli protivogazni kiyishi lozim. Shlangning orqa uchi toza havoli hududga chiqarib, mahkamlanib qoʻyilishi shart.
305. Shlangli protivogazda tanaffussiz ishlash muddati 15 daqiqadan oshmasligi shart, shundan soʻng xodim 15 daqiqa ochiq havoda dam olishi lozim.
306. Idishlarni, ularning ichiga xodimlarning tushishi bilan bogʻliq ishlarga tayyorlash hamda ishlash paytidagi koʻriladigan xavfsizlik choralari naryad-ruxsatnomada bayon qilingan boʻlishi lozim.
307. Taʼmirlash jarayonida yongʻin xavfsizligi choralarini taʼminlash uchun javobgarlik olovli ishlar olib boriladigan sex, tajribaxona, ustaxona, omborxona, boʻlim rahbarlariga yuklatilishi kerak.
308. Vaqtinchalik payvandlash ishlari va boshqa olovli ishlar bajariladigan joylar obyektning yongʻin xavfsizligi uchun javobgar shaxsning (muassasa, sex, laboratoriya, ustaxona, omborxona va shu kabilarning rahbari) yozma ruxsati bilan aniqlanishi lozim.
309. Olovli ishlar bilan bogʻliq taʼmirlashga yongʻin xavfsizligi talablarini bilishi belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtgan va maxsus ruxsatnoma berilgan xodimlar qoʻyilishi lozim.
310. Olovli ishlarni boshlashdan oldin, ushbu ishlarni bajaruvchi xodimlar mazkur ishlab chiqarishda ishlarni bexatar bajarish qoidalari bilan tanishtirilishi lozim.
311. Ishlab turgan portlash xavfi bor obyektlar va ishlab chiqarish qurilmalariga 25 m gacha boʻlgan masofadagi hududlarda olovli ishlarni bajarish taqiqlanadi.
312. Olovli ishlar bajarilayotgan ish joylarida xavf yuzaga kelgan zahotiyoq ish toʻxtatilishi shart.
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
313. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
314. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
(314-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddasi, Jinoyat kodeksining 257-moddasi.
VII bob. Yakuniy qoida
315. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksionerlik temir yoʻl kompaniyasi va “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi bilan kelishilgan.
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
2011-yil 28-avgust
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2011-yil 28-avgust
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2011-yil 28-avgust
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2011-yil 28-avgust
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NORBOYEVA
2011-yil 28-avgust
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2011-yil 28-avgust
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
2011-yil 28-avgust
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksionerlik temir yoʻl kompaniyasi boshqaruvi raisi A. RAMATOV
2011-yil 28-avgust
“Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi raisi A. BOʻRIYEV
2011-yil 28-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 441-modda; 2017-y., 28-son, 681-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 10.02.2022-y., 10/22/2274-2/0120-son; 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)