toggle_night_mode
Hujjat 02.02.2015 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining
buyrugʻi
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 18-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2219]
“Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 17-son, 209-modda) muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2003-yil 3-iyundagi 151-son “Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1256, 2003-yil 16-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son);
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2006-yil 22-maydagi 151-son “Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1256-1, 2006-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 242-modda);
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2008-yil 17-iyuldagi 210-son “Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1256-2, 2008-yil 16-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 340-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor X. MUXITDINOV
Toshkent sh.,
2011-yil 22-fevral,
1-yu son
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu son buyrugʻiga
ILOVA
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar Umumjahon pochta ittifoqi aktlari, “Aloqa toʻgʻrisida”gi, “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi 339-son “Pochta aloqasi sohasida faoliyatni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatuvchi pochta aloqasi operatorlari, provayderlari va ushbu xizmatlardan foydalanuvchilar oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soladi va pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish tartibini, pochta aloqasi operatorlari, provayderlari hamda foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2015-yil 12-yanvardagi 96-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2219-4, 27.01.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 46-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalarning amal qilishi qonun hujjatlariga muvofiq pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatuvchi pochta aloqasi operatorlari va provayderlariga va bunday xizmatlardan foydalanuvchilarga taalluqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Qoidalarda O`zDSt 1225:2009 “Pochta aloqasi. Atamalar va taʼriflar”da belgilangan atamalar tegishli taʼriflari bilan qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II bob. Foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatishni tashkil qilish
1-§. Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatishni tashkil qilish
3. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha faoliyatni Umumjahon pochta ittifoqi aktlari, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va ushbu Qoidalar asosida amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Pochta aloqasining milliy operatoriga (keyingi oʻrinlarda milliy operator deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida universal xizmatlarni majburiy ravishda koʻrsatish boʻyicha vazifalar yuklatiladi.
Oddiy xat va pochta varaqchalarini joʻnatish milliy operatorning mutlaq huquqi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari:
oʻz nomida, transport vositalarida joylashtiriladigan maxsus farqlanish belgilarida “Pochta” soʻzi va undan hosil boʻlgan soʻzlardan foydalanadi;
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan, pochta aloqasi normativlari hisobga olingan holda, pochta aloqasi obyektlari tomonidan koʻrsatiladigan pochta aloqasi xizmatlari roʻyxatini mustaqil belgilaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Pochta aloqasi obyektiga kiraverishda pochta aloqasi operatorining nomi, pochta aloqasi obyektining nomi va ish tartibi koʻrsatilgan peshlavha joylashtiriladi. Milliy operator pochta aloqasi obyektiga kiraverishda, bundan tashqari, pochta indeksi koʻrsatilgan peshlavha joylashtiriladi va pochta qutisi oʻrnatiladi. Shaharlarda joylashgan, oʻzgaradigan grafik, tushlik tanaffus yoki dam olish kuni bilan ishlaydigan milliy operator pochta aloqasi obyektlarida, shuningdek, boshqacha grafik boʻyicha ishlaydigan eng yaqin pochta aloqasi obyektlarining joylashgan oʻrni va ish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumot ham joylashtiriladi.
Peshlavhalar va eʼlonlar matni davlat tilida bajariladi va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tillarda takrorlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining pochta aloqasi obyektlari ichida koʻrinadigan va foydalanuvchilar uchun qulay boʻlgan joyda zarur boʻlgan axborot beruvchi material, xususan:
ushbu pochta aloqasi obyektining manzili toʻgʻrisidagi;
koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati toʻgʻrisidagi;
ichidagi tekshirilgan holda, ochiq koʻrinishda roʻyxatga olinadigan pochta joʻnatmalarini qabul qilish toʻgʻrisidagi;
pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini (keyingi oʻrinlarda pul oʻtkazmalari deb yuritiladi) yoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
pochta joʻnatmalarini yoʻllash, oʻrovlash tartibi, ularning oʻlchamlari hamda cheklangan ogʻirligi toʻgʻrisidagi;
pochta aloqasi xizmatlari uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi;
kuryerlik joʻnatmalarining miqdori va cheklangan vazni toʻgʻrisidagi;
blanklarni toʻldirish namunalari;
pochta aloqasi xizmatlariga tariflar toʻgʻrisidagi;
joʻnatish taqiqlangan predmetlar va moddalar toʻgʻrisidagi;
pochta joʻnatmalarining nazorat muddatlari oʻtishi toʻgʻrisidagi;
pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul oʻtkazmalarini saqlash muddatlari toʻgʻrisidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
bahosi koʻrsatilgan holda, pochta tovarlarining namunalari;
bahosi koʻrsatilgan holda, pochta, kuryerlik joʻnatmalari uchun tara namunalari;
gazeta, jurnallar sotish toʻgʻrisidagi eʼlon (mavjud boʻlganda);
Keyingi tahrirga qarang.
yuqori turuvchi pochta aloqasi tashkilotining hamda isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilinishini amalga oshirishga vakolatli tegishli tashkilotlarning nomi, manzili va telefon raqami toʻgʻrisidagi;
mazkur Qoidalar bilan, milliy operator pochta aloqa obyektlarida esa bundan tashqari pochta aloqasi obyektlarining pochta indekslari bilan tanishish mumkinligi toʻgʻrisidagi. Ushbu hujjatlar pochta aloqasi obyektlarida boʻlishi va foydalanuvchilarga ularning iltimosiga koʻra tanishish uchun berilishi kerak;
pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining foydalanuvchilar oldidagi javobgarligi toʻgʻrisidagi;
foydalanuvchilarning huquqlari va javobgarligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
xalqaro pul oʻtkazmalarini qabul qilish amalga oshiriladigan mamlakatlar roʻyxati boʻlishi kerak.
Milliy operator pochta aloqasi obyektlarining ichida koʻrinadigan va foydalanuvchilar uchun qulay joyda ushbu pochta aloqasi obyektining pochta indeksi va pochta qutilaridan yozma xat-xabarlarni olib ketish vaqti normativlari toʻgʻrisidagi maʼlumot boʻlishi kerak. Shaharlarda va tuman markazlarida joylashgan pochta aloqasi obyektlari ichida, bundan tashqari, oddiy pochta varaqasini va oddiy xatlarni pochta konvertlarida joʻnatishga moʻljallangan pochta qutisi ham boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Pochta joʻnatmalarini tezkor pochta tartibida (keyingi oʻrinlarda tezkor pochtani joʻnatish deb yuritiladi) qabul qilish joyida, koʻrinadigan va foydalanuvchilar uchun qulay joyda xalqaro tezkor pochta joʻnatmalari qabul qilinadigan mamlakatlar roʻyxati boʻlishi kerak.
6. Pochta aloqasi obyektlarining ish tartibi pochta aloqasi operatorlari tomonidan pochta aloqasi texnologiyalari hisobga olingan holda oʻrnatiladi va foydalanuvchilar uchun qulay boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlar uchun majburiy boʻlgan pochta joʻnatmalari oʻtishining nazorat muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. Pochta aloqasi boshqa xizmatlarini koʻrsatish muddatlari pochta aloqasi operatorlari tomonidan mustaqil belgilanadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 12-apreldagi 16-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2219-2, 17.05.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 20-son, 265-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Milliy operator foydalanuvchilar uchun qulay joylarda oddiy xatlar va pochta varaqchalarini yigʻish uchun pochta qutilari oʻrnatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Har bir pochta qutisida pochta qutisiga berilgan raqam, oddiy xatlar va pochta varaqchalarini olib ketish soni, birinchi va oxirgi olib ketish vaqti, shuningdek olib ketish amalga oshiriladigan kun koʻrsatiladi.
Qishloq joylardagi pochta qutilarida, yuqorida sanab oʻtilgan maʼlumotlardan tashqari, tegishli pochta aloqasi obyektining pochta indeksi ham koʻrsatiladi.
8. Pochta aloqasi obyektlarida adresatlar tomonidan oddiy yozma xat-xabarlar, davriy bosma nashrlar, pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalari kelib tushganligi toʻgʻrisidagi xabarnomalar olinishi uchun abonement pochta javonlari oʻrnatilishi mumkin.
Abonement pochta javonining bitta qutichasidan bir nechta adresat foydalanishiga, shuningdek, band qilish davrida uning boshqa shaxsga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Abonement pochta javonining qutichasi yoki uning qulfi abonent aybi bilan buzilganda, taʼmirlash va yangi qulfni oʻrnatish (kalitni almashtirish) pochta aloqasi operatorlari tomonidan abonent hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Belgilangan haq evaziga abonement pochta javonining qutichalaridan foydalanish istagida boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar ariza beradi va pochta aloqasi operatori bilan shartnoma tuzadi.
Jismoniy shaxslar arizada koʻrsatiladigan hujjatning (ushbu Qoidalarning 136-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan birining) nomini va undagi maʼlumotlarni (raqami, seriyasi, agar pasport koʻrsatilsa, qoʻshimcha tarzda, berilgan sanasini, kim tomonidan berilganligini) shuningdek, roʻyxatda turadigan manzilni koʻrsatishlari kerak.
Yuridik shaxslar arizada davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma maʼlumotlarini (nomi, seriyasi, raqami, roʻyxatga olinganlik sanasi va kim tomonidan berilganligi), yuridik manzilni, joylashgan yerni, telefon (faks) raqamini, bank rekvizitlarini koʻrsatishi kerak. Ariza berish paytida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi yoki uning notarial tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Abonent abonement pochta javonining qutichasidan foydalanishni rad etganda, qutichani band etish muddati tugagan sanadan boshlab bir oydan keyin boshqa abonentga foydalanishga berilishi mumkin. Band etish muddati tugagandan keyin kelib tushgan pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalari arizada koʻrsatilgan yangi manzil boʻyicha joʻnatiladi yoki joʻnatuvchiga qaytariladi, joʻnatuvchining manzili boʻlmaganda esa, tarqatilmaganlar qatoriga vaqtinchalik saqlashga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-§. Pochta aloqasi operatorlarining nomli buyumlaridan foydalanish
11. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari oʻz faoliyatlarida oʻzlarining nomli buyumlarini qoʻllaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Milliy operator pochta aloqasining har bir obyekti oʻzining, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq, mintaqaviy pochta aloqasi tashkilotlarining buyurtmasiga koʻra tayyorlanadigan nomli buyumlariga ega boʻlishi kerak.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2014-yil 8-maydagi 82-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2219-3, 15.05.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 240-modda)
13. Pochta taqvim shtempellari (keyingi oʻrinlarda taqvim shtempellari deb yuritiladi), maxsus hisobdan chiqarish shtempellari, sugʻurta muhrlari, plombir puansoni, iz tushirish moslamalari, termopayvandlash mashinasining plastinalari, nazorat-geraldli muhrlar, frankirlash mashinalarining klishesi milliy operatorning nomli buyumlaridir.
Keyingi tahrirga qarang.
Taqvim shtempeli pochta markalarini hisobdan chiqarish va (yoki) pochta, kuryerlik joʻnatmalariga, pul oʻtkazmalari blanklariga va (yoki) ilova qilinadigan hujjatlarga, kvitansiyalarga tegishli obyektning nomini, pochta vagoni, avtotrakt yoʻnalishini, sanani tushirish uchun moʻljallanadi. Taqvim shtempeli izlarini foydalanuvchilarning iltimoslariga koʻra, turli filatelistik va boshqa materiallarga (konvertlarga, ochiq xat, markalarga) qoʻyish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Maxsus hisobdan chiqarish shtempeli esdalik maxsus shtempel hisoblanadi va davlat miqyosidagi muhim voqealarga, tarixiy va xotira joylariga va sanalariga, koʻrgazmalarga va shu kabilarga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazishda pochta markalarini hisobdan chiqarish uchun qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sugʻurta muhri qiymati eʼlon qilingan xatlarni, qiymati eʼlon qilingan banderollarni, posilkalarni, sugʻurta qoplarini, brezent sumkalarni, konteynerlarni, shuningdek, boyliklar saqlanadigan omborlarni surgʻuch bilan muhrlash uchun moʻljallanadi.
Plombir puansoni pochta aloqasi obyekti nomining izini pochta buyumlari, pochta, kuryerlik joʻnatmalari, shuningdek, boyliklar saqlanadigan omborlar va magistral pochta yoʻnalishlari boʻylab pochta tashiydigan pochta avtomashinalari kuzoviga plombalanadigan plastmassa yoki qoʻrgʻoshin plombalarga tushirish uchun moʻljallanadi.
Iz tushirish moslamasi pochta aloqasi obyekti nomi va pochta indeksi izini qiymati eʼlon qilingan posilkalar va banderollarni oʻrovlashda, shuningdek, xalqaro pochta almashinuvi joylarida keladigan mayda paketlarni oʻrovlashda foydalaniladigan qogʻoz tasmalarga tushirish uchun moʻljallanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Termopayvandlash mashinasining plastinasi — pochta aloqasi obyektining nomi oʻyib yozilgan metall plastina boʻlib, banderollarni oʻrab joylashda termopayvandlash mashinalarida polietilen plyonkalarni payvandlash uchun, shuningdek, keladigan mayda paketlarni polietilen paketlarga joylash bilan bir vaqtda ularga pochta indeksi izini va pochta aloqasi obyektining nomini tushirish uchun moʻljallangan.
Keyingi tahrirga qarang.
Nazorat-geraldli muhr alohida yoʻriqnomalarga muvofiq, pul oʻtkazmalari blanklarni, 5-shakldagi daftarlarni, 10-shakldagi reyestrlarni, pul oʻtkazmalari boʻyicha xizmatga oid yozishmalarni va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish uchun moʻljallanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Frankirlash mashinasining klishesi oddiy va buyurtma xatlarga, pochta varaqachalariga va banderollarga pochta aloqasi xizmatlariga haq toʻlanganlikni, qabul qilish sanasi va boshqa maʼlumotni tasdiqlovchi klishe izlarini tushirish uchun moʻljallanadi.
14. Pochta aloqasi boshqa operatorlari va provayderlarining nomli buyumlari milliy operator uchun belgilangan nomli buyumlardan farq qilishi kerak. Nomli buyumlar roʻyxati va ulardan foydalanish tartibi pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan belgilanadi.
III bob. Pochta aloqasi xizmatlarining turlari
Keyingi tahrirga qarang.
1-§. Pochta xizmatlari
15. Quyidagilar pochta xizmatlari hisoblanadi:
pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalarini, shu jumladan xalqaro pochta joʻnatmalari va xalqaro pul oʻtkazmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish);
tezkor pochta joʻnatmalarini, shu jumladan xalqaro tezkor pochta joʻnatmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish).
Keyingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi hududida adresatga joʻnatish va yetkazib berish (topshirish) uchun qabul qilinadigan pochta joʻnatmalarining quyidagi turlari ichki pochta joʻnatmalariga kiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) xatlar (oddiy, buyurtma, qiymati eʼlon qilingan);
b) pochta varaqchalari (oddiy, buyurtma);
v) banderollar (oddiy, buyurtma, qiymati eʼlon qilingan);
g) sekogrammalar (oddiy, buyurtma);
Keyingi tahrirga qarang.
d) posilkalar (odatdagi, qiymati eʼlon qilingan);
Keyingi tahrirga qarang.
e) mayda paketlar (oddiy, buyurtma);
j) tezkor pochta joʻnatmalari;
z) tegishlicha oʻramdagi bosma nashrlar.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Ichki pul oʻtkazmalari joʻnatish usuliga bogʻliq ravishda oddiy (pochta aloqasi tarmogʻi orqali yuboriladigan) va tezkor (telekommunikatsiyalar tarmogʻi orqali yuboriladigan – telegraf va elektron pul oʻtkazmalari) pul oʻtkazmalariga boʻlinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuborilishi pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanib amalga oshiriladigan ichki pul oʻtkazmalari gibrid pul oʻtkazmalari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Ichki pochta joʻnatmalari uchun cheklangan oʻlchamlar va ogʻirlik ushbu Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq oʻrnatiladi.
19. Ichki oddiy va buyurtma xatlarda yozma xabarlar, ish qogʻozlari, fotosuratlar, badiiy otkritkalar, sxemalar va boshqa qogʻoz mahsulotlari yuboriladi.
Sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar oʻzlaridagi ishlar yuzasidan olinganlik toʻgʻrisida tasdiqni olish uchun tegishli chaqiruv qogʻozini va protsessual aktlarni olinganlik toʻgʻrisidagi buyurtma bildirishnomaga ega boʻlgan buyurtma xatlarda joʻnatishlari kerak. Bildirishnoma blanki xatning manzil koʻrsatilmaydigan tomoniga yopishtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Qiymati eʼlon qilingan ichki xatlarda foydalanuvchi uchun muayyan qiymatga ega boʻlgan predmetlar va hujjatlar (qimmatli qogʻozlar, diplomlar, pasportlar, haydovchilik guvohnomalari, pensiya ishlari, lotereya chiptalari, fuqarolik holati dalolatnomalari qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, yorliqlar, fotosuratlar, badiiy varaqchalar, qoʻlyozmalar, pochta toʻlovi davlat belgilari va boshqalar) joʻnatiladi.
21. Ichki oddiy va buyurtma banderollarda qimmat boʻlmagan bosma nashrlar (blanklar, broshyuralar, plakatlar, gazetalar, jurnallar, kitoblar va boshqalar), ish qogʻozlari, qoʻlyozmalar, fotosuratlar, albomlar, daftarlar va boshqalar joʻnatiladi.
Buyurtma banderollarda, bundan tashqari, badiiy adabiyot, tasviriy sanʼat boʻyicha adabiyot joʻnatish mumkin.
22. Qiymati eʼlon qilingan ichki banderollarda foydalanuvchi uchun muayyan qiymatga ega boʻlgan predmetlar, mahsulotlar va hujjatlar (madaniy-maishiy va ishlab chiqarishga moʻljallangan predmetlar, bosma nashrlar, badiiy adabiyot, tasviriy sanʼat boʻyicha adabiyot, ish qogʻozlari, ovoz yozuvlari, dorilar, uzoq muddat saqlanadigan oziq-ovqatlar va boshqalar) joʻnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Ichki posilkalarda sanoat mollari, uzoq muddat saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari, madaniy-maishiy mollar, bosma nashrlar, oʻsimliklar, tirik asalarilar, dori-darmonlar, tibbiyot preparatlari va boshqalar yuboriladi.
24. Ichki oddiy mayda paketlarda dorivor oʻtlar, urugʻlar, suvenir mahsulotlar (breloklar, magnitlar va boshqalar) yuboriladi.
Ichki buyurtma mayda paketlarda mayda sinmaydigan predmetlar yoki joʻnatuvchi uchun muayyan qiymatga ega boʻlgan tovarlarning yagona namunalari, mahsulotning reklama namunalari (atirlar, kremlar va boshqalarning sinagichlari), kompakt kassetalar, kompakt disklar yuboriladi. Yuboriladigan qoʻyilmaning qiymati tegishli ogʻirlikdagi ichki buyurtma banderol yoʻqolganda oʻrnini qoplaydigan summadan oshib ketmasligi kerak.
Ichki oddiy va buyurtma mayda paketlarga odatdagi yoki shaxsiy yozishmalar tarzidagi istalgan hujjatni, bu hujjatlar adresatga mayda paket joʻnatuvchisidan yuborilayotganligi sharti bilan, joylashga ruxsat etiladi.
25. Xalqaro pochta joʻnatmalariga Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga joʻnatish uchun qabul qilinadigan va uning hududiga boshqa davlatdan keladigan yoki tranzit boʻlib oʻtadigan pochta joʻnatmalarining quyidagi turlari kiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) xatlar (oddiy, buyurtma, qiymati eʼlon qilingan);
b) pochta varaqchalari (oddiy, buyurtma);
v) “M” belgili qoplar (oddiy, buyurtma);
g) sekogrammalar (oddiy, buyurtma);
Keyingi tahrirga qarang.
d) mayda paketlar (buyurtma);
Keyingi tahrirga qarang.
e) posilkalar (odatdagi, qiymati eʼlon qilingan);
Keyingi tahrirga qarang.
j) tezkor pochta joʻnatmalari;
z) tegishlicha oʻramdagi bosma nashrlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Xalqaro pul oʻtkazmalariga oddiy pul oʻtkazmalari va tezkor (elektron) pul oʻtkazmalari kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Xalqaro pochta joʻnatmalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida ichki pochta joʻnatmalari uchun belgilangan muddatlarda yetkazib beriladi (topshiriladi).
Xalqaro pul oʻtkazmalari almashinuvi boʻyicha xizmatlarni taqdim etish uchun pochta aloqasi operatorlari oʻz tanloviga koʻra, boshqa mamlakatlarning pochta aloqasi operatorlari bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama bitimlar tuzadi. Joʻnatish va yetkazib berish (toʻlash) muddatlari bitimlarda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Chiquvchi xalqaro pochta joʻnatmalari uchun cheklangan oʻlchamlar va ogʻirlik ushbu Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq belgilangan.
29. Oddiy va buyurtma xalqaro xatlarda yozma xabarlar, ish qogʻozlari, turli kvitansiyalar, hisob-fakturalar, fotosuratlar yuboriladi.
30. Qiymati eʼlon qilingan xalqaro xatlarda hujjatlar (tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar, diplomlar, ish qogʻozlari, qoʻlyozmalar va boshqalar), notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan hujjatlar va maʼlumotnomalarning nusxalari, hujjatlar (diplomlar, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi, nikoh toʻgʻrisidagi guvohnomalar va boshqalar) dublikatlari hamda qimmatli qogʻozlar yuboriladi.
Qiymati eʼlon qilingan xalqaro xatlarda pasportlarni faqat ularni olib kirish taqiqlanmagan mamlakatlargagina yuborilishiga ruxsat etiladi.
31. “M” belgili qoplarda gazetalar, davriy nashrlar, kitoblar va boshqa bosma mahsulotlar jumladan, gravyuralar, rasmlar, qoʻlyozmalar, geografik xaritalar, andazalar, kataloglar, prospektlar, turli eʼlonlar va bildirishnomalar, mexanik bosishning turli usullarida bajarilgan ottisklar (izlar) va reproduksiyalar joʻnatiladi.
“M” belgili qoplarga bosma nashrlarga qoʻshiladigan yoki birlashadigan boshqa predmetlarni (ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar tomonidan joʻnatiladigan tijoriy namunalar yoki soliq solinmaydigan boshqa tijorat predmetlari yoki qayta sotilishi mumkin boʻlmagan axborot materiallari) kiritilishi mumkin.
32. Xalqaro mayda paketlarda sinmaydigan mayda predmetlar yoki tovarlarning ayrim namunalari joʻnatiladi. Yuboriladigan joylanmaning qiymati Umumjahon pochta ittifoqi aktlari bilan belgilangan, mayda paket yoʻqolganda oʻrnini qoplaydigan summadan oshib ketmasligi kerak.
Xalqaro mayda paketlarga odatdagi yoki shaxsiy yozishma tarzidagi istalgan hujjatni, bu hujjatlar adresatga mayda paket joʻnatuvchisidan yuborilayotganligi sharti bilan, joylashga ruxsat etiladi.
33. Xalqaro posilkalarda qonun hujjatlariga muvofiq chet elga joʻnatish ruxsat etilgan va belgilangan mamlakatga olib kirish taqiqlanmagan sanoat mollari, uzoq muddat saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari, madaniy-maishiy ahamiyatga ega boʻlgan tovarlar joʻnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qiymati eʼlon qilingan xalqaro posilkalar faqat ularni qabul qilish ruxsat etilgan mamlakatlarga joʻnatish uchun qabul qilinadi.
34. Ichki va xalqaro sekogrammalarda koʻzi ojizlar uchun ochiq beriladigan boʻrtma shrift bilan bajarilgan yozma xabar va nashrlar hamda sekografiya belgilariga ega klishe, shuningdek, koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan, agarda koʻzi ojizlar tashkiloti tomonidan joʻnatilsa yoki shunday tashkilotga yuborilsa, ovozli yozuvlar va maxsus qogʻoz yuboriladi. Bundan tashqari, koʻzi ojizlar tashkiloti tomonidan joʻnatiladigan yoki unga yoʻllanadigan ichki sekogrammalarda tiflotexnika vositalari ham yuborilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Bosma nashrlar sifatida tegishli oʻramda manzil tizimi boʻyicha joʻnatiladigan davriy bosma nashrlar (gazetalar, jurnallar) joʻnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, Umumjahon pochta ittifoqi aktlari va ushbu Qoidalarning 3-ilovasi bilan taqiqlangan va cheklangan predmetlar hamda moddalarning ichki va xalqaro pochta joʻnatmalarida joʻnatilishi taqiqlanadi va cheklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xalqaro pochta joʻnatmalarida foydalanuvchilar tomonidan ishlab chiqarishga yoki boshqa tijoriy faoliyat uchun moʻljallanmagan va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish taqiqlanmagan predmetlarning joʻnatilishiga ruxsat etiladi.
37. Hujjatlar boʻlgan ichki va xalqaro tezkor pochta joʻnatmalarida yozma xabarlar, ish qogʻozlari, turli kvitansiyalar, hisob-fakturalar, fotosuratlar, bosma nashrlar (blanklar, broshyuralar, plakatlar, gazetalar, jurnallar, kitoblar va boshqalar), qoʻlyozmalar, fotosuratlar, albomlar, daftarlar, badiiy adabiyot, tasviriy sanʼat boʻyicha adabiyot, hujjatlar (diplomlar, guvohnomalar, shahodatnomalar va boshqalar), notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan hujjatlar va maʼlumotnomalar nusxalari, hujjatlar (diplomlar, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi, nikoh toʻgʻrisidagi guvohnomalar va boshqalar) dublikatlari hamda qimmatli qogʻozlar joʻnatiladi. Hujjatlar boʻlgan xalqaro tezkor pochta joʻnatmalarida pasportlarni, faqat ularni olib kirish taqiqlanmagan mamlakatlargagina joʻnatishga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Tovarlar boʻlgan ichki va xalqaro tezkor pochta joʻnatmalarida sanoat mollari, uzoq muddat saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari, madaniy-maishiy mollar va boshqalar joʻnatiladi.
39. Tezkor pochta joʻnatmalariga, shu jumladan, xalqaro pochta joʻnatmalariga quyidagilar kiradi:
hujjatlar boʻlgan joʻnatmalar;
tovarlar boʻlgan joʻnatmalar (oddiy, qiymati eʼlon qilingan).
Tovarlar boʻlgan tezkor pochta joʻnatmalari joʻnatiladigan tovarlarning hujjatlarini ham ichiga olishi mumkin.
40. Ichki va xalqaro pochta joʻnatmalari ishlov berish va tashish tezligiga bogʻliq ravishda ustuvor va ustuvor boʻlmagan pochta joʻnatmalariga boʻlinadi.
Ustuvor joʻnatmalarga eng tez yoʻl orqali (havo yoki yer) ustuvor tartibda ishlov beriladi va ular uchun birmuncha yuqori tarif belgilanadi. Ustuvor boʻlmagan joʻnatmalarning tarifi birmuncha past va joʻnatish hamda yetkazib berish (topshirish) muddati birmuncha uzoq boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Oʻzbekiston Respublikasi hududida pochta varaqchalari, xatlar, banderollar, mayda paketlar va sekogrammalarni joʻnatish va yetkazib berish (topshirish) boʻyicha pochta xizmatlari universal xizmatlarga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Universal pochta aloqasi xizmatlari belgilangan normativlar va sifat koʻrsatkichlariga mos kelishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Universal xizmatlarni koʻrsatishda yozma xat-xabarlar oʻtishining nazorat muddatlari, shuningdek, pochta qutilaridan oddiy xatlar va pochta varaqachalarini olib ketish vaqti normativlari Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi tomonidan oʻrnatiladi.
(42-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 12-apreldagi 16-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2219-2, 17.05.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 20-son, 265-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Universal xizmatlardan foydalanuvchilar foydalana olishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi tomonidan shaharlarda va qishloq joylarda milliy operator pochta aloqasi boʻlimlari va punktlarini joylashtirish normativlari tasdiqlanadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 12-apreldagi 16-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2219-2, 17.05.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 20-son, 265-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
44. Universal xizmatlarni koʻrsatishda joʻnatiladigan yozma xat-xabarlar uning ruxsat etilgan qoʻyilmasiga boʻlgan talablarga, shuningdek, ushbu Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq cheklangan oʻlchamlar va ogʻirlikka javob berishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
2-§. Kuryerlik xizmatlari
45. Kuryerlik joʻnatmalari, shu jumladan xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish) boʻyicha xizmatlar kuryerlik xizmatlari hisoblanadi.
Quyidagilar ichki kuryerlik joʻnatmalariga kiradi:
a) pochta varaqchalari;
b) xatlar;
v) banderollar;
g) posilkalar;
d) tegishli oʻrovdagi bosma nashrlar.
Quyidagilar xalqaro kuryerlik joʻnatmalariga kiradi:
a) pochta varaqchalari;
b) xatlar;
v) posilkalar;
g) tegishli oʻrovdagi bosma nashrlar.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Ichki kuryerlik joʻnatmalari kuryerlik xizmatlarini koʻrsatadigan pochta aloqasi operatorlari tomonidan belgilanadigan eng qisqa muddatlarda yuboriladi va qoʻldan qoʻlga yetkazib beriladi (topshiriladi).
Xalqaro kuryerlik joʻnatmalari ikki tomonlama bitimlar bilan belgilangan muddatlarda joʻnatiladi va yetkazib beriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
47. Ichki va xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yoʻllash tartibi pochta aloqasi operatorlari tomonidan va ikki tomonlama bitimlar bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Ichki va xalqaro kuryerlik joʻnatmalarining cheklangan oʻlchamlari va ogʻirligi pochta aloqasi operatorlari tomonidan ushbu Qoidalarning 4 va 5-ilovalariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV bob. Ichki va xalqaro pochta joʻnatmalarini, shu jumladan, tezkor pochta joʻnatmalarini, pul oʻtkazmalarini, kuryerlik joʻnatmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish)
Keyingi tahrirga qarang.
1-§. Pochta aloqasi xizmatlari uchun haq toʻlash
49. Pochta aloqasi xizmati uchun haq toʻlash universal xizmatlardan tashqari, shartnoma asosida pochta aloqasi operatori yoki provayderi tomonidan oʻrnatiladigan tariflar boʻyicha belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Universal pochta aloqasi xizmatlari uchun haq toʻlash narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan tariflar asosida belgilanadi.
(49-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 12-apreldagi 16-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2219-2, 17.05.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 20-son, 265-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
50. Pochta xizmatlarining haqi pochta toʻlovi davlat belgilari bilan, naqd pul mablagʻlari yoki naqd pulsiz hisob-kitoblar yoʻli orqali, shu jumladan, plastik kartochkalar orqali terminallardan foydalangan holda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Pochta toʻlovi davlat belgilari bilan ichki va xalqaro oddiy va buyurtma xatlarni, pochta varaqchalarini, ichki oddiy va buyurtma banderollarni, ichki oddiy mayda paketlarni, ichki pochta joʻnatmalari olinganligi yoki ichki pul oʻtkazmalari toʻlanganligi toʻgʻrisidagi oddiy va buyurtma bildirishnomalarni joʻnatish haqi toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar tomonidan joʻnatiladigan xatlar va banderollarni, oddiy mayda paketlarni tarozida tortish, tariflash va ularga pochta markalarini yopishtirish joʻnatuvchilarning vazifasi hisoblanadi. Ularning istagiga koʻra, bu xizmatlarni qoʻshimcha haq evaziga pochta aloqasi obyekti xizmatchilari koʻrsatishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
51. Kuryerlik xizmatlari haqi naqd pul yoki naqd pulsiz hisob-kitoblar yoʻli bilan, shu jumladan, plastik kartochkalar orqali terminallardan foydalangan holda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
52. Pochta toʻlovi davlat belgilari sifatida pochta joʻnatmalariga yopishtiriladigan yoki bosmaxona usulida pochta konvertlariga va pochta varaqchalariga tushiriladigan pochta markalaridan, frankirlash mashinasi izlaridan foydalaniladi.
Pochta toʻlovi davlat belgilarida lotin harflari bilan davlatning nomi, arab raqamlari yoki lotin harflari bilan toʻlov summasi, chiqarilgan yili koʻrsatiladi.
53. Frankirlash mashinalaridan milliy operatorning pochta aloqasi obyektlarida foydalanish, shuningdek, shartnoma asosida foydalanuvchilar (yuridik shaxslar) tomonidan foydalanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Frankirlash mashinalaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
(53-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 12-apreldagi 16-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2219-2, 17.05.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 20-son, 265-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
54. Agar pochta joʻnatmasining oʻlchamlari unga frankirlash mashinasi klishesining izini tushirish imkonini bermasa, u holda iz alohida qogʻoz varaqqa tushirilishi, keyin pochta joʻnatmasiga yopishtirilishi mumkin.
55. Qalbaki pochta toʻlovi davlat belgilarini sotishda yoki sotish maqsadida tayyorlashda, shuningdek, qalbakiligi oldindan maʼlum boʻlgan frankirlash mashinalari klishesi izlaridan foydalanishda aybdor deb topilgan shaxslar qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
56. Pochta toʻlovi davlat belgilari pochta konverti, pochta varaqchasi, banderollar, oddiy mayda paket, ichki pochta joʻnatmasi olinganligi yoki ichki pul oʻtkazmasi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi oddiy va buyurtma bildirishnomaning yuqori oʻng burchagiga joylashtiriladi. Pochta markalarini ustma-ust yopishtirish taqiqlanadi. Markalar taqvim shtempeli izi bilan, ulardan takror foydalanib boʻlmaydigan tarzda hisobdan chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Pochta markalarini hisobdan chiqarishda pochta joʻnatmalarini joʻnatish toʻlovining toʻgʻriligi tekshiriladi.
57. Sotilgan pochta toʻlovi davlat belgilari qaytarib olinmaydi va almashtirilmaydi.
Pochta muomalasidan olingan pochta markalaridan, buzilgan (ifloslangan, shikastlangan, yelimlangan, qandaydir yoʻl bilan hisobdan chiqarilgan), shuningdek, chet el pochta markalaridan ichki va xalqaro oddiy va buyurtma xatlar, pochta varaqchalari, ichki oddiy va buyurtma banderollar, oddiy mayda paketlar, ichki pochta joʻnatmalari olinganligi yoki ichki pul mablagʻlari toʻlanganligi toʻgʻrisidagi oddiy va buyurtma bildirishnomalarni joʻnatish toʻlovi uchun foydalanilmaydi. Toʻlov uchun yaroqsiz boʻlgan pochta markalari hisobga olinmaydi. Bu holda, qalam bilan doira ichiga olinadigan bunday pochta markalari yoniga nol (0) raqami qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
58. Xalqaro oddiy va buyurtma xatlar, pochta varaqchalari toʻlovi uchun Umumjahon pochta ittifoqining Xalqaro byurosi tomonidan chiqariladigan xalqaro javob kuponlari qabul qilinishi mumkin. Ular “URU” (“BPI”) harflari yirik shriftda tasvirlangan suv qogʻozdagi belgilari boʻlgan maxsus qogʻozda chop etiladi. Kuponlarda qabul qiladigan mamlakat nomi va Umumjahon pochta ittifoqining standart shtrix kodi chop etiladi.
Pochta joʻnatmasini topshirishda koʻrsatiladigan xalqaro javob kuponlari qaysi mamlakatga moʻljallanganidan qatʼi nazar, ogʻirligi 20 g gacha boʻlgan bitta oddiy xalqaro aviaxat tarifiga toʻgʻri keladigan pochta markalariga almashtiriladi.
Kuponlarda ularning amal qilish muddati koʻrsatiladi. Bosma matni belgilangan matnga toʻgʻri kelmaydigan javob kuponlari haqiqiy boʻlmaganligi tufayli qabul qilinmaydi.
59. Fuqarolarning uyiga yoʻllangan xatlar va qiymati eʼlon qilingan banderollar, pul oʻtkazmalari yetkazib berilganligi uchun toʻlovni yoki joʻnatuvchi yoki adresat toʻlashi mumkin.
Posilkalarni yetkazib berish qiymatini (pochta aloqasi obyektlaridan yetkazib berish imkoniyati boʻlganda) adresat toʻlaydi.
60. Frankirlash mashinalari klishesi izlari tushirilgan oddiy va buyurtma xatlar, pochta varaqchalari va banderollar yuridik shaxslar tomonidan joʻnatish uchun ularga xizmat koʻrsatadigan milliy operator pochta aloqasi obyektiga topshiriladi.
61. Pochta qutisiga tashlangan frankirlash mashinalari klishesi izlari tushirilgan xatlar va pochta varaqchalari belgilangan joyga yuborilmaydi, balki milliy operator pochta aloqasi obyektiga topshirish uchun joʻnatuvchilarga qaytariladi.
62. Haqi toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan, pochta qutisiga tashlangan xatlar, pochta varaqchalari belgilangan joyga yuborilmaydi, balki markalar hisobdan chiqarilmay haqini toʻliq toʻlash uchun joʻnatuvchilarga qaytariladi.
Joʻnatuvchining manzili boʻlmagan holda, koʻrsatilgan haqi toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan xatlar, pochta varaqchalari tarqatilmaganlar qatoriga topshiriladi.
63. Milliy operator pochta aloqasi obyektlari quyidagilarni haqi toʻlanmasdan joʻnatadi va yetkazib beradi (topshiradi):
Keyingi tahrirga qarang.
a) yer usti transporti bilan joʻnatiladigan ichki va xalqaro sekogrammalarni;
Keyingi tahrirga qarang.
b) muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy qismlar shaxsiy tarkibi tomonidan joʻnatiladigan, ogʻirligi 20 g gacha boʻlgan oddiy xatlar va pochta varaqachalarini, ularda harbiy qismning maxsus uchburchakli shtampi boʻlganda;
Keyingi tahrirga qarang.
v) muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy qismlarning shaxsiy tarkibi nomiga joʻnatiladigan, ogʻirligi 20 g gacha boʻlgan oddiy xatlar va pochta varaqchalarini;
Keyingi tahrirga qarang.
g) milliy operator pochta aloqasi obyektlari tomonidan xizmatga oid turkumda joʻnatiladigan ichki pochta joʻnatmalarini;
d) Umumjahon pochta ittifoqiga aʼzo mamlakatlar yoki tayinlangan operatorlar va ularning muassasalari, Umumjahon pochta ittifoqining Xalqaro byurosi, aloqa sohasida mintaqaviy hamdoʻstlik va milliy operator pochta aloqasi obyektlari tomonidan xizmatga oid turkumda joʻnatiladigan xalqaro pochta joʻnatmalarini.
2-§. Ichki va xalqaro pochta joʻnatmalarini hamda pul oʻtkazmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish)
Keyingi tahrirga qarang.
64. Jismoniy shaxslar tomonidan joʻnatiladigan, roʻyxatga olinadigan ichki va xalqaro pochta joʻnatmalari pochta aloqasi obyektlarida ochiq holda qabul qilinadi.
Yuridik shaxslar tomonidan joʻnatiladigan, roʻyxatga olinadigan ichki va xalqaro pochta joʻnatmalari yuborish uchun, joʻnatuvchining muhri yoki plombasi ostida ham ochiq, ham yopiq holda topshirilishi mumkin (buyurtma xatlarni joʻnatishda konvert klapanlarida joʻnatuvchilarga berilgan muhr izi tushirilgan holda). Pochta joʻnatmasida joʻnatilishi taqiqlangan predmetlar yoki moddalar borligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlganda, pochta aloqasi xodimiga joʻnatuvchi ishtirokida koʻrsatilgan joʻnatmalarni, qoʻyilmalarni tekshirish uchun ochish huquqi beriladi. Joʻnatish taqiqlangan qoʻyilmalar aniqlanganda, ular qabul qilinmaydi. Agar qoʻyilma xususiyati uni pochta joʻnatmasining berilgan koʻrinishda (toifada) joʻnatishga mos kelmasa, pochta aloqasi xodimi uni pochta joʻnatmasining boshqa turi (toifasi) bilan joʻnatishni tavsiya qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
65. Koʻchalarda oʻrnatiladigan pochta qutilariga oʻlchami 114x162 mm va 110x220 mm boʻlgan pochta konvertlaridagi oddiy xatlar va pochta varaqchalari tashlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Milliy operator pochta aloqasi obyektlarining operatsion zallarida oʻrnatiladigan maxsus pochta qutilariga, shuningdek, oʻlchami 162x229 mm, 229x324 mm boʻlgan pochta konvertlaridagi oddiy xatlar ham tashlanishi mumkin.
Pochta qutilariga tashlangan oʻrovsiz yozma xabarlar, pochta varaqchalaridan tashqari, joʻnatilmaydi va ishlov berishning birinchi bosqichidan joʻnatuvchiga qaytariladi, yuboruvchining manzili boʻlmaganda, tarqatilmaganlar qatoriga topshiriladi.
66. Ichki va xalqaro pul oʻtkazmalari pochta aloqasi obyektlarida joʻnatuvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 136-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan biri koʻrsatilgan holda qabul qilinadi.
67. Qiymati eʼlon qilingan ichki va xalqaro xatlar joʻnatiladigan barcha predmetlar roʻyxati bilan (ularning miqdori va qiymati koʻrsatilgan holda) qabul qilinadi. Qiymati eʼlon qilingan ichki banderollar joʻnatuvchining xohishiga koʻra, qoʻyilma roʻyxati bilan ham, qoʻyilma roʻyxatisiz ham qabul qilinishi mumkin.
68. Qiymati eʼlon qilingan joʻnatmalar qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda sugʻurtalanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
69. Qiymati eʼlon qilingan pochta joʻnatmalari ustama toʻlov bilan yuborilishi mumkin. Ustama toʻlov summasi pochta joʻnatmasining eʼlon qilingan qiymati summasidan oshib ketmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ustama toʻlovli ichki pochta joʻnatmalari joʻnatish uchun Oʻzbekiston Respublikasining butun hududi boʻylab qabul qilinadi.
Ustama toʻlovli xalqaro xatlar va posilkalar faqat ikki tomonlama bitim tuzilgan mamlakatlargagina joʻnatishga qabul qilinadi.
70. Roʻyxatga olinadigan ichki pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalari joʻnatishga olinganlik toʻgʻrisidagi oddiy, buyurtma va tezkor bildirishnomalar bilan qabul qilinishi mumkin.
Roʻyxatga olinadigan xalqaro pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalari joʻnatishga faqat olinganlik toʻgʻrisidagi oddiy bildirishnomalar bilan qabul qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
71. “Oʻz qoʼliga topshirilsin. Buyurtma bildirishnoma bilan” — “Vruchit lichno. S zakaznim uvedomleniyem” belgisi bilan fuqarolarning uyiga yoʻllangan, olinganlik toʻgʻrisidagi buyurtma bildirishnomalar bilan buyurtma mayda paketlar, qiymati eʼlon qilingan xatlar, buyurtma banderollar, buyurtma xatlar va buyurtma pochta varaqchalari qabul qilinishi mumkin. Bunday pochta joʻnatmalari bildirishnoma blankiga imzo qoʻyish bilan adresatga shaxsan topshiriladi.
72. Alohida joʻnatuvchilar va adresatlar uchun ichki pochta joʻnatmalarining quyidagi turkumlari belgilanadi:
a) “NUKUMATGA OID” belgisi boʻlgan pochta joʻnatmalari, ularga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-yanvardagi 1-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 1-2-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilarning ayrim toifalari roʻyxatida koʻrsatilgan foydalanuvchilarning alohida toifalari tomonidan joʻnatiladigan pochta joʻnatmalari kiradi;
b) harbiy pochta joʻnatmalari, ularga harbiy qismlar va muassasalar, shuningdek, ularning shaxsiy tarkibi tomonidan joʻnatiladigan va olinadigan pochta joʻnatmalari kiradi;
v) xizmatga oid pochta joʻnatmalari, ularga pochta aloqasi operatorlarining, oʻzlarining pochta aloqasi tarmoqlari orqali toʻlovsiz joʻnatiladigan pochta joʻnatmalari kiradi.
73. Xalqaro pochta joʻnatmalari qonun hujjatlariga muvofiq bojxona nazorati va rasmiylashtirilishidan oʻtadi.
Keyingi tahrirga qarang.
74. Keluvchi, chiquvchi va ochiq tranzit bilan joʻnatiladigan xalqaro pochta joʻnatmalariga toʻliq ishlov berish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan nazorat qilish, shuningdek, tayinlangan joyga joʻnatish xalqaro pochta almashinuvi joylarida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
75. Chet davlatlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik va konsullik vakolatxonalarining, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning pochta joʻnatmalarini, shuningdek, koʻrsatilgan tashkilotlar manziliga pochta joʻnatmalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida joʻnatish va yetkazib berish (topshirish) ichki pochta joʻnatmalari kabi toʻlanadi va rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
76. Xalqaro pochta joʻnatmalari yer usti va havo transporti bilan joʻnatish uchun qabul qilinadi.
Joʻnatuvchi xalqaro pochta joʻnatmalariga (mayda paketlar, odatdagi va (yoki) qiymati eʼlon qilingan posilkalarga) bojxona deklaratsiyalari toʻldiradi, deklaratsiyalar soni har bir mamlakat tomonidan alohida, ularda joʻnatiladigan barcha predmetlarni, ularning soni va qiymatini koʻrsatib sanab oʻtgan holda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
77. Pochta joʻnatmalarini oʻrovlash qoʻyilma xususiyatiga, joʻnatish shartlariga va yoʻlning uzoqligiga mos kelishi, ishlov berish va tashish paytida qoʻyilma shikastlanishi, qobiq, muhrlar, plombalar, bogʻlamlar, tasmalar va shu kabilarni buzmasdan unga bemalol kira olish, boshqa pochta joʻnatmalarining buzilish va pochta aloqasi xodimlariga qandaydir ziyon yetishi mumkinligining oldini olishi kerak.
Pochta konvertlari, pochta varaqchalari, posilkalar va banderollarni oʻrovlash uchun moʻljallangan tara Oʻz DSt 1020:2002 “Pochta konvertlari. Texnik shartlar”, Oʻz DSt 1099:2005 “Pochta qoplari. Texnik shartlar”, Oʻz DSt 1107:2006 “Posilka qutilari. Texnik shartlar”, Oʻz DSt 1143:2008 “Pochta varaqchalari. Texnik shartlar” va ushbu Qoidalar talablariga mos kelishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
78. Xatlarni oʻrovlash uchun pochta konvertlaridan foydalaniladi.
79. Banderollar va sekogrammalarni oʻrab joylash uchun pochta konvertlari, gʻiloflar, karton qutilar, yogʻoch (faner) qutilar qoʻllaniladi. Banderollarni oʻrab joylash uchun materiallar sifatida pishiq qogʻoz, polietilen plyonka, och rangdagi sidirgʻa gazlamadan va sertifikatlashtirilgan oʻrovlash materiallarining boshqa turlaridan foydalanish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar banderolda yoki sekogrammada bir nechta predmet yuboriladigan boʻlsa, bu predmetlar oʻrovlashdan oldin shpagat bilan bogʻlanadi. Ogʻirligi 500 g dan ortiq boʻlgan oddiy va buyurtma banderollar va sekogrammalar, bundan tashqari, oʻrov materiali ustidan xochsimon shaklda shpagat bilan bogʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Banderol yoki sekogramma qoʻyilmasi nay shaklida oʻralishi va qoʻshimcha ravishda qogʻoz yoki boshqa tasma bilan mahkamlanishi mumkin, uzunligi 45 sm dan ortiq boʻlgan qoʻyilmalar qattiq asosga oʻraladi.
Keyingi tahrirga qarang.
80. Posilkalar joʻnatuvchilar tomonidan posilka qutilarga (karton, yogʻoch, faner va polimer) yoki yumshoq oʻrov materialiga oʻrab joylashtirilishi kerak.
Yumshoq oʻrov materiali (mato) sidirgʻa och rangda boʻlib, ichki chok bilan (tikuv mashinasida yoki qoʻlda) tikilgan boʻlishi kerak, tashqi (konvertga oʻxshash) chok bir xil iplar (quyuq baxya) bilan, faqat posilkaning bir tomonidan (manzil yozilgan joydan chapda) bajariladi.
Metall tasmalar yoki sim bilan mahkamlangan, mixlari yaxshi qoqilmagan va yaxshi qayrilmagan qutilardagi, shuningdek, joʻnatish uchun yaroqsiz boʻlgan posilka qutilaridagi posilkalar qabul qilinmaydi.
Posilka qoʻyilmasi oʻrov ichida siljimasligi kerak.
81. Joʻnatuvchilar posilka joylanmasining oʻziga xos xususiyatlariga bogʻliq ravishda quyidagi shartlarga rioya qilishlari kerak:
a) shisha yoki boshqa nozik predmetlar tegishli himoya materiali bilan toʻldirilgan mustahkam qutilarga joylashtirilishi kerak. Tashish paytida predmetlar oʻrtasida yoki predmetlar bilan quti devorlari oʻrtasida ishqalanish yoki urilishlarga yoʻl qoʻyilmasligi kerak;
b) kinofilmlar, kinotasmalar, magnit tasmalar maxsus taraga joylanishi kerak;
v) urugʻlar, pistalar, yongʻoqlar, quruq mevalar, un va boshqa sochiluvchan moddalar pishiq mato, klyonka, plyonkadan tayyorlangan qopchalarga, pishiq qogʻoz paketlarga oʻrovlanadi va qutilarga yoki karton qutilarga joylanadi;
g) suyuqliklar va suyuq holatga oson oʻtadigan moddalar (soklar, siroplar, yogʻlar, murabbo, asal, mevalar va boshqalar) zich berkitilgan idishlarga joylashtirilishi kerak. Har bir idish idish shikastlanganda suyuqlikni shimib olish uchun yetarli miqdordagi tegishli himoya materiali bilan toʻldiriladigan maxsus mustahkam qutiga joylashtirilishi kerak. Qutining qopqogʻi u oson ochilib ketmaydigan qilib mahkamlanishi kerak;
d) malham dori, yumshoq sovun, mum kabi suyuq holatga qiyin oʻtadigan yogʻli moddalar, shuningdek, ipak qurti urugʻi ichidagisi oqib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ancha mustahkam materialdan qilingan ikkinchi qutiga keyin solinadigan birlamchi qobiqqa (quti, kanop qop, plastik material va hokazo) bekitilishi kerak;
e) koʻchatlar usti mato bilan oʻralgan savatlarga yoki shamollatish uchun teshiklari boʻlgan qutilarga joylanadi. Savat (quti) tubiga polietilen (plyonka) solinadi;
j) anilin koʻk boʻyoq kabi boʻyovchi quruq kukunlar va shu kabilarni faqat oʻz navbatida, ikkala oʻrov oʻrtasida tegishli himoyalovchi va yutuvchi material boʻlgan mustahkam qutilarga joylashtiriladigan, metalldan qilingan zich berkiladigan qutilarda joʻnatishga ruxsat etiladi;
z) boʻyamaydigan quyuq kukunlar mustahkam sigʻimlarga (quti, qop) joylashtirilishi kerak. Bu sigʻimlar mustahkam materialdan qilingan qutiga joylashtirilishi kerak;
i) tirik asalarilar, drozofil (Drosophilidae) oilasiga kiradigan mayda pashshalar, zuluklar va parazitlar tuzilishi joylanmaning xavfliligini va saqlanishi oldini oladigan qutilarga joylashtirilishi kerak;
k) fabrikada ishlov berilmagan moʻyna va kemiruvchilarning terilari, shuningdek, jun, dagʻal jun, soch, par va patlar solingan posilkalar dastlab matoga (qop matoga, polietilen plyonkaga), soʻngra qutilarga (karton qutilarga) joylashtirilishi kerak;
l) aniq asboblar (oʻlchash asboblari va boshqalar) joʻnatishda joylanmaning siljishi va shikastlanishini istisno qiladigan qistirmali qattiq taraga oʻrab joylashtirilishi kerak. Bunday posilkalar panjarasimon toʻr koʻrinishida yasalgan qutilarga oʻrab joylashtirilishi mumkin. Panjarasimon toʻr ichiga asbobni qattiq siqib turadigan va uni karkasga urilib ketishdan saqlaydigan maxsus mahkamlovchi tizim oʻrnatiladi.
m) jonli oʻsimliklar (tok novdalari, koʻchatlar va boshqalar), shuningdek, oʻtkir qirralari va gʻadir-budurliklari boʻlmagan, oʻz oʻlchamlari tufayli belgilangan oʻlchamdagi posilka tarasiga (ogʻirligi yoʻl qoʻyiladigan normadan oshmaydigan) oʻrab joylash mumkin boʻlmagan yirik gabaritli sinmaydigan predmetlar joʻnatish uchun qop matoga (gazlamaga) oʻrovlangan holda qabul qilinadi;
n) sinmaydigan va ifloslanmagan yaxlit predmetlar, shuningdek, oʻlchamlari va ogʻirligi belgilangan normalardan oshmaydigan ajralmaydigan predmetlar (chizmachilik taxtalari, bolalar chanalari, jomadonlar, bidonlar va shu kabilar), oʻtkir qirrali predmetlardan tashqari, qutilarga yoki matolarga oʻralmasdan joʻnatilishi mumkin;
o) yangi uzilgan sabzavot va mevalarning qattiq navlari solingan posilkalar chetki va yon devorlari shamollatish teshiklari yoki vertikal teshiklar boʻlgan yogʻoch (faner) qutilarda qabul qilinadi;
p) avtopokrishkalar pochta qoplariga joylanadi.
82. Bosma nashrlar shaffof polietilen oʻrov materialiga oʻraladi yoki qogʻoz tasma yoki boshqa tasma bilan mahkamlanadi (banderol qilinadi). Bosma nashrlar naychasimon qilib oʻralishi mumkin, uzunligi 45 sm dan oshganda ular qattiq asosga oʻraladi.
83. Pochta joʻnatmalarida, posilkalariga ilova qilinadigan blanklarda, shuningdek, pul oʻtkazmalarining blanklarida joʻnatuvchi va adresat manzillari joʻnatuvchi tomonidan yoziladi. Manzilda qisqartirilgan nomlar, shuningdek manziliga taalluqli boʻlmagan belgilar boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Manzil rekvizitlari quyidagi tartibda yoziladi:
adresatning nomi (fuqarolar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaxslar uchun — toʻliq nomi);
koʻchaning nomi, uy raqami, xonadon raqami;
aholi punktining (shahar, posyolka va shu kabi) nomi;
Keyingi tahrirga qarang.
tuman nomi;
respublika, viloyat nomi;
Keyingi tahrirga qarang.
mamlakat nomi (xalqaro pochta joʻnatmalari uchun);
pochta indeksi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oluvchining manzili pochta konverti, pochta varaqchasi yoki pochta joʻnatmasi oʻrovining pastki oʻng qismida, joʻnatuvchining manzili esa, yuqori chap burchakda yoziladi.
Yuridik shaxs tomonidan pul oʻtkazmalari joʻnatilganda, joʻnatuvchining blankdagi manzilida yuridik shaxsning nomi, uning bank rekvizitlari va joylashgan yeri (pochta manzili), uning nomidan qatnashadigan vakolatli shaxsning pasport maʼlumotlari (familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy va (yoki) vaqtinchalik yashash joyi, pasport seriyasi va raqami) koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
84. Pochta joʻnatmalari, posilkalarga ilova qilinadigan blanklardagi, shuningdek, pul oʻtkazmalari blanklaridagi barcha manzil maʼlumotlari siyoh bilan (agar imkoni boʻlsa, bosma harflar bilan) aniq qilib yoziladi yoki bosmaxona usulida yozuv mashinkasida yoki zarur aniqlik bilan boshqa texnik vositalardan foydalanib yoziladi. Pul oʻtkazmasi blankida tuzatish, oʻchirib tashlash, raqamlar va harflarning ustidan takror boʻyashga, qalam bilan qilingan yozuvlarga, shuningdek, xalqaro pul oʻtkazmalari manzilida qisqartmalarga yoʻl qoʻyilmaydi. Blanklarda blanklar matniga kiritilgan belgilardan tashqari, har qanday belgilarni qoʻyish taqiqlanadi, xizmatga oid koʻrsatmalar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Tezkor pochta joʻnatmalarida, pul oʻtkazmalari blanklarida, posilkalarga ilova qilinadigan manzillarda, ular kelganligi toʻgʻrisida xabar berish mumkin boʻlgan adresatlarning telefon raqamlari koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Pul oʻtkazmalarini belgilanmagan shakldagi blanklarda qabul qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Pochta joʻnatmalariga bosmaxona usulida yozuv mashinkasida (yirik shrift bilan) yoki boshqa texnik vositalardan foydalanib bosilgan yoki qoʻlda yozilgan manzil yorliqlarini yopishtirish mumkin. Yorliqlar uchun oq qogʻozdan yoki och rangdagi qogʻozdan foydalaniladi.
85. Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida yuboriladigan pul oʻtkazmalari blanklaridagi va pochta joʻnatmalaridagi manzillar davlat yoki rus tillarida rasmiylashtiriladi.
86. Xalqaro pochta joʻnatmalarida va xalqaro pul oʻtkazmalari blanklarida manzil lotin harflari va arab raqamlari bilan yoziladi. Manzilni moʻljallangan mamlakat va aholi punkti nomini davlat tilida yoki fuqarolarning istagiga koʻra, xalqaro tillarning birida — fransuz, ingliz, rus tilida takrorlash sharti bilan moʻljallangan mamlakat tilida yozishga ruxsat etiladi.
Xalqaro pul oʻtkazmalari blanklarida pul birligi summasi va nomi qisqartirishlarsiz, ikki tomonlama bitimlar bilan belgilangan tilda koʻrsatilishi kerak. Tezkor (elektron) xalqaro pul oʻtkazmalari, bundan tashqari, ular oʻtkaziladigan elektron tarmoqning texnik qoidalariga muvofiq tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
87. Pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalari adresatning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan holda yoʻqlab olinadigan qilib yoki yuridik shaxsning toʻliq nomi yoki adresatning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan holda abonement pochta qutisiga yoʻllanishi mumkin. Bunday joʻnatmalar uchun initsiallar, raqamlar, faqat nomlar, soxta nomlar yoki biror shartli belgilarning koʻrsatilishiga ruxsat etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
88. Ichki va xalqaro pochta joʻnatmalarida joʻnatuvchining faqat bitta manzili va oluvchining faqat bitta manzili koʻrsatilishi kerak. Joʻnatuvchining manzili Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktining manzili boʻlishi kerak.
89. Joʻnatuvchi ichki pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalarining manzili tomonida ularning turi, toifasi va turkumiga bogʻliq holda quyidagi belgilarni qoʻyadi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) buyurtma xatlarda va pochta varaqchalarida — “Buyurtma” — “Zakaznoye”;
b) oddiy (buyurtma) sekogrammalarda — “Oddiy (buyurtma) sekogramma” — “Prostaya (zakaznaya) sekogramma”;
Keyingi tahrirga qarang.
v) qiymati eʼlon qilingan xatlar, banderollar va posilkalarda — “Eʼlon qilingan qiymati … soʻm” — “Obʼyavlennaya sennost … sum”. Ustama toʻlov bilan yuboriladigan qiymati eʼlon qilingan xatlarda, banderollarda va posilkalarda bundan tashqari, — “Ustama toʻlov … soʻm” — “Nalojenniy platej … sum”, joylanma roʻyxati bilan yuboriladiganlarda — “Roʻyxati bilan” — “S opisyu”. Bu belgilar, shuningdek, posilkalarga ilova qilinadigan blanklarga ham qoʻyiladi;
g) sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanmalar solingan qiymati eʼlon qilingan xatlarda, temir yoʻl, aviatsiya chiptalarida va boshqa yoʻl chiptalarida, oʻquv yurtlariga yoʻllanadigan hujjatlarda “Yoʻllanmalar bilan” — “S putevkami”, “Chiptalar bilan” — “S biletami” yoki “Nujjatlar bilan” — “S dokumentami” belgisi qoʻyiladi;
d) olinganlik toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan qabul qilingan joʻnatmalarda va oddiy hamda tezkor pul oʻtkazmalari blanklarida — “Oddiy (buyurtma, tezkor) bildirishnoma bilan” — “S prostim (zakaznim uskorennim) uvedomleniyem”. Bu belgi, shuningdek, posilkalarga ilova qilinadigan blanklarda ham qoʻyiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
e) yetkazib berish haqi toʻlangan joʻnatmalarda va pul oʻtkazmalari blanklarida — “Eltib berish bilan” — “S dostavkoy”;
Keyingi tahrirga qarang.
j) tezkor pochta ichki joʻnatmalarida “Tezkor pochta” — “Uskorennaya pochta”;
z) adresatga shaxsan topshirish uchun qabul qilingan, roʻyxatga olinadigan joʻnatmalarda — “Oʼz qoʼliga topshirilsin. Buyurtma bildirishnoma bilan” — “Vruchit lichno. S zakaznim uvedomleniyem”;
i) nozik predmetlar, shu jumladan aniq asboblar, shuningdek, shunday joylanmali posilkalarga ilova qilinadigan blanklarda — “Ehtiyot qiling” — “Ostorojno”;
k) tanlov komissiyasiga yuborilgan joʻnatmalarda — “Tanlovga” — “Na konkurs”;
l) posilkalar va ularga ilova qilinadigan blanklarda:
ogʻirligi 10 kg dan ortiq posilkalarda — “Ogʻir vaznli” — “Tyajelovesnaya”;
tomonlari oʻlchamlardan biri uchun 1,50 m dan oshadigan hamda uzunlik va uzunlikdan boshqa yoʻnalishda olingan eng katta aylana summasi 3 m dan oshadigan posilkalarda — “Yirik gabaritli” — “Gromozdkaya”;
koʻchatli posilkalarda — “Koʻchat bilan” — “S rassadoy”;
tirik asalarilar solingan posilkalarda — “Ehtiyot qiling. Asalarilar. Quyoshda tutib turilmasin. Veterinariya guvohnomasi bilan” — “Ostorojno. Pchyoli. Na solnse ne derjat. S veterinarnim svidetelstvom”;
moʻyna va kemiruvchilar terisi solingan posilkalarda — “Moʻyna. Veterinariya guvohnomasi bilan” — “Pushnina. S veterinarnim svidetelstvom”;
jun, dagʻal jun, soch, pat, momiq solingan posilkalarda — “Jun (dagʼal jun, soch, pat, momiq). Veterinariya guvohnomasi bilan” — “Sherst (shetina, volosi, pero, pux). S veterinarnim svidetelstvom”;
Keyingi tahrirga qarang.
yangi mevalar va sabzavotlar solingan posilkalarda, tegishlicha — “Mevalar” — “Frukti”, “Sabzavotlar” — “Ovoshi”;
m) havo transporti bilan joʻnatiladigan posilkalarda, ularga ilova qilinadigan blanklarda, mayda paketlarda va banderollarda — “Avia” — “Avia”. Yer usti transporti va havo transporti bilan joʻnatiladigan posilkalarda, ularga ilova qilinadigan blanklarda, mayda paketlarda va banderollarda ular qaysi punktdan joʻnatilayotgani koʻrsatiladi: “…dan avia” — “Avia ot…”;
n) foydalanuvchilarning alohida toifalari tomonidan yuboriladigan pochta joʻnatmalarida va posilkalarga ilova qilinadigan blanklarda “NUKUMATGA OID”;
o) chaqiruv qogʻozi boʻlgan buyurtma xatlarda — “Chaqiruv qogʻozi. Buyurtma bildirishnoma bilan” — “Povestka. S zakaznim uvedomleniyem”;
Keyingi tahrirga qarang.
p) xizmatga oid pochta joʻnatmalarida — “Xizmatga oid” — “Slujebnoye”;
r) ustuvor joʻnatmalarda — “Ustuvor” — “Prioritetnoye”;
c) oddiy (buyurtma) mayda paketlarda — “Oddiy (Buyurtma) mayda paket” — “Prostoy (Zakaznoy) melkiy paket”;
t) oddiy (buyurtma) banderollarda — “Oddiy (Buyurtma)” — “Prostaya (Zakaznaya)”.
u) bosma nashrlarda — “Bosma nashrlar” — “Pechatnie izdaniya”.
Keyingi tahrirga qarang.
90. Joʻnatuvchi xalqaro pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalarining turi, toifasi va turkumiga bogʻliq ravishda, ularning manzilli tomonida quyidagi belgilarni qoʻyadi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) pochta varaqchalarida — “Carte postale” (Pochta varaqchasi);
b) buyurtma xatlarda, pochta varaqchalarida — “Recommande” (Buyurtma);
Keyingi tahrirga qarang.
v) mayda paketlarda — “Recommande. Petit paquet” (Buyurtma. Mayda paket);
g) oddiy (buyurtma) sekogrammalarda — “Secogrammes” (Sekogramma);
Keyingi tahrirga qarang.
d) qiymati eʼlon qilingan xatlarda va posilkalarda — “Valeur declaree” (Eʼlon qilingan qiymati);
e) ustama toʻlov bilan yuboriladigan qiymati eʼlon qilingan xatlarda va posilkalarda — “Remboursement” (Ustama toʻlov). Bu belgi, shuningdek, posilkalarga ilova qilinadigan blanklarda ham qoʻyiladi;
j) olinganlik toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan qabul qilingan joʻnatmalarda va oddiy pul oʻtkazmalari blanklarida — “A.R.”. Bu belgi, shuningdek, posilkalarga ilova qilinadigan blanklarda ham qoʻyiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
z) adresatga shaxsan topshirish uchun qabul qilingan posilkalarda va buyurtma pochta varaqchalarida, xatlarda, mayda paketlarda, sekogrammalarda, qiymati eʼlon qilingan xatlarda — “A remettre en main propre” (Oʻz qoʻliga topshirilsin);
Keyingi tahrirga qarang.
i) tez sinadigan va ular bilan muomala qilish alohida ehtiyotkorlik talab qiladigan predmetlar solingan posilkalarda, shuningdek, shunday joylanmali posilkalarga ilova qilinadigan blanklarda — “Colis fragile” (Moʻrt posilka);
k) oʻlchamlari ushbu Qoidalarning 2-ilovasida koʻrsatilgan chegaradan oshadigan posilkalarda va ularga ilova qilinadigan blanklarda — “Encombrant” (Yirik gabaritli);
l) havo transporti bilan joʻnatiladigan joʻnatmalarda va posilkalarga ilova qilinadigan blanklarda — “Par avion” (Avia);
m) shaxsan qoʻlga topshiriladigan buyurtma pochta varaqchalarida, xatlarda, mayda paketlarda, sekogrammalarda va posilkalarda — “Expres” (Shaxsan topshirilsin);
Keyingi tahrirga qarang.
n) ustuvor joʻnatmalarda — “Prioritaire” (Ustuvor);
o) guruhlashtirilgan “Konsignatsiya” joʻnatmalarida (buyurtma pochta varaqchalarida, xatlarda, mayda paketlarda, sekogrammalarda, qiymati eʼlon qilingan xatlarda, posilkalarda va ularga ilova qilinadigan manzillarda) — “Consignment” (Konsignatsiya);
p) adresatlarga tariflar va yigʻimlar undirmasdan berilishi zarur boʻlgan buyurtma pochta varaqchalarida, xatlarda, mayda paketlarda, sekogrammalarda va posilkalarda — “Franc de taxes et de droits” (Tariflar va yigʻimlar undirmasdan);
Keyingi tahrirga qarang.
r) xizmatga oid turkumda yuboriladigan joʻnatmalarda — “Service des postes” (Xizmatga oid).
c) bosma nashrlarda “Imprimes” (Bosma nashrlar);
Keyingi tahrirga qarang.
t) pasaytirilgan tariflar boʻyicha yuboriladigan bosma nashrlarda — “Imprimes a taxe reduite” (Kamaytirilgan tarif boʻyicha bosma nashr).
Keyingi tahrirga qarang.
91. Yuridik shaxslar xalqaro yozma xat-xabarlarni adresatning javobi uchun oldindan toʻlash bilan joʻnatishlari mumkin. Bunday xat-xabarlar javobli xalqaro tijoriy xat-xabarlar deb ataladi, ularda faqat yozma xabarlar va bosma nashrlar yuborilishi mumkin. Bunday joʻnatmalarning ogʻirligi 50 g dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
92. Guruhlashtirilgan “Konsignatsiya” joʻnatmalari va javobli xalqaro tijoriy xat-xabarlar faqat ikki tomonlama bitim tuzilgan mamlakatlargagina joʻnatish uchun qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
93. Qiymati eʼlon qilingan posilkalar va xalqaro xatlar, mayda paketlar, moʻrt va katta posilkalar, “Exspres” (Shaxsan topshirilsin) belgisi boʻlgan yozma xat-xabarlar joʻnatmalari va posilkalar, “Frans de taxes et de droits” (Tariflar va yigʻimlar undirmasdan) belgili yozma xat-xabarlar joʻnatmalari va posilkalar, yetkazib berilishi nazorat qilinadigan yozma xat-xabarlar joʻnatmalari, shuningdek, “A remettre en main propre” (Oʻz qoʻliga topshirilsin) belgili qiymati eʼlon qilingan buyurtma joʻnatmalari, yetkazib berilishi nazorat qilinadigan yozma xat-xabarlar joʻnatmalari, xatlar va posilkalar faqat ularni qabul qilish ruxsat etilgan mamlakatlarga joʻnatish uchun qabul qilinadi. Bu mamlakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Umumjahon pochta ittifoqining xalqaro byurosi tomonidan xabar qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Exspres” (Shaxsan topshirilsin) belgisi boʻlgan posilkalar va yozma xat-xabarlar joʻnatmalari joʻnatuvchilarning istagiga koʻra, joʻnatmani maxsus kuryer tomonidan adresat uyiga, ular yetkazib berish muassasasiga kelgan zahotiyoq yetkazib berish uchun qabul qilinadi.
“Frans de taxes et de droits” (Tariflar va yigʻimlar undirmasdan) belgisi boʻlgan yozma xat-xabarlar joʻnatmalari va posilkalar joʻnatuvchi bu joʻnatmalarga ular berilayotganda hisoblanadigan barcha tariflar va yigʻimlar toʻlovini oʻz hisobiga olish xohishini bildirganda qabul qilinadi. Joʻnatuvchi tariflar va yigʻimlar undirilmaydigan yozma xat-xabarlar joʻnatmalarini yoki posilkalarni bu joʻnatmalar hali topshirilmasdan turib, qoʻshimcha haq evaziga topshirilishini talab qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
94. Pochta joʻnatmalarida qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda reklama joylashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
95. Roʻyxatga olinadigan ichki pochta joʻnatmalari, “Tanlovga” — “Na konkurs” belgisi boʻlgan pochta joʻnatmalari bundan mustasno, va pul oʻtkazmalari pochta aloqasi obyektlariga joʻnatuvchining manzili albatta koʻrsatilgan holda topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
96. Posilkalarni topshirishda joʻnatuvchi ularga ilova qilinadigan blanklarda oʻz imzosi bilan “Joʻnatishga taqiqlangan joylanmalar yoʻq. Oʻrovga qoʻyilgan talablar bilan tanishdim” — “Zapreshennix k peresilke vlojeniy net. S trebovaniyami k upakovke oznakomlen” matnini tasdiqlaydi.
Posilkalar va pul oʻtkazmalarini topshirishda joʻnatuvchi ilova qilinadigan blanklarda va pul oʻtkazmalari blanklarida ushbu Qoidalarning 136-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan biridagi maʼlumotlarni koʻrsatadi.
97. “Ehtiyot qiling” — “Ostorojno” belgisi boʻlgan, eʼlon qilingan qiymati eng kam oylik ish haqining bir baravaridan koʻp boʻlgan ichki aviaposilkalar faqat muntazam yer usti aloqasiga ega boʻlmagan punktlarga joʻnatish uchungina qabul qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
98. Tirik asalarilar, drozofil (Drosophilidae) oilasiga mansub mayda pashshalar, zuluklar va parazitlar solingan ichki posilkalarni qabul qilish veterinariya guvohnomasi boʻlgandagina amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yangi mevalar va sabzavotlarning qattiq navlari solingan posilkalar tayinlangan joygacha pochta tashiydigan havo kemalarining toʻgʻri reyslari boʻlgandagina, temir yoʻl va avtomobil transporti bilan joʻnatishda — bunday posilkalar uch kundan ortiq boʻlmagan muddatda oʻtishi sharti bilan, bu muddatdan oʻtib ketganda — joʻnatuvchilarning javobgarligi ostida qabul qilinadi.
Fabrika sharoitida ishlov berilmagan moʻyna va kemiruvchilar terisi, shuningdek, jun, dagʻal jun, soch, pat va momiq solingan posilkalarni qabul qilish, xom ashyo tayyorlangan joyda berilgan veterinariya guvohnomasi boʻlgandagina amalga oshiriladi. Joʻnatuvchi tomonidan bir manzilga bir nechta shunday posilkalar yuborilganda, joʻnatiladigan moʻyna (kemiruvchilar terisi va shu kabi) miqdori va oʻrinlar soni koʻrsatilgan umumiy veterinariya guvohnomasi taqdim etilishiga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
99. Roʻyxatga olinadigan pochta joʻnatmasi yoki pul oʻtkazmasini qabul qilishda joʻnatuvchiga pochta-kassa apparati kvitansiyasi yoki kvitansiya daftaridan olinadigan kvitansiya beriladi. Kvitansiya daftaridan olinadigan kvitansiya berilganda, kvitansiyaning orqa tomonida taqvim shtempeli izi qoʻyiladi. Roʻyxat boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslardan qabul qilingan pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalariga bitta kvitansiya beriladi. Bitta joʻnatuvchi tomonidan joʻnatiladigan, bir vaqtda bir nechta roʻyxat boʻyicha qabul qilinadigan pochta joʻnatmalari, pul oʻtkazmalariga bitta umumiy yoki har bir roʻyxatga alohida kvitansiyalar yoziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Pochta joʻnatmasi, shuningdek, pul oʻtkazmasi qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi kvitansiyaning dublikati berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
100. Ichki xatlar, posilkalarning eʼlon qilingan qiymatining summasi cheklanmaydi va joʻnatuvchi tomonidan joylanmaning haqiqiy qiymati boʻyicha toʻliq soʻmlarda belgilanadi. Eʼlon qilingan qiymati eng kam ish haqi miqdorining uch barobaridan oshmaydigan joylanma banderol qilib joʻnatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Eʼlon qilingan qiymati eng kam ish haqi miqdorining uch barobaridan koʻp boʻlgan posilkalar ushbu Qoidalarning 80-bandiga muvofiq keladigan oʻrovda qabul qilinadi. Eʼlon qilingan qiymati bu summadan kam boʻlgan posilkalar qogʻoz oʻrovda qabul qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Tirik asalarilar, drozofil (Drosophilidae) oilasiga mansub mayda pashshalar, zuluklar va parazitlar, oʻsimliklar (koʻchatlardan tashqari), yangi meva va sabzavotlar, shisha yoki tez shikastlanadigan boshqa detallari boʻlgan aniq asboblar (maishiy texnika buyumlari va maishiy asboblardan tashqari) joʻnatishga joylanma qiymati eʼlon qilinmasdan qabul qilinadi.
Xalqaro pochta joʻnatmalarining eʼlon qilingan qiymati joʻnatuvchi tomonidan joylanmaning haqiqiy qiymati boʻyicha belgilanadi, biroq eʼlon qilingan qiymatning har bir mamlakat alohida belgilaydigan eng katta summasidan oshib ketmasligi kerak. Bunda qimmatli qogʻozlar, maʼlumotnomalar, hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari, hujjatlar boʻlgan xatning eʼlon qilingan qiymati yoʻqolgan taqdirda bu hujjatlarni tiklash boʻyicha mumkin boʻlgan xarajatlardan oshib ketishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
101. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi va Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan oʻsimliklar va hayvonlar karantini eʼlon qilingan joylarda sabzavotlar, mevalar, urugʻlar, koʻchatlar va oʻsimliklar, goʻshtdan qilingan tayyor oziq-ovqat mahsulotlari qabul qilinmaydi. Bu haqdagi axborot pochta aloqasi obyektlarida joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
102. Joʻnatuvchi har bir ichki va xalqaro posilkaga ilova qilinadigan blankni toʻldiradi. Qiymati eʼlon qilingan ichki posilkalarni topshirishda joʻnatuvchining istagiga koʻra, qiymati eʼlon qilingan xatlarni va banderollarni topshirishda boʻladigan tartibda, joylanmaning roʻyxati tuzilishi mumkin.
103. Pul oʻtkazmasi bilan joʻnatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlgan pul belgilari qabul qilinadi.
Jismoniy shaxslardan pul oʻtkazmalarini, shu jumladan, ustama toʻlovni qabul qilish naqd pullar yoki naqd pulsiz hisob-kitoblar yoʻli bilan, shu jumladan, plastik kartochkalardan foydalangan holda, yuridik shaxslardan esa, banklar orqali toʻlov topshiriqnomalari vositasida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha pul oʻtkazmalarini qabul qilish faqat oʻtkaziladigan pul mablagʻlari va joʻnatish uchun toʻlov pochta aloqasi obyektining oʻtkazma hisobvaragʻiga kelib tushgandan soʻng amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ichki pul oʻtkazmalari bilan joʻnatish uchun qabul qilinadigan pullarning umumiy summasi, shuningdek, bitta pul oʻtkazmasining summasi cheklanmaydi.
Bitta xalqaro pul oʻtkazmasining maksimal summasi ikki tomonlama bitimlar bilan oʻrnatiladi.
104. “NUKUMATGA OID” belgisi boʻlgan pochta joʻnatmalarini joʻnatish ushbu Qoidalar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilarning ayrim toifalariga pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
105. Harbiy xizmatchilar nomiga yoʻllanadigan harbiy pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalarini qabul qilish pochta aloqasi obyektlari tomonidan quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
harbiy qismlar va muassasalar uchun tayinlangan joy va harbiy qism raqami koʻrsatilgan holda — pochta joʻnatmalarining barcha turlari va pul oʻtkazmalari, shu jumladan, tezkor pul oʻtkazmalari;
Keyingi tahrirga qarang.
roʻyxatga olinadigan harbiy pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalari olinganlik toʻgʻrisidagi oddiy va buyurtma bildirishnomalar bilan qabul qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
106. Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan shaxslarning pochta joʻnatmalari bu muassasalarning vakolatli shaxslari tomonidan tegishli pochta aloqasi obyektiga topshiriladi.
107. Quyidagilar yetkazib berish toʻlovi bilan qabul qilinmaydi:
a) eng kam oylik ish haqining oʻn baravaridan koʻp boʻlgan summadagi pul oʻtkazmalari (pensiyalar, nafaqalar va boshqa ijtimoiy toʻlovlarni toʻlash uchun moʻljallangan pul oʻtkazmalaridan tashqari);
Keyingi tahrirga qarang.
b) eng kam oylik ish haqining oʻn baravaridan koʻp boʻlgan summadagi qiymati eʼlon qilingan xatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
v) yuridik shaxslarga yoʻllangan qiymati eʼlon qilingan xatlar va banderollar;
g) posilkalar;
d) ustama toʻlovli pochta joʻnatmalari;
e) yoʻqlab olinadigan, harbiy qismlarga va abonement pochta javoniga yoʻllangan pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalari.
Keyingi tahrirga qarang.
108. Jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan topshiriladigan besh dona va undan ortiq boʻlgan miqdordagi roʻyxatga olinadigan ichki pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalari joʻnatuvchi tomonidan belgilangan shakldagi roʻyxat rasmiylashtirish sharti bilan pochta aloqasi obyekti tomonidan joʻnatish uchun qabul qilinadi. Joʻnatuvchi tomonidan bitta roʻyxatga nomma-nom bir turdagi 40 tadan koʻp boʻlmagan pochta joʻnatmalari, 50 tagacha pul oʻtkazmalari yoziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tezkor pul oʻtkazmalari joʻnatish uchun belgilangan shakldagi alohida roʻyxatlar boʻyicha qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
109. Bir vaqtda beshta va undan ortiq mayda paketlar (buyurtma), banderollar (buyurtma va qiymati eʼlon qilingan), posilkalar doimiy ravishda qabul qilingan va (yoki) joʻnatilganda, pochta aloqasi operatorlari, provayderlari va joʻnatuvchilar oʻrtasida ular orasidagi tegishli munosabatlarni qatʼiy tartibga soladigan shartnomalar tuzilishi mumkin.
Koʻrsatilgan pochta joʻnatmalari shartnomaning ajralmas qismi boʻlgan grafikka muvofiq qabul qilinadi.
Oʻz kuchlari va vositalari bilan joʻnatuvchi pochta tashilishini amalga oshiruvchi pochta aloqasi obyektiga shunday pochta joʻnatmalari topshirilishini va olib ketilishini taʼminlaydi.
110. Roʻyxatga olinadigan xalqaro pochta joʻnatmalari, pul oʻtkazmalari, ularning miqdoridan qatʼi nazar, yuridik shaxslar tomonidan belgilangan shakldagi roʻyxat boʻyicha pochta aloqasi obyektlariga topshiriladi.
Bir vaqtda beshta va undan ortiq xalqaro buyurtma xatlar, qiymati eʼlon qilingan xatlar, “M” belgili qoplar, mayda paketlar, posilkalar, pul oʻtkazmalari topshiradigan jismoniy shaxslar belgilangan shakl boʻyicha ikki nusxada roʻyxat tuzishlari va uni shaxsiy imzo bilan tasdiqlashlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
111. Mayda paketlarni, qiymati eʼlon qilingan banderollarni va posilkalarni joʻnatish usuli joʻnatuvchi tomonidan tanlanadi. Tayinlangan joydagi aholi punktlari bilan yer usti aloqasi boʻlmaganda, pochta joʻnatmalari, mayda paketlar, qiymati eʼlon qilingan banderollar va posilkalar aralash, yer usti va havo transportlari bilan joʻnatish uchun qabul qilinishi mumkin.
112. Pochta joʻnatmalari, pul oʻtkazmalari uyga yetkaziladi yoki pochta aloqasi obyektlarida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
113. Turarjoy boʻyicha yoʻllangan quyidagi joʻnatmalar adresatlarga yetkazib berilishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
a) pochta varaqchalari, oddiy va buyurtma xatlar va banderollar, oddiy mayda paketlar, pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalari olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomalar;
Keyingi tahrirga qarang.
b) yetkazib berish toʻlovi bilan qabul qilingan pul oʻtkazmalari, buyurtma mayda paketlar, qiymati eʼlon qilingan xatlar va banderollar;
v) roʻyxatga olinadigan pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalari toʻgʻrisidagi xabarnomalar;
Keyingi tahrirga qarang.
g) tezkor pochta joʻnatmalari.
114. Abonent pochta javonlari koʻp qavatli uylarning birinchi qavatlarida qurilish tashkilotlari tomonidan oʻrnatiladi. Abonent pochta javonlarini sotib olish va oʻrnatish xarajatlari ushbu koʻp qavatli uylarni qurish smetasiga kiritiladi. Abonent pochta javonlarini soz holatda tutish koʻp qavatli uylarning mulkdorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Kam qavatli uylar joylashgan hududlarda yashaydigan foydalanuvchilar abonent pochta qutilarini oʻz mablagʻlari hisobiga oʻrnatadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
115. Abonent pochta javonlari qutichalariga va abonent pochta qutilariga uyga yoʻllangan quyidagilar tashlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) oddiy xatlar;
b) oddiy pochta varaqchalari;
v) oddiy banderollar;
g) oddiy mayda paketlar;
d) pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalari olinganligi toʻgʻrisidagi oddiy bildirishnomalar;
Keyingi tahrirga qarang.
e) roʻyxatga olinadigan pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalari toʻgʻrisidagi dastlabki xabarnomalar;
Keyingi tahrirga qarang.
j) oʻlchamlari abonent pochta javonlarining qutichalariga va (yoki) abonent pochta qutilariga tashlash imkonini bermaydigan oddiy pochta joʻnatmalari toʻgʻrisidagi dastlabki xabarnomalar.
Keyingi tahrirga qarang.
116. Abonent pochta javoni yoki abonent pochta qutisi pochta joʻnatmalarining saqlanishiga taʼsir etadigan darajada buzilganda, oddiy xatlar, pochta varaqchalari, banderollar va mayda paketlar ularga tashlanmaydi, adresat esa ularni yetkazib berish mumkin emasligi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Bunda oddiy xatlar, pochta varaqchalari, banderollar va mayda paketlar adresatga pochta aloqasi obyektida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
117. Oddiy pochta joʻnatmalari, pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalari olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomalar, yuridik shaxs manziliga yoʻllangan roʻyxatga olinadigan pochta joʻnatmalari toʻgʻrisidagi xabarnomalar pochta aloqasi obyektlarida yuridik shaxs tomonidan pochtani qabul qilish uchun vakolatlangan shaxsga beriladi yoki pochtalyon tomonidan yuridik shaxs joylashgan binoning birinchi qavatida yuridik shaxs tomonidan oʻrnatilgan tayanch punkt pochta javoniga tashlanadi. Yetkazib berish tartibi yuridik shaxsning xati yoki pochta aloqasi operatori, provayderi bilan tuzilgan shartnoma asosida belgilanadi. Fuqarolarga, ularning ish (oʻqish) joylari boʻyicha, yotoqxonalarda, internatlarda, bolalar uylarida, mehmonxonalarda yashovchi yoki sogʻlomlashtirish va davolash muassasalarida boʻlgan fuqarolarga yoʻllangan koʻrsatib oʻtilgan pochta ham aynan shu tartibda yetkazib beriladi. Pochta joʻnatmalari, roʻyxatga olinadigan pochta joʻnatmalari toʻgʻrisidagi xabarnomalar va pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalari olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomalarning bevosita adresatlarga berilishi ushbu yotoqxonalar, internatlar, bolalar uylari, mehmonxonalar, sogʻlomlashtirish va davolash muassasalari maʼmuriyatlarining kuchi va vositalari bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Buyurtma xatlar, pochta varaqchalari, banderollar, mayda paketlar, pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalari olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomalar (“Oʼz qoʼliga topshirilsin. Vuyurtma bildirishnoma bilan” — “Vruchit lichno. S zakaznim uvedomleniyem” belgisi boʻlgan xatlar va pochta varaqchalaridan tashqari), tezkor pul oʻtkazmalari olinganligi toʻgʻrisidagi tezkor bildirishnomalar, tezkor pochta joʻnatmalari oilaning voyaga yetgan aʼzolariga ishonchnomasiz, ushbu Qoidalarning 136-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan biri va ularning adresatga aloqadorligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinganda berilishi, adresatning yozma murojaati boʻyicha esa — uy boʻyicha qoʻshnilarga berilishi yoki abonent pochta javoni qutichalariga yoki abonent pochta qutilariga tashlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Adresat va oilaning voyaga yetgan aʼzolari boʻlmaganda, abonent pochta javoni qutichasida yoki abonent pochta qutisida adresat pochta joʻnatmasini olish uchun pochta aloqasi obyektiga taklif qilingan xabarnoma qoldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
119. “Oʼz qoʼliga topshirilsin. Vuyurtma bildirishnoma bilan” — “Vruchit lichno. S zakaznim uvedomleniyem” belgisi boʻlgan buyurtma xatlar, pochta varaqchalari, banderollar va mayda paketlar adresatga shaxsan topshiriladi. Adresat boʻlmaganda, abonent pochta javoni qutichasida yoki abonent pochta qutisida adresat pochta joʻnatmasini olish uchun pochta aloqasi obyektiga taklif qilingan xabarnoma qoldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
120. “Chaqiruv qogʻozi. Vuyurtma bildirishnoma bilan” — “Povestka. S zakaznim uvedomleniyem” belgisi boʻlgan buyurtma xatlar adresatga tilxat bilan shaxsan oʻziga topshiriladi. Adresat boʻlmaganda, bunday xatlar oilaning birgalikda yashaydigan voyaga yetgan aʼzolaridan biriga, ular boʻlmaganda esa, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organiga yoki ish beruvchi (oʻquv yurti maʼmuriyatiga) topshiriladi. Bunda bildirishnomada tegishli belgilari boʻlgan buyurtma xat topshirilgan shaxs koʻrsatiladi.
Adresat “Chaqiruv qogʻozi. Vuyurtma bildirishnoma bilan” — “Povestka. S zakaznim uvedomleniyem” belgisi boʻlgan buyurtma xatni olishni rad etganda, u pochta aloqasi xodimi tomonidan tegishli belgi qoʻyiladigan 20-shakldagi maʼlumotnoma bilan birga berilgan joyga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
121. Yoʻqlab olinadigan qilib yoʻllangan oddiy pochta joʻnatmalarini, roʻyxatga olinadigan pochta joʻnatmalarini topshirish, shuningdek, pul oʻtkazmalarini adresatlarga toʻlash ushbu Qoidalarning 136-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan biri koʻrsatilganda yoki ushbu Qoidalarning 137-138-bandlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
122. Baliqchilik xoʻjaliklari, geologik partiyalar (ekspeditsiyalar) ishchilariga, fermalarda, ishlab chiqarish uchastkalarida va brigadalardagi qishloq xoʻjalik tashkilotlarining ishchilariga, yaylovlardagi choʻponlarga, oʻrmon uchastkalari va yogʻoch-sanoat xoʻjaliklari, temir yoʻl razyezdlari ishchilariga, jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan shaxslarga va aholi punktlaridan tashqarida boʻlgan boshqa adresatlarga pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalarini yetkazib berish adresatlar ishlayotgan (taʼminlanayotgan) tashkilotlarning kuchlari va vositalari bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
123. “NUKUMATGA OID” belgisi boʻlgan pochta joʻnatmalari birinchi navbatda yetkazib beriladi.
124. Yuridik shaxslarga yoʻllangan pul oʻtkazmalari tegishli mablagʻlarni ushbu yuridik shaxslarning hisob raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
125. Pochta aloqasi obyektlarida quyidagilar beriladi:
a) eng kam oylik ish haqining oʻn baravaridan oshadigan summadagi pul oʻtkazmalari, shuningdek, yetkazib berish haqi toʻlanmasdan qabul qilingan pul oʻtkazmalari;
Keyingi tahrirga qarang.
b) eng kam oylik ish haqining oʻn baravaridan oshadigan summadagi qiymati eʼlon qilingan xatlar, shuningdek, yetkazib berish haqi toʻlanmasdan qabul qilingan, qiymati eʼlon qilingan xatlar va banderollar;
Keyingi tahrirga qarang.
v) ustama toʻlov bilan joʻnatilgan pochta joʻnatmalari;
g) posilkalar;
d) “M” belgili qoplar;
e) qiymati eʼlon qilingan xalqaro va mayda paketlar (“Expres” (“S narochnim”) belgisi boʻlgan pochta joʻnatmalaridan tashqari);
Keyingi tahrirga qarang.
j) nuqsonli pochta joʻnatmalari;
z) yuridik shaxslarga yoʻllangan qiymati eʼlon qilingan xatlar va banderollar;
i) yetkazib berish paytida topshirish imkoni boʻlmagan pochta joʻnatmalari.
Keyingi tahrirga qarang.
126. Adresatning iltimosiga koʻra va pochta aloqasi operatori, provayderida ushbu Qoidalarning 125-bandi “a”, “b” va “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan imkoniyatlar boʻlganda, pochta joʻnatmalari, pul oʻtkazmalari qoʻshimcha haq evaziga uyga yetkazib berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
127. Adresatlar pochta joʻnatmasini va pul oʻtkazmasini olish uchun kelmaganlarida, ularga ikkinchi marta xabarnoma yetkaziladi va tilxat orqali topshiriladi, abonent pochta javoniga yoʻllangan pochta joʻnatmalaridan tashqari:
Keyingi tahrirga qarang.
a) dastlabki xabarnomalar yetkazilgandan keyin uch ish kuni mobaynida:
yangi mevalar (sabzavotlar) solingan posilkalar uchun;
“Yoʻllanmalar bilan” — “S putevkami”, “Chiptalar bilan” — “S biletami”, “Nujjatlar bilan” — “S dokumentami” belgilari boʻlgan xatlar uchun;
b) dastlabki xabarnomalar yetkazilgandan keyin besh ish kuni mobaynida — pochta joʻnatmalarining qolgan barcha turlari uchun.
Roʻyxatga olinadigan pochta joʻnatmasi pochta aloqasi obyektida bir ish kunidan ortiq saqlanganligi uchun, ikkinchi xabarnoma topshirilgandan keyin (topshirilgan kun hisoblanmaydi) adresatdan oʻrnatilgan tariflarga muvofiq haq olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Qoidalarning 189-bandida koʻrsatilgan saqlash muddati tugagandan keyin, adresatlar tomonidan olinmagan pochta joʻnatmalari joʻnatuvchining hisobidan yuboruvchining manzili boʻyicha qaytariladi, u boʻlmaganda vaqtinchalik saqlash uchun topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
128. Adresat kelib tushgan pochta joʻnatmalari yoki pul oʻtkazmalarini olishdan voz kechganda, u pochta joʻnatmasida va (yoki) xabarnomada bu toʻgʻrida belgi qoʻyishi kerak. Adresat bunday belgi qoʻyishni rad etganda, uni pochta aloqasi xodimi amalga oshiradi. Bunday joʻnatmalar qaytarilganligi uchun haq joʻnatuvchidan qaytarilgan pochta joʻnatmasini unga berish paytida olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
129. Pul oʻtkazmalari, buyurtma mayda paketlar, qiymati eʼlon qilingan pochta joʻnatmalari, shuningdek, posilkalar shaxsan adresatlarga yoki ularning ishonchnomasi boʻlgan vakillariga beriladi.
130. 16 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxslarga yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarga yoʻllangan pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalari ushbu Qoidalarning 136-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan birini va ularning voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarga aloqadorligini tasdiqlovchi hujjatlar (bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi, tegishli davlat organi tomonidan berilgan guvohnoma yoki ushbu davlat organining shu shaxsni vasiy yoki homiy qilib tayinlash toʻgʻrisidagi qarorining nusxasi) taqdim etilganda ota-onalarga (farzand qilib olganlarga, vasiylarga, homiylarga) beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Maktab-internatlarda, bolalar uylarida va boshqa shunga oʻxshash muassasalarda boʻlgan (yashaydigan) 16 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxslarga yoʻllangan pochta joʻnatmalari ishonchnomalar orqali ushbu muassasalarning vakolatli shaxslariga beriladi.
131. Qiymati eʼlon qilingan pochta joʻnatmasini, pul oʻtkazmasini, posilkani, buyurtma mayda paketni olishda adresat taqdim etilgan hujjatdagi maʼlumotlarni xabarnomada koʻrsatadi.
Roʻyxatga olingan manzil pochta joʻnatmasida koʻrsatilgan manzil bilan mos kelmaganda va pochta joʻnatmasi fuqarolarga ularning ish, oʻqish joyi boʻyicha yoki yotoqxonalarda, internatlarda, bolalar uylarida, mehmonxonalarda yashovchi yoki sogʻlomlashtirish va davolash muassasalarida boʻlgan fuqarolarga yoʻllanganda, adresat xabarnomada oʻzining roʻyxatdan oʻtgan manzilini, olingan sanani koʻrsatishi va imzo qoʻyishi kerak.
132. Joylanmalarning roʻyxati boʻlgan pochta joʻnatmalari va nuqsonli roʻyxatga olinadigan pochta joʻnatmalari adresatga topshirish vaqtida pochta aloqasi xodimi tomonidan ochilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Joylanma tekshirilganda u butun boʻlsa yoki roʻyxatga mos kelsa, pochta joʻnatmasi adresatga belgilangan tartibda beriladi, bunda dalolatnoma tuzilmaydi.
(132-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 12-apreldagi 16-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2219-2, 17.05.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 20-son, 265-modda)
Pochta joʻnatmasi ochilganda joylanmaning yetishmasligi, almashtirilganligi, toʻliq yoki qisman shikastlanganligi yoki buzilganligi aniqlansa, pochta aloqasi xodimi tomonidan dalolatnoma tuziladi, dalolatnoma pochta aloqasi obyekti rahbari (boshligʻi), pochta aloqasi xodimi va adresat tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi pochta joʻnatmasi joylanmasi bilan birga adresatga beriladi.
Xalqaro pochta joʻnatmalariga nisbatan tuzilgan dalolatnomaning bir nusxasi ushbu joʻnatmalarning bojxona rasmiylashtirilishi amalga oshirilgan xalqaro pochta almashinuvi joyiga beriladi (yuboriladi).
Adresat pochta joʻnatmasini ochishdan bosh tortishi mumkin, bunda u xabarnoma blankida joylanmaning yetishmasligi, almashtirilganligi, toʻliq yoki qisman buzilganligi toʻgʻrisidagi daʼvolar qondirilishini rad etishda asos boʻladigan tegishli belgini qoʻyadi.
133. Ustama toʻlov bilan joʻnatilgan pochta joʻnatmalari, adresatlar ustama toʻlovning toʻliq summasini va uni pul oʻtkazmasi bilan joʻnatish uchun toʻlovni toʻlaganidan keyin adresatga beriladi. Toʻlovni toʻlagunga qadar adresat joʻnatuvchining manzili toʻgʻrisida maʼlumot olish huquqiga ega boʻladi. Ustama toʻlov bilan yuborilgan pochta joʻnatmasi adresatga berilgandan soʻng koʻrsatilgan pochta joʻnatmasi qaytarib olinmaydi, ustama toʻlov summasi va uni pul oʻtkazmasi bilan joʻnatish uchun toʻlov qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ustama toʻlov bilan yuborilgan, nuqsonli va joylanma roʻyxati boʻlgan pochta joʻnatmalari adresatga topshirish paytida pochta aloqasi xodimi tomonidan ochilishi kerak. Bunday hollarda, ustama toʻlov summasi pochta joʻnatmasi ochilgunga qadar undirilmaydi.
Joylanmani tekshirish paytida uning butligi aniqlansa yoki roʻyxatga mos kelsa, dalolatnoma tuzilmaydi. Adresat ustama toʻlov summasini va uni pul oʻtkazmasi bilan joʻnatish uchun haq toʻlaydi, shundan keyin pochta joʻnatmasi belgilangan tartibda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Pochta joʻnatmasi ochilganda, joylanmaning yetishmasligi, almashtirilganligi, toʻliq yoki qisman buzilganligi aniqlansa, pochta xodimi tomonidan dalolatnoma tuziladi, dalolatnoma pochta aloqasi obyektining rahbari (boshligʻi), pochta aloqasi xodimi va adresat tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi adresatga beriladi. Pochta joʻnatmasi dalolatnomaning bir nusxasi bilan joʻnatuvchiga qaytariladi.
134. Xalqaro pochta joʻnatmalarining bojxona nazorati qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
135. Xalqaro pochta almashinuvi joylarida joylashgan bojxona organlari tomonidan bojxona toʻlovlari hisoblangan xalqaro pochta joʻnatmalari adresatlarga faqat pochta aloqasi obyektlarida hisoblangan bojxona toʻlovlari toʻlanganda, ularni pul oʻtkazmasi bilan joʻnatish uchun toʻlov va bojxona koʻrigiga taqdim qilish uchun yigʻimlar toʻlangandan soʻng beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
136. Pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalarini yuborish va (yoki) olish uchun zarur boʻlgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar boʻlib:
a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining fuqarolik yoki diplomatik pasporti;
b) muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi va harbiy taʼlim muassasalarining kursanti (tinglovchisi)ning harbiy guvohnomasi yoki tegishli vazirliklar va idoralar bilan shartnoma boʻyicha xizmat qiladigan zobitlarning shaxsiy guvohnomasi;
v) xorijiy fuqaroning milliy yoki diplomatik pasporti;
g) Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yashash guvohnomasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
137. Adresat yoki joʻnatuvchi boshqa shaxsni, unga belgilangan tartibda ishonchnoma rasmiylashtirib, pochta joʻnatmalarini olishga, pul oʻtkazmalarini yuborish yoki olishga vakolat berishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 68-moddasi.
138. Vakolatli shaxs pochta joʻnatmasini olishda, pul oʻtkazmasini joʻnatish yoki olishda ishonchnomani va ushbu Qoidalarning 136-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan birini taqdim etadi. Ishonchnoma koʻpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar ishonchnomada muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida oʻz kuchini saqlaydi. Berilgan kuni koʻrsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas.
Taqdim etilgan ishonch qogʻozi pochta aloqasi obyektida saqlanadi.
139. Roʻyxatga olinadigan pochta joʻnatmalari yetkazib beriladigan yuridik shaxslar bu pochta joʻnatmalarini olish uchun ishonchnomani pochtani olishga vakolati boʻlgan shaxs nomiga rasmiylashtiradi. Pochta joʻnatmalari birinchi marta berilgandan soʻng ishonchnoma pochta aloqasi obyektida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
140. Harbiy qismlarga va muassasalarga hamda ularning shaxsiy tarkibiga yoʻllangan oddiy va buyurtma pochta joʻnatmalari, qiymati eʼlon qilingan xatlar va banderollar toʻgʻrisidagi xabarnomalar, posilkalar pochta aloqasi obyektlarida shaxsan adresatlarga yoki harbiy pochtalyonlarga yoki ishonchnoma boʻyicha boshqa vakolatli shaxslarga beriladi.
Harbiy qismlarga va muassasalarga hamda ularning shaxsiy tarkibiga yoʻllangan pul oʻtkazmalari harbiy qism yoki muassasa hisob raqamiga oʻtkaziladi yoki pochta aloqasi obyektlarida shaxsan adresatlarga yoki ishonchnoma boʻyicha harbiy pochtalyonlarga beriladi.
3-§. Ichki va xalqaro tezkor pochta joʻnatmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish)
Keyingi tahrirga qarang.
141. Tezkor pochta xizmatlari barcha yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etiladi.
142. Ichki va xalqaro tezkor pochta joʻnatmalari joʻnatuvchilardan Umumjahon pochta ittifoqi aktlariga va ushbu Qoidalarga muvofiq zarur miqdordagi hujjatlar ilova qilingan holda qabul qilinadi.
143. Ichki va xalqaro tezkor pochta joʻnatmalari ushbu Qoidalarning 99-bandi bilan belgilangan tartibda, joʻnatuvchiga kvitansiya bergan holda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
144. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, Umumjahon pochta ittifoqi aktlari va ushbu Qoidalarning 3-ilovasi bilan taqiqlangan va cheklangan predmetlar hamda moddalarning ichki va xalqaro tezkor pochta joʻnatmalarida joʻnatilishi taqiqlanadi va cheklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
145. Ichki va xalqaro tezkor pochta joʻnatmalari ajratilgan ish joylarida va kuryerlar tomonidan qabul qilinadi.
146. Ichki va xalqaro tezkor pochta joʻnatmalarini qabul qilish quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:
foylanuvchi bilan shartnoma asosida, bunda tezkor pochta joʻnatmalarini topshirish vaqti va joyi, ularning hajmi, joʻnatish davriyligi, hisob-kitoblar tartibi va boshqa shartlar oldindan belgilanadi;
oldindan kelishmasdan.
147. Ichki va xalqaro tezkor pochta joʻnatmalarini oʻrovlash ushbu Qoidalarning 78—81-bandlariga muvofiq joʻnatuvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatlar boʻlgan tezkor pochta joʻnatmalarini oʻrovlash uchun maxsus konvertlar, posilka qutilari yoki yumshoq oʻrov (mato) qoʻllaniladi.
Tovarlar boʻlgan tezkor pochta joʻnatmalarini oʻrovlash uchun karton qutilar, gʻiloflar, yogʻoch (faner) qutilar yoki yumshoq oʻrov (mato) qoʻllaniladi.
148. Xalqaro tezkor pochta joʻnatmalari qonun hujjatlariga muvofiq bojxona koʻrigidan oʻtkazilishi va rasmiylashtirilishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Keladigan, chiqadigan va ochiq tranzit bilan joʻnatiladigan xalqaro tezkor pochta joʻnatmalariga toʻliq ishlov berish va ularning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan nazorat qilinishi, shuningdek, belgilangan joyga yuborish xalqaro pochta almashinuvi joylarida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
149. Xalqaro tezkor pochta joʻnatmalari yer usti va havo transporti bilan faqat koʻp tomonlama va ikki tomonlama bitimlar tuzilgan mamlakatlarga joʻnatish uchun qabul qilinadi.
150. Ichki va xalqaro tezkor pochta joʻnatmalarida va ularga ilova qilinadigan blanklarda joʻnatuvchi va adresatning manzillari ushbu Qoidalarning 83—88-bandlarida belgilangan tartibda joʻnatuvchi tomonidan yoziladi.
151. Tovarlar boʻlgan ichki tezkor pochta joʻnatmalarini topshirish paytida joʻnatuvchi ularga ilova qilinadigan blanklarda “Joʻnatishga taqiqlangan joylanmalar yoʻq. Oʻrovga qoʻyilgan talablar bilan tanishdim” — “Zapreshennix k peresilke vlojeniy net. S trebovaniyami k upakovke oznakomlen” matnini oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.
152. Tovarlar boʻlgan ichki tezkor pochta joʻnatmalarining eʼlon qilingan qiymati cheklanmaydi va joylanmaning haqiqiy qiymati boʻyicha toʻliq soʻmlarda joʻnatuvchi tomonidan belgilanadi.
Tovarlar boʻlgan xalqaro tezkor pochta joʻnatmalarining eʼlon qilingan qiymati joylanmaning haqiqiy qiymati boʻyicha toʻliq soʻmlarda joʻnatuvchi tomonidan belgilanadi, biroq joʻnatma qabul qilingan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha soʻmlarda hisoblangan 130 MOʻH (Maxsus oʻzlashtirma huquqi)dan oshib ketmasligi kerak.
153. Ushbu Qoidalarning 101-bandi bilan nazarda tutilgan hollarda sabzavotlar, mevalar, urugʻlar, koʻchat va oʻsimliklar, goʻshtdan qilingan tayyor oziq-ovqat mahsulotlari boʻlgan tezkor pochta joʻnatmalari qabul qilinmaydi.
154. Tezkor pochta joʻnatmalari adresatlarga ushbu Qoidalarning 136-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan biri taqdim etilganda beriladi.
155. Jismoniy shaxslarga yoʻllangan tezkor pochta joʻnatmalari adresatlarga uyda yoki pochta aloqasi obyektlarida beriladi. Bu joʻnatmalarni yetkazib berish (topshirish) tartibi pochta aloqasi operatorlari tomonidan belgilanadi.
Yuridik shaxs nomiga yoʻllangan tezkor pochta joʻnatmalari yuridik shaxs tomonidan pochtani qabul qilish uchun vakil qilingan shaxsga beriladi. Yetkazib berish tartibi yuridik shaxsning xati yoki shartnoma asosida belgilanadi. Xuddi shunday tartibda fuqarolarga ularning ish (oʻqish) joylari boʻyicha, yotoqxonalarda, internatlarda, bolalar uylarida, mehmonxonalarda yashovchi yoki sogʻlomlashtirish va davolash muassasalarida boʻlgan fuqarolarga yoʻllangan tezkor pochta joʻnatmalari yetkazib beriladi. Tezkor pochta joʻnatmalarini bevosita adresatlarga topshirish, ushbu yotoqxonalar, internatlar, bolalar uylari, mehmonxonalar, sogʻlomlashtirish va davolash muassasalari maʼmuriyatining kuch va vositalari bilan amalga oshiriladi.
4-§. Ichki va xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish)
Keyingi tahrirga qarang.
156. Ichki va xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish) qonun hujjatlari va ushbu Qoidalarning 157—167-bandlarida belgilangan tartibda pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
157. Ichki va xalqaro kuryerlik joʻnatmalari pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan jismoniy shaxslardan faqat ochiq koʻrinishda, yuridik shaxslardan ham ochiq, ham yopiq koʻrinishda qabul qilinadi.
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga va jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan shaxslar nomiga yoʻllangan ustama toʻlovli ichki va xalqaro kuryerlik joʻnatmalari qabul qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
158. Kuryerlik joʻnatmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish) boʻyicha xizmatlar barcha yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
159. Ichki va xalqaro kuryerlik joʻnatmalari roʻyxatga olinadigan joʻnatmalar hisoblanadi va ushbu Qoidalarning 99-bandida belgilangan tartibda joʻnatuvchiga kvitansiya berilgan holda qabul qilinadi.
Kuryerlik joʻnatmasi qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi kvitansiyaning dublikati berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
160. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, Umumjahon pochta ittifoqi aktlari va ushbu Qoidalarning 3-ilovasi bilan taqiqlangan va cheklangan predmetlar hamda moddalarning ichki va xalqaro kuryerlik joʻnatmalarida joʻnatilishi taqiqlanadi va cheklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
161. Ichki va xalqaro kuryerlik joʻnatmalari ajratilgan pochta aloqasi obyektlari yoki kuryerlar tomonidan qabul qilinadi.
162. Ichki va xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini qabul qilish tartibi pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan belgilanadi.
163. Ichki va xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini oʻrovlash turi pochta aloqasi operatorlari tomonidan va ikki tomonlama bitimlar bilan belgilanadi.
164. Xalqaro kuryerlik joʻnatmalari qonun hujjatlariga muvofiq bojxona koʻrigidan oʻtkaziladi va rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keladigan, chiqadigan va ochiq tranzit bilan joʻnatiladigan xalqaro kuryerlik joʻnatmalariga toʻliq ishlov berish va ularning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan nazorat qilinishi, shuningdek, tayinlangan joyga joʻnatilishi xalqaro pochta almashinuvi joylarida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
165. Xalqaro kuryerlik joʻnatmalari faqat ikki tomonlama bitimlar tuzilgan mamlakatlargagina joʻnatish uchun qabul qilinadi.
166. Mazkur Qoidalarning 101-bandi bilan nazarda tutilgan hollarda sabzavotlar, mevalar, urugʻlar, koʻchat va oʻsimliklar, goʻshtdan qilingan tayyor oziq-ovqat mahsulotlari qabul qilinmaydi.
167. Jismoniy shaxslarga yoʻllangan kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish (topshirish) tartibi pochta aloqasi operatorlari tomonidan belgilanadi.
Yuridik shaxs nomiga yoʻllangan kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish (topshirish) tartibi yuridik shaxsning xati yoki shartnoma asosida belgilanadi.
V bob. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining va pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
1-§. Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
168. Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanish;
oʻzlarining huquq va majburiyatlari, mazkur Qoidalar, koʻrsatilayotgan xizmatlar toʻgʻrisidagi va ushbu xizmatlarga doir tariflar haqidagi axborotdan erkin foydalanish;
oʻz pochta manzili boʻyicha, yoʻqlab olish tarzida yoki abonement pochta javonining qutichalaridan foydalangan holda pochta, kuryerlik joʻnatmalarini va pul oʻtkazmalarini olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz pochta manziliga kelgan pochta, kuryerlik joʻnatmalari yoki pul oʻtkazmalaridan voz kechish;
qiymati eʼlon qilingan joʻnatma joylanmasining bahosi summasini mustaqil ravishda belgilash;
pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan oʻz vaqtida hamda sifatli xizmat koʻrsatilishi;
pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatilmaganligi yoki lozim darajada koʻrsatilmaganligi natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrni qoplanishi, maʼnaviy ziyon kompensatsiya qilinishi;
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan harakatlar (harakatsizlik) va qarorlar ustidan bevosita sudga yoxud boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat bilan murojaat etish.
Foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
169. Berilmagan pochta, kuryerlik joʻnatmalari topshirilgan kundan boshlab olti oy mobaynida, tarqatilmagan pochta, kuryerlik joʻnatmalarida aniqlangan qimmatli qogʻozlarni, pochta, kuryerlik joʻnatmalarini sotishdan tushgan pul mablagʻlarini pochta, kuryerlik joʻnatmalari tarqatilmaganlar qatoriga oʻtkazilgandan soʻng ikki oy mobaynida, ichki pul oʻtkazmalari boʻyicha — oʻn sakkiz oy mobaynida, xalqaro pul oʻtkazmalari boʻyicha ikki tomonlama bitimlar bilan belgilanadigan muddat mobaynida olish huquqi joʻnatuvchi yoki adresatda saqlanadi.
170. Roʻyxatga olinadigan ichki pochta, kuryerlik joʻnatmasi yoki pul oʻtkazmasi adresatga berilgunga qadar, joʻnatuvchi ularni qabul qilish joyida qoʻshimcha toʻlov evaziga:
Keyingi tahrirga qarang.
a) oʻzining pochta, kuryerlik joʻnatmasi yoki pul oʻtkazmasi qaytarib berilishi toʻgʻrisida farmoyish berish;
Keyingi tahrirga qarang.
b) pochta, kuryerlik joʻnatmasini yoki pul oʻtkazmasini boshqa shaxsga va boshqa manzil boʻyicha berilishi yoki toʻlanishi yoki boshqa manzil boʻyicha aynan oʻsha adresatga yetkazib berilishi toʻgʻrisida farmoyish berish;
Keyingi tahrirga qarang.
v) pochta, kuryerlik joʻnatmasi yoki pul oʻtkazmasining (elektron pul oʻtkazmasidan tashqari) tayinlangan joydagi pochta aloqasi obyektida u kelib tushgan kundan boshlab ikki oygacha uzaytirish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
171. Xalqaro pochta joʻnatmasini joʻnatuvchi qoʻshimcha toʻlov evaziga pochta joʻnatmasi topshirilgan pochta aloqasi obyekti orqali oʻzi joʻnatgan pochta joʻnatmasi qaytarilishi, manzili oʻzgartirilishi yoki tuzatilishi toʻgʻrisida farmoyish berishi mumkin.
Xalqaro posilkani joʻnatuvchi adresatga posilka berilmay qolganda qanday harakat qilinishi kerakligi toʻgʻrisida farmoyish berish huquqiga ega, bu toʻgʻrisida ilova qilinadigan blankning orqa tomonida belgi qoʻyiladi.
Xalqaro pul oʻtkazmasini joʻnatuvchi, oʻtkazma haqi hali toʻlanmagan boʻlsa yoki adresat oʻtkazma kelib tushganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomani olmagan boʻlsa, uni olib qoʻyish toʻgʻrisida ariza berish huquqiga ega.
172. Ushbu Qoidalarning 170—171-bandlarida nazarda tutilgan hollarda joʻnatuvchi yozma ariza rasmiylashtirishi kerak. Yozma arizada pochta kuryerlik joʻnatmalari yoki pul oʻtkazmasi turi va toifasi, uni qabul qilish joyi, joʻnatuvchi va adresatning nomi va manzili, tegishli hollarda esa, pul oʻtkazmasi summasi, eʼlon qilingan qiymat summasi, ustama toʻlov summasi koʻrsatiladi. Xalqaro pochta joʻnatmalariga nisbatan pochta aloqasi obyekti bunday holatlar toʻgʻrisida koʻrsatilgan pochta joʻnatmalarining bojxona rasmiylashtirilishi amalga oshirilgan xalqaro pochta almashinuvi joyini xabardor qiladi.
Ariza bilan birga kvitansiya taqdim etiladi, agar bu joʻnatishga besh dona va undan ortiq miqdorda qabul qilingan roʻyxatga olinadigan pochta, kuryerlik joʻnatmalari yoki pul oʻtkazmalari taalluqli boʻlsa, u holda ushbu pochta joʻnatmalari yoki pul oʻtkazmalarining roʻyxati yoki ularning tasdiqlangan nusxalari ham taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
173. Joʻnatuvchi yozma ariza asosida, tayinlangan joyga hali joʻnatilib ulgurilmagan pochta, kuryerlik joʻnatmasi yoki pul oʻtkazmasini qaytarib olish huquqiga ega. Bu holda joʻnatuvchiga pochta toʻlovi davlat belgilari bilan toʻlangan va koʻrsatilgan qoʻshimcha xizmatlar uchun toʻlovdan tashqari undan olingan toʻlov qaytariladi.
Pul oʻtkazmalari yuridik shaxslarga pul mablagʻlarini ularning hisob raqamlariga oʻtkazish yoʻli bilan qaytariladi, bu oʻtkazmalar joʻnatilganligi uchun toʻlangan toʻlov qaytarilmaydi.
Tayinlangan joyga joʻnatib ulgurilmagan pochta, kuryerlik joʻnatmalari, pul oʻtkazmasini olish boʻyicha yozma ariza joʻnatuvchi tomonidan mazkur Qoidalarning 172-bandi bilan belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
174. Arizani topshirish paytida joʻnatuvchi ushbu Qoidalarning 136-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan birini taqdim etadi. Taqdim etilgan hujjatning maʼlumotlari arizada qayd etiladi.
175. Adresatga qoʻshimcha toʻlov evaziga quyidagilar toʻgʻrisida yozma farmoyish berish huquqi taqdim etilgan:
a) pochta aloqasi obyektida, oʻz nomiga kelgan pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul oʻtkazmalarining (elektron pul oʻtkazmalaridan tashqari) ular kelib tushgan kundan boshlab ikki oy mobaynida saqlanishi toʻgʻrisida;
b) oʻz nomiga kelgan pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul oʻtkazmalarini boshqa manzil boʻyicha joʻnatish yoki yetkazib berish toʻgʻrisida;
v) oʻz nomiga yoʻqlab olish tarzida keladigan pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalarini uyga yetkazib berish toʻgʻrisida, agar bunday pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalarini uyga yetkazib berish mazkur Qoidalar bilan nazarda tutilgan boʻlsa.
Keyingi tahrirga qarang.
176. Adresat farmoyish berish paytida ushbu Qoidalarning 136-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan birini taqdim etadi.
Adresatlarning ushbu Qoidalarning 175-bandi “b” va “v” kichik bandlarida koʻrsatilgan farmoyishlari pochta aloqasi obyektlari tomonidan ular berilgan kundan boshlab uch oydan oshmagan muddatda bajariladi.
Xalqaro pochta joʻnatmalariga nisbatan bunday hollarda, pochta aloqasi obyekti koʻrsatilgan pochta joʻnatmalarining bojxona rasmiylashtirilishi amalga oshirilgan xalqaro pochta almashinuvi joyini yozma shaklda xabardor qiladi.
177. Foydalanuvchilar:
ushbu Qoidalarga rioya etishi;
oʻzlariga koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlashi;
pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining ish sifatini pasaytirishga qaratilgan xatti-harakatlar qilmasligi shart.
Foydalanuvchilar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2-§. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining huquq va majburiyatlari
178. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari joʻnatilishi taqiqlangan predmetlar boʻlgan pochta, kuryerlik joʻnatmalarini ushlab turish, shuningdek, ichidagisi boshqa pochta, kuryerlik joʻnatmalarini shikastlashi yoki pochta aloqasi operatorlari va provayderlari xodimlarining yoki uchinchi shaxslarning hayoti va salomatligi uchun xavf tugʻdirganda, agar bu xavfni boshqa yoʻl bilan bartaraf qilib boʻlmasa, pochta, kuryerlik joʻnatmalarini yoʻq qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
179. Asosiy faoliyat turi sifatida pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatadigan pochta aloqasi operatorlari va provayderlari, ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatiga kirmaydigan xizmatlar taqdim etilishini rad etishga haqlidir.
180. Barcha pochta aloqasi operatorlari va provayderlari pochta va kuryerlik joʻnatmalari, yozishmalar sirini saqlashlari kerak.
Pochta va kuryerlik joʻnatmalari, yozishmalar sirini saqlash maqsadida, qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan holatlardan tashqari, pochta aloqasi operatorlari va provayderlariga quyidagilar taqiqlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
boshqa shaxslarga pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul oʻtkazmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, foydalanuvchilarning manzil maʼlumotlarini yetkazish;
pochta, kuryerlik joʻnatmasini ochish yoki ularning ichidagi (joylanma) toʻgʻrisida ochmasdan turib maʼlumot olish;
boshqa shaxsni pochta, kuryerlik joʻnatmalarining ichidagi narsalar (joylanma) toʻgʻrisida xabardor qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
181. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari:
pochta aloqasi sohasida qonun hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq faoliyatni amalga oshirishi;
Keyingi tahrirga qarang.
foydalanuvchilarning pochta aloqasi xizmatlaridan erkin foydalana olishini taʼminlashi;
koʻrsatilayotgan pochta aloqasi xizmatlarining sifatini taʼminlashi;
pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul mablagʻlarining but saqlanishini taʼminlashi;
mazkur Qoidalarda belgilangan talablar foydalanuvchi tomonidan buzilgan taqdirda, pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatishni toʻxtatib qoʻyishi;
pochta aloqasining uzluksiz va xavfsiz ishlashini taʼminlashi;
pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan texnologik uskunalar, mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va axborotlashtirish vositalariga ega boʻlishi;
foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish shartlari va tartibi toʻgʻrisidagi, shuningdek pochta aloqasi xizmatlari tariflarining oʻzgarganligi haqidagi axborotni taqdim etishi;
pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatilmaganligi yoki lozim darajada koʻrsatilmaganligi natijasida foydalanuvchilarga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qonun hujjatlariga muvofiq qoplashi, shuningdek ularga yetkazilgan maʼnaviy ziyonni qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
3-§. Pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul oʻtkazmalarini qayta joʻnatish va qaytarish shartlari
Keyingi tahrirga qarang.
182. Pochta, kuryerlik joʻnatmasi yoki pul oʻtkazmasi joʻnatuvchining manzili boʻyicha quyidagi hollarda qaytariladi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) joʻnatuvchining arizasiga koʻra;
b) adresat pochta, kuryerlik joʻnatmasini yoki pul oʻtkazmasini olishdan voz kechganda;
Keyingi tahrirga qarang.
v) adresat koʻrsatilgan manzil boʻyicha boʻlmaganda;
g) adresat vafot etgan holda;
d) abonement pochta javonining qutichasini band etuvchi adresat koʻrsatilmaganda yoki notoʻgʻri koʻrsatilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
e) adresat manzilini oʻqish mumkin boʻlmaganda (yuvilib ketgan, yirtib olingan va hokazo);
j) belgilangan saqlanish muddati tugaganda;
Keyingi tahrirga qarang.
z) pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni bajarish imkonini istisno qiladigan boshqa vaziyatlarda.
183. Foydalanuvchi tomonidan koʻrsatilgan yangi manzil boʻyicha roʻyxatga olinadigan pochta, kuryerlik joʻnatmalarini qaytarish yoki joʻnatish uchun foydalanuvchidan miqdori qaytarish (yangi manzil boʻyicha joʻnatish) sanasiga amalda boʻlgan tariflar boʻyicha belgilanadigan toʻlov undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-§. Pochta, kuryerlik joʻnatmalarini ushlab turish va koʻrib chiqish
184. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari joylanmasi joʻnatish uchun taqiqlangan ichki pochta, kuryerlik joʻnatmalarini ular aniqlangan joyda ushlab qoladi. Bunday pochta, kuryerlik joʻnatmalarini vaqtinchalik saqlash ularning aniq hisobi va but saqlanishi taʼminlangan holda, pochta aloqasi obyektida amalga oshiriladi. Ulardan begona shaxslarning foydalanish imkoniyati bartaraf qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Topib olingan Oʻzbekiston Respublikasining pul belgilari joʻnatuvchiga qaytariladi yoki pul oʻtkazmasi bilan adresatga qayta joʻnatiladi, bunda topib olingan summadan joʻnatish uchun toʻlov miqdorida mablagʻ olinadi.
Pochta, kuryerlik joʻnatmalaridan olingan xorijiy valyuta tegishli tekshirishni olib borish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarni va adresatni bir vaqtda xabardor qilgan holda, ustama toʻlovli qiymati eʼlon qilingan xatda adresatga yoki joʻnatuvchiga yuboriladi. Ustama toʻlov summasi belgilangan tarif boʻyicha hisoblangan joʻnatish uchun toʻlovga mos kelishi kerak.
Pochta, kuryerlik joʻnatmalarini ochish pochta aloqasi obyektining rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan tayinlanadigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Pochta kuryerlik joʻnatmasidan joylanmaning buzilgan qismi olib tashlanadi va yoʻq qilinadi. Pochta, kuryerlik joʻnatmasi ochilganligi, joylanmaning buzilgan qismi olib tashlangani va yoʻq qilinganligi faktlari boʻyicha komissiya tomonidan dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaga pochta aloqasi obyektining rahbari va komissiya aʼzolari imzo qoʻyadilar. Joylanmaning qolgan qismi dalolatnomaning bir nusxasi va tara bilan birga sugʻurta qopiga oʻrovlanadi va koʻrsatilgan manzil boʻyicha joʻnatiladi.
Pochta, kuryerlik joʻnatmasidagi barcha joylanma buzilgan holda u yoʻq qilinadi, tara esa, idoraviy tekshiruv uchun pochta aloqasi obyektida qoladi va olti oy mobaynida saqlanadi.
Pochta, kuryerlik joʻnatmalarida ushbu Qoidalarning 3-ilovasida koʻrsatilgan predmetlar va moddalar topilganda va bu pochta, kuryerlik joʻnatmalari ushlab qolinganda, hududiy pochta aloqasi tashkilotlarining rahbarlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarni darhol xabardor qiladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari pochta aloqasi obyektining rahbari (uning oʻrinbosari) ishtirokida, bayonnoma tuzish bilan qonun hujjatlariga muvofiq taqiqlangan predmetlar va moddalarning olib qoʻyilishini amalga oshiradi. Bayonnomaning bir nusxasi joʻnatuvchiga yuboriladi. Yuborish taqiqlangan predmetlar va moddalarning olib qoʻyilishi yoki yoʻq qilinganligi toʻgʻrisida hududiy pochta aloqasi tashkilotlarining rahbarlari oʻn kun muddat ichida yozma shaklda joʻnatuvchi yoki adresatga xabar beradi, koʻrsatilgan predmetlar va moddalar topilganligi fakti boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Xalqaro pochta, kuryerlik joʻnatmalari ochilganda, dalolatnomaning bir nusxasi ushbu pochta, kuryerlik joʻnatmalarining bojxona rasmiylashtirilishi amalga oshirilgan xalqaro pochta almashinuvi joyiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
185. Nuqsonli qiymati eʼlon qilingan posilkalar, xat va banderollar aniqlanganda, pochta aloqasi xodimlari tomonidan tegishli dalolatnoma tuziladi va imzolanadi. Pochta, kuryerlik joʻnatmasi joylanma butligini aniqlash maqsadida belgilangan tartibda ochiladi, qoʻshimcha oʻrovlanadi va dalolatnomaning ikkita nusxasi bilan birga pochta, kuryerlik joʻnatmasida koʻrsatilgan manzil boʻyicha joʻnatiladi. Xalqaro pochta almashinuvi joyida nuqsonli xalqaro pochta, kuryerlik joʻnatmalari aniqlanganda, dalolatnoma Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining xodimlari tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oddiy va buyurtma pochta joʻnatmalari qobiqlarining shikastlanganligi aniqlanganda, pochta aloqasi xodimlari tomonidan shikastlanishni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻriladi va “Shikastlangan holda kelgan” — “Postupilo v povrejdennom vide” belgisi qoʻyiladi. Bu belgi lavozimi va familiyasi koʻrsatilgan holda pochta aloqasi xodimi tomonidan imzolanadi va taqvim shtempeli izi bilan tasdiqlanadi.
186. Yetarlicha asoslar mavjud boʻlganda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan tartibda pochta, kuryerlik joʻnatmalarini, pul oʻtkazmalarini xatlab qoʻyish, shuningdek, ularni koʻzdan kechirish va olib qoʻyish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
Pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul oʻtkazmalarini xatlab qoʻyish faqat prokurorning sanksiyasi yoki sudning ajrimiga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Pochta, kuryerlik joʻnatmasi, pul oʻtkazmasini xatlab qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim tegishli pochta aloqasi obyekti rahbariga yuboriladi va uni bajarish mazkur boshliq uchun majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Pochta, kuryerlik joʻnatmalarini koʻrib chiqish va ochish, ulardagi joylanmalarni va pochta aloqasi obyekti hujjatlarini koʻrib chiqish huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili tomonidan pochta aloqasi obyektining rahbari (uning oʻrinbosari) ishtirokida, tegishli bayonnoma tuzilgan holda amalga oshiriladi. Xatlab qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim ilova qilingan dalolatnomaning bir nusxasi pochta aloqasi obyektida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
187. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul oʻtkazmalarini qidirish toʻgʻrisida arizalar kelib tushganda, pochta aloqasi operatorlari va provayderlari bu haqda joʻnatuvchi yoki adresatni faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ruxsati bilan xabardor qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
5-§. Pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul oʻtkazmalarini saqlash muddatlari
Keyingi tahrirga qarang.
188. Noaniqligi yoki foydalanuvchining zarur manzili boʻyicha maʼlumotlarning boʻlmasligi, adresatning joʻnab ketishi yoki pochta aloqasi operatori va provayderi tomonidan pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan boshqa holatlar sababli yetkazib berish (topshirish) mumkin boʻlmagan pochta, kuryerlik joʻnatmasi yoki pul oʻtkazmasi mazkur Qoidalarning 189-bandida belgilangan muddatlar tugagandan keyin joʻnatuvchiga qaytariladi.
Noaniqligi yoki foydalanuvchining zarur manzili boʻyicha maʼlumotlari boʻlmasligi sababli yetkazib berilmagan (topshirilmagan) pochta, kuryerlik joʻnatmalari yoki pul oʻtkazmalarini joʻnatuvchiga qaytarish imkoni boʻlmaganda yoki joʻnatuvchi qaytarilgan pochta, kuryerlik joʻnatmalari yoki pul joʻnatmalarini olishdan voz kechgan holda, ular pochta aloqasi operatori yoki provayderi tomonidan tarqatilmaganlar sifatida vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
189. Ichki va xalqaro pochta joʻnatmalari, ichki pul oʻtkazmalarini foydalanuvchiga topshirish imkoni boʻlmaganda, pochta aloqasi obyektida bir oy, kuryerlik joʻnatmalari va tezkor pochta joʻnatmalari esa oʻn toʻrt kun mobaynida saqlanadi. Ularning saqlanish muddati mazkur Qoidalarning 170-bandi “v” kichik bandiga muvofiq uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Xalqaro pul oʻtkazmalarining pochta aloqasi obyektlarida saqlanish muddati ikki tomonlama bitimlar bilan belgilanadi.
190. Pochta aloqasi obyektlari tomonidan joʻnatuvchining manzili boʻyicha qaytarilgan ichki va xalqaro pochta, kuryerlik joʻnatmalari, pul oʻtkazmalarini joʻnatuvchilarga topshirish mumkin boʻlmaganda yoki joʻnatuvchilar ularni olishdan voz kechgan holda, pochta aloqasi obyektlarida bir oy saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Adresatni yoki joʻnatuvchini qidirib topishning imkoni boʻlmaganda, topshirilmagan pochta, kuryerlik joʻnatmalari saqlanish muddati tugagandan soʻng tarqatilmaganlar qatoriga oʻtkaziladi.
Pochta qutilaridan olingan, manzilsiz yoki manzili toʻliq koʻrsatilmagan, noaniq boʻlgan yoki qisqartirib yozilgan oddiy xatlar va pochta varaqchalari manzili mavjud boʻlmagan (shikastlangan)ligi sababli tayinlangan joyga yuborish yoki joʻnatuvchiga qaytarishning imkoni boʻlmaydigan pochta joʻnatmalari ham tarqatilmagan pochta joʻnatmalari qatoriga oʻtkaziladi. Shuningdek, tarqatilmagan pochta, kuryerlik joʻnatmalariga manzili yuvilib ketgan posilkalar va ishlov berish yoki tashish paytida shikastlangan, adresatlarga topshirish yoki joʻnatuvchiga qaytarish imkoni boʻlmagan boshqa pochta, kuryerlik joʻnatmalari oʻtkaziladi.
191. Tarqatilmagan pochta, kuryerlik joʻnatmalari foydalanuvchilarning manzillarini yoki ularni adresatga yetkazib berish (topshirish) uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni aniqlash maqsadida ochiladi.
Agar tarqatilmagan pochta, kuryerlik joʻnatmasini ochish paytida foydalanuvchilarning manzillarini aniqlab boʻlsa, joʻnatma dalolatnomaning bir nusxasi bilan birga sugʻurta qopiga oʻrovlanadi va adresatga qayta joʻnatiladi yoki joʻnatuvchiga qaytariladi.
Tarqatilmagan pochta, kuryerlik joʻnatmasi belgilangan manzil boʻyicha qaytarilganligi yoki qayta joʻnatilganligi uchun foydalanuvchidan miqdori qaytarish (belgilangan manzil boʻyicha joʻnatish) sanasida amalda boʻlgan tariflar boʻyicha belgilanadigan toʻlov undiriladi.
192. Tarqatilmagan pochta, kuryerlik joʻnatmalarini vaqtinchalik saqlash pochta aloqasi operatori yoki provayderi tomonidan qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda olti oy mobaynida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Olti oy oʻtgandan soʻng tarqatilmagan pochta, kuryerlik joʻnatmalarining ichida boʻlgan:
qimmatli qogʻozlar, qimmatbaho metallar va boshqa predmetlar belgilangan tartibda realizatsiya qilinadi hamda pochta aloqasi operatorlari yoki provayderlari xarajatlarining oʻrni qoplanganidan soʻng tushgan pul mablagʻlari, shuningdek pochta va kuryerlik joʻnatmalarida aniqlangan pul mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadiga oʻtkaziladi;
hujjatlar (pasportlar, diplomlar, shahodatnomalar, guvohnomalar va boshqalar) ularni bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga topshiriladi;
xatlar tegishli dalolatnoma tuzilib, yoʻq qilib tashlanadi.
Adresatlarni va joʻnatuvchilarni qidirishning iloji boʻlmaganda, tarqatilmay qolgan pul oʻtkazmalari pochta aloqasi operatori tomonidan oʻn sakkiz oy davomida saqlanadi, shundan soʻng bu pul mablagʻlari mahalliy budjet daromadiga oʻtkaziladi.
193. Oʻzbekiston Respublikasi chegarasidan tashqarida qabul qilingan topshirilmagan xalqaro pochta, kuryerlik joʻnatmalari, ularni saqlash muddati (bir oy, ayrim hollarda — joʻnatuvchi yoki oluvchining arizasiga koʻra — ikki oy) tugaganidan soʻng ular olingan xalqaro pochta almashinuvi joyiga joʻnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Topshirilmagan xalqaro pul joʻnatmalari saqlash muddati tugaganidan soʻng Pul oʻtkazmalarini nazorat qilish markaziga joʻnatiladi.
Adresat topilmaganligi yoki uning vafoti, olishdan voz kechishi va shu kabi sabablar natijasida qaytarilgan xalqaro pochta, kuryerlik joʻnatmalari, pul oʻtkazmalari Umumjahon pochta ittifoqi aktlari va ikki tomonlama bitimlarda belgilangan tartibda joʻnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI bob. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining va pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchilarning javobgarliklari
194. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik yuzasidan foydalanuvchilar oldida belgilangan tartibda javobgar boʻladi. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining javobgarligi pochta, kuryerlik joʻnatmalari yoʻqolgan, buzilgan (shikastlangan), joylanmalar kam chiqqan, pochta, kuryerlik joʻnatmalari yetkazib berilmagan (topshirilmagan), nazorat muddatlari buzilgan hamda pochta aloqasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari boshqacha koʻrinishda buzilganda vujudga keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
195. Ichki buyurtma pochta varaqchalari, xatlar va banderollar yoʻqolganligi, shuningdek, ichki buyurtma mayda paketlar, qiymati eʼlon qilingan xatlar va banderollar, oddiy posilkalar va qiymati eʼlon qilingan posilkalar joylanmalarining yetishmasligi yoki shikastlanganligi yuzasidan pochta aloqasi operatorlari va provayderlari qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xalqaro buyurtma joʻnatmalar, oddiy posilkalar va qiymati eʼlon qilingan joʻnatmalar yoʻqolganligi, oʻgʻirlanganligi, shikastlanganligi yoki joylanmasi almashtirib qoʻyilganligi, shuningdek, buyurtma joʻnatmalar, qiymati eʼlon qilingan joʻnatmalar va oddiy posilkalar, ularning yetkazib berilmaslik sabablari tushuntirilmay qaytarilgani yuzasidan pochta aloqasi operatorlari va provayderlari Umumjahon pochta ittifoqi aktlariga va ikki tomonlama bitimlarga muvofiq javobgar boʻladi.
Xalqaro pul oʻtkazmasi boʻyicha pul mablagʻlari toʻlanmaganligi yoki toʻliq toʻlanmaganligi yuzasidan pochta aloqasi operatorlari va provayderlari Pochta toʻlovlari xizmatlari toʻgʻrisidagi bitimga va ikki tomonlama bitimlarga muvofiq javobgar boʻladi.
Ustuvor roʻyxatga olinadigan pochta joʻnatmasi ustuvor boʻlmagan yoʻl bilan joʻnatilganda, pochta aloqasi operatori yoki provayderi tomonidan ustuvor va ustuvor boʻlmagan joʻnatmalarni yuborish uchun toʻlov oʻrtasidagi farq miqdorida mablagʻ toʻlanadi.
Kuryerlik joʻnatmalari yoʻqolganligi, buzilganligi (shikastlanganligi), joylanma yetishmasligi, kuryerlik joʻnatmalarini yuborish muddatlari buzilishi yuzasidan pochta aloqasi operatorlari va provayderlari ikki tomonlama bitimlarga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
196. Pochta aloqasi sohasida faoliyatni amalga oshirish paytida yetkazilgan zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
197. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari quyidagi hollarda javobgar boʻlmaydi, agar:
a) pochta, kuryerlik joʻnatmalarining yoʻqolganligi, buzilganligi (shikastlanganligi), topshirilmaganligi yoki ularni joʻnatish muddatlari buzilganligi yengib boʻlmas kuch yoki pochta, kuryerlik joʻnatmalari joylanmasining xususiyatlari tufayli sodir boʻlganligi, shuningdek, pochta, kuryerlik joʻnatmalarini bojxona koʻrigidan oʻtkazish muddatlari buzilganligi yoki ularning bojxona organlari tomonidan olib qoʻyilganligi isbotlansa;
Keyingi tahrirga qarang.
b) pochta, kuryerlik joʻnatmasi adresatga ushbu Qoidalarda belgilangan barcha talablarga rioya qilingan holda tilxat olib topshirilsa: uning oʻrovida, bogʻlanishida, muhr (plomba)larida tashqi shikastlanishlar boʻlmasa, pochta, kuryerlik joʻnatmasining ogʻirligi, uni qabul qilishda aniqlangan ogʻirlikka mos kelsa;
v) pochta, kuryerlik joʻnatmasi yoki undagi joylanmaning bir qismi, pul oʻtkazmasi qonun hujjatlari va ushbu Qoidalar bilan belgilangan tartibda ushlab qolingan, olib qoʻyilgan yoki yoʻq qilingan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
g) buzilishlar pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaning bajarilishi bilan bogʻliq boʻlmasa (joʻnatiladigan predmetlarning sifati, oʻlchami, assortimenti, butlanganligi tegishli daraja boʻlmasa va hokazo);
d) foydalanuvchi ushbu Qoidalarning 203-bandida nazarda tutilgan muddatlarda daʼvo qilmagan boʻlsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
198. Pochta aloqasi xizmatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha toʻlov pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan pochta, kuryerlik joʻnatmasi yoki pul oʻtkazmasini qabul qilish yoki topshirish joyida daʼvo qabul qilingan kundan boshlab oʻn kundan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
199. Pochta, kuryerlik joʻnatmasi arizachiga zarar qoplangandan soʻng topilsa, pochta, kuryerlik joʻnatmasi adresatga topshiriladi yoki joʻnatuvchiga qaytariladi. Bunda pochta, kuryerlik joʻnatmasining joʻnatilishi kechikkani uchun zararni qoplash summasi chegaralangan holda arizachi (adresat yoki joʻnatuvchi)dan toʻlangan zararni qoplash summasi undiriladi. Arizachi zararni qoplash summasini qaytarishni rad etganda, pochta, kuryerlik joʻnatmasi yoʻqlab olinmagan joʻnatma sifatida vaqtinchalik saqlash uchun topshiriladi.
200. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari bojxona deklaratsiyalari uchun ular joʻnatuvchi tomonidan qanday shaklda tuzilganidan qatʼi nazar, bojxona koʻrigiga taqdim etilgan pochta, kuryerlik joʻnatmalarini tekshirish paytida bojxona organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar yuzasidan javobgar boʻlmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
201. Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchilar pochta aloqasi xizmatlarining boshqa foydalanuvchilariga, pochta aloqasi operatorlari yoki provayderlariga yetkazilgan, joʻnatilishi taqiqlangan predmetlar va moddalarni pochta va kuryerlik joʻnatmalariga joylash natijasida yoki ular lozim darajada oʻralmaganligi natijasida yuzaga kelgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
202. Ushbu Qoidalarning 180-bandida koʻrsatilgan qoidalarning buzilishiga yoʻl qoʻygan pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining mansabdor shaxslari va xodimlari qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VII bob. Daʼvo qilish va daʼvolarni koʻrib chiqish tartibi va muddatlari
203. Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda foydalanuvchi pochta aloqasi operatori yoki provayderiga talabnoma taqdim etishga, shu jumladan yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini talab qilishga haqli.
Pochta va kuryerlik joʻnatmalari topshirilmaganligi, oʻz vaqtida yetkazib berilmaganligi yoki yoʻqotilganligi, buzilganligi (shikastlanganligi) yoxud oʻtkazilgan pul mablagʻlari toʻlanmaganligi toʻgʻrisidagi talabnomalar pochta, kuryerlik joʻnatmalari yoki pul oʻtkazmasi topshirilgan kundan eʼtiboran olti oy davomida taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Pochta aloqasi operatorlari yoki provayderlariga daʼvolar roʻyxatga olinadigan pochta, kuryerlik joʻnatmasi va pul oʻtkazmasini qabul qilish joyida yoki yuborilishi moʻljallangan joyda taqdim etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Xalqaro pochta, kuryerlik joʻnatmalari, pul oʻtkazmalari boʻyicha daʼvolar Umumjahon pochta ittifoqi aktlari va ikki tomonlama bitimlar bilan belgilangan muddatlarda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tezkor pochta xalqaro joʻnatmalari boʻyicha daʼvolar ikki tomonlama bitimlar bilan nazarda tutilgan muddatlarda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Daʼvolar yozma ravishda taqdim etiladi va belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi. Arizachi daʼvoni berishda ushbu Qoidalarning 136-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan birini taqdim etishi kerak. Daʼvoda taqdim etilgan hujjatdagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Daʼvo bilan foydalanuvchining oʻzi emas, balki u ishonch bildirgan shaxs murojaat qilgan holda, daʼvoga ishonchnoma ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
204. Roʻyxatga olinadigan pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul oʻtkazmalariga nisbatan daʼvolar, shu jumladan, yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini talab qilish ularni qabul qilish paytida berilgan kvitansiyalar, ushbu Qoidalarning 108, 110-bandlarida nazarda tutilgan holatlarda esa bundan tashqari, roʻyxatlar nusxasi taqdim etilganda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
205. Oddiy ichki pochta joʻnatmalari oʻz vaqtida yetkazib berilmaganligi (topshirilmaganligi)ga nisbatan daʼvolar ular joʻnatilgan va olingan sanani tasdiqlovchi taqvim tamgʻalarining izlari boʻlgan pochta joʻnatmasining qobigʻi taqdim etilgandagina qabul qilinadi.
206. Agar pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul oʻtkazmalari pochta aloqasi obyektiga turli kvitansiyalar va roʻyxatlar boʻyicha topshirilgan boʻlsa, u holda yoʻqolgan pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul oʻtkazmalari, joylanmalarning yetishmasligi yoki buzilganligi (shikastlanganligi) uchun zararni qoplash toʻlovi toʻgʻrisidagi daʼvolar ular topshirilgan har bir kvitansiya va roʻyxat boʻyicha alohida qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
207. Daʼvoda quyidagilar koʻrsatiladi:
a) pochta joʻnatmasi yoki pul oʻtkazmasining turi va toifasi, kuryerlik joʻnatmasining turi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) kvitansiya raqami;
Keyingi tahrirga qarang.
v) qabul qilish sanasi va joyi;
g) tayinlangan joyi;
d) eʼlon qilingan qiymat (pul oʻtkazmasi summasi);
e) adresatning manzili va toʻliq nomi;
j) arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi maʼlumotlar.
Qiymati eʼlon qilingan posilkalar yoki banderollar olinmaganligi boʻyicha daʼvoda qoʻshimcha ravishda joʻnatiladigan joylanmani oʻrovlash turi, toʻliq roʻyxati va qiymati koʻrsatiladi.
208. Daʼvoni qondirish rad etilganda yoki daʼvo qisman qondirilganda, daʼvoga ilova qilingan hujjatlar arizachiga qaytariladi.
209. Pochta aloqasi operatori, provayderi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda daʼvoni koʻrib chiqish va arizachiga javob berishga majbur..
Keyingi tahrirga qarang.
210. Pochta aloqasi operatori, provayderi daʼvoni qondirishdan bosh tortganida yoki daʼvoni qisman qondirganda yoki pochta aloqasi operatori, provayderidan daʼvoni koʻrib chiqish uchun belgilangan muddatlarda javob olinmagan hollarda, foydalanuvchi sudga daʼvo qilish huquqiga ega boʻladi.
VIII bob. Yakuniy qoida
211. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi J. ISMAILOV
2011-yil 15-fevral
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga
1-ILOVA
Ichki pochta joʻnatmalarining cheklangan oʻlchamlari va ogʻirligi
№‎

Joʻnatma turi‎

Ogʻirligi (kg)‎ Oʻrovdagi oʻlchamlari‎
1.

Xat‎

2‎

229 x 324 mm; 162 x 229 mm;
‎110 x 220 mm; 114 x 162 mm ‎

2. Pochta varaqchasi ‎ —‎

105 x 148 mm‎

3. Banderol,
‎shu jumladan, bitta kitob joylangan ‎
2
‎3

Eng koʻp: uzunligi, eni va qalinligi yigʻindisi — 900 mm, shu bilan birga eng katta oʻlcham 2 mm ogʻish bilan, 600 mm dan oshmasligi kerak; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi — 1040 mm, shu bilan birga eng katta diametri 2 mm ogʻish bilan, 900 mm dan oshmasligi kerak.
‎Eng kam: 2 mm ogʻish bilan, 90 x 140 mm; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi — 170 mm, shu bilan birga eng katta oʻlchami 100 mm dan oshmasligi kerak.

4.

Sekogramma‎ 7‎

Eng koʻp: uzunligi, eni va qalinligi yigʻindisi — 900 mm, shu bilan birga eng katta oʻlcham 2 mm ogʻish bilan, 600 mm dan oshmasligi kerak; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi — 1040 mm, shu bilan birga eng katta diametri 2 mm ogʻish bilan, 900 mm dan oshmasligi kerak.
‎Eng kam: oʻlchamlar 2 mm ogʻish bilan, 90 x 140 mm dan kam boʻlmasligi kerak; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi — 170 mm, shu bilan birga eng katta oʻlchami 100 mm dan oshmasligi kerak. ‎

5. Mayda paket‎ 2‎

Oʻrovdagi oʻlchamga boʻlgan talablar, banderollarga qoʻyiladigan talablarga mos keladi ‎

6. Posilka
‎‎a) boʻlinadigan joylanma bilan
‎b) boʻlinmaydigan joylanma bilan

‎10

‎‎15

Eng koʻp: oʻlchamlardan biri uchun 1,50 m yoki uzunligi va uzunlikdan boshqa yoʻnalishda olingan eng katta aylana yigʻindisi 3 m.
‎‎
‎Eng kam: 2 mm ogʻish bilan, 90 x 140 mm (eng kam qalinligi 50 mm boʻlganda).

7. Tezkor pochta joʻnatmasi:
‎‎‎a) hujjatlar bilan
‎‎b) tovarlar bilan


‎‎2
‎‎20

Har qanday oʻlchami — 1500 mm dan koʻp emas;
‎Uzunligi va eng katta koʻndalang kesimi perimetrining yigʻindisi — 3000 mm dan koʻp emas.

8. Tegishli oʻrovdagi bosma nashrlar‎ 2‎

Eng koʻp: uzunligi, eni va qalinligi yigʻindisi — 900 mm, shu bilan birga eng katta oʻlcham 2 mm ogʻish bilan, 600 mm dan oshmasligi kerak; oʻramlar uchun: uzunlik va ikkilangan diametr yigʻindisi — 1040 mm, shu bilan birga eng katta diametri 2 mm ogʻish bilan, 900 mm dan oshmasligi kerak; Eng kam: oʻlchamlar 2 mm ogʻish bilan, 90 x 140 mm dan kam boʻlmasligi kerak; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi — 170 mm, shu bilan birga eng katta oʻlchami 100 mm dan oshmasligi kerak. ‎

Izohlar:
1. 114 x 162 x 5 mm hamda 110 x 220 x 5 mm oʻlchamli pochta konvertlaridagi va ogʻirligi 20 grammgacha boʻlgan xatlar standart yozma xat-xabarlarga kiradi.
2. Tomonlari oʻlchamlardan biri uchun 1,50 m dan oshadigan hamda uzunlik va uzunlikdan boshqa yoʻnalishda olingan eng katta aylana summasi 3 m dan oshadigan posilkalar katta posilkalarga kiradi.
3. Ogʻirligi 10 kg dan koʻp boʻlgan posilkalar ogʻir vaznli posilkalarga kiradi. Ogʻirligi 15 kg gacha boʻlgan ogʻir vaznli posilkalarni qabul qilish va topshirish, buning uchun maxsus ajratilgan pochta aloqasi obyektlarida amalga oshiriladi.
4. Ogʻirligi 3 kg gacha boʻlgan, katta tomoni 600 mm dan oshmaydigan, uch oʻlchamining yigʻindisi 900 mm dan oshmaydigan posilkalar mayda posilkalarga kiradi.
5. Banderolning belgilangan eng koʻp ogʻirligi 100 g gacha, posilkaniki 500 g gacha ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga
2-ILOVA
Xalqaro pochta joʻnatmalarining cheklangan oʻlchamlari va ogʻirligi
№‎

Joʻnatma turi‎

Ogʻirligi (kg)‎ Oʻrovdagi oʻlchamlari‎
1. Xat‎ 2 229 x 324 mm; 162 x 229 mm;
‎110 x 220 mm; 114 x 162 mm ‎
2. Pochta varaqchasi —‎ 105 x 148 mm‎
3. Sekogramma‎ 7 Eng koʻp: uzunligi, eni va qalinligi yigʻindisi —‎ 900 mm, shu bilan birga eng katta oʻlcham 2 mm ogʻish bilan, 600 mm dan oshmasligi kerak; ‎oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi 1040 mm, shu bilan birga eng katta diametri 2 mm ogʻish bilan, 900 mm dan oshmasligi kerak.
Eng kam: 2 mm ogʻish bilan, 90 x 140 mm; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi —‎ 170 mm, shu bilan birga eng katta oʻlchami 100 mm dan oshmasligi kerak. ‎
4. Mayda paket‎ 2 Oʻrovdagi oʻlchamga boʻlgan talablar, sekogrammalarga qoʻyiladigan talablarga mos keladi ‎
5. “M” belgili qop‎ 20 Tekis qoplar uchun: eng koʻp —‎ 1600 x1200 mm;
‎‎eng kam —‎ 800 x 500 mm.
‎‎Tagi toʻgʻri burchakli qoplar uchun: eng koʻp —‎ 1660 x 600 x 400 mm;
‎‎eng kam —‎ 1200 x 600 x 400 mm. ‎
6. Posilka‎ 20 Eng koʻp: oʻlchamlardan biri uchun 1,50 m yoki uzunligi va uzunlikdan boshqa yoʻnalishda olingan eng katta aylana yigʻindisi 3 m;
‎Eng kam: 2 mm ogʻish bilan, 90 x 140 mm (eng kam qalinligi 50 mm boʻlganda). ‎
7. Tezkor pochta joʻnatmasi:
‎ a) hujjatlar bilan
‎ b) tovarlar bilan ‎


‎2
‎31,5
Har qanday oʻlchami —‎ 1500 mm dan ortiq emas.
‎ Uzunligi va eng katta koʻndalang kesimi perimetrining yigʻindisi —‎ 3000 mm dan ortiq emas.
8. Tegishli oʻrovdagi bosma nashrlar‎ 2 Eng koʻp: uzunligi, eni va qalinligi yigʻindisi —‎ 900 mm, shu bilan birga eng katta oʻlcham 2 mm ogʻish bilan, 600 mm dan oshmasligi kerak; ‎‎oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi 1040 mm, shu bilan birga eng katta diametri 2 mm ogʻish bilan, 900 mm dan oshmasligi kerak.
‎‎Eng kam: 2 mm ogʻish bilan, 90 x 140 mm;
‎‎oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi —‎ 170 mm, shu bilan birga eng katta oʻlchami 100 mm dan oshmasligi kerak.‎
Izoh :
114 x 162 x 5 mm hamda 110 x 220 x 5 mm oʻlchamli pochta konvertlaridagi va ogʻirligi 20 grammgacha boʻlgan xatlar standart yozma xat-xabarlarga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga
3-ILOVA
Joʻnatilishi taqiqlangan va cheklangan predmetlar va moddalar
roʻyxati
1. Ichki va xalqaro pochta, kuryerlik joʻnatmalarida quyidagilarning joʻnatilishi taqiqlangan:
a) oʻqotar, signalli, pnevmatik, gazli qurollar, oʻq-dorilar, sovuq qurol (jumladan, otiladigan), elektroshok qurilmalari va uchqunli razryadniklar, shuningdek, oʻqotar qurolning asosiy qismlari, jihozlanmagan portlash qurilmalari va oʻq-dorilar, shu jumladan jihozlanmagan granatalar, snaryadlar va boshqa oʻxshash predmetlar, shuningdek, shunday qurilmalar va predmetlarning mulyajlari;
Keyingi tahrirga qarang.
b) giyohvandlik vositalari, psixotrop, kuchli taʼsir etadigan, radioaktiv, portlaydigan, zaharli, oʻyuvchi, oson alangalanadigan va boshqa xavfli moddalar (mazkur Roʻyxatning 3-bandi “v” kichik bandining oltinchi xatboshisida sanab oʻtilganlardan tashqari);
Keyingi tahrirga qarang.
v) Oʻzbekiston Respublikasining pul belgilari va xorijiy valyuta (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning muassasalari tomonidan yuboriladiganlaridan tashqari);
g) axloqsizlik yoki buzuqlik xususiyatidagi predmetlar;
d) kontrafakt va qaroqchilik predmetlari;
e) olib kirish yoki muomalada boʻlishi tayinlangan mamlakatda taqiqlangan predmetlar (xalqaro pochta joʻnatmalari uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
j) oʻzining xususiyatiga yoki oʻrovlanishiga koʻra, pochta xodimlari yoki oddiy aholi uchun xavf tugʻdirishi, boshqa joʻnatmalarni va pochta uskunasini iflos qilishi yoki buzishi mumkin boʻlgan predmetlar;
z) joriy va shaxsiy yozishma mazmunidagi hujjatlar, shuningdek, joʻnatuvchi va oluvchi boʻlmagan shaxslar yoki ular bilan yashovchi shaxslar almashinadigan oddiy va buyurtma xatlar, pochta varaqchalari va banderollar;
i) tirik hayvonlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Tegishlicha oʻrovdagi bosma nashrlar va koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan joʻnatmalar:
Keyingi tahrirga qarang.
hech qanday annotatsiyaga ega boʻla olmaydi, joriy yoki shaxsiy yozishma mazmunidagi hech qanday hujjatlarni ichiga ololmaydi;
tamgʻalangan yoki tamgʻalanmagan hech qanday markalarni, toʻlov blanklarini, pul qiymatiga ega boʻlgan hech qanday hujjatlarni ichiga ololmaydi, joʻnatmada joylanma sifatida joʻnatuvchining manzili bosilgan banderol yoki varaqcha, konvert boʻladigan hollardan tashqari.
3. Maʼlum shart-sharoitlarda xalqaro pochta, kuryerlik joʻnatmalarida joʻnatish ruxsat etilgan predmetlar:
a) madaniy boyliklar — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining maxsus qarorlari bilan va boshqa vakolatli organlar tomonidan shunday huquq berilgan tashkilotlar tomonidan;
b) Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi tangalar va banknotlar, xorijiy banklar bilan valyutalar namunalarini almashinish tartibida va numizmatika maqsadlarida;
v) tashkilotlar tomonidan, vakolatli organlar tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha quyidagilarni joʻnatishga ruxsat etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari, nou-xau, ixtirolar — Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan;
(3-bandning “v” kichik bandini ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining 2011-yil 25-iyuldagi 12-yu-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2219-1, 02.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 332-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
sanʼat asarlari — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan oʻsimliklar va hayvonlar — Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
dorivor vositalar, tibbiyot maqsadlaridagi mahsulotlar (buyumlar) va tibbiyot texnikasi — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnikalar sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tibbiyot yoki ilmiy maqsadlarda, ularni joʻnatish ruxsat etiladigan mamlakatlarga va rasmiy kelishuvga muvofiq — sogʻliqni saqlash organlari tomonidan milliy xavfsizlik xizmati, ichki ishlar idoralari bilan kelishilgan holda beriladigan sertifikatlar asosida va giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining tegishli ruxsatnomasi bilan;
Keyingi tahrirga qarang.
ov qilish cheklangan yoki vaqtinchalik taqiqlangan oʻsimliklar va hayvonlar — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi, Davlat veterinariya bosh boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tegishli taqiqlar va cheklovlar amal qilishi davrida.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Madaniy boyliklar boʻlgan pochta, kuryerlik joʻnatmalarini joʻnatishda, joʻnatuvchi pochta aloqasi obyektiga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy boyliklarni chet ellardan olib kelish va chet elga olib ketish nazorati boʻyicha badiiy ekspertizalar boshqarmasining ruxsatnomasini taqdim etishlari kerak, bu ruxsatnoma pochta, kuryerlik joʻnatmasining ichiga qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Xalqaro xatlar va qiymati eʼlon qilinmagan posilkalarda tangalar, bank chiptalari, kredit chiptalari yoki daʼvogarning biror-bir qimmatbaho buyumlari, yoʻl cheklari, platina, oltin yoki kumushdan yasalgan buyumlar yoki ishlov berilmagan koʻrinishdagi qimmatbaho toshlar, zargarlik buyumlari va boshqa qimmatbaho predmetlarni joʻnatish taqiqlanadi.
5. Istisno tarzida buyurtma mayda paketlarda kuyidagilar joʻnatilishiga ruxsat etiladi:
tirik asalarilar, zuluklar va ipak qurtlari;
parazitlar va hasharotlarni oʻrganish uchun moʻljallangan va rasman tan olingan muassasalar oʻrtasida almashinadigan zararli hasharotlarni qiruvchilar;
rasman tan olingan muassasalar uchun, tibbiy-biologik tadqiqotlar uchun drozofil (Drosophilidae) oilasiga kiradigan mayda pashshalar.
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga
4-ILOVA
Ichki kuryerlik joʻnatmalarining cheklangan oʻlchamlari va ogʻirligi
Joʻnatma turi‎ Ogʻirligi (kg)‎ Oʻrovdagi oʻlchamlari‎
1.

Xat‎

2‎ 162 x 229 mm; 229 x 324 mm;
‎110 x 220 mm; 114 x 162 mm. ‎
2.

Pochta varaqchasi‎

—‎ 105 x 148 mm.‎
3.

Banderol,
‎shu jumladan, bitta kitob joylangan ‎

2
‎3
Eng koʻp: uzunligi, eni va qalinligi yigʻindisi — 900 mm, shu bilan birga eng katta oʻlcham 2 mm ogʻish bilan, 600 mm dan oshmasligi kerak; oʻramlar uchun: ‎uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi 1040 mm, shu bilan birga eng katta diametri 2 mm ogʻish bilan, 900 mm dan oshmasligi kerak.
Eng kam: 2 mm ogʻish bilan, 90 x 140 mm; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi — 170 mm, shu bilan birga eng katta oʻlchami 100 mm dan oshmasligi kerak.
4.

Posilka
‎‎a) boʻlinadigan joylanma bilan
‎‎b) boʻlinmaydigan joylanma bilan


‎10

‎‎‎15
Eng koʻp: oʻlchamlardan biri uchun 1,50 m yoki uzunligi va uzunlikdan boshqa yoʻnalishda olingan eng katta aylana yigʻindisi 3 m.
‎Eng kam: 2 mm dan ogʻish bilan, 90 x 140 mm (eng kam qalinligi 50 mm boʻlganda).
5.

Tegishli oʻrovdagi bosma nashrlar‎

2‎ Eng koʻp: uzunligi, eni va qalinligi yigʻindisi — 900 mm, shu bilan birga eng katta oʻlcham 2 mm ogʻish bilan, 600 mm dan oshmasligi kerak; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi 1040 mm, shu bilan birga eng katta diametri 2 mm ogʻish bilan, 900 mm dan oshmasligi kerak.
‎Eng kam: 2 mm ogʻish bilan, 90 x 140 mm; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi — 170 mm, shu bilan birga eng katta oʻlchami 100 mm dan oshmasligi kerak. ‎
Keyingi tahrirga qarang.
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga
5-ILOVA
Xalqaro kuryerlik joʻnatmalarining cheklangan oʻlchamlari va ogʻirligi
Joʻnatma turi‎ Ogʻirligi (kg)‎ Oʻrovdagi oʻlchamlari‎
1. Xat‎ 2‎ 162 x 229 mm; 229 x 324 mm;
‎110 x 220 mm; 114 x 162 mm.
2. Pochta varaqchasi‎ —‎ 105 x 148 mm‎.
3. Posilka
‎a) boʻlinadigan joylanma bilan
‎b) boʻlinmaydigan joylanma bilan ‎
10

‎15 ‎
Eng koʻp: oʻlchamlardan biri uchun 1,50 m yoki uzunligi va uzunlikdan boshqa yoʻnalishda olingan eng katta aylana yigʻindisi 3 m;
‎Eng kam: 2 mm dan ogʻish bilan, 90 x 140 mm (eng kam qalinligi 50 mm boʻlganda).
4. Tegishli oʻrovdagi bosma nashrlar‎ 2‎ Eng koʻp: uzunligi, eni va qalinligi yigʻindisi —‎ 900 mm, shu bilan birga eng katta oʻlcham 2 mm ogʻish bilan, 600 mm dan oshmasligi kerak; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi 1040 mm, shu bilan birga eng katta diametri 2 mm ogʻish bilan, 900 mm dan oshmasligi kerak.
‎Eng kam: 2 mm ogʻish bilan, 90x140 mm; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi —‎ 170 mm, shu bilan birga eng katta oʻlchami 100 mm dan oshmasligi kerak. ‎
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 167-modda, 31-son, 332-modda; 2013-y., 20-son, 265-modda; 2014-y., 20-son, 240-modda; 2015-y., 4-son, 46-modda, 14-son, 174-modda; 2016-y., 46-son, 536-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 10/17/2219-7/0412-son; 08.05.2018-y., 10/18/2219-8/1182-son, 20.07.2018-y., 10/18/2219-9/1550-son; 20.05.2019-y., 10/19/2219-10/3152-son, 01.07.2019-y., 10/19/2219-11/3355-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 27.04.2022-y., 10/22/2219-12/0355-son; 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son; 05.06.2023-y., 10/23/2219-13/0334-son; 12.06.2023-y., 10/23/2219-14/0350-son; 31.08.2024-y., 10/24/2219-15/0674-son; 22.11.2024-y., 10/24/2219-16/0949-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son; 15.05.2025-y., 10/25/2219-17/0439-son; 02.03.2026-y., 10/26/2219-18/0182-son)