toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
POCHTA ALOQASI XIZMATLARIDAN FOYDALANISHDA AFZALLIKLAR BERILADIGAN FOYDALANUVCHILARNING AYRIM TOIFALARIGA POCHTA ALOQASI XIZMATLARI KO‘RSATISHNI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
“Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilarning ayrim toifalari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilarning ayrim toifalariga pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 5-yanvar,
1-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga
1-ILOVA
Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilarning ayrim toifalari
RO‘YXATI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi
(ro‘yxatning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Oldingi tahrirga qarang.
(ro‘yxatning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga
2-ILOVA
Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilarning ayrim toifalariga pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida
Nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilarning ayrim toifalariga pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatuvchi “O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati, uning mintaqaviy (viloyat) pochta aloqasi tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda mintaqaviy pochta aloqasi tashkilotlari deb ataladi), pochta aloqasi obyektlari, “Xalqaro pochtamt” ixtisoslashtirilgan filiali tomonidan bajariladigan pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilar ayrim toifalarining pochta jo‘natmalariga tatbiq etiladi.
Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilarning ayrim toifalari (keyingi o‘rinlarda foydalanuvchilarning ayrim toifalari deb ataladi) ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
II. Xizmatlar ko‘rsatish tartibi
3. Foydalanuvchilarning ayrim toifalari tomonidan jo‘natiladigan pochta jo‘natmalariga jo‘natuvchidan adresatgacha bo‘lgan butun o‘tish yo‘li davomida “HUKUMATGA OID” belgisi bilan ishlov beriladi, jo‘natiladi va topshiriladi.
4. Quyidagilar “HUKUMATGA OID” belgisiga ega pochta jo‘natmalari bo‘lishi mumkin:
xatlar (oddiy, buyurtma, qiymati e’lon qilingan);
banderollar (oddiy, buyurtma, qiymati e’lon qilingan);
posilkalar (oddiy, qiymati e’lon qilingan).
“HUKUMATGA OID” belgisiga ega pochta jo‘natmalari pochta aloqasining hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi bog‘lamalari, pochtamtlarning buyruqlari bilan belgilangan ajratilgan pochta aloqasi bo‘limlari tomonidan qabul qilinadi.
“HUKUMATGA OID” belgisiga ega pochta jo‘natmalariga boshqa pochta jo‘natmalaridan alohida, yirik pochta aloqasi bo‘limlarida esa — maxsus ish joylarida ishlov beriladi va belgilangan manzil bo‘yicha eng tez usulda jo‘natiladi.
5. “HUKUMATGA OID” belgisiga ega pochta jo‘natmalari faqat ushbu Ro‘yxatga kiritilgan foydalanuvchilarning rahbarlari nomiga va rahbarlari nomidan jo‘natiladi.
6. “HUKUMATGA OID” belgisiga ega pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ularga ishlov berish, ularni tashish va yetkazib berish (topshirish) ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarni hisobga olgan holda pochta jo‘natmalarining tegishli turlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7. “HUKUMATGA OID” belgisiga ega pochta jo‘natmalarining o‘lchami, og‘irligi va o‘rovi pochta jo‘natmalarining tegishli turlari uchun Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatishning amaldagi qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
8. “HUKUMATGA OID” belgisiga ega pochta jo‘natmalari jo‘natuvchilardan belgilangan shakldagi ro‘yxatlar bo‘yicha yopiq holda qabul qilinadi.
Oddiy yozma xat-xabarlarni jo‘natish uchun ro‘yxatlar bir nusxada, ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalarini jo‘natish uchun — ikki nusxada to‘ldiriladi.
9. Ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalarini qabul qilishda ro‘yxatlarda quyidagilar ko‘rsatiladi: pochta jo‘natmasining belgilangan manzili, adresatning familiyasi (nomi), og‘irligi, jo‘natish uchun to‘lov va kvitansiya daftari bo‘yicha pochta jo‘natmasining raqami. “HUKUMATGA OID” belgisiga ega oddiy yozma xat-xabarlarni qabul qilishda — ro‘yxatlarda xatlarning konvertlarda ko‘rsatilgan chiqish raqamlari ko‘rsatiladi.
10. “HUKUMATGA OID” belgisiga ega pochta jo‘natmalarini jo‘natish uchun to‘lov tegishli pochta jo‘natmalarini qabul qilish vaqtida amalda bo‘lgan tariflar bo‘yicha to‘lanadi.
11. “HUKUMATGA OID” belgisiga ega oddiy va buyurtma xatlar, oddiy va buyurtma banderollar hattoki bunday belgiga ega bir dona pochta jo‘natmasi mavjud bo‘lganda ham boshqa xat-xabarlardan alohida yig‘indilarga joylanadi.
12. “HUKUMATGA OID” belgisiga ega yozma xat-xabarli yig‘indilar, miqdoridan qat’i nazar, barcha o‘tish bosqichlarida alohida qoplarda jo‘natiladi.
13. “HUKUMATGA OID” belgisiga ega pochta jo‘natmalari barcha mumkin bo‘lgan usullar va vositalar bilan eng qisqa muddatlarda yetkazib beriladi.
14. “HUKUMATGA OID” belgisiga ega oddiy pochta jo‘natmalari belgilangan shakldagi hujjatlarga imzo qo‘ygan holda belgilangan tartibda topshiriladi, bu hujjatlarda quyidagilar ko‘rsatiladi: qabul qilingan joyi, pochta jo‘natmasining qobig‘iga qo‘yilgan birinchi chiqish raqami (raqami bo‘lmaganda “r/y” deb ko‘rsatiladi) va adresat nomi.
III. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
15. Ushbu Nizom talablarini bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik uchun aloqa xodimlari qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 1-2-son, 6-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)