1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Aloqa]
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
POChTA ALOQASI XIZMATLARINI KOʻRSATISh QOIDALARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 16-avgustda 1256-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu sonli “Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2219, 18.04.2011-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Pochta toʻlovlari xizmatlari toʻgʻrisidagi Bitimga (Buxarest, 2004-yil 5-oktabr) qoʻshilishi haqida”gi Qonunini amalga oshirish maqsadida, buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2003-yil 3-iyundagi 151-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga (roʻyxat raqami 1256, 2003-yil 16-iyulda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari meʼyoriy hujjatlarining axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin (ilova qilinadi).