1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
QARORI
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 3-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2217-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-son “Qonunchilik hujjatlarida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish hamda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011-yil 12-martdagi 8/1-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2217, 2011-yil 14-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 15-son, 157-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-sentabr,
21/9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qaroriga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning nomi va 1-bandidagi “banklar va ularning filiallarida” degan soʻzlar “banklarda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan banklar, shu jumladan ularning filiallari, bank xizmatlari ofislari hamda bank xizmatlari markazlarida (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) inspeksiya (tekshiruv) oʻtkazish tartibini belgilaydi.”;
3) 2 va 7-bandlardagi “Banklar va ularning filiallarida” degan soʻzlar “Banklarda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“kompleks inspeksiya qilish (tekshirish) — banklarning haqiqiy moliyaviy ahvolini va bank faoliyatiga xos boʻlgan xavf-xatarlarni bevosita joyiga chiqish orqali oʻrgangan holda ularning faoliyatiga umumiy baho berish maqsadida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazilishini koʻzda tutuvchi nazorat turi;”;
“banklar faoliyatiga xos tavakkalchilikni baholash, iqtisodiy normativlarga rioya qilinishi, ularga belgilangan meʼyorlarning toʻgʻri hisoblanishi ahvolini tekshirish. Bunda tashqi omillarning bank moliyaviy holatiga taʼsirini aniqlash nuqtai nazaridan hamda bank kapitali, aktivlari sifati, boshqaruvi, daromadlari hamda likvidliligini tekshirish;”
6) 5-banddagi “banklar va ularning filiallari” degan soʻzlar “banklar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
7) 6-banddagi “banklar va ularning filiallarida” va “banklar va ularning filiallari” degan soʻzlar tegishli ravishda “banklarda” va “banklar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 8-bandning birinchi xatboshisi va V bobning nomidagi “Banklar va ularning filiallarini” degan soʻzlar “Banklarni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“12. Kompleks inspeksiya qilish (tekshirish)lar yoki alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish)lar davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni banklar tomonidan bartaraf etilishi ustidan nazorat tartibida tekshirish masofadan nazorat qilish natijalariga koʻra ilgarigi tekshirishda koʻrsatilgan qoidabuzarliklarning bartaraf etilmaganligi yoki ularning bartaraf etilganligi haqidagi maʼlumotlar taqdim etilmaganligi yoxud haqqoniy boʻlmagan maʼlumotlar taqdim etilganligi aniqlanganda Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi qaroriga asosan oʻtkazilishi mumkin.”;
10) 16-banddagi “filiallari” degan soʻz “boʻlinmalari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“22. Banklarni inspeksiya (tekshirish)dan oʻtkazuvchi tekshiruv guruhining tarkibi va uning rahbari, bajariladigan ishlar hajmi va xususiyati, boʻlinmalar tarmogʻining kengligi inobatga olingan holda Markaziy bank yoki uning hududiy bosh boshqarmalarining farmoyishiga ilova tariqasida tasdiqlanadi.”;
13) 26-banddagi “bank hamda uning filiallari” degan soʻzlar “bank” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“27. Dalolatnoma tekshiruv guruhi rahbari hamda inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank rahbari, shtat jadvalida bosh buxgalter nazarda tutilgan hollarda bosh buxgalter yoki boshqa xodimlar tomonidan imzolanadi.
Bunda, bank rahbari, bosh buxgalter yoki boshqa xodimlar dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan hollarda, dalolatnoma tekshiruv guruhi rahbari va tekshiruv guruhining kamida bir aʼzosi tomonidan imzolanadi.”;
15) 28-banddagi “bank va uning filialiga” degan soʻzlar “bankka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“34. Inspeksiya (tekshirish) hisoboti uch nusxada tuzilib, ularning har biri tekshiruv guruhi rahbari va aʼzolari, inspeksiya (tekshirish) oʻtkazilgan bank rahbari, shuningdek shtat jadvalida bosh buxgalter nazarda tutilgan hollarda bosh buxgalter tomonidan imzolanadi.”;
23) 35-banddagi “Bank va (yoki) uning filiali rahbari yoxud” degan soʻzlar “Inspeksiya (tekshirish) oʻtkazilgan bank rahbari va (yoki)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24) 36 va 37-bandlardagi “bank va (yoki) uning filiali rahbari yoxud” degan soʻzlar “bank rahbari va (yoki)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “banklar va ularning filiallaridagi” degan soʻzlar “banklardagi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “banklar yoki ularning filiallariga” degan soʻzlar “inspeksiya (tekshirish) oʻtkazilgan bankka” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “banklar va ularning filiallaridagi” degan soʻzlar “inspeksiya (tekshirish) oʻtkazilgan filial, bank xizmatlari ofisi yoki bank xizmatlari markaziga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “banklarning filiallariga” degan soʻzlar “bankka” degan soʻz bilan almashtirilsin;