|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
|
| T/r | Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari nomi | Hujjat loyihasi | Bajarish muddati | Bajarish uchun masʼullar |
| I. Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy oʻsish shartlarini saqlash | ||||
| 1. | Inflatsiyaga qarshi chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish, unda quyidagilarni nazarda tutish: | Chora-tadbirlar majmui | Doimo | B. S. Hamidov, G. K. Saidova Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi |
| | — inflatsiyaning oʻrtacha oylik darajalarini prognoz qilinayotgan 1,7 foizgacha pasaytirish; | | | |
| | — mavsumiy tovarlar narxidagi jiddiy tafovutlarni bartaraf etish; | | | |
| | — inflatsiya jarayonlariga tashqi omillar taʼsirini bartaraf etish uchun samarali chora-tadbirlar koʻrish. | | | |
| 2. | Umumiy pul massasi hajmining real oʻsishi saqlanishini taʼminlash, bunda quyidagilarni hisobga olish: | Chora-tadbirlar majmui | Doimo | B. S. Hamidov, G. K. Saidova Markaziy bank, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi |
| | — yalpi ichki mahsulotni amalda oʻstirish va budjet taqchilligi miqdorini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3.1 foizdan oshirmagan holda joriy yil davlat budjetini bajarish; | | | |
| | — naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasi belgilangan parametrlarining va kassa rejalarining bajarilishini har chorakda bevosita nazorat qilish. | | | |
| 3. | Oʻzbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning 1998-yil uchun tasdiqlangan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarining (YIM hajmi va surʼati, tarmoqlarni rivojlantirishning sintetik koʻrsatkichlari, davlat budjetining bajarilishi, pul-kredit sohasi koʻrsatkichlari) oʻzgarishi ustidan doimiy monitoringni joriy qilish. | Vazirlar Mahkamasiga tahliliy axborot | Har chorakda | B. S. Hamidov, G. K. Saidova Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank |
| 4. | Quyidagilar uchun soʻmdagi mablagʻlarni erkin muomaladagi valyutaga konvertatsiya qilish tartibini ishlab chiqish: | Pul-kredit siyosati boʻyicha komissiya qarori |
II chorak | F. M. Mullajonov Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasining valyuta mablagʻlarining manbalari va ularni toʻldirish zaxiralari boʻyicha ishchi guruhi rahbari, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi |
| | — investitsiya dasturida va Hukumat qarorlarida tasdiqlangan loyihalar uchun asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar xarid qilish uchun; | | ||
| | — mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, shu jumladan, eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun; | | | |
| | — kichik va oʻrta biznes uchun asbob-uskunalar, xomashyo va materiallar xarid qilish uchun; | | | |
| | — isteʼmol tovarlari va xizmatlar xarid qilish uchun; | | | |
| | — xorijiy investorlar foydasini repatriatsiya qilish uchun. | | | |
| 5. | Inflatsiyaning oʻzgaruvchi darajasini va iqtisodiyotni kreditlash zaruriyatini hisobga olgan holda Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkalarining moʻtadil oʻzgarishini taʼminlash. qayta moliyalashtirish stavkalari oʻzgarishi toʻgʻrisidagi xabarlarni matbuotda eʼlon qilish. | Markaziy bank materiallari | I chorakdan boshlab doimo | B. S. Hamidov Markaziy bank, Moliya vazirligi |
| 6. | Bank statistikasi koʻrsatkichlari tizimini ishlab chiqish va uning maxsus nashrlarda eʼlon qilinishini taʼminlash. | Statistik axborot | II chorakdan boshlab har chorakda | Markaziy bank, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi |
| 7. | Hisobga olinmagan daromadlarni aniqlash va naqd pul mablagʻlarini bank oborotiga jalb etish chora-tadb�rlari dasturini ishlab chiqish, unda aholi bilan hisob-kitoblarni hisobga olish va nazorat qilish tizimini kuchaytirish, soliq va bojxona xodimlarini yashirib qolingan daromadlarni aniqlaganliklari uchun yakka tartibda ragʻbatlantirish tartibini joriy etish. | Vazirlar Mahkamasining qarori | II chorak | B. S. Hamidov Markaziy bank va tijorat banklari, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi |
| 8. | Oʻzbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻrta muddatli istiqbolga moʻljallangan makroiqtisodiy prognozlari variantlarini ishlab chiqish. | Rivojlantirish dasturi | III chorak | B. S. Hamidov. G. K. Saidova Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 9. | “Davlat moliyalari toʻgʻrisida” Qonun loyihasini ishlab chiqish. | Qonun loyihasi | II chorak | B. S. Ha�idov, G. K. Saidova Moliya vazirligi |
| 10. | “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” Qonunga muvofiq, buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish. | Buxgalteriya hisobi milliy standartlari | II chorak | B. S. Hamidov Moliya vazirligi |
| 11. | Quyidagilarni amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirish: | Normativ hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, Vazirlar Mahkamasining qarori | II chorak | B. S. Hamidov, G. K. Saidova Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi |
| | — Buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisida Nizomni; | | ||
| | — mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish boʻyicha xarajatlar tark�bi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida Nizomni. | | ||
| 12. | Davlat oʻrta muddatli obligatsiyalarini muomalaga chiqarish tartibi toʻgʻrisida takliflar tayyorlash. | Vazirlar Mahkamasining qarori | III chorak | B. S. Hamidov, G. K. Saidova Moliya vazirligi |
| 13. | Bajarilmagan shartnoma majburiyatlari toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha xoʻjalik sudlari qabul qilgan qarorlarning bajarilishi jarayonini jadallashtirish. | Chora-tadbirlar majmui | Doimo | Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Prokuratura |
| 14. | Idoralarga qarashli korxonalarda mahsulotni yetkazib berish va olish yuzasidan tuzilgan shartnomalar bajarilishi monitoringi hamda eʼtiroz-daʼvo faoliyatini amalga oshirish boʻyicha xizmatlar tashkil etish. | Chora-tadbirlar majmui | II chorak | Vazirlar Mahkamasining ishchi guruhi, vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar |
| |
II. Qishloq xoʻjaligida islohotlarni amalga oshirish | |||
| 15. | 2000-yilgacha boʻlgan davrda qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish, unda quyidagilarini nazarda tutish: | Chora-tadbirlar dasturi, Vazirlar Mahkamasining qarori | 10 kun | I. H. Joʻrabekov Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, Davlat mulki qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Shaxsiy va dehqon xoʻjaliklari uyushmasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi, vazirliklar va idoralar |
| | — barcha mavjud qonunchilik hujjatlari va normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqish, ularga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish; | | | |
| | — jamoa xoʻjaliklarini pay asosidagi qishloq xoʻjaligi shirkatlariga aylantirish: | | | |
| | — qishloq xoʻjaligi shirkatlarida ichki xoʻjalik munosabatlarini takomillashtirish; | | | |
| | — fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish, ularning qishloq xoʻjaligi shirkatlari va davlat bilan munosabatlarini takomillashtirish; | |||
| | — dehqon xoʻjaliklarini rivojlantirish, ularni qishloq xoʻjaligi shirkatlari, tayyorlov, sugʻurta tashkilotlari, yuridik va konsalting firmalari tomonidan qoʻllab-quvvatlash. | | | |
| 16. | “Yer kodeksi” (ikkinchi oʻqishda) loyihasini, “Qishloq xoʻjaligi shirkati toʻgʻrisida”, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida” Qonunlar loyihalarini belgilangan tartibda Oliy Majlisga kiritish. | Qonun loyihasi | Mart | Respublika komissiyasi, Adliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi |
| 17. | Pay asosidagi qishloq xoʻjaligi shirkatlari tashkil etish uchun normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasining qarori | I chorak | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, Davlat mulki qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
| 18. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 776-F-son farmoyishini bajarish maqsadida sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalari monitoringini taʼminlash. | Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari boʻyicha hukumat komissiyasining axboroti | Har chorakda | Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari boʻyicha hukumat komissiyasi |
| 19. | Fermer va dehqon xoʻjaliklarining huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi tuzilmasini takomillashtirish hamda ularning rolini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish. | Vazirlar Mahkamasining qarori | I chorak | Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol bozori kompleksi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi |
|
III. Kichik va oʻrta biznesni yanada rivojlantirish | ||||
| 20. | Kichik va oʻrta biznesga oid amaldagi barcha meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni qayta xatlash va bu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish. | Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari | I chorak | Oʻ. T. Sultonov. V. A. Chjen, G. K. Saidova Davlat mulki qoʻmitasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Adliya vazirligi |
| 21. | Oʻzbekiston Respublikasida oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda kichik va oʻrta biznesni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini tayyorlash. | Chora-tadbirlar dasturi, Vazirlar Mahkamasining qarori | II chorak | Oʻ. T. Sultonov, V. A. Chjen,. G. K. Saidova Davlat mulki qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar |
| IV. Tarkibiy oʻzgarishlar asosida ishlab chiqarishning eksportga yoʻnaltirilishini kuchaytirish va toʻlov balansining mutanosibligini taʼminlash | ||||
| 22. | Mufassal toʻlov balansining har chorakda ishlab chiqilishini taʼminlash. Toʻlov balansining mutanosibligini va barqarorligini taʼminlash boʻyicha takliflar kiritish. | Toʻlov balansi | Har chorakda | B. S. Hamidov, G. K. Saidova Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, TIAV, Davlat bojxona qoʻmitasi |
| 23. | Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha jalb etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, investitsiya jarayoni qatnashchilarining oʻzaro hamkorligini tartibga solish va muvofiqla�tirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. | Qonun hujjatlari va normativ hujjatlar | II chorak | Oʻ. T. Sultonov Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
| 24. | Investitsiya dasturi bajarilishi ustidan doimiy monitoringni taʼminlash. | Vazirlar Mahkamasiga axborot | Har chorakda | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korxonalar |
| 25. | Quyidagi alohida muhim obyektlar boʻyicha qurilishni va quvvatlar ishga tushirilishini taʼminlash: | |||
| | — yoqilgʻi-energetika kompleksi boʻyicha (Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi, Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi, Xoʻjaobod yerosti gaz ombori, magistral gaz quvurlari, Tolimarjon va Sirdaryo GRESlari va boshqalar); | Ishlar dasturi | Tasdiqlangan muddatlarga muvofiq | I. H. Joʻrabekov “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi, Energetika vazirligi, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi |
| | — kimyo sanoati boʻyicha (xlorat-magniy defolianti, poliamid-6, melamin, karbamid, alfa-sellyuloza, kaustik va kalsiylangan soda, fosforitlar va boshqalar ishlab chiqarish); | Ishlar dasturi | Tasdiqlangan muddatlarga muvofiq | I. H. Joʻrabekov “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, “qizilqumnodirmetalloltin” konserni |
| | — rangli metallurgiya boʻyicha (Navoiy KMK, Olmaliq KMK); | Ishlar dasturi | Tasdiqlangan muddatlarga muvofiq | “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Davlat geologiya qoʻmitasi |
| | — mashinasozlik kompleksi boʻyicha (avtomobillar uchun butlovchi qismlarni mahalliylashtirish, avtobuslar, yuk mashinalari, yarim tirkamalar, akkumulyatorlar, qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish hamda butlovchi va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish); | Ishlar dasturi | Tasdiqlangan muddatlarga muvofiq | “Oʻzavtosanoat”, “Oʻzmashsanoat”, “Oʻzeltexsanoat” uyushmalari, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi |
| | — transport va aloqa kompleksi boʻyicha (“Toshkent”, “Samarqand”, “Buxoro”, “Urganch” aeroportlari, magistral temiryoʻl va avtomobil yoʻllari, Toshkent — Andijon — Oʻsh avtomobil yoʻlining tunnel uchastkasi, telekommunikatsiyalar va shu kabilarni rivojlantirish); | Ishlar dasturi | Tasdiqlangan muddatlarga muvofiq | I. H. Joʻrabekov “Oʻzbekiston havo yoʻllari”, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyalari, “Oʻzavtoyoʻl” konserni, Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi |
| | — yengil va oziq-ovqat sanoati boʻyicha (toʻqimachilik komplekslari, “Oʻzqogʻoz”, qand-shakar zavodi va shu kabilar). | Ishlar dasturi | Tasdiqlangan muddatlarga muvofiq | I. H. Joʻrabekov “Oʻzbekyengilsanoat”, “Oziq-ovqatsanoat” uyushmalari, “Oʻzbekmebel” birlashmasi |
| 26. | Respublikaning ipakchilik tarmogʻini boshqarishni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish, bunda ipak qurti urugʻi zavodlarini, pilla yetishtirishni ipak yigirish hamda tovar mahsulot sifatida ipak kalavalarini shoyi toʻqish fabrikalariga va eksportga sotish bilan birlashtirishni nazarda tutish. | Vazirlar Mahkamasining qarori | 10 kun | M. Z. Usmonov Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi |
| 27. | “Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatsiyalash markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasini tayyorlash va kiritish. | Vazirlar Mahkamasining qarori | 20-martgacha | I. H. Joʻrabekov TIAV, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi |
| 28. | Paxta tolasini tashish va unga ishlov berish bazalarini tashkil etish boʻyicha Buxoro shahri tajribasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Toshkent, Fargʻona va Surxondaryo viloyatlarida mavjud omborlar negizida xuddi shunday komplekslarni tashkil etish. | Ishlar dasturi | I yarim yillikda | I. H. Joʻrabekov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent, Fargʻona viloyatlari hokimliklari, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, TIAV |
| 29. | Jahon va ichki bozorda mineral oʻgʻitlarga boʻlgan talabni hisobga olgan holda ularni sotish uchun respublika tashqarisida omborlar, shu jumladan, konsignatsiya omborlari tashkil etish masalasini ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasining qarori | 20-martgacha | “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, TIAV |
| V. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish | ||||
| 30. | Taʼlim tizimini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni (tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha) ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish. | Vazirlar Mahkamasining qarori | Mart | A. A. Azizxoʻjayev Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi, Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi |
| 31. | Oʻzbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi birinchi bosqichining ustuvor vazifalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarorlari paketini amalga oshirish monitoringini taʼminlash. | Qarorlarning bajarilishi toʻgʻrisida axborotlar | Tasdiqlangan jadval boʻyicha | A. A. Azizxoʻjayev Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi, Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi |
| 32. | Xorijiy mamlakatlar (Janubiy Koreya, Germaniya, Malayziya, Yaponiya, AQSh) bilan hukumatlararo bitimlar asosida Oʻzbekiston yoshlarini kasb-hunar taʼlimi olish va ishlash uchun chet mamlakatlarga yuborish dasturlarini bajarishni davom ettirish. | Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari, Hukumatlararo bitimlar | Yil davomida | Mehnat vazirligi |
| VI. Fond bozorini rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlarida tarkibiy oʻzgartirishlar | ||||
| 33. | Xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini dastlabki joylashtirishni nihoyasiga yetkazish, istiqbolli investitsiya loyihalariga, xususiylashtirilgan korxonalar ishlab chiqarishini va mahsulotini yangilashga aksiyalarni ikkilamchi joylashtirish yoʻli bilan vatanimiz va xorijiy investorlar mablagʻlarini jalb etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish. | Tadbirlar | 1 oy | V. A. Chjen, G. K. Saidova Davlat mulki qoʻmitasi, Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi, Markaziy bank |
| 34. | “Oʻzbekiston Respublikasida baholash faoliyati toʻgʻrisida” Qonun loyihasini ishlab chiqish. | Qonun loyihasi | IV chorak | V. A. Chjen, G. K. Saidova Davlat mulki qoʻmitasi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
| 35. | Elektrotexnika va mashinasozlik tarmoqlari hamda kimyo sanoatining aksiyalar paketida davlat ulushi 26 foizdan kam boʻlmagan korxonalari negizida aksiyadorlik kompaniyalari tashkil etish boʻyicha takliflar kiritish. | Vazirlar Mahkamasining qarori | II chorak | V. A. Chjen, G. K. Saidova Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzeltexsanoat”, “Oʻzkimyosanoat”, “Oʻzmashsanoat” |
| 36. | Tabiiy monopoliyalar sohalarida tarkibiy oʻzgartirishlar toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasiga takliflar | II chorak | V. A. Chjen, G. K. Saidova Davlat mulki qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi |
| 37. | Tovarlar, ishlar va xizmatlarni davlat tomonidan xarid qili? tizimi va tartibini shakllantirish. | Qonun loyihasi, Vazirlar Mahkamasi qarori | II chorak | B. S. Hamidov, G. K. Saidova Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi |
| VII. Ijtimoiy siyosat | ||||
| 38. | Oila manfaatlarini taʼminlash Davlat dasturining amalga oshirilishi doimiy monitoringini olib borish. | Tahlili� materiallar | Har chorakda | D. M. Gʻulomova, G. K. Saidova Respublika komissiyasi, Vazirlar Mahkamasining komplekslari |
| 39. | Qishloq joylarda sanoat hamda xizmat koʻrsatish sohalarida yangi ish oʻrinlari yaratishning 1998-1999-yillar uchun mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish va qabul qilish. | Mintaqaviy dasturlar | I chorak | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar |
| 40. | “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” liniyasi boʻyicha 2,9 ming kvartiraning foydalanishga topshirilishini taʼminlash. | Chora-tadbirlar kompleksi | Yil davomida | R. R. Yunusov “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi, “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi, “Oʻzbektransqurilish” davlat uyushmasi, “Oʻzagroqurilish” birlashmasi, “Oʻzjamoaqurilish” uyushmasi, “Oʻzsuvqurilish”, “Gidroenergoqurilish”, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi |
| 41. | Aholiga uy-joy-kommunal xizmati koʻrsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturini ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasining qarori | Mart | I. H. Joʻrabekov Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida kommunal xizmat koʻrsatishni takomillashtirish respublika komissiyasi |
| 42. | “Reklama toʻgʻrisida” Qonun loyihasini ishlab chiqish. | Qonun loyihasi | I chorak | A. A. Azizxoʻjayev “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Davlat matbuot qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzdavstandart” markazi, Adliya vazirligi |
| 43. | Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash. | Vazirlar Mahkamasining qarori | I chorak | M. Z. Usmonov Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi |