1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
SUGʻURTALOVCHILAR MOLIYAVIY-XOʻJALIK FAOLIYATINING BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLAR REJASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 22-mayda 1813-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”, “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-sonli “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 15-son, 158-modda) asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992-yil, 12-son, 37-modda) muvofiq buyuraman:
1. Sugʻurtalovchilar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-may,
47-son
Moliya vazirining 2008-yil 5-maydagi 47-son buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Sugʻurtalovchilar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar
REJASI
I. Schyotlar rejasining umumiy xarakteristikasi
1. Sugʻurtalovchilar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasi (keyingi matnlarda — Schyotlar rejasi) Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi, “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va sugʻurtalovchilarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish boʻyicha yagona yondashuvning uslubiy asoslarini belgilaydi.
2. Schyotlar rejasi, moliyaviy hisobot elementlari: aktivlar, majburiyatlar, sugʻurta zaxiralari, kapital, daromadlar va xarajatlarga muvofiq guruhlashtirilgan schyotlar yigʻindisini aks ettiradi
3. Schyotlar rejasi sugʻurtalovchilar tomonidan ularning mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, ijro etilishi majburiydir.
4. Sugʻurtalovchilar Schyotlar rejasi asosida Xoʻjalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar rejasini ishlab chiqadilar va u sugʻurtalovchining hisob siyosatida aks ettirilishi shart.
5. Sugʻurtalovchilarning buxgalteriya hisobi schyotlarida xoʻjalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobini yuritish tamoyillariga muvofiq aks ettirish tartibi ushbu Schyotlar rejasiga ilova qilingan schyotlar rejasini qoʻllash toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma bilan belgilanadi.
II. Schyotlar roʻyxati
Schyotlar raqamlari
Schyotlar nomi
Schyot turi
I QISM. UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR
I BOʻLIM. ASOSIY VOSITALAR, NOMODDIY VA BOSHQA UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR
0100
ASOSIY VOSITALARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
0110
Yer
0111
Yerni obodonlashtirish
0112
Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish*
0120
Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar
0130
Mashina va asbob-uskunalar
0140
Mebel va ofis jihozlari
0150
Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi
0160
Transport vositalari
0170
Ishchi hayvonlar
0180
Koʻp yillik oʻsimliklar
0190
Boshqa asosiy vositalar
0199
Konservatsiya qilingan asosiy vositalar
0200
ASOSIY VOSITALARNING ESKIRISHINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
KA
0211
Yerni obodonlashtirishning eskirishi
0212
Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi
0220
Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi
0230
Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi
0240
Mebel va ofis jihozlarining eskirishi
0250
Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi
0260
Transport vositalarining eskirishi
0270
Ishchi hayvonlarning eskirishi
0280
Koʻp yillik oʻsimliklarning eskirishi
0290
Boshqa asosiy vositalarning eskirishi
0299
Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi
0300
UZOQ MUDDATLI IJARA SHARTNOMASI BOʻYICHA OLINGAN ASOSIY VOSITALARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
0310
Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar
0400
NOMODDIY AKTIVLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
0410
Patentlar, litsenziyalar va nou-xau
0420
Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari
0430
Dasturiy taʼminot
0440
Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlari
0450
Tashkiliy xarajatlar
0460
Franchayz
0470
Mualliflik huquqlari
0480
Gudvill
0490
Boshqa nomoddiy aktivlar
0500
NOMODDIY AKTIVLAR AMORTIZATSIYASINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
KA
0510
Patentlar, litsenziyalar va nou-xauning amortizatsiyasi
0520
Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining amortizatsiyasi
0530
Dasturiy taʼminotning amortizatsiyasi
0540
Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlarining amortizatsiyasi
0550
Tashkiliy xarajatlarning amortizatsiyasi
0560
Franchayzning amortizatsiyasi
0570
Mualliflik huquqlarining amortizatsiyasi
0590
Boshqa nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi
0600
UZOQ MUDDATLI INVESTITSIYALARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
0610
Qimmatli qogʻozlar
0620
Shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar
0630
Qaram xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar
0640
Chet el kapitali mavjud boʻlgan korxonalarga investitsiyalar
0690
Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar
0700
OʻRNATILADIGAN ASBOB-USKUNALARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
0710
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar — mahalliy
0720
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar — xorijiy
0800
KAPITAL QOʻYILMALARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
0810
Tugallanmagan qurilish
0820
Asosiy vositalarni xarid qilish
0830
Nomoddiy aktivlarni xarid qilish
0840
Asosiy podani tashkil qilish
0850
Yerni obodonlashtirishga kapital qoʻyilmalari
0860
Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarga kapital qoʻyilmalar
0890
Boshqa kapital qoʻyilmalar
0900
UZOQ MUDDATLI DEBITORLIK QARZLARI VA KECHIKTIRILGAN XARAJATLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
0910
Olingan veksellar
0920
Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar
0930
Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari
0940
Boshqa uzoq muddatli debitor qarzlar
0950
Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi
0960
Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar
0990
Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar
II QISM. JORIY AKTIVLAR
II BOʻLIM. TOVAR-MODDIY ZAXIRALARI
1000
MATERIALLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
1010
Xom ashyo va materiallar
1020
Butlovchi buyumlar
1030
Yoqilgʻilar
1040
Ehtiyot qismlar
1050
Qurilish materiallari
1060
Idish va idishbob materiallar
1070
Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar
1080
Inventar va xoʻjalik jihozlari
1090
Boshqa materiallar
1100
1200
1300
1400
1500
MATERIALLARNI TAYYORLASH VA XARID QILISHNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
1510
Materiallarni tayyorlash va xarid qilish
1600
MATERIALLAR QIYMATIDAGI FARQLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
1610
Materiallar qiymatidagi farqlar
1700
1800
1900
2000
SUGʻURTA ISHINI YURITISH XARAJATLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
2010
Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari
2100
2200
SUGʻURTA TOVONLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
2210
Hisobot davrida toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha sodir boʻlgan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari
2220
Muddatidan oldin tugatilgan shartnomalar boʻyicha sugʻurta tovonlari
2230
Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta tovonlari
2300
YORDAMCHI ISHLAB CHIQARISHNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
2310
Yordamchi ishlab chiqarish
2400
QAYTA SUGʻURTA QILISHGA OID RAGʻBATLANTIRISHLAR BOʻYICHA XARAJATLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
2410
Qayta sugʻurta qilishga oid komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar
2500
UMUMISHLABCHIQARISH XARAJATLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
2510
Umumishlabchiqarish xarajatlari
2600
2700
XIZMAT KOʻRSATUVCHI XOʻJALIKLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
2710
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar
2800
2900
III QISM. KELGUSI DAVR XARAJATLARI VA KECHIKTIRILGAN XARAJATLAR — JORIY QISMI
3000
3100
KELGUSI DAVR XARAJATLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
3110
Oldindan toʻlangan ijara haqi
3120
Oldindan toʻlangan xizmatlar haqi
3190
Boshqa kelgusi davr xarajatlari
3200
KECHIKTIRILGAN XARAJATLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
3210
Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi
3220
Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar
3290
Boshqa kechiktirilgan xarajatlar
3300
3400
3500
3600
3700
3800
3900
IV BOʻLIM. OLINADIGAN SCHYOTLAR — JORIY QISMI
4000
OLINADIGAN SCHYOTLAR
A
4010
Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar
4020
Olingan veksellar
4030
Sugʻurtalanuvchilardan olinadigan schyotlar
4040
Sugʻurta agentlari va brokerlaridan olinadigan schyotlar
4050
Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar
4051
Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar
4060
Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar
4070
Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan ssudalar boʻyicha olinadigan schyotlar
4080
Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo zarari
4090
Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo mukofotlari
4100
AJRATILGANBOʻLINMALAR, SHUʼBA VA QARAM XOʻJALIK JAMIYATLARIDAN OLINADIGAN SCHYOTLAR
A
4110
Ajratilgan boʻlinmalardan olinadigan schyotlar
4120
Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar
4200
XODIMLARGA BERILGAN BOʻNAKLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
4210
Mehnat haqi boʻyicha berilgan boʻnaklar
4220
Xizmat safarlariga berilgan boʻnaklar
4230
Umumxoʻjalik xarajatlari uchun berilgan boʻnaklar
4290
Xodimlarga berilgan boshqa boʻnaklar
4300
MOL YETKAZIB BERUVCHILAR VA PUDRATCHILARGA BERILGAN BOʻNAKLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
4310
TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar
4320
Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar
4330
Oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun berilgan boʻnaklar
4340
Boshqa berilgan boʻnaklar
4400
BUDJETGA BOʻNAK TOʻLOVLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
4410
Budjetga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)
4500
MAQSADLI DAVLAT JAMGʻARMALARIGA VA SUGʻURTALAR BOʻYICHA BOʻNAK TOʻLOVLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
4510
Sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlari
4520
Maqsadli davlat jamgʻarmalariga boʻnak toʻlovlari
4600
USTAV KAPITALIGA TAʼSISCHILARNING ULUSHLARI BOʻYICHA QARZINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
4610
Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi
4700
XODIMLARNING BOSHQA OPERATSIYALAR BOʻYICHA QARZINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
4710
Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi
4720
Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi
4730
Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi
4790
Xodimlarning boshqa qarzlari
4800
TURLI DEBITORLAR QARZLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
4810
Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar
4820
Qisqa muddatli ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar
4830
Olinadigan foizlar
4840
Olinadigan dividendlar
4850
Olinadigan royalti
4860
Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar
4890
Boshqa debitorlar qarzlari
4900
DARGUMON QARZLAR BOʻYICHA REZERVNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
KA
4910
Dargumon qarzlar boʻyicha rezerv
V BOʻLIM. PUL MABLAGʻLARI, QISQA MUDDATLI INVESTITSIYALAR VA BOSHQA JORIY AKTIVLAR
5000
KASSADAGI PUL MABLAGʻLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
5010
Milliy valyutadagi pul mablagʻlari
5020
Chet el valyutasidagi pul mablagʻlari
5100
HISOB-KITOB SCHYOTIDAGI PUL MABLAGʻLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
5110
Hisob-kitob schyoti
5200
CHET EL VALYUTASIDAGI PUL MABLAGʻLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
5210
Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari
5220
Chet eldagi valyuta schyotlari
5300
5400
5500
BANKDAGI MAXSUS SCHYOTLARDAGI PUL MABLAGʻLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
5510
Akkreditivlar
5520
Chek daftarchalari
5530
Boshqa maxsus schyotlar
5600
PUL EKVIVALENTLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
5610
Pul ekvivalentlari (turlari boʻyicha)
5700
YOʻLDAGI PUL MABLAGʻ (OʻTKAZMA)LARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
5710
Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)lari
5800
QISQA MUDDATLI INVESTITSIYALARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
5810
Qimmatli qogʻozlar
5830
Berilgan qisqa muddatli qarzlar
5890
Bo?qa joriy investitsiyalar
5900
KAMOMADLAR VA QIYMATLIKLARNING BUZILISHIDAN YOʻQOTISHLAR VA BOSHQA JORIY AKTIVLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
A
5910
Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar
5920
Boshqa joriy aktivlar
III QISM. MAJBURIYATLAR
VI BOʻLIM. JORIY MAJBURIYATLAR
6000
TOʻLANADIGAN SCHYOTLAR
P
6010
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar
6011
Oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar
6020
Berilgan veksellar
6030
Sugʻurtalanuvchilarga toʻlanadigan schyotlar
6040
Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan schyotlar
6050
Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar
6060
Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar
6070
Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar
6080
Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar
6090
Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan schyotlar
6100
AJRATILGANBOʻLINMALAR, SHUʼBA VA QARAM XOʻJALIK JAMIYATLARIGA TOʻLANADIGAN SCHYOTLAR
P
6110
Ajratilgan boʻlinmalarga toʻlanadigan schyotlar
6120
Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar
6200
KECHIKTIRILGAN MAJBURIYATLAR VA SUGʻURTA MUKOFOTLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha zararlar ulushining qoplanishi boʻyicha daromadlar
9080
Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha daromadlar
9090
Syurveyer va adjaster xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar
9100
SOTILGAN TOVARLAR VA XIZMATLAR TANNARXINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
T
9130
Koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi
9140
Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid qilish
9150
Davriy hisobda TMZ boʻyicha tuzatishlar
9200
ASOSIY VOSITALAR, BOSHQA AKTIVLARNING CHIQIB KETISHINI VA SUGʻURTA ZAXIRALARI OʻZGARISHINING NATIJASINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
T
9210
Asosiy vositalarning chiqib ketishi
9220
Boshqa aktivlarning chiqib ketishi
9230
Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi
9240
Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi
9250
Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi
9260
Falokatlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi
9270
Zararlilikning tebranishi zaxirasi oʻzgarishining natijasi
9280
Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi
9290
Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi oʻzgarishining natijasi
9300
ASOSIY FAOLIYATNING BOSHQA DAROMADLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
T
9310
Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda
9320
Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda
9330
Undirilgan jarima, penya va ustamalar
9340
Oʻtgan yillar foydalari
9350
Qisqa muddatli ijaradan daromadlar
9360
Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar
9370
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar daromadlari
9380
Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam
9390
Boshqa operatsion daromadlar
9400
DAVR XARAJATLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
T
9410
Sotish xarajatlari
9420
Maʼmuriy xarajatlar
9430
Boshqa operatsion xarajatlar
9431
Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, oʻtgan davrda xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari
9432
Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, lekin hisobot davrida xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari
9440
Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan, hisobot davri xarajatlari
9500
MOLIYAVIY FAOLIYAT DAROMADLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
T
9510
Royalti koʻrinishidagi daromadlar
9520
Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar
9530
Foizlar koʻrinishidagi daromadlar
9540
Valyutalar kurslari farqidan daromadlar
9550
Uzoq muddatli ijaradan daromadlar
9560
Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan daromadlar
9590
Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari
9600
MOLIYAVIY FAOLIYAT BOʻYICHA XARAJATLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
T
9610
Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar
9620
Valyutalar kurslari farqidan zararlar
9630
Qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tarqatish boʻyicha xarajatlar
9690
Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar
9700
FAVQULODDAGI FOYDA (ZARAR)LARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
T
9710
Favquloddagi foydalar
9720
Favquloddagi zararlar
9800
SOLIQLAR VA YIGʻIMLARNI TOʻLASH UCHUN FOYDANING ISHLATILISHINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
T
9810
Daromad (foyda) soligʻi boʻyicha xarajatlar
9820
Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yigʻimlar boʻyicha xarajatlar
9900
YAKUNIY MOLIYAVIY NATIJANI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
T
9910
Yakuniy moliyaviy natija
VI BOʻLIM. BALANSDAN TASHQARI SCHYOTLAR
001
Qisqa muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar
BT
002
Masʼul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar
BT
003
Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar
BT
004
Komissiyaga qabul qilingan tovarlar
BT
005
Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar
BT
006
Qatʼiy hisobot varaqlari
BT
007
Toʻlashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga oʻtkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi
BT
008
Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — olingan
BT
009
Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — berilgan
BT
010
Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar
BT
011
Ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulk
BT
012
Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar
BT
013
Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)
BT
014
Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari
BT
* Keyingi oʻrinlarda “Uzoq muddatli ijara” atamasi lizing tushunchasini ham oʻz ichiga oladi.
aktiv schyot (A) — bu aktivlarni aks ettirishga moʻljallangan schyot boʻlib, unda iqtisodiy resurslarning qoldigʻi va koʻpayishi schyotning debetida, kamayish esa kreditida aks ettiriladi;
balansdan tashqari schyotlar (Z) — bu sugʻurtalovchiga qarashli boʻlmagan, lekin vaqtinchalik tasarrufida boʻlgan, aktivlarning mavjudligi va harakati, shartli huquqlar va majburiyatlar haqidagi axborotni umumlashtirishga moʻljallangan schyotlar. Bu schyotlar boshqa schyotlar bilan bogʻlanmaydi va sugʻurtalovchining moliyaviy hisobotida aks ettirilmaydi;
buxgalteriya schyoti — sugʻurtalovchilar iqtisodiy resurslarining holati va harakati haqidagi buxgalteriya axborotini qayd etish va saqlash uslubi va ularga boʻlgan talablar;
deponentlangan sugʻurta mukofoti (depo mukofot) — qayta sugʻurtalanuvchining hisobida vaqtincha boʻlgan va qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq qayta sugʻurtalovchiga toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta mukofoti;
doimiy schyotlar — bu hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega boʻlib, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar va kapital schyotlaridir. Doimiy schyotlar aktiv, passiv, kontr-aktiv va kontr-passiv schyotlarga boʻlinadi;
kontr-aktiv schyot (KA) — bu moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettirish uchun, qoldigʻi u bilan bogʻlik boʻlgan aktiv schyotning saldosidan chegiriladigan schyotdir;
kontr-passiv schyot (KP) — bu moliyaviy hisobotda majburiyat yoki kapitalning sof qiymatini aks ettirish uchun, qoldigʻi u bilan bogʻliq boʻlgan passiv schyotning saldosidan chegaraladigan schyotdir;
passiv schyot (P) — bu majburiyat va kapitalni aks ettirishga moʻljallangan schyot boʻlib, unda majburiyatlar va kapitalning qoldigʻi va koʻpayishi schyotning krediti boʻyicha, kamayish esa debeti boʻyicha aks ettiriladi;
retrotsessiya — qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan sugʻurta majburiyatlarini yoki ularning bir qismini qayta sugʻurta qilish shartnomasi asosida qayta sugʻurta qilishga berish;
sugʻurta polisi — sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalanuvchi tomonidan sugʻurta mukofoti toʻlangandan soʻng (agar sugʻurta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa) beriladigan, sugʻurta shartnomasining tuzilganligini va sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi hujjat (shahodatnoma, sertifikat, kvitansiya);
tranzit schyotlar (T) — bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan va hisobot davri oxirida qoldiqqa ega boʻlmaydigan, Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladigan, daromadlar va xarajatlarga vaqtinchalik schyotlaridir;
qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar — sugʻurtalovchi tomonidan boshqa sugʻurtalovchilardan qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq qabul qilingan tavakkalchiliklar;
qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar — sugʻurtalovchi tomonidan qabul qilingan va qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq boshqa sugʻurtalovchida sugʻurtalangan tavakkalchiliklar;
qayta sugʻurtalanuvchi — oʻziga qabul qilib olgan sugʻurta majburiyatlarini qayta sugʻurta qilishga beruvchi sugʻurtalovchi yoki qayta sugʻurtalovchi;
qayta sugʻurtalovchi — qayta sugʻurta qilish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya yoki bir vaqtda qayta sugʻurta qilish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi sugʻurta faoliyati boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan sugʻurtalovchi, joylashgan joyidagi davlat qonunchiligiga muvofiq qayta sugʻurta qilish faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan chet el sugʻurta tashkiloti.
II qism. Asosiy qoidalar
I boʻlim. Uzoq muddatli aktivlar
I kichik boʻlim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar
2. Ushbu kichik boʻlimning schyotlari quyidagilar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan:
a) mulkchilik huquqi sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan va uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning mavjudligi, harakati va eskirishi;
b) mulkchilik huquqi sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan nomoddiy aktivlarning mavjudligi, harakati va eskirishi;
v) qimmatli qogʻozlarga, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga, chet el kapitali mavjud boʻlgan va boshqalarga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar;
g) mahalliy va xorijdan keltirilgan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisida;
d) barcha turdagi kapital qoʻyilmalar;
e) olingan veksellar boʻyicha hisob-kitoblarning uzoq muddatli qismi, uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar, xodimlarning uzoq muddatli qarzlari, boshqa uzoq muddatli debitor qarzlar, vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi, boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar.
0400 — Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar;
0500 — Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar;
0600 — Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar;
0700 — Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar;
0800 — Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar;
0900 — Uzoq muddatli debitor qarzlari va kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar.
1-§. Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100)
4. Mulkchilik huquqi sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati, foydalanilayotgan, konservatsiya qilingan yoki qisqa muddatli ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0120 “Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar”;
0130 “Mashina va asbob-uskunalar”;
0140 “Mebel va ofis jihozlari”;
0150 “Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi”;
0160 “Transport vositalari”;
0170 “Ishchi hayvonlar”;
0180 “Koʻp yillik oʻsimliklar”;
0190 “Boshqa asosiy vositalar”;
0199 “Konservatsiya qilingan asosiy vositalar”.
Analitik hisobning tashkil qilinishi respublika hududi va xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va ularning harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni olish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
5. Buxgalteriyada mulkni asosiy vositalar tarkibiga kiritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003-yil 10-oktabrda 114-son bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar” (2004-yil 20-yanvar, roʻyxat raqami 1299 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 3-son, 35-modda) va xarid qilish vaqtida olingan pasport va foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma, hamda boshqa texnik hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
6. Asosiy vositalar asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarda quyidagi obyektlar uchun aniqlanadigan boshlangʻich qiymatda hisobga olinadi:
a) sugʻurtalovchining ustav kapitaliga taʼsischilar tomonidan ularning ulushi hisobidan kiritilgan obyektlar — tomonlarning kelishuviga asosan;
b) sugʻurtalovchining oʻzida tayyorlangan shuningdek, toʻlov evaziga boshqa korxona va shaxslardan sotib olingan obyektlar — ushbu obyektlarni (inshoot, qurish, tiklash) barpo etishga ketgan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib yoki ushbu obyektlarni xarid qilishda, toʻlangan va qoplanmaydigan soliq (yigʻimlar) shuningdek, yetkazib berish, yigʻish, oʻrnatish, ishga tushirish va ushbu aktivni ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bogʻliq boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda;
v) boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan, shuningdek, hukumat idoralari tomonidan subsidiya koʻrinishida olinganlari — qabul qilish sanadagi bozor bahosi yoki qabul qilish topshirish hujjatlarida koʻrsatilgan qiymat boʻyicha.
Asosiy vositalarning boshlangʻich qiymati faqat qayta qurilganda, taʼmirlanganda va qisman tugatilganda hamda qayta baholangan hollarda oʻzgartirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 490-sonli “Asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yilgi parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, har yili 1-yanvar holatiga asosiy vositalar qiymatini joriy bahoga keltirish uchun qayta baholashni amalga oshiradilar. Asosiy vositalar bahosini oshirish (tushirish) summasi asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti (krediti) boʻyicha 8510 “Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
7. Taʼsischilar tomonidan sugʻurtalovchining ustav kapitaliga ulush hisobidan kiritilgan asosiy vositalarni kirim qilish asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti va 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotining kreditida aks ettiriladi.
8. Sugʻurtalovchining oʻzi tomonidan qurilgan shuningdek, pudrat shartnomasiga asosan qurilgan asosiy vosita obyektlarini tegishli asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti, 0810 “Tugallanmagan qurilish” schyotining krediti boʻyicha kirim qilinadi.
9. Mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa shaxslardan sotib olingan asosiy vosita obyektlari asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti, 0820 “Asosiy vositalarni xarid qilish” schyotining krediti boʻyicha kirim qilinadi.
10. Boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalarning kirim qilinishi asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debetida 8530 “Tekinga olingan mulklar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Biroq, soliqqa tortish maqsadida, tekinga olingan asosiy vositalarning qiymati daromad (foyda) soligʻini hisoblashda soliqqa tortiladigan bazaga qoʻshiladi.
11. Asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish, kamomad yoki buzilishi natijasida hisobdan chiqarishda ularning boshlangʻich qiymati tegishli (0100) asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlardan 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining debeti orqali hisobdan chiqariladi.
12. 0110 “Yer” schyotida qonunchilikka muvofiq sugʻurtalovchiga mulk sifatida berilgan yer maydonlari hisobga olib boriladi. 0110 “Yer” schyotining debetida shuningdek, yer maydonlarini xarid qilishda toʻlanadigan qoʻshimcha xarajatlar, koʻchmas mulk agentlarining komission mukofoti, advokatlarning xizmat haqi, sotib olish bilan bogʻliq soliqlar, zovurlar qiymati, yerlarni tozalash va tekislash xarajatlari hisobga olinadi.
Yerlarni foydalanishga tayyorlash jumladan, suv olib kelish, oqova suvlarni chiqarish inshootlari, geodeziya ishlari boʻyicha umumiy xarajatlar 0110 “Yer” schyotida kapitalizatsiya qilinadi. Chunki ushbu xarajatlar yerdan kelgusida foydalanish va uning qiymatini oshirish uchun zarur.
Yer maydoni bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish yoki qurish uchun sotib olinganda, mavjud konstruksiyalar va boshqa toʻsiqlarni bartaraf etish qiymati 0110 “Yer” schyotining debetida kapitalizatsiya qilinadi. Bunda konstruksiyani tugatishdan olingan materiallarni sotishdan tushgan tushum ushbu xarajatlarni kamaytiradi.
Agar yer maydoni oldindan tasarrufda boʻlsa va mavjud konstruksiyalar yangi qurilish obyektiga joy berish uchun buzib tashlansa, buzish boʻyicha xarajatlar 0110 “Yer” schyotiga kapitalizatsiya qilinmaydi, balki eski konstruksiyalarni hisobdan chiqarish bilan bogʻliq xarajat sifatida aks ettiriladi.
13. 0111 “Yerni obodonlashtirish” schyotida yer maydonlari tuzilishini oʻzgartirish, kelish yoʻllari, avtomobillar va boshqa transport vositalarining toʻxtash maydonlari, devorlar va boshqa inshootlarning holatini yaxshilash xarajatlari hisobga olinadi.
14. 0112 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” schyotida uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha ijaraga olingan mulkni obodonlashtirish bilan bogʻliq kapital xarajatlar hisobga olinadi.
Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish boʻyicha kapital xarajatlarga, shuningdek, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish xarajatlari ham qoʻshiladi.
15. 0120 “Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar” schyotida quyidagilar hisobga olinadi:
a) bino — ishlab chiqarish, maʼmuriy, ijtimoiy-maishiy, uy-joy (inventar obyekti boʻlib, mustaqil xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan, alohida turgan bino yoki qoʻshimcha qurilishlar hisoblanadi). Bino va qoʻshimcha qurilishlar tarkibiga bir meʼyorda foydalanish uchun sharoit yaratib beradigan barcha kommunikatsiya tizimi (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz taʼminoti tizimlari, ichki telefon va kompyuter tarmoqlari, lift xoʻjaligi, yongʻindan saqlash va qoʻriqlash signalizatsiya tizimi) kiradi;
b) inshootlar — avtomobil yoʻllari, koʻpriklar, osma yoʻllar, suv ombori, neft va gaz quduqlari, shaxta quduqlari va boshqalar;
v) oʻtkazuvchi moslamalar — elektr quvvatini uzatish tizimlari, truba yoʻllari, issiqlik va gaz tarmoqlari, transmissiyalar va boshqalar.
16. 0130 “Mashina va asbob-uskunalar” schyotida quyidagilar hisobga olinadi:
a) kuchlantiruvchi mashina va uskunalar — atom reaktorlari, qozonlar, bugʻ dvigatellari, turbinalar, kuchlantiruvchi transformatorlar, ichki yonuv dvigatellari va boshqalar;
b) ishchi mashinalar va uskunalar — mehnat buyumlariga mexanik, issiqlik, kimyoviy va boshqa texnologik taʼsir koʻrsatuvchi stanoklar, apparatlar, agregatlar;
v) oʻlchov va boshqaruv moslamalari va laboratoriya uskunalari hamda jihozlari — tarozilar, manometrlar, termostatlar, dispetcher nazorati uskunalari, signalizatsiya, ilmiy-tekshirish laboratoriyasi, seysmologik stansiya uskunalari va boshqalar;
g) boshqa mashinalar va uskunalar — telefon stansiyasi uskunalari va boshqa oldingi guruhlarda hisobga olinmaydigan mashina va uskunalar.
17. 0140 “Mebel va ofis jihozlari” schyotida ishlab chiqarish va boshqaruv uchun moʻljallangan mebel va jihozlar (stollar, shkaflar, mebel yigʻimlari, kreslo, temir seyflar va boshqalar) shuningdek, ofis jihozlari (telefaks apparati, qogʻoz qirqadigan va yoʻq qiladigan mashinalar va boshqalar) hisobga olinadi.
18. 0150 “Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi” schyotida kompyuterlar, printerlar, skanerlar, modem va boshqa kompyuter jihozlari, hamda hisoblash texnikalari hisobga olinadi.
19. 0160 “Transport vositalari” schyotida temir yoʻl, suv, havo, avtomobil, ishlab chiqarish va kommunal transport vositalarining harakatlanuvchi tarkibi shuningdek, magistral quvur tarmoqlari (truboprovodlar) hisobga olinadi.
20. 0170 “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” schyotida ishchi kuchi sifatida foydalaniladigan ishchi hayvonlar — otlar, hoʻkizlar, tuyalar, xachir va eshaklar va boshqa ishchi hayvonlar (shuningdek, yuk transport vositasi sifatida foydalaniladigan hayvonlar) hisobga olinadi.
21. 0180 “Koʻp yillik oʻsimliklar” schyotida koʻkalamzorlashtirish, dekoratsiya, meva-rezavor daraxtlar va oʻsimliklar, yashil devorlar va boshqalar hisobga olinadi.
22. 0190 “Boshqa asosiy vositalar” schyotida yuqorida keltirilgan schyotlarda sanab oʻtilmagan asosiy vositalar hisobga olinadi.
23. 0199 “Konservatsiya qilingan asosiy vositalar” schyotida qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda konservatsiya qilingan asosiy vositalar hisobga olinadi.
24. Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Qurib bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan obyektlarning asosiy vositalar tarkibiga oʻtkazilishi
0110—0190
0810
2.
Asosiy vositalarning haqiqiy tannarxi boʻyicha xarid qilinishi (boshlangʻich qiymati)
0110—0190
0820
3.
Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarni uzoq muddatli ijara shartnomasi tugagandan keyin asosiy vositalar tarkibiga qabul qilinishi
0110—0190
0310
4.
Taʼsischilarning ustav kapitaliga ulush (pay) sifatida kiritgan yoki aksiyalarga toʻlov sifatida kelib tushgan asosiy vositalarning kirim qilinishi
0110—0190
4610
5.
Asosiy vositalarning tekinga kelib tushishi
0110—0190
8530
6.
Asosiy vositalarning ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan kelib tushishi
0110—0190
6110, 6120
7.
Qoʻshimcha qurish, uskunalar oʻrnatish, modernizatsiya, rekonstruksiya qilish va boshqa sifat jihatdan yaxshilash natijasida asosiy vositalar boshlangʻich qiymatining koʻpayishi
0110—0190
0890
8.
Yerni obodonlashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritish
0111
0850
9.
Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarni va obodonlashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritish
0112
0860
10.
Ishchi va mahsuldor hayvonlarning asosiy vositalar tarkibiga kirim qilinishi
0170
0840
11.
Asosiy vositalarni qayta baholash:
a) qiymatining oshirilishi
0110—0199
8510
b) qiymatining kamaytirilishi
8510
0110—0199
12.
Tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish, kamomad yoki buzilish natijasida asosiy vositalarning boshlangʻich qiymatini hisobdan chiqarish
9210
0110—0190
13.
Ajratilgan boʻlinmalarga asosiy vositalarning berilishi
4110
0110—0190
14.
Qonunchilikda belgilangan tartibda konservatsiya qilingan asosiy vositalar
2-§. Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200)
25. Sugʻurtalovchining mulki hisoblangan yoki uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Analitik hisobning tashkil qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va eskirishining harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
26. Asosiy vositalarning eskirishini hisoblash Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003-yil 10-oktabrda 114-son bilan tasdiqlangan (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar” Buxgalteriya hisobining milliy standartida (2004-yil 20-yanvar, roʻyxat raqami 1299 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 3-son, 35-modda) belgilangan meʼyor va usullar asosida amalga oshiriladi.
27. Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi:
a) kutubxona fondlariga;
b) qonunchilikda belgilangan tartibda konservatsiyaga oʻtkazilgan fondlarga;
v) muzey qiymatliklariga;
g) sanʼat va arxitektura yodgorliklariga;
d) toʻliq eskirish hisoblangan asosiy vositalarga.
28. 0211—0290 schyotlarda mulkchilik huquqi sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan asosiy vositalarning eskirishi hisobga olinadi.
29. 0299 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyotida uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi xususiy asosiy vositalarga eskirish hisoblash tartibi kabi bir xil tartibda hisobga olinadi.
30. Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) kreditida, xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda olib boriladi.
31. Ijaraga beruvchi — sugʻurtalovchilar joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar boʻyicha hisoblangan eskirish summasini tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) krediti va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotining debetida aks ettiradilar.
32. Sugʻurtalovchi mulki boʻlgan asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish, kamomad yoki buzilish natijasida hisobdan chiqarishda ularga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) debetidan 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining krediti boʻyicha amalga oshirilgan yozuv orqali hisobdan chiqariladi.
33. Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda foydalanilayotgan asosiy vositalarga eskirish hisoblash
2010, 2310, 2710
0211—0299
2.
Umumishlabchiqarish maqsadida foydalanilayotgan asosiy vositalarga eskirish hisoblash
2510
0211—0299
3.
Maʼmuriy maqsadlar uchun foydalanilayotgan asosiy vositalarga eskirish hisoblash
9420
0211—0299
4.
Ishchi hayvonlarga eskirish hisoblash
2010, 2310
0270
5.
Koʻp yillik oʻsimliklarga eskirish hisoblash
2010, 2310, 9430
0280
6.
Joriy (qisqa muddatli) ijaraga berilgan asosiy vositalarga eskirish hisoblash
9430
0220—0299
7.
Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni xususiy asosiy vositalar tarkibiga oʻtishi natijasida ularga hisoblangan eskirish summasini oʻtkazish
0299
0211—0290
8.
Uzoq muddatli ijara shartnomasining muddati tugagandan keyin ijaraga beruvchiga qaytariladigan asosiy vositalarning eskirishini hisobdan chiqarish
0299
0310
9.
Asosiy vositalarning eskirishini qayta baholash:
a) qiymati oshirilganda
8510
0211—0299
b) qiymati kamaytirilganda
0211—0299
8510
10.
Asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish, kamomad yoki buzilish natijasida ularga haqiqatda hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarish
34. Sugʻurtalovchida uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyotida amalga oshiriladi. Ushbu schyot ijarachi sugʻurtalovchilarda qoʻllaniladi.
35. Sugʻurtalovchi tomonidan qisqa muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar hisobi balansdan tashqari 001 “Qisqa muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotida yuritiladi.
36. Ijara hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2004-yil 12-mayda 75-son bilan tasdiqlangan (6-sonli BHMS) “Ijara hisobi” Buxgalteriya hisobining milliy standartiga (2004-yil 22-iyun, roʻyxat raqami 1374 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 25-son, 292-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
37. Sugʻurtalovchiga uzoq muddatli ijara shartlari asosida kelib tushgan asosiy vositalar 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyotining debeti va 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” hamda 7910 “Toʻlanadigan uzoq muddatli ijara” schyotining kreditida aks ettiriladi.
38. Uzoq muddatga ijaraga olingan asosiy vositalardan foydalanganlik uchun ijaraga beruvchiga toʻlanadigan joriy toʻlovlar 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyotining debeti va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
40. Uzoq muddatli ijara shartnomasining shartlariga muvofiq (yoki ijaraga beruvchi va ijarachining qoʻshimcha kelishuvi asosida) ijaraga olingan asosiy vositalar ijarachi korxonaning mulkiga oʻtishi, hisobda asosiy vositalarni hisobga oluvchi (0100) schyotlarning tegishli schyotlari debeti va 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyotining kreditida tegishli asosiy vositalar turlari boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi. Bir vaqtning oʻzida ushbu obyekt boʻyicha 0299 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyotida hisoblab borilgan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarga (0200) oʻtkaziladi.
Agar uzoq muddatli ijara shartnomasining tugashi bilan asosiy vosita obyektlari ijaraga beruvchiga qaytarilsa, u holda hisobda 0299 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyotining debeti va 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyotining krediti boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Agar ijaraga olingan asosiy vositalar uzoq muddatli ijara shartnomasining muddati tugashiga qadar ijaraga beruvchiga qaytarilsa, u holda hisobda 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyotining krediti va 0299 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” (hisoblangan eskirish summasiga), 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi”, 7910 “Toʻlanadigan uzoq muddatli ijara” (ijara toʻlovlarining qoldiq summasiga) schyotlarining debeti boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi.
0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyoti boʻyicha analitik hisob asosiy vositalarning turlari va alohida inventar obyektlari boʻyicha yuritiladi.
41. Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0300)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha asosiy vositalarning kelib tushishi
0310
6950 7910
2.
Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning xususiy asosiy vositalar tarkibiga oʻtkazilishi
0110—0190
0310
Bir vaqtning oʻzida eskirish summasining oʻtkazilishi
0299
0211—0290
3.
Uzoq muddatli ijara shartnomasining muddati tugaguniga qadar ijaraga beruvchiga qaytarilgan obyektga hisoblangan eskirish summasi
0299
0310
4.
Uzoq muddatli ijara shartnomasining muddati tugaguniga qadar ijaraga beruvchiga qaytarilgan obyektlar boʻyicha uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha toʻlanmay qolgan qoldiqning:
joriy qismiga
6950
0310
uzoq muddatli qismiga
7910
0310
5.
Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni qayta baholash:
4-§. Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400)
42. Mulkchilik huquqi sugʻurtalovchiga tegishli nomoddiy aktivlarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0410 “Patentlar, litsenziyalar va nou-xau”;
0420 “Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari”;
0430 “Dasturiy taʼminot”;
0440 “Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlari”;
0450 “Tashkiliy xarajatlar”;
0460 “Franchayz”;
0470 “Mualliflik huquqlari”;
0480 “Gudvill”;
0490 “Boshqa nomoddiy aktivlar”.
43. Obyektlarni nomoddiy aktivlarga kiritish tartibi va ularning tarkibi qonunchilik asosida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2005-yil 25-martda 35-son bilan tasdiqlangan (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar” (yangi tahrir) Buxgalteriya hisobining milliy standarti (2005-yil 27-iyun, roʻyxat raqami 1485 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 25-26-son, 188-modda) asosida tartibga solinadi.
44. Nomoddiy aktivlar quyidagi obyektlar uchun aniqlanadigan boshlangʻich bahoda nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olinadi:
a) taʼsischilar tomonidan sugʻurtalovchining ustav kapitaliga ulush hisobidan kiritilgani — tomonlarning kelishuvi boʻyicha;
b) toʻlov asosida boshqa korxona va shaxslardan xarid qilingan ushbu obyektlarni xarid qilish va tayyor holatga keltirish boʻyicha amalga oshirilgan — haqiqiy xarajatlar boʻyicha;
v) boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan obyektlar — kirim qilish sanasidagi bozor bahosida yoki qabul qilish-topshirish hujjatlarida koʻrsatilgan qiymat boʻyicha;
g) sugʻurtalovchining oʻzi tomonidan yaratilgan yoki sugʻurtalovchining oʻzida ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida olingan obyektlar — haqiqiy tannarxi boʻyicha.
45. Taʼsischilar tomonidan sugʻurtalovchining ustav kapitaliga ularning ulushlari hisobiga kiritilgan nomoddiy aktivlarni kirim qilish (0400) nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida va 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Boshqa korxona va shaxslardan xarid qilingan nomoddiy aktivlar, nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debeti, 0830 “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish” schyotining kreditiga kirim qilinadi.
Boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida, 8530 “Tekinga olingan mulk” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Agar nomoddiy aktiv sugʻurtalovchining oʻzi tomonidan yaratilsa va uni yaratish xarajatlarining aniq summasini aniqlash imkoni mavjud boʻlsa, u holda nomoddiy aktiv haqiqiy tannarxi boʻyicha aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlarning haqiqiy tannarxini aniqlash imkoniyati mavjud boʻlmagan holda ushbu xarajatlar ilmiy-tadqiqot ishlari (ITI) yoki ilmiy-tadqiqot va sinov konstruktorlik ishlari (ITSKI) xarajatlari sifatida aks ettiriladi.
46. “Gudvill (firma bahosi)”ning buxgalteriya hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2005-yil 25-martda 35-son bilan tasdiqlangan (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar” (yangi tahrir) Buxgalteriya hisobining milliy standarti (2005-yil 27-iyun, roʻyxat raqami 1485 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 25-26-son, 188-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
47. Nomoddiy aktivlar chiqib ketganda (sotilganda, tekinga berilganda va boshqalarda) ularning boshlangʻich qiymati nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi tegishli schyotlarning (0400) kreditidan 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
48. Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Xarid qilingan nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymati (haqiqiy tannarxi) boʻyicha kirim qilinishi
0410—0490
0830
2.
Korxonaning oʻzida yaratilgan nomoddiy aktivlarning haqiqiy tannarxi boʻyicha kirim qilinishi
0410—0490
0830
3.
Ustav kapitaliga ulush sifatida yoki aksiyaga obuna boʻlishga haq toʻlash hisobiga olingan nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi
0410—0490
4610
4.
Tekinga olingan nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi
0410—0490
8530
5.
Sugʻurtalovchini sotib olishda aktivlarning haqiqiy bahosi va sotib olish bahosi oʻrtasidagi farq sifatida vujudga keladigan gudvill (firma bahosi)ni aks ettirish
0480
8330
6.
Gudvill (firma bahosi) summasini har oy foydali xizmat muddati davomida hisobdan chiqarilishi
Xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar
0480
7.
Nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymati boʻyicha sotilishi, hisobdan chiqarilishi, xarid qilingan qimmatli qogʻozlar haqining toʻlovi uchun berilishi, boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida, shuningdek, tekinga berilganda va boshqalar natijasida chiqib ketishi
9220
0410—0490
5-§. Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500)
49. Mulkchilik huquqi sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan nomoddiy aktivlar obyektlari boʻyicha jamlangan amortizatsiya toʻgʻrisida maʼlumotlar quyidagi schyotlarda umumlashtiriladi:
0510 “Patentlar, litsenziyalar va nou-xauning amortizatsiyasi”;
0520 “Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining amortizatsiyasi”;
0530 “Dasturiy taʼminotning amortizatsiyasi”;
0540 “Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlarining amortizatsiyasi”;
50. Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2005-yil 25-martda 35-son bilan tasdiqlangan (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar” (yangi tahrir) Buxgalteriya hisobining milliy standarti (2005-yil 27-iyun, roʻyxat raqami 1485 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 25-26-son, 188-modda) koʻzda tutilgan usullarga muvofiq, belgilangan meʼyorlar boʻyicha sugʻurtalovchi tomonidan hisoblab chiqilib, oyma-oy tegishliligiga qarab tannarxga yoki davr xarajatlariga olib boriladi.
51. Nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortizatsiya summasi xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning debeti va (0500) nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlarning kreditiga olib boriladi.
52. Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi (sotilishi, tekinga berilishi va boshqalar)da ular boʻyicha hisoblangan eskirish summasi (0500) nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlarning debetidan 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining kreditiga hisobdan chiqariladi.
Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500) boʻyicha analitik hisob nomoddiy aktivlarning turlari va alohida obyektlari boʻyicha yuritiladi.
53. Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Asosiy, yordamchi ishlab chiqarishda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya hisoblash
2010, 2310
0510—0590
2.
Umumishlabchiqarish maqsadida va xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya hisoblash
2510, 2710
0510—0590
3.
Boshqaruv maqsadida foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya hisoblash
9420
0510—0590
4.
Kapital quyilmalarda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya hisoblash
0810—0890
0510—0590
5.
Nomoddiy aktivlarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish, kamomad yoki buzilishi natijasida yigʻilgan amortizatsiya summasini hisobdan chiqarish va hokazo.
6-§. Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (0600)
54. Boshqa korxonalarning qimmatli qogʻozlariga, mamlakat hududida va xorijda tuzilgan shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari va boshqa korxonalarning ustav kapitallariga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar (qoʻyilmalar)ning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0610 “Qimmatli qogʻozlar”;
0620 “Shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar”;
0630 “Qaram xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar”;
0640 “Chet el kapitali mavjud boʻlgan korxonalarga investitsiyalar”;
0690 “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar”.
55. Aktivlarni investitsiyalar tarkibiga kiritish va ularning turlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 25-dekabrda 65-son bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (12-sonli BHMS) “Moliyaviy investitsiyalar hisobi” (1999-yil 16-yanvar, roʻyxat raqami 596 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 3 va 6-son) va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 14-oktabrda 50-son bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (8-sonli BHMS) “Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotlar va shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi” (1998-yil 28-dekabr, roʻyxat raqami 580 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 6-son) bilan tartibga solinadi.
56. 0610 “Qimmatli qogʻozlar” schyotida davlat foizli obligatsiyalari va mahalliy qarzlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarga qilingan uzoq muddatli investitsiya (quyilma)larning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
57. 0620 “Shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar”, 0630 “Qaram xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar”, 0640 “Chet el kapitali mavjud boʻlgan korxonalarga investitsiyalar” schyotlarida tegishli chet el kapitali mavjud boʻlgan shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga qilingan uzoq muddatli investitsiyalarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
58. 0690 “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar” schyotida kelajakda moliyaviy naf olish maqsadida davlat korxonalari yoki boshqa xayriya, ekologiya jamiyatlariga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar hisobga olinadi.
59. Aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar sotib olish bahosida 0610 “Qimmatli qogʻozlar” schyotining debetida ushbu qoʻyilmalar hisobiga berilgan qiymatliklar hisobga olinadigan schyotlar bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi.
60. Agar sugʻurtalovchi tomonidan xarid qilingan obligatsiyalar va shu kabi boshqa qimmatli qogʻozlarning xarid qiymati ularning nominal qiymatidan yuqori boʻlsa, u holda xarid qilingan vaqtdan to qoplash vaqtigacha boʻlgan davrda xarid qiymati va nominal qiymat oʻrtasidagi farq qismi hisobdan chiqariladi. Bunda 9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar” schyotining debeti va 0610 “Qimmatli qogʻozlar” schyotining krediti boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Agar sugʻurtalovchi tomonidan xarid qilingan obligatsiyalar va shu kabi boshqa qimmatli qogʻozlarning xarid qiymati ularning nominal qiymatidan past boʻlsa, u holda xarid qilingan vaqtdan to qoplash vaqtigacha boʻlgan davrda xarid qiymati va nominal qiymati oʻrtasidagi farq qismi qoʻshimcha hisoblanadi. Bunda 0610 “Qimmatli qogʻozlar” schyotining debeti va 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyotining krediti boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Yuqorida koʻrsatilgan har ikkala holatda ham qimmatli qogʻozlarni qoplash muddati kelganda 0610 “Qimmatli qogʻozlar” schyotida hisobga olingan baho nominal qiymatga toʻgʻri kelishi lozim.
Qimmatli qogʻozlar boʻyicha foizlar (dividendlar) hisoblanganda 4830 “Olinadigan foizlar” yoki 4840 “Olinadigan dividendlar” schyotining debeti va 9530 “Foizlar koʻrinishidagi daromadlar” yoki 9520 “Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar” schyotlarining krediti boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar boʻyicha analitik hisob uzoq muddatli investitsiyalarning turlari va ushbu investitsiyalar amalga oshirilgan obyektlar (qimmatli qogʻozlarni sotuvchi-korxonalar, sugʻurtalovchi ishtirokchisi hisoblangan shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari va shu kabilar) boʻyicha yuritiladi. Bunda analitik hisobning tashkil qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi hududi va xorijdagi obyektlarga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
61. Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (0600)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Sotuvchi korxonaga asosiy vositalarni berish yoʻli bilan qimmatli qogʻozlarni xarid qilish
0610
9210
2.
Sotuvchi korxonaga nomoddiy aktivlar va materiallar berish yoʻli bilan qimmatli qogʻozlarni xarid qilish
0610
9220
3.
Sotuvchi korxonaga xizmat koʻrsatish yoʻli bilan qimmatli qogʻozlarni xarid qilish
0610
9030
4.
Sotuvchi korxonaga oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni berish yoʻli bilan qimmatli qogʻozlarni xarid qilish
0610
9220
5.
Qimmatli qogʻozlar uzoq muddatli investitsiyalar sifatida tekinga olinganda
0610
8530
6.
Boshqa korxonalarning qimmatli qogʻozlari xarid qilinganda
0610
5010—5530
7.
Debitorlik qarzlari hisobiga qimmatli qogʻozlarning xarid qilinishi
0610
Olinadigan schyotlar
8.
Qisqa muddatli investitsiyalar tarkibi oʻzgartirilganda (restrukturizatsiya)
0610
5810—5890
9.
Taʼsischilarning sugʻurtalovchi ustav kapitaliga ularning ulushi sifatida berilgan qimmatli qogʻozlarning qiymati
0610
4610
10.
Sugʻurtalovchi qimmatli qogʻozlarga tegishli huquqlar unga oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma oldi
0610
6990, 7920
11.
Qimmatli qogʻozlarning xarid va nominal qiymatlari oʻrtasidagi farq:
a) nominal qiymati xarid qiymatidan yuqori
0610
9590
b) xarid qiymati nominal qiymatdan yuqori
9690
0610
12.
Chet el valyutasidagi uzoq muddatli investitsiyalar bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha kurs farqlari:
Ijobiy
0610
9540
Salbiy
9620
0610
13.
Uzoq muddatli investitsiyalarni:
a) shuʼba xoʻjalik jamiyatlarida;
0620
9030, 9210—9220
b) qaram xoʻjalik jamiyatlarida;
0630
v) chet el kapitali mavjud boʻlgan korxonalarda aks ettirish
0640
14.
Uzoq muddatli investitsiyalar sifatida hisobga olingan qimmatli qogʻozlarning qoplanishi (sotib olinishi)
5110—5530
0610
15.
Uzoq muddatli investitsiyalar sifatida hisobga olingan qimmatli qogʻozlarning sotilishi
9220
0610
7-§. Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700)
62. Qurilayotgan (taʼmirlanayotgan) kapital qoʻyilma obyektlarida oʻrnatish uchun moʻljallangan va montajni talab qiluvchi texnologik, energetik va ishlab chiqarish asbob-uskunalarning (shuningdek, laboratoriya, tajriba moslamalari va ustaxonalar uchun moʻljallangan asbob-uskunalar) mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0710 “Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar — mahalliy”
0720 “Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar — xorijiy”.
63. Montajni talab qiluvchi asbob-uskunalarga ularning qismlari yigʻilganidan soʻng va fundamentga yoki tayanchga, polga, qavatlar oʻrtasidagi ustunlarga va boshqa bino va inshootlarning konstruksiyalariga mustahkamlangandan soʻng ishga tushiriladigan koʻtarma asbob-uskunalar shuningdek, shu kabi asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari kiradi. Bunday asbob-uskunalar tarkibiga shuningdek, nazorat-oʻlchov apparatlari yoki oʻrnatiladigan asbob-uskuna tarkibida yigʻish-oʻrnatish uchun moʻljallangan boshqa asboblar kiradi.
64. Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlarda (0700) montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalar: transport vositalari, mustaqil turuvchi stanoklar, qurilish mexanizmlari, qishloq xoʻjaligi mashinalari, ishlab chiqarish vositalari, inventarlar, oʻlchov asboblari va boshqalar hisobga olinmaydi. Montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalarni xarid qilish xarajatlari ular sugʻurtalovchiga kelib tushishi bilan bevosita 0820 “Asosiy vositalarni xarid qilish” schyotida aks ettiriladi.
65. Asbob-uskunalar oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700)da sugʻurtalovchi omborlariga ushbu qiymatliklarni yetkazib berish va tayyorlash xarajatlari hamda xarid qilish (tayyorlash) baholari qiymatidan tashkil topadigan haqiqiy xarid qilish tannarxi boʻyicha hisobga olinadi.
Sugʻurtalovchining ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari hisobiga kiritilgan asbob-uskunalarni kirim qilish 0710 “Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar — mahalliy”, 0720 “Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar — xorijiy” schyotlarining debeti va 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotining krediti boʻyicha aks ettiriladi.
66. Quruvchi (buyurtmachi) tomonidan qurilish maydoniga keltirilgan montaj va oʻrnatishni talab qiluvchi asbob-uskunalar pudratchi tomonidan balansdan tashqari 005 “Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar” schyotiga qabul qilinadi. Ushbu montajga berilgan asbob-uskunalar yoki ularning qismlari qiymatini pudratchi balansdan tashqari 005 “Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar” schyotidan hisobdan chiqaradi. Pudratchiga berilgan, biroq doimiy foydalanish joyiga oʻrnatish va montaj qilish hali boshlanmagan asbob-uskunalar qiymati quruvchida hisobdan chiqarilmaydi.
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700) boʻyicha analitik hisob asbob-uskunalarning turlari va saqlanish joylari boʻyicha yuritiladi.
67. Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Kelib tushgan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning kirim qilinishi
0710—0720
6010—6020, 6110—6120
2.
Kelib tushgan, oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning kirim qilinishi (1510 schyotdan foydalanilganda)
0710—0720
1510
3.
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning qiymatiga yordamchi ishlab chiqarishning turli xizmatlari: transport, ehtiyot qismlar, shtamplarni tayyorlash va boshqalarning kiritilishi
0710—0720
2310
4.
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni yetkazib berish va saqlash bilan bogʻliq ishlarga mehnat haqi hisoblanishi
0710—0720
6710
5.
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni xarid qilish va saqlashda hisoblangan ish haqi boʻyicha maqsadli davlat jamgʻarmalariga ajratmalar qilinishi
0710—0720
6520
6.
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni xarid qilish, yetkazib berish va saqlash bilan bogʻliq turli xarajatlar hisobdor shaxslar tomonidan toʻlanishi
0710—0720
4220—4290, 6970
7.
Aksiyaning toʻlovi evaziga oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning kelib tushishi
0710—0720
4610
8.
Turli shaxslardan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning sotib olinishi
0710—0720
6990
9.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha asbob-uskunalar summasi
0710—0720
9390
10.
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni qayta baholash:
a) qiymatining oshirilishi
0710—0720
8510
b) qiymatining kamaytirilishi
8510
0710—0720
11.
Banklar tomonidan ularning uzoq va qisqa muddatli kreditlari hisobidan toʻlangan, oʻrnatiladigan asbob-uskunalar kirim qilinishi
0710—0720
6810, 7810
12.
Qarz beruvchilar tomonidan ularning uzoq va qisqa muddatli qarzlari hisobidan toʻlangan, oʻrnatiladigan asbob-uskunalar kirim qilinishi
0710—0720
6820—6840 7820—7840
13.
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning sotilishi, xarid qilingan qimmatli qogʻozlarning haqini toʻlanishi, boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida, tekinga berilishi va boshqalar natijasida hisobdan chiqarilishi
9210
0710—0720
14.
Montajga berilgan asbob-uskunalar qiymatining hisobdan chiqarilishi
0810
0710—0720
15.
Mol yetkazib beruvchilarga yoki transport korxonalariga oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning kamomadi uchun daʼvolar bildirilishi
4860
0710—0720
16.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan asbob-uskunalarning kamomadi
9220
0710—0720
17.
Tabiiy ofatdan keyin oʻtkazilgan inventarizatsiya natijasida aniqlangan asbob-uskunalarning kamomadi
9720
0710—0720
8-§. Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800)
68. Sugʻurtalovchining asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga investitsiyalari, shuningdek, mahsuldor va ishchi hayvonlarning asosiy podasini tashkil qilish boʻyicha xarajatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
69. 0810 “Tugallanmagan qurilish” schyotida (qurilish pudrat yoki xoʻjalik usulida amalga oshirilishdan qatʼi nazar) kapital qurilish smetalari, smeta-loyiha hisob-kitoblarida va titul roʻyxatlarida keltirilgan bino va inshootlarni barpo etish, uskunalar, asboblar, inventarlar va boshqa jihozlarni sotib olish boʻyicha xarajatlar hisobga olinadi.
70. 0820 “Asosiy vositalarni xarid qilish” schyotida asosiy vositalarni xarid qilish, oʻrnatish va yigʻish bilan bogʻliq barcha xarajatlar hisobga olinadi.
71. 0830 “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish” schyotida nomoddiy aktivlarni xarid qilish yoki sugʻurtalovchining oʻzida yaratilishi bilan bogʻliq barcha xarajatlar hisobga olinadi.
72. 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotida: asosiy podaga oʻtkaziladigan xoʻjalikdagi yosh ishchi hayvonlarni oʻstirish boʻyicha xarajatlar; asosiy poda uchun xarid qilingan katta yoshdagi ishchi hayvonlarning qiymati, shuningdek, ularni yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlar; boshqa korxonalardan tekinga olingan katta yoshdagi hayvonlarni xoʻjalikka yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlar hisobga olinadi.
Asosiy podaga oʻtkaziladigan yosh hayvonlar haqiqiy tannarx boʻyicha baholanadi. Asosiy podaga oʻtkaziladigan yosh ishchi hayvonlarning barcha turlarining qiymati yil davomida 2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyotidan 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotining debetiga yil boshida hisobda turgan balans qiymatiga, yil boshidan to hayvonlarni asosiy podaga oʻtkazish vaqtigacha boʻlgan davrda ortgan vazni yoki oʻsgan vaznining reja tannarxini qoʻshgan holda, hisobdan chiqariladi. Bir vaqtning oʻzida, yosh hayvonlarni asosiy podaga oʻtkazishda 0170 “Ishchi hayvonlar” schyoti debetlanadi va 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyoti kreditlanadi. Yil oxirida hisobot kalkulyatsiyasi tuzilgandan keyin yil davomida oʻtkazilgan yosh hayvonlarning koʻrsatilgan qiymati bilan uning haqiqiy tannarxi oʻrtasidagi farq 2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyotidan 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotiga, bir vaqtning oʻzida hayvonning bahosini aniqlab, qoʻshimcha 0170 “Ishchi hayvonlar” schyotlariga hisobdan chiqariladi.
Chetdan xarid qilingan katta yoshdagi ishchi hayvonlarning qiymati 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotining debetiga uni yetkazib berish xarajatlari bilan birgalikda, xarid qilishning haqiqiy tannarxi boʻyicha kirim qilinadi.
Asosiy podani tashkil etishning tugallangan muomalalari boʻyicha xarajatlar 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotidan 0170 “Ishchi hayvonlar” schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
73. 0850 “Yerni obodonlashtirishga kapital qoʻyilmalar” schyotida sugʻurtalovchining yer maydonini obodonlashtirish boʻyicha xarajatlari, shuningdek, kirish yoʻllari, avtomobil va boshqa transport vositalarining toʻxtash maydonlari, devorlar va koʻkalamzorlashtirishning boshqa turlari qiymati hisobga olinadi.
Yer maydonlari, oʻrmon va suv havzalari va koʻp yillik oʻsimliklarga qilingan inventar xususiyatiga ega boʻlgan kapital qoʻyilmalar, asosiy vositalar tarkibiga, kompleks ishlar tugashidan qatʼi nazar, foydalanishga qabul qilingan maydonlarga tegishli xarajatlar summasi boʻyicha kiritiladi.
74. 0860 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarga kapital qoʻyilmalar” schyotida uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha ijaraga olingan mulkni obodonlashtirish hamda uning taʼmirlanishi va modernizatsiyasiga qilinadigan kapital qoʻyilmalar hisobga olinadi.
75. Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida asosiy vositalar obyektlarining boshlangʻich qiymatiga oʻrnatilgan tartibda qoʻshiladigan quruvchining barcha haqiqiy xarajatlari, shuningdek, sugʻurtalovchining asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni xarid qilish, asosiy podani tashkil etish va boshqa kapital qoʻyilmalar bilan bogʻliq xarajatlar aks ettiriladi.
Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar boʻyicha qoldiq, sugʻurtalovchining tugallanmagan qurilishga, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarni xarid qilish, yerni va uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishga qilingan kapital qoʻyilmalar miqdorini, shuningdek, asosiy podani tashkil etish boʻyicha tugallanmagan xarajatlar summasini aks ettiradi.
Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800) boʻyicha analitik hisob kapital qoʻyilmalarning har bir yoʻnalishi boʻyicha yuritiladi. Bunda analitik hisobning tashkil etilishi quyidagi xarajatlar haqida maʼlumot olish imkonini berishi lozim:
a) qurilish va rekonstruksiya ishlari; burgʻulash ishlari; asbob-uskunalarni yigʻish; oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni xarid qilish; montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalarni xarid qilish, shuningdek, kapital qoʻyilmalarning smetalarida nazarda tutilgan asboblar va inventarlarni xarid qilish loyiha-qidiruv ishlariga oid va boshqa kapital qoʻyilmalar boʻyicha xarajatlar;
b) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni xarid qilish xarajatlari — asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning turlari va nomlari boʻyicha;
v) yer va uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish xarajatlari — obyektlarning turi va nomi boʻyicha;
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar montajga topshirildi (montajga tayyorgarlik boshlangan paytdan)
0810
0710—0720
4.
Sarflangan qurilish va boshqa materiallar qiymati kapital qoʻyilmalar boʻyicha xarajatlarga kiritilishi
0810
1010—1090
5.
Yordamchi ishlab chiqarishning kapital qoʻyilmalarga koʻrsatgan xizmatlari hisobdan chiqarilishi
0810
2310
6.
Kapital qoʻyilmalarda foydalanilgan bank kreditlari va boshqa qarz majburiyatlari boʻyicha foizlar hisoblanishi
0810
6920
7.
Tugallanmagan qurilishni qayta baholash:
a) qiymatining oshirilishi;
0810
8510
b) qiymatining kamaytirilishi
8510
0810
8.
Kapital qurilishda bajargan ishlari va koʻrsatgan xizmatlari uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarzlar
0810
6010, 7010
9.
Kapital qoʻyilmalar bilan bogʻliq qondirilmagan daʼvolar boʻyicha summa hisobdan chiqarilishi
0810
4860
10.
Inventarizatsiya natijasida tugallanmagan qurilishda kamomad summasi aniqlanishi
5910
0810
11.
Yosh hayvonning asosiy podaga oʻtkazilishi
0840
2710
12.
Asosiy podaning tashkil qilinishi
0170
0840
13.
Kelgusi davr xarajatlari tegishli qismining kapital qoʻyilmalariga olib borilishi
0810—0890
3110—3190
14.
Kapital qoʻyilmalar tannarxiga kiritiladigan sugʻurta boʻyicha qarzlar
0810—0890
6510
15.
Kapital qoʻyilmalar tannarxiga kiritiladigan maqsadli davlat jamgʻarmalari boʻyicha qarzlar
0810—0890
6520
16.
Taʼsischilar tomonidan ustav kapitaliga ulush (pay) sifatida kiritilgan tugallanmagan kapital qoʻyilmalar
0810—0890
4610
17.
Avtotransport vositalarini sotib olish soligʻi (inventar qiymatiga)
0810—0890
6520
18.
Kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirishda band boʻlgan xodimlarga mehnat haqi boʻyicha turli summalar hisoblanishi
0810—0890
6710
19.
Hisobdor shaxslarning kapital qoʻyilmalarga ularning qilgan xarajatlari boʻyicha qarzlari hisobdan chiqarilishi
0810—0890
4220—4290, 6970
20.
Asosiy vositalarni xarid qilish va qurish jarayonida vujudga kelgan turli kreditorlar oldidagi qarzlar
0810—0890
6990
21.
Kapital qoʻyilmalar boʻyicha ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining koʻrsatgan xizmatlari uchun qarzlar
0810—0890
6110—6120
22.
Asosiy vositalar obyektlarini qurish yoki xarid qilish natijasida ularni boshlangʻich qiymati boʻyicha foydalanishga berish
0110—0190
0810—0890
23.
Asosiy vositalarni qurish va xarid qilish bilan bogʻliq, ammo obyektlarning boshlangʻich qiymatiga qoʻshilmaydigan xarajatlar sugʻurtalovchi mablagʻlari hisobiga hisobdan chiqarilishi
9430
0810—0820
24.
Agar aybdor shaxsni aniqlash imkoni boʻlmasa, kamomad va buzilgan qiymatliklarning summasi kapital qoʻyilmalar boʻyicha xarajatlarga olib borilishi
0960 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar”;
0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar”.
78. 0910 “Olingan veksellar” schyotida xaridorlar va buyurtmachilardan ular sotib olgan tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlar, ular uchun bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha xaridorlar va buyurtmachilar tomonidan toʻlov hujjati sifatida veksel taqdim qilishi natijasida, ulardan olinishi kerak boʻlgan toʻlov summasi hisobga olinadi. Bunda shunday hisob-kitoblar sodir boʻlganda, olinadigan schyotlarning uzoq muddatli qismi 0910 “Olingan veksellar” schyotining debeti va 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar”, 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”, 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotlarining kreditida aks ettiriladi.
79. 0920 “Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyoti ijaraga beruvchi sugʻurtalovchida mulkning uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha muomalalarni hisobga olishda foydalaniladi.
Asosiy vosita obyektlarini uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha berishda ijaraga beruvchi obyektlarning qiymatini umumiy tartibda hisobdan chiqaradi. Bunda uzoq muddatli ijaraga berilgan asosiy vosita obyektlarining qiymati ijarachi va ijaraga beruvchi bilan kelishilgan bahoda uzoq muddatli qismi 0920 “Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyotining debetiga, joriy qismi 4810 “Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” schyotining debetiga va debitorlik qarzining jami summasi 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti boʻyicha kreditdagi saldo (ijaraga berilgan asosiy vosita obyektlarining ijarachi va ijaraga beruvchi tomonidan kelishilgan bahodagi qiymati bilan bu obyektlarning qoldiq qiymati oʻrtasidagi farq) kechiktirilgan foyda sifatida 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyotiga uzoq muddatli qismi va 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyotiga joriy qismi hisobdan chiqariladi.
Ijaraga berilgan asosiy vosita obyektlarining ijarachi va ijaraga beruvchi kelishgan bahodagi qiymati bilan ushbu obyektlarning qoldiq qiymati oʻrtasidagi farqning tegishli qismi ijara haqi kelib tushganda 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyotidan 9550 “Uzoq muddatli ijaradan daromadlar” schyotining kreditiga hisobdan chiqariladi.
Hisobot yilining oxirida ijaraga beruvchi joriy yilda kelib tushadigan summalarni 0920 “Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyotining kreditidan 4810 “Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” schyotining debetiga oʻtkazadi. Ijara haqining kelib tushishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 4810 “Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Agar asosiy vositalar obyekti ijara muddatining tugashiga qadar ijarachining mulkiga oʻtsa, u holda sotib olish bahosi toʻlangan ijara haqini chegirib tashlagan holda yuqorida koʻrib oʻtilgan ijara haqining kelib tushishini aks ettirish tartibida sotib olish vaqtida aks ettiriladi.
0920 “Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir ijara shartnomasi boʻyicha yuritiladi.
80. 0930 “Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari” schyotida sugʻurtalovchi xodimlariga kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha hisob-kitoblar, berilgan qarzlar boʻyicha ularning qarzdorligi, xodimlarning sugʻurtalovchiga pul mablagʻlari, tovar-moddiy qiymatliklarining kamomadi va oʻgʻirlanishi, yaroqsizligi natijasida yetkazilgan moddiy zararlarning qoplanishi shuningdek, boshqa turdagi zararlarning qoplanishi va shu kabilar hisobga olinadi.
Kreditga tovar sotib olgan shaxs ishlaydigan sugʻurtalovchi ularga berilgan kreditni savdo sugʻurtalovchilari tomonidan bank krediti hisobidan toʻliq qoplashi mumkin. Bunda bank savdo korxonalarining tegishli hisob-kitob hujjatlarini oʻzining krediti hisobidan toʻlaydi. Ushbu muomala sugʻurtalovchilarda 0930 “Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari” schyotining debeti va 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Xodimlarga berilgan qarzlar summasi 0930 “Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari” schyotining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Kreditga sotilgan tovarlar, berilgan qarzlar, moddiy va boshqa zararlarning qoplanishi boʻyicha qarzlarning uzoq muddatli qismining joriy debitorlik qarzlari qismiga oʻtkazilishida 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi”, 4720 “Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi”, 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi”, 4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari” schyotlarining debeti, 0930 “Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari” schyotining krediti boʻyicha yozuv amalga oshiriladi.
0930 “Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari” schyoti boʻyicha analitik hisob sugʻurtalovchining har bir xodimi boʻyicha yuritiladi.
81. 0940 “Boshqa uzoq muddatli debitor qarzlar” schyotida xaridorlar va buyurtmachilardan daʼvolar va boshqalar boʻyicha olinadigan schyotlarning uzoq muddatli qismi hisobga olinadi.
Yuqorida keltirilgan schyotlar boʻyicha analitik hisob xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan har bir schyot boʻyicha yuritiladi. Analitik hisobning tashkil qilinishi veksellar, xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar boʻyicha qarzlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni olish imkoniyatini berishi lozim.
82. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori (OʻzR QT, 1999-yil, 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 2-ilovasiga muvofiq joriy hisobot davrida toʻlanadigan soliqning uzoq muddatli qismi 0950 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi” schyotida hisobga olinadi. Vaqtinchalik farqlarga oid xarajatlar boʻyicha soliqni hisoblash 0930 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi” schyotining debeti va 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” schyotining kreditida aks ettiriladi. Keyinchalik bu xarajatlarning jami foydali xizmat muddati davomida yoki 10 yil mobaynida, bu muddatlarning qaysi biri qisqaroq boʻlishidan kelib chiqqan holda, (vaqt oraligʻidagi farqlar) soliqning tegishli qismi uzoq muddatli qismdan joriy qismga oʻtkaziladi, bu esa 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi” schyotining debeti va 0950 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda (daromad) soligʻi” schyotining kreditida aks ettiriladi. Tegishli muddatda toʻlanadigan foyda (daromad) soligʻini hisoblashda ushbu summa hisobga olinadi.
Vaqtinchalik farqlar — bu daromad va xarajatlarning ayrim moddalari soliqqa tortiladigan foydaga kiritiladigan hisobot davri bilan ushbu moddalar hisob foydasiga kiritiladigan hisobot davrining muvofiq kelmasligi natijasida yuzaga keladigan hisobot davridagi soliqqa tortiladigan va hisob foydasi oʻrtasidagi farqdir.
Xarajatlarning tegishli summasiga soliqlar kamaytirilishi yuz beradigan davrlar kelganda soliqlar summasi 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” schyotining debeti va 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi” schyotining kreditida aks ettiriladi. Shunday qilib, 0950 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi” schyotining debetidagi qoldiq kelgusi davrlarda budjetga toʻlanadigan umumiy soliq summasining kamaytirish zarur boʻlgan soliq summasining uzoq muddatli qismini koʻrsatadi.
83. 0960 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyotida xarajatlarga qoplash muddati davomida taqsimlanib boriladigan obligatsiya diskont (chegirma)lari boʻyicha sugʻurtalovchining uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlari aks ettiriladi. Ushbu schyot faqat obligatsiyalarni sotuvchi (emitent)lar tomonidan foydalaniladi. Obligatsiyalarning chegirma bilan sotilishi 0960 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti va olingan summaga pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida va 7830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Obligatsiyalar boʻyicha foizlarning joriy qismi hisobdan chiqarilganda 0960 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti 3220 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar” schyoti bilan bogʻlangan holda kreditlanadi.
84. 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyotida 0960 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” va 0950 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi” schyotlarida koʻrsatilmagan boshqa kechiktirilgan xarajatlar aks ettiriladi. Ushbu xarajatlarni ishlab chiqarish, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat xarajatlariga hisobdan chiqariladigan muddati qonunchilik asosida tartibga solinadi. Bunda boshqa kechiktirilgan xarajatlarning uzoq muddatli qismi 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyotining debetida, joriy qismi esa 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyotining debetida aks ettiriladi.
0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir berilgan boʻnak boʻyicha mol yetkazib beruvchi yoki pudratchi boʻyicha yuritiladi.
86. Ushbu kichik boʻlimning schyotlari quyidagilarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan:
a) xizmatlar koʻrsatish jarayonida foydalanish uchun moʻljallangan xom ashyo zaxiralari, materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilgʻi, idishlar, ehtiyot qismlar, inventar va xoʻjalik jihozlari, boshqa materiallar;
b) tugallanmagan xizmatlar koʻrsatish.
87. Tovar-moddiy zaxiralari hisobini tashkil qilishda ularning tarkibi, holati, harakati, miqdori, xarid qilinishi, qayta baholash tartibi va hokazolarga eʼtibor qaratish lozim. Hisob maʼlumotlari mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlarini qidirib topish, moddiy qiymatliklardan tejamli foydalanish, xarajat meʼyorlarini kamaytirish, ularni tegishli holatda saqlash va ularning butligini taʼminlash toʻgʻrisidagi axborotlardan iborat boʻlishi lozim.
88. Ushbu boʻlimda quyidagi schyotlarning hisob tartibi yoritiladi:
1000 — Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar;
1500 — Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi schyotlar;
1600 — Materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlar;
2000 — Sugʻurta ishini yuritish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar;
2200 — Sugʻurta tovonlarini hisobga oluvchi schyotlar;
2300 — Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar;
2400 — Qayta sugʻurta qilishga oid ragʻbatlantirishlar boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar;
2500 — Umumishlabchiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar;
2600 — Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar;
2700 — Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarni hisobga oluvchi schyotlar.
89. Qiymatliklarni tovar-moddiy zaxiralari tarkibiga kiritish va ularning hisobini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2006-yil 15-iyunda 52-son bilan tasdiqlangan (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralari” Buxgalteriya hisobining milliy standarti (2006-yil 17-iyul, roʻyxat raqami 1595 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 28-29-son, 282-modda) bilan tartibga solinadi.
1-§. Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000)
90. Sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, konstruksiyalar, detallar, idishbob materiallar, inventarlar, xoʻjalik jihozlari va sh.k. qiymatliklarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
1010 “Xom ashyo va materiallar”;
1020 “Butlovchi buyumlar”;
1030 “Yoqilgʻilar”;
1040 “Ehtiyot qismlar”;
1050 “Qurilish materiallari”;
1060 “Idish va idishbob materiallar”;
1070 “Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar”;
1080 “Inventar va xoʻjalik jihozlari”;
1090 “Boshqa materiallar”.
91. Materiallar hisobda ikkita bahoning eng pasti boʻyicha materiallarni hisobga oluvchi schyotlarda — haqiqiy tannarxi (sotib olish bahosi yoki ishlab chiqarish tannarxi) boʻyicha yoki bozor bahosi (sotishning sof qiymati) boʻyicha hisobga olinadi.
92. Zarur hollarda (ishlatiladigan materiallarning nomenklaturasi katta boʻlganda, sugʻurtalovchi ichida materiallarning harakati intensiv boʻlganda, qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishida va boshqalarda) materiallar hisobi hisob bahosi boʻyicha yuritilishi mumkin. Hisob bahosi sifatida reja tannarxi, oʻrtacha sotib olish narxlari, ulgurji va boshqalar qabul qilinadi. Materiallarni hisob bahosi boʻyicha hisobga olishda, har oy, haqiqiy tannarxi koʻrsatilgan bahosining qiymatidan farqlanish summasi va foizlari hisoblab chiqiladi. Farqlar 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotida hisobga olinadi.
93. 1010 “Xom ashyo va materiallar” schyotida quyidagilarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi:
a) ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tarkibiga kiradigan, uning asosini tashkil etadigan yoki uni tayyorlashda (ishlab chiqarishda) zarur tarkibiy qismlar hisoblaniladigan xom ashyo va asosiy materiallar;
b) mahsulot ishlab chiqarishda yoki xoʻjalik ehtiyojlari uchun sarflanadigan, texnik maqsadlar va ishlab chiqarish jarayoniga yordamlashishda ishtirok etadigan yordamchi materiallar;
v) qayta ishlash uchun tayyorlangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va h. k.;
g) yem-xashak va toʻshamalar. Oʻzida ishlab chiqarilgan yem-xashak va toʻshamalar yil oxirida haqiqiy tannarxiga toʻgʻrilash bilan yil davomida reja tannarxi boʻyicha aks ettiriladi.
94. 1020 “Butlovchi buyumlar” schyotida tayyor butlovchi buyumlar, qurilish detallari va konstruksiyalarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Ilmiy-tadqiqot yoki konstruktorlik mavzusi boʻyicha ilmiy va sinov ishlarini amalga oshirish uchun kerak boʻlgan butlovchi buyumlar, maxsus asbob-uskunalar, asboblar, qurilmalar, moslamalar va hokazolarni chetdan xarid qiluvchi sugʻurtalovchilar, ushbu qiymatliklarni 1020 “Butlovchi buyumlar” schyotida hisobga oladilar.
95. 1030 “Yoqilgʻilar” schyotida neft mahsulotlari, yoqilgʻi-moylash materiallari (YOMM) (neft, benzin, kerosin, dizel yoqilgʻisi, yogʻ va hokazolar), qattiq yoqilgʻi (koʻmir, oʻtin va hokazolar) va gazsimon yoqilgʻi (gaz, gazolin) shuningdek, ishlab chiqarish chiqindilari va qattiq yoqilgʻi sifatida ishlatiladigan ikkilamchi material qiymatliklarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Yoqilgʻi-moylash materiallari (YOMM) uchun talonlardan foydalanilganda ham ularning hisobi 1030 “Yoqilgʻilar” schyotida yuritiladi.
96. 1040 “Ehtiyot qismlar” schyotida mashina, uskuna, transport vositalari va boshqalarni taʼmirlash va eskirgan qismini almashtirish uchun moʻljallangan asosiy faoliyat uchun xarid qilingan yoki tayyorlangan, ehtiyot qismlarning mavjudligi va harakati, hamda zaxiradagi avtomobil shinalari hisobga olinadi. Shu yerda taʼmirlash zavodlarida va texnik servis punktlarida sugʻurtalovchining taʼmirlash boʻlimlarida qilingan (yaratilgan) agregatlar, dvigatellar, uskunalar, toʻliq komplektli mashinalarning almashish fondi harakati ham hisobga olinadi.
97. 1050 “Qurilish materiallari” schyotida qurilish konstruksiyalari va detallari, bino va inshootlarning qismlari, konstruksiya va detallarini qurish va pardoz qilish, qurilish detallarini tayyorlash, qurilish va montaj ishlarida ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ishlatiladigan, shuningdek, boshqa ehtiyojlar uchun chetdan sotib olingan va oʻzida ishlab chiqilgan qurilish materiallarining mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
98. 1060 “Idish va idishbob materiallar” schyotida idishlarning barcha turlari (xoʻjalik inventari sifatida foydalaniladigan idishlardan tashqari) shuningdek, idishlar tayyorlash va taʼmirlash uchun moʻljallangan materiallar va detallar (yashiklarni yigʻish uchun detallar, bochka taxtasi, temir gardish va boshqalar)ning mavjudligi va harakati yuritiladi. Yuklanadigan mahsulotlarning butligi va saqlanishini taʼminlash maqsadida vagonlar, barjalar, samolyotlar, kemalarni qoʻshimcha jihozlash uchun moʻljallangan buyumlar 1010 “Xom ashyo va materiallar” schyotida hisobga olinadi.
99. 1070 “Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar” schyotida chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Bunda materiallarga qayta ishlov berish bilan bogʻliq chetdagi korxonalarga toʻlangan xarajatlar bevosita qayta ishlashdan olingan buyumlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetiga olib boriladi.
100. 1080 “Inventar va xoʻjalik jihozlari” schyotida sugʻurtalovchining aylanma mablagʻlari tarkibiga kiradigan inventarlar, asboblar, xoʻjalik jihozlari va boshqa mehnat vositalarining (kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar) mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Ushbu schyotda quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan mulk hisobga olinadi:
a) xizmat qilish muddati bir yildan ortiq boʻlmagan;
b) xizmat qilish muddatidan qatʼi nazar, bir birligi (komplekti)ning qiymati (sotib olish vaqtida) Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ellik barobarigacha boʻlgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida buyumlarning inventar va xoʻjalik jihozlari tarkibida hisobga olinishi uchun qiymatining past chegarasini belgilash huquqiga ega.
Xizmat qilish muddati va qiymatidan qatʼi nazar, inventar va xoʻjalik jihozlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
a) maxsus asboblar va moslamalar (alohida buyurtmani tayyorlash uchun yoki maʼlum bir turdagi buyumlarni seriyali va ommaviy ishlab chiqarish uchun moʻljallangan maqsadli asboblar va moslamalar);
b) maxsus va sanitar buyumlar, maxsus poyabzal;
v) yotoq jihozlari;
g) kanselyariya jihozlari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va h. k.);
d) oshxona va ovqatlanish xonasi jihozlari, shuningdek, ovqatlanish xonasi choyshablari;
e) xarajatlari, ularni qurish, qurilish-montaj ishlari tannarxiga olib boriladigan vaqtinchalik (titulsiz inshootlar) qurilma va moslamalar;
j) foydalanish muddati bir yildan kam boʻlgan almashtiriladigan uskunalar;
z) ov qurollari (koʻkan, qopqon, toʻrlar va h. k.).
Sugʻurtalovchilar mustaqil ravishda inventarlar, asboblar va xoʻjalik jihozlarni hisobga oluvchi schyotlarni ularning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatidagi oʻrni va roliga qarab ochishlari mumkin. Ularning qiymati foydalanishga berilgan vaqtda ishlab chiqarish yoki davr xarajatlariga toʻliq qoʻshiladi. Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlarining saqlanishini taʼminlash maqsadida keyinchalik ularning hisobi balansdan tashqari 014 “Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari” schyotida sex, ombor va alohida foydalanuvchilar boʻyicha yuritiladi.
Inventar va xoʻjalik jihozlari keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holga kelgan hollarda ularni balansdan tashqari schyotdan hisobdan chiqarish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hisobdan chiqarish dalolatnomasiga asosan amalga oshiriladi.
101. 1090 “Boshqa materiallar” schyotida yuqorida keltirilgan schyotlarda nazarda tutilmagan materiallarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Bu yerda ishlab chiqarish chiqindilari (qirqimlar, qirindi va sh. k.); tuzatib boʻlmaydigan yaroqsiz mahsulotlar; asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan moddiy qiymatliklar (metallolom, yaroqsiz xom ashyo, eskirgan shinalar, kameralar, yaroqsiz rezina, ishlatilgan moy, nigrol va h .k.) hisobga olinadi.
102. Materiallarning kelib tushishi 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” va 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotlaridan foydalanilgan holda (agar bu sugʻurtalovchining hisob schyotida belgilangan boʻlsa) yoki ushbu schyotlardan foydalanilmagan holda aks ettirilishi mumkin.
103. Materiallarni ishlab chiqarishga yoki boshqa xoʻjalik maqsadlariga haqiqatda sarflanishi (1000) materiallarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Materiallarni chetga sotish (1000) materiallarni hisobga oluvchi schyotlarning krediti va 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining debetida aks ettiriladi.
Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000)ning analitik hisobi saqlanish joylari va ularning alohida nomlari (turlari, navlari, hajmlari va boshqalar) boʻyicha yuritiladi.
104. Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Mol yetkazib beruvchilardan materiallar olinishi
1010—1090
6010
2.
Asosiy vositalarni tugatish natijasida kelib tushgan materiallarning qiymati
1090
9210
3.
Taʼsischilardan ularning ulushi hisobidan turli xil materiallarning kelib tushishi
1010—1090
4610
4.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan materiallarning kelib tushishi
1010—1090
6110, 6120
5.
Boshqa shaxslardan materiallarning tekinga olinishi
1010—1090
8530
6.
Materiallar kirim qilingandan keyin aniqlangan yaroqsizlik (defekt) boʻyicha mol yetkazib beruvchiga bildirilgan daʼvo
4860
1010—1090
7.
Transport-tayyorlov xarajatlarining materiallar tannarxiga kiritilishi
1010—1090
1510
8.
Materiallarning haqiqiy tannarxi boʻyicha kirim qilinishi (1500 schyot qoʻllanilganda)
1010—1090
1510
9.
Oʻzida ishlab chiqarilgan materiallarning kirim qilinishi
1010—1090
2310
10.
Toʻlovi inkor etilgan oldin bildirilgan daʼvo summasining hisobdan chiqarilishi
1010—1090
4860
11.
Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarga materiallarning chiqarilishi
2010, 2310 2510, 2710
1010—1090
12.
Maʼmuriy ehtiyojlar uchun materiallarning berilishi
9420
1010—1090
13.
Chetga chiqib ketayotgan materiallarning qiymatini hisobdan chiqarish
9220
1010—1090
14.
Tabiiy ofat natijasida yoʻqotilgan materiallarning hisobdan chiqarilishi
9720
1010—1090
15.
Inventarizatsiya natijasida materiallarning kamomadi aniqlandi
2-§. Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi schyotlar (1500)
105. Aylanma mablagʻlarga taalluqli boʻlgan moddiy qiymatliklarni tayyorlash va sotib olish toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotida amalga oshiriladi.
106. 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotining debetiga moddiy qiymatliklarning hisob bahosi olib boriladi. Bunda u yoki bu qiymatliklar qayerdan kelib tushganligi va sugʻurtalovchida materiallarni tayyorlash va olib kelish xarajatlarining xususiyatiga koʻra 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” va shu kabi boshqa schyotlar bilan bogʻlangan holda yozuvlar amalga oshiriladi.
1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotining kreditiga xarid qilingan qiymatliklarni xarid qilish (tayyorlash)ning haqiqiy tannarxi boʻyicha hisoblangan qiymati, moddiy qiymatliklarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda olib boriladi.
Moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi va hisob bahosi boʻyicha qiymati orasidagi farq summasi 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotidan 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotiga hisobdan chiqariladi.
Oy oxirida 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotidagi qoldiq tayyorlangan va xarid qilingan, shuningdek, yoʻldagi yoki mol yetkazib beruvchilarning omborlaridan (ushbu qiymatliklarni omborga kirim qilinmasdan) olib kelinmagan materiallarning mavjudligini koʻrsatadi.
107. Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi schyotlar (1500)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Tovar moddiy qiymatliklarini tayyorlash va yetkazib berish jarayonida yordamchi ishlab chiqarish tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarning hisobdan chiqarilishi
1510
2310
2.
Mol yetkazib beruvchilardan materiallar olinishi
1510
6010
3.
Mol yetkazib beruvchilarga materiallarning kamomad summasi boʻyicha daʼvo bildirilishi
4860
1510
4.
Undirilmagan daʼvo summalarining materiallar tannarxiga kiritilishi
1510
4860
5.
Tovar moddiy qiymatliklarni xarid qilishda hisobdor shaxslar tomonidan toʻlangan summalar
1510
6970
6.
Materiallarni xarid qilishdagi turli tashkilotlarning xizmatlari summasi
1510
6990
7.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan kelib tushgan materiallar
3-§. Materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlar (1600)
108. Moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi va hisob bahosi orasidagi farq toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotida amalga oshiriladi.
Moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi va hisob baholari orasidagi farq summasi 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotining debeti yoki kreditiga 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotidan hisobdan chiqariladi.
1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotida yigʻilgan moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi va hisob baholari orasidagi farq summalari ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va boshqa tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetiga sarflangan materiallarning hisob bahosiga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi.
1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyoti boʻyicha analitik hisob moddiy qiymatliklarning guruhlari boʻyicha yuritiladi.
109. Materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlar (1600)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Farq summasining hisobdan chiqarilishi:
a) kelib tushgan moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi hisob baholaridan past boʻlganda;
1510
1610
b) kelib tushgan moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi hisob baholaridan yuqori boʻlganda
1610
1510
2.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olingan materiallar boʻyicha farqlar summasi
1610
4110, 4120
3.
Materiallar qiymatidagi farqlar (hisoblangan ulushda) tegishli schyotlarga hisobdan chiqarildi
Xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar
1610
4.
Materiallar qiymatidagi farqning bir qismi ajratilgan boʻlinmalarga, ularga berilgan materiallar schyotiga hisobdan chiqarildi
4-§. Sugʻurta ishini yuritish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (2000)
110. Sugʻurtalovchining asosiy faoliyati boʻyicha xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamlash 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotida amalga oshiriladi.
111. 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining debeti boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar, shuningdek yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, asosiy faoliyatni boshqarish va unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan bilvosita xarajatlar aks ettiriladi. Sugʻurtalovchilarning asosiy faoliyati boʻyicha xarajatlarga quyidagilar kiradi:
sugʻurta shartnomalarini tuzish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish bilan band boʻlgan sugʻurtalovchining xodimlari mehnat haqini toʻlash boʻyicha xarajatlar;
sugʻurta ishini tashkil qilish va texnologiyasiga muvofiq, sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan sugʻurtalovchining xarajatlari;
sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish jarayoniga xizmat koʻrsatish boʻyicha sugʻurta tashkilotini materiallar, moslamalar, inventar, xoʻjalik jihozlari va boshqa vositalar bilan taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar;
sugʻurta tovonlarini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar;
qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha zararlar ulushini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar;
sugʻurta hodisasining oqibatlarini bartaraf qilish va toʻlovlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar;
aktuariy, adjaster, syurveyer va assistans xizmatlari haqini toʻlash boʻyicha xarajatlar;
qayta sugʻurta qilish operatsiyalari boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalarni toʻlash boʻyicha xarajatlar;
sugʻurta vositachilariga komission mukofotlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar va boshqalar.
Xizmatlar koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotiga materiallar, xodimlarga mehnat haqini toʻlash boʻyicha hisob kitoblarni hisobga oluvchi va boshqa schyotlarning krediti boʻyicha oʻtkaziladi.
Asosiy faoliyatni boshqarish va tashkil etish bilan bogʻliq bilvosita xarajatlar 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotiga 2510 “Umumishlabchiqarish xarajatlari” schyotidan oʻtkaziladi.
2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining krediti boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi aks ettiriladi. Ushbu summalar 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotidan 9130 “Koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyotining debetiga oʻtkaziladi.
Analitik hisob xarajatlar turlari va xizmatlar turlari boʻyicha yuritiladi. Xarajatlarning yuzaga kelish joylari va boshqa belgilari boʻyicha guruhlanishi, shuningdek, kalkulyatsion hisob alohida schyotlar tizimida amalga oshiriladi. Ushbu schyotlarning tarkibi va foydalanish uslubiyatini har bir sugʻurtalovchi oʻzining ishlab chiqarish faoliyati, tuzilishi, boshqarishni tashkil etish xususiyatlariga qarab belgilaydi. Agar xarajatlarning vujudga kelish joyi va boshqa belgilari boʻyicha guruhlanishi hamda kalkulyatsion hisob alohida schyotlar tizimida hisobga olinmasa, 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining analitik hisobi ham sugʻurtalovchining alohida boʻlinmalari boʻyicha yuritiladi.
112. Asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2000)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Bevosita mahsulot xizmat koʻrsatishda qatnashadigan asosiy vositalarning eskirishi
2010
0211—0299
2.
Xizmat koʻrsatishga taalluqli boʻlgan nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi
2010
0510—0590
3.
Toʻgʻridan-toʻgʻri material xarajatlari xizmat koʻrsatishga hisobdan chiqarilishi
2010
1010—1090
4.
Materiallar qiymatidagi farq tegishli ulushlarda asosiy ish yuritish xarajatlariga hisobdan chiqarilishi
5-§. Sugʻurta tovonlarini hisobga oluvchi schyotlar (2200)
113. Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta va qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha hisoblangan sugʻurta tovonlari toʻgʻrisidagi axborotni jamlash quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
2210 “Hisobot davrida toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha sodir boʻlgan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari”;
2220 “Muddatidan oldin tugatilgan shartnomalar boʻyicha sugʻurta tovonlari”;
2230 “Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta tovonlari”
114. 2210 “Hisobot davrida toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha sodir boʻlgan sugʻurta boʻyicha hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyotida hisobot davrida sodir boʻlgan hodisalar boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta tovonlari hisobga olinadi.
115. 2220 “Muddatidan oldin tugatilgan shartnomalar boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyotida muddatidan oldin tugatilgan toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta tovonlari hisobga olinadi.
116. 2230 “Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyotida 6050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyoti debeti bilan bogʻlangan holda qayta sugʻurtalanuvchiga toʻlangan sugʻurta tovonlari summalari aks ettiriladi.
117. Sugʻurta tovonini hisoblashda 2210—2220 schyotlari 6030 “Sugʻurtalanuvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti bilan bogʻlangan holda debetlanadi.
118. Hisobot davrining oxirida 2210—2230 schyotlarning debet tomonidagi qoldigʻi 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining debetiga oʻtkaziladi.
119. Sugʻurta tovonlari hisobga oluvchi schyotlar (2200)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta tovonlarining hisoblanishi
2210—2220
6030
2.
Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan zarar ulushining hisoblanishi
2230
6050
3.
Notoʻgʻri toʻlangan sugʻurta tovonlarini qaytarib olish toʻgʻrisidagi talabning bildirilishi
4890
2210—2230
4.
Tegishli sugʻurta tovonlarining ish yuritish xarajatlariga oʻtkazilishi
2010
2210—2230
6-§. Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2300)
120. Sugʻurtalovchining asosiy faoliyatiga yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi hisoblangan ishlab chiqarish xarajatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotida amalga oshiriladi.
121. Ushbu schyot quyidagilarni taʼminlaydigan, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun qoʻllaniladi:
a) energiyaning turli xillari (elektr energiyasi, bugʻ va boshqalar) bilan xizmat koʻrsatish;
b) transport xizmatini koʻrsatish;
v) asosiy vositalarni taʼmirlash;
g) sugʻurta sohasida mutaxassislarning malakasini oshirish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish va boshqalar.
Bundan tashqari ushbu schyotlarda sugʻurtalovchi balansida turuvchi ilmiy tekshirish va tajriba konstruktorlik boʻlinmalarining xarajatlari aks ettirilishi mumkin.
122. 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotining debeti boʻyicha xizmat koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan toʻgʻri xarajatlar, shuningdek, yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan egri xarajatlar va yaroqsiz mahsulot hisobiga yoʻqotishlar aks ettiriladi.
Mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq toʻgʻri xarajatlar 2310 “Asosiy ishlab chiqarish” schyotiga, ishlab chiqarish zaxiralari, mehnat haqi toʻlash boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar, asosiy vositalarga eskirish va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditidan hisobdan chiqariladi.
Yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan egri xarajatlar 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotiga 2510 “Umumishlabchiqarish xarajatlari” schyotidan hisobdan chiqariladi. Yordamchi ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar ayrim hollarda bevosita 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotida hisobga olinishi mumkin.
2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotining kreditida tugallangan mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat koʻrsatish haqiqiy tannarxining summalari aks ettiriladi. Ushbu summalar 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotining kreditidan 2510 “Umumishlabchiqarish xarajatlari”, 9130 “Koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi”, 9420 “Maʼmuriy xarajatlar” schyotlariga va boshqa schyotlar bilan bogʻlangan holda hisobdan chiqariladi.
2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyoti boʻyicha analitik hisob xarajat elementlari va moddalari boʻyicha va mahsulot turlari boʻyicha yuritiladi.
123. Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2300)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Yordamchi ishlab chiqarish sexlarida foydalanilayotgan asosiy vositalarning eskirishi
2310
0211—0299
2.
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlariga taalluqli nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblandi
2310
0510—0590
3.
Yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun materiallar sarflandi
2310
1010—1090
4.
Mahsulot olish uchun hayvonlarning soʻyilishi
2310
2710
5.
Tugallanmagan mahsulotni qayta baholash
a) qiymatining oshirilishi
2310
6230
b) qiymatining kamaytirilishi
3290
2310
6.
Materiallar qiymatidagi farqlarni hisoblangan ulushlarda yordamchi ishlab chiqarish schyotlariga hisobdan chiqarish
2310
1610
7.
Umumishlabchiqarish xarajatlarining tegishli ulushi yordamchi ishlab chiqarish mahsulotlari, ish va xizmatlari tannarxiga kiritilishi
2310
2510
8.
Kelgusi davrlar xarajatlarining ulushi yordamchi ishlab chiqarish mahsulotlari, ish va xizmatlari tannarxiga kiritildi
2310
3110—3190 3210—3290
9.
Mol yetkazib beruvchilardan yordamchi ishlab chiqarishga moddiy qiymatliklar va xizmatlar (suv, bugʻ, energiya va hokazo) kelib tushdi
2310
6010, 6990
10.
Qondirilmagan daʼvolar summasining yordamchi sexlarga tegishli boʻlgan qismi ularning mahsuloti, ish va xizmatlari tannarxiga hisobdan chiqarildi
2310
4860
11.
Yordamchi ishlab chiqarishdagi sugʻurta xarajatlari
2310
6510
12.
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari boʻyicha maqsadli davlat jamgʻarmalariga ajratmalar
2310
6520
13.
Yordamchi ishlab chiqarish xodimlariga mehnat haqi toʻlash boʻyicha summalarning hisoblanishi
2310
6710
14.
Yordamchi ishlab chiqarishga koʻrsatilgan xizmatlari boʻyicha turli korxonalarga boʻlgan qarzlar
2310
6990
15.
Olingan summadan ortiqcha xarajat qilganliklari uchun hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar
2310
6970
16.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarning yordamchi ishlab chiqarish sexlariga koʻrsatgan xizmatlari
2310
6110, 6120
17.
Yordamchi ishlab chiqarishdagi tugallanmagan ishlab chiqarishning ortiqchasi kirim qilindi
2310
9390
18.
Yordamchi ishlab chiqarish tomonidan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni xarid qilishda qilingan xarajatlari asbob-uskunalar qiymatiga qoʻshildi
0710—0720
2310
19.
Kapital qoʻyilmalarda amalga oshirilgan yordamchi sexlarning xarajatlari va xizmatlari hisobdan chiqarildi
0810—0890
2310
20.
Ilgari yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun hisobdan chiqarilgan materiallarning qaytarilishi
1010—1090
2310
21.
Yordamchi ishlab chiqarishda ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlar kirim qilindi
1040
2310
22.
Materiallarni tayyorlash va xarid qilishda yordamchi ishlab chiqarishning koʻrsatgan xizmatlari va xarajatlari
1510
2310
23.
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarga oʻtkazilishi
2710
2310
24.
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va xizmatlarining (mavsumiy tarmoqlarda) kelgusi davr xarajatlariga olib borilishi
3190—3290
2310
25.
Mahsulotlarni sotish va yetkazib berishda yordamchi ishlab chiqarishning koʻrsatgan xizmatlari hisobdan chiqarildi
9410
2310
26.
Yordamchi ishlab chiqarishning mahsulotlari va bajarilgan ishlari, koʻrsatgan xizmatlarining haqiqiy tannarxini hisobdan chiqarish
9130
2310
27.
Yordamchi ishlab chiqarishning sotish va turli chiqib ketishidagi xarajatlarining hisobdan chiqarilishi:
asosiy vositalar;
9210
2310
nomoddiy aktivlar
9220
2310
28.
Boshqa korxonalarga yordamchi ishlab chiqarishning investitsiya tariqasida mahsulotlari berildi va xizmatlari koʻrsatildi
9130
2310
29.
Ajratilgan boʻlinmalarga yordamchi ishlab chiqarishning xarajatlari hisobdan chiqarildi yoki mahsulot berildi
4110
2310
30.
Tabiiy ofat, yongʻin va shu kabilar natijasida koʻrilgan yordamchi sexlarning zararlari hisobdan chiqarildi
9720
2310
31.
Yordamchi ishlab chiqarishdagi aniqlangan moddiy qiymatliklarning kamomadi va buzilishlari
5910
2310
32.
Qaytariladigan va koʻp marta ishlatiladigan idishlar boʻyicha xarajatlar va yoʻqotishlar
7-§. Qayta sugʻurta qilishga oid ragʻbatlantirishlar boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2400)
124. Qayta sugʻurta qilishga oid ragʻbatlantirishlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 2410 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tentyemalar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar” schyotida amalga oshiriladi.
125. 2410 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tentyemalar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar” schyoti debeti boʻyicha 6080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyoti bilan bogʻlangan holda qayta sugʻurta qilish operatsiyalari boʻyicha hisoblangan komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida ragʻbatlantirishlarning summasi 2410 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tentyemalar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar” schyotning krediti boʻyicha 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” debetiga oʻtkaziladi.
126. Qayta sugʻurta qilishga oid ragʻbatlantirishlar boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2400)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Qayta sugʻurta qilishga oid toʻlanadigan komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarning hisoblanishi
2410
6080
2.
Qayta sugʻurta qilishga oid toʻlangan ragʻbatlantirishlarning ish yuritish xarajatlariga oʻtkazilishi
2010
2410
8-§. Umumishlabchiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (2500)
127. Sugʻurtalovchining umumishlabchiqarish xarajatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 2510 “Umumishlabchiqarish xarajatlari” schyotida amalga oshiriladi.
128. Ushbu schyotda umumishlabchiqarish xarakteriga ega boʻlgan xarajatlar aks ettiriladi, jumladan:
a) mashina va uskunalarni saqlash va ulardan foydalanish boʻyicha;
b) ishlab chiqarishga taalluqli boʻlgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya ajratmalari boʻyicha;
v) ishlab chiqarishga taalluqli boʻlgan asosiy vositalarni taʼmirlash xarajatlari;
g) ishlab chiqarishdagi mol-mulkning sugʻurta xarajatlari;
d) ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va saqlash xarajatlari;
e) ishlab chiqarishda foydalaniladigan ishlab chiqarish binolari, mashina va uskunalar, boshqa ijaraga olingan vositalar uchun ijara toʻlovlari;
j) ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatishda band boʻlgan ishlab chiqarish xodimlarining mehnat haqi;
z) ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlar.
129. Umumishlabchiqarish xarajatlari umumishlabchiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida ishlab chiqarish zaxiralari, xodimlar bilan mehnat haqi boʻyicha hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Umumishlabchiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olingan xarajatlar 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari”, 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotlarining debetiga hisobdan chiqariladi.
Umumishlabchiqarish xarajatlarini alohida hisob obyektlari orasida taqsimlash tartibi sugʻurtalovchining hisob siyosati orqali aniqlanadi.
Umumishlabchiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (2500) boʻyicha analitik hisob sugʻurtalovchining alohida boʻlinmalari va xarajatlar moddalari boʻyicha yuritiladi.
130. Umumishlabchiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (2500)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Umumishlabchiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan asosiy vositalarning eskirishi
2510
0220—0299
2.
Umumishlabchiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi
9-§. Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarni hisobga oluvchi schyotlar (2700)
131. Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlar bilan bogʻliq xarajatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyotida amalga oshiriladi.
Sugʻurtalovchining xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklari sifatida sugʻurtalovchining maqsadi boʻlgan faoliyat bilan bogʻliq boʻlmagan ishlab chiqarish va xoʻjaliklar tushuniladi. Jumladan, ushbu schyotda sugʻurtalovchining balansida boʻlgan sogʻliqni saqlash obyektlari, bolalar bogʻchalari, uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlari, sport va madaniyat, tikuvchilik va boshqa maishiy xizmat koʻrsatish ustaxonalari, oshxona va bufetlar, ishchi hayvonlarni saqlovchi xoʻjaliklarini saqlash xarajatlari aks ettiriladi.
132. 2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyotining debetida xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar aks ettiriladi. Xarajatlar 2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyotning debetiga tovar-moddiy zaxiralari, mehnat haqi toʻlash boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditidan hisobdan chiqariladi.
2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyotining kreditida xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi aks ettiriladi. Ushbu summalar 2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyotining debeti boʻyicha tovar moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi schyotlar va boshqa schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyoti boʻyicha oy oxiridagi qoldiq tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatini koʻrsatadi.
2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyotlari boʻyicha analitik hisob har bir xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik va xarajat elementlari, moddalari boʻyicha va mahsulot turlari boʻyicha yuritiladi.
133. Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarni hisobga oluvchi schyotlar (2700)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda foydalanilayotgan asosiy vositalarning eskirishi
2710
0210—0299
2.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda band boʻlgan xodimlarga mehnat haqi toʻlash xarajatlari
2710
6710
3.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi
2710
0510-0590
4.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar tomonidan yordamchi ishlab chiqarishga koʻrsatilgan va ularning isteʼmol qilgan xizmatlari qiymati
2710
2310
5.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar xarajatlarining sotish va maʼmuriy xarajatlarga taqsimlanishi
9410, 9420
2710
6.
Hisobot davri oxirida xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar zararlarining davr xarajatlariga hisobdan chiqarilishi
9430
2710
7.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar ehtiyojlari uchun materiallarning sarflanishi
2710
1010—1090
8.
Tugallanmagan mahsulotni qayta baholash: a) qiymatining oshirilishi b) qiymatining kamaytirilishi
2710 3290
6230 2710
9.
Materiallar qiymatidagi farqlar hisoblangan ulushda xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar schyotiga hisobdan chiqarildi
2710
1610
10.
Kelgusi davrlar xarajatlarining ulushi xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning mahsuloti, ish va xizmatlari tannarxiga olib borildi
2710
3110—3190
11.
Mol yetkazib beruvchilardan xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarga kelib tushgan moddiy qiymatliklar (suv, bugʻ, energiya va hokazolar) va xizmatlar
2710
6010
12.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda sugʻurta boʻyicha xarajatlar
2710
6510
13.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning xarajatlari boʻyicha maqsadli davlat jamgʻarmalariga ajratmalar
2710
6520
14.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarga koʻrsatgan xizmatlari uchun turli korxonalarga boʻlgan qarzlar
2710
6990
15.
Hisobdor shaxslarga qarzlar
2710
6970
16.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklariga ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarning koʻrsatgan xizmatlari
2710
6110, 6120
17.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda ortiqcha tugallanmagan ishlab chiqarishning kirim qilinishi
2710
9390
18.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning kapital qoʻyilmalarni amalga oshirishdagi xarajatlari va xizmatlari hisobdan chiqarildi
0810—0890
2710
19.
Ilgari xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar ehtiyojlari uchun hisobdan chiqarilgan materiallarning qaytarilishi
1010—1090
2710
20.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning materiallarni xarid qilishda koʻrsatgan xizmatlari va xarajatlari
1510
2710
21.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning xarajatlari (mavsumiy tarmoqlarda) kelgusi davr xarajatlari tarkibiga kiritildi
3110-3190
2710
22.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning mahsulotlarni yetkazish va sotishda koʻrsatgan xizmatlari hisobdan chiqarildi
9410
2710
23.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning sotgan mahsulotlari, bajargan ishlari va koʻrsatgan xizmatlarining haqiqiy tannarxini hisobdan chiqarish
9130
2710
24.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar tomonidan boshqa korxonalarga investitsiya tariqasida mahsulotlar berildi va xizmatlar koʻrsatildi
9130
2710
25.
Ajratilgan boʻlinmalarga xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning mahsulotlari berildi yoki xarajatlari hisobdan chiqarildi
4110
2710
26.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning tabiiy ofat, yongʻin va shu kabilar natijasida koʻrgan zararlari hisobdan chiqarildi
9430, 9720
2710
27.
Boshqa shaxslar va aholidan sotib olingan hayvonlar kirim qilindi
2710
6990
28.
Mol yetkazib beruvchilar sotib olingan yosh hayvonlar kirim qilindi
III kichik boʻlim. Kelgusi davr xarajatlari va kechiktirilgan xarajatlar — joriy qismi
1-§. Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (3100)
134. Ushbu hisobot davrida amalga oshirilgan, ammo joriy qismi boʻyicha kelgusi hisobot davrlariga taalluqli boʻlgan xarajatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
3110 “Oldindan toʻlangan ijara haqi”;
3120 “Oldindan toʻlangan xizmatlar haqi”;
3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari”.
135. Bu schyotlarda quyidagilar bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar aks ettirilishi mumkin:
a) matbuotning davriy nashrlariga yillik obunaning jami summasini oldindan toʻlash;
b) mulkning yillik sugʻurtasini toʻlash;
v) kelgusi davrlar uchun ijara toʻlov badallari va kelgusida tannarxga kiritilishi mumkin boʻlgan boshqa xarajatlar.
136. Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (3100)da hisobga olingan xarajatlar, xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetiga hisobdan chiqariladi. Kelgusi davr xarajatlarini joriy xarajatlarga hisobdan chiqarish oʻrnatilgan muddat davomida yoki ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi yoki miqdoriga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
137. 3110 “Oldindan toʻlangan ijara haqi” schyotida ushbu hisobot davrida toʻlangan, ammo kelgusi hisobot davriga tegishli ijara haqi hisobga olinadi, masalan, sugʻurtalovchi yil boshida bir yil uchun oldindan ijara haqini toʻladi.
138. 3120 “Oldindan toʻlangan xizmatlar haqi” schyotida ushbu hisobot davrida oldindan haqi toʻlangan, ammo kelgusi hisobot davrlariga taalluqli boʻlgan xizmatlar hisobga olinadi. Ushbu schyotda obuna boʻyicha xarajatlar va boshqalarni aks ettirish mumkin.
139. 3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari” schyotida 3110 “Oldindan toʻlangan ijara haqi” va 3120 “Oldindan toʻlangan xizmat haqi” schyotlarida hisobga olinmagan boshqa oldindan toʻlangan xarajatlar hisobga olinadi.
Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (3100) boʻyicha analitik hisob schyotlar, xarajat moddalari va obyektlari (yoʻnalishlari) boʻyicha yuritiladi.
140. Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (3100)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Kelgusi davr xarajatlarida hisobga olinadigan ishlarni amalga oshirish uchun materiallar chiqarildi
3190
1010—1090
2.
Kelgusi davr xarajatlariga tegishli boʻlgan ishlarni amalga oshirishda yordamchi ishlab chiqarishning koʻrsatgan xizmatlari
3190
2310
3.
Kelgusi davrlar xarajatlariga taalluqli boʻlgan umumishlabchiqarish xarajatlari ulushi hisobdan chiqarildi
3190
2510
4.
Kelgusi yilga obuna boʻyicha xarajatlar amalga oshirildi
3120
5110
5.
Kelgusi davr xarajatlariga tegishli boʻlgan moddiy qiymatliklar yoki ishlar uchun mol yetkazib beruvchilarga va pudratchilarga boʻlgan qarzlar
3190
6010, 7010
6.
Kelgusi davr xarajatlari tarkibida hisobga olinadigan boshqa toʻlanadigan schyotlar
3190
Majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar
7.
Kelgusi davr xarajatlarining ulushi navbatdagi hisobot davri kelganda tegishli xarajatlar schyotlariga oʻtkazildi
Xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar
3110—3190
2-§. Kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (3200)
141. Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi va kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi boʻyicha axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi”;
3220 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar”;
3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar”.
142. 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi” schyotida vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻining joriy qismi hisobga olinadi.
Vaqtinchalik farqlarga tegishli soliqlarning hisoblanishi umumiy summada 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” schyotining kreditida va joriy qismi 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi” schyotining debetida aks ettiriladi.
Kechiktirilgan soliqlarning tegishli qismini uzoq muddatli qismdan joriy qismga oʻtkazish 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi” schyotining debeti va 0950 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Soliqni kechiktirilgan xarajatlarning tegishli summasiga kamaytirish yuz beradigan davri kelganda soliq summasi 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” schyotining debetida va 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi” schyotining kreditida aks ettiriladi. Shunday qilib, 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi” schyotining debetidagi qoldiq joriy hisobot davrida budjetga toʻlanadigan umumiy soliq summasini kamaytirilishi lozim boʻlgan soliq summasining joriy qismini koʻrsatadi.
143. 3220 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar” schyoti qoplanish muddati davomida xarajatlarga taqsimlanib boriladigan obligatsiya diskont (chegirma)lar boʻyicha sugʻurtalovchining uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlarining joriy qismini aks ettiradi. Ushbu schyot faqat obligatsiyalarni sotuvchi (emitent)lar tomonidan qoʻllaniladi. Obligatsiyalarni chegirma bilan sotish 3220 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar” yoki 0950 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyotlari diskont (chegirma)lar summasi va olingan summaga pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar debetida va 6830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” yoki 7830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Obligatsiyalar boʻyicha joriy diskont (chegirma)lar hisoblanganda 9610 “Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar” schyoti debetlanadi va 3220 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar” schyoti kreditlanadi.
144. Boshqa kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismiga, uzoq muddatli qismi 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyotida hisobga olinadigan va kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarda (3100) hisobga olish nazarda tutilmagan xarajatlar kiradi.
3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyotining debetida boshqa kechiktirilgan xarajatlar 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi. Bu xarajatlarni joriy xarajatlarga oʻtkazish davrining vaqti kelganida ular 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyotining kreditidan ushbu xarajatlarni hisobga oluvchi tegishli schyotlarning debetiga oʻtkaziladi.
3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi”, 3220 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar”, 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyotlari boʻyicha analitik hisob kechiktirilgan xarajatlarning har bir turi, har bir davri va hisobdan chiqarish muddatlari boʻyicha yuritiladi.
z) turli yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan boʻnaklar;
i) xodimlar, taʼsischilar va turli debitorlarning qarzlari.
147. Chet el valyutasida olinadigan schyotlar ushbu boʻlimning schyotlarida soʻmda chet el valyutasini pulli hisob-kitob hujjatlaridan koʻchirma olingan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qayta hisoblash yoʻli bilan hisobga olinadi. Debitorlik qarzlarini har oyda hisobot oyining oxirgi sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qayta baholash natijasidagi kurs farqlari (kurs farqi ijobiy boʻlganda) 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” yoki (kurs farqi salbiy boʻlganda) 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotiga olib boriladi.
148. Ushbu kichik boʻlimda quyidagi schyotlarda hisobga olish tartibi yoritiladi:
4000 — Olinadigan schyotlar;
4100 — Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar;
149. Xaridorlar va buyurtmachilar bilan shu jumladan, sugʻurtalanuvchilar, sugʻurta agentlari va brokerlari, qayta sugʻurtalovchilar, qayta sugʻurtalanuvchilar va boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan koʻrsatilgan xizmatlar uchun debitorlik qarzlari boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
4040 “Sugʻurta agentlari va brokerlaridan olinadigan schyotlar”;
4050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar”;
4051 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar”;
4060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar”;
4070 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan ssudalar boʻyicha olinadigan schyotlar”;
4080 “Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo zarari”;
4090 “Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo mukofotlari”.
150. 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyotida sotilgan mahsulot (tovar)lar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun xaridorlar va buyurtmachilarga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlari boʻyicha debitorlik qarzlari hisobga olinadi. Shuningdek, ushbu schyotda sugʻurtalovchining oʻzi tomonidan sugʻurta vositachisi, syurveyer va adjaster xizmatlarining koʻrsatilishi boʻyicha debitorlik qarzdorliklar hisobga olinadi.
151. 4020 “Olingan veksellar” schyotida olingan veksellar bilan taʼminlangan xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar boʻyicha debitorlik qarzi hisobga olinadi.
Muddatida toʻlanmagan veksellar boʻyicha daʼvo bildirilganda, veksellar qiymati 4020 “Olingan veksellar” schyotining kreditidan 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
152. 4030 “Sugʻurtalanuvchilardan olinadigan schyotlar” schyotida sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurtalanuvchilarning debitorlik qarzlari summasi aks ettiriladi. Debitor qarzdorlik vujudga kelganda ushbu schyot 6280 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyoti bilan bogʻlangan holda debetlanadi. Haqiqatda toʻlanishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 4030 “Sugʻurtalanuvchilardan olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
153. 4040 “Sugʻurta agentlari va brokerlaridan olinadigan schyotlar” schyotida sugʻurtalanuvchilar tomonidan sugʻurta agentlariga yoki brokerlariga toʻlangan, sugʻurtalovchiga kelib tushishi lozim boʻlgan sugʻurta mukofotlarining summalari aks ettiriladi. Sugʻurta agenti yoki brokeridan sugʻurta mukofotining kelib tushganligi toʻgʻrisida xabar kelganda 4040 “Sugʻurta agentlari va brokerlaridan olinadigan schyotlar” schyotining debeti 6280 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda hisoblangan mukofot summasi aks ettiriladi. Sugʻurta mukofotlarining haqiqatda sugʻurta agenti yoki brokeri tomonidan toʻlanishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti 4040 “Sugʻurta agentlari va brokerlaridan olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Agar agentlik kelishuvida qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda, sugʻurta agentlari yoki brokerlariga komission mukofotlarning ushlab qolinishi nazarda tutilgan boʻlsa, ushlab qolingan komission mukofotlar summasiga, 6040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti 4040 “Sugʻurta agentlari va brokerlaridan olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
154. 4050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotida qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlarining summalari aks ettiriladi. Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofoti hisoblanganda, mukofot summasi 4050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti 6270 “Qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, aks ettiriladi. Bundan soʻng haqiqatda olingan sugʻurta mukofoti summasi, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti 4050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
155. 4051 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotida qayta sugʻurta qilish boʻyicha hisoblangan komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar summalari aks ettiriladi. Hisoblangan komission ragʻbatlantirishlar summasiga, 4051 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti 9080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tanyemalar va yigʻimlar boʻyicha daromadlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Haqiqatda olingan komission ragʻbatlantirishlar summasi, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti 4051 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, aks ettiriladi. Agar qayta sugʻurta qilish shartnomasida qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarning ushlab qolinishi nazarda tutilgan boʻlsa, ushlab qolingan komission ragʻbatlantirishlar summasiga, 6080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti 4051 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
156. 4060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotida qayta sugʻurta qilish boʻyicha hisoblangan summalar aks ettiriladi. Qayta sugʻurtalovchidan olinadigan hisoblangan sugʻurta tovonining summasiga, 4060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti 9070 “Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha zararlar ulushining qoplanishi boʻyicha daromadlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Tovonning toʻlanishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti 4060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Agar qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq qayta sugʻurtalovchining qarzi depo mukofotlar hisobiga qoplansa, depo mukofotlar summasiga, 6070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar” debeti 4060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
157. 4070 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan ssudalar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotida hayot sugʻurtasi turlari boʻyicha sugʻurta polisini taʼminotga olgan holda sugʻurtalanuvchilarga berilgan ssudalar aks ettiriladi. Sudda berilgan vaqtda ssuda summasi, 4070 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan ssudalar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, aks ettiriladi. Ssuda qoplanmagan holatda va sugʻurtalanuvchining qarzi sugʻurta tovoni summasidan ushlab qolinganda 6030 “Sugʻurtalanuvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti 4070 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan ssudalar boʻyicha olinadigan schyotlar” krediti bilan bogʻlangan holda yozuv amalga oshiriladi. Sugʻurtalanuvchi tomonidan qarzning qoplanishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti 4070 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan ssudalar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi.
158. 4080 “Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo zarari” schyotida qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq qayta sugʻurtalanuvchi tomonidan qayta sugʻurta qilish berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha unga hisoblangan, qayta sugʻurtalovchi tomonidan vaqtincha ushlab turilgan sugʻurta tovonlarining summasi aks ettiriladi. Ushbu schyot qayta sugʻurta qilish shartnomasida qayta sugʻurtalanuvchi boʻlgan sugʻurtalovchi tomondan foydalaniladi. Depo sugʻurta tovoni 4060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti 4080 “Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo zarari” schyotining debeti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Qayta sugʻurta qilish shartnomasida koʻrsatilgan muddatning tugashi bilan (qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta tovonlarini olish muddati kelganda) 4080 “Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo zarari” schyotining krediti 4060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti bilan bogʻlangan holda teskari provodka beriladi.
159. 4090 “Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo mukofotlari” schyotida qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq qayta sugʻurtalanuvchi tomonidan qayta sugʻurta qilish qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha unga hisoblangan, qayta sugʻurtalanuvchi tomonidan vaqtincha ushlab turilgan sugʻurta mukofotlarining summasi aks ettiriladi. Ushbu schyot qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha qayta sugʻurtalovchi boʻlgan sugʻurtalovchi tomonidan foydalaniladi. Agar qayta sugʻurta qilish shartnomasida sugʻurta mukofotlarini qayta sugʻurta qilishga berilayotgan tavakkalchiliklarning jami boʻyicha sugʻurta mukofotlarini maʼlum davr oraligʻida oʻtkazish nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu davr tugagunga qadar qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha hisoblangan sugʻurta mukofoti komission ragʻbatlantirishlar chegirilgan holatda deponentlangan (depo mukofot) hisoblanadi. Depo mukofotlar 4050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti 4090 “Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo mukofotlari” schyotining debeti bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi. Qayta sugʻurta qilish shartnomasida koʻrsatilgan muddatning tugashi bilan (qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta mukofotlarini olish muddati kelganda) 4090 “Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo mukofotlari” schyotining krediti 4050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti bilan bogʻlangan holda teskari provodka beriladi.
160. 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 4020 “Olingan veksellar” schyotlari asosiy (operatsion) faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000), asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar (9200) va asosiy faoliyatning boshqa daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar (9300) bilan bogʻlangan holda xaridor (buyurtmachi)larga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlaridagi summaga debetlanadi.
4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 4020 “Olingan veksellar” schyotlari pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan kelib tushgan toʻlovlar summasiga, olingan boʻnaklarni hisobga olish va boshqalar bilan bogʻlangan holda kreditlanadi.
161. Olinadigan schyotlar boʻyicha analitik hisob har bir xaridor (buyurtmachi), sugʻurtalanuvchi, sugʻurta vositachisi, qayta sugʻurtalovchi va sugʻurtalanuvchi boʻyicha yuritiladi.
Asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotishdagi xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari summasi
4010
9210, 9220
2.
Xaridorlar va buyurtmachilardan asosiy vositalar va boshqa aktivlar obyektlarini sotishdan toʻlovlar kelib tushishi
5010—5530
4010
3.
Xaridor va buyurtmachiga sotilgan asosiy vositalar va boshqa aktivlar obyektlari boʻyicha daʼvo bildirilishi
4860
4010
4.
Xaridorlar va buyurtmachilarga sotilgan asosiy vositalar va boshqa aktivlar obyektlari boʻyicha hisob-kitob hujjatlarini taqdim etishda olingan boʻnaklarning hisobga olinishi
6310
4010
5.
Xaridorlar va buyurtmachilarning toʻlanmagan qarzlarini zararga hisobdan chiqarilishi
9430
4010
6.
Xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari dargumon qarzlar boʻyicha rezervlar hisobiga hisobdan chiqarilishi
4910
4010
7.
Olingan veksellar boʻyicha qarzlarning qoplanishi
5010—5530
4020
8.
Olingan veksellarning uzoq muddatli qismdan joriy qismga oʻtkazilishi
4020
0910
9.
Sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurtalanuvchilar qarzdorligining vujudga kelishi
4030
6280
10.
Sugʻurta tovonini toʻlashda navbatdagi vaqtida toʻlanmagan sugʻurta mukofotini ushlab qolish
6030
4030
11.
Sugʻurta vositachilaridan sugʻurta mukofotining kelib tushganligi toʻgʻrisida xabar olinishi
4040
6280
12.
Agentlik kelishuviga muvofiq sugʻurta vositachisi tomonidan hisoblangan komission mukofot summasining ushlab qolinishi
6040
4040
13.
Sugʻurta vositachisi tomonidan sugʻurta mukofotlarining toʻlanishi
5010, 5020, 5110, 5210, 5220
4040
14.
Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotlarining hisoblanishi
4050
6270
15.
Qayta sugʻurtalanuvchi tomonidan qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha komission ragʻbatlantirishlarning ushlab qolinishi
6050
4050
16.
Qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotining toʻlanishi
5110, 5210, 5220
4050
17.
Qayta sugʻurtalovchidan olinadigan sugʻurta tovonining hisoblanishi
4060
9070
18.
Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha qayta sugʻurtalovchi tomonidan tovonning toʻlanishi
5110, 5210, 5220
4060
19.
Qayta sugʻurtalovchining tovonlarni toʻlash boʻyicha qarzdorligining depo mukofot hisobidan qoplanishi
6070
4060
20.
Hayot sugʻurtasi turlari boʻyicha sugʻurta polisi kafolati ostida sugʻurtalanuvchilarga ssuda berish
4070
Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar
21.
Ssudalar boʻyicha sugʻurtalanuvchining qarzdorligini sugʻurta tovoni summasidan ushlab qolish
6030
4070
22.
Hayot sugʻurtasi boʻyicha ssudalar boʻyicha sugʻurtalanuvchi qarzdorligining qoplanishi
Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar
4070
23.
Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo mukofotlarining hisoblanishi
4090
4050
24.
Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo zararlarining hisoblanishi
2-§. Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlarni hisobga oluvchi schyotlar (4100)
163. Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari bilan koʻrsatilgan xizmatlar uchun debitorlik qarzlari boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
4110 “Ajratilgan boʻlinmalardan olinadigan schyotlar”;
4120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar”.
164. 4110 “Ajratilgan boʻlinmalardan olinadigan schyotlar” schyotida sugʻurtalovchining umumiy balansiga (ichki xoʻjalik yoki ichki balans hisob-kitoblar) qoʻshiladigan ajratilgan boʻlinmalar (filiallar, vakolatxonalar)ning debitorlik qarzlari hisobga olinadi. Bu schyotda ajratilgan mulklar, moddiy qiymatliklarni oʻzaro hamkorlikda chiqarish, boʻlinmalarning xodimlariga ish haqi toʻlash va boshqa joriy operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun asosiy hujjatlar boʻlib, taʼsis shartnoma, chora-tadbirlar shartnomasi, taʼsischilarning ushbu boʻlinmalarni tashkil qilish toʻgʻrisidagi qarori, taʼsischilarning mulkni berish toʻgʻrisidagi qarori va boshqalar hisoblanadi.
Koʻrsatilgan boʻlinmalarga ajratilgan mulk sugʻurtalovchi tomonidan asosiy vositalar (0100), nomoddiy aktivlar (0400), oʻrnatiladigan asbob-uskunalar (0700), materiallar (1000) va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlardan 4110 “Ajratilgan boʻlinmalardan olinadigan schyotlar” schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
165. 4120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar” schyotida shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining (balanslararo yoki xoʻjalik ichidagi hisob-kitoblar) debitorlik qarzlari hisobga olinadi. Ushbu schyotda tovar, mahsulot, ish, xizmatlarni sotish va boshqa joriy operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
4110 “Ajratilgan boʻlinmalardan olinadigan schyotlar” va 4120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlardan olinadigan schyotlar” schyotlari boʻyicha analitik hisob har bir ajratilgan boʻlinma, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari boʻyicha yuritiladi.
166. Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlarni hisobga oluvchi schyotlar (4100)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Debitorlik qarzlarini qoplash uchun ajratilgan boʻlinmalardan asosiy vositalar va boshqa aktivlar kelib tushdi
0110—0190 va boshqalar
4110
2.
Ajratilgan boʻlinmalarga mol-mulk (asosiy vositalar va boshqa aktivlar) ajratildi
4110
0110—0190 va boshqalar
3.
Ajratilgan boʻlinmalar xodimlariga mehnat haqi toʻlash uchun pul mablagʻlari ajratildi
4110
5010, 5110
4.
Ajratilgan boʻlinmalar tomonidan asosiy vositalar qaytarildi
0110—0190
4110
5.
Debitorlik qarzlarini qoplash uchun ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan pul mablagʻlari kelib tushdi
5010—5530
4110, 4120
6.
Ajratilgan boʻlinmalarga moddiy qiymatliklar berildi (1500 schyotdan foydalanganda)
4110
1510
7.
Materiallar qiymatidagi farq ajratilgan boʻlinmalar hisobiga ularga berilgan materiallar boʻyicha hisobdan chiqarildi (1610 schyotni qoʻllaganda)
3-§. Xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4200)
167. Sugʻurtalovchi xodimlariga mehnat haqi boʻyicha, operatsion va maʼmuriy-xoʻjalik xarajatlari uchun hisobdorlik asosida, shuningdek, xizmat safarlari uchun berilgan boʻnaklar boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
4210 “Mehnat haqi boʻyicha berilgan boʻnaklar”;
4220 “Xizmat safarlariga berilgan boʻnaklar”;
4230 “Umumxoʻjalik xarajatlari uchun berilgan boʻnaklar”;
4290 “Xodimlarga berilgan boshqa boʻnaklar”.
168. Hisobdorlikka berilgan summaga, xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4200) pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan, jumladan 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagʻlari”, 5020 “Chet el valyutasidagi pul mablagʻlari” schyotlari bilan bogʻlangan holda debetlanadi. Xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4200) xarajatlar va sotib olingan qiymatliklar hisobga olinadigan schyotlar bilan, yoki amalga oshirilgan xarajatlarning turiga qarab boshqa schyotlar bilan bogʻlangan holda kreditlanadi.
Toʻliq ishlatilmagan boʻnaklar (masalan, xizmat safarlari uchun) sugʻurtalovchi kassasiga qaytarilishi hamda xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4200)ning kreditida va 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagʻlari”, 5020 “Chet el valyutasidagi pul mablagʻlari” schyotlarining debetida aks ettirilishi lozim.
169. 4210 “Mehnat haqi boʻyicha berilgan boʻnaklar” schyotida sugʻurtalovchi xodimlariga mehnat haqi boʻyicha berilgan boʻnaklarning barcha turlari yuzasidan hisob-kitoblar hisobga olinadi. Boʻnaklarning kelgusidagi mehnat haqi hisobiga berilishi xodimlarning sababi koʻrsatilgan arizasiga asosan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ushbu schyotda quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan aks ettiriladigan, yaʼni 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar” schyotining debeti va 4210 “Mehnat haqi boʻyicha berilgan boʻnaklar” schyotining kreditida mehnat haqi boʻyicha har oylik boʻnaklar hisobga olinadi.
170. 4220 “Xizmat safarlariga berilgan boʻnaklar” schyotida sugʻurtalovchi xodimlariga xizmat safarlari uchun berilgan boʻnaklar hisobga olinadi. Xorijga xizmat safariga yuborilayotgan xodimga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2000-yil 7-fevralda 16-son bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlarning xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlariga mablagʻlar berish tartibi”ga (2000-yil 5-iyun, roʻyxat raqami 932) muvofiq, chet el valyutasida boʻnak beriladi. Ushbu valyutadagi boʻnak berilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha soʻmga aylantiriladi va soʻmda hisobga olinadi. Xizmat safarlari uchun berilgan va sarflangan chet el valyutasining hisobi alohida yuritiladi.
Xizmat safarlari uchun boʻnaklar xizmat safari toʻgʻrisidagi buyruq, chiptalar qiymati, kunlik yashash xarajatlari va boshqalar koʻrsatilgan holda boʻnak summasini hisoblash asosida beriladi.
171. 4230 “Umumxoʻjalik xarajatlari uchun berilgan boʻnaklar” schyotida umumxoʻjalik ehtiyojlari uchun turli xildagi kichik inventar va jihozlarni naqd pulga sotib olish uchun berilgan boʻnaklar aks ettiriladi. Tovar-moddiy qiymatliklarni baholash va kirim qilish tegishli tasdiqlovchi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi.
172. 4290 “Xodimga berilgan boshqa boʻnaklar” schyotida 4210 — 4230 schyotlarida aks ettirilmagan sugʻurtalovchi xodimlariga berilgan boshqa boʻnaklar hisobga olinadi.
Xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4200) boʻyicha analitik hisob har bir berilgan boʻnak boʻyicha yuritiladi.
173. Xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4200)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Mehnat haqi hisobidan boʻnak berildi
4210
5010
2.
Xodimlarga kelgusidagi mehnat haqi hisobiga berilgan boʻnaklar ushlab qolindi
6710
4210
3.
Hisobdor shaxslarga bankdagi schyotlardan boʻnaklar berildi
Hisobdor shaxslar sotib olingan turli xildagi pul ekvivalentlariga haq toʻladi
5610
4220—4290
9.
Ishlatilmagan pul ekvivalentlari qaytarildi
5610
4220—4290
10.
Hisobdor shaxslar kapital qoʻyilmalar, tovarlar, hayvonlar, materiallar, asbob-uskunalarni sotib olish, yetkazib kelish, tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarni amalga oshirdi
0710—0890, 1010—1090, 2710
4220—4290
11.
Hisobdor shaxslar asosiy, yordamchi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar, shuningdek, umumishlabchiqarish xarajatlarni amalga oshirdi
2310, 2510, 2710
4220—4290
12.
Hisobdor shaxslar davr xarajatlariga tegishli boʻlgan turli xildagi xarajatlarni toʻladi
9410—9440
4220—4290
13.
Hisobdor shaxslar kelgusi davr xarajatlariga tegishli boʻlgan turli xarajatlarni toʻladi
3190
4220—4290
4-§. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4300)
174. Tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlarni yetkazib berish shuningdek, ish bajarish va xizmat koʻrsatish uchun berilgan boʻnaklar boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
4310 “TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar”;
4320 “Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar”;
4330 “Oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun berilgan boʻnaklar”;
175. Berilgan boʻnaklar summasi, shuningdek, qisman tayyor holdagi tovarlar, ish va xizmatlar uchun toʻlangan summalar 4310 “TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar”, 4320 “Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar”, 4330 “Oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun berilgan boʻnaklar”, 4340 “Boshqa berilgan boʻnaklar” schyotlarining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga boʻnaklar mol yetkazib beruvchilar va sugʻurtalovchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma yoki kontrakt asosida beriladi. Ayrim hollarda, qisman bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi dalolatnoma boʻlishi mumkin. Bunda toʻlov topshiriqnomalarida qisman toʻlov miqdori yoki oldindan toʻlov foizi koʻrsatiladi.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4300) boʻyicha analitik hisob har bir debitor boʻyicha yuritiladi.
176. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4300)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash uchun naqd pulda boʻnaklar berildi
4310
5010
2.
Bankdagi schyotlardan boʻnaklar oʻtkazildi
4310—4340
5110—5530
3.
Olingan kreditlar va qarzlar hisobidan boʻnaklar oʻtkazildi
4310—4340
6810—6820, 7810—7820
4.
Kontraktning bekor qilinishi natijasida avval berilgan boʻnaklar qaytarildi
5010—5530
4310—4340
5.
Avval berilgan oldini olish chora-tadbirlari uchun berilgan boʻnaklarning oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha vujudga kelgan kreditorlik qarzdorlik hisobiga yopilishi
6011
4330
6.
Mol yetkazib beruvchilar yoki pudratchilarga boʻlgan qarzlarni qoplashda avval berilgan boʻnaklarning hisobga olinishi
6010, 7010
4310—4340
7.
Mol yetkazib beruvchilarga berilgan boʻnaklarning daʼvo muddati oʻtganlari hisobdan chiqarildi
9430
4310—4340
8.
Berilgan boʻnakning tegishli summasi uzoq muddatli qismidan joriy qismga oʻtkazildi
5-§. Budjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4400)
177. Sugʻurtalovchi tomonidan soliqlar va yigʻimlar boʻyicha toʻlangan boʻnaklar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 4410 “Budjetga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)” schyotida amalga oshiriladi.
6-§. Maqsadli davlat jamgʻarmalariga va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4500)
180. Sugʻurtalovchi tomonidan maqsadli davlat jamgʻarmalari va sugʻurtalar boʻyicha majburiy toʻlovlari boʻyicha toʻlangan boʻnaklar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
4510 “Sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlari”;
4520 “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga boʻnak toʻlovlari”.
181. 4510 “Sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlari” schyotida sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurtalar boʻyicha toʻlangan boʻnak toʻlovlari hisobga olinadi.
182. 4520 “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga boʻnak toʻlovlari” schyotida sugʻurtalovchi tomonidan budjetdan tashqari Pensiya, Yoʻl va boshqa maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlangan boʻnak toʻlovlari hisobga olinadi.
Boʻnak toʻlovlarini oʻtkazishda maqsadli davlat jamgʻarmalari va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4500)ning debeti, pul mablagʻlarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditida yozuvlar amalga oshiriladi. Majburiy toʻlovlar boʻyicha yakuniy hisob-kitoblarda 6510 “Sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlari”, 6520 “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga boʻnak toʻlovlar” schyotlarining debeti va maqsadli davlat jamgʻarmalari va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4500)ning kreditida yozuvlar amalga oshiriladi.
183. Maqsadli davlat jamgʻarmalari va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4500)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Maqsadli davlat jamgʻarmalari va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlari oʻtkazildi
4510—4520
5110—5530
2.
Maqsadli davlat jamgʻarmalari va sugʻurtalarga toʻlovlar boʻyicha yakuniy hisob-kitoblar
6510—6520
4510—4520
7-§. Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar (4600)
184. Sugʻurtalovchi taʼsischilari (aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlari, oʻrtoqlik jamiyatlarining ishtirokchilari va sh. k.)ning sugʻurtalovchi ustav kapitaliga ulushlar boʻyicha qarzlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotida amalga oshiriladi.
185. Sugʻurtalovchini tashkil qilishda taʼsischilar yoki aksiyaga obuna boʻlgan shaxslarning qarz summasi 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotining debeti ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (8300) bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi.
Taʼsischilarning ulush summalari pul mablagʻlari koʻrinishida haqiqatda kelib tushganda 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda yozuv amalga oshiriladi. Moddiy va boshqa qiymatliklar (pul mablagʻlaridan tashqari) koʻrinishidagi ulushlar 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotining kreditida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, materiallar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi.
Sugʻurtalovchiga mulk sifatida aksiyalarga toʻlov uchun natura shaklida berilgan mol-mulk taʼsischilar kelishuvi asosida aniqlangan bahoda kirim qilinadi.
4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyoti boʻyicha analitik hisob (koʻrsatuvchiga aksiyalaridan tashqari) har bir taʼsischi boʻyicha alohida yuritiladi.
186. Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar (4600)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Ishtirokchilar ulushlari summasida (aksiyaga obuna summasida) ustav kapitalining eʼlon qilingan hajmi (sugʻurtalovchi roʻyxatdan oʻtgandan keyin)
4610
8310, 8320, 8330
2.
Taʼsischilar sugʻurtalovchi mulkiga tugallanmagan qurilish, asbob uskuna, asosiy vositalarni taqdim etishdi
0110—0190, 0710—0720, 0810
4610
3.
Taʼsischilar aksiyalarga obuna toʻlovi sifatida nomoddiy aktivlarni taqdim etishdi
0410—0490
4610
4.
Taʼsischilar aksiyalarga obuna toʻlovi sifatida uzoq muddatli va qisqa muddatli investitsiyalarni taqdim etishdi
0610, 5810
4610
5.
Taʼsischilar sugʻurtalovchi mulkiga tovar-moddiy zaxiralarini taqdim etishdi
1010—1090
4610
6.
Taʼsischilarning ulushlari summasi pul mablagʻlari koʻrinishida kelib tushdi
5010—5530
4610
7.
Sugʻurtalovchining ustav kapitaliga ulushlari taʼsischilarning mehnat haqidan ushlab qolindi
6710
4610
8-§. Xodimlarning boshqa operatsiyalar boʻyicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar (4700)
187. Sugʻurtalovchi xodimlari bilan mehnat haqi boʻyicha, hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblardan tashqari barcha turdagi hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
4710 “Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi”;
4720 “Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi”;
4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi”;
4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari”.
188. 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotida sugʻurtalovchi xodimlariga kreditga berilgan tovarlar boʻyicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Kreditga tovar sotib olgan shaxslar ishlaydigan sugʻurtalovchilar tovarlar qiymati summasini savdo tashkilotlariga bank krediti hisobiga qoplashi mumkin. Bank tomonidan tegishli hisob-kitob hujjatlari toʻlanganda 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi” schyoti 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” va 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” schyotlari bilan bogʻlangan holda debetlanadi. Sugʻurtalovchi xodimlaridan navbatdagi toʻlovlarning ushlab qolishda 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishilar” schyoti 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi” schyoti bilan bogʻlangan holda debetlanadi, soʻng esa ushlab qolingan summa bank kreditini toʻlash uchun 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyotining kreditidan 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” va 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyotlarining debetiga oʻtkaziladi.
Oʻzining xodimlari tomonidan kreditga sotib olgan tovarlar boʻyicha qarzlarini qoplashda bank kreditlaridan foydalanmaydigan sugʻurtalovchilar, ushbu xodimlar bergan topshiriq-majburiyatlariga asosan ularning mehnat haqi summasidan navbatdagi toʻlovlarni ushlab qolinganda 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar” schyoti turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) bilan bogʻlangan holda (savdo korxonalarining litsevoy schyotlari boʻyicha) debetlanadi. Ushlab qolingan summaning savdo korxonalariga oʻtkazish berilishiga qarab, turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda debetlanadi.
189. 4720 “Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotida sugʻurtalovchi xodimlariga berilgan qarzlar boʻyicha hisob-kitoblar aks ettiriladi (masalan, yakka tartibda uy-joy qurishga va boshqalarga).
4720 “Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotining debetida xodimlarga berilgan qarz summasi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Agar mablagʻlar sugʻurtalovchiga berilgan kredit hisobidan bevosita bank tomonidan (bu mablagʻlarni oldindan sugʻurtalovchining hisob-kitob schyotiga oʻtkazmasdan) xodimlarga berilsa, bunda 4720 “Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotining debetida 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” va 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” schyotlari bilan bogʻlangan holda yozuvlar amalga oshiriladi.
Qarzdor xodimlardan kelib tushgan toʻlovlar summasiga 4720 “Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi” schyoti (qabul qilingan toʻlovlar tartibidan kelib chiqqan holda) 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagʻlari”, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar” schyotlari bilan bogʻlangan holda kreditlanadi.
Bank kreditlarini qoplash 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari”, 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyotlarining debetida va bankka tegishli boʻlgan summa oʻtkazilgan pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
190. 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotida sugʻurtalovchi xodimi tomonidan pul mablagʻlari va tovar-moddiy qiymatliklarning kamomadi va talon-toroj qilinishi, yaroqsizlik natijasida yetkazgan moddiy zararni qoplash boʻyicha hisob-kitoblar, shuningdek, boshqa turdagi zararlarni qoplash boʻyicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotining debetida aybdor shaxslardan undirib olinadigan summalar tovar-moddiy zaxiralar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotining kreditida, toʻlangan toʻlovlar summasiga pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar va moddiy zararni qoplash uchun mehnat haqidan ushlab qolinadigan summaga 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar” schyoti bilan bogʻlangan holda yozuvlar amalga oshiriladi.
191. 4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari” schyotida 4710 — 4730 schyotlarida aks ettirilmagan sugʻurtalovchi xodimlari bilan hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Boshqa operatsiyalar boʻyicha xodimlarning qarzini hisobga oluvchi schyotlar (4700) boʻyicha analitik hisob sugʻurtalovchining har bir xodimi boʻyicha yuritiladi.
192. Xodimlarning boshqa operatsiyalar boʻyicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar (4700)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Savdo korxonalari tomonidan xodimlarga kreditga sotilgan tovarlar uchun oʻtkazib berildi
4710
5110—5530
2.
Kreditga olingan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi uchun bank kreditlari olindi
4710
6810, 7810
3.
Kreditga olingan tovarlarning toʻlovi uchun xodimlardan kelib tushgan navbatdagi toʻlovlar summasi
5010, 5110
4710
4.
Kreditga olingan tovarlar uchun xodimlarning mehnat haqidan ushlab qolingan toʻlovlar
6710
4710
5.
Xodimlarga berilgan qarzlar summasi
4720
5010—5530
6.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning kamomadi uchun aybdor shaxslardan undiriladigan summalar
4730
9210, 9220
7.
Qimmatli qogʻozlarning kamomadi uchun aybdor shaxslardan undiriladigan summalar
4730
0610—0690, 5810—5830
8.
Tovar-moddiy qiymatliklarning kamomadi uchun aybdor shaxslardan undiriladigan summalar
4730
1010—1090
9.
Inventarizatsiya natijasida kassadagi pul mablagʻlari va pul ekvivalentlarining kamomadi
4730
5010, 5020, 5610
10.
Xodimlarga pul ekvivalentlari berildi
4790
5610
11.
Boshqa operatsiyalar boʻyicha xodimlarning qarzi zararga hisobdan chiqarildi, agar undirilishi sud tomonidan rad etilgan boʻlsa
9430
4790
9-§. Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar (4800)
193. Yuqorida tushuntirish berilgan olinadigan schyotlarda koʻrsatilmagan turli operatsiyalar, jumladan, olinadigan foizlar, dividendlar, royalti, uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar, daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar va boshqalar boʻyicha debitorlar bilan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
194. 4810 “Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” schyotida shartnomaga muvofiq, uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan ijara toʻlovlarining joriy qismi hisobga olinadi. Ijara toʻlovlari joriy qismining kelib tushishi 4810 “Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” schyotining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
195. 4820 “Qisqa muddatli ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyotida shartnomaga muvofiq. ijara boʻyicha olinadigan ijara toʻlovlari hisobga olinadi. Ijara toʻlovlari hisoblanganda 4820 “Qisqa muddatli ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyoti 9350 “Qisqa muddatli ijaradan daromadlar” schyoti bilan bogʻlangan holda debetlanadi. Ijara toʻlovlarining kelib tushishi 4820 “Qisqa muddatli ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyotining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
196. 4830 “Olinadigan foizlar” schyotida foizlarni hisoblash va ularning olinishi hisobga olinadi. Muddati oʻtgan foizlar alohida hisobga olinadi va ular boʻyicha shartnomaga muvofiq penya hisoblanadi. Ushbu schyotda, shuningdek, sugʻurta polisi kafolati ostida berilgan ssudlar boʻyicha hisoblangan foizlar ham hisobga olinadi. Ssudalar boʻyicha foizlarning hisoblanishi 4830 “Olinadigan foizlar” schyotining debeti 9530 “Foizlar koʻrinishidagi daromadlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi. Ssudalar boʻyicha hisoblangan foizlarni sugʻurta tovoni hisobidan ushlab qolishda 6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti 4830 “Olinadigan foizlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda yozuv amalga oshiriladi.
197. 4840 “Olinadigan dividendlar” schyotida qimmatli qogʻozlar boʻyicha dividendlarni hisoblash boʻyicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
198. 4850 “Olinadigan royalti” schyotida royaltini hisoblash va ularning olinishi hisobga olinadi.
199. 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debetida daʼvolar boʻyicha hisob-kitoblar, jumladan:
a) Sugʻurta tovonini qoplash boʻyicha sugʻurta hodisasining yuz berganligida aybdor boʻlgan uchinchi shaxslarga;
b) mol yetkazib beruvchilarga, pudratchilarga va transport tashkilotlariga ularning schyotlari tekshirilganda shartnomada kelishilgan va preyskurantda nazarda tutilgan baho va tariflarning bir-biriga muvofiq kelmasligi, shuningdek, arifmetik xatolar aniqlanganda — mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga taqdim etilgan schyotlardagi baholarning oshib ketishi yoki arifmetik xatolar tovar-moddiy qiymatliklar yoki xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda yozuvlar amalga oshirilgandan soʻng aniqlanganda mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar yoki ishlab chiqarish zaxiralari, tovarlar va tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda;
v) mol yetkazib beruvchilarga, transport va boshqa tashkilotlarga yukning kamomadi boʻyicha mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar bilan bogʻlangan holda;
g) sugʻurtalovchining schyotlaridan notoʻgʻri hisobdan chiqarilgan (oʻtkazilgan) summalar boʻyicha bank muassasalariga, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda;
d) shartnoma majburiyatlariga rioya etmaganligi uchun mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqalardan, toʻlovchilar tomonidan tan olingan yoki xoʻjalik sudi tomonidan belgilangan miqdorda olinadigan jarimalar, penyalar, neustoykalar boʻyicha (toʻlovchilar tomonidan tan olinmagan, bildirilgan daʼvolar summasi hisobda aks ettirilmaydi), 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi;
e) mol yetkazib beruvchilar yoki pudratchilarga ularning aybi bilan yuzaga kelgan, yaroqsiz mahsulotlar va boʻsh turib qolishlar boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda.
200. 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyoti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda kelib tushgan toʻlovlar summasiga kreditlanadi. Keyinchalik aniqlangan va olinishi kerak boʻlmagan summalar, qoidaga muvofiq, hisobga olishga qabul qilingan shu schyotlarga 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti boʻyicha olib boriladi.
4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob daʼvolar boʻyicha alohida yuritiladi.
201. 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” schyotida yuqoridagi schyotlarda koʻrsatilmagan hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Analitik hisob har bir debitor boʻyicha alohida yuritiladi.
202. Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar (4800)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Uzoq muddatli ijara boʻyicha toʻlovlarning joriy qismi
4810
0920
2.
Qisqa muddatli ijara boʻyicha olinadigan summalarni hisoblash
4820
9350
3.
Ijara boʻyicha qarzlarni qoplash uchun ijarachilardan summalar kelib tushdi
5010—5530
4810, 4820
4.
Olingan veksellar boʻyicha foizlar hisoblandi
4830
9530
5.
Mijozlardan kelib tushadiganlar aks ettirildi:
a) foizlar
4830
9530
b) dividendlar
4840
9520
v) royalti
4850
9510
6.
Sugʻurtalovchining bankdagi schyotiga foizlar va dividendlar kelib tushdi
5110—5530
4830, 4840
7.
Ssudalar boʻyicha hisoblangan foizlarning toʻlanishi
Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar
4830
8.
Toʻlanayotgan sugʻurta tovonlari hisobidan ssudalar boʻyicha foizlarning ushlab qolinishi
6030
4830
9.
Boshqa tashkilotlardan royaltining kelib tushishi
5110—5530
4850
10.
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar schyotida aniqlangan baho va tariflarning bir-biriga muvofiq kelmasligi, xatolar boʻyicha mol yetkazuvchilarga daʼvo bildirildi
4860
0710—0720
11.
Kapital qurilish uchun ilgari toʻlangan, hajmning oshib ketishi, baholarning nomutanosibligi va schyotlardagi xatolar boʻyicha pudratchilarga daʼvo bildirildi
4860
0810—0890
12.
Baholarning nomutanosibligi va arifmetik xatolar boʻyicha tovar-moddiy zaxiralarining kamomadi boʻyicha mol yetkazib beruvchilarga daʼvo bildirildi
4860
1010—1090
13.
Kamomadlar, schyotlardagi xatolar, sifat boʻyicha daʼvo bildirildi (1510 schyotdan foydalanilganda)
4860
1510
14.
Sugʻurtalovchi schyotlaridan notoʻgʻri olingan summalar boʻyicha bankka daʼvo bildirildi
4860
5110—5530
15.
Kelib tushgan moddiy qiymatliklarni kirim qilishda mol yetkazib beruvchilarga daʼvolar bildirildi
4860
6010
16.
Boshqa korxonalar tomonidan shartnoma majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun tan olingan jarima, penya va neustoykalar, shuningdek, sugʻurta shartnomalari boʻyicha regress daʼvolar summasi
4860
9330
17.
Qoniqtirilmagan daʼvo summasi xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarga olib borildi
Xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar
4860
18.
Ajratilgan boʻlinmalar tomonidan turli tashkilotlarga xizmat koʻrsatildi
4890
6110
19.
Boshqa korxonalar va shaxslar hisobidan xodimlarga tegishli boʻlgan summalar
4890
6710
20.
Regress talablar boʻyicha daʼvolarning toʻlanishi
10-§. Dargumon qarzlar boʻyicha rezervni hisobga oluvchi schyotlar (4900)
203. Dargumon qarzlar boʻyicha rezervlarning holati va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 4910 “Dargumon qarzlar boʻyicha rezerv” schyotida amalga oshiriladi.
204. Sugʻurtalovchining yuridik va jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblari boʻyicha dargumon qarzlari summasiga rezerv tashkil qilinadi va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotiga olib boriladi.
Belgilangan muddatda qoplanmagan va tegishli kafolatlar bilan taʼminlanmagan sugʻurtalovchining debitorlik qarzi dargumon qarz sifatida tan olinadi.
Dargumon qarzlar boʻyicha rezerv hisobot yili oxirida sugʻurtalovchining debitorlik qarzlarining inventarizatsiyasi natijalari asosida tashkil etiladi.
Rezerv hajmi har bir dargumon qarz boʻyicha alohida, qarzdorning moliyaviy ahvoli (toʻlov qobiliyati) va qarz summasini toʻliq yoki qisman toʻlash ehtimolini baholash asosida aniqlanadi.
Agar shubhali qarz boʻyicha rezerv tashkil etilgan yildan keyingi yilning oxirigacha ushbu rezervning maʼlum bir qismi ishlatilmasa, u holda ishlatilmagan summa tegishli yilning foydasiga qoʻshiladi va daromad (foyda) soligʻini hisoblashda soliq bazasiga qoʻshilmaydi.
Ilgari sugʻurtalovchi tomonidan dargumon qarz sifatida tan olingan qarzlarni balansdan chiqarish 4910 “Dargumon qarzlar boʻyicha rezerv” schyotining debetida tegishli debitorlar bilan hisob-kitoblar (olinadigan schyotlar)ni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Ishlatilmagan dargumon qarzlar boʻyicha rezerv summasining foydaga qoʻshilishi 4910 “Dargumon qarzlar boʻyicha rezerv” schyotining debetida va 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
4910 “Dargumon qarzlar boʻyicha rezerv” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir dargumon qarz va rezerv tashkil qilingan muddat boʻyicha yuritiladi.
205. Dargumon qarzlar boʻyicha rezervni hisobga oluvchi schyotlar (4900)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Dargumon qarzlar boʻyicha rezerv tashkil qilindi
9430
4910
2.
Xaridor va buyurtmachilarning qarzlari dargumon qarzlar boʻyicha rezerv hisobiga hisobdan chiqarildi
4910
4010, 4020
3.
Dargumon qarzlar boʻyicha rezervlar summasining ishlatilmagan qismini ular tashkil etilgan yildan keyingi yilning foydasiga qoʻshilishi
V kichik boʻlim. Pul mablagʻlari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar
206. Ushbu boʻlimning schyotlari sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan kassadagi mavjud milliy va chet el valyutasidagi, Oʻzbekiston Respublikasi hududi va xorijdagi banklar schyotlardagi pul mablagʻlari, pul ekvivalentlari, qimmatli qogʻozlarga qilingan qisqa muddatli qoʻyilmalar, shuningdek, kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar va boshqa joriy aktivlarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
207. Ushbu boʻlimdagi schyotlarda chet el valyutasidagi pul mablagʻlari va ularga tegishli operatsiyalar milliy valyutada — soʻmda, chet el valyutasini pulli hisob-kitob hujjatlaridan koʻchirma olingan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qayta hisoblash orqali hisobga olinadi.
208. Pul mablagʻlari qoldigʻini hisobot oyining oxirgi sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha har oydagi qayta baholash natijasidagi kurs farqlari (ijobiy kurs farqi) 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” yoki (salbiy kurs farqi) 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotiga olib boriladi.
209. Ushbu boʻlimda quyidagi schyotlardagi hisob tartibi yoritiladi:
5000 — Kassadagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
5100 — Hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
5200 — Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
5500 — Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
5600 — Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar;
5700 — Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)larini hisobga oluvchi schyotlar;
5800 — Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar;
5900 — Kamomadlar va qiymatliklarning buzulishidan yoʻqotishlar va boshqa joriy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar.
1-§. Kassadagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5000)
210. Sugʻurtalovchi kassasidagi pul mablagʻlarining naqdligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
5010 “Milliy valyutadagi pul mablagʻlari”;
5020 “Chet el valyutasidagi pul mablagʻlari”
Kassadagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning (5000) debeti boʻyicha sugʻurtalovchi kassasiga kelib tushgan pul mablagʻlari aks ettiriladi. Krediti boʻyicha sugʻurtalovchi kassasidan toʻlanadigan pul mablagʻlari va limitdan ortiqcha pulni bankka topshirish aks ettiriladi.
211. Kassadagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5000)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotishdan tushumning naqd pulda olinishi
5010, 5020
9210—9220
2.
Bankdagi tegishli schyotlardan pul mablagʻlari kassaga kelib tushdi (ish haqi, nafaqa, mukofotlar va shu kabilarni berish uchun)
5010, 5020
5110—5530
3.
Hisobdor shaxslar tomonidan ishlatilmagan oldin olingan boʻnaklarning qaytarilishi
5010, 5020
4220—4290
4.
Aksiyani nominal qiymatidan yuqori narxda sotish natijasida olingan emissiya daromadi
5010, 5020
8410
5.
Taʼsischilar oʻzlarining ulushlari hisobidan sugʻurtalovchining ustav kapitaliga naqd pul mablagʻlarini kiritdi
5010, 5020
4610
6.
Kvartira ijarachilaridan qarz summasi kelib tushdi
5010, 5020
4890
7.
Kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari va boshqa toʻlovlarning kelib tushishi
5010, 5020
4890
8.
Ishchilarga alohida uy-joy qurishga qarz berish uchun kredit summasi naqd pulda olindi
5010, 5020
6810, 7810
9.
Pul mablagʻlari kassadan topshirildi va bankdagi hisob-kitob schyotiga oʻtkazildi
5110—5530
5010, 5020
10.
Sugʻurta agentidan sugʻurta mukofotlari olindi
5010, 5020
4040
11.
Sugʻurtalanuvchidan sugʻurta mukofotlari olindi
5010, 5020
4030
12.
Aksiyadorlardan ularga tegishli aksiyalar qaytarib sotib olindi
8610, 8620
5010, 5020
13.
Qimmatli qogʻozlarni sotib olishdagi xarajatlar toʻlandi (brokerlar, maslahatchilar xizmati uchun toʻlovlar)
9690
5010, 5020
14.
Hisoblangan mehnat haqi va boshqa toʻlovlar berildi (mukofot va shu kabilar)
6710
5010, 5020
15.
Hisobdor summalar berildi
4220—4290
5010, 5020
16.
Xodimlarga berilgan qarz summasi
4720
5010, 5020
17.
Turli xil summalar berildi (bajarish varaqalari boʻyicha va boshqalar)
6990
5010, 5020
18.
Sugʻurtalovchining ajratilgan boʻlinmalari hisobiga naqd toʻlanishi
4110
5010, 5020
19.
Tabiiy ofatlar bilan bogʻliq turli xil qoplanmaydigan xarajatlar toʻlanishi
9720
5010, 5020
20.
Pul mablagʻlarining kamomadi (inventarizatsiya natijasida)
4730
5010, 5020
21.
Hisoblangan foizlar boʻyicha qarzlar qoplanishi
6920
5010, 5020
22.
Ijaraga beruvchiga tegishli toʻlovlarning toʻlanishi
2-§. Hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5100)
212. Sugʻurtalovchining bankdagi hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlarining mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 5110 “Hisob-kitob schyoti”da amalga oshiriladi.
213. 5110 “Hisob-kitob schyoti”ning debeti boʻyicha sugʻurtalovchining hisob-kitob schyotiga pul mablagʻlarining kelib tushishi aks ettiriladi. 5110 “Hisob-kitob schyoti”ning kreditida sugʻurtalovchining hisob-kitob schyotidan pul mablagʻlarining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank koʻchirmasini tekshirish natijasida sugʻurtalovchining hisob-kitob schyoti debeti yoki kreditiga xatolik bilan olib borilgan summalar 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” yoki 6960 “Daʼvolar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida hisob-kitob schyoti boʻyicha operatsiyalar bank koʻchirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi.
Hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5100) boʻyicha analitik hisob milliy valyutadagi pul mablagʻlarini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir schyot boʻyicha yuritiladi.
214. Hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5100)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Ijaraga berilgan asosiy vositalar boʻyicha ijarachidan ijara toʻlovlarining kelib tushishi
5110
4810, 4820
2.
Tovarlarni kreditga sotishdan tushgan pullar
5110
4710
3.
Mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar, asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotilishidan tushgan tushumlar
5110
4010
4.
Pul mablagʻlari kassadan hisob-kitob schyotiga topshirildi
5110
5010
5.
Chet el valyutasini sotib olish uchun pul mablagʻlari oʻtkazildi
5530
5110
6.
Bankka qaytarilgan chek va akkreditivlar boʻyicha summalar hisob-kitob schyotiga oʻtkazildi
5110
5510, 5520
7.
Ilgari qisqa muddatli investitsiya tartibida berilgan qarzlarning qaytarilishi
5110
5830
8.
Ilgari berilgan boʻnak qaytarildi
5110
4310—4390
9.
Qondirilgan daʼvolar summasining kelib tushishi
5110
4860
10.
Olingan boʻnaklar summasi
5110
6310—6390
11.
Ilgari aksiyaga obuna boʻlgan taʼsischilardan ulush summasining kelib tushishi
5110
4610
12.
Nominal qiymatdan yuqori bahoda sotilgan aksiyalardan emission daromadning kelib tushishi
5110
8410
13.
Sugʻurta agenti va brokeridan sugʻurta mukofotining kelib tushishi
5110
4040
14.
Sugʻurtalanuvchilardan sugʻurta mukofotlarining kelib tushishi
5110
4030
15.
Qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarning kelib tushishi
5110
4050
16.
Qayta sugʻurta qilish boʻyicha zarar ulushi qoplamasining kelib tushishi
5110
4060
17.
Sugʻurta polisi kafolati ostida berilgan ssudalar boʻyicha sugʻurtalanuvchining qarzdorligining qoplanishi
5110
4830
18.
Sugʻurtalovchining sugʻurtalanuvchi oldidagi qarzining qoplanishi
6030
5110
19.
Sugʻurtalovchining sugʻurta agentlari va brokerlari oldidagi qarzdorligining qoplanishi
6040
5110
20.
Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha qarzdorlikning qoplanishi
6050
5110
21.
Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha qarzdorlikning qoplanishi
6060
5110
22.
Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarning toʻlanishi
6080
5110
23.
Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslar xizmati haqini toʻlash
6090
5110
24.
Bankdan kassaga pul mablagʻlari kelib tushdi (mehnat haqi, nafaqa, mukofot va shu kabilarni berish uchun)
5010
5110
25.
Xususiy aksiyalarning sotib olinishi
8610, 8620
5110
26.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarzlarning qoplanishi
6010
5110
27.
Berilgan boʻnaklar summasi
4310—4340
5110
28.
Ilgari olingan boʻnaklarning qaytarilishi
6300, 7310
5110
29.
Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz summasining oʻtkazilishi
6410
5110
30.
Sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarning qoplanishi
6510—6530
5110
31.
Taʼsischilarga hisoblangan dividendning toʻlanishi
6610
5110
32.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan qarz summasining qoplanishi
6110, 6120
5110
33.
Qisqa muddatli kredit va qarzlarning qoplanishi
6810—6840
5110
34.
Uzoq muddatli kredit va qarzlarning joriy qismining qoplanishi
6950
5110
35.
Hisoblangan foizlar boʻyicha qarzlarning qoplanishi
6920
5110
36.
Ijaraga beruvchiga tegishli boʻlgan toʻlovlar toʻlandi
3-§. Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5200)
215. Oʻzbekiston Respublikasi va chet mamlakatlar hududidagi banklar schyotlaridagi chet el valyutasidagi pul mablagʻlarining mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”;
5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari”;
216. 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari” va 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari” schyotlarining debetida valyuta schyotlariga pul mablagʻlarining kelib tushishi, kreditida esa pul mablagʻlarining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank koʻchirmasini tekshirish natijasida aniqlangan sugʻurtalovchining valyuta schyotining debeti yoki kreditiga xatolik bilan oʻtkazilgan summalar 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” yoki 6960 “Daʼvolar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotlari bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida valyuta schyoti boʻyicha operatsiyalar bank koʻchirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi.
Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar boʻyicha analitik hisob, chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir schyot boʻyicha yuritiladi.
217. Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5200)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Ijaraga berilgan asosiy vositalar boʻyicha ijarachidan ijara toʻlovlarining kelib tushishi
5210, 5220
4810, 4820
2.
Mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar, asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotilishidan valyutaning kelib tushishi
5210, 5220
4010
3.
Kassadan valyuta mablagʻlarining valyuta schyotiga topshirilishi
5210, 5220
5020
4.
Ishlatilmagan chek va akkreditiv summasining valyuta schyotiga oʻtkazilishi
5210, 5220
5510—5520
5.
Ilgari qisqa muddatli investitsiyalar tartibida berilgan qarzning qaytarilishi
5210, 5220
5830
6.
Ilgari berilgan boʻnaklarning qaytarilishi
5210, 5220
4310—4340
7.
Qondirilgan daʼvolar summasining kelib tushishi
5210, 5220
4860
8.
Olingan boʻnaklar summasi
5210, 5220
6300, 7310
9.
Ilgari aksiyalarga obuna boʻlgan taʼsischilardan ulush summasining kelib tushishi
5210, 5220
4610
10.
Nominal qiymatdan yuqori bahoda sotilgan aksiyalardan emission daromadning kelib tushishi
5210, 5220
8410
11.
Sugʻurta agenti va brokeridan sugʻurta mukofotining kelib tushishi
5210, 5220
4040
12.
Sugʻurtalanuvchilardan sugʻurta mukofotlarining kelib tushishi
5210, 5220
4030
13.
Qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarning kelib tushishi
5210, 5220
4050
14.
Qayta sugʻurta qilish boʻyicha zarar ulushi qoplamasining kelib tushishi
5210, 5220
4060
15.
Sugʻurtalovchining sugʻurtalanuvchi oldidagi qarzining qoplanishi
6030
5210, 5220
16.
Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha qarzdorlikning qoplanishi
6050
5210, 5220
17.
Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha qarzdorlikning qoplanishi
6060
5210, 5220
18.
Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarning toʻlanishi
6080
5210, 5220
19.
Investitsiyaga valyuta mablagʻlarning qoʻyilishi
0600, 5800
5210, 5220
20.
Bankdan kassaga valyuta mablagʻlarining kelib tushishi
5020
5210, 5220
21.
Xususiy aksiyalarning chet el valyutasiga sotib olinishi
8610, 8620
5210, 5220
22.
Chet ellik mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarzlarning toʻlanishi
6010
5210, 5220
23.
Chet el valyutasida berilgan boʻnaklarning summasi
4310—4340
5210, 5220
24.
Ilgari olingan chet el valyutasidagi boʻnaklarning qaytarilishi
6300, 7310
5210, 5220
25.
Taʼsischilarga chet el valyutasida hisoblangan dividendning toʻlanishi
6610
5210, 5220
26.
Hisoblangan foizlar boʻyicha qarzlar qoplandi
6920
5210, 5220
27.
Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar qoplandi
6810—6840
5210, 5220
28.
Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarning joriy qismi qoplandi
6950
5210, 5220
29.
Ijaraga beruvchiga tegishli boʻlgan toʻlovlar toʻlandi
4-§. Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5500)
218. Oʻzbekiston Respublikasi hududi va chet mamlakatlardagi akkreditivlar, chek daftarchalari, boshqa toʻlov hujjatlaridagi (veksellardan tashqari) pul mablagʻlarining mavjudligi va harakati toʻgʻrisida, shuningdek, maqsadli moliyalashtirish (tushumlar) pul mablagʻlarining alohida saqlanadigan qismining harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
5510 “Akkreditivlar”;
5520 “Chek daftarchalari”;
5530 “Boshqa maxsus schyotlar”.
219. 5510 “Akkreditivlar” schyotida akkreditivdagi pul mablagʻlari hisobga olinadi. Akkreditivga pul mablagʻlarini oʻtkazish 5510 “Akkreditivlar” schyotining debetida va 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari” va boshqa schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
5510 “Akkreditivlar” schyoti boʻyicha akkreditivga hisobga olingan pul mablagʻlari ularning ishlatilishi boʻyicha (bank koʻchirmalariga asosan), 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar”ning debetiga hisobdan chiqariladi. Akkreditivdagi ishlatilmagan mablagʻlar, bank tomonidan ular qaysi schyotdan oʻtkazilgan boʻlsa, shu schyotlarga qayta tiklanganda 5510 “Akkreditivlar” schyotining krediti, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari” va boshqa schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
5510 “Akkreditivlar” schyoti boʻyicha analitik hisob sugʻurtalovchi tomonidan qoʻyilgan har bir akkreditiv boʻyicha alohida yuritiladi.
220. 5520 “Chek daftarchalari” schyotida chek daftarchalaridagi pul mablagʻlarining harakati hisobga olinadi. Chek daftarchalarini berishda pul mablagʻlarini deponentlash 5520 “Chek daftarchalari” schyotining debeti va 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari”, 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” va boshqa schyotlarning kreditida aks ettiriladi. Sugʻurtalovchi tomonidan berilgan cheklarning toʻlovi doirasidagi summa 5520 “Chek daftarchalari” schyotining kreditidan xarajat va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda hisobdan chiqariladi. Chek bilan berilgan, lekin bank tomonidan toʻlanmagan (toʻlovga taqdim etilmagan) summa 5520 “Chek daftarchalari” schyotida qoladi va ushbu 5520 “Chek daftarchalari” schyotining qoldigʻi bank koʻchirmalari bilan mos kelishi lozim. Bankka qaytarilgan cheklarning (foydalanilmay qolgan) summasi 5520 “Chek daftarchalari” schyotining kreditida 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari” va boshqa schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Kreditor korxonalar bilan hisob-kitob qilish uchun sugʻurtalovchi xodimlariga hisobdorlikka berilgan chek daftarchalaridagi mablagʻlarning harakati ustidan nazorat tezkor ravishda yuritiladi.
5520 “Chek daftarchalari” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir olingan chek daftarchalari boʻyicha yuritiladi.
221. 5530 “Boshqa maxsus schyotlar”da bankda maxsus saqlanadigan maqsadli moliyalashtiriladigan (tushumlar) mablagʻlar, shu jumladan ijtimoiy muassasalar, obyektlar (bolalar bogʻchasi va boshqalar)ni saqlash uchun ota-onalardan, oʻzga foydalanuvchilar va boshqa manbalardan kelib tushgan pul mablagʻlari; sugʻurtalovchining talabiga koʻra alohida schyotda yigʻiladigan va sarflanadigan kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish mablagʻlari; davlat idoralarining subsidiyalari va shu kabilarning harakati hisobga olinadi.
Sugʻurtalovchining ajratilgan boʻlinmalarga bankda joriy xarajatlarni (mehnat haqi, alohida xoʻjalik xarajatlari, xizmat safarlari va shu kabilar) amalga oshirish uchun ochilgan joriy schyotlarda ushbu koʻrsatilgan mablagʻlarning harakati alohida schyotda aks ettiriladi.
5530 “Boshqa maxsus schyotlar” boʻyicha analitik hisobni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi hududi va chet eldagi boshqa maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarining mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
222. Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5500)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Akkreditivlarga pul mablagʻlari oʻtkazildi
5510
5110—5220
2.
Qondirilgan daʼvolar summasining maxsus schyotga kelib tushishi
5510—5530
4860
3.
Depozit ishtirokchisi sifatida aksiya obunachilaridan boʻnak summasining olinishi
5530
6320
4.
Qisqa muddatli bank kreditlari hisobidan akkreditivlarga pul mablagʻlari oʻtkazildi
5510
6810
5.
Sotish xarajatlarining toʻlovi chek bilan amalga oshirildi
9410
5520
6.
Ishlatilmagan summaning muddat oxirida qaytarilishi: a) akkreditivlar b) chek daftarchalari
5110—5220 5110—5220
5510 5520
7.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga boʻlgan qarzni toʻlashda akkreditivdagi summa hisobdan chiqarildi
6010
5510
8.
Akkreditivdan boʻnakning berilishi
4310—4340
5510
9.
Sugʻurta boʻyicha qarzlarning akkreditiv mablagʻlari hisobiga qoplanishi
6510
5510
10.
Boshqa kreditorlarning xizmatlari uchun toʻlovlarda ishlatilgan cheklar summasini hisobdan chiqarish
6990
5520
11.
Maxsus schyotdan shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan qarzning toʻlanishi
6120
5530
12.
Sotib olingan putyovkalar uchun maxsus schyotdan toʻlangan summa
5610
5530
13.
Chek daftarchalaridagi ishlatilmagan mablagʻlarning qisqa muddatli bank kreditlarini qoplash uchun qaytarilishi
6810
5520
14.
Akkreditivdagi ishlatilmagan mablagʻning uzoq muddatli bank kreditlarini qoplash uchun qaytarilishi
6950, 7810
5510
15.
Hisoblangan foizlar boʻyicha qarzlarning qoplanishi
6920
5510—5530
16.
Ijaraga beruvchiga tegishli boʻlgan toʻlovlar toʻlandi
6910, 6950
5530
5-§. Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar (5600)
223. Sugʻurtalovchi kassasidagi pul ekvivalentlarining (pochta markalari va boshqalar) mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 5610 “Pul ekvivalentlari (turlari boʻyicha)” schyotida amalga oshiriladi.
5610 “Pul ekvivalentlari (turlari boʻyicha)” schyotida markalar, pattalar va boshqa pul ekvivalentlari nominal qiymati boʻyicha hisobga olinadi. Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotning debetida pul ekvivalentlarini sotib olish pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda, kreditida esa pul ekvivalentlarining sarflanishi xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar (5600) boʻyicha analitik hisob ularning turlari boʻyicha yuritiladi.
224. Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar (5600)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Pul ekvivalentlarining naqd pulga xarid qilinishi
5610
5010, 5020
2.
Pul ekvivalentlarini hisob-kitob schyotidan pul mablagʻlarini oʻtkazish orqali xarid qilinishi
5610
5110
3.
Hisobdor shaxslar orqali pul ekvivalentlarining xarid qilinishi
5610
4220—4290 6970
4.
Turli shaxslardan pul ekvivalentlarining xarid qilinishi
5610
6990
6-§. Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)larini hisobga oluvchi schyotlar (5700)
225. Yoʻldagi pul mablagʻlari (naqd pulga va pul oʻtkazish orqali mahsulot sotishdan olingan daromad) toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 5710 “Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)lari” schyotida amalga oshiriladi.
226. 5710 “Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)lari” schyotida saqlash joyidan chiqib ketgan, ammo moʻljallangan joyiga yetib bormagan pul mablagʻlari (inkassatorga berilgan sotishdan olingan tushumlar, pul oʻtkazmalari) hisobga olinadi.
Ushbu schyot tranzit schyot hisoblanadi va pul mablagʻlarining harakati ustidan uzluksiz nazoratni oʻrnatish uchun bogʻlovchi vazifasini bajaradi.
5710 “Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)lari” schyotining debetida pulni inkassatorlarga topshirish kassadagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Pul mablagʻlari kirim qilingandan keyin 5710 “Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)lari” schyoti kreditlanib, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)larini hisobga oluvchi schyot (5700)ning analitik hisobi ularning turlari boʻyicha yuritiladi.
227. Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)larini hisobga oluvchi schyotlar (5700)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Kassadagi naqd pullarni bankdagi hisob-kitob schyotiga oʻtkazish uchun inkassatorga topshirildi
5710
5010, 5020
2.
Xaridorlarning qarzlari kelib tushgan pul oʻtkazmalari boʻyicha qoplandi
5710
4010
3.
Bankka hali kelib tushmagan pul mablagʻlarini oʻtkazish orqali boʻnak olish
5710
6300, 7310
4.
Turli debitorlardan pul oʻtkazmalarini olish
5710
4890
5.
Ajratilgan boʻlinmalardan pul oʻtkazmalarini olish
5710
4110
6.
Yoʻldagi pul mablagʻlari kassaga kelib tushdi
5010—5020
5710
7.
Yoʻldagi pul mablagʻlari bankdagi hisob-kitob schyotiga kelib tushdi
7-§. Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (5800)
228. Sugʻurtalovchining boshqa korxonalar qimmatli qogʻozlariga qilingan qisqa muddatli (bir yil muddatdan koʻp boʻlmagan) investitsiyalari (qoʻyilmalar) davlat qarzlarining foizli obligatsiyalari, boshqa korxonalarga berilgan qarzlar va boshqalarning naqdligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
5810 “Qimmatli qogʻozlar”;
5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar”;
5890 “Boshqa joriy investitsiyalar”.
229. 5810 “Qimmatli qogʻozlar” schyotida aksiyalarga, davlat qarzlarining foizli obligatsiyalariga va boshqa qimmatli qogʻozlariga qoʻyilgan qisqa muddatli investitsiyalarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlar 5810 “Qimmatli qogʻozlar” schyotiga sotib olish qiymatida kirim qilinadi.
Sugʻurtalovchida aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlarning sotib olinishi 5810 “Qimmatli qogʻozlar” schyotining debetida va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar va agar qimmatli qogʻozlar uchun toʻlov moddiy yoki boshqa qiymatliklar (pul mablagʻlaridan tashqari) orqali amalga oshirilsa, moddiy va boshqa qiymatliklarning sotilishini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida hisobga olinadi.
Agar sotib olingan obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlarning sotib olish bahosi ularning nominal qiymatidan farq qilsa, u holda sotib olish va nominal qiymati oʻrtasidagi farqni shunday hisobdan chiqarish yoki qoʻshimcha hisoblanishi kerakki, 5810 “Qimmatli qogʻozlar” schyotida hisobga olingan qimmatli qogʻozlarning bahosi ularni qoplash davrida nominal qiymatiga muvofiq boʻlishi lozim. Sotib olish va nominal qiymati oʻrtasidagi farq qoplanadigan vaqtgacha boʻlgan davrda 5810 “Qimmatli qogʻozlar” schyotining debeti (qoʻshimcha hisoblash)da yoki krediti (hisobdan chiqarish) da, 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” yoki 9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar” schyotlari bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
5810 “Qimmatli qogʻozlar” schyotida hisobga olingan obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlarning qoplanishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 5810 “Qimmatli qogʻozlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
230. 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” schyotida sugʻurtalovchining boshqa korxonalarga qisqa muddatga bergan pulli va boshqa qarzlarining harakati hisobga olinadi.
Berilgan qarzlar 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” schyotining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Qarzlarning qaytarilishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
231. 5890 “Boshqa joriy investitsiyalar” schyotida sugʻurtalovchilarning bank va boshqa omonatlarga soʻmda va chet el valyutasidagi qoʻyilmalarining harakati hisobga olinadi.
Omonatlarga pul mablagʻlarining oʻtkazilishi sugʻurtalovchilarda 5890 “Boshqa joriy investitsiyalar” schyotining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Hisobda bank tomonidan omonatlar summasi qaytarilganda sugʻurtalovchida teskari yozuv amalga oshiriladi.
Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (5800) boʻyicha analitik hisob qisqa muddatli investitsiyalarning turlari va ushbu qoʻyilmalar amalga oshirilgan obyektlar (qimmatli qogʻozlarni sotuvchi-korxonalar, omonatlar va hokazolar) boʻyicha yuritiladi.
232. Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (5800)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Qimmatli qogʻozlar mahsulotlar, tovarlar, ish, xizmatlarni berish yoʻli bilan xarid qilindi
5810
9030
2.
Qimmatli qogʻozlar asosiy vositalar va boshqa aktivlarni berish yoʻli bilan xarid qilindi
5810
9210, 9220
3.
Uzoq muddatli investitsiyalarning tarkibiy oʻzgarishi (restrukturizatsiya) amalga oshirildi
5810
0610
4.
Qimmatli qogʻozlar naqd pulga xarid qilindi
5810
5010
5.
Qimmatli qogʻozlar qiymati bankdagi schyotdan toʻlanishi orqali xarid qilindi
Aksiyalarning toʻlov sifatida qimmatli qogʻozlarning kelib tushishi
5810
4610
8.
Qimmatli qogʻozlarni sotilishi
5110
5810
9.
Sugʻurtalovchining qarzi qimmatli qogʻozlar bilan qoplanishi
6990
5810
10.
Majburiyatlar uchun garov sifatida aksiyalarning berilishi
6010
5810
11.
Xaridorga veksel summasiga daʼvo bildirilishi
4860
5810
12.
Daʼvo muddati tugaganligi tufayli veksel boʻyicha qarzni zarar hisobiga chiqarish
9690
5810
13.
Inventarizatsiya natijasida qimmatli qogʻozlarning kamomadi
4730
5810
14.
Qisqa muddatli qarzlarning asosiy vosita va boshqa aktivlar koʻrinishida berilishi
5830
9210, 9220
15.
Qisqa muddatli qarzlarning tovar va xizmatlar koʻrinishida berilishi
5830
9030
16.
Boshqa korxonalar tomonidan qisqa muddatli qarzlarning qaytarilishi
5110
5830
8-§. Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar va boshqa joriy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (5900)
233. Qiymatliklarni tayyorlash, saqlash, sotish va inventarizatsiya qilish jarayonlarida aniqlangan kamomad, talon-toroj va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotish summalari, shuningdek, ushbu boʻlimning yuqorida keltirilgan schyotlarida hisobga olinmagan, biroq sugʻurtalovchi mulki hisoblangan boshqa joriy aktivlarning mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar”;
5920 “Boshqa joriy aktivlar”.
234. Tovar-moddiy zaxiralari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning kamomadi va buzilishi 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyotining debeti va tovar-moddiy zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar va asosiy vositalar va boshqa aktivlarning sotilishi hamda turli chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
235. 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyotining kreditida quyidagi:
a) qiymatliklarning tabiiy yoʻqotish meʼyorlaridan ortiq kamomadlari, qiymatliklarning buzilishi, yoʻqolishi va oʻgʻirlanishining aniq aybdorlari aniqlanganda — 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar”, 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotlarining debeti;
b) qiymatliklarning tabiiy yoʻqotish meʼyorlaridan ortiq buzilishi va oʻgʻirlanishidan yoʻqotishlar, aniq aybdor shaxsi aniqlanmaganda va daʼvo tasdiqlanmaganligi natijasida sudning eʼtirozi — 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” debetiga hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti boʻyicha analitik hisob ularning turlari boʻyicha yuritiladi.
236. 5920 “Boshqa joriy aktivlar” schyotining debetida ushbu boʻlimning yuqorida keltirilgan schyotlarida hisobga olinishi moʻljallanmagan joriy aktivlar aks ettiriladi. 5920 “Boshqa joriy aktivlar” schyotining kreditida boshqa joriy aktivlarning sarflanishi aks ettiriladi.
5920 “Boshqa joriy aktivlar” schyoti boʻyicha analitik hisob ularning turlari boʻyicha yuritiladi.
237. Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar va boshqa joriy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (5900)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
TMZning yoʻqolishi va buzilishidan kamomadlar
5910
1010—1090
2.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning yoʻqolishi va buzilishidan yoʻqotishlar
5910
9210, 9220
3.
Aybdor shaxslardan undirilishi lozim boʻlgan summalar
4860, 4730
5910
4.
Undirilmagan summalar hisobdan chiqarildi, shuningdek, kamomadlar zararga olib borildi
9430
5910
5.
Pul oʻtkazish yoʻli bilan boshqa joriy aktivlar sotib olindi
5920
5110
6.
Hisobdor shaxslar orqali boshqa joriy aktivlar sotib olindi
5920
4220—4290 6970
7.
Boshqa joriy aktivlarning sarflanishi
Xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar
5920
III boʻlim. Majburiyatlar
VI kichik boʻlim. Joriy majburiyatlar
238. Ushbu kichik boʻlimning schyotlari sugʻurtalovchining yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi joriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
239. Chet el valyutasidagi majburiyatlar ushbu boʻlimdagi schyotlarda pulli hisob-kitob hujjatlaridan koʻchirma olingan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha chet el valyutasini qayta hisoblash yoʻli bilan, soʻmda hisobga olinadi. Kreditorlik qarzlarini hisobot oyining oxirgi sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qayta baholaganda vujudga kelgan kurs farqlari 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” (ijobiy kurs farqi boʻlganda) yoki 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” (salbiy kurs farqi boʻlganda) schyotiga olib boriladi.
240. Ushbu boʻlimda quyidagi schyotlar boʻyicha hisob yuritish tartibi yoritiladi:
6000 — Toʻlanadigan schyotlar;
6100 — Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar;
6200 — Kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar;
6300 — Olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar;
6400 — Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar;
6500 — Sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar;
6600 — Taʼsischilarga boʻlgan qarzni hisobga oluvchi schyotlar;
6700 — Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar
6800 — Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar;
6900 — Turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar.
1-§. Toʻlanadigan schyotlar (6000)
241. Tovar-moddiy qiymatliklar, bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar, shuningdek, tashish boʻyicha olingan xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga boʻlgan joriy majburiyatlar, sugʻurta operatsiyalari boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar”;
6011 “Oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar”;
6040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan schyotlar”;
6050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar”;
6060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar”;
6070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar”;
6080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar”;
6090 “Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan schyotlar”.
242. 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti haqiqatda kelib tushgan TMZ va boshqa aktivlar, qabul qilingan ish va xizmatlarning qiymatiga ushbu qiymatliklarni yoki tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda kreditlanadi.
Agar omborga kelib tushgan moddiy qiymatliklarning sifati, miqdori, shuningdek, bahosi shartnomada kelishilgan shartlarga mos kelmasa, 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyoti bilan bogʻlangan holda tegishli summaga kreditlanadi.
6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir mol yetkazib beruvchi va pudratchi boʻyicha alohida yuritiladi.
243. 6011 “Oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti boʻyicha oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha pudratchilarning bajargan ishlari boʻyicha majburiyatlar hisobga olinadi. Sugʻurtalovchi tomonidan oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha ishlar qabul qilib olinganda, oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida bajarilgan ishlar summasiga, 8040 “Oldini olish chora-tadbirlari zaxirasi” schyotining debeti 6011 “Oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Avval oldini olish chora-tadbirlari uchun berilgan boʻnak mablagʻlari hisobidan oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha vujudga kelgan kreditorlik qarzdorlikni qoplash, 6011 “Oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti va 4330 “Oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun berilgan boʻnaklar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, provodka berish orqali amalga oshiriladi. Oldini olish chora-tadbirlari uchun qoʻshimcha toʻlov summasiga, 6011 “Oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
244. 6020 “Berilgan veksellar” schyotining kreditida sotib olingan TMZ va boshqa aktivlar, qabul qilingan ish va xizmatlar uchun veksellar bilan taʼminlangan joriy majburiyatlar hisobga olinadi va ularni qoplash davrigacha hisobda turadi. Veksellar boʻyicha majburiyatlar qoplanishiga qarab ular pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditidan 6020 “Berilgan veksellar” va 6920 “Hisoblangan foizlar” schyotlarining debetiga hisobdan chiqariladi.
6020 “Berilgan veksellar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir berilgan veksel boʻyicha yuritiladi.
245. 6030 “Sugʻurtalanuvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotida sugʻurtalovchining sugʻurtalanuvchilarga sugʻurta tovonini toʻlash boʻyicha majburiyatlari aks ettiriladi. Sugʻurta tovoni hisoblanganda 6030 “Sugʻurtalanuvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti muvofiq ravishda 9431, 9432, 2210, 2220 schyotlar bilan kreditlanadi. Sugʻurta tovonining toʻlanishi 6030 “Sugʻurtalanuvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda provodka bilan rasmiylashtiriladi.
Sugʻurtalovchilar hayot sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta zaxiralarining vaqtincha boʻsh mablagʻlaridan sugʻurta polisi kafolati ostida sugʻurtalanuvchilarga ssudalar berishi mumkin. Sugʻurtalanuvchi tomonidan ssudani oʻz vaqtida qaytarmagan holatda, sugʻurtalanuvchining ssudalar boʻyicha qarzdorligini sugʻurta tovoni summasidan ushlab qolish 6030 “Sugʻurtalanuvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotning debeti 4070 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi. Ssudalar boʻyicha hisoblangan foizlarning sugʻurta tovoni hisobidan ushlab qolinishi 6030 “Sugʻurtalanuvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotning debeti 4830 “Olinadigan foizlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirgan holda rasmiylashtiriladi.
246. 6040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan schyotlar” schyotida sugʻurta agentlari va brokerlariga hisoblangan komission mukofotlar summasi aks ettiriladi. Komission mukofotlarning hisoblanishi 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyoti debeti 6040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi. Komission mukofotlarning toʻlanishi 6040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi. Agar agentlik kelishuvida qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda, sugʻurta agentlari yoki brokerlariga komission mukofotlarning ushlab qolinishi nazarda tutilgan boʻlsa, ushlab qolingan komission mukofotlar summasiga, 6040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti 4040 “Sugʻurta agentlari va brokerlaridan olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
247. 6050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotida qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan shartnomalar boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari aks ettiriladi. Qayta sugʻurtalanuvchiga toʻlanadigan sugʻurta tovonining hisoblanishi 2230 “Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyotining debeti 6050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi. Tovon ulushi toʻlanganda 6050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyoti debeti boʻyicha pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlanadi.
248. 6060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotida sugʻurtalovchining qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalari boʻyicha majburiyatlari aks ettiriladi. Qayta sugʻurta mukofoti hisoblanganda ushbu summaga, 9040 “Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlangan sugʻurta mukofotlari” schyotining debeti 6060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Sugʻurta mukofotining qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq toʻlanishi 6060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyoti debeti boʻyicha pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda provodka bilan rasmiylashtiriladi.
249. 6070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar” schyotida qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalar boʻyicha depo mukofotlar aks ettiriladi. Agar qayta sugʻurta qilish shartnomasida sugʻurta mukofotlarini qayta sugʻurta qilishga berilayotgan tavakkalchiliklarning jami boʻyicha sugʻurta mukofotlarini maʼlum davr oraligʻida oʻtkazish nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu davr tugagunga qadar qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha hisoblangan sugʻurta mukofoti komission ragʻbatlantirishlar chegirilgan holatda deponentlangan (depo mukofot) hisoblanadi. Depo mukofotlarining hisoblanishi 6060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti boʻyicha 6070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi. Qayta sugʻurta qilish shartnomasida koʻrsatilgan muddatning tugashi bilan (qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta mukofotlarini toʻlash muddati kelganda) 6070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar” schyotining debeti 6060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda teskari provodka beriladi.
250. 6080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotida qayta sugʻurtalanuvchiga toʻlanadigan qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar aks ettiriladi. Komission ragʻbatlantirishlarning hisoblanishi, 6080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining debeti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi. Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tanyemalar va yigʻimlarning toʻlanishi 6080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyoti debeti boʻyicha pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi.
Odatda, qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar qayta sugʻurta qilish shartnomasida aks ettiriladi va qayta sugʻurtalanuvchi tomonidan sugʻurta mukofotlarini qayta sugʻurta qilishga oʻtkazishda ushlab qolinishi mumkin. Agar qayta sugʻurta qilish shartnomasida qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar summasi qonunchilikda belgilangan tartibda ushlab qolinishi nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu summa, 6080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti 4051 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, aks ettiriladi.
251. 6090 “Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan schyotlar” schyotida aktuariylar (aktuar tashkilotlar), adjasterlar (adjaster tashkilotlar), syurveyerlar (syurveyerlik tashkilotlari), assistanslar (assistans xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tashkilotlar)ga toʻlanadigan summalar aks ettiriladi. Majburiyatlarning hisoblanishi 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining debeti 6090 “Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi. Yuqoridagi subyektlar xizmat haqlarining toʻlanishi 6090 “Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti bilan pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi.
Mol yetkazib beruvchilardan oʻrnatiladigan asbob-uskunalar kelib tushdi
0710, 0720
6010
2.
Kapital qoʻyilmalar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning bajargan ishlari va koʻrsatgan xizmatlari yuzasidan berilgan schyotlar toʻlovga qabul qilindi
0810—0890
6010
3.
Mol yetkazib beruvchilardan materiallar kelib tushdi
1010—1090
6010
4.
Mol yetkazib beruvchilardan oʻstirishga va boquvga hayvonlar kelib tushdi
2710
6010
5.
Mol yetkazib beruvchilardan turli TMZ kelib tushdi (1510 schyoti qoʻllanilganda)
1510
6010
6.
Mol yetkazib beruvchilardan tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilishda hisobga olingan QQS summasi
4410
6010
7.
Sugʻurtalovchi tomonidan asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik, umumishlabchiqarish va boshqaruv ehtiyojlari uchun mol yetkazib beruvchilarning bajargan ish va xizmatlari (jumladan: energiya, gaz, bugʻ, suv) qabul qilindi
2010, 2310, 2510, 2710, 9420
6010
8.
Mol yetkazib beruvchilardan kelgusi davr xarajatlariga tegishli boʻlgan ish va xizmatlar qabul qilindi
3190
6010
9.
Mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlarni sotishda mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar koʻrsatgan ish va xizmatlar qabul qilindi
9410
6010
10.
Tabiiy ofatlarni tugatish boʻyicha mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning xizmatlari qabul qilindi
9720
6010
11.
Oldini olish chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun pul mablagʻlarining hisoblanishi
8040
6010
12.
Oldini olish chora-tadbirlari zaxirasi pul mablagʻlarini oʻtkazish
6010
5110
13.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga boʻlgan qarzlar bankdagi schyotlardan toʻlandi
6010
5110—5530
14.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning schyotlarini toʻlashda oldindan berilgan boʻnaklarning hisobga olinishi
6010
4310—4340
15.
Daʼvo muddati tugagan kreditorlik qarzlari hisobdan chiqarish summalari
6010
9360
16.
Kreditorlik qarzini toʻlash uchun mol yetkazib beruvchiga oddiy veksel berildi
6010
6020
17.
Amalga oshirilgan oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha ishlarning sugʻurtalovchi tomonidan qabul qilib olinishi
8040
6011
18.
Oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha vujudga kelgan kreditorlik qarzdorlik hisobiga oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha avval berilgan boʻnaklarni hisobga olish
6011
4330
19.
Amalga oshirilgan oldini olish chora-tadbirlari uchun qoʻshimcha toʻlov
6011
Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar
20.
Sugʻurta tovonini hisoblash
2210—2220
6030
21.
Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlarining hisoblanishi
9431—9432
6030
22.
Sugʻurta tovonining toʻlanishi
6030
Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar
23.
Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan ssudalar boʻyicha sugʻurtalanuvchining qarzdorligini sugʻurta tovoni summasidan ushlab qolish
6030
4070
24.
Sugʻurta qoplamasini toʻlashda vaqtida toʻlanmagan navbatdagi sugʻurta mukofotini ushlab qolish
6030
4030
25.
Agentlik kelishuviga muvofiq sugʻurta vositachisiga hisoblangan komission mukofotlar summasining ushlab qolinishi
6040
4040
26.
Sugʻurta agentlari va brokerlariga komission mukofotlarni hisoblash
2010
6040
27.
Sugʻurta agentlari va brokerlariga hisoblangan komission mukofotlarning toʻlanishi
6040
Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar
28.
Qayta sugʻurtalanuvchiga toʻlanadigan sugʻurta tovonini hisoblash
2230
6050
29.
Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan shartnomalar boʻyicha tovon ulushini toʻlash
6050
Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar
30.
Qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalar boʻyicha qayta sugʻurta mukofotini hisoblash
9040
6060
31.
Qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalar boʻyicha qayta sugʻurta mukofotining toʻlanishi
6060
Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar
32.
Qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalar boʻyicha depo mukofotlarni hisoblash (ushbu provodka qayta sugʻurta mukofoti hisoblangandan soʻng amalga oshiriladi)
6060
6070
33.
Qayta sugʻurta qilish berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta mukofotlarini toʻlash muddatining kelishi (qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlarning hisobdan chiqarilishi)
6070
6060
34.
Qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarning hisoblanishi
2010
6080
35.
Qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalar boʻyicha komission ragʻbatlantirishlarning ushlab qolinishi
6080
4051
36.
Qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarning toʻlanishi
2-§. Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar (6100)
253. Sugʻurtalovchining ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan joriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar”.
254. 6110 “Ajratilgan boʻlinmalarga toʻlanadigan schyotlar” schyotida sugʻurtalovchining umumiy balansiga qoʻshiladigan filiallar va vakolatxonalarning joriy majburiyatlari (ichki xoʻjalik yoki ichki balans hisob-kitoblari) hisobga olinadi.
6110 “Ajratilgan boʻlinmalarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining kreditida turli xildagi muomalalar boʻyicha ajratilgan boʻlinmalar oldidagi joriy majburiyatlar tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablagʻlari, xarajat va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
255. 6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar” schyotida shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga joriy majburiyatlar (balanslararo hisob-kitoblar yoki ichki idoraviy hisob-kitoblar) hisobga olinadi.
6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining kreditida turli xildagi muomalalar boʻyicha shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari oldidagi joriy majburiyatlar tovar moddiy qiymatliklar, pul mablagʻlari, xarajatlar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
6110 “Ajratilgan boʻlinmalarga toʻlanadigan schyotlar” va 6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar” schyotlari boʻyicha analitik hisob har bir ajratilgan boʻlinma, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyati boʻyicha alohida yuritiladi.
256. Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar (6100)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Ajratilgan boʻlinmalardan, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan tovar-moddiy qiymatliklar olindi
0710—0890 1010
6110, 6120
2.
Xuddi shu holat, 1510 schyotni qoʻllagan holda
1510
6110, 6120
3.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olingan TMZlar qiymatidagi farqlar hisobga olindi
1610
6110, 6120
4.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik, umumishlabchiqarish va boshqaruv ehtiyojlari boʻyicha koʻrsatgan xizmatlar qabul qilindi
2010, 2310, 2510, 2710, 9420
6110, 6120
5.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari koʻrsatgan xizmatlar kelgusi davr xarajatlari tarkibida hisobga olindi
3190
6110, 6120
6.
Ajratilgan boʻlinmalardan kassaga naqd pul kelib tushdi (yoʻllanmalar uchun)
5010
6110
7.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan pul mablagʻlari kelib tushdi
5110—5530
6110, 6120
8.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan pul ekvivalentlari kelib tushdi
3-§. Kechiktirilgan majburiyatlar va sugʻurta mukofotlarini hisobga oluvchi schyotlar (6200)
257. Vaqtinchalik farqlar natijasida vujudga keladigan kechiktirilgan joriy majburiyatlar, toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta va qayta sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta mukofotlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
6270 “Qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari”;
6280 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari”;
6290 “Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar”.
258. 6210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyotida qoplanish davri davomida daromadga taqsimlanadigan obligatsiyalarning diskont (chegirma)lari boʻyicha sugʻurtalovchining kechiktirilgan uzoq muddatli daromadlarining joriy qismi aks ettiriladi. Ushbu schyot faqat obligatsiyalarni sotib oluvchi tomonidan qoʻllaniladi. Obligatsiyalar diskont bilan sotib olinganda, diskont summasi 6210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti kreditida, toʻlangan summa esa pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida va qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar yoki uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi. Obligatsiyalar diskont (chegirma)larining joriy qismini daromadlarga oʻtkazishda 9530 “Foizlar koʻrinishidagi daromadlar” schyoti kreditlanadi va 6210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti debetlanadi.
6210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir obligatsiyaning turi va qoplash muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
259. 6220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti qoplanish davri davomida daromadga taqsimlanadigan obligatsiyalar mukofoti (ustamasi) boʻyicha sugʻurtalovchining uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarining joriy qismini aks ettiradi. Ushbu schyot faqat obligatsiya sotuvchilarda qoʻllaniladi. Obligatsiyalar mukofot bilan sotilganda, mukofot (ustama) summasi 6220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti, obligatsiyaning nominal qiymati esa 6830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” (qisqa muddatli) yoki 7830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” (uzoq muddatli) schyotining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Obligatsiyalarning mukofot (ustama)lari joriy qismini daromadlarga oʻtkazishda 9530 “Foizlar koʻrinishidagi daromadlar” schyoti kreditlanadi va 6220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti debetlanadi.
6220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir obligatsiyaning turi va qoplash muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
260. 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyotida hisobot davrida boʻnak sifatida olingan (hisoblangan), ammo kelgusi davrlarga tegishli boʻlgan daromadlar aks ettiriladi. Kechiktirilgan daromadlar ijara toʻlovlari, chiptalarning sotilishi; jurnallarga obuna toʻlovi va boshqa koʻrinishlarda boʻlishi mumkin. Hali yetkazib berilmagan tayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilmagan ishlar va koʻrsatilmagan xizmatlar uchun pul mablagʻlari kelib tushganda 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda kreditlanadi. Kelgusi hisobot davriga tegishli daromadlar tayyor mahsulotlar, tovarlar sotilganda, ishlar bajarilganda va xizmatlar koʻrsatilganda daromad sifatida tan olinadi va 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyotining debetidan 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” va 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotlarining kreditiga hisobdan chiqariladi.
6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir daromad turi boʻyicha alohida yuritiladi.
261. 6240 “Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar” schyotida masʼul Hukumat idoralarining qarori boʻyicha qonunchilikka muvofiq toʻlanishi kechiktirilishiga ruxsat etilgan soliqlar boʻyicha budjet oldidagi qarzlar va majburiy toʻlovlarning joriy qismi aks ettiriladi. 6240 “Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar” schyotining kreditida kechiktirilgan joriy toʻlovlar summasi budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6400), sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500) bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi.
6240 “Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir kechiktirilgan soliq va toʻlovlar turi boʻyicha alohida yuritiladi.
262. 6250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi boʻyicha majburiyatlar” schyotida vaqtinchalik farqlar natijasida yuzaga kelgan kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi summasi aks ettiriladi.
Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻiga doir majburiyatlarning tegishli joriy qismi 7250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlar” schyotidan 6250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi boʻyicha majburiyatlar” schyotiga oʻtkaziladi. Keyinchalik vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi vujudga kelishiga qarab 6250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi boʻyicha majburiyatlar” schyoti 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” schyoti bilan bogʻlanadi.
263. 6270 “Qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotida qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan shartnomalar boʻyicha olingan sugʻurta mukofotlari aks ettiriladi. Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofoti hisoblanganda, mukofot summasi 4050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti 6270 “Qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Hisobot davri oxirida 6270 “Qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotining kredit tomonidagi qoldigʻi debet boʻyicha 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
264. 6280 “Toʻgʻridan toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotida sugʻurta shartnomalari boʻyicha olingan sugʻurta mukofotlari hisobga olinadi. Sugʻurta mukofotlarining toʻlanishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti 6280 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, rasmiylashtiriladi. Bundan tashqari, ushbu schyot quyidagi schyotlar bilan ham bogʻlanishi mumkin:
toʻlanadigan dividendlarni hisobga oluvchi schyotlar (6610);
xodimlar bilan mehnat haqi boʻyicha hisob-kitoblarni hisobga oluvchi schyotlar (6710).
Ushbu schyotning 6030 “Sugʻurtalanuvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti bilan bogʻlanishi, sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurtalanuvchiga toʻlanayotgan sugʻurta tovoni summasidan tiklovchi sugʻurta mukofotini yoki toʻlanmagan sugʻurta mukofotini ushlab qolishda amalga oshiriladi. Bunda 6030 “Sugʻurtalanuvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotning debeti 6280 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda yozuv amalga oshiriladi.
Hisobot davrining oxirida ushbu schyotning kredit tomonidagi qoldigʻi debeti boʻyicha 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kreditiga oʻtkaziladi. 6280 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyoti boʻyicha analitik hisob har sugʻurta shartnomasi boʻyicha yuritiladi.
265. 6290 “Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar” schyotida sugʻurtalovchining 6210 — 6250 schyotlarda koʻrsatilmagan boshqa kechiktirilgan majburiyatlari aks ettiriladi.
266. Kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar (6200)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Obligatsiyalar diskont bilan sotib olinganda diskont summasi
0600, 5800
6210, 5110—5530
2.
Joriy obligatsiyalar diskonti hisobdan chiqarilishi
6210
9530
3.
Kechiktirilgan diskontning uzoq muddatli qismi joriy qismga oʻtkazilishi
7210
6210
4.
Obligatsiyalar mukofot bilan sotilganda, mukofot summasi
5110—5530
6220
5.
Joriy obligatsiyalar mukofotining hisobdan chiqarilishi
6220
9530
6.
Kechiktirilgan mukofotlarning uzoq muddatli qismi joriy qismga oʻtkazildi
7220
6220
7.
Kelgusida joʻnatiladigan TMZ, koʻrsatiladigan xizmatlar, bajariladigan ishlar uchun pul mablagʻlari kelib tushdi
5110—5530
6230
8.
Kechiktirilgan daromadlarning tovarlar sotilganda va xizmatlar koʻrsatilishi bilan daromadga qoʻshilishi
6230
9030
9.
Ijara boʻyicha kechiktirilgan daromad summasi tegishli davrda daromadga qoʻshildi
6230
9350, 9550
10.
Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlarning joriy qismi hisobot davrida budjetga toʻlash uchun hisobdan chiqarildi
7240
6240
11.
Vaqtinchalik farqlar boʻyicha daromad (foyda) soligʻi boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar joriy qismiga oʻtkazildi
7250
6250
12.
Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olingan sugʻurta mukofotlarining koʻrsatilgan sugʻurta xizmatlari boʻyicha daromadlarga oʻtkazilishi
6270
9030
13.
Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan shartnomalar boʻyicha sugʻurta mukofotlarining hisoblanishi
4050
6270
14.
Sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotining toʻlanishi
Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar
6280
15.
Sugʻurta kompaniyasi tomonidan oʻz xodimlari bilan tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha toʻlovning ularning mehnat haqi hisobidan amalga oshirilishi
6710
6280
16.
Sugʻurta kompaniyasi tomonidan oʻz taʼsischilari bilan tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha toʻlovning ularning sugʻurtalovchi ustav kapitalida ishtirok etishidan olinadigan daromadlari hisobidan amalga oshirilishi
6610
6280
17.
Sugʻurtalanuvchilarning sugʻurta mukofotlari boʻyicha qarzdorligining vujudga kelishi
4030
6280
18.
Sugʻurta vositachisiga sugʻurta mukofoti tushganligi toʻgʻrisida sugʻurta vositachisidan xabarning olinishi
4040
6280
19.
Tiklovchi mukofot yoki toʻlanmagan sugʻurta mukofotining sugʻurta tovonidan ushlab qolish
6030
6280
20.
Avvaldan toʻlangan mukofotlar boʻyicha sugʻurta polisining berilishi
6330
6280
21.
Tegishli tovarlar partiyasi boʻyicha sugʻurta polisining berilish (bosh polis boʻyicha sugʻurtalash)
6330
6280
22.
Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta mukofotlarining sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlarga oʻtkazilishi
4-§. Olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (6300)
267. Buyurtmachilarga qisman tayyor holdagi TMZni yetkazib berishga yoki ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, aksiyaga obunachilardan olingan boʻnaklar boʻyicha joriy majburiyatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar”;
6320 “Aksiyaga obunachilardan olingan boʻnaklar”;
6330 “Sugʻurtalanuvchilardan olingan boʻnak sugʻurta mukofotlari”;
268. Sugʻurtalovchi xaridor va buyurtmachilarga xizmat koʻrsatish uchun ulardan boʻnak toʻlovini (oldindan toʻlashni) talab qilishi mumkin. Bunday holatda boʻnak TMZlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha shartnomaning bajarilishi, hamda xaridor va buyurtmachilardan kelgusidagi toʻlovlarning kelib tushishiga kafolat sifatida xizmat qiladi.
Bunday boʻnaklar pul mablagʻini olgan sugʻurtalovchi uchun mahsulot va tovarlarni yetkazib berish hamda ishlarni bajarish yoki xizmatlarni koʻrsatishni amalga oshirilishiga qadar majburiyat boʻlib hisoblanadi.
Olingan boʻnak summalari, shuningdek, qisman tayyor holdagi mahsulot (ish, xizmat) uchun qabul qilingan toʻlovlar summasi olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (6310, 6320, 6390)ning krediti va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi. Buyurtmachilarga ishlar tugatib topshirilganda va xizmatlar koʻrsatilganda shuningdek, xaridorlarga mahsulot yuklab joʻnatilganda, olingan boʻnaklar xaridor va buyurtmachilarning majburiyatlarini kamaytiradi va olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (6310, 6320, 6390)ning debeti va olinadigan schyotlar (4000) kreditiga olib boriladi.
Olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (6310, 6320, 6390) boʻyicha analitik hisob har bir olingan boʻnaklar turi boʻyicha alohida yuritiladi.
269. 6330 “Sugʻurtalanuvchilardan olingan boʻnak sugʻurta mukofotlari” schyotida sugʻurtalanuvchilar tomonidan oldindan toʻlangan boʻnak sugʻurta mukofotlari aks ettiriladi. Agar sugʻurta shartnomasida sugʻurta mukofotining avvaldan toʻlanishi va sugʻurta polisining sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan muddatda berilishi nazarda tutilgan boʻlsa, bunday holda sugʻurta mukofotining toʻlanishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti 6330 “Sugʻurtalanuvchilardan olingan boʻnak sugʻurta mukofotlari” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Sugʻurta polisining berilishi 6330 “Sugʻurtalanuvchilardan olingan boʻnak sugʻurta mukofotlari” schyotining debeti 6280 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda rasmiylashtiriladi.
Bosh polis boʻyicha sugʻurtalashni amalga oshirishda oldindan toʻlangan sugʻurta mukofoti (depozit) summasiga pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti 6330 “Sugʻurtalanuvchilardan olingan boʻnak sugʻurta mukofotlari” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Har bir tovar partiyasi boʻyicha sugʻurta polislari rasmiylashtirilganda muvofiq sugʻurta mukofoti summasiga kiritilgan depozit summasi kamaytiriladi va 6330 “Sugʻurtalanuvchilardan olingan boʻnak sugʻurta mukofotlari” schyotining debeti 6280 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar boʻyicha (6330) analitik hisob har bir olingan boʻnak boʻyicha yuritiladi.
Daʼvo bildirish muddati davomida foydalanilmagan boʻnak summalari hisobdan chiqarildi
6310—6390
9390
5-§. Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6400)
271. Budjetga toʻlovlar boʻyicha sugʻurtalovchining joriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” schyotida amalga oshiriladi.
272. 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” schyotining kreditida budjetga toʻlanishi kerak boʻlgan majburiyat summasi olinadigan schyotlar, davr xarajatlari, soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishi, mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Yakuniy hisob-kitobda, soliqlar va yigʻimlar boʻyicha budjetga ilgari oʻtkazilgan boʻnak toʻlovlari 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” schyotining debet tomonida budjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4400) bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Budjetga haqiqatda oʻtkazilgan summalar 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” schyotining debet tomonida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” schyoti boʻyicha analitik hisobi har bir soliq turlari boʻyicha alohida yuritiladi.
273. Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyot (6400)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Davr xarajatlariga taalluqli har xil ajratmalar, soliqlar va yigʻimlar boʻyicha budjetga qarzlar
9430
6410
2.
Tayyor mahsulotlarni, tovarlarni sotishda, ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish, shuningdek asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotish va turli ravishda chiqarishda QQS va aksiz summasi hisoblandi
4010
6410
3.
Budjetdan mablagʻlar qaytarildi yoki kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkazildi (yakuniy hisob-kitoblar va sh. k.)
5110, 5210, 5530, 4410
6410
4.
Jismoniy shaxslarning ish haqidan daromad soligʻi summasi ushlab qolindi
6710
6410
5.
Hisoblangan dividenddan daromad soligʻi summasi ushlab qolindi
6610
6410
6.
Foydadan budjetga toʻlovlar hisoblandi
9810—9890
6410
7.
Budjetga toʻlovlar oʻtkazib berildi
6410
5010—5530
8.
Moddiy resurslar, tovarlar, ishlar va xizmatlarga tegishli boʻlgan QQS summasi hisobga olindi
6410
4410
9.
Olingan kreditlar va qarzlar hisobidan budjetga qarzlar toʻlandi
6-§. Sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500)
274. Sugʻurtalovchi mulki va xodimlarini sugʻurta qilish, davlat ijtimoiy sugʻurtasi, sugʻurtalovchi xodimlarining nafaqa taʼminoti va tibbiy sugʻurtasi, maqsadli davlat jamgʻarmalariga ajratmalar, shuningdek, uchinchi shaxslar mulkiy manfaatlariga keltirilgan zararlar uchun fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha qarzlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
6510 “Sugʻurta boʻyicha toʻlovlar”;
6520 “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar”.
275. 6510 “Sugʻurta boʻyicha toʻlovlar” schyoti sugʻurtalovchining mulki va xodimini sugʻurtalash boʻyicha qarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
276. 6520 “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar” schyoti maqsadli davlat jamgʻarmalari oldidagi ajratmalar boʻyicha qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
277. Sugʻurta toʻlovlari va maqsadli davlat jamgʻarmalariga ajratmalar boʻyicha qarz summalari sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalari boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500)ning kredit tomonida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Sugʻurta toʻlovlari va maqsadli davlat jamgʻarmalariga ajratmalar boʻyicha qarz summalarining toʻlanishi sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalari boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500)ning debet tomonida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalari boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500) boʻyicha analitik hisob sugʻurtachilar va alohida sugʻurta shartnomalari, shuningdek sugʻurtalovchi toʻlovchi deb hisoblangan har bir maqsadli davlat jamgʻarmalari boʻyicha alohida yuritiladi.
278. Sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalari boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Kapital qoʻyilmalar bilan bogʻliq sugʻurta toʻlovlari boʻyicha qarz summalari
0810—0890
6510
2.
Sugʻurta boʻyicha hisoblangan toʻlovlar sugʻurtalovchi xarajatlariga oʻtkazildi
Xarajatlar ni hisobga oluvchi schyotlar
6510
3.
Hisoblangan sugʻurta toʻlovlari summasi bankdagi schyotlardan toʻlandi
6510
5110—5530
4.
Sugʻurtalovchi xodimi hisobidan maqsadli Davlat jamgʻarmalariga ajratmalar qilindi
6710
6520
5.
Xarajatga kiritilgan maqsadli davlat jamgʻarmalariga ajratmalar
Xarajatlar ni hisobga oluvchi schyotlar
6520
6.
Maqsadli davlat jamgʻarmalariga ilgari hisoblangan summalar oʻtkazib berildi
6520
5110—5530
7-§. Taʼsischilarga boʻlgan qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6600)
279. Sugʻurtalovchining taʼsischilar oldida dividendlar boʻyicha va chiqib ketayotgan taʼsischilar oldida ularning ulushlari boʻyicha joriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
6610 “Toʻlanadigan dividendlar”;
6620 “Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarzlar”.
280. Sugʻurtalovchi rahbariyati tomonidan aksiyalarga dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror eʼlon qilingandan soʻng, dividend summasi joriy majburiyat sifatida aks ettiriladi. Dividendlar aksiyalar boʻyicha qonunchilikka muvofiq taqsimlanadi.
281. 6610 “Toʻlanadigan dividendlar” schyoti hisoblangan dividend summasiga 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyoti bilan bogʻlangan holda kreditlanadi.
Dividendlar boʻyicha manbaida olinadigan soliqlarning hisoblanishi 6610 “Toʻlanadigan dividendlar” schyotining debeti 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha) schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
282. 6620 “Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarzlar” schyotining kredit tomonida sugʻurtalovchining chiqib ketayotgan taʼsischisi ulushlari boʻyicha hisoblangan majburiyatlari summasi 8330 “Pay va ulushlar”, 8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar — oddiy”, 8620 “Sotib olingan xususiy aksiyalar — imtiyozli” schyotlari bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
6610 “Toʻlanadigan dividendlar”, 6620 “Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarzlar” schyotlari boʻyicha analitik hisob (koʻrsatuvchiga aksiyalardan tashqari) har bir taʼsischi boʻyicha alohida yuritiladi.
283. Taʼsischilarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6600)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Aksiyadorlarga dividendlar hisoblandi
8710
6610
2.
Dividend toʻlash manbaida daromad soligʻi hisoblandi
6610
6410
3.
Hisoblangan dividendlar toʻlandi
6610
5010—5530
4.
Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarzlar hisoblandi
8330, 8610, 8620
6620
5.
Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarzlar toʻlandi
6620
5010—5530
8-§. Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700)
284. Sugʻurtalovchi roʻyxatida boʻlgan va roʻyxatda turmagan xodimlarga mehnatga haq toʻlash (mehnat haqining hamma turlari, mukofotlar, yordam, ishlaydigan pensiya oluvchilarga hisoblangan pensiya va boshqa toʻlovlar) boʻyicha joriy qarzlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlar”;
6720 “Deponentlangan ish haqi”.
285. 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlar” schyotining kredit tomonida mehnat haqi, ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar, pensiyalar va boshqa shu kabi summalar aks ettiriladi. 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlar” schyotining debet tomonida hisoblangan mehnat haqini toʻlash va undan ushlanmalar aks ettiriladi.
286. Har yilgi va qoʻshimcha taʼtil boʻyicha summalarni hisoblashda ushbu summalar mehnat haqi jamgʻarmasiga joriy oyga toʻgʻri keladigan taʼtil kunlari summasi miqdorida kiritiladi. Taʼtilning bir qismi keyingi oyga oʻtgan hollarda, ushbu kunlar uchun xodimlarga toʻlangan summalar joriy oyda berilgan boʻnak summasi kabi aks ettiriladi va 4290 “Xodimlarga berilgan boshqa boʻnaklar” schyotining debetida va 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagʻlari” schyotining kreditida koʻrsatiladi.
287. 6720 “Deponentlangan ish haqi” schyotida xodimlarning olinmagan ish haqi boʻyicha qarzlari aks ettiriladi.
6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlar” va 6720 “Deponentlangan ish haqi” schyotlari boʻyicha analitik hisob sugʻurtalovchining har bir xodimi boʻyicha alohida yuritiladi.
288. Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni hisobga oluvchi schyotlar (6700)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi.
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Kapital qoʻyilmalar sohasida band boʻlgan xodimlarga mehnat haqi hisoblandi
0810—0890
6710
2.
TMZlarni tayyorlash va sotib olish muomalalari boʻyicha mehnat haqi hisoblandi
1010—1090
6710
3.
TMZlarni tayyorlash va sotib olish muomalalari boʻyicha mehnat haqi hisoblandi (1510 schyoti qoʻllanganda)
1510
6710
4.
Mahsulot sotishda, boshqaruv va boshqa muomalalarda band boʻlgan xodimlarga mehnat haqi hisoblandi
9410—9430
6710
5.
Kelgusi davr xarajatlariga kiritiladigan ishlar uchun mehnat haqi hisoblandi (mavsumiy tarmoqlarda va boshqalar)
3190
6710
6.
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish jarayonlari boʻyicha hisoblangan mehnat haqi
9210
6710
7.
Ortiqcha toʻlangan summalar (mehnat haqi va hokazolar) kassaga qaytarildi
5010
6710
8.
Tabiiy ofatlar, yongʻinlarni bartaraf qilish bilan bogʻliq boʻlgan ishchilarga mehnat haqi hisoblandi
9720
6710
9.
Xodimlarga bir martalik mukofot hisoblandi
9430
6710
10.
Mahsulot, ish, xizmatlar qiymati sugʻurtalovchi ishchilaridan ushlab qolindi
6710
4790
11.
Xodimlarga hisoblangan summalar kassadan toʻlandi (mehnat haqi, mukofotlar va hokazo)
6710
5010
12.
Hisobdor shaxslarning qaytarmagan boʻnak summalari ushlab qolindi
6710
4220—4290
13.
Aksiyalarga obuna boʻyicha majburiyatlar qoplandi
6710
4610
14.
Kreditga sotib olingan tovarlar uchun hisob-kitoblar boʻyicha navbatdagi toʻlovlar ishchilardan ushlab qolindi
6710
4710
15.
Aybdor ishchilarning mehnat haqi summasidan yetkazilgan moddiy zararlar summasi ushlab qolindi
6710
4730
9-§. Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6800)
289. Sugʻurtalovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi va chet eldagi banklar va qarz beruvchilardan soʻmda va chet el valyutasida olingan turli qisqa muddatli (12 oy muddatgacha) kredit va qarzlarning holatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari”;
6820 “Qisqa muddatli qarzlar”;
6830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar”;
6840 “Toʻlanadigan veksellar”.
290. 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” schyotida sugʻurtalovchining banklardan olgan turli qisqa muddatli kreditlari hisobga olinadi.
Olingan qisqa muddatli bank kreditlarining summalari 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” schyotining kreditida va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi.
Qaytarilgan qisqa muddatli bank kreditlari summasi 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” schyotining debet tomonida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir kreditni taqdim etgan bank, kredit summasi, muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
291. 6820 “Qisqa muddatli qarzlar” schyotida Oʻzbekiston Respublikasi va chet eldagi qarz beruvchilar (bankdan tashqari)dan 12 oydan koʻp boʻlmagan muddatga olingan qarzlar hisobga olinadi.
Qarz beruvchilardan (bankdan tashqari) tushgan mablagʻlar pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 6820 “Qisqa muddatli qarzlar” schyotining krediti boʻyicha qayd qilib boriladi.
Olingan qarzlarni qaytarish 6820 “Qisqa muddatli qarzlar” schyotining debetida va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
6820 “Qisqa muddatli qarzlar” schyoti boʻyicha analitik hisob qarz beruvchilar va qarzlarni qaytarish muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
292. 6830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” schyotida toʻlov muddati 12 oydan ortiq boʻlmagan obligatsiyalarni muomalaga chiqarish hisobiga sugʻurtalovchiga jalb etilgan mablagʻlar hisobga olinadi. Agar mablagʻlarni jalb qilish obligatsiyalarni nominal qiymatidan yuqori bahoga sotish yoʻli bilan amalga oshirilsa, unda obligatsiyalarni sotish bahosi bilan nominal qiymati oʻrtasidagi farq 6220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyotining kreditida hisobga olinadi.
6830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir obligatsiya turi va uni qoplash muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
293. 6840 “Toʻlanadigan veksellar” schyotida qoplash muddati 12 oydan ortiq boʻlmagan berilgan veksellar hisobga olinadi.
Sugʻurtalovchida berilgan veksellarni hisobga olish muomalalari 6840 “Toʻlanadigan veksellar” schyotining krediti va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti tomonida aks ettiriladi.
Veksel boʻyicha muomalalar natijasida qarz beruvchidan olingan pul mablagʻlarining sugʻurtalovchi tomonidan qaytarishi 6840 “Toʻlanadigan veksellar” schyotining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
6840 “Toʻlanadigan veksellar” schyoti boʻyicha analitik hisob veksellar hisobini amalga oshiradigan banklar, veksel ushlovchilar va har bir veksel boʻyicha alohida yuritiladi.
294. Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6800)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Qisqa muddatli bank kreditlari va qarzlar olindi
5110—5530
6810—6820
2.
Qisqa muddatli bank kreditlari va qarzlar hisobiga TMZ xarid qilindi
1010—1090
6810—6820
3.
Qisqa muddatli bank kreditlari va qarzlar hisobidan mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarz toʻlandi
6010
6810—6820
4.
Qisqa muddatli bank kreditlari va qarzlar qaytarildi
6810—6820
5110—5530
5.
Qisqa muddatli bank kreditlari va qarzlar ajratilgan boʻlinmalar hisobidan qaytarildi
6810—6820
6110
6.
Berilgan veksel va obligatsiyalar evaziga qisqa muddatli qarz olindi
296. 6910 “Toʻlanadigan qisqa muddatli ijara” schyotida sugʻurtalovchining qisqa muddatli ijara boʻyicha ijaraga beruvchi oldidagi majburiyati aks ettiriladi. Hisoblangan ijara summasi 6910 “Toʻlanadigan qisqa muddatli ijara” schyotining kredit tomonida, ijaraga beruvchiga toʻlangan summa esa ushbu schyotning debet tomonida aks ettiriladi.
6910 “Toʻlanadigan qisqa muddatli ijara” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir qisqa muddatli ijara shartnomasi boʻyicha alohida yuritiladi.
297. 6920 “Hisoblangan foizlar” schyotida kreditorlar tomonidan berilgan qarzlar va kreditlar boʻyicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi. Toʻlanishi lozim boʻlgan foizlar boʻyicha hisoblangan summalar 6920 “Hisoblangan foizlar” schyotining kreditida, foizlar boʻyicha qarzlarni toʻlash esa ushbu schyotning debetida aks ettiriladi.
Qayta sugʻurtalanuvchida deponentlangan sugʻurta mukofotiga hisoblangan qayta sugʻurtalovchining daromadining hisobi, 9610 “Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar” schyotining debeti 6920 “Hisoblangan foizlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda amalga oshiriladi. Hisoblangan daromadlarning qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq toʻlanishi 6920 “Hisoblangan foizlar” schyotining debeti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi.
6920 “Hisoblangan foizlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir kreditor boʻyicha alohida yuritiladi.
298. 6930 “Royalti boʻyicha qarzlar” schyotida sugʻurtalovchining boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlardan foydalanish uchun aktivlarning olinishi natijasida vujudga kelgan royalti toʻlovlari boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari hisobga olinadi. Royalti boʻyicha hisoblangan qarzlar 6930 “Royalti boʻyicha qarzlar” schyotining kredit tomonida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
6930 “Royalti boʻyicha qarzlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir kreditor boʻyicha alohida yuritiladi.
299. 6940 “Kafolatlar boʻyicha qarzlar” schyotida sugʻurtalovchining sotilgan mahsulotlarga kafolatli xizmat koʻrsatish boʻyicha xaridorlar oldidagi majburiyatlari aks ettiriladi. Agar sugʻurtalovchi mahsulotini sotish vaqtida xaridorga kafolat muddatini bersa, ushbu majburiyat butun kafolat muddati davomida mavjud boʻladi. Kafolat summasi mahsulot sotish amalga oshirilgan davrda xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi. Sugʻurtalovchi oʻz tajribasidan kelib chiqqan holda, kelgusi davrlarga beriladigan kafolat summasi qanchaga toʻgʻri kelishi, yaʼni tovar yoki xizmatning bir birligiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha xizmat qiymatini hisoblab chiqishi va ushbu summani 6940 “Kafolatlar boʻyicha qarzlar” schyotining kredit tomonida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettirishi mumkin.
6940 “Kafolatlar boʻyicha qarzlar” schyoti boʻyicha analitik hisob kafolat bilan sotilgan xar bir mahsulot, ish va xizmatlarning turlari boʻyicha alohida yuritiladi.
300. 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyotida mazkur hisobot davrida toʻlanishi lozim boʻlgan uzoq muddatli qarz majburiyatlarining joriy qismi aks ettiriladi. Uzoq muddatli majburiyatlar joriy qismga oʻtkazilganda 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti toʻlanadigan summaga uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda kreditlanadi va uzoq muddatli majburiyatlarning boshlangʻich summasini kamaytiradi.
Shuningdek ushbu schyotda uzoq muddatli ijara boʻyicha ijaraga beruvchi oldidagi uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi ham aks ettiriladi.
6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti boʻyicha analitik hisob uzoq muddatli majburiyatlarning turlari, qaytarilish muddatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va uning tashqarisidagi uzoq muddatli majburiyatlarni ajratgan holda, alohida yuritiladi.
301. 6960 “Daʼvolar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyoti xaridorlar, buyurtmachilar va boshqa korxonalar tomonidan bildirilgan daʼvolar, shuningdek tan olingan (yoki eʼtirof etilgan) jarimalar, penyalar va neustoykalar boʻyicha sugʻurtalovchining qarzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan. Daʼvolar asosan shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlikdan kelib chiqib, 6960 “Daʼvolar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining kreditida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
6960 “Daʼvolar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir kreditor va daʼvo boʻyicha alohida yuritiladi.
302. 6970 “Hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar” schyoti sugʻurtalovchi ishchilariga maʼmuriy-xoʻjalik va operatsion xarajatlar, shuningdek xizmat safarlari uchun berilgan hisobdorlik summalari bilan haqiqiy sarflangan summalari oʻrtasidagi farq natijasida kelib chiqadigan qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Agar sarflangan summa hisobdorlik boʻyicha berilgan summadan oshsa, sugʻurtalovchining hisobdor shaxs oldida qarzi vujudga keladi va ushbu summa 6970 “Hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar” schyotining kredit tomonida koʻrsatiladi.
6970 “Hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir hisobdor shaxslar boʻyicha alohida yuritiladi.
303. 6990 “Boshqa majburiyatlar” schyoti turli notijorat muomalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslar (oʻquv yurtlari, ilmiy korxonalar va sh.k.) oldidagi sud organlarining ijroya hujjatlari yoki qarorlari asosida sugʻurtalovchi ishchilarining mehnat haqidan turli korxona va alohida shaxslar foydasiga ushlab qolingan summalar boʻyicha sugʻurtalovchining joriy majburiyatlari aks ettiriladi.
6890 “Boshqa majburiyatlar” schyoti boʻyicha analitik hisob boshqa majburiyatlarning har bir turi boʻyicha alohida yuritiladi.
304. Turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Qisqa muddatli ijara boʻyicha foiz hisoblandi
Xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar
6910
2.
Qisqa muddatli ijara boʻyicha qarz toʻlandi
6910
5010—5530
3.
Uzoq muddatli ijara boʻyicha foiz hisoblandi
9610
6920
4.
Kreditlar, qarzlar va depo mukofotlar boʻyicha foizlar hisoblandi
9610
6920
5.
Qarzlar boʻyicha hisoblangan foizlar toʻlandi
6920
5110—5530
6.
Royalti hisoblandi
9690
6930
7.
Hisoblangan royalti toʻlandi
6930
5110—5530
8.
Kafolatli xizmat boʻyicha qarz hisoblandi
9430
6940
9.
Kafolatli xizmat boʻyicha haqiqiy xarajatlar hisobdan chiqarildi
6940
Xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar
10.
Uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi oʻtkazildi
7810—7920
6950
11.
Uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi boʻyicha toʻlangan summa
6950
5110—5530
12.
Tan olingan daʼvolar (xatolar, yoʻldagi kamomad, mahsulot sifatining muvofiq kelmasligi va hokazolar) boʻyicha qarzlar hisoblandi
9430
6960
13.
TMZlardagi arifmetik xatolardan kelib chiqqan daʼvolar boʻyicha qarzlar (hisob-kitob hujjatlaridagidan haqiqatda kam yetkazib berilganda) hisoblandi
1010—1090
6960
14.
Shartnoma majburiyatlariga rioya qilmaganlik uchun jarimalar, penyalar, neustoykalar summalari boʻyicha qarzlar (tan olingan yoki arbitraj tomonidan eʼtirof etilgan hajmda) hisoblandi
9430
6960
15.
Asosiy ishlab chiqarish, yordamchi ishlab chiqarish, umumishlabchiqarish va boshqaruv ehtiyojlari, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarga taalluqli xarajatlarni amalga oshirganligi uchun hisobdor shaxslarga qarzlar hisoblandi
2010, 2310, 2510, 2710, 9420
6970
16.
Mahsulotni sotish bilan bogʻliq boʻlgan (transport va boshqa) xarajatlarni amalga oshirganligi uchun hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar hisoblandi
9410
6970
17.
Tabiiy ofatlarning oldini olish yoki bartaraf qilish bilan bogʻliq boʻlgan turli xarajatlarning toʻlovi uchun hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar hisoblandi
9720
6970
18.
Kapital qoʻyilmalarda turli korxonalar xizmatlar koʻrsatdi
0810—0890
6990
19.
Turli korxona va shaxslardan turli TMZ sotib olindi va har xil xizmatlar qabul qilindi
1510
6990
20.
Turli korxonalar asosiy, yordamchi, umumishlabchiqarish sexlari va xizmat koʻrsatish xoʻjaliklarga xizmatlari koʻrsatishdi
2010, 2310, 2510, 2710
6990
21.
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda koʻrsatgan xizmatlari uchun boshqa korxonalarga boʻlgan qarz
9210
6990
22.
Boshqa shaxslardan pul ekvivalentlari kelib tushdi
5610
6990
23.
Boshqa shaxslardan oʻtkazmalar kelib tushdi
5710
6990
24.
Boshqa shaxslardan qimmatli qogʻozlar sotib olindi
0610, 5810
6990
25.
Turli korxonalarning ijtimoiy soha obyektlarini saqlash boʻyicha koʻrsatgan xizmatlari hisoblandi
2710
6990
26.
Sotib olingan aksiyalarni saqlaganligi uchun depozitariyga boʻlgan qarz hisoblandi
305. Ushbu kichik boʻlimning schyotlari sugʻurtalovchining yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi uzoq muddatli majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
306. Sugʻurtalovchining chet el valyutasidagi majburiyatlari ushbu boʻlimdagi schyotlarda pul hisob-kitob hujjatlaridan koʻchirma olingan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha soʻmda hisobga olinadi. Hisobot oyining oxirgi sanasiga kreditorlik qarzlarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qayta baholashda aniqlangan kurs farqlari (ijobiy kurs farqi boʻlganda) 9540 “Valyuta kurs farqidan daromadlar” yoki (salbiy kurs farqi boʻlganda) 9620 “Valyuta kurs farqidan zararlar” schyotlarida hisobga olinadi.
307. Ushbu kichik boʻlimda quyidagi schyotlar boʻyicha hisob yuritish tartibi yoritiladi:
7000 — Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar;
7100 — Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar;
7200 — Kechiktirilgan uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar;
7300 — Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar;
7800 — Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar;
7900 — Turli kreditorlarga boʻlgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar.
1-§. Uzoq muddatli toʻlanadigan schyotlar (7000)
308. Sugʻurtalovchining mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar, bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar, shuningdek yuk tashish boʻyicha olingan xizmatlar uchun vujudga kelgan uzoq muddatli majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
7010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar”;
7011 “Oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar”;
7040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar”;
7050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar”;
7060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar”;
7070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar”;
7080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar”;
7090 “Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar”.
309. 7010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining kreditida haqiqatda kelib tushgan TMZ va boshqa aktivlar, qabul qilingan ish va xizmatlarning qiymati ushbu qiymatliklar yoki tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda koʻrsatiladi.
7010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar boʻyicha alohida yuritiladi.
310. 7011 “Oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining krediti boʻyicha oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha pudratchilarning bajargan ishlari boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlar hisobga olinadi. Sugʻurtalovchi tomonidan oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha ishlar qabul qilib olinganda, oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida bajarilgan ishlar summasiga, 8040 “Oldini olish chora-tadbirlari zaxirasi” schyotining debeti 7011 “Oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Avval oldini olish chora-tadbirlari uchun berilgan boʻnak mablagʻlari hisobidan oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha vujudga kelgan kreditorlik qarzdorlikni qoplash, 7011 “Oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining debeti va 4330 “Oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun berilgan boʻnaklar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, provodka berish orqali amalga oshiriladi. Oldini olish chora-tadbirlari uchun qoʻshimcha toʻlov summasiga, 7011 “Oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining debeti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
7011 “Oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir mol yetkazib beruvchi va pudratchi boʻyicha yuritiladi.
311. 7020 “Berilgan veksellar” schyotining kreditida sotib olingan TMZ va boshqa aktivlar, qabul qilingan ish va xizmatlar uchun veksellar bilan taʼminlangan uzoq muddatli majburiyatlar hisobga olinadi va ular qoplanish davrigacha hisobda turadi.
7020 “Berilgan veksellar” schyoti boʻyicha analitik hisob berilgan veksellarning har bir turi boʻyicha alohida yuritiladi.
312. Mol yetkazib beruvchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli majburiyatlar joriy qismga oʻtkazilganda 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar”, 6020 “Berilgan veksellar” schyotlari kreditlanib, 7010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar”, 7020 “Berilgan veksellar” schyotlari debetlanadi.
313. 7030 “Sugʻurtalanuvchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotida sugʻurtalovchining sugʻurtalanuvchilarga sugʻurta tovonini toʻlash boʻyicha majburiyatlari aks ettiriladi. Sugʻurta tovoni hisoblanganda 7030 “Sugʻurtalanuvchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyoti muvofiq ravishda 9431, 9432, 2210, 2220 schyotlar bilan kreditlanadi. Sugʻurta tovonining toʻlanishi 7030 “Sugʻurtalanuvchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining debeti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda provodka bilan rasmiylashtiriladi.
Sugʻurtalovchilar hayot sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta zaxiralarining vaqtincha boʻsh mablagʻlaridan sugʻurta polisi kafolati ostida sugʻurtalanuvchilarga ssudalar berishi mumkin. Sugʻurtalanuvchi tomonidan ssudani oʻz vaqtida qaytarmagan holatda, sugʻurtalanuvchining ssudalar boʻyicha qarzdorligini sugʻurta tovoni summasidan ushlab qolish 7030 “Sugʻurtalanuvchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotning debeti 4070 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi. Ssudalar boʻyicha hisoblangan foizlarning sugʻurta tovoni hisobidan ushlab qolinishi 7030 “Sugʻurtalanuvchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotning debeti 4830 “Olinadigan foizlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirgan holda rasmiylashtiriladi.
7030 “Sugʻurtalanuvchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir sugʻurtalanuvchi va sugʻurta shartnomasi boʻyicha yuritiladi.
314. 7040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotida sugʻurta agentlari va brokerlariga hisoblangan komission mukofotlar summasi aks ettiriladi. Komission mukofotlarning hisoblanishi 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyoti debeti 7040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi. Komission mukofotlarning toʻlanishi 7040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining debeti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi. Agar agentlik kelishuvida qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda, sugʻurta agentlari yoki brokerlariga komission mukofotlarning ushlab qolinishi nazarda tutilgan boʻlsa, ushlab qolingan komission mukofotlar summasiga, 7040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining debeti 4040 “Sugʻurta agentlari va brokerlaridan olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
7040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir agent, sugʻurtalanuvchi va sugʻurta shartnomasi boʻyicha yuritiladi.
315. 7050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotida qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan shartnomalar boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari aks ettiriladi. Qayta sugʻurtalanuvchiga toʻlanadigan sugʻurta tovonining hisoblanishi 2230 “Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyotining debeti 7050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi. Tovon ulushi toʻlanganda 7050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyoti debeti boʻyicha pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlanadi.
7050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir qayta sugʻurtalanuvchi va qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha yuritiladi.
316. 7060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotida sugʻurtalovchining qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalari boʻyicha majburiyatlari aks ettiriladi. Qayta sugʻurta mukofoti hisoblanganda ushbu summaga, 9040 “Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlangan sugʻurta mukofotlari” schyotining debeti 7060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Sugʻurta mukofotining qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq toʻlanishi 7060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyoti debeti boʻyicha pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda provodka bilan rasmiylashtiriladi.
7060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir qayta sugʻurtalovchi va qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha yuritiladi.
317. 7070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar” schyotida qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalar boʻyicha depo mukofotlar aks ettiriladi. Agar qayta sugʻurta qilish shartnomasida sugʻurta mukofotlarini qayta sugʻurta qilishga berilayotgan tavakkalchiliklarning jami boʻyicha sugʻurta mukofotlarini maʼlum davr oraligʻida oʻtkazish nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu davr tugagunga qadar qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha hisoblangan sugʻurta mukofoti komission ragʻbatlantirishlar chegirilgan holatda deponentlangan (depo mukofot) hisoblanadi. Depo mukofotlarining hisoblanishi 7060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining debeti boʻyicha 7070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi. Qayta sugʻurta qilish shartnomasida koʻrsatilgan muddatning tugashi bilan (qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta mukofotlarini toʻlash muddati kelganda) 7070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar” schyotining debeti 7060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda teskari provodka beriladi.
7070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir qayta sugʻurtalovchi va qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha yuritiladi.
318. 7080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotida qayta sugʻurtalanuvchiga toʻlanadigan qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar aks ettiriladi. Komission ragʻbatlantirishlarning hisoblanishi, 7080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining krediti 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining debeti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi. Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tanyemalar va yigʻimlarning toʻlanishi 7080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyoti debeti boʻyicha pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi.
Odatda, qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar qayta sugʻurta qilish shartnomasida aks ettiriladi va qayta sugʻurtalanuvchi tomonidan sugʻurta mukofotlarini qayta sugʻurta qilishga oʻtkazishda ushlab qolinishi mumkin. Agar qayta sugʻurta qilish shartnomasida qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar summasi qonunchilikda belgilangan tartibda ushlab qolinishi nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu summa, 7080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti 4051 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, aks ettiriladi.
7080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir qayta sugʻurtalanuvchi, broker va qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha yuritiladi.
319. 7090 “Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotida aktuariylar (aktuar tashkilotlar), adjasterlar (adjaster tashkilotlar), syurveyerlar (syurveyerlik tashkilotlari), assistanslar (assistans xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tashkilotlar)ga toʻlanadigan summalar aks ettiriladi. Majburiyatlarning hisoblanishi 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining debeti 7090 “Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi. Yuqoridagi subyektlar xizmat haqlarining toʻlanishi 7090 “Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining debeti bilan pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi.
7090 “Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir aktuariy, adjaster, syurveyer va assistans va sugʻurta shartnomasi boʻyicha yuritiladi.
320. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar (7000)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Sugʻurtalovchiga oʻrnatiladigan asbob-uskunalar kelib tushdi
0710, 0720
7010
2.
Kapital qoʻyilmalar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning bajargan ishlari va koʻrsatgan xizmatlari yuzasidan berilgan schyotlar toʻlovga qabul qilindi
0810—0890
7010
3.
Mol yetkazib beruvchilardan materiallar kelib tushdi
1010—1090
7010
4.
Mol yetkazib beruvchilardan oʻstirishga va boʻrdoqiga boqiladigan hayvonlar kelib tushdi
2710
7010
5.
Mol yetkazib beruvchilardan turli TMZ kelib tushdi (1510 schyoti qoʻllanilganda)
1510
7010
6.
Mol yetkazib beruvchilardan tovar moddiy zaxiralari sotib olinganda toʻlangan QQS summasi hisobga olindi
4410
7010
7.
Sugʻurtalovchi tomonidan asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik, umumishlabchiqarish va boshqaruv ehtiyojlari uchun mol yetkazib beruvchilarning bajargan ish va xizmatlari (jumladan: energiya, gaz, bugʻ, suv) qabul qilindi
2010, 2310, 2510, 2710, 9420—9430
7010
8.
Kelgusi davr xarajatlariga tegishli boʻlgan mol yetkazib beruvchilardan olingan ish va xizmatlar
3190
7010
9.
Mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlarni sotish jarayonida mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning koʻrsatgan ish va xizmatlari
9410
7010
10.
Tabiiy ofatlarni tugatishda mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning xizmatlari
9720
7010
11.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning qarzlari uzoq muddatli qismdan joriy qismga hisobdan chiqarildi
7010
6010
12.
Daʼvo muddati tugagan kreditorlik qarzlari hisobdan chiqarildi
7010
9390
13.
Oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha vujudga kelgan kreditorlik qarzdorlik hisobiga oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha avval berilgan boʻnaklarni hisobga olish
7011
4330
14.
Amalga oshirilgan oldini olish chora-tadbirlari uchun qoʻshimcha toʻlov
7011
Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar
15.
Sugʻurta tovonini hisoblash
2210—2220
7030
16.
Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlarining hisoblanishi
9431—9432
7030
17.
Sugʻurta tovonining toʻlanishi
7030
Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar
18.
Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan ssudalar boʻyicha sugʻurtalanuvchining qarzdorligini sugʻurta tovoni summasidan ushlab qolish
7030
4070
19.
Sugʻurta qoplamasini toʻlashda vaqtida toʻlanmagan navbatdagi sugʻurta mukofotini ushlab qolish
7030
4030
20.
Agentlik kelishuviga muvofiq sugʻurta vositachisiga hisoblangan komission mukofotlar summasining ushlab qolinishi
7040
4040
22.
Sugʻurta agentlari va brokerlariga hisoblangan komission mukofotlarning toʻlanishi
7040
Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar
23.
Qayta sugʻurtalanuvchiga toʻlanadigan sugʻurta tovonini hisoblash
2230
7050
24.
Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan shartnomalar boʻyicha tovon ulushini toʻlash
7050
Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar
25.
Qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalar boʻyicha qayta sugʻurta mukofotini hisoblash
9040
7060
26.
Qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalar boʻyicha qayta sugʻurta mukofotining toʻlanishi
7060
Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar
27.
Qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalar boʻyicha depo mukofotlarni hisoblash (ushbu provodka qayta sugʻurta mukofoti hisoblangandan soʻng amalga oshiriladi)
7060
7070
28.
Qayta sugʻurta qilish berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta mukofotlarini toʻlash muddatining kelishi (qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlarning hisobdan chiqarilishi)
7070
7060
29.
Qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarning hisoblanishi
2010
7080
30.
Qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalar boʻyicha komission ragʻbatlantirishlarning ushlab qolinishi
7080
4051
31.
Qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarning toʻlanishi
2-§. Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar (7100)
321. Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
7110 “Ajratilgan boʻlinmalarga boʻlgan uzoq muddatli qarz”;
7120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarz”.
322. 7110 “Ajratilgan boʻlinmalarga boʻlgan uzoq muddatli qarz” schyotida sugʻurtalovchining umumiy balansga qoʻshiladigan filiallar, vakolatxonalar, boʻlimlar va boshqa ajratilgan boʻlinmalar oldidagi uzoq muddatli majburiyatlar (ichki xoʻjalik yoki balans ichidagi hisob-kitoblar) hisobga olinadi.
Sugʻurtalovchining turli xildagi muomalalar boʻyicha ajratilgan boʻlinmalar oldidagi uzoq muddatli majburiyatlari 7110 “Ajratilgan boʻlinmalarga boʻlgan uzoq muddatli qarz” schyotining kreditida tovar moddiy qiymatliklar, pul mablagʻlari, xarajatlar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
323. 7120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarz” schyotida sugʻurtalovchining shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlar oldidagi uzoq muddatli majburiyatlari (balanslararo hisob-kitoblar yoki ichki idoraviy hisob-kitoblar) hisobga olinadi.
7120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar” schyotining kreditida turli xildagi muomalalar boʻyicha shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari oldidagi joriy majburiyatlar tovar moddiy qiymatliklar, pul mablagʻlari, xarajat va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
7110 “Ajratilgan boʻlinmalarga boʻlgan uzoq muddatli qarz”, 7120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarz” schyotlari boʻyicha analitik hisob har bir ajratilgan boʻlinma, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyati boʻyicha alohida yuritiladi.
324. Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (7100)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Ajratilgan boʻlinmalardan, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan tovar moddiy qiymatliklari qabul qilindi
0710—0890, 1010—1090
7110, 7120
2.
Xuddi shu holat, 1510 schyotni qoʻllagan holda
1510
7110, 7120
3.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olingan TMZlar qiymatidagi farq hisobga olindi
1610
7110, 7120
4.
Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik, umumishlabchiqarish va boshqaruv ehtiyojlari uchun ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari koʻrsatgan xizmatlar hisobga olindi
2010, 2310, 2510, 2710, 9420—9430
7110, 7120
5.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining kelgusi davr xarajatlari tarkibida hisobga olinadigan xizmatlari
3190
7110, 7120
6.
Ajratilgan boʻlinmalardan kassaga naqd pul kelib tushdi (yoʻllanmalar uchun)
5010
7110
7.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan bankka pul mablagʻlari kelib tushdi
5110—5530
7110, 7120
8.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan pul ekvivalentlari kelib tushdi
7290 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar”.
326. 7210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti qoplanish davri davomida daromadga taqsimlanadigan obligatsiyalarning diskonti (chegirmasi) boʻyicha sugʻurtalovchining uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarini aks ettiradi. Ushbu schyot faqat obligatsiya sotib oluvchilarda qoʻllaniladi. Obligatsiyalar diskont bilan sotib olinganda, diskont summasi 7210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti va toʻlangan summa pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning kredit tomonida uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Obligatsiyalar boʻyicha diskont (chegirma)lar joriy qismga oʻtkazilganda 7210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti debetlanadi va 6210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti kreditlanadi.
7210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir obligatsiyaning turi va qoplash muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
327. 7220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti qoplanish davri davomida daromadga taqsimlanadigan obligatsiyalarning mukofoti (ustamasi) boʻyicha sugʻurtalovchining uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarini aks ettiradi. Ushbu schyot faqat obligatsiya sotuvchilarda qoʻllaniladi. Obligatsiyalar mukofot bilan sotilganda 7220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti va 7830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” schyoti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda kreditlanadi. Obligatsiyalar boʻyicha mukofot (ustama)lar joriy qismga oʻtkazilganda 7220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti debetlanadi va 6220 “Mukofot (ustama)lar shaklidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti kreditlanadi.
7220 “Mukofot (ustama)lar shaklidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir obligatsiyaning turi va qoplash muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
328. 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun pul mablagʻlarini olish va tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish muddatlari orasidagi farq bilan bogʻliq sugʻurtalovchi majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirish uchun moʻljallangan. 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyotining kreditida kelgusi davrga tegishli boʻlgan daromadlar summasi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda, debetida esa tegishli davr kelganda 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyotiga oʻtkazilgan daromadlar joriy qismining summasi aks ettiriladi.
7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir daromad turi boʻyicha alohida yuritiladi.
329. 7240 “Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” schyotida qonunchilikka muvofiq tegishli hukumat idoralarining qarori boʻyicha bir necha yilga kechiktirib toʻlashga ruxsat etilgan soliq boʻyicha budjet oldidagi uzoq muddatli qarzlar va majburiy toʻlovlar aks ettiriladi. 7240 “Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” schyotining kreditida uzoq muddatli kechiktirilgan toʻlovlar summasi budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni (6400), sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni (6500) hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi.
7240 “Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” schyoti boʻyicha analitik hisob xar bir kechiktirilgan soliq va toʻlovlar turi boʻyicha va qoplanish muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
330. 7250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlar” schyotida vaqtinchalik farqlar natijasida yuzaga keladigan kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi summasi aks ettiradi.
Daromad (foyda) soligʻi boʻyicha xarajatlar hisob daromadidan kelib chiqqan holda hisoblanadi, toʻlanadigan daromad (foyda) soligʻi esa soliq solinadigan daromaddan kelib chiqib hisoblanadi. Hisob daromad va soliq solinadigan daromadni aniqlashdagi yondashuvlardagi farq moliyaviy hisobotda aks ettirilishi lozim. Sugʻurtalovchining hisob siyosatiga muvofiq hisob maʼlumotlari boʻyicha hisoblangan daromad (foyda) soligʻi boʻyicha xarajatlar sugʻurtalovchi tomonidan daromadni olish davomida amalga oshirilgan deb qaralib, tegishli daromadlar va xarajatlar yuzaga kelgan davrda hisoblanadi va sugʻurtalovchining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijasi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladi. Bunda hisob daromadidan kelib chiqib, hisoblangan daromad (foyda) soligʻi va soliqqa tortiladigan daromaddan kelib chiqib hisoblangan toʻlanadigan daromad (foyda) soligʻi oʻrtasidagi farq, vaqtinchalik farq sifatida yuritiladi va 7250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi boʻyicha majburiyatlarning tegishli joriy qismi 7250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlar” schyotining debetidan 6250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi boʻyicha majburiyatlar” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
331. 7290 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” schyotida 7210 — 7250 schyotlarida koʻrsatilmagan sugʻurtalovchining boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlari aks ettiriladi.
332. Uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar (7200)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Diskont bilan sotilgan obligatsiyalarning diskont summasi
5110—5530
7210
2.
Kechiktirilgan diskontning uzoq muddatli qismi joriy qismga oʻtkazildi
7210
6210
3.
Obligatsiyalar mukofot bilan sotilganda hisoblangan mukofot summasi
5110—5530
7220
4.
Kechiktirilgan mukofotning uzoq muddatli qismi joriy qismga oʻtkazildi
7220
6220
5.
Kelgusida joʻnatiladigan TMZ, koʻrsatiladigan xizmatlar, bajariladigan ishlar uchun oldindan pul mablagʻlarini kelib tushishi
5110—5530
7230
6.
Uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarning joriy qismi hisobdan chiqarildi
7230
6230
7.
Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirish berildi
6410, 6510—6530
7240
8.
Budjetga toʻlovlar uchun soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlarning joriy qismi hisobot davriga hisobdan chiqarildi.
7240
6240
9.
Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻi boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlar
9810
7250
10.
Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan daromad (foyda) soligʻining uzoq muddatli qismini joriy qismga oʻtkazish
4-§. Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (7300)
333. Sugʻurtalovchining buyurtmachilarga qisman tayyor TMZni yetkazib berishi yoki ish bajarishi va xizmatlar koʻrsatishi uchun olgan boʻnaklari boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 7310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar” schyotida amalga oshiriladi.
Olingan boʻnak summalari, shuningdek, qisman tayyor mahsulot (ish, xizmat) uchun olingan toʻlovlar summasi 7310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar” schyotining kredit tomonida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan uzoq muddatli boʻnaklar summasining joriy qismga oʻtkazilishi 7310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar” schyotining debeti, 6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
7310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar” schyoti boʻyicha analitik hisob olingan boʻnaklar turi boʻyicha alohida yuritiladi.
334. Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (7300)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Uzoq muddatli boʻnaklar olindi
5010—5530
7310
2.
Uzoq muddatli boʻnaklar summasi joriy qismga oʻtkazildi
7310
6310
3.
Ilgari olingan uzoq muddatli boʻnaklar qaytarildi
7310
5010—5530
4.
Ilgari olingan boʻnaklar bank kreditlari va boshqa korxonalarning qarzi hisobiga qaytarildi
7310
6110—6190, 7110—7190
5-§. Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (7800)
335. Sugʻurtalovchining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va chet eldagi banklar va qarz beruvchilardan soʻmda va chet el valyutasida olgan uzoq muddatli (12 oydan uzoq muddatga) kredit va qarzlarining holatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari”;
7820 “Uzoq muddatli qarzlar”;
7830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar”;
7840 “Toʻlanadigan veksellar”.
336. Olingan uzoq muddatli bank kreditlar summasi 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” schyotining kreditida va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi.
Uzoq muddatli bank kreditini joriy qismga oʻtkazishda, tegishli summaga 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” schyoti debetlanadi va 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti kreditlanadi bunda uzoq muddatli bank kreditining boshlangʻich qiymati kamaytiriladi.
Uzoq muddatli kreditlarning analitik hisobi ularga berilgan kreditlarning turlari va muddatlari, banklar boʻyicha alohida yuritiladi.
337. 7820 “Uzoq muddatli qarzlar” schyotida sugʻurtalovchining Oʻzbekiston Respublikasi va chet eldagi qarz beruvchilar (bankdan tashqari)dan 12 oydan uzoq muddatga olgan qarzlari hisobga olinadi.
Qarz beruvchilardan (bankdan tashqari) kelib tushgan mablagʻlar pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 7820 “Uzoq muddatli qarzlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Uzoq muddatli qarzlar joriy qismga oʻtkazilganda 7820 “Uzoq muddatli qarzlar” schyoti debetlanadi va toʻlanadigan summa uzoq muddatli qarzlarning boshlangʻich summasini ushbu miqdorga kamaytirib, 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qism” schyotining kredit tomonida koʻrsatiladi.
7820 “Uzoq muddatli qarzlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir qarz beruvchi va qarzlarni toʻlash muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
338. 7830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” schyotida toʻlov muddati 12 oydan koʻp boʻlgan obligatsiyalarni sotish hisobiga sugʻurtalovchiga jalb etilgan mablagʻlar hisobga olinadi. Agar mablagʻlarni jalb qilish obligatsiyalarni nominal qiymatidan yuqori bahoga sotish yoʻli bilan amalga oshirilsa, unda obligatsiyalarni sotish bahosi bilan nominal qiymati oʻrtasidagi farq 7220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyotining kreditida hisobga olinadi.
Uzoq muddatli toʻlanadigan obligatsiyalar joriy qismga oʻtkazilganda 7830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” schyoti debetlanadi va toʻlanadigan summa uzoq muddatli toʻlanadigan obligatsiyalarning boshlangʻich summasini ushbu miqdorga kamaytirib, 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qism” schyotining kredit tomonida koʻrsatiladi.
7830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir obligatsiya turi va toʻlash muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
339. 7840 “Toʻlanadigan veksellar” schyotida qarz beruvchilarga 12 oydan ortiq muddatda qaytarish uchun berilgan veksellar hisobga olinadi.
Berilgan veksellar sugʻurtalovchida 7840 “Toʻlanadigan veksellar” schyotining kreditida va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida hisobga olinadi.
Uzoq muddatli toʻlanadigan veksellar joriy qismga oʻtkazilganda 7840 “Toʻlanadigan veksellar” schyoti debetlanadi va toʻlanadigan summa uzoq muddatli toʻlanadigan veksellarning boshlangʻich summasini ushbu miqdorga kamaytirib 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qism” schyotining kredit tomonida koʻrsatiladi.
Toʻlanadigan veksellar boʻyicha analitik hisob veksellar hisobini amalga oshiradigan banklar, veksel ushlovchilar va har bir veksel boʻyicha alohida yuritiladi.
340. Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (7800)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlar olindi
5110—5530
7810—7820
2.
Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlar hisobiga olingan TMZ qabul qilindi
1010—1090
7810—7820
3.
Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlar hisobidan boʻnaklar berildi
4310—4340, 4410, 4510—4520
7810—7820
4.
Uzoq muddatli kreditlar va qarzlar hisobidan mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga boʻlgan qarz toʻlandi
6010
7810—7820
5.
Berilgan veksel va obligatsiyalar evaziga uzoq muddatli qarz olindi
5110—5530
7830—7840
6.
Kreditlar, qarzlar, obligatsiyalar va veksellarni joriy qismini oʻtkazish
7810—7840
6950
6-§. Turli kreditorlarga boʻlgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (7900)
341. Sugʻurtalovchining turli jismoniy va yuridik shaxslar oldidagi uzoq muddatli ijara, notijorat muomalalar (oʻquv yurtlari, ilmiy korxonalar va hokazo); transport korxonalarining koʻrsatgan xizmatlari boʻyicha, sud idoralarining qarorlariga va boshqa hujjatlarga asosan turli korxonalar va alohida shaxslar manfaati uchun sugʻurtalovchi ishchilarining ish haqidan ushlangan summalar boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
7920 “Turli kreditorlarga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar”.
342. 7910 “Toʻlanadigan uzoq muddatli ijara” schyotida ijaraga olingan uzoq muddatli aktivlar uchun ijaraga beruvchi bilan hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Sugʻurtalovchiga kelib tushgan uzoq muddatli aktivlar uchun ijaraga beruvchi oldidagi qarzlar 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyoti bilan bogʻlangan holda 7910 “Toʻlanadigan uzoq muddatli ijara” schyotining kreditida hisobga olinadi.
343. Sugʻurtalovchining turli kreditorlarga boʻlgan uzoq muddatli qarzlari 7920 “Turli kreditorlarga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar” schyotining kreditida TMZ va xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
7920 “Turli kreditorlarga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir kreditor boʻyicha alohida yuritiladi.
344. Turli kreditorlarga boʻlgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (7900)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Uzoq muddatli ijaraga ijara shartlari asosida kelib tushgan asosiy vositalar uchun ijaraga beruvchi oldidagi qarz
0310
7910
2.
Uzoq muddatli ijara boʻyicha toʻlovlarni joriy qismga oʻtkazish
7910
6950
3.
Turli korxonalar va shaxslardan tovar-moddiy zaxiralari sotib olindi
1010—1090
7920
4.
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni sotib olishda va kapital qoʻyilmalarda turli korxonalarning koʻrsatgan xizmati
0710—0720, 0810—0890
7920
5.
Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishida koʻrsatgan xizmatlari uchun turli korxonalar oldidagi qarz
9210, 9220
7920
6.
Turli korxona va shaxslardan pul ekvivalentlari kelib tushdi
5610
7920
7.
Boshqa shaxslardan pul oʻtkazmalari kelib tushdi
5710
7920
8.
Boshqa shaxslardan qimmatli qogʻozlar sotib olindi
0610, 5810
7920
9.
Ijtimoiy soha obyektlarini saqlash uchun turli korxonalarning koʻrsatgan xizmatlari
345. Ushbu kichik boʻlimning schyotlari sugʻurta zaxiralari va sugʻurta zaxiralaridagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
346. Ushbu kichik boʻlimda quyidagi schyotlarda hisobni yuritish tartibi yoritilgan:
8000 “Sugʻurta zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar”;
8100 “Sugʻurta zaxiralaridagi qayta sugʻurtalovchilar ulushlarini hisobga oluvchi schyotlar”.
1-§. Sugʻurta zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar (8000)
347. Shakllantirilgan sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumiylashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8010 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi”;
8020 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi”;
8030 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi”;
348. 8010 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi” schyotida hisobot sanasiga ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi summasi aks ettiriladi. Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 9230 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8010 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining kamayish summasiga 8010 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi” schyotining debeti 9230 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
8010 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir alohida sugʻurta turi boʻyicha yuritiladi.
349. 8020 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi” schyotida hisobot sanasiga sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi summasi aks ettiriladi. Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasining miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 9240 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8020 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasining kamayish summasiga schyotining debeti 8020 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi” 9240 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
8020 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir alohida sugʻurta turi boʻyicha yuritiladi.
350. 8030 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi” schyotida xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasining summasi aks ettiriladi. Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasining shakllanishida, zaxira summasiga 9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8030 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Sugʻurta amalga oshirilishi bilan sugʻurta tovoni summasiga 8030 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi” schyotining debeti 9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Shuningdek, ushbu yozuv sugʻurtalovchining xabar qilingan zararlarni bartaraf qilish xarajatlari summasiga ham amalga oshiriladi. Sugʻurta shartnomasi yoki qonunchilikka muvofiq sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlash boʻyicha majburiyatlari tugatilganda, zararlarni bartaraf qilish boʻyicha xarajatlar miqdoriga oshirilgan xabar qilingan zarar summasiga 8030 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi” schyotining debeti 9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
8030 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir alohida sugʻurta turi boʻyicha yuritiladi.
351. 8040 “Oldini olish chora-tadbirlari zaxirasi” schyotida oldini olish chora-tadbirlari zaxirasining summasi aks ettiriladi. Oldini olish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar 2010 ““Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining debeti 8040 “Oldini olish chora-tadbirlari zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi. Sugʻurtalovchi tomonidan oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha ishlar qabul qilib olinganda, oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida bajarilgan ishlar summasiga 8040 “Oldini olish chora-tadbirlari zaxirasi” schyotining debeti 6011 “Oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
8040 “Oldini olish chora-tadbirlari zaxirasi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir alohida sugʻurta turi boʻyicha yuritiladi.
352. 8050 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi” schyotida hisobot sanasiga aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi summasi aks ettiriladi. Hisobot sanasiga sugʻurtalovchi tomonidan aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi miqdori hisoblanadi.
Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasining miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 9290 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8050 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasining kamayish summasiga schyotining debeti 8050 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi” 9290 Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi oʻzgarishining zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
8050 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir alohida sugʻurta turi boʻyicha yuritiladi.
353. 8060 “Falokatlar zaxirasi” schyotida hisobot sanasiga falokatlar zaxirasi summasi aks ettiriladi. Hisobot sanasiga sugʻurtalovchi tomonidan falokatlar zaxirasi miqdori hisoblanadi.
Falokatlar zaxirasining miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 9260 “Falokatlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8060 “Falokatlar zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, falokatlar zaxirasining kamayish summasiga schyotining debeti 8060 “Falokatlar zaxirasi” 9260 “Falokatlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
8060 “Falokatlar zaxirasi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir alohida sugʻurta turi boʻyicha yuritiladi.
354. 8070 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi” schyotida hisobot sanasiga zararlilikning tebranishi zaxirasi summasi aks ettiriladi. Hisobot sanasiga sugʻurtalovchi tomonidan zararlilikning tebranishi zaxirasi miqdori hisoblanadi.
Zararlilikning tebranishi zaxirasining miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 9270 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8070 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, zararlilikning tebranishi zaxirasining kamayish summasiga schyotining debeti 8070 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi” 9270 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
8070 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir alohida sugʻurta turi boʻyicha yuritiladi.
355. 8090 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxira” schyotida hisobot sanasiga hayot sugʻurta boʻyicha zaxira summasi aks ettiriladi. Hisobot sanasiga sugʻurtalovchi tomonidan hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxira miqdori hisoblanadi.
Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiraning miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 9280 “Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8090 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxira” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiraning kamayish summasiga schyotining debeti 8090 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxira” 9280 “Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
8090 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxira” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir alohida sugʻurta turi boʻyicha yuritiladi.
356. Sugʻurta zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlarning (8000) boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining (RNP) hisoblanishi: RNPning oshgan summasi, yoki RNPning kamayish summasi
9230 8010
8010 9230
2.
Sodir boʻlgan lekin, xabar qilinmagan zararlar zaxirasining (RPNU) hisoblanishi: RPNUning oshgan summasi, yoki RPNUning kamayish summasi
9250 8020
8020 9250
3.
Xabar qilingan, bartaraf qilinmagan zararlar zaxirasining (RZU) shakllanishi
9250
8030
4.
Sugʻurta tovonining toʻlanishi bilan majburiyatning tugatilishi
8030
9250
5.
Zararni bartaraf qilish xarajatlari
8030
9250
6.
Sugʻurtalovchi majburiyatlarining tugatilishi: xabar qilingan zararlarni bartaraf qilish boʻyicha sugʻurtalovchining xarajatlari summasiga oshirilgan xabar qilingan zarar
2-§. Sugʻurta zaxiralaridagi qayta sugʻurtalovchilar ulushlarini hisobga oluvchi schyotlar (8100)
357. Ishlab topilmagan mukofotlar, xabar qilingan, lekin bartaraf qilinmagan zararlar, sodir boʻlgan lekin, xabar qilinmagan zararlar va hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiralardagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8110 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi”;
8120 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi”;
8130 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi”;
8140 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi”.
Sugʻurta zaxiralaridagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushlari hisobot davri oxirida sugʻurta zaxiralarini muvofiq ravishda hisoblashda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2006-yil 8-fevralda 11-son bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilar tomonidan sugʻurta zaxiralarini shakllantirish va joylashtirish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga (2006-yil 6-may, roʻyxat raqami 1571 — Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari toʻplami, 2006-y., 19-son, 166-modda) muvofiq hisoblanadi.
358. 8110 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotida ushbu sugʻurta zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi summasi aks ettiriladi. Hisobot sanasiga sugʻurtalovchi tomonidan ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchining ulushi hisoblanadi. Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchining ulushi miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 8110 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining debeti 9230 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining kamayish summasiga 9230 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8110 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
8110 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir alohida sugʻurta turi boʻyicha yuritiladi.
359. 8120 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotida ushbu sugʻurta zaxiralaridagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi summasi aks ettiriladi. Qoidaga koʻra xabar qilingan lekin, bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi sodir boʻlgan hodisalar toʻgʻrisida xabar berilgandan soʻng shakllantiriladi. Xabar qilingan lekin, bartaraf qilinmagan zararlar zaxirasi 8120 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining debeti 9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, hisobga olinadi. Qayta sugʻurtalanuvchi tomonidan sugʻurta tovonining toʻlanishi yoki toʻlanmasligidan qatʼi nazar, zarar bartaraf qilingandan soʻng, qayta sugʻurtalanuvchi ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchining ulushi summasiga 9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8120 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
8120 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir sugʻurta turi boʻyicha alohida yuritiladi.
360. 8130 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotida ushbu sugʻurta zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi summasi aks ettiriladi. Hisobot sanasiga sugʻurtalovchi tomonidan ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchining ulushi hisoblanadi. Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchining ulushi miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 8130 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining debeti 9240 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining kamayish summasiga 9240 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8130 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
8130 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir alohida sugʻurta turi boʻyicha yuritiladi.
361. 8140 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotida ushbu sugʻurta zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi summasi aks ettiriladi. Hisobot sanasiga sugʻurtalovchi tomonidan ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchining ulushi hisoblanadi. Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 8140 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining debeti 9280 “Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining kamayish summasiga 9280 “Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8140 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
8140 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir alohida sugʻurta turi boʻyicha yuritiladi.
362. Sugʻurta zaxiralaridagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushlarini hisobga oluvchi schyotlar (8100)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchining ulushining hisoblanishi: ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining oshgan summasi, yoki ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining kamaygan summasi
8110 9230
9230 8110
2.
Xabar qilingan lekin, bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining hisoblanishi: ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining oshgan summasi, yoki ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining kamaygan summasi
8120 9250
9250 8120
3.
Sodir boʻlgan lekin, bartaraf qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining hisoblanishi: ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining oshgan summasi, yoki ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining kamaygan summasi
8130 9240
9240 8130
4.
Hayot sugʻurtasi zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining hisoblanishi: ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining oshgan summasi, yoki ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining kamaygan summasi
8140 9280
9280 8140
IV boʻlim. Xususiy kapital
I kichik boʻlim. Kapital, taqsimlanmagan foyda va rezervlar
363. Ushbu kichik boʻlimning schyotlari sugʻurtalovchining xususiy kapitali holati va harakati, shuningdek, qonunchilikka muvofiq va (yoki) taʼsis hujjatlariga muvofiq, tashkil etilgan rezervlar va fondlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Xususiy kapital sugʻurtalovchining aktivlari va majburiyatlari oʻrtasidagi farqdir.
Xususiy kapital mulk egasi tomonidan amalga oshirilgan qoʻshimcha investitsiyalar, faoliyat natijalariga bogʻliq holda koʻpayishi yoki kamayishi mumkin.
364. Ushbu kichik boʻlimda quyidagi schyotlarda hisob yuritish tartibi yoritiladi:
8300 — Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar;
8400 — Qoʻshilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar;
8500 — Rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlar;
8600 — Sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi schyotlar;
8700 — Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi schyotlar;
8800 — Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar;
8900 — Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlarini hisobga oluvchi schyotlar.
1-§. Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (8300)
365. Sugʻurtalovchi ustav kapitalining holati va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8310 “Oddiy aksiyalar”;
8320 “Imtiyozli aksiyalar”;
8330 “Pay va ulushlar”.
366. Ustav kapitali — bu taʼsis hujjatida belgilangan doiradagi faoliyatni taʼminlash uchun taʼsischilarning (ishtirokchilarning) sugʻurtalovchi mulkiga qoʻygan mablagʻlari (ulushlari, aksiyalar nominal qiymatida va hokazolar)ning pul ifodasidagi yigʻindisidir. Ustav kapitalini shakllantirish jarayoni sugʻurtalovchi tashkiliy-huquqiy shakliga muvofiq ravishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan tartibga solinadi.
Ustav kapitali roʻyxatdan oʻtkazilgan hajmda yoki toʻlangan aksiyalarning nominal qiymati yigʻindisi miqdorida aks ettiriladi. Ustav kapitalining hajmi roʻyxatdan oʻtkazilgan taʼsis hujjatlaridagi summadan oshib ketishi mumkin emas. Sugʻurtalovchi ustav kapitalining koʻpayishi yoki kamayishi faqat taʼsischilarning qarori asosida va taʼsis hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan keyingina amalga oshirilishi mumkin.
Aksiyadorlarga sugʻurtalovchi ustav kapitalidagi ulushining qaytarilishi ustav kapitali miqdorini kamaytirmaydi va bu muomala aynan aksiyadorlik jamiyatining sotib olingan xususiy aksiyalari kabi 8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar — oddiy” va 8620 “Sotib olingan xususiy aksiyalar — imtiyozli” schyotlarining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi.
367. 8310 “Oddiy aksiyalar” schyoti oddiy aksiyalarni oʻzida mujassamlashtirgan aksiyadorlik kapitalining holati va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Aksiyadorlik jamiyati davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin uning ustav kapitali emissiya prospektida roʻyxatga olingan summada 8310 “Oddiy aksiyalar” schyotining krediti va 4610 “Ustav kapitaliga ulushlar boʻyicha taʼsischilarning qarzlari” schyotining debetida aks ettiriladi. Sugʻurtalovchining aksiyadorlik kapitali hisobda roʻyxatdan oʻtgan, lekin emissiyasi tugallanmagan miqdorda hisobga olinishi sababli eʼlon qilingan (chiqarishga ruxsat berilgan) chiqarilgan (aksiyadorlar tomonidan obuna amalga oshirilgan) va muomaladagi oddiy aksiyalarning har qaysi emissiyasi boʻyicha alohida analitik hisob yuritish talab etiladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari oʻz ustav kapitalini muomalaga qoʻshimcha aksiyalar chiqarish yoki muomaladagi aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yoʻli bilan oshirishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitali miqdori aksiyalar nominal qiymatining pasayishi, sugʻurtalovchilar tomonidan aksiyalarning bir qismini aksiya egalaridan sotib olinishi natijasida kamayishi mumkin.
Aksiyalar likvidliligini oshirish maqsadida ularni maydalab yuborish yaʼni, ularning nominal qiymatini mutanosib ravishda kamaytirib umumiy miqdorini koʻpaytirish usuli qoʻllaniladi. Aksiyalarni maydalash natijalari aksiyadorlar kapitalining hajmiga taʼsir koʻrsatmay, faqatgina yangi muomaladagi aksiyalarning nominal qiymati va miqdorini koʻpaytirishi sababli ushbu muomalalar boʻyicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshirilmaydi. Ushbu muomalalarni 8310 “Oddiy aksiyalar” schyotiga ochilgan analitik hisob registrlarida qayd qilish zarur.
368. 8320 “Imtiyozli aksiyalar” schyoti imtiyozli aksiya koʻrinishida chiqarilgan aksiyadorlik kapitalining holati va harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Aksiyalar 8310 “Oddiy aksiyalar” va 8320 “Imtiyozli aksiyalar” schyotlarda nominal qiymatlari boʻyicha hisobga olinadi.
8310 “Oddiy aksiyalar” va 8320 “Imtiyozli aksiyalar” schyotlar boʻyicha analitik hisob sugʻurtalovchining taʼsischilari va kapitalning shakllanish bosqichi boʻyicha maʼlumotlarning shakllanishini taʼminlashi shart.
369. 8330 “Pay va ulushlar” schyoti sugʻurtalovchining tashkiliy-huquqiy shakllariga asosan qatnashuvchilarning ulushlarini oʻzida mujassamlashtirgan ustav kapitalining holati va harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Davlat sugʻurtalovchilari davlat tomonidan ajratilgan asosiy va aylanma mablagʻlardan tashkil qilingan ustav kapitalini belgilangan tartibda shakllantiradi.
Sugʻurtalovchi roʻyxatdan oʻtgandan keyin uning ustav kapitali taʼsischilarning taʼsis hujjatlarida belgilangan pay va ulushlaridan tashkil topadi va 8330 “Pay va ulushlar” schyotining krediti, hamda 4610 “Ustav kapitaliga ulushlar boʻyicha taʼsischilarning qarzlari” schyotining debet tomonida aks ettiriladi.
8330 “Pay va ulushlar” schyoti boʻyicha analitik hisob sugʻurtalovchining har bir taʼsischisi boʻyicha alohida yuritiladi.
370. Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (8300)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Taʼsis hujjatlarida koʻzda tutilgan summada, (sugʻurtalovchi roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin) ustav kapitali tasdiqlanishi
4610
8310—8330
2.
Foydaning bir qismi ustav kapitalini koʻpaytirishga yoʻnaltirildi:
a) hisoblangan dividendlar miqdorida
8710
6610
b) ustav kapitalini koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan foyda miqdorida
6610
8310—8330
3.
Ustav kapitali toʻplangan kapital miqdorigacha kamaytirilishi
Aksiyadorlardan sotib olingan va bekor qilingan xususiy aksiyalar ustav kapitalini kamaytirilishiga hisobdan chiqarildi:
a) nominal qiymatdan yuqori bahoda sotib olish nominal qiymatiga nominal qiymatdan oshgan summasi
8310, 8320, 8410, 9690
8610, 8620 8610, 8620
b) nominal qiymatidan past narxda sotib olish sotib olish qiymatiga nominal qiymatidan past summasiga
8310, 8320 8310, 8320
8610, 8620 9590
2-§. Qoʻshilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar (8400)
371. Oddiy va imtiyozli aksiyalarni sotishdan olingan summalarning aksiyalar nominal qiymatidan oshgan miqdori koʻrinishidagi qoʻshilgan kapital naqdligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
372. 8410 “Emissiya daromadi” schyoti aksiyalarni dastlabki sotishda nominal qiymatidan yuqori bahoda olingan mablagʻlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ushbu mablagʻlar kelib tushganda 8410 “Emissiya daromadi” schyoti kreditlanib, xususiy aksiyalarni bekor qilishda sotib olish qiymati va nominal qiymati oʻrtasidagi farq qoplanganda esa ushbu schyot debetlanadi.
8410 “Emissiya daromadi” schyoti boʻyicha analitik hisob oddiy va imtiyozli aksiyalardan olingan daromadlar boʻyicha alohida yuritiladi.
373. 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” schyoti ustav kapitalini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan kurs farqlarni hisobga olish uchun moʻljallangan. Ustav kapitalini shakllantirish uchun berilgan valyuta va valyuta qiymatliklari, ustav kapitaliga ulushlarni kiritish sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha baholanadi. Valyuta va valyuta qiymatliklarini va boshqa mulklarni baholash roʻyxatdan oʻtkazish sanasidagi taʼsis hujjatlarida belgilangan baholardan farq qilishi mumkin. Bunda vujudga kelgan kurs farqlari 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” schyotida hisobga olinadi. Baholardagi ijobiy kurs farqlari 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” schyotining kreditida, salbiy kurs farqlari esa mazkur schyotning debetida aks ettiriladi. Kurs farqlarini bu tartibda hisobdan chiqarilishi taʼsis hujjatlarida oldindan kelishilgan, ustav kapitalidagi taʼsischilarning ulushining oʻzgarmasligiga imkon beradi.
8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir taʼsischi boʻyicha alohida yuritiladi.
374. Qoʻshilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar (8400)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Birlamchi emissiya aksiyalarning nominal va emissiya qiymatlari oʻrtasidagi farq sifatida qoʻshimcha toʻlangan kapital mablagʻlari kelib tushishi
5010—5530
8410
2.
Qoʻshilgan kapital mablagʻlari xususiy aksiyalarni bekor qilishda sotib olish va nominal qiymatlari oʻrtasidagi farqni qoplashga ishlatilishi
8410
8610, 8620
3.
Ustav kapitalini shakllanish jarayonida vujudga kelgan ijobiy kurs farqi hisobga olinishi
Mol-mulkni hisobga oluvchi schyotlar
8420
3-§. Rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (8500)
375. Sugʻurtalovchi taʼsis hujjatlariga asosan foyda hisobidan shakllantiriladigan rezerv kapitali, mulkni qayta baholashdan yuzaga keladigan inflyatsiya rezervlari, pul mablagʻlaridan tashqari tekinga olingan mulklar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8510 “Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar”;
376. 8510 “Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” schyotida mulklarni qayta baholash natijasida vujudga kelgan oʻzgarishlar hisobga olinadi. Mulklarni qayta baholash natijasida rezerv kapitalining shakllanishi va toʻldirilishi 8510 “Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” schyotining kreditida qayta baholash natijasida qiymati oshgan mulklarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Agar qayta baholash natijasida mulklarning qiymati kamaysa, kamaygan summa oʻsha mulkning navbatdagi qiymati oshishi hisobiga toʻldiriladi va u 8510 “Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” schyotining debetida aks ettiriladi. Shu mulkning avvalgi qayta baholashdagi qiymatidan oshgan arzonlashtirilgan summa xarajat sifatida tan olinadi va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotida aks ettiriladi.
377. Mulkni qayta baholash boʻyicha jamlangan summaning taʼsischilar oʻrtasida taqsimlanishi 8510 “Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” schyotning debetida 6620 “Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarzlar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
378. 8520 “Rezerv kapitali” schyoti sugʻurtalovchi tomonidan taʼsis hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil etilgan rezerv kapitalining holati va harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Rezerv kapitali mablagʻlari sugʻurtalovchi zararlarini qoplash va boshqa qoplash manbalari boʻlmagan boshqa maqsadlarga sarflanishi mumkin.
Rezerv kapitalining shakllanishi 8520 “Rezerv kapitali” schyotining kreditida 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
379. 8530 “Tekinga olingan mulklar” schyoti sugʻurtalovchi tomonidan tekinga olingan mulkni hisobga olish uchun moʻljallangan.
Tekinga olingan mulklar 8530 “Tekinga olingan mulklar” schyotining kreditida sugʻurtalovchi mulklarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Tekinga olingan mulklar qiymati soliqqa tortish maqsadida umumiy sugʻurtalovchi daromadiga qoʻshiladi. Tekinga olingan mulklarni soliqqa tortish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlar boʻyicha analitik hisob rezerv kapitalining shakllanish manbalari va turlari boʻyicha yuritiladi.
380. Rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (8500)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Rezerv kapitali hajmining mulk qiymatini qayta baholash natijasida koʻpayishi:
8510
a) asosiy vositalar;
0110—0199
b) uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar;
0310
v) oʻrnatiladigan asbob-uskunalar;
0710—0720
g) tugallanmagan qurilish;
0810
d) uzoq muddatli investitsiyalar
0610—0690
2.
Mulkning qiymatini oʻtgan qayta baholash qiymatining oshirilgan miqdorigacha kamaytirilishi natijasida rezerv kapitalining kamayishi:
a) asosiy vositalar;
8510
0110—0199
b) uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar;
0310
v) oʻrnatiladigan asbob-uskunalar;
0710—0720
g) tugallanmagan qurilish;
0810
d) uzoq muddatli investitsiyalar
0610—0690
oʻtgan qayta baholash qiymatidan oshgan summaga:
a) asosiy vositalar;
9430
0110—0199
b) uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar;
0310
v) oʻrnatiladigan asbob-uskunalar;
0710—0720
g) tugallanmagan qurilish;
0810
d) uzoq muddatli investitsiyalar
0610—0690
3.
Asosiy vositalar eskirishini qayta baholash:
a) qiymati oshirilganda;
8510
0211—0299
b) qiymati kamaytirilganda.
0211—0290
8510
4.
Taʼsis hujjatlariga muvofiq va joriy yilning taqsimlanmagan foyda summasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻrnatilgan tartibda rezerv kapitaliga yoʻnaltirildi
8710
8520
5.
Sugʻurtalovchini tugatish natijasida rezerv kapitali hisobidan taʼsischilarga daromad (dividend)lar hisoblandi
8530
6610, 6620
6.
Rezerv kapitali summasi joriy hisobot yilida foyda olinmaganligi yoki foyda summasi yetarli boʻlmaganligi sababli imtiyozli aksiyalarga daromad (dividend)lar hisoblash uchun yoʻnaltirildi
8520
6610
7.
Tekinga olingan qimmatli qogʻozlar hisobga olindi
0610, 5810
8530
8.
Tekinga olingan asosiy vositalar hisobga olindi
0110—0190
8530
9.
Tekinga olingan oʻrnatiladigan asbob-uskunalar hisobga olindi
4-§. Sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (8600)
381. Keyinchalik qayta sotish yoki bekor qilish maqsadida sotib olingan xususiy aksiyalarning holati va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar — oddiy”;
8620 “Sotib olingan xususiy aksiyalar — imtiyozli”.
382. Sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi schyotlar 8300 “Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar”ga nisbatan kontr-passiv schyot hisoblanib, aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitali miqdorini kamaytiradi va balansda ustav kapitali summasidan chegiriladigan summa sifatida koʻrsatiladi.
Emitent tomonidan sotib olingan xususiy aksiyalarning qiymati 8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar — oddiy” va 8620 “Sotib olingan xususiy aksiyalar — imtiyozli” schyotlarining debetida haqiqiy sotib olish bahosida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Sotib olingan xususiy aksiyalarni sotib olish bahosidan yuqori bahoda qaytadan sotganda oʻrtadagi farq summasi 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyotiga kreditlanadi. Agarda sotib olingan xususiy aksiya sotib olish bahosidan past bahoda qayta sotilsa oʻrtadagi farq summasi 9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar” schyotining debet tomonida koʻrsatiladi.
Nominal qiymatidan past bahoda sotib olingan xususiy aksiyalarni bekor qilishda ushbu qiymatlar oʻrtasidagi farq 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Agar bekor qilingan sotib olingan xususiy aksiyalarning qiymati ularning nominal qiymatdan yuqori boʻlsa, unda farq 9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar” schyotining debetida aks ettiriladi.
383. Boshqa korxonalar (masʼuliyati cheklangan jamiyatlar, sherikchilik va boshqalar) sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (8600)ni sugʻurtalovchi tomonidan oʻrnatilgan tartibda boshqa qatnashuvchilarga yoki uchinchi shaxsga berish uchun sotib olingan ustav kapitalidagi ulushni hisobga olish uchun foydalanadi.
384. Sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi schyotlarning (8600) boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Aksiyadorlardan ularga tegishli aksiyalar (qatnashchi ulushi) sotib olish qiymatida sotib olindi
8610, 8620
5110—5530, 6620
2.
Sotib olingan xususiy aksiyalar (paylar)ni sotib olish bahosidan yuqori bahoda qayta sotish:
sotib olish qiymatiga
5010—5530
8610, 8620
sotib olish qiymatidan yuqori farqiga
5010—5530
9590
3.
Sotib olingan xususiy aksiyalar (paylar)ni sotib olish bahosidan past bahoda qayta sotish:
sotish qiymatiga
5010—5530
8610, 8620
sotib olish qiymatidan past farqiga
9690
8610, 8620
4.
Nominal qiymatidan past bahoda sotib olingan xususiy aksiyalar (paylar)ni bekor qilish:
sotib olish qiymatiga
8310, 8320
8610, 8620
nominal qiymatidan past farqiga
8310, 8320
9590
5.
Nominal qiymatidan yuqori bahoda sotib olingan aksiyalar (paylar)ni bekor qilish:
nominal qiymatiga
8310, 8320
8610, 8620
nominal qiymatidan yuqori farqiga
8410, 9690
8610, 8620
5-§. Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi schyotlar (8700)
385. Sugʻurtalovchining barcha yillar boʻyicha faoliyati va hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar summasining holati va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”;
8720 “Jamgʻarilgan foyda (qoplanmagan zarar)”.
386. 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyotida sugʻurtalovchining hisobot davrida faoliyati boʻyicha taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) hisobga olinadi.
Sof foyda summasi hisobot davrining oxirida yakuniy yozuv bilan 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyotining kreditiga, zarar summasi esa ushbu schyotning debetiga 9910 “Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar” schyoti bilan bogʻlangan holda hisobdan chiqariladi.
Taqsimlanmagan foyda summasi dividendlar toʻlash uchun yoʻnaltirilganda 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyotining debetida va 6610 “Toʻlanadigan dividendlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Taqsimlanmagan foyda summasidan qonunchilikda belgilangan tartibda rezerv kapitalini shakllantirish uchun foydalanish mumkin, bunda 8710 “Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” schyoti debetlanadi va 8520 “Rezerv kapitali” schyoti kreditlanadi.
Hisobot davridagi taqsimlanmagan foydani taqsimlashdan keyin qolgan summa 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyotidan 8720 “Jamgʻarilgan foyda (qoplanmagan zarar)lar” schyotiga oʻtkaziladi.
387. Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi schyotlarning (8700) boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Hisobot davrida aniqlangan yakuniy moliyaviy natija taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) schyotiga oʻtkazildi: foyda summasi zarar summasi
9910 8710
8710 9910
2.
Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi dividend toʻlashga yoʻnaltirildi
8710
6610
3.
Taqsimlanmagan foyda rezerv kapitalini shakllantirishga yoʻnaltirildi
8710
8520
4.
Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi qoldigʻi jamgʻarilgan foydaga oʻtkazilishi, agarda: foyda boʻlsa; zarar boʻlsa;
6-§. Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar (8800)
388. Maqsadli moliyalashtirish mablagʻlarining holati va harakati, shuningdek aʼzolik badallari va maqsadli yoʻnalish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan boshqa qaytarilmaydigan mablagʻlarning kelib tushishi va sarflanishi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8810 “Grantlar”;
8820 “Subsidiyalar”;
8830 “Aʼzolik badallari”;
8840 “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari”;
8890 “Boshqa maqsadli tushumlar”.
389. Ushbu maqsadli tushumlarni sugʻurtalovchining xususiy kapitali sifatida aks ettirish shartlari quyidagilar hisoblanadi:
a) mablagʻlarning maqsadli yoʻnalish boʻyicha ishlatilishi;
b) mablagʻlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning yoʻqligi;
v) belgilangan shartlar bajarilganda qaytarib berilmasligi.
390. Grant deganda ijtimoiy xususiyatga ega maqsadlar, iqtisodiyotni rivojlantirish, ilmiy-texnik va innovatsion dasturlarni bajarish uchun Hukumat, nodavlat, xorijiy, hamda xalqaro tashkilotlar va jamgʻarmalar tomonidan koʻrsatiladigan tekin, gumanitar yoki moddiy-texnik mablagʻlar tushuniladi. Grant mablagʻlari qatʼiy ravishda belgilangan maqsadlarga ishlatiladi.
391. Ajratilgan grant toʻgʻrisida xabarnoma olinganda ushbu grant summasi 8810 “Grantlar” schyotining kreditida 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Grant summasidan moliyalashtiriladigan va budjetda koʻzda tutilgan pul mablagʻlari yoki mulkning qabul qilinishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5110 — 5530), kapital qoʻyilma (0800), oʻrnatiladigan uskunalar (0700), TMZ va boshqa aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Chet el valyutasida olingan grant summasi xoʻjalik muomalalari amalga oshirilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha milliy valyutaga oʻtkaziladi.
392. 8820 “Subsidiyalar” schyoti ajratilgan subsidiyalar, yaʼni iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida belgilangan shartlar uchun sugʻurtalovchilarga davlat tomonidan pul yoki natura koʻrinishida koʻrsatilgan yordam summasi va harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan. Davlat (hukumat) tomonidan berilgan yordam turli koʻrinishda (qoʻshimcha berish, subvensiya va boshqalar) boʻlishi va har xil shartlarga muvofiq berilishi mumkin.
Davlat subsidiyalarining hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 19-oktabrda 52-son bilan tasdiqlangan (10-sonli BHMS) “Davlat subsidiyalarini hisobga olish va davlat yordamini ochish” Buxgalteriya hisobining milliy standartiga (1998-yil 3-dekabr, roʻyxat raqami 562 — Meʼyoriy hujjatlar maʼlumotnomasi, 1999-yil, 6-son) muvofiq amalga oshiriladi.
393. 8830 “Aʼzolik badallari” schyotida jamiyat aʼzolarining taʼsis hujjatlarida belgilangan aʼzolik badallari aks ettiriladi.
Aʼzolik badallarining kelib tushishi 8830 “Aʼzolik badallari” schyotining kredit tomonida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
394. 8840 “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” schyotida maqsadli vazifalarni bajarish uchun soliq toʻlashdan ozod qilingan summalar aks ettiriladi.
Soliq toʻlashdan ozod qilingan summalar budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarning debet tomonida 8840 “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” schyoti bilan bogʻlangan hisobga olinadi.
Soliq toʻlashdan ozod qilish natijasida vujudga kelgan summalar imtiyozli davr belgilangan holatda ushbu davr tugagungacha, qolgan holatlarda har yili 8840 “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” schyotining debetidan 8530 “Tekinga olingan mulklar” schyotining kreditiga hisobdan chiqariladi.
395. 8890 “Boshqa maqsadli tushumlar” schyotining kreditida boshqa maqsadlarga moʻljallangan tushumlar pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar (8800) boʻyicha analitik hisob maqsadli mablagʻlarning yoʻnalishi va moliyalashtirish manbalari boʻyicha alohida yuritiladi.
396. Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar (8800)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Ajratilgan grant va subsidiyalar haqida xabarnoma olindi
4890
8810, 8820
2.
Grant va subsidiyalar boʻyicha mablagʻlar olindi
5110—5530
4890
3.
Tegishli tuzilmalarning qaroriga muvofiq berilgan grant va subsidiya summasi sugʻurtalovchi ustav kapitali hajmini koʻpaytirishga yoʻnaltirildi
8810, 8820
8310, 8320, 8330, 8420
4.
Tegishli tuzilmalarning qaroriga muvofiq ilgari berilgan grant va subsidiya summasi sugʻurtalovchi rezerv kapitali hajmini koʻpayishiga yoʻnaltirildi
8810, 8820
8530
5.
Aʼzolik badallari va boshqa maqsadli tushumlar kelib tushdi
5010—5530
8830
6.
Soliqqa tortishdan ozod qilish natijasida vujudga kelgan boʻsh pul mablagʻlari hisobga olindi
6410
8840
7.
Soliqqa tortishdan ozod qilish boʻyicha imtiyozli davrning tugashi natijasida vujudga kelgan boʻsh pul mablagʻlari hisobdan chiqarildi
7-§. Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlarini hisobga oluvchi schyotlar (8900)
397. Xarajatlar va toʻlovlarni xarajatlarga bir maromda olib borish maqsadida oʻrnatilgan tartibda rezerv qilingan summalarning holati va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 8910 “Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlari” schyotida amalga oshiriladi.
Xarajatlarga qoʻshiladigan summalarni rezervlash qonun hujjatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomi bilan tartibga solinadi (OʻzR. HQT., 1999-y., 2-son, 9-modda).
Rezervlarni hisoblash muomalalari 8910 “Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlari” schyotining kreditida va xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi.
Rezerv qilingan summalar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar va toʻlovlar summasi zaxiralar miqdorini kamaytirib 8910 “Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlari” schyotining debetida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda hisobdan chiqariladi.
U yoki bu rezervning tashkil qilinishi va mablagʻlarning foydalanishi vaqti-vaqti bilan (yilning oxirida albatta) meʼyor, hisoblar va boshqalarga asosan tekshirilib turiladi, zaruriyat tugʻilganda toʻgʻrilanadi (korrektura).
8910 “Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlari” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir rezerv turlari boʻyicha alohida yuritiladi.
398. Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlarini hisobga oluvchi schyotlar (8900)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Kelgusi xarajatlar va toʻlovlarning rezervlari tashkil qilindi
Xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar
8910
2.
Sugʻurtalovchining ishlab chiqarish sexlari va xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar tomonidan asosiy vositalarni taʼmirlash uchun va boshqa bajarilgan ishlar, xizmatlar qiymati hisobga olindi
8910
2010, 2310, 2510, 2710
3.
Hisoblangan kelgusi xarajatlar zaxiralarining foydalanilmay qolgan summasi sugʻurtalovchi daromadiga qoʻshildi
8910
9390
V boʻlim. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi
I kichik boʻlim. Daromadlar va xarajatlar
399. Ushbu kichik boʻlimning schyotlari hisobot davridagi sugʻurtalovchi faoliyati moliyaviy natijalarining shakllanishi va ishlatilishi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (OʻzR. HQT., 1999-y., 2-son, 9-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari bilan tartibga solinadi.
400. Ushbu kichik boʻlimda quyidagi schyotlarning hisob tartibi yoritiladi:
9000 — Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar;
9100 — Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar;
9200 — Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar;
9300 — Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar;
9400 — Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar;
9500 — Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar;
9600 — Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar;
9700 — Favquloddagi foyda (zarar)larni hisobga oluvchi schyotlar;
9800 — Soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar;
9900 — Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar.
Moliyaviy natijalarni shakllantirish uchun alohida daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar va alohida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar ishlatiladi. Mahsulot (tovar, ish, xizmat)larni sotishdagi qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz va boshqa toʻlovlar olinadigan schyotlar yoki pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida va budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarning (6400) kreditida aks ettiriladi.
1-§. Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000)
401. Xizmatlarni sotishdan olingan daromadlar, shuningdek sotilgan tovarlarning qaytishi, sotish va baholardan chegirmalar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
9070 “Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha zararlar ulushining qoplanishi boʻyicha daromadlar”;
9080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha daromadlar”;
9090 “Syurveyer va adjaster xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar”.
402. 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kreditida sugʻurtalovchining asosiy faoliyatidan daromadlar olinadigan schyotlar va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi, biroq, oldingi hisobot davrlarida olingan, ammo joriy hisobot davriga tegishli boʻlgan daromad summalari 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Xizmatlarni sotishda 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotida sotishdan tushgan sof tushum summasi aks ettiriladi.
Shuningdek 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotida quyidagilar aks ettiriladi:
sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari;
qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olingan sugʻurta mukofotlari;
sugʻurta zaxiralari oʻzgarishi natijasini hisobga oluvchi schyotlarning debet tomonidagi qoldigʻi;
va sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha boshqa daromadlar.
Shuningdek, ushbu schyotning qoldigʻi quyidagi summalarga kamaytiriladi:
qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlangan sugʻurta mukofotlari;
sugʻurta zaxiralari oʻzgarishi natijasini hisobga oluvchi schyotlarning kredit tomonidagi qoldigʻi.
Hisobot davrining oxirida 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan yopiladi.
403. 9040 “Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlangan sugʻurta mukofotlari” schyotida qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha qayta sugʻurtalovchiga berilayotgan sugʻurta mukofotlari aks ettiriladi. Ushbu schyot 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotiga kontr-passiv schyot hisoblanadi va uning debet tomoni oboroti sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan olingan daromadlarni kamaytiradi. Ushbu schyotda debeti boʻyicha 6060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha qayta sugʻurtalovchiga beriladigan hisoblangan sugʻurta mukofotlari aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida toʻlangan sugʻurta mukofotlarining summalari 9040 “Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlangan sugʻurta mukofotlari” schyotning krediti boʻyicha 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining debetiga oʻtkaziladi.
404. 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schyoti shartnoma shartlariga muvofiq berilgan sotuv chegirmalari natijasida berilgan narx chegirmalarni hisobga olish uchun moʻljallangan. Ushbu schyot asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000) guruhiga kontr-passiv schyot hisoblanadi va uning debet aylanmasi tovarlarni sotishdan, va xizmat koʻrsatishdan daromadlarni kamaytiradi. 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schyotining debetida sotuv va narxlardan berilgan chegirmalarning summasi tegishli olinadigan schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
405. 9060 “Sugʻurta vositachisi xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotida sugʻurta vositachisi xizmatlarini koʻrsatishdan olingan daromadlar aks ettiriladi. Boshqa shaxslarning qarzdorligi vujudga kelganda 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyotining debeti boʻyicha 9060 “Sugʻurta vositachisi xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda yozuv amalga oshiriladi. Hisobot davrining oxirida 9060 “Sugʻurta vositachisi xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kredit tomonidagi qoldigʻi 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
406. 9070 “Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha zararlar ulushining qoplanishi boʻyicha daromadlar” schyotida qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha zararlar ulushining qoplanishi boʻyicha daromadlar aks ettiriladi. Qayta sugʻurtalovchidan olinadigan hisoblangan sugʻurta tovoni summasiga 4060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti boʻyicha 9070 “Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha zararlar ulushining qoplanishi boʻyicha daromadlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Hisobot davrining oxirida 9070 “Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha zararlar ulushining qoplanishi boʻyicha daromadlar” schyotning kredit tomonidagi qoldigʻi debeti boʻyicha 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
407. 9080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha daromadlar” schyotida qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalar boʻyicha olingan komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar aks ettiriladi. Hisoblangan komission ragʻbatlantirishlar summasiga 4051 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti boʻyicha 9080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha daromadlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Hisobot davri oxirida 9080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha daromadlar” schyotning kredit tomonidagi qoldigʻi debeti boʻyicha 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
408. 9090 “Syurveyer va adjaster xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotida syurveyerlik va adjasterlik xizmatlarini koʻrsatishdan olingan daromadlar aks ettiriladi. Boshqa shaxslarning qarzdorligi shakllanganda 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyotining debeti boʻyicha 9090 “Syurveyer va adjaster xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Hisobot davri oxirida 9090 “Syurveyer va adjaster xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kredit tomonidagi qoldigʻi debeti boʻyicha 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
409. Asosiy (operatsion) faoliyatdan daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar (9000) boʻyicha analitik hisob har bir sotilgan tovar, koʻrsatiladigan sugʻurta va boshqa xizmat turlari boʻyicha alohida yuritiladi. Bundan tashqari, analitik hisobni geografik segmentlar (hududlar) va sugʻurtalovchi tomonidan boshqarish uchun kerakli boʻlgan boshqa segmentlar boʻyicha yuritish mumkin.
410. Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Joʻnatilgan tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlar (QQS, aksizlardan tashqari) uchun xaridorlarga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlaridagi summaga
4010, 4020
9030
2.
Xizmatlarni naqd pulga sotish
5010, 5020
9030
3.
Sugʻurtalovchi xodimiga xizmatlar (jumladan, maxsus kiyimlar) sotildi
4790
9030
4.
Dividendlar xizmatlar bilan toʻlandi
6610
9030
5.
Vositachilik operatsiyalari boʻyicha komission mukofotlar summasi
4010
9030
6.
Xizmatlar shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga sotildi
4120
9030
7.
Kechiktirilgan daromadlar summasi ular taalluqli boʻlgan hisobot davri kelganda sotish hajmiga kiritildi
6230
9030
8.
Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan sugʻurta mukofotlarining hisoblanishi
9040
6060
9.
Qayta sugʻurta qilish boʻyicha toʻlangan sugʻurta mukofotlarining hisobdan chiqarilishi
9030
9040
10.
Sotishdan va narxdan chegirmalar berish
9050
4010
11.
Hisobot davrining oxirida 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schyotini yopilishi
9030
9050
12.
Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi
9030
9910
13.
Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan komission ragʻbatlantirishlarni hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi
9080
9030
14.
Qayta sugʻurtalovchidan olinadigan sugʻurta tovonining hisoblanishi
4060
9070
15.
Qayta sugʻurtalovchidan olingan tovonlarning yakuniy moliyaviy natijaga oʻtkazilishi
9070
9910
16.
Qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarning hisoblanishi
4051
9080
17.
Qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarni hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi
9080
9030
2-§. Sotilgan tovarlar va xizmatlar tannarxini hisobga oluvchi schyotlar (9100)
411. Tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
9130 “Koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi”;
9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid qilish”;
9150 “Davriy hisobda TMZ boʻyicha tuzatishlar”.
412. Xizmat koʻrsatishda xizmatlarning tannarxi 9130 “Koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyotining krediti boʻyicha sugʻurta boʻyicha xizmatlarni shakllantiruvchi xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda, aks ettiriladi.
413. 9130 “Koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyotiga, shuningdek, 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining summalari ham oʻtkaziladi.
414. Hisobot davrining oxirida 9130 “Koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan yopiladi.
415. Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar (9100)dan amalda foydalanish sugʻurtalovchida qoʻllaniladigan tovar-moddiy zaxiralarning hisob usuliga, yaʼni tovar-moddiy zaxiralarning uzluksiz yoki davriy hisobiga bogʻliq.
416. Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz hisobga olish usuli qoʻllanilganda har bir mahsulot yoki tovarning tannarxi uning ishlab chiqarish jarayonidagi harakatiga qarab xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda toʻplanadi.
417. Tovar-moddiy zaxiralarni davriy hisobga olish usulidan foydalanilganda har bir mahsulot (tovar)ning tannarxi hisobot davri davomida vaqtinchalik 9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid qilish” schyotida yigʻiladi, biroq sotilgan mahsulotlar, tovarlarning haqiqiy tannarxini faqat TMZ inventarizatsiya qilingandan soʻng aniqlash mumkin. 9150 “Davriy hisobda TMZ boʻyicha tuzatishlar” schyoti — hisobot davrining oxirida inventarizatsiya natijasida TMZni mavjudligini aks ettirish uchun foydalaniladigan vaqtinchalik schyot. Koʻrsatilgan schyotning debeti boʻyicha TMZning kamayishi, krediti boʻyicha TMZning oʻsishi TMZni hisobga oluvchi schyotlar (1000) bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
9150 “Davriy hisobda TMZ boʻyicha tuzatishlar” schyotining qoldigʻi 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotiga oʻtkazilishi orqali yopiladi.
418. Sotilgan tovar va xizmatlarning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar (9100)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik sexlarining bajargan ishlari va koʻrsatgan xizmatlarining tannarxi
9130
2010, 2310, 2710
2.
Tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish (TMZni davriy hisobga olish usulida)
9140
6010
3.
Hisobot davrining oxirida inventarizatsiya natijalari boʻyicha TMZ schyotlari boʻyicha qoldiqlarga tuzatishlar qilindi: asosiy moddiy zaxiralar:
zaxiralarning oʻsishi
1010—1090
9150
zaxiralarning kamayishi
9150
1010—1090
4.
Hisobot davrining oxirida 9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish / xarid qilish” schyotining yopilishi
9910
9140
5.
Hisobot davri oxirida 9150 “Davriy hisobda TMZ boʻyicha tuzatishlar” schyotining yopilishi
9910 (9150)
9150 (9910)
6.
Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar (9100)ning yopilishi
9910
9130
3-§. Asosiy vositalar, boshqa aktivlarning chiqib ketishini va sugʻurta zaxiralari oʻzgarishining natijasini hisobga oluvchi schyotlar (9200)
419. Sugʻurtalovchiga tegishli asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishi (tugatish, sotish, tekinga berish, ulush sifatida ustav kapitaliga berish, uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha berish, aniqlangan kamomad yoki yoʻqotish) va sugʻurta zaxiralari oʻzgarishi natijasi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
420. 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining debeti boʻyicha chiqib ketgan asosiy vosita obyektlarining boshlangʻich qiymati, shuningdek asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar aks ettiriladi.
9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining kreditiga asosiy vositalar obyektlarini sotishdan olingan tushumlar va hisobdan chiqarish natijasida sotish va foydalanish mumkin boʻlgan bahoda kelib tushgan materiallarning qiymati, shuningdek chiqib ketgan asosiy vositalar obyektlari boʻyicha chiqib ketish vaqtida hisoblangan eskirish summalari olib boriladi.
Asosiy vositalarni sotishdan tushumlar 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining kreditida olinadigan schyotlar va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Joriy hisobot davrida 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti boʻyicha debet qoldiq (zarar) 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotiga, ushbu schyot boʻyicha kredit qoldiq (foyda) esa 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” schyotiga hisobdan chiqariladi. Asosiy vositalar obyektlarini uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha berish natijasida 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotida yuzaga keladigan va kechiktirilgan daromadlarga tegishli boʻlgan foyda summasi 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” (joriy qismi) yoki 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” (uzoq muddatli qismi) schyotiga hisobdan chiqariladi.
Asosiy vositalar obyektlarining kamomadi yoki buzilish hollarida qiymatliklar kamomadi sifatida aks ettiriladigan qoldiq qiymati 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining krediti boʻyicha 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti bilan bogʻlangan holda hisobdan chiqariladi. Aniq aybdor aniqlangandan keyin kamomad va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar summasi 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotining debetiga, aniq aybdorlar aniqlanmagan holda esa 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotining debetiga 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti bilan bogʻlangan holda olib boriladi.
9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti boʻyicha analitik hisob chiqib ketayotgan asosiy vositalarning inventar obyektlari boʻyicha alohida yuritiladi.
421. 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining debetida chiqib ketayotgan qiymatliklarning balans qiymati, shuningdek, shu bilan bogʻliq amalga oshirilgan xarajatlar (komission mukofotlar va hokazolar) aks ettiriladi.
9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining kreditiga aktivlarni sotishdan tushum, yaʼni sotilgan mulk uchun sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan summa olib boriladi. Nomoddiy aktivlar obyektlarining sotilishi va turli chiqib ketishida 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining kreditiga shuningdek, ushbu obyektlar boʻyicha chiqib ketish vaqtigacha hisoblangan eskirish summasi, nomoddiy aktivlarning eskirishini hisobga oluvchi tegishli schyotlar (0500) bilan bogʻlangan holda, hisobdan chiqariladi.
Ushbu schyot boʻyicha debet qoldiq (zarar) 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotiga, kredit qoldiq (foyda) esa 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyotiga hisobdan chiqariladi.
422. 9230 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotida ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining oʻzgarishi hisobga olinadi. Hisobot davrining oxirida hisobot davri boʻyicha ushbu schyot 8110 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi”, 8010 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi” schyotlari bilan bogʻlanadi. Hisobot sanasiga sugʻurtalovchi tomonidan ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi va ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchining ulushi hisoblanadi.
Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 9230 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8010 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining kamayish summasiga 8010 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi” schyotining debeti 9230 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchining ulushi miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 8110 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining debeti 9230 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining kamayish summasiga 9230 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8110 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
9230 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debet tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining debetiga oʻtkaziladi. 9230 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining kredit tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
423. 9240 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotida ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining oʻzgarishi hisobga olinadi. Hisobot davrining oxirida hisobot davri boʻyicha ushbu schyot 8130 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi”, 8020 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi” schyotlari bilan bogʻlanadi. Hisobot sanasiga sugʻurtalovchi tomonidan ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi va ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchining ulushi hisoblanadi.
Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 9240 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8020 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining kamayish summasiga 8020 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi” schyotining debeti 9240 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchining ulushi miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 8130 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining debeti 9240 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining kamayish summasiga 9240 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8130 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
9240 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debet tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining debetiga oʻtkaziladi. 9240 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining kredit tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
424. 9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotida xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi hisobga olinadi. Ushbu schyot 8120 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi”, 8030 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi” schyotlari bilan bogʻlanadi. Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasining shakllanishida, zaxira summasiga 9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8030 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Sugʻurta amalga oshirilishi bilan sugʻurta tovoni summasiga 8030 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi” schyotining debeti 9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Shuningdek, ushbu yozuv sugʻurtalovchining xabar qilingan zararlarni bartaraf qilish xarajatlari summasiga ham amalga oshiriladi. Sugʻurta shartnomasi yoki qonunchilikka muvofiq sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlash boʻyicha majburiyatlari tugatilganda, zararlarni bartaraf qilish boʻyicha xarajatlar miqdoriga oshirilgan xabar qilingan zarar summasiga 8030 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi” schyotining debeti 9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Xabar qilingan lekin, bartaraf qilinmagan zararlar zaxirasi 8120 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining debeti 9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, hisobga olinadi. Qayta sugʻurtalanuvchi tomonidan sugʻurta tovonining toʻlanishi yoki toʻlanmasligidan qatʼi nazar, zarar bartaraf qilingandan soʻng, qayta sugʻurtalanuvchi ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchining ulushi summasiga 9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8120 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debet tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining debetiga oʻtkaziladi. 9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining kredit tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
425. 9260 “Falokatlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotida falokatlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi aks ettiriladi. Hisobot sanasiga falokatlar zaxirasi miqdori hisoblanadi.
Falokatlar zaxirasining miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 9260 “Falokatlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8060 “Falokatlar zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, falokatlar zaxirasining kamayish summasiga schyotining debeti 8060 “Falokatlar zaxirasi” 9260 “Falokatlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
9260 “Falokatlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debet tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining debetiga oʻtkaziladi. 9260 “Falokatlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining kredit tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
426. 9270 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotida zararlilikning tebranishi zaxirasi oʻzgarishining natijasi aks ettiriladi. Hisobot sanasiga zararlilikning tebranishi zaxirasi oʻzgarishining natijasi miqdori hisoblanadi.
Zararlilikning tebranishi zaxirasining miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 9270 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8070 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, zararlilikning tebranishi zaxirasining kamayish summasiga schyotining debeti 8070 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi” 9270 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
9270 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debet tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining debetiga oʻtkaziladi. 9270 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining kredit tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
427. 9280 “Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotida Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi hisobga olinadi. Hisobot davrining oxirida hisobot davri boʻyicha ushbu schyot 8140 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi”, 8090 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxira” schyotlari bilan bogʻlanadi. Hisobot sanasiga sugʻurtalovchi tomonidan hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi va ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchining ulushi hisoblanadi.
Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiraning miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 9280 “Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8090 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxira” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiraning kamayish summasiga schyotining debeti 8090 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxira” 9280 “Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 8140 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining debeti 9280 “Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining kamayish summasiga 9280 “Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8140 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
9280 “Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debet tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining debetiga oʻtkaziladi. 9280 “Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining kredit tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
428. 9290 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotida aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi oʻzgarishi aks ettiriladi. Hisobot sanasiga aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi oʻzgarishining natijasi miqdori hisoblanadi.
Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasining miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 9290 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8050 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasining kamayish summasiga schyotining debeti 8050 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi” 9290 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
9290 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debet tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining debetiga oʻtkaziladi. 9290 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining kredit tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
429. Asosiy vositalar, boshqa aktivlarning chiqib ketishini va sugʻurta zaxiralari oʻzgarishining natijasini hisobga oluvchi schyotlar (9200)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha berish, kamomad yoki yoʻqolishini aniqlanishi natijasida chiqib ketayotgan asosiy vositalar obyektlarining boshlangʻich qiymatini hisobdan chiqarish
9210
0110—0190
2.
Chiqib ketayotgan asosiy vositalar boʻyicha eskirish
0210—0290
9210
3.
Asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bogʻliq yordamchi ishlab chiqarishning xizmatlari va xarajatlari hisobdan chiqarildi
9210
2310
4.
Asosiy vositalarning chiqib ketishi boʻyicha operatsiyalarda ishtirok etayotgan ishchilarga mehnat haqi hisoblandi
9210
6710
5.
Asosiy vositalarning chiqib ketishi boʻyicha operatsiyalarda ishtirok etayotgan ishchilarga hisoblangan mehnat haqi summasidan ijtimoiy sugʻurta ajratmalari amalga oshirildi
9210
6520
6.
Asosiy vositalarning chiqib ketishida koʻrsatilgan xizmatlar uchun boshqa korxonalarga boʻlgan qarz
9210
6990
7.
Asosiy vositalar obyektlarini uzoq muddatli ijaraga berish natijasida hosil boʻlgan kelgusi davr daromadlari hisobdan chiqarildi
9210
6230, 7230
8.
Mavjud asosiy vositalar obyektlari uzoq muddatli ijarasining toʻliq muddati davomida olinadigan ijara toʻlovlari summasi (ijaraga beruvchida)
0920
9210
9.
Asosiy vositalarning chiqib ketishidan qolgan materiallarning kirim qilinishi
1010—1090
9210
10.
Asosiy vositalarning chiqib ketishidan bankka kelib tushgan tushum (naqdsiz hisob-kitoblar boʻyicha)
5110
9210
11.
Xaridorlarning ularga sotilgan asosiy vositalar uchun qarzi
4010
9210
12.
Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining ularga sotilgan asosiy vositalar uchun qarzi
4120
9210
13.
Asosiy vositalarning chiqib ketishi boʻyicha muomalalarning moliyaviy natijalarini aniqlash:
a) foyda
9210
9310
b) zarar
9430
9210
14.
Chiqib ketayotgan nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish (sotish, hisobdan chiqarish, tekinga berish va hokazo)
9220
0410—0490
15.
Xaridorlarning ularga sotilgan nomoddiy va boshqa aktivlar uchun qarzi
4010
9220
16.
Nomoddiy va boshqa aktivlar shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga sotildi
4120
9220
17.
Sotilgan materiallarning tannarxi hisobdan chiqarildi
9220
1010—1090
18.
Chetga chiqarilgan materiallar qiymatidagi farqlar hisobdan chiqarildi
9220
1610
19.
Oʻstirishda va boquvda boʻlgan hayvonlarning chetga chiqarilishi
9220
2710
20.
Qimmatli qogʻozlarni sotish
9220
0610, 5810
21.
Sugʻurtalovchi tomonidan chet el valyutasini sotish kunidagi kursi boʻyicha qayta hisoblash orqali sotish
5110, 5510—5530
9220
22.
Chet el valyutasini sotish bilan bogʻliq xarajatlar
9220
5110—5530
23.
Boshqa aktivlarni sotishdan tushum valyuta va hisob-kitob schyotlariga kelib tushdi
5110, 5210
9220
24.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha sotishda chet el valyutasini hisobdan chiqarish
9220
5210—5220
25.
Boshqa aktivlarning chiqib ketishi boʻyicha muomalalarning moliyaviy natijasini aniqlash:
a) foyda
9220
9320
b) zarar
9430
9220
26.
Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining (RNP) hisoblanishi:
RNPning oshgan summasi, yoki
9230
8010
RNPning kamayish summasi
8010
9230
27.
Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchining ulushining hisoblanishi:
ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining oshgan summasi, yoki
8110
9230
ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining kamaygan summasi
9230
8110
28.
Sodir boʻlgan lekin, xabar qilinmagan zararlar zaxirasining (RPNU) hisoblanishi:
RPNUning oshgan summasi, yoki
9250
8020
RPNUning kamayish summasi
8020
9250
29.
Sodir boʻlgan lekin, bartaraf qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining hisoblanishi:
ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining oshgan summasi, yoki
8130
9240
ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining kamaygan summasi
9240
8130
30.
Xabar qilingan, bartaraf qilinmagan zararlar zaxirasining (RZU) shakllanishi
9250
8030
31.
Sugʻurta tovonining toʻlanishi bilan majburiyatning tugatilishi
8030
9250
32.
Zararni bartaraf qilish xarajatlari
8030
9250
33.
Sugʻurtalovchi majburiyatlarining tugatilishi: xabar qilingan zararlarni bartaraf qilish boʻyicha sugʻurtalovchining xarajatlari summasiga oshirilgan xabar qilingan zarar
8030
9250
34.
Xabar qilingan lekin, bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilar ulushi
8120
9250
35.
Xabar qilingan lekin, bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining sugʻurta tovonini toʻlash boʻyicha majburiyatlari tugatilgandan keyin hisobdan chiqarilishi
431. Hisobot davrining oxirida asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda summasi 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” schyotining kreditida 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
432. Hisobot davrining oxirida boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda summasi 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyotining kreditida 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
433. Xoʻjalik shartnomalarining shartlarini buzganliklari uchun qarzdorlardan undirilgan jarimalar, penya, ustamalar va boshqa jarima turlari, shuningdek yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha daromadlar 9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar” schyotining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar yoki olinadigan schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
434. Hisobot davrida aniqlangan oʻtgan yillar foydalari 9340 “Oʻtgan yillar foydalari” schyotining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar yoki tegishli olinadigan schyotlarning debeti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
435. Mulkni qisqa muddatli ijaraga berishdan daromadlar 9350 “Qisqa muddatli ijaradan daromadlar” schyotining kreditida 4820 “Qisqa muddatli ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
436. Daʼvo muddati oʻtib ketgan kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar 9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar” schyotining kreditida kreditor va deponent qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
437. 9370 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar daromadlari” schyotida shu sugʻurtalovchining asosiy faoliyati boʻyicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlar hisobga olinadi. Bularga sugʻurtalovchi balansida boʻlgan sogʻliqni saqlash obyektlari, bolalar bogʻchalari, uy-joy-kommunal xoʻjaligi, madaniyat va sport obyektlaridan olingan daromadlar kiradi.
438. Pul mablagʻlari va pul ekvivalentlari koʻrinishida tekinga olingan daromadlar 9380 “Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam” schyotining kreditida pul mablagʻlari va pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
439. Boshqa operatsion faoliyatdan olingan daromadlar 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyotining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar yoki olinadigan schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
440. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9300)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda
9210
9310
2.
Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda
9220
9320
3.
Shartnoma majburiyatlariga rioya etmaganligi uchun boshqa korxonalarga taqdim etilgan jarima, penya va ustamalar summasi
4860
9330
4.
Hisobot davrida aniqlangan oʻtgan yillar foydalari
4010
9340
5.
Qisqa muddatli ijara shartnomasi boʻyicha ijara toʻlovlari summasi
4820
9350
6.
Daʼvo muddati oʻtishi bilan kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarish
6010
9360
7.
Kreditor qarzlar va hokazolarni hisobdan chiqarishdan daromadlar
6910—6990
9360
8.
Kamomadlar boʻyicha baholardagi farqlar moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borildi
4730
9370
9.
Tekinga olingan pul mablagʻlari
5110—5530
9380
10.
Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardagi, umumishlabchiqarish omborlaridagi materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarishning ortiqchalari kirim qilindi
2010, 2310, 2510, 2710
9390
11.
Ilgari hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlaridan olingan daromadlar
Olinadigan schyotlar
9390
12.
Mulk sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta tashkilotlaridan kelib tushgan sugʻurta toʻlovlari
4510
9390
13.
Shubhali qarzlar boʻyicha sarflanmagan zaxira summasining ushbu zaxira tashkil qilingan yildan keyingi yilning foydasiga qoʻshilishi
4910
9390
14.
Tugallanmagan qurilishdagi ortiqchalar
0810—0890
9390
15.
Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan talab qilinmagan boʻnak summalarining hisobdan chiqarilishi
6310—6390
9390
16.
Hisobot davrining oxirida asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi
5-§. Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (9400)
441. Ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan sotish xarajatlari, boshqaruv xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar, shuningdek kelgusida soliq solinadigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
9410 “Sotish xarajatlari”;
9420 “Maʼmuriy xarajatlar”;
9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”;
9431 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, oʻtgan davrda xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari”;
9432 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, lekin hisobot davrida xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari”.
9440 “Kelgusida soliq solinadigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari”.
442. Davr xarajatlarining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom bilan tartibga solinadi (OʻzR. HQT., 1999-y., 2-son, 9-modda).
443. 9410 “Sotish xarajatlari” schyotida mahsulotni sotish boʻyicha xarajatlar, yaʼni mahsulotni isteʼmolchiga yetkazib berish bilan bogʻliq, transport vositalariga ortish, marketing bilan shugʻullanuvchi xodimlar va boʻlimlarning xarajatlari va boshqalar aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida 9410 “Sotish xarajatlari” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.
444. 9420 “Maʼmuriy xarajatlar” schyotida sugʻurtalovchini boshqarish boʻyicha xarajatlar, boshqaruv xodimlarining mehnat haqi xarajatlari, umumboshqaruv ahamiyatiga molik asosiy vositalarni taʼmirlash xarajatlari, umumxoʻjalik ahamiyatidagi binolarning ijara toʻlovlari va boshqa xarajatlar hisobga olinadi. Hisobot davrining oxirida 9420 “Maʼmuriy xarajatlar” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.
445. 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlari, axborot, auditorlik va maslahat xizmatlari uchun toʻlov xarajatlari, ish haqi hisoblashda hisobga olinmaydigan kompensatsiyalash va ragʻbatlantirish ahamiyatiga molik toʻlovlar, bank va depozitariya xizmatlarining toʻlovlari, zararlar, jarimalar, penyalar va boshqa operatsion faoliyat jarayonida vujudga keladigan, ishlab chiqarish jarayoni, moliyaviy faoliyat va favqulodda xarajatlar moddalarining belgilari boʻlmagan boshqa xarajatlar aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.
446. 9431 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, oʻtgan davrda xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyotida toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, oʻtgan davrda xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta tovonlari hisobga olinadi. Sugʻurta tovonini hisoblashda 9431 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, oʻtgan davrda xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyoti debetlangan holda 6030 “Sugʻurtalanuvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti bilan bogʻlanadi. Hisobot davrining oxirida 9431 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, oʻtgan davrda xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.
447. 9432 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, lekin hisobot davrida xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyotida toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, lekin hisobot davrida xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta tovonlari hisobga olinadi. Sugʻurta tovonini hisoblashda 9432 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, lekin hisobot davrida xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyoti debetlangan holda 6030 “Sugʻurtalanuvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti bilan bogʻlanadi. Hisobot davrining 9432 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, lekin hisobot davrida xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.
448. 9440 “Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari” schyotida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan (OʻzR. HQT., 1999 y,. 2-son, 9-modda) “Mahsulot (ishlar, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 2.4 boʻlimida keltirilgan kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida 9440 “Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi. Ushbu schyotda hisobot davri davomida yigʻilgan xarajatlar toʻgʻrisidagi axborot balansdan tashqari 012 “Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar” schyotining debetiga yoziladi.
449. Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (9400)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Mahsulotlarni joʻnatish boʻyicha transport xarajatlari
9410
6990
2.
Chetdan reklama va marketing xizmatlari
9410
6010
3.
Savdo jarayonida ishlatilayotgan asosiy vositalarning eskirishi
9410
0210—0299
4.
Savdo jarayonida ishlatilayotgan nomoddiy aktivlarning eskirishi
9410
0510—0590
5.
Boshqaruv xodimlarining mehnat haqi xarajatlari
9420
6710
6.
Boshqaruv ahamiyatiga molik asosiy vositalarning eskirishi
9420
0210—0299
7.
Boshqaruv binosining ijara toʻlovi
9420
6910
8.
Boshqaruv ehtiyojlari uchun materiallar sarflandi
9420
1010—1090
9.
Transport korxonalarining xizmati
9420
6010
10.
Xizmat safarlari va vakillik xarajatlari
9420
4220, 4230
11.
Yuridik shaxsning yuqori tashkiloti va birlashmalarini saqlashga ajratmalar
9420
6120
12.
Bank va auditorlik xizmatlari uchun toʻlovlar
9430
6990
13.
Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishidan zararlar
9430
9210, 9220
14.
Aybdor shaxsni aniqlash imkoni boʻlmagan holdagi kamomadlar va yoʻqotishlar
9430
5910
15.
Shubhali qarzlar boʻyicha zaxira hisoblandi
9430
4910
16.
Soliq idoralari qaroriga koʻra jarima hisoblandi
9430
6410
17.
Sugʻurtalovchi balansida boʻlgan oliy oʻquv yurtlarini saqlash uchun ajratmalar
9430
6110
18.
Sugʻurtalovchi xodimlari uchun dam olish uylari va sanatoriylarga yoʻllanmalar toʻlandi
9430
5110—5530
19.
Bekor qilingan buyurtmalar boʻyicha xarajatlar hisobdan chiqarildi
9430
2010
20.
Oʻtgan yillar muomalalaridan koʻrilgan zararlar
9430
Olinadigan schyotlar
21.
Xoʻjalik shartnomalarini buzganlik uchun jarimalar
9430
6960
22.
Mahalliy transportdan foydalanish uchun yoʻl hujjatlari toʻlandi
9430
5110—5530
23.
TMZning sotilishi boʻyicha bahoning kamayish natijalari hisobdan chiqarildi
9430
3190
24.
Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlarining hisoblanishi
9431—9432
6030
25.
Notoʻgʻri toʻlangan sugʻurta tovonlarini qaytarish toʻgʻrisida daʼvo bildirish
4890
9431—9432
26.
Tegishli sugʻurta tovonlarini moliyaviy natijalarga oʻtkazish
9910
9431—9432
27.
Quyidagi ishlarda foydalanilgan asosiy vositalarning eskirishi va nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi:
a) yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ishga tushirish ishlarida;
9440
0210—0299, 0510—0590
b) ommaviy yoki seriyali ishlab chiqarishga moʻljallanmagan yangi texnologik jarayonlarni oʻzlashtirishga xizmat koʻrsatishda;
v) qazib olish tarmoqlarida tayyorgarlik ishlarida.
28.
Hisobot davri oxirida davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi
9910
9410—9440
6-§. Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9500)
450. Moliyaviy faoliyat daromadlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
9560 “Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan daromadlar”;
9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari”.
451. Royalti koʻrinishida olingan daromadlar 9510 “Royalti koʻrinishidagi daromadlar” schyotining kreditida 4850 “Olinadigan royalti” yoki pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
452. Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida boshqa korxonalar faoliyatida ulush bilan ishtirok etishdan olingan daromadlar, sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan aksiyalar boʻyicha dividendlar va obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlardan daromadlar 9520 “Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar” schyotining kreditida 4840 “Olinadigan dividendlar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
453. Uzoq muddatli va joriy investitsiyalar boʻyicha foizlar koʻrinishidagi daromadlar 9530 “Foizlar koʻrinishidagi daromadlar” schyotining kreditida 4830 “Olinadigan foizlar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
454. 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotida balansning valyuta moddalari boʻyicha ijobiy kurs farqlaridan olingan daromadlar aks ettiriladi. Chet el valyutasidagi operatsiyalar boʻyicha ijobiy kurs farqi, shu jumladan buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholash farqlari 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotining krediti boʻyicha pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlar va majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar va boshqalar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
455. Mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar 9550 “Uzoq muddatli ijaradan daromadlar” schyotining kreditida 4830 “Olinadigan foizlar”, 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar”, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
456. Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan daromadlar 9560 “Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan daromadlar” schyotining kreditida uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar va qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
457. 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyotida moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari aks ettiriladi.
458. Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9500)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Royalti boʻyicha olinadigan summalar
4850
9510
2.
Boshqa korxonalarda ulushli qatnashishdan olingan daromadlar, sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan aksiya va boshqa qimmatli qogʻozlar boʻyicha dividendlar
4840
9520
3.
Qarz majburiyatlari boʻyicha foizlar
4830
9530
4.
Balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan ijobiy kurs farqlari
Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlar, majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar va boshqalar
9540
5.
Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha hisoblangan foizlar summasi
4830
9550
6.
Qimmatli qogʻozlarni qayta baholash (qiymatining oshirilishi)
0610, 5810
9560
7.
Hisobot davri oxirida moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi
7-§. Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (9600)
459. Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
9610 “Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar”;
9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar”;
9630 “Qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tarqatish boʻyicha xarajatlar”;
9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar”.
460. Banklar, mol yetkazib beruvchilarning kreditlari va qarzlar, uzoq muddatli ijara boʻyicha foizlar va boshqa foiz toʻlovi xarajatlari 9610 “Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar” schyotining debetida 6920 “Hisoblangan foizlar” yoki pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Bundan tashqari, deponentlangan qayta sugʻurta mukofotiga hisoblangan sugʻurtalovchining daromadlari hisobi ham, 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotining debeti 6920 “Hisoblangan foizlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda amalga oshiriladi. Qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq hisoblangan daromadlarning toʻlanishi 6920 “Hisoblangan foizlar” schyotining debeti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holdagi provodka bilan rasmiylashtiriladi.
461. 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotida salbiy kurs farqi va balansning valyuta moddalariga doir operatsiyalar boʻyicha zararlar aks ettiriladi. Chet el valyutasi operatsiyalari boʻyicha salbiy kurs farqlari, shu jumladan buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholashdan farq 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlar va majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar va boshqalar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
462. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tarqatish bilan bogʻliq xarajatlar 9630 “Qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tarqatish boʻyicha xarajatlari” schyotining debetida majburiyatlar va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
463. 9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar” schyotida moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar aks ettiriladi.
464. Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (9600)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Kreditlar va qarzlar boʻyicha foizlar hisoblandi
9610
6920
2.
Asosiy vositalarning uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha foizlar hisoblandi
9610
6920
3.
Balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan salbiy kurs farqlari
Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlar, majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar va boshqalar
3290
4.
Qimmatli qogʻozlarga qoʻyilgan mablagʻlarni qayta baholash (qiymatining kamaytirilishi) natijasida koʻrilgan zararlar va h. k.
9690
0610—0690, 5810—5890
5.
Hisobot davri oxirida moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi
8-§. Favqulodda foyda (zarar)larni hisobga oluvchi schyotlar (9700)
465. Sugʻurtalovchining odatiy xoʻjalik faoliyatidan keskin farq qiladigan favquloddagi hodisalar (tasodif, kutilmagan va odatiy boʻlmagan zarar va yoʻqotishlar) natijasida vujudga keladigan foyda va zararlar hisobi quyidagi schyotlarda yuritiladi:
9710 “Favquloddagi foydalar”;
9720 “Favquloddagi zararlar”.
466. Favqulodda hodisalardan foyda 9710 “Favquloddagi foydalar” schyotining kreditida TMZni hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlar yoki pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
467. Favqulodda hodisalardan zarar 9720 “Favquloddagi zararlar” schyotining debetida uzoq muddatli va joriy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida 9710 “Favquloddagi foydalar”, 9720 “Favquloddagi zararlar” schyotlari 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.
9710 “Favquloddagi foydalar”, 9720 “Favquloddagi zararlar” schyotlari boʻyicha analitik hisob favquloddagi foyda va zararlarning nomlari boʻyicha yuritiladi.
468. Favquloddagi foyda (zarar)larni hisobga oluvchi schyotlar (9700)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Favqulodda hodisa (tabiiy ofat) natijasida uskunalar, materiallar, tovarlar kirim qilindi
0710—0720, 1010—1090
9710
2.
Tabiiy ofatdan keyin oʻtkazilgan inventarizatsiya natijasida aniqlangan uskunalarning kamomadi
9720
0710—0720
3.
Tabiiy ofat tufayli yoʻqotilgan turli xil moddiy qiymatliklar hisobdan chiqarildi
9720
1010—1090, 2710
4.
Tabiiy ofat tufayli tugallanmagan ishlab chiqarishdagi yoʻqotishlar
9720
2010, 2310
5.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning tabiiy ofatdan koʻrgan zarari hisobdan chiqarildi
9-§. Soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar (9800)
469. Qonunchilikda belgilangan daromad (foyda) soligʻi boʻyicha yil davomida hisoblangan boʻnak toʻlovlari va qayta hisoblash boʻyicha haqiqatda foydadan toʻlovlarni hisobga olish uchun quyidagi schyotlar moʻljallangan:
9810 “Daromad (foyda) soligʻi boʻyicha xarajatlar”;
9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yigʻimlar boʻyicha xarajatlar”.
470. Yil davomida budjetga soliqlar, yigʻimlar va budjetga boshqa ajratmalar boʻyicha hisoblangan toʻlovlar 9810 “Daromad (foyda) soligʻi boʻyicha xarajatlar”, 9820 “Foydadan hisoblanadigan boshqa soliq va yigʻimlar boʻyicha xarajatlar” schyotining debetida budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni (turlari boʻyicha) hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Hisobot davri tugashi bilan yillik moliyaviy hisobot tuzilganda 9810 “Daromad (foyda) soligʻi boʻyicha xarajatlar”, 9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliq va yigʻimlar boʻyicha xarajatlar” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.
Soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar boʻyicha analitik hisob soliqlar, yigʻimlar, ajratmalar va toʻlovlarning turlari boʻyicha yuritiladi.
471. Soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar (9800)ning bogʻlanishi
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Foydadan budjetga toʻlovlar boʻyicha yil davomida hisoblangan summalar
9810, 9820
6410
2.
Hisobot davrining oxirida soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi
10-§. Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar (9900)
472. 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti hisobot yilida sugʻurtalovchi faoliyati yakuniy moliyaviy natijasining shakllanishi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan. Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) asosiy faoliyatdan, moliyaviy faoliyatdan va favqulodda daromadlardan ushbu faoliyat turlari boʻyicha xarajatlar summasiga kamaytirilishidan yuzaga keladi. 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining debetida sugʻurtalovchining xarajat (zarar)lar, kreditida esa daromad (foyda)lar aks ettiriladi. Hisobot davridagi debet va kredit aylanmasi taqqoslanishi hisobot davrining sof foydasi (zarari)ni koʻrsatadi.
Har bir hisobot davri oxirida 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining debeti va krediti boʻyicha aylanmalar yigʻiladi va hisobot davrining yakuniy moliyaviy natijasini ifodalovchi ushbu schyot boʻyicha umumiy qoldiq hisoblab chiqariladi.
Hisobot davrining tugashi bilan yillik moliyaviy hisobot tuzishda 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.
474. Ushbu qismning schyotlari sugʻurtalovchiga tegishli boʻlmagan, lekin vaqtinchalik foydalanayotgan yoki ixtiyorida boʻlgan (qisqa muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar, masʼul saqlashga va qayta ishlovga qabul qilingan moddiy qiymatliklar va boshqa) mavjud qiymatliklar, shartli huquq va majburiyatlarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish, shuningdek alohida xoʻjalik muomalalari ustidan nazorat qilish uchun moʻljallangan.
476. 001 “Qisqa muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar” schyoti sugʻurtalovchi tomonidan qisqa muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ijaraga olingan asosiy vositalar 001 “Qisqa muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotida shartnomada koʻrsatilgan bahoda yuritiladi.
001 “Qisqa muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar” schyoti boʻyicha analitik hisob ijaraga beruvchilar boʻyicha va har bir ijaraga olingan asosiy vositalar obyektlari (ijaraga beruvchining inventar raqamlari) boʻyicha yuritiladi.
2-§. Masʼul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar (002)
477. 002 “Masʼul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar” schyoti masʼul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Tovar-moddiy qiymatliklar 002 “Masʼul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar” schyotida qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoki schyot-fakturada koʻrsatilgan baholarda hisobga olinadi.
002 “Masʼul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar” schyoti boʻyicha analitik hisob korxonalar, turlari, navi va saqlash joyi boʻyicha yuritiladi.
3-§. Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar (003)
478. 003 “Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar” schyoti ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan toʻlanmaydigan va qayta ishlash uchun berilgan (davalcheskoye siryo) buyurtmachining xom ashyo va materiallarining mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan. Xom ashyo va materiallarni qayta ishlash yoki qoʻshimcha ishlov berish (buyurtmachining xom ashyo va materiallarining qiymatidan tashqari) xarajatlarining hisobi xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda yuritiladi.
Qayta ishlovga qabul qilingan buyurtmachining xom ashyo va materiallari 003 “Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar” schyotida shartnomada koʻrsatilgan baholarda hisobga olinadi.
003 “Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar” schyoti boʻyicha analitik hisob buyurtmachilar, xom ashyo va materiallarning turlari, navlari va ularni saqlash joylari boʻyicha yuritiladi.
4-§. Komissiyaga qabul qilingan tovarlar (004)
479. 004 “Komissiyaga qabul qilingan tovarlar” schyoti shartnomaga muvofiq komissiyaga qabul qilingan tovarlarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan. Ushbu schyotdan komissioner korxonalar foydalanadi.
Komissiyaga qabul qilingan tovarlar 004 “Komissiyaga qabul qilingan tovarlar” schyotida qabul qilish-topshirish dalolatnomalarida koʻrsatilgan narxlarda hisobga olinadi.
004 “Komissiyaga qabul qilingan tovarlar” schyoti boʻyicha analitik hisob tovarlarning turlari va korxona — komitentlar boʻyicha yuritiladi.
5-§. Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar (005)
480. 005 “Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar” schyoti pudratchi korxonalar tomonidan montaj uchun buyurtmachidan olingan barcha turdagi uskunalarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan. Ushbu schyotdan pudratchi korxonalar foydalanadi.
Uskunalar 005 “Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar” schyotida buyurtmachi tomonidan tegishli hujjatlarda koʻrsatilgan bahoda hisobga olinadi.
005 “Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar” schyoti boʻyicha analitik hisob alohida obyektlar yoki agregatlar boʻyicha yuritiladi.
6-§. Qatʼiy hisobot varaqlari (006)
481. 006 “Qatʼiy hisobot varaqlari” schyoti saqlanayotgan va hisobdorlik asosida beriladigan qatʼiy hisobot varaqlari — patta daftarchalari, guvohnoma blankalari, diplomlar, turli abonementlar, talonlar, tovarlarni kuzatib boruvchi hujjatlarning varaqlari va shu kabilarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Qatʼiy hisobot varaqlariga kiritiladigan hujjatlar roʻyxati, ularni saqlash va foydalanish tartibi sugʻurtalovchi tomonidan oʻrnatiladi.
Qatʼiy hisobot varaqlari 006 “Qatʼiy hisobot varaqlari” schyotida shartli baholarda hisobga olinadi.
006 “Qatʼiy hisobot varaqlari” schyoti boʻyicha analitik hisob qatʼiy hisobot varaqlarining har bir turi va ularni saqlash joylari boʻyicha yuritiladi.
7-§. Toʻlashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga oʻtkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi (007)
482. 007 “Toʻlashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga oʻtkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi” schyoti qarzdorlarning toʻlashga qobiliyatsizligi tufayli zararga hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlarning holati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan. Bunday qarz hisobdan chiqarilgan paytidan boshlab besh yil davomida qarzdorlarning mulkiy holati oʻzgargan vaqtda qarzni undirib olish imkoniyatini kuzatib borish uchun balansdan tashqari schyotda hisobga olinishi lozim.
Ilgari zararga hisobdan chiqarilgan qarzni undirib olish natijasida kelib tushgan summaga pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti bilan bogʻlangan holda debetlanadi. Bir vaqtning oʻzida koʻrsatilgan summaga 007 “Toʻlashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga oʻtkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi” schyoti kreditlanadi.
007 “Toʻlashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga oʻtkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir qarzdor boʻyicha yuritiladi.
8-§. Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — olingan (008)
483. 008 “Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — olingan” schyoti majburiyat va toʻlovlarning bajarilishini taʼminlash uchun olingan kafolatlarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Agar kafolatda summa koʻrsatilmagan boʻlsa, u holda buxgalteriya hisobida ushbu summa shartnoma shartidan kelib chiqib aniqlanadi. 008 “Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — olingan” schyotida hisobga olingan taʼminot summasi qarzlarning qoplanishi doirasida hisobdan chiqariladi.
008 “Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — olingan” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir olingan taʼminot boʻyicha yuritiladi.
9-§. Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — berilgan (009)
484. 009 “Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — berilgan” schyoti majburiyat va toʻlovlarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha berilgan kafolatlarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Agar, kafolatda summa koʻrsatilmagan boʻlsa, u holda buxgalteriya hisobida ushbu summa shartnoma shartlaridan kelib chiqib aniqlanadi. 009 “Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — berilgan” schyotida hisobga olingan taʼminot summasi qarzlarning qoplanishi doirasida hisobdan chiqariladi.
009 “Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — berilgan” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir berilgan taʼminot boʻyicha yuritiladi.
10-§. Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar (010)
485. 010 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar” schyoti uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha ijaraga berilgan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
010 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar” schyotidan uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar ijara muddatining tugashida egasiga qaytarilganda yoki boshqa sabablarga koʻra qaytarib olingan yoki shartnoma muddati tugagandan keyin ijarachi sotib olgan vaqtdan boshlab hisobdan chiqariladi.
010 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar boʻyicha alohida asosiy vositalarning hisob inventar kartochkalari boʻyicha yuritiladi.
11-§. Ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulk (011)
486. 011 “Ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulk” schyoti ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulklarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
011 “Ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulk” schyotidan ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulklar shartnoma muddati tugashi bilan egasiga qaytarilganda hisobdan chiqariladi.
011 “Ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulk” schyoti boʻyicha analitik hisob ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulkning har bir obyekti boʻyicha yuritiladi.
12-§. Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar (012)
487. 012 “Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar” schyoti boʻyicha ushbu hisobot davrining soliq solinadigan bazasiga qoʻshiladigan, biroq keyingi hisobot davrlarning soliq solinadigan foyda (daromad)dan chiqariladigan xarajatlar aks ettiriladi. Ushbu xarajat moddalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 2-sonli ilovasida keltirilgan (OʻzR. HQT., 1999-y., 2-son, 9-modda).
Balansdan tashqari 012 “Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar” schyotida analitik hisob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning (OʻzR. HQT., 1999-y., 2-son, 9-modda) 2-sonli ilovasida koʻzda tutilgan moddalar soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar miqdori va ularni chiqarish muddatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni olish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
13-§. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha) (013)
488. 013 “Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti vaqtinchalik soliq solishdan ozod etilgan, maqsadli ishlatilishi koʻzda tutilmagan boʻshagan mablagʻlarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Budjetga toʻlovning har bir turi boʻyicha hisoblangan boʻshagan mablagʻlar summasi 013 “Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyotining debetida aks ettiriladi.
013 “Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyotida hisobga olingan budjetga majburiy toʻlovlar va soliqlar boʻyicha hisoblangan summa “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” (2-sonli shakl)da aks ettirilmaydi va mos ravishda moliyaviy natijalarning shakllanishiga taʼsir etmaydi.
013 “Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyotidan soliq solishdan ozod etilishi natijasida boʻshagan mablagʻlar summasi imtiyoz berilgan davrining tugashi bilan hisobdan chiqariladi.
Bunda, boʻshagan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumot imtiyoz muddatining tugashi bilan hisobdan chiqarilgandan keyin sugʻurtalovchida 5 yil davomida saqlanishi lozim.
14-§. Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari (014)
489. 014 “Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari” schyoti foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlarining mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Inventar va xoʻjalik jihozlarini foydalanishga berish vaqtida ularning qiymati toʻliq ishlab chiqarish xarajatlari yoki davr xarajatlariga olib boriladi va bir vaqtning oʻzida 014 “Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari” schyotida aks ettiriladi.
Inventar va xoʻjalik jihozlari keyinchalik foydalanish (ishlatish)ga yaroqsiz boʻlgan holda ularning 014 “Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari” schyotidan hisobdan chiqarilishi tegishli tartibda rasmiylashtirilgan hisobdan chiqarish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlarining saqlanishini taʼminlash maqsadida 014 “Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari” schyoti boʻyicha analitik hisob yakka tartibda foydalanuvchilar va sexlar omborlari oraligʻida yuritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 193-modda; 2009-y.,17-son,219-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)