

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;26.07.2024
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-822699" id="onLBC-822699">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9579"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.07.00 Alohida tarmoqlarda hisob]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-822699" id="onLS-822699">[<b>TSZ:</b><div id="LS3775"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Moliya / Buxgalteriya hisobi]</span></div></div></div><div class="signCont"><div name="-896007" id="-896007"><span class="SIGNATURE_STAMPS_PLACEHOLDER" style="width:98%"><div class="SIGNATURE_STAMP_TEXT"><div name="-896010" id="-896010"><p>“TASDIQLANGAN”</p>
<p>Oʻzbekiston Respublikasi</p>
<p>Moliya vazirligi</p>
<p>Vazirning oʻrinbosari</p>
<p>E.F. GADOYEV </p>
<p>1998-yil 14-oktabr 50-son </p></div></div></span></div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-826797" id="-826797">Shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga sarmoyalarni hisobga olish va konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-826813" id="-826813">oʻzbekiston respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti<br />8-son bhms</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-826820" id="-826820">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 28-dekabrda 580-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-826821" id="-826821"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7041219" id="-7041219">Mazkur standart Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 135-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (8-sonli BHMS) “Konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobotlar va shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi”ni tasdiqlash haqida”gi <a href="/mact/-7036406?ONDATE=26.07.2024 00#-7037067">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 3537, 26.07.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3739252" id="-3739252">UMUMIY QOIDALAR</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739254" id="-3739254">1. Buxgalteriya hisobining ushbu milliy standarti (BHMS) Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-2931253">Qonuniga</a> asosan ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini meʼyoriy jihatdan tartibga solish tizimining bir qismi hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3739255" id="-3739255">MAQSAD VA AMAL QILISH SOHASI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739256" id="-3739256">2. Ushbu BHMSning maqsadi xoʻjalik yurituvchi bosh jamiyat (bundan buyon “bosh jamiyat” deb yuritiladi) nazorati ostidagi xoʻjalik yurituvchi jamiyatlar guruhining konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotini tuzish va taqdim etish tartibini belgilab berishdan iborat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739258" id="-3739258">Ushbu standartda shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalarni bosh jamiyatning alohida moliyaviy hisobotida hisobga olish tartibi ham koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739260" id="-3739260">3. Bu standart quyidagilarga nisbatan qoʻllanilmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739261" id="-3739261">3.1. Qoʻshma faoliyatdagi investitsiyalarni hisobga olishga (“Qoʻshma faoliyatdagi ishtirok ulushini moliyaviy hisobotda aks ettirish” buxgalteriya hisobi milliy standartiga qarang).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739262" id="-3739262">3.2. Uyushgan korxonalarga investitsiyalarni hisobga olishga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739269" id="-3739269">Ushbu standartning talablari vazirliklar, idoralar va budjet tashkilotlarining qoʻshma moliyaviy hisobotiga nisbatan ham qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3739270" id="-3739270">TUSHUNCHALAR</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739272" id="-3739272">4. Bu standartda foydalanilgan tushunchalar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739274" id="-3739274">Nazorat (bu standartga nisbatan qoʻllanilganda) — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy va xoʻjalik siyosatini uning faoliyatidan foyda olish maqsadida belgilash huquqi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739277" id="-3739277">Shuʼba xoʻjalik jamiyati (bundan buyon “shuʼba jamiyat” deb yuritiladi) — bosh jamiyat tomonidan nazorat qilinadigan xoʻjalik yurituvchi subyekt.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739278" id="-3739278">Bosh jamiyat — bir yoki bir necha kichik jamiyatlarga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739282" id="-3739282">Guruh — bosh jamiyat va unga qarashli barcha shuʼba jamiyatlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739283" id="-3739283">Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar — hisobot sanasidagi moliyaviy ahvolni va xoʻjalik yurituvchi jamiyatlar guruhining hisobot davri uchun moliyaviy natijalarni aks ettiruvchi koʻrsatkichlar tizimi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739285" id="-3739285">Alohida moliyaviy hisobotlar — guruh har bir aʼzosining konsolidatsiyalash lozim boʻlgan hisoboti.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739287" id="-3739287">Kamchilik ulushi — shuʼba jamiyat xoʻjalik faoliyatining sof daromadlari (zararlari) hamda sof aktivlarining bosh jamiyatning bevosita yoki bilvosita shuʼba jamiyatlardagi ishtiroki ulushiga toʻgʻri kelmaydigan qismidir.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3739289" id="-3739289">KONSOLIDATSIYALASHGAN MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TAQDIM ETISH</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739292" id="-3739292">5. Bosh jamiyat konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni taqdim etishi lozim, <a href="/mact/-822699#-3739294">6-bandda </a>tavsiflangan bosh jamiyatlar bundan mustasnodir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739294" id="-3739294">6. Oʻz navbatida boshqa bir jamiyatga qarashli boʻlgan va boshqa jamiyat mulki hisoblangan bosh jamiyat, agar oʻzining bosh jamiyati talab qilmasa va buning uchun kamchilik ulushi egalarining roziligi boʻlsa, konsolidatsiyalashgan hisobot taqdim etmasligi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739296" id="-3739296">Bunday bosh jamiyat oʻzining alohida moliyaviy hisobotlarida quyidagilarni ochib berishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739301" id="-3739301">a) konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot taqdim etilmagani sababini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739303" id="-3739303">b) shuʼba jamiyatga investitsiyalarni buxgalteriyada hisobga olishda foydalanilayotgan usulni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739307" id="-3739307">v) konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot taqdim etadigan oʻzining bosh jamiyati nomi va uning roʻyxatga olingan joyini.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739311" id="-3739311">Bosh jamiyat ham oʻzida qaram jamiyatlar mavjud boʻlgan taqdirda konsolidatsiyalashgan hisobotni tuzmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739316" id="-3739316">Bunday hollarning har biri buxgalteriya balansiga va bosh jamiyat natijalari toʻgʻrisidagi hisobotga izohlarda ochib berilishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3739319" id="-3739319">KONSOLIDATSIYALASH AMAL QILADIGAN SOHA</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739322" id="-3739322">7. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzadigan bosh jamiyat barcha shuʼba jamiyatlarni (xorijiy va mahalliy) jipslashtirishi lozim, quyidagi hollar bundan mustasnodir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739326" id="-3739326">7.1. Shuʼba korxona faqat yaqin kelajakda sotish maqsadida xarid qilingan va uni nazorat qilish vaqtincha boʻlgan hollar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739328" id="-3739328">7.2. Shuʼba jamiyat bosh jamiyat tomonidan belgilab qoʻyilgan uzoq muddatga moʻljallangan alohida sharoitda faoliyat koʻrsatgan va bu sharoit uning mablagʻni bosh jamiyatga oʻtkazish qobiliyatini ancha kamaytirgan hollar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739331" id="-3739331">Bunday shuʼba jamiyatlar “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” buxgalteriya hisobi <a href="/mact/-823344">milliy standartiga </a>muvofiq investitsiyalar sifatida hisobga olinishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3739333" id="-3739333">KONSOLIDATSIYALASHGAN HISOBOTLARNI TUZISH USULI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739336" id="-3739336">8. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash chogʻida bosh jamiyat va unga qarashli barcha shuʼba jamiyatlar moliyaviy hisobotlari aktivlarning bir xil moddalarini, majburiyatlarni, oʻz mablagʻi, daromadlari va xarajatlarini satrma-satr konsolidatsiyalash yoʻli bilan birlashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739339" id="-3739339">Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar guruh toʻgʻrisida yagona jamiyat sifatida moliyaviy axborotdan iborat boʻlishi uchun:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739363" id="-3739363">8.1. Quyidagilar chiqarib tashlanishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739366" id="-3739366">har bir shuʼba jamiyatga bosh jamiyat investitsiyalarining balans qiymati va bosh jamiyatning har bir shuʼba jamiyatning oʻz sarmoyasidagi ulushi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739370" id="-3739370">bosh va shuʼba jamiyatlar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitob qilish schyotlari boʻyicha saldo;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739374" id="-3739374">daromadlar, xarajatlar, dividendlar boʻyicha guruh ichidagi operatsiyalar, shuningdek shu operatsiyalar natijasida vujudga keladigan amalga oshmagan foyda va zararlar, qoplanishi mumkin boʻlmagan zararlar bundan mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739375" id="-3739375">8.2. Shuʼba jamiyat sof daromadida kamchilik ishtirokining bosh jamiyatga tegishli sof daromad miqdorini aniqlash chogʻida guruhning daromadini kamaytiradigan ulushni aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739377" id="-3739377">8.3. Shuʼba jamiyat sof aktivlaridagi kamchilik ulushini aniqlash va hisobot davri uchun konsolidatsiyalashgan buxgalteriya balansida bosh jamiyatning majburiyatlari va oʻz sarmoyasini alohida koʻrsatish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739378" id="-3739378">dastlab xarid qilingan paytda hisoblangan miqdor;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739380" id="-3739380">xarid qilingan paytdan boshlab oʻz sarmoyasi harakatida kamchilik ulushining salmogʻi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739385" id="-3739385">9. Bosh jamiyatning, shuʼba jamiyatlarning bir hisobot davri uchun bir hisobot vaqtida tuzilgan moliyaviy hisobotlari hamda kamchilikning ulushlari konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda birlashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739391" id="-3739391">Agar biror shuʼba jamiyatning moliyaviy hisoboti (masalan, Oʻzbekistondan tashqarida joylashgan shuʼba jamiyatning moliyaviy hisoboti) konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzilgan hisobot davri uchun, lekin konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning hisobot vaqtidan farq qiladigan hisobot sanasida tuzilgan boʻlsa, bunday shuʼba jamiyat oʻsha hisobot vaqti uchun oraliq moliyaviy hisobot tuzadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739393" id="-3739393">Shuʼba jamiyat oraliq moliyaviy hisobot tuzish imkoniyatiga ega boʻlmasa, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga shuʼba jamiyatning boshqa hisobot davri uchun tuzilgan moliyaviy hisoboti maʼlumotlari, bu hisobotlarni tuzish oʻrtasida oʻtgan vaqt uch oydan oshmagan taqdirda, qoʻshiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739397" id="-3739397">Turli hisobot davrida tuzilgan moliyaviy hisobotlar jamlanayotganda shu sanalar oʻrtasida yuz beradigan muhim operatsiyalar yoki boshqa voqealar natijasi hisoblangan oʻzgartishlar kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739403" id="-3739403">10. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar oʻxshash operatsiyalar va moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining boshqa voqealari uchun yagona hisob siyosatidan foydalanish asosida tayyorlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739406" id="-3739406">Guruh ishtirokchilaridan biri oʻxshash operatsiyalar boʻyicha konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzish chogʻida qabul qilingan hisob siyosatidan farq qiladigan hisob siyosatidan foydalangan taqdirda, bu moliyaviy hisobotlarga konsolidatsiyalash chogʻida tegishli oʻzgartishlar kiritiladi. Agar konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash chogʻida yagona hisob siyosatidan foydalanishning imkoniyati boʻlmasa, bu fakt konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning turli hisob siyosati qoʻllanilgan moddasi qismida ochib berilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739409" id="-3739409">11. Shuʼba jamiyatlar xoʻjalik faoliyatining natijalari uni xarid qilgan vaqtdan boshlab konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga qoʻshiladi, xaridor sotib olgan shuʼba jamiyat ustidan nazorat qilishni oʻz qoʻliga olgan vaqt xarid qilingan vaqt hisoblanadi, nazorat qilish topshirilgan vaqt esa shuʼba jamiyat bosh jamiyatdan chiqarilgan vaqt hisoblanadi. Shuʼba jamiyat realizatsiyasidan tushum bilan uning aktivlari balans qiymati oʻrtasidagi tafovut realizatsiya vaqtidagi majburiyatlar chiqarib tashlanib, moliyaviy natijalarning konsolidatsiyalashgan hisobotida shuʼba jamiyat realizatsiyasidan olingan foyda va zarar sifatida aks ettiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739410" id="-3739410">12. Jamiyatdagi investitsiyalar kichik shuʼba qaram boʻlmagan va shuʼba jamiyat taʼrifiga mos kelmaydigan paytdan boshlab “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” <a href="/mact/-823344">BHMSiga</a> muvofiq hisobga olinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739411" id="-3739411">13. Kamchilikning ulushi konsolidatsiyalashgan buxgalteriya balansida majburiyatlar va oʻz sarmoyasidan alohida koʻrsatilishi kerak. Guruhlar daromadida kamchilik ulushi ham alohida koʻrsatilishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3739412" id="-3739412">BOSH JAMIYATNING ALOHIDA MOLIYAVIY HISOBOTIDA SHUʼBA XOʻJALIK JAMIYATLARIGA INVESTITSIYALARNI HISOBGA OLISH</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739415" id="-3739415">14. Bosh jamiyatning alohida (mustaqil) moliyaviy hisobotlarida shuʼba jamiyatlarga konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tuzish chogʻida hisobga olingan investitsiyalar quyidagilardan foydalanib aks ettiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739417" id="-3739417">14.1. Oʻz sarmoyasini hisobga olish usuli (ulushbay ishtiroki usuli);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739419" id="-3739419">14.2. Bosh jamiyatning uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga olish boʻyicha foydalaniladigan usuli (“Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” <a href="/mact/-823344">BHMSiga</a> qarang).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739422" id="-3739422">15. Bosh jamiyatning alohida moliyaviy hisobotida shuʼba jamiyatlarga yoʻnaltirilgan, lekin konsolidatsiyalashgan hisobotga kiritilmagan investitsiyalar “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” buxgalteriya hisobi <a href="/mact/-823344">milliy standartiga </a>muvofiq ravishda hisobga olinishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3739424" id="-3739424">YORITIB BERISH</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739428" id="-3739428">16. <a href="/mact/-822699#-3739294">6 </a>va <a href="/mact/-822699#-3739403">10-bandlarda </a>talab qilingan axborotni ochib berishga qoʻshimcha ravishda quyidagi axborotlarni ham koʻrsatib berish lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739431" id="-3739431">16.1. Yirik shuʼba jamiyatlar roʻyxati, ular joylashgan yoki roʻyxatga olingan mamlakatlar, oʻz mulki ulushi yoki ular mulk ulushiga egalik qilmasa, ovoz berish huquqiga ega boʻlgan aksiyalar miqdori ham koʻrsatiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739433" id="-3739433">16.2. Shuʼba jamiyat hisoboti konsolidatsiyalashgan hisobotga kiritilmagani sabablari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739435" id="-3739435">16.3. Bosh va shuʼba jamiyat oʻrtasidagi bosh jamiyatga shuʼba jamiyat ustidan bosh jamiyat bevosita yoki shuʼba jamiyat orqali bilvosita ovozlar miqdorining yarmidan koʻprogʻiga ega boʻlmagan hollarda uni nazorat qilishga imkon beradigan oʻzaro munosabatlar tabiati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739436" id="-3739436">16.4. Bevosita yoki shuʼba jamiyatlar orqali bilvosita ovozlarning yarmidan koʻprogʻiga egalik qiladigan, lekin nazorat yoʻqligi sababli shuʼba jamiyat hisoblanmaydigan jamiyatlarning nomlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739437" id="-3739437">16.5. Jamiyatni sotib olish (barpo etish) va sotish (tugatish)ning hisobot yilidagi moliyaviy ahvolga, natijalarining hisobot davridagi ahvolga va oldingi davrga tegishli miqdorga taʼsiri;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3739438" id="-3739438">16.6. Bosh jamiyat alohida moliyaviy hisobotida shuʼba jamiyatga yoʻnaltirilgan investitsiyalarni hisobga olish uchun foydalanilgan usul.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3739440" id="-3739440"></div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
