1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
[TSZ:
1.Moliya / Sugʻurta]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Buyrugʻi
Sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta zaxiralarini shakllantirish hamda joylashtirish tartibi va shartlari toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 6-mayda 1571-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 107-sonli “Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882, 15.12.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-yil, 10-son, 69-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi 286-sonli “Sugʻurta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandiga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1998-yil, 7-son, 24-modda) asosan buyuraman:
1. Sugʻurtalovchilar tomonidan sugʻurta zaxiralarini shakllantirish hamda joylashtirish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* binoan tasdiqlansin.