1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
“TASDIQLANGAN”
O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
vazirning o‘rinbosari
E.F. GADOYEV
1998-yil 19-oktabr, 52-son
DAVLAT SUBSIDIYALARINING HISOBI VA DAVLAT YORDAMI BO‘YICHA KO‘RSATILADIGAN MA’LUMOTLAR
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTERIYA HISOBIning MILLIY STANDARTI 10-SON BHMS
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 3-dekabr, 562-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur standart O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 136-sonli “O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (10-sonli BHMS) “Davlat yordamining hisobi va u to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yoritib berish”ni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3534, 24.07.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalterlik hisob-kitobi to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish tizimining bir qismidir.
MAQSADI
2. Ushbu standartning maqsadi buxgalteriya hisob-kitobi tamoyillarini belgilab olishdan va xo‘jalik yurituvchi subyektlar olgan davlat subsidiyalarini yoxud boshqa turdagi davlat yordamini moliyaviy hisobotda aks ettirishdan iborat.
AMAL QILISH SOHASI
3. Ushbu standart xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat subsidiyalarini hisob-kitob qilish va boshqa turdagi davlat yordamini ochish maqsadida qo‘llaniladi.
4. Ushbu standart quyidagilarga nisbatan qo‘llanilmaydi:
4.1. O‘zgarib turuvchi narxlarni aks ettiruvchi moliyaviy hisobotlarda davlat subsidiyalarini hisob-kitob qilishda va shu turdagi qo‘shimcha axborotlarda yuzaga keladigan o‘ziga xos muammolar;
4.2. Soliqqa tortiladigan daromadni aniqlashda, daromad solig‘i bo‘yicha majburiyatlar asosida belgilangan yoki cheklangan foyda va yengilliklar tarzda korxonaga taqdim etiladigan davlat yordamiga (soliqdan vaqtinchalik ozod qilish, soliq krediti va daromad (foyda) solig‘i stavkasini kamaytirish) berilgan davlat yordami.
4.3. Xo‘jalik yurituvchi subyektning mulkida davlatning qatnashishi.
TUSHUNCHALAR
5. Ushbu Standartda foydalaniladigan tushunchalar:
Davlat subsidiyalari — xo‘jalik yurituvchi subyektning operatsiya faoliyatiga taalluqli muayyan sharoitlarda xo‘jalik yurituvchi subyektga resurslarni berish tarzida hukumat tomonidan beriladigan yordam.
Davlat yordami — muayyan mezonlar bilan qanoatlantiruvchi bitta yoki bir qator xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy yordam berish uchun davlat ko‘rilgan aksiya. Ushbu standart maqsadlari uchun davlat yordami faqat bevosita, rivojlanib borayotgan sektorlarda infratuzilmalarni vujudga keltirish yoki raqobatchilarga savdo cheklashlarini joriy etish singari umumiy savdo shartlariga ta’sir etuvchi xatti-harakatlar vositasida beriladigan imtiyozlarni o‘z ichiga olmaydi.
Aktivlarga kiritiladigan subsidiyalar — bu uzoq muddatli aktivlarni muayyan qurilish loyihalari uchun sotib olish yoki qurish maqsadida xo‘jalik subyektlari ajratadigan davlat subsidiyalaridir, ishga tushirish yoki xarid qilish muddatlari, ushbu aktivlarning muayyan joylashishi.
Daromadga kiritiladigan subsidiyalar — bu aktivlarga kiritiladiganlaridan tashqari, davlatning har qanday boshqa subsidiyalari.
Qaytarmaslik asosidagi ssudalar — bu kreditor qaytarishni talab qilmagan holda, muayyan shartlarga rioya qilib beradigan ssudalardir.
6. Xo‘jalik yurituvchi subyektning davlat yordamini olishi ikkita sababga ko‘ra moliyaviy hisobotni tayyorlashdagi jiddiy holdir:
6.1. Agar resurslar o‘tkazib bo‘lingan bo‘lsa, ularni buxgalterlik hisob-kitobida to‘g‘ri aks ettirish kerak;
6.2. Hisobot davri davomida xo‘jalik subyekti uchun bunday yordamni olishning ahamiyatini ko‘rsatgan ma’qul.
Bu esa xo‘jalik subyektlarining moliyaviy hisobotlarini avvalgi davrlardagi hisobotlar va boshqa subyektlarning hisobotlari bilan taqqoslashga ko‘maklashadi.
DAVLAT SUBSIDIYALARI BUXGALTERLIK HISOB-KITOBI USLUBIYATI
7. Korxona belgilangan talablarga mos ekanligiga va subsidiya olinishiga yetarlicha ishonch bo‘lmagunicha davlat yordami tan olinmaydi. Subsidiya olish o‘z-o‘zidan subsidiyalar berish bilan bog‘liq shartlar bajarib bo‘lingan yoki bajariladi, degan ma’noni anglatmaydi.
8. Subsidiyalarni olish shakli uni hisobotlarda aks ettirish usuliga ta’sir qilmaydi. Masalan, subsidiya, u naqd shaklda olindimi yoki davlatga nisbatan majburiyatlarni kamaytirish shaklida olindimi, bundan qat’i nazar, hisobga olinadi.
9. Qaytarmaslik asosida muayyan shartlar bilan berilayotgan davlat ssudasiga xo‘jalik subyekti ana shu shartlarni bajarishiga yetarlicha kafolat mavjud bo‘lgan taqdirda davlat subsidiyasi deb qaraladi.
10. Davlat subsidiyalari ular bilan bog‘liq chiqimlarga kiritish uchun zarur bo‘lgan davrlar mobaynida ular qoplaydigan joriy operatsiyalar bo‘yicha muntazam asosda daromad deb hisoblanishi lozim.
11. Daromad (foyda) solig‘i va boshqa soliqlar daromaddan kelib chiqib hisoblanishini nazarda tutib, moliyaviy-budjet siyosatining davomi bo‘lmish davlat subsidiyalarini moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda (q: “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” Buxgalteriya hisobi milliy standarti) ko‘rib chiqish zarur.
12. Davlat subsidiyalarining maqsadli mablag‘lar sifatida tan olinishi hisoblash usuliga ko‘ra amalga oshiriladi.
Davlat subsidiyalari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi Hisobotda ular bilan bog‘liq chiqimlar (xarajatlar) bilan nisbatini belgilash uchun zarur bo‘lgan hisobot davrlari mobaynida daromadlar deb e’tirof etiladi.
13. Amortizatsiya qilinadigan aktivlar bilan bog‘liq subsidiyalar odatda ana shu aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblanadigan hisobot davrlari mobaynida va nisbatlarda daromad deb hisoblanadi.
Muayyan shartlar va majburiyatlar bilan berilgan amortizatsiya qilinmaydigan aktivlar bilan bog‘liq subsidiyalar mazkur majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshiriladigan davrlar mobaynida daromad deb e’tirof etiladi.
14. Qilingan xarajatlar yoki ko‘rilgan zararlar uchun kompensatsiya sifatida olinishi lozim bo‘lgan yoki xo‘jalik subyektiga, kelgusida u bilan hech qanday xarajatlarga bormagan holda, darhol moliyaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ajratiladigan davlat subsidiyasi u olinishi kerak bo‘lgan davrda daromad sifatida, shuningdek favqulodda modda (q: “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” Buxgalteriya hisobi milliy standarti) sifatida e’tirof etiladi.
15. Davlat subsidiyasi xo‘jalik subyekti tomonidan avvalgi davrda qilingan xarajatlar yoki ko‘rilgan zararlar uchun kompensatsiya sifatida olinishi mumkin. Bunday subsidiya u olinishi kerak bo‘lgan davrda daromad sifatida, keyinchalik uning ta’sirini belgilash uchun ochish bilan favqulodda modda sifatida e’tirof etiladi.
DAVLATNING NOLIKVID SUBSIDIYALARI
16. Davlat subsidiyasi xo‘jalik subyekti tomonidan foydalaniladigan nolikvid aktiv shaklini olishi mumkin. Mazkur holatlarda odatda nolikvid aktivning amaldagi qiymati belgilanadi, aktiv ham, subsidiya ham ana shu amaldagi qiymat bo‘yicha hisobga olinadi.
AKTIVLARGA KIRITILADIGAN SUBSIDIYALARNI HISOB-KITOB QILISH
17. Aktivlarga kiritiladigan davlat subsidiyalari, shu jumladan nolikvid subsidiyalar maqsadli tushumlar deb aks ettiriladi va ular aktivning foydali xizmat muddati davomida daromad sifatida muntazam asosda e’tirof etiladi.
Boshqa usullarga ko‘ra davlat subsidiyasi tushgan aktivning balans qiymatini kamaytiradi va hisoblanadigan eskirishni qisqartirish yo‘li bilan amortizatsiya qilinadigan aktivning foydali xizmat qilishi muddati davomida moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarda aks ettiriladi.
DAROMADLARGA KIRITILADIGAN SUBSIDIYALAR HISOBI
18. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarda daromadga kiritiladigan subsidiyalar quyidagi tarzda aks ettiriladi:
18.1. “Boshqa daromadlar” moddasiga ko‘ra;
18.2. Ular bilan bog‘liq xarajatlarni aks ettirishda chegirib tashlanadi.
19. Daromadga kiritiladigan subsidiyalarni hisob-kitob qilish uchun ikkala usul ham maqbul hisoblanadi. Subsidiyalarni ochish moliyaviy hisobotlarni to‘g‘ri tushunish uchun zarurdir. Subsidiyalarning alohida ochish zarur bo‘lgan daromadlar va xarajatlarning har qanday moddasiga ta’sirini ochish o‘rinli hisoblanadi.
DAVLAT SUBSIDIYALARINI QAYTARISH
20. Xo‘jalik subyekti muayyan shartlarni bajarmagan taqdirda davlat subsidiyalarini qaytarib berishi kerak. Bunday holatda subsidiyalarning qaytarilishi bilan avvalgi hisobot davriga tuzatish kiritilmaydi, balki buxgalterlik smetalaridagi hisob-kitob ma’lumotlari qayta ko‘rib chiqiladi. Daromadga kiritiladigan subsidiyalarni qaytarish quyidagicha amalga oshiriladi:
20.1. Balans passivida aks ettirilgan subsidiyalar qoldiqlari hisobiga;
20.2. Agar qaytarilayotgan subsidiya qoldiqdan oshib ketsa, u holda oshgan summa xarajat sifatida e’tirof etiladi;
20.3. Aktivlarga kiritiladigan subsidiyalar maqsadli tushumlar hisobvarag‘idagi qoldiqni qaytarilayotgan summa miqdorida kamaytirish yo‘li bilan yoki aktivning balans qiymatini qaytarilayotgan summa miqdorida hisoblanishi mumkin bo‘lgan amortizatsiyaning “Foyda va zararlar” schyotiga kiritish orqali aks ettiriladi.
YORITIB BERISH
21. Quyidagi masalalar yoritilib berilishi lozim:
21.1. Davlat subsidiyalariga nisbatan qo‘llaniladigan hisob-kitob siyosati, shu jumladan moliyaviy hisobotlarda qabul qilinadigan axborotlarni berish uslubi;
21.2. Moliyaviy hisobotlarda e’tirof etilgan davlat subsidiyalarining mohiyati va miqdori hamda xo‘jalik subyekti bevosita foyda olgan davlat yordamining boshqa shakllarini ko‘rsatish;
21.3. Shartlarni bajarmaslik va e’tirof etilgan davlat yordami bilan bog‘liq ko‘zda tutilmagan majburiyatlar.
O‘TISH QOIDALARI
22. Xo‘jalik subyekti:
22.1. Yoritib berish talablariga amal qilishi;
22.2. O‘zining moliyaviy hisobotlarini “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” BHMSga muvofiq hisob-kitob siyosatidagi o‘zgarishlarni e’tiborga olgan holda tuzatishi;
22.3. Ushbu standartning buxgalteriya hisobi uslubiyatini faqat mazkur standart kuchga kiritilgan sanadan keyin olinadigan yoki qaytariladigan subsidiyalarga yoki subsidiyalarning qismlariga nisbatan qo‘llashi kerak.