toggle_night_mode
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Harbiy xizmatchilarni kommunal-maishiy sharoitlarga ega boʻlgan, zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan qulay uy-joy bilan taʼminlashga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shuningdek, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilishning samarali tizimini yaratish, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatning nufuzini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan taqdim etilgan hamda Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan kelishilgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati, shuningdek, harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan taʼminlash masalalarni hal etishga toʻgʻridan-toʻgʻri va bevosita aloqador boʻlgan boshqa vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
3. Harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan va mazkur Nizomda nazarda tutilmagan masalalar sud tartibida koʻrib chiqilishi hamda amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etilishi lozim.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (R. Azimov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Markaziy banki (F. Mullajonov) Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2007-yil 1-dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va uni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi M. Atayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 14-sentabr,
PQ-694-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining harbiy xizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilishni taʼminlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-112-son qaroriga muvofiq, harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan taʼminlashning huquqiy asoslarini, ularning uy-joy olishga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtojligini eʼtirof etish asoslarini, kvartiralarning hisobini yuritish va taqdim etish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
“harbiy xizmatchilar” — kontrakt boʻyicha harbiy xizmat oʻtayotgan oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibidagi shaxslar (kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtash davridan boshqa paytda oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan kursantlardan tashqari);
“kvartira” — bir yoki bir nechta yashash xonalaridan, shuningdek, oshxona, kirish joyi, hojatxona, vanna yoki dush xonasidan iborat boʻlgan, yashash uchun moʻljallangan turar-joy binosi. Kvartiraning bir kishiga toʻgʻri keladigan umumiy maydoni qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan yashash maydonining ijtimoiy normasidan kam boʻlmasligi kerak. Bir xonali kvartiraning yashash maydoni kamida 16 m2; ikki xonali kvartiraniki — kamida 30 m2; uch xonali kvartiraniki — kamida 41 m2; toʻrt xonali kvartiraniki — kamida 53 m2 ni tashkil etishi lozim;
“xizmat kvartirasi” — munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylarida joylashgan, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari istiqomat qilishi uchun moʻljallangan kvartira. Belgilangan tartibda xizmat kvartirasi toifasiga kiritilgan kvartiralar tegishli vazirlik va idoralarga biriktiriladi. Xizmat kvartiralarini boʻlib olish, almashtirish va xususiylashtirish mumkin emas (qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollardan tashqari). Harbiy xizmatchilar harbiy xizmat toʻgʻrisidagi kontrakt yakunlangach, xizmat kvartirasini boʻshatishi lozim. Yopiq harbiy shaharchalarda joylashgan xizmat kvartiralari ham harbiy xizmatchilar boshqa xizmat joyiga oʻtkazilganda boʻshatilishi lozim;
“yotoqxona va oilaviy yotoqxona*” — maxsus qurilgan yoki qayta jihozlangan, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari vaqtincha yashashi uchun moʻljallangan yashash uyi;
* Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati balansidagi oilaviy yotoqxonalar 2007 — 2015-yillarda rekonstruksiya qilinib, kvartira shakliga oʻtkaziladi;
“idoraviy uy-joy fondi” — vazirlik va idoralarning toʻliq xoʻjalik yurituvida yoki operativ boshqaruvida boʻlgan uy-joy fondi. Uy-joy fondi birligi deganda uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq barcha sanitar qurilish normalari va qoidalariga javob beradigan kvartira tushuniladi. Yopiq harbiy shaharchalarda joylashgan kvartiralar ham idoraviy uy-joy fondiga kiradi;
“munitsipal uy-joy fondi” — mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida boʻlgan, mahalliy budjetga soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar hisobidan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha boshqa tushumlar hisobidan yaratilgan uy-joy fondi.
3. Shartnoma boʻyicha harbiy xizmatni oʻtash davrida uy-joy olishga yoki yashash sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan harbiy xizmatchilar, shuningdek, ushbu shaxslarning oila aʼzolariga yangi xizmat joyiga kelgan kundan boshlab uch oydan kechiktirmay qoidaga koʻra, vazirlik va idoralarda yaratiladigan uy-joy fondlari, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralarga biriktirilgan munitsipal fond kvartiralari hisobidan qoʻshimcha yashash maydoniga boʻlgan huquqni hisobga olgan holda uy-joyning belgilangan ijtimoiy meʼyorlari doirasida xizmat kvartirasi taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joy maydonining ijtimoiy normasini aniqlashda harbiy xizmatchining oilasi tarkibiga eri (xotini), bolalari hamda uning qaramogʻidagi shaxslar kiritiladi. Bunda, quyidagi toifadagi qaramoqdagi shaxslar hisobga olinadi:
mehnatga yaroqsiz, shu jumladan I va II guruh nogironligi boʻlgan ota-onalar;
I va II guruh nogironligi boʻlgan aka-uka va opa-singillar;
farzandlikka olingan shaxslar;
oilaga tarbiyaga olingan bolalar (patronat);
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-avgustdagi PQ-362-sonli qaroriga asosan ikkinchi — yettinchi xatboshilar ilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2022-y., 07/22/362/0779-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining uy-joy fondini kengaytirish va harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan taʼminlash turar-joy binolari qurish va oilaviy yotoqxonalarni kvartiralarga rekonstruksiya qilish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan belgilangan tartibda uy-joy sotib olish hisobiga amalga oshiriladi.
Harbiy xizmatchini xizmat kvartirasi yoki yotoqxonadan turar joy maydoni bilan taʼminlashning imkoni boʻlmasa, harbiy qism, xizmat joyidagi muassasa (keyingi oʻrinlarda — harbiy qism deb yuritiladi) unga kvartira ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda toʻlaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Uy-joyga muhtoj boʻlgan quyidagi toifadagi harbiy xizmatchilarga hamda ularning oila aʼzolariga uy-joy qonunchiligida nazarda tutilgan meʼyorlar hamda tartibga koʻra tegishli vazirlik va idoralar tomonidan kvartiralar mulk qilib beriladi:
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksinng II boʻlimi.
a) harbiy xizmatning umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq boʻlgan harbiy xizmatchilar. Bunda, ularning oliy taʼlim muassasalaridagi oʻqish muddatlari hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlardagi oldingi ish joylari boʻyicha mehnat staji haqiqiy harbiy xizmat muddatiga qoʻshib hisoblanadi.
b) oʻn va undan ortiq kalendar yil xizmat qilgan va quyidagilarga koʻra harbiy xizmatdan boʻshatilishi lozim boʻlgan (boʻshatilgan) harbiy xizmatchilar:
harbiy xizmatda boʻlishning belgilangan yosh chegarasiga yetganida;
shtatlarning qisqartirilishi yoki boshqa tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan;
v) xizmat muddatidan qatʼi nazar harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida orttirilgan kasallik yoki mayiblik (yaralanish, jarohat olish) tufayli sogʻligʻining holatiga koʻra harbiy xizmatdan boʻshatilgan harbiy xizmatchilar;
g) xizmat muddatidan qatʼi nazar halok boʻlgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning oilasi:
Ushbu bandning “a”, “b”, “v” va “g” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar, shuningdek, xizmat kvartiralarida yashayotgan haqiqiy harbiy xizmatni oʻtayotgan (rezervga, isteʼfoga boʻshatilgan) kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar harbiy xizmatining umumiy davomiyligi oʻn va undan ortiq kalendar yiliga yetganda oʻzlari egallab turgan xizmat kvartiralarini bepul mulk qilib olish huquqiga egadirlar, yopiq harbiy shaharchalardagi xizmat kvartiralari bundan mustasno. Yopiq harbiy shaharchalar hududida yashovchi harbiy xizmatchilarga yopiq harbiy shaharchalar doirasidan tashqarida kvartiralar mulk qilib beriladi.
Ushbu bandda koʻrsatilmagan harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdan boʻshatilganda qonunchilikda belgilangan tartibda xizmat kvartiralarini boʻshatadilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-avgustdagi PQ-362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2022-y., 07/22/362/0779-son)
5. Harbiy xizmatni oʻtash muddatidan qatʼi nazar harbiy xizmatchilar, shuningdek, ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar quyidagi hollarda kvartira olishga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topiladi:
harbiy xizmatchining harbiy xizmatni oʻtash joyida uy-joyi yoʻqligi, ishdan boʻshatilgandan keyin esa tanlangan doimiy yashash joyida uy-joyining yoʻqligi;
umumiy maydoni bir nafar oila aʼzosiga toʻgʻri keladigan uy-joy maydonining qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy meʼyoridan past boʻlgan kvartiraning mavjudligi. Kvartiraning umumiy maydonini hisoblashda harbiy xizmatchining qoʻshimcha yashash maydoniga boʻlgan huquqi hisobga olinadi;
belgilangan sanitariya-texnik talablarga javob bermaydigan kvartiraning mavjudligi;
ayrim surunkali kasalliklardan aziyat chekayotgan aʼzolari boʻlgan boshqa oilalar ham istiqomat qilayotgan va ular bilan birgalikda yashash imkoniyati boʻlmagan kvartiralarda; qarindosh boʻlmagan ikki va undan koʻp oila istiqomat qiladigan, alohida ajratilmagan yonma-yon izolyatsiyalanmagan xonalarda; boshqa yashash maydoni boʻlmagan taqdirda ijaraga olganlik (ijarada turganlik) shartlarida yashasa;
qonun hujjatlariga muvofiq ularni shunday deb tan olish uchun boshqa asoslarning mavjud boʻlishi.
Bunda, ota-onalariga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan umumiy maydoni qonun hujjatlarida belgilangan yashash maydonining ijtimoiy meʼyorlariga toʻgʻri keladigan kvartiralarda yashovchi harbiy xizmatchilar kvartira olishga muhtoj emas hisoblanadilar.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 14-avgustdagi 01/2-57-son “SHNQ 2.08.01-24 “Turar joy obyektlarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi.
6. Tegishli vazirlik va idoralarning yopiq harbiy shaharchalaridan xizmat kvartiralari berish ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yopiq harbiy shaharchalarga harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari yashashi uchun moʻljallangan vazirliklar va idoralarning ixcham joylashgan va hududiy jihatdan ajratilgan uy-joylari hamda ijtimoiy, madaniy va maishiy infratuzilma obyektlarining majmualari kiradi.
Yopiq harbiy shaharchalar hududida joylashgan kvartiralar xizmat kvartiralari toifasiga kiradi.
Yopiq harbiy shaharchalar hududi toʻsilgan va kirish nazoratiga ega boʻlishi kerak.
Ijtimoiy, madaniy va maishiy infratuzilmaga ega turar-joy obyektlarini yopiq harbiy shaharchalar toifasiga kiritish va ushbu shaharchalar hududida ichki tartib-qoidalarini belgilash tegishli vazirlik va idoralar tomonidan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Kvartira bilan taʼminlanadigan harbiy xizmatchilarning ular harbiy xizmatga kirishgunga qadar egallab turgan uy-joyga boʻlgan huquqi saqlanib qoladi. Ular harbiy xizmatga kirishgunga qadar yashash joyida yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslar roʻyxatidan chiqarilishi mumkin emas. Harbiy xizmatni oʻtash davrida harbiy xizmatchilar qonun hujjatlarida belgilangan normalar, navbat va imtiyozlarni hisobga olgan holda uy-joy sharoitlarini yaxshilash huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
II. Kvartira olishga yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj harbiy xizmatchilar, shuningdek, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolarni hisobga olish
8. Qonun hujjatlariga muvofiq kvartira olish yoki yashash sharoitini yaxshilash huquqiga ega boʻlgan harbiy xizmatchilar, shuningdek, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolarni hamda ushbu shaxslarning oila aʼzolarini hisobga olish, shuningdek, kvartiralar olish navbatini belgilash, shu jumladan harbiy xizmatdan boʻshatilgandan keyin tanlangan doimiy yashash joyida uy-joylarni taqsimlash oshkoralik va kollegiallik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Uy-joylarning hisobini yuritish va ularning taqsimlanishi ustidan nazoratni tashkil etish tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
9. Kvartiraga yoki uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj harbiy xizmatchilarni hisobga qoʻyish harbiy qismlar komandirlari hamda tegishli vazirlik va idoralarning kvartiralardan foydalanish organlari tomonidan kvartiraga yoki uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlganlarning roʻyxatlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Uy-joyga muhtoj boʻlgan harbiy xizmatchilarning hisobini yuritish yoki ularning yashash sharoitlarini yaxshilash, harbiy xizmatchilar va ularning oilalari uchun uy-joy maydonining ijtimoiy meʼyorini aniqlash, shuningdek, kvartiralar va ularning oʻzgarishini hisobga olish uchun, harbiy xizmatchilarga uy-joy attestati beriladi (ushbu Nizomning 1-ilovasi), bu harbiy xizmatchining uy-joy bilan taʼminlanish huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Uy-joy attestatlari asosida harbiy xizmatchilarning uy-joy olish yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga navbati belgilanadi.
Uy-joy attestati ikki nusxada:
oliy harbiy taʼlim muassasalari tomonidan — bitiruvchilar uchun, oliy harbiy taʼlim muassasasini tamomlagandan keyin;
harbiy qismlar tomonidan — harbiy xizmatni oʻtash uchun shartnoma tuzgan harbiy xizmatchilar uchun rasmiylashtiriladi.
Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatni oʻtashning yangi joyiga kelgach, zarur maʼlumotlarni kiritish va saqlash uchun uy-joy attestatini harbiy qismning kvartiradan foydalanish xizmatiga taqdim etadilar. Harbiy xizmatchi yangi harbiy xizmat joyiga ketganda, unga uy-joy attestati imzo qoʻydirib beriladi. Uy-joy attestatining ikkinchi nusxasi harbiy xizmatchining shaxsiy hujjatlar yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi.
10. Uy-joyga yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj harbiy xizmatchilarni hisobga olish, vazirliklar va idoralar boʻyicha kvartiralarni taqsimlashni tashkil etish uchun vazirlik va idoralarning markaziy apparatlarida, garnizon, boʻlinmalar va qismlarda uy-joy komissiyalari tuziladi. Uy-joy komissiyalari faoliyati tartibi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
11. Harbiy xizmatchilar ularning arizalari va harbiy qismlar uy-joy komissiyalarining qarorlari asosida uy-joyga yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlar roʻyxatiga kiritiladi.
Harbiy qism uy-joy komissiyasining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda harbiy qism komandirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi va eʼlon qilinadi.
Harbiy qismga biriktiriladigan kvartiralarni harbiy xizmatchilar oʻrtasida taqsimlash harbiy qismning uy-joy komissiyasi tomonidan ularni kvartiraga yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlar sifatida hisobga olingan va kvartiraga yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlar roʻyxatiga kiritilgan vaqtdan kelib chiqib, navbat tartibida qonun hujjatlarida belgilangan meʼyorlar va imtiyozlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Harbiy xizmatchilarning qonun hujjatlari bilan belgilangan alohida toifalari navbatdan tashqari kvartiralar bilan taʼminlanish yoki uy-joy sharoitlari yaxshilanishi huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
12. Kvartira olishga yoki uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar roʻyxatida turgan, belgilangan tartibda yangi harbiy xizmat joyiga yuborilgan harbiy xizmatchilar, ular yangi harbiy xizmat joyida hisobga olingan paytdan boshlab hamda avvalgi xizmat joyi boʻyicha ushbu roʻyxatlarga kiritilganligiga koʻra yangi harbiy xizmat joyi boʻyicha muhtojlar roʻyxatiga kiritiladi.
13. Quyidagi hollarda harbiy xizmatchilar harbiy xizmatni oʻtash joyi boʻyicha kvartira olishga yoki uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar hisobidan chiqariladi:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uy-joy maydonining ijtimoiy meʼyorlariga muvofiq uy-joy bilan taʼminlanganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
ota-onasiga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan kvartiralarda yashaganda;
yangi harbiy xizmat oʻtash joyiga ketganida;
harbiy xizmatdan boʻshatilganida (ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan shaxslardan tashqari);
kvartira bilan taʼminlanish huquqini beruvchi boshqa asoslar yoʻq boʻlganida.
Hisobda turadigan harbiy xizmatchilar hamda harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolarning boquvchisini yoʻqotgan oilalari belgilangan meʼyorlar asosida uy-joy taqdim etilmasdan hisobdan chiqarilishi mumkin emas.
14. Harbiy xizmatdan boʻshatilgan kvartira olishga yoki uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj harbiy xizmatchilar va fuqarolarni hisobga olish tartibi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Quyidagilar tegishli vazirlik va idoralarning kvartiralardan foydalanish organlari tomonidan uy-joy maydoni olish yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar roʻyxatiga kiritiladi:
a) haqiqiy harbiy xizmatga kirgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar tegishlicha markaziy turarjoy komissiyasi, harbiy qismlarning yoki muassasalarning turarjoy komissiyalariga bildirgi topshirgan kundan boshlab;
b) oʻn va undan ortiq kalendar yil xizmat qilgan va quyidagilarga koʻra harbiy xizmatdan boʻshatilishi lozim boʻlgan (boʻshatilgan) harbiy xizmatchilar:
harbiy xizmatda boʻlishning belgilangan yosh chegarasiga yetganida;
shtatlarning qisqartirilishi yoki boshqa tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan;
v) xizmat muddatidan qatʼi nazar harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida orttirilgan kasallik yoki mayiblik (yaralanish, jarohat olish) tufayli sogʻligʻining holatiga koʻra harbiy xizmatdan boʻshatilgan harbiy xizmatchilar;
g) xizmat muddatidan qatʼi nazar halok boʻlgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning oilasi;
d) harbiy xizmatning umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq boʻlgan harbiy xizmatchilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-avgustdagi PQ-362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2022-y., 07/22/362/0779-son)
III. Tegishli vazirlik yoki idoraga biriktirilgan xizmat kvartiralarini hisobga qoʻyish
16. Quyidagi kvartiralar hisobga qoʻyiladi:
uy-joy qurilishi, oilaviy yotoqxonalarni rekonstruksiya qilish natijasida hamda vazirliklar va idoralar tomonidan sotib olinishi hisobidan keladigan;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining munitsipal uy-joy fondidan olinadigan;
vazirlik va idoralarning noturar joy binolarini qayta jihozlash natijasida olingan.
Bu kvartiralar tegishli vazirlik va idoralarning idoraviy uy-joy fondini tashkil qiladi.
17. Mazkur Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan kvartiralar harbiy qismlar oʻrtasida kvartira olishga yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj harbiy xizmatchilar va shaxslar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
18. Barcha kvartiralar tegishli vazirlik va idoralarning kvartiralardan foydalanish organlarida belgilangan shakldagi kvartiralarni hisobga olish kitobida hisobga olinadi.
Munitsipal uy-joy fondiga tegishli boʻlgan, shuningdek, harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan taʼminlash uchun vazirlik va idoralarga biriktirilgan xizmat kvartiralari tegishli vazirlik va idoralarning kvartiralardan foydalanish organlari tomonidan kvartiralar hisob-kitob kartochkalarida hisobga olinadi. Kvartiralarni davlat hisobiga olish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olishning yagona tizimi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Vazirlik va idoralar kvartiralarni harbiy qismlarga biriktiradi va har yili ulardan foydalanish va hisobga olish holatini nazorat qiladi.
19. Kvartiralar quyidagi hollarda idoraviy uy-joy fondi hisobidan chiqariladi:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda harbiy xizmatchining mulkiga bepul oʻtkazilganda;
ushbu Nizomning 13-bandi yettinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslarga kvartiralar berilganda.
Kvartirani hisobdan chiqarish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish mahalliy harbiy boshqaruv organlarining boshliqlariga yuklatiladi.
20. Vazirliklar va idoralarning toʻliq xoʻjalik yurituvi yoki operativ boshqaruvida boʻlgan, shu jumladan tegishli harbiy-maʼmuriy hududda joylashgan kvartiralarning, shuningdek, tegishli vazirlik va idoraga biriktirilgan xizmat kvartiralarining hisobini yuritishning ichki idoraviy tartibi, kvartiralarning hisobini yuritish kitobi hamda hisobga olish kartochkalarining shakllari tegishli vazirlik yoki idora tomonidan belgilanadi.
IV. Harbiy xizmatchilarga, shuningdek, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolarga kvartiralar berish tartibi
21. Mazkur Nizomga muvofiq xizmat kvartiralari beriladigan harbiy xizmatchilar bilan xizmat kvartirasini ijaraga olish shartnomasi tuziladi. Ushbu shartnomada tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari, xizmat kvartirasini berish, saqlash va boʻshatish tartibi belgilanadi.
Xizmat kvartirasini ijaraga olish shartnomasini bekor qilish, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini xizmat xonadonlaridan chiqarish tartibi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Shartnoma bekor qilingan taqdirda harbiy xizmatchilar va ular bilan birga yashovchi oila aʼzolari ularga berilgan xizmat kvartirasini qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan tartibda boʻshatishlari shart.
Harbiy xizmatchilarning boquvchisini yoʻqotgan oila aʼzolari (eri, xotini, farzandlari va qaramogʻida boʻlgan shaxslar) ularga boshqa qulay kvartira berilmasdan turib, egallab turgan kvartiralardan chiqarib yuborilishi mumkin emas. Ular harbiy xizmatchi halok boʻlganidan (vafot etganidan) keyin qonun hujjatlariga muvofiq uy-joy sharoitlarini yaxshilash huquqini saqlab qoladilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 192-bandi.
22. Vazirlik yoki idora tomonidan qurilgan, rekonstruksiya qilingan va sotib olingan kvartiralarda qurilish, rekonstruksiya, sotib olish ishlari olib borilgan vazirlik va idoralarning harbiy xizmatchilari joylashadilar.
23. Harbiy xizmatchilar xizmatni bir vazirlik yoki idora tizimida oʻtash uchun boshqa joyga oʻtkazilganda ularga yangi xizmat joyidan kvartiralar oldingi xizmat joyi boʻyicha xizmat kvartirasi tegishli vazirlik yoki idoraga topshirilgandan keyingina beriladi.
Boʻshatilgan xizmat xonadonlarida, qoidaga koʻra, aynan oʻsha harbiy qismning harbiy xizmatchilari joylashtiriladi.
Harbiy qismlarda kvartira olishga yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan harbiy xizmatchilar boʻlmagan hollarda, xizmat kvartiralarida garnizon harbiy qismlarining harbiy xizmatchilari soniga mutanosib ravishda shu garnizonda joylashgan boshqa harbiy qismlarning kvartiralar olish yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan harbiy xizmatchilari joylashadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Harbiy xizmatchilar boshqa vazirlik va idoralarga xizmat oʻtash uchun oʻtkazilganda, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ularga ajratilgan xizmat kvartirasi (yopiq harbiy shaharchalardagi xizmat kvartiralari bundan mustasno) harbiy xizmatchi oʻtkazilgan vazirlik va idora uy-joy fondiga oʻtkaziladi.
Xizmat kvartiralarini oʻtkazish va qabul qilib olish tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-avgustdagi PQ-362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2022-y., 07/22/362/0779-son)
25. Harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari kvartiralar olishdan oldin ichki ishlar organlari tomonidan harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy qismlarning manzillari boʻyicha vaqtincha roʻyxatdan oʻtkaziladi.
26. Harbiy xizmatchilarning kvartiralarga joylashishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan tegishli orderlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari tomonidan kvartiralarga joylashish uchun orderlar olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi, shuningdek, yopiq harbiy shaharchalardagi xizmat xonadonlariga joylashtirish tartibi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
27. Kvartiraga order berish quyidagi hollarda toʻxtatilishi mumkin:
soxta hujjatlar taqdim etilganda;
kvartirani berish toʻgʻrisidagi qarorga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan boshqa holatlar aniqlanganda.
Kvartiraga order berish uy-joy toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda ham toʻxtatilishi mumkin.
28. Harbiy xizmatchilarning arizasiga koʻra, ajratiladigan uy-joy oʻrniga yoki uy-joy sharoitini yaxshilash maqsadida ularga yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini kim oshdi savdosi asosida sotib olish uchun pul kompensatsiyasi toʻlanishi mumkin. Yer uchastkasini oʻzlashtirish davrida harbiy xizmatchi va uning oila aʼzolari xizmat kvartirasini ikki yilgacha muddatga saqlab qoladilar.
29. Uy-joyga yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan harbiy xizmatchilarga, shuningdek, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolarga ularning arizalariga koʻra, kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun belgilangan tartibda uzoq muddatli ipoteka kreditlari berilishi mumkin.
30. “Polkovnik” unvonidagi, unga teng yoki undan yuqori unvondagi harbiy xizmatni oʻtayotgan yoki belgilangan yosh chegarasiga yetganda, salomatligi holatiga koʻra (harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida orttirgan kasallik yoki olgan jarohati tufayli), shtatlarning qisqartirilishi yoki boshqa tashkiliy-shtat chora-tadbirlari tufayli harbiy xizmatdan boʻshatilgan ofitserlar, shuningdek, shartnoma asosida xizmat qilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi faxriy unvonlariga ega boʻlgan harbiy xizmatchilar, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan oliy harbiy taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari boʻlgan harbiy xizmatchilar belgilangan yashash maydoni meʼyoridan ortiq boʻlgan xona koʻrinishidagi yoki umumiy maydoni oʻn sakkiz kvadrat metr oʻlchamdagi qoʻshimcha yashash maydonini olish huquqiga ega.
31. Mudofaa ishlari boʻyicha boshqarma va boʻlimlar, harbiy aloqa muntazam organlari, davlat taʼlim muassasalari huzuridagi harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari, harbiy sudlar va prokuraturalar, hududiy kvartiralardan foydalanish organlari, harbiy komendaturalar va garnizonlarning boshqa harbiy qismlari harbiy xizmatchilari tegishli garnizonning harbiy qismlariga kvartiralar olishga yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan garnizon harbiy qismlari harbiy xizmatchilari soniga mutanosib ravishda ajratiladigan uy-joylarning umumiy maydoni hisobidan xizmat kvartiralari bilan taʼminlanadi.
32. Vazirlik va idoralarning oliy harbiy taʼlim muassasalariga tinglovchi sifatida qabul qilingan ofitserlar oʻqish davrida oldingi harbiy xizmat joyidagi xizmat kvartirasi saqlangan holda oliy harbiy taʼlim muassasasiga biriktirilgan uy-joy fondi hisobidan, yotoqxonalardan turar joy bilan taʼminlanadi. Oliy harbiy taʼlim muassasasida oʻqish davrida oldingi harbiy xizmat joyi boʻyicha xizmat kvartiralarini saqlab qolgan ofitserlar tegishli vazirlik va idoralarning kvartiralardan foydalanish organlari bilan kelishilgan holda uni band qilish huquqiga ega.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining sanoat korxonalari, ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va boshqa tashkilotlardagi harbiy vakolatxonalari harbiy xizmatchilari ushbu korxona va tashkilotlarning uy-joy fondi hisobidan kvartiralar bilan taʼminlanadi, korxona va tashkilotlarda uy-joy fondi boʻlmagan taqdirda vazirlik hisobidan kvartiralar bilan taʼminlanadi.
34. Temir yoʻl, havo va suv transportidagi harbiy aloqa muntazam organlari harbiy xizmatchilari oʻzlari xizmat qilayotgan vazirlik va idoraning uy-joy fondi hisobidan kvartiralar bilan taʼminlanadi.
Harbiy boʻlinmalar mavjud boʻlmagan yoki kvartira bilan taʼminlash imkoniyati boʻlmagan aholi punktlarida harbiy xizmatchilarga uy-joyni ijaraga olganlik (ijaraga berganlik) uchun belgilangan tartibda har oylik pul kompensatsiyasi toʻlanadi.
Alohida muhim obyektlarni qoʻriqlash boʻyicha harbiy qismlarda xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar qoʻriqlanadigan korxonalar (tashkilotlar)ning uy-joy fondi hisobidan kvartiralar bilan taʼminlanadi, ularda xizmat kvartirasini berish imkoniyati boʻlmasa, koʻrsatib oʻtilgan toifadagi harbiy xizmatchilarga kvartiralarni ijaraga olganlik (ijaraga berganlik) uchun belgilangan tartibda pul kompensatsiyasi toʻlanadi.
V. Qurolli Kuchlar uy-joy fondini kengaytirishni moliyaviy taʼminlash
35. Uy-joylar qurilishi va oilaviy yotoqxonalarni kvartiralar koʻrinishida rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining har yili tasdiqlanadigan Investitsiya dasturida nazarda tutiladigan mablagʻlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga har yili ajratiladigan kapital qoʻyilmalar limitlari hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
36. Harbiy xizmatchilar uchun kvartiralar, yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalari sotib olish, ularning uy-joylarini taʼmirlash va obodonlashtirishni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga har yili ajratiladigan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida taʼminlanadi.
VI. Mahalliy davlat hokimiyati organlari va tegishli vazirlik va idoralarning kvartiradan foydalanish organlarining harbiy xizmatchilarni kvartiralar bilan taʼminlash boʻyicha majburiyatlari hamda vakolatlari
37. Mahalliy davlat hokimiyati organlariga vazirliklar va idoralarning buyurtmanomalariga muvofiq harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini kvartiralar bilan taʼminlashda quyidagi majburiyat va vakolatlar yuklatiladi:
harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi va Davlat xavfsizlik xizmati mablagʻlari hisobidan kvartiralar olinishida, shuningdek, uy-joylar, harbiy shaharchalarning ijtimoiy, madaniy-mishiy infratuzilmalarini suv, issiqlik va elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlagan holda ularni taʼmirlashda koʻmaklashish;
harbiy xizmatchilar uchun sotib olingan va toʻlangan kvartiralarning xizmat kvartiralari sirasiga kiritilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilangan tartibda berilgan tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan harbiy xizmatchilarning koʻchib kirishi uchun orderlar berilishini taʼminlash;
vazirlik yoki idoralarga munitsipal uy-joy fondi uylaridan xizmat kvartiralarini berish;
ariza asosida (ushbu Nizomga 2-ilova) kvartiralarni harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarining bepul asosda mulk qilib berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
ichki ishlar organlari bilan birgalikda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari murojaat qilgan kundan boshlab uch kun muddatda belgilangan tartibda vaqtincha yoki doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini taʼminlash.
38. Tegishli vazirlik va idoralarning kvartiradan foydalanish organlariga harbiy xizmatchilarni kvartiralar bilan taʼminlashda uy-joy fondining hisobini yuritish va undan foydalanishning toʻgʻriligini tekshirish majburiyati yuklatiladi.
VII. Yakuniy qoida
39. Ushbu Nizom qoidalarni buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Birinchi varaqning old tomoni

seriya___№ 00000
UY-JOY ATTESTATI
1.

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

2.

Shaxsiy raqam

Shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma raqami va seriyasi

3. Oila aʼzolari soni (oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumot)

Sana

Soni

Sana

Soni

4.

T/r

Uy-joyga muhtoj boʻlgan toifa

Hisobga qoʻyish sanasi

Hisobdan chiqarish sanasi

Hisobdan chiqarish uchun asos

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

11.

12.

13.

14.

15.

16.

17.

18.

19.

20.

21.

22.

HARBIY QISM KOMANDIRI

________________________________________


M.Oʻ.

(harbiy unvon, imzo, familiya)

20____ yil “____”______________

5. Uy-joyi borligi haqida maʼlumotlar (uy-joyni olganlik, topshirganlik haqida, bepul mulkiga oʻtkazilganlik toʻgʻrisida, uy-joy qurish (sotib olish) uchun moliyaviy yordam olganlik haqida qaydlar)

Olganlik haqida qayd

Uy-joyni topshirganlik

haqida qayd

(amalga oshirilgan uy-joy bilan bogʻliq harakatlar haqida), uy-joyni topshirganlik haqida maʼlumotnoma

rekvizitlari, kim tomonidan va qachon berilgan

Harbiy qism komandiri imzosi, sana, muhr. KFO boshligʻi imzosi, sana, muhr

uy-joy manzili

toifasi

xonalar soni

maydoni

umumiy

yashash

Ikkinchi varaqning old tomoni
Uy-joyi borligi haqida maʼlumotlar (uy-joyni olganlik, topshirganlik haqida, bepul mulkiga oʻtkazilganlik toʻgʻrisida, uy-joy qurish (sotib olish) moliyaviy yordam olganlik haqida qaydlar)

Olganlik haqida qayd

Uy-joyni topshirganlik

haqida qayd

(amalga oshirilgan uy-joy bilan bogʻliq harakatlar haqida), uy-joyni topshirganlik haqida maʼlumotnoma

rekvizitlari, kim tomonidan va qachon berilgan

Harbiy qism komandiri imzosi, sana, muhr. KFO boshligʻi imzosi, sana, muhr

uy-joy manzili

toifasi

xonalar soni

maydoni

umumiy

yashash

Ikkinchi varaqning orqa tomoni
6. Attestatga kiritilgan maʼlumotlarni tekshirganlik haqida qayd (attestatni toʻldirishda va unga oʻzgartirishlar kiritishda bajariladi)

T/r

Tekshirish sanasi

Harbiy qism komandiri imzosi, muhr.

KFO boshligʻi imzosi, muhr. Harbiy xizmatchi imzosi

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

11.

12.

Uy-joy attestatiga
ILOVA

seriyasi ___ № 00000

1.

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

2.

Shaxsiy raqami

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat raqami va seriyasi

3. Harbiy xizmat boshlangan sana: _________________________
4. Harbiy xizmatdan boʻshatilayotgan harbiy xizmatchini uy-joy olishga (yashash sharoitini yaxshilashga) muhtoj sifatida hisobga olinganligi boʻyicha maʼlumot

Harbiy qism

Muhtoj boʻlgan shaxsning toifasi

Rejali boʻshatilgan sana

Harbiy qism komandiri (boshligʻi) imzosi, sana, muhr

Hisobdan chiqarilganlik haqida qayd

Harbiy qism komandiri (boshligʻi) imzosi, sana, muhr


Harbiy qism

Muhtoj boʻlgan shaxsning toifasi

Rejali boʻshatilgan sana

Harbiy qism komandiri (boshligʻi) imzosi, sana, muhr

Hisobdan chiqarilganlik haqida qayd

Harbiy qism komandiri (boshligʻi) imzosi, sana, muhr


Harbiy qism

Muhtoj boʻlgan shaxsning toifasi

Rejali boʻshatilgan sana

Harbiy qism komandiri (boshligʻi) imzosi, sana, muhr

Hisobdan chiqarilganlik haqida qayd

Harbiy qism komandiri (boshligʻi) imzosi, sana, muhr

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Maʼlumotnomaning orqa tomoni
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOMDAN KOʻCHIRMA
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20___ yil “___” _____ PQ-____-son qarori)
4. Harbiy xizmatning umumiy muddati 20 va undan ortiq kalendar yiliga yetgan, harbiy xizmatdan boʻshatilgan paytda uy-joy bilan taʼminlanmagan harbiy xizmatchilar uchun, shuningdek, harbiy xizmatining umumiy muddati kamida 10 kalendar yili boʻlgan, harbiy xizmatda boʻlishning chegara yoshiga yetgan, salomatligi holatiga koʻra (harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish paytida orttirilgan kasallik yoki jarohatlar bilan bogʻliq), shtatlarning qisqartirilishi yoki boshqa tashkiliy-shtat chora-tadbirlari sababli ishdan boʻshatilishi lozim boʻlgan uy-joyga muhtoj boʻlgan harbiy xizmatchilar, shuningdek, ushbu shaxslarning oila aʼzolariga uy-joy qonunchiligida nazarda tutilgan meʼyorlar hamda tartibda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan egalik qilish uchun kvartiralar taqdim etiladi.
Agar ushbu shaxslar xizmat kvartiralarida yashayotgan boʻlsa, ular, yopiq harbiy shaharchalardagi xizmat xonadonlaridan tashqari, oʻzlari egallab turgan kvartiralarga bepul mulk qilib olish huquqiga ega. Yopiq harbiy shaharchalar hududida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilarga yopiq harbiy shaharchalar hududidan tashqarida kvartiralar beriladi.
Ushbu bandda koʻrsatilmagan harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdan boʻshatilganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmat kvartiralarini boʻshatadilar.
Maʼlumotnomaning old tomoni

Ariza koreshogi

Seriyasi AA № 000000

_________________________________________________________________________________

(kvartiralardan foydalanish organ nomi)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20 __ y. “___” _______ dagi ___-son qaroriga muvofiq

_______________________ manzil boʻyicha joylashgan, yashash maydoni _____ kvadrat metr, xonalar soni _____ ni tashkil etadigan kvartirani ______________________________________________

(vazirlik va idora harbiy xizmatchisining harbiy unvoni, familiyasi, ismi, ota ismi)

mulki sifatida begʻaraz asosda rasmiylashtirib berishni soʻraydi.
M.Oʻ.______________________________________________________________________________

(mansabdor shaxsning harbiy unvoni, imzosi va familiyasi)

_________________________________________________________________________________

(shahar/tuman hokimining imzosi va familiyasi)

“___” _____________20 __ y.

Seriyasi AA roʻyxat raqami № 0000000000000

ARIZA

________________________________________________________________________rahbariyati

(vazirlik va idoraning kvartiralardan foydalanish organi nomi)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20 __ y. “___” _______ dagi ___-son qaroriga muvofiq

_______________________ manzil boʻyicha joylashgan, yashash maydoni _____ kvadrat metr, xonalar soni _____ ni tashkil etadigan kvartirani ______________________________________________

(vazirlik va idora harbiy xizmatchisining harbiy unvoni, familiyasi, ismi, ota ismi)

mulki sifatida begʻaraz asosda rasmiylashtirib berishni soʻraydi.
M.Oʻ.______________________________________________________________________________

(lavozimi)

_______________________ _______________________ _______________________

(harbiy unvoni)

(imzosi)

(familiyasi)

“___” _____________20 __ y.