

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3307333" id="onLBC-3307333">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6676"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;</span></div><div id="LBC6680"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;</span></div><div id="LBC7177"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.17.00 Bino va inshootlarni qurish uchun yer uchastkalaridan foydalanish tartibi;</span></div><div id="LBC7481"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.05.00 Boshqa imtiyozlar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3307333" id="onLS-3307333">[<b>TSZ:</b><div id="LS3697"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;</span></div><div id="LS3750"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;</span></div><div id="LS3791"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3308641" id="-3308641">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3308642" id="-3308642">qarori</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6110309" id="edi-6110309"><a href="/mact/-3307333?ONDATE=21.08.2017 00#-3308643">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6110309" id="-6110309"></div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-6110312" id="-6110312">Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6110314" id="-6110314">(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli <a href="/mact/-6102472?ONDATE=08.07.2022 00#-6103600">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3308644" id="-3308644"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308645" id="-3308645">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarini yanada isloh qilish va rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 24-yanvardagi PQ-2738-son <a href="/mact/-3211386">qarorini</a> ijro etish yuzasidan, shuningdek harbiy xizmatchilarni turar joy bilan taʼminlash tizimiga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berishning yangi tizimini joriy etish va mudofaaga ajratilayotgan mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6110316" id="edi-6110316"><a href="/mact/-3307333?ONDATE=21.08.2017 00#-3308646">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6110316" id="-6110316"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6110317" id="-6110317">1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/mact/-3307333#-3308654">1-ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6110319" id="-6110319">(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli <a href="/mact/-6102472?ONDATE=08.07.2022 00#-6103600">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308647" id="-3308647">2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-iyuldagi 169-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-831964#-831980">nizomga</a> <a href="/mact/-3307333#-3308773">2-ilovaga </a>muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308648" id="-3308648">3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining <a href="/mact/-3307333#-3308915">3-ilovaga </a>muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308649" id="-3308649">4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri K.R. Berdiyev, Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Azizov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3308650" id="-3308650">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3308651" id="-3308651">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3308652" id="-3308652">2017-yil 11-avgust,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3308653" id="-3308653">619-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3308654" id="-3308654"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3308655" id="-3308655">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son <a href="/mact/-3307333">qaroriga</a> <br />1-ILOVA </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6110321" id="edi-6110321"><a href="/mact/-3307333?ONDATE=21.08.2017 00#-3308656">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6110321" id="-6110321"></div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-6110324" id="-6110324">Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6110326" id="-6110326">NIZOM</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6110327" id="-6110327">(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli <a href="/mact/-6102472?ONDATE=08.07.2022 00#-6103602">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3308658" id="-3308658"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3308659" id="-3308659">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6110330" id="edi-6110330"><a href="/mact/-3307333?ONDATE=21.08.2017 00#-3308660">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6110330" id="-6110330"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6110331" id="-6110331">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6110332" id="-6110332">(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli <a href="/mact/-6102472?ONDATE=08.07.2022 00#-6103602">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6576095" id="edi-6576095"><a href="/mact/-3307333?ONDATE=05.04.2022 00#-5988488">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6576095" id="-6576095"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6576096" id="-6576096">2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Harbiy prokuratura (keyingi oʻrinlarda tegishli idoralar deb ataladi) tizimlarida kontrakt boʻyicha kamida 5 kalendar yil xizmat qilgan va yangidan kontrakt tuzgan, turar joy bilan taʼminlanmagan yoki turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan, shuningdek qonunchilikka muvofiq davlat hisobiga turar joy bilan taʼminlanish yoki turar joy sharoitlarini yaxshilash huquqiga ega boʻlgan, haqiqiy harbiy xizmatdan boʻshatilgan harbiy xizmatchilarga (keyingi oʻrinlarda harbiy xizmatchilar deb ataladi) joriy etiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6576097" id="-6576097">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 388-sonli <a href="/mact/-6569860?ONDATE=16.08.2023 00#-6571931">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6631767" id="edi-6631767"><a href="/mact/-3307333?ONDATE=16.08.2023 00#-6631766">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6631767" id="-6631767"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6631768" id="-6631768">Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolaridan biri (yangi nikohga kirmagan turmush oʻrtogʻi yoki qaramogʻida boʻlgan ota-onasi) belgilangan tartibda turar joyga muhtoj deb tan olinganda, ular mazkur Nizom talablariga muvofiq uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda turar joy bilan birinchi navbatda taʼminlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6631769" id="-6631769">Bunda ushbu kafolat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 13-martdagi PF-34-son <a href="/mact/-6405725">Farmoniga </a>muvofiq 1991-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-maygacha tegishli idoralarning jangovar (harbiy) harakatlarda, noqonuniy qurolli tuzilmalarni aniqlash va yoʻq qilishda, favqulodda holat (vaziyat) oqibatlarini bartaraf etishda, davlat chegaralarini himoya qilishda, terrorchilikka qarshi operatsiyalarda, jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchi (xodim)larining oila aʼzolariga nisbatan ham tatbiq etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6631771" id="-6631771">Harbiy xizmatchining Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlganligi holati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-iyuldagi PQ-4382-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlariga) yoki halok boʻlgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-4664436#-4667191">nizomda </a>belgilangan tartibda aniqlanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6631772" id="-6631772">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 531-sonli qaroriga asosan ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308662" id="-3308662">3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308663" id="-3308663"><strong>turar joy</strong> — qurilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan Dasturlarda nazarda tutilgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar, shuningdek namunaviy yakka tartibdagi uylar;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5988504" id="edi-5988504"><a href="/mact/-3307333?ONDATE=21.08.2017 00#-3308664">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5988504" id="-5988504"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5988506" id="-5988506"><strong>ipoteka krediti</strong> — harbiy xizmatchiga qonunchilikka  muvofiq qaytarish, toʻlov, taʼminlanganlik va muddatlilik shartlarida turar joy sotib olish (qurish) uchun beriladigan uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5988510" id="-5988510">(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939170">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5620055" id="edi-5620055"><a href="/mact/-3307333?ONDATE=21.08.2017 00#-5620042">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5620055" id="-5620055"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7478790" id="edi-7478790"><a href="/mact/-3307333?ONDATE=24.08.2021 00#-5620062">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7478790" id="-7478790"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7478791" id="-7478791">4. 2025-yil 1-iyundan boshlab turar joy sotib olish (qurish) uchun harbiy xizmatchilar tomonidan ipoteka krediti olinishida ularning oila tarkibidan qatʼi nazar uy-joyning hisoblangan qiymatining 25 foizi (kalendar hisobida oʻn yildan ortiq harbiy xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilar uchun — 35 foizi) miqdoridagi dastlabki badal tegishli idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va tegishli idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7478792" id="-7478792">Bunda sotib olinadigan turar joyning shartnomadagi qiymati uy-joyning hisoblangan qiymatidan kam boʻlgan taqdirda, dastlabki badal shartnomada koʻrsatilgan qiymatning 25 foizi (kalendar hisobida oʻn yildan ortiq harbiy xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilar uchun — 35 foizi) miqdorida ajratiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7478793" id="-7478793">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-apreldagi 214-sonli <a href="/mact/-7469716?ONDATE=10.04.2025 00#-7473316">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/214/0325-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5620071" id="-5620071"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7478798" id="edi-7478798"><a href="/mact/-3307333?ONDATE=24.08.2021 00#-7478797">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7478798" id="-7478798"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7478800" id="-7478800">5. Dastlabki badal miqdori sotib olinayotgan (qurilayotgan) uy-joyning hisoblangan qiymatining 25 foizidan (kalendar hisobida oʻn yildan ortiq harbiy xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilar uchun — 35 foizidan) ortiq boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7478807" id="-7478807">(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-apreldagi 214-sonli <a href="/mact/-7469716?ONDATE=10.04.2025 00#-7473319">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/214/0325-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5620075" id="-5620075">Sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy uchun dastlabki badal miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi natijalari boʻyicha uning qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5620079" id="-5620079">Bunda sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy qiymati ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal toʻlanayotgan sanada belgilangan uy-joyning hisoblangan qiymatidan ortiq boʻlmasligi kerak, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5620093" id="-5620093"><em>(4 va 5-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli </em><a href="/mact/-5597555?ONDATE=24.08.2021 00#-5600980">qarori </a><em>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son) </em></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6110339" id="edi-6110339"><a href="/mact/-3307333?ONDATE=21.08.2017 00#-3308669">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6110339" id="-6110339">(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli <a href="/mact/-6102472?ONDATE=08.07.2022 00#-6103605">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6110342" id="edi-6110342"><a href="/mact/-3307333?ONDATE=21.08.2017 00#-3308671">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6110342" id="-6110342">(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli <a href="/mact/-6102472?ONDATE=08.07.2022 00#-6103605">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3308672" id="-3308672">2-bob. Turar joy sotib olish (qurish) uchun ipoteka kreditlari berish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308673" id="-3308673">8. Harbiy xizmatchilarni turar joy bilan taʼminlash yoki ularning turar joy sharoitlarini yaxshilash masalalarini koʻrib chiqish uchun:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308674" id="-3308674">tegishli idoralarning markaziy apparatlari huzurida markaziy turar joy komissiyasi (keyingi oʻrinlarda markaziy turar joy komissiyasi deb ataladi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308675" id="-3308675">tegishli idoralarning harbiy qismlarida turar joy komissiyasi (keyingi oʻrinlarda turar joy komissiyasi deb ataladi) tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308676" id="-3308676">Markaziy turar joy komissiyalari va turar joy komissiyalarining tarkiblari ularning huquq va vazifalari, ular faoliyatini amalga oshirish va nazorat qilish tartibi tegishli idora rahbarining buyrugʻi bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308677" id="-3308677">Markaziy turar joy komissiyalari va turar joy komissiyalarining raislari va aʼzolari qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi, adolatliligi, odilligi, xolisligi va shaffofligi uchun javob beradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308678" id="-3308678">9. Ipoteka krediti harbiy xizmatchilarga xizmat joyi yoki harbiy xizmatga yuborilgan (chaqiriq) joyi boʻyicha beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308679" id="-3308679">Ipoteka krediti olish uchun harbiy xizmatchilarga tegishli idoralarning markaziy turar joy komissiyasining qarori asosida ushbu Nizomning <a href="/mact/-3307333#-3308665">4-bandida </a>nazarda tutilgan turar joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badal beriladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6388965" id="edi-6388965"><a href="/mact/-3307333?ONDATE=21.08.2017 00#-3308680">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6388965" id="-6388965"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6388966" id="-6388966">10. Harbiy xizmatchi turar joy sotib olish (qurish) uchun tegishli idoradan dastlabki badalni olish uchun turar joy komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6388967" id="-6388967">dastlabki badalni olish uchun harbiy qism komandiri (boshligʻi) nomiga bildirgi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6388968" id="-6388968">harbiy xizmatchining turar joy bilan taʼminlanishga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadigan turar joy attestati; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6388969" id="-6388969">harbiy xizmatchining pul taʼminoti va doimiy ish joyidan (mavjud boʻlganda) berilgan oxirgi 12 oyda ushlab qolingan miqdorlarda u bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki yashash joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan oila aʼzolarining ushbu davrdagi daromadlari (mavjud boʻlganda) toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning nusxalari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6388970" id="-6388970">kalendar boʻyicha hisoblab chiqilgan uzoq muddatli xizmat toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6388971" id="-6388971">harbiy xizmatni oʻtashga kontrakt tuzilganligi toʻgʻrisida harbiy qism komandiri (boshligʻi)ning buyrugʻidan koʻchirma; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6388972" id="-6388972">harbiy xizmatchi va uning turmush oʻrtogʻi (eri, xotini) nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6388973" id="-6388973">Quyidagi hujjatlar tegishli idoralar (markaziy turar joy komissiyasi yoki turar joy komissiyasi yoxud kvartira-foydalanish organi) tomonidan masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6388974" id="-6388974">nikoh tuzilganligi (mavjud boʻlganda) toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6388975" id="-6388975">tugʻilganlik haqida guvohnoma nusxasi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6388976" id="-6388976">(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-fevraldagi 71-sonli <a href="/mact/-6388229?ONDATE=21.02.2023 00#-6388301">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2023-y., 09/23/71/0097-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308689" id="-3308689">11. Turar joy komissiyasi oʻn kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganadi va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligini tekshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308690" id="-3308690">Turar joy komissiyasi tomonidan harbiy xizmatchi uchun dastlabki badalni kiritish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, ushbu qaror zarur hujjatlar ilova qilingan holda ikki kun muddatda tegishli idoraning markaziy turar joy komissiyasining koʻrib chiqishi uchun yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308691" id="-3308691">Dastlabki badalni kiritish rad etilganligi haqida qaror qabul qilingan taqdirda, turar joy komissiyasi qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun muddatda rad etishning aniq sabablarini koʻrsatib yozma shaklda harbiy xizmatchini xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308692" id="-3308692">Harbiy xizmatchi turar joyga yoki turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb eʼtirof etilganda unda dastlabki badalni olish uchun tegishli hujjatlarni takroran kiritish huquqi saqlanib qoladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308693" id="-3308693">12. Tegishli idoraning markaziy turar joy komissiyasi tomonidan turar joy komissiyasining qarori va unga ilova qilingan hujjatlar bir hafta muddatda koʻrib chiqiladi va koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ikki nusxada bayonnoma tuziladi. Bayonnomaning har ikki nusxasi markaziy turar joy komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlanadi va gerbli muhr bosiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308694" id="-3308694">Ikki hafta muddatda tegishli idoraning markaziy turar joy komissiyasi bayonnomasining bir nusxasi tegishli idoraning rahbari tomonidan dastlabki badalni kiritish uchun pul mablagʻlari ajratish toʻgʻrisidagi buyruq loyihasini tayyorlash uchun tegishli idoraning kvartira-foydalanish organiga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308695" id="-3308695">Dastlabki badalni kiritish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, markaziy turar joy komissiyasi qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun muddatda turar joy komissiyasini rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda yozma shaklda xabardor qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3308717" id="-3308717">3-bob. Dastlabki badalni va ipoteka kreditini oʻtkazish va qaytarish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308718" id="-3308718">13. Tegishli idora rahbarining dastlabki badalni kiritish toʻgʻrisidagi buyrugʻi asosida kvartira-foydalanish organi harbiy xizmatchiga tilxat bilan dastlabki badalni kiritish toʻgʻrisida kafolat xati beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308720" id="-3308720">Tegishli idoralar tomonidan dastlabki badalni kiritish pul mablagʻlari harbiy xizmatchining tijorat bankida ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga oʻtkazilishi yoʻli bilan harbiy xizmatchi xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki bilan kredit shartnomasi tuzganidan keyin amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308721" id="-3308721">14. Ipoteka kreditini qaytarish harbiy xizmatchi va uning oila aʼzolari tomonidan quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308723" id="-3308723">pul taʼminoti va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar va boshqa daromadlar hisobiga naqd boʻlmagan shaklda pul oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308725" id="-3308725">naqd pul mablagʻlari toʻlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308727" id="-3308727">plastik kartalardan va harbiy xizmatchining tijorat banklaridagi omonatlari boʻyicha hisob raqamlaridan naqd boʻlmagan shaklda pul mablagʻlari oʻtkazish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3308729" id="-3308729">4-bob. Ijtimoiy kafolatlar</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6388977" id="edi-6388977"><a href="/mact/-3307333?ONDATE=21.08.2017 00#-3308732">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6388977" id="-6388977"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6388978" id="-6388978">15. Ular uchun tegishli idoralar tomonidan uy-joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badal kiritilgan harbiy xizmatchilar quruvchi tomonidan qabul qilish va topshirish dalolatnomalari asosida turar joy harbiy xizmatchilarga foydalanishga topshirilgan kundan boshlab davlat hisobiga turar joy bilan taʼminlanmaganlar roʻyxatidan chiqariladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6388979" id="-6388979">(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-fevraldagi 71-sonli <a href="/mact/-6388229?ONDATE=21.02.2023 00#-6388312">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2023-y., 09/23/71/0097-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308734" id="-3308734">16. Turar joy bilan taʼminlash usuliga bogʻliq ravishda harbiy xizmatchilarga quyidagi ijtimoiy kafolatlar beriladi:</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6388980" id="edi-6388980"><a href="/mact/-3307333?ONDATE=21.08.2017 00#-3308736">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6388980" id="-6388980"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6388981" id="-6388981">ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal kiritilgan harbiy xizmatchilar — harbiy xizmatchilarning ushbu toifasiga va ularning oila aʼzolariga xizmat turar joyidan (mavjud boʻlganda) foydalanish huquqi yoxud belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomalari imzolangan kungacha, lekin harbiy xizmatchilarga quruvchi tomonidan qabul qilish va topshirish dalolatnomalari asosida sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy foydalanishga topshirilgan kundan koʻp boʻlmagan muddat uchun har oylik pul kompensatsiyasi olish huquqi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6388982" id="-6388982">(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-fevraldagi 71-sonli <a href="/mact/-6388229?ONDATE=21.02.2023 00#-6388314">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2023-y., 09/23/71/0097-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308738" id="-3308738">yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi olgan harbiy xizmatchilar, — harbiy xizmatchilarning ushbu toifasiga va ularning oila aʼzolariga yer uchastkasini mustaqil oʻzlashtirish davrida xizmat turar joyidan (mavjud boʻlganda) foydalanish huquqi, yoxud toʻliq 24 oygacha boʻlgan muddatda turar joy ijaraga olinganligi (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi olish huquqi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6110359" id="edi-6110359"><a href="/mact/-3307333?ONDATE=21.08.2017 00#-3308740">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6110359" id="-6110359"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6110361" id="-6110361">Pul kompensatsiyasi olish huquqi saqlanib qolishi muddati harbiy xizmatchining tijorat bankida ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga dastlabki badal kiritilgan kundan boshlab yoki yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi elektron onlayn-auksion orqali olingan kundan boshlab hisoblanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6110363" id="-6110363">(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli <a href="/mact/-6102472?ONDATE=08.07.2022 00#-6103607">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308742" id="-3308742">Pul kompensatsiyasi olish huquqi saqlanib qolishi muddatlariga rioya qilish ustidan nazorat qilish tegishli idoraning kvartira-foydalanish organlari tomonidan amalga oshiriladi, ularga turar joyni markazlashtirilgan tartibda hisobga olishni yuritish yuklanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308744" id="-3308744">17. Harbiy xizmatchi halok boʻlgan yoki u xizmat vazifalarini bajarishda ogʻir tana shikastlanishi oqibatida mehnat qobiliyatini yoʻqotganda qaytarilmagan kredit summasi va u boʻyicha hisoblangan foizlar tegishli idora rahbarining qarori asosida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga qaytariladi. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7478809" id="edi-7478809"><a href="/mact/-3307333?ONDATE=21.08.2017 00#-7478808">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7478809" id="-7478809"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7478810" id="-7478810">Xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari (ota-onasi, eri, xotini, farzandlari, shuningdek, ularning qaramogʻidagi shaxslar) va xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida orttirilgan kasallik, olingan shikastlanish (jarohatlanish, yaradorlik) oqibatidagi nogironligi boʻlgan harbiy xizmatchilar tegishli idoralar tomonidan turar joy bilan birinchi navbatda taʼminlanadi. Agar ushbu shaxslar tegishli idoralar tomonidan uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti asosida turar joy bilan taʼminlangan boʻlsa, qaytarilmagan kredit miqdori va kredit boʻyicha hisoblangan foizlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan toʻliq qoplab beriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7478811" id="-7478811">(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-apreldagi 214-sonli <a href="/mact/-7469716?ONDATE=10.04.2025 00#-7473320">qaroriga </a>asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/214/0325-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308745" id="-3308745">18. Birgalikdagi nikohdagi harbiy xizmatchilar (xotin, er) tomonidan turar joyni sotib olish (qurish) uchun dastlabki badalni kiritish yoki yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish kvartira-foydalanish organi tomonidan berilgan er-xotinning har ikkisi turar joy bilan, yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi bilan taʼminlanmaganligi va ularning har ikkisi uchun dastlabki badal kiritilmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma mavjud boʻlgan taqdirda ulardan biri tomonidan, xizmat joyi boʻyicha yoki harbiy xizmatga yuborilgan (chaqiriq) joyi boʻyicha amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308747" id="-3308747">19. Tegishli idora tomonidan turar joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badal kiritilgan yoki yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berilgan harbiy xizmatchi davlat hisobiga turar joy bilan bepul taʼminlashning boshqa shakllaridan foydalanish huquqiga ega boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308749" id="-3308749">20. Xoʻjalik hisobi asosidagi boʻlinmalarning harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badallar tegishli idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga beriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308753" id="-3308753">21. Davlat hisobiga turar joy (dastlabki badal, yer uchastkasi, turar joyni xususiylashtirish va shu kabilar) bilan taʼminlangan harbiy xizmatchi umumiy shartlarda qoʻshimcha turar joy olish uchun belgilangan tartibda ipoteka krediti olish huquqini yoʻqotmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308755" id="-3308755">Dastlabki badalni toʻlash va keyinchalik olingan kreditni qaytarish belgilangan tartibda harbiy xizmatchining yoki uning oila aʼzolarining mablagʻlari hisobiga toʻliq amalga oshiriladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3308757" id="-3308757">5-bob. Yakunlovchi qoidalar</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7478812" id="edi-7478812"><a href="/mact/-3307333?ONDATE=05.04.2022 00#-5988515">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7478812" id="-7478812"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7478813" id="-7478813">22. Ushbu Nizomga muvofiq ipoteka krediti olgan va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha harbiy xizmatdan boʻshatilgan harbiy xizmatchilar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini turar joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning <a href="/mact/-1354563#-6192705">4-bandida</a> koʻrsatilgan shaxslar hamda kalendar hisobida oʻn yil va undan ortiq harbiy xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilar bundan mustasno) tegishli idoralar tomonidan kiritilgan dastlabki badal summasini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qaytaradilar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7478814" id="-7478814">(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-apreldagi 214-sonli <a href="/mact/-7469716?ONDATE=10.04.2025 00#-7473322">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/214/0325-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308761" id="-3308761">23. Tegishli idoralarning moliya organlari harbiy xizmatchining tijorat bankida ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga dastlabki badalni kiritishda hujjatlarning butligi va turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlanishi uchun javob beradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308763" id="-3308763">24. Harbiy qism komandiri (boshligʻi) va turar joy komissiyasi ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalni berish bilan bogʻliq hujjatlar rasmiylashtirilishining ishonchliligi uchun javob beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308765" id="-3308765">25. Ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalni kiritish masalasini koʻrib chiqishda zarur boʻlgan oilaning tarkibi toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotlar va boshqa shaxsiy maʼlumotlar taqdim etilishi uchun harbiy xizmatchilarga masʼuliyat yuklanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308767" id="-3308767">26. Turar joy komissiyalarining qarorlari va ular aʼzolarining harakatlari (harakatsizligi) boʻyicha ariza va shikoyatlar markaziy turar joy komissiyasi va sud tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6110364" id="edi-6110364"><a href="/mact/-3307333?ONDATE=05.04.2022 00#-5988523">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6110364" id="-6110364"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6110365" id="-6110365">27. Harbiy xizmatchilarga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish bilan bogʻliq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6110366" id="-6110366">(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli <a href="/mact/-6102472?ONDATE=08.07.2022 00#-6103608">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5988537" id="edi-5988537"><a href="/mact/-3307333?ONDATE=21.08.2017 00#-3308770">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5988537" id="-5988537"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5988545" id="-5988545">28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5988579" id="-5988579">(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939170">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3308773" id="-3308773"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3308776" id="-3308776">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son <a href="/mact/-3307333">qaroriga </a><br />2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3308784" id="-3308784">Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-iyuldagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3308786" id="-3308786"><strong>oʻzgartirish</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3308788" id="-3308788"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308901" id="-3308901">Nizomning <a href="/mact/-831964?ONDATE=25.07.2005 00#-831994">2-bandi </a>quyidagi tahrirda bayon qilinsin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308904" id="-3308904">“2. Harbiy xizmatchilarga pul kompensatsiyasi toʻlash turar joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab harbiy xizmatni oʻtash joyiga kelgandan keyin amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308905" id="-3308905">Pul kompensatsiyasi toʻlash:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308907" id="-3308907">harbiy xizmatchiga belgilangan tartibda turar joy maydoni berilgan kundan boshlab (shu jumladan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan uy-joy maydonining oldi-sotdi dalolatnomalari asosida);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308908" id="-3308908">harbiy xizmatchi qismning shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqarilgan kundan boshlab;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308911" id="-3308911">harbiy xizmatchiga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal oʻtkazilgan kundan boshlab toʻliq 12 oy oʻtgandan keyin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308912" id="-3308912">harbiy xizmatchi tomonidan yakka tartibda turar joy qurish uchun yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimi tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab toʻliq 24 oy oʻtgandan keyin toʻxtatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308913" id="-3308913">Harbiy xizmatchiga turar joy maydoni berilgan, turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal oʻtkazilgan, harbiy xizmatchi tomonidan yakka tartibda turar joy qurish uchun yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimi tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda harbiy qismning uy-joy komissiyasi harbiy qismning moliya organiga pul kompensatsiyasini toʻlashni toʻxtatish uchun asos hisoblangan hujjatning nusxasini taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308914" id="-3308914">Ota-onalari, eri (xotini)ning ota-onalari uy-joy maydonida birga yashayotgan harbiy xizmatchilarga pul kompensatsiyasi toʻlanmaydi”. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3308915" id="-3308915"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3308917" id="-3308917">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son <a href="/mact/-3307333">qaroriga </a><br />3-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3308919" id="-3308919">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3308921" id="-3308921"><strong>ROʻYXATI</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3308922" id="-3308922"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308924" id="-3308924">1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 31-iyuldagi 163-son <a href="/mact/-1379093">qarori</a> (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 7-son, 39-modda). </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308926" id="-3308926">2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini moliyalashtirishning resurs bazasini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-maydagi 151-son qaroriga 2-ilovaning <a href="/mact/-1808541?ONDATE=25.05.2011 00#-1808640">2-bandi </a>(Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 20-21-son, 209-modda). </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3308927" id="-3308927">3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 31-iyuldagi 163-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 31-maydagi 153-son <a href="/mact/-2017438">qarori</a> (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 38-modda). </div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3314837" id="-3314837">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 853-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 21.02.2023-y., 09/23/71/0097-son; 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son; 10.04.2025-y., 09/25/214/0325-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
