1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.08.00 Banklarning qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.02.00 Chiqarish toʻgʻrisidagi qaror;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.03.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi chiqarilishi va prospektini roʻyxatdan oʻtkazish;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.07.00 Qimmatli qogʻozlarni (qoplash) yoʻq qilish;
5.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
2.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZINING
Qarori
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QIMMATLI QOGʻOZLARNI ChIQARISh, DAVLAT ROʻYXATIGA OLISh VA SOʻNDIRISh (BEKOR QILISh) TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 10-martda 1216-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining 2009-yil 6-iyundagi 17/2 va 2009-31-sonli “Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlarni chiqarish, davlat roʻyxatiga olish va soʻndirish (bekor qilish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaror va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi (roʻyxat raqami 1216-6, 03.09.2009-y.) qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlarni chiqarish, davlat roʻyxatiga olish va soʻndirish (bekor qilish) tartibi toʻgʻrisida nizomga (2003-yil 12-fevral, roʻyxat raqami 1216-son — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, fevral, 3-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.