1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatishi va uni boshqarish bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
2-modda. Qimmatli qogʻozlar bozori
Qimmatli qogʻozlar bozori — jismoniy va yuridik shaxslarning qimmatli qogʻozlar chiqarish, ularning muomalada boʻlishi va haqini toʻlash bilan bogʻliq munosabatlari tizimidir.
Qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari — qimmatli qogʻozlarning emitentlari, investorlar, investitsiya institutlari, shuningdek ularning birlashmalari (uyushmalari), fond birjalari (birjalarning fond boʻlimlari), davlat tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorini boshqarish va muvofiqlashtirish vakolati berilgan organlar va boshqalardan iboratdir.
Z-modda. Investitsiya institutlari
Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya institutlarining quyidagi turlari faoliyat koʻrsatishi mumkin:
investitsiya vositachisi (moliya brokeri va dileri);
investitsiya maslahatchisi;
investitsiya kompaniyasi;
investitsiya fondi;
boshqaruvchi kompaniya;
depozitariy;
hisob-kitob-kliring palatasi (tashkiloti);
qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrini saqlovchi;
qimmatli qogʻozlarni nominal saqlovchi;
investitsiya institutlarining boshqa turlari.
Investitsiya institutlari har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi mumkin, faqatgina ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilishi mumkin boʻlgan investitsiya fondi bundan mustasno.
Investitsiya institutlari tuzish, ularning faoliyat koʻrsatishi va ularni tugatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladi.
4-modda. Fond doʻkonlari
Fond doʻkonlari — investitsiya institutlarining tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, jismoniy shaxslar uchun qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari mayda ulgurji va chakana savdosini amalga oshiradi.
Fond doʻkonlari investitsiya vositachilari, investitsiya kompaniyalari va boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan ochilishi mumkin.
Fond doʻkonlarini ochish, ularning faoliyat koʻrsatishi va ularni tugatish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Fond doʻkonlarini ochish, ular tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida gi nizom (roʻyxat № 278, 27.08.1996-y.).
II. QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINING FAOLIYAT KOʻRSATIShI
5-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorida savdoni tashkil etish
Qimmatli qogʻozlar bozorida savdoni litsenziya asosida ish olib boradigan fond birjalari (birjalarning fond boʻlimlari) va investitsiya institutlari qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etadilar.
Investitsiya institutlari qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqarida savdo qilishni tashkil etuvchi boʻlinmalar tuzishga haqli.
6-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorida savdo qilishning asosiy prinsiplari
Qimmatli qogʻozlar bozorida savdo qilishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
barcha potensial investorlar oʻz mablagʻlarini foydali tarzda joylashtirishlari uchun ularga shart-sharoitlar yaratib berish;
qimmatli qogʻozlar bozorida tuziladigan bitimlarning ixtiyoriyligi;
erkin raqobat yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish;
narxlarni real tarkib topadigan talab va taklif asosida belgilash;
qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga uning barcha qatnashchilarining qatʼiy rioya etishi;
birja va birjadan tashqari operatsiyalar, kotirovkalar, emitentlarning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi axborot oshkor etilishining shartligi;
oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan barcha investorlar va emitentlar uchun bozordan foydalanish mumkinligi;
qimmatli qogʻozlar va ularning emitentlariga doir axborotning toʻla oshkor etilishini, oshkoralikni va bu axborotdan barcha qatnashchilar foydalana olishini taʼminlash;
investorlar va emitentlarning manfaatlarini himoya qilish;
qimmatli qogʻozlar bozorida tovlamachilik va boshqa noqonuniy faoliyatni taqiqlash hamda taʼqib qilish.
Qimmatli qogʻozlar bozorida savdoning asosiy prinsiplariga rioya etilishi davlatning tartibga solishga oid chora-tadbirlari bilan birga fond birjalari va qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarining birlashmalari (uyushmalari) ishlab chiqqan savdo qoidalarini uygʻunlashtirish asosida taʼminlanadi.
7-modda. Qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisiga doir bitimlar
Investorlar tomonidan sotib olingan qimmatli qogʻozlar birja bozorlari va birjadan tashqari bozorlarda qayta sotilishi mumkin. Investorlar oldi-sotdilarni investitsiya institutlari orqali ham, mustaqil holda ham amalga oshirishlari mumkin.
Egasi yozilgan qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdisiga doir bitimlar tomonlarning oʻz xohish-irodalarini izhor etganliklarini qayd etish imkonini beradigan hujjat shaklida amalga oshiriladi.
Egasi yozilmagan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisiga doir bitimlar tomonlarning oʻz xohish-irodalarini izhor etganliklarini qayd etish imkonini beradigan hujjat shaklida amalga oshiriladi, vositachisiz tuziladigan va tuzilgan paytda bajariladigan bitimlar bundan mustasno.
Davlat mol-mulkini boshqarishga vakil qilingan organ tomonidan aksiyalar oldi-sotdisiga doir bitimlar birjadan tashqari bozorda mustaqil suratda, investitsiya vositachilari ishtirokisiz Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.01 Investitsiya vositachisi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.02 Investitsiya maslahatchisi]
8-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorida vositachilik
Qimmatli qogʻozlar bozorida vositachilikni investitsiya vositachilari amalga oshiradilar.
Qimmatli qogʻozlar bozorida brokerlik va (yoki) dilerlik faoliyatini amalga oshirayotgan investitsiya instituti investitsiya vositachisi hisoblanadi.
Topshiriq shartnomalari yoki vositachilik haqi asosida yoxud bitimlar tuzish uchun berilgan ishonchnoma asosida ish olib borib, vakolatli shaxs yoki vositachi sifatida qimmatli qogʻozlar yuzasidan fuqarolik-huquqiy bitimlarni amalga oshirish brokerlik faoliyati hisoblanadi.
Muayyan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va (yoki) sotish narxlarini oshkora eʼlon qilish hamda ushbu qimmatli qogʻozlarni eʼlon qilingan narxlari boʻyicha sotib olish va (yoki) sotish majburiyatini olish yoʻli bilan oʻz nomidan va oʻz hisobidan qimmatli qogʻozlarga doir oldi-sotdi bitimlarini tuzish dilerlik faoliyati hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qimmatli qogʻozlar bozoridagi investitsiya vositachilari faoliyati “Investitsiya vositachilari toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat № 1108, 13.03.2002-y.) bilan tartibga solingan.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.12 (Кучини йукотган) Qimmatli qogʻozlar bozorida boshqa faoliyat turlari]
9-modda. Maslahat berish borasidagi faoliyat
Qimmatli qogʻozlar bozorini va uning ishtirokchilarini tahlil etish va istiqbolini aniqlash, moliyaviy vositalarni (moliyaviy majburiyatlarni) ekspertiza qilish, ishlab chiqish va tavsiya etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish, qimmatli qogʻozlar chiqarish, ularni joylashtirish va muomalaga kiritish, mutaxassislarni qayta tayyorlash, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar investitsiya siyosatini amalga oshirishlari xususida maslahatlar berish sohasidagi xizmatlar maslahat berish borasidagi faoliyat deyiladi.
Qimmatli qogʻozlar bozorida maslahat berish faoliyati bilan shugʻullanuvchi investitsiya instituti investitsiya maslahatchisi deb ataladi. Yuridik yoki jismoniy shaxs investitsiya maslahatchisi boʻlishi mumkin.
Investitsiya maslahatchisi mijoz mustaqil ravishda bir qarorga kelishi uchun unga zarur axborotni beradi va muayyan qimmatli qogʻozlarni sotib olish yoki sotish boʻyicha tavsiyalar berishga haqli emas.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.08 Qimmatli qogʻozlar bozorida boshqa faoliyat turlari]
10-modda. Investitsiya kompaniyasining faoliyati
Qimmatli qogʻozlar chiqaradigan va ularni joylashtirish boʻyicha uchinchi shaxslar foydasiga kafolatlar beradigan, qimmatli qogʻozlarga mablagʻ soladigan, oʻz nomidan va oʻz hisobidan, shu jumladan qimmatli qogʻozlarni kotirovkalash (investitsiya kompaniyasi sotish yoki sotib olish majburiyatini oʻz zimmasiga oladigan muyayan qimmatli qogʻozlarni sotish narxini va sotib olish narxini eʼlon qilish) hisobidan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisini amalga oshiradigan yuridik shaxs investitsiya kompaniyasidir.
Investitsiya kompaniyalari oʻz resurslarini faqat muassislarning mablagʻlari hisobidan, shuningdek reinvestitsiya qilingan oʻz mablagʻlari hisobidan tashkil etadilar va yuridik hamda jismoniy shaxslarga sotiladigan oʻz qimmatli qogʻozlarini emissiya qiladilar.
Investitsiya kompaniyalari aholining omonatlari va mablagʻlari hisobidan oʻz jalb etilgan resurslarini tashkil etish huquqiga ega emaslar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.09 (Кучини йукотган) Investitsiya jamgʻarmasi]
11-modda. Investitsiya fondining faoliyati
Investorlarning pul mablagʻlarini ishga solish maqsadida aksiyalar sotib oladigan va chiqaradigan hamda mablagʻlarni fond nomidan qimmatli qogʻozlarga, banklardagi hisobvaraqlarga va omonatlarga qoʻyadigan yuridik shaxs investitsiya fondidir.
Investitsiya fondlarining mablagʻlarni bunday qoʻyish bilan bogʻliq tavakkalchiligi, bu mablagʻlarning bozordagi qadri oʻzgarishidan keladigan daromad va koʻriladigan zarar toʻla-toʻkis ushbu fond egalari (aksiyadorlari) hisobiga oʻtkaziladi va ular tomonidan fond aksiyalarining joriy narxlari oʻzgarishi hisobiga realizatsiya qilinadi.
Banklar va sugʻurta kompaniyalari investitsiya fondlari boʻla olmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-sentabrdagi 410-sonli qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya fondlari toʻgʻpisidagi nizom va Xususiylashtirish investitsiya fondlari toʻgʻpisidagi nizom.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.10 (Кучини йукотган) Boshqaruvchi kompaniya]
12-modda. Boshqaruvchi kompaniyaning faoliyati
Boshqa investitsiya institutlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning investitsiya aktivlarini boshqarish sohasida faoliyat koʻrsatadigan, shuningdek qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisini amalga oshiradigan investitsiya instituti boshqaruvchi kompaniya deb ataladi.
Yuridik shaxsning egalik qilish uchun oʻziga berilgan va boshqa bir shaxsga tegishli boʻlgan, mazkur shaxs yoki bu shaxs koʻrsatgan uchinchi shaxslar manfaatlarini koʻzlab:
qimmatli qogʻozlarni;
qimmatli qogʻozlarni investitsiyalashga moʻljallangan pul mablagʻlarini;
qimmatli qogʻozlarni boshqarish jarayonida olinadigan pul mablagʻlari hamda qimmatli qogʻozlarni haq evaziga boshqarish vakolatini muayyan muddat davomida oʻz nomidan amalga oshirishi qimmatli qogʻozlarni boshqarish sohasidagi faoliyat hisoblanadi.
Qimmatli qogʻozlarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari va shartnomalar bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-son qarori bilan tasdiqlangan Boshqaruvchi kompaniyalar toʻgʻrisidagi nizom. Ishonchli boshqarish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 849—861-moddalari bilan ham tartibga solingan.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.05 Transfer-agent]
1Z-modda. Depozitar faoliyat
Qimmatli qogʻozlarni saqlash va (yoki) bu qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olib borish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish depozitar faoliyat deb hisoblanadi.
Depozitar faoliyat bilan shugʻullanadigan investitsiya instituti depozitariy deb ataladi. Faqat yuridik shaxsgina depozitariy boʻla oladi.
Depozitariyning qimmatli qogʻozlarni saqlash va (yoki) bu qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olib borish sohasidagi xizmatlaridan foydalanuvchi shaxs deponent deb ataladi.
Investorlar oʻz aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlari saqlanishini taʼminlash maqsadida qimmatli qogʻozlarni:
qogʻoz sertifikatlar;
kompyuterdagi elektron buxgalteriya yozuvlari shaklida saqlash va almashish huquqiga egalar.
Depozitar xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzish deponentning qimmatli qogʻozlarga mulk huquqi depozitariyga oʻtishiga olib kelmaydi.
Depozitariy oʻziga deponentga qoʻyilgan qimmatli qogʻozlarning but saqlanishi uchun, shuningdek qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olib borish boʻyicha oʻz burchlarini bajarmaganligi yoki tegishli darajada bajarmaganligi uchun, shu jumladan deponent hisobvaraqlari boʻyicha yozuvlarning toʻlaligi va toʻgʻriligi uchun qonunda belgilangandek javobgar boʻladi.
Deponentlarning qimmatli qogʻozlariga depozitariyning majburiyatlari boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozorida depozitariylar faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.04 Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi]
14-modda. Qimmatli qogʻozlar yuzasidan oʻzaro majburiyatlarni aniqlash va hisobga olish (kliring)
Oʻzaro majburiyatlarni belgilash, aniqlash va hisobga olishga doir faoliyat kliring deb hisoblanib, bu faoliyat bitimga doir axborotni toʻplash, solishtirish, unga tuzatish kiritish hamda qimmatli qogʻozlarga doir fuqaroviy-huquqiy bitimlarni ijro etish uchun buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash operatsiyalarini nazarda tutadi.
Qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar boʻyicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshiruvchi investitsiya institutlari hisob-kitob-kliring palatasi (tashkiloti) deb ataladi.
Qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar yuzasidan hisob-kitob olib borilishi munosabati bilan kliringni amalga oshiruvchi tashkilotlar oʻzaro majburiyatlarni aniqlash chogʻida tayyorlab qoʻyilgan qimmatli qogʻozlar, pul mablagʻlari va buxgalteriya hujjatlarini ijroga qabul qilib olayotganlarida qimmatli qogʻozlar bozorining qaysi qatnashchisi uchun hisob-kitob ishlari amalga oshirilayotgan boʻlsa, shu qatnashchi bilan tuzgan oʻz shartnomalariga asoslanadilar.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-apreldagi 196-son qarori bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida hisob-kitob-kliring palatalari toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.06 Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi]
15-modda. Qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini yuritish sohasidagi faoliyat
Qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini yuritish tizimini tashkil etadigan va bu tizimga taalluqli boʻlgan maʼlumotlarni toʻplash, qayd etish, qayta ishlash, saqlash va taqdim etish qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini yuritish sohasidagi faoliyat deb hisoblanadi.
Qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini yuritish boʻyicha xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi investitsiya instituti qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini saqlovchi (reyestr saqlovchi) deb ataladi.
Qimmatli qogʻozlar egalari reyestri roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar egalarining istalgan sanadagi holat boʻyicha tuzilgan roʻyxati boʻlib, ularga qarashli egasi yozilgan qimmatli qogʻozlarning miqdori, nominal qiymati va toifasi ushbu roʻyxatda koʻrsatiladi.
Emitent yoki uning topshirigʻi asosida reyestr yuritish faoliyatini amalga oshiradigan investitsiya instituti reyestr saqlovchi boʻlishi mumkin.
Agar qimmatli qogʻozlar egalarining soni 500 dan oshib ketsa, reyestr saqlovchi reyestr yuritishga ixtisoslashgan mustaqil tashkilot boʻlishi kerak.
Quyidagilar qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini saqlovchi boʻla olmaydilar:
jismoniy shaxslar;
shu aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlari boʻlgan yoki uning aksiyalarini nazorat qiladigan yuridik shaxslar.
Qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini yuritish boʻyicha faoliyat olib boruvchi yuridik shaxs emitentning qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini yuritish tizimida roʻyxatga olingan qimmatli qogʻozlari yuzasidan bitimlar tuzishga haqli emas.
Reyestr yuritish haqidagi shartnoma faqat bitta yuridik shaxs bilan tuziladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.12 (Кучини йукотган) Qimmatli qogʻozlar bozorida boshqa faoliyat turlari]
16-modda. Qimmatli qogʻozlarni nominal saqlovchining faoliyati
Qimmatli qogʻozlarni nominal saqlovchi — qimmatli qogʻozlarning egasi boʻlmagani holda boshqa shaxsning (qimmatli qogʻozlar mulkdori yoki boshqa vakil qilingan saqlovchining) topshirigʻiga muvofiq oʻz nomidan aksiyalarni saqlaydigan shaxsdir.
Qimmatli qogʻozlar egasining yoki u vakil qilgan shaxsning topshirigʻi bilan va uning nomidan qimmatli qogʻozlar yuzasidan bitimlar tuzuvchi banklar, depozitariylar (investitsiya fondi aksiyalaridan tashqari), investitsiya institutlari qimmatli qogʻozlarni nominal saqlovchilar boʻlishi mumkin.
Qimmatli qogʻozlarni nominal saqlovchi boshqa shaxsning topshirigʻiga muvofiq oʻzi saqlayotgan qimmatli qogʻozlar yuzasidan:
ushbu shaxs mazkur qimmatli qogʻozlar boʻyicha oʻziga tegishi kerak boʻlgan hamma toʻlovlarni olishini taʼminlashga qaratilgan harakatlarning barchasini amalga oshirishi;
qimmatli qogʻozlar yuzasidan bitimlar va operatsiyalarni faqat oʻziga aksiyalarni saqlab turish haqida topshiriq bergan shaxsning topshirigʻiga muvofiq va u bilan tuzilgan shartnomaga koʻra amalga oshirishi;
boshqa shaxslarning topshirigʻiga koʻra oʻzi saqlab turgan qimmatli qogʻozlar hisobini balansdan tashqarida alohida hisobvaraqlarda hisobga olib borishi va qimmatli qogʻozlarni saqlab turish haqida topshiriq bergan shaxslarning talablarini qondirish maqsadida ushbu hisobvaraqlarda doimo yetarli miqdorda qimmatli qogʻozlarga ega boʻlishi kerak.
Qimmatli qogʻozlarni nominal saqlovchi qimmatli qogʻozlar reyestrini saqlovchiga qimmatli qogʻozlarni saqlash boʻyicha topshiriq bergan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yilda kamida bir marta taqdim etib, qimmatli qogʻozlar sonini va toifalari (turlari)ni koʻrsatishi shart.
Qimmatli qogʻozlarni nominal saqlovchi oʻz mijozlarining topshirigʻiga binoan saqlab turgan qimmatli qogʻozlar nominal saqlovchining kreditorlari foydasiga undirib olinishi mumkin emas.
17-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorida banklarning faoliyati
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq banklar va boshqa kredit tashkilotlari qimmatli qogʻozlar bozoridagi kasbiy faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar.
18-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorida faoliyat turlarini qoʻshib olib borish
Investitsiya maslahatchisi, investitsiya fondi va boshqaruvchi kompaniya faoliyatini amalga oshirish uni qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatning boshqa turlari bilan qoʻshib olib borishga yoʻl qoʻymaydi.
Reyestrni yuritish faoliyatini amalga oshirish uni qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatning boshqa turlari bilan (depozitar faoliyat turidan tashqari) qoʻshib olib borishga yoʻl qoʻymaydi.
Qimmatli qogʻozlar yuzasidan faoliyat turlarini qoʻshib olib borish va operatsiyalar oʻtkazish sohasidagi qoʻshimcha cheklashlar davlat vakolat bergan organ tomonidan belgilanadi.
19-modda. Investitsiya institutlarining birlashmalari (uyushmalari)
Investorlar, investitsiya institutlari va boshqa mijozlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida tijoratchi boʻlmagan tashkilotlar tarzida investitsiya institutlarining birlashmalari (uyushmalari) tashkil etilishi mumkin.
Birlashma (uyushma)ning barcha daromadlari u tomonidan faqat ustav vazifalarini bajarish uchun sarflanadi hamda qatnashchilar oʻrtasida taqsimlanmaydi.
III. QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINI BOShQARISh
20-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorini boshqarish asoslari
Qimmatli qogʻozlar bozorining davlat boshqaruvi vakolatli organlar tomonidan:
qimmatli qogʻozlar va emissiya prospektlarini chiqarishni roʻyxatga olish, emitentlarning ularda nazarda tutilgan shartlar va majburiyatlarga rioya qilishlari ustidan nazoratni amalga oshirish;
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Korporativ obligatsiyalarni chiqarish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ular boʻyicha qarzlarni uzish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat № 1158, 10.07.2002-y.) va Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini chiqarish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va chiqarilgan aksiyalarni bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat № 1159, 10.07.2002-y.).
ushbu Qonunning 24 va 26-moddalariga muvofiq qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi axborot emitentlar va qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari tomonidan maʼlum qilinishini taʼminlash;
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborotni ochish toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat № 1127, 18.04.2002-y).
mutaxassislarni attestatsiyalash, investitsiya institutlari faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish;
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat № 660, 03.03.1999-y.).
investorlar hamda qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa ishtirokchilari bergan shikoyatlarni koʻrib chiqish va qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari bajarishi majburiy boʻlgan xulosalar chiqarish, koʻrsatmalar berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishiga doir ishlarni koʻrib chiqish va jazo qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat № 1131, 23.04.2002-y.).
21-modda. Qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni tartibga solish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimmatli qogʻozlar yuzasidan tuziladigan bitimlarni tartibga solish birjalardagi va birjalardan tashqaridagi oldi-sotdi bitimlariga, shuningdek qimmatli qogʻozlarni sovgʻa qilish, meros qilib olishga, ustav fondiga kiritishga hamda ularning mulkdori oʻzgarishiga olib keladigan boshqa harakatlarni amalga oshirishga nisbatan qoʻllaniladi.
Investitsiya institutlari bitimlarni faqat qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan shakldagi topshiriq shartnomalari yoki vositachilik haqlari asosida ularda koʻrsatilgan barcha zarur shartlarga aniq rioya qilgan holda mijozlar hisobidan amalga oshirishlari mumkin.
Mijoz yoki uning topshiriq shartnomasi boʻyicha ishonchli vakili shartnoma bajarilguncha bir yoqlama tartibda uning amal qilishini toʻxtatish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Topshiriq shartnomasini tuzish va ijro qilish bilan bogʻliq masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 817—825-moddalari bilan tartibga solingan.
22-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorida operatsiyalarni amalga oshirish va ularni roʻyxatga olish
Investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozorida operatsiyalarni amalga oshirishlariga ular tegishli litsenziyaga ega boʻlsalar ruxsat etiladi.
Qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan va ularning narxi, egasi, daromad keltirish darajasi oʻzgarishi, shuningdek qimmatli qogʻozlar yuzasidan qilinadigan oʻzaro hisob-kitoblar bilan bogʻliq har bir operatsiya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Qimmatli qogʻozlar yuzasidan tuzilgan bitimlar ular amalga oshirilgan vaqtda roʻyxatdan oʻtkazilishi va savdo qilingan joyda qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish (kliring) kontraktlari boʻyicha hisobot tarzida rasmiylashtirilishi lozim.
Yuridik shaxslar oʻrtasida egasi yozilgan qimmatli qogʻozlar, shuningdek egasi yozilmagan qimmatli qogʻozlar boʻyicha tuzilgan bitimlar roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Tashkiliy yoʻsinda yoʻlga qoʻyilgan bozorda oldi-sotdi bitimlari tuzish chogʻida bitim tuzish va unga oid hisob-kitoblar sanasi oʻrtasidagi vaqt qimmatli qogʻozlar kim oshdi savdosining tashkilotchisi qoidalari, boshqa hollarda esa oldi-sotdi shartnomalari asosida belgilanadi. Belgilangan muddatlar buzilgan taqdirda bitim haqiqiy emas deb hisoblanadi va sotuvchiga yetkazilgan zarar uchun xaridor aybdor ekanligi aniqlansa, uning javobgarligiga sabab boʻladi.
(22-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
23-modda. Narxlar kotirovkasi
Qimmatli qogʻozlar narxini kotirovkalash fond birjalari tomonidan markazlashtirilgan tartibda, shuningdek birjadan tashqari bozorda dilerlar tomonidan amalga oshiriladi.
Fond birjalari qimmatli qogʻozlar narxini kotirovkalashni bitim narxini, qimmatli qogʻoz kursini, qimmatli qogʻoz boʻyicha talab va taklif narxini qayd qilish, narxlarning eng baland va eng past darajalarini aniqlash orqali amalga oshiradilar.
Narxlarni emitentlarning oʻzlari kotirovkalashiga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.05.00 Qimmatli qogʻozlar bozoridagi kasb faoliyatini litsenziyalash]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
24-modda. Investitsiya institutlarining faoliyatini litsenziyalash
Qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyat davlat vakolat bergan organ tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma — litsenziya asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldgi 308-sonli qarori bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga qarang.
Litsenziya bergan organ investitsiya institutlarining faoliyatini nazorat qilib turadi va qonun hujjatlari buzilgan taqdirda berilgan litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Davlat tomonidan vakolat berilgan organ qimmatli qogʻozlar bilan zarur darajada professional faoliyat koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida:
jismoniy shaxslar (investitsiya institutlari va fond birjalarining xodimlari) qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi malaka guvohnomasini olishlari uchun ular oldiga qoʻyiladigan malaka talablarini;
oʻz mablagʻlari yetarli boʻlishining majburiy normativlarini va qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar boʻyicha tavakkalchilikni cheklovchi boshqa koʻrsatkichlarni belgilaydi.
Banklar qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni investitsiya institutlari uchun ushbu Qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda amalga oshiradilar.
25-modda. Faoliyatning taqiqlangan turlari
Qimmatli qogʻozlar bozorida faoliyatning taqiqlangan turlari quyidagilardir:
davlat roʻyxatidan oʻtkazmagan holda, emitent yoki qimmatli qogʻozlarga taalluqli axborotni oshkor etmasdan qimmatli qogʻozlar emissiyasini amalga oshirish;
tegishli litsenziyasiz qimmatli qogʻozlar bozorida faoliyatni amalga oshirish;
soxta bitimlar, talablarni adekvat oʻzaro hisobga olish, qisqa muddatli sunʼiy bitimlarni amalga oshirish orqali qimmatli qogʻozlar bozorida manipulatsiya qilish;
ayrim qatnashchilarning mavqeyida ustunlik yaratish maqsadida qandaydir belgilarga qarab qimmatli qogʻozlar bozorini boʻlish;
qimmatli qogʻozlar bozorida savdo qilishning qonun hujjatlarida belgilangan asosiy prinsiplariga zid boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirish.
IV. QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINI AXBOROT BILAN TAʼMINLASh
26-modda. Emitentlarning axborotni oshkor qilishi
Emitent oʻz qimmatli qogʻozlari va moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni quyidagi shakllarda oshkor qilishi shart:
moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisida yillik hisobot tuzish;
emitentning, uning shuʼba va tobe korxona va tashkilotlarining qayta tashkil etilganligini maʼlum qilish;
emitent aktivlarining qiymati bir marta 10 foizdan ortiqroq miqdorda koʻpayishi yoki kamayishiga sabab boʻlgan faktlar, emitentning sof foydasi yoki sof zarari bir marta 10 foizdan ortiqroq miqdorda koʻpayishiga olib kelgan faktlar, miqdori yoki mol-mulkining qiymati bitim tuzilgan sanadagi holatga koʻra emitent aktivlarining 10 foizidan ortiqni tashkil etadigan bir martalik bitimlarga oid faktlar toʻgʻrisidagi maʼlumot;
emitent tomonidan qimmatli qogʻozlar chiqarilganligi haqidagi, emitentning qimmatli qogʻozlari boʻyicha yozilgan va (yoki) toʻlangan daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumot;
emitentga qarashli har qanday alohida turdagi qimmatli qogʻozlarning 35 foizdan ortiqrogʻiga ega boʻlgan shaxsning emitent reyestrida paydo boʻlganligi haqidagi maʼlumot;
reyestrning yopilish sanalari toʻgʻrisidagi, emitentning qimmatli qogʻozlar egalari oldidagi majburiyatlarini bajarish muddatlari haqidagi, umumiy yigʻilishlarning qarorlari toʻgʻrisidagi maʼlumot;
emitentning vakil qilingan organi tomonidan qimmatli qogʻozlar chiqarish haqida qaror qabul qilingani toʻgʻrisidagi maʼlumot.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchilari tomonidan axborotlarni ochish toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat № 1127, 18.04.2002-y.).
27-modda. Investitsiya institutlarining, fond birjalarining (birjalar fond boʻlimlarining) va qimmatli qogʻozlar egalarining axborotni oshkor qilishi
Investitsiya instituti quyidagi hollarda:
yilning bir choragi mobaynida bir emitentning faqat bir turdagi qimmatli qogʻozlari bilan operatsiyalar oʻtkazganda;
bir emitentning bir turdagi qimmatli qogʻozlari bilan bir marta operatsiya oʻtkazganda, agar bu operatsiya boʻyicha qimmatli qogʻozlarning soni mazkur qimmatli qogʻozlar umumiy sonining kamida 15 foizini tashkil etsa, oʻzlarining qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirgan operatsiyalari haqidagi axborotni oshkor qilishi shart.
Fond birjalari (birjalarning fond boʻlimlari) va investitsiya institutlari har qanday manfaatdor shaxsga:
qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchisiga savdoga ijozat berish qoidalarini;
qimmatli qogʻozlarni savdoga qoʻyishga ijozat berish qoidalarini;
bitimlar tuzish va ularni solishtirish qoidalarini;
qimmatli qogʻozlar bozorida savdoni tashkil etuvchilarga xizmat koʻrsatish jadvalini;
yuqorida sanab oʻtilganlarga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish reglamentini;
savdoga qoʻyilgan qimmatli qogʻozlarning roʻyxatini oshkor etishlari shart.
Qimmatli qogʻozlar egasi emitentga qarashli har qanday qimmatli qogʻozlar turining Z5 foizi va undan ortigʻiga ega ekanligi haqidagi axborotni oshkor etishi shart.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchilari tomonidan axborotlarni ochish toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat № 1127, 18.04.2002-y.).
28-modda. Xizmatda foydalaniladigan axborot
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan maqsadlarga muvofiq, xizmatda foydalaniladigan axborot deyilganda emitent va uning chiqargan qimmatli qogʻozlari toʻgʻrisidagi hamma ham foydalana olmaydigan, oʻz xizmat mavqeyi, mehnat vazifalari yoki emitent bilan tuzilgan shartnomaga binoan bunday maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarga qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa subyektlariga nisbatan ustunlik beradigan har qanday axborot tushuniladi.
Xizmatda foydalaniladigan axborotga ega boʻlgan shaxslar jumlasiga:
emitentning yoki u bilan shartnomalar orqali bogʻlangan investitsiya institutining boshqaruv organlari aʼzolari;
qimmatli qogʻozlar bozorida faoliyat koʻrsatuvchi jismoniy shaxslar;
emitentning yoki u bilan shartnomalar orqali bogʻlangan investitsiya institutining auditorlari;
davlat organlarining, fond birjalari (birjalar fond boʻlimlari)ning nazorat qilish, tekshirish yoki boshqa vakolatlari tufayli mazkur axborotdan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan mansabdor shaxslari kiradilar.
Xizmatda foydalaniladigan axborotga ega shaxslar bu axborotdan bitimlar tuzish uchun foydalanish, shuningdek xizmatda foydalaniladigan axborotni bitimlar tuzish uchun uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emaslar.
Mazkur talabni buzgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.09.00.00 Reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik (shuningdek, 12.06.00.00ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.06.00.00 Reklama (shuningdek, 09.09.00.00.ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish. Reklama]
29-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorida reklama
Qimmatli qogʻozlar bozoridagi reklamada uni beruvchining nomi (ismi) aks etgan boʻlishi kerak. Investitsiya instituti boʻlgan reklama beruvchi reklama eʼloniga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorida oʻzi amalga oshiradigan faoliyat turlari haqidagi maʼlumotlarni ham reklamaga kiritishi lozim.
Reklama beruvchilarning:
oʻz faoliyati toʻgʻrisida, sotib olish yoki sotish yoxud boshqa bitimlar tuzish uchun taqdim etilayotgan qimmatli qogʻozlar turlari va ularning tavsiflari hamda bu bitimlarni tuzish shartlari haqida notoʻgʻri axborotni, shuningdek qimmatli qogʻozlar egalarini va bozorining boshqa qatnashchilarini aldashga yoki chalgʻitishga qaratilgan boshqa axborotni reklamada koʻrsatishi;
reklamada qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlarning kutilayotgan miqdori va ularning kurs qiymati oʻsishi haqidagi taxminlarni koʻrsatishi;
xuddi shunday faoliyat bilan shugʻullanuvchi qimmatli qogʻozlar bozori professional qatnashchilarining yoki xuddi shunday qogʻozlarni chiqaruvchi emitentlarning haqiqiy yoxud gumon qilingan kamchiliklarini koʻrsatish yoʻli bilan reklamadan gʻarazli raqobat maqsadlarida foydalanishi taqiqlanadi.
Reklamada mazkur holatlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda qimmatli qogʻozlar reklamasi gʻarazli reklama deb topiladi.
Qimmatli qogʻozlar va emitentlar toʻgʻrisidagi hamma foydalana oladigan axborot, shuningdek vakolatli organlar qimmatli qogʻozlar bozorini boshqarish sohasidagi oʻz vazifalarini bajarishlari munosabati bilan ularga Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan axborot qimmatli qogʻozlar bozoridagi reklama deb hisoblanmaydi.
Emitent tomonidan qimmatli qogʻozlar chiqarilgani hamda u yozgan va (yoki) toʻlagan dividendlar toʻgʻrisidagi axborot reklama hisoblanadi.
V. QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI QATNAShChILARINING MASʼULIYATI
Investitsiyalarning obyektini, shakli va miqdorini tanlash masʼuliyati (tavakkalchiligi) investorning oʻz zimmasida boʻladi, shunga muvofiq, qimmatli qogʻozlarga, shu jumladan aksiyalarga qilingan oʻz investitsiyalarini himoyalash uchun pirovard masʼuliyat (tavakkal) ham investorning (aksiyadorning) zimmasida boʻladi.
Z1-modda. Qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchilari qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchilariga nisbatan:
mansabdor shaxsga nisbatan maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilgan qoidabuzarliklarni tugatish toʻgʻrisidagi koʻrsatmani bajarishdan boʻyin tovlaganlik uchun — eng kam ish haqining 40 baravaridan 70 baravarigacha miqdorda;
emitentlar tomonidan qimmatli qogʻozlar chiqarishning belgilangan tartibi investorlarga zarar yetkazilishiga olib keladigan tarzda buzilganligi uchun — qimmatli qogʻozlar chiqarish hajmining besh foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining 100 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazishning belgilangan tartibi qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan buzilganligi uchun — qimmatli qogʻozlarga doir bitim summasining besh foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining 75 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda, mazkur qoidabuzarlik takror sodir etilgan taqdirda, qimmatli qogʻozlarga doir bitim summasining oʻn foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining 100 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
atayin notoʻgʻri maʼlumotlar tarqatish (taqdim etish) yoʻli bilan investorlar va nazorat organlarini chalgʻitganlik uchun — eng kam ish haqining 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima solishdan iborat iqtisodiy jazo choralari qoʻllaniladi.
Iqtisodiy jazo choralarini qoʻllash sud tomonidan, qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchilari sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlgan va jazo choralari summasini ixtiyoriy ravishda toʻlagan hollarda esa, vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda qoʻllanilgan iqtisodiy jazo choralarini undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida oyma-oy boʻlib toʻlash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi.
(31-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunini buzganlik uchun ishlarni koʻrib chiqish va sanksiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat № 1131, 23.04.2002-y.).
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 25-aprel,
218-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 56-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 405-modda)