1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.02.00 Chiqarish toʻgʻrisidagi qaror;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.03.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi chiqarilishi va prospektini roʻyxatdan oʻtkazish;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
2.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZINING
Qarori
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QIMMATLI QOGʻOZLARNI ChIQARISh, DAVLAT ROʻYXATIGA OLISh VA SOʻNDIRISh (BEKOR QILISh) TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDAGI QAROR VA UNGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALARNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 3-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1216-6]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 29-30-son, 278-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining 2002-yil 30-noyabrdagi 26/11 va 2002-15-sonli “Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlarni chiqarish, davlat roʻyxatiga olish va soʻndirish (bekor qilish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1216, 2003-yil 12-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 3-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining 2004-yil 8-maydagi 228-V-1 va 2004-07-sonli “Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlarni chiqarish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va soʻndirish (bekor qilish) tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1216-1, 2004-yil 26-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-yil, 21-son, 257-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining 2005-yil 19-martdagi 5/4 va 2005-1216-02-sonli “Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlarni chiqarish, davlat roʻyxatiga olish va soʻndirish (bekor qilish) tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1216-2, 2005-yil 27-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 17-18-son, 135-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining 2006-yil 28-fevraldagi 228-V-3 va 2006-02-sonli “Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlarni chiqarish, davlat roʻyxatiga olish va soʻndirish (bekor qilish) tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1216-3, 2006-yil 10-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 10-son, 79-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining 2006-yil 30-oktabrdagi 228-V-4 va 2006-12-sonli “Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlarni chiqarish, davlat roʻyxatiga olish va soʻndirish (bekor qilish) tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1216-4, 2006-yil 7-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 45-son, 449-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining 2007-yil 21-iyuldagi 228-V-5 va 04/18-371-sonli “Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlarni chiqarish, davlat roʻyxatiga olish va soʻndirish (bekor qilish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1216-5, 2007-yil 7-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 31-32-son, 338-modda).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 6-iyun,
17/2-son
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2009-yil 6-iyun,
2009-31-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 36-son, 400-modda)