toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
OʻZBYeKISTON RYeSPUBLIKASI YeR KODYeKSINI AMALGA KIRITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 1998 yil 1 iyuldan eʼtiboran amalga kiritilsin. Mazkur Kodeksning amalga kiritilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 18 martdagi Farmoni bilan tasdiqlangan «1998 — 2000 yillardagi davrda qishloq xoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi»da nazarda tutilgan muddatlar va tadbirlarga muvofiq ravishda taʼminlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofiqlashtirilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining ushbu Kodeksga zid boʻlmagan qismi qoʻllanilaveradi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etsin;
hukumat qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar ushbu Kodeksga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4. Ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari 1998 yil 1 iyuldan eʼtiboran toʻla yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998 yil 30 aprel,
599-I-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining 1998 yil
30 apreldagi 599-I-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining toʻla yoki qisman
oʻz kuchini yoʻqotgan qonunlari
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasining 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan «Yer toʻgʻrisida»gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Axborotnomasi, 1990 yil, № 16-18, 249-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasining Yer toʻgʻrisidagi Qonunini kuchga kiritish tartibi haqida»gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Axborotnomasi, 1990 yil, № 16 — 18, 295-modda).
3. 1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan «Yer toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992 yil, № 2, 84-modda).
4. 1993 yil 7 mayda qabul qilingan «Yer toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 6, 243-modda).
5. 1994 yil 6 mayda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1 boʻlimining 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994, № 5, 161-modda).
6. 1994 yil 23 sentyabrda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining VI boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 yil, № 11-12, 285-modda).
7. 1995 yil 6 mayda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining II boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 6, 118-modda).
8. 1995 yil 31 avgustda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining VIII boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda).
9. 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining I boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 5-6, 69-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 y., 5-6-son, 83-modda)