toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.1998
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
YER TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-apreldagi 599-I-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston SSR konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq mazkur Qonunning nomidagi hamda matnidagi “O‘zbekiston SSR” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilgan.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Yer to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 34-bandiga muvofiq, mazkur Qonunning 1, 2, 3, 9—18, 20—25, 28, 30—34, 40—48, 50—56, 60—62 va 64-moddalardagi “Qoraqalpog‘iston ASSR Oliy Soveti”, “Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar Soveti”, “va Qoraqalpog‘iston ASSR”, “Qoraqalpog‘iston Oliy Sovetining qarorlari” degan so‘zlar, shuningdek, 1, 7, 9, 10, 12, 18, 24, 25, 41—48, 50, 54—56 va 60-moddalardagi “SSR Ittifoqi” degan so‘zlar chiqarib tashlangan.

O‘zbekiston Respublikasining Yer to‘g‘risidagi Qonuni yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, tuproqning unumdorligini tiklash, tabiiy muhitni asrash va yaxshilash uchun, xo‘jalik yuritishning hamma shakllarini teng huquqlar asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratish maqsadida yer munosabatlarini tartibga soladi.
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining yer to‘g‘risidagi qonunlari
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida yer munosabatlari ushbu Qonun bilan va O‘zbekiston Respublikasining yer to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi.
(1-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 20-noyabrdagi 439-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 2-son, 84-modda)
Tog‘, o‘rmon va suv bilan bog‘liq munosabatlar, o‘simlik va hayvonot dunyosidan, shuningdek atmosfera havosidan foydalanish va ularni asrashga oid munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining maxsus qonunlari bilan tartibga solinadi.
2-modda. Yer — O‘zbekiston Respublikasi mulki
Yer umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur va u davlat muhofazasidadir.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalari quyidagilarga mulk qilib berilishi mumkin:
yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari shu obyektlar joylashgan yer uchastkalari bilan birga xususiylashtirilayotganda;
chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga — diplomatiya korpusi xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillariga, firmalar, kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar doimiy vakolatxonalarining xodimlariga, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarda doimiy asosda ishlovchi shaxslarga, shuningdek respublikada doimiy istiqomat qilayotgan va istiqomat qilish uchun guvohnomasi bo‘lgan shaxslarga turar joy binolari shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan birga sotilayotganda;
diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarga vakolatxona binosi, shu jumladan vakolatxona boshlig‘i qarorgohi sifatida foydalanib kelinayotgan binolar yoki binolarning bir qismi, shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek, mazkur vakolatxonalarning binolarini qurish uchun yer uchastkalari sotilayotganda.
(2-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 231-I-son Qonuniga muvofiq to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda)
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yer uchastkasi olish huquqiga egadirlar, uni berish shartlari va tartibi ushbu Qonun bilan hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
3-modda. Yerlarning tarkibi
O‘zbekiston Respublikasining barcha yerlari qaysi maqsadda foydalanishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
1) qishloq xo‘jalik yerlari;
Oldingi tahrirga qarang.
2) aholi punktlarining yerlari (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlari yerlari);
(3-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa yerlari va boshqa yerlar;
4) tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, dam olishga va tarixiy-madaniy maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar;
5) o‘rmon fondi yerlari;
6) suv fondi yerlari;
7) zaxira yerlar.
Kam sonli xalqlar va etnik guruhlar yashaydigan va xo‘jalik yuritadigan joylarda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan mazkur toifadagi yerlardan foydalanishning alohida tartibi o‘rnatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
4-modda. Posyolka va qishloqlar o‘zini o‘zi boshqaruv idoralarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar posyolka va qishloqlar o‘zini o‘zi boshqaruv idoralarining ixtiyorida bo‘ladi:
shaxsiy yordamchi xo‘jalikni yuritish uchun beriladigan yer uchastkalari katta-kichikligining me’yorlarini tasdiqlash;
posyolkalar va qishloqlarning hududidagi yerlardan foydalanishni va ularni muhofaza etishni nazorat qilish;
o‘z ixtiyorlariga berilgan yer zaxiralarini tasarruf etish;
yer uchastkasining katta-kichikligidan qat’i nazar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerlari tarkibiga kirmaydigan posyolka va qishloq aholi punktlari doirasidagi yerlarni egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga berish, shuningdek yerlarni olib qo‘yish;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalariga mulkdorlik, yerga egalik qilish, undan foydalanish huquqlarini shuningdek yerni ijaraga olish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
(4-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
fuqarolarga shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun, uy-joy qurish va unga xizmat ko‘rsatish uchun, shuningdek pichanzor va mol boqish uchun berib qo‘yilgan yer uchun haq olish;
ushbu moddaning beshinchi xatboshisida belgilangan tartibda yer berib qo‘yilgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning yerga egalik qilish hamda undan foydalanish huquqlarini to‘xtatish.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5-modda. Hokimiyat shahar idoralarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar hokimiyatning shahar idoralari ixtiyorida bo‘ladi:
shahar doirasidagi yerlardan foydalanishni va ularni muhofaza qilishni nazorat etish;
yer uchastkasining katta-kichikligidan qat’i nazar, shahar doirasida egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berish, shuningdek yerni olib qo‘yish, qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerlari bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalarini fuqarolarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egaligiga kim oshdi asosida sotish;
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuniga muvofiq to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalariga mulkdorlik, yerga egalik qilish, undan foydalanish huquqlarini shuningdek yerni ijaraga olish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
(5-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
shahar doirasida fuqarolarga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berib qo‘yilgan yer uchun yer solig‘i va ijara haqi undirish;
ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida belgilab qo‘yilgan tartibda yer berilgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini to‘xtatish;
yer-kadastr hujjatlarining yuritilishini tashkil etish;
yer tuzish ishlarini uyushtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahrining hokimiyat organlari diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarga mazkur vakolatxonalarning binolarini, shu jumladan, vakolatxona boshlig‘ining qarorgohini qurish uchun yer uchastkalarini mulk qilib sotishlari ham mumkin.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 231-I-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda)
Hokimiyatning shahar tarkibiga kiruvchi tuman idoralari yer munosabatlarini tartibga solish sohasida hal etadigan masalalar doirasini hokimiyatning shahar idoralari belgilab qo‘yadilar.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6-modda. Hokimiyat tuman idoralarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar hokimiyat tuman idoralarining ixtiyorida bo‘ladi:
yerlardan foydalanishni va uni muhofaza qilishni nazorat etish;
fuqarolarga, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, dehqon xo‘jaliklariga egalik qilish, foydalanish uchun hamda ijaraga yer berish, shuningdek tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan sug‘oriladigan yerlar, pichanzorlar va yaylovlardan tashqari qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarni; birinchi guruhga mansub o‘rmonlar bilan qoplangan yerlardan tashqari o‘rmon fondi yerlarini; sanoat, transport, aloqa, mudofaa obyektlari egallab turgan va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarni; suv fondi yerlarini olib qo‘yish — bitta yer egasiga va bitta yerdan foydalanuvchiga 10 gektargacha maydonda;
fuqarolarga, korxonalarga, muassasalarga va tashkilotlarga zaxira yerlardan yer uchastkasining katta-kichikligidan qat’i nazar, egalik qilish, foydalanish uchun hamda ijaraga yer berish;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalarini fuqarolarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egaligiga kim oshdi asosida sotish;
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuniga muvofiq beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
ushbu Qonunning 13-moddasida belgilangan egalik qilish va foydalanish huquqlarini to‘xtatish sabablari belgilangan tartibda tasdiqlanganidan keyin yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini to‘xtatib qo‘yish, posyolka va qishloq o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari, hokimiyatning tuman bo‘ysunuvidagi shahar idoralarining vakolat doirasiga kiruvchi hollar bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalariga mulkdorlik, yerga egalik qilish, undan foydalanish huquqlarini shuningdek yerni ijaraga olish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
(6-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
jamoa xo‘jaliklari tuzilgan, qayta tashkil etilgan va tugatilgan hollarda ularning yerga egalik qilishi masalalarini hal etish;
yer-kadastr hujjatlarining yuritilishini tashkil etish;
yer tuzish ishlarini tashkil etish;
fuqarolarga jamoat bog‘dorchiligi va uzumchiligi uchun, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berib qo‘yilgan yer uchun yer solig‘i va ijara haqi undirish.
Hokimiyatning tuman bo‘ysunuvidagi shahar idoralari yer munosabatlarini tartibga solish sohasida hal etadigan masalalar doirasini hokimiyatning tuman idoralari belgilab qo‘yadilar.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7-modda. Hokimiyat viloyat idoralarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar viloyat hokimiyat idoralarining ixtiyorida bo‘ladi:
yerlardan foydalanishni va ularni muhofaza qilishni nazorat etish;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qishloq xo‘jalik ehtiyojlari uchun, davlat va jamoatning boshqa ehtiyojlari uchun ushbu moddaning beshinchi xatboshisida aytilgan shartlarga rioya qilgan holda egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berish;
diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarga mazkur vakolatxonalarning binolarini, shu jumladan vakolatxona boshlig‘i qarorgohini qurish uchun yer uchastkalarini mulk qilib sotish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qo‘yiladigan ro‘yxatga muvofiq olib qo‘yiladigan yerlar, shu jumladan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hamda tarixiy-madaniy obyektlar va hududlar egallab turgan yerlar, shahar atrofi yerlari va shaharlarning yashil zonalari yerlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va o‘quv yurtlarining tajriba maydonlari, birinchi guruhga mansub o‘rmonlarning yerlaridan tashqari barcha yerlarni katta-kichikligidan qat’i nazar olib qo‘yish;
yer-kadastr hujjatlarining yuritilishini tashkil etish;
yer tuzish ishlarini tashkil etish.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 231-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qo‘yiladi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 20-noyabrdagi 439-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 2-son, 84-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ixtiyorida bo‘ladi:
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yerlarni posyolka va qishloq o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari bilan, hokimiyatning tuman, shahar va viloyat idoralari bilan, shuningdek yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda tasarruf etish;
yerlardan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, tabiatni qo‘riqlash sohasidagi boshqa tadbirlar bilan kompleks tarzda yer resurslarini muhofaza qilish yuzasidan hokimiyat mahalliy idoralari bilan birgalikda respublika dasturlarini ishlab chiqish va ularni bajarish;
yer tuzishni hamda Davlat yer kadastrini yuritishni tashkil etish.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
10-modda. Yerga egalik qilish va undan foydalanish
Yer qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga doimiy egalik qilish uchun, qonunlarda ko‘zda tutilgan hollarda esa boshqa maqsadlar uchun ham beriladi.
Doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun yer:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga;
sanoat, transport hamda qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanmaydigan boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga;
mudofaa ehtiyojlari uchun;
diniy tashkilotlarga;
chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi qo‘shma korxonalarga, xalqaro birlashmalarga hamda tashkilotlarga beriladi.
(10-modda birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ayrim shaxslarga yer uchastkalari meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalik qilish uchun va foydalanish uchun beriladi.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollarda yer foydalanish uchun boshqa tashkilotlar va shaxslarga ham beriladi.
Yerdan vaqtincha foydalanish qisqa muddatli — uch yilgacha va uzoq muddatli — uch yildan o‘n yilgacha bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish ehtiyojlari talab qilgan hollarda bu muddatlar tegishli suratda qisqa muddatli yoki uzoq muddatli vaqtincha foydalanish muddatlaridan ortiq bo‘lmagan davrga uzaytirilishi mumkin. Yer uchastkalaridan vaqtincha foydalanish muddatlarini ana shu uchastkalarni bergan idoralar uzaytiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yaylov chorvachiligi uchun yer uchastkalari qishloq xo‘jalik korxonalariga, muassasalar hamda tashkilotlarga 25 yilgacha muddatga berilishi mumkin.
(10-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Import va inshootga mulkchilik huquqi o‘tgan taqdirda ana shu obyektlar bilan birgalikda yer uchastkasiga egalik qilish huquqi yoki undan foydalanish huquqi ham O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yiladigan tartibda va shartlar asosida o‘tadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jalik hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerdan doimiy foydalanish huquqi yerdan doimiy foydalanish huquqini beruvchi Davlat hujjati bilan tasdiqlanadi.
(10-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yerdan doimiy foydalanish huquqi yerdan foydalanish huquqini beruvchi Davlat hujjati bilan tasdiqlanadi.
Davlat hujjatlarining shakli, ularni ro‘yxatga olish va berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida belgilanadi.
11-modda. Yer ijarasi
Yerni shartnoma asosida ijaraga muayyan muddatga, qishloq xo‘jalik maqsadlari uchun esa kamida 10 yilga quyidagi idoralar beradilar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — qishloq va posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari, hokimiyatning tuman va shahar idoralari;
ushbu ma’muriy tumandagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga — hokimiyatning tuman idoralari, boshqa tumanlardan kelgan xuddi shu xildagi yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilarga esa hokimiyatning viloyat va shahar idoralari;
respublika hamda chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi qo‘shma korxonalarga, xalqaro birlashmalarga va tashkilotlarga, shuningdek xorijiy davlatlarga, xalqaro tashkilotlarga, chet el yuridik shaxslari va fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi beradi.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari yerni ichki xo‘jalik ijarasi tartibida ayrim xodimlarga va ijarachi jamoalarga biriktirib qo‘yishlari mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonunining 38, 39-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Ijara shartlari tomonlarning kelishuviga binoan belgilanadi va shartnomada mustahkamlanadi. Ijarachi yerni ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin shartnomani yangilash uchun ustun huquqqa egadir.
Yer ijarasi haqini to‘lash va ijarani bekor qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
12-modda. Yer uchastkalari berish (sotish)
Belgilangan tartibda ajratib berilgan (sotilgan) yer uchastkalarigagina egalik qilish va ulardan foydalanish mumkin.
Yer uchastkalarini ajratib berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda hokimiyat va o‘zini o‘zi boshqaruv mahalliy idoralari tomonidan qonunlarda belgilab qo‘yiladigan tartibda amalga oshiriladi.
Egalikdagi yoki foydalanishdagi yer uchastkasini boshqa shaxslarga berish (sotish) faqat shu uchastka belgilangan tartibda olib qo‘yilganidan keyingina amalga oshiriladi.
Sanoat korxonalari, temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari, elektr uzatish liniyalari, bosh quvur yo‘llari qurish uchun, shuningdek qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar yoki qishloq xo‘jaligi uchun yaroqsiz bo‘lgan yerlar yoxud sifati yomon bo‘lgan qishloq xo‘jalik yerlari beriladi. Mazkur maqsadlar uchun o‘rmon fondiga qarashli yerlardan yer uchastkalari asosan o‘rmon bilan qoplanmagan maydonlar yoki butazorlar va qimmati kam o‘simliklar bilan qoplangan maydonlar hisobidan beriladi.
Tegishli yer tuzuvchi tashkilotlar berilgan (sotilgan) yer uchastkasining chegaralarini naturada (joyning o‘zida) belgilagunlaricha va yerga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar berilguncha ana shu uchastkaga egalik qilish yoki foydalanish taqiqlanadi.
Yerlarni berish (sotish) tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
121-modda. Yer uchastkalariga mulk huquqining yuzaga kelishi
Yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga mulk huquqi savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga xususiylashtirilayotganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda tanlov yoki kim oshdi savdosi o‘tkazish natijasida yuzaga keladi. Tanlov yoki kim oshdi savdosining zarur sharti O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi yoki uning xududiy organi bilan yangi mulkdor o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma tuzishdan iborat.
Yer uchastkalariga chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning — diplomatiya korpusi xodimlarining, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillarining, firmalar, kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar doimiy vakolatxonalari xodimlarining, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarda doimiy asosda ishlovchi shaxslarning, shuningdek respublikada doimiy istiqomat qilayotgan va istiqomat qilish uchun guvohnomasi bo‘lgan shaxslarning mulk huquqi ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda turar joy binolari shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan birga sotilayotganida yuzaga keladi.
Diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning yer uchastkalariga mulk huquqi ularga vakolatxona binosi, shu jumladan, vakolatxona boshlig‘i qarorgohi sifatida foydalanib kelinayotgan binolar yoki binolarning bir qismi shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek mazkur vakolatxonalarning binolarini qurish uchun yer uchastkalari sotilayotganida yuzaga keladi.
(121-modda O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 231-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda)
13-modda. Yer uchastkalariga mulkdorlik, yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqini to‘xtatish
Tegishli o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari hamda hokimiyat mahalliy idoralari o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori bilan quyidagi hollarda barcha yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish va undan foydalanish huquqi to‘xtatib qo‘yiladi:
1) yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda;
2) yer uchastkasi berilgan muddat tugaganda;
3) korxona, muassasa, tashkilot, dehqon xo‘jaligining faoliyati to‘xtaganda;
4) shartnoma shartlari buzilganligi sababli yerni ijaraga berish shartnomasi bekor qilinganda;
5) yerdan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganida;
6) xizmatda foydalanish uchun yer berib qo‘yishga asos bo‘lgan mehnat munosabatlari to‘xtatilganda;
7) yer uchastkasidan oqilona foydalanilmagan taqdirda, bu narsa qishloq xo‘jaligi maqsadlariga atalgan yerlar uchun hosildorlik darajasi normativdan (kadastr bahosiga ko‘ra) past bo‘lishida ifodalanadi;
8) yer uchastkasidan tuproq hosildorligi pasayishiga, uning kimyoviy va radioaktiv bulg‘anishiga, ekologiya vaziyati yomonlashuviga olib boradigan usullar bilan foydalanilgan taqdirda;
9) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan muddatlar mobaynida yer solig‘i, shuningdek ijara shartnomasida belgilangan muddatlarda ijara haqi uzluksiz to‘lanmaganida;
10) qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi uchun berib qo‘yilgan yer uchastkasidan bir yil davomida va noqishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi uchun berilgan yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida;
Oldingi tahrirga qarang.
11) meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqini beruvchi order kim oshdi savdosi asosida olinganidan keyin yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida, yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqi garovda bo‘lgan taqdirda esa — garov shartnomasi muddati mobaynida foydalanilmaganida. Foydalanilmagan yer uchastkalari avvalgi egalariga ular to‘lagan haqni qaytarib bergan holda tortib olinadi;
(13-modda birinchi qismining 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
12) ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan holatlarda yer olib qo‘yilganida.
Qonunlarda yerga egalik qilish huquqini, yerdan foydalanish va yerni ijaraga olish huquqini to‘xtatishning boshqa holatlari ham ko‘zda tutilishi mumkin.
Yer uchastkalariga mulkdorlik huquqini quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari, shuningdek, turar joy binolari va boshqa binolar yoki binolarning bir qismi shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan birga sotilganda;
(13-modda uchinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 231-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda)
2) davlat va jamoat ehtiyojlari uchun sotib olinganda;
3) Qonunda belgilangan hollarda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari, shuningdek, turar joy binolari musodara etilganda.
Ushbu modda birinchi qismining 5, 7 va 8-bandlarida hamda uchinchi qismining 2-bandida qayd etilgan hollarda yerga mulkdorlik, egalik qilish va undan foydalanish huquqini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinish mumkin.
Yerga egalik qilish huquqi va yerdan foydalanish huquqini to‘xtatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
14-modda. Yerlarning davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi, sotib olinishi
(14-moddaning sarlavhasi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Yer uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer egasining — qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonasi, muassasasi va tashkilotining, shuningdek fuqarolarning roziligi bo‘lgan taqdirda yoki yerdan foydalanuvchi bilan sanoat, transport va boshqa noqishloq xo‘jaligi korxonasi, muassasasi va tashkiloti bilan kelishilgan holda o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari va hokimiyat idoralarining o‘zlariga berib qo‘yilgan vakolatlarga muvofiq chiqargan qaroriga ko‘ra olib qo‘yiladi.
Yer egasi yoki yerdan foydalanuvchi rozi bo‘lmagan taqdirda o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari va hokimiyat mahalliy idoralarining qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Muayyan viloyat uchun kadastr bahosiga muvofiq belgilanadigan alohida qimmatli mahsuldor sug‘oriladigan yerlarning, shuningdek alohida muhofaza qilinadigan tabiiy va tarixiy-madaniy obyektlar va hududlar egallab turgan yerlarning qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan ehtiyojlar uchun olib qo‘yilishiga alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yo‘l qo‘yiladi.
Korxonalar, binolar va inshootlar qurish uchun yer uchastkalarini olishdan manfaatdor bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar loyihalash ishlari boshlanguncha obyekt quriladigan joyi, uchastkaning taxminiy maydoni va uni ajratish shartlarini yer egalari va bu yerdan foydalanuvchilar, shuningdek o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari va hokimiyat mahalliy idoralari bilan territoriyani kompleks rivojlantirishni ta’minlashni e’tiborga olib, oldindan kelishib olishlari shart.
Oldindan kelishib olmasdan turib, loyiha ishlarini pul bilan ta’minlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yerlarni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish hamda obyekt quriladigan joyni oldindan kelishib olish, shuningdek yer ajratib berishni rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari yoki turar joy binosi va boshqa bino yoki binoning bir qismi bilan birga yer uchastkalarini sotib olish hokimiyat tegishli organlarining qaroriga binoan amalga oshirilib, ushbu Qonun 19-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlar bilan ta’minlanadi.
(14-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 231-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda)
15-modda. Yer uchastkalaridan qidiruv ishlari uchun foydalanish
Geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarini amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bu ishlarni hamma yerlarda yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan yer uchastkalarini olib qo‘ymagan holda amalga oshirishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘oriladigan haydov yerlarda, bog‘larda, uzumzorlar, tutzorlar, mevazorlarda, tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan pichanzorlar va yaylovlarda, birinchi guruh o‘rmonlari bilan qoplangan yerlarda, shuningdek tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, dam olish va tarix-madaniyat obyektlari bo‘lgan yerlarda qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomani tegishli suratda hokimiyatning viloyat idoralari, boshqa yerlarda esa hokimiyatning tuman yoki shahar idoralari uzog‘i bilan bir yilga beradilar.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Qidiruv ishlarini olib boruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ish davomida buzilgan yer uchastkalarini belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun yaroqli holatga o‘z hisoblaridan keltirishga va yer egalariga hamda yerdan foydalanuvchilarga topshirishga, yerlar, ekinlar, dov-daraxtlar, o‘rmonlar, suvlar va boshqa tabiat obyektlarining, suv va gaz quvurlari, kanalizatsiya, melioratsiya sistemalari va boshqa inshootlarning yaroqli holda saqlanishini ta’minlash uchun choralar ko‘rishga, shuningdek yerlarni vaqtincha egallab turish munosabati bilan yer egalariga keltirilgan zararni, shu jumladan qo‘lga kirmay qolgan foydani xam to‘lashga majburdirlar.
16-modda. Yer solig‘i va yer uchun ijara haqi
O‘z mulkida, egaligida, foydalanishida yer uchastkalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yer solig‘i to‘laydilar, uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan ta’minlanish darajasiga qarab belgilanadi. O‘zini o‘zi boshqaruv idoralari hamda hokimiyat idoralari yerni ijaraga bergan hollarda yer uchun haq ijara haqi shaklida olinadi, uning miqdori tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi va u yer solig‘i stavkasidan kam bo‘lmasligi kerak.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Yer solig‘i to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadilar:
1) Davlat qo‘riqxonalari, milliy tabiat bog‘lari, dendrologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, buyurtma qo‘riqxonalar, tarix va madaniyat yodgorliklari;
2) buzilgan yoki qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlarni egalikka yoki foydalanishga olgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, kollektivlar va fuqarolar besh yil mobaynida;
(16-modda to‘rtinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1086-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 161-modda)
3) Dehqon xo‘jaliklari ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab dastlabki ikki yil mobaynida;
4) qishloq xo‘jalik yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari va o‘quv yurtlarining tajriba dalalari, mol haydab boriladigan yo‘llar, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport muassasalari,dam olish va sog‘lomlashtirish inshootlari, gidrometeorologiya stansiyalari va postlari egaligidagi hamda foydalanishidagi yerlar — bu tashkilotlarga yordamchi qishloq xo‘jalik ishlari olib borish uchun berib qo‘yilgan yerlardan tashqari
5) kam sonli xalqlar va etnik guruhlar istiqomat qiladigan va xo‘jalik faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lgan joylardagi an’anaviy kasblar bilan shug‘ullanuvchi korxonalar;
6) suv manbalari, kanallar va kollektorlardan foydalanuvchi suv xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari;
7) Ulug‘ Vatan urushi nogironlari va qatnashchilari hamda baynalmilal burchini bajargan shaxslar, I va II darajadagi mehnat nogironlari, I va II darajaga oid ko‘zi ojiz nogironlar va harbiy xizmatchilar jumlasidan bo‘lgan ishlab turgan nogironlar, boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar, bolaligidan nogironlar;
8) boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan hollarda.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchun to‘lovlar qishloq o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari, hokimiyatning tegishli tuman va shahar idoralari budjetlariga tushadi. To‘lovlarning bir qismi respublika ( avtonom respublika) tadbirlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi budjetida markazlashtiriladi.
(16-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Yer uchun to‘lovlar birinchi navbatda yerlarni muhofaza qilishga, ularning sifatini oshirishga, yer egalarini va yerdan foydalanuvchilarni, shu jumladan ijarachilarni ana shu tadbirlarni amalga oshirganlik uchun moddiy rag‘batlantirishga, shuningdek yer tuzish ishlariga va hududni ijtimoiy rivojlantirishga sarflanadi.
Soliq solish tartibi va miqdori, umumiy summadagi to‘lovlarning markazlashtiriladigan ulushi, yer uchun haq undirib olishdagi imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
II. YERGA EGALIK QILUVChILAR VA YERDAN FOYDALANUVChILARNING HUQUQ VA BURChLARI
17-modda. Yerga egalik qiluvchilarning huquq va burchlari
Yer egalari quyidagi huquqlarga egadirlar:
1) yerda mustaqil xo‘jalik yuritish;
2) yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsuloti va uni sotishdan olingan daromadga egalik qilish;
3) yer uchastkasida mavjud keng tarqalgan foydali qazilmalar, o‘rmonlar, ko‘llar, sug‘orish va kollektor-zovur tarmog‘idan belgilangan tartibda xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish;
4) uy-joylar, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy hamda boshqa imoratlar va inshootlar barpo etish;
5) qishloq xo‘jalik ekinzorlariga, daraxt va butalarga egalik qilish;
6) yer olib qo‘yilgan yoki yer uchastkasidan ixtiyoriy ravishda voz kechilgan taqdirda yerning unumdorligini oshirishga sarflangan xarajatlarni to‘la undirib olish;
7) Yer uchastkasini yoki uning bir qismini ichki xo‘jalik ijarasi tartibida vaqtincha foydalanish uchun berish;
8) Qishloq xo‘jalik ekinlarini, daraxt va butalarni sug‘orish uchun hamda boshqa maqsadlar uchun sug‘orish manbalardan va kanallardan belgilangan limitlarga muvofiq suv olish huquqiga egadirlar.
(17-moddaning 7 va 8-bandlari O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer egalari shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish uchun kim oshdi savdosi asosida olingan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqini kreditlar olish uchun garovga qo‘yishlari mumkin.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Yer egalari quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
1) yerdan ko‘zlangan maqsadlarda samarali foydalanish, tuproq, unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qilish texnologiyalarini qo‘llash, o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida hududida ekologiya vaziyati yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik;
2) ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan yerlarni muhofaza qilishga oid turkum tadbirlarni amalga oshirish;
3) yer solig‘ini o‘z vaqtida to‘lab turish;
4) yerga egalik qiluvchi va yerdan foydalanuvchilarning, shu jumladan, ijarachilarning huquqlarini buzmaslik.
18-modda. Yerdan foydalanuvchilarning huquqlari va burchlari
Yerdan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:
1) yerni berish shartlariga muvofiq undan foydalanish;
2) yer uchastkasidagi mavjud keng tarqalgan foydali qazilmalar, o‘rmonlar, suv obyektlaridan belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish;
Oldingi tahrirga qarang.
3) yer bergan o‘zini o‘zi boshqaruv idorasi va hokimiyat idorasining roziligi bilan uy-joy, ishlab chiqarish imoratlari, madaniy-maishiy binolar va boshqa inshootlar qurish;
(18-modda birinchi qismining uchinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
4) yerdan foydalanish to‘xtatilgan taqdirda yerni yaxshilash uchun o‘z hisobidan sarflangan mablag‘ni undirish;
5) qishloq xo‘jalik ekinzorlari, yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsuloti va uni sotishdan kelgan daromadga egalik qilish;
6) Yer uchastkasini yoki uning bir qismini hokimiyat mahalliy idoralarining qaroriga binoan vaqtincha foydalanish uchun berish;
7) Qishloq xo‘jalik ekinlarini, daraxt va butalarni sug‘orish uchun hamda boshqa maqsadlar uchun sug‘orish manbalardan va kanallardan belgilangan limitlarga muvofiq suv olish.
(18-moddaning 6 va 7-bandlari O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Yerdan foydalanuvchilar quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
1) yerdan uni berish chog‘ida belgilab qo‘yilgan maqsadlar va shartlarga muvofiq foydalanishni ta’minlash;
2) o‘ziga berilgan yerdan samarali foydalanish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyasini qo‘llash, o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida hududda ekologiya vaziyati yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
3) ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan yerlarni muhofaza qilishga oid turkum tadbirlarni amalga oshirish;
4) yer solig‘ini yoki yer uchun ijara haqini o‘z vaqtida to‘lab turish;
5) yer egalarining, yerdan foydalanuvchi boshqa kishilarning, shu jumladan ijarachilarning huquqlarini buzmaslik;
6) foydali qazilma konlarini kavlash uchun, qurilish va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun berilgan qishloq xo‘jalik yerlari va o‘rmonzorlarni ehtiyoj qolmaganidan keyin qishloq xo‘jaligi, o‘rmon yoki baliq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqli holga, mazkur ishlar boshqa yerlarda amalga oshirilgan, hollarda esa — belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun o‘z hisobidan yaroqli holatga keltirish;
7) foydali qazilma konlarini kavlash chog‘ida, shuningdek boshqa ishlarni amalga oshirish paytida o‘zlariga foydalanish uchun berilgan yer uchastkalaridan tashqarida qishloq xo‘jalik ekinzorlari, o‘rmonlar va boshqa yerlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishning oldini olish yoki uni mumkin qadar cheklash chora-tadbirlarini nazarda tutish va amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq yer egalari va yerdan foydalanuvchilar boshqa burchlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Davlat, xo‘jalik va boshqa idoralar hamda tashkilotlarning yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar faoliyatiga aralashishi taqiqlanadi, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini buzgan hollar bundan mustasnodir.
Yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan tartibda tiklanishi kerak.
Yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning huquqlari faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollardagina tabiatni hamda injenerlik kommunikatsiyalarini muhofaza qilish va boshqa yer egalarining hamda yerdan foydalanuvchilarning, shu jumladan ijarachilarning manfaatlarini, shuningdek fuqarolarning xavfsizligini ko‘zlabgina cheklanishi mumkin.
Yer egalarining va yerdan foydalanuvchilarning huquqlarini buzish orqali yetkazilgan zarar to‘la hajmda qoplanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Zararni qoplash to‘g‘risidagi nizolarni, agar tomonlarning biri fuqaro bo‘lsa, — sud ko‘rib chiqadi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi yoki o‘rmon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar o‘rtasidagi nizolarni esa xo‘jalik sudlari ko‘rib chiqadi.
(18-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19-modda. Yer uchastkalariga mulkdorlik va yerga egalik huquqining kafolatlari
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga berilgan yer uchastkalari ularning xohishiga ko‘ra hokimiyatning tuman yoki shahar idoralari tomonidan avvalgi yeriga teng qiymatli yer uchastkalari ajratilgach, shu yer uchastkasi olib berilayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yangi joyda olib qo‘yilayotganining o‘rniga uy-joylar, ishlab chiqarish binolari va boshqa imoratlarni qurib berganidan keyin hamda ushbu Qonunning 50-moddasiga muvofiq boshqa barcha zararlarni to‘la hajmda to‘laganidan keyin davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun qaytarib olinishi mumkin.
Kolxozlar, sovxozlar, qishloq xo‘jalik ilmiy tadqiqot muassasalari va o‘quv xo‘jaliklarining, boshqa davlat, kooperativ, jamoat qishloq xo‘jalik va o‘rmon xo‘jaligi korxonalarining yerlari ularning xohishiga ko‘ra olib qo‘yilgan imoratlar o‘rniga uy-joylar, ishlab chiqarish binolari va boshqa imoratlar qurib berilganidan keyin hamda ushbu Qonunning 50-moddasiga muvofiq boshqa barcha zararlar to‘la hajmda to‘langanidan keyin davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun qaytarib olinishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslar mulki bo‘lgan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari, shuningdek turar joy binolari va boshqa binolar yoki binolarning bir qismi yer uchastkalari bilan birga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun mulkdorni kamida bir yil oldin ogoh etib, bozor narxida sotib olinishi mumkin.
(19-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 231-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda)
III. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING YERGA EGALIK QILIShI VA YERDAN FOYDALANIShI
20-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yerga egalik qilishi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari:
shaxsiy yordamchi xo‘jalikni yuritish uchun;
dehqon xo‘jaligi yuritish uchun;
yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish uchun;
kollektiv bog‘dorchilik va uzumchilik uchun;
an’anaviy xalq hunarmandchiligi uchun umrbod meros qilib qoldiriladigan tarzda egalik qilish uchun yer uchastkasini olish va kim oshdi asosida sotib olish huquqiga egadirlar.
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida boshqa maqsadlarda egalik qilish uchun ham yer uchastkalari berish ko‘zda tutilishi mumkin.
Uy-joyga, chorboqqa nisbatan egalik huquqi fuqaroga o‘tgan (sotib olingan, xususiylashtirilgan, hadya qilingan yoxud merosga qolgan) taqdirda ana shu imoratlarga bo‘lgan egalik huquqi bilan birga ushbu imoratlar joylashgan barcha yer uchastkasiga egalik huquqi ham unga o‘tadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(201-modda O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 231-I-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda)
21-modda. Fuqarolarga shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun yer berish (sotish)
Har bir kolxoz xonadoniga, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jalik hamda o‘rmon xo‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlari ishchi va xizmatchilarining oilalariga, shuningdek qishloq joylarida yashovchi o‘qituvchilar, vrachlar va boshqa mutaxassislarning oilalariga umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik huquqi bilan yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun sug‘oriladigan yerlarda 0, 25 gektargacha va sug‘orilmaydigan yerlarda 0,50 gektargacha tomorqa yeri beriladi, binolar va hovlilar egallagan maydon ham shu jumlaga kiradi.
O‘zlariga qarashli ayrim aholi punktlari shahar xududi tarkibiga qo‘shib yuborilgan jamoa xo‘jaliklari va davlat xo‘jaliklarida uzluksiz besh yildan ortiq ishlagan va hamon ishlab kelayotgan kolxozchilarning, davlat xo‘jaliklari ishchi va xizmatchilarining, shuningdek o‘qituvchilar, shifokorlar va boshqa mutaxassislarning oilalariga umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik qilish huquqi bilan ularning ish joyidan yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun shu xo‘jalikda belgilab qo‘yilgan miqdorda tomorqa yeri beriladi (binolar va hovlilar egallagan maydon ham shu jumlaga kiradi).
Shaxsiy yordamchi xo‘jalikni yuritish uchun beriladigan yer uchastkalarining aniq maydoni yer resurslarining mavjudligiga qarab va fuqarolarning oilalari ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etishini hisobga olgan holda, jamoa xo‘jaligida, boshqa jamoa korxonalarida — ularning yuqori boshqaruv idoralari tomonidan, davlat xo‘jaligida, boshqa qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida — ularning ma’muriyati tomonidan, ularning ustavlarida nazarda tutilgan hollarda esa ana shu korxona, muassasa va tashkilotlarning kengashlari tomonidan belgilanadi, mazkur Kengashlarning qarorlari qishloq va posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlanadi.
Shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun 0,06 gektargacha yer uchastkalari meros qilib qoldiriladigan umrbod egalikka kim oshdi asosida sotiladi.
Fuqarolarga shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun yer berish (sotish) tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari bilan belgilanadi.
Yer uchastkasiga ega bo‘lmagan yoki shaxsiy yordamchi xo‘jalikni yuritish uchun muayyan kolxozda, sovxozda yoki boshqa qishloq xo‘jalik korxonasi, muassasasi va tashkilotida belgilab qo‘yilganidan kamroq miqdorda yer uchastkasiga ega normalar doirasida yakka tartibda qo‘shimcha ekinzorlar beriladi.
Qishloq joylarda yashaydigan va chorva mollari bo‘lgan fuqarolarga yer bor bo‘lsa, vaqtincha foydalanish uchun pichan o‘rish va molini boqishga yer uchastkalari beriladi.
Transport, o‘rmon xo‘jaligi, o‘rmon sanoati, aloqa,suv, baliqchilik, ovchilik xo‘jaliklari, shuningdek xalq xo‘jaligi boshqa tarmoqlarining korxonalari, muassasalari va tashkilotlari o‘zlari egalik qilayotgan yoki foydalanayotgan yerlardan o‘z xodimlarining ayrim toifalariga xizmat yuzasidan yer ajratib beradilar.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
22-modda. Fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish uchun yer uchastkalari berish (sotish)
Shaharlar va posyolkalarida, shuningdek qishloq xo‘jalik hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalar va tashkilotlarning yer egaligi tarkibiga kirmagan qishloq aholi punktlarida yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joylarni obodonlashtirish uchun umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik huquqi bilan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda har bir oilaga 0,06 gektargacha yer uchastkalari beriladi.
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun 0,04 gektargacha yer uchastkalari meros qilib qoldiriladigan umrbod egalikka kim oshdi asosida sotiladi.
(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
23-modda. Dehqon xo‘jaliklariga yer berish
Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ayrim shaxslarga meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalik qilish uchun, foydalanish uchun yoki ijaraga kamida o‘n yil muddatga yer uchastkasi beriladi.
Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkasining hajmi mahalliy sharoitlarda, shuningdek dehqon xo‘jaligining miqdoriy tarkibini hisobga olgan holda har bir hol uchun hokimiyatning tuman idoralari tomonidan belgilanadi.
Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun shaxslarga yer berish tartibi qonunlarda belgilab qo‘yiladi”.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 20-noyabrdagi 439-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 2-son, 84-modda)
IV. QIShLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YERLAR
24-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ularning berilishi
Qishloq xo‘jalik ehtiyojlari uchun berib qo‘yilgan yoki ana shu maqsadlarga atalgan yerlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar deb hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar quyidagilarga beriladi:
1) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — shaxsiy yordamchi qishloq xo‘jaligini, shaxsiy bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun;
2) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kooperativlariga (shirkatlariga) — jamoa bog‘dorchiligi, uzumchilik va polizchilik uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
3) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi korxonalariga, muassasalari va tashkilotlariga — tovar qishloq xo‘jaligini yuritish uchun;
(24-modda ikkinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonunining 38, 39-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
4) ilmiy-tadqiqot, o‘quv muassasalari va boshqa qishloq xo‘jalik muassasalariga, qishloqdagi ishlab chiqarish — texnik bilim yurtlariga va umumiy ta’lim maktablariga — tadqiqot, ta’lim maqsadlari, ilg‘or tajribani targ‘ib qilish uchun tovar qishloq xo‘jaligini yuritish uchun;
5) qishloq xo‘jaligiga daxldor bo‘lmagan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek diniy tashkilotlarga — yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligini yuritish uchun, shuningdek o‘zga maqsadlar uchun boshqa tashkilotlarga va shaxslarga berib qo‘yilishi mumkin.
25-modda. Sug‘oriladigan yerlar
Qishloq xo‘jaligida foydalanish va sug‘orish uchun yaroqli bo‘lgan, suv resurslari shu yerlarni sug‘orishni ta’minlay oladigan sug‘orish manbai bilan bog‘langan doimiy yoki muvaqqat sug‘orish tarmog‘iga ega bo‘lgan yerlar sug‘oriladigan yerlar hisoblanadi.
Suv xo‘jaligi idoralari sug‘oriladigan yeri bo‘lgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilarni manbalarning sersuvligini hisobga olgan holda belgilangan limitlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining suv to‘g‘risidagi qonunlariga muvofiq belgilanadigan tartibda ta’minlashlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘oriladigan yerlar alohida muhofaza qilinishi lozim, ularni sug‘orilmaydigan yerlar sirasiga o‘tkazilishi tuproq-meliorativ sharoitlarni va yerlarning suv bilan ta’minlanganligini, ulardagi mavjud suv resurslarini va bu suvlarga belgilangan limitlarni e’tiborga olib, hokimiyatning viloyat idoralari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib amalga oshiriladi.
(25-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
26-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish sohasida yer egalarining vazifalari
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ega bo‘lgan kolxozlar, sovxozlar, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar fan va ilg‘or tajriba yutuqlari asosida, mahalliy sharoitlarni e’tiborga olib:
1) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejalarida tuproq unumdorligini oshirish va yerlardan oqilona foydalanish yuzasidan aniq tadbirlarni ko‘zda tutishga;
2) zona sharoiti va xo‘jalikning ixtisoslashuviga muvofiq ilmiy asoslangan almashlab ekishlarni dehqonchilikning eng samarali va iqtisodiy jihatdan oqilona tadbirlarini joriy etishga;
Oldingi tahrirga qarang.
3) meliorativ jihatdan nobop sug‘oriladigan yerlarni butunlay qayta ishlashga, pichanzor va yaylovlarga suv chiqarish va ularni holatini yaxshilashga;
(26-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
4) xo‘jalikning sug‘orish va kollektor-zovur tarmog‘ini hamda ulardagi inshootlarni texnikaviy jihatdan tuzuk holatda saqlashga;
5) qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini sug‘oriladigan yerlarning sho‘r bosishi va botqoqlanishiga, yerlarning va suv manbalarining bulg‘anishi va zararlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan usullarda amalga oshirishga;
6) qishloq xo‘jalik ekinlari va dov-daraxtlarini parvarish qilishning suv tejaladigan texnologiyasini sug‘orishning ilg‘or usullarini joriy etishga;
Oldingi tahrirga qarang.
7) ushbu Qonunning 53-moddasiga hamda boshqa qonun hujjatlariga binoan yerlarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko‘rishga majburdirlar.
(26-moddaning 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
27-modda. Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yerga egalik qilishi
Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar jamoat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun yerni doimiy egalik qilishga oladilar. Mazkur korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qo‘shimcha yer uchastkalarini ijaraga olishlari mumkin.
Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar agrosanoat birlashmalari, kombinatlari, agrofirmalar va boshqa tuzilmalar tarkibiga kirganida ham ularning yerga bo‘lgan huquqi saqlanib qoladi.
Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga berib qo‘yilgan yerlar jamoat foydalanishidagi yerlardan va fuqarolar egalik qiladigan tomorqa yerlaridan iborat bo‘ladi.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
28-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga berish tartibi va shartlari
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hokimiyatning tegishli viloyat idoralarining qaroriga muvofiq yer ajratish loyihalariga asosan yerlari olib qo‘yilayotgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bilan, shuningdek ularning yuqori idoralari bilan kelishilgan holda qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga, diniy va boshqa tashkilotlarga berib qo‘yiladi.
Yangi tuzilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerga doimiy egaligini rasmiylashtirish hamda tugatilayotgan va qayta tuzilayotgan (bo‘lib yoki qo‘shib yuborilayotgan)larining yerga egalik qilish huquqlarini to‘xtatish, ularni tuzish, tugatish yoki qayta tuzish to‘g‘risida vakolatli idoralar tomonidan qarorlar qabul qilinganidan keyin hokimiyatning tegishli viloyat idoralarining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni doimiy egalik qilish uchun berib qo‘yish xo‘jalik faoliyati uchun qulay chegaralarda amalga oshiriladi, qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining yerlari quroq bo‘lishiga, o‘zga yerlarga suqilib kirib qolishiga va boshqa kamchiliklarga ega bo‘lishiga, qoida tariqasida, yo‘l qo‘yilmaydi.
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari egaligidagi quroq yerlarni, o‘zga yerlarga suqilib kirib qolgan yerlarni va boshqa kamchiliklarni tugatish ularning davlat yer tuzish loyiha tashkilotlari bilan o‘zaro kelishuviga binoan xo‘jaliklararo yer tuzilishi tartibida o‘tkaziladi”.
(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
29-modda. Xo‘jaliklararo korxonalar va tashkilotlarga yer berilishi
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi kolxozlararo, davlat-kooperativ korxonalari va tashkilotlariga (kolxozlararo bo‘rdoqichilik xo‘jaliklariga, parrandachilik fermalari va shu kabilarga) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar jamoa korxonasining yuqori boshqaruv idorasi, korxona va tashkilot ma’muriyatining qaroriga binoan, ularning ustavlarida nazarda tutilgan hollarda esa ana shu korxonalar va tashkilotlarning kengashlari tomonidan, ushbu Qonunning 28-moddasida belgilangan tartibda beriladi.
(29-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
30-modda. Kooperativlarga yer berish
Hokimiyatning tegishli viloyat idoralari qaroriga binoan jamoa va davlat xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlarning (ilmiy-tadqiqot, o‘quv tashkilotlari, yordamchi qishloq xo‘jaliklaridan tashqari) bo‘linmalari negizida tuziladigan hamda ulardan chiqadigan kooperativlarga xo‘jalik yuritishning teng sharoitlari yaratilishi zarurligini e’tiborga olgan holda o‘zlari ilgari ishlab kelgan yerlardan yer uchastkalari beriladi. Bu yer uchastkalari mazkur korxonalarning yerlari tarkibidan olib qo‘yilishi lozim. Yer uchastkalarini berish tartibi va shartlari qonunlar bilan belgilanadi.
(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
31-modda. Jamoat bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga yer berish
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnatkashlarning dam olishi uchun sharoit yaratish, ularning sihat-salomatligini mustahkamlash, shaharlarda va posyolkalarda, shuningdek qishloq aholi punktlarida yashab turgan hamda tomorqa uchastkasi va poliziga ega bo‘lmagan yoshlar va fuqarolarni mehnatga jalb etish uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning iltimosiga binoan bog‘dorchilik va uzumchilik uchun umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik qilishga va polizchilik uchun vaqtincha foydalanishga yer uchastkasi berib qo‘yiladi.
(31-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Bog‘dorchilik va uzumchilik uchun yer uchastkalari shaharlarning ko‘kalamzor zonasi tashqarisida yoki boshqa aholi punktlari chegarasidan tashqari aholi punktlari territoriyasining kengayish istiqbollarini e’tiborga olib suv resurslari va ulardan limitlar ajratish imkoniyati mavjud bo‘lgan taqdirda zaxira yerlardan va o‘rmon fondining daraxtzorga aylantirish mo‘ljallanmagan yerlaridan ajratib beriladi. Zaxira yerlar hamda bog‘dorchilik va uzumchilik uchun yaroqli o‘rmon fondi bo‘lmagan taqdirda kolxozlar, sovxozlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yordamchi xo‘jaligi yerlarining qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lmagan yerlari istisno tariqasida berilishi mumkin.
Suv resurslari hamda ularga limit ajratish imkoniyatlari bo‘lgan taqdirda aholi punktlari yerlaridan, yaqin yillar ichida boshqa maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallanmagan zaxira yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan polizchilik uchun vaqtincha foydalanib turishga yer uchastkalari beriladi. Polizchilik uchun noqishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalar va tashkilotlarning vaqtincha foydalanilmayotgan yerlari, bunday yerlar bo‘lmagan taqdirda esa — kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining kam hosil yerlari berilishi mumkin.
Polizchilik uchun berilgan yer uchastkalaridan sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari yetishtirishda foydalaniladi. Ulardan uy-joy binolari va boshqa katta inshootlar qurish uchun foydalanish taqiqlanadi. Bu uchastkalarda jamoa foydalanadigan vaqtinchalik imoratlar va inshootlarni qurishga yer uchastkalarini ajratgan idora ruxsat berishi mumkin.
Bog‘dorchilik, uzumchilik va polizchilik uchun beriladigan yer uchastkalarining hajmi bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatining a’zosi bo‘lgan har bir kishiga 0,06 gektargacha va polizchilik shirkatining a’zosi bo‘lgan har bir kishiga 0,08 gektargacha hisobdan belgilanib, ko‘chalar ochish, jamoa imoratlari va inshootlari qurish zarurligi hisobga olinadi.
Kollektiv bog‘dorchilik, uzumchilik va polizchilik uchun yer berish hamda undan foydalanish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
32-modda. Yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun yer berish
Sanoat, transport va boshqa noqishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga, shuningdek diniy tashkilotlarga ana shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ishchilari va xizmatchilarini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash, shuningdek, oshxonalar, bolalar muassasalari, maktablar, kasalxonalar, keksalar va nogironlar uylarini, sanatoriylar, dam olish uylari va hokazolarni ta’minlash maqsadida foydalanilmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan yerlar, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida ko‘zda tutilgan hollarda esa boshqa qishloq xo‘jalik yerlari ham yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun doimiy egalik qilish huquqi bilan berilishi mumkin.
V. AHOLI PUNKTLARI (ShAHARLAR, ShAHAR POSYoLKALARI VA QIShLOQ AHOLI PUNKTLARI) NING YERLARI
33-modda. Shaharlar va posyolkalar yerlarining tarkibi
Shahar va posyolka doirasidagi barcha yerlar shaharlar va posyolkalar yerlariga kiradi.
(33-moddaning nomi va birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Bu yerlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) shahar qurilishi yerlari;
2) umumiy foydalaniladigan yerlar;
3) qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan va boshqa yerlar;
4) shahardagi daraxtzorlar egallab turgan yerlar;
5) temir yo‘l, suv, havo, quvur transporti, kon sanoati yerlari va boshqa yerlar.
Shahar doirasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, posyolka doirasi esa hokimiyat viloyat idoralari tomonidan belgilanadi va o‘zgartiriladi.
Shahar doirasidagi hamma yerlar hokimiyat shahar idoralari, posyolka doirasidagi yerlar esa posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv organlari ixtiyoridadir.
(33-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
34-modda. Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalarini berish, olib qo‘yish va sotib olish tartibi
(34-moddaning sarlavhasi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalari hokimiyat shahar idoralari hamda posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari qarorlariga asosan beriladi. Bu qarorlarda rejalashtirish va qurilish olib borishning tasdiqlangan loyihalariga muvofiq yerlarni egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga berish shartlari belgilanadi.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hokimiyat shahar idoralari hamda posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idoralarining qaroriga muvofiq o‘zlariga biriktirib qo‘yilgan yerlardan vaqtincha foydalanish uchun boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yer uchastkalari berishlari mumkin.
Shaharlarda va posyolkalarda yer uchastkalari hokimiyat shahar idoralari hamda posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idoralarining qarori asosida olib qo‘yiladi, sotib olinadi.
(34-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Shaharlarda, posyolkalarda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanayotgan yerlari va boshqa yerlarning olib qo‘yilishi ushbu Qonunning 14-moddasida belgilangan tartibda tegishli posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idoralarining, hokimiyatning tuman, shahar va viloyat idoralarining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Fuqarolar egaligidagi, mevali daraxtlar va butalar bilan band bo‘lgan yer uchastkalarini olib qo‘yish yoki fuqarolarga qarashli shaxsiy mulk huquqidagi uy-joylarni buzish bilan bog‘liq holda yer uchastkalarini olib qo‘yish ularga boshqa obod turar joy binosi berilganidan yoki ularning xohishiga ko‘ra teng qiymatli yer uchastkasi berilgan va yangi uy qurib yoki eski uy ko‘chirib berilganidan so‘ng, shuningdek ko‘rilgan zarar qiymati to‘la hajmda qoplanganidan keyin hokimiyat shahar va viloyat idoralarining qarori asosida amalga oshiriladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar yer egalari hamda yerdan foydalanuvchilar qilgan xarajatlar to‘lanmay va ko‘rgan zarar qiymati qoplanmasdan sud tartibida olib qo‘yiladi.
35-modda. Shahar va posyolka qurilish yerlarining tarkibi
Shahar va posyolka qurilishi yerlariga uy-joy, kommunal-maishiy, madaniy-ma’rifiy, sanoat, savdo, ma’muriy va boshqa binolar hamda inshootlar qurilgan va shundaylarni qurish uchun berilgan hamma yerlar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shahar va posyolka qurilishi yerlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga kapital qurilishning uy-joy hamda madaniy-maishiy, sanoat va boshqa turlari uchun foydalanishga beriladi, fuqarolarga esa yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish uchun umrbod egalik qilishga beriladi.
(35-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Vaqtincha qurilish uchun foydalanilmayotgan shahar va posyolkaning qurilish yerlari yengil turdagi obyektlar (chodirlar, do‘konlar, reklama inshootlari va h.k.) qurish uchun va o‘zga ehtiyojlar uchun vaqtincha foydalanishga yoki ijara shartlari bilan berilishi mumkin.
Agar yer uchastkasida bir yoki bir necha mulkdorga qarashli bir yoki bir necha imorat bo‘lsa, yer uchastkasiga barcha imorat egalari umumiy egalik qiladilar yoki undan birgalikda foydalanadilar, deb hisoblanadi.
Uchastkaning yoki undagi imoratning u yoki bu qismi kommunal xizmat (yoritish, kanalizatsiya, vodoprovod, sug‘orish qurilmalari va h.k.), yer uchastkalarining egalari yoki undan foydalanuvchilar esa—mustaqil kirib-chiqish imkonidan mahrum bo‘lib qoladigan yer uchastkasining bo‘linishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar yer uchastkasiga xo‘jalik binolari (garaj, otxona, molxona, omborxona, yerto‘la va h.k.) qurish ushbu uchastkada joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning yoki turar joy binolarida yashayotgan fuqarolarning manfaatlariga zarar keltirsa, bunday qurilishlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tabiiy ofat yoki boshqa sabablar bilan imorat buzilib ketgan taqdirda buzilgan imoratning egasi imorat buzilgan kundan boshlab ikki yildan kechiktirmasdan imoratni tiklashga yoki ana shu uchastkada yangi imorat qurishga kirishsa, buzilgan imorat egasining yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqi saqlanib qoladi. Shaharni planlashtirish va unga imorat solish loyihasida ana shu yer uchastkasidan boshqacha tarzda foydalanish nazarda tutilgan hollarda bundan mustasnodir. Bunday hollarda buzilgan imoratning egasiga Ushbu shahar ichida boshqa yer uchastkasi yoki boshqa obod turar joy binosi beriladi.
36-modda. Shaharlar va posyolkalarining umumiy tarzda foydalaniladigan yerlari
Shaharlar va posyolkalarining umumiy tarzda foydalaniladigan yerlariga quyidagilar kiradi:
maydonlar, ko‘chalar, tor-ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘yi ko‘chalari va h.k.;
aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun va dam olish uchun foydalaniladigan yerlar (o‘rmon bog‘lar, bog‘lar, xiyobonlar, bog‘chalar shuningdek shahar ichidagi ariq tarmoqlari egallagan yerlar).
(36-moddaning nomi va birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Umumiy tarzda foydalaniladigan yerlar ma’lum bir korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolarga biriktirib qo‘yilmaydi hamda bevosita hokimiyatning shahar idoralari va posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idoralarining ixtiyorida bo‘ladi.
(36-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Shaharlardagi sohilbo‘yi ko‘chalari va suv havzalarining qirg‘oqlaridan birinchi navbatda dam olish va sport uchun foydalaniladi.
Umumiy tarzda foydalaniladigan yerlarda bu yer nima maqsadda xizmat qilsa, faqat shunga mos keladigan imorat va inshootlar qurishga ruxsat beriladi.
Umum foydalanishdagi yerlardan hokimiyatning shahar idoralari yoki posyolkalarning o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari qaroriga muvofiq yengil imorat va inshootlar (savdo rastalari, do‘konchalar, reklama inshootlari va shu kabilar) qurishda vaqtincha foydalanish uchun ijara shartlarida korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarga yer uchastkalari berilishi mumkin.
(36-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
37-modda. Shaharlar va shahar posyolkalaridagi qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan va boshqa yerlar
Shaharlar va posyolkalaridagi qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan va boshqa yerlarga qishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining mulki bo‘lgan haydaladigan yerlar, bog‘lar, uzumzorlar, tutzorlar, mevazorlar, polizlar, pitomniklar, yaylovlar, sug‘orish va yo‘l tarmog‘i, imoratlar, hovlilar, maydonlar egallab turgan va boshqa yerlar kiradi.
Shaharlar va posyolkalari doirasidagi qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan va boshqa yerlarga qishloq xo‘jalik hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari uy-joylar, madaniy-maishiy hamda ishlab chiqarish imoratlarini hokimiyatning shahar idoralari yoki posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari bilan kelishilgan holda joylashtiradilar.
(37-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonunining 35, 38, 39, 40-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
38-modda. Shahar o‘rmonlari egallab turgan yerlardan foydalanish
Shahar o‘rmonlari egallab turgan yerlar aholining dam olishini tashkil etishga, shahardagi soya-salqinlikni, atmosfera havosining holatini va sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilashga, aholining madaniy va did ehtiyojlarini qondirishga, shahar hududini suv va shamol ta’sirida emirilishdan muhofaza qilishga mo‘ljallanadi. Ular tarkibida bo‘lib, daraxtzorlar bilan band bo‘lmagan yer uchastkalaridan sport maydonlari tashkil etish va boshqa ehtiyojlar uchun foydalaniladi.
39-modda. Shaharlar va shahar posyolkalaridagi temir yo‘l, suv, havo, quvur transporti, kon sanoati yerlari va boshqa yerlar
Shahar va shahar posyolkalaridagi temir yo‘l, suv, havo, quvur transporti, kon sanoati yerlari va boshqa yerlarga korxonalar, muassasalar va tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan maxsus vazifalarni amalga oshirish uchun ularga berib qo‘yilgan yerlar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Foydalanish uchun beriladigan yer uchastkasida joylashtiriladigan imorat va inshootlar ro‘yxati uchastka ajratish uchun talabnoma berish chog‘ida boshlang‘ich ma’lumotlarda belgilanadi. Foydalanish davrida qo‘shimcha imoratlar va inshootlar hokimiyatning shahar idorasi yoki posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idorasining ana shu ishlarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha qaror qabul qilganidan keyin joylashtiriladi.
(39-modda ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
40-modda. Qishloq aholi punktlarining yerlari
Qishloq aholi punktlari yerlariga yer tuzish tartibida ana shu punktlar uchun belgilab qo‘yilgan chegaralar doirasidagi hamma yerlar kiradi.
Qishloq aholi punktlarining yerlari quyidagilardan iborat:
1) qishloq aholi punktlarining qishloq o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari ixtiyoridagi yerlaridan. Ana shu aholi punktlarining chegaralari doirasida qishloq o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer uchastkalari berish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
2) qishloq aholi punktlarining qishloq xo‘jalik hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari ixtiyoridagi yerlaridan. Bu aholi punktlarida yerlar Ushbu Qonunning 12-moddasida belgilangan tartibda beriladi.
Qishloq aholi punktlarining doirasi hokimiyatning tuman idoralari tomonidan ularni planlashtirish, qurish hamda xo‘jalik ichida yer tuzish loyihalariga muvofiq belgilanadi va o‘zgartiriladi.
Qishloq aholi punktlarining yerlaridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari bilan belgilanadi.
Qishloq xo‘jalik va o‘rmon xo‘jalik korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining qishloq aholi punktlari shahar doirasiga kiritilgach, qishloq xo‘jalik maqsadlaridagi yerlar jumlasidan chiqariladi va tegishli shahar yerlari tarkibiga kiritiladi.
Bunday ayrim binolar va inshootlar ularga xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari bilan birga kolxozlar, sovxozlar va boshqa xo‘jalik hamda o‘rmon xo‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining xohishiga ko‘ra doimiy foydalanish uchun ular ixtiyorida qoldirilishi mumkin, qolgan binolar va inshootlarning haqi va shu aholi punktlari hududida qilingan boshqa xarajatlar esa yer egalariga mahalliy budjetdan to‘lanadi.
(40-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonunining 35, 38-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
VI. SANOAT, TRANSPORT, ALOQA, MUDOFAA YERLARI VA BOShQA MAQSADLARGA MO‘LJALLANGAN YERLAR
41-modda. Sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar
Zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun tegishli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berib qo‘yilgan yerlar sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar, deb e’tirof etiladi.
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
Sanoat yerlari jumlasiga sanoat korxonalariga, shu jumladan undirma sanoat, energetika korxonalariga ishlab chiqarish va yordamchi binolar va inshootlar qurilishiga doimiy foydalanish uchun berib qo‘yilgan yerlar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Transport yerlari jumlasiga temir yo‘l, ichki suv transporti, avtomobil, havo va quvur transporti korxonalariga transport inshootlari, qurilmalari va boshqa obyektlarni ishlatish, saqlab turish, qurish qayta qurish, ta’mirlash, takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha ular zimmasiga yuklatilgan maxsus vazifalarni amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berib qo‘yilgan yerlar kiradi.
(41-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Aloqa yerlari jumlasiga aloqa liniyalarini hamda ana shu liniyalarda inshootlarni joylashtirish uchun aloqa, radioeshittirish, televideniye va axborot korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy foydalanish uchun berib qo‘yilgan yerlar kiradi.
Transport yerlari, kabel, radiorele va aloqaning havo liniyalariga qarashli yerlarda O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda muhofaza zonalari o‘rnatiladi.
SSR Qurolli Kuchlari, chegara, ichki va temir yo‘l qo‘shinlari harbiy qismlari, muassasalari, harbiy o‘quv yurtlari, korxonalari va tashkilotlarining joylashishi va doimiy faoliyati uchun berib qo‘yilgan yerlar mudofaa ehtiyojlari uchun kerakli yerlar deb e’tirof etiladi.
Boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar jumlasiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlar foydalaniladigan, qishloq xo‘jalik yerlari, aholi punktlari, sanoat, transport, aloqa, mudofaa, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, dam olish va tarixiy-madaniy maqsadlarga xizmat qiladigan yerlar tarkibiga, shuningdek o‘rmon va suv fondlari tarkibiga kirmagan barcha qolgan yerlar kiradi.
42-modda. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga hamda boshqa maqsadlar uchun yer berish
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yo‘nalishdagi yer korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga foydalanishga yer berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari bilan belgilanadi.
Sanoat, transport, aloqa va xalq xo‘jaligi boshqa tarmoqlarining korxonalari, muassasalari va tashkilotlari o‘zlari foydalanmayotgan yerlarni hokimiyat tumanlar va shahar idoralari qaroriga muvofiq qonunlarda belgilab qo‘yilgan tartibda va shartlarda qishloq xo‘jalik maqsadlari uchun fuqarolar, jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga vaqtincha foydalanishga beradilar.
(42-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
VII. TABIATNI MUHOFAZA QILISh, SOG‘LOMLAShTIRISh, DAM OLISh VA TARIX — MADANIYAT MAQSADLARIGA MO‘LJALLANGAN YERLAR
43-modda. Tabiatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan yerlar
Oldingi tahrirga qarang.
Tabiatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga belgilangan tartibda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga maxsus maqsadlar uchun berilgan davlat qo‘riqxonalari, milliy va dendrologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, zakazniklar (ovchilikka mo‘ljallangan yerlar bundan mustasno), tabiatning mo‘’jizaviy yerlari kiradi.
(43-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Bu yerlardan o‘zga maqsadlarda foydalanish man etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat qo‘riqxonalari, milliy va dendrologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, zakazniklar (ovchilikka mo‘ljallangan yerlar bundan mustasno), tabiatning mo‘’jizaviy yerlari rejimini ta’minlash uchun muhofaza zonalari ta’sis etilib, ushbu zonalarning yerlarida ularning rejimiga rioya etilishini ta’minlashga zararli ta’sir etadigan faoliyat taqiqlab qo‘yiladi.
(43-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Tabiatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari bilan belgilab qo‘yiladi.
44-modda. Sog‘lomlashtirishga mo‘ljallangan yerlar
Dardning oldini olish va davolash tashkil etish uchun qulay tabiiy shifobaxsh omillarga ega bo‘lgan, tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanish uchun belgilangan tartibda berib qo‘yilgan yer uchastkalari sog‘lomlashtirishga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga kiradi.
Sog‘lomlashtirishga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish hamda sanitariya muhofazasi okruglarini belgilash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari bilan belgilanadi.
45-modda. Dam olishga mo‘ljallangan yerlar
Aholining uyushgan tartibda ommaviy dam olishi va turizm uchun tegishli muassasalar va tashkilotlarga berilgan yerlar dam olishga mo‘ljallangan yerlardir.
Dam olishga mo‘ljallangan yerlarda dam olishga xalal beradigan faoliyat bilan shug‘ullanish man etiladi.
Dam olishga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari bilan belgilanadi.
46-modda. Tarix-madaniyat ahamiyatiga molik yerlar
Tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanish uchun berib qo‘yilgan tarix-madaniyat qo‘riqxonalari, me’morial bog‘lar, maqbaralar, arxeologiya yodgorliklari yerlari, tarix va madaniyat yodgorliklari joylashgan yerlar tarix-madaniyat ahamiyatiga molik yerlar qatoriga kiradi.
Bu yerlarda o‘zga maqsadlarda foydalanish man etiladi.
Tarix-madaniyat ahamiyatiga molik yerlardan foydalanish, ular tevaragida muhofaza zonalarini hamda binolar qurishni tartibga soluvchi zonalarni joriy qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari bilan belgilanadi.
VIII. O‘RMON FONDI YERLARI, SUV FONDI YERLARI VA ZAXIRA YERLAR
47-modda. O‘rmon fondi yerlari
O‘rmon bilan qoplangan, shuningdek o‘rmon bilan qoplanmagan bo‘lsa ham o‘rmon xo‘jaligi ehtiyoji uchun berib qo‘yilgan yerlar o‘rmon fondi yerlari deb e’tirof etiladi.
O‘rmonzorlar barpo etish, jarliklarning kengayishini to‘xtatish, shaharlar va sanoat markazlari tevaragida ixota o‘rmonzorlar va ko‘kalamzor maydonlar yaratish maqsadida boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar o‘rmon fondi yerlari tarkibiga belgilangan tartibda o‘tkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hokimiyatning tuman idoralari o‘rmon xo‘jaligi yuritish uchun kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalariga, muassasalariga va tashkilotlariga ijara shartlari asosida vaqtincha foydalanishga berishlari mumkin.
(47-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
O‘rmon fondi yerlarida foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasining maxsus qonunlari bilan belgilanadi.
48-modda. Suv fondi yerlari
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan tartibda suv xo‘jaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berib qo‘yilgan suv-havzalari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari, kanallar, dengizlar va h.k.) muzliklar, botqoqliklar, gidrotexnika va boshqa suv inshootlari egallab turgan yerlar, shuningdek suv havzalarining qirg‘oqlari bo‘ylab ajratib qo‘yilgan mintaqadagi yerlar suv fondi yerlari jumlasiga kiradi.

(48-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, suv ta’minoti, aholining davolash hamda madaniy-sog‘lomlashtirish ehtiyojlariga xizmat qiladigan manbalar qirg‘og‘i bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda suvni muhofaza qilish zonalari va qirg‘oq bo‘yi mintaqalari ajratiladi.
Daryolar, magistral kanallar, kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining qirg‘oq bo‘yi mintaqalari tabiatni muhofaza qilish ehtiyojlari uchun yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan olib qo‘yilishi mumkin.
Suv fondi yerlaridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasining maxsus qonunlari bilan belgilanadi.
49-modda. Zaxira yerlar
Doimiy egalik qilish va foydalanish uchun fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berilmagan hamma yerlar zaxira yerlardir. Bularga ushbu Qonunning 13-moddasiga muvofiq egalik qilish va foydalanish huquqi to‘xtatilgan yerlar ham kiradi.
Zaxira yerlar hokimiyatning tuman idoralarining ixtiyorida bo‘ladi va ushbu Qonunga muvofiq ko‘proq qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun egalik qilish, foydalanishga va ijaraga berishga mo‘ljallanadi. Hokimiyatning tuman idoralari mahalliy ahamiyatga molik zaxira yerlarning ayrim uchastkalarini o‘z qarorlari bilan qishloq o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari ixtiyoriga berishlari mumkin.
(49-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonunining 28, 35, 36-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
IX. YER EGALARI, YERDAN FOYDALANUVChILAR KO‘RGAN ZARARNING VA QIShLOQ XO‘JALIGI HAMDA O‘RMON XO‘JALIGI IShLAB ChIQARIShIDAGI NOBUDGARChILIKLARNING O‘RNINI QOPLASh
50-modda. Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar ko‘rgan zararni qoplash
Yerlarni olib qo‘yish yoki vaqtincha egallab turishdan;
suv havzalari, suv ta’minoti manbalari, kurortlar tevaragida, daryolar, kanallar, suv tashlamalari, yo‘llar, quvurlar, elektr ta’minoti va aloqa liniyalari, shuningdek boshqa obyektlar yoqasida muhofaza, sanitariya va ihota zonalari o‘rnatilishi munosabati bilan huquqlari cheklanishidan;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat qo‘riqxonalari, buyurtma qo‘riqxonalar, milliy tabiat bog‘lari, tabiat yodgorliklari, suv havzalari, suv ta’minoti manbalari, kurortlar tevaragida, daryolar, kanallar, suv tashlamalari, yo‘llar, quvurlar, elektr ta’minoti va aloqa liniyalari yoqasida muhofaza, sanitariya va ihota tegralari belgilanishi munosabati bilan huquqlari cheklanishidan.
(50-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Zararning o‘rnini olib qo‘yilayotgan yer uchastkalari berilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek faoliyati yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning, shu jumladan ijarachilarning huquqlari cheklanishiga yoki yaqin atrofdagi yerlarning sifati yomonlashishiga olib boradigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yiladigan tartibda qoplaydilar.
Zararning o‘rnini qoplash hamda uning miqdorini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni sud yoki xo‘jalik sudlari o‘z vakolatlariga muvofiq hal qiladilar.
(50-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
51-modda. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishdagi nobudgarchiliklarning o‘rnini qoplash
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi yerlari va o‘rmonzorlarni, shu jumladan fuqarolar mulki bo‘lgan va ular foydalanib turgan qishloq xo‘jaligi yerlarini olib qo‘yib, ulardan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadda foydalanish, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar, shu jumladan ijarachilar huquqining cheklanishi yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatining ta’siri natijasida yer sifatining yomonlashuvidan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi ko‘rgan nobudgarchilikning o‘rnini o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari va hokimiyat idoralariga qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun olib qo‘yilgan qishloq xo‘jalik yerlari va o‘rmonzorlar berilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek obyektlari atrofida muhofaza, sanitariya va himoya zonalari belgilanib, qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilik yerlarini oborotdan chiqarib yuborgan yoki mazkur yerlarni u qadar qiymati bo‘lmagan yerlarga aylantirib qo‘ygan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qoplaydilar. Bu nobudgarchiliklarning o‘rni ushbu Qonunning 50-moddasida ko‘zda tutilgan zararlarni to‘lashdan tashqari qoplanadi.
(51-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklari quyidagi hollarda qoplanmaydi:
yer uchastkalari yakka tartibda uy-joy qurish uchun olib qo‘yilganida;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalari maktablar, internatlar, bolalar uylari, maktabgacha tarbiya va davolash muassasalari qurish uchun olib qo‘yilganida.
(51-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishning nobudgarchiliklarini qoplashdan ozod qilinadigan o‘zga hollar ham belgilab qo‘yilishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘rni qoplanishi kerak bo‘lgan nobudgarchiliklari miqdori va uni aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari bilan belgilanadi.
52-modda. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tarzida tushgan mablag‘lardan foydalanish
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash tarzida tushgan mablag‘lardan yangi yerlarni o‘zlashtirish, sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiyalash, kollektor zovur tarmog‘ini qurish va qayta qurish hamda sug‘oriladigan yerlarni tekislash va suv bilan ta’minlanishini oshirish, madaniy sug‘oriladigan yaylovlarni yaratish hamda tiklash, pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilash, tuproqning unumdorligin oshirish, shuningdek yerlar olib qo‘yilishi va boshqalarga berilishi munosabati bilan buzilgan yer tuzilishiga doir hujjatlarga tuzatish kiritish yoki loyiha va boshqa hujjatlarni tuzish uchun foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hokimiyatning viloyat idoralarining qaroriga muvofiq bu mablag‘lardan qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish yo‘lida ham foydalanish mumkin.
(52-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
O‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarning o‘rnini qoplash tarzida tushadigan mablag‘lar alohida hisobga olinadi va ulardan o‘rmonlar va o‘rmon mintaqalari barpo etish va tiklash, qumliklarda, suv havzalari va daryolarning qirg‘oq bo‘ylarida daraxtzorlar barpo etish uchun hamda o‘rmonzorlarning holatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
X. YERLARNI MUHOFAZA QILISh
53-modda. Yerlarni muhofaza qilishning mazmuni va tartibi
Yerlarni muhofaza qilish yerdan oqilona foydalanish, yer qishloq xo‘jalik oborotidan asossiz ravishda tortib olinishining oldini olish, zararli antropogen ta’sirdan himoya qilish, shuningdek tuproq unumdorligin tiklash va oshirish, o‘rmon fondi yerlarining samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va boshqa tadbirlar silsilasini qamrab oladi.
Yerlarni muhofaza qilish murakkab tabiiy hosilalar (ekosistemalar) bo‘lmish ekinzorlarga ularning zona va mintaqa xususiyatlarini e’tiborga olib kompleks yondashish asosida amalga oshiriladi.
Yerlardan oqilona foydalanish silsilasi tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash ruhida bo‘lishi hamda tuproqning saqlanishini, o‘simlik va hayvonot dunyosiga, geologiya jinslariga va atrof-muhitning boshqa tarkibiy qismlariga ta’sir o‘tkazish cheklanishini nazarda tutmog‘i kerak.
Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar, shu jumladan ijarachilar:
hududni oqilona tashkil etadilar;
tuproqning unumdorligini, shuningdek yerning boshqa xususiyatlarini tiklaydilar va oshiradilar;
yerlarni suv va shamol ta’sirida nurashdan, seldan, suv bosishdan, botqoqlanishdan, qayta sho‘r bosishdan, taqirlashishdan, berchlashishdan, ishlab chiqarish chiqitlari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan bug‘lanishdan, uni nobud qiladigan boshqa jarayonlardan himoya qiladilar;
ekinzorlarni buta va mayda dov-daraxtlar, yovvoyi o‘tlar bosib ketishidan, yerlarning madaniy-texnikaviy holatini yomonlashtiradigan boshqa jarayonlardan himoya qiladilar;
hosildan qolgan qishloq xo‘jalik yerlaridagi tuproq hosildorligini qayta tiklashning boshqa usullari bo‘lmagan taqdirda bu yerlardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yadilar;
buzilgan yerlarni qaytadan ekinzorga aylantiradilar, ularning unumdorligini va boshqa foydali xossalarini oshiradilar;
yerlarni buzish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni o‘tkazish chog‘ida tuproqning unumdor qatlamini sidirib oladilar, undan foydalanadilar va uni saqlab qoladilar.
Davlat idoralari umumittifoq va respublika dasturlari doirasida yerlarni muhofaza qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar.
Hosildan qolgan qishloq xo‘jalik yerlaridan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
54-modda. Yerlarning holatiga ta’sir qiladigan obyektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirishga, qurishga va ishga tushirishga oid ekologiya talablar
Obyektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirish oid ekologik talablar O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Qonunlari bilan belgilanadi. Yangi hamda ta’mirlanadigan obyektlarni, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirish, shuningdek yerlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yangi texnologiyalarni joriy etish chog‘ida yerlarni muhofaza qilish tadbirlari ko‘zda tutilishi va amalga oshirilishi kerak.
Yerlarni hosildan qolishdan yoki buzilishdan himoya qilish vositalari bilan ta’minlanmagan obyektlarni ishga tushirish va shunday texnologiyalardan foydalanish taqiqlanadi.
Yerlarning holatiga ta’sir qiladigan obyektlarning joylashtirilishi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida belgilanadigan tartibda yer tuzish, tabiatni muhofaza qilish idoralari va boshqa idoralar bilan kelishib olinadi.
55-modda. Yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish
Yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish — yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning, shu jumladan ijarachilarning va dehqonchilik qilayotgan fuqarolarning tuproq hosildorligini saqlab qolish va qayta tiklashdan, ishlab chiqarish faoliyatining salbiy oqibatlaridan yerlarni himoya qilishdan manfaatdorligini oshirishga qaratilgan va:
Oldingi tahrirga qarang.
boshqalarning aybi bilan buzilgan yerlarni tiklash uchun respublika yoki mahalliy budjetlardan mablag‘ ajratishni;
(55-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 20-noyabrdagi 439-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 2-son, 84-modda)
qishloq xo‘jalik sohasida o‘zlashtirish yoki ishlarni bajarish loyihasida ko‘zda tutilgan davrda holatini yaxshilash bosqichida bo‘lgan yer uchastkalarini haq to‘lashdan ozod etishni;
yengil shartlar bilan kreditlar berishni;
boshqalarning aybi bilan buzilgan yer uchastkalaridan vaqtincha foydalanishni to‘xtatish natijasida daromad kamayishining o‘rnini budjet mablag‘i hisobidan qisman qoplashni;
yerlarning sifatini yaxshilaganlik, ilmiy asoslangan almashlab ekishlarni o‘zlashtirganlik, tuproqning hosildorligi va o‘rmon fondi yerlarining samaradorligini oshirganlik, ekologik sof mahsulot ishlab chiqarganlik uchun rag‘batlantirish;
O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarida ko‘zda tutilgan boshqa chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
XI. YERLARDAN FOYDALANISh VA ULARNI MUHOFAZA QILISh USTIDAN NAZORAT
56-modda. Yerlardan foydalanish va ularning muhofaza ustidan davlat nazoratni amalga oshirish vazifalari va tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Yerlardan foydalanish va ularning muhofazasi ustidan davlat nazoratining vazifalari — barcha davlat va jamoat idoralarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek fuqarolar tomonidan — yerdan samarali foydalanish va uni muhofaza qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Yer to‘g‘risidagi qonunlarining talablariga rioya etilishini ta’minlashdan iborat.
(56-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini hokimiyat va o‘zini o‘zi boshqaruv mahalliy idoralari, shuningdek bu ishga maxsus vakil qilingan idoralar amalga oshiradilar.
(56-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Kasaba soyuzlari, yoshlar tashkilotlari, tabiatni muhofaza qilish jamiyatlari, ilmiy jamiyatlar va boshqa jamoat tashkilotlari, shuningdek fuqarolar yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishda davlat idoralariga yordam beradilar.
Yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari bilan belgilanadi.
57-modda. Yer monitoringi
Oldingi tahrirga qarang.
Yer monitoringi yer tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer fondining holatini kuzatib turish sistemasidan iborat. Monitoring strukturasi, mazmuni va uni amalga oshirish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
(57-modda birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
XII. DAVLAT YER KADASTRI
58-modda. Davlat yer kadastri va uni yuritish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yer kadastri yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni tashkil etish, yer munosabatlarini, yer tuzilishini tartibga solish, yer uchun to‘lanadigan haq miqdorini asoslash, xo‘jalik faoliyatiga baho berish maqsadida o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari va hokimiyat idoralarini, manfaatdor korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarni yer to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashga mo‘ljallangandir.
(58-modda birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Davlat yer kadastri yerlarning huquqiy tartibi, ularni yerga egalik qiluvchilarga, yerdan foydalanuvchilarga, yer kategoriyalariga qarab taqsimlash to‘g‘risidagi, yerlarning sifat xarakteristikasi va xalq xo‘jalik qiymati to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar va hujjatlar sistemasidan iborat.
Davlat yer kadastrini yuritish topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, neobotanika va boshqa tekshiruvlari hamda izlanishlari, yerga egalik qilish va yerdan foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish, yerlarni hisobga olish va ularga baho berish bilan ta’minlanadi.
Davlat yer kadastrini yer tuzish idoralari butun respublika uchun yagona tartib asosida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiradilar.
Davlat yer kadastrini yuritish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
(58-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
59-modda. Meliorativ kadastr
Sug‘oriladigan yerlarda suv xo‘jaligi idoralari davlat budjeti mablag‘lari hisobidan meliorativ kadastr yuritadilar.
XIII. YER TUZISh
60-modda. Yer tuzishning vazifalari va mazmuni
Yer tuzish yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni tashkil etishga, yer to‘g‘risidagi qonunlarni, o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari va hokimiyat idoralarining qulay ekologik muhitni vujudga keltirishga va tabiiy manzarani yaxshilashga oid qarorlarini amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar sistemasini o‘z ichiga oladi.
Yer tuzish o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari va hokimiyat idoralarining qaroriga yoki manfaatdor ministrliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek ijarachilar va dehqonchilik xo‘jaliklarining arizalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Yer tuzilishini prognozlash maqsadida va loyihalash oldidan, xo‘jaliklararo hamda xo‘jaliklar ichida amalga oshiriladigan turlarga bo‘linadi.
Prognozlash maqsadidagi hamda loyihalash oldidan bajariladigan yer tuzish ishlariga quyidagilar kiradi:
1) respublika va uning regionlarining yer-suv resurslaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sxemalarini ishlab chiqish;
2) rayonlar, oblastlarning yer tuzilishi sxemalarini ishlab chiqish;
3) yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq prognozlarni, respublika va regional programmalarni ishlab chiqish;
4) tabiatni alohida muhofaza qilish, dam olish va qo‘riqxona rejimidagi hududning joylashishini va chegaralari belgilanishini asoslash.
Xo‘jaliklararo yer tuzilishiga quyidagilar kiradi:
1) joyning o‘zida qishloqlar, posyolkalari, rayonlar, shaharlar, oblastlar va O‘zbekiston Respublikasining chegaralarini belgilash;
2) yerlarning joylashishidagi noqulayliklarni bartaraf etgan holda yangi yer egaligini va yerdan foydalanishni tashkil etish hamda mavjud yer egaligi va yerdan foydalanishlarni tartibga solish loyihalarini tuzish;
3) yangi tashkil etilayotgan, bo‘linayotgan hamda yiriklashtirilayotgan qishloq xo‘jalik korxonalari, muassasa va tashkilotlariga yer ajratib berish loyihalarini tuzish;
4) davlat va jamoat ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yer ajratib berish loyihalarini tuzish;
5) joyning o‘zida yer uchastkalarini ajratib berish, yerga enalik qilish va undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni tayyorlash.
Xo‘jaliklararo yer tuzilishi ishlari ma’muriy rayonlar yoki bir-birlari o‘zaro bog‘langan xo‘jaliklar doirasida, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda amalga oshiriladi.
Xo‘jaliklararo yer tuzish loyihalari boshqa rayonlar yoki shaharlar va posyolkalari hududiga tegishli bo‘lgan hollarda ularning chegaralarini o‘zgartirish masalalari o‘sha joyda ma’muriy-territorial tuzilmalarning chegaralarini belgilash tartibida hal qilinadi.
Xo‘jaliklararo yer tuzilishi loyihalari tasdiqlanganidan keyin naturaga (joyga) ko‘chirilib, foydalaniladigan yerlarning chegaralari belgilangan nusxadagi chegara belgilari bilan ajratiladi.
Xo‘jalik ichidagi yer tuzilishi qishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek ijaraga berilgan yerlarning va dehqon xo‘jaliklarining hududini xo‘jalik ichida tashkil etib, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy qilishni, barcha qishloq xo‘jalik yerlarini (pichanzorlarni, yaylovlarni, bog‘lar, uzumzorlarni va boshqalarni) joylashtirishni tuproqning suv va shamol ta’sirida nurashiga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqishni, shuningdek sug‘oriladigan yerlarni kompleks qayta tuzishni o‘z ichiga oladi.
Yer tuzish tartibi yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa loyihalar ham ishlab chiqilishi mumkin.
Xo‘jalik ichida yer tuzish loyihalarining amalga oshirilishi ustidan muallif nazorati olib boriladi, muallif nazorati yer tuzilishining tarkibiy qismidir.
Yer tuzish ishlari tarkibida topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, geobotanika va boshqa tadqiqotlar hamda izlanishlarni olib borish ko‘zda tutiladi.
(60-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonunining 35, 36, 38, 40-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
61-modda. Yer tuzish loyihasini qarab chiqish va tasdiqlash
Joyda ma’muriy-territorial tuzilmalarning chegaralarini o‘rnatishga doir materiallar O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida belgilab qo‘yiladigan tartibda, boshqa prognoz hamda loyiha ishlab chiqishdan oldingi yer tuzish ishlariga doir materiallar esa tarmoq ko‘rsatmalariga muvofiq ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichidagi yer tuzish loyihalari jamoa xo‘jaliklarida — xo‘jalik a’zolarining umumiy yig‘ilishi yoki vakillar yig‘ilishi tomonidan, davlat xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida — ma’muriyat tomonidan, ularning ustavlarida nazarda tutilgan hollarda esa ana shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning kengashlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va qabul qilinadi, shuningdek manfaatdor tashkilotlar bilan kelishiladi.
(61-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Xo‘jaliklararo yer tuzish hamda qishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga yer ajratib berish loyihalari hokimiyatning viloyat idoralari tomonidan tasdiqlanadi.
Xo‘jalik ichidagi yer tuzish loyihalari hokimiyatning tuman idoralari tomonidan tasdiqlanadi.
(61-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Yer tuzish loyihalariga o‘zgarishlar ushbu loyihalarni tasdiqlagan idoralarning ruxsati bilan kiritiladi.
Yer tuzishni davlatning yer tuzuvchi tashkilotlari budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi.
Qishloq xo‘jalik ekinzorlarini joylashtirish, yerlarni tubdan yaxshilash va muhofaza qilish, yerning suv va shamol ta’sirida nurashiga qarshi va meliorativ tadbirlarni amalga oshirishga oid yer tuzish loyihalari yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning tashabbusiga muvofiq, ularni o‘z hisoblaridan amalga oshirilishi mumkin.
XIV. YER XUSUSIDAGI NIZOLARNI HAL ETISh HAMDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YER TO‘G‘RISIDAGI QONUNLARINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
62-modda. Yer xususidagi nizolarni hal etuvchi idoralar
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar o‘rtasidagi yer xususidagi nizolar hokimiyat idoralari tomonidan ushbu Qonunda belgilangan vakolatlarga muvofiq, sud yoki xo‘jalik sudlari tomonidan qonunlarda belgilangan tartibda hal qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yerga doir nizolar, basharti tomonlar yoki tomonlarning biri savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari, shuningdek turar joy binolari va boshqa binolar yoki binolarning bir qismi bilan birga ular joylashgan yer uchastkalarining mulkdori bo‘lsa, sud tomonidan hal qilinadi.
(62-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 231-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda)
Yerga oid munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy nizolar sud yoki xo‘jalik sudlari tomonidan ularning vakolatlariga muvofiq hal qilinadi.
Qishloqlar yoki posyolkalar hududida yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalarida fuqarolar o‘rtasida chiqqan nizolar tegishli o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari tomonidan hal qilinadi.
Shahar hududida yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalarida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan fuqarolar o‘rtasida chiqqan nizolar, shuningdek fuqarolararo nizolar hokimiyatning shahar idoralari tomonidan hal qilinadi.
Yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalarida mahalliy bo‘ysunuvdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘rtasida, shuningdek mazkur korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan fuqarolar o‘rtasida chiqqan nizolar hokimiyatning tuman idoralari tomonidan hal qilinadi.
Tomonlarning biri respublikaga bo‘ysunuvchi korxona, muassasa va tashkilot bo‘lgan hollardagi nizolar hamda bir viloyatning turli tumanlariga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘rtasida chiqqan nizolar hokimiyatning viloyat idoralari tomonidan hal qilinadi.
Turli viloyatlarga yoki viloyatlardan biri va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘rtasida yer to‘g‘risida chiqqan nizolarni hal qilish O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining boshqa davlat hududidagi yerga egalik qilish va undan foydalanish masalalariga oid nizolar, shuningdek boshqa davlatlarning korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yerga egalik qilish hamda undan foydalanish masalalariga oid nizolar O‘zbekiston Respublikasi va manfaatdor davlat vakillaridan tenglik asosida tuziladigan komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi manzilgohlarida umumiy yer uchastkasidan foydalanish tartibi xususida yakka tartibda qurilgan imoratlarga birga egalik qiluvchilar o‘rtasida chiqqan nizolar sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Umumiy yer uchastkasidan foydalanish tartibi fuqarolarga tegishli imoratlarning qismlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
(62-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
63-modda. Yer xususidagi nizo yuzasidan chiqarilgan qarorni ijro etish va uning ustidan shikoyat qilish
Yer xususidagi nizo yuzasidan chiqarilgan qaror unda ko‘rsatilgan muddatda ijro etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hokimiyat mahalliy idoralarining yer xususidagi nizo yuzasidan chiqargan qaroriga tomonlarning biri norozi bo‘lgan taqdirda tomonlardan biri fuqaro bo‘lganida sudga, yer xususidagi nizo korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘rtasida chiqqanida esa — O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik sudlariga shikoyat qilinishi mumkin.
(63-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Qaror ustidan shikoyat qilinishi uning ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi.
Yer xususidagi nizo yuzasidan chiqarilgan qarorning ijrosini qaror chiqargan idora yoki yuqori turuvchi idora to‘xtatib qo‘yishi, yo bo‘lmasa kechiktirish mumkin.
64-modda. O‘zbekiston Respublikasining yer to‘g‘risidagi qonunlarini buzganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, shu jumladan ijaraga oluvchilar tomonidan yer uchastkalarini sotib-olish va sotish, sovg‘a qilish, garovga qo‘yish (shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish uchun kim oshdi savdosi asosida olingan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqini garovga qo‘yish bundan mustasno), o‘zboshimchalik bilan ayirboshlash haqiqiy emas.
(64-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Ana shu bitishuvlarda, shuningdek:
yerlardan o‘zga maqsadlarda foydalanganlikda;
yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olishda;
qishloq xo‘jalik yerlarini va boshqa yerlarni buzishda, ularni kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlar bilan bulg‘atishda;
yerlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan obyektlarni joylashtirish, qurish, loyihalash, ishga tushirishda;
vaqtincha egallab turgan yerni qaytarib berish muddatini buzishda yoki shu yerlarni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirib berish majburiyatlarini bajarmaslikda;
yer egaligi va foydalaniladigan yerlar chegaralarining marza belgilarini yo‘q qilib tashlashda;
yerlarning davlat ro‘yxati, hisob-kitobi va baholanish ma’lumotlarini soxtalashtirishda;
o‘rmon fondiga qarashli yerlarda o‘zboshimchalik bilan pichan o‘rishda va mol boqishda;
yer egalari va yerdan foydalanuvchilar yovvoyi o‘tlarga qarshi kurash choralarini ko‘rmaslikda;
yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishda, yerlarni yaxshilash hamda tuproqni shamol, suv ta’sirida nurashdan va tuproqning holatini yomonlashtiradigan boshqa jarayonlardan saqlash majburiyatlarini bajarmaslikda aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga binoan grajdanlik, intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari egasiga qaytarib beriladi, qonunga xilof ravishda egalik qilingan va foydalaniladigan vaqtda qilingan chiqimlarning o‘rni qoplanmaydi.
Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holga keltirish, shu jumladan imoratlarni buzib tashlash ham yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi tegishli sudning, tuman, shahar hokimiyat organlarining qaroriga muvofiq yer uchastkasining mulkdoriga, yerga egalik qiluvchiga yoki yerdan foydalanuvchiga qaytariladi.
(64-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar yerga egalik qilish va yerdan foydalanish qoidalarini muntazam suratda buzganlari taqdirda, shuningdek fuqarolar ushbu Qonunning 13-moddasidagi 4, 6, 8 va 9-bandlarda ko‘zda tutilgan harakatlarni sodir qilsalar yer uchastkasi yoki uning bir qismi o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari va hokimiyat idoralari tomonidan ularning vakolatlariga muvofiq olib qo‘yilishi va boshqa korxona, muassasa va tashkilotga egalik qilish yoki foydalanish uchun berilishi yohud zaxira yerlar tarkibiga qo‘shib qo‘yilishi mumkin.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining Yer to‘g‘risidagi qonunlarini buzishlari tufayli yetkazgan zararning o‘rnini qoplashga majburdirlar.
XV. XALQARO ShARTNOMALAR
65-modda. Xalqaro shartnomalarni qo‘llash
Oldingi tahrirga qarang.
Basharti, O‘zbekiston Respublikasining boshqa suveren davlatlar bilan shartnomalarida “Yer to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida ko‘zda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnomaning qoidalari qo‘llaniladi.
(65-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 20-noyabrdagi 439-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 2-son, 84-modda)
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1990-yil 20-iyun,
97-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-y., 16-18-son, 294-modda; 1991-y., 11-son, 273-modda; 1992-y., 2-son, 84-modda; 10-son, 404-modda; 1993-y., 6-son, 243-modda; 1994-y., 5-son, 161-modda; 11-12-son, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda; 1995-y., 9-son, 193-modda; 5-6-son, 69-modda)