toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.10.2016
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-sentabrdagi PF-4847-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Paxta tolasini ishlab chiqarish va sotishda bozor tamoyillari hamda mexanizmlarini keng joriy qilish, respublika paxta tolasi bozorida raqobat muhitini yaratish, paxta tolasi va paxta mahsulotlari uchun hisob-kitob qilishning jahon amaliyotida umumiy qabul qilingan shakllarini joriy etish maqsadida:
1. Belgilansinki, har yilgi tasdiqlanadigan balans ko‘rsatkichlariga muvofiq paxta tolasini eksportga va respublikaning paxta tolasini qayta ishlaydigan korxonalariga (keyingi o‘rinlarda — respublika korxonalari) sotish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari hamda O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi orqali erkin ayirboshlanadigan valyutada amalga oshiriladi.
Respublikaning alohida ijtimoiy ahamiyatga ega tarmoqlari korxonalariga paxta tolasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bo‘yicha “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari (HAB) bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tuziladigan shartnomalar asosida sotilishi mumkin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
2. Quyidagi tartib belgilansin, unga muvofiq:
paxta tolasini saqlash hamda eksportga va respublika korxonalariga berish faqat ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallaridan amalga oshiriladi;
paxta tolasini xorijiy iste’molchilar va respublika korxonalari tomonidan sifati va massasi bo‘yicha uzil-kesil qabul qilib olish ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallarida amalga oshiriladi;
respublika korxonalari tomonidan sotib olingan paxta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi va u qayta sotilishi mumkin emas.
(2-bandning ikkinchi – to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
3. Quyidagilar:
Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom, shuningdek Paxta tolasi uchun hisob-kitoblar sxemasi 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Paxta tolasini O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi (O‘zRTXB)ning valyuta maydonchasi orqali ochiq birja savdolarida respublika korxonalariga sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom, shuningdek Hisob-kitoblar sxemasi 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;
(3-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Paxta tolasini sertifikatlash va tortish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, O‘zbekiston “Sifat” markazi, O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilishda yuqorida ko‘rsatilgan nizomlarda belgilangan tamoyillar, mexanizm va talablarga qat’iy rioya etsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan mazkur qarorning so‘zsiz bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatsin. Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilishda belgilangan tartibni buzgan aybdor mansabdor shaxslarni qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka tortsin.
5. Paxta tolasini sotuvchi tashqi savdo kompaniyalari uchun komissionerlar sifatida soliq to‘lash hamda Davlat budjetiga va maqsadli davlat jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar to‘lashning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasining 2007-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda terminallarda bir yo‘la saqlanadigan paxta tolasi hajmlarini 5-ilovaga muvofiq 400 ming tonnagacha ko‘paytirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi terminallar rahbarlari lavozimlariga kadrlarning samarali tanlanishini, ularning har yili attestatsiyadan o‘tkazilishini va maqbul ravishda almashtirib turilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK paxta tozalash sanoati korxonalarida, mintaqaviy paxta terminallarida, shuningdek paxta tolasini temir yo‘l orqali tashishda yong‘in xavfsizligi holati ustidan qattiq nazoratni ta’minlasin.
8. 6-ilovaga muvofiq ayrim qonun hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, O‘zbekiston “Sifat” markazi, O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 29-avgust,
PQ-456-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son qaroriga
1-ILOVA
Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat”
hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining paxta tozalash zavodlari (keyingi o‘rinlarda yetkazib beruvchilar deb ataladi) tomonidan ishlab chiqarilgan paxta tolasi tashqi savdo kompaniyalariga (keyingi o‘rinlarda sotib oluvchilar deb ataladi) tuzilgan shartnomalarga muvofiq uni mintaqaviy paxta terminallariga (keyingi o‘rinlarda terminallar deb ataladi) yetkazib bergan holda sotiladi.
2. Etkazib beruvchilar bilan sotib oluvchilar o‘rtasida paxta tolasini sotish bo‘yicha o‘zaro munosabatlar mazkur Nizom, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari hamda ikki tomonlama shartnomalar bilan belgilanadi.
II. Paxta tolasini sotish yuzasidan bosh bitimlar va shartnomalar tuzish
3. Kalendar yil boshida yetkazib beruvchilar bilan sotib oluvchilar o‘rtasida yetkazib beruvchilar va paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq joriy yilda kutilayotgan paxta xomashyosi hosilidan paxta tolasi xarid qilish yuzasidan bosh bitimlar tuziladi.
4. Bosh bitimda:
jahon bozorida talab qilinadigan tegishli sanoat navlari va tiplaridagi paxta tolasi ishlab chiqarish uchun paxta xomashyosining aniq seleksiya navlari;
Oldingi tahrirga qarang.
paxta xomashyosi yetishtirishning prognoz hajmlaridan hamda g‘o‘za navlarining joylashtirilishidan kelib chiqib, keyinchalik eksport qilish va paxta tolasini qayta ishlaydigan respublika korxonalariga (keyingi o‘rinlarda — respublika korxonalari) sotish uchun terminallarga yetkazib beriladigan paxta tolasining hisoblab chiqilgan hajmlari;
(4-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
joriy yilning sentyabr—dekabr oylari va kelgusi yilning yanvar—avgust oylari davrida sotib oluvchilar tomonidan sotib olinadigan paxta tolasi hajmi bo‘yicha shartnomalar tuzishning dastlabki muddatlari belgilanadi.
5. Bosh bitimga muvofiq:
amalda ekilgan paxta maydonlarini aprobatsiyadan o‘tkazish natijalari va kutilayotgan hosil bo‘yicha joriy yilning sentyabr—dekabr oylarida keyinchalik eksport qilish va respublika korxonalariga erkin muomaladagi valyutaga sotish uchun terminallarga paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuziladi;
hosilni yig‘ishtirib olish va joriy yilda tayyorlangan amaldagi paxta xomashyosi bo‘yicha kelgusi yilning yanvar—avgust oylarida, keyinchalik eksport qilish va respublika korxonalariga erkin muomaladagi valyutaga sotish uchun terminallarga paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuziladi.
(5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
6. Bosh bitimga muvofiq tuziladigan shartnomalarda yetkazib beriladigan tolaning hajmi, navi, tipi, klassi va boshqa sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha barcha asosiy parametrlari, transportda tashish shartlari va yuklab jo‘natish muddatlari, o‘zaro hisob-kitob qilish tartibi, fors-major holatlari, tuzilgan shartnomalarni bajarish shartlari bo‘yicha mulkiy va boshqacha javobgarlik, nizoli masalalarni ko‘rib chiqish tartibi belgilanadi.
III. Paxta tolasi uchun narxlar belgilash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
7. Sotib oluvchilar tomonidan paxta tolasini keyinchalik eksportga va respublika korxonalariga sotish uchun xarid qilish belgilangan tartibda yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
8. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari tomonidan sotiladigan paxta tolasiga shartnomaviy narxlar jo‘natishning CIP-paxta terminali shartlari bo‘yicha quyidagi tartibda belgilanadi.
Dastlab tolani terminalga yetkazib berishdan oldingi kunda (yoki ushbu Nizomning 25-bandiga muvofiq haqi oldindan to‘langan sanada) “Birinchi” navi, “O‘rta” klass, 5 tip, 35-kod paxta tolasining 1 tonnasi uchun “Kotton Outluk”da e’lon qilinadigan “A” indeksi va uning O‘zbekistondagi komponenti kotirovkalarining o‘rtacha qiymati (bazis narx) aniqlanadi (AQSh dollarida). Ushbu narxdan kelib chiqqan holda paxta tolasining boshqa navlari va klasslarining narxlari mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq koeffitsiyentlar qo‘llangan holda aniqlanadi.
Bunda respublika korxonalari uchun paxta tolasini sotishda, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda, paxta tolasiga tasdiqlangan preyskurant narxlaridan past bo‘lgan jahon narxlari amal qilgan davrlarda paxta tozalash zavodlari qo‘shilgan qiymat solig‘ini: chegirmani hisobga olgan holda jahon narxi x 20/120 formulasi bo‘yicha 15 foiz miqdordagi chegirmani hisobga olib, xomashyo yetkazib berilgan kuni amalda tarkib topgan jahon narxlariga asoslanib hisoblab chiqarishadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 646-modda)
Shartnomaviy narx yuqorida qayd etilgan tartibda aniqlangan narx va quyida ko‘rsatilgan paxta tolasini sotish bo‘yicha sotib oluvchilarning hisoblab chiqilgan cheklangan xarajatlari o‘rtasidagi tafovut tarzida aniqlanadi:
paxta tolasini terminallarda saqlash va sug‘urta qilish, (fitosanitariya sertifikati berish va respublika hududi bo‘ylab harbiylashtirilgan qo‘riqlash uchun to‘lovni qo‘shgan holda) CIF — Shimoliy Yevropa portlarigacha tashish, yuklash-tushirish, fumigatsiya qilish va portlarda belgilangan, CIF — Shimoliy Yevropa portlari shartlarini bajarish uchun mo‘ljallangan normativ muddatlar doirasida portlarda saqlash xarajatlari;
paxta tolasini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida kelishilgan tariflar bo‘yicha sertifikatlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi (keyingi o‘rinlarda “Sifat” markazi deb ataladi) va kip massasini tarozida tortish xarajatlari;
paxta tolasini deklaratsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish xarajatlari;
bank xarajatlari (bankning mablag‘larni o‘tkazish, akkreditiv ochish, yuklab jo‘natish hujjatlarini tekshirish uchun kafolatlari, vositachilik haqi va boshqa xarajatlari);
“O‘ztashqitrans” DAKning ekspeditorlik xizmatlari qiymatining 2 foizigacha miqdordagi vositachilik haqi;
tashqi savdo kompaniyalarining asosiy faoliyat bo‘yicha xarajatlariga daromadlari, yetkazib beruvchilardan sotib olinadigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish maqsadida sotib oluvchilar tomonidan jalb etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kreditlari bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi bilan birgalikda tashqi savdo kompaniyalarining paxta tolasi sotish bo‘yicha xarajatlarining cheklangan miqdori hisoblab chiqariladi va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Paxta tolasi sotish bo‘yicha xarajatlarning tasdiqlangan cheklangan miqdori Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan yetkazib beruvchilar va sotib oluvchilarga yetkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashqi savdo kompaniyalari tomonidan respublika korxonalariga sotiladigan paxta tolasining shartnomaviy narxlari yuklab jo‘natish sanasidagi “Kotton Outluk”da chop etiladigan “A” indeksi va uning O‘zbekiston komponenti kotirovkalariga muvofiq hosil bo‘ladigan jahon narxlaridan kelib chiqqan holda, 15 foiz miqdoridagi chegirish va shartnomaviy narxning 1,0 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda tashqi savdo kompaniyalarining vositachilik haqi bilan aniqlanadi. Bunda O‘zbekiston “Sifat” markazining (sertifikatlashtirish va tarozida tortish bo‘yicha) xarajatlari, banklar, paxta terminallari xizmatlari, shu jumladan paxta tolasini terminallarda sug‘urta qilish bo‘yicha xarajatlarga tashqi savdo kompaniyalari ixtiyorida qoladigan mablag‘lar hisobiga haq to‘lanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
11. Shartnomaviy narxlar O‘zbekiston Respublikasi amaldagi standartlarining barcha majburiy talablariga muvofiq bo‘lgan paxta tolasi uchun belgilanadi.
12. Sotib oluvchilar yetkazib beruvchilardan sotib oladigan paxta tolasining shartnomaviy narxi netto massaga qayta hisoblaganda (ulgurji narxlar preyskurantida keltirilgan formula bo‘yicha) preyskurant ulgurji narxdan va paxta tolasini yetkazib berish, tushirish va terminallarda saqlash xarajatlaridan, shu jumladan yetkazib beruvchilarning vositachilik haqidan kam bo‘lmasligi kerak.
13. “Mikroneyer” ko‘rsatkichi qiymatlari belgilangan normalardan (3,5 dan 4,9 gacha) yuqori yoki past bo‘lganda paxta tolasi uchun paxta tolasiga ulgurji narxlar preyskurantida ko‘rsatilgan shkalaga muvofiq I-II-nav paxta tolasining shartnomaviy narxidan chegirishlar qo‘llanadi.
Paxta tolasini eksport qilish bo‘yicha xarajatlarni chegirish har qaysi nav, klass va tip narxi aniqlangandan keyin amalga oshiriladi.
14. “A” indeksi va uning “Kotton Outluk” O‘zbekiston komponenti kotirovkalarining har kunlik qiymatlari “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga yetkaziladi.
IV. Eksportga sotishda paxta tolasini yuklab jo‘natish
va uning uchun hisob-kitob qilish tartibi
15. Sotib oluvchilar va yetkazib beruvchilar paxta tolasini yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomalarda yetkazib berish shartlarini va hisob-kitob qilishning asosan akkreditiv shaklini belgilaydilar, buning uchun yetkazib beruvchiga xizmat ko‘rsatadigan bankda tegishli hisob raqamlari ochiladi.
16. Shartnoma shartlariga muvofiq sotib oluvchilar o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka (emitent bankka) chaqirib olinmaydigan, hujjatli, qoplanmagan, bo‘linmas akkreditiv ochishga ariza taqdim etadi. Akkreditiv summasi yetkazib berish oyining navbatdagi o‘n kunligida yetkazib beriladigan paxta tolasi qiymatining 100 foizini tashkil etadi.
Tashqi savdo kompaniyalari tomonidan ushbu bandda ko‘rsatilgan akkreditiv ochish muddatlari buzilgan taqdirda tashqi savdo kompaniyalarining bildirishnomalarida ko‘rsatilgan yuklab jo‘natish muddatlari bajarilmaganligi uchun “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari javob bermaydi.
17. Akkreditiv ochishning barcha shartlari yetkazib beruvchilar va sotib oluvchilar o‘rtasidagi shartnomada qayd etiladi.
Etkazib beruvchilar va sotib oluvchilar o‘rtasidagi shartnomada quyidagilar bo‘lishi kerak:
emitent bankning nomi;
yetkazib beruvchini akkreditiv ochilgani to‘g‘risida xabardor qilish usuli;
akkreditiv bo‘yicha mablag‘ olish uchun yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati va aniq tavsifi;
paxta tolasi yuklab jo‘natilgandan keyin hujjatlarni taqdim etish muddati, ularni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar;
boshqa zarur hujjatlar va shartlar.
18. Xaridorning talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan akkreditiv summasi 22602 “Akkreditivlar bo‘yicha mijozlar depozitlari” balans hisob raqamiga o‘tkaziladi. Ayni bir vaqtda akkreditiv summasi emitent bank tomonidan kutilmagan holatlar hisob raqamiga kirim qilinadi.
Etkazib beruvchi uchun unga xizmat ko‘rsatuvchi bankda (ijro etuvchi bankda) akkreditivlar bo‘yicha alohida depozit hisob raqami ochiladi.
19. Ijro etuvchi bankda qoplanmagan akkreditiv hisob raqami ochishda emitent bank bajaruvchi bankning birinchi talabiga ko‘ra, hujjatlar taqdim etilgan to‘lov summasini akkreditivlar shartlariga qat’iy muvofiq ravishda yetkazib beruvchining akkreditiv hisob raqamiga o‘tkazadi.
20. Mablag‘larni o‘tkazish yuzasidan emitent bankka qo‘yiladigan talab yetkazib beruvchi tomonidan akkreditivning barcha shartlari bajarilgan taqdirda taqdim etiladi. Mablag‘larni akkreditiv hisob raqamidan yetkazib beruvchining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga o‘tkazish uning tomonidan ijro etuvchi bankka yetkazib beruvchi va sotib oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan akkreditivning barcha shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda amalga oshiriladi.
21. Akkreditivdan to‘lash uchun tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq paxta tolasi yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bankka akkreditiv amal qiladigan muddatda taqdim etilishi kerak.
22. Ijro etuvchi bank yetkazib beruvchi taqdim etgan hujjatlarning akkreditiv shartlariga muvofiqligini, shuningdek tovarning yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirishi shart.
Akkreditiv shartlarining hatto bittasi buzilgan taqdirda ham mablag‘larni yetkazib beruvchining hisob raqamiga o‘tkazish taqiqlanadi.
23. Akkreditivdan foydalanilishiga qarab emitent bank qisman to‘langan summani kutilmagan holatlar hisob raqamini yopish bilan birgalikda sotib oluvchilarning hisob raqamidan bankning vositachilik hisob raqamiga hisobdan chiqaradi.
24. Ijro etuvchi bankdagi akkreditivni yopish:
akkreditiv muddati tamom bo‘lgach amalga oshiriladi. Ijro etuvchi bank akkreditiv yopilganligi to‘g‘risida emitent bankni xabardor qiladi;
akkreditiv muddati tamom bo‘lgunga qadar taqdim etilgan va agar bu akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa yetkazib beruvchining akkreditividan bundan keyin foydalanishni rad etishi to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Emitent bankka ijro etuvchi bank tomonidan bildirishnoma yuboriladi;
sotib oluvchining akkreditivni to‘liq yoki qisman rad etish to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha amalga oshiriladi, agar bu akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa. Akkreditiv emitent bankdan 22602 “Akkreditivlar bo‘yicha mijozlar depozitlari” hisob raqamidagi qoldiqdan ortiq bo‘lmagan summaga xabar olingan kunda yopiladi yoki kamaytiriladi.
25. Sotib oluvchilar va yetkazib beruvchilar o‘zaro kelishuvga ko‘ra kelgusidagi yetkazib berish uchun oldindan haq to‘lash shartlarida hisob-kitob qilishlari mumkin, bunda sotib oluvchilar oldindan to‘langan haq summasiga to‘lov o‘tkazilgan sana uchun paxta tolasi hajmiga shartnomaviy narxni qayd qilish huquqiga egadirlar.
Sotib oluvchilar tomonidan oldindan to‘langan haq o‘tkazilgan sana uchun paxta tolasi hajmiga shartnomaviy narx qayd etilmagan taqdirda paxta tolasining shartnomaviy narxi u yetkazib berilgan sana uchun qayd etiladi.
Sotib olinadigan paxta tolasi qiymatining bir qismi uchun oldindan haq to‘lashda haqning qolgan qismi akkreditiv bo‘yicha to‘lanadi.
26. Paxta tozalash zavodlari paxta xomashyosini qayta ishlash davomida paxta tolasini terminallarga yetkazib berishni olingan bildirishnomalarga va sotib oluvchining topshiriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Sotib oluvchilar bilan xorijiy xaridorlar, respublika korxonalari o‘rtasida tuzilgan kontraktlarga muvofiq terminallar paxta tolasini yuklab jo‘natishni tashqi savdo kompaniyalarining yuklab jo‘natish yo‘riqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.
(26-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
27. Paxta zavodlari tomonidan terminallarga tashqi savdo kompaniyalarining bildirishnomalarisiz yoki tashqi savdo kompaniyalarining bildirishnomalarida ko‘rsatilgan sifat ko‘rsatkichlariga muvofiq bo‘lmagan yuklab jo‘natiladigan paxta tolasi turkumi terminal tomonidan mas’uliyatli saqlash to‘g‘risidagi dalolatnomalar rasmiylashtirilgan holda mas’uliyatli saqlash uchun qabul qilinadi.
Tashqi savdo kompaniyalari tomonidan yangi bildirishnomalar yozilgan taqdirda “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari paxta tolasini ushbu bildirishnomalar hisobiga paxta zavodlaridan yetkazib berilayotgan yoki terminallarda mas’uliyatli saqlanayotgan paxta tolasi hajmidan yetkazib berishi mumkin. Yozilgan bildirishnomalarga muvofiq muayyan turkum mas’uliyatli saqlashdan tashqi savdo kompaniyalari balansiga o‘tkazilgan taqdirda qabul qilish dalolatnomasi yoziladi. Dalolatnomada qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan sana turkumni mas’uliyatli saqlashdan sotib oluvchining mulkiga o‘tkazish sanasi hisoblanadi.
Shartnoma shartlariga muvofiq yetkazib beruvchilar paxta tolasi terminallarga yetkazib berilgan sanadan boshlab 2 kalendar kundan kechikmay shartnomaviy narx bo‘yicha milliy valyutada haq to‘lash uchun paxta tolasi terminalga yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ilova qilingan transport-yuk xatlari, paxta tozalash zavodlarining hisob raqamlari-sertifikatlari va O‘zbekiston “Sifat” markazining Muvofiqlik sertifikatlari va Inspeksiya dalolatnomalari bilan birgalikda to‘lov uchun hisob raqamlarini) ijro etuvchi bankka (“Paxta-bank” bo‘linmalariga) yoki haqi oldindan to‘langan taqdirda ushbu hujjatlar bo‘yicha to‘lovni talab qilmasdan, sotib oluvchilarga taqdim etadilar.
Paxta tozalash zavodi va terminal vakillari tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi sanasi yetkazib berilgan sana hisoblanadi.
Paxta tolasi sifati va vazni O‘zbekiston “Sifat” markazining Muvofiqlik sertifikati (Inspeksiya dalolatnomasi) bo‘yicha ko‘rsatkichlarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda ushbu masala bo‘yicha kelishmovchiliklar uning vakili jalb qilingan holda hal etiladi. Sifat va vazn bo‘yicha kelishmovchiliklar tasdiqlangan taqdirda uning bilan bog‘liq barcha qo‘shimcha xarajatlar O‘zbekiston “Sifat” markazi hisob raqamiga tegishli bo‘ladi, yetkazib beruvchi va sotib oluvchi o‘rtasidagi hisob-kitoblar esa dalolatnomalar 5 kun muddatda ko‘rib chiqilgandan keyin ushbu paxta tolasi turkumining amaldagi sifati va vazni asosida amalga oshiriladi.
28. Har oyda har oyning 5-kunigacha, keyinchalik qayta hisob-kitob qilish huquqi bilan, yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisob raqamlari asosida yetkazib beruvchi va sotib oluvchi tomonidan oraliq taqqoslash dalolatnomasi tuziladi (ushbu Nizomga 2-ilova). Taqqoslash haqiqatda yuklab jo‘natish va oldingi oyning to‘lov summasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Bunda paxta tolasining hajmi, sifati va narxi bilan bog‘liq nizoli masalalar bo‘yicha tomonlar erishgan kelishuv hisobga olinadi.
Taqqoslash dalolatnomalari natijalari bo‘yicha hisob-kitoblar yetkazib berishdan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
29. Muayyan yil hosili bo‘yicha tegishli yil paxta tolasini yuklab jo‘natish tugallangandan keyin 30 kun mobaynida o‘zaro taqqoslash dalolatnomalari tuziladi (ushbu Nizomga 3-ilova).
Hosil bo‘yicha uzil-kesil hisob-kitoblar o‘zaro taqqoslash dalolatnomasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin 14 kun mobaynida amalga oshiriladi.
30. Sotib oluvchilar yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni paxta tolasi sotish yuzasidan kontraktlar bo‘yicha tushgan mablag‘lar va qarz mablag‘lari hisobiga amalga oshiradilar.
31. Sotib oluvchilar paxta tolasini sotuvning samarali usullarini qo‘llangan holda, jahon narxlarining eng qulay konyunkturasi davrlarida sotadilar.
Paxta tolasini yetkazib beruvchidan sotib olish narxlari bilan eksportga amalda sotilgan narxlar o‘rtasidagi ijobiy yoki salbiy tafovut, shu jumladan sotish xarajatlarini tejash sotib oluvchilarning moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga tegishli bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
V. Paxta tolasini respublika korxonalariga sotish tartibi
(V bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Paxta tolasini respublika korxonalariga sotish tashqi savdo kompaniyalari orqali, ularning buyurtmanomalariga muvofiq, erkin muomaladagi valyutaga cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
33. Respublika korxonasi har yili tegishli tashqi savdo kompaniyalariga paxta tolasi xarid qilish yuzasidan buyurtmanomani uning hajmi, navlari, tiplari va boshqa sifat ko‘rsatkichlarini ko‘rsatgan holda, paxta tolasini joriy yilning sentyabr—dekabr oylarida xarid qilish uchun 1-iyulgacha hamda kelgusi yilning yanvar—avgust oylarida xarid qilish uchun 1-dekabrgacha taqdim etadi.
Tashqi savdo kompaniyalari respublika korxonalarining buyurtmanomalarini to‘liq hajmda “Paxtasanoat” HAB bilan tuziladigan bosh bitimda hisobga oladilar va buyurtmanomalarni paxta tolasini ishlab chiqarish hamda undan foydalanishni prognozlashda jamlash hamda hisobga olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadilar.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Tashqi savdo kompaniyalari bosh bitimga muvofiq paxta tolasi ishlab chiqarish hamda undan foydalanishning prognoz qilinayotgan hajmini hisobga olgan holda respublika korxonalari bilan paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan sentyabr—dekabr va yanvar—avgust davri uchun alohida-alohida kontraktlar tuzishadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
35. Respublika korxonalari sotib olinadigan paxta tolasi uchun haqning 15 foizini oldindan to‘laydilar, uzil-kesil hisob-kitobni paxta tolasi ular bilan tuzilgan kontraktlarda nazarda tutilgan shartlarda yetkazib berilgan sanadan boshlab 90 kun mobaynida amalga oshiradilar. Paxta tolasi qiymatining qolgan 85 foizi uchun akkreditiv ochiladi yoki bank kafolati beriladi. Hisob-kitob qilishning xuddi shunday tartibi terminallarga yetkazib berilgan va respublika korxonalariga sotiladigan paxta tolasi yuzasidan sotib oluvchilar va yetkazib beruvchilar o‘rtasida ham belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Istisno tariqasida, 2008-yil 1-dekabrdan 2009-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan davrda to‘qimachilik korxonalari uzil-kesil hisob-kitoblarni paxta tolasi yetkazib berilgan sanadan boshlab 120 kun mobaynida amalga oshiradilar.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan —O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 515-modda)
Bunda tashqi savdo kompaniyalariga respublika korxonalariga yetkazib berilayotgan paxta tolasi qiymatining 85 foizini kafolatli ta’minlash sifatida, oldindan to‘lanadigan haqni yoki mazkur korxonalarning mahsulotlarini sotib oluvchilar tomonidan tashqi savdo kompaniyalari foydasiga ochiladigan akkreditivlarni qabul qilishga ruxsat beriladi.
Respublika korxonalari mahsulotlarini eksport qilishdan tashqi savdo kompaniyalari hisob raqamiga tushgan tushum korxonalar tomonidan yetkazib berilgan paxta tolasi qiymati chiqarib tashlangan holda va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 50 foizli valyuta tushumi majburiy sotilgandan keyin ushbu korxonalarning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Sotib oluvchilar yetkazib beruvchilar bilan uzil-kesil hisob-kitoblarni, sotilgan paxta tolasi uchun respublika korxonalari bilan o‘zaro hisob-kitoblarning holatidan qat’i nazar, shartnomalarga muvofiq amalga oshiradilar.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
37. Paxta tolasini terminallardan yuklab jo‘natish tashqi savdo kompaniyalarining yuklab jo‘natish yo‘riqnomalari bo‘yicha tashqi savdo kompaniyasi bilan respublika korxonalari o‘rtasida imzolangan kontraktlarga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Bunda:
paxta tolasi uchun hisob-kitob mazkur Nizomning 10-bandiga muvofiq yetkazib berish kunida shakllangan jahon narxlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(37-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 513-modda)
(37-bandning birinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Agar respublika korxonasi yuklab jo‘natilgan paxta tolasi turkumi uchun to‘lovni ushbu Nizomning 35-bandida belgilangan muddatlarga rioya qilmasdan, o‘z vaqtida amalga oshirmasa, mazkur korxonaga kelgusida paxta tolasi jo‘natish to‘xtatiladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Respublika korxonalari tomonidan tashqi savdo kompaniyalaridan sotib olingan paxta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi va u qayta sotilmaydi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
VI. Paxta tolasini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari
tomonidan sotishdan olingan mablag‘lardan foydalanish
40. Paxta tolasi uchun tashqi savdo kompaniyalaridan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga tushgan mablag‘lardan:
paxta xomashyosini qayta ishlovchilar (paxta tozalash zavodlari) bilan amaldagi preyskurant ulgurji narxlar bo‘yicha ushbu Nizomning 41-bandida nazarda tutilgan tartibda hisob-kitob qilishda;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan vositachilik haqi miqdorida o‘z xarajatlarini qoplashda;
paxta tolasini terminallarga yetkazib berish, uni tushirish va terminallarda qabul qilib olish, yetkazib beruvchi va sotib oluvchilar vakillari (terminallar) o‘rtasida qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtirilgungacha saqlash, shuningdek (paxta tolasi eksport qilinmaydigan bo‘lganda) normativdan ortiqcha saqlash xarajatlarini qoplashda foydalaniladi.
41. Paxta tolasi qiymatini taqsimlash preyskurant ulgurji narxlar bo‘yicha:
xomashyo (paxta xomashyosi)ning ekvivalent qiymati mablag‘lariga taqsimlanadi, ularni “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari paxta xomashyosi qiymatini xo‘jaliklarga to‘lash uchun berilgan kreditni qaytarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazadi;
qayta ishlash korxonalarining xarajatlarini qoplash uchun mablag‘larga taqsimlanadi, ular paxta tozalash zavodlari hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
VII. Nizolarni ko‘rib chiqish tartibi
42. Mazkur Nizomdan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Paxta tolasining navlar va klasslar bo‘yicha
narxlarini qayta hisoblash koeffitsiyentlari
(baza — “Birinchi” nav, “O‘rta” klass)

I nav
‎(Birinchi)‎


‎Oliy‎


‎1,050

II-nav
‎ (Ikkinchi)‎


‎‎Oliy‎‎

‎1,020

Yaxshi‎

1,040‎ Yaxshi‎ ‎ 0,990‎
O‘rta‎ 1,000‎ O‘rta‎‎ 0,955‎
Oddiy‎ 0,965‎ Oddiy‎‎ ‎0,920
Iflos‎ 0,925‎ ‎Iflos‎ 0,880‎
‎‎III nav ‎
‎ (Uchinchi)

‎Yaxshi‎

‎0,965‎
IV nav
‎(To‘rtinchi)

‎Yaxshi‎ ‎

‎0,850‎‎
O‘rta‎ 0,930‎ O‘rta‎‎ 0,800‎
Oddiy‎ 0,885‎ Oddiy‎‎ 0,750‎
Iflos‎ 0,840‎ Iflos‎‎ 0,700‎
��

V nav
‎(Beshinchi) ‎


‎O‘rta‎‎


‎0,550‎

Oddiy‎

0,500‎

Iflos‎‎

0,450‎
Tiplar va kodlar bo‘yicha paxta tolasi narxlarini qayta hisoblab chiqish koeffitsiyenti har yili 1-sentabrdan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan paxta tolasi xalqaro bozori konyunkturasidan kelib chiqqan holda tasdiqlanadi.
Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎200__ yil ____________ da yuklab jo‘natilgan paxta tolasi uchun berilgan hisoblar bo‘yicha

oy‎

‎‎__________________________________________________________ dagi holatiga ko‘ra o‘zaro taqqoslash dalolatnomasi

‎‎(keyingi oyning 1-kuni)
Yuklab jo‘natish hujjatining yoki kontraktning tartib raqami va yuklab jo‘natish sanasi Netto og‘irligi bo‘yicha yuklab jo‘natilgan paxta tolasining miqdori (tonna) Yuklab jo‘natish kunidagi shartnomaviy narx‎ Tolaning shartnomaviy narx bo‘yicha qiymati, (ming so‘m) Akkreditiv bo‘yicha to‘langan,
‎(ming so‘m)
Yuklab jo‘natilgan paxta tolasining qiymati bilan to‘langan summa o‘rtasidagi farq‎‎‎
“A” indeksi va uning O‘zbekistondagi komponenti kotirovkasi bo‘yicha jahon narxi (bir tonna uchun AQSh dollari) Eksport bo‘yicha xarajatlar (bir tonna uchun AQSh dollari) Almashuv kursi (so‘m/ AQSh doll.) ‎ Valyuta xarajatlari chegirilgan holdagi jahon narxi Eksport bo‘yicha xarajatlar (bir tonna uchun so‘m)‏
Shartnomaviy narx (bir tonna uchun so‘m) ‏
qo‘shimcha to‘lanadi,

‎(ming so‘m) ‎‏
qaytarib olinadi (yoki ushlab qolinadi),

‎(ming so‘m) ‎‏
bir tonna uchun AQSh dollari
‎ (3-4)
bir tonna uchun so‘m (5*6)
‎1 ‎2 3‎ ‎4 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎

‎‎
‎Tomonlar tasdiqlaydilarki, mazkur o‘zaro taqqoslash dalolatnomasiga muvofiq, 200 yil __________ oyi uchun ________ ning __________dan qarzi ____________ so‘mni tashkil qildi. Bundan tashqari, 200 yil _____ dagi holatiga kura ilgari yuklab jo‘natilgan paxta tolasi bo‘yicha nizoli masalalar ________ so‘m miqdorida ________ foydasiga hal qilindi. Shuni hisobga olgan holda, ________ning _________dan yakuniy qarzi ________ so‘m miqdorida belgilandi.

‎Mazkur o‘zaro taqqoslash dalolatnomasi:

‎(kichik bandlardan biri o‘chirilishi lozim)

‎- belgilangan tartibda ___________ hisob raqamiga to‘lov talabnomasi qo‘yish
‎- 200 yil _______ oyida yuklab jo‘natiladigan paxta tolasi uchun o‘zaro hisob-kitoblarda hisobga olish uchun asos hisoblanadi
.


‎_________________
viloyati “Paxtasanoat” XAB‎‎

‎‎‎Rais
‎Bosh buxgalter

‎‎ M.O‘.
‎‎200 yil “____” __________

____________ davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi

‎‎Rais
‎Bosh buxgalter


‎‎‎
M.O‘.
‎‎‎200 yil “____” __________
Paxta tolasini sotish va tashqi savdo
kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy
aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob
qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎ 200__ yil hosilidan yuklab jo‘natilgan paxta tolasi uchun taqdim etilgan hisoblar bo‘yicha taqqoslash ‎
‎dalolatnomasi

Yuklab jo‘natish hujjatining yoki kontraktning tartib raqami va yuklab jo‘natish sanasi‎‏‎ ‎‏‎‏Amalda yuklab jo‘natilgan (aniqlashlar va e’tirozlar hisobga olingan holda) (tonna) Paxta tolasining qiymati,
‎ (ming so‘m) ‎‎
taqdim etilgan hisoblar bo‘yicha‎‏
tashqi savdo kompaniyasi tomonidan to‘langan‎‏
Farq‎‎‎
qo‘shimcha to‘lanadi ‎ qaytariladi (yoki ushlab qolinadi) ‎

‎‎‎Tomonlar tasdiqlaydilarki, mazkur o‘zaro taqqoslash dalolatnomasiga muvofiq 200__ yil hosili uchun ________ ning qarzi _______ so‘mni tashkil qildi.

‎Mazkur o‘zaro taqqoslash dalolatnomasi belgilangan tartibda ________________hisob raqamiga _________ miqdorida to‘lov talabnomasi qo‘yilishi uchun asos hisoblanadi.
‎‎
‎___________viloyati “Paxtasanoat” XAB

‎Rais

Bosh buxgalter‎

‎M.O‘.

‎200 yil “____” __________
‎‎‎‎
_______________ davlat-aksiyadorlik ‎
‎tashqi savdo kompaniyasi
‎Rais

‎Bosh buxgalter

‎M.O‘.

‎200 yil “____” __________
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi
PQ–456-son qaroriga
1a-ILOVA
Tashqi savdo kompaniyalari bilan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik
birlashmalari o‘rtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblar sxemasi
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Sxemaga tushuntirishlar
1. Tashqi savdo kompaniyalari va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan, hajmlarni, tiplarni, navlarni va yuklab jo‘natish muddatlarini ko‘rsatgan holda shartnoma tuzadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tashqi savdo kompaniyasi xorijiy xaridor yoki respublika korxonalari bilan paxta tolasini sotib olish yuzasidan kontrakt tuzadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
3. Tashqi savdo kompaniyasi unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka (emitent bank) chaqirib olinmaydigan, hujjatli, qoplanmagan bo‘linadigan akkreditiv ochish uchun ariza beradi.
4. Kelgusi oyning o‘n kunida xarid qilish mo‘ljallanayotgan paxta tolasi hajmi doirasidagi mablag‘lar summasi tashqi savdo kompaniyasi tomonidan akkreditiv hisob raqamiga o‘tkaziladi.
5. Tashqi savdo kompaniyasiga xizmat ko‘rsatuvchi bank (emitent bank) “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga xizmat ko‘rsatuvchi bankni “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi foydasiga akkreditiv ochilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
6. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga xizmat ko‘rsatuvchi bank (sotuvchi banki) o‘z mijozi — “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi uchun akkreditivlar bo‘yicha alohida depozit hisob raqami ochadi.
7. Sotuvchi banki “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasini akkreditiv uchun alohida depozit hisob raqami ochilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
8. Tashqi savdo kompaniyasi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga tuzilgan shartnomaga muvofiq paxta tolasini yuklab jo‘natish to‘g‘risida bildirishnoma yuboradi.
9. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi paxta tozalash zavodlaridan ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallariga paxta tolasini yuklab jo‘natadi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashqi savdo kompaniyasi ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallaridan kontrakt shartlariga muvofiq paxta tolasini xorijiy xaridorga yoki respublika korxonasiga yuklab jo‘natadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
11. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi paxta tolasi yuklab jo‘natilgandan keyingi kunda xizmat ko‘rsatuvchi bankka paxta tolasi yuklab jo‘natilganligini va akkreditivni ochish uchun barcha shartlar bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni, akkreditiv hisobiga to‘langan mablag‘lar hajmini ko‘rsatgan holda, taqdim etadi.
12. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga xizmat ko‘rsatuvchi bank hujjatlar to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi tasdiqlangan taqdirda tashqi savdo kompaniyasiga xizmat ko‘rsatuvchi bank (emitent bank)ka mablag‘larni o‘tkazish yuzasidan talabnoma yuboradi. Ko‘rsatib o‘tilgan talabnomaga muvofiq emitent bank mablag‘larni o‘tkazadi.
13. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga xizmat ko‘rsatuvchi bank alohida depozit hisob raqamidan mablag‘larni yetkazib beruvchi — “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga akkreditivlar bo‘yicha o‘tkazadi.
14. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi yuklab jo‘natilgan paxta tolasi hajmlariga muvofiq mablag‘larni paxta tozalash zavodlarining depozit hisob raqamiga o‘tkazadi.
15. Tashqi savdo kompaniyasi va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi yuklab jo‘natilgan paxta tolasi qiymatini va akkreditivlardan to‘langan summalarni har oyda o‘zaro solishtirib chiqadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Paxta tolasini O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining valyuta maydonchasi orqali ochiq birja savdolarida paxta tolasini qayta ishlaydigan respublika korxonalariga va eksportga sotish tartibi to‘g‘risida
(2-ilovaning nomlanishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom paxta tolasini O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining valyuta maydonchasi orqali ochiq birja savdolarida paxta tolasini qayta ishlaydigan respublika korxonalariga, shuningdek eksportga sotish mexanizmini belgilaydi.
2. Paxta tolasini sotish O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida elektron birja savdolari tizimidan foydalangan holda real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi tomonidan o‘tkaziladigan ochiq birja savdolariga paxta tolasini qayta ishlash va undan qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan respublikaning ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek eksportga sotishda xorijiy xaridorlar teng shartlarda qo‘yiladilar.
(2-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Respublika korxonalariga va xorijiy xaridorlarga paxta tolasi erkin almashtiriladigan valyutada sotiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
4. Qayta ishlaydigan korxonalar tomonidan O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida sotib olingan paxta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi va u qayta sotilishi mumkin emas.
II. Atamalar va ularning ta’riflari
5. Mazkur Nizomda quyidagi atamalar va ta’riflardan foydalaniladi:
mahsulot — paxta tolasini ishlab chiqarish va yetkazib berishning tasdiqlangan ko‘rsatkichlariga muvofiq ochiq birja savdolarida sotiladigan paxta tolasi;
birja savdolarining elektron tizimi — O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining real vaqt rejimida umumrespublika birja savdolari o‘tkazilishini ta’minlaydigan dasturiy-texnik kompleksi;
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi o‘rinlarda HKKP deb ataladi) — O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining birja bitishuvlari bo‘yicha kliring, hisob-kitob va o‘zaro hisob-kitoblar o‘tkazilishini ta’minlaydigan tarkibiy bo‘linmasi;
sotuvchi — “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari (“Paxtasanoat” HAB) va mahsulotni ishlab chiqaradigan hamda birja savdolarida sotadigan boshqa yuridik shaxslar;
xaridor — O‘zbekiston Respublikasining paxta tolasini qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan va paxta tolasidan foydalanib mahsulot ishlab chiqaradigan yuridik shaxslari, shuningdek xorijiy kompaniyalar va firmalar;
zakalat — O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida sodir etiladigan bitishuvlar bajarilishi kafolatini ta’minlash uchun xaridorlar va sotuvchilar tomonidan HKKPga qo‘yiladigan bitishuvlarni kafolatli ta’minlash mablag‘i;
narxlar kotirovkasi — birja savdolarining bir kuni uchun O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida o‘tkazilgan savdo sessiyalari natijalari bo‘yicha aniqlangan va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadigan mahsulotga o‘rtacha narx;
terminallar — paxta mahsulotini qabul qilish, saqlash va yuklab jo‘natish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan ixtisoslashtirilgan paxta terminallari.
III. Paxta tolasi hajmlarini shakllantirish, ochiq birja
savdolariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish tartibi
6. Sotuvchilar, yilning tegishli davriga tasdiqlangan paxta tolasi ishlab chiqarish va undan foydalanish balansidan kelib chiqib, har oyda, keyingi har bir oy boshlanishidan 10 kun oldin O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasini birja savdolarida xaridorlarga sotish uchun mo‘ljallangan mahsulot hajmi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Bildirishnomalarda paxta tolasining O‘zbekiston “Sifat” markazining Muvofiqlik sertifikati (Inspeksiya dalolatnomasi) bilan tasdiqlangan lotlari, tiplari, navlari va klassi ko‘rsatiladi.
7. Sotuvchilar O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasiga birja savdolariga qo‘yish uchun nazarda tutilgan hajmlarga muvofiq mahsulotning xaridorlarga yetkazib berilishini uzluksiz ta’minlash uchun zarur bo‘lgan hajmlarda mahsulot mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etadilar.
8. Mahsulotni birja savdolariga qo‘yish xaridorlar bilan O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi o‘rtasida tuziladigan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
9. O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi birja savdolarida mustaqil qatnashish istagini bildirgan sotuvchilarga brokerlik o‘rinlari beradi.
10. Brokerlik xizmati ko‘rsatish:
mahsulotni sotishga sotuvchi va broker;
mahsulotni xarid qilishga xaridor va broker o‘rtasida tuzilgan topshiriq shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Xaridor va sotuvchi brokerni tanlashda erkindir.
11. Oldin olingan paxta tolasi uchun muddati o‘tkazib yuborilgan qarzi bo‘lgan xaridorlar birja savdolariga qo‘yilmaydi.
12. Ochiq birja savdolari o‘tkazish, birja sessiyalarining qancha davom etishi, mahsulot qo‘yish hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi tomonidan xaridorlarga ommaviy axborot vositalari, brokerlar, shuningdek boshqa axborot kanallari, shu jumladan O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining web-sayti orqali majburiy tartibda yetkaziladi.
Axborotga mahsulot, sotuvchining joyi, shuningdek boshlang‘ich narx to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi kerak.
13. O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi, elektron savdolarda savdolar qatnashchilarining hududiy joylashishidan qat’i nazar, ularning barchasining bir vaqtda ishtirok etishi imkoniyatini ta’minlashga majburdir.
14. Savdolarni o‘tkazish, qo‘yilgan zakalat summasiga muvofiq har bir savdo bo‘yicha qatnashchilarni qo‘yish va chetlatish, elektron birja savdolari g‘oliblarini aniqlash va bitishuvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish elektron birja savdolari tizimi bilan amalga oshiriladi.
15. Bitishuvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kunida O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi yoki uning mintaqaviy savdo maydonchasi brokerga bitishuv bayonnomasini va rasmiylashtirish uchun oldi-sotdining birja shartnomasini beradi.
16. Oldi-sotdi shartnomasi shartnomada nazarda tutilgan shartlarda shartnoma olingan kunda rasmiylashtiriladi. Bitishuv bayonnomasi shartlarini bajarish tomonlar uchun majburiy hisoblanadi.
17. Savdolarda sotilmagan mahsulot hajmi sotuvchi bilan kelishuv bo‘yicha keyingi savdolarga ko‘chiriladi.
18. O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun haq to‘lash:
respublika ichida sotishda xaridorga va sotuvchiga har bir tomondan bitishuv summasining 0,05 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
eksportga xaridorga sotishda bitishuv summasining 0,1 foizi miqdorida, sotuvchiga bitishuv summasining 0,05 foizi miqdorida belgilanadi.
19. Xaridor tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda sotuvchi mahsulotni savdoga takroran qo‘yish huquqiga egadir.
20. Mahsulotni bitishuv bayonnomalari asosida tuzilgan oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha sotish sotuvchining HKKPdagi shaxsiy hisob raqamiga 100 foiz oldindan haqini to‘lash shartlarida amalga oshiriladi.
IV. Mahsulotning boshlang‘ich narxini belgilash hamda birja savdolari qatnashchilari
o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmi va paxta tolasini yuklab jo‘natish
21. Sotuvchi tomonidan qo‘yilgan paxta tolasining boshlang‘ich narxi birja savdolarining har bir sessiyasida O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasidagi navbatdagi savdolardan oldingi kunda “Kotton Outluk”da chop etiladigan “A” indeksi va uning O‘zbekiston komponenti kotirovkasining o‘rtacha qiymatidan kelib chiqib respublika korxonalari uchun 15 foiz miqdoridagi chegirma, eksportga sotishda esa — respublika tashqarisida o‘rtacha transport (temir yo‘l va suv transporti) xarajatlari bir tonnasi uchun 155 AQSh dollari miqdorida chiqarib tashlangan holda belgilanadi.
Mahsulotning boshlang‘ich narxi erkin muomaladagi valyutada (AQSh dollarida) belgilanadi.
(21-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
22. Birja savdolarida tuzilgan bitishuvlar bajarilishining moliyaviy kafolatlarini ta’minlash maqsadida birja savdolarida tuzilgan bitishuvlar bo‘yicha hisob-kitoblar O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining HKKP orqali amalga oshiriladi.
Sotuvchilar va xaridorlarning mablag‘lari HKKP hisob raqami doirasida alohida shaxsiy hisob raqamlarida hisobga olinadi.
23. HKKP birja savdolari qatnashchilarini ularga xizmat ko‘rsatish shartlari, mijozlarning shaxsiy hisob raqamlaridagi mablag‘lar qoldig‘i to‘g‘risida o‘z vaqtida ma’lum qilishi shart.
Mahsulotning har bir sotuvchisi va xaridori uchun HKKP shaxsiy hisob raqamlari ochadi.
Shaxsiy hisob raqamlarining holati, shaxsiy hisob raqamlaridagi mablag‘lar qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlarning HKKP tomonidan oshkor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
24. O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi qatnashchilarni birja kliringining natijalari, ular mablag‘larining holati va joriy kunda belgilangan savdo limitlari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilishi shart.
25. Sotuvchi va xaridor tomonlarning majburiyatlarni bajarishi kafolati sifatida O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining HKKPdagi o‘z shaxsiy hisob raqamlariga tegishli ravishda savdoga qo‘yiladigan va xarid qilish mo‘ljallanayotgan mahsulot summasining 2 foizi miqdoridagi zakalatni majburiy tartibda deponentga qo‘yadi.
26. Xaridorlar O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining HKKPga deponentga qo‘yilgan zakalat hisobga olingan holda to‘lash mo‘ljallanayotgan mablag‘ hajmida bitishuvlar tuzishga haqlidir.
27. Mijozlarning HKKPdagi mablag‘laridan:
a) HKKPdagi shaxsiy hisob raqamlarining egalari bo‘lgan sotuvchilar va xaridorlarning topshirig‘i bo‘yicha:
birja bitishuvlari bo‘yicha majburiyatlar bajarilishi va ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bilan bog‘liq ular o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun;
agar bitishuv bo‘lmasa yoki bekor qilingan taqdirda HKKPdagi shaxsiy hisob raqamining egasi — mijozning vakolatli bankdagi hisob raqamiga qaytarish uchun;
b) deponentga qo‘yilgan mablag‘lar hisobiga O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
28. Birja bitishuvi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin o‘n bank kuni mobaynida xaridor ro‘yxatdan o‘tkazilgan oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni to‘liq qoplash uchun HKKPdagi o‘z shaxsiy hisob raqamiga qo‘shimcha mablag‘lar o‘tkazishi shart.
29. HKKP mablag‘ xaridordan tushgan paytdan boshlab bir bank kuni mobaynida sotuvchiga xaridor o‘z majburiyatlarini to‘liq hajmda bajarganligi to‘g‘risidagi haqi to‘langan bitishuvlar reyestrini berishi shart.
Agar xaridor o‘n bank kuni mobaynida birja shartnomasiga muvofiq mablag‘lar to‘liq hajmda o‘tkazilishini ta’minlamasa, HKKP, ko‘rsatib o‘tilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin sotuvchiga va O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining tegishli bo‘linmasiga bitishuv bekor qilinishi to‘g‘risida darhol ma’lum qiladi va O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining vositachilik haqini chegirib tashlagan holda xaridor tomonidan qo‘yilgan zakalat miqdorida shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi uchun jarima sifatida mablag‘larni xaridorning shaxsiy hisob raqamidan vakolatli bankdagi sotuvchining hisob raqamiga o‘tkazadi.
Bitishuv bo‘yicha bekor qilingan mahsulot hajmi sotuvchi tomonidan yana savdoga qo‘yiladi.
30. HKKP tomonidan xaridorning shaxsiy hisob raqamiga mablag‘ tushganligi to‘g‘risidagi haqi to‘langan bitishuvlar reyestri sotuvchiga berilishi sotuvchi tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda terminalda mahsulotni xaridorga berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Xaridor tomonidan o‘z majburiyatlarining bajarilishi holati HKKP tomonidan tasdiqlanmasdan sotuvchi tomonidan mahsulotni qabul qilish-topshirish amalga oshirilgan taqdirda O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan birja shartnomasi bo‘yicha xaridor tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi uchun javob bermaydi.
31. Sotuvchi mahsulot summasi to‘langandan keyin FCA-paxta terminali shartlarida mahsulotni xaridorga yetkazib beradi.
Terminalda mahsulot berilgandan keyin sotuvchi va xaridor O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan birja shartnomasi bo‘yicha Mahsulotni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzadi.
Xaridor tomonidan imzolangan va uning muhri bilan tasdiqlangan Mahsulotni qabul qilish-topshirish dalolatnomasining bir asl nusxasi sotuvchi tomonidan taqdim etilishi HKKPning mablag‘larni xaridorning shaxsiy hisob raqamidan vakolatli bankdagi sotuvchining hisob raqamiga o‘tkazish va bitishuvning yopilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
HKKP tomonidan mablag‘larni o‘tkazish ko‘rsatib o‘tilgan dalolatnoma olingan paytdan boshlab ikki bank kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
32. Mahsulotni qabul qilish-xaridorga topshirish (yuklab jo‘natish) birja shartnomalarida nazarda tutilgan hajmlarga va muddatlarga muvofiq terminallardan sotuvchining naryadlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Paxta tolasini yuklab jo‘natishga naryad O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining HKKP tomonidan mazkur Nizomning 31-bandiga muvofiq shaxsiy hisob raqamidan ko‘chirma taqdim etilgandan keyin beriladi.
Mahsulot sertifikatsiyasi, terminalning saqlash, yuklab jo‘natish, Qabul qilish-topshirish to‘g‘risidagi dalolatnoma imzolangunga qadar bajarilgan xizmatlari bilan bog‘liq boshqa xarajatlar sotuvchi tomonidan to‘lanadi.
Terminalning saqlash, transport agentiga yuklashda ko‘maklashish, yuklab jo‘natish va Qabul qilish-topshirish to‘g‘risidagi dalolatnoma imzolangandan keyin bajariladigan boshqa xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlarga xaridor tomonidan haq to‘lanadi
Mazkur Nizomda nazarda tutilgan pul mablag‘larini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni sotuvchining bankida sotuvchi, xaridorning bankida xaridor to‘laydi.
Sotuvchi tomonidan mahsulot yetkazib berilmaganda, to‘liq yetkazib berilmaganda yoki yetkazib berish muddatlari buzilganda O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining HKKP shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi uchun, O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining vositachilik haqini chegirib tashlagan holda, sotuvchi tomonidan qo‘yilgan zakalat miqdorida jarima sifatida mablag‘larni sotuvchining shaxsiy hisob raqamidan vakolatli bankdagi xaridorning hisob raqamiga o‘tkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 513-modda)
34. Ochiq birja savdolarida mahsulotni sotishdan tushgan tushum, shuningdek sotuvchi ixtiyoriga tushgan AQSh dollaridagi jarima summasi belgilangan muddatlarda 100 foiz O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga sotilishi kerak, tushum mablag‘larining so‘mdagi ekvivalentidan esa belgilangan tartibda foydalaniladi.
35. Xaridor va sotuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
36. O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi a’zolari, birja savdolari qatnashchilari va ularning mijozlari o‘rtasida birja savdosi qoidalarida nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha paydo bo‘ladigan nizolar sud tomonidan hal qilinadi.
V. Axborot bilan ta’minlash va mazkur Nizom bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish
37. O‘tkazilgan ochiq birja savdolari natijalari bo‘yicha O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining kotirovka qilish komissiyasi O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida sotilgan mahsulot narxlarining birja kotirovkalarini belgilaydi. O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi har haftada ularni ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmog‘idagi sahifalarda e’lon qiladi.
38. O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi, sotuvchilar va terminallar hisobot choragidan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga:
O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi — ochiq birja savdolariga qo‘yilgan va sotilgan mahsulot hajmi to‘g‘risidagi;
sotuvchilar — qabul qilish-topshirish dalolatnomalari bo‘yicha ochiq birja savdolarida sotib olingan mahsulotning xaridorga berilgan haqiqiy hajmlari to‘g‘risidagi;
terminallar — ochiq birja savdolarida sotib olingan mahsulot xaridorlarga yuklab jo‘natilishining haqiqiy hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ–456-son qaroriga
2a-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ochiq savdo birjalarida O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining valyuta maydonchasi orqali sotiladigan paxta tolasi uchun respublika korxonalari, xorijiy xaridorlar va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari o‘rtasida hisob-kitob qilish sxemasi
(2a-ilova nomlanishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilovaning sxemasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Sxemaga tushuntirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
1. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi bilan paxta tolasini respublika korxonalariga, xorijiy xaridorlarga birja savdolari o‘tkazish vositasida sotish bo‘yicha birgalikdagi faoliyat to‘g‘risida shartnoma tuzadilar.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
2. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari har bir savdodan oldin “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasiga birja savdolariga qo‘yish uchun tegishli tiplar, navlar, klasslar (O‘zbekiston “Sifat” markazining Muvofiqlik sertifikati bilan yoki Inspeksiya dalolatnomasi bilan tasdiqlangan) hamda paxta tolasi hajmi to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etadi.
3. O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi birja savdolarini o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali axborot e’lon qiladi.
4. Birja savdolarida qatnashgan sotuvchi va xaridor O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining Hisob-kitob kliring palatasidagi (HKKP) o‘z shaxsiy hisob raqamiga kafolat sifatida tegishli ravishda savdoga qo‘yiladigan va xarid qilish mo‘ljallanayotgan mahsulot summasining 2 foizi miqdorida zakalatni majburiy tartibda deponentga qo‘yadi.
5. Xaridorning brokeri va sotuvchining brokeri tuzilgan birja bitishuvlari asosida birja savdolari yakunlari bo‘yicha bayonnomaga muvofiq paxta tolasining oldi-sotdi shartnomasini tuzadilar.
6. Xaridor mablag‘larni oldi-sotdi to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni to‘liq qoplash uchun O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining HKKPdagi o‘z shaxsiy hisob raqamiga o‘tkazadi.
O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining HKKP to‘langan bitishuvlar reyestrini sotuvchiga yuboradi, bu paxta tolasini qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi. Qabul qilish-topshirish (yuklab jo‘natish) dalolatnomasi imzolangandan keyin O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining HKKP mablag‘larni sotuvchining hisob raqamiga o‘tkazadi.
7. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi yuklab jo‘natilgan paxta tolasi hajmiga muvofiq mablag‘larni paxta tozalash zavodlarining depozit hisob raqamlariga o‘tkazadi.
8. Paxta tozalash zavodlari paxta tolasini ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallariga (omborlariga) yuklab jo‘natadi. Paxta tolasining kontraktdagi hajmi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining naryadlari bo‘yicha qabul qilish-topshirish dalolatnomasi ramiylashtirilgan holda ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallaridan (omborlardan) paxta tolasining respublika korxonalariga, xorijiy xaridorlarga beriladi (yuklab jo‘natiladi).
Mas’uliyatli saqlashdagi paxta tolasi hajmining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining yozma roziligisiz qayta rasmiylashtirilishiga va terminallar tomonidan yuklab jo‘natilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(8-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son qaroriga
4-ILOVA
Paxta tolasini sertifikatlash va tortish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom paxta tolasini eksportga va paxta tolasini qayta ishlovchi respublika korxonalariga (keyingi o‘rinlarda — respublika korxonalari) yetkazib berishda buyurtmachilar buyurtmanomalari bo‘yicha “Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi tomonidan paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi sifatini paxta toyi bo‘yicha baholash, uni sertifikatlash hamda paxta tozalash zavodlarida paxta toyi massasini tarozida tortish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
2. Paxta tolasi “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-oktabrdagi 421-son qaroriga asosan majburiy sertifikatlanadi. Paxta toyi bo‘yicha sinagan holda sertifikatlash va paxta toyi massasini tarozida tortish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-iyuldagi 420-f-son farmoyishiga asosan amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi atamalar va ta’riflardan foydalaniladi:
buyurtmachi — eksportga va respublika korxonalariga yetkazib berishda — tashqi savdo kompaniyalari va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari;
xaridor — paxta tolasini xarid qiluvchi xorijiy xaridorlar, respublika korxonalari;
(3-bandning ikkinchi—to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qaroriga muvofiq ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
yetkazib beruvchi — “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari — O‘zbekiston Respublikasi paxta tozalash zavodlari;
ijro etuvchi — “Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi.
4. O’z DSt 604:2001 “Paxta tolasi. Texnik shartlar” standarti talablariga muvofiqligini sertifikatlash bo‘yicha xizmatlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida uning ko‘rsatilgan akkreditatsiya sohasiga muvofiq ijro etuvchi amalga oshiradi.
5. Ijro etuvchi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
— paxta tozalash zavodlaridagi har bir paxta toyidan uning pressdan chiqishida namuna olish;
— olingan namunalarni identifikatsiyalash;
— namunalarni sinab ko‘rish uchun hududiy laboratoriyaga yetkazib berish;
— namunalarni sinab ko‘rish;
— terminalga (omborga) yetkazib beriladigan sifati (tipi, navi) bo‘yicha bir turdagi paxta tolasi turkumiga Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish, uni yetkazib beruvchiga berish;
— yetkazib beruvchi bilan birgalikda turkumidan paxta toyini tarozida tortish, Paxta toyi bo‘yicha tortish dalolatnomasini rasmiylashtirish;
— paxta terminalidagi (omboridagi) paxta tolasining sifati va paxta toyi massasi bo‘yicha xaridor va buyurtmachi vakillari bilan kelishmovchiliklarni hal etadi.
6. Paxta tolasini sertifikatlash va paxta toyini tarozida tortish bo‘yicha xizmatlar haqi ijro etuvchi bilan ikki tomonlama shartnomalar asosida Muvofiqlik sertifikati (Inspeksiya dalolatnomasi) va Paxta toyi bo‘yicha tortish dalolatnomasini berish fakti bo‘yicha ijro etuvchi tomonidan qo‘yilgan bajarilgan ishlar dalolatnomasi hamda hisob-kitob asosida terminalga sifati va miqdori bo‘yicha qabul qilish dalolatnomalarining rasmiylashtirilishiga muvofiq, buyurtmachi tomonidan to‘lanadi.
Paxta tolasini sertifikatlash bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Paxta tolasi toyini tarozida tortish bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
II. Toydagi paxta tolasidan namuna olish, ularni identifikatsiyalash
hamda mintaqaviy laboratoriyaga yetkazib berish
7. Paxta tozalash zavodida paxta tolasini presslash jarayonida toylarning qavariq tomonida press plitasida o‘rnatilgan maxsus pichoq bilan kesib qo‘yiladi.
8. Ijro etuvchi vakili toyning kesilgan qismidan namunalar oladi.
9. Namunalar O’z DSt 614:1994 “Paxta tolasi. Namunalar olish usullari” standartiga muvofiq olinadi. Har bir namunaga mintaqa kodi, paxta tozalash zavodi kodi, paxta tozalash zavodidagi ketma-ket qo‘yilgan tartib raqamidan iborat bo‘lgan toylar tartib raqami shtrix kodli yorlig‘ining yirtma kuponi solinadi.
Olingan namunalarni ijro etuvchi polietilen qopchaga joylashtiradi, yoxud qog‘ozga yoki plyonkaga o‘raydi, so‘ngra ijro etuvchining mintaqaviy laboratoriyasiga jo‘natish uchun o‘ralgan namunalarni qopga ehtiyotkorlik bilan zich qilib joylashtiradi.
Tashish jarayonida namunalar bir-biri bilan aralashib ketmasligi uchun qop zich qilib o‘ralishi lozim.
Qopga paxta tolasi namunasi olingan zavod tartib raqami, paxta tolasi ishlab chiqarilgan paxta xomashyosi turkumi tartib raqami, paxta xomashyosining sanoat va seleksiya navi hamda klassi, paxta tolasi turkumi, toy tartib raqamlari, namuna olingan sana, imzolagan ijro etuvchi vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilgan yorliq solinadi.
Ijro etuvchiga paxta tolasi ishlab chiqarilgan paxta xomashyosi turkumi tartib raqami, paxta xomashyosining sanoat va seleksiya navi hamda klassi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetkazib beruvchi taqdim etadi.
Ijro etuvchi vakili tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha rasmiylashtirilgan namunalar olish dalolatnomasini ijro etuvchining vakillari imzolaydilar.
10. Shtrix kodli yorliqni ijro etuvchi tayyorlaydi. Yorliqlar namuna olingan joyga qo‘yiladi.
11. Ijro etuvchi olingan namunalarni mintaqaviy laboratoriyaga sinab ko‘rish uchun yetkazib beradi. Mintaqaviy laboratoriyaga namunalar joylashtirilgan qoplarni jo‘natgunga qadar ular paxta tozalash zavodida muhrlangan xonada saqlanishi lozim.
12. Paxta tolasi namunalari sinovlardan keyin ijro etuvchining laboratoriyalarida xaridor tomonidan so‘nggi turkumlar qabul qilingan va uni yuklab jo‘natgan vaqtga qadar, biroq Muvofiqlik sertifikati amal qilgan vaqtgacha saqlanadi. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugashi bilan namunalar qaytadan olinadi.
III. Paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi toyi massasini tortish
13. Paxta tolasining har bir toyini tortishni paxta tozalash zavodining presslash sexida yetkazib beruvchining tarozisida ijro etuvchi va yetkazib beruvchi vakillari amalga oshiradi.
Toy bo‘yicha tortish natijalariga ko‘ra, ijro etuvchi va yetkazib beruvchining asl muhri bilan tasdiqlanadigan ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Toy bo‘yicha tortish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Bitta nusxasi buyurtmachining vakiliga beriladi. Etkazib beruvchi Toy bo‘yicha tortish dalolatnomasiga asosan hisob sertifikatini rasmiylashtiradi. Toy bo‘yicha tortish dalolatnomasining amal qilish muddati Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugagandan keyin tugaydi.
14. O’z DSt 841 standartiga asosan yetkazib beruvchining presslash sexida foydalanadigan tarozisining yo‘l qo‘yilgan tortish xatosi (sanoq shkalasining bo‘linish bahosi kamida 0,2 kg) kamida + 0,5 kg bo‘lishi lozim. Tortish natijasi aniq qilib, verguldan keyin birinchi belgigacha yozilishi lozim.
15. Agar terminalda turkumni nazorat tartibida tortib ko‘rishda toyning o‘rtacha massasi Toy bo‘yicha tortish dalolatnomasida ko‘rsatilgan toyning dastlabki massasidan ko‘pi bilan + 1,0 kilogrammdan ortiq bo‘lmasa, Toy bo‘yicha tortish dalolatnomasi ma’lumotlari to‘g‘ri deb hisoblanadi. Ijro etuvchi va yetkazib beruvchining Toy bo‘yicha tortish natijalari bunda o‘zgartirilmaydi.
16. Ijro etuvchi va yetkazib beruvchining Toy bo‘yicha tortish dalolatnomasida ko‘rsatilgan ma’lumotlari bilan toyga nisbatan terminalda toyning o‘rtacha massasi bo‘yicha + 1,0 kilogrammdan ortiq tafovut aniqlanganda, buyurtmachi ularni xabardor qiladi, so‘ngra ijro etuvchi vakili 3 ish kunida xaridor yoki buyurtmachi vakillari bilan birgalikda qayta tortib ko‘rish uchun kelishi lozim. Bunda yetkazib beruvchi vakili qayta tortib ko‘rishda ishtirok etishi zarur. Qayta tortib ko‘rish dalolatnomasi asosida yetkazib beruvchi Hisob-kitob-sertifikatiga o‘zgartirishlar kiritadi.
Massasi bo‘yicha tafovut tasdiqlangan taqdirda, ijro etuvchi o‘z hisobidan qayta tortib ko‘rishni amalga oshiradi. Etkazib beruvchi va buyurtmachi paxta tolasining 100 foizli nizoli hajmini qayta tortish asosida tuzilgan ijro etuvchi dalolatnomalari asosida haqiqiy massasini hisobga olgan holda o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Massasi bo‘yicha tafovut tasdiqlanmagan taqdirda, Kip bo‘yicha o‘lchash dalolatnomasi ma’lumotlari o‘zgarmasdan qoldiriladi, qo‘shimcha xarajatlar esa buyurtmachining hisobiga qo‘shiladi.
17. Agar ijro etuvchining vakili 100 foizli qayta tortib ko‘rishni amalga oshirish uchun 3 kun muddatda kelmasa, ijro etuvchi mazkur Nizomning VI bo‘limiga muvofiq javobgar bo‘ladi, xaridor tomonidan jalb qilingan xolis nazorat tashkilotining paxta tolasi toyi massasi bo‘yicha ma’lumotlari esa yetkazib beruvchi va buyurtmachi o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar uchun yakuniy ma’lumotlar hisoblanadi.
18. Ijro etuvchi paxta tozalash zavodida va terminalda tayyor mahsulotning toy massasini tanlab tekshirish hamda talabga javob bermaydigan natijalar bo‘lganda ijro etuvchi va yetkazib beruvchi tomonidan tuzilgan dastlabki Toy bo‘yicha tortish dalolatnomasini bekor qilish huquqiga ega.
IV. Paxta tolasini sinab ko‘rish
19. Paxta tolasining har bir toyini sinab ko‘rishni O’z DSt 604 standartiga asosan ijro etuvchi mutaxassislari amalga oshiradi. Sinab ko‘rish natijalarida paxta tolasining uzunligi (tipi), navi va klassi, “Mikroneyr” ko‘rsatkichi aniqlanadi, shuningdek paxta tolasining namunalarida sifat kamchiliklari va begona aralashmalar (urug‘, lint, yog‘, hid va boshqalar) mavjudligini aniqlaydi.
Laboratoriyada paxta tolasi navi hamda klassini klasser baholashda yetkazib beruvchining vakili qatnashishi mumkin.
20. Paxta tolasi sifatini toy bo‘yicha sinab ko‘rish natijalari ushbu Nizomga 3-ilova shakli bo‘yicha Sinab ko‘rish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Sinab ko‘rish dalolatnomasida, shuningdek, paxta tolasining O’z DSt 604 standarti talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi ko‘rsatiladi. Nomuvofiq bo‘lgan taqdirda Sinab ko‘rish dalolatnomasida mazkur Nizomga 4-ilova bo‘yicha paxta tolasi sifatining kamchiliklar kodlari ko‘rsatiladi.
Sinab ko‘rish dalolatnomasini liniya supervayzeri, klassifikator imzolaydi hamda mintaqaviy laboratoriya boshlig‘i tasdiqlaydi.
Sinab ko‘rish dalolatnomasining bitta nusxasini ijro etuvchi yetkazib beruvchi vakiliga beradi.
V. Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish
21. Sinab ko‘rish dalolatnomasida keltirilgan toy bo‘yicha sinab ko‘rish natijalari asosida yetkazib beruvchi paxta tolasi turkumining ruxsat berilgan uchta klassigacha ishtiroki bilan uning tipi, sanoat va seleksiya navi bo‘yicha bir turini butlaydi, butlangan turkumning brutto massasini, netto massasini hamda konditsion massasini aniqlaydi.
Mintaqaviy laboratoriya butlangan turkum uchun ushbu Nizomga 5-ilova shakli bo‘yicha Sinab ko‘rish protokolini rasmiylashtiradi. Sinab ko‘rish protokolini ijro etuvchining vakillari imzolaydi.
Mintaqaviy laboratoriyadagi ijro etuvchining vakolatli vakili Sinab ko‘rish protokoli asosida paxta tolasining sinab ko‘rilgan turkumiga uning ikkita nusxa-dublikati bilan Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi, uni ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda mintaqaviy laboratoriya (xizmat ko‘rsatish belgisi) muhri bilan tasdiqlaydi. Asl nusxasi yetkazib beruvchining vakiliga beriladi. Nusxa-dublikatning bittasi buyurtmachiga yuboriladi, ikkinchisi esa mintaqaviy laboratoriyada qoldiriladi.
Muvofiqlik sertifikati o‘zbek, rus yoxud ingliz tillarida to‘ldiriladi. Muvofiqlik sertifikatini to‘ldirish namunasi ushbu Nizomga 6-ilovada keltirilgan.
Sertifikat ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati O’z DSt 841:1997 standarti bo‘yicha paxta tolasini tashish va saqlash shartlariga rioya qilinganda 6 oyga belgilanadi.
22. Muvofiqlik sertifikati har bir turkumiga alohida-alohida beriladi, bunda paxta tolasi turkumning sifati va miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Nizomga 7-ilovaga asosan Muvofiqlik sertifikatiga ilovada keltiriladi. Buyurtmachi bilan kelishuvga ko‘ra Muvofiqlik sertifikati bir nechta turkumlari uchun berilishi mumkin.
23. Paxta tolasini terminalga yuklab jo‘natish vaqtida yetkazib beruvchi yuklab jo‘natish hujjatlariga Muvofiqlik sertifikatining asl nusxasini hamda unga ilovani solib qo‘yishi shart.
24. Paxta tolasining bir nechta (biroq uchtadan ko‘p bo‘lmagan) klasslari mavjud bo‘lgan turkumiga Muvofiqlik sertifikatlari (nusxasi) har bir klassga alohida-alohida beriladi.
25. Quyidagi hollarda Muvofiqlik sertifikati berilmaydi:
— paxta tolasi namunalarida urug‘, lint, paxtani dastlabki qayta ishlash chiqindilari, chiriganlik hidi yoki tola navi va klassini klasser baholash amalga oshiriladigan paxta tolasining rasmiy namunalarida bo‘lishi mumkin bo‘lmagan boshqa aralashmalar mavjud bo‘lganda;
— paxta tolasi sanoat naviga tegishli bo‘lgan “Iflos” klassi chegarasidan ortiqcha ifloslanganda;
— tola rangi yoki uning tashqi ko‘rinishi paxta tolasining etalon namunasiga muvofiq bo‘lmaganda;
— o‘rta va uzun tolali paxta tolasi aralash bo‘lganda;
— turli sanoat navlari toylari mavjud turkumga;
— toylar zarur darajada tamg‘alanmaganda, ularni o‘rash buzilganda, iflos bo‘lganda, toyning sirti suv ta’sirida zararlanganda, shuningdek paxta tolasi turkumiga hujjatlar mavjud bo‘lmaganda.
26. O’z DSt 604 standarti talablariga javob bermaydigan, ushbu hujjatning 25-bandida sanab o‘tilgan belgilar bo‘yicha Muvofiqlik sertifikati berib bo‘lmaydigan paxta tolasi aniqlangan taqdirda ijro etuvchi mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ikki nusxada Nomuvofiqlik to‘g‘risidagi bildirishnomani rasmiylashtiradi. Bildirishnomani ijro etuvchi vakillari imzolaydi, mintaqaviy laboratoriya muhri (Xizmat ko‘rsatish belgisi) bilan tasdiqlaydi.
Bildirishnomaning bir nusxasi paxta tozalash zavodi vakiliga beriladi, ikkinchi nusxasi mintaqaviy laboratoriyada qoladi.
Mintaqaviy laboratoriya O’z DSt 604 standarti talablariga javob bermaydigan paxta tolasi bo‘yicha axborotlarni tizimlashtiradi va umumlashtiradi hamda ma’lumotlarni Toshkent shahridagi “Sifat” markazining Sertifikatlash boshqarmasiga va “O‘zpaxtasanoat” uyushmasiga beradi.
27. O’z DSt 604 standarti talablariga javob bermaydigan paxta tolasi har bir turkumini sinash natijalari mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha Paxta tolasining inspeksiya dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi, uni ijro etuvchining vakillari imzolaydi, mintaqaviy laboratoriya boshlig‘i tasdiqlaydi va unga ijro etuvchining mintaqaviy laboratoriyasining haqiqiy muhri (Xizmat ko‘rsatish belgisi) qo‘yiladi.
Inspeksiya dalolatnomasi Muvofiqlik sertifikati o‘rniga paxta tolasining sifati to‘g‘risidagi hujjat hisoblanadi.
O’z DSt 604 standarti talablariga javob bermaydigan paxta tolasiga berilgan Inspeksiya dalolatnomalari ijro etuvchi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
28. O‘tkazilgan inspeksiya natijalariga ko‘ra xaridor tomonidan terminalda Sifat va miqdor bo‘yicha qabul qilish dalolatnomasi imzolanadi. Xaridorlar tomonidan imzolangan Sifat va miqdor bo‘yicha qabul qilish dalolatnomalar nusxalari buyurtmachilar tomonidan har kuni ijro etuvchining mintaqaviy laboratoriyasiga beriladi.
29. Etkazib beruvchi yoki xaridor paxta tolasini sertifikatlash natijalariga rozi bo‘lmagan taqdirda ularning apellatsiyalari “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda RD Uz51-026-94 “NSS Uz. Apellatsiyalarni ko‘rib chiqish tartibi”ga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
VI. Ijro etuvchining javobgarligi
30. Ijro etuvchi o‘zi sinab ko‘rgan paxta tolasi turkumi hajmining navi, klassi, uzunligi va mikroneyrini (toy ichidagi brakdan tashqari) aniqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishda shartnoma majburiyatlarining zarur darajada bajarilishi uchun quyidagi moddalar:
— paxta tolasini saqlash, yetkazib berish va terminaldan paxta tozalash zavodiga qaytarish xarajatlari;
— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq respublika xo‘jalik sudlarida reklamatsiyalar va da’volarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq xarajatlar bo‘yicha mulkiy javob beradi.
31. Xaridorning terminalda toy massasining amaldagi farqi +1,0 kilogrammdan ortiqligi to‘g‘risidagi da’vosi tasdiqlangan taqdirda ijro etuvchi buyurtmachiga uning toylarni qayta tortib ko‘rish va normativdan ortiq saqlash xizmatlariga haq to‘lash (toylar massasidagi farq qiymatidan tashqari) xarajatlarini to‘laydi, shuningdek aybdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zarur choralar ko‘radi.
Ijro etuvchi O‘zbekiston Respublikasi terminallarida qayta tortib ko‘rishda:
xato ko‘rsatishi yo‘l qo‘yiladigan normadan +0,5 kilogrammdan ortiq bo‘lgan tarozilardan foydalanganligini yoki massa verguldan keyingi birinchi o‘nlik raqam hisobga olinmasdan butun raqamgacha yaxlitlangan holda yozilganligini;
tarozilar vakolatli organlar tomonidan tekshirilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega emasligini;
O’z DSt 841 standarti talablari buzilgan holda tashilgan va saqlangan toylar tortilganligini isbotlasa toylarning massasi bo‘yicha da’volar qondirilmaydi.
32. Xaridorning sertifikatlash va tortib ko‘rish natijalariga nisbatan da’volari tasdiqlanmagan taqdirda da’volarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni buyurtmachi to‘laydi.
33. Xarajatlarni qoplash bo‘yicha buyurtmachi va ijro etuvchi o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
VII. Buyurtmachining javobgarligi
34. Buyurtmachi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan Muvofiqlik sertifikati (Inspeksiya dalolatnomasi), Toylar bo‘yicha tortish dalolatnomasi hamda Terminalda sifat va miqdor bo‘yicha qabul qilish dalolatnomasi mavjud bo‘lmaganda terminallardan paxta tolasini yuklab jo‘natishga haqli emas.
35. Buyurtmachi xaridorlar bilan tuziladigan kontraktlarda paxta tolasini faqat O‘zbekiston Respublikasi hududidagi terminallarda sifat va miqdor bo‘yicha qabul qilishni nazarda tutadi, bunda xaridor vakillari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan paxta tolasi turkumlari sifati va massasi (toy ichidagi brak bundan mustasno) bo‘yicha da’vo qilishga haqli emasligi sharti ko‘rsatiladi.
36. Respublika hududidan tashqarida paxta tolasining toylar ichidagi braki bo‘yicha nizoli masalalarni ko‘rib chiqish zaruriyati paydo bo‘lgan hollarda buyurtmachi yetkazib beruvchining mutaxassislariga viza olishda ko‘maklashishi zarur.
37. Buyurtmachi ijro etuvchiga terminallarda doimiy vakolatxona uchun bino berishi shart. Paxta tolasini eksport qilish bilan bog‘liq masalalarni o‘z vaqtida va tezda hal qilish maqsadida buyurtmachi ijro etuvchining terminallardagi vakillariga terminallarga kelib tushayotgan, xaridorlar tomonidan qabul qilinayotgan va yuklab jo‘natilayotgan paxta tolasi turkumlari to‘g‘risida axborot berishi zarur.
38. Buyurtmachi ijro etuvchi va yetkazib beruvchi tomonidan tortilgan toylar massasini qayta tekshirish uchun jalb qilinayotgan inspeksiya kompaniyalaridan ular qo‘llayotgan tarozilarning xato ko‘rsatishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va vakolatli organ tomonidan tarozilar tekshirilganligi haqidagi guvohnomani talab qilishga haqli.
VIII. Etkazib beruvchining javobgarligi
39. Etkazib beruvchi:
— presslash sexida paxta tolasi toylarini tortish uchun O’z DSt 841:1997 standarti talablariga muvofiq bo‘lgan tarozilarni o‘rnatishi;
— terminallar (omborlar)ga ifloslanmagan, hidi va namligi yuqori bo‘lmagan, vagon normasidagi tipi va navi bo‘yicha bir turdagi turkumlar yetkazib berilishini ta’minlash yuzasidan barcha chora-tadbirlarni ko‘rishi;
— namuna olish joylarida pichoq bilan kesilgan toylarni o‘rash vositalarining tiklanishini ta’minlashi;
— paxta tozalash zavodlari presslarida pichoqlarning normal holatini va ularning o‘z vaqtida almashtirilishini ta’minlashi;
— ijro etuvchini paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi namunalarini saqlash va zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun bino bilan ta’minlashi;
— paxta tolasi toylarining O’z DSt 841 standartiga muvofiq o‘rab-joylanishini, markirovka qilinishini va tashilishini ta’minlashi zarur.
40. Etkazib beruvchi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan Muvofiqlik sertifikati (Inspeksiya dalolatnomasi) va Toylar bo‘yicha tortish dalolatnomasi mavjud bo‘lmaganda paxta tolasini terminalga yuklab jo‘natishga haqli emas.
41. Toylar ichida brak aniqlangan hollarda yetkazib beruvchi ushbu hajmlarni sotish va qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar bo‘yicha mulkiy javob beradi.
42. Xaridorning turkumdagi har bir toyning o‘rtacha massasidagi farq +1,0 kilogrammdan ortiqligi to‘g‘risidagi da’vosi tasdiqlangan hollarda yetkazib beruvchi va buyurtmachi o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar paxta tolasi turkumning haqiqiy massasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Paxta tolasini sertifikatlash va tortish
tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Namunalar olish dalolatnomasi shakli

‎‎“Sifat” markazining _________________ mintaqaviy laboratoriyasi


‎‎‎____-son Namunalar olish dalolatnomasi

Namuna olish joyi ___________________________________________ ‎ 200__ y. “___” ________________ ‎

Tayyorlovchining nomi _________________________________________ ‎

Paxta tolasi turkumi № ________‎

paxta tozalash zavodi kodi‎

Paxta xomashyosi turkumi № _____________________ ‎ Paxta xomashyosi navi ___________ ‎
Paxta xomashyosi klassi __________‎_______________
S�leksiya navi kodi ____________________________ ‎
Paxta xomashyosi turkumidaga toylar soni __________‎
Shtrix-kod tartib raqami: Toyning tartib raqami: ‎
________dan ________gacha ‎________dan ________gacha
________dan ________gacha‎ ‎________dan ________gacha
________dan ________gacha ‎________dan ________gacha
Olingan namunalar soni ___________ ‎Olingan namunalar massasi, ______ kg
‎‎O‘rash, belgi qo‘yish va buzilgan holatlar bilan tayyorlangan toylarning tartib raqami _____________________________
___________________________________________________________________________________________________

‎F.I.O. __________________________ ‎

‎Imzo__________________‎

Paxta tozalash zavodidagi
‎“Sifat” markazi guruh
‎boshlig‘i‎

F.I.O. __________________________ ‎ Imzo __________________‎

“Sifat” markazining
‎tanlovchi-taroziboni

Paxta tolasini sertifikatlash va tortish
tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎“Sifat” markazining ______________ mintaqaviy laboratoriyasi

‎_____-son Toy bo‘yicha tortib ko‘rish dalolatnomasi

Tayyorlovchining nomi ________
‎paxta tozalash zavodi kodi
‎Paxta tolasi turkumi № ____ ‎‎‎

200__ yil “___” _________________

‎Paxta tolasi turkumidagi toylar soni _____ ‎‎

‎‎Shtrix-kodi tartib raqami ________dan ___________gacha
Toylar
‎ t/r‎
Toylar
‎ massasi,
‎ kg‎
Toylar t/r‎ Toylar
‎massasi,
‎ kg‎‎
Toylar
‎t/r‎‎
Toylar
‎massasi,
‎kg‎‎
Toylar
‎ t/r‎‎
Toylar
‎massasi,
‎kg‎‎
Toylar
‎t/r‎‎
Toylar
‎massasi,
‎ kg‎‎
Toylar
‎ t/r‎‎
Toylar
‎massasi,
‎ kg‎‎
1‎ 41‎ 81‎ 121‎ 161‎ 201‎
2‎ 42‎ 82‎ 122‎ 162‎ 202‎
3‎ 43‎ 83‎ 123‎ 163‎ 203‎
4‎ 44‎ 84‎ 124‎ 164‎ 204‎
5‎ 45‎ 85‎ 125‎ 165‎ 205‎
6‎ 46‎ 86‎ 126‎ 166‎ 206‎
7‎ 47‎ 87‎ 127‎ 167‎ 207‎
8‎ 48‎ 88‎ 128‎ 168‎ 208‎
9‎ 49‎ 89‎ 129‎ 169‎ 209‎
10‎ 50‎ 90‎ 130‎ 170‎ 210‎
11‎ 51‎ 91‎ 131‎ 171‎ 211‎
12‎ 52‎ 92‎ 132‎ 172‎ 212‎
13‎ 53‎ 93‎ 133‎ 173‎ 213‎
14‎ 54‎ 94‎ 134‎ 174‎ 214‎
15‎ 55‎ 95‎ 135‎ 175‎ 215‎
16‎ 56‎ 96‎ 136‎ 176‎ 216‎
17‎ 57‎ 97‎ 137‎ 177‎ 217‎
18‎ 58‎ 98‎ 138‎ 178‎ 218‎
19‎ 59‎ 99‎ 139‎ 179‎ 219‎
20‎ 60‎ 100‎ 140‎ 180‎ 220‎
21‎ 61‎ 101‎ 141‎ 181‎ 221‎
22‎ 62‎ 102‎ 142‎ 182‎ 222‎
23‎ 63‎ 103‎ 143‎ 183‎ 223‎
24‎ 64‎ 104‎ 144‎ 184‎ 224‎
25‎ 65‎ 105‎ 145‎ 185‎ 225‎
26‎ 66‎ 106‎ 146‎ 186‎ 226‎
27‎ 67‎ 107‎ 147‎ 187‎ 227‎
28‎ 68‎ 108‎ 148‎ 188‎ 228‎
29‎ 69‎ 109‎ 149‎ 189‎ 229‎
30‎ 70‎ 110‎ 150‎ 190‎ 230‎
31‎ 71‎ 111‎ 151‎ 191‎ 231‎
32‎ 72‎ 112‎ 152 192‎ 232‎
33‎ 73‎ 113‎ 153 193‎ 233‎
34‎ 74‎ 114‎ 154 194‎ 234‎
35‎ 75‎ 115‎ 155 195‎ 235‎
36‎ 76‎ 116‎ 156 196‎ 236‎
37‎ 77‎ 117‎ 157 197‎ 237‎
38‎ 78‎ 118‎ 158 198‎ 238‎
39‎ 79‎ 119‎ 159 199‎ 239‎
40‎ 80‎ 120‎ 160‎ 200‎ 240‎
‎‎Brutto massasi ____ kg, Idishlar massasi_____ kg, Netto massasi ____kg‎
Paxta tozalash zavodidagi “Sifat” markazi guruh boshlig‘i‎

_________________‎
‎Imzo ‎‎

‎‎____________________________
‎F.I.O.

‎‎‎“Sifat” markazining tanlovchi-taroziboni

‎_________________‎
‎ ‎Imzo‎‎ ‎ ‎‎

‎‎‎‎ ‎____________________________ ‎
‎F.I.O.

‎‎‎Paxta tozalash zavodi vakili

‎_________________‎
‎‎Imzo ‎‎ ‎ ‎‎

‎‎‎‎ ‎__________________________
‎F.I.O.

Paxta tolasini sertifikatlash va tortish tartibi
to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
‎‎

______ -son HVI tizimida SINAB KO‘RISh DALOLATNOMASI

‎‎“TASDIQLAYMAN”
‎“Sifat” markazi laboratoriyasi boshlig‘i ______________________

‎‎Sinab ko‘rish dalolatnomasini rasmiylashtirish namunasi‎

Office name Andijon
‎(Laboratoriya) ‎‎

Gin number 133
(zavod t/r)

Lot number 16
‎ (turkum t/r) ‎‎‎

HVI number 8‎‎
‎(HVI t/r)

Classer Ibragimov (Klassifikator) ‎‎

T/r‎‏
‎‏Bale number (toylar t/r)
Classer Klassifikator‎‎‎ HVI tizimi‎‎‎
Sort
(Navi) ‎
Class
(Klassi) ‎
Type (Tipi) ‎ Staple
(Uzunlik kodi) ‎
Length (Uzunligi), dyuym ‎ Mic
(Mikroneyr)
Strength (Solishtirma uzilish yuki),
‎gs/teks ‎
Rd
(qaytarish koeffitsiyenti)
‎ % ‎
+b
‎(Sariqlik darajasi) ‎
Trash Sode (Ifloslanganlik kodi) ‎ SFI
(Kalta tola indeksi),
‎% ‎
Uniformity (Uzunligi bo‘yicha bir tekisdalik indeksi),
‎%. ‎
Elongation (Uzilishda cho‘zilishi),
‎% ‎
Remarks (Izoh) ‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎ 16‎ 11‎
‎1 1 4‎ ‎4 ‎37 1,15‎ 4,6‎ 34,6‎ 78,7‎ 8,1‎ 5‎ 8,7‎ 85,1‎ ‎6,7
2‎ 1‎ 4‎ 4‎ 37‎ 1,16‎ 4,3‎ 34,6‎ 78,1‎ 8,6‎ 3‎ 8,1‎ 84,6‎ 5,5‎ 11‎
3‎ 1‎ 3‎ 4‎ 37‎ 1,16‎ 4,7‎ 32,7‎ 77,8‎ 7,8‎ 5‎ 10,0‎ 83,9‎ 5,8‎
4‎ 1‎ 4‎ 3‎ 38‎ 1,19‎ 4,2‎ 34,0‎ 80,3‎ 8,1‎ 3‎ 5,8‎ 84,1‎ 6,1‎ 41, 77‎
5‎ 1‎ 4‎ 3‎ 38‎ 1,21‎ 4,3‎ 36,7‎ 78,3‎ 8,5‎ 4‎ 9,4‎ 83,8‎ 5,9‎
6‎ 1‎ 4‎ 4‎ 37‎ 1,16‎ 4,4‎ 34,6‎ 77,8‎ 8,8‎ 5‎ 6,1‎ 83,7‎ 5,5‎
7‎ 1‎ 4‎ 4‎ 36‎ 1,12‎ 4,6‎ 32,7‎ 78,4‎ 8,1‎ 5‎ 6,7‎ 84,4‎ 5,9‎ 91‎
8‎ 1‎ 4‎ 3‎ 38‎ 1,16‎ 4,4‎ 34,8‎ 78,2‎ 8,0‎ 4‎ 12,5‎ 83,7‎ 5,6‎
9‎ 1‎ 4‎ 4‎ 36‎ 1,13‎ 4,5‎ 33,2‎ 78,1‎ 7,9‎ 4‎ 6,4‎ 84,8‎ 6,2‎
10‎ 1‎ 4‎ 3‎ 38‎ 1,19‎ 5,0‎ 33,6‎ 78,7‎ 8,2‎ 4‎ 5,8‎ 82,0‎ 5,7‎
‎‎MIN 1‎ 3‎ 3‎ 36 1,12‎ 4,2‎ 32,7‎ 77,8‎ 7,9‎ 3‎ 5,8‎ 82,0‎ 5,5‎
‎‎MAX 1‎ 4‎ 4‎ 38‎ 1,21‎ 5,0‎ 36,7‎ 80,3‎ 8,8‎ 5‎ 12,5‎ 85,1‎ 6,7‎
AVERAGE (O‘rtacha) 37,2 1,16‎ 4,5‎ 34,15‎ 78,44‎ 8,21‎ 4,2‎ 7,95‎ 84,01‎ 5,89‎
STD. DEV. (O‘rtacha kvadrat og‘ish) 0,79‎ 0,03‎ 0,24‎ 1,20‎ 0,72‎ 0,32‎ 0,79‎ 2,22‎ 0,86‎ 0,37‎
CV % (O‘zgarish koeffitsiyenti) 2,12‎ 2,37‎ 5,24‎ 3,51‎ 0,92‎ 3,91‎ 18,78‎ 27,88‎ 1,02‎ 6,27‎
Classer (Klassifikator)__________________________ ‎ Liniya supervayzeri ________________________‎‎
Paxta tolasini sertifikatlash va tortish
tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
EXTMATTER (begona aralashmalar kodi) ustunida
klassifikator tomonidan ko‘rsatiladigan paxta tolasi
sifatining nuqsonlari kodlari

Nuqson nomi‎

Darajasi ‎

Kodi‎
1. Tola namunalari tuzilmasining tashqi ko‘rinish namunalariga nomuvofiqligi (PREPARATION)‎ Zaif
‎Kuchli
01
‎02‎
2. Tola namunalari tuzilmasining tashqi ko‘rinish namunalariga nomuvofiqligi‎ Rang
‎Qora shira
‎ Chiqindilar
‎ Ulyuk
‎Momiq
03
‎04
‎05
‎06
‎07‎
2. G‘o‘za poyasi po‘stlog‘i va cho‘pi mavjudligi (BARK/STALK)‎ Past
‎Yuqori
11
‎12‎
3. O‘tlar mavjudligi (GRASS)‎ Past
‎Yuqori ‎
21
‎22‎
4. Urug‘lar bo‘laklari mavjudligi (SEED-COATER fragments)‎ Past
‎Yuqori
‎Urug‘ uyasi ‎
31
‎32
‎33‎
5. Moylangan tola mavjudligi (OIL)‎ Zaif
‎ Kuchli ‎
41
‎42‎
6. Tolada qivchinlar mavjudligi (SPINDLE TWIST)‎ Past
‎ Yuqori ‎
51
‎52‎
7. Boshqa aralashmalar mavjudligi (OTHER) Past
‎Yuqori
‎ Xid
‎Tamg‘alash
‎ O‘rash ‎
61
‎62
‎63
‎64
‎65‎
8. Bitta toydagi tolaning har xil navi (TWO SIDED BALE)‎ 75‎
9. Chigitdan paxtani qayta ajratish (REGINNID)‎ 76‎
10. Tolani qayta presslash (REPACKED)‎ 77‎
11. Birinchi nav tolaning Iflos klassidan ortiqcha ifloslanishi (Below Grades)‎ 81‎
12. Ikkinchi nav tolaning Iflos klassidan ortiqcha ifloslanishi (Below Grades Light Spotted)‎ 82‎
13. Uchinchi nav tolaning Iflos klassidan ortiqcha ifloslanishi (Below Grades Spotted) 83‎
14. To‘rtinchi nav tolaning Iflos klassidan ortiqcha ifloslanishi (Below Grades Tinged) 84‎
15. Beshinchi nav tolaning Iflos klassidan ortiqcha ifloslanishi (Below Grades Yellow Stained)‎ 85‎
16. Chigitdan paxtani valikli ajratishda olingan o‘rta tolali paxta (UPLAND – PIMA GIN)‎ 91‎
17. Chigitdan paxtani arrali ajratishda olingan uzun tolali paxta (PIMA- UPLAND GIN)‎ 92‎
18. O‘rta tolali paxtada uzun tolali Podmeska (PIMA- UPLAND) ‎ 93‎
19. Uzun tolali chirik paxta (FIRE DAMAGED – PIMA)‎ 94‎
20. Suv bilan zararlangan uzun to�ali paxta (WATER DAMAGED – PIMA) ‎ 95‎
21. Uzun tolali paxtada o‘rta tolalining aralashuvi (UPLAND – PIMA) ‎ 96‎
22. O‘rta tolali chirik paxta (FIRE DAMAGED – UPLAND)‎ 97‎
23. Suv bilan zararlangan o‘rta tolali paxta (WATER DAMAGED – UPLAND) ‎ 98‎
Paxta tolasini sertifikatlash va tortish
tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
Paxta tolasini Sinab ko‘rish dalolatnomasi protokoli shakli
(To‘ldirish namunasi)

‎‎“ TASDIQLAYMAN”
_________________________________
‎Sifat markazi laboratoriyasi boshlig‘i
‎ № UZ.AMT.07.MAI.475 (___________)

‎‎‎(laboratoriya kodi)

‎‎_________________________________
(manzil)

‎‎________________ M.O‘.
‎imzo

_________
‎F.I.O.‎‎

‎‎______-son Sinab ko‘rish protokoli

‎‎_______________ sh.

200__ y. “___” ________________


‎‎‎Tayyorlovchining nomi ________________________
‎paxta tozalash zavodi kodi


‎‎‎200 ___ yil hosili


‎‎‎‎Sinab ko‘rish natijalari:

Turkum t/r‎ Toyar soni (ta)‎ Netto massasi (kg) ‎ Seleksiya kodi ‎ Tipi‎ Navi/klassi‎ Shtapel uzunligi, kodlarda‎ Mikroneyr‎ Izoh
26‎ 222‎ 49988‎ 52‎ 5‎ 1/o‘rta‎ 35‎ 4,4‎


‎Liniya supervayzeri‎‎


‎‎‎_________‎
‎imzo


‎‎M.O‘.


‎‎______________________________
‎F.I.O.

‎‎Klassifikator

‎‎‎ __________
‎‎‎imzo

‎‎_____________________________
‎F.I.O.

Paxta tolasini sertifikatlash va tortish
tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA
Muvofiqlik sertifikatini to‘ldirish namunasi
Paxta tolasini sertifikatlash va tortish
tartibi to‘g‘risidagi nizomga
7-ILOVA
Muvofiqlik sertifikatiga ilova shakli

‎‎_____-son Muvofiqlik sertifikatiga
‎ ILOVA

Davlat reyestri tartib raqami __________________

‎‎____________ sh.

‎‎200__ y. “____” ___________


‎‎‎Mahsulot nomi: Paxta tolasi

Zavod/ turkum t/r ‎‏ Toylar soni, dona‎‏ Turkumning netto massasi (kg) ‎‏ Sifat nazorati natijalari Izoh
‎‎ Tipi‎‎ ‎‎ Shtapel uzunligi, kodlarda‎ Mikroneyr ‎ ‎‏ Navi/ Klassi ‎‎




‎‎‎“Sifat” markazi Sertifikatlash
‎ organining ________________ mintaqaviy
‎laboratoriyasi vakolatli vakili

__________
‎imzo‎

M.O‘.‎

‎‎________________________________
‎F.I.O.

Paxta tolasini sertifikatlash va tortish tartibi
to‘g‘risidagi nizomga
8-ILOVA

Paxta tolasining O’z DSt 604 talablariga nomuvofiqligi to‘g‘risidagi
‎ xabarnoma shakli
‎________________________________________________________________________________________
‎“Sifat” markazi laboratoriyasining nomi

‎Paxta tolasining O’z DSt 604 standarti talablariga
‎nomuvofiqligi to‘g‘risidagi
‎– son BILDIRIShNOMA


‎‎200___ yil “____” _________________ ‎‎

‎‎
Biz, quyida imzo chekuvchilar — “Sifat” markazi vakillari, Sizga xabar qilamizki, -______ son turkum bo‘yicha ______________

‎‎__________________________________________________________________________________________
paxta tozalash zavodining nomi va kodi‎

paxta tozalash zavodida olingan paxta tolasi namunalarini ko‘rib chiqishda ularning O’z DSt 604 talablariga quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha nomuvofiq deb hisobladik:

‎‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________


‎‎‎Mintaqaviy laboratoriya ‎boshlig‘i



‎________________ M.O‘.
‎imzo‎


‎‎‎‎
________________________________________
‎F.I.O
‎‎

Klassifikator ‎

____________________
‎imzo‎

________________________________________
‎F.I.O.‎
Paxta tolasini sertifikatlash va tortish
tartibi to‘g‘risidagi nizomga
9-ILOVA
Paxta tolasining inspeksiya dalolatnomasi shakli

‎‎“TASDIQLAYMAN”
‎________________________________
‎“Sifat” markazi laboratoriyasi boshlig‘i
‎ № UZ.AMT.07.MAI.475 (___________)

(laboratoriya kodi) ‎

‎‎___________________________________
‎(manzil)

_____________ M.O‘.

__________________‎

‎imzo‎‎

‎F.I.O.‎

‎‎200 __ y. “____” ___________

______________ sh.

‎‎PAXTA TOLASINING INSPEKSIYA DALOLATNOMASI
‎ ______- SON

‎‎
‎Buyurtmachi _______________________________________________________________________________

‎‎Ushbu dalolatnoma tasdiqlaydiki, paxta tolasi

‎‎____________________________________________________ paxta tozalash zavodi 200 ___ yil hosili
‎(nomi va kodi)


‎‎‎Turkum t/r __________ Toylar soni __________ Netto massasi ___________
‎navi _____________ Klassi ___________ Shtapel uzunligi ________
Mikroneyr ____________‎
‎‎Tolaning (O’z DSt 604 standarti talablariga javob bermaydigan) tavsifi‎

‎‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________



‎Liniya supervayzeri‎



‎_______________ M.O‘.
‎imzo



‎____________________
F.I.O.

Klassifikator‎

_______________
imzo

___________________
‎F.I.O.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son qaroriga
5-ILOVA
Paxta tolasini ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallarida bir yo‘la saqlash
HAJMI
T/r‎ Terminal nomi ‎ Mintaqalar ‎ 2006-yil 1
‎ avgustdagi holatiga ko‘ra
‎terminallarda
‎ bir yo‘la saqlash hajmi ‎
Bir yo‘la saqlashga
‎ qo‘shimcha
‎ topshiriladigan
‎hajmlar ‎
1.‎ “Paruaz” ochiq aksiyadorlik jamiyati ‎ Qoraqalpog‘iston
‎Respublikasi ‎‏
7,0‎
2.‎ “Qoraqalpoq tola” mas’uliyati cheklangan jamiyat ‎ 5,0‎
3.‎ “Andijon tola” mintaqaviy paxta terminali ‎ Andijon
‎ viloyati‎
30,7‎ 10,0‎
4.‎ “Buxara Trans Terminal” Ishlab chiqarish-transport kompaniyasi mas’uliyati cheklangan jamiyat ‎ Buxoro
‎ viloyati ‎
30,0‎ 5,0‎
5.‎ “Paxtakor tola bazasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat‎ Jizzax
‎ viloyati ‎‏
10,5‎
6.‎ “Olg‘a” mas’uliyati cheklangan jamiyat‎ 10,0‎
7.‎ “Nishon tolasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎ Qashqadaryo ‎
‎ viloyati‎‎‏
‎‏
12,0‎
8.‎ “Qamashi tola” mintaqaviy paxta terminalining shu’ba korxonasi ‎ 12,6‎
9.‎ “Qarshi-Tola” mintaqaviy paxta terminalining shu’ba korxonasi ‎ 22,0‎
10.‎ “Navoiy tola” mas’uliyati cheklangan jamiyat‎ Navoiy
‎viloyati ‎
7,0‎
11.‎ “Inter tola” mas’uliyati cheklangan jamiyat‎ Namangan
‎viloyati ‎
35,0‎
12.‎ “Samarqand tola” mas’uliyati cheklangan jamiyat‎ Samarqand
‎ viloyati ‎‏
10,‎
13.‎ “Ulug‘b�k-tola” mas’uliyati cheklangan jamiyat‎ 12,0‎
14.‎ “Muzrabod tola bazasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat‎ Surxondaryo
‎ viloyati ‎‏
12,0‎
15.‎ “Jarqo‘rg‘on tola bazasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat‎ 20,0‎
16.‎ “Sirdaryo-Oqoltin Tola” mas’uliyati cheklangan jamiyat‎ ‎‏Sirdaryo
‎ viloyati
10,0‎
17.‎ “Oqoltin paxta mahsulotlari bazasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati qo‘shma korxonasi ‎ 45,0‎
18.‎ “Toshkent tola yopiq paxta terminali” mas’uliyati cheklangan jamiyat‎ Toshkent
‎ viloyati ‎
35,0‎ 10,0‎
19.‎ “Farg‘ona tola bazasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat‎ Farg‘ona
‎viloyati ‎‏
10,0‎
20.‎ “Qo‘qon tola bazasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat‎ 15,0‎ 3,0‎
21.‎ “Xorazm tola” mas’uliyati cheklangan jamiyat‎ Xorazm
‎ viloyati ‎‏
12,5‎
22.‎ “Urganch-tola” mas’uliyati cheklangan jamiyat‎ 10,0‎
Respublika bo‘yicha jami: 372,8‎ 28,0‎
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son qaroriga
6-ILOVA
O‘z kuchini yo‘qotgan qonun hujjatlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 3-iyundagi 240-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga paxta tolasini sotish mexanizmi to‘g‘risida” 2003-yil 16-oktabrdagi 447-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y, 10-son, 98-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 3-iyundagi 240-son qaroriga qisman o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2003-yil 18-oktabrdagi 450-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”2004-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 90-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga 1-ilovaning 37 va 66-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 19-oktabrdagi 232-son qarorining 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 56-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 19-oktabrdagi 232-son qarori)” 2005-yil 29-dekabrdagi 283-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 67-modda).
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik sanoati korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish va ularga paxta tolasi sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-330-son qarorining 7-bandi, 11-bandining birinchi xatboshi hamda qarorga 5 va 6-ilovalar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 36-son, 359-modda; 2008-y., 10-11-son, 58-modda, 52-son, 515-modda; 2010-y., 52-son, 513-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2015-y., 52-son, 646-modda)