1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar bo‘yicha savdo;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar ko‘rsatish]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “PAXTA TOLASINI XORIJIY INVESTITSIYaLAR IShTIROKIDAGI KORXONALARGA SOTISh MEXANIZMINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2005 YIL 19 OKTYABRDAGI 232-SON QARORI)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 19-oktabrdagi 232-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga paxta tolasini sotish mexanizmi to‘g‘risida” 2003-yil 16-oktabrdagi 447-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 98-modda) 2-bandining oltinchi xatboshidagi “Liverpul paxta birjasidagi” so‘zlari “Kotton Outlok”da” e’lon qilinadigan “A” indeksi va uning O‘zbekistondagi komponenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 90-modda) bilan tasdiqlangan Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning10-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotiladigan paxta tolasiga shartnomaviy narxlar, yuklab jo‘natish sanasida “Kotton Outluk”da e’lon qilinadigan “A” indeksi va uning O‘zbekistondagi komponenti kotirovkalariga muvofiq vujudga keladigan jahon narxlaridan kelib chiqqan holda 15 foiz miqdoridagi chegirma bilan belgilanadi”.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 29-dekabr,
283-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 390-modda)