toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN XALQARO TIKLANISh VA TARAQQIYOT BANKI OʻRTASIDA TUZILGAN ZAYoM TOʻGʻRISIDAGI BITIM DOIRASIDA PAXTAChILIKNI TAKOMILLAShTIRISh LOYIHASINI AMALGA OShIRISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Paxtachilikni yanada rivojlantirish va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) beradigan zayom resurslaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan XTTB oʻrtasida tuzilgan Zayom toʻgʻrisidagi bitimga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-maydagi 160-son qaroriga muvofiq tayyorlangan Paxtachilikni takomillashtirish loyihasi (keyingi oʻrinlarda paxta loyihasi deb ataladi) 1 va 1a-ilovalar*ga muvofiq maʼqullansin.
* 1 va 1a-ilovalar berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Markaziy Osiyo Urugʻchilik Kompaniyasini loyiha qatnashchisi sifatida kiritish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band birinchi xatboshi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-sentabrdagi390-sonli qaroriga muvofiq toʻldirilgan)
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, loyihani amalga oshirish muddati 5 yil, loyihaning umumiy qiymati 84,59 mln AQSh dollari, shu jumladan:
66,12 mln AQSh dollari — 5 yillik imtiyozli davrni ham qoʻshganda XTTBning 20 yil muddatga zayom sifatida ajratadigan ulushi;
18,47 mln AQSh dollariga teng miqdorda milliy valyutadagi mablagʻ — Oʻzbekiston Respublikasining ulushi, undan 10,75 mln AQSh dollari respublika budjetidan beriladigan kredit va 7,72 mln AQSh dollari urugʻchilik korporatsiyalari va xoʻjaliklarining mablagʻlari.
Belgilab qoʻyilsinki, zayom mablagʻlari va respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar paxta loyihasini amalga oshiruvchi tashkilotlarga qaytarish asosida beriladi.
3. Paxta loyihasi doirasida mablagʻlarni vazirliklar, idoralar va davlatga qarashli boʻlmagan sektor tashkilotlari oʻrtasida taqsimlash sxemasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, XTTBning mazkur loyiha doirasidagi zayom mablagʻlari transhlar bilan beriladi va xarajatlarni qoplash rejalari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va XTTB tomonidan loyihada belgilangan muddatlarda tasdiqlanadi.
4. Vazirlar Mahkamasi huzurida 3-ilovaga* muvofiq xodimlar soni va apparat tuzilmasiga ega boʻlgan yuridik shaxs huquqidagi Paxta loyihasini amalga oshirish agentligi tashkil etilsin.
* 3-ilova berilmaydi.
Paxta loyihasini amalga oshirish agentligi sarf-xarajatlari loyihani amalga oshirishga ajratiladigan mablagʻlar hisobiga milliy valyutada amalga oshirilsin.
Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi (FTDQ) binosiga, X. Sulaymonova koʻchasi, 29-uyga joylashtirilsin.
FTDQ Agentlikni ijara shartlarida xizmat xonalari bilan taʼminlasin.
Aloqa vazirligi Paxta loyihasini amalga oshirish agentligini zarur aloqa vositalari, shu jumladan xalqaro telekommunikatsiya tarmogʻiga chiqadigan aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
5. Paxta loyihasini amalga oshirish agentligiga quyidagi huquqlar berilsin:
vazirliklar va idoralarning loyihani amalga oshirishga oid faoliyatini muvofiqlashtirish;
mazkur loyiha doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
banklarda hisob-kitob va valyuta schyotlarini ochish;
yuqori malaka talab qiladigan ishlar uchun Agentlik xodimlarining lavozim maoshiga 70 foizgacha miqdorda ustama haq belgilash.
6. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir hafta muddatda Paxta loyihasini amaliy oshirish agentligi uchun milliy valyutada schyot (Paxta loyihasi schyoti) va AQSh dollarida maxsus depozit schyot ochsin.
Maxsus depozit schyotga omonatlar qoʻyish va bu schyotdan toʻlovlar toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasidagi Zayom toʻgʻrisidagi bitim qoidalariga muvofiq amalga oshirilsin.
7. Elita-urugʻchilik xoʻjaliklarining ularning negizida 4-ilovaga muvofiq urugʻchilik korporatsiyalari tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
respublika budjetidan paxta loyihasini amalga oshirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni alohida moddaga ajratsin;
Zayom toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq urugʻchilik korporatsiyalari bilan subzayom bitimlari tuzsin;
zayom mablagʻlari sarflanishi ustidan har oyda nazorat qilib borsin, paxta loyihasi schyotidagi depozit summasini loyihani amalga oshirishga yoʻnaltirilgan amaldagi xarajatlar toʻgʻrisida taqdim etilgan hisobotlar asosida oʻz vaqtida toʻldirib borsin;
bir oy muddatda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Paxta loyihasini amalga oshirish agentligi bilan birgalikda XTTB va respublika budjetidan beriladigan zayom mablagʻlarini berish, ulardan foydalanish hamda ularni qaytarish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
9. Paxta loyihasini amalga oshirish agentligi:
ikki hafta muddatda Agentlik toʻgʻrisidagi nizom loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining topshirigʻiga binoan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan subzayom mablagʻlarni berish va toʻlashni (asosiy summa va foizlarni), shu jumladan urugʻchilik korporatsiyalari tomonidan olinadigan zayom mablagʻlari toʻlanishi va qaytarib berilishini nazorat qilish boʻyicha agentlik shartnomasi tuzsin;
10. Asbob-uskunalar, texnika, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va boshqa materiallarni sotib olish uchun xalqaro hamda mahalliy tanlov savdolarini tashkil etish boʻyicha tender komissiyasi tarkibi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Komissiya tender savdolarini loyihada nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshirsin.
* 5-ilova berilmaydi.
11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi huzurida qishloq xoʻjaligi ekinlari yangi navlari hamda gibridlarini roʻyxatga olish va muhofaza qilish boʻlimini tashkil qilsin;
Respublika paxta urugʻchiligi nazorati stansiyasi negizida loyihada nazarda tutilgan xodimlar soni doirasida viloyatlarda boʻlinmalari boʻlgan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazini tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
13. “Oʻzdavstandart” markazi:
loyihada nazarda tutilgan muddatlarda urugʻlikni va paxta mahsulotini sertifikatsiyalash mintaqaviy laboratoriyalari tashkil etilishiga koʻra paxta tolasini xalqaro standartlar boʻyicha sertifikatsiyalanishi shart boʻlgan mahsulotlar roʻyxatiga kiritsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda sertifikatlarda aks ettirish uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlarni aniqlasin va sertifikatning tegishli shaklini tasdiqlasin.
14. 1996-yil hosilidan boshlab 4-ilovada koʻrsatib oʻtilgan urugʻchilik korporatsiyalari xoʻjaliklari paxta tolasi va boshqa paxta mahsulotlarini davlat ehtiyojlari uchun yetkazib berishdan ozod qilinsin. Xoʻjaliklar paxta tolasini erkin narxlarda sotishdan olgan daromadlar faqat paxta loyihasini amalga oshirishga va keyinchalik zayom mablagʻlarini toʻlashga yoʻnaltirilsin.
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi paxta tolasi va boshqa paxta mahsulotini ishlab chiqarish hamda taqsimlash balanslarini mazkur xoʻjaliklar paxta mahsulotini davlat ehtiyojlari uchun yetkazib berishdan ozod etilishini hisobga olgan holda ishlab chiqsin.
15. Paxta loyihasini amalga oshirishda ishtirok etayotgan tashkilotlar paxta loyihasi doirasida import qilinadigan tovarlardan olinadigan boj poshlinasidan ozod qilinsinlar.
16. Urugʻchilik korporatsiyalari va paxta tolasi sifatini baholovchi mintaqaviy laboratoriyalar roʻyxatga olingan vaqtdan boshlab soliqlarning barcha turlarini toʻlashdan besh yilga ozod qilinsinlar, yer soligʻi va suv soligʻi bundan mustasno.
17. Respublikada 1996-yil paxta hosilidan olinadigan barcha urugʻlik chigitga erkin (shartnomaviy) narxlar joriy qilinsin.
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar loyihaning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taʼminlasinlar,
19. Vazirlar Mahkamasining Dehqonchilik sanoati kompleksi yilning har choragida loyihani amalga oshirishning borishini koʻrib chiqsin.
20. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 31-oktabr,
421-son
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 31-oktabrdagi 421-son qaroriga
4-ILOVA
Urugʻchilik korporatsiyalarini tashkil etuvchi muassis xoʻjaliklar
ROʻYXATI
Buxoro viloyati, Buxoro tumani
“Madaniyat”
T. Hotamov nomidagi
“Mustaqil Oʻzbekiston”
“Doʻstlik”
Namangan viloyati, Namangan tumani
“Navbahor”
“Oʻzbekiston”
Q. Soliyev nomidagi
Surxondaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tumani
S. Boymatov nomidagi
“Qumqoʻrgʻon”
I. Mirzayev nomidagi
“Besh qahramon”
Sh. Mirzayev nomidagi
Toshkent viloyati, Oʻrta Chirchiq tumani
“Haqiqat”
“Qaytmas”
A. Ikromov nomidagi
“Istiqbol”
Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumani
Gʻ. Gʻulom nomidagi
“Paxtaqaynar”
S. Azizov nomidagi
“Gʻaniobod”
“Oʻqchi”
Markaziy Osiyo Urugʻchilik Kompaniyasi ishtirokidagi paxtachilikni takomillashtirish loyihasini amalga oshirishga jalb qilinayotgan urugʻchilik xoʻjaliklari
roʻyxati
Sirdaryo viloyati
Sayxunobod tumani:
Sultonov nomidagi
T. Gʻulomov nomidagi
“Shoʻroʻzak”
“Birlashgan”
Boyovut tumani:
“Boyovut-1”
Toshkent viloyati
Chinoz tumani:
Oxunboboyev nomidagi
“Oʻzbekiston”
S. Rahimov nomidagi
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-sentabrdagi 390-sonli qaroriga muvofiq roʻyxat bilan toʻldirilgan)