toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2006
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XORIJIY INVESTITSIYaLAR IShTIROKIDAGI KORXONALARGA PAXTA TOLASINI SOTISh MEXANIZMI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ–456-son “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyundagi 240-son qaroriga muvofiq va respublika hududida joylashgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilgan va sotilgan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 3-iyundagi 240-son qaroriga muvofiq xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga paxta tolasi tuzilgan shartnomalar asosida tashqi savdo kompaniyalari tomonidan faqat mintaqaviy ixtisoslashtirilgan paxta terminallaridan erkin muomaladagi valyutaga sotilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga paxta tolasini sotishning quyidagi tartibi belgilansin:
paxta tolasi respublika hududida joylashgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga ularning buyurtmanomalariga muvofiq cheklanmagan hajmlarda sotiladi;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona tegishli tashqi savdo kompaniyalariga hajmi, navi, tiplari va boshqa sifat ko‘rsatkichlarini ko‘rsatgan holda paxta tolasini joriy yilning sentyabr—dekabr oylarida xarid qilish uchun 1-iyulgacha va paxta tolasini keyingi yilning yanvar—avgust oylarida xarid qilish uchun 1-dekabrgacha paxta tolasini xarid qilish yuzasidan har yili buyurtmanoma taqdim etadi;
tashqi savdo kompaniyalari “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan tuziladigan bosh bitimda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar buyurtmanomalarini to‘liq hajmda hisobga oladilar;
tashqi savdo kompaniyalari bosh bitimga muvofiq, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar bilan paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan sentyabr—dekabr va yanvar—avgust oylari davri uchun alohida-alohida shartnoma tuzadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
paxta tolasi tashqi savdo kompaniyasi bilan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona o‘rtasida imzolangan shartnomalarga qat’iy muvofiq, yuklab jo‘natish sanasida “Kotton Outlok”da e’lon qilinadigan “A” indeksi va uning O‘zbekistondagi komponenti kotirovkaga ko‘ra shakllanadigan jahon narxlari bo‘yicha 15 foiz miqdoridagi chegirma bilan yetkazib beriladi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-dekabrdagi 283-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 390-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-sentabrdagi 414-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 34-35-son, 396-modda)
3. Tashqi savdo kompaniyalari tomonidan paxta tolasi erkin muomaladagi valyutaga sotiladigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Paxta tolasini sotishning ko‘rsatib o‘tilgan tartibi yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi barcha korxonalarga tatbiq etilishi belgilab qo‘yilsin.
4. Belgilansinki, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi savdo kompaniyalaridan chegirma bilan sotib olingan paxta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi va ular qayta sotilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi savdo kompaniyalaridan sotib olingan paxta tolasidan maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi "O‘zbekyengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 16-oktabr,
447-son
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 16-oktabrdagi
447-son qaroriga
ILOVA
Tashqi savdo kompaniyalari tomonidan paxta tolasi erkin muomaladagi valyutaga sotiladigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar
RO‘YXATI
"O‘zbekyengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari
1. “Qabul-O‘zbek Ko” qo‘shma korxonasi
2. “Qabul-Farg‘ona Ko” qo‘shma korxonasi
3. “Chinoz to‘qimachi” qo‘shma korxonasi
4. “Oq saroy to‘qimachi” qo‘shma korxonasi
5. “Olotteks” qo‘shma korxonasi
6. “Asnamtekstil” qo‘shma korxonasi
7. “Papfen” qo‘shma korxonasi
8. “Karakulteks” qo‘shma korxonasi
9. “Midateks” qo‘shma korxonasi
10. “Unixo” qo‘shma korxonasi
11. “Baliqchi” AJ bazasidagi qo‘shma korxona
12. “Iskovut” qo‘shma korxonasi
13. “Xonteks” qo‘shma korxonasi
14. “Barakat-Alfa” qo‘shma korxonasi
15. “Beshteks” qo‘shma korxonasi
Paxtani qayta ishlaydigan boshqa korxonalar
1. “DEU Tekstaylz Ko” xorijiy korxonasi
2. “Oyimtekstil” qo‘shma korxonasi
3. “Le-Uat-De-Buxoro” qo‘shma korxonasi
4. “Sarbonteks” qo‘shma korxonasi
5. “Samjinteks” qo‘shma korxonasi
6. “Shonali Tekstil LTD” qo‘shma korxonasi
7. “Xorazm-Nurton” qo‘shma korxonasi
8. “O‘zmedkotton” qo‘shma korxonasi
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 20-son, 188-modda; 2004-y., 34-35-son, 396-modda; 2005-y., 52-son, 390-modda)