Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
13.08.2025
11.12.2023
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2025
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.03.00 Tovarning kelib chiqish joyi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrug‘i
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 7-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3482]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 11-avgustdagi 20-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3664, 11.08.2025-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir A. TASHKULOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 7-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-mh-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 7-dekabrdagi 21-mh-son buyrug‘iga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qoidalar tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun — O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat muassasasi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnoma — tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma, shuningdek avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar kelib chiqqan joy nomi — mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa jo‘g‘rofiy obyektning (bundan buyon matnda jo‘g‘rofiy obyekt deb yuritiladi) tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestr — Tovar kelib chiqqan joy nomlari davlat reyestri.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni tuzish va topshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Talabnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatga olinadigan belgi jo‘g‘rofiy obyektning zamonaviy nomi, ushbu obyektning tarixiy nomi yoki ulardan kelib chiqqan nom bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatga olinadigan belgi qo‘shimcha ravishda tovarning turiga oid belgini ko‘rsatib turishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatga olinadigan belgilar, agar ularning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovarni anglatish uchun ishlatilsa, tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qonunning 11-moddasiga muvofiq quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin emas:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tovar kelib chiqqan joy xususida iste’molchini chalg‘itib qo‘yadigan jo‘g‘rofiy nom bo‘lgan belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman ko‘rsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tovar tayyorlangan joy nomi bilan bog‘liq bo‘lmagan jo‘g‘rofiy nomni anglatuvchi va O‘zbekiston Respublikasida muayyan turdagi tovar belgisi sifatida umum foydalanishda bo‘lgan belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) shu turdagi tovarga nisbatan tovar kelib chiqqan joy nomi yoki geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qonunning 8-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnomalarning quyidagi turlari mavjud:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qonunning 9-moddasi birinchi qismiga muvofiq tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun beriladigan talabnoma bir tovar kelib chiqqan bir joy nomiga taalluqli bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Talabnoma quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqidagi ariza (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) talabnomada ko‘rsatilgan belgi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tovar ishlab chiqarilgan joyni jo‘g‘rofiy obyekt chegarasida ko‘rsatgan holda tovar kelib chiqqan joy nomini yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish yoxud avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish so‘ralayotgan tovar turining nomi hamda uning alohida xususiyatlari tavsifi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) talabnoma patent vakili orqali berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) talabnoma beruvchining zikr etilgan jo‘g‘rofiy obyektda joylashganligini va alohida xususiyatlari mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan bog‘liq tovar ishlab chiqarishini tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) chet ellik talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan joyning talabnomada ifodalangan nomidan tovar kelib chiqqan mamlakatda foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Talabnoma berganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslari tomonidan patent boji to‘langanligi qo‘shimcha hujjat talab qilmasdan Vazirlik tomonidan axborot tizimlari orqali mustaqil ravishda tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan talabnomaga belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Talabnomaning tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma ushbu Qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma mazkur Qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma Vazirlikka kelib tushgandan keyin rekvizitlar kiritilishi uchun “Talabnoma” so‘zidan yuqorida joylashgan grafalar talabnoma beruvchi tomonidan to‘ldirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ma’lumotlar ko‘pligi sababli, ularni tegishli grafalarda to‘liq joylashtirish imkoni bo‘lmasa, ular o‘sha shakl bo‘yicha qo‘shimcha varaqda keltiriladi va talabnomaning tegishli grafasida “davomi qo‘shimcha varaqda” deb ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Talabnoma beruvchi” grafasida talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar (yuridik shaxsning to‘liq nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi) keltiriladi, bunda familiya ismdan avval ko‘rsatiladi. Talabnoma beruvchining nomi davlat tilida ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, talabnomada talabnoma beruvchining pochta manzili, shu jumladan mamlakatning rasmiy nomi, telefon va faks raqamlari hamda elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘z nomlariga tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish va/yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish so‘ralayotgan O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlari uchun Korxona va tashkilotning umumdavlat tasnifi kodi (KTUT kodi) (agar mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi. Agar bunday kod mavjud bo‘lmasa, talabnomaning tegishli joyida “mavjud emas” deb ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘z nomlariga tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish va/yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish so‘ralayotgan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashaydigan (joylashgan) chet el jismoniy (yuridik) shaxslari uchun Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (BIMT) ST.3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi ko‘rsatiladi (agar mavjud bo‘lsa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. “Yozishmalar olib borish uchun manzil” grafasida yozishmalar olib borish uchun pochta indeksi ko‘rsatilgan manzil, xat oluvchining ismi yoki nomi, telefon, faks raqamlari va elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi. Yozishmalar olib borish uchun manzil sifatida O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi talabnoma beruvchi-jismoniy shaxsning yashash manzili, O‘zbekiston Respublikasida joylashgan talabnoma beruvchi-yuridik shaxsning joylashgan joyi yoxud Vazirlikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan patent vakilining manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. “Patent vakili” grafasi talabnoma beruvchi tomonidan patent vakili tayinlangan holda to‘ldiriladi va u haqidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, Vazirlikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqami) keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Patent vakilining manzili” grafasida patent vakilining pochta indeksi ko‘rsatilgan manzili, telefon, faks raqamlari va elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa) keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “Talabnoma berilgan belgi” grafasida talabnoma berilgan belgi odatdagi shriftda yozilgan holda keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. “Tovar turi yoki muayyan tovar” grafasida Qonunning 9-moddasi ikkinchi qismi beshinchi xatboshisiga muvofiq tovar kelib chiqqan joy nomi uchun mo‘ljallangan tovar (tovarlar) ko‘rsatilishi kerak. Bunda, alohida xususiyatlarga jo‘g‘rofiy obyektning (tamomila yoki asosan) tabiiy sharoitlari va/yoki boshqa omillari asosida ega bo‘lgan, haqiqatda ishlab chiqarilayotgan tovarlargina ko‘rsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Qonunning 9-moddasi ikkinchi qismi beshinchi xatboshisiga muvofiq taqdim etilayotgan tavsifda belgisi ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan tovarning o‘ziga aynan o‘xshash tovarlardan farqlaydigan alohida xususiyatlari ro‘yxati keltiriladi. Bunda, tovarning alohida xususiyatlari ushbu jo‘g‘rofiy obyekt uchun xos bo‘lgan tabiiy sharoitlar va/yoki boshqa omillarga bog‘liq ekanligi anglashilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarning xususiyatlari umum qabul qilingan maxsus terminologiyaga muvofiq aniq va ravshan ta’riflanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tavsif axborot ko‘rinishida bo‘lishi, xususan ushbu jo‘g‘rofiy obyektda xom ashyoning, tegishli iqlim, geologik yoki boshqa tabiiy sharoitlarning hamda tovarni an’anaviy usulda tayyorlay oladigan odamlarning (jamoaning) mavjudligini ko‘rsatishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ma’danli suvning alohida xususiyatlarini tavsiflashda ushbu Qoidalarning 8-bandi “b” kichik bandida ko‘rsatilgan hujjatlarda tovarning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) organoleptik xususiyatlari (ta’mi, rangi, hidi yoki ushbu xususiyatlarning mavjud emasligi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ion tarkibining qisqacha ta’rifi (“dan” “gacha” oralig‘ida berilishi zarur);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ma’danlashganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) gaz tarkibi, mikroelementlar, radioaktiv elementlar, organik moddalar, faol reaksiyaning va oksidlanish-qaytarilish potensialining ta’rifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) balneologik xususiyatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Talabnomada tovar ishlab chiqarilayotgan joy ko‘rsatilishi lozim. Tovar ishlab chiqarilayotgan joy jo‘g‘rofiy obyektning chegaralarini ko‘rsatish yo‘li bilan tavsiflanishi mumkin. Jo‘g‘rofiy obyektning chegaralari koordinatalar, joyning tabiiy chegaralari — daryolar, tog‘lar, ko‘llar ko‘rsatilgan holda, ma’muriy chegaralar, ko‘p yillik inshootlar, kommunikatsiyalar yordamida tavsiflanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. “Ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati” grafasi tegishli katakchalarda “X” belgisini qo‘yib chiqish orqali va ilova qilinayotgan hujjatlardagi varaqlar soni ko‘rsatilgan holda to‘ldiriladi. Talabnoma shaklida ko‘zda tutilmagan hujjatlar ilova qilinganda, ularning aniq maqsadi “boshqa hujjat” o‘rnida ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qonunning 9-moddasi uchinchi qismi to‘rtinchi xatboshisiga muvofiq talabnomaga ilova qilinadigan hujjatlarda talabnoma beruvchi ko‘rsatilgan jo‘g‘rofiy obyektda joylashganligi, shuningdek alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovar ishlab chiqarayotganligi tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Bunda, ushbu hujjatlar tovarni tayyorlovchining nomi tovarni belgilash uchun qo‘llangan jo‘g‘rofiy obyektning chegaralarida joylashganini tasdiqlaydigan tashkilot tomonidan taqdim etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, mazkur hujjatlar bitta yoki bir nechta tashkilotlar tomonidan taqdim etilishi mumkin (masalan, talabnoma beruvchining yashash yoki joylashgan joyi, shuningdek vakolatli davlat organining tovar ishlab chiqarish chegaralari haqidagi xulosasi yoki tovarning alohida xususiyatlari haqida boshqa tashkilotlarning xulosalari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qonunning 9-moddasi uchinchi qismi beshinchi xatboshisiga muvofiq xorijiy talabnoma beruvchining talabnoma berilgan tovar kelib chiqqan joy nomiga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat sifatida tovar kelib chiqqan mamlakatning vakolatli davlat organi tomonidan berilgan, tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat mazkur Qoidalarning 25-bandi talablarini inobatga olgan holda taqdim qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Talabnomaning “Imzo” grafasini imzo qo‘yilgan sana ko‘rsatilgan holda to‘ldirish majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan talabnoma tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi ko‘rsatilgan holda imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma patent vakili orqali berilganda, talabnoma patent vakili tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imzo imzolovchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilgan holda ochib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnomada qo‘shimcha varaqlar mavjud bo‘lsa, ular ham xuddi shu tartibda imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Hujjatlarni taqdim etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Talabnoma berilgan belgini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi ariza davlat tilida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar talabnoma hujjatlari xorijiy tilda taqdim etilgan bo‘lsa, talabnomaga ularning davlat tilidagi tarjimasi, talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi bilan tasdiqlangan holda ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar xorijiy tildagi talabnoma hujjatlariga ularning tarjimasi ilova qilinmasdan taqdim etilgan bo‘lsa, tarjima keyinchalik taqdim etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, xorijiy tilda topshirilgan hujjatlar, agar ularning tarjimalari ushbu xorijiy tildagi hujjatlar kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy ichida taqdim qilinsa, hujjatlar Vazirlikka kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi, aks holda hujjatlar, ularning tarjimalari kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Talabnomani topshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Talabnoma yuridik va jismoniy shaxslar — talabnoma beruvchilar tomonidan Vazirlikka axborot tizimi orqali topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida foydalanilayotgan jo‘g‘rofiy obyektda joylashgan yuridik va jismoniy shaxslar, agar ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar Qonunning 5-moddasi talablariga muvofiq bo‘lsa, ular Qonunning 6-moddasi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlariga binoan tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma topshirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Talabnoma bevosita talabnoma beruvchi tomonidan yoki Vazirlikda ro‘yxatdan o‘tgan patent vakili orqali topshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashovchi jismoniy shaxslar yoki chet ellik yuridik shaxslar yoxud ularning patent vakillari tovar kelib chiqqan joy nomlarini va tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini yuritishni hamda bu ishlar bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni Vazirlikda ro‘yxatdan o‘tgan patent vakillari orqali amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent vakili orqali topshirilayotgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va uning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma yoxud ishonchnomaning qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan nusxasi ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik va Davlat muassasasi oldida vakillik qilish uchun O‘zbekiston Respublikasida rasmiylashtiriladigan ishonchnoma oddiy yozma shaklda tuziladi va notarial tarzda tasdiqlanishi talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtda yoki talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab ikki oydan kechiktirmay taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan jismoniy shaxsga yoki chet el yuridik shaxsiga vakillik qilish uchun Vazirlikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan patent vakiliga ushbu jismoniy yoki yuridik shaxsning o‘zi tomonidan yoxud ularning patent vakili tomonidan ishonchnoma yoki ishonchnomaning qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan nusxasi berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishonchnoma Vazirlikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bir nechta patent vakillari nomiga berilgan bo‘lsa, u holda talabnoma bo‘yicha tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga oid ishlar ushbu patent vakillarining istalgan bittasi tomonidan olib borilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent vakilining har bir harakati talabnoma beruvchining harakati sifatida baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish va avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish bo‘yicha ishlarni olib borish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Vakil tayinlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Talabnoma topshirilgandan keyin u bo‘yicha ishlarni olib borish va talabnomani ko‘rib chiqish davomida o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun talabnoma beruvchi ishonchnoma bergan holda vakil tayinlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan patent vakillari yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan jismoniy shaxslar yoki chet el yuridik shaxslarining vakili bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Vakillik qilish uchun ishonchnoma talabnoma topshirilayotgan vaqtda yoki ish yuritish davomida taqdim etilishi mumkin. Ishonchnoma talabnoma hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Vakilning ishonchnoma topshirilgunga qadar amalga oshirgan harakatlari haqiqiy emas deb hisoblanadi va ekspertiza jarayonida inobatga olinmaydi. Vakilning unga taqdim etilgan vakolatlari doirasidagi har qanday harakati yoki Davlat muassasasining unga nisbatan har qanday harakati talabnoma beruvchining harakati yoki talabnoma beruvchiga nisbatan harakat sifatida baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Vakil ishonchnomada ko‘rsatilgan vakolatlaridan ishonchnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar foydalanadi. Ishonchnomada ko‘rsatilgan vakolatlarni muddatidan avval to‘xtatish talabnoma beruvchi tomonidan Vazirlikka tegishli ariza berish (ishonchnomani chaqirib olish) yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Vazirlik va Davlat muassasasi bilan yozishmalar olib borish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Yozishmalar talabnoma beruvchi yoki uning vakili tomonidan har bir talabnoma bo‘yicha alohida olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma topshirilgandan keyin taqdim etiladigan materiallarda talabnoma raqami ko‘rsatilishi va ularda talabnoma beruvchi yoki uning vakilining imzosi bo‘lishi shart. Talabnoma raqami ko‘rsatilmagan materiallar ko‘rib chiqilmasdan qaytarib yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Vazirlik va Davlat muassasasi bilan yozishmalar davlat tilida olib boriladi. Talabnoma beruvchi tomonidan xorijiy tilda taqdim etilgan hujjatlarga ularning davlat tilidagi tarjimasi talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi bilan tasdiqlangan holda ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Muddatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Yillarda ifodalangan har qanday muddat keyingi keladigan yilda, muddatni hisoblash boshlangan oy nomi va kun raqami qanday bo‘lsa, xuddi shu nomli oyda va o‘sha kunda tugaydi, bunda agar keyingi tegishli oy o‘sha raqamli kunga ega bo‘lmasa, muddat ushbu oyning oxirgi kunida tugaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Oylarda ifodalangan har qanday muddat keyingi keladigan oyda va muddatni hisoblash boshlangan kun raqami nechanchi bo‘lsa, o‘sha kunda tugaydi, bunda agar tegishli oy o‘sha raqamli kunga ega bo‘lmasa, muddat ushbu oyning oxirgi kunida tugaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Kunlarda ifodalangan har qanday muddat ko‘rib chiqilayotgan kunning keyingisidan hisoblanib, so‘nggi kunning oxirida tugaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Agar Vazirlik va Davlat muassasasiga xat-hujjatlar kelib tushishi uchun yoki patent boji to‘lanishi uchun belgilangan muddatning oxirgi kuni ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelsa, ushbu muddat keyingi ish kunigacha uzaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Talabnoma hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Talabnoma beruvchi o‘z tashabbusiga ko‘ra talabnoma ekspertizasi o‘tkazilayotgan davrda qaror qabul qilingunga qadar talabnoma hujjatlariga o‘zgartirishlar (qo‘shimchalar, tuzatishlar va aniqliklar) kiritishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma hujjatlariga o‘zgartirishlar (qo‘shimchalar, tuzatishlar va aniqliklar) kiritish talabnoma beruvchi tomonidan mazkur Qoidalarning 3 va 4-ilovalarida keltirilgan shakllarga muvofiq tegishli arizani axborot tizimi orqali Vazirlikka topshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi-yuridik shaxsning nomi yoki talabnoma beruvchi-jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgargan taqdirda, Vazirlikka ushbu o‘zgarishlarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Talabnoma beruvchi arizani ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 kun ichida xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Talabnoma hujjatlariga o‘zgartirishlar (qo‘shimchalar, tuzatishlar va aniqliklar) kiritish haqidagi arizani ko‘rib chiqqanlik uchun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji to‘lanadi. Belgilangan miqdordagi davlat boji to‘lanmagan taqdirda yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmay turiladi va bu haqda talabnoma beruvchiga bildirishnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, talabnoma beruvchi o‘ziga Davlat muassasasi tomonidan bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida davlat bojining yetmayotgan qismini to‘lashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha hujjatlar mazkur Qoidalarning 94 — 97-bandlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Talabnoma materiallari bilan tanishish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Talabnoma beruvchi (yoki uning vakili) topshirilgan talabnoma va unga oid hujjatlar bilan oldindan Davlat muassasasi bilan kuni va soatini kelishgan holda bevosita Davlat muassasasining o‘zida yoki talabnoma hujjatlarining yoxud ularning biror qismining nusxasini so‘rab olish yo‘li bilan tanishishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Tergov uchun zarur bo‘lgan hollarda talabnoma hujjatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tanishish uchun bepul taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Talabnomani ko‘rib chiqish jarayonida ekspertiza hujjatlari bilan tanishish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Talabnoma beruvchi ekspertiza o‘tkazish jarayonidagi hujjatlar bilan tanishish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Talabnoma beruvchiga u tomonidan so‘ralgan ekspertiza o‘tkazish jarayonidagi hujjatlarning nusxalari yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida ko‘rib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Talabnoma bilan bog‘liq masalalar, jumladan, talabnoma berilgan belgi, u bilan belgilanishi mo‘ljallangan tovar, tovarning alohida xususiyatlari hamda uning jo‘g‘rofiy obyekt tabiiy sharoitlari yoki boshqa omillari yoxud bir vaqtning o‘zida tabiiy sharoitlar va boshqa omillarga bog‘liqligi bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirishlar olish va talabnoma berilgan belgining muhofaza qilishga yaroqliligi, tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish imkoniyati bo‘yicha ekspertizaning va talabnoma beruvchining pozitsiyasini aniqlash maqsadida talabnoma beruvchi (yoki uning vakili) ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Talabnoma Davlat muassasasining taklifiga yoki talabnoma beruvchining iltimosiga ko‘ra talabnoma beruvchining ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Bunda, talabnoma bo‘yicha ekspertizaning savollari Davlat muassasasining taklifida, talabnoma beruvchining savollari esa uning iltimosnomasida bayon qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida ko‘rib chiqish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi. Bunda, talabnoma beruvchi belgilangan vaqtda talabnomani ko‘rib chiqishda qatnasha olmasligi ma’lum bo‘lsa, darhol Davlat muassasasini bu haqda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchining vakili ushbu Qoidalarning 28 — 32-bandlarida belgilangan talablar bajarilgan taqdirda talabnomani ko‘rib chiqishda ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Talabnoma beruvchi tomonidan qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etish muddatini uzaytirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Davlat muassasasining so‘rovnomasiga ko‘ra talabnoma beruvchi tomonidan qo‘shimcha hujjatlar, unga so‘rovnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida Davlat muassasasiga taqdim etilishi lozim. Bunda, hujjatlarni taqdim etish muddati talabnoma beruvchining yozma iltimosnomasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Talabnoma beruvchining muddatni uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomasini ko‘rib chiqqanlik uchun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Talabnoma beruvchining muddatni uzaytirish haqidagi iltimosnomasi talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan so‘rovnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida Davlat muassasasiga topshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Davlat muassasasi tomonidan talabnoma beruvchiga so‘rovnoma asosida so‘ralgan hujjatlarni taqdim etish muddati uzaytirilganligi to‘g‘risida bildirishnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Agar talabnoma beruvchining muddatni uzaytirish haqidagi iltimosnomasi ushbu Qoidalarning 52-bandida belgilangan muddat buzilgan holda berilgan bo‘lsa, shuningdek patent boji to‘lanmagan bo‘lsa yoki to‘langan patent boji summasi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdordan kam bo‘lsa, so‘rovnoma asosida so‘ralgan hujjatlarni taqdim etish muddati uzaytirilmaydi. Bunda, talabnoma beruvchiga uning iltimosi rad etilganligi haqida bildirishnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-§. O‘tkazib yuborilgan muddatlarni tiklash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Talabnoma beruvchi tomonidan o‘tkazib yuborilgan quyidagi muddatlar tiklanishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ekspertiza so‘rovnomasi bo‘yicha qo‘shimcha materiallarni taqdim etish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ekspertiza so‘rovnomasiga javob berish muddati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan muddat o‘tib ketgan kundan e’tiboran ikki oy mobaynida muddat o‘tkazib yuborilganligining sabablari ko‘rsatilgan holda Davlat muassasasiga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Talabnoma beruvchining o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnomasini ko‘rib chiqqanlik uchun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Davlat muassasasi tomonidan talabnoma beruvchiga o‘tkazib yuborilgan muddat tiklanganligi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Ushbu Qoidalarning 56 va 57-bandlarida ko‘rsatilgan talablardan aqalli bittasi bajarilmagan taqdirda, iltimosnoma qondirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-§. Talabnoma beruvchi tomonidan talabnomaning chaqirib olinishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Qonunning 17-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi talabnomani chaqirib olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Talabnomani chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza talabnoma ko‘rib chiqishning istalgan bosqichida, biroq tovar kelib chiqqan joy nomi va undan foydalanish huquqi ro‘yxatga olingan sanadan yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish masalasi hal etilgan sanadan kechikmay topshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat muassasasi tomonidan talabnoma beruvchiga uning talabnomani chaqirib olish to‘g‘risidagi arizasi qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan sanadan e’tiboran talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Chaqirib olingan talabnoma bo‘yicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi (xususan, bunday talabnoma ekspertizasi o‘tkazilmaydi, tovar kelib chiqqan joy nomi va undan foydalanish huquqi ro‘yxatga olinmaydi va/yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi taqdim etilmaydi). Boshqa talabnomalarning ekspertizasini o‘tkazishda chaqirib olingan talabnoma e’tiborga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Talabnomani ko‘rib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Kelib tushgan talabnomani ro‘yxatga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Vazirlikka kelib tushgan talabnoma hujjatlari, agar ushbu hujjatlar tarkibida kamida davlat tilida topshirilgan tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza yoki avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish to‘g‘risidagi ariza mavjud bo‘lsa, shuningdek talabnoma bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji to‘langan bo‘lsa, ular kelib tushgan sana ko‘rsatilgan holda ro‘yxatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Talabnomaga Vazirlikning uchta harfli va sakkiz xonali raqamli koddan iborat qayd raqami beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koddagi birinchi harf (J) sanoat mulki obyektining turini — tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni, keyingi ikki harf (GU) muhofaza hujjatining turini — tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi guvohnomani yoki avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqidagi guvohnomani bildiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma raqamidagi sonlar talabnoma topshirilgan yilni (katta razryaddagi to‘rtta son) va shu yilda kelib tushgan talabnomalar seriyasidagi tartib raqamini bildiradi (kichik razryadli to‘rtta son). Har bir yil seriyasidagi tartib raqam 1 (bir)dan boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Ro‘yxatga olingan talabnoma qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Talabnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlar, talabnoma Vazirlikka kelib tushgandan boshlab e’lon qilingunga qadar bo‘lgan muddat davomida maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Rasmiy ekspertiza
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Qonunning 14-moddasi birinchi qismiga muvofiq rasmiy ekspertizaning o‘tkazilish muddati talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan boshlab 30 kunni tashkil qiladi. Talabnoma beruvchiga mazkur Qoidalarga muvofiq so‘rovnoma yuborilgan taqdirda, bu muddat so‘rovnomada nazarda tutilgan talab bajarilgunga qadar bo‘lgan muddatga mutanosib ravishda uzaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Rasmiy ekspertizani o‘tkazish mobaynida talabnoma hujjatlarining tarkibi, hujjatlarning mavjudligi, shuningdek ularning mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Bunda, Davlat muassasasi tomonidan ushbu tekshirish natijalari bo‘yicha talabnomani ko‘rib chiqishga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Rasmiy ekspertizani o‘tkazishda talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ichida quyidagilarning mavjudligi va ularning mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish to‘g‘risidagi ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) talabnoma beruvchining rasmiy nomi (yuridik shaxs uchun) yoki ismi, familiyasi, otasining ismi (jismoniy shaxs uchun) hamda manzilining ko‘rsatilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) patent vakilining (agar talabnoma u tomonidan berilgan bo‘lsa) ismi, familiyasi, otasining ismi va manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tovarni belgilash uchun tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish so‘ralayotgan tovarning turi (bunda, tovar ishlab chiqarilayotgan joy (jo‘g‘rofiy obyektning chegaralari) ko‘rsatiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) tovarning alohida xususiyatlari tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) patent vakiliga berilgan ishonchnoma (yoki uning qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan nusxasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) talabnoma beruvchi ko‘rsatilgan jo‘g‘rofiy obyektda joylashganligi va alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovar ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) xorijiy talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan mamlakatda uning tomonidan talabnoma berilgan tovar kelib chiqqan joy nomiga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) xorijiy tilda topshirilgan hujjatlarning talabnomaga ilova qilingan davlat tilidagi tarjimasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Rasmiy ekspertizani o‘tkazishda ushbu Qoidalarning 69-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarning mavjudligi hamda ushbu 69-bandning “a”, “b”, “g”, “d” va “e” kichik bandlarida sanab o‘tilgan hujjatlarning ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Talabnoma topshirilgan sana ushbu Qoidalarning 69-bandi “a”, “b”, “g”, “d” va “e” kichik bandlarida sanab o‘tilgan hujjatlar va ma’lumotlar kelib tushgan sana yoki, agar ushbu hujjatlar va ma’lumotlarning hammasi bir vaqtda taqdim etilmagan bo‘lsa, oxirgi hujjat yoki ma’lumot kelib tushgan sana bo‘yicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Xorijiy tilda topshirilgan talabnoma hujjatlarining davlat tilidagi tarjimasi (ushbu Qoidalarning 69-bandi “k” kichik bandi) taqdim etilmagunga qadar, talabnoma beruvchi tomonidan hujjatlar topshirilmagan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Agar rasmiy ekspertiza o‘tkazish jarayonida talabnoma hujjatlari ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilinmasdan rasmiylashtirilganligi aniqlansa, bu holda talabnoma beruvchiga Qonunning 13-moddasi beshinchi qismiga muvofiq aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatilgan so‘rovnoma yuboriladi va talabnoma beruvchiga so‘rovnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlar va/yoki ma’lumotlarni taqdim etish taklif qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan javobda so‘ralgan barcha ma’lumotlar va/yoki hujjatlar bo‘lmasa, unga qayta so‘rovnoma yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy ekspertiza so‘roviga javob olinmagan, javob berish uchun belgilangan muddat buzilgan va bu muddat ichida uni uzaytirish haqidagi iltimosnoma taqdim etilmagan bo‘lsa, talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan talabnomani ko‘rib chiqish uchun qabul qilish rad etilganligi to‘g‘risida qaror yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan, shuningdek so‘ralgan ma’lumotlar talabnoma beruvchi tomonidan o‘z vaqtida taqdim etilgan bo‘lsa, talabnoma topshirilgan sana belgilanadi va talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan ushbu sanadan e’tiboran talabnoma ko‘rib chiqishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi qaror yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, talabnomaning ko‘rib chiqishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi qarorda talabnoma beruvchi Qonun va ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilgan boshqa ma’lumotlar va/yoki hujjatlarni taqdim etishiga zaruriyat bo‘lishi mumkinligi haqida yozuv kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Agar rasmiy ekspertizaning takroriy so‘rovnomasiga ham talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan javobda so‘ralgan ma’lumotlar va/yoki hujjatlar bo‘lmasa, Davlat muassasasi tomonidan talabnomani ko‘rib chiqishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Talabnomani ko‘rib chiqishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda bunday qarorni qabul qilish uchun asoslar ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Talabnoma berilgan belgining ekspertizasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishda talabnoma berilgan belgining ekspertizasi o‘tkazilib, bunda uning Qonunning 6 va 11-moddalari qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma berilgan belgining ekspertizasi natijalari bo‘yicha Davlat muassasasi tomonidan tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi yoki tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror yoxud avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish yoki undan foydalanish huquqini berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Talabnoma berilgan belgining ekspertizasi ko‘rib chiqishga qabul qilingan talabnomalar bo‘yicha rasmiy ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Talabnoma berilgan belgining ekspertizasini o‘tkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) talabnomaning o‘zi va unga ilova qilingan hujjatlarning mazmuni va rasmiylashtirish tartibi ushbu Qoidalarning 5 — 25-bandlari bilan talabnoma hujjatlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi, bundan tekshiruvi rasmiy ekspertiza davomida amalga oshiriladigan talabnoma hujjatlari mustasno (ushbu Qoidalarning 70 — 73-bandlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) talabnoma berilgan belgining Qonunning 5 va 11-moddalarida unga nisbatan o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) talabnoma beruvchining ko‘rsatilgan jo‘g‘rofiy obyektda joylashganligini va alohida xususiyatlari mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va boshqa omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovar ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjatning mavjudligi va mazmuni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) agar talabnoma berilgan belgi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, tovarni belgilash uchun tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi berilishi so‘ralayotgan tovarga xos alohida xususiyatlar tavsifining Reyestrdagi ma’lumotlarga muvofiqligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasida tovar kelib chiqqan joy nomiga nisbatan belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlashda quyidagilar tekshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) talabnoma berilgan belgining jo‘g‘rofiy obyektning zamonaviy rasmiy nomiga yoki tarixiy nomiga muvofiqligi (ushbu Qoidalarning 5-bandini e’tiborga olgan holda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) talabnomada nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida keltirilayotgan jo‘g‘rofiy obyektning chegaralari aynan o‘sha yerda joylashganligini tasdiqlaydigan ma’lumotlarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) talabnoma topshirilgan sanada jo‘g‘rofiy obyekt nomi ushbu jo‘g‘rofiy obyektning tabiiy sharoitlari va/yoki boshqa omillari bilan belgilangan alohida xususiyatlariga ega bo‘lgan tovarni aniqlashtirish uchun qo‘llanadigan belgi sifatida mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) agar jo‘g‘rofiy obyektning nomi avval tovarni individuallashtirish uchun qo‘llangan bo‘lib, biroq talabnoma topshirilgan vaqtga kelib tovarning haqiqatdan ham kelib chiqqan joyi va alohida xususiyatlarini ko‘rsatuvchi dastlabki qobiliyatini yo‘qotgan bo‘lsa, bu holda u O‘zbekistonda tayyorlanish joyi bilan bog‘liq bo‘lmagan ma’lum turdagi (tur tushunchasi) tovarning belgisi sifatida umumiste’molga kirgan belgi deb hisoblanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tovar kelib chiqqan joy nomi va undan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish so‘ralayotgan tovarning ko‘rsatilganligi (bunda, u ishlab chiqarilgan joy (jo‘g‘rofiy obyekt chegaralari) ko‘rsatiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) tovarning alohida xususiyatlari tavsifining mavjudligi va ularning tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiqligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Vakolatli tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlarning mazmuni tekshirilayotganda, ularda quyidagi ma’lumotlarning mavjudligi aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) talabnoma beruvchining, nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnoma berilayotgan joyda ekanligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) talabnomada ko‘rsatilgan tovarning talabnoma beruvchi tomonidan, nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnoma berilgan joy hududida ishlab chiqarilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) talabnoma beruvchi tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarda talabnomada ko‘rsatilgan jo‘g‘rofiy obyektning tamomila yoki asosan tabiiy sharoitlari va/yoki boshqa omillar tufayli ega bo‘lgan alohida xususiyatlarning mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Tovarning alohida xususiyatlari tavsifi vakolatli tashkilot tomonidan taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatga muvofiq bo‘lishi va ushbu hujjat talabnomaga Qonunning 9-moddasi uchinchi qismida ko‘zda tutilgan holda ilova qilingan bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Talabnoma hujjatlari Qonunda o‘rnatilgan talablarga mos kelmagan hollarda, talabnoma beruvchiga aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatilgan so‘rovnoma yuborilib, unda so‘rovnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlar va/yoki ma’lumotlarni taqdim etish taklif qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Talabnoma beruvchiga so‘rovnoma yuborish uchun quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) talabnoma berilgan belgini aniqlash zaruriyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ushbu Qoidalarning 7, 21, va 22-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etish zaruriyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish so‘ralayotgan tovar turini aniqlash zaruriyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish so‘ralayotgan tovarning ishlab chiqarilayotgan joyini aniqlash zaruriyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) talabnomada ko‘rsatilgan tovarning alohida xususiyatlari tavsifini aniqlash zaruriyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) ushbu Qoidalarning 80-bandi “v” kichik bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga, xususan tovarda alohida xususiyatlar mavjudligini, ularning talabnomada ko‘rsatilgan jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar va/yoki boshqa omillarga bog‘liqligini tasdiqlaydigan ma’lumotlarga aniqlik kiritish zaruriyati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Ushbu Qoidalarning 85-bandida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra talabnoma beruvchiga yuborilayotgan so‘rovnomaga, shu jumladan talabnomani ko‘rib chiqishda paydo bo‘ladigan boshqa turdagi savollar va takliflar ham kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma berilgan belgining ekspertizasi bo‘yicha so‘rovnomada biron-bir savol keltirilganda u Qonun va ushbu Qoidalarga asoslangan bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Talabnoma berilgan belgining ekspertizasi so‘rovnomasi bo‘yicha talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha materiallar ushbu Qoidalarning 94 — 97-bandlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Agar talabnoma beruvchi so‘rovnomada so‘ralgan materiallarni yoki ularni taqdim etish muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani ushbu Qoidalarda belgilangan muddatda va shartlarga rioya qilgan holda taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabarnoma yuboriladi. Bunda, talabnoma bo‘yicha ish yuritish to‘xtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qoidalarning 55 — 59-bandlariga asosan o‘tkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan tiklansa, bu holda ish yuritish davom ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasida belgilangan talablarga muvofiqligi aniqlansa, Davlat muassasasi tomonidan tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish haqida qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasida belgilangan talablarga muvofiqligi aniqlangan vaqtda, ushbu belgining Reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi qayd mavjud bo‘lsa, Davlat muassasasi tomonidan avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqidagi qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Agar o‘tkazilgan ekspertiza natijasida talabnoma berilgan belgi Qonunning 5-moddasida ko‘zda tutilgan talablarga mos kelmasligi aniqlangan bo‘lsa, bu holda Davlat muassasasi tomonidan tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Agar o‘tkazilgan ekspertiza natijasida talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasi va 6-moddasi to‘rtinchi qismida ko‘zda tutilgan talablarga mos kelmasligi aniqlangan vaqtda, ushbu belgining Reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi qayd mavjud bo‘lsa, avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishni yoki avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni rad etish haqidagi qarorlarda ushbu qarorlarni qabul qilishga asos bo‘lgan sabablar keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Qo‘shimcha materiallarni tekshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Davlat muassasasining so‘rovnomasi bo‘yicha talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha materiallarni tekshirishda ularni taqdim etish uchun belgilangan muddatlarga rioya qilinganligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Talabnoma beruvchi tomonidan o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki Davlat muassasasining so‘rovnomasi bo‘yicha taqdim etilgan qo‘shimcha materiallarning talabnoma mohiyatini o‘zgartirmasligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Quyidagi hollarda qo‘shimcha materiallar talabnoma mohiyatini o‘zgartiradi deb e’tirof etiladi, agar ularda, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tasdiqlovchi hujjatlarga ko‘ra ushbu tovar ega bo‘lmagan xususiyatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) talabnoma berilgan belgi tovar kelib chiqqan joy nomi uchun mo‘ljallangan tovarning nomini o‘z ichiga olganda, boshqa tovar (tovarlar) ko‘rsatilgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) talabnoma berilgan belgi o‘zgartirilgan yoki to‘ldirilgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tovarlar ro‘yxati kengaytirilgan bo‘lsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Qo‘shimcha materiallar talabnoma mohiyatini o‘zgartiradi deb e’tirof etilganda, talabnoma beruvchiga ekspertizaning shunday xulosa chiqarishi uchun qo‘shimcha materiallarga kiritilgan qaysi ma’lumotlar asos bo‘lganligi ma’lum qilinadi. Bunda, boshqa ma’lumotlar ekspertiza o‘tkazishda hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalariga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelib tushgan sana
Kirish raqami
Davlat ro‘yxatiga olish raqami
O‘zbekiston Respublikasida tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun
TALABNOMA
O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi (pochta aloqasi),
Tel.: ______, E-mail: ______.
ARIZA
Talabnomani va quyida keltirilgan hujjatlarni taqdim etar ekanman, talabnomada ko‘rsatilgan belgini tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida va undan foydalanish huquqini ro‘yxatga olishingizni so‘rayman.
Talabnoma beruvchi ___________________________________________
(yuridik shaxsning rasmiy nomi va jismoniy shaxsning F.I.O. ko‘rsatiladi)
Talabnoma beruvchining pochta manzili __________________________
Telefon: _________
Faks: ____________
E-mail: ___________
Tashkilotning KTUT kodi (agar u belgilangan bo‘lsa)
____________________________
BIMTning ST3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi (agar u belgilangan bo‘lsa)
____________________________
Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining pochta manzili, F.I.O. /nomlanishi) ________________________
Talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi: _______________________________________________
Imzo qo‘yilgan sana: __________________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalariga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelib tushgan sana
Kirish raqami
Davlat ro‘yxatiga olish raqami
O‘zbekiston Respublikasida avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun
TALABNOMA
O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi (pochta aloqasi),
Tel.: _____________, E-mail: ____________.
ARIZA
Talabnomani va quyida keltirilgan hujjatlarni taqdim etar ekanman, O‘zbekiston Respublikasida avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishingizni so‘rayman.
Talabnoma beruvchi _______________________________
(yuridik shaxsning rasmiy nomi va jismoniy shaxsning F.I.O. ko‘rsatiladi)
Talabnoma beruvchining pochta manzili _____________
Telefon: _________
Faks: ____________
E-mail: ___________
Tashkilotning KTUT kodi (agar u belgilangan bo‘lsa) _______________
BIMTning ST3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi (agar u belgilangan bo‘lsa) ______________
Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining pochta manzili, F.I.O. /nomlanishi) ________________________
Talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi: _______________________________________________
Imzo qo‘yilgan sana: __________________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalariga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelib tushgan sana va kirish raqami
Kirish raqami
(O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan to‘ldiriladi)
Talabnoma beruvchining nomlanishi va (yoki) manziliga o‘zgartirish(lar) kiritish to‘g‘risidagi
ARIZA
O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi (pochta aloqasi),
Tel.: ______, E-mail: ___________
Ushbu arizani taqdim etar ekanman, talabnoma hujjatlarida talabnoma beruvchining nomi va (yoki) manziliga o‘zgartirish(lar) kiritishingizni so‘rayman.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalariga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelib tushgan sana va kirish raqami
Kirish raqami
(O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi tomonidan to‘ldiriladi)
Xatolarni tuzatish to‘g‘risidagi
ARIZA
O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi (pochta aloqasi),
Tel.: ______, E-mail: ___________.
Ushbu arizamni taqdim etar ekanman, talabnoma hujjatlarida uchraydigan xato(lar)ga tuzatish(lar) kiritishingizni so‘rayman
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 7-dekabrdagi 21-mh-son buyrug‘iga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2002-yil 11-oktabrdagi 52-son “Tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1185, 2002-yil 1-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 21-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2007-yil 17-oktabrdagi 72-son “Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1185-1, 2007-yil 13-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 46-47-son, 474-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 27-son “Tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1185-2, 2011-yil 30-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 431-modda).
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2023-y., 10/23/3482/0925-son)