30.08.2001 yildagi 267-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 30.08.2001 yildagi 267-II-son
Date of entry into force
20.09.2001
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TOVAR BELGILARI, XIZMAT KO‘RSATISH BELGILARI VA TOVAR KELIB CHIQQAN JOY NOMLARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun tovar belgilarini, xizmat ko‘rsatish belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
(1-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi (bundan buyon matnda tovar belgisi deb yuritiladi) bu bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarini (bundan buyon matnda tovarlar deb yuritiladi) boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgilardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgilari yakka tartibdagi va jamoaviy bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli tovar belgisi yakka tartibdagi belgi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasining ular tomonidan ishlab chiqariladigan va (yoki) realizatsiya qilinadigan, bir xil sifatga yoki boshqa umumiy tavsiflarga ega bo‘lgan tovarlarini belgilash uchun mo‘ljallangan tovar belgisi jamoaviy belgi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasvirlar, so‘zlar, muayyan shakl tarzidagi belgilar va boshqa belgilar yoki ularning istalgan bir rangdagi yoki turli rangdagi jamlama ifodasi tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Tovar belgisini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisi huquqiy jihatdan uni ushbu Qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish asosida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ravishda muhofaza qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisi yuridik yoki jismoniy shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
(4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-fevraldagi O‘RQ-749-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa jo‘g‘rofiy obyektning (bundan buyon matnda jo‘g‘rofiy obyekt deb yuritiladi) tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi deb e’tirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomi huquqiy jihatdan uni ushbu Qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish asosida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ravishda muhofaza qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomi mazkur jo‘g‘rofiy obyektdagi, nomi o‘zlari ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun ishlatiladigan bir yoki bir necha yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxs bu nomdan, basharti mazkur shaxs alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovarni ishlab chiqarayotgan bo‘lsa, foydalanish huquqini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi xuddi shu jo‘g‘rofiy obyektda joylashgan va aynan shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan tovar ishlab chiqarayotgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga ham berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Vakolatli davlat organi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik:
(7-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatga olishga doir talabnomalarni ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi, ular yuzasidan davlat ekspertizasi o‘tkazilishini tashkil etadi;
(7-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgilarini, tovar kelib chiqqan joy nomlarini va tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish huquqini, tovar belgilariga doir huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgilari davlat reyestrini va Tovar kelib chiqqan joy nomlari davlat reyestrini (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi), shuningdek O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari ro‘yxatini (bundan buyon matnda Hammaga ma’lum tovar belgilari ro‘yxati deb yuritiladi)yuritadi;
(7-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgisi uchun guvohnoma va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risida guvohnoma beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgilari ro‘yxatga olinganligi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi berilganligi, shuningdek tovar belgisi O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum deb e’tirof etilganligi to‘g‘risida rasmiy ma’lumotlarni e’lon qiladi;
(7-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(7-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi (bundan buyon matnda Davlat muassasasi deb yuritiladi) tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini, tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatga olishga doir talabnomalar yuzasidan davlat ekspertizasini o‘tkazadi.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatga olish uchun talabnoma berish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) Vazirlikka davlat axborot tizimlari orqali beriladi.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoaviy belgini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasi nomidan birlashma qatnashchilarining jamoaviy belgidan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuviga muvofiq beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berilgandan so‘ng Vazirlik ushbu talabnoma haqidagi ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytiga bir ish kuni ichida joylashtiradi.
(8-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma haqidagi ma’lumotlar rasmiy veb-saytga joylashtirilgandan so‘ng manfaatdor shaxslar Vazirlikka tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun nohalol topshirilgan arizalar haqidagi yozma e’tirozlarini taqdim etishlari mumkin;
(8-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berilgan sana mazkur talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanaga qarab belgilanadi.
(8-moddaning beshnchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma, agar unda bir necha tovar ko‘rsatilgan bo‘lsa, talabnoma beruvchining iltimosnomasiga ko‘ra dastlabki talabnoma berilgan sana saqlangan holda ikki yoki bir necha talabnomaga ajratilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilgari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga ko‘ra muhofaza qilingan tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ma’muriy reglamentda belgilangan tartibda beriladi.
(8-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun beriladigan talabnomaga doir talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun beriladigan talabnoma bir tovar belgisiga yoki tovar kelib chiqqan bir joy nomiga taalluqli bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnomada quyidagilar bo‘lishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgisi sifatida belgini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlarning ro‘yxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar ishlab chiqarilgan joyni jo‘g‘rofiy obyekt chegarasida ko‘rsatgan holda tovar kelib chiqqan joy nomini yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovar turining nomi hamda uning alohida xususiyatlari tavsifi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi zarur:
Oldingi tahrirga qarang.
(9-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnoma patent vakili orqali berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnoma beruvchining zikr etilgan jo‘g‘rofiy obyektda joylashganligini va alohida xususiyatlari mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan bog‘liq tovar ishlab chiqarishini tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan joyning talabnomada ifodalangan nomidan tovar kelib chiqqan mamlakatda foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma berganlik uchun belgilangan miqdorda patent boji to‘lanadi.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarga taalluqli talablar ma’muriy reglament bilan belgilanadi.
(9-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan belgilar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) davlatlarning rasmiy nomlari, xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki to‘liq nomlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) rasmiy nazorat, kafolat tamg‘alari va namuna yo‘sinidagi tamg‘alar, muhrlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) davlat xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladigan ajratish va farqlash belgilari tasvirlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) farqlash xususiyatiga ega bo‘lmagan belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda bo‘lgan belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) umum e’tirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga mo‘ljallanganligi va qiymatini, shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki o‘tkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) tovar yoki uning tayyorlovchisi xususidagi yolg‘on yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman ko‘rsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) ma’danli suvlar, vino yoki kuchli spirtli ichimliklarning asliyatini aks ettiruvchi jo‘g‘rofiy nomlar bo‘lgan yoki shunday nomlarni ifodalovchi belgilar, mazkur joyda chiqarilmagan tovarlarni belgilash uchun ishlatilgan belgilar, shuningdek basharti ular tarjima qilinib yoki “ko‘rinishdagi”, “turdagi”, “usuldagi” va boshqa shunga o‘xshash so‘zlar bilan qo‘shilgan holda qo‘llanilsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid bo‘lgan belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) quyidagi belgilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari O‘zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab talabnoma berilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilmay ham muhofaza qilinadigan yoki shu turdagi tovarlarga nisbatan ancha ilgariroq ustuvorlikka ega bo‘lgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har qanday tovarlarga nisbatan boshqa shaxslarning belgilangan tartibda hammaga ma’lum deb e’tirof etilgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar;
(10-modda birinchi qismi 13-bandi uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunga muvofiq muhofaza qilinadigan geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘lgan belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar, bu belgilar har qanday tovarlarga nisbatan shunday ko‘rsatkichdan yoki nomdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qism sifatida kiritilgan hollar bundan mustasno;
(10-modda birinchi qismi 13-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-martdagi O‘RQ-757-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2022-y., 03/22/757/0181-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan sertifikatlash belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) quyidagi belgilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zga shaxslarga tegishli va O‘zbekiston Respublikasi hududida taniqli bo‘lgan firma nomlarini (yoki ularning bir qismini), agar bu nomga bo‘lgan huquq bir turdagi tovarlarni belgilash uchun tovar belgisiga doir talabnoma kelib tushgan sanadan avvalroq olingan bo‘lsa, takrorlovchi belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat namunalarini, agar ularga bo‘lgan huquq O‘zbekiston Respublikasida o‘zga shaxslarga tegishli bo‘lsa, takrorlovchi belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan ilmiy asarlar, adabiyot va san’at asarlarining nomlarini, ularning qahramonlarini yoki iboralarini, san’at asarlarini yoki ulardan ko‘rinishlarni mualliflik huquqiga ega bo‘lgan shaxs yoki uning huquqiy vorislari (merosxo‘rlari) roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atoqli shaxslarning familiyalari, ismlari, taxalluslarini va ulardan yasalgan so‘zlarni, bunday shaxslarning portretlarini hamda dastxatlarini, basharti bular O‘zbekiston Respublikasining tarixiy va madaniy boyligi bo‘lsa, ana shu atoqli shaxslar, ularning merosxo‘rlari yoki davlat organi roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda birinchi qismining 1 — 4-bandlarida ko‘rsatilgan belgilar, agar bunga tegishli davlat organining yoki belgi egasining roziligi bo‘lsa, tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qismlar sifatida kiritilishi mumkin, ushbu modda birinchi qismining 5—8-bandlarida ko‘rsatilgan belgilar, agar ular tovar belgisida ustun mavqega ega bo‘lmasa, bu belgiga muhofaza qilinmaydigan qismlar sifatida kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda birinchi qismining 5 — 8-bandlarida ko‘rsatilgan belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga, basharti bu belgilar amalda ulardan foydalanish natijasida farqlanish xususiyatiga ega bo‘lgan taqdirdagina, yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda birinchi qismining 13-bandidagi ikkinchi va uchinchi xatboshilarda ko‘rsatilgan tovar belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga tovar belgisi egasining bu belgini ro‘yxatga olish uchun roziligi bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan belgilar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar kelib chiqqan joy xususida iste’molchini chalg‘itib qo‘yadigan jo‘g‘rofiy nom bo‘lgan belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman ko‘rsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar tayyorlangan joy nomi bilan bog‘liq bo‘lmagan jo‘g‘rofiy nomni anglatuvchi va O‘zbekiston Respublikasida muayyan turdagi tovar belgisi sifatida umum foydalanishda bo‘lgan belgilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu turdagi tovarga nisbatan tovar kelib chiqqan joy nomi yoki geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgilar.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-martdagi O‘RQ-757-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2022-y., 03/22/757/0181-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Tovar belgisining ustuvorligi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisining ustuvorligi tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Vazirlikka talabnoma berilgan sanaga qarab belgilanadi.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisining ustuvorligi tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun birinchi talabnoma Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasiga qo‘shilgan davlatda berilgan sanaga qarab, basharti shu sanadan keyingi olti oy mobaynida Vazirlikka tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma tushgan bo‘lsa (konvensiya ustuvorligi), belgilanishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasiga qo‘shilgan davlatlardan birining hududida tashkil etilgan rasmiy xalqaro ko‘rgazmalarning yoki rasmiy deb tan olingan shunday ko‘rgazmalarning eksponatlariga qo‘yilgan tovar belgisining ustuvorligi eksponat ko‘rgazmada ochiq namoyish etila boshlangan sanaga qarab (ko‘rgazma ustuvorligi), basharti shu sanadan keyingi olti oy mobaynida Vazirlikka tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma tushgan bo‘lsa, belgilanishi mumkin.
(12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konvensiya yoki ko‘rgazma ustuvorligi huquqini so‘rayotgan talabnoma beruvchi qo‘yilgan talab haqqoniy ekanligini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni ilova qilgan holda bu haqda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani berayotganida yoki Vazirlikka talabnoma tushganidan keyin ikki oy mobaynida ma’lum qilishi shart yoxud bu hujjatlarni tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma tushgan vaqtdan e’tiboran uch oydan kechiktirmay Davlat muassasasiga taqdim etishi lozim.
(12-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma ikki yoki bir necha talabnomaga ajratilgan taqdirda talabnomalarning har biri bo‘yicha ustuvorlik dastlabki talabnomaning ustuvorligi sanasiga qarab belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisining ustuvorligi ilgari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga ko‘ra muhofaza qilingan tovar belgisining ustuvorligi sanasiga qarab belgilanishi mumkin.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni asosida oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan o‘tkazish Davlat muassasasi tomonidan amalga oshiriladi hamda rasmiy ekspertizadan o‘tkazishdan va talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan o‘tkazishdan iborat bo‘ladi.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan o‘tkazish davrida bu talabnoma yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar o‘z tashabbusi bilan talabnoma materiallarini tuzatish, aniqlashtirish yoki talabnoma mohiyatini o‘zgartirmaydigan ma’lumotlar bilan to‘ldirishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan o‘tkazish davrida talabnoma beruvchi bu talabnoma yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar dastlabki talabnomada sanab o‘tilgan tovarlarni talabnomalar o‘rtasida taqsimlash orqali dastlabki talabnomani ikki yoki bir necha talabnomaga ajratishga haqli.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ekspertizasini o‘tkazish jarayonida qo‘shimcha materiallarsiz ekspertiza o‘tkazish mumkin bo‘lmasa, Davlat muassasasi talabnoma beruvchidan bunday materiallarni so‘rab olishga haqli.
(13-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ekspertizasining so‘roviga binoan qo‘shimcha materiallarni talabnoma beruvchi so‘rov jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida taqdim etmog‘i lozim. Talabnoma beruvchining iltimosiga ko‘ra mazkur muddat ko‘pi bilan olti oyga uzaytirilishi mumkin. Agar talabnoma beruvchi so‘ralayotgan qo‘shimcha materiallarni yoki ularni taqdim etish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rsatilgan muddatda taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
(13-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi tomonidan o‘tkazib yuborilgan muddatlar talabnoma beruvchining mazkur muddat tugaganidan keyin kechi bilan ikki oy ichida bergan iltimosnomasiga binoan Davlat muassasasi tomonidan tiklanishi mumkin.
(13-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan o‘tkazish tartibi ma’muriy reglament bilan belgilanadi.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani rasmiy ekspertizadan o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani rasmiy ekspertizadan o‘tkazish talabnoma Vazirlikka berilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddat ichida amalga oshiriladi.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy ekspertizadan o‘tkazish jarayonida tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomaning mazmuni, zarur hujjatlarning mavjudligi, shuningdek ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Talabnoma beruvchiga rasmiy ekspertiza natijalariga binoan Davlat muassasasining talabnomani ko‘rib chiqish uchun qabul qilish to‘g‘risidagi yoxud qabul qilishni rad etish haqidagi qarori ma’lum qilinadi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda.Talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan o‘tkazish talabnoma ko‘rib chiqish uchun qabul qilinganligi to‘g‘risidagi qarorga muvofiq, talabnoma berilgan sanadan e’tiboran yetti oy ichida biroq kamida olti oydan keyin Davlat muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Taraflarning kelishuviga ko‘ra amalga oshiriladigan muhofazaga layoqatlilik axborotini izlash o‘tkazilgan taqdirda, talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi talabnomani ko‘rib chiqish uchun qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir oy ichida o‘tkaziladi.
(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan o‘tkazish talabnoma bo‘yicha rasmiy ekspertiza tugaganidan keyin bir oy ichida Davlat muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertizadan o‘tkazish chog‘ida talabnomada ifodalangan belgining tovar belgisini ekspertiza qilishda ushbu Qonun 3-moddasining birinchi qismi hamda 10-moddasi (10-moddasi birinchi qismining 14-bandi bundan mustasno)qoidalariga, tovar kelib chiqqan joy nomini ekspertiza qilish va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishda esa ushbu Qonunning 6 va 11-moddalari qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi.
(15-modda ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertiza natijalariga binoan Davlat muassasasi tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va (yoki) undan foydalanish huquqini berish to‘g‘risida yoxud ularni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish haqida qaror qabul qiladi, talabnoma beruvchi bu xususda xabardor qilinadi.
(15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat muassasasining tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori ushbu Qonunning 12-moddasiga muvofiq sanasiga ko‘ra ustuvorlikka ega bo‘lgan talabnoma tushganligi munosabati bilan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
(15-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Davlat ekspertizasidan o‘tkazish natijalari ustidan shikoyat berish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi davlat ekspertizasidan o‘tkazish natijalari ustidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga (bundan buyon matnda Apellyatsiya kengashi deb yuritiladi) qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida shikoyat berishga haqli.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ekspertizasidan o‘tkazish natijalari ustidan Apellyatsiya kengashiga shikoyat berish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi Apellyatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy mobaynida sudga shikoyat berishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish yoki bunday talabnomani chaqirib olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomadan uni ko‘rib chiqishning istalgan bosqichida boshqa shaxs foydasiga voz kechishi yoki talabnomani chaqirib olishi mumkin, lekin bu tegishincha tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi ro‘yxatdan o‘tkaziladigan sanadan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatga olish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik davlat ekspertizasidan o‘tkazish natijalari asosida, patent boji to‘langanda avtomatik tarzda tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini tegishli reyestrda ro‘yxatga oladi.
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestrga kiritiladigan ma’lumotlar tarkibi ma’muriy reglament bilan belgilanadi.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Ro‘yxatga olish ma’lumotlarini e’lon qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Vazirlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida e’lon qilinadi. E’lon qilinadigan ma’lumotlar tarkibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
(19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Tovar belgisiga doir guvohnoma va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir guvohnoma tovar belgisi sifatida talabnomada ifodalangan belgi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi faktini, tovar belgisining ustuvorligini va tovar egasining guvohnomada ko‘rsatilgan tovarlarga nisbatan tovar belgisiga bo‘lgan mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnomada ifodalangan belgi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi faktini va guvohnoma egasining undan guvohnomada ko‘rsatilgan tovar turiga nisbatan foydalanish huquqini tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir guvohnoma va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi tegishli reyestrda ro‘yxatga olinganidan keyin o‘sha kunning o‘zida Vazirlik tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda beriladi. Guvohnomalar shakli va ularda ko‘rsatiladigan ma’lumotlar tarkibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
(20-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir guvohnoma yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma talabnoma berilgan sanadan e’tiboran o‘n yil mobaynida amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati guvohnoma amal qilayotgan oxirgi yil mobaynida uning egasi tomonidan berilgan arizaga binoan har safar o‘n yilga uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan arizani topshirishda patent boji to‘lanadi va arizaga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
(22-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patent vakili orqali ariza berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs mazkur jo‘g‘rofiy obyektda ekanligini va guvohnomada ko‘rsatilgan xususiyatlarga ega bo‘lgan tovar ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi yozuv tegishli reyestrga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan arizani berish muddati guvohnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin olti oy mobaynida guvohnoma egasi bergan iltimosnomaga binoan uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomaga va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaga o‘zgartirishlar kiritish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisining egasi yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning egasi Vazirlikni o‘z nomi, familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgarganligi to‘g‘risida, tovar belgisi yoki tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazishga taalluqli boshqa o‘zgartirishlar to‘g‘risida, tovar belgisi uchun esa tovar belgisi olingan tovarlarning ro‘yxati qisqartirilganligi, tovar belgisining ayrim qismlari uning mohiyatini buzmaydigan tarzda o‘zgartirilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi. Ushbu o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi yozuv Vazirlik tomonidan tovar belgisiga doir guvohnomaga yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaga va tegishli reyestrga kiritiladi.
(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir guvohnomani haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida nizo kelib chiqqan taqdirda, huquqiy muhofaza berish nizolashilmayotgan bitta tovar yoki tovarlarning bir qismi uchun tovar belgisi alohida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bir necha tovarga nisbatan amal qilayotgan tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazilganligidan tovar belgisi egasining arizasiga binoan ajratib ko‘rsatiladi.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomani yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir guvohnoma uning butun amal qilish muddati davomida, basharti u ushbu Qonun 10-moddasi birinchi qismining 1 — 12-bandlarida belgilangan talablarni buzgan holda berilgan bo‘lsa yoki tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar Vazirlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida e’lon qilingan sanadan e’tiboran besh yil mobaynida, basharti u ushbu Qonun 10-moddasi birinchi qismining 13 va 14-bandlarida belgilangan talablarni buzgan holda berilgan bo‘lsa, to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisi egasining harakatlari belgilangan tartibda insofsiz raqobat fakti deb topilgan taqdirda, tovar belgisiga doir guvohnoma uning butun amal qilish muddati davomida to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
(24-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 15-fevraldagi O‘RQ-908-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2024-y., 03/24/908/0126-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma uning amal qilishining butun muddati davomida, basharti u ushbu Qonunda belgilangan talablarni buzgan holda berilgan bo‘lsa, haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir guvohnoma yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma Apellyatsiya kengashining yoki sud qarori asosida to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomi ro‘yxatdan o‘tkazilganligining bekor qilinishi, tovar belgisiga doir guvohnoma yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma amal qilishining tugatilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur jo‘g‘rofiy obyekt uchun xos bo‘lgan sharoitlar yo‘qolganda va reyestrda ko‘rsatilgan xususiyatlarga ega bo‘lgan tovar ishlab chiqarishning iloji bo‘lmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik yuridik yoki jismoniy shaxslar tovar kelib chiqqan mamlakatda tovar kelib chiqqan shu joy nomiga doir huquqlarini yo‘qotganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi uning amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan tugatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi tovar belgisi amal qilgan oxirgi uch yil mobaynida undan uzluksiz ravishda foydalanilmaganda, shuningdek jamoaviy belgidan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuv buzilgan taqdirda manfaatdor shaxsning arizasiga binoan qabul qilingan sud qarori asosida muddatidan oldin to‘liq yoki qisman tugatilishi mumkin. Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishini undan foydalanilmaganligi munosabati bilan muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi masalani hal qilayotganda tovar belgisining egasi tomonidan taqdim etilgan unga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra tovar belgisidan foydalanilmaganligini isbotlovchi dalillar e’tiborga olinishi mumkin.
(25-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisining mazkur Qonunning 27-moddasida nazarda tutilgan holda ishlatilishi tovar belgisidan foydalanilganligiga doir dalil hisoblanadi. Tovar belgisining egasi tomonidan taqdim etiladigan, tovar belgisidan foydalanilganligiga doir dalillar arizada ko‘rsatilgan vaqt davriga taalluqli bo‘lishi kerak.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi huquq egasi bo‘lgan yuridik shaxs tugatilganda, huquq egasi bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etib, uning vasiyatnoma yoki qonun bo‘yicha merosxo‘rlari mavjud bo‘lmaganda manfaatdor shaxsning arizasiga binoan sud qarori asosida muddatidan oldin tugatilishi mumkin.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi O‘RQ-1144-sonli Qonuniga asosan beshinchi qismi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-avgust)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya kengashining qarori asosida;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgisi egasining yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma egasining Vazirlikka bergan arizasi asosida;
(25-modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud qarori asosida muddatidan ilgari tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Tovar belgisiga doir mutlaq huquq
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisining egasi tovar belgisidan foydalanish va uni tasarruf etish mutlaq huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir mutlaq huquq guvohnomada ko‘rsatilgan tovarlarga nisbatan amal qiladi. Bunda mutlaq huquq tovar belgisi Tovar belgilarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran ro‘yxatdan o‘tkazishning amal qilish davrida amalga oshiriladi hamda tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘sha kunning o‘zida Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini yoki shu belgi bilan belgilangan tovarni ruxsat berilmagan tarzda tayyorlash, qo‘llash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish, o‘zgacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki ularni shu maqsadda saqlash yoxud ular bilan adashtirib yuboradigan darajada aynan o‘xshash bo‘lgan bir xildagi tovarlarni belgilash tovar belgisiga doir mutlaq huquqni buzish deb e’tirof etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisidan uning egasining mutlaq huquqini buzgan holda foydalanayotgan shaxslar tovar belgisi egasining talabiga ko‘ra yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplashi shart. Tovar belgisining egasi o‘zining mutlaq huquqini buzgan holda tovar belgisidan foydalanayotgan shaxsdan zararlarning qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishi mumkin. Bunda tovon zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar, huquqbuzarlikning xususiyatidan va tovar belgisi egasining mutlaq huquqini buzgan holda tovar belgisidan foydalanayotgan shaxsning aybi darajasidan kelib chiqib, ish muomalasi odatlari hisobga olingan holda to‘lanadi. Tovon miqdori taraflarning kelishuviga muvofiq yoki sud tomonidan belgilanadi.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-959-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/959/0698-son — 2024-yil 12-dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bevosita tovar belgisining egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan fuqarolik muomalasiga qonuniy tarzda kiritilgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqa shaxslarning foydalanishi mazkur tovar belgisiga doir mutlaq huquqning buzilishi bo‘lmaydi.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Tovar belgisidan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisi uni ishlatish uchun ro‘yxatga olingan tovarlarda va (yoki) ularning idishi hamda o‘rovida tovar belgisining egasi tomonidan yoki ushbu Qonunning 30-moddasiga muvofiq litsenziya shartnomasi asosida bunday huquq berilgan shaxs tomonidan qo‘llanilishi tovar belgisidan foydalanish deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklamada, bosma nashrlarda, rasmiy blankalarda, peshlavhalarda, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda eksponatlarni namoyish etish vaqtida, ishlab chiqarilayotgan, sotuvga taqdim etilayotgan, sotilayotgan yoki boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritilayotgan yoxud shu maqsadda saqlanayotgan va (yoki) tashilayotgan yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarning etiketkalarida, o‘rovlarida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni fuqarolik muomalasiga kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
domen nomida ishlatilishi ham tovar belgisidan foydalanish deb e’tirof etilishi mumkin.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, o‘rovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt hisoblanadi.
(27-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-avgustdagi O‘RQ-709-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tovarlarni tayyorlovchining tovar belgisi bilan bir qatorda shartnoma asosida o‘z tovar belgisidan ham foydalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomini tovarda, uning idishi hamda o‘rovida, peshlavhalarda, rasmiy blankalarda, reklamada, bosma nashrlarda va tovarni fuqarolik muomalasiga kiritish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarda ishlatish tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya shartnomasi asosida: tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishga, bunday huquqdan boshqa shaxslar foydasiga voz kechish to‘g‘risida bitimlar tuzishga va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomasi bo‘lmagan shaxslarning tovar kelib chiqqan joyning ro‘yxatdan o‘tkazilgan nomidan foydalanishiga, hatto basharti bunda tovar kelib chiqqan joyning haqiqiy nomi ko‘rsatilgan yoki nom tarjima qilib yoxud “ko‘rinishdagi”, “turdagi”, “usuldagi” va shunga o‘xshash so‘zlarni qo‘shib qo‘llanilgan taqdirda ham, shuningdek har qanday tovar kelib chiqqan joy nomi va tovarning alohida xususiyatlari xususida iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan o‘xshash belgilardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Ogohlantiruvchi tamg‘alash
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisining egasi tovar belgisi bilan bir qatorda tovarda yoki uning idishi hamda o‘rovida qo‘llanilgan belgi O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisi ekanligini bildiruvchi lotin alifbosidagi “R” yoki aylana ichiga olingan “R” harfi tarzidagi ogohlantiruvchi tamg‘a qo‘yishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning egasi tovar kelib chiqqan joy nomi bilan bir qatorda tovarda yoki uning idishi hamda o‘rovida qo‘llanilgan belgi O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomi ekanligini bildiradigan ogohlantiruvchi tamg‘a qo‘yishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tovarda yoki uning idishi hamda o‘rovida qo‘llanilgan belgi O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomi ekanligini bildiradigan ogohlantiruvchi tamg‘aning shaklini tasdiqlaydi.
(29-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi O‘RQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-avgust)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Tovar belgisiga doir huquqni boshqa shaxsga o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir mutlaq huquq bu huquqning egasi tomonidan shartnoma bo‘yicha boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir huquqni boshqa shaxsga o‘tkazishga, basharti u iste’molchini tovar yoki uning tayyorlovchisi xususida chalg‘itadigan bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisidan foydalanish huquqi tovar belgisining egasi (litsenziar) tomonidan litsenziya shartnomasi bo‘yicha boshqa shaxsga (litsenziatga) berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya shartnomasida litsenziat tovarlarining sifati litsenziar tovarlarining sifatidan past bo‘lmasligi haqida shart qo‘yilgan bo‘lishi va litsenziar bu shartning bajarilishini nazorat qilishi ko‘rsatilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir huquqni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma yoki litsenziya shartnomasi Vazirlikda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
(30-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoaviy belgi va undan foydalanish huquqi boshqa shaxslarga o‘tkazilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Tovar belgisi egasi bo‘lmish yuridik shaxsni qayta tashkil etish paytida tovar belgisining o‘tishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgilarining egalari bo‘lmish yuridik shaxslar qo‘shib yuborilganda tovar belgilari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxsga o‘tadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisi egasi bo‘lmish yuridik shaxs bo‘linganda tovar belgisi tovarlarni ishlab chiqarish vazifasi zimmasiga o‘tadigan, qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxsga o‘tadi. Tovar belgisining egasi tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovarlarni ishlab chiqarishning bir qismini o‘zida saqlab qolgan taqdirda har ikkala yuridik shaxs o‘zaro kelishuvga (shartnomaga) ko‘ra tovar belgisining birgalikdagi egasi deb e’tirof etilishi mumkin. Bu haqdagi kelishuv (shartnoma) Vazirlikda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
(31-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisining egasi bo‘lmish yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qo‘shib olinganda tovar belgisiga doir huquq qo‘shib olgan yuridik shaxsga o‘tadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Tovar belgisini takroriy ro‘yxatdan o‘tkazish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomasining amal qilish muddati o‘tgan tovar belgisi tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi tugagan sanadan e’tiboran uch yil mobaynida boshqa shaxs nomiga qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin emas. Mazkur qoida tovar belgisining egasi undan tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar voz kechgan hollarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
321-modda. Hammaga ma’lum tovar belgisi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazish asosida muhofaza qilinadigan tovar belgisi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazilmay ham muhofaza qilinadigan tovar belgisi, shuningdek tovar belgisi sifatida foydalaniladigan, lekin O‘zbekiston Respublikasi hududida huquqiy muhofazaga ega bo‘lmagan belgi yuridik yoki jismoniy shaxsning arizasiga binoan, agar bunday tovar belgilaridan yoki belgidan muttasil foydalanilishi natijasida ular arizada ko‘rsatilgan sanadagi holatga ko‘ra mazkur shaxsning tovarlari xususida O‘zbekiston Respublikasida tegishli iste’molchilar orasida keng ma’lum bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgisi deb e’tirof etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hammaga ma’lum tovar belgisiga ushbu Qonunda tovar belgisi uchun nazarda tutilgan huquqiy muhofaza beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
322-modda. Hammaga ma’lum tovar belgisini huquqiy muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hammaga ma’lum tovar belgisiga qonunchilikda belgilangan tartibda Apellyatsiya kengashining qarori asosida huquqiy muhofaza beriladi.
(322-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hammaga ma’lum deb e’tirof etilgan tovar belgisi Vazirlik tomonidan Hammaga ma’lum tovar belgilari ro‘yxatiga kiritiladi.
(322-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hammaga ma’lum tovar belgisiga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlar ular Hammaga ma’lum tovar belgilari ro‘yxatiga kiritilganidan keyin Vazirlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida e’lon qilinadi. E’lon qilinadigan ma’lumotlar tarkibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
(322-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hammaga ma’lum tovar belgisiga guvohnoma berish tovar belgisi Hammaga ma’lum tovar belgilari ro‘yxatiga kiritilgan sana bo‘yicha Vazirlik tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlanadigan elektron shaklda amalga oshiriladi. Guvohnomaning shakli va unda ko‘rsatiladigan ma’lumotlar tarkibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
(322-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hammaga ma’lum tovar belgisining huquqiy muhofazasi muddatsiz amal qiladi.
(321 va 322-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Patent bojlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgilarini, tovar kelib chiqqan joy nomini yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik uchun patent bojlari olinadi.
(33-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi O‘RQ-600-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent bojlarining miqdori va ularni to‘lash muddatlari, ularni to‘lashdan ozod qilish, to‘lovlarning miqdorini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish asoslari, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi qonunda belgilanadi.
(33-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi O‘RQ-600-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Patent vakillari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent vakili Vazirlikda yuridik va jismoniy shaxslarning vakillik huquqini amalga oshiradi.
(34-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘z mamlakati hududida doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi patent vakili bo‘lishi mumkin. Patent vakillariga qo‘yiladigan malaka talablari, ularni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(34-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashovchi jismoniy shaxslar yoki chet ellik yuridik shaxslar tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini yuritishni hamda bu ishlar bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni Vazirlikda ro‘yxatdan o‘tgan patent vakillari orqali amalga oshiradilar.
(34-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin vaqtinchalik uning hududidan tashqarida bo‘lgan jismoniy shaxslar tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini va bu ishlar bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni yozishma uchun O‘zbekiston Respublikasi doirasidagi manzilini ko‘rsatgan holda patent vakilisiz amalga oshirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent vakilining vakolatlari ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Tovar belgisini va tovar kelib chiqqan joy nomini boshqa davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tovar belgisini yoki tovar kelib chiqqan joy nomini boshqa davlatlarda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda yoki o‘zaro kelishuv prinsipi asosida foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(37-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
371-modda. Tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan jarimani to‘lash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki ular bilan adashtirib yuboradigan darajada o‘xshash bo‘lgan bir turdagi tovarlar uchun belgilardan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi bo‘yicha alohida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquq egasining arizasi asosida Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya organi deb yuritiladi) tovar belgisidan va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga rioya etilishini tekshirishni amalga oshiradi. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan o‘tkaziladigan tekshiruvlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(371-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi O‘RQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarimalar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladigan tekshiruvlar asosida adliya organi tomonidan solinadi. Bunda tekshiruv davomida aniqlangan huquqbuzarlik to‘g‘risida dalolatnoma tuzilib, u tegishincha adliya organining va huquqbuzar yuridik shaxsning (bundan buyon matnda huquqbuzar deb yuritiladi) mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi.
(371-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqbuzar (uning vakili) dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, adliya organining mansabdor shaxsi ushbu faktni ko‘rsatilgan dalolatnomaga ilova qilinadigan videoyozuv yordamida yoki ikki nafar xolis hozirligida tasdiqlashi kerak.
(371-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarima solish uchun asos bo‘lgan huquqbuzarlik aniqlanganligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida adliya organi huquqbuzarga nisbatan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(371-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarima solish to‘g‘risidagi qaror adliya organining rahbari (uning o‘rnini bosuvchi shaxs) tomonidan imzolanadi va bir ish kuni ichida huquqbuzarga yuboriladi.
(371-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarima solish to‘g‘risidagi qaror yuborilgan kundan e’tiboran bir oy ichida huquqbuzar ushbu qarorda nazarda tutilgan jarima summasini ixtiyoriy ravishda to‘lashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarima solish to‘g‘risidagi qarorda nazarda tutilgan jarima summasi miqdorining yetmish foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini to‘lashdan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqbuzar tomonidan jarima summasi ixtiyoriy ravishda to‘lanmagan taqdirda, adliya organi jarimani undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasini sudga belgilangan tartibda besh ish kuni ichida beradi.
(371-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undirilgan jarima miqdorining o‘n foizi Vazirlikning budjetdan tashqari jamg‘armasiga, qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yo‘naltiriladi.
(371-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqbuzar adliya organining jarima solish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qilishga haqli.
(371-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-modda. Tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(38-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 30-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
267-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 178-modda; 2002-y., 9-son, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 37-38-son, 379-modda; 2011-y., 52-son, 555-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son; 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son, 04.03.2022-y., 03/22/757/0181-son; 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son; 15.02.2024-y., 03/24/908/0126-son; 11.09.2024-y., 03/24/959/0698-son; 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son; 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)