OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
TOVAR KELIB ChIQQAN JOY NOMINI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh VA TOVAR KELIB ChIQQAN JOY NOMIDAN FOYDALANISh HUQUQINI BERISh UChUN TALABNOMANI TUZISh, TOPShIRISh VA KOʻRIB ChIQISh QOIDALARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1185-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 7-dekabrdagi 21-mh-sonli “Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3482, 07.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-son “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 236-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2002-yil 11-oktabrdagi 52-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1185, 2002-yil 1-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 21-son) bilan tasdiqlangan Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor A. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-avgust,
27-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 431-modda)