Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.12.2023 01.11.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1185
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi davlat patent idorasi direktorining buyrugʻi, 01.11.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1185
Date of entry into force
11.11.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.12.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT PATENT IDORASI DIREKTORINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BUYRUGʻI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TOVAR KELIB ChIQQAN JOY NOMINI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh VA TOVAR KELIB ChIQQAN JOY NOMIDAN FOYDALANISh HUQUQINI BERISh UChUN TALABNOMANI TUZISh, TOPShIRISh VA KOʻRIB ChIQISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 1-noyabrda 1185-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 7-dekabrdagi 21-mh-sonli “Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3482, 07.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 30-avgustdagi “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomi toʻgʻrisidagi”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi Qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish Qoidalari” (bundan keyin — Qoidalar) tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng 10 kundan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 2002-yilning 20-iyundagi 34-sonli buyruq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu buyruqning ijro etilishi yuzasidan nazorat qilish direktor oʻrinbosari V.V. Yermolayeva zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor A.A. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 11-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat patent idorasi
direktorining
2002-yil 11-oktabrdagi 52-son
buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu “Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari” (bundan keyingi oʻrinlarda Qoidalar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (bundan keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi) muvofiq ishlab chiqilgan va tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qisqartirishlar roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun — Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.
(roʻyxatning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat muassasasi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi.
(roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma — tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma hamda avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestr — tovar kelib chiqqan joy nomlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat reestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I bob. Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish va topshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Talabnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qonunning 5-moddasiga muvofiq tovar kelib chiqqan joy nomi — bu mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa joʻgʻrofiy obyektning (bundan keyingi oʻrinlarda joʻgʻrofiy obyekt deb yuritiladi) tovarni belgilash uchun ishlatiladigan nomi boʻlib, bunda tovarning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatga olinadigan belgi joʻgʻrofiy obyektning zamonaviy nomi, ushbu obyektning tarixiy nomi yoki ulardan kelib chiqqan nom boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatga olinadigan belgi qoʻshimcha ravishda tovarning turi (jinsi)ga oid belgiga ishora boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qonunning 5-moddasiga muvofiq ushbu qoidalarning 1- va 2-bandlarida qayd etilgan belgilar, agar ular alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovarni belgilash uchun ishlatilsa, tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qonunning 11-moddasiga muvofiq quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin emas:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tovar ishlab chiqarilayotgan joyga nisbatan isteʼmolchini chalgʻitadigan joʻgʻrofiy nomlarni ifodalovchi belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tovar ishlab chiqariladigan haqiqiy joyni rasman koʻrsatadigan, ammo tovar boshqa hududdan kelib chiqqanligi toʻgʻrisidagi notoʻgʻri tasavvurni beradigan belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tovar tayyorlangan joy nomi bilan bogʻliq boʻlmagan joʻgʻrofiy nomlarni ichiga oladigan va Oʻzbekiston Respublikasida maʼlum turdagi tovar belgisi sifatida umumiy isteʼmolga kirgan belgilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qonunning 8-moddasi birinchi qismiga muvofiq quyidagi talabnomalar bir-biridan farqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qonunning 9-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma bitta tovar kelib chiqqan joy nomiga oid boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qonunning 9-modda ikkinchi qismi 2-, 3-, 5-xatboshisiga muvofiq, talabnoma tarkibida quyidagilar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish haqidagi ariza yoki roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqida ariza (bundan keyingi oʻrinlarda ariza deb yuritiladi), talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar), uning (ularning) joylashgan joyi yoki turar joyi koʻrsatilgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) talabnoma berilgan belgi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) belgilanishi uchun tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish yoki roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan tovarning turi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tovar ishlab chiqarilgan joy (joʻgʻrofiy obyekt chegaralari) koʻrsatilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tovarning alohida xususiyatlarining tavsifi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qonunning 9-moddasi uchinchi qismiga muvofiq talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) talabnomani topshirish uchun belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) vakolatli idoraning koʻrsatilgan joʻgʻrofiy obyektda talabnoma beruvchining joylashganligi va alohida xususiyatlari mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovarni uning tomonidan ishlab chiqarilayotganligi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan xulosasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xorijiy talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan talabnomaga ushbu bandning (b) kichik bandida koʻrsatilgan hujjat oʻrniga talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan mamlakatda talabnoma berilgan tovar kelib chiqqan joy nomiga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Talabnomaning tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma ushbu Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan shaklda topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqidagi talabnoma ushbu Qoidalarga 2-ilovada keltirilgan shaklda topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Talabnoma” soʻzidan yuqorida joylashgan grafalar, talabnoma Vazirlikka kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun moʻljallangan va talabnoma beruvchi tomonidan toʻldirilmaydi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar baʼzi bir maʼlumotlarni tegishli grafalarda toʻliq joylashtirish imkoni boʻlmasa, ular oʻsha shakl boʻyicha qoʻshimcha varaqda keltiriladi va talabnomaning tegishli grafasida: “davomi qoʻshimcha varaqda” deb koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Talabnoma beruvchi” grafasida talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi: yuridik shaxsning toʻliq rasmiy nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi (va otasining ismi agar u mavjud boʻlsa), bunda familiya ismdan avval koʻrsatiladi. Talabnoma beruvchining nomi oʻzbek va rus tillarida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchining toʻliq pochta manzili, shu jumladan mamlakatning rasmiy nomi, telefon, faks raqamlari va Internetdagi elektron pochta manzili (agar ular mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Nomlariga tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va/yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari, tashkilotlari uchun KTUT kodi, agar u belgilangan boʻlsa, koʻrsatiladi. Agar KTUT kodi belgilangan boʻlmasa, tegishli joyda “belgilanmagan” deb koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Nomlariga tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va/yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan Oʻzbekiston Respublikasining hududidan tashqarida yashaydigan xorijiy yuridik yoki jismoniy shaxslar uchun Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) ning ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi koʻrsatiladi (agar u belgilangan boʻlsa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. “Yozishmalar olib borish uchun manzil” grafasida yozishmalar olib borish uchun pochta indeksi koʻrsatilgan manzil, xat oluvchining ismi yoki nomi, telefon, faks raqamlari va Internetdagi elektron pochta manzili (agar ular mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozishmalar olib borish uchun manzil sifatida yuridik shaxs boʻlmish talabnoma beruvchining Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan joyi yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan jismoniy shaxs boʻlmish talabnoma beruvchining yashash joyi, yoxud Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakilining manzili yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi boshqa manzil koʻrsatilishi mumkin.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. “Patent vakili” grafasi talabnoma beruvchi tomonidan patent vakili tayinlangan holda toʻldiriladi va uning toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi: familiyasi, ismi (otasining ismi, agar u mavjud boʻlsa), Agentlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. “Patent vakili” grafasi talabnoma beruvchi tomonidan patent vakili tayinlangan holda toʻldiriladi va uning toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi: familiyasi, ismi (otasining ismi, agar u mavjud boʻlsa), Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Patent vakilining manzili” grafasida patent vakilining pochta indeksi koʻrsatillgan manzili, telefon, faks raqamlari va Internetdagi elektron pochta manzili (agar ular mavjud boʻlsa) keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “Talabnoma berilgan belgi” grafasida talabnoma berilgan belgi odatdagi shriftda yozilgan holda keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. “Tovar turi yoki muayyan tovar” grafasida Qonunning 9-modda ikkinchi qismi beshinchi xatboshiga muvofiq tovar kelib chiqqan joy nomi moʻljallangan tovar (tovarlar) koʻrsatilishi kerak. Bunda alohida xususiyatlariga joʻgʻrofiy obyektning (tamomila yoki asosan) tabiiy sharoitlari va/yoki boshqa omillari tufayli ega boʻlgan haqiqatdan ham ishlab chiqarilayotgan tovarlargina koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Qonunning 9-moddasi ikkinchi qismi beshinchi xatboshiga muvofiq taqdim etilayotgan tavsifda belgisi roʻyxatdan oʻtkazilayotgan tovarning oʻziga aynan oʻxshash tovarlardan farqlaydigan alohida xususiyatlarining roʻyxati keltiriladi. Tavsifdan tovarning alohida xususiyatlari ushbu joʻgʻrofiy obyekt uchun xos boʻlgan tabiiy sharoitlar va/yoki boshqa omillarga majburiy, obyektiv bogʻliq ekani ochiq-oydin kelib chiqishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarning xususiyatlari umum qabul qilingan maxsus terminologiyaga (tovarshunoslik, texnik va boshqalarga) muvofiq aniq va ravshan taʼriflanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tavsif axborot koʻrinishida boʻlishi, xususan ushbu joʻgʻrofiy obyektda xom ashyoning, tegishli iqlim, geologik yoki boshqa tabiiy sharoitlarning, tovarni anʼanaviy usulda tayyorlay oladigan odamlar (jamoa)ning va boshqalarning mavjudligini koʻrsatishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Maʼdanli suvning alohida xususiyatlarini tavsiflashda, tovarning oʻziga xosligini hisobga olgan holda, vakolatli idoraning xulosasida quyidagilarni tasdiqlovchi maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) organoleptik xususiyatlar: taʼmi, rangi, hidi (yoki ularning mavjud emasligi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ion tarkibining qisqacha taʼrifi (“dan” “gacha” oraligʻida berilishi zarur);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) maʼdanlashganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) gaz tarkibi, mikroelementlar, radioaktiv elementlar, organik moddalar, faol reaksiyaning va oksidlanish-qaytarilish potensialining taʼrifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) balneologik xususiyatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Talabnomada tovar ishlab chiqarilayotgan joy koʻrsatilishi lozim. Tovar ishlab chiqarilayotgan joy joʻgʻrofiy obyektning chegaralarini koʻrsatish yoʻli bilan tavsiflanishi mumkin. Joʻgʻrofiy obyektning chegaralari koordinatalar, joyning tabiiy chegaralari — daryolar, togʻlar, koʻllar koʻrsatilib, maʼmuriy chegaralar, koʻp yillik inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqalar yordamida tavsiflanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. “Ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati” grafasi tegishli katakchalarda “X” belgisini qoʻyib chiqish orqali va ilova qilinayotgan hujjatlardagi nusxalar soni va har bir nusxadagi varaqlar soni koʻrsatilgan holda toʻldiriladi. Turi talabnoma shaklida koʻzda tutilmagan ilova qilinayotgan hujjatlarning (“boshqa hujjat”) aniq vazifasi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qonunning 9-moddasi uchinchi qismi toʻrtinchi xatboshiga muvofiq talabnomaga ilova qilinadigan vakolatli idoraning (vakolatli idoralarning) xulosasi (xulosalari)da talabnoma beruvchi koʻrsatilgan joʻgʻrofiy obyektda joylashgani va alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovar ishlab chiqarayotganligi tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xulosa oʻz mavqeyi va ixtisoslashuviga koʻra tovarga nisbatan malakali bayonot bera oladigan hamda uning tayyorlovchisi nomi tovarni belgilash uchun qoʻllangan joʻgʻrofiy obyektning chegaralarida joylashganini tasdiqlaydigan idora tomonidan taqdim etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, vazirlik, Fanlar akademiyasi, ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot instituti, muzey va boshqalar shunday idora boʻlishi va bunda zarur hollarda chuqur bilimli mutaxassislar jalb qilinishi mumkin. Xulosa (xulosalar), agar u (ular) Qonun talab qiladigan barcha maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlsa, bitta vakolatli idora tomonidan, yoki bir nechta idoralar tomonidan taqdim etilishi mumkin (talabnoma beruvchining joylashgan joyi va tovar ishlab chiqarish chegaralari haqidagi mahalliy hokimiyat idorasining xulosasi hamda tovarning alohida xususiyatlari haqidagi boshqa vakolatli idoraning xulosasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qonunning 9-moddasi uchinchi qismi beshinchi xatboshiga muvofiq xorijiy talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan mamlakatda talabnoma berilgan tovar kelib chiqqan joy nomiga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat sifatida tovar kelib chiqqan mamlakatning vakolatli idorasi tomonidan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini beruvchi guvohnoma yoki sertifikat, ushbu Qoidalarning 25-bandi shartlariga amal qilingani holda, taqdim qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Talabnomaning oxirgi “Imzo” grafasini imzo qoʻyilgan sana koʻrsatilgan holda toʻldirish barcha hollarda majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan talabnoma tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi koʻrsatilgan holda imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma patent vakili orqali berilganda, talabnoma patent vakili tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imzo imzolovchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan holda ochib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnomada qoʻshimcha varaqlar mavjud boʻlsa, ular ham huddi shu tartibda imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Hujjatlarni taqdim etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Talabnomada ifodalangan belgini roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi ariza oʻzbek yoki rus tillarida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar talabnoma hujjatlari boshqa tilda taqdim etilgan boʻlsa, talabnomaga ularning oʻzbek yoki rus tillaridagi tarjimasi ilova qilinadi hamda ular tarjima qilgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi. Boshqa tilda taqdim etilgan hujjatlar, agar ularning tarjimasi boshqa tildagi hujjatlar kelib tushgan sanadan eʼtiboran ikki oy davomida kelib tushgan boʻlsa, Vazirlikka kelgan sanadan eʼtiboran taqdim etilgan deb hisoblanadi, aks holda hujjatlar ularning tarjimasi kelgan sanadan eʼtiboran taqdim etilgan deb hisoblanadi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Talabnoma ikki nusxada taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnomaga ilova qilinadigan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Barcha hujjatlar ulardan cheklanmagan miqdorda nusxa olishga imkon beradigan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir varaqning faqat bir tomonidan foydalaniladi, qatorlar varaqning eni boʻylab parallel joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Talabnoma hujjatlari pishiq, oq, silliq, yaltiramaydigan qogʻozda bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Talabnomaning har bir hujjati alohida varaqdan boshlanadi. Varaqlar 210 x 297 mm formatga ega boʻlib, hoshiyalarining oʻlchami quyidagicha (mm):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqoridan — 20;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻng va pastdan — 20;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chapdan — 25.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Talabnomaning har bir hujjatida ikkinchi va undan keyingi varaqlar arab raqamlari bilan raqamlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Hujjatlar qora rangli shriftda bosiladi. Matn 1,5 interval bilan, bosh harflarining balandligi 2,1 mm dan kam boʻlmagan holda bosmadan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Talabnomani topshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ishlatilayotgan joʻgʻrofiy obyektda joylashgan yuridik va jismoniy shaxslar, agar ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovar Qonunning 5-moddasi bilan oʻrnatilgan talablarga javob bersa, Qonunning 6-moddasi 2 — 4-qismlariga muvofiq tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun va/yoki roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma topshirish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunning 8-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma yuridik va jismoniy shaxs tomonidan topshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Talabnoma Vazirlikka bevosita topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Talabnoma bevosita talabnoma beruvchi tomonidan yoki Vazirlikda roʻyxatdan oʻtgan patent vakili orqali topshirilishi mumkin.
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik yuridik shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashaydigan jismoniy shaxslar yoki ularning patent vakillari tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish bilan va/yoki roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish bilan bogʻliq ishlarni Vazirlikda roʻyxatdan oʻtgan patent vakili orqali olib boradilar.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent vakili orqali topshirilayotgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va uning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma, yoxud ishonchnomaning kerakli tarzda rasmiylashtirilgan nusxasi ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik va Davlat muassasasi oldida vakillik qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasida rasmiylashtiriladigan ishonchnoma oddiy yozma shaklda tuziladi va notarial tasdiqlashni talab qilmaydi. Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtda yoki talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab ikki oydan kech boʻlmagan muddatda taqdim etiladi.
(34-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakiliga Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan jismoniy shaxsning yoki xorijiy yuridik shaxsning manfaatlariga vakillik qilish uchun ishonchnoma ushbu shaxsning oʻzi tomonidan ham, talabnoma beruvchi tomonidan berilgan tegishli ishonchnomaga ega boʻlgan uning patent vakili tomonidan ham berilishi yoxud ishonchnomaning talab qilingan holda rasmiylashtirilgan nusxasi berilishi mumkin.
(34-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishonchnoma Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan bir nechta patent vakillari yoki boshqa shaxslar nomiga berilgan boʻlsa, u holda talabnoma boʻyicha tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga oid ishlar ularning istalgani tomonidan olib boriladi.
(34-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent vakilining har qanday harakati talabnoma beruvchining harakatlari sifatida baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II-bob. Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma boʻyicha ishlarni olib borish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Vakil tayinlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Talabnoma topshirilgandan keyin u boʻyicha ishlarni olib borish va talabnomani koʻrib chiqish davomida oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun talabnoma beruvchi ishonchnoma bergan holda vakil tayinlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakili milliy va/yoki xorijiy yuridik va/yoki jismoniy shaxsning yoki Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashaydigan jismoniy shaxsning vakili boʻlishi mumkin.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Vakillik qilish uchun ishonchnoma talabnoma topshirilayotgan vaqtda ham, ish yuritish davomida ham taqdim etilishi mumkin. Ishonchnoma talabnoma materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ishonchnoma topshirilgunga qadar vakilning olib borgan harakatlari haqiqiy emas deb hisoblanadi va ekspertiza tomonidan inobatga olinmaydi. Vakilning unga taqdim etilgan vakolatlari doirasidagi har qanday harakati yoki Davlat muassasasining unga nisbatan har qanday harakati talabnoma beruvchining harakati yoki talabnoma beruvchiga nisbatan harakat sifatida baholanadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Vakillik ishonchnomada koʻrsatilgan vakolatlar yoki ularning amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi. Ishochnomada koʻrsatilgan vakolatlarni muddatidan avval toʻxtatish talabnoma beruvchi tomonidan Vazirlikka tegishli ariza berish (ishonchnomani chaqirib olish) yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Vazirlik va Davlat muassasasi bilan yozishmalar olib borish
(6-paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Yozishma talabnoma beruvchi yoki uning vakili tomonidan har bir talabnoma uchun alohida olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materiallarda talabnoma raqami koʻrsatilishi va talabnoma beruvchi yoki uning vakilining imzosi boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma raqami koʻrsatilmagan materiallar koʻrib chiqilmasdan qaytarib yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Vazirlik va Davlat muassasasi bilan yozishmalar oʻzbek yoki rus tillarida olib boriladi. Talabnoma beruvchi tomonidan boshqa tilda berilgan materiallarga ularning oʻzbek yoki rus tilidagi tarjimasi tarjimani amalga oshirgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan holda ilova qilinadi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Muddatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Yillarda ifodalangan har qanday muddat tegishli keyingi keladigan yilda, muddatni hisoblash boshlangan voqea sodir boʻlgan oy nomi va kun raqami qanday boʻlsa, xuddi shu nomli oyda va oʻsha kunda tugaydi; ammo, agar keyingi tegishli oy oʻsha raqamli kunga ega boʻlmasa, muddat ushbu oyning oxirgi kunida tugaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Oylarda ifodalangan har qanday muddat tegishli keyingi keladigan oyda va muddatni hisoblash boshlangan voqea sodir boʻlgan kun raqami nechanchi boʻlsa, oʻsha kunda tugaydi; ammo, agar tegishli oy oʻsha raqamli kunga ega boʻlmasa, muddat ushbu oyning oxirgi kuni tugaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Kunlarda ifodalangan har qanday muddat koʻrib chiqilayotgan voqea sodir boʻlgan kunning keyingisidan hisoblanib, soʻnggi kunning oxirida tugaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Agar xatlar yoki patent boji Vazirlik va Davlat muassasasiga kelib tushishi belgilangan muddatning oxirgi kuni Vazirlik va Davlat muassasasi ishlamaydigan va xatlar yoki patent boji qabul qilina olmaydigan dam olish kuniga toʻgʻri kelsa, ushbu muddat koʻrsatib oʻtilgan holatlarning birontasi mavjud boʻlmagan keyingi ish kunigacha uzaytiriladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Talabnoma hujjatlariga qoʻshimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Qonunning 13-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchi oʻz tashabbusiga koʻra talabnoma ekspertizasi oʻtkazilayotgan davrda qaror qabul qilingunga qadar talabnoma materiallariga qoʻshimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma materiallariga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan tegishli yozma ariza topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Arizalarning shakli ushbu Qoidalarning 3-, 4-ilovalarida keltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza Vazirlikka kelib tushganligi va uni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
(45-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizaga talabnoma materiallariga oʻzgartirishlar kiritilganligi uchun patent boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat ilova qilinadi. Patent boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat ilova qilinmasa yoki toʻlangan patent bojining miqdori belgilangan miqdordan kam boʻlsa, qoʻshimcha materiallar koʻrib chiqishga qabul qilinmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi — yuridik shaxsning nomi yoki talabnoma beruvchi — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda, ushbu oʻzgarishlarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar mazkur Qoidalarning 94 — 97-bandlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-§. Talabnoma materiallari bilan tanishish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Talabnoma beruvchi (uning vakili) topshirilgan talabnoma va unga oid hujjatlar bilan oldindan kuni va soatini kelishib olgan holda bevosita Davlat muassasasining oʻzida yoki talabnoma hujjatlarining yoxud ularning biror qismining nusxasini soʻrab olish yoʻli bilan tanishishi mumkin. Soʻralgan hujjatlarning nusxalari talabnoma beruvchiga tarif boʻyicha xizmatlarga tegishli haq toʻlangan taqdirda yuboriladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tergov zaruriyati bilan bogʻliq hollardagina talabnoma materiallari bilan bepul tanishadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-§. Talabnomani koʻrib chiqish jarayonida ekspertiza tomonidan koʻrsatilgan materiallar bilan tanishish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Talabnoma beruvchi ekspertiza qarorida koʻrsatilgan materiallar bilan tanishish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Soʻralgan hujjatlarning nusxalari talabnoma beruvchiga tarif boʻyicha tegishli xizmatga haq toʻlangan taqdirda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-§. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Talabnoma bilan bogʻliq masalalar, odatda, ekspertiza tomonidan talabnoma berilgan belgi, u bilan belgilanishi moʻljallangan tovar, tovarning alohida xususiyatlari, ularning joʻgʻrofiy obyektning tabiiy sharoitlari yoki boshqa omillari yoxud bir vaqtning oʻzida tabiiy sharoitlar va boshqa omillarga bogʻliqligi boʻyicha qoʻshimcha tushuntirishlar olish zaruriyati paydo boʻlgan holda va talabnoma berilgan belgining muhofaza qilishga yaroqliligi, tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish imkoni masalalari boʻyicha ekspertizaning va talabnoma beruvchining pozitsiyasini aniqlash maqsadida talabnoma beruvchi (uning vakili) ishtirokida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert majlisi ikkala tomon shu masalalar bilan tanishib chiqqandan soʻng, Davlat muassasasining taklifiga yoki talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra oʻtkaziladi. Ekspertizaning savollari ekspert majlisini oʻtkazish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xabar qilingan soʻrovnomada, talabnoma beruvchining savollari esa majlisni oʻtkazish haqidagi iltimosnomada bayon qilinishi mumkin.
(50-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovnoma yuborilgan holda talabnoma beruvchi, talabnomani koʻrib chiqishda qatnashish niyatidan qaʼi nazar, soʻrovnomaga Qonunda belgilangan muddatda javob berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Ekspert majlisini oʻtkazish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi. Vaziyat oʻzgarib, biror tomon ekspert majlisida belgilangan vaqtda qatnasha olmasa, darhol ikkinchi tomonni bu haqda xabardor qiladi, shuningdek ekspert majlisi, agar Davlat muassasasi yoki talabnoma beruvchi uni oʻtkazishga vaqt bor yoki oʻtkazish maqsadga muvofiq emas deb hisoblasa, talabnoma beruvchi qatnashuvida oʻtkazilmaydi.
(51-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchining vakili ushbu qoidalarning 34 — 38-bandlaridagi shartlar bajarilgan holda ekspert majlisida qatnashishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-§. Soʻralgan materiallarni taqdim etish muddatini uzaytirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Davlat ekspertizasining soʻrovnomasi boʻyicha qoʻshimcha materiallar talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy davomida taqdim etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunning 13-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq soʻralgan materiallarni taqdim etish muddati talabnoma beruvchining yozma iltimosiga koʻra uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimos bilan birga muddatni uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy davomida topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Talabnoma beruvchiga soʻralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Agar iltimosnoma belgilangan muddat buzilgan holda berilgan boʻlsa, shuningdek patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan yoki toʻlangan boj summasi belgilangan miqdorga toʻgʻri kelmagan boʻlsa, soʻralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilmaydi. Bu holda talabnoma beruvchiga uning iltimosi rad etilganligi haqida bildirishnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-§. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Qonunning 13-moddasi beshinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan quyidagi muddatlar tiklanishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ekspertiza soʻrovnomasi boʻyicha qoʻshimcha materiallarni taqdim etish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) davlat ekspertizasi soʻrovnomasiga javob berish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan muddat oʻtib ketgan kundan eʼtiboran ikki oy mobaynida muddat oʻtkazib yuborilganiga asosli sabablar koʻrsatilgan holda topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Iltimosnoma bilan birga belgilangan miqdorda tegishli patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanganligi toʻgʻrisida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Ushbu Qoidalarning 57- va 58-bandlarida koʻrsatilgan talablardan aqalli bittasi bajarilmagani aniqlangan holda, iltimosnoma qondirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-§. Talabnoma beruvchi tomonidan talabnomaning chaqirib olinishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Qonunning 17-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi talabnomani chaqirib olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnomani chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza talabnoma koʻrib chiqilayotgan istalgan bosqichda, lekin tovar kelib chiqqan joy nomi roʻyxatga olingan sanadan yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish toʻgʻrisidagi yozuv kiritilgan sanadan kechikmay, topshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchiga uning talabnomani chaqirib olish toʻgʻrisidagi arizasi qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Chaqirib olingan talabnoma boʻyicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi (bunday talabnoma ekspertizasi oʻtkazilmaydi, tovar kelib chiqqan joy nomi roʻyxatga olinmaydi va/yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi taqdim etilmaydi). Chaqirib olingan talabnoma boshqa talabnomalarning ekspertizasini oʻtkazishda eʼtiborga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III-BOB. Talabnomani koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-§. Kelib tushgan talabnomani roʻyxatga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Vazirlikka kelib tushgan talabnoma materiallari, agar ushbu materiallar tarkibida kamida oʻzbek yoki rus tilida topshirilgan tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazishga va undan foydalanish huquqini berishga ariza yoki roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishga ariza, shuningdek talabnomani topshirish va talabnoma topshirilgan belgining davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat boʻlsa, kelib tushgan sana koʻrsatilgan holda roʻyxatga olinadi.
(63-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbek yoki rus tilidan boshqa tilda topshirilgan talabnoma roʻyxatga olinmaydi va uni topshirgan shaxsga qaytarib yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Talabnomaga Vazirlikning uchta harfli va sakkiz xonali raqamli koddan iborat qayd raqami beriladi. Koddagi birinchi harf (J) sanoat mulki obyektining turini — tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini berish yoki roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni, keyingi ikki harf (GU) muhofaza hujjatining turini — tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish haqidagi guvohnomani yoki avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqidagi guvohnomani bildiradi, talabnoma raqamidagi sonlar talabnoma topshirilgan yilni (katta razryaddagi toʻrtta son) va shu yilda kelib tushgan talabnomalar seriyasidagi tartib raqamini bildiradi (kichik razryadli toʻrtta son). Har bir yil seriyasidagi tartib raqam 1 (bir)dan boshlanadi.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Roʻyxatga olingan talabnoma qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Vazirlikka kelib tushgandan boshlab chop etilgunga qadar talabnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinmaydi.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-§. Rasmiy ekspertiza
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Qonunning 14-moddasi birinchi qismiga muvofiq rasmiy ekspertizaning oʻtkazilish muddati talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan boshlab 30 kunni tashkil qiladi.
(67-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilganda, bu muddat mos ravishda uzaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Qonunning 14-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq rasmiy espertizani oʻtkazish mobaynida talabnoma materiallarining tarkibi, zarur hujjatlarning mavjudligi, shuningdek ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Ushbu tekshirish natijalari boʻyicha talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Rasmiy ekspertizani oʻtkazishda taqdim etilgan materiallar ichida quyidagi hujjatlarning mavjudligi va ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berishga ariza yoki roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishga ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) talabnoma beruvchining (beruvchilarning) nomi yoki ismi, manzilining (manzillarining) koʻrsatilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) patent vakilining, agar u boʻlsa, ismi va manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) talabnomada roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan belgi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tovarni belgilash uchun tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish yoki roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan tovarning turi, bunda tovar ishlab chiqarilayotgan joy (joʻgʻrofiy obyektning chegaralari) koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) tovarning alohida xususiyatlarining tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) talabnoma topshirish va talabnoma berilgan belgining ekspertizasini oʻtkazish uchun patent boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) patent vakiliga berilgan ishonchnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) vakolatli idoraning (idoralarning) talabnoma beruvchi koʻrsatilgan joʻgʻrofiy obyektda joylashganligi va alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovar ishlab chiqarayotganligi haqidagi xulosasi (xulosalari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) xorijiy talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan mamlakatda uning tomonidan talabnoma berilgan tovar kelib chiqqan joy nomiga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) boshqa tilda topshirilgan materiallarning talabnomaga ilova qilingan oʻzbek yoki rus tilidagi tarjimasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Rasmiy ekspertizani oʻtkazishda ushbu Qoidalarning 69-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar va hujjatlarning mavjudligi va ushbu bandning a), b), g), d), e) kichik bandlarida sanab oʻtilgan hujjatlarning ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Talabnoma topshirilgan sana ushbu Qoidalarning 69-bandi a), b), g), d), e) kichik bandlarida sanab oʻtilgan hujjatlar va maʼlumotlar kelib tushgan sana yoki, agar hujjatlarning hammasi bir vaqtda taqdim etilmagan boʻlsa, oxirgi hujjat kelib tushgan sana boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Boshqa tilda topshirilgan talabnoma hujjatlarining oʻzbek yoki rus tilidagi tarjimasi (ushbu Qoidalarning 69-bandi “l” kichik bandi) taqdim etilmagunga qadar, hujjatlar topshirilmagan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Agar rasmiy ekspertiza oʻtkazish jarayonida talabnoma xujjatlari ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilganligi aniqlansa, bu holda talabnoma beruvchiga Qonunning 13-moddasi uchinchi qismiga muvofiq aniqlangan kamchiliklar koʻrsatilgan soʻrovnoma yuboriladi va unda talabnoma beruvchiga soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida yetishmagan yoki tuzatilgan maʼlumotlar va/yoki hujjatlarni taqdim etish taklif qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan javobda soʻralgan barcha maʼlumotlar va/yoki hujjatlar boʻlmasa, unga qayta soʻrovnoma yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy ekspertiza soʻroviga javob olinmagan, javob berish uchun belgilangan muddat buzilgan va bu muddat ichida uni uzaytirish haqidagi iltimosnoma taqdim etilmagan boʻlsa, talabnoma beruvchiga talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilish rad etilganligi toʻgʻrisida qaror yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan, shuningdek soʻralgan maʼlumotlar talabnoma beruvchi tomonidan oʻz vaqtida taqdim etilgan holda, talabnoma topshirilgan sana belgilanadi va talabnoma beruvchiga ushbu sanadan eʼtiboran talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qaror yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilinganligi haqidagi qarorda talabnoma beruvchi Qonun va ushbu Qoidalarda koʻzda tutilgan boshqa maʼlumotlar va/yoki hujjatlarni taqdim etish zarurligi haqida xabardor qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Agar ekspertizaning soʻrovnomasiga talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan javobda soʻralgan maʼlumotlar va/yoki hujjatlar boʻlmasa, talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda bunday qarorni qabul qilish uchun asoslar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-§. Talabnoma berilgan belgining ekspertizasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Qonunning 15-moddasiga muvofiq talabnoma berilgan belgining ekspertizasi jarayonida ushbu belgining Qonunning 6-,11-moddalarida belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma berilgan belgining ekspertizasi natijalari boʻyicha tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish toʻgʻrisidagi yoki tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror yoxud roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish yoki undan foydalanish huquqini berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Talabnoma berilgan belgining ekspertizasi koʻrib chiqishga qabul qilingan talabnomalar boʻyicha rasmiy ekspertiza tugagandan soʻng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Talabnoma berilgan belgi ekspertizasini oʻtkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) talabnomaning oʻzi va unga ilova qilingan hujjatlarning mazmuni va rasmiylashtirish tartibi ushbu Qoidalarning 5 — 31-bandlarida talabnoma materiallariga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi, tekshiruvi rasmiy ekspertiza davomida amalga oshiriladigan talabnoma materiallari bundan mustasno (ushbu Qoidalarning 70 — 73-bandlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-, 11-moddalarida unga nisbatan oʻrnatilgan talablarga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) talabnoma beruvchining koʻrsatilgan joʻgʻrofiy obyektda joylashganligini va alohida xususiyatlari mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va boshqa omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovar ishlab chiqarayotganligi haqidagi vakolatli idoraning (vakolatli idoralarning) xulosasi (xulosalari)ning mavjudligi va mazmuni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) agar talabnoma berilgan belgi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, tovarni belgilash uchun tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi berilishi soʻralayotgan tovarga xos alohida xususiyatlar tavsifining Reestrdagi maʼlumotlarga muvofiqligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasida tovar kelib chiqqan joy nomiga nisbatan belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlashda quyidagilar tekshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) talabnoma berilgan belgining, ushbu Qoidalar 5-bandining mazmuni eʼtiborga olingan holda, joʻgʻrofiy obyektning zamonaviy rasmiy nomiga yoki tarixiy nomiga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnomada keltirilayotgan joʻgʻrofiy obyekt chegaralari talabnomada koʻrsatilgan aynan oʻsha erda joylashganligini tasdiqlaydigan maʼlumotlarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) joʻgʻrofiy obyekt nomining talabnoma topshirilgan sanada ushbu joʻgʻrofiy obyektning tabiiy sharoitlari va/yoki boshqa omillari bilan belgilangan alohida xususiyatlarga ega boʻlgan tovarni aniqlashtirish uchun qoʻllanadigan belgi sifatida mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) agar joʻgʻrofiy obyektning nomi avval tovarni individuallashtirish uchun qoʻllangan boʻlsa-yu, ammo talabnoma topshirilgan vaqtga kelib tovarning haqiqatdan ham kelib chiqqan joyi va alohida xususiyatlarini koʻrsatuvchi dastlabki qobiliyatini yoʻqotgan boʻlsa, bu holda u Oʻzbekistonda tayyorlanish joyi bilan bogʻliq boʻlmagan maʼlum turdagi (tur tushunchasi) tovarning belgisi sifatida umumisteʼmolga kirgan belgi deb hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) belgilanishi uchun roʻyxatdan oʻtkazilishi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish yoki avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan tovarning koʻrsatilganligi, bunda u ishlab chiqarilgan joy (joʻgʻrofiy obyektning chegaralari) koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) tovarning alohida xususiyatlari tavsifining mavjudligi va ularning vakolatli idora xulosasiga muvofiqligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Vakolatli idora xulosasining mazmuni tekshirilayotganda, quyidagilarni tasdiqlaydigan maʼlumotlarning mavjudligi aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) talabnoma beruvchining nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnoma berilayotgan joyda ekanligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) talabnomada koʻrsatilgan tovarning talabnoma beruvchi tomonidan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnoma berilgan joy hududida ishlab chiqarilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) talabnoma beruvchi tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarda talabnomada koʻrsatilgan joʻgʻrofiy obyektning tamomila yoki asosan tabiiy sharoitlari va/yoki boshqa omillar tufayli ega boʻlgan alohida xususiyatlarining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Tovarning alohida xususiyatlarining tavsifi vakolatli idoraning xulosasiga muvofiq boʻlishi va ushbu xulosa talabnomaga Qonunning 9-moddasi uchinchi qismida koʻzda tutilgan holda talabnomaga ilova qilingan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Talabnoma materiallari Qonunda oʻrnatilgan talablarga mos kelmagan hollarda, talabnoma beruvchiga aniqlangan kamchiliklar koʻrsatilgan soʻrovnoma yuboriladi va soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida yetishmagan yoki tuzatilgan maʼlumotlarni va/yoki hujjatlarni taqdim etish taklif qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Soʻrovnoma yuborish uchun quyidagi holatlar asos boʻlishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) talabnoma berilgan belgini aniqlash zaruriyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ushbu Qoidalarning 7-, 21-, va 22-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etish zaruriyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) belgilanishi uchun tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqi yoki avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan tovar turini aniqlash zaruriyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) belgilanishi uchun tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqi yoki avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan tovarning ishlab chiqarilayotgan joyini aniqlash zaruriyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) talabnomada koʻrsatilgan tovarning alohida xususiyatlarining tavsifini aniqlash zaruriyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) vakolatli idoraning bayonotiga kirgan va ushbu Qoidalarning 80-bandi v) kichik bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarga, xususan tovarda alohida xususiyatlar mavjudligini, ularning talabnomada koʻrsatilgan joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar va/yoki boshqa omillarga mustahkam bogʻliqligini tasdiqlaydigan maʼlumotlarga aniqlik kiritish zaruriyati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Yuqorida koʻrsatilgan asoslarga koʻra talabnoma beruvchiga yuborilayotgan soʻrovnomaga, shuningdek, talabnomani koʻrib chiqishda paydo boʻladigan boshqa turdagi savollar, kamchilik va takliflar ham kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovnomada biron-bir savol boʻyicha keltiriladigan ekspertizaning fikri Qonunning va ushbu Qoidalarning nizomlariga iqtiboslar bilan asoslangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Ekspertiza soʻrovnomasi boʻyicha talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar ushbu Qoidalarning 94 — 97-bandlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda soʻralgan materiallarni yoki ularni taqdim etish muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani ushbu Qoidalarning 12-paragrafida koʻrsatilgan shartlarga rioya qilgan holda taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan tiklansa, bu holda ish yuritish davom ettirilishi mumkin.
(88-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasi bilan oʻrnatilgan talablarga muvofiqligi aniqlangan holda, tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish haqidagi qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasi bilan oʻrnatilgan talablarga muvofiqligi aniqlangan boʻlsa, uning Reestrda roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi qayd mavjud boʻlgan holda, avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqidagi qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Agar Qonunning 15-moddasi birinchi qismiga muvofiq oʻtkazilgan ekspertiza natijasida talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasida koʻzda tutilgan talablarga mos kelmasligi aniqlangan boʻlsa, bu holda tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Agar Qonunning 13-moddasi birinchi qismiga muvofiq oʻtkazilgan ekspertiza natijasida talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasi va 6-moddasining toʻrtinchi qismida koʻzda tutilgan talablarga mos kelmasligi aniqlangan boʻlsa, uning Reestrda roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi qayd mavjud boʻlgan holda, avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni rad etish haqidagi qarorda ushbu qarorni qabul qilishga asos boʻlgan sabablar keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-§. Qoʻshimcha materiallarni tekshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Davlat muassasasining soʻrovnomasi boʻyicha talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha material kelib tushgan holda, ularni taqdim etish uchun belgilangan muddatlarga rioya qilinganligi tekshiriladi.
(94-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan materiallar Qonunning 13-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy davomida taqdim etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Talabnoma beruvchi tomonidan oʻz tashabbusiga koʻra yoki Davlat muassasasining soʻrovnomasi boʻyicha taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar kelib tushgan va koʻrib chiqishga qabul qilingan holda, ular talabnoma mohiyatini oʻzgartirmasligi tekshiriladi.
(95-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Qoʻshimcha materiallar talabnoma mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etiladi, agar ularda, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) vakolatli idoraning xulosasiga koʻra ushbu tovar ega boʻlmagan xususiyatlar koʻrsatilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) agar talabnoma berilgan belgi tovar kelib chiqqan joy nomi uchun moʻljallangan tovarning nomini oʻz ichiga olgan hollarda, boshqa tovar (tovarlar) koʻrsatilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) talabnoma berilgan belgi oʻzgartirilgan yoki toʻldirilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tovarlar roʻyxati kengaytirilgan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Qoʻshimcha materiallar talabnoma mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etilsa, bu holda talabnoma beruvchiga ekspertizaning shunday xulosa chiqarishi uchun qoʻshimcha materiallarga kiritilgan qaysi maʼlumotlar asos boʻlganligi xabar qilinadi. Boshqa maʼlumotlar ekspertiza oʻtkazishda hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Kelib tushgan sana

Kirish raqami

Davlat roʻyxatiga olish raqami

Oʻzbekiston Respublikasida tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun

TALABNOMA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: ______, E-mail: ___________.

ARIZA
‎Talabnomani va quyida keltirilgan hujjatlarni taqdim etar ekanman, talabnomada koʻrsatilgan belgini tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatga olishingizni va undan foydalanish huquqini berishingizni soʻrayman.‎‎

Talabnoma beruvchi

‎‎(yuridik shaxsning ustav (nizom)ga muvofiq toʻliq nomi va jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi)

Talabnoma beruvchining pochta manzili

Telefon:_______Faks:_________E-mail:‎‎‎

Tashkilotning KTUT boʻyicha kodi (agar u belgilangan boʻlsa)
‎BIMTning ST3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa)
‎‎‎Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomlanishi)

‎Telefon:___________ Faks:______________ E-mail:‎
Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi)
‎‎
‎Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

‎Telefon: ___________Faks:_______________ E-mail :
‎Talabnoma berilayotgan belgi (bosh harflar bilan yoziladi)

Tovarning turi yoki muayyan tovar



Tovarning asosiy xususiyatlarining tavsifi



Ishlab chiqarilgan joyi (joʻgʻrofiy obyektning chegaralari koʻrsatilgan holda)


Ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati

1 nusxadagi varaqlar soni

Nusxalar soni

‎‎ belgilangan miqdordagi boj toʻlanganligi haqidagi hujjat
‎‎‎‎ vakolatli idoraning xulosasi
 ‏talabnomaga ilova qilinayotgan hujjatlarning oʻzbek yoki rus tillariga tarjimasi
 patent vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma
‎ ‎‎boshqa hujjat

‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
Imzo



Talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi; imzo qoʻyilgan sana (imzo yuridik shaxs nomidan qoʻyilganda, rahbarning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Hujjatlar kelib tushgan sana

Kirish raqami

Davlat roʻyxatiga olish
‎raqami

Oʻzbekiston Respublikasida avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun

‎‎TALABNOMA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: ______, E-mail: ___________.

ARIZA ‎
‎Talabnomani va quyida keltirilgan hujjatlarni taqdim etar ekanman, tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishingizni soʻrayman.

Talabnoma beruvchi

‎(yuridik shaxsning ustav (nizom)ga muvofiq toʻliq nomi va jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi)

‎‎Talabnoma beruvchining pochta manzili


Telefon:________Faks:_______E-mail:‎‎‎







‎Tashkilotning KTUT boʻyicha kodi (agar u belgilangan boʻlsa)
‎BIMTning ST3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa)

Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomlanishi)

‎Telefon: _________________________ Faks:__________________________ E-mail:‎
Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi)
‎Patent vakilining manzili (toʻliq pochat manzili)

‎Telefon: ___________Faks:_______________ E-mail :
‎‎Talabnoma berilayotgan belgi (bosh harflar bilan yoziladi)

Tovarning turi yoki muayyan tovar


Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarning asosiy xususiyatlarining tavsifi



Ishlab chiqarilgan joyi (joʻgʻrofiy obyekt chegaralari koʻrsatilgan holda)




Ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati

1 nusxadagi varaqlar soni

Nusxalar soni

‎‎ belgilangan miqdordagi boj toʻlanganligi haqidagi hujjat
‎ vakolatli idoraning xulosasi
‎ talabnomaga ilova qilinayotgan hujjatlarning oʻzbek yoki rus tillariga tarjimasi
‎ patent vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma
‎ boshqa hujjat‎
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏

Imzo



Talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi; imzo qoʻyilgan sana (imzo yuridik shaxs nomidan qoʻyilganda, rahbarning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)

(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelib tushgan sana va kirish raqami

Kirish raqami
‎(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi) ‏

Talabnoma beruvchining nomlanishi va yoki manziliga oʻzgartirish(lar) kiritish toʻgʻrisidagi

‎‎ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: ______, E-mail: ___________

Ushbu arizani taqdim etar ekanman, talabnoma materiallarida talabnoma beruvchining nomi va (yoki) manziliga oʻzgartirish(lar) kiritishingizni soʻrayman.

Talabnoma raqami ‎‎

Talabnoma topshirilgan sana

‎‎
Talabnoma beruvchi
‎Patent vakili (toʻliq ismi, roʻyxat raqami)‎
‎Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomlanishi)

‎Telefon: ______________________Faks:______________________ E-mail:
Patent �akilining manzili (toʻliq pochta manzili)


‎Telefon: ______________________Faks:_______________________ E-mail:
Oʻzgartirish(lar).
Oʻzgartirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar:‎
Oʻzgartirilgan holdagi maʼlumotlar:
‎davomi alohida varaqda

‎Arizaga ilova qilinayotgan hujjat(lar):
‎ belgilangan miqdordagi boj toʻlanganligi haqidagi hujjat
‎ davom ettirish varaqlar
‎ boshqa hujjatlar (koʻrsatiladi)

Nusxalar soni

Saxifalar soni

(3-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelib tushgan sana va kirish raqami

Kirish raqami
‎(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

Xatolarni tuzatish toʻgʻrisidagi

‎ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: ______, E-mail: ___________.

Ushbu arizamni taqdim etar ekanman, talabnoma materiallarida uchraydigan xato(lar)ga tuzatish(lar) kiritishingizni soʻrayman
Talabnoma raqami ‎‎
Talabnoma topshirilgan sana ‎‎
Talabnoma beruvchi

Patent vakili (toʻliq ismi, roʻyxat raqami)

Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomlanishi)


‎Telefon: ______________________Faks:______________________ E-mail:
Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)


‎Telefon: ______________________Faks:_______________________ E-mail:
Xato(lar) va tuzatish(lar)
Tuzatish kerak boʻlgan maʼlumotlar:‎
Tuzatilgan holdagi maʼlumotlar:‎
Alohida varaqdagi ilovaga qarang
‎Arizaga ilova(lar):
‎ davom ettirish uchun varaqlar
‎ boshqa hujjatlar (koʻrsatiladi)

Nusxalar soni

Varaqlar soni

Imzo

Talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi; imzo qoʻyilgan sana (imzo yuridik shaxs nomidan qoʻyilganda, rahbarning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)

(4-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element