Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
12.07.2024
05.10.2023
02.06.2022
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.03 (Кучини йукотган) Litseylar, kollejlar / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.32.00 (Кучини йукотган) Malaka oshirish. Qayta tayyorlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz malaka oshirish tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining malakasini oshirish tizimini zamonaviy taʼlim standartlari talablaridan kelib chiqqan holda yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining “Hayot davomida taʼlim olish” tamoyili asosida uzluksiz malakasi oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirishning maqsadi, vazifalari, mazmunidan kelib chiqib oʻquv jarayonini tashkil qilish, rahbar va pedagog xodimlarning uzluksiz malaka oshirishi uchun taʼlim dasturlari doimiy yangilab boriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog xodimlarning kasbiy ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan malaka oshirish shakllarini mustaqil tanlash va oʻzlashtirish imkoniyati yaratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit-modul tizimi asosida muqobil va mustaqil malaka oshirish shakllari ham joriy qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzluksiz malaka oshirish jarayonlari tashkilotchilarining vazifalari, oʻquv jarayonini tashkil qilish, taʼlim dasturlarini doimiy yangilab borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbar va pedagog xodimlarning kasbiy ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan malaka oshirish shakllarini mustaqil tanlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish dasturlarini oʻzlashtirish va belgilangan kredit birliklarini toʻplash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida akademik litsey mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda akademik litseylar rahbar hamda pedagog xodimlarining malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablari ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirishning kasbiy faoliyatga aloqador shakllari bir-birini toʻldirish tamoyillari asosida amaliyotga joriy qilinishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 15-iyulga qadar akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz kasbiy malakasini oshirish tizimini tashkil etish, ularning malakasini oshirish jarayonlarini uzluksiz nazorat qilish va shaxsiy hisobini yuritish imkoniyatini taʼminlovchi elektron platforma joriy etilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 15-avgustga qadar rahbar va pedagog xodimlarning kasbiy-pedagogik faoliyati natijalari hamda ularning malakasini oshirish jarayonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron platformaga kiritilishini va keyinchalik doimiy yangilab borilishini taʼminlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litseylar rahbar xodimlarining malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etiladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litseylar pedagog xodimlarining (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari va Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining huquqshunoslik hamda kasbiy fanlari boʻyicha pedagog xodimlari bundan mustasno) malakasini oshirish oliy taʼlim muassasalari huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlarida (keyingi oʻrinlarda — mintaqaviy markazlar) tashkil etiladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi 528-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirishning tasdiqlangan jadvaliga kiritilgan hamda Institut va mintaqaviy markazlarga oʻqishga yuborilgan tinglovchilar uchun ularning ishdan ajralgan holda butun oʻqish davrida asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlari tarkibidagi uch yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan ayollar, pensiya yoshidagilar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun malaka oshirish kurslari masofaviy shaklda tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut va mintaqaviy markazlarga asosiy ishdan ajralgan holda malaka oshirishga tasdiqlangan jadvalga muvofiq boshqa hududlardan yuborilgan tinglovchilarning oʻqish joyiga kelish va u yerdan qaytish boʻyicha bir martalik yoʻl xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ularni yuborgan taʼlim muassasasi hisobidan qoplanadi;
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-sonli “Maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining malakasini oshirish kurslariga mashgʻulotlar oʻtkazish uchun soatbay ish haqi toʻlash shartlari bilan jalb etilgan professor-oʻqituvchilar uchun ish haqi toʻlash shartlari oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga mashgʻulotlar oʻtkazish uchun soatbay ish haqi toʻlash shartlari bilan jalb etilgan professor-oʻqituvchilarning ish haqi toʻlash shartlariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.H. Toshkulov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 1-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
296-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 296-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqib malaka oshirish jarayonlarini mustaqil tanlash va uzluksiz malaka oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litseylarning rahbar xodimlari — akademik litseylarda boshqaruv funksiyalarini bajaruvchi (direktor, direktor oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari) shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litseylarning pedagog xodimlari — akademik litseylarda pedagogik faoliyatni amalga oshiruvchi professor, dotsent, bosh oʻqituvchi, yetakchi oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, oʻqituvchi lavozimidagi shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masofaviy malaka oshirish — ishdan ajralmagan holda masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali malaka oshirishning onlayn (videomaʼruzalar, maslahatlar, nazorat turlarini masofadan turib real vaqt rejimida oʻtkazish) va oflayn (masofaviy taʼlim tizimidagi tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) shakli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mustaqil malaka oshirish — taʼlim darajasi va sifatiga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablariga muvofiq yangi bilim, koʻnikma va malakalarni rahbar va pedagog xodimlar tomonidan mustaqil oʻzlashtirish, oʻzini oʻzi kasbiy rivojlantirish shakli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muqobil malaka oshirish — mustaqil malaka oshirish shakllaridan foydalanib rahbar va pedagog xodimlarning individual kasbiy mahorat natijalari tasdigʻining amaldagi malaka oshirish shakllariga tenglashtirilgan shakli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
modul — tinglovchining tegishli bilimga egalik qilish, kasbiy bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan oʻquv dasturining mustaqil tarkibiy qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit — tinglovchining alohida modul boʻyicha oʻrganishi va oʻzlashtirishi uchun ajratiladigan va birliklarda ifoda qilinadigan oʻquv yuklamasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit-modul — har bir oʻzlashtirilgan modul boʻyicha kredit birliklari jamlab boriladigan oʻqitish-baholash tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron portfolio — rahbar va pedagog xodimlarning kasbiy faoliyat natijalarini baholashga qaratilgan oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ish materiallarini qamrab oluvchi elektron resurslar majmuasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq, malaka oshirish shakllariga ajratilgan kreditlar miqdori ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Malaka oshirishning maqsadi rahbar va pedagog xodimlarning oʻzini oʻzi mustaqil kasbiy rivojlanishini ragʻbatlantirish, oʻquv-tarbiya jarayonini yuqori ilmiy-metodik darajada tashkil etish, kadrlarning toifasi, darajasi va lavozimi boʻyicha kasbiy va pedagogik mahorati doimiy ravishda oʻsishini taʼminlashdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Malaka oshirishning vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbar va pedagog xodimlarning kasbiy bilim, koʻnikma va malakasini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq taʼlim sifatini taʼminlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbar va pedagog xodimlarning ilmiy-pedagogik salohiyatidan kelib chiqib ularning kasbiy ehtiyojlarni qanoatlantirishga yoʻnaltirilgan uzluksiz malaka oshirishning shakllarini mustaqil tanlashi va oʻzlashtirishi imkoniyatini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv materialining tinglovchilar tomonidan tizimli ravishda va belgilangan muddatlarda oʻzlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Malaka oshirish jarayonlari tashkilotchilarining vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etadi hamda malaka oshirish kurslarining oʻquv rejasi va oʻquv dasturlarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish mintaqaviy markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning oʻquv-metodik va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish choralarini koʻradi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy tajriba asosida malaka oshirish yoʻnalishlarini takomillashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish kurslarida taʼlim jarayonini takomillashtirish mexanizmlari va metodikalarini belgilaydi, malaka oshirishga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish kurslaridan oʻtishi lozim boʻlgan tinglovchilarning har yillik reja-grafigini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masofadan oʻqitishning onlayn va oflayn shakllarida malaka oshirish kurslarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish jarayonining doimiy elektron monitoringini yuritadi, monitoring koʻrsatkichlari asosida istiqbolli kadrlar kontingentini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbar va pedagog xodimlarning uzluksiz malaka oshirish tizimidagi oʻzlashtirish darajalariga mos ravishda malaka oshirish kurslaridan oʻtishini nazorat qiladi va monitoringini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish kurslari tinglovchilarining onlayn-test nazorat topshiriqlarini tayyorlaydi va oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylarda rahbar va pedagog xodimlar tomonidan elektron portfolio tizimiga maʼlumotlar toʻgʻri kiritilganligini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish mintaqaviy markazlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv dasturlari asosida malaka oshirish kurslarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish kurslarining tegishli oʻquv-metodik resurslarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish kurslarida mashgʻulotlar oʻtkazish uchun sohaning yetakchi pedagog xodimlari, amaliyotchi mutaxassislarni, shuningdek, shartnoma asosida xorijiy mutaxassislarni jalb etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchilar tomonidan elektron portfolio tizimiga maʼlumotlar toʻgʻri kiritilganligini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har oʻquv yilida noyabr oyining birinchi oʻn kunligida mustaqil ravishda malaka oshirish shakllari boʻyicha faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining elektron portfolio tizimiga kiritilishini taʼminlaydi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq rahbar va pedagog xodimlarning belgilangan muddatlarda malaka oshirish kurslariga yuborilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litseyning kengaytirilgan yigʻilishlarida malaka oshirish natijalarini muhokama qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan rahbar va pedagog xodimlarning ilgʻor tajriba, yangi bilim va koʻnikmalarini ommalashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir oʻquv yilida Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining yagona elektron tizimiga rahbar va pedagoglar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilishini taʼminlaydi;
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish natijalari tahlilini olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy ish rejasida oʻquv yili uchun uzluksiz malaka oshirish shakllari boʻyicha faoliyatini rejalashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbiy faoliyat natijalarini elektron portfolio tizimiga joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda rahbar va pedagog xodimlar kasbiy faoliyat natijalarining tasdiqlovchi hujjatlarini elektron portfolio tizimiga quyidagi tartibda kiritib boradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dars berayotgan fanlari boʻyicha talabalarning hududiy, respublika va xalqaro miqyosidagi fan olimpiadalari, sport musobaqalari, sanʼat sohasidagi koʻrik-tanlovlar va koʻrgazmalardagi ishtirokini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi (buyruqdan koʻchirma, diplom, faxriy yorliq);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy anjumanlar toʻplamida nashr qilingan ishlarning tasdiqlangan nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy jurnallarda chop qilingan ishlarning tasdiqlangan nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish yoki stajirovka oʻtaganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doktorlik dissertatsiyasining (PhD, DSc) himoya qilinganligini qayd etuvchi diplomning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
darslik yoki oʻquv qoʻllanmasi uchun berilgan guvohnomaning nusxasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Elektron portfolio tizimiga kiritilgan barcha maʼlumotlarning haqqoniyligiga rahbar va pedagog xodimlar shaxsan javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron portfolio tizimidagi koʻrsatkichlarning haqqoniy emasligi aniqlanganda tegishli rahbar va pedagog xodimlarning elektron portfolio natijalari bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Malaka oshirish quyidagi shakllarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishdan ajralgan holda malaka oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishdan ajralmagan holda mustaqil malaka oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muqobil malaka oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka oshirish shakllarining mazmuni davlat taʼlim talablarida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ishdan ajralgan holda malaka oshirish Institut va markazlarda oʻqish orqali amalga oshiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda akademik litseylarning rahbar va pedagog xodimlari har yili 24 akademik soat ishdan ajralgan holda malakasini oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mustaqil malaka oshirish quyidagi koʻrinishda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish, stajirovka oʻtash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtidorli va isteʼdodli oʻquvchilar bilan ishlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy anjumanlarda maʼruza bilan qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24 akademik soat hajmida mustaqil tajriba orttirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv adabiyotlari (hammualliflikdagi darslik, oʻquv qoʻllanmasi)ni tayyorlash va nashrdan chiqarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mustaqil malaka oshirish shakli boʻyicha soʻnggi bir yilda toʻplangan kredit birliklari malaka oshirish natijalarini umumlashtirishda hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Muqobil malaka oshirish soʻnggi bir yilda bajarilgan ishlar hisobidan quyidagi koʻrinishda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka mualliflikda darslik, oʻquv qoʻllanmasi tayyorlash va nashrdan chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlagan oʻquvchilari respublika fan olimpiadalarida gʻoliblikni (1, 2 yoki 3-oʻrinlar) qoʻlga kiritishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlagan oʻquvchilari xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni (oltin, kumush, bronza medallari) qoʻlga kiritishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish yoki stajirovka oʻtash (ikki haftadan kam boʻlmagan muddatda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Malaka oshirish shakllari boʻyicha maʼlumotlar elektron portfolio tizimiga shaxsan rahbar va pedagogning oʻzi tomonidan kiritiladi va uzluksiz malaka oshirish jarayonida oʻquv dasturlarini oʻzlashtirish, mustaqil va muqobil malaka oshirish shakllarini bajarish orqali toʻplangan kredit birliklari elektron nazorat tizimi orqali qayd etib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Akademik litseylarning rahbar va pedagog xodimlari har yili malaka oshirishning oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishi va belgilangan kredit birliklarini toʻplashlari majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Akademik litsey rahbar va pedagog xodimlarining malaka oshirishdan oʻtdi deb hisoblanishi tinglovchidan bir yil davomida kamida 8 kredit birlik toʻplashni nazarda tutadi. Bunda bir kredit birligi 6 akademik soatga teng hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlari tarkibidagi uch yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan ayollar, pensiya yoshidagilar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar mustaqil yoki muqobil shaklda yoxud ishdan ajralmagan holda har yili mustaqil tajriba orttirish usuli orqali 48 akademik soat hajmida malakasini oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Malaka oshirish tinglovchisi kursning oʻquv rejasida nazarda tutilgan barcha nazorat turlarida ijobiy natija koʻrsatsa, oʻquv dasturi toʻliq oʻzlashtirilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Malaka oshirish jarayonida yil davomida belgilangan 8 kredit birligini toʻplagan tinglovchilarga elektron generatsiya qilingan, elektron imzo yoki uning muqobil shaklidagi (QR-kod) hujjat (sertifikat) taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Har bir oʻquv dasturini muvaffaqiyatli oʻzlashtirganlik haqidagi maʼlumotlar xodimlarning elektron portfoliosidagi shaxsiy kabinetlarida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Oʻquv dasturlarini belgilangan oʻqish muddati davomida oʻzlashtira olmagan hamda uzrli sabablarsiz tinglovchilar safidan chetlashtirilgan tinglovchi joriy yil yakuniga qadar toʻlov evaziga oʻz hisobidan Institut va markazlar reja-jadvali asosida ish beruvchining roziligi bilan ishdan ajralgan holda Institut va markazlarda yoki ishdan ajralmagan holda masofadan oʻqitish usuli orqali kurslarni takroran oʻzlashtirishi talab qilinadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Yil davomida belgilangan kredit birliklarni toʻplay olmasligi rahbar va pedagog xodimlar bilan tuzilgan shartnomani mehnat qonunchiligiga muvofiq xodimning malakasi yetarli emasligi sababi bilan bekor qilishga asos boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ular bilan asosiy ish joyi boʻyicha mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan olti oy oʻtgandan keyin pulli asosda oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Malaka oshirish jarayonlarini monitoring qilish, shuningdek, tinglovchilarning kasbiy faoliyati natijalarini qayd etib borish Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Malaka oshirish kurslarining mazmuni, taʼlim dasturlariga qoʻyiladigan talablar davlat taʼlim talablarida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Tinglovchilarning malaka oshirish kurslariga uzrli sabablar bilan qatnashmasligi tasdiqlangan taqdirda, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq malaka oshirish boshqa muddatga koʻchiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ishdan ajralgan holda malaka oshirishdan oʻtadigan tinglovchilarning malaka oshirish davrida asosiy ish joyi boʻyicha egallagan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi, ularning oʻquv yuklamasi belgilangan tartibda boshqa pedagoglar oʻrtasida taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Oʻquv mashgʻulotlari uchun ikki akademik oʻquv soati davomiyligi uzluksiz 80 daqiqani, mashgʻulotlar oraligʻidagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Ishdan ajralgan holda malaka oshirish kurslaridagi oʻquv jarayoni akademik litseylardan taqdim etilgan yillik buyurtmalar boʻyicha guruhlarning toʻldirilishiga bogʻliq holda tinglovchilar soni 20 nafardan kam va 30 nafardan koʻp boʻlmagan akademik guruhlarda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Istisno tariqasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchilar kontingenti yetarli boʻlmagan yoʻnalishlarda, jumladan, rus yoki qoraqalpoq tilida dars olib boriladigan guruhlarda tinglovchilar kontingenti bir guruh meʼyorida yigʻilmaydigan kam sonli alohida yoʻnalishlarda oʻquv jarayonini tashkil etishda bir guruhdagi tinglovchilar soni kamida 5 nafar etib belgilanishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yil davomida 5 nafargacha pedagog xodimlar yigʻilmaydigan alohida yoʻnalishlarda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishgan holda Institut (markaz) rahbarining buyrugʻi bilan tinglovchilar soni 5 nafardan kam guruh shakllantirilishi yoki ular uchun malaka oshirish masofadan oʻqitish usullari orqali amalga oshirilishi mumkin.
(31-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ishdan ajralgan holda malaka oshirish davrida uzrli sabablarsiz oʻquv mashgʻulotlariga 6 soat va undan koʻp vaqt qatnashmagan tinglovchilar Institut (markaz) rahbarining buyrugʻi bilan tinglovchilar safidan chiqariladi va bu haqidagi axborot Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga, shuningdek, tinglovchining asosiy ish joyiga yuboriladi.
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mashgʻulotlarda qatnashmaganligi uchun kurslardan chetlashtirilgan tinglovchilar oʻquv dasturlarini oʻzlashtirmagan deb hisoblanadi hamda ularga nisbatan ushbu Nizomning 25-bandi tegishli talablari tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablarga koʻra 6 soat va undan koʻp hajmda mashgʻulotlarda qatnashmaganlar tinglovchilar safidan chiqariladi hamda ularga navbatdagi kurslarda ishtirok etishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining malakasini oshirish kurslari tegishli yoʻnalishlar boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini hisobga olgan holda tinglovchilarni sifatli oʻqitish uchun moddiy-texnika bazasi, pedagoglar tarkibi mavjud boʻlganda kurslar faoliyati va resurs taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan va budjetdan tashqari moliyalashtirish asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka oshirish kurslari tinglovchilari (takroriy oʻqitishdan tashqari) bepul asosda oʻqitiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar
Ijrochilar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar
Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yagona elektron tizimga kiritish, malaka oshirish shakllarini aniqlash.
Har yili noyabr oyining birinchi oʻn kunligida
2-bosqich
Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Akademik litseylar buyurtmalari asosida soʻnggi kalendar yil uchun rahbar va pedagog xodimning egallab turgan lavozimiga qarab oʻqish davri, shakli va yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirish tinglovchilarining yillik rejasini shakllantirish va belgilangan tartibda tasdiqlash.
Har yili dekabr oyining birinchi oʻn kunligida
3-bosqich
Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, mintaqaviy markazlar
Malaka oshirish yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv jarayonlarini tashkil etish.
Oʻquv dasturlarida nazarda tutilgan nazorat turlari boʻyicha tinglovchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini aniqlash.
Tasdiqlangan reja-jadval asosida
4-bosqich
Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlari
Muqobil yoki mustaqil malaka oshirish shakllarini bajarish hamda uning natijalarini tasdiqlovchi hujjatlarni elektron portfolio tizimiga kiritish.
Yil davomida
5-bosqich
Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, mintaqaviy markazlar
Malaka oshirish kurslari natijalarini tahlil qilish asosida yil davomida belgilangan kredit birliklarini toʻplagan rahbar va pedagog xodimlarga QR-kod bilan himoyalangan elektron shakldagi sertifikatni berish.
Yil davomida belgilangan kredit miqdorlarini toʻplay olmagan rahbar va pedagog xodimlarni takroriy kurslarda oʻqishga tavsiya etish.
Har yili dekabr oyida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz malaka oshirish shakllariga ajratilgan kreditlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MIQDORI

T/r
Malaka oshirish shakllari
Ijodiy ishning turi
Kredit
I. Mustaqil malaka oshirish
1.
Xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish, stajirovka oʻtash
2
Xorijiy mamlakatlarda:
malaka oshirish, stajirovka oʻtash (davomiyligi 24 soatdan kam boʻlmagan muddatda) —
2
2.
Iqtidorli va isteʼdodli talabalar bilan ishlash
0,3
oʻquvchilarining hududiy (viloyat) fan olimpiadalari, sport musobaqalari, sanʼat sohasidagi koʻrik tanlovlar va koʻrgazmalardagi sovrinli oʻrin uchun —
0,1
3.
Ilmiy anjumanlarda maʼruza bilan qatnashish
0,5
xalqaro miqyosda —
0,2
respublika miqyosida —
0,1
4.
Ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish
0,5
har bir ilmiy maqola uchun:
xalqaro miqyosda —
0,2
respublika miqyosida —
0,1
5.
Mustaqil tajriba orttirish
4
onlayn shakldagi tanlov modul dasturlarini oʻzlashtirish
6 akademik soat uchun —
1
6.
Oʻquv adabiyotlari (hammualliflikdagi darslik, oʻquv qoʻllanmasi)ni tayyorlash va nashrdan chiqarish
0,7
darslik —
0,5
oʻquv qoʻllanma —
0,2
II. Muqobil malaka oshirish shakllari
7.
Yakka mualliflikda darslik, oʻquv qoʻllanmasi tayyorlash va nashrdan chiqarish
8
8.
Falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilish
8
9.
Tayyorlagan oʻquvchilari respublika fan olimpiadalarida gʻoliblikni (1, 2 yoki 3-oʻrinlar) qoʻlga kiritishi
8
10.
Tayyorlagan oʻquvchilari xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni (oltin, kumush, bronza medallari) qoʻlga kiritishi
8
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/296/0470-son; 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son)