Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
08.05.2023
14.04.2022
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.08 Vijdon erkinligi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.24.00 Poligrafiya sanoati;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.03.00 Olib kirishga cheklovlar va taqiqlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamg‘armalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini tartibga solish hamda dinshunoslik ekspertizasidan o‘tkazishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish jamiyatda konfessiyalararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglik buzilishiga olib keladigan, diniy zo‘ravonlik va boshboshdoqlikka chorlaydigan g‘oyalar hamda qarashlar tarqalishining oldini olish maqsadida dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingandan keyin amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, ushbu materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va tarqatishga qo‘yiladigan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish va tarqatishga mo‘ljallangan materiallarni ekspertizadan o‘tkazish uchun vakolatli organga murojaat qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi S.D. Toshboyev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 14-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
180-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 180-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gologramma — belgilangan diniy mazmundagi materiallarni tarqatish uchun ruxsat berilganligini bildiruvchi maxsus emblema;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy mazmundagi kitob — tarkibida diniy mazmundagi materiallarning hajmi 48 sahifadan kam bo‘lmagan, bosma yoki elektron ko‘rinishdagi nodavriy nashr;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy mazmundagi materiallar (keyingi o‘rinlarda — materiallar) — diniy ta’limotning aqidaviy asoslarini, tarixini, diniy ta’limot mafkurasini va sharhlarni, turli diniy ta’limotlarning marosimlar o‘tkazish amaliyotini, shuningdek, alohida shaxslarning, tarixiy faktlar va hodisalarning diniy nuqtai nazardan bahosini aks ettiruvchi kitoblar, risolalar, jurnallar, gazetalar, varaqalar, boshqa bosma nashrlar, belgilar, predmetlar, ramzlar, audiovizual asarlar (tele, kino va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozuvlari, multfilmlar va boshqalar), elektron axborot tashuvchilar (disketlar, CD, DVD disklari, o‘rnatilgan va yechib olinadigan xotira kartalari, Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirilgan materiallar va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dinshunoslik ekspertizasi (keyingi o‘rinlarda — ekspertiza) — vakolatli organ tomonidan materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish, tarqatishga ruxsat berish (ruxsat bermaslik) masalasini hal etish uchun ularda amaldagi qonunchilikka zid elementlar, diniy qonun-qoidalardan og‘ishganlik yoki buzib ko‘rsatishning mavjud yoki mavjud emasligiga oid tadqiqotlar o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olib kirish — xorijda tayyorlangan materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga yetkazib berishning har qanday shakli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlash — O‘zbekiston Respublikasi hududida, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘i, axborotni uzatish va tarqatishning boshqa elektron vositalari orqali materiallarni nashr etish, qayta nashr etish va nusxa ko‘chirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarqatish — O‘zbekiston Respublikasi hududida, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘i, axborotni uzatish va tarqatishning boshqa elektron vositalari orqali materiallarni sotish, yetkazib berish, tarqatish, yuborish va ularga obuna bo‘lish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspertiza xulosasi (keyingi o‘rinlarda — xulosa) — vakolatli organ tomonidan materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish, tarqatishga ruxsat berish (ruxsat bermaslik) masalasini hal etish uchun ularda amaldagi qonunchilikka zid elementlar, diniy qonun-qoidalardan og‘ishganlik yoki buzib ko‘rsatishning mavjud yoki mavjud emasligiga oid tadqiqotlar o‘tkazilganligini rasman tasdiqlovchi yozma hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi hududida materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish jamiyatda konfessiyalararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglik buzilishiga olib keladigan, diniy zo‘ravonlik va boshboshdoqlikka chorlaydigan g‘oyalar hamda qarashlar tarqalishining oldini olish maqsadida dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingandan keyin amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Materiallarni quyidagi maqsadlarda tayyorlash, olib kirish va tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeyiga qarab yoxud boshqa holatlarga ko‘ra fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish yoki o‘zga shaxslar mahsulotlarini obro‘sizlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirish, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur yetkazishga da’vat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urush, zo‘ravonlik, terrorizm, shuningdek, ekstremizm, separatizm, diniy aqidaparastlik yoki mutaassiblik bilan yo‘g‘rilgan g‘oyalarni targ‘ib qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi axborotni tarqatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy e’tiqodni o‘zgartirishga da’vat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dinga e’tiqod qiluvchilarning his-tuyg‘ularini haqorat qilish yoki kamsitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarni o‘z konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarmaslikka chaqirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat, jamoat yoki diniy tashkilotlarning huquqlari va mol-mulkiga tajovuz qilishga undash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvand vositalar, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targ‘ib qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikni keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarni amalga oshirishga undash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tayyorlashga mo‘ljallangan materiallarning nazorat nusxasi va mazkur Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar ekspertizani amalga oshirish uchun vakolatli organga yetkazib berilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan tayyorlanadigan materiallar ekspertiza o‘tkazilgandan keyin materialning muallifi va nomi, noshir manzili, adadi (tiraji), materialning qisqa mazmuni va sharhi hamda tayyorlangan sanasi ko‘rsatilgan axborotga ega bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Materiallar matni lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon etilgan bo‘lishi, ularni turlicha sharhlash va talqin qilinishiga olib kelmasligi kerak. Materialning jumlalari rasmiy til uslubidan foydalanilgan holda umume’tirof etilgan imlo qoidalari asosida tuzilishi, xorijiy tillardan tarjima qilingan so‘zlar, unda foydalaniladigan tushuncha va atamalar mazmuniga muvofiq, turlicha sharhlash imkoniyatini istisno etadigan holda, bir xilda bayon etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Materiallarni tayyorlashga ijobiy xulosa olingandan keyin yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Diniy tashkilotlar va jismoniy shaxslar materiallarni o‘z ehtiyojlari uchun tijorat maqsadlarini ko‘zlamagan holda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari davlat chegarasidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan materiallarni ekspertizadan o‘tkazish uchun darhol vakolatli organga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun hamda ilmiy-tadqiqot o‘tkazish maqsadlarida har bir nomlanishdagi materialdan uch nusxadan oshmagan miqdorda, ijobiy xulosa olingandan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan materiallar ijobiy xulosa olingandan keyin gologramma bilan tamg‘alanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijobiy xulosa olinmagan va gologramma bilan tamg‘alanmagan materiallar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur tartibga amal qilmagan holda olib kirilgan materiallar uchun olib kiruvchi shaxs javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari manfaatlarini himoya qilish maqsadida ommaviy ziyorat tadbirlari o‘tkaziladigan vaqtda ekspertizaning bevosita bojxona nazorati punktlarida o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan turg‘un savdo shoxobchalari orqali fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassa, to‘lov terminallarini qo‘llash va pul tushumlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bankka inkassatsiya qilish (banklarga topshirish) yo‘li bilan yoxud onlayn to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/21-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 3028, 29.06.2018-y.).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari kutubxonalari, shuningdek, boshqa kutubxonalar, veb-saytlar tahririyatlari va jismoniy shaxslar tomonidan ijobiy xulosa olmasdan, xorijda tayyorlangan materiallarni aholiga umumiy foydalanish uchun taqdim etish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vakolatli organ materiallarni noqonuniy tayyorlash, olib kirish va tarqatish holatlarini aniqlash va oldini olish maqsadida doimiy ravishda nazorat tadbirlarini o‘tkazadi va natijasi bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Ekspertizani o‘tkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Diniy mazmundagi materiallarni dinshunoslik ekspertizasidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ekspertiza, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, quyidagi asoslarga ko‘ra o‘tkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari murojaatlari. Bunda ushbu organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan materiallar ekspertizadan o‘tkazish uchun yuboriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qarorlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ekspertizadan o‘tkazish uchun yuborilgan materiallar vakolatli organ tomonidan 10 ish kuni mobaynida (zarur hollarda, 20 ish kunigacha) ekspertizadan o‘tkaziladi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ekspertiza tayinlash to‘g‘risida qarorlarida belgilangan muddat bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish va tarqatishga mo‘ljallangan materiallarni ekspertizadan o‘tkazish uchun vakolatli organga quyidagi hujjatlar qog‘oz shaklida bevosita yoki pochta aloqasi orqali taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) materiallarni tayyorlash uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nashr etilishi rejalashtirilgan material haqidagi ma’lumot, jumladan, materialning nashrdan chiqariladigan adadi, foydalanilgan manbalarning ro‘yxati (adabiyotni tayyorlashda bir nechta manbalardan foydalanilganda), material tarjima qilingan taqdirda, uning qaysi adabiyotdan tarjima qilingani, qayerda chop qilingani va to‘liq nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nashrga tayyorlashga mo‘ljallangan (dunyo dinlarining muqaddas kitoblari bundan mustasno) material muallifining diniy professional ma’lumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (bunday hujjatga ega bo‘lmagan taqdirda, diniy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassisning taqrizi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mualliflik va turdosh huquqlarga egaligi yoki ulardan foydalanish huquqini olganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) materiallarni olib kirish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulk egasi yoki muayyan materialni O‘zbekiston Respublikasi hududiga yetkazib berish majburiyatini oluvchi huquq egasi bo‘lgan shaxs bilan tuzilgan shartnoma nusxasi (agarda materiallarni olib kirish shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan bo‘lsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olib kirilishi rejalashtirilgan materiallar haqida ma’lumot (materialning muallifi va nomlanishi, adadi (tiraji), materialning qisqa mazmuni va sharhi hamda tayyorlangan sanasi ko‘rsatilgan axborot);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) materiallarni tarqatish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarqatilishi rejalashtirilgan materiallar haqidagi ma’lumot (materialning muallifi va nomlanishi, adadi (tiraji), materialning qisqa mazmuni va sharhi hamda tayyorlangan sanasi ko‘rsatilgan axborot).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar vakolatli organga to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, materiallar ko‘rib chiqilmasdan murojaat etuvchiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish, tarqatishga mo‘ljallangan bir turdagi (nomdagi) diniy mazmundagi kitoblarni ekspertizadan o‘tkazish uchun har bir bosma taboq uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida to‘lov undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
To‘lovlar vakolatli organ tomonidan ekspertiza o‘tkazilgandan keyin diniy mazmundagi kitobning yakuniy shakli asosidagi hisob-kitoblari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qarorlariga asosan hamda ilmiy-tadqiqot markazlarining ilmiy faoliyati bilan bog‘liq maqsadlarda tayyorlangan yoki olib kirilgan materiallar bo‘yicha o‘tkazilgan ekspertizalar bepul amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Vakolatli organ huzurida murakkab, turli sohalarga oid materiallarni tadqiq qilishga ko‘maklashish, tavsiyalar berish maqsadida jamoatchilik asosida dinshunoslik hamda boshqa sohadagi mutaxassislardan iborat maslahat guruhi tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Xulosani rasmiylashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish, tarqatishga mo‘ljallangan materiallar ekspertizadan o‘tkaziladi va uning yakunlari xulosa shaklida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Xulosada quyidagilar ko‘rsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspertiza o‘tkazilgan joy va sana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspertizani o‘tkazish uchun asos;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspertiza obyekti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadqiqot jarayoni bayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert tekshiruvlari natijalari va yakuniy xulosa (ijobiy yoki salbiy);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspertning shaxsiy imzosi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xulosada qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Vakolatli organ xulosani tayyorlashda davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, jamoat va diniy tashkilotlardan o‘z yurituvidagi masalalar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish uchun belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan, elektron tarzda zarur hujjatlar va axborotlarni so‘rash va olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Xulosa rasmiylashtirilgandan so‘ng bir ish kunida vakolatli organga taqdim etilgan materiallar bilan birgalikda tegishli yuridik va jismoniy shaxslar va (yoki) manfaatdor organlarga pochta aloqasi orqali yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ijobiy xulosa O‘zbekiston Respublikasi hududida materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Vakolatli organ tomonidan ekspertiza xulosalarining yagona reyestri yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ijobiy xulosaga ko‘ra olib kirish, tayyorlash va tarqatishga taqdim etilgan materiallar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq vakolatli organning maxsus gologrammasi bilan tamg‘alanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron ko‘rinishdagi materiallar vakolatli organ tomonidan berilgan ijobiy xulosaning sanasi va raqami hamda materialning muallifi va nomlanishi (agar mavjud bo‘lsa) haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan QR-kod bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish va tarqatish ular bo‘yicha vakolatli organning ijobiy xulosasi olingandan so‘ng bir yil muddat ichida amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu muddat o‘tgandan keyin materiallar qaytadan ekspertizadan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Ekspertizaning bir necha ijobiy xulosalari asosida bir turdagi materiallarning tayyorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. O‘zbekiston Respublikasi hududida materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish bilan bog‘liq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy mazmundagi materiallarni dinshunoslik ekspertizasidan o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich
Yuridik yoki jismoniy shaxslar
Diniy mazmundagi materiallarni (keyingi o‘rinlarda — materiallar) tayyorlash va olib kirishda uning nazorat nusxasini talab etiladigan ma’lumotlar bilan birgalikda ekspertizani amalga oshirish uchun vakolatli organga qog‘oz (elektron) shaklida bevosita yoki pochta aloqasi orqali yetkazadi (yuboradi).
O‘z xohishiga ko‘ra
Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari
Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan materiallar aniqlanganda ekspertizadan o‘tkazish uchun vakolatli organga yuboradi.
Materiallar olib kirilgan vaqtdan boshlab
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ish yurituvidagi tergovga qadar tekshirish, ma’muriy yoki jinoyat ishlari bo‘yicha chiqargan ekspertiza tayinlash to‘g‘risida qaror asosida materiallarni ekspertizadan o‘tkazish uchun vakolatli organga yuboradi.
Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qaror chiqarilgandan keyin
2-bosqich
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi(Vakolatli organ)
1. Ekspertizaga yuborilgan materiallarni qabul qiladi.
1. Materiallar kelib tushgandan keyin darhol
2. Materiallarni ekspertizadan o‘tkazadi.
2. 10 ish kunida
(zarur hollarda 20 ish kunigacha yoki ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qarorda belgilangan muddatlarda)
3. O‘tkazilgan ekspertiza natijasini xulosa shaklida rasmiylashtiradi.
3. 1 ish kuni
4. Ekspertiza xulosasini taqdim etilgan materiallar bilan birgalikda uni taqdim qilgan yuridik va jismoniy shaxslarga va (yoki) manfaatdor organlarga pochta aloqasi orqali yuboradi.
4. 1 ish kuni
3-bosqich
Vakolatli organ
Ijobiy xulosaga ko‘ra tayyorlash, olib kirish va tarqatishga ruxsat berilgan elektron ko‘rinishda bo‘lmaganmateriallarni maxsus gologramma bilan tamg‘alaydi.
1 ish kuni
Yuridik yoki jismoniy shaxslar
Ijobiy xulosaga ko‘ra tayyorlash, olib kirish va tarqatishga ruxsat berilgan elektron ko‘rinishdagi materiallarni vakolatli organ tomonidan berilgan xulosaning sanasi va raqami hamda materialning muallifi va nomlanishi (agar mavjud bo‘lsa) haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan QR-kod bilan tasdiqlaydi.
1 ish kuni
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan ruxsat etilgan diniy mazmundagi materiallarga beriladigan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
GOLOGRAMMA
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Aylana bo‘ylab: “*O‘ZBEKISTON* DIN ISNLARI BO‘YICNA QO‘MITA * COMMITTEE OF RELIGIOUS AFFAIRS”)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Ichida: “DIN ISNLARI BO‘YICNA QO‘MITA* COMMITTEE OF RELIGIOUS AFFAIRS” yozuvi tushirilgan kitob emblemasi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 180-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 20-yanvardagi 10-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 21-dekabrdagi 377-son qaroriga ilovaning 48-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoni)” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 69-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 31-maydagi 409-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida” 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-458-son va “Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida” 2018-yil 5-apreldagi O‘RQ-471-son qonunlari)” 2018-yil 20-sentabrdagi 748-son qaroriga ilovaning 32-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 15-yanvardagi 34-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 20-yanvardagi 10-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2019-yil 19-apreldagi 335-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 23-noyabrdagi 943-son qaroriga 5-ilovaning 11-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 218-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 4-sentabrdagi 539-son qaroriga 3-ilovaning 4-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari ko‘rsatishning infratuzilmasi takomillashtirilganligi va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2021-yil 28-oktabrdagi 661-son qaroriga ilovaning 15-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2022-y., 09/22/180/0307-son; 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)